22
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA U. M. NOSIROV EKSPERT-KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN ISHCHI O‘RNI O‘quv-metodik qo‘llanma TOSHKENT–2015

EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

  • Upload
    others

  • View
    23

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

U. M. NOSIROV

EKSPERT-KRIMINALISTLARNING

AVTOMATLASHTIRILGAN ISHCHI O‘RNI

O‘quv-metodik qo‘llanma

TOSHKENT–2015

Page 2: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h i l a r :

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi boshlig‘i polkovnik G. F. Nikishin;

fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent A. A. Iminov

N–80

Nosirov U.M. Ekspert-kriminalistlarning avtomatlashtirilgan ishchi o‘rni:

O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 22 b .

Qo‘llanmada ekspert-kriminalistika bo‘limlarida zamon talablariga javob

beradigan avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalarni tashkil etish va ushbu stansiyalarning imkoniyatlari orqali ekspertizaga taqdim etilayotgan obyektlar tadqiqotlarining sifatini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, joylarda daktiloskopik, trasologik va ballistik ekspertizalarini bajarish jarayonida, tasvirlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishning keng spektrdagi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish maqsadlarida, «RASTR» dasturiy texnik kompleksining imkoniyatlari ko‘rsatib berildi

IIV Akademiyasining Oliy akademik kurslari va kunduzgi ta’lim tinglovchilari hamda ichki ishlar idoralarining amaliyot xodimlariga mo‘ljallangan.

BBK 67.99 (54) 94 ya 73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015

Page 3: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

3

KIRISH

Ma’lumki, bugun ichki ishlar idoralari xodimlarining maxsus fanlar bilan bir qatorda jamiyat turmushida ro‘y berayotgan tub islohot-lar, yangilik va o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari, qolaversa, bu jara-yonlarda ishtirok etishlari davr talabiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya etishning muhim tarkibiy qismidir1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib kelgan, lekin uni ro‘yobga chiqarish imkoni faqat O‘zbekiston mustaqillikka erishgach paydo bo‘ldi. O‘tgan yigirma yil ichida xalqimiz Prezidentimiz Islom Karimov rahbarli-gida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshir-di, totalitar tuzum qoldirgan asoratlardan qutulib, demokratik jamiyat qurish borasida ulkan tajriba to‘pladi. Endilikda xalqimiz fuqarolik jamiya-tini rivojlantirish bosqichiga o‘tgan va bor kuch-quvvati, bilimi, salohiyati-ni ilg‘or davlatlar qatoriga chiqib olishga sarflamoqda.

O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan keng qamrovli siyosiy va xalqaro huquqiy islohotlar hozirgi zamon talabiga javob beradigan huquqiy tizim yaratishga, iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni qayta ko‘rib chiqib, avtoritar tizimdan demokratik tizimga, demokratik davlatdan huquqiy fuqarolik jamiyatiga o‘tishga qaratilgan.

1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Жамиятни демо-

кратлаштириш ва янгилаш, мамлакатни ислоҳ қилиш ҳамда модернизациялаш мақсад ва вазифаларини амалга ошириш дастури тўғрисида»ги 2005 йил 10 март қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. – №10-11. – 71-м.

Page 4: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

4

Yuqoridagi talablarning amalga oshirilishida eng muhim vazifa sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izi»dan tez ochish, samarali tergov qilish va aybdorlarni o‘z vaqtida jinoiy javobgarlikka tortish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni fosh etish va tergov qilish davomida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini ekspert-krimi-nalistika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik vosita-lar va usullar bilan texnik-kriminalistik ta’minlash, ekspert-kriminalistika xizmati kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash, ularni o‘qitish va yuksak malakali o‘zagini shakllantirish choralari majmuasini amalga oshirishdan iboratdir.

Bu vazifaning hal etilishida mohiyati jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan dalillarni to‘plash, ulardan foydalanish, texnik-kriminalistik vositalarni to‘g‘ri qo‘llashdan iborat bo‘lgan tezkor-tergov ishlarining texnik-kriminalistik ta’minoti muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham ekspert-kriminalist nafaqat kriminalistik texnika sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki kriminalistik masalalarni hal etishda nazariy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay olishi, ashyoviy dalillarni to‘plash va tekshirish maho-ratini egallagan bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi masalalarni hal etish O‘zbekiston Respublikasi IIV ekspert-kriminalistika xizmatining asosiy maqsadidir va, o‘z navbatida, ekspert-kriminalistika faoliyatning barcha sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Albatta, bunday sharoitlarni yaratishda ichki ishlar idoralarining xodimlari oldida nufuzli vazifalar turgani barchamiz uchun ayondir. Ushbu vazifalarni hal etishda ilmiy-texnik vosita va metodlarning imko-niyatlaridan keng va samarali foydalanish hozirgi zamon talabidir. Jum-ladan, bunday talablarni qondirishda ichki ishlar idoralarining ekspert-kriminalistika xizmati imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida ularning ish faoliyatini zamonaviy texnik-kriminalistik vositalar va texnologiyalar asosida tashkil etish ehtiyoji va zaruriyati mavjud.

Page 5: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

5

Taqdim etilayotgan metodik tavsiyanomada ekspert-kriminalistika bo‘limlarida zamon talablariga javob beradigan avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalarni tashkil etish va ushbu stansiyalarning imkoniyatlari orqali ekspertizaga taqdim etilayotgan obyektlar tadqiqotlarining sifatini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, joylarda daktiloskopik, trasologik va ballistik ekspertizalarni bajarish jarayonida, tasvirlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishning keng spektrdagi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish maqsadlarida, «RASTR» dasturiy texnik kompleksi-ning imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Tavsiyanomani tayyorlashda www.papillon.ru axborot resursi ma’lumotlaridan foydalanildi.

Page 6: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

6

EKSPERTNING AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYLARINI

YARATISHNING AHAMIYATI

Dunyoning juda ko‘plab mamlakatlarining ekspert-kriminalistik xizmatida ekspertning avtomatlashtirilgan ish joyi tashkil etilgan. Bu ish joylarida ishlayotgan ekspert texnik-kriminalistik vositalardan tashqari, shaxsiy kompyuter, turli xil foto va videoapparatura, elektron-sifrli apparatlar, diktofon, kichik hajmli magnitofon, telefon kabi texnik vositalar bilan ta’minlangan.

Ta’kidlash joizki, ekspert-kriminalistik xizmatining faoliyatiga kompyuter texnologiyalarni joriy qilish borasida juda ko‘p tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda «subyektiv portretlar tuzishda, dak-tiloskopik tadqiqotlar o‘tkazishda, portlash texnikasi bo‘yicha ekspertiza-larda, ballistik va trasologik tadqiqotlarda, yong‘in texnikasi va avtotex-nik ekspertizalarda avtomatlashtirilgan tizimlar keng qo‘llanilmoqda»2.

Kompyuter texnikasi va texnologiyalarni tatbiq etish istiqbollari. Jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonining texnik-kriminalistik ta’-minoti va ekspert-kriminalistning avtomalashtirilgan ish joylarini yara-tish hamda takomillashtirish borasida fikr yuritganda, ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, bu ta’minot eng avvalo ushbu jarayonga kom-pyuter texnologiyalarni tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki deyarli barcha mamlakatlarning ekspert-kri-minalistika muassasalarida amalga oshirilayotgan tashkiliy tadbirlar shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Juda ko‘plab mamlakatlarda, masalan Rossiya Federatsiyasi IIV Tergov qo‘mitasining axborot-tahlil boshqarmasida maxsus bo‘lim ochilgan bo‘lib, bu bo‘limning asosiy vazifasi ichki ishlar organlari tergov xizmatlari va ekspert-kriminalistika

2 Qarang: Сафонов А.А., Колотушкин С.М., Кочубей А.В. Компьютерные технологии в криминалистических экспертизах: теоретические и прикладные вопросы: Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.73.

Page 7: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

7

xizmatining ish faoliyatiga kompyuter texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Ichki ishlar organlarining amaliy ish faoliyatiga tatbiq etilayotgan kompyuter texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– alohida turdagi jinoyatlarni tergov qilish metodikasini avtomat-lashtirish;

– tergov jarayonini amaliy nazorat qilish; – me’yoriy-huquqiy ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tarzda

almashinishiga erishish; – tergov jarayoni uchun avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimini

kiritish; – tergovchilar va tergov bo‘limi boshliqlari uchun avtomatlashti-

rilgan ish joylarini tashkil etish. Jinoyatlarni tergov qilishning avtomatlashtirilgan metodikalari

Rossiya Federatsiyasi IIV Volgograd Akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Sodir etilgan jinoyat turlariga ko‘ra avtomatlashtirilgan meto-dikalar tergov harakatlarining algoritmini taklif etadi. Bu taklif etilgan algoritmlarda ushbu tergov harakatlarini o‘tkazishning protsessual tartibi va o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu algoritmlarda turli ma’lumotlar ham ko‘zda tutilgan, ya’ni tergovchi boshqa maxsus adabiyotlarga birorta savol bilan murojaat etib yurmaydi.

Ushbu avtomatlashtirilgan metodikani to‘laroq tushunib olish uchun o‘g‘rilik jinoyati misolida, ushbu jinoyatni tergov qilish metodika-sini ko‘rib chiqaylik. Ushbu dasturda quyidagi tergov harakatlarining algoritmalari mavjud:

– jabrlanuvchini so‘roq qilish. Bunda, o‘g‘rilik sodir etilgan joy, ushbu jinoyat sodir etilganiligi aniqlangan vaqti va sharoitlari, uyga (xonaga) kirish usullari, o‘g‘rilangan buyumlarning alohida belgilari, ushbu o‘g‘rilangan buyumlarning barchasi jabrlanuvchida mavjud bo‘l-ganligini tasdiqlovchi shaxslar, bundan tashqari, jinoyatchi haqida jabrla-nuvchining taxminlari haqida ma’lumot olish uchun zarur va yetarli bo‘l-gan savollarning aniq ro‘yxati keltiriladi. Ko‘rsatuv berishdan bosh tort-

Page 8: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

8

gan yoki bo‘yin tovlagan, birorta ma’lumotlarni yodidan chiqarib qo‘y-gan jabrlanuvchilarni so‘roq qilish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Jabrla-nuvchini so‘roq qilish bayonnomasining taxminiy tuzilishi, bu bayonno-maning har bir qismida yoritilishi kerak bo‘lgan savollarning ro‘yxati beriladi3;

– hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish. Dasturning ushbu bo‘limida hodisa sodir bo‘lgan joyda aniqlanishi va topilishi mumkin bo‘lgan izlar va boshqa obyektlarning ro‘yxati, o‘g‘rilikni sahnalashtirish (inssenirovka qilish) belgilari, qo‘l, poyafzal, buzish qurollari, qulflar, plombalarni buzish izlari, hodisa joyidagi turli obyektlarda (oyna, eshik, shkaf va h.k.) kesish, arralash, parmalash, termik va boshqa ta’sirdagi buzish izlari, mikroizlar bo‘yicha aniq ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasining namunalari keltiriladi4.

Mazkur avtomatlashtirilgan metodikada, yuqorida ta’kidlanganlar-dan tashqari, daliliy ashyo hisoblangan obyektlarni ko‘zdan kechirish, gumon qilinuvchini so‘roq qilish, guvohlarni so‘roq qilish, tanib olish uchun taqdim etish, tergov tusmollari tuzish va ularni olg‘a surish, ekspertiza tayinlash hamda ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda zarur bo‘ladigan yana bir qancha savollar yoritib beriladi.

Boshqa turdagi jinoyatlarni tergov qilishning avtomatlashtirilgan metodikalari ham taxminan ana shu sxemada tuzilgan.

Fikrimizcha, kompyuter texnikasi va texnologiyalari rivojlanib borayotgan hozirgi kunda ekspert-kriminalistika xizmatini quyidagicha yangi kompyuter dasturlari bilan ta’minlash lozim:

– ekspertning avtomatlashtirilgan ish joyi – turli kriminalistik obyektlar tasvirlarini tahlil etish va ularga ishlov berish vazifalarini hal etish imkoniga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali dasturiy kompleks;

3 Каталог выпускаемой продукции. Криминалистическое оборудование: Програмное обеспечение. – Казань, 2006. – С. 154.

4 O‘sha manba. – 156-b.

Page 9: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

9

– subyektiv portretlar tuzish va qidirilayotgan shaxslarning ma’lu-motlar bazasini saqlash, to‘liq yoki qisman aniqlangan alomatlar bo‘yi-cha ma’lumotlar olish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan dasturlar;

– kimyoviy tarkibi bo‘yicha metallarni aniqlash imkonini beradi-gan ma’lumotli-qidiruv tizimi;

– o‘simlik kelib chiqishiga ega bo‘lgan narkotik moddalarning tar-kibini aniqlash uchun sifatiy emission-spektral tahlil metodikasi;

– o‘qotar qurollar bo‘yicha ma’lumot tizimlari; – obyektlarni o‘q va gilzatekalarga joylashtirish hamda ular bilan

bevosita ishlashning avtomatlashtirilgan qayd etish jurnali; – qog‘ozning turi va tarkibini uning fizikaviy-kimyoviy tarkibi

bo‘yicha aniqlashning avtomatlashtirilgan metodikasi; – identifikatsiya qilish maqsadida fotosuratlarni taqqoslash imko-

nini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar va hokazo. O‘zbekiston Respublikasi ekspert-kriminalistika xizmatida milliy

mentalitetdan kelib chiqadigan, hammaga ma’lum bir odat mavjud, ya’ni ekspert-kriminalistika xizmatining xodimlari o‘zi javob berishga qiynal-gan birorta vazifa yoki savol yuzasidan, shu xizmatning malakali, yuqori tajribali xodimlariga maslahat so‘rab murojaat etadi. Yoki bo‘lmasa, eks-pert-kriminalistika xizmati xodimlarining ish faoliyatida yordam ko‘rsa-tish maqsadida turli o‘quv va metodik qo‘llanmalar tayyorlanadi. Ammo, ta’kidlash joizki, tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqib, ushbu xizmatning uzoq tumanlarida ishlaydigan xodimlariga yetib borguncha ancha vaqt o‘tadi. Demak, amaliy ish-faoliyatda mavjud bo‘lgan birorta muammo yoki kamchlikni bartaraf etish bo‘yicha eslatma, o‘quv yoki metodik qo‘llanma tayyorlanish nashr etilgunicha, amaliyotdagi mavjud muammo yoki kamchilik bartaraf etib bo‘linadi yoki eskirib qoladi.

Shuning uchun, aytish mumkinki, barcha ekspert-kriminalistik xizmati xodimlari uchun umumiy bo‘lgan markazlashgan kompyuter tizi-mining tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu tizimning afzallik tomo-ni shundaki, ekspert-kriminalistika xizmatining barcha bo‘lim va bo‘lin-

Page 10: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

10

malari yoki guruhlari o‘zlarini qiziqtirgan kerakli ma’lumotlarni ana shu tizimdan olishlari mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiya IIV ekspert-kriminalistka xizmatida «Elektron e’lon ekrani» faoliyat ko‘rsatadi. Ush-bu elektron ekran orqali ekspert-kriminalistika xizmati faoliyatidagi bar-cha yangiliklar kerakli bo‘lim, bo‘linma hamda guruhlarga yetkazib turiladi5.

Ekspertning avtomatlashtirilgan ish joyini yaratishda hozirgi kunda ushbu xizmat xodimlari uchun tegishli tadiqotlarni o‘tkazishda yaxshi samara beradigan tizim bu «RASTR» dasturiy texnik kompleksi hisoblanadi.

5 Qarang: Колдин В.Я., Поташин Д.П. Информационные основы эксперт-

но-криминалистического анализа // Вестник Московского Университета. – 2007. – С.34.

Page 11: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

11

«RASTR» DASTURIY TEXNIK KOMPLEKSI MA’LUMOTLAR

BAZASINING ASOSIY FUNKSIYALARI

«RASTR» dasturiy-texnik kompleksi ichki ishlar idoralarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash kompleksiga kiruvchi, eks-pert-kriminalistik xizmati xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida ilmiy-texnika vosita va metodlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi (ilovadagi 1-rasm). Jumladan, ushbu dasturiy texnik kompleks yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

– maxsus himoyalangan elektron ma’lumotlar bazalari ko‘rinishi-da ekspert xulosalari, hujjatlar, tasvirlarni saqlash arxivini tashkil etish;

– eksertiza o‘tkazish jarayonida obyektlarning fototasvirlarini to‘la raqamli texnologiyalar yordamida chiqarish (eski ommaviy foto-jarayonlar bilan ishlashdan voz kechish);

– turli qurilmalardan tasvirlarni qabul qilib olish (raqamli video- va fotokameralar, boshqa turdagi videokameralar va videomagnitofonlar, planshetli skanerlar, turli fayllar);

– ekspertizalar o‘tkazish jarayonida tasvirlar bo‘yicha tadqiqotlar-ni o‘tkazishning keng spektrdagi imkoniyatlaridan tasvirlarni tahlil qilishda ishlov berishning raqamli metodlaridan, obyektlarni solishtirish jarayonida tasvirlarga raqamli ishlov berish metodlaridan unumli foyda-lanish;

– hujjatlarni chop etish va ularni yaratish jarayonini avtomat-lashtirish.

«RASTR» dasturiy kompleksi ekspertning faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Jumladan:

1) ish jarayonida turli manbalardan tasvirga olish zaruratining mavjudligi;

2) ushbu olingan tasvirlarda axborotlar buzilishining bo‘lmasligi; 3) murakkab tasvirlar bilan ishlash zaruratining yuzaga kelishi

(sifati past, kirlangan, eroziya muhitining ta’sirida qolgan, matni bir-biri bilan ustma-ust tushib ketgan, ustma-ust tushib qolgan izlar);

Page 12: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

12

4) tasvirlarga ishlov berish va yangi hujjatlarni tuzish zarurati; 5) ekspertizalar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartib-qoida-

lariga rioya etish zarurati; 6) axborotlarning maxfiyligini ta’minlash, ularni yo‘qotish yoki

buzilishi holatlaridan himoya qilish6. «RASTR» dasturiy kompleksining boshqa keng tarqalgan omma-

viy, lekin maxsus maqomga ega bo‘lmagan matn va grafika bilan ishlash paketlaridan asosiy farqi yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning to‘la va qat’iy bajarilishi bilan belgilanadi.

«RASTR» dasturiy texnik kompleksining amalda qo‘llash natija-lari bo‘yicha ushbu kompleks daktiloskopik, trasologik, ballistik, sovuq qurollarning tadqiqoti, hujjatlarning texnik ekspertizasi kabi ekspertiza-larni bajarishda hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha ilova materiallarini tayyorlashda zamonaviy analitik-pribor bazasi sifatida tan olingan.

«RASTR» tizimiga tasvirlarni kiritish. «RASTR» oq-qora va rangli tasvirlari bilan ishlash ularni istalgan shaklda va rangda kompyuter xotirasiga kiritish imkonini beradi.

Tadqiq etilayotgan tasvirlarning manbai sifatida quyidagilar olini-shi mumkin:

1) «VMR», «TIG‘G‘», «JPEG», «GIF», «RSX», «TGA» format-laridagi fayllar;

2) «ADIS–PAPILON» va «ARSENAL–PAPILON» fayllarining formatlari;

3) «Video for Windows»ning standart drayverlari bilan boshqari-ladigan video qurilmalar;

4) «TWAIN» – interfeysini qo‘llovchi qurilmalar; 5) «PAPILON» freym-grabberiga ulanadigan video qurilmalari; 6) tizimli ravishda bufer almashinuvi.

6 Qarang: Сафонов А.А., Колотушкин С.М., Кочубей А.В. Компьютерные

технологии в криминалистических экспертизах: теоретические и прикладные вопросы: Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С. 98.

Page 13: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

13

Tizim obyektlarni makrotasvirga tushirish, infraqizil diapazonda tasvirga olish, tasvirga olish jarayonini dasturiy boshqarish (rangi, kontrasti) imkoniyatlarini beradi.

«RASTR» tizimida tasvirlarga ishlov berish. Ma’lumki, ekspert-kriminalistlarning ish faoliyatida, tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning tadqiqotida, obyektlarning ko‘zga ko‘rinmas yoki yashirin xususiyatlari aynan fotografik tadqiqotlar uslublarini qo‘llash orqali amalga oshadi va ushbu tadqiqot uslublari jarayonning muhim bosqichi hisoblanadi. Hozirgi zamon raqamli tasvirlar bilan ishlash uslublari ushbu yo‘nalishda keng imkoniyatlarni yaratadi. «RASTR» dasturiy texnik kompleksi ekspert-kri-minalistika xizmati faoliyatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bunday imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, tasvirlarga ishlov berishning geometrik va rastr o‘zgartirishlari quyidagi imkoniyatlarga ega:

Geometrik o‘zgartirishlar imkoniyatlari: – masshtablashtirish;

– rastr o‘lchovlarini o‘zgartirish;

– tasvirlarni aylantirish;

– oynali, gorizontal va vertikal bo‘yicha akslantirish;

– fragmentlarni kesish.

Rastrni o‘zgartirishlar imkoniyatlari:

– yorqinligini va kontrastni o‘zgartirish;

– yorqinlik gistogrammalarini o‘zgartirishlari; – ranglarni o‘zgartirish; – tasvirlarni filtrlash (foydali qismlarni tanlash va qoldirish); – tasvirlarni fazoviy-davriy o‘zgarishlari yorqinligini kuchaytirish

yoki kamaytirish (Furyening tezkor o‘zgartirgichi). Ilovada hodisa joyidan aniqlangan, yaxshi ifodalanmagan barmoq izi suratining (2-rasm), «RASTR» dasturiy texnik kompleksi yordamida ekvalizatsiyadan (3-rasm), filtrlangandan (4-rasm) va masshtablashtirishdan (5-rasm) keyingi tasviri keltirilgan.

Page 14: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

14

«RASTR» tizimida taqqoslash tadqiqotlarini o‘tkazish. Obyektlarning tadqiqotini o‘tkazish jarayonida eng muhim va o‘ta mas’uliyatli bosqichlardan biri – tadqiqotlarning o‘zaro taqqoslash bosqichidir. Ushbu bosqichda tadqiqot uchun taqdim etilgan va solishtirish tadqiqoti uchun olingan yoki ekspert ekspertimenti natijasida olingan obyektlar o‘zaro solishtiriladi hamda yakuniy xulosa qilish uchun asos yaratiladi. Bunday mas’uliyatli bosqichni o‘tkazishda «RASTR» dasturiy-texnik kompleks ekspertga quyidagi usullarda tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini beradi:

1) tasvirlarni ayirish (birinchi ko‘rishda o‘zaro bir-biri bilan o‘x-shagan tasvirlar bir-biridan ayirilsa, ularning o‘zaro farqi kelib chiqadi);

2) maska bo‘yicha yelimlash (bir tasvirga shaffof maskaning beri-lishi ikkinchi tasvir fragmentlarining unda «yelimlanishi» imkoniyatini beradi);

3) tasvirning old ko‘rinishi (plan)dagi tasvirlarni va orqa maydon (fon)ning qoplanish sohasini kerakli tarzda o‘zgartirish (kombinatsiya-lash) imkoniyati;

4) komparator yordamida tasvirga ishlov berish (bir okulyarda ikki tasvirning tadqiqotlarini o‘tkazish, o‘ziga xos xususiyatga ega nuqta-lar bo‘yicha tasvirlarni taqqoslash).

Ilovada o‘zaro taqqoslanayotgan gilzalar (6 va 7-rasmlar) tubining hosil qilingan «maska» yordamida tasvirlarini solishtirish (8-rasm) ko‘r-satilgan.

Har bir tasvirning o‘zgartirishlari (protokollashtirish) xotirada saq-lanadi va tasvir bilan birga qoladi. Tizim chegeralanmagan miqdordagi o‘zgartirishlar operatsiyalarini bekor qilish, dastlabki tasvirni qayta tiklash imkonini beradi.

«RASTR» tizimida ekspert xulosalarini tayyorlash. «RASTR» tizimida hujjatlarni tayyorlash oddiy va qulay tarzda amalga oshadi. Ekspert ma’lumotlar bazasida saqlanadigan tayyor shablonlardan, turli rasmiylashtirish elementlaridan, kriminalistik adabiyotlardagi snoskalar-ning avtomatik rejimidan foydalanish imkoniyatlariga ega.

Page 15: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

15

Tizim daktiloskopik ekspertizalarni rasmiylashtirishning qo‘shim-cha imkoniyatlari bilan ta’minlangan.

«RASTR» tizimining ma’lumotlar bazasini tashkil etish. Tizimda mavjud axborotlarni himoya qilish uchun ma’lumotlar bazasini boshqa-rishning xususiy tizimi ishlatiladi. Ma’lumotlar bazasidagi har bir obyekt uchun quyidagi axborotlar saqlanadi:

– obyektning nomi; – obyektning qaysi turga mansubligi; – kim va qachon ushbu obyektni tuzganligi; – oxirgi o‘zgarishlar kim tomonidan bajarilganligi; – sharhlar; – obyektning qaysi manbadan olinganligi; – obyektning aloqalari (obyekt, boshqa obyektlar bilan bog‘langan

obyekt, ma’lumotlar bazasidan o‘chirish mumkin emas). «RASTR» dasturiy texnik kompleksida faqat ro‘yxatdan o‘tgan

foydalanuvchigina ishlay oladi. Tizim ko‘p foydalanuvchilar rejimida ishlash va ma’lumotlar bazasiga kirishni chegaralash imkoniyatlariga ega.

«RASTR» dasturiy texnik kompleksining tarkibi: 1) shaxsiy kompyuter; 2) video-qurilma majmui («PAPILON TVC–9» rusumli kamera,

«PAPILON–2» rusumli obyektiv, obyektiv uchun uzaytiruvchi halqalar, «PAPILON» freym-grabberi, «PAPILON» rusumli shtativ-stolcha);

3) raqamli fotoapparatlar; 4) planshetli skaner (optikasi – 1200 nuqtadan kam bo‘lmagan); 5) printer; 6) MBS-10 mikroskop («PAPILON TVC–9» rusumli kamerani ulash

imkoniyatini beradigan «MFU-1» rusumli mikrofotografik qurilma bilan; 7) «RASTR» dasturiy ta’minoti. Yuqoridagilarga asoslanib ekspert kriminalistika xizmati faoliyati-

da avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilish va ushbu jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish zarur:

Page 16: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

16

– viloyatlar IIBlarini IIV EKMga maxsus kanallar orqali ulangan «RASTR» dasturiy-texnik kompleksi bilan jihozlash;

– ushbu xizmat xodimlarida «RASTR» dasturiy-texnik kompleksi bilan ishlash bo‘yicha yetarli darajada amaliy ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish.

Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi respublika miqyosida jino-yatlarni «issiq izi»dan ochish ko‘rsatgichlarini keskin oshirish, profilaktik hisobga olish va jinoyatga aloqador izlar va ashyoviy dalillarni tezkor taqqoslash hamda ekspert kriminalistik xulosalarni avtomatlashtirish, mutaxassislarning ish vaqtini tejash, ekspertlarning tezkor harakatchanli-gini oshirish hamda vazirlik tizimidagi barcha xizmatlarning, jumladan, ekspert-kriminalistika xizmatining ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Page 17: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

17

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Жамиятни демо-

кратлаштириш ва янгилаш, мамлакатни ислоҳ қилиш ҳамда модернизациялаш мақсад ва вазифаларини амалга ошириш дастури тўғрисида»ги 2005 йил 10 март қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. – №10–11. – 71-м.

Шапочкин В.И., Козлов М.О., Тарасов В.П. Компьютерные технологии в криминалистической фотографии: Учебное пособие. – Волгоград, 2006. – С.43.

Сафонов А.А., Колотушкин С.М., Кочубей А.В. Компьютер-ные технологии в криминалистических экспертизах: теоретические и прикладные вопросы: Учебное пособие. – Волгоград, 2005. – С.140.

Каталог выпускаемой продукции. Криминалистическое обо-рудование: Програмное обеспечение. – Казань, 2006. – С.154-156.

Колдин В.Я., Поташин Д.П. Информационные основы экс-пертно-криминалистического анализа // Вестник Московского Уни-верситета. – 2007. – С.78.

Page 18: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

18

ILOVALAR

1-rasm. Ekspert-kriminalistning avtomatlashtirilgan ishchi o‘rnida

kompleks qurilmalarning joylashuvi.

2-rasm. Taqdim etilgan izning tasviri.

Page 19: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

19

3-rasm. Ekvalizatsiyadan so‘ng taqdim etilgan izning tasviri.

4-rasm. Filtrlangandan so‘ng taqdim etilgan izning tasviri.

5-rasm. Masshtablashtirishdan so‘ng taqdim etilgan

izning tasviri.

Page 20: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

20

6-rasm. 1-gilzaning tasviri.

7-rasm. 2-gilzaning tasviri.

8-rasm.

Gilzaning 1-tasviri bilan hosil qilingan maska yordamida tasvirlarni solishtirish.

Page 21: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

21

MUNDARIJA

Kirish............................................................................................. 3 Ekspertlarning avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratishning ahamiyati .................................................................. 6 «RASTR» dasturiy texnik kompleksi ma’lumotlar bazasining asosiy funksiyalari ...................................................... 11 Foydalanilgan adabiyotlar ............................................................ 17 Ilovalar .......................................................................................... 18

Page 22: EKSPERT KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN …akadmvd.uz/wp-content/uploads/2015-ekspert-avtomatlashgan-lot.pdf · listika xizmatining kuch va vositalari ishtirokida, ilmiy-texnik

22

NOSIROV Ulug‘bek Mansurovich

EKSPERT-KRIMINALISTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN ISHCHI O‘RNI

O‘quv-metodik qo‘llanma

Muharrir S. S. Qosimov Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 14. 05. 2015. Nashr-hisob tabog‘i 1,2.

Adadi 50 nusxa. Buyurtma №

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 1000197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68