20
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 14 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

  • Upload
    others

  • View
    24

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 14 fevral juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

QISHKI SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/ishki-sport-turlarini-rivozhlantirish-chora-tadbirlari-t-ris-05-02-2020

MILLIY RAQS SAN’ATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/milliy-ra-s-sanatini-yanada-rivozhlantirish-chora-tadbirlari-05-02-2020

RAQS SAN’ATI SOHASIDA YUQORI MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY

SALOHIYATNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/ra-s-sanati-so-asida-yu-ori-malakali-kadrlar-tayyerlash-tizi-05-02-2020

QURILISH-MONTAJ ISHLARI SIFATINI TUBDAN YAXSHILASH VA QURILISHNI NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

CHORALARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/urilish-montazh-ishlari-sifatini-tubdan-

yakhshilash-va-urili-05-02-2020

“C5+1” SHAKLIDAGI TASHQI ISHLAR VAZIRLARI UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etmoqda.

Page 3: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

A.Komilov mehmonlarni qutlar ekan, Markaziy Osiyo va AQSh hamkorligiga bag‘ishlangan muhim tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgani uchun ularga minnatdorlik bildirdi. 

– 2015 yili Samarqandda asos solingan mazkur formatdagi uchrashuv nisbatan qisqa vaqtda o‘ta muhim, o‘z vaqtida tashkil etilgan, o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishning samarali mexanizmiga aylangan tuzilma sifatida namoyon bo‘ldi, – dedi A.Komilov. – Bugungi kunga kelib “S5+1” shaklidagi yuqori darajali muloqotlar muntazamlik kasb etdi. Bu so‘nggi 5 oy ichida ayni formatdagi uchinchi uchrashuvimiz.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan bir qator muhim masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI AQSH DAVLAT KOTIBINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Richard Pompeoni qabul qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda barqaror, tizimli tus olgan va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2018 yil may oyida AQShga amalga oshirilgan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergan oliy darajadagi tarixiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro almashinuvlar faollashgani alohida ta’kidlandi.

Konstruktiv, shu jumladan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy, agrar, energetik, ta’lim, huquqni himoya qilish va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.

Keyingi bir necha yil davomida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ko‘paydi. AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Amerika investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizda Vebster universitetining filiali o‘z ishini boshladi.

AQSh Davlat kotibi, o‘z navbatida, ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun Prezidentimizga dildan minnatdorlik bildirdi hamda Prezident Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

AQSh tomoni O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Maykl Pompeo O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatda olib borilayotgan demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yuksak baholadi.

Davlat departamenti rahbari, shuningdek, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratayotganini ta’kidladi.

Page 4: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Uchrashuvda mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Davlat kotibi Toshkentda Markaziy Osiyo va AQSh tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Yangi O‘zbekiston rahbarining siyosati tufayli mintaqada ishonch, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirishda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi. O‘tgan yil noyabr oyida poytaxtimizda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlar rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari alohida qayd etildi.

Iqtisodiyot sohasida AQSh yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

Maykl Pompeo bugungi kunda mamlakatimizda savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini bir necha o‘n karra oshirish imkonini beradigan biznes tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, AQSh mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini jadallashtirishga har tomonlama ko‘maklashishi ta’kidlandi.

Inson salohiyatini rivojlantirish, jumladan, fuqarolik jamiyati rivojini qo‘llab-quvvatlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatish, shuningdek, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Maykl Pompeo O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikka erishish, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga doir aniq infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

KLASTERLAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib o‘zgartirildi. Natijada hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda. Yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019 yil 11 dekabrda bu borada Prezident qarori qabul qilinib, barcha

Page 5: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. O‘tgan qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Yig‘ilishda mazkur klasterlarning rejadagi quvvatlari, investitsiya miqdori va eksport hajmi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, klasterlar tomonidan qayta ishlash, saqlash va quritish bo‘yicha 430 ming tonna qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish yuzasidan 96 ta loyiha rejalashtirilgan. Shuningdek, 6 ming gektarda intensiv bog‘ va 8 ming gektarga yaqin maydonda uzumzor barpo qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Joriy yilda 410 million dollarlik mahsulotlar eksporti mo‘ljallangan.

Prezidentimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini tashkil qilish, xorijiy ekspertlar xulosasi asosida ekinlarni samarali joylashtirish, zarur urug‘lik va ko‘chatlarni hozirdan tayyorlash, Moliya vazirligiga klasterlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi klasterlarga yangi bozorlar topish va eksport qilishda doimiy ravishda amaliy yordam berib borishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu haqda joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi. “Paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Bu – sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yadi.

Bozor tamoyillariga o‘tishda klaster tizimi muhim omildir. Bugungacha mamlakatimizda 73 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilgan, o‘tgan yilgi paxta hosilining 73 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha hosildorlik klaster bo‘lmagan yerlarga nisbatan 4,1 sentnerga yuqori bo‘lib, qo‘shimcha 428 ming tonna paxta olingan.

Yig‘ilishda klasterlarning huquqiy maqomini belgilash, ularni tanlash, fermerlar bilan munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning ochiq-oshkora mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

27 ta klasterga paxta yetishtirish uchun ularning quvvatiga nisbatan ko‘p yer maydoni ajratilgani, 500 ming tonna tolani ishlab chiqarish quvvatiga ega ayrim klasterlarga esa yetarli miqdorda yer berilmagani keskin tanqidga sabab bo‘ldi.

Prezidentimiz klasterlarni tanlashda chuqur qayta ishlash darajasi va investitsiyalar hajmi, fermerlar bilan hisob-kitob qilishda mablag‘ning yetarliligi asosiy mezonlar bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunda o‘sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo‘shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a’zolari – fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Page 6: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Adliya vazirligiga klasterlar va fermerlarning majburiyatlarini aniq belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Paxta yetishtirishni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlar bilan ishlashga moslashmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois klasterlar va fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish, ekinlarni majburiy joylashtirish tartibidan 2023 yilgacha bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha joriy va kelgusi yilda amalga oshiriladigan tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

TASHQI SAVDO JARAYONIDAGI MUAMMOLAR TAHLIL QILINIB, DOLZARB VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo bilan bog‘liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozimligini ta’kidlagan edi.

Bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchliklar tug‘dirmoqda. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida “Xalqaro savdo” yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz 190 ta davlat orasida 152-o‘rinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi.

Yig‘ilishda mazkur reytingda mamlakatimiz pozitsiyasini yaxshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumki, ko‘plab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi ta’minlanadi. O‘zbekistonda esa o‘tgan yili 416 mingta deklaratsiyadan atigi 344 tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk to‘g‘risida oldindan ma’lumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yo‘lda umuman yo‘lga qo‘yilmagan.

Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab cho‘zilayotgani tanqid qilindi.

Bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya, standart, ekologiya idoralari ish uslubini o‘zgartirishi, ularning asosiy vazifasi mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tovarlarning bojxona qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, tadbirkor to‘lov qilib o‘sha zahoti mahsulotini olib ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin farqni to‘laydigan tizim joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Page 7: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasi va ma’murchiligini takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari ekin maydonlariga chiqib, xorijiy mamlakatlarning kimyoviy va biologik vositalarni qo‘llash bo‘yicha talablarini dehqonlarga tushuntiradigan, amaliy ko‘mak beradigan tuzilmaga aylanishi kerakligi qayd etildi.

Prezidentimiz raqamli texnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarurligini ta’kidladi.

Import mahsulotlarining chegaradan to yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakati bojxona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojxona deklaratsiyasini elektron hisob-faktura va onlayn nazorat kassasiga bog‘lash orqali bu masalani hal etish mumkin.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini to‘liq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda yuklarni chegara punktlaridan o‘tkazish vaqtini qisqartirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Tahlillarga nazar tashlasak, so‘nggi 3 yilda qo‘shni davlatlar bilan chegara orqali o‘tgan insonlar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi infratuzilma bunday talabga to‘la javob bermaydi.

Masalan, ayrim veterinariya va karantin punktlarida zarur jihozlar yo‘q. Chegaradagi sanitariya va epidemiologiya xizmati ham tashqi xavflarga tayyor emas.

Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona tashkil etilmagan. Bojxona xizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi – Situatsion markaz yo‘qligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo bo‘lmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham, davlat budjeti uchun ham ortiqcha xarajat keltirib chiqarmoqda.

Shu bois mutasaddilarga chegara postlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, joriy yil 1 oktyabrga qadar Situatsion markazni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan yuklarni “bir bekatda tekshirish” tizimini yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi.

Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini yurtimizda tashkil etib, tovarlarni xorijiy talablarga mos ruxsatnomalar bilan jo‘natishni yo‘lga qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojxona, sanitariya-epidemiologiya, transport, standart, veterinariya, karantin yo‘nalishidagi xalqaro kelishuvlarga uyg‘unlashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bojxona institutida o‘qitish jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, veterinariya va karantin xodimlarini xalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhimligi qayd etildi. Xalqaro bojxona tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Page 8: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

UGLEVODORODLAR QAZIB OLISH HAJMINI OSHIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Neft-gaz sanoati aholi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun energiya manbai, ko‘plab mahsulotlar uchun xomashyo yetkazib beradigan muhim sohadir. Shu bois energetika, neft-gaz, geologiya yo‘nalishlarida chuqur tarkibiy islohotlar, raqobatdoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi takomillashtirildi, uning tarkibida bo‘lgan “O‘ztransgaz” va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 18 noyabrdagi “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta’kidlagan edi. Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilishda neft-gaz sohasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yaratilgan sharoitlarga qaramay, tizimli muammolar barham topmayotgani, boshqa tarmoqlar rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlab o‘tildi.

– Bir narsani hammamiz tushunib olishimiz lozim. Biz sohadagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘tgan yili ko‘p gapirdik. Lekin, endi joylarda ishlarni amalga oshirishga o‘tishimiz kerak. Yo biz hozir neft-gaz rahbariyatiga yordam berib, tarmoqni botqoqlikdan olib chiqamiz, yoki u iqtisodiyotimiz oyog‘iga kishan bo‘lib, o‘zimiz oldimizga qo‘ygan iqtisodiy o‘sish rejalariga erishishni barbod qiladi, – dedi Prezident.

Korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari yetarli emasligi, gaz yetkazib berishda yo‘qotish ko‘pligi hamda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Energetika vazirligiga joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yoqilg‘i mahsulotlarini barqaror yetkazib berish uchun 2019 yilgiga nisbatan 4,3 milliard kub metr ko‘p tabiiy gaz qazib olish vazifasi qo‘yildi. Ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish oralig‘idagi texnologik sarf va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha “loyiha ofisi”ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish, korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “komplayens nazorat” tizimi joriy etilishi belgilandi.

Page 9: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasini barpo etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 3 ta loyihani yakunlash lozimligi qayd etildi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida “raqamli kon”, xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“O‘ztransgaz” va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste’molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste’molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

KORONAVIRUSLI INFEKSIYA (CORONAVIROSIS)Koronavirusli infeksiya (Coronavirosis) Koronavirusli infeksiya (KVI)-

O‘RK bo‘lib, u yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, umumiy zaharlanish belgilari bilan kechadigan kasallikdir.

Hozirgi paytda, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy xalq respublikasida koronavirusning yangi tipining epidemiyasi yuzaga kelgan.

Xitoy xalq respublikasining HTSQ-2005 Milliy koordinatori ma’lumoti bo‘yicha, 2020 yilning 29 yanvar tonggi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 5000 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan, ulardan 132 nafar inson vafot etgan.

10-fevralga kelib dunyoning 28-mamlakati va teriitoriyalarida zararlarganlar soni 40614 tani tashkil etdi, 910 nafari vafot etgan (Xitoyda zararlanganlikka gumon qilinayotganlar 28942 ni tashkil etmoqda). 2020 yil 9 fevraldan koronavirusu 2019-nCoV qisqartirilgan nom bilan NCP (Novel coronarvirus Pneumoniya) deb ataladigan bo‘ldi.

Shuningdek, kasallik Gonkong, Mexiko, Kanada, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Germaniya, Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Uxan shahrida o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan. Koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan yuqishi taxmin qilingan. Bugungi kunda esa ushbu kasallikning odamdan-odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 14 nafar tibbiyot xodimi ham mazkur xastalikni yuqtirib olgan.

Page 10: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Xitoyda paydo bo‘lgan sirli koronovirus Yaponiya hududidaxam paydo bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bir kishida aniqlangan. Bu haqda Kyodo News xabar bergan.  

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu virus Kanaga va prefekturasida istiqomat qiluvchi 30 yoshli xitoy millatiga mansub kishida uchragan. Aniqlanishicha, u Yaponiyaga Xitoyning Uxan shahridan kelgan. Uxanda uning harorati ko‘tarilib ketgan, lekin shunday bo‘lishiga qaramay, Yaponiyaga kelishga muvaffaq bo‘lgan va shu yerdagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Besh kunlik davolanishdan so‘ng, shifoxonadan chiqarilgan. Hozir unda faqat yo‘tal asoratlari saqlanib qolgan. Yaponiya hukumati ushbu kasallik haqida ma’lumot to‘plash maqsadida maxsus shtab tashkil etdi.  

Joriy yilning 11 yanvar kuni Xitoyning Uxan shahrida ushbu virusga chalingan ilk odam vafot etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xubey provinsiyasida ana shunday koronavirusga chalingan 59 kishi aniqlangan. Kasallik alomatlari Tailandda ham qayd etilgani aytilmoqda.

Koronavirusli infeksiya (Coronavirosis) Koronavirusli infeksiya (KVI)- o‘tkir respirator kasallik bo‘lib, u yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va sust namoyon bo‘ladigan umumiy zaharlanish belgilari bilan kechadigan kasallikdir. Koronavirus etiologiyali o‘tkir respirator kasalliklar 5-10% holda uchraydi.

Etiologiyasi. Kasallikni RNK-saqlovchi, kattaligi 80-220 nm ga teng keladigan koronaviruslar chaqiradi. Koronaviruslarning 4 xil antigeni mavjud. Viruslar yuqori nafas yo‘llari epiteliysining tsitoplazmasida ko‘payadi.

Chidamliligi: Viruslar Ultrabinafsha nurlar ta’sirida 15 daqaqa davomida, organik yog‘ erituvchilari va detergentlar ta’sirida bir necha daqiqa davomida faolligini yo‘qotadi. Tashqi muxitda +330Sda 16 soat mobaynida, +560Sda haroratda esa 10 daqiqa davomida faolligini yo‘qotadi. Aerozol tarkibida 8-10 soatgacha, suvda 9 kungacha saqlana oladi.

Klinika. Koronaviruslar odamlarda o‘tkir respirator kasalligi, noodatiy zotiljam (atipik pnevmoniya) va gasroenterit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bolalarda bronxit va zotiljam xam uchrashi mumkin. Ayniqsa virusning Betacoronavirus turi odamlar uchun juda xavfli.

Epidemiologiyasi.Asosiy infeksiya manbai yovvoyi va uy hayvonlari, hamda bemor odam hisoblanadi. Kasallik havo - tomchi yo‘li orqali yuqadi.

Ushbu kasallikka qarshi bugungi kunda vaksinalar ishlab chiqilmagan.Ikkilamchi yuqtirish holatlari (bemordan-sog‘lom odamga) tibbiyot

xodimlari va bemorlar oila a’zolari o‘rtasida kuzatilgan. Barcha holatlarda infeksiya bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslarda kuzatilgan.

Kasallik yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib katta yoshdagi insonlarning 80% ida virusga qarshi antiteloning borligi aniqlangan. Mavsumga qarab koronavirus infeksiyasi barcha yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining10-35% ini tashkil qiladi. Koronavirus infeksiyami qish va bahorning boshlarida ko‘p uchraydi.

Koronavirusli infeksiyalarning tashxis belgilari quydagi assoslanadi: - guruhli kasallanish, asosan bir oila vakillari yoki bolalar orasida uchrashi; - mavsumiylik–qish va bahor fasllari; -yashirin davri- 2-14 kun; -kasallikning o‘tkir boshlanishi;

Page 11: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

-ba’zida laringotraxeit belgilari rivojlanishi mumkin; -doimiy bo‘lmagan isitma, umumiy zaharlanish belgilari; -kasallik kechishi o‘tkir, davomiyligi 1-3 kun. Xavfli guruhlarda ushbu kasallik og‘ir kechadi va asoratlar vujudga kelishi

mumkin. Xavfli guruhlarga kuyidagilar kiradi: homilador ayollar, tug‘ishdan keyingi davrdagi ayollar, bolalar va katta yoshdagi odamlar (ikki yoshdan kichik va 65 yoshdan yuqori), ortiqcha vaznli bemorlar hamda surunkali kasalliklari mavjud bemorlar (o‘pka kasalliklari, bronxial astma, surunkali bronxit, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qandli diabet va boshqalar).

Kasallikning oldini olish choralari:● Koronavirus keltirib chiqaradigan kasalliklar qayd etilgan davlatlarga

borishdan oldin ehtiyot choralari bilan batafsil tanishish. ● Tirik hayvonlar bilan savdo qilinayotgan bozorlarga tashrif buyuruvchilar,

hayvonlar yoki uning mahsulotlari bilan muloqatda bo‘luvchi shaxslar umumiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari talab etiladi, ayniqsa har bir muloqotdan so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish tavsiya qilinadi, yuvmasdan qo‘l bilan yuz, og‘iz va burunni ushlash ma’n etiladi.

● Noma’lum va kasallangan hayvonlar, shuningdek ularning xom ashyolari bilan muloqot qilmaslik talab etiladi.

● Pishirilmagan va chala pishirilgan hayvon go‘shti xamda ularning mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.

●  Umuman xom go‘sht, sut va hayvon ichki a’zolari mahsulotlari bilan muloqotda ehtiyot choralari ko‘rilishi shart.

●  Yuqoridagi qoidalarga ayniqsa, bozorlar va mollarni so‘yish punktlarida ishlovchilar hamda veterinariya xodimlari qat’iy rioya etishlari lozim.

● Ishlovchi xodimlar ish jarayonida himoya kiyimlari, niqob va qo‘lqop bilan ishlashi talab etiladi. Ishlatilgan himoya kiyimlarini xar kuni zararsizlantirish kerak, uydagilar ushbu anjomlar bilan muloqotda bo‘lmasliklari shart.

● Ovqatlanishdan oldin va ko‘chadan kelganda qo‘llarni sovunlab yuvish talab etiladi.

●  Tirik hayvonlarni sotish joylarida, go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan savdo qiluvchi joylarda, namligi yuqori bo‘lgan savdo joylarida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari olib borilishi lozim.

● Yuqori nafas yo‘llari o‘tkir kasalliklariga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganda kasallik yuqishining oldini olish maqsadida tibbiy niqobdan foydalanish lozim.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN

TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR“MIRZO BOBUR – SEN, FIG‘ONING SOLDI OLAM O‘ZRA O‘T”Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi va ijodining jahon tarixi, adabiyoti,

san’ati va ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni, Bobur she’riyati janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Boburnoma” asarining o‘zbek nasri taraqqiyotidagi mavqei, g‘oyaviy-badiiy-ilmiy jihatdan o‘ziga xosligi, qomusiy xarakteri, o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida Bobur hayoti va ijodi keng o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash

Page 12: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

milliy dasturi”da tilga olingan yoshlarni aqlan, yetuk, ma’nan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Bobur shaxsi va ijodini o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish, namuna qilib ko‘rsatish bugungi dolzarb masalalardan. Avvalo, yuksak badiiy mahorat egasi, yetuk shoir sifatida e’tirof etiluvchi Bobur she’riyatining mavzu ko‘lami, unda Vatan va xalq manfaatlarining ulug‘lanishi, ma’naviy-axloqiy masalalarning mahorat bilan kuylanganligi kabi masalalarni ochib berish orqali yoshlar ma’naviy olamini boyitish, Vatanga, adabiyot va san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash juda muhim. Shularni hisobga olgan holda, XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit va unda Boburning tutgan o‘rni, Bobur hayot yo‘li va ijodining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi, Boburning ijodiy merosi, she’rlarining janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Vaqoe” – “Boburnoma” ning qomusiy asar ekanligi masalalarini bugungi kun nuqtai nazaridan baholash oldimizda turgan eng ulkan vazifalardan.

Bobur hayoti va ijodi shu kungacha adabiyotshunoslar, tilshunoslar, tarixchilar, geograflar va fanning boshqa soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib kelindi.

Uning hayoti va ijodi haqida Denilson Ross, M.F.Kupriilzoda, A.N. Samaylovich, Fitrat, B.E.Bertels, Ya.G‘ulomov, V.Vozradov, X. Yoqubov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, A.Qayumov, N.Mallayev, B.Valixo‘jayev, I.V.Stebleva, S.Xasanov, S.Jamolov, O.Valixonov, S.Jalilov, R.T.Shamsutdinov kabi olimlar monografiya, risola, maqolalar yaratganlar.

Shunga qaramasdan, Boburning hayoti va ijodiga doir muammoli masalalar ko‘p. Shulardan biri Boburning tug‘ilgan joyi masalasidir, garchand, "Boburnoma"da uning hayot yo‘li batafsil berilsa-da, uning tug‘ilgan joyi aniq aytilgan emas. Shuning uchun ayrim olimlar uning tug‘ilgan joyini Axsi deb ko‘rsatsa1, ayrim olimlar Andijon deb yozadilar.2

Bizningcha, Bobur tug‘ilgan joy Andijon deb olinishi maqsadga muvofiqdir. Bobur “Boburnoma”da Andijonni 58 marta, Axsini 29 marta tilga oladi. Umarshayx Mirzo davrida Farg‘ona viloyatinnng poytaxti Axsi va Andijon bo‘lgan, Axsi viloyat chegarasi, daryo bo‘yidagi shahar bo‘lsa, Andijon viloyat ichida, Axsiga nisbatan issiq joydir. Boburning 1483 yil 14 fevralda, qish faslida tug‘ilgani hisobga olinsa, Umarshayx oykuni yaqin Qutlug‘ Nigorxonimni Andijonda saqlagani mantiqan to‘g‘ridir.

Boburshunoslikka doir manbalarda undan qolgan meros quyidagicha belgilanadi: lirik devonlar, “Boburnoma”, “Muxtasar”, “Mubayyin”, “Volidiya”, “Harb ishi”, “Musiqa ilmi”, “Xatti Boburiy”. "Boburnoma"ni ko‘chirgan kotib, unga yozgan ilovasida shunday fikrlar yozib qoldirgan: “Va podshoh aruz va qofiyaga ham risolalari bor va ul jumladan, “Mufassal” degankim, yangi tasnif qilibdurlar”!.Bu bitikdan ma’lum bo‘lmoqdaki, Boburning qofiya ilmiga bag‘ishlangan risolasi ham bor. Demak, Boburning bizga yetib kelmagan asarlari: “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” qatoriga qofiya ilmiga bag‘ishlangan risolasini yozgan bo‘lishi kerak.

Boburning aruz ilmiga bag‘ishlangan risolasi boburshunoslikda “Risolai aruz”, “Mufassal”, “Muxtasar” nomlari bilan atab kelinadi. “Risola aruz” umumiy nom bo‘lsa-da, keyingi nomlar ma’no jihatidan bir-biriga mos kelmaydi. “Mufassal” so‘zi to‘liq bayon qilingan ma’nosini bersa, “Muxtasar” so‘zi esa qisqa, lo‘nda ma’nolarini beradi.

Page 13: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Ma’lumki, Bobur Afg‘on, Hindni zabt etib, imperiya tashkil qilgan edi, Yevropalik olimlar Bobur imperiyasini “Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi” nomi bilan ataydilar. O‘zbek olimlari esa bu atama noto‘g‘ri ekanini uqtirib, Boburning mo‘g‘ul emasligini ta’kidlaydilar. Yevropalik olimlar nega Andijonlik Boburni mo‘g‘ullarga bog‘laydilar?

Bobur “Boburnoma”da o‘z shajarasini quyidagicha qayd etadi: Amir Temur, Mironshoh, Sulton Muhammad, Abu Said, Umarshayx, Bobur. Shu bilan birga, Temur Chingizxon avlodidan uylangani sabab, temuriylar qoniga Chingiz avlodi qoni qo‘shilganini ta’kidlab, agar Chingizxondan shajara boshlansa, Bobur 16-avlod ekanini sanab o‘tgan.

Boburning keyingi qarorini asos qilib olgan Yevropa olimlari uni bevosita Chingiz avlodi sanaydi. Bu to‘g‘ri emasdir. Yuqoridagi birinchi shajara asos bo‘lib, Bobur imperiyasini "Buyuk Bobur imperiyasi" deb atash ma’quldir.

Manbalarda, adabiy, badiiy asarlarda Boburning harami haqida ma’lumotlar oz uchraydi. Hatto P.Qodirovning “Bobur” romanida Bobur haram ushlamagan degan fikr berilgan.

N.A.Muhitdinov uzoq yillar davomida Hindistonda elchi vazifasida ishlab, Boburiylar tarixi bilan qiziqqan, yangi-yangi faktlarga duch kelgan. U “Guliston” jurnalida e’lon qilingan maqolasida Boburning farzandlari 18 ta bo‘lib, ulardan 16 tasi Kobulda tug‘ilganini yozadi.

Boburning hozirgacha e’lon qilingan she’riy to‘plamlari Bobur lirik merosini to‘la qamrab olgan emas. "Boburnoma"da va boshqa bayoz va to‘plamlarda shoirning turkiy, forsiy misralari borki, ularni jamlash, uning to‘la she’rlar to‘plamini nashr etish navbatdagi vazifalardandir.

Bobur shajarasi: Ota tomonidan: Bobur - Sulton Umarshayx Mirzo - Sulton Abusaid Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo -Sulton Mironshoh - Amur Temur Ko‘ragon. Ona tomonidan: Qutlug‘ Nigorxonim - Yunusxon - Vaysxon - Sher Alixon - Muhammad Xo‘jaxon - Xizir Xo‘jaxon - To‘g‘luq Temurxon - Eson Bug‘axon - Dava Chiqon - Baraqxon - So‘kach o‘g‘li - Qamg‘or - Chig‘atoy - Chingizxon.

Zahiriddin Muhammad shoirning ismi bo‘lib, “Bobur” uning taxallusidir. Shoir taxallusi o‘z she’rlarida, rus, tojik, turk adabiyotshunoslari tomonidan “Bobur” shaklida aytilib, yozilib kelinsa-da, o‘zbek adabiyotshunosligida “Bobur” shaklida aytilib, yozilar edi. 1983-yili adabiyotshunos A.Abdug‘afurov “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida maqola e’lon qilib, shoir taxallusini “Bobur” aytish va yozish to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib beradi. Olim “G‘iyos-ul lug‘at” kitobida “yo‘lbars” so‘zi shaklida, ya’ni, ikkinchi tovushi ustida belgisi borligini keltirib, bu holatda, albatta “Bobur” o‘qilishi to‘g‘ri ekanini uqtiradi. Ikkinchidan, Bobur bir ruboiysida o‘z taxallusini beradiki, unda “Bobur” ekaniga shak-shubha qolmaydi.

She’ring eshitish fikrini bobur qildi. Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi. Ko‘zni yorug‘ aylaydi savodi birla. Mazmuni birla quloqni purdur qildi.

Page 14: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Qofiya bo‘layotganso‘zlarga e’tibor berilsa, “purdur” “tasavvur” so‘zlari ikkinchi bo‘g‘inida “u” tovushini kelishi aniqdir. Demak, shoir taxallusi “Bobur” ekanini shoir o‘zi ham tasdiqlamoqda.

1494yili Umarshayx kabutarxonasi bilan jarga qulab o‘ladi 12-yanvarda Bobur taxtga o‘tiradi. Otasi vafot etganda Bobur endigina o‘n bir yoshdan o‘tgan edi. U Farg‘ona viloyatining vorisi sifatida otasining o‘rniga taxtga o‘tiradi. Farg‘onada hokimiyatni qo‘lga olgan Bobur o‘z hukmronligi doirasini kengaytirishga, Movarounnahrda yirik bir davlat vujudga keltirishga urinadi. Uning diqqatini eng avval bobosi Amur Temurning poytaxti Samarqand o‘ziga jalb qiladi. Bobur o‘ziga tayinlangan bek atka va oqila onasi Qutlug‘ Nigorxonim rahbarligida qo‘shinni qayta tuzadi, shahar va qo‘rg‘onlarni mustahkamlaydi, Andijonga hujum qilgan o‘z tog‘asi Sulton Ahmadning hujumini mohirlik bilan qaytarib, ularni chekinishga majbur qiladi. Qo‘shini to‘zg‘igan Sulton Ahmad sulx tuzib, Samarqandga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu jang yosh Boburning birinchi va katta g‘alabasi edi. Mana shu jangdan keyingina Boburdagi yagona va katta davlat tuzish, uni osoyishta tutish va farovon qilish niyati paydo bo‘ladi.

Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida egallab oladi. Uning ixtiyoriga o‘tgan bu ulkan shahar dunyoning eng boy va mashhur shaharlaridan edi. Temur davlatining markazi bo‘lgan bu shaharning masjid va madrasalarini, saroy va maqbaralarini hayrat bilan kuzatgan Bobur Samarqandning tarixda tutgan o‘rni va o‘sha davrdagi salohiyatini g‘urur bilan ta’riflaydi.

Samarqandning ichki vaziyati Boburning kutganicha bo‘lib chiqmadi. O‘zaro ichki urushlar, haddan ziyod soliqlar shahar ahlini nihoyatda qashshoq ahvolga keltirgan edi. Buning ustiga Farg‘onada qolgan ayrim beklar fitna va xiyonat yo‘liga o‘tgan edilar. Samarqandda atigi 100 kun hukmronlik qilgan Bobur Andijondan mahrum bo‘lmaslik uchun qaytib kelayotganda, Xo‘jandga yetganda Andijonni Jahongir Mirzo qo‘liga o‘tganini eshitadi. Bu orada Samarqandni Boburning amakivachchasi Sulton Ali Mirzo egallab olgan edi.

Shundan ikki yilga yaqin vaqt o‘tgandan keyingina Bobur Andijonni qo‘lga kiritdi, so‘ngra u butun e’tiborini yangidan Samarqandga qaratib, qo‘shin bilan Shahrisabzga yetganida Shayboniy ham Samarqandga yaqinlashib qolganini va Samarqand hokimi Sulton Ali mirzo tang ahvolda qolib Shayboniyga taslim bo‘lganini eshitadi. Biroq, Shayboniyning bu yerga hokim tayinlab, o‘zi urushni davom ettirayotgani sababli Bobur Samarqandni ortiqcha qarshiliksiz qo‘lga kiritadi.

1501yilning aprel oyida Shayboniy Samarqandni qamal qiladi, to‘rt oy davom etgan qamal shaharni qiyin ahvolga keltiradi va Bobur uchun Samarqandda qolish xavfli bo‘lib qoladi. Shayboniyning sulh sharti bahonasi bilan Bobur shaharni tashlab chiqib ketadi va Andijonga kirolmay, O‘ratepa, Mastchoh, Dahkat, Ohangaron, Piskentda bo‘ladi va nihoyat mo‘g‘ul xonlaridan bo‘lgan tog‘asi, Toshkentning hokimi - Mahmudxonning oldiga boradi. Uzoq vaqtlar sarson-sargardon yurgan Bobur 1504yilda 300 dan ziyodroq yigiti bilan Afg‘onistonga qarab yuradi. Afg‘onistonning katta qismini egallagan Bobur Shayboniyga qattiq zarba bergan Eron shohi Shox Ismoildan yordam so‘raydi va uning yordami bilan 1512 yilda Samarqandni qayta qo‘lga kiritdi. Uning bu sa’i-harakatlari yuqorida aytilganidek, Movarounnahrda markazlashgan, farovon davlat tuzishdan iborat edi. Ammo o‘z kuchlarini yana mustahkamlab olgan

Page 15: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

Shayboniyxon, Bobur bilan hamkorlikda jang olib borayotgan Najmi soniyning xalqni parokanda qilganidan foydalanib, Samarqandni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan Bobur u yerning xo‘jalik va madaniy hayotiga katta e’tibor berdi, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy e’tiqodlariga erkinlik berdi va amaldorlarini izzat-hurmat qildi. Bularning barchasi Boburning shon-shuhratini oshiradi. Bobur o‘z davlatini janub tomonga kengaytirish, Hindistonni egallab olish harakatini boshlab yuboradi. 1525 yil 21 aprelidagi Panipat, so‘ngra Dehli janglari 1527yilning 16 martida Boburning g‘alabasi bilan tugaydi.

Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatining shuhratini saqlab qolishga va mustahkamlashga, Markaziy Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirishga uzoq va qattiq kurasholib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagach, u Afg‘onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab oldi va katta imperiyani vujudga keltirdi. U asos solgan imperiya Afg‘oniston va Hindistonning siyosiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi.

Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga qadar yashadi. Boburiylar sulolasi Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol o‘ynadi.

Bobur insoniyat madaniy hayoti tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Uning faoliyati hamda merosini o‘rganishda turli soha olimlari: tarixchilar, filologlar, o‘lkashunoslar katta natijalarga erishdilar. Uning asarlari ko‘p martalab nashr etildi, tadqiqotlar, ilmiy va ommabop asarlar yaratildi. Uning ijodini o‘rganuvchi o‘nlab olimlar yetishib chiqdi, bu borada ingliz sharqshunosi U.Erskinning xizmatlari katta. U Bobur va Boburiylar sulolasining Hindiston tarixi, uning davlat tuzumi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida oqilona va odilona xulosalarni bayon qilgan beg‘araz mutaxassislardan biridir.

Bobur Kobulda Hindistonda katta bunyodkorlik ishlarini olib bordi. Yurtni obod qildi. 1530 yili 26 dekabrda Agra shahrida vafot etadi.

Istiqlol yillarida Bobur va boburiylar haqidagi kitoblar, yuzlab maqolalar, o‘nlab risola va monografiyalar yaratildi. H.Qudratullayevning «Bobur armoni», R.Vohidoviing «Biz bilgan va bilmagan Bobur», I.Adizovaning «So‘zumni ko‘rub anglag‘aysan o‘zumni...», Ansoriddin Ibrohimovning «Boburnoma – buyuk asar», "Boburnoma"dagi hindch aso‘zlar», G‘.Satimovning «Boburiyzodalar», «Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylarning o‘rni», S.Jalilovning «Bobur va Yuliy Sezar», «Bobur haqida o‘ylar», F.Isxokovning «Boburnoma» uchun qisqacha izohli lug‘at», Z.Mashrabov va S.Shokarimovning «Asrlarni bo‘ylagan Bobur», K.Raisning «Bobur shaxsiyati va she’riyati», Sh.Yorqinning «Bobur devoni.Takmila», «Komron devoni» (ilmiy-tanqidiy matn), Gulbadan Begimning «Humoyunnoma», R.Godenning «Gulbadan» romani, P.Qodirovning «Bobur», «Avlodlar dovoni» romanlari, X.Sultonovning «Boburning tushlari» kitobi, «Boburiynoma» ma’rifiy romani, Qamchibek Kenjaning «Hind sorig‘a», «Andijondan Dakkagacha», «Buyuklar izidan», «Andijondan Bag‘dodgacha» safarnomalari va boshqa qator asarlar shular jumlasidandir.

Adabiyot va san’at sohasida Bobur siymosi yaratilmoqda. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” roman-dilogiyasi “Bobur” dramasi,

Page 16: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewAgar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi,

X.Sultonovning “Saodat sohili” qissasi va turkum hikoyalari, Z.Muhitdinov, M.Xolidovlarni “Zahriddin Muhammad Bobur” nomli dramalari yaratildi.

Bobur haqida videofilm yaratilib, unda Bobur siymosini M.Abduqunduzov yaratgan. “Bobur” nomida Xalqaro jamg‘arma tashkil qilinib, ular tashabbusi bilan “Bobur bog‘i” yaratildi, u yerga Boburning ramziy qabri, haykali qo‘yildi. Andijon markazida Boburning ot ustida o‘tirgan haykali, Ark ichida esa bir haykali mavjuddir.

Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan 1993yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Boburning buyuk xotirasini ulug‘lash yo‘lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Boburhaykali o‘rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. «Bobur milliy bog‘i» va Shu bog‘ qoshida «Bobur va jahon adabiyoti» nomli muzey tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan o‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar1-bosqich uchun: X.Sultonov. “Saodat sohili”.2-bosqich uchun: P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”.3-bosqich uchun: P.Qodirov. “Avlodlar dovoni”.4-bosqich uchun: X.Sultonov. “Boburiynoma”.