34
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 21 oktabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,

samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

  • Upload
    others

  • View
    38

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 21 oktabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

O‘SIMLIKLAR KARANTINI BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/simliklar-karantini-b-yicha-davlat-khizmati-

faoliyatini-yana-13-10-2020

AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA

DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

 q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/a-olini-tadbirkorlikka-zhalb-ilish-tizimini-

takomillashtirish-14-10-2020

SARIMSOQPIYOZ HAMDA TO‘QSONBOSTI USULIDA SABZAVOT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA EKSPORT QILISHNI

KO‘PAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/sarimso-piyez-amda-t-sonbosti-usulida-

sabzavot-ma-sulotlarin-15-10-2020

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.

Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e’tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q.

Page 3: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Bo‘lgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo‘yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro‘yxatdan o‘tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan.

Yig‘ilishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi.

Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligiga barcha idoralar va hududlar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng muhokama qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Intellektual mulk yaratuvchilarini rag‘batlantirish, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda yiliga 4 ming 500 atrofida intellektual mulk ob’ekti, jumladan, 2 mingdan ziyod tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tadi. Misol uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati so‘nggi o‘n yilda 35 ta ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so‘mdan ortiq iqtisodiy samara ko‘rgan. Bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish korxonalariga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Lekin bunday ixtirolar xorijda ro‘yxatdan o‘tkazib kelinmoqda. Chunki yurtimizda qiymatni baholash tizimi amalda ishlamayapti. Buning oqibatida ko‘plab ishlanmalar tijoratlashtirilmay qolib ketmoqda.

Shu bois Butunjahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari bilan baholovchilar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Kelgusi yil birinchi chorakda sanoat mulki patentlari platformasini yaratib, unga sanoat tarmoqlaridagi intellektual mulk ob’ektlarini joylashtirib borish, viloyatlardagi korxonalar va oliy o‘quv yurtlarining intellektual mulk ob’ektlari bazasini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug‘i ro‘yxatga olingan bo‘lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan xolos. Shu bois bunday ilmiy yutuqlarning “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

- Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog‘lash kerak, - dedi Prezident.Davlatimiz rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish

masalasiga alohida e’tibor qaratdi.Bugungi kunda mamlakatimiz sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi

xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.

Masalan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish mumkin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yuridik universitet hamda joylardagi huquqshunoslik fakultetlarida tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilishi belgilandi.

Page 4: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

- Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O‘zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro‘yxatdan o‘tkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga to‘siq bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Yana bir muammo – yurtimizda san’at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan.

Misol uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, oylik to‘lov undiradigan onlayn kinoteatrlarda 30 mingdan ortiq kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar joylashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, bundan mualliflar moddiy manfaat ko‘rmaydi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligiga mamlakatimizda ro‘yxatga olingan ko‘ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o‘rganib, mualliflar manfaatlarini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

- Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo‘ladi, - dedi Prezident.

BIRLIK, HAMJIHATLIK VA MEHR-OQIBATDA HIKMAT KO‘PDavlatning davlatligi, xalqning xalqligi qiyin paytlarda bilinadi. Afsuski, 2020 yil juda og‘ir keldi. Koronavirus balosi, u keltirgan ijtimoiy-

iqtisodiy inqiroz yetmaganidek, bir hafta ichida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy-texnogen ofatlar ro‘y berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkala joyga ham zudlik bilan yetib borib, vaziyatni o‘z nazoratiga olgan edi. “Sabr qilib, og‘irlikni yelkamizga olib, chidashimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi”, degan edi Prezident o‘shanda.

Avvalo, eng katta og‘irlikni davlatimiz rahbari o‘z zimmasiga oldi. Talafot oqibatlarini bartaraf etib, hayotni tiklash ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Bu esa jabrdiydalarga kuchli dalda va madad bo‘lib, butun xalqimiz birlashdi. Kimdir mablag‘i, kimdir mehnati bilan yordamga keldi.

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Davlatimiz rahbari o‘shanda bu ahvolni ko‘rib, vayron bo‘lgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki undan-da yaxshi qilish, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirishga va’da bergan edi.

Shu maqsadda uchta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani "Do‘stlik" mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani "Haqiqat" mahallasida 40 ta hamda "Navbahor" mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 13 oktabr kuni yana Sirdaryo

Page 5: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari dastlab Mirzaobod tumanidagi "Haqiqat" mahallasiga tashrif buyurdi.

– Suv toshqini juda katta talafot bo‘ldi. Ham fojia oqibatlarini bartaraf etish, ham qisqa muddatda odamlarni rozi qilishimiz kerak edi. Bunga uncha-muncha davlatning dosh berishi o‘zi bo‘lmaydi. Har bir odam bilan gaplashdik. Vazirliklar, hududlarni jalb qilib, tezkor ish tashkil etildi. Sovuq kunlarga qoldirmasdan, oilalarni uy bilan ta’minlashga erishdik. Eng katta masala – odamlarning ko‘nglidagi g‘ashlik ketdi, ular rozi bo‘ldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilgari bu joylardagi ko‘p uylarda tabiiy gaz yo‘q edi. Endi gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan. Yana bir muhim tomoni – yangi uy egalarining avvalgi hovlilari ham o‘zlarida qoldi.

Davlatimiz rahbari o‘sha qiyin kunlarda butun xalqimiz jipslashib harakat qilganiga katta e’tibor qaratdi.

– Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatning o‘z ko‘chasi bor. Birlashsak, mehrli bo‘lsak, ko‘p ishlarni amalga oshirishimizga hamma inonadi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘p qavatli uylar shinam, hovlilari obod. Bu mahalla Yangi O‘zbekiston, deb nomlangan.

– Yangi O‘zbekiston deyilganida ham ma’no bor. Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz. Har bir mavze yonida ish o‘rinlari ham tashkil etamiz. Umuman olganda, qurish va yashash madaniyatimiz o‘zgarishi kerak, – dedi Prezident.

Yangi mavzeda mahalla guzari, do‘kon, kutubxona, bolalar maydonchalari barpo etilgan. Uylarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyasi tashkil qilingan.

Turar joylarni ekspluatatsiya qilish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari shundan so‘ng Oqoltin tumanidagi “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi.

Bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi.

Hosilni asrab qolish uchun ko‘chma nasoslar yordamida suv qochirilib, yer kultivatsiya va chopiq qilindi. Imkonsiz joylarda paykallar buzilib, qaytadan boshqa ekinlar ekildi. Qiyg‘os ochilgan paxta ana shunday mashaqqatli mehnat natijasidir.

“Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi “Oqoltin APK” paxta to‘qimachilik klasterining hamkori.

Shu yerda klasterlar rahbarlari va fermerlar bilan muloqot bo‘ldi. Paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligi ta’kidlandi.

– Klaster va manfaatdorlik – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi. Ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo‘lmaydi, – dedi Prezident.

Mazkur klaster tomonidan 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Oqoltin tumanida yiliga 30 ming tonna chigitni

Page 6: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

qayta ishlash bo‘yicha qiymati 4 million dollar hamda 50 ming tonna donni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 5,8 million dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi "Yangi Toshkent" mahallasini borib ko‘rdi.

Bu yerda 130 ta kottej ta’mirlanib, kommunikatsiya tarmoqlari tiklangan. Yangi mahalla guzari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, kutubxona, sport majmuasi, ichki yo‘llar qurilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan suhbatlashdi.

– Bu yerga kelganimda vaziyat juda achinarli edi. Bu mening uyim, jigarlarim, farzandlarim, deb yuragimdan o‘tkazdim. Pul topish, tashkil qilish oson bo‘lgani yo‘q. Xudoga shukr, hammasi ortda qoldi. Bu uylar sizlarga buyursin. Endi bu obodlikni asrab, yaxshi yashab, yaxshi to‘ylar qilinglar. O‘zi mening eng katta maqsadim – yoshlarni baxtli ko‘rish, – dedi davlatimiz rahbari.

Mahallada “Nafis liboslar” tikuvchilik korxonasi ham tashkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod xotin-qiz ish boshladi. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

– Xotin-qizlarga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. Ayolni rozi qilolsak, jamiyatimiz fayzli bo‘ladi, hamma rejalarimizni amalga oshira olamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Korxona kelgusi yili to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 500 ming dona mahsulot ishlab chiqariladi. Ularning bir qismini eksport qilish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari oilaviy poliklinikaga kirib, sog‘liqni saqlash xodimlari bilan suhbatlashdi. Tibbiyot bilan sport hamohangligini kuchaytirib, odamlarni sog‘lom turmush tarziga odatlantirish, aholining umrini uzaytirish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.

– Ko‘p yurish bilan to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini yo‘lga qo‘yib olsak, tibbiyotdagi 30-40 foiz masalani hal qilgan bo‘lamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu boradagi targ‘ibotni kengaytirish, rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanidagi “Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

“Oqsaroy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyat tarkibidagi mazkur korxona yiliga 3,5 million dollarlik tayyor mato va kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish mo‘ljallangan. Turkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda faoliyat boshlagan xotin-qizlarni yangi uy va ish joylari bilan tabrikladi.

– Fojia yuz bergan kunlari ba’zi odamlarda ertangi kunga ishonch yo‘qolib qolgan edi. Bugun sizlarning ko‘zingizda ishonch uchqunlarini ko‘rib turganimdan xursandman. Ayollar ishlasa, kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Ayolning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, farzandlarining kayfiyati, tarbiyasi yaxshi bo‘ladi, oilada, jamiyatda muhit o‘zgaradi. Shuning uchun xotin-qizlarga ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Page 7: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Shu yerda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yengil sanoatda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari 15 may kuni Sardoba tumanida bo‘lganida “Do‘stlik” mahallasida yangi uylar qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Qisqa vaqtda bu yerda 1 ming 480 xonadonli 37 ta turar joy qurib bitkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu galgi tashrifi chog‘ida mazkur zamonaviy mavzeni ko‘zdan kechirdi.

Uylar besh qavatli bo‘lib, ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Yangi mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurilib, hudud obodonlashtirilgan.

Xonadonlar tayyor holda, toshqindan jabrlangan oilalarga bepul topshiriladi. Oldin mazkur mahallada yashagan Baxtiyor va Qimmatxon Mirzayevlar oilasiga ham uch xonali kvartira ajratilgan. Davlatimiz rahbari ushbu xonadonga kirib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Do‘stlik” mahallasida sirdaryolik faollar, suv toshqinidan jabrlangan odamlar bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida viloyat ahli bilan shunday obodlikda, yorug‘ yuz bilan ko‘rishib turganidan xursandligini bildirdi.

– Oxirgi besh oyda hammamiz sinovdan o‘tdik. Hamjihat bo‘lib, matonat, mehnat bilan sharoitni tikladik, yangi uylar, yo‘llar qurildi. Bugun bu ishlarni ko‘rib, albatta xursand bo‘ldim. Lekin menga eng katta kuch, quvonch bergan narsa odamlarning kayfiyati bo‘ldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sardoba suv ombori to‘g‘oni uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta zarar yetkazgan edi. Hukumat komissiyasi tuzilib, uning oqibatlarini bartaraf etishga barcha kuch va vositalar jalb qilindi. Suv bosgan mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinib, boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklar o‘zaro muvofiq harakat qilib, turmush sharoitlari qisqa muddatda tiklandi.

Uchta yangi mavze barpo etildi. Bog‘cha va maktablar, kollejlar va sog‘liqni saqlash muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Suv bosgan hududlar bugun avvalgidan-da yaxshilanib, yangi qiyofaga ega bo‘ldi.

– Xalqimiz roziligini birinchi kundan asosiy maqsadimiz, shiorimiz etib tanlaganmiz. Qiyin, lekin shuning uchun ishlayapmiz. Sirdaryodagi qurilishlar, o‘zgarishlar shu bilan cheklanib qolmaydi, yana davom etadi. Buning uchun katta marralar belgilaganmiz, – dedi Prezident.

Uchrashuvda suv toshqinidan jabr ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar qurish va ta’mirlash, aholi salomatligini himoya qilish, infratuzilma ob’ektlarini tiklash, yangi ish joylari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Mutasaddi vazirliklar viloyat faollariga bu borada bajarilgan ishlar va rejalashtirilgan loyihalar haqida taqdimot qildi.

Page 8: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar yurtimizda bironta insonni, bironta ham oilani har qanday falokat va muammo qarshisida yolg‘iz qoldirmaymiz, barcha zarur yordamni albatta ko‘rsatamiz, degan xolis, pok va ezgu niyat bilan ish olib borilgani, buning samarasida ko‘zlagan marralarga erishilgani ta’kidlandi. 

Xususan, Prezidentimiz shaxsan bosh-qosh bo‘lib, uy-joysiz qolgan odamlarni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan, boshpana bilan ta’minlash uchun katta ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Pandemiya sharoitiga qaramasdan, bugun Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan beqiyos bunyodkorlik ishlari, xalqimizning yaratuvchanlik ruhi, bizning ulug‘ qudratimizni, nimalarga qodir ekanimizni yana bir bor namoyon etdi. Bu sirdaryoliklar ruhini cheksiz shod etib, ertangi kunga, xalqimiz farovonligiga qaratilgan islohotlarga ishonchini mustahkamladi.

EKSPORT REJALARI VA INVESTITSIYA LOYIHALARINING BAJARILISHI TANQIDIY TAHLIL QILINDI

14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish, yangi o‘sish nuqtalarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xitoy va Janubiy Koreya O‘zbekistonning strategik sheriklaridir. Ikki davlat bilan ham oliy darajadagi tashriflar doirasida keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilgan, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, gumanitar va boshqa sohalardagi loyihalarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” qabul qilingan.

Lekin koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlar iqtisodiyoti uchun kutilmagan sinov bo‘ldi. Karantin cheklovlari tashqi savdo aloqalarining qisqarishiga, transport qatnovlari kamayishiga, investitsiya loyihalari kechikishiga olib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari 6 oktabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqotda qo‘shma dastur va loyihalarni tezlashtirish hamda ularni amalga oshirishda ko‘maklashish, kerak bo‘lsa, imtiyozli kreditlarni oshirish yuzasidan kelishib olindi. Yil oxiriga qadar davlat rahbarlari ishtirokida onlayn sammit o‘tkazilishi belgilandi.

Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shu yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 4 milliard dollarga, Janubiy Koreya bilan 1,4 milliard dollarga yetdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz bu davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha imkoniyatlar ko‘pligi, lekin hozirgi natijalar yetarli darajada emasligini ta’kidladi. “Yo‘l xaritalari” ijrosi oqsayotgani, ish tizimli olib borilmayotganini jiddiy tanqid qildi.

Bu yil ayrim sohalarda eksport ko‘rsatkichlari pasaygan. Jumladan, Xitoyga o‘tgan sakkiz oyda to‘qimachilik sohasida 42,3 foizga, kimyo va neft-kimyo sanoatida 33,1 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishda 18,1 foizga kamaygan.

Page 9: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Shu davrda Janubiy Koreyaga eksport bo‘yicha Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Yig‘ilishda tarmoq va hudud rahbarlari eksportning ahamiyatini hanuzgacha chuqur tushunib yetmayotgani, ularning bu boradagi ish uslubi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Har bir tarmoq va hudud rahbari o‘z mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish, tannarxini tushirish va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha yangi, samarali takliflar ishlab chiqib, bu masalalar bilan doimiy shug‘ullanishi shart, – dedi Prezident.

Xitoyning ochiq iqtisodiy siyosati va mamlakatimizning qulay geografik joylashuvidan samarali foydalanish, Janubiy Koreya bozoriga yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni aviatransport orqali tashish muhimligi aytib o‘tildi.

XXR va Koreya Respublikasi mamlakatimizning yirik investorlari ham hisoblanadi. Xususan, oxirgi uch yilda Xitoydan 3,9 milliard, Janubiy Koreyadan 850 million dollar sarmoyalar o‘zlashtirilgan.

Lekin ayrim investitsiya loyihalari ijrosi kechikmoqda.Yig‘ilishda shunday loyihalar tarmoq va viloyatlar kesimida tanqidiy

muhokama qilindi. Muddatidan ortda qolayotgan yoki to‘xtab qolgan loyihalarni chuqur tahlil qilgan holda, ularni jadallashtirish va ishga tushirish choralari belgilandi. Shu bilan birga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Xitoy hamda Janubiy Koreyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni shakllantirish zarurligi qayd etildi.

Transport, sog‘liqni saqlash, madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarning borishi ham ko‘rib chiqildi.

Xitoy va Janubiy Koreya bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi yo‘nalishlar topish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

– Bugun zamon o‘zgaryapti, talab o‘zgaryapti. Hamma tarmoqlar tahlil qilinmoqda. Ularni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilyapmiz. Natija ham shunga mos bo‘lishi kerak. Iqtisodiy barqarorlikning kafolati – eksport va investitsiya ko‘rsatkichlarini oshirish, – deya ta’kidladi Prezident.

Videoanjuman ko‘rinishida o‘tgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va O‘zbekistonning chet mamlakatlardagi elchilari ishtirok etib, eksport va investitsiya loyihalaridagi qoloqlikni bartaraf etish choralari yuzasidan hisobot berdi.

YER HISOBI VA DAVLAT KADASTRLARINI SAMARALI YURITISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 oktabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida bir necha o‘n yillar mobaynida tizimli muammolar to‘planib qolgani sir emas. Tartib-intizom, hisob-kitob bo‘lmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj bo‘lib ketgan. Bu sohadan aholi ham, tadbirkorlar ham norozi edi.

Page 10: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Shu bois joriy yil 7 sentyabrda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda sohani ilg‘or tajriba asosida isloh qilish, yangicha boshqaruv tizimini joriy etish, yerning hisobini to‘liq yuritish va raqamlashtirish bo‘yicha komleks vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi. Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish vazifasi mazkur agentlikka, yerlardan samarali foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi.

Yangi tizimga ko‘ra Kadastr agentligi Soliq qo‘mitasi tarkibida tashkil etilgani bejiz emas. Chunki bu sohada soliq bazasini kengaytirish uchun katta zaxira bor.

Misol uchun, yaqinda Bo‘stonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 2 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan.

Shunday holat yer maydonlarida ham bor. Masalan, xatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydoni borligi ayon bo‘lgan. Umuman, 113 tumanda yer fondi toifalari va turlarining aniq hisob-kitobi bo‘lmagani oqibatida ko‘plab zaxiralar yo‘qotilmoqda.

Yig‘ilishda yangi tizim asosida ishni tashkil etish uchun birinchi galda yer hisobini joyiga qo‘yib, to‘liq shakllantirib olish zarurligi ta’kidlandi.

– Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yo‘l ochib bergan. Bugun tizim tamomila o‘zgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir, – dedi Prezident.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.

Shuningdek, Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining ma’lumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va ob’ektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kundagi o‘rmon xo‘jaligi kadastri 1987 yildan buyon yangilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Undan beri o‘tgan davrda tabiiy yo‘l bilan yangi o‘rmonlar paydo bo‘lgan. Shu bois O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga o‘rmonzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Tizimdagi muammolardan biri shuki, 340 mingta ob’ektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod ob’ekt bo‘yicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning kadastr hujjati yo‘q.

Shu munosabat bilan Prezident ko‘chmas mulk kadastri hisobini to‘liq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligini

Page 11: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

ta’kidladi. Undan keladigan mablag‘lar to‘liq mahalliy budjetga tushadi va ular hisobidan ijtimoiy masalalarni hal etish mumkin.

Qurilishdan bino-inshootning kadastr jildini tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlarda undiriladigan to‘lovlar asosliligini o‘rganib, ularni kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yer solig‘i hisoblash tizimini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer solig‘i deyarli bir xilda hisoblanadi.

Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qo‘llash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu maqsadda xalqaro ekspertlar jalb qilinib, ob’ektlarning bozor qiymatini aniqlash tartibi 4 ta tumanda sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.

Yig‘ilishda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik yoki yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish muammosiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etilganidek, birgina joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11 ming 200 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan, shundan 3 200 gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan. Bularning 99 foizi sug‘oriladigan, unumdor qishloq xo‘jaligi yerlari.

Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan ta’minlanishi aytildi. Bundan tashqari, kosmosdagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash va qurilishni ilk bosqichidayoq bartaraf etish imkonini beradigan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dastlab ayrim viloyatlarda sinovdan o‘tkaziladi.

Barcha viloyat, tuman va shaharlarning ma’muriy chegaralarini aniqlash ishlarini shu yil yakuniga yetkazib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. 2 mingdan ziyod nomsiz ko‘chalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar borligi qayd etilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumki, yurtimizda 21 turdagi davlat kadastri mavjud. Lekin bugungi kunda 9 ta kadastr bo‘yicha ma’lumotlar 50 foizga ham yetmaydi. Oqibatda yerlarni auksionga chiqarish uchun turli idoralar joyiga chiqib o‘rganishga, alohida-alohida xulosa berishga majbur va unga 2 oy atrofida vaqt ketmoqda.

Xususan, faqat shaharlararo avtomobil yo‘llari bo‘yicha kadastr mavjud bo‘lib, ichki yo‘llar bo‘yicha birorta hududda kadastr tasdiqlanmagan. Shu bois bu boradagi kadastrni to‘liq hujjatlashtirib, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish vazifasi belgilandi.

Sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish uchun Kadastr agentligining barcha bo‘g‘inlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, yangi tizim mazmuni va tartibi bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi. Joylardagi kadastr bo‘limlarining moddiy-texnik ta’minoti va mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ham ko‘rsatma berildi.

– Umuman aytganda, har bir hokim va sektor rahbarlari yer hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yerni ko‘z qorachig‘iday asrash hududlarning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri ekanini anglab yetishi lozim,

Page 12: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

– dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu orqali uchta muhim masalani, ya’ni, yerdan samarali foydalanishni, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk huquqini va daxlsizligini ta’minlashni hamda soliq bazasini kengaytirib, budjet daromadiga qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishni hal qilgan bo‘lamiz.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI XORIJIY DAVLATLAR ELCHILARINI QABUL QILDI

Bugun “Ko‘ksaroy” qarorgohida xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari, Eron Islom Respublikasi, Ukraina, Italiya Respublikasi, Isroil Davlati, Pokiston Islom Respublikasi va Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari Said al-Qamziy, Hamid Nayrobodiy, Nikolay Doroshenko, Agostino Pinna, Zexavit Ben Xillel, Said Ali Asad G‘iloniy va Manish Prabxatdan yorliqlarni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari elchilarni O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini boshlagani bilan samimiy tabriklab, ularga ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi sharafli va mas’uliyatli vazifada katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Prezidentimiz o‘z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi global miqyosda tarqalishining oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha ko‘rilayotgan inqirozga qarshi choralar dasturiga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston o‘zaro ishonch va hurmat, teng huquqlilik va manfaatlarni hisobga olish, ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatni olib borishda qat’iy ekani qayd etildi.

Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa mamlakatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlari bilan ko‘p qirrali aloqalar va sheriklikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish ekani ta’kidlandi.

Ayni paytda iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish – savdo va investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport va logistika, bank-moliya kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar doirasidagi izchil va sermahsul hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi elchilar vakillik qilayotgan davlatlar rahbarlariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh organlaridan biri – Inson huquqlari bo‘yicha kengashda mamlakatimiz a’zoligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy voqea yurtimizda huquqni himoya qilish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarning xalqaro miqyosdagi keng e’tirofidir.

Tadbirda davlatimiz rahbari diplomatlarga murojaat qilar ekan, tegishli xorijiy sheriklar bilan ikki tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollarini qayd etdi.

Page 13: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Xususan, mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklari bilan an’anaviy do‘stona va yaqin munosabatlari oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli prinsipial jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda Masdar, Mubadala, DP World kompaniyalari, Abu-Dabi taraqqiyot fondi va boshqalar ishtirokida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish faol pallaga kirdi. Ular muqobil energetika, infratuzilma, kimyo tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika sohalarini qamrab olgan.

Davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish sohasida dasturlar hamda Orolbo‘yida ijtimoiy ahamiyatli loyihalar bajarilmoqda.

O‘zbekiston Eron bilan hamkorlikdagi katta salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekani bildirildi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishga katta e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

Tovar ayirboshlashni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat va qishloq xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, Eron bandargohlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish masalalari ayniqsa dolzarbdir. Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida muntazam muloqot olib borilmoqda.

Ukraina mamlakatimizning an’anaviy hamkoridir. Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda faollashuv kuzatilayotganini ta’kidladi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, muhim iqtisodiy va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, eksport-import, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, to‘qimachilik va agrar tarmoqlarda, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari mavjud.

Ulkan iqtisodiy va madaniy salohiyatga ega Italiya mamlakatimizning Yevropa Ittifoqidagi asosiy sheriklaridan biri.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ikki tomonlama munosabatlar va ko‘p tomonlama hamkorlikni, shu jumladan “Italiya - Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvlari formatida va xalqaro tashkilotlar doirasida mustahkamlab borish zarur.

Savdo-iqtisodiy yo‘nalishda Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmog‘i va boshqa sohalarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarlik istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli tayyorlanmoqda.

Gumanitar sohada oliy ta’lim va madaniy almashinuv borasida muhim dasturlar ilgari surilmoqda.

O‘zbekiston va Isroilni an’anaviy sheriklik munosabatlari yaqindan bog‘lab turadi. Konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ilmiy-texnik aloqalarni faollashtirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Yuqori texnologiyalar, energiya va resurslarni tejovchi yechimlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va tibbiyot, ta’lim, turizm sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish taklif etildi.

Page 14: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Oliy darajadagi uchrashuvlar hamda siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya faoliyatini boshlash ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning Pokiston bilan ko‘p qirrali hamkorligi izchil rivojlanmoqda. Bugungi kunda mamlakatlarimiz xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi yaqinda Islomobod shahriga amalga oshirgan tashrifining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama savdo hajmini oshirish borasida, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, to‘qimachilik va charm sanoatida yangi imkoniyatlar o‘rganilmoqda.

Markaziy va Janubiy Osiyoni samarali bog‘laydigan transport va tranzit bo‘yicha muhim infratuzilma loyihalari tayyorlanmoqda.

Prezidentimiz oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarida erishilgan darajani mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yili Samarqandda Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Pandemiyaga qaramay, tovar ayirboshlash ko‘paymoqda, hududlar va tadbirkorlar darajasidagi jadal almashinuvlar davom etyapti, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan, Hindiston investitsiyalarini jalb etgan holda, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot va farmatsevtika sohalaridagi ustuvor loyihalar ilgari surilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqini yakunlar ekan, yangi tayinlangan elchilar o‘zlarining faol va sermahsul faoliyati bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

Suhbat chog‘ida elchilar davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston bilan sheriklikda sifatli yangilanishga erishish hamda munosabatlar kun tartibini yangi va aniq mazmun bilan boyitishga bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARXI BARQARORLIGINI SAQLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon va yetarliligi xalq roziligining asosiy omillaridan biri. Buni ta’minlash maqsadida so‘nggi 3 yilda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 28 trillion so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Birgina chorvachilik yo‘nalishida 11 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining narx-navoga ta’siri inobatga olinib, joriy yil aprel oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Page 15: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Lekin shunga qaramay, oxirgi vaqtlarda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlarining narxi keskin oshdi. Dunyo bozorida o‘tgan 9 oyda o‘simlik yog‘i 15 foizga, O‘zbekistonda esa 26 foizga ortgan. Shakar narxi 5 foizga kamayishiga qaramasdan, yurtimizda 23 foizga qimmatlagan.

Yig‘ilishda ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, narx-navo barqarorligini saqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

– Bugundan barcha choralarni ko‘rib, amaldagi tizimni o‘zgartirmasak, ertaga qish va bahor oylarida qiyin bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirib, bozordagi narx-navoni arzon qilsak, odamlarni, ayniqsa, kam ta’minlanganlarni rozi qila olamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Har bir viloyat, tuman va shahar hokimida hudud aholisining keyingi yil maygacha go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga bo‘lgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish bo‘yicha aniq hisob-kitob bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Har bir hududda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha alohida jamg‘armalar tashkil etilishi belgilandi. Hudud rahbarlari tadbirkorlarni jalb qilib, yetishmaydigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini jamg‘arma hisobidan boshqa joydan olib kelish yoki import qilishni yo‘lga qo‘yadi. Bunday tadbirkorlar uchun kredit foizining bir qismi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirish maqsadida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahalliy birjadagi ishtirokini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Toshkent shahrining har bir tumaniga respublikaning muayyan viloyatini biriktirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rastalari va dala do‘konlari tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari o‘z hududida yaratilgan tizim, bozordagi shart-sharoitlar va narx-navo bo‘yicha xalqqa hisobot berishi zarurligi aytildi.

ILM-FAN BARCHA SOHALARNI FUNDAMENTAL RIVOJLANTIRISH UCHUN ASOS BO‘LADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Birinchi ob’ekt Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Geologiya fanlari universiteti bo‘ldi. Davlatimiz rahbari joriy yil 31 yanvar kuni ushbu yangi oliy o‘quv yurti qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugunga kelib binolar ancha qad ko‘tarib qoldi.

Loyiha doirasida 6 ta ko‘p qavatli imorat barpo etilishi va 4 tasi rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi birinchi bosqichda o‘quv korpusi, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Geologiya muzeyi binolari, kutubxona, yotoqxona bunyod etilmoqda.

Page 16: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Prezident bu yerga yana kelib, qurilish ishlari va rejalar bilan shaxsan tanishgani bejiz emas.

– Ilm bizning qonimizda, genimizda bor. Bu markaz ham uchinchi Renessans poydevorlaridan biri, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomada hamda 31 yanvar kuni ilm-fan vakillari bilan uchrashuvda geologiya sohasini rivojlantirishga doir dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi.

Mamlakatimizda foydali qazilmalarning 70 dan ziyod turi bo‘yicha 2 mingdan ortiq konlar aniqlangan. Lekin qazib olish va qayta ishlash oson bo‘lgan konlar tobora kamayib borayotgani qayd etilgan edi.

Yangi konlar topish uchun yer qa’rining chuqurroq qatlamlarini o‘rganish, murakkab tarkibli konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha sohaga ilmiy asoslangan ilg‘or usullar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilishni zamonning o‘zi taqozo etayotgani ta’kidlangan edi.

Shu asosda mamlakatimizda yangi geologiya tizimi yaratilmoqda. Prezidentimizning bu sohaga oid 4 ta qarori qabul qilindi.

Jumladan, shu yil 8 iyun kuni “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.

Mazkur universitet geologiya sohasi ehtiyojlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga to‘liq moslashtirish, ilm-fan va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash, yer haqidagi fanlar, jumladan, ularning fundamental yo‘nalishlari hamda amaliyot o‘rtasida real integratsiyalashuv jarayoni uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ya’ni, Geologiya fanlari universiteti sohadagi ilmiy muassasalarni jamlagan yaxlit majmua bo‘ladi. Uning tarkibiga 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti kirgan. Ilgari ular tarqoq joylashgan edi. Shuningdek, bu yerga Geologiya muzeyi ko‘chirib kelinadi. Sohadagi muassasalar bir joyda bo‘lishi mutaxassislarning yaqin hamkorlikda ishlashi, talabalarning ilmiy laboratoriyalarda amaliyot o‘tashini ta’minlaydi. Bu esa binolarga xizmat ko‘rsatish uchun ham qulay va tejamkor.

Davlatimiz rahbari shu yerda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan suhbatlashdi.

– Ilm-fan barcha sohalarni fundamental rivojlantirish uchun asos. Avvaldan e’tibor berganimizda, geologiyaning hamma yo‘nalishlari bo‘yicha 15-20 foiz aholini ish bilan ta’minlashimiz mumkin edi. Mana endi olimlarga sharoit yaratishga harakat qilyapmiz, intellektual mulkni asrab, qo‘llab-quvvatlayapmiz. Intellektual mulk uning egasiga ham, davlatga ham manfaat keltiradi, – dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev ushbu dargohda yaratiladigan sharoitlar bilan qiziqib, qurilish sifatli, laboratoriyalar yuqori texnologiyali bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

– Zamin mustahkam bo‘lishi kerak. Biz bu universitetni kelajak uchun quryapmiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Page 17: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Shu yerda loyihaning ikkinchi bosqichi taqdimot qilindi. Bu bosqichda Davlat geologiya qo‘mitasi binosi, Geologiya axborot markazi, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi, avtoturargoh barpo etilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz poytaxtimizdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida ham bo‘ldi.

Majmua shou-rumida qurilishi boshlangan binolar, ularda bo‘ladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari ishtirokida yaratilgan dasturiy mahsulotlar namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanidagi IT-markazda saboq olayotgan bolalar bilan videokonferensaloqa orqali muloqot qildi.

Mutasaddilarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab bilan hududlardagi axborot texnologiya maktablari integratsiyasini ta’minlash, yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini to‘g‘ri yo‘naltirib, yetuk mutaxassislar etib tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Galdagi bunyodkorlik ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.Mazkur zamonaviy majmua qurilishi o‘tgan yili 20 noyabrda boshlangan

edi. Bu yerda bosqichma-bosqich 17 ta imorat, jumladan, 20-25 qavatli ofis binolari, 22 qavatli mehmonxona, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi va boshqa ob’ektlar barpo etiladi. Inshootlar 9 balli zilzilaga chidamli bo‘ladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi. Majmua hududida kafe va restoranlar, do‘konlar, masjid, sport maydonlari, dam olish joylari ham bo‘ladi.

Ushbu IT-parkning dastlabki 2 ta binosi foydalanishga topshirilgan. Ularda eng zamonaviy qulayliklar yaratilib, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. IT-park rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028 yil 1 yanvarga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent Arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rdi.

Qurilish ishlari joriy yil iyul oyida boshlangan edi. 5 qavatli ikkita o‘quv korpusi, 8 qavatli ma’muriy bino va 4 qavatli yotoqxona qad ko‘tarmoqda.

Bugungi kunda institutda 5 ming 400 dan ziyod talaba ta’lim oladi. 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimiga o‘tish natijasida 18 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi. Bo‘lg‘usi quruvchilarga zamonaviy bilim berish maqsadida “aqlli” uylar va shaharlar infratuzilmasini loyihalash, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, inshootlar zilzilabardoshligi kabi yangi yo‘nalishlar dasturga kiritildi.

Binolar foydalanishga topshirilgach, talabalarni qabul qilish qamrovi va ta’lim sifati ortadi.

– Oxirgi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasi rivojlandi, katta-katta inshootlar, zavodlar, uylar barpo etilmoqda. Lekin kim loyiha qilyapti, kim quryapti, qanday quryapti, degan savollar ko‘ndalang turibdi. Bu yerda zamonaviy qurilish industriyasiga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari institut yonidagi 8-avtobus saroyini ham kirib ko‘rdi. Bu avtoparkni boshqa joyga ko‘chirib, zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berish,

Page 18: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

uning o‘rnida qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish taklifi bildirildi.

– Bu hudud quruvchilar massivi bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.Arxitektura-qurilish institutining murabbiylari, ilmiy-tadqiqot markazi

mutaxassislari va ularning oilalari uchun ijtimoiy ob’ektlar ham barpo etilishi aytildi.

Davlatimiz rahbari poytaxtimizda barpo etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining yangi binolari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash qobiliyati va dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari hamda suverenitetini fidokorona himoya qilishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan harbiy sohadagi vazirlik va idoralar tarkibida «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarini tashkil etish belgilangan edi.

“Temurbeklar maktabi” chinakam vatanparvar avlodlarni kamol toptiruvchi harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Mazkur dargohda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga sodiq, halol, vatanparvar, milliy g‘ururi baland, buyuk ajdodlarimiz, avvalo, Amir Temurning bebaho merosini chuqur o‘rgangan, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega o‘quvchilar tarbiyalanadi.

Qarorga muvofiq, «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 2020/2021 o‘quv yilidan mazkur ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilindi.

Poytaxtimizdagi «Temurbeklar maktabi»ga ham tanlov asosida 100 nafar, shuningdek, imtiyoz asosida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, vafot etgan harbiy xizmatchilar va ko‘makka muhtoj oilalarning 10 nafar farzandi, jami 110 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

O‘quv dargohining shaxsiy tarkibi ham tanlov orqali shakllantirildi. Ya’ni, 660 nafar o‘qituvchilar orasidan 21 nafar yuqori bilimli va malakali pedagog kadrlar tanlab olindi.

Qarordagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun ilgarigi harbiy-akademik litseylar va «Temurbeklar maktablari» faoliyati o‘rganildi. Natijada «Temurbeklar maktabi»ga xos o‘quv muassasasining aniq dasturi ishlab chiqildi. Bunda fanlararo integratsiya va intensiv ta’lim inobatga olingan bo‘lib, bir-biriga uzviy bog‘liq fanlar integratsiya asosida o‘qitiladi. Natijada ikki yillik ta’lim standartini bir yilda o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Maktab ikki yillik bo‘lib, ona tili va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvchilar ikkinchi yili mustaqil fanlarga yo‘naltiriladi.

Davlatimiz rahbariga «Temurbeklar maktabi» faoliyati, o‘quv jarayoni, qurilayotgan yangi bino va inshootlar haqida ma’lumot berildi.

Page 19: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Maktab uchun o‘quv korpusi, yotoqxona, oshxona barpo etilmoqda, akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilinmoqda. Majmuada, shuningdek, jismoniy-harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, avtodrom, plats va boshqa ob’ektlar bo‘ladi.

Prezidentimiz maktabda ona tili va tarix fanlaridan tashqari, xorijiy tillarni mukammal o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

– Bu dargohda haqiqiy vatanparvar avlod tarbiyalanishi zarur. Maktabda shunday sharoit yaratish kerakki, bu yerda ta’lim olgan yoshlar harbiy sohalar kadrlar zaxirasini to‘ldirishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarga yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rgatish, darslarga har bir fan bo‘yicha yetakchi pedagoglarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bugungi zamonaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN

YORDAMCHI MATERIALLAR

Mavzu: “Til bor ekan, millat barhayot!”Til har bir millatning eng aziz boyligi, uning ma’naviy qiyofasi,

madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita sanaladi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

Xaqlqimizning bebeho boyligi bo‘lgan o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

Prezidentimiz o‘z nutqlaridan birida “Ulug‘ alloma, XX asr boshida olti tilli – o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so‘zlarini eslatgan edilar: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”. 

Darhaqiqat, hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tilining o‘ziga xos betakror xususiyatlarini saqlab qolish, uni kelajak avlodga beshikast yetkazish bizning ajdodlarimiz va kelgusi avlod oldidagi muqaddas burchimizdir.

Tarixga nazar tashlasak, asrlar, davrlar o‘tishi bilan ko‘plab tillar iste’moldan chiqib, “o‘lik til”ga aylanganini ko‘ramiz. Lotin, oromiy, qadimgi yunon, kelt, shumer, akkad, xett tillari... Ular qatori bir paytlar yurtimiz hududida muomalada bo‘lgan qadimgi xorazmiy, so‘g‘d, boxtariy (baqtriy) tillarini ham keltirish mumkin. Turli bosqinlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, avlodlar, din va mafkuralar almashuvi singari omillar tillarning taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Har ikki haftada 1 ta til o‘lik tilga aylanmoqda. Bu holat har bir til egalarini sezgirlikka chaqiradi.

Page 20: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar oilasiga 30 dan ziyod til kiradi va ularda Yer yuzida 250 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Olimlarning fikricha, bugun turkiy tillar orasida faqat oltita tilning holati barqaror deb baholangan. Bular davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, turkman, qirg‘iz tillaridir.

O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi mavqeyi tobora yuksalmoqda. Dunyo miqyosida o‘zbek tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 50 millionga yetadi. Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek tili so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha dunyoda 27-o‘rinda turadi. Agar dunyoda 7000 ga yaqin til va lahja mavjudligini e’tiborga olsak, bu yaxshi ko‘rsatkich.

O‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lgan 100 ta tildan biridir. Holbuki, dunyoda bunday yuksak maqomga ega bo‘lmagan, ammo yuz millionlab kishilar so‘zlashadigan tillar ham bor. O‘zbek tili qo‘shni davlatlarda ham muomaladagi asosiy tillardan sanaladi. Xususan, qo‘shni Tojikistonda va Qirg‘izistonda o‘zbeklar tub millat vakillaridan keyingi o‘rinda turadi. Afg‘onistonda esa o‘zbek tili pushtu va dariy tillaridan keyingi uchinchi rasmiy til sanaladi.

Bugun o‘zbek tili dunyo axborot makonida ham o‘z o‘rniga ega tillar qatoridan o‘rin olgan. O‘nlab yirik xalqaro axborot mahkamalari, radio va telekanallar o‘z materiallarini o‘zbek tilida ham tarqatishmoqda. Vikipediya, Gugl, Feysbuk singari yirik messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, internet platformalarida o‘zbek tilining mavqeyi oshib bormoqda.

O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lishi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbek tili qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, uning shakllanishida miloddan oldingi va miloddan keyingi dastlabki asrlarda mintaqamiz hududida yashagan baqtriylar, so‘g‘diylar, xorazmiylar hamda boshqa elat va millatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqida mavjud ilmiy manbalar dalolat beradi.

O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash tabiiydir.

Shu borada Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz.

O‘zbek adabiy tili ayniqsa XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adib va allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo‘lganini ta’kidlash lozim.

Mustamlaka tuzumining tazyiqlariga qaramasdan, o‘z hayotini xalqimizning ma’naviy kamolotiga, ona tilimizning ravnaq topishiga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla

Page 21: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlarning ulkan xizmatlarini, bu yo‘lda haqiqiy vatanparvar, yurtparvar, millatparvar sifatida iz qoldirgan ziyoli insonlarning nomlarini el-yurtimiz doimo hurmat bilan eslaydi.

1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomining berilishi o‘zbek tili taraqqiyoti uchun tub burilish yasadi. Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan qonunni qabul qilinishida Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi.

Mustaqillik yillarida o‘zbek tilining qadri yana baland bo‘ldi. Davlatimiz mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga e’lon qilindi; mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamiz o‘zbek tilida yaratildi, yurtimiz bo‘ylab va xalqaro maydonlarda Davlat madhiyamiz ona tilimizda yangramoqda.

Shuningdek, 1990 yili Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori, 1993 yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun, 1995 yili “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri, 1996 yili ushbu qonunni amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori va shu kabi boshqa hujjatlar qabul qilingani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. 

Davlatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.

Yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar ona tilimizda faoliyat yuritmoqda.

2016 yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlarda o‘zbek tili ilmiy nuqtayi nazarlardan tadqiq etilmoqda.

O‘zbek tili va uni o‘qitish masalasida yangi o‘quv dasturlari yaratilmoqda, darslik va qo‘llanmalar, risola va monografiyalar nashr etilmoqda, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilmoqda.

Poytaxtimiz markazida yaratilgan Adiblar xiyoboninig adabiyotimizning buyuk namoyandalari, o‘zbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bag‘ishlangani ayniqsa e’tiborlidir.

Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablari tashkil etildi. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Page 22: samgasi.uz soati/Axborot... · Web viewTurkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Hukumat miqyosida bayramni nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Respublikaning barcha viloyatlarida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.

Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan davlat tadbiri o‘tkazilib, unda Prezidentimizning shaxsan ishtiroki hamda davlat tilining nufuzini yanada oshirish bo‘yicha bildirgan takliflari, belgilab bergan vazifalari, qolaversa, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasida davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil qilinishi, bundan buyon 21 oktabr mamlakatimizda ona tili bayrami sifatida keng nishonlanishi davlatimiz tomonidan ona tilimiz – o‘zbek tiliga hurmat va e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan shu qisqa vaqt ichida jiddiy ishlar amalga oshirildi. Atamalar Komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, “Davlat tili to‘g‘risida” qonunning yangi tahriri, o‘zbek tilini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo‘ljallangan konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi.

2020 yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi. Bu chinakam tarixiy hodisa edi. Prezidentimiz o‘z tilimizda butun dunyoga mustaqil mamalakatning o‘z tilida dunyoga aytar so‘zi borligini namoyon qildi.

Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda.

O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.

Mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari tashkil etilmoqda.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimiz yurtimizda 3-renesansni yaratish masalasini kun tartibiga qo‘ydilar. Aminmizki, oradan yillar o‘tib yurtimizda3-uyg‘onish davri bo‘ladi va o‘zbek tilida yaratilgan ilm-fan rivoji yana dunyo tamadduniga katta hissa qo‘shadi. O‘zbekning yangi Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiylari dunyoga o‘zbekning tafakkurini, ziyosini taratadi.