18
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 23 dekabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

samgasi.uz soati/23_12_2020... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 23 dekabr chorshanba kuni dars jadvalining

  • Upload
    others

  • View
    35

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 23 dekabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,

IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

POCHTA ALOQASI XIZMATLARINI KO‘RSATISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

q a r o r i

https://uza.uz/uz/posts/pochta-aloqasi-xizmatlarini-korsatish-tizimini-tubdan-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida_194500

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING O‘TTIZ YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-yillik-bayramiga-tayyorgarlik-korish-va-uni-yuqori-saviyada-otkazish-togrisida_195505

HUDUDLARDA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

https://uza.uz/uz/posts/hududlarda-muhandislik-kommunikaciya-infratuzilmasini-yanada-rivozhlantirish-chora-tadbirlari-togrisida_195819

QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLAR TANQIDIY TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari tanqidiy tahlil qilindi.

Bu yil kuzda keskin sovuq tushib, ob-havo avvalgi yillarga nisbatan erta pasaydi. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda issiqlik ta’minotida tez-tez uzilishlar bo‘ldi. 

Bu vaziyat tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga tayyor emasligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Yaqinda benzin narxi ham oshdi. Bular aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

– Menga balandparvoz gaplar va raqamlar kerak emas. Joylardagi rahbarlarning ishlari natijasiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz o‘zi xolis baho bermoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslari ta’minotini yaxshilash choralari muhokama qilinmoqda.

Qish mavsumida tarmoq va hududlarda uzluksizlikni ta’minlash uchun sutkasiga 10-12 million kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi. Bu quvvatni “Toshkent”, “Sirdaryo”, “Yangi Angren” elektr stansiyalaridagi 900 megavattli 5 ta energoblokni ishga tushirish hisobidan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Uzilishlarga, asosan, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani hamda elektr energiyasiga talabning oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Shu bois past va o‘rta kuchlanishli tarmoqlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosiga tezroq kirishish zarurligi ta’kidlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million kub metr tanqislik mavjud. Oqibatda mingdan ziyod mahallada tabiiy gaz bosimi pasaygan.

– Gaz tizimi bilan bog‘liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o‘ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz. Lekin buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Xalqimizga gaz kerak, ularning ko‘pchiligi buning uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida halol qilib, to‘lab kelmoqda, – dedi Prezident.

Davlat rahbari gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Buning hisobiga kuniga 7-8 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha ravishda hududlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, aholi ehtiyojini qoplash uchun yana 217 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.   

Samarasiz ishlayotgan 25 ta konni investorlarga “risk-servis kontrakt” shartlari asosida berib, tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkinligi aytildi.

Joylarda ko‘mir bilan bog‘liq e’tirozlar ham bor. Aholi va ijtimoiy ob’ektlar uchun ajratilgan mahalliy ko‘mirning 60 ming tonnasi hali egalariga yetkazib berilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

PREZIDENT: BU KUNLAR — TARMOQLAR RAHBARLARI UCHUN SINOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari joriy yil ob-havo avvalgi yillarga nisbatan erta va keskin pasaygani tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga qay darajada tayyorligini yaqqol ko‘rsatib berganini ta’kidladi.

– Bu yil sovuq erta tushgani qish mavsumiga tayyorgarligimiz past ekanini ko‘rsatib berdi. Joylarda ko‘mir, gaz, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha e’tirozlar keskin oshgan. Yaqinda benzin narxi ham ko‘tarilgani aholi o‘rtasida jiddiy muhokamalarni keltirib chiqarmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilinmoqda.

Ta’kidlanganidek, elektr energiyasi bo‘yicha eng ko‘p tanqislik Samarqandda sutkasiga – 1,6million kilovatt-soat, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryoda – 1,5 million kilovatt-soatdan, Namanganda – 1,3 million kilovatt-soatni tashkil etgan.

Eng ko‘p uzilishlar Surxondaryoda – 7 soatgacha, Qashqadaryoda – 6 soatgacha, Farg‘ona vaAndijonda – 5 soatgacha, Samarqandda – 3 soatgacha, Buxoroda – 2 soatgacha kuzatilgan. Ushbu uzilishlarga asosan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga talabi kundan-kunga oshib borishi, shuningdek, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Oxirgi 3 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilmagan ishlar bajarildi. To‘raqo‘rg‘on va Taxiatoshda – 2 tadan, Navoiy va Toshkent issiqlik stansiyalarida – 1 tadan yangi energobloklar ishga tushirildi. Ushbu IESlarning umumiy quvvati 2 ming 280 megavattni tashkil etadi.

Yig‘ilishda aholi va tarmoqlarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi muammolar muhokama qilinmoqda. Tarmoqlar rahbarlari va Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning hisoboti tinglandi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV RAISLIGIDAGI YIG‘ILISHDA ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘G‘RILIKLAR HAQIDA MA’LUMOT BERILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida joylarda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulanib, xalq mulkini talon-toroj qilish holatlari ko‘paygani qayd etildi.

Misol uchun, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi o‘z xodimlari bilan 500 dollardan 2 ming dollargacha pora olib, hech qanday hujjatlarsiz iste’molchilarni elektr tarmog‘iga ulab kelgan.

Huquq-tartibot organlari tomonidan mamlakat bo‘yicha1 ming 525 ta holatda 59 milliard so‘mqiymatdagi energiya resurslar talon-toroj qilingani aniqlangan.

Jumladan, Samarqand viloyatida aholiga mo‘ljallagan 80 tonna suyultirilgan gaz o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘yilgan. Muborakda g‘isht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan o‘tgan gaz quvuriga noqonuniy ulanishi oqibatida 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu – qariyb 8 ming xonadonning bir oylik gaz ta’minoti, deganidir.

Yig‘ilishda ulgurji iste’molchilar tomonidan7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy o‘zlashtirilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ushbu masalani kundalik nazoratga olish va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV: MUAMMOLARNI MAHALLABAY KESIMDA CHUQUR O‘RGANISH VA HAL QILISH KERAK

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tanqidiy tahlil qilindi.

Xususan, tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida noqonuniy xarakatlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, Muborakda g‘isht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan o‘tgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu 8 mingta xonadonning bir oylik gaz ta’minotidir.

Shuningdek, joriy yilda 74 ta tumandagi yirik gaz tarmoqlariga zamonaviy o‘lchagichlar o‘rnatilgani natijasida 2 mingdan ziyod ulgurji iste’molchilar tomonidan 7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Shulardan kelib chiqib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi.

– Bu yil qishni qanday o‘tkazamiz? Bugun hamma rahbarlar shu savolga javob berishi kerak. Haqiqatan ham, muammolar juda ko‘p. Ularni faqat mahallabay kesimda chuqur o‘rganish va hal qilishgina natija beradi, – deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Issiqlik ta’minotidagi 153 ta qozonxonani va 2 ming 802 kilometr tarmoqlarni ta’mirlash chora-tadbirlari belgilandi. 

Davlatimiz rahbari is gazi va chaqnashlar bilan bog‘liq noxush holatlarga to‘xtalib o‘tdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘inga qarshi kurashish boshqarmasi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, tubdan isloh qilish, yong‘inga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bosh vazir o‘rinbosariga mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Videoselektor yig‘ilishida yana bir dolzarb masala – aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi hududlar kesimida tahlil qilindi. O‘tgan oylarda narx-navo nisbatan oshgan viloyat va tumanlar ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddi idoralarga har bir hududda shtablar tashkil qilib, bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasi holatlarining qat’iy oldini olish vazifasi qo‘yildi. Ichki va tashqi bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini, narx-navosini, mavjud ehtiyoj va talablarni kunlik tahlil qiladigan idoralararo ishchi guruh tuzilishi belgilandi.

Yangi yil bayrami arafasida talab oshishini inobatga olib, rastalarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, dehqon bozorlari va yirik savdo ob’ektlarida yarmarkalar tashkil etib, ularga tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish muhimligi aytildi.

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘zgarishi prognoz qilinmoqda. Shu bois ichki bozorga asosiy turdagi tovarlarni kafolatli yetkazib berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil qilinib, 50 million dollar ajratilgan.

Ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda o‘simlik yog‘i va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olib, kamida 3 oylik zaxira yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Xuddi shunday ishlar hokimliklar qoshida tashkil etilgan jamg‘armalar orqali ham amalga oshirilib, har bir hudud o‘z zaxirasini shakllantirishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh vazirga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki bozorlarni tahlil qilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini intervensiya qilish, bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI RAISLIGIDA MDH SAMMITI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sammit ishida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va Hamdo‘stlik Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi rejalar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi shu yil Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani ilk bor o‘z zimmasiga olganini ta’kidladi.

MDHning ulkan salohiyatidan foydalanish, sa’y-harakatlarni birlashtirish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlash koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan inqirozdan tez fursatlarda chiqishning maqbul yo‘llarini topish uchun xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

– O‘zbekiston umumiy muammolarni hal qilishga yangi, nostandart va o‘zaro manfaatli yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyor, - dedi Prezidentimiz.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz MDH doirasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga izchil o‘tish, sheriklik mexanizmlari va qabul qilingan hujjatlar ijrosi samaradorligini oshirish tarafdoridir.

Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir qator takliflarni ilgari surdi.

Xususan, bugungi sharoitda mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari, savdo va kooperatsiya aloqalarini jadal sur’atlarda qayta tiklash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Mavjud muammolarga qaramay, O‘zbekistonning MDHga a’zo boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi barqaror o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim sheriklar bilan savdo joriy yilda 20 foizdan ziyodga ko‘paydi.

Hamdo‘stlik doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini keng joriy etish, elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

Bunda agrosanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo‘shma klasterlar tashkil etish nazarda tutiladi. Ushbu dastur hamda innovatsion loyihalar va ilg‘or texnologiyalar taqdimotini kelgusi yil Toshkent shahrida o‘tadigan MDH mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi forumi doirasida o‘tkazish taklif etildi.

Transport yo‘laklari raqobatbardoshligini oshirish, texnik reglament va standartlarni uyg‘unlashtirish, o‘zaro kelishilgan tarif siyosatini amalga oshirish va preferensiyalarni o‘zaro taqdim etish transport sohasidagi muhim vazifalar sifatida belgilandi.

O‘zbekiston barcha sanitariya talablariga rioya etgan holda o‘zaro aviaqatnovlarni imkon qadar tez fursatda qayta yo‘lga qo‘yish tarafdoridir. Bu ishbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini tiklashga xizmat qiladi, deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

MDH mamlakatlarining Hamdo‘stlik davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbari mehnat migrantlari hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish vaqti kelganini qayd etdi.

Bugungi kunda sanitariya-epidemiologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning samarali tizimini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan MDH doirasidagi tegishli kelishuvni tayyorlash ishlari tezlashtiriladi.

Kasalliklarni profilaktika qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda “MDH salomatlik marafoni”ni o‘tkazish taklif etildi.

MDH ijodiy va fan ziyolilarining navbatdagi forumi doirasida O‘zbekistonda “Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniy merosi” konferensiyasini o‘tkazish g‘oyasi ilgari surildi. Bu an’anaviy yaqin bo‘lgan gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

MDH makonidagi xavfsizlikka tahdid solayotgan xatarlar to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, Afg‘onistonda yo‘lga qo‘yilayotgan tinchlik jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etildi.

– Ushbu mamlakatning tinchligi butun Hamdo‘stlik makonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir. Bu, shuningdek, davlatlarimizning Janubiy Osiyo bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar degani, – deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Mafkuraviy va axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham yangi, noodatiy yondashuvlarni taqozo etayotgani qayd etildi. Ushbu mavzudagi avval qoldirilgan Xalqaro ekspertlar forumi kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, huquqiy axborot bilan almashish uchun MDH Yagona elektron platformasini yaratish va Radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Tashkilot makonida do‘stlik va yaqin hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlarning o‘rni ortib borayotgani ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kelgusi yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining yig‘ilishlaridan birini poytaxtimizda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

So‘ng MDHga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasiga chuqur minnatdorlik bildirdilar, bu mamlakatimizning Hamdo‘stlikka samarali raisligini ta’minlabgina qolmay, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirganini ta’kidladilar.   

Davlat rahbarlarining nuqtlarida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, gumanitar sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish, MDHda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Sammit yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, pandemiya oqibatlari bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Hamdo‘stlik yangi voqelikka samarali moslashishga qodirligini namoyish etdi.

Majlisda MDHni yanada rivojlantirish konepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, BMT tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.

Shuningdek, kelgusi yilda tashkilotga Belarus Respublikasi raislik qilishi va navbatdagi sammitni Minsk shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir qator muhim hujjatlar imzolandi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

Mavzu: “INSON – ENG OLIY QADRIYAT”

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar asosida mamlakatimizda inson va uning yaxshi yashashi uchun tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi zamirida ham “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil ostida mutlaqo yangi tajriba muammolarni uyma-uy yurish asosida o‘rganish va amaliy yordam berish tizimi joriy etildi.

Fuqarolarning davlat idoralariga murojaat etishlarida qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur farmon natijasida davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklari bartaraf etildi. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratildi.

Eng muhimi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida norealraqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomhayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. 

Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati– islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yillar davomida fuqarolarimizni qiynab kelayotgan va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan omillar bartaraf etildi. Jumladan, 2017 yildan milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi.Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi.

Keyingi yillarda budjet sohasi xodimlari va kam ta’minlangan oilalarning uy-joy muammosini bartaraf etish uchun arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, so‘ngi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurish boshlandi. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi.

Tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishildi. “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Buning natijasida yaqin qo‘shnilarimiz bo‘lgan davlatlar o‘rtasida uzoq yillardan beri yopib qo‘yilgan yo‘llar ochilib, aloqalarimiz yanada mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek: “Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan 1100 nafardan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. O‘ylaymanki, bu inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashga qaratilgan ishlarimizning yana bir tasdig‘idir”.

Ta’lim tizimini tubdan isloh etish boshlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 va 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli farmoniga asosan oliy va maktabgacha ta’lim tizimi tubdan isloh etildi. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 

Shuningdek, 2017 yilda 15 ta oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilishi xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan 97 564 nafar pedagog kadrlarga oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniyati yaratildi. Buning natijasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul qilindi.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimi aholi va tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari agentlik tasarrufiga o‘tkazildi. Davlat xizmatlarida avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etildi. Mazkur islohotlar natijasida xalqaro “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonning mavqeini 24-o‘rindan 11-o‘ringa yaxshilashga xizmat qildi.

2018 yildan boshlab inson va uning munosib turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va natijadorligi innovatsion texnologiyalar va tizimlar orqali yangi bosqichga ko‘tarildi.

Bu boradagi ishlar Parlament, jumladan deputat va senatorlar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar jumladan, sog‘liqni saqlash tizimidagini bartaraf etish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish uchun mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shartligi asosiy omil sifatida belgilanib, fuqarolarning qonunlar qabul qilinishi va qonun ijodkorligida faol ishtirokini ta’minlash, fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari uchun internet tarmog‘ida “Mening fikrim” deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratildi. Har bir tashkilotning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi va bugungi kunda bu kengashlar davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bog‘laydigan ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Birgina misol oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik kengashlarining tashkil etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari va fuqarolar bilan aloqalarninig yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Barchamizga ma’lumki, inson hayoti davomida yutuqlar bilan birgalikda xatolarni boshdan kechiradi. Mamlakatimizda insonlarni bilib-bilmay qilgan xatosi tufayli yuzaga keladigan huquqiy holatga odilona baho beradigan sud hokimiyatini tubdan isloh etishga kirishildi. Xususan, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hech qaysi hokimiyat bo‘g‘iniga bo‘ysunmaydigan organ – Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, sudyalarni odil sudlovga ta’sir o‘tkazadigan omillardan himoya qilish, tergov va sud ishiga aralashish holatlarini aniqlash, buning uchun javobgarlikni kuchaytirish va jazo muqarrarligini ta’minlash asosiy vazifa sifatida belgilandi.

Ayrim qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va liberallashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlik nuqtai nazaridan o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratilib, xalqimizning kechirimli bo‘lish va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlaridan kelib chiqib, jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari qayta ko‘rib chiqildi.

Ana shunday xalqimizning kechirimlilik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlari asosida 2020 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 104 nafar fuqaro afv etildi. Afv etilgan shaxslarning 6 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 50 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 17 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 41 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi tubdan takomillashtirildi. Ularning asosiy vazifasi aksariyat hollarda odamlarni jazolashdan iborat bo‘layotgani qattiq tanqid qilinib, har qaysi huquqni muhofaza qilish organi bevosita o‘z vakolati doirasidan chiqmaydigan, bir-birining funksiyasini takror etmaydigan tizim shakllantirishildi. Ichki ishlar – jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bilan, milliy xavfsizlik – davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, prokuratura esa qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borishi, sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iboratligi belgilanib shu asosda tizim isloh etildi.

Bir so‘z bilan aytganda barcha nazorat qiluvchi davlat organlari uzoq yillardan beri eski uslubda ish amaliyoti, samarasiz uslub bo‘lgan “tekshir-tekshir” amaliyotidan voz kechib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, tushuntirish va insonlar hayotini yaxshilash kabi funksiyalarni bajarishga o‘tdi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-sonli farmoniga asosan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” tasdiqlandi. Mazkur strategiya xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqildi.

Inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi mazkur ishlar natijasida inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yanada yaxshilanishiga xizmat qildi.

Jumladan, 2019 yilda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi (“Jasliq”)ning tugatilishini Human Rights Watch tashkiloti vakili Stiv Sverdlou “aql bovar qilmas yangilik” deb atab, O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlarni yuksak baholadi.

O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari natijasida 2020 yil 7 dekabr kuni AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqardi.

AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, AQSh davlat kotibi M.Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirar ekan, O‘zbekistonning maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qilgan va bu qisqa muddat ichida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanini qayd etgan. Shuningdek, AQSh Davlat kotibi maxsus ro‘yxatdan chiqishda O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga namuna bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidlagan.

So‘nggi 4 yillikda inson hayoti oliy qadriyat ekanligini ko‘rsatgan tarixiy ishlardan biri bu Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarda qolib ketgan vatandoshlarimizni qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rsatmasi bilan “Mehr” gumanitar operatsiyalarining amalga oshirilishi bo‘ldi.

Birinchi “Mehr” operatsiyasi 2019 yil 30 may kuni amalga oshirilib, 156 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi.

“Mehr-2” operatsiyasi natijasida 2019 yil 10 oktyabrda Prezident topshirig‘iga ko‘ra, maxsus tuzilgan ishchi guruh tomonidan Iroq hukumati va YuNISYeF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda Iroq davlati hududida og‘ir sharoitda qolayotgan 64 nafar bola vataniga qaytarildi.

Mazkur xayrli ishlar 2020 yilda ham davom ettirilib, “Mehr-3” operatsiyasinatijasidajoriy yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va nazorati ostida Suriya mamlakatining jangovar harakatlar davom etayotgan qismidan jami 98 nafar yurtdoshimiz, ya’ni 25 nafar ayol va 73 nafar bola Vatanimizga qaytarildi.Yurtboshimiz rahbarligi va tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ushbu tarixiy ishlar mamlakatimizda keyingi 4 yil mobaynida inson huquqi va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan hayotiy islohotlar natijasida nafaqat yurtimizda istiqomat qilayotgan, balki o‘zga yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga ham alohida e’tibor qaratilayotgani, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, ularning manfaati, sha’ni, qadr-qimmati munosib himoya qilinayotganini yaqqol namoyon etadi.

Barchamizga ma’lumki, 2020 yil koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab davlatlar iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Pandemiya mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi pandemiya davrida daromadidan ayrilgan, vaqtincha ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan moddiy va ma’naviy yordam berish maqsadida rivojlangan davlatlar kabi ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, ehtiyojmand oilalar uchun yordam berish tizimi markazlashgan holda joriy etilib, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatitashkil etildi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Buning natijasida2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirildi.

Pandemiya sharoitida“temir daftar”gakiritilgan ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 mingdan ortiqoilalardagi 1,7 million a’zolarininghar biriga 220 ming so‘mdanbir martalik moddiy yordam puli berildi.Ushbu maqsad uchun respublika budjetidan 380milliardso‘majratildi. Boshqacha qilib aytganda, o‘rtacha 5 kishilik oilaga1,1 million so‘mlik moddiy yordam puli ajratilib, hisob-kitoblarga ko‘ra hayot uchun eng zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini xarid qilish imkoniyati yaratildi.

2020 yilning yakuniga qadar 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshirilib, 700 mingtagacha yetkazildi. Bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalarning amaldagi soni 330 mingdan 400 mingtaga oshirildi. Moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi soni 89 mingdan 100 mingtaga yetkazildi.

Shuningdek, to‘lash muddati 2020 yilning iyul-sentabr oylarida tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan onalarga nafaqa to‘lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettirildi.

2020 yilning sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlari, ya’ni moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga, nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga 500 ming so‘m miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, chet elda vaqtincha ishlash uchun ketgan vatandoshlarimiz qaytarilib, davlat tomonidan 14 kunlik karantinga olindi. Mazkur karantin davridagi harajatlar davlat budjeti hisobidan qoplandi.

Bir so‘z bilan aytganda, Muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar fuqarolarimizning turmush tarzini yaxshilash, xalqimizning davlatimizga bo‘lgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qilib, inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizning xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborini oshishga xizmat qilmoqda.