48
Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va adabiyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart. Jurnalda nashr etilgan maqolalarda muallifarning tahririyat nuqtayi nazariga muvofiq kelmaydigan fikr-mulohazalari bosilishi mumkin. Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Bosmaxonaga 04.03.2019-yilda topshiril- di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 / 8 . Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi, 100. 17-661-son buyurtma. Adadi 6000 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. Tahririyat manzili: 100011, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy. Telefon: (98) 121-74-16, e-mail: [email protected] veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda 0055-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. 2019-yil. 2-son. 1991-yildan chiqa boshlagan Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV Tahrir hay’ati: Ulug‘bek INOYATOV Nizomiddin MAHMUDOV Kadirbay BEKTURDIYEV Nargiza RAHMONQULOVA Mamatqul JO‘RAYEV Maqsudjon YO‘LDOSHEV Sirojiddin SAYYID Jabbor ESHONQULOV Abdurahim NOSIROV Lutfullo JO‘RAYEV (bosh muharrir o‘rinbosari) Shahnoza JO‘RAYEVA Jamoatchilik kengashi: Muhammadjon ALIYEV Ergesh ABDUVALITOV Manzura DADAXO‘JAYEVA Ehson TURDIQULOV Valijon QODIROV Sahifalovchilar: Akmal FARMONOV Gulnoza VALIYEVA Nashr uchun mas’ul: Nigora O‘ROLOVA Yuliya MUSURMANOVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissi- yasining Filologiya va Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir. jurnali ПРИЛОЖЕНИЕ MUNDARIJA AZIZ VA YAGONAMSAN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM! Vazira Ibrohimova. Adabiyot – yolg‘iz xaloskor .................................................................................................................3 Nizomiddin Mahmudov. O‘xshatishlarda milliy mentallik jozibasi ..................................................................................... 5 DOLZARB MAVZU Valijon Qodirov. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar xususida mulohazalar ..................................................................... 8 Gulshan Asilova. Davlat tili darslarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish .............................................................. 10 Xadicha Muxitdinova. Maktublar va xizmat yozishmalari ............................................................................................... 12 DARS – MUQADDAS Oygul Muzaffarova. O‘rin-joy otlari ................................................................................................................................. 14 Nigina Qodirova. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur .................................................................................................................. 15 Adiba Bekchanova. Yurakdagi bitmas jarohat yoxud Vatanning koriga yaragin, bolam! ................................................. 17 ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Nargiza Musulmanova. “Grammatik shakl va grammatik kategoriya” modulini o‘qitishda tushunchalar tahlili metodidan foydalanish ....................................................................................................................... 21 ADABIY TAQVIM Umarali Normatov. Munaqqid jasorati ............................................................................................................................. 23 TAHLIL Umid Xo‘jamqulov, Abdishukur Shofqorov. “Bor”ning inkori va “yo‘q”ning tasdig‘i haqida mulohazalar ....................... 25 Bahodir Karim. “Boburnoma”dan bir hikmat ................................................................................................................... 26 Abdurashid To‘ychiyev. Navoiy poetik sintaksisining ayrim xususiyatlari xususida ....................................................... 28 Isroil Sulaymonov. «Boburnoma»da g‘oliblik va mag‘lublik holati tasviri ........................................................................ 31 TADQIQOTLAR Shohida Qodirova. Ko‘chirma gap va uning kommunikativ-sintaktik xususiyati xususida ............................................... 33 Xolida Dovurova. Jizzax viloyati hududidagi etnooykonimlar va ularga xos shevalar ..................................................... 35 Dilrabo Baxronova. Turkiy va yevropa xalqlari totem va geraldikasida milliylikning aks etishi ........................................ 38 Zilolaxon Isaqova. Ingliz va o‘zbek tillarida subyektiv bahoning ifodalanishi ................................................................. 41 KICHIK TADQIQOT Zebo Ahrorova. Alisher Navoiy ijodida ma’rifatli ayollar madhi ....................................................................................... 43 Mahfuza Davronova. Iqbol Mirzo she’riyatida janrlar masalasi va uslub birligi ............................................................... 44 G‘anisher Jo‘rayev. Tarjimashunoslikning maxsus usullari xususida .............................................................................. 46 Dilnoza Abduvaxabova. Emotsiyalarning xususiyatlari va tilda ifodalanishi ................................................................... 47 Muqaddas Qosimova. Graduonimiya nima? ................................................................................................................... 48 ДУХОВНЫЕ ЦЕННОСТИ Гульнора Мансурова, Барно Фармонова. Алишер Навои и его знаменитая «Пятерица»........................................ 1 МЕТОДИКА. ОПЫТ Юлия Мусурманов,. Н.Заболоцкий. «Не позволяй душе лениться…» ....................................................................... 5 ИЗ ОПЫТА ПРЕПОДАВАТЕЛЯ Елена Каминская. Планета детства Евгении Гапчинской ............................................................................................. 7 Саодат Исмаилова. Использование кейс-метода при обучении русскому языку как неродному .............................. 9 ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫ Мадина Пирматова. Использование метода «Гекса» при анализе литературного произведения ........................... 11 МЫСЛИ В СЛУХ Наргиза Худойбердиева. Книга – лучший друг ........................................................................................................... 13 ЯЗЫКОЗНАНИЕ Мукаррама Бердиева. Выражение объектных значений в простом и сложном предложении ................................. 14 Азиза Бедилова. Синонимы, антонимы, омонимы, паронимы и фразеологизмы в русских пословицах...................................................................................................................................................... 16 ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЕ Нилуфар Дилмуродова. Преемственность и творческие традиции .......................................................................... 19 Агата Осипова. О разграничении образа рассказчика и повествователя в литературоведении ............................. 21 НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ Инна Старцева. Изучение вида глагола в учебном курсе «Русский язык как иностранный» .................................... 22 Насиба Хайдарова. Писатель-путешественник Василий Янчевецкий ....................................................................... 25 ОБСУЖДАЕМ, СПОРИМ Шахло Ботирова. Символически-образная интерпретация и психологизм ............................................................... 28 ВНЕКЛАССНАЯ РАБОТА Эльвина Алиева. По страницам творчества М.Цветаевой ......................................................................................... 29

2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

  • Upload
    others

  • View
    176

  • Download
    3

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 1Navbatchi

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart.

Jur­nalda­nashr­etilgan­maqolalarda­mual­lif­arning­tahririyat­ nuqtayi­ nazariga­ muvofiq­ kelmaydigan­fikr-mulohazalari­bosilishi­mum­kin.­

Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilin maydi va muallifga qaytarilmaydi.

Bosmaxonaga 04.03.2019-yilda topshi ril-di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bos ma xona sida chop etildi.

Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi, 100. 17-661-son buyurtma. Adadi 6000 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda.

Tahririyat manzili:100011, Toshkent shahri,

Matbuotchilar­ko‘chasi,­32-uy.­Telefon:­(98)­121-74-16,­

­e-mail:­[email protected]­veb-sayt:­www.tilvaadabiyot.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda 0055-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan.2019-yil. 2-son.

1991-yildan chiqa boshlagan

Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV

Tahrir hay’ati:Ulug‘bek INOYATOV

Nizomiddin MAHMUDOVKadirbay BEKTURDIYEV

Nargiza RAHMONQULOVAMamatqul JO‘RAYEV

Maqsudjon YO‘LDOSHEVSirojiddin SAYYID

Jabbor ESHONQULOVAbdurahim NOSIROV

Lutfullo JO‘RAYEV(bosh muharrir o‘rinbosari)

Shahnoza JO‘RAYEVAJamoatchilik kengashi:

Muhammadjon ALIYEVErgesh ABDUVALITOV

Manzura DADAXO‘JAYEVAEhson TURDIQULOV

Valijon QODIROVSahifalovchilar:

Akmal FARMONOVGulnoza VALIYEVA

Nashr uchun mas’ul:Nigora O‘ROLOVA

Yuliya MUSURMANOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissi-yasining Filologiya va Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir.

jurnali

ПРИЛОЖЕНИЕ

MUNDARIJA

AZIZ VA YAGONAMSAN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!Vazira Ibrohimova. Adabiyot – yolg‘iz xaloskor .................................................................................................................3Nizomiddin Mahmudov. O‘xshatishlarda milliy mentallik jozibasi .....................................................................................5

DOLZARB MAVZUValijon Qodirov. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar xususida mulohazalar .....................................................................8Gulshan Asilova. Davlat tili darslarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish ..............................................................10Xadicha Muxitdinova. Maktublar va xizmat yozishmalari ...............................................................................................12

DARS – MUQADDASOygul Muzaffarova. O‘rin-joy otlari .................................................................................................................................14Nigina Qodirova. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur ..................................................................................................................15Adiba Bekchanova. Yurakdagi bitmas jarohat yoxud Vatanning koriga yaragin, bolam! .................................................17

ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNargiza Musulmanova. “Grammatik shakl va grammatik kategoriya” modulini o‘qitishdatushunchalar tahlili metodidan foydalanish .......................................................................................................................21

ADABIY TAQVIMUmarali Normatov. Munaqqid jasorati .............................................................................................................................23

TAHLILUmid Xo‘jamqulov, Abdishukur Shofqorov. “Bor”ning inkori va “yo‘q”ning tasdig‘i haqida mulohazalar .......................25Bahodir Karim. “Boburnoma”dan bir hikmat ...................................................................................................................26Abdurashid To‘ychiyev. Navoiy poetik sintaksisining ayrim xususiyatlari xususida .......................................................28Isroil Sulaymonov. «Boburnoma»da g‘oliblik va mag‘lublik holati tasviri ........................................................................31

TADQIQOTLARShohida Qodirova. Ko‘chirma gap va uning kommunikativ-sintaktik xususiyati xususida ...............................................33Xolida Dovurova. Jizzax viloyati hududidagi etnooykonimlar va ularga xos shevalar .....................................................35Dilrabo Baxronova. Turkiy va yevropa xalqlari totem va geraldikasida milliylikning aks etishi ........................................38Zilolaxon Isaqova. Ingliz va o‘zbek tillarida subyektiv bahoning ifodalanishi .................................................................41

KICHIK TADQIQOTZebo Ahrorova. Alisher Navoiy ijodida ma’rifatli ayollar madhi .......................................................................................43Mahfuza Davronova. Iqbol Mirzo she’riyatida janrlar masalasi va uslub birligi ...............................................................44G‘anisher Jo‘rayev. Tarjimashunoslikning maxsus usullari xususida ..............................................................................46Dilnoza Abduvaxabova. Emotsiyalarning xususiyatlari va tilda ifodalanishi ...................................................................47Muqaddas Qosimova. Graduonimiya nima? ...................................................................................................................48

ДУХОВНЫЕ ЦЕННОСТИГульнора Мансурова, Барно Фармонова. Алишер Навои и его знаменитая «Пятерица» ........................................1

МЕТОДИКА. ОПЫТЮлия Мусурманов,. Н.Заболоцкий. «Не позволяй душе лениться…» .......................................................................5

ИЗ ОПЫТА ПРЕПОДАВАТЕЛЯЕлена Каминская. Планета детства Евгении Гапчинской .............................................................................................7Саодат Исмаилова. Использование кейс-метода при обучении русскому языку как неродному ..............................9

ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫМадина Пирматова. Использование метода «Гекса» при анализе литературного произведения ........................... 11

МЫСЛИ В СЛУХНаргиза Худойбердиева. Книга – лучший друг ...........................................................................................................13

ЯЗЫКОЗНАНИЕМукаррама Бердиева. Выражение объектных значений в простом и сложном предложении .................................14Азиза Бедилова. Синонимы, антонимы, омонимы, паронимы и фразеологизмы в русских пословицах ......................................................................................................................................................16

ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЕНилуфар Дилмуродова. Преемственность и творческие традиции ..........................................................................19Агата Осипова. О разграничении образа рассказчика и повествователя в литературоведении .............................21

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯИнна Старцева. Изучение вида глагола в учебном курсе «Русский язык как иностранный» ....................................22Насиба Хайдарова. Писатель-путешественник Василий Янчевецкий .......................................................................25

ОБСУЖДАЕМ, СПОРИМШахло Ботирова. Символически-образная интерпретация и психологизм ...............................................................28

ВНЕКЛАССНАЯ РАБОТАЭльвина Алиева. По страницам творчества М.Цветаевой .........................................................................................29

Page 2: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

2 e-mail: [email protected]

Vazira IBROHIMOVA tayyorladi.

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI TASHKIL ETILADI

O‘zbеkistonning har bir hududida Prеzidеnt maktablari tashkil etiladi. Bu borada 2019-yil 20-fev-ralda Prеzidеnt Shavkat Mirziyoyеvning “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da”gi Qarori qabul qilindi.

“Prеzidеnt maktablarining asosiy maqsadi mam-lakatimizning har bir viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning rivojlanishiga kеrakli sharoitlar yaratishdir”, – dеdi Xalq ta’limi vaziri Shеrzod Shеrma-tov.

Vazirning ta’kidlashicha, Prеzidеnt maktablari STEAM (Science (tabiiy fan), Technology (tеxnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matеmatika) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Ya’ni Prеzidеnt maktablarida o‘quvchilarga matеmati-ka, fizika, kimyo, biologiya va axborot tеxnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim mеtodlari asosida chuqur o‘rgatiladi.

VЕBSTЕR UNIVЕRSITЕTI VAKILLARI TOSHKЕNTDA

Joriy yilning 18–21 fеvral kunlari yurtimizda Vеbstеr univеrsitеti prorеktori Dj.Shustеr bosh-chiligidagi dеlеgatsiya a’zolari mеhmon bo‘ldi.

AQSh dеlеgatsiyasi tashrif doirasida Toshkеnt davlat iqtisodiyot va Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtiga tashrif buyurib, mazkur univеrsitеtda hamkorlikda ochilayotgan filialiga arizalarni qabul qi-lish jarayoni, o‘quv jarayonini tashkil etish uchun ajratil-gan xonalar, ularning MBA magistratura dasturini ish-ga tushirish talablari asosida jihozlanishi holati bilan tanishdilar. Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil eti-layotgan MBA (Project Management) magistratura das-turini Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеtida ochish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, qabul jarayonlarini mu-vaffaqiyatli amalga oshirish va uni rivojlantirish istiqbol-larini muhokama qildilar.

Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida Vеb-stеr univеrsitеti vitsе-prеzidеnti Djon Payl, univеrsitеti prorеktori Dj.Shustеr, TATU rahbariyati hamda ham-korlikda tashkil etilgan «Biznеs boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan ta-labalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda Vеbstеr univеrsitеti vakillari talabalar bilan MBA: Biznеs bosh-qaruvi magistratura dasturi asosida “Loyihalarni bosh-qarish” mutaxassisligida malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonining olib borilishi haqida suhbatlashdi.

TA’LIM FORUMI O‘TKAZILDIO‘zbеkistonda birinchi marta Yevropa, Shimoliy

Amеrika va Osiyo mamlakatlarining 50 dan ortiq univеrsitеtlari ishtirokida ta’lim forumi o‘tkazildi.

Tadbirda Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarning xorijda ta’limni targ‘ib qiluvchi milliy agеnt-liklari hamda o‘ndan ortiq mamlakatlarning yеtakchi univеrsitеtlari vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbеkiston, Rossiya, Qozog‘iston, Malayziya, Estoniya, Latviya, Gеrmaniya, Shvеtsariya, Polsha, Turkiya, Chеxiya, Vеngriya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya oliy ta’lim muassasalari oliy va qo‘shimcha ta’lim dasturlari, hamkorlikdagi ta’lim das-turlari, amaliyot va malaka oshirish dasturlari taqdim etldi.

Shuningdеk, turli mamlakatlar OTMlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik, O‘zbеkiston oliy ta’lim muassasal-arining global oliy ta’lim bozoriga chiqishi, rеspublika univеrsitеtlari targ‘iboti kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Page 3: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 3Navbatchi

– Bolalik haqida so‘z ketganda ko‘z o‘ngingizda gav-dalanadigan ilk manzaralar...

– Urushdan orden-medallar bilan qaytgan onamning otasi Abdurayim bobom ko‘ksida qator o‘q izlari qolgan bo‘lsa-da, baquvvat kishi edilar. Ularning mingdan ortiq qo‘ylari bo‘lib, Qoratov tog‘ tizmalarida o‘tlatardilar. U kishi meni, ko‘p gapirganim uchunmi, “Radio xola” deb chaqirardilar. Ko‘pincha o‘zlari bilan yaylovga olib ketar-dilar. Kengliklar, bo‘zto‘rg‘aylar ovozi, gulxan atrofida cho‘pon-cho‘liqlarning suhbatlari hamon qulog‘im osti-da eshitilayotgandek bo‘ladi. Bobom o‘zining qo‘ylarini, boshqa cho‘ponlar, asosan, davlatga tegishli qo‘ylarni boqishardi. Bobomning “Qoratosh” laqabli oti bo‘lar-di. Shu otda meni orqasiga mindirib uzoq yaylovdan kol xozga kelib ketardi. Yuz yoshdan oshib dunyodan o‘tgan bobomdan urush xotiralarini yig‘lab eshitardim. O‘sha paytlarda: “Sen katta bo‘lib shularni doston qilib yozgin”, – derdilar. Kengliklar, qo‘y-qo‘zilar, bobom va uning g‘amgin xotiralari bolaligimga muhrlangan tas-maday ko‘z o‘ngimdan o‘taveradi.

– Adabiyotga, she’r yozishga qiziqishingiz bobome-ros tuyg‘ulardan boshlangan ekan-da…

– Bola dunyoga kelishi bilan unga qo‘shilib ota-ona-ning orzulari ham tug‘iladi. Ota-onam men tug‘ilishimga qadar Allohdan qiz farzand so‘rashgan ekan. Qiz tug‘il-sa, shoira bo‘ladi, ismini Zebiniso yo Zulfiya qo‘yamiz, deb niyat qilishgan ekan. Ismimning kelib chiqishi shun-day bo‘lgan.

Qishlog‘imiz Narpay tumanidagi Qoratov tog‘ tizma-lari etagida joylashgani uchun tuman markazidan uzoq-

ADABIYOT – YOLG‘IZ XALOSKOR

roqda bo‘lgan. Maktab davrimda otam Samarqand shahriga borib menga yangi kitoblar olib kelardi. O‘tgan asrning 70-yillari adabiyoti bilan otam keltirgan kitoblar tufayli tanishganman. Mumtoz adabiyotlar bilan otam-ning ma’rifatparvarligi-yu maktab kutubxonasi orqa-li tanishdim. Birinchi she’rim tuman gazetasida chop qilin ganida otam rosa quvongan. Qishlog‘imdagi yaxshi odamlar, maktabimdagi qalbi daryo ustozlar quvonchi-ni ko‘rib, she’r yozish o‘zgacha baxt ekanini his etdim. Maktabni tamomlab, Kattaqo‘rg‘on pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirdim. Shu yerdagi “Zarafshon” gaze-tasida she’rlarim bosila boshladi. 1980-yil O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirdim va shu dargohda adabiyotga yanada yaqin bo‘ldim.

Shajaramizda ijod bilan shug‘ullanganlar bo‘lma-sa-da, ilmni qadrlagan insonlar bo‘lishgan.

– O‘zingizdan ko‘nglingiz to‘lmagan paytlar ham bo‘lganmi? Tanqidga qanday munosabatdasiz?

– Milliy universitetning ikkinchi kursida o‘qib yurgan paytlarim “Vatan tashlab ketmaydi” nomli ilk to‘plamim chop etilgan. Rosti, shu to‘plamdan ko‘nglim uncha to‘lmagan. Shuning uchun ikki yil faqat o‘qish va qay-ta yozish bilan band bo‘ldim. Yozganlarimni matbuotda e’lon qilmadim. Bu vaqt men uchun o‘z ustida ishlash, o‘qish va tajriba yig‘ish imkonini berdi. Bir kuni yozgan-larimni “Guliston” jurnaliga olib bordim. Tahririyatda she’rlarni yozuvchi Erkin A’zam tahrir qilar ekan. U kishining huzuriga mendan oldin kirgan qiz she’rlarini olib yig‘lab chiqib ketdi. Ichimga qo‘rquv tushib qochib qolish payiga tushdim. Ammo ulgurmadim. “Kiring!” de-

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Zulfiya MO‘MINOVA­“Vatan­tashlab­ketmaydi”,­“Beshik-larni asragin, dunyo”, “Yonayotgan ayol”, “Azizim, bax-tiyorman” singari o‘ndan ortiq she’riy va nasriy kitoblari orqali she’riyat muxlislari ko‘nglidan joy olgan.

Ortda qolgan yil ijodda, jamiyat ma’naviy hayotida faol ijodkor­uchun­quvonchli­voqealarga­boy­bo‘ldi.­Ma’naviy-ma’rifiy­ sohalardagi­ yangilanishlar,­ o‘zgarishlar,­ zamon-doshlarimizning yorqin siymosi aks ettirilgan turkum maqolalari uchun “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti bilan, mustaqillikning yigirma yetti yilligi arafasida Prezident farmoniga binoan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdir-landi. Muqaddas yurt, muhtarama ayol sha’nini ulug‘lov-chi, go‘zal tuyg‘ularni tarannum etuvchi ijodkor bilan suh-batimiz she’riyat, adabiyot oldidagi mas’uliyat va ustozlar ibrati haqida bo‘ldi.

Aziz va yagonamsan, jonajon

O‘zbekiston!

Page 4: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

4 e-mail: [email protected]

e-mail: [email protected]

Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

gan ovozni eshitib, cho‘chibgina xonaga kirdim. Ichki qaltiroq bilan she’rlarimni ustozga uzatdim. O‘zim go‘yo tikan ustida o‘tirgandek, zo‘rg‘a nafas olardim. She’rlar-ni o‘qigach, ustoz qo‘lini qog‘ozlar ustiga shart qo‘yib, “Bo‘-la-di”, dedilar. Qattiq hayajonlangan bo‘lsam ke-rak, ko‘zimdan duvillab yosh oqib ketdi. Shunda Erkin aka: “Shu qizlarga hayronman-da, she’rlaring bo‘lmay-di, desang ham yig‘laydi, bo‘ladi, desang ham yig‘laydi”, – degan edilar.

Ijodkorning tanqidchisi birinchi galda o‘zi bo‘lishi kerak. Shu sabab hamisha yozganlarimning xatosini tuzatib yashashga intilaman.

– Ulug‘ bobomiz hazrat Alisher Navoiy asarlarida komil inson mavzusi hamisha markaziy o‘rinda turadi. Shoir aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, kamtar, sabr-qanoat-li kishilarni komil insonlar safiga qo‘shadi. Sizningcha, komil inson kim?

– Komil inson qiyofasini adabiyotga umrini bag‘ish-lagan, ilm zahmatini chekkan ustozlar timsolida ko‘ra-man. Ibrohim Mo‘minov, Ozod Sharafiddinov, Sa’di Sirojiddinov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Begali Qosimov, Shavkat Rahmon, O‘lmas Umarbekov kabi yozuvchi, shoir, adabiyotshunoslarimiz ko‘z oldimda fidoyilikning namunasi sifatida gavdalanadi. Ular zako-vatda, saxovatda, fozillig-u oqillikda barchamiz uchun ibrat namunasidir.

– Ijodkor ilhomining manbayi nima? Yozishga, yangi mavzu topishga qiynalayotgan yosh ijodkorlarga qan-day tavsiya bergan bo‘lardingiz?

– Shoirlik, avvalo, qismat. U – oliy baxt. Yaratgan tomonidan berilgan iste’dodni ulg‘aytirish kerak. Buning uchun esa o‘qish, o‘rganish, o‘zni qiynash kerak. Yosh-lardagi shoshma-shosharlik, tez tanilishga intilish istagi meni xavotirga soladi. Shoshib qilingan ishda kamchilik ko‘p bo‘ladi. Hozirda yozilayotgan ayrim “asar”larning sayoz ekanini bilsak-da, ko‘z yumayapmiz, kamchilikla-rini bir ovozdan aytmayapmiz. O‘rtamiyona mashqlar-ning “silliqqina” chop etilishiga ham indamay qarab tu-ribmiz. Adabiyot – jamiyatning ko‘rar ko‘zi, vijdoni, qalbi bo‘lishi kerak. U ko‘ngil mulkimizdan yo‘qolmasligi ke-rak bo‘lgan muqaddas tuyg‘ularning yolg‘iz xaloskoridir. Xom-xatala yozilgan narsada qalb harorati bo‘ladi deb o‘ylaysizmi?!

Yoshlar ko‘p kitob o‘qishi lozim. Kitoblar yozishga il-hom beradi. Yozganda ham faqat hissiyotga berilmaslik kerak. His-tuyg‘u aql bilan qorishiq bo‘lishi ham darkor.

Men ko‘proq nasriy asarlardan ilhomlanaman. Shoir bo‘lishimga yordam bergani uchun Navoiy, Fu-zuliy, Bobur, Lutfiy, Mashrab, Ogahiy, Qodiriy, Pushkin, Tolstoy, Aytmatov, Shukshin, Axmatova, Bunin, Che xov, Sholoxov kabi ulug‘lik cho‘qqisidagi, ammo kamtarlik libosidagi shoir va adiblardan minnatdorman. “Fozil el tarafdaman” nomli she’rimda shunday satrlar bor:

Devonai dalli emas, Sof aql tarafdaman. Navoiyda, Yassaviyda, Men Bedil tarafdaman.

– Ayollar jam bo‘lgan davralarda, xotin-qizlar bayra-mida, albatta, “Ayolga baxt bering, saodat bering” satr-lari bilan boshlanuvchi she’ringiz o‘qiladi. Ayol mavzusi-ga tez-tez murojaat qilishingiz boisi nimada?

– Ayol – muhabbat quyoshi. U go‘zal xislatlari sabab ardoqqa loyiq. Fidoyilik – barcha fazilatlarning gultoji, aslida. Ayniqsa, Sharq ayollari – fidoyi qalb sohibalari. Ularga tahsin aytmaslikning iloji yo‘q. Ayniqsa, o‘zbek ayollari “bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat” bo‘lsa-da, kulib turadi, dardini doston qilmaydi. Unga faqat mehr kerak, unga faqat muhabbat kerak! Shu sabab hamisha: “Ayolga baxt bering, saodat bering, Oltmish-ga kirsa-da, yuzga kirsa-da”, – degim keladi.

“Ayolga gul bering” nomli to‘plamimga o‘zbek ayoli-ning mehr-muhabbatini, maftunkorligi-yu jozibasini, fas-li bahor yanglig‘ tarovatini aks ettirgan she’rlar jamlan-gan. Ana shu kitobim ingliz tiliga tarjima qilinib, “Ayolni yengib bo‘lmaydi” sarlavhasi bilan AQShning “Amazon” nashriyotida chop etildi.

– Jurnalimizning an’anaviy savoli: sizga bir soatlik adabiyot darsini o‘tib berish taklif qilinsa, qaysi mavzu va qanday usulda darsni tashkil qilgan bo‘lardingiz?

– Vatan deganimda, ko‘zimda qalqqan,Sevinch yoshlarimni arturman men ham.Vatan, deya kelib, Vatan deb ketganAsl zotlarimga torturman men ham.

Bu satrlarni nima uchun keltirdim? Birinchi to‘plamim-ni bekorga “Vatan tashlab ketmaydi” deb nomlamagan-man. Vatan haqida yozishdan, uni kuylashdan charcha-mayman. Adabiyot darsini “Vatanni sevish” mavzusida o‘tgan bo‘lardim. Yaratgandan boshqa hech kim mu-kammal emas. Ammo Vatanni hech bir iddaosiz, yurak-dan sevgan haqiqiy vatanparvarlar ham ko‘zimga shun-day bekam-u ko‘st insonlar bo‘lib ko‘rinadi.

– Zulfiya opa, qalam bilan qalblarni zabt etishdan tolmang. Suhbatingiz uchun tashakkur!

Vazira IBROHIMOVA suhbatlashdi.

Page 5: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 5Navbatchi

Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

Dunyoda til haqidagi ta’limotlar taraqqiyotning turli davrlarida goh e’tirof etilgan, goh rad qilingan yoki unu-tilgan (yoxud unuttirilgan). Bu haqiqat o‘tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida, xususan, bugun deyarli barcha tilshunosliklarda haqqoniy tadqiqotlarning chi-nakam tamal toshiga aylandi. Antropotsentrik, sodda-roq aytganda, markazida inson turadigan tilshunoslik mazkur haqiqatga asoslangan bo‘lib, haqiqat namoyon bo‘lishining ming bitta yo‘llarini ilmiy izlashga qaratilgan eng istiqbolli yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishning tarmoqla-ridan biri lingvokulturologiya yoki lisoniy madaniyat-shunoslik bo‘lib, u tilni “til – madaniyat – inson” uchli-gi doirasida o‘rganadi. Bu fan bugun keng iste’molda bo‘lgan milliy ong, milliy tafakkur, milliy madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet, milliy xarakter kabi juda ko‘plab tushunchalarning asosini til tashkil etishi, tilsiz ularning mohiyati barqaror bo‘la olmasligini ochib berishni asosiy maqsad deb biladi.

Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldin-gi IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlari-da o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan va o‘xshatishning muntazam to‘rt unsurdan tarkib topishi ta’kidlangan, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki subyekt; 2) unga o‘xshash bo‘luvchi narsa yoki obyekt; 3) o‘x - shatish belgisi yoki o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning formal ko‘rsatkichi.1 O‘zbek tilida ham, boshqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish eta-loni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsat-kichi deb nomlaymiz.

Nizomiddin MAHMUDOV,O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

direktori, filologiya fanlari doktori, professor

O‘XSHATISHLARDA MILLIY MENTALLIK JOZIBASI

Avvalo, ta’kidlash lozimki, o‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspres-sivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-mu-allif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar; 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi.

Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan erkin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘zining badiiy tasvir maq-sadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy ho-lat-xususiyat-predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalantiradi. Masalan: So‘fining­ tani­shu­ topda­Ara-biston tog‘larining saratondagi toshlariday qizib yonardi (Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”). Bu gapdagi o‘xshatish konstruksiyasi erkin o‘xshatish bo‘lib, u Eshon ga isho-nib rasvo bo‘lgan, haj ilinjida kun o‘tkazgan Razzoq so‘fining ruhiy holatini favqulodda aniqlik bilan ifodalash maqsadida Cho‘lpon tomonidan yaratilgan. Mana bu mi-sollarda ham ana shunday original, erkin o‘xshatishlarni ko‘rish mumkin: Miryoqub­ ...ikki­ kishining­ pichirla­shib­gaplashganini­ eshitdi,­ yuragi­ objuvoz­ likopiday­ ura­boshladi (Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”). Bular qiyqiriq solishib, tobiga kelgan choydishdek sharaqlashib... kampir­bilan­o‘ynasharkan...­(Cho‘lpon, “Kecha va kun-duz”). Xayollar qo‘ymaydi o‘z holimizga – Lo‘livachcha-lardek­yopishqoq,­kir-chir (I.Mirzo, “Ey dil” she’ri). Hilol yanglig‘­ochiq­qolgan­savollarim,­Yellar­quvnab-quvnab­titdi varoqlarim (I.Mirzo, “Azoblarim” she’ri).

Turg‘un o‘xshatishlarning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqaror-lashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt-lar o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifo dalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tildagi tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi.

Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslar ning aksariyati turg‘un o‘xshatishlar idiomalarga yaqin tu-rishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asr-lar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanilishi natijasida turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o‘xshatish etaloni-ning, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan

Page 6: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

6 e-mail: [email protected]

e-mail: [email protected]

Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishi-ni ta’kidlaydilar.2

Mazkur mulohazalardan kelib chiqilsa, turg‘un o‘xshatishlarning til va nutqqa munosabati oydinlash-ganday bo‘ladi. Aytish mumkinki, turg‘un o‘xshatishlar til tizimidagi frazeologik iboralarning alohida, o‘ziga xos bir guruhini tashkil etadi va ular aytarli tayyor hol-da nutqqa olib kiriladi. Bunday o‘xshatishlar turli da-rajadagi ifodaga ega bo‘lgan birliklar sifatida nutqning ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida so‘zlovchining kommunikativ-estetik niyatiga uyg‘un holatda tanlanib, nutqiy jarayonda qo‘llaniladi. Quyidagi bir necha mi-solda ham buni ko‘rish mumkin: Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday ma’lum (Cho‘lpon, “Ke-cha va kunduz”). Bolalari... qo‘rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi (M.Nizanov, “Oxirat uyqusi”). Faqat shuni qulog‘ingga qo‘rg‘oshindek quyib olishingni istardim (P.Selkudyanu, “Gumroh”).

Lisoniy madaniyatshunoslik nuqtayi nazardan, ayniqsa, turg‘un o‘xshatishlar, ya’ni frazeologik iboralarning qiyosiy turi alohida diqqatga sazovor. Chunki “turg‘un o‘xshatishlar milliy ong jumbog‘ini ye-chishga imkon beradigan yorqin obrazli vositalardan biri hisoblanadi”, “dunyoni o‘ziga xos, milliy tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi”3. Turg‘un o‘xshatishlar dunyo tillarining deyarli barchasida turli miqdorlarda bor va ular yagona qiyosiy model asosida aytarli bir xil lisoniy-mantiqiy tarkibda tuzilgan bo‘ladiki, bu holat mazkur iboralarni keng tarqalgan lisoniy uni-versaliyalar qatoriga kiritish uchun asos bo‘ladi. Ammo bunday o‘xshatishlar til egalarining dunyoni milliy ko‘ri-shi va milliy anglashini aks ettirganligi uchun har bir til-da g‘oyat betakror va benihoya yagonadir.4

Bu o‘rinda shuni ham alohida ta’kidlamoq joizki, turg‘un o‘xshatishlar tarkibida o‘xshatish obrazi, ya’ni o‘xshatish etaloni alohida ahamiyatga molik. Bu unsur o‘xshatishning markazini, mag‘zini tashkil etadi, boshqa unsurlar (o‘xshatish subyekti, o‘xshatish asosi) ayni shu etalon atrofida birlashadi. Ayni paytda boshqa unsurlar implitsit ifodalana olgani holda o‘xshatish etaloni faqat eksplitsit ifodalanmog‘i shart, ya’ni o‘xshatish etaloni bevosita lisoniy ifodaga ega bo‘lmasa, o‘xshatish maz-munidagi ibora shakllana olmaydi. Eng muhimi shuki, xalqning dunyoni ko‘rishi va anglashidagi o‘ziga xoslik, ya’ni milliy-madaniy va milliy-konnotativ ma’lumot bevo-sita ayni shu o‘xshatish etalonida o‘z tajassumini topadi. Xalqning milliy obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifati-da turg‘unlashgan, etalonlashgan obrazlar milliy idrokni aks ettiradi. Ayni muammo tadqiqi bilan jiddiy shug‘ul-langan mutaxassislarning aksariyati qayd etganlaridek, o‘xshatish etalonlari an’anaga kirgan, avloddan avlod-ga o‘tib kelayotgan obrazlar sifatida xalqning dunyoni o‘ziga xos ko‘rishining ifodachilaridir, shuning uchun etalonlar qiyosiy iboralar tarkibida alohida o‘rin tutadi va lisoniy madaniyatshunoslik, ya’ni til, milliy madaniyat va mentalitet munosabatlarini belgilash jihatidan favqu-lodda muhim.5 Aytaylik, o‘zbek tilidagi musichaday beo-zor (odam) o‘xshatishini boshqa tillarda uchratish qiyin. Musichaday o‘xshatish etalonida milliy-madaniy konno-tatsiya mavjud, unda “beozorlik” belgisining o‘zbekka xos ta’kidi o‘z ifodasini topgan. Musichaga xos yum-

shoq tabiat va harakat o‘zbek idrokida ijobiy talqin to-pishidan tashqari, bu mushfiq qush haqidagi islomiy rivoyat ham musichaday etalonining an’anaga kirishi-da asos bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ana shu tariqa musichaday beozor turg‘un o‘xshatishi beozorlik-ning o‘zbekcha o‘lchovi sifatida tamoman milliy obraz maqomini olgan. Yoki qo‘yday yuvosh (odam) turg‘un o‘xshatishini olib ko‘raylik. Ayni qo‘yday o‘xshatish eta-lonida ham o‘zbekcha milliy-madaniy nigoh o‘z aksini topgan. Ammo bunday o‘xshatish etaloni boshqa milliy madaniyatlarda, demakki, tillarda ham mavjud bo‘lsa-da, ularda bu etalon “yuvoshlik” emas, balki boshqa bel-gilar uchun o‘lchov o‘laroq qo‘llaniladi. Masalan, rus tili-da qo‘y (овца) etaloni quyon (заяц), kiyik, bug‘u (лань) kabi hayvonlar qatorida, asosan, “qo‘rqoqlik” belgisi uchun o‘xshatish o‘lchovi sifatida turg‘unlashganki,6 bu ham o‘ziga xos milliy-madaniy nigoh mahsulidir.

Dunyoni bilishda o‘xshatishlar, umuman, qiyos, aytib o‘tilganiday, favqulodda muhim o‘rin tutsa-da, dunyoni har qanday bilish aksiologiyadan, ya’ni bilingan narsani biror tarzda baholashdan xoli bo‘lishi mumkin emas. Zotan, bugun inson ongining aksiologikligi haqida-gi qoida e’tirof etib bo‘lingan va unga ko‘ra muayyan narsa-qadriyat anglanar ekan, unga nisbatan inson-ning, demakki, jamiyatning bahosi, munosabati ham u yoki bu tarzda ifodalanadi, ana shu jihatdan lingvis-tika va aksiologiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.7 O‘xshatishni baho kategoriyasidan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi, o‘xshatish va baholash tushunchalari bir-biri bilan behad zich munosabatda, chunki odam atrofidagi olamni va, albatta, o‘zini qiyoslash-o‘xshatish va baho-lash yo‘li bilan anglab boradi.8

Har qanday es-hushli odam har qanday narsa-ho-disaning qimmatini, kamida manfiy-musbatligini farq-lamog‘i, buni biror shaklda ifodalamog‘i lozim. Bir nar-sa-hodisa boshqa bir narsa-hodisaga o‘xshatilar (va, albatta, bu holat tilda turg‘unlik kasb etar) ekan, bun-dan ko‘zlangan maqsad mazkur o‘xshashlikni qayd etishdangina iborat bo‘lmaydi. Shubhasiz, bundagi maqsad ana shu o‘xshashlik asosida so‘zlovchining mazkur obyektga subyektiv munosabatini ham ifoda-lashdan iborat bo‘ladi. Masalan, tilda baqaday qotmoq turg‘un o‘xshatishi mavjud, bu qiyosiy ibora kontekst-da, masalan, mana bunday qo‘llanishi mumkin: Zay-nab baqaday qotib o‘tirardi (A.Qodiriy, “O‘tkan kunlar”). Bu iboraning semantikasi Zaynabning holatini baqaga o‘xshatishdangina iborat emas, balki ayni paytda Zay-nab (va uning holati)ga o‘ta salbiy subyektiv muno-sabatni ham ifodalashdan iborat. Bu munosabat ayni o‘xshatish obrazi asosida juda qabariq tarzda namoyon bo‘lgan. Mazkur kontekstdan ayni o‘xshatish chiqarib tashlansa, ya’ni jumla Zaynab baqaday qotib o‘tirardi tarzida emas, balki Zaynab qotib o‘tirardi tarzida tuzil-sa, mazkur subyektiv munosabat tamoman yo‘qoladi, mazkur munosabat neytrallashadi. Tabiiyki, ayni paytda baqaday turg‘un o‘xshatishi ishtirok etmagan holatda mazkur matnda “qotish” belgisining darajasi ham pasa-yadi. Aytish kerakki, turg‘un o‘xshatishlar ifodalanayot-gan belgi (xususiyat, harakat, holat)ning ko‘p-kamlik jihatidan darajalanishi, gradatsiyasining ifodalanishida ham alohida rol o‘ynaydi. Qiyoslang: qotmoq – tayoq-day qotmoq – tarashaday qotmoq – taxtaday qotmoq –

Page 7: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 7Navbatchi

Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

shamday qotmoq – tarrakday qotmoq – baqaday qot-moq – haykalday qotmoq – toshday qotmoq. Bu turg‘un o‘xshatishlar qatorida “qotish” belgisining darajasi bir-biridan farqli ekanligi ko‘rinib turibdi.

Turg‘un o‘xshatishlar vositasida ifodalanadigan gra-datsiya faqat denotatgagina tegishli darajalanishdan ibo-rat emas. O‘xshatish etalonlarida o‘xshatish subyektiga bo‘lgan konnotativ, ya’ni subyektiv-emotsional, ekspres-siv munosabatlar ham darajalangan holda ifodalanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan o‘xshatishlar qatoridagi, masalan, baqaday qotmoq – haykalday qotmoq – tosh-day qotmoq turg‘un o‘xshatishlaridagi subyektiv-emot-sional munosabat darajasining bir-biridan farqli ekanligi-ni sezmaslik mumkin emas. Bunday holat boshqa tillarda ham to‘la kuzatiladi, masalan, rus tilida insonni estetik baholashning leksik-grammatik ifoda vositalari tizimida darajalanganlik alohida xususiyat sifatida qayd etiladi.9

Xalqlarning milliy-etnik va antropologik o‘ziga xos-liklariga mutlaqo muvofiq ravishda turli millatlarda, ma-salan, ko‘zning aynan bir xil rangi emas, balki bir-biridan farqli ranglari go‘zallik bilan bog‘lanadi. Ruslarda ko‘k, ing lizlarda yashil10, o‘zbeklarda esa qora ko‘z milliy qi-yofa to‘kisligi, go‘zalligining asosiy unsurlaridan hisobla-nishi ma’lum. Bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Obyektiv borliqqa bunday va shular kabi farqli milliy-etnik munosabat, baholash me’yorlari va o‘lchov-laridagi sezilarli tafovutlarga ko‘ra o‘xshatish etalonlari-ning tanlanishida ham turli tillarda o‘ziga xosliklar kuza-tiladi, albatta.

Bu o‘rinda birgina oy o‘xshatish etalonini olib ko‘ray-lik. O‘zbek tilida oyday o‘xshatish etaloni juda keng qo‘llaniladi. Bu o‘xshatish etalonini semantik va lisoniy madaniyatshunoslik jihatdan quyidagicha izohlash mumkin:

1. Chiroyli, go‘zal. Asosan, ayollar haqida (Ismiga munosib to‘lin oyday go‘zal ayol edi To‘lun oqa (M.Ali, “Ulug‘ saltanat”). Nechun oydek yuzingizdan qayg‘u ketmas, Hajr azobin siz ham endi totdingizmi? (M.Yu-suf, “Kelinchak”).

2. Porlamoq, balqmoq, ajralib turmoq, kuchaymoq (Oltmish yoshin qutlab deymiz: – Sog‘ bo‘lsin Oybek, She’riyatning osmonida porlasin­oydek (X.Saloh, “Us-toz Oybekka”).

3. To‘lmoq, yanada go‘zallashmoq (Farahli bir oydin kecha, Yo farahli subhidam, Oydek to‘lib, tushlaringga Kirar zebo bir sanam (J.Kamol, “Tilak”).

4. Ravshan, ayon, ma’lum, shubhaga o‘rin qoldirmay-digan darajada aniq bilingan (Zebi sud raisining bola emasligini qaydan bilsin? Shu yerda o‘tirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? (Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”). Bun-dan tashqari ayolning go‘zalligini ta’kidlaydigan o‘n to‘rt kunlik oyday turg‘un o‘xshatish varianti ham bor.

Ammo rus lisoniy madaniyatida oy o‘xshatish eta-lonining o‘zbek tilidagi mazkur to‘rt mazmunidan bi-rortasi ham mavjud emas, bu lisoniy madaniyatda oy obrazi ko‘proq g‘amgin, ma’yus, sovuq manzara bilan bog‘lanadi, shu holat rus mental tasavvurotida an’ana-ga kirgan. Xitoy va koreyslarda esa oy etaloni faqat musbat o‘lchovlarda talqin etiladi, go‘zal ayolning oyga o‘xshatilishi juda keng tarqalgan11, xuddi o‘zbeklardagi kabi oy obrazi go‘zallik, yorqinlik, yoqimlilik kabi sifatlar-ni tamsil etishga xizmat qiladi. Yoki xitoy va koreyslarda ayol yuzining o‘rikka, majnuntol novdasiga o‘xshati-lishi, go‘zal yuz aylanasi (oval shakli)ning oshqovoq-ning urug‘idan iborat etalon vositasida ta’kidlanishi mavjudki12, ular o‘zbek, rus va boshqa lisoniy mental an’anala riga begona. Demak, turli tillarda o‘xshatish etalonlari ning tanlanishida ham farqli milliy-etnik idrok hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Turg‘un o‘xshatishlar o‘zbek tilining tamomila o‘ziga xos boyligi, xalq milliy-madaniy tasavvuroti va an’anala-rining betakror ko‘zgusi, bejirim va ta’sirli nutq imkoni-yatlariga kuch beradigan tuganmas manba, avlodlar o‘rtasidagi obrazlar vorisiyligini saqlovchi muhtasham vosita sifatida juda katta etnopsixologik, lisoniy madani-yatshunoslik va lingvopoetik qimmatga ega.

1Невелова С.Л. Вопросы поэтики древнеиндийского эпоса. Эпитет и сравнение. – М.: Наука, 1979. – С. 38. 2Masalan, qarang: Некрасова Е.А. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа художественных

идиолектов / Лингвистика и поэтика. – М.: Наука, 1979. – С. 225; Лебедова Л.А. Устойчивые сравнения русского языка. – Краснодар: Кубанский ГУ, 2003. – С. 3; Хакимзянов Ф.С. О словаре устойчивых сравнений татарского языка // Российская тюркология. – Москва – Казань, 2010. №2. – С. 80.

3Maslova V.A. Ko‘rsatilgan asar. 133–134-betlar.4Yana qarang: Лебедева Л.А. Устойчивые сравнения русского языка во фразеологии и фразеографии: Автореф. дисс. …док. филол.

наук. – Краснодар, 1999. – С.20.5Qarang: Телия В.Н. Русская фразеология. – М.: Школа «Языки русской культуры», 1996. – С. 241–242; Маслова В.А. Ko‘rsatilgan

asar. 40–41-betlar; Потапушкин Н.А. Фразеологические единицы в русском языке в лингвокультурологическом аспекте. – М., 2000. – С. 67–68; Румянцева М.В. Типологические особенности компаративных конструкций (на материале русского и немецкого языков): Авто-реф. дисс. …канд. филол. наук. – Челябинск, 2007. – С. 6.

6Bu haqda qarang: Бойко Л.Г. Культурно маркированное содержание устойчивых сравнений русского языка: Автореф. …дисс. канд. филол. наук. – Волгоград, 2000. – С. 11.

7Серебренникова Е.Ф. Аспекты аксиологического лингвистического анализа / Лингвистика и аксиология. Этносемиометрия ценност-ных смыслов. – М.: Тезаурус, 2011. – С. 17.

8Bu haqda yana qarang: Михнюк К.В. О взаимосвязи категорий сравнения и оценки // Ярославский педагогический вестник. – 2011. – №1. – Том 1 (Гуманитарные науки). – С. 131.

9Мякишева Е.В. Эстетическая оценка человека в современном русском языке: лингвистический и лингвокультурологический аспек-ты: Автореф. …дисс. канд. филол. наук. – Омск, 2009. – С. 5, 12.

10Окунева И.О. Прототипы и стереотипные представления о красоте человека в системе устойчивых сравнений русского и англий-ского языков / Вестник ВГУ, серия: Лингвистика и межкультурная коммуникация, 2008. N3. – С. 108.

11Batafsil qarang: Филимонова Е.Н. Портрет дальневосточной красавицы / Язык. Сознание. Коммуникация. Вып.32. – М.: Макс-пресс, 2006. – С. 7.

12Filimonova Y.N. Ko‘rsatilgan maqola. 16-bet.

Page 8: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

8 e-mail: [email protected]

Bir qarashda mazkur mavzu juda sodda, oson tushu-niladigan, bahsga sabab bo‘ladigan jiddiy muammo emasday tuyuladi. Lekin til ta’limi amaliyotida buning aksi bo‘lgan holatlarga duch kelmoqdamiz. Asosiy sa-bab mazkur mavzuning dasturdagi talqini va darsliklarda berilishiga borib taqaladi. Ayni paytda tilshunoslik ilmida-gi yangiliklar, qarashlar o‘zgarganiga, ancha yillar oldin til sathi va birliklariga yondashuvlarning boshqacharoq bo‘lganligiga til muallimlarining e’tiborsizligi yoki ularni to‘la anglab yetmaganliklari ham yana bir sababdir.

O‘tgan asrning oxiriga kelib fransuz tilshunosi Lusyen Tenyer1 qarashlarini qabul qilgan o‘zbek tilshunoslari-ning aksari sintaksis sathiga yondashuvda ikki cho‘qqili nazariyadan bir cho‘qqili nazariyaga o‘tish tilimizning ta-biatiga muvofiqligini e’tirof eta boshladilar.2 Bu nima de-gani? Oldingi qarash bo‘yicha gapning grammatik asosi ikkita – ega va kesim edi. Bu gapda bosh bo‘laklar ikki-ta (ya’ni har qanday sodda gapda, asosan, ikki cho‘qqi) bo‘ladi, demakdir. Endi esa bosh bo‘lak tushunchasidan voz kechilib, gapning grammatik markazi tushunchasi kiritildi: bu – kesim. Kesim gapning ham grammatik, ham mazmuniy markazi deb qaralmoqda. Kesimdan undagi mavjud shakllar vositasida gapga xos bo‘lgan shaxs-son, zamon, mayl, modallik, tasdiq va inkor ma’nolari angla-shilib turadi. Shu bois kesimning o‘zigina mutlaq holda gapning markaziy bo‘lagi bo‘ladi, degan to‘xtamga kelin-di, ya’ni bir cho‘qqili nazariyaga o‘tildi. Qolgan bo‘laklar (bunga ega ham doxil) kesimni bevosita (ega, to‘ldiruv-chi, hol) yoki bilvosita (aniqlovchi) kengaytiruvchi qism-lar sifatida olinadigan bo‘ldi. Ot kesimda aniqlovchi ham bevosita kengaytiruvchi bo‘la oladi. Qo‘yilayotgan masa-lani yaxshi anglash uchun bu nazariy ma’lumot bilan ya-qindan tanishib olish darkor. Shundagina muammo ko‘z o‘ngimizda aniq va ravshan namoyon bo‘ladi.

Endi qabul qilingan dastur asosida yaratilgan dars-liklarga nazar solaylik. Boshlang‘ich sinflar uchun yaratil-gan darsliklar o‘rta va yuqori sinflardan farqli o‘laroq, to‘laligicha oldingi ikki cho‘qqili nazariyaga tayanib yo-zilgan. Ularda ega va kesim – bosh bo‘laklar, qolgan uchalasi ikkinchi darajali bo‘laklar sifatida berilgan. Hozir biz bu holatni ma’qullash yoki inkor qilishdan yiroqmiz. Bu – ham nazariy, ham metodik va amaliy, ham didak-tik jihatdan ilmiy o‘rganilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan masala. Maqolamizning muhokama obyekti mualliflari bir cho‘qqili nazariya asosida yozilganligini e’tirof etgan darsliklardir. Lekin ularning hech birida bu nazariya, bu tamoyilga izchil rioya qilinganligini kuzatmaymiz.

Valijon QODIROV, mustaqil tadqiqotchi,

filologiya fanlari nomzodi

SODDA YIG‘IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR XUSUSIDA MULOHAZALAR

Amaldagi 5-sinf Ona tili darsligiga3 diqqat qaratamiz. 32-darsdan gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, Kesim mavzu-si bilan boshlanadi. 39-betda eslab qoling belgisi ostida quyidagi ma’lumot berilgan: Kesim­ gapning­mazmuniy­markazidir.­U­boshqa­bo‘laklarsiz­ham­gap­bo‘la­oladi.­Masalan: Yaxshimisiz? Keldi. Shu ikki holatning o‘zida bir cho‘qqili nazariyaning ibtidosi ko‘zga tashlanib turib-di. Lekin 44-betda berilgan qoidalarda shularni o‘qiymiz: Faqat­kesim­yoki­ega­va­kesimdan­iborat­gap­yig‘iq­gap­hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa­bo‘laklar­bilan­kengayishidan­hosil­bo‘lgan­gap­yoyiq­gap­deyiladi.­Masalan: Men uni ko‘rdim. Ta’rifning birinchi qismi va misol tariqasida berilgan ikkinchi gap (Men keldim) ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq kela-di. Chunki ikki cho‘qqili nazariyada ega va kesim bosh bo‘laklar bo‘lib, ikkinchi darajali bo‘laklarsiz ular yig‘iq gapni hosil qiladi. Ta’rifning ikkinchi qismi esa bir cho‘qqili nazariyaga mos tushadi va birga berilgan ta’rifning birin-chi qismiga nisbatan zidlik kuzatiladi. Kesimdan boshqa bo‘laklar deyilganda ega ham ikkinchi darajali deb atal-gan bo‘laklar qatoriga kirib ketadi. Shu yerning o‘zida yondashuv va talqinda izchillik buzilgan. Bu bo‘lim (ya’ni sintaksis) darslikning boshlang‘ich sinfda o‘tilganlarni tak-rorlash qismida bo‘lgani uchun shunga muvofiqlashtiril-gan, deyilsa, ta’rifning birinchi qismi to‘g‘ri, lekin bunda bir cho‘qqili nazariyaga muvofiq keyingi ta’rifni kiritmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Yoki aksincha: birinchi qismdagi yoki ega va kesimdan degan so‘zlar qo‘llanmasa edi, ta’rif maz-muniy va mantiqiy bir butunlikni hosil qilardi.

8-sinf darsligi4ning 54-betida: “Sodda­ gaplar­ ikkin-chi darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra:­ sodda­ yig‘iq­ gaplar­ (Kamola­ kirib­ keldi),­ sodda­yoyiq­ gaplar­ (Kamola­ darvozadan­ shoshilib­ kirib­ keldi)ga bo‘linadi” tarzidagi ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq qoida berilgan. Darslikning 56-betida esa bir cho‘qqili nazariyaga mos: “Kesim­gapning­asosini­tashkil­qiluvchi­markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimdan ifodalan-gan­ ish-harakatning­ bajaruvchisini­ ko‘rsatadi”­ qoidasi keladi. Uning ortidan “To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi.­Shuning­uchun­ular­gapning­ ikkinchi­darajali­bo‘laklari deyiladi” ifodasidagi jumla berilgan. Bu qoida 80-betda yana takrorlanadi. 79-betda o‘qiymiz: “Esga o­ling.­­Faqat­ega­va­kesimdan­iborat­bo‘lgan­gap­sodda­yig‘iq­gap­deyiladi.­Esga­oling.­Ega­va­kesimdan­boshqa­bo‘laklar­bilan­kengaygan­gap­sodda­yoy‘iq­gap­deyila-di”. Holbuki, 57-betda “Kesim­gap­markazi­bo‘lib,­u­tas-diq-inkor,­ zamon,­mayl,­ shaxs-son­ma’nolarini­ ifodalab­

Dolzarbmavzu

Page 9: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 9Navbatchi

Dolzarb mavzu

keladi,­hukmni­ifodalaydi­va­gapning­boshqa­bo‘laklarini­o‘z­atrofida­birlashtiradi…­Gapni­yuzaga­keltirish,­fikrni­ifodalash­ jihatidan­ kesimning­ gapdagi­ ahamiyati­ kat-ta…­Gapda­ ega­ ham,­ ikkinchi­ darajali­ bo‘laklar­ (to‘ldi-ruvchi,­ aniqlovchi,­ hol)­ ham­bevosita­ yoki­ bilvosita­ ke-simga bog‘lanadi” degan kattagina bir cho‘qqili nazariya mohiyatini aks ettiruvchi qoida yozilgan. Lekin bu qoi-dada ham egani ikkinchi darajali bo‘laklardan alohida olinayotgani ko‘rinib turibdi. Darslikda, umuman, o‘zbek tilshunosligida ega arosatda qolgan bo‘lak sifatida taassurot uyg‘otadi. Bosh bo‘lak degan termin ishlatil-mayapti, uni ikkinchi darajalilar qatoriga kiritish mantiqi ham ko‘rilmayapti chog‘i. Oddiy ko‘ringan mavzuning shu qadar jiddiy muammosini qanday yechish mumkin? Takliflarimiz quyidagicha:

1. Lusyen Tenyer boshdan tavsiya etgan kesimga nisbatan gapning mazmuniy va grammatik markazi, qolgan to‘rttasiga kengaytiruvchi bo‘laklar terminini qo‘llash. Bunda agar ega boshqa uch bo‘laklar bilan bir qatorga va bir mavqega qo‘yilsa, egali va egasiz gaplar tushuncha (mavzu)laridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa, egaga maxsus yondashuv kerak bo‘ladi.

2. 8-sinfdan keyin o‘quvchilar maktabda yana uch yil o‘qiydilar. Agar bir cho‘qqili nazariyaga to‘la rioya qilib, yangicha dastur va darsliklar yaratilsa, o‘quvchilarda ang-lashmovchilik bo‘lmasligi uchun quyidagicha qo‘shimcha ma’lumot berib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi: “Hamma soha va hayotning turli jabhalarida bo‘lganidek, tilshunos-likda ham yangiliklarga yuz tutilmoqda. Jumladan, endilik-da­kesim­gapning­grammatik­markazi,­qolganlari­kesimni­kengaytiruvchi bo‘laklar deb olinmoqda. Bu qarash mak-tab dasturiga tatbiq etilsa, keyingi avlod darsliklarida aks etishi mumkin”.

3. Yuqorida biz qayd etgan chalkashliklar darsliklarda mavjud, lekin o‘quvchiga tilshunoslikdagi bu bo‘shliqni tushuntirishning keragi ham, iloji ham yo‘q. O‘qituvchi yo‘l topib bu chalkash vaziyatdan chiqib ketishi ke rak. 5-sinfda sintaksisdan maqsad boshlang‘ich sinflarda o‘tilganlarni takrorlash bo‘lgani uchun 44-betdagi “Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusida berilgan “Kesimning boshqa­bo‘laklar­bilan­kengayishidan­hosil­bo‘lgan­gap­yoyiq­gap­deyiladi”­qoidasi­ tahrir­qilinib,­ “Kesimning­ ik-kinchi darajali bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap­yoyiq­gap­deyiladi”­tarzida tushuntiriladi va o‘quvchi-lar daftariga yozdirib qo‘yiladi. Demak, bu sinfda eski yondashuv asosida ish ko‘riladi. Boshlang‘ich sinfda ol-gan bilimlari, gap bo‘laklari borasidagi tasavvurlari asosi-da o‘quvchilar yig‘iq va yoyiq gaplarni o‘zlashtiradilar. Bu metodik va didaktik jihatdan maqbul usul bo‘ladi.

4. 8-sinf darsligida faqat kesimning ta’rifidan boshqa qoida va yondashuvlarda eski ikki cho‘qqili nazariyaga tayanilgani kuzatiladi. Shu bois o‘qituvchi darslikda aniq qilib berilmagan gap bo‘laklarini oydinlashtirib tushun-tirib berishi lozim. Gapdagi ega haqida darslikda aniq bir to‘xtam yo‘q ekan, biz sal boshqacharoq tasnifni taklif

qilamiz. E’tibor bersak, ikkinchi darajali bo‘lak tushun-chasi bor. Ular qaysidir boshqa birinchi bosh bo‘lakka nisbatan ikkinchi degan mantiqni keltirib chiqaradi. Bu kesimmi? Unda ega qaysi tomonda bo‘ladi? Bizningcha, darsliklarda aniq bir to‘xtam va ta’rif berilguncha shun-day tasnif qilinishi mumkin: kesim­gapning­mazmuniy­va­grammatik mazmuni, ega va kesim bosh bo‘laklar, to‘ldi-ruvchi, hol va aniqlovchi esa ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ko‘rinadiki, kesim ikki grammatik mavqeda. Buni o‘quv-chilarga shunday tushuntirish mumkin: gap bo‘laklarini bir oila deb olsak, farzandlar – ikkinchi darajali bo‘laklar, ota va ona – bosh bo‘lak bo‘lgan kesim va ega. Xuddi ota-ona farzandlarga nisbatan bosh bo‘lsalar-da, lekin ota oilaning mutlaq rahbari, yetakchisi hisoblanganidek, ke sim ham gapning mutlaq grammatik va mazmuniy markazidir. Mazkur tushuntirish ifodasi hayotiyligi bilan diqqatga sazovor, ayni paytda milliy mentalitetimizga muvofiq.

5. Shart maylidagi fe’l bilan ifodalangan nomus-taqil kesim, asosan, qo‘shma gaplarda keladi va ular tarkibidagi har bir sodda gap yuqoridagi mezonlar aso-sida yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin.

6. Atov gaplar bitta asosiy bo‘lak – ot kesimdan iborat bo‘ladi va u yig‘iq gap sanaladi (Masalan: Qish.) Agar atov gap qaysidir bo‘lak bilan kengayib kelsa, u yoyiq gap bo‘ladi (Masalan: Qahraton qish.)

7. So‘z-gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengayish imkoniyati cheklanganligi tufayli ular yig‘iq gap bo‘ladi.

8. To‘liqsiz gaplarning yig‘iq yoki yoyiq ekanligini aniqlashda o‘quvchilarga tushirilgan bo‘lakni xayolan tiklash usuli tavsiya etiladi. Masalan: Kim keldi? – Karim. (ya’ni Karim keldi). Ko‘rinadiki, 8-sinfdagi qoidalardan ke-lib chiqsak, ega va kesimdan iborat bu to‘liqsiz gap yig‘iq gapdir. Musobaqaga kim bilan borasan? – O‘rtog‘im bi-lan (ya’ni o‘rtog‘im bilan boraman) – yoyiq gap.

9. 59-betda ilmiy xatolik kuzatiladi. “Fe’l kesimlar quyi-dagi ko‘rinishlarga ega:.. b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham barkashni olib keldi”. Gapda “yozguncha” fe’li kesim emas, chunki unda munosabat shakllari (zamon, mayl, shaxs-son) yo‘q. Shu bois bu qo‘shma gap emas. Gapning “Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozgun-cha” qismi bitta bo‘lak – murakkab payt holi. Demak, bu jumla yoyiq sodda gapdir.

10. O‘quvchilarga ta’kid bilan tushuntirish kerak-ki, shakllangan kesimlar soni gapni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Shakllangan kesim: a) fe’l kesim bo‘lsa, munosabat shakllari; b) ot kesimda esa bog‘lamalar ishtirok etgan kesimdir. Bitta gapda turli vazifa shakllaridagi ko‘plab fe’llar ishtirok etsa ham, bitta shakllangan kesim bo‘lsa, qo‘shma gap bo‘lolmaydi, bal-ki yoyiq sodda gap hisoblanadi.

1Люсьен Теньер. Основы структурного синтаксиса. – Москва: Прогресс, 1988. 2A.Nurmonov, N.Mahmudov, А.Аhmedov. O‘zbek tilining tilining mazmuniy sintaksisi. – Тoshkent: Fan, 1992.3Mahmudov N. va b. Ona tili. 5-sinf. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015.4M.Qodirov va boshqalar. Ona tili. 8-sinf darsligi. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014.

Page 10: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

10 e-mail: [email protected]

Dolzarb mavzu

Oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari uchun 2017-yilda joriy qilingan “O‘zbek tili” fan dasturida o‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari qatorida, jum-ladan, “sohaviy hujjatlarni tuzish, elektron hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllan-tirish” belgilab berilgan. Dasturdagi mavzularning bir qismi bevosita hujjatlarni yuritishga bag‘ishlangan. Bu bilan, avvalo, boshqaruv sohasida yuritiladigan ma’mu-riy hujjatlar hamda har bir yo‘nalish talabalari uchun ularning kelgusi ish faoliyatida qo‘llaniladigan rasmiy hujjatlar bilan ishlashga keng imkoniyat yaratildi.

Boshqaruv faoliyatida ish yuritish tizimini hujjatlash-tirish quyidagi tadbirlar majmuasidan iborat:

– boshqaruv hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish; – hujjatlar bilan ishlash: ularni qabul qilish, qayta

ishlash, ijrosini nazorat qilish, tizimlashtirish, izlab to-pish va saqlash jarayonlarini tashkil etish.

Hujjatlarning yaratilishi yoki qabul qilinishidan boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar harakatlanishi hujjat aylanishi deyiladi. Ushbu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Gulshan ASILOVA, pedagogika fanlari doktori

DAVLAT TILI DARSLARIDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

Hujjatni ijro uchun topshirish

Hujjatni qabul qilish

Hujjatni dastlabki ko‘rib chiqish

Hujjatning rahbar tomonidan ko‘rib chiqilishi

Hujjatni qayd etish

Talabalarga davlat tilida yuritiladigan so-haviy-me’yoriy, shuningdek, elektron hujjatlar bilan sa-marali ishlashni o‘rgatishda o‘quv materialini ish yuritish xususiyatlari bo‘yicha tuzish hamda quyidagilarga e’ti-bor qaratish tavsiya qilinadi:

– ish yuritishning me’yoriy-huquqiy asoslari va soha-dagi amaliy ahamiyati;

– ish yuritishning zamonaviy me’yoriy-huquqiy ba-zasida hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talab-lar;

– tashkiliy-farmoyish hujjatlari va ichki me’yoriy

hujjatlar, maxsus blanklarda to‘ldiriladigan yoki muay-yan shakl asosida qo‘lda yoziladigan hujjatlarni rasmiy-lashtirish xususiyatlari;

– hujjatlar bilan ishlashni tashkillashtirish, ularning ijrosini nazorat qilish va ularni saqlash tartibi;

– ish yuritishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham-da adabiyotlar;

– sohaviy-me’yoriy hujjatlar, ularning turlari to‘g‘risi-da ma’lumot berish, hujjat namunalari;

– ish yuritishda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar, hujjatlarda qo‘llaniladigan sohaviy terminlar va nutqiy qoliplar;

– asliyatdagi va tarjima qilingan nusxalar asosida sohaviy-me’yoriy hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish;

– hujjat matnini tuzishda uning rekvizitlariga amal qilish, ularni qog‘oz sathi bo‘ylab to‘g‘ri va tekis joylash-tirish, hujjatlardagi ixchamlik, xolislik, tilning imlo qoida-lariga to‘liq rioya qilish;

– har bir hujjatni o‘rganish uchun alohida mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, bilimlarini tekshirish uchun zarur materialni taqdim qilish.

Internet tarmog‘ida ta’lim resurslaridan foydalanish-ning ko‘plab usullari va ularga oid tavsiyalar berilgan. Maxsus kompyuter dasturi turli xil topshiriqlarni qisqa vaqt ichida tuzish va ularni o‘quv sayti ko‘rinishida tar-moqqa joylashtirish imkonini beradi. Talabalarni elek-tron resurslar bilan ishlashga o‘rgatishda ularni ushbu o‘quv saytidagi manbalardan foydalanish, ulardagi mashq va topshiriqlarni bajarish, o‘qituvchi bilan elek-tron pochta orqali muloqot qilishga jalb qilish mumkin. Quyida shunday misollarni keltiramiz:

1. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha Internetda mav-jud o‘quv materiallari ro‘yxati. Bu ro‘yxat ayni paytda talabalar o‘rganayotgan u yoki bu mavzu bo‘yicha zarur materiallarni qisqa fursatda topishga yordam beradi. U Internetning cheksiz resurslari ichida o‘ziga xos mayoq vazifasini o‘taydi.

2. Mavjud Internet resurslaridan yig‘ilgan matnlar, fotosuratlar,­ audiofayllar,­ videokliplar,­ animatsiya­ re-surslari, virtual sayohatlar va boshqalar.

3. Matn­mazmuni­bo‘yicha­topshiriq­va­savollarni­o‘z­ichiga olgan Internet resurslariga havolalar. O‘qituvchi aynan shunday savol va topshiriqlar yordamida tala-balarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qiladi. Sayt mazmuni bilan tanishgach, talabalar mustaqil ravishda matnni tushunganlikni tekshiradigan topshiriqlarni ba-

Page 11: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 11Navbatchi

Dolzarb mavzu

jarishlari kerak. Topshiriqni bajarish natijalari auditoriya mashg‘ulotida muhokama qilinadi. Masalan:

Matnni­o‘qing.­A­ustundagi­hujjat­nomlarini­B­ustun-dagi­ta’rifar­bilan­taqqoslab,­to‘g‘ri­javoblarni­tanlang.

A B

Dalolatnoma

Tushuntirish xati

Bildirgi

1) muassasa yoki tarkibiy qism rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biror voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan yozma axborot

2) muassasa yoki ayrim

shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biror sodir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladigan hujjat

3) xizmat sohasidagi, xiz-matga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rah-bariga yoki yuqori tashkilotga yo‘llanuvchi hujjat

4. Sayt sahifalaridan o‘rin olgan mavzular va muam molarni muhokama qilish. Talabalar o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilingan materiallar bilan tanishib-gina qolmasdan, balki o‘zlarining fikrlarini bildirishlari, munozarada ishtirok etishlari kerak. Bunday turdagi topshiriqlarni bajarishda berilgan Internet resurslari tur-kumlarga ajratilishi va ularning har biri guruh yoki ayrim talabalar tomonidan muhokama qilinishi ko‘zda tutiladi. Jumladan, talabalarga quyidagi kabi topshiriqni berish mumkin:

Internetdan olingan matn asosida savollarga javob bering. Fikringizni asoslang.

Internetda kasbingizga oid mavjud ma’lumotlar kim-ga va nima uchun kerak?

Elektron hujjatlarni to‘ldirishning afzalliklari va kam-chiliklari nimada?

Internetdagi qaysi resurslar bo‘lajak kasbingizning huquqiy asoslarini aks ettiradi?

5. Webquest­ (veb-kvest,­ Internet-loyiha)­– Internet resurslari asosidagi topshiriqlarning nisbatan murakkab turi bo‘lib, u yoki bu mavzu bo‘yicha loyihaviy faoliyatni amalga oshirish ssenariysidan tashkil topadi. Bu ham talabalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, odatda, o‘z ichiga Internet-resurslardan foydala-nishning avvalgi barcha shakllarini qamrab oladi. Veb-kvest namunasini talabalar quyidagicha bajarishlari ko‘zda tutiladi:

1. Muayyan tushunchaning sharhini Internetdan toping va unga berilgan ta’riflarni umumlashtiring.

2. Dunyoning turli mamlakatlarida turli tillarda kasbiy faoliyatingizga oid hujjatlar qanday yuritilishi haqidagi ma’lumotlarni toping va ularni taqqoslang.

Yuqorida tavsiflangan resurslar bilan ishlash usullari talabalarning mutaxassisligiga oid masalalarni o‘zbek tilida bog‘lanishli ifodalash, olingan ma’lumotlar ustida ishlash bo‘yicha quyidagi malakalarni shakllantirishga yordam beradi:

– matnlarni belgilangan mezonlar yoki sifatlarga qa-rab topish;

– matndan zarur ma’lumotlarni ajratib olish; – asosiy axborotni ikkinchi darajali axborotdan

ajratish;– hodisalarning vaqt va sabab-oqibat munosabatla-

rini aniqlash; – voqea, xatti-harakat, faktlarning rivojlanishi va

natijasini oldindan taxmin qila olish; – bayon etilayotgan hodisa, faktlarni umumlashti-

rish; – axborotning muhimligi, yangiligi, dolzarbligi,

ishonch liligiga baho berish; – voqea-hodisalarga o‘zining munosabatini bildirish,

ularga talqin berish.Demak, mutaxassislikka oid matnlar bilan ishlash

jarayonida veb-sahifa, elektron lug‘at, taqdimot kabi turli kompyuter texnologiyalarini kompleks ravishda qo‘llash orqaligina yangi ta’lim muhitini yaratish mum-kin. Bularning barchasi o‘quv materiali sifatida veb-sa-hifa ko‘rinishida shakllantirilishi, ma’lum bir mavzuni o‘rganishda ulardan ko‘rgazmali va axborot materiali sifatida foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasining qonuni / O‘zR QHT, 2004. 20-son, 230-modda.2. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri) / O‘zR QHT, 2012. 52-son, 583-modda; 2014.

50-son, 588-modda; 2015. 32-son, 425-modda; 2016. 39-son, 457-modda.3. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida / O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining qarori / O‘zR QHT, 2012. 13-son, 139-modda; 2013. 44-son, 578-modda; 45-son, 584-modda. 4. N.Husanov, M.Abdurahmonova, O‘.Lafasov, G.Asilova. O‘zbek tili / Fan dasturi (barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun). –

Toshkent, 2017. 17-bet.5. G.Asilova. Bojxona tizimida me’yoriy hujjatlarni yuritish / O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2016. 198-bet.

Page 12: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

12 e-mail: [email protected]

Dolzarb mavzu

Maktub, xatlar insonlar o‘rtasidagi mulo-qot yuritish vositasi bo‘lib, uning tarixi ming yillarga borib taqa-ladi. Davrlar o‘tishi bilan xatlar-ning shakli, qo‘llanishi, vazifasi va ahamiyati, hatto ularni yetkazish shakllari ham o‘zgarib bordi. Shaxsiy nomalar tijorat xatlariga, davlatchilik yuzaga kelgandan keyin esa davlat-lararo xizmat yozishmalari darajasiga-cha o‘sdi. Davlat ichidagi va davlatlararo xizmat yozishmalari orasida tijorat xatlari va diplomatik yozishmalar alohida o‘rin tutadi.

Xizmat yozishmalari muassasalar faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, tak-lif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga tele-fonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xat-lar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi. Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi esa xatlar hisoblanadi.

Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yu-ritiladi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra xizmat xatlari quyi-dagi turlarga bo‘linadi:

1) javob xatini talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat);

2) javob xatini talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq­xat,­eslatma­xat,­axborot­xat,­kafolat­xat,­farmo-yish xat, taklif xat va boshqalar).

3) shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat­ be-rish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar.

Xizmat xatlari, asosan, xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini tuzilishiga ko‘ra uch qismga bo‘lish mumkin: birinchi (kirish) qism-da xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsa-tiladi; ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi; uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ba-yon etiladi.

Xadicha MUXITDINOVA,O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

professori, pedagogika fanlari doktori

MAKTUBLAR VA XIZMAT YOZISHMALARI

Xizmat xatlarining matni im-kon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘ch-ma ma’nodagi so‘z va iboralar-ni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muas-sasaning o‘zida saqlanadi.

Diplomatik yozishmalar dav lat tashqi siyosatining maqsad va vazi-

falarini amalga oshirish bo‘yicha diplomatik faoliyatning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, ras-

miy hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni paytda eng keksasi deb hisoblash mumkin. Chunki O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tan olingandan keyingina diplo-matik hujjatlarni o‘zbek tilida yozish masalasi ko‘tarildi, bunga esa hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Aslida rasmiy uslubning ushbu turi yangidan qayta tug‘ildi, desak ham bo‘ladi, chunki bunday yozishmalar X–XII asrlar-dayoq mavjud bo‘lgan. Hujjatshunoslik tarixi Sharqda hujjat yuritish miloddan ilgari ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. N.Kamolova hujjatshunoslikning qariyb yetti ming yillik tarixga egaligi, jamiyat tarixida davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligini qayd etadi. X–XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitim, arznoma, tilxat kabi hujjatlar keng tarqal-gan. O‘sha davrlarda ham hujjatchilik maxsus soha hisoblanib, munshaot deb yuritilgan, u bilan shug‘ul-lanuvchilar, ya’ni mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchi “munshiy” deb atalgan. Ular yorliqlar deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy qoliplarga, an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan. Hozir ham diplomatik hujjatlar shakl va lisoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyat-ga ega. Ularni yozishda nimani yozish masalasigina emas, uni qay yo‘sinda yozish masalasi ham muhim bo‘lib, xattotdan chuqur malaka va katta tajriba talab etadi.

Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning maz-munidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri tanlash va yozish qonun-qoidalariga to‘g‘ri amal qilish, hujjat yo‘lla-nayotgan mamlakat an’analarini hisobga olish zarur. Diplomatik yozishmalarda hujjatning qaysi turi yubo-rilgan bo‘lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart. Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan

Page 13: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 13Navbatchi

Dolzarb mavzu

kam hollarda yuz beradi va bu yomon oqibatlarga olib keladi. Bunday hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mam-lakatning nomlanishi, shaxsning lavozimi, ismi-sharifi-ni yozish, unga murojaat shakllarida biror xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas. Chunonchi, XVI asrda Rusiyada podshoh Aleksey Mixaylovich nomidan yo-zilgan bir yorliqda “Hazrati oliy” so‘zini yozgan holda “государь” (podshoh) so‘zini unutib qoldirgani uchun mirzo (munshiy) jazoga mustahiq bo‘lgan.

O‘tmishda bunday hujjatlar faqat oliy hukmdor no-midan uning ishonchli odami tomonidan avval daraxt po‘stloqlariga, ipak matolarga, qog‘oz kashf etilgandan keyin qog‘ozlarga yozilgan. Diplomatik hujjatlar nima-ga yozilishidan qat’i nazar, uning sifatiga alohida e’ti-bor berilgan, o‘rta asrlarda bunday nomalarga mushki anbarlar sepilgan, husnixatga ham alohida e’tibor qa-ratilgan. Noma, albatta, hukmdor tamg‘asi bilan muhr-langan. Shoh muhri hukmdorlik belgisi hisoblanib, bunday muhrlangan hujjatlarga faqat ikkinchi bir shoh muhri orqaligina javob berish mumkin bo‘lgan. Bu, al-batta, mamlakatlarning teng huquqliligi ifodasi bo‘lgan.

Hozir ham diplomatik hujjatlar davlat tamg‘asi bilan muhrlanadi. Muhrning to‘g‘ri va o‘z o‘rniga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib qolmasligi, undagi gerb tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko‘rinib turishi talab etiladi. Diplomatik hujjatlar tashqi ko‘rinishi jihatidan ham benuqson bo‘lishi shart. Ular eng a’lo si-fatli qog‘ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozi-lishi, hech qaysi harf o‘chirilmasligi va to‘g‘rilanmasligi, muhr o‘z o‘rnida qo‘yilishi shart. Diplomatik hujjatlar-ning shakli, tashqi ko‘rinishi qanchalik muhim bo‘lma-sin, diqqat-e’tibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmog‘i lozim. Fikrni aniq, to‘g‘ri, mantiqiy izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisob-ga olgan holda bayon etish zarur. Ushbu hujjatlarda noa niqlik, dalillarni noto‘g‘ri ko‘rsatish yuz bermasli-gi lozim, chunki uni keyin to‘g‘rilab yozish yoki unga qo‘shimcha ma’lumot berish mumkin emas.

Diplomatik yozishmalar tashqi ishlar vazirliklari to-monidan shu mamlakatning davlat tilida olib boriladi va biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Diplomatik hujjatlarda so‘zga e’tibor juda kuchli bo‘lmog‘i kerak. Ularning tili sodda, ravon bo‘lib, ko‘chma ma’nolar-dan xoli, so‘z mazmun bilan mutlaq mos bo‘lishi, un-dan boshqacha ma’no anglashilmasligi kerak. Demak, diplomatik hujjatlar lisoniy jihatdan ham o‘ziga xos

leksik-uslubiy, morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega ekan.

Diplomatik yozishmalar juda keng qamrovli bo‘lib, ularda nafaqat mamlakatlarning o‘z mustaqilligini e’lon qilishi va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishiga oid masalalar, balki shu bilan birga xalqlar-ning taqdirini hal etishga qaratilgan tinchlik, betaraflik, qurolsizlanish kabi siyosiy, o‘zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik o‘rnatishga oid turli masalalar ham yoritiladi. Shunga ko‘ra diplomatik hujjatlarning turi ham har xil bo‘lib, har birini yozishning o‘ziga xos qonun-qoidalari borki, ularga qat’iy rioya qilinishi shart. Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik yozishmalarning quyidagi turlari faol qo‘llaniladi:

1. Notalar va bayonotlar. 2. Rasmiy xatlar. 3. Ilova xatlar. 4. Rasmiy shaxsiy xatlar – nomalar. 5. Esdalik yozishmalari – axborotlar. 6. Diplomatik protokol – qaydnomalar. 7. Memorandumlar.Elektron yozishmalar. Texnika vositalari va ax-

borot texnologiyalarining taraqqiyoti hayotimizga xat va yozishmalarning elektron shakllari kirib kelishiga olib keldi. Choparlar o‘rnini telefon, internet kabi aloqa vositalari, qog‘ozda yoziladigan xat va maktublar o‘rni-ni telefonogrammalar, faksogrammalar, SMS xatlar egalladi. Bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan ushbu xat turlari axborotlarni tez va qisqa berish uchun ni-hoyatda qulay. Elektron aloqa vositalari axborotni soni-yalarda yetkazish imkoniyati mavjudligi bilan xizmat muassasalarida ham, shaxsiy va kasbiy muloqotlarda ham yozishmalarning barcha turlari o‘rnini egallamo-qda. Hatto yuqorida qayd etilgan xat jo‘natmalari va hujjatlar aylanishi ham bugungi kunda elektron hujjat aylanishi jarayoni bilan almashdi. Xususan, sobiq shaxsiy maktublar o‘rnini egallagan SMS-xatlar 7 yosh-dan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha insonlarning o‘zaro yozishmala riga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, rasmiy ish turlariga SMS xatlarni ham kiritish va ularni yozish qoidalarini ishlab chiqish haqida o‘ylashimiz kerak. Farzandlarimiz yozishmalar bilan avvalgidan ko‘proq shug‘ullanish yapti, biroq ular nimani yozishyapti va qan day yozish yapti – bu masalalarni jiddiy o‘ylashimiz, SMS xatlarning rekvizitlari, ularni to‘g‘ri yozish shak-llarini umumta’lim o‘quv dasturlariga kiritishning vaqti yetdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov. Ish yuritish. 2-nashri. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2003.

2. N.Kamolova. Hujjatshunoslik (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TATU, 2010. 2. X.Muxitdinova, N.Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik yozishmalar turi. – Toshkent, 1997.

Page 14: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

14 e-mail: [email protected]

Darsning maqsadi:a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga o‘rin-joy otlari

haqida nazariy ma’lumot berish, mavzu yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga Vatanni se-vish va ona zaminga muhabbat tuyg‘usini singdirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning yozma savodxonligini o‘stirish, fikrlash orqali nozik ma’nolarni anglatish, dunyoqarashini boyitish.

Dars turi: yangi materiallarni o‘rganuvchi.Darsda foydalaniladigan usullar: “Men bilaman”,

“Klaster”, “Domino”.Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, tarqa-

tmalar, vatman qog‘ozi, flomasterlar, slaydlar, gul yaproq lari.

Darsning borishi:I. Tashkiliy qism.Oʻquvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlana-

di, sinf xonasining tozaligi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligi koʻzdan kechiriladi. Dars musobaqa usuli-

Oygul MUZAFFAROVA,Sirdayo viloyati Guliston tumanidagi

5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

O‘RIN-JOY OTLARI(6-sinf, III chorak)

da olib borilishi e’lon qilinib, oʻquvchilar “Chamanzor”, “Sayilgoh”, “Qo‘riqxona” guruhlariga boʻlinadi.

O‘quvchilar dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan to‘plab borishlari eslatiladi.

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.305-mashq “Men bilaman” usuli yordamida ba-

jariladi. Bunda -q,­-gich,­-gi,­-ma,­-k­qo‘shimchalari yor-damida narsa otlarini yasash va ular ishtirokida gaplar tuzish vazifasi topshiriladi. Bunda quyidagi savollardan foydalaniladi.

– narsa otlari deb nimaga aytiladi? – narsa otlari qanday guruhlarga bo‘linadi?– narsa otini yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?– asosga qaysi narsa otini qo‘shimchalar qo‘shilgan-

da tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladi?Shu tarzda savol-javob davom ettiriladi. Faol o‘quv-

chilar har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan qo‘lga kiritib borishadi.

III. Yangi mavzu bayoni.1-topshiriq. Berilgan o‘rin-joy nomlarini ma’no gu-

ruhlariga ajrating. (Vatman qog‘ozga guruhlar o‘rtasida bajarishadi).

“Chamanzor” guruhi “Sayilgoh” guruhi “Qo‘riqxona” guruhiTurar-joy O‘simliklar o‘sadi-

gan joyDunyo

tomonlariOdamlar to‘pla-

nadigan joyHayvonlar to‘pla-

nadigan joyTabiat qo‘yni-

dagi joylarshahar olmazor sharq guzar qo‘ra tog‘qishloq gulzor g‘arb sayilgoh molxona qirmahalla olchazor shimol o‘yingoh yaylov adirtuman o‘rikzor janub choyxona og‘ilxona okean

2-topshiriq. Unga ko‘ra “O‘rniga qo‘y” usulidan foydalanib, nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi mos so‘zlar qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan yasama otlarning qanday ma’no ifodalashi aytiladi.

III. Yangi mavzu bayoni.Berilgan so‘zlarni joylashtiring: uzum, qum, o‘yin,

osh, go‘r, …

IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.306-mashq. Gaplarni ko‘chiring. O‘rin-joy otlarini

topib, ularni guruhlang.“Chamanzor” guruhi 1–2-gaplarni, “Sayilgoh” gu-

ruhi 3–4-gaplarni bajaradi. “Qo‘riqxona” guruhi esa mustaqil ravishda ikkita gap tuzadi.

Mustaqil ish klaster ko‘rinishida og‘zaki bajarila-di. Bunda “Chamanzor” guruhi -zor qo‘shimchasini joylab, o‘rin-joy otlarini yasaydi; “Sayilgoh” guruhi -xona qo‘shimchasini joylab, o‘rin-joy otlarini yasaydi;

... goh ... zor ... loq ... iston ... xona

Bilib oling!

Qayer? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin joy ma’nosini bildiruvchi otlar o‘rin-joy otlari sanaladi. Bunday ot-lar o‘rin-joy ma’nosi bilan birga narsa ma’nosini ham bildiradi, shuning uchun “qayer?” so‘rog‘i bilan birga “nima?” so‘rog‘ini ham olishi mumkin. ... zor

Dars muqaddas

Page 15: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 15Navbatchi

Dars – muqaddas

“Qo‘riqxona” guruhi esa qo‘shimcha olmaydigan o‘rin-joy nomlarini yozadi.

-zor

lola

sholipaxta

tok

-xona

dars

omborshifo

yotoq

botqoqo‘rmonko‘l

qiradirdala

307-mashq. Guruhlar ichida og‘zaki bajariladi. Bunda “Domino” usulidan foydalanish mumkin. Ekran orqali rasmlar ko‘rsatiladi va shu rasmlar orqali joy nomlari to-piladi, ingliz tilida qanday atalishi aytiladi.

Navbatdagi topshiriqni berishda “Konvert ichida konvert” o‘yini qo‘l keladi. Konvertlarda quyidagi savol-lar bo‘lishi mumkin:

1-konvert: O‘rin-joy otlari deb nimaga aytiladi?2-konvert: O‘rin-joy otlarini qanday ma’no turlariga

ajratish mumkin?3-konvert: Qaysi qo‘shimchalar yordamida o‘rin-joy

otlari hosil qilinadi?4-konvert: O‘rin-joy otlari ishtirokida gaplar tuzing.V. Baholash va rag‘batlantirish.Guruhlar to‘plagan rag‘bat kartochkalar hisobla-

nib, g‘olib guruh aniqlanadi hamda rag‘batlantiriladi. O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa. 308-mashq.

“Chamanzor” guruhi

“Sayilgoh” guruhi

“Qo‘riqxona” guruhi

Nigina QODIROVA, Buxoro viloyati Kogon tumanidagi

17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

OZ-OZ O‘RGANIB DONO BO‘LUR(8-sinf, III chorak)

Darsning mavzusi: Ega.Darsning maqsadi:a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda gap bo‘laklari,

ega va uning so‘z turkumlari bilan ifodalanishi, gram-matik shakllar bilan qo‘llanilishi haqida bilim va malaka hosil qilish;

b) tarbiyaviy maqsad: mavzu asosida o‘quvchi-larda do‘stlik, ahillik, birdamlik, mehnatsevarlik singari fazilatlarni tarkib toptirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning tafak-kur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlan-tirish.

Dars turi: savol-javob, guruhlar bilan ishlash.Darsda foydalaniladigan usullar: “To‘g‘risini top”,

“Tushunchalar”, “Bilib oldim”.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuter, ma-qollar, Erkin Vohidovning “Inson” she’rlar to‘plami.

Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.O‘quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlana-

di, sinf xonasining tozaligi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligi koʻzdan kechiriladi. Dars musobaqa usu-lida olib borilishi e’lon qilinib, oʻquvchilar “Shoirlar”, “Ijodkorlar”, “Yozuvchilar” guruhlariga boʻlinadi.

O‘quvchilar darsdagi ishtiroki, javoblarning aniq, to‘g‘ri ekanligiga ko‘ra to‘g‘ri va aniq javob uchun ayla-na, qisman to‘g‘ri javob uchun to‘rtburchak, noto‘g‘ri javob uchun uchburchak shaklidagi kartochkalar bilan baholanib borishi aytiladi.

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.O‘quvchilarning uyga vazifalari tekshirilib chiqilgun-

ga qadar ularga oldingi mavzu yuzasidan tayyorlangan

Page 16: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

16 e-mail: [email protected]

Dars – muqaddas

tarqatmalar beriladi. Ular maqol, she’r, asarlardan kel-tirilgan parchalar tarkibidagi kesimlarni topib, ularning kesimi qanday shaklda ekanligini aniqlaydilar.

“Shoirlar” guruhiga: Teranlikni qidirmadim ummonlardan,Insonlardan topdim uni, insonlardan.Teranlik bu – nur yog‘ilgan yuzlardadir,Teranlik bu – o‘ychan boqqan ko‘zlardadir.

(Erkin Vohidov, “Teranlik”)

Istiqlol, ey mening asriy murodim,Ko‘zlarim ustiga qo‘yaber qadam,Niholdek qomating ko‘rdi avlodim,Ma’yus ruhimizga ufurdi ko‘klam.

(Jamol Kamol, “Asr bilan vidolashuv”)

Men ko‘ksimga boshimni qo‘ydim,Sen chekkan g‘am, hasratda kuydim.Suydim sening Oqdaryongni hamHamda Qoradaryongni suydim,Ey qalbimning onasi, Vatan!

(X.Davron, “Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim”)

Azaliy davrada charx uradi yer,Mushtariy azaldek chaqnab turibdi…Besh asr so‘nggida buyuk AlisherBahri muhit aro kezib yuribdi.

(Erkin Vohidov, “Alisher Navoiy kemasi”)

“Ijodkorlar” guruhiga: 1. Ahmoq do‘stdan aqlli dushman yaxshi.2. Egri yo‘ldan yursang ham, to‘g‘ri yur.3. O‘g‘ri boylik topsa, baxtidan ko‘rar, To‘g‘ri boylik topsa, mehnatdan ko‘rar.4. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, Yaxshilik bilan unasan.5. Mag‘iz achchiq bo‘lsa, po‘stiga ham urar.

(“O‘zbek xalq maqollari”)

“Yozuvchilar” guruhiga:

1. Xudo meni befarzand qilib yaratgan bo‘lsa, gunohim nima mening? (Ch.Aytmatov, “Oq kema”)

2. Yigitlar zabardast yelkalarida botirning katta, og‘ir jasadini bezovta qilmay ko‘tarish uchun tiz cho‘kkan edilar. (Ch.Aytmatov, “Oq kema”)

3. Mabodo, siz bilan ko‘rishmoq menga yana na-sib etsa, yuragimdagi eng muqaddas, eng ezgu or-zu-amalim shu. (Ch.Aytmatov, “Qiyomat”)

4. Yana tanish ko‘chalardan yolg‘iz o‘zim ketib bor-yapman. (Ch.Aytmatov, “Qiyomat”)

5. 2018-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yil-ligi yurtimizda keng nishonlandi.

Har bir to‘g‘ri javob uchun guruhlarga rag‘bat kar-tochkalari berib boriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.O‘qituvchi: Nutqimizda har qanday harakatning

bajaruvchisi bo‘ladi. Bu – ega. Biz sizlar bilan kesim haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Kesimdan keyingi muhim o‘rinda turuvchi bo‘lak – ega. Gap ke-simining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak ega hisoblanadi.

Masalan: Bolalar so‘lim bog‘da dam olishdi. Ushbu gapda kesim tarkibidagi birgalik nisbat shakli, zamon qo‘shimchasi orqali gap egasi qaysi ekanligi anglashi-lib turibdi. Ega ot, olmosh, sifat, son, sifatdosh, harakat nomi, taqlid, modal, undov so‘zlar, iboralar bilan ifoda-lanishi mumkin.

Ba’zan so‘z turkumlari otlashgan holda ega vazi-fasida qo‘llaniladi. Otlashish hodisasini yodga olamiz. Bog‘lanib kelgan so‘z tushib qolishi yoki o‘rnini almash-tirishi mumkin. Bu holatni tuyalar karvoniga o‘xshatish mumkin, ya’ni tuyakash tuyalarni yetaklaydi, biroz vaqt o‘tgach, u o‘rnini boshqa tuyakashga ma’lum sabab bi-lan bo‘shatib berishi mumkin. Masalan: Yaxshi odamlar ko‘paysin – Yaxshilar ko‘paysin. Aqlli odam adashmay-di, xato qilmaydi – Odamning aqllisi adashmaydi, xato qilmaydi.

Endi e’tiborimizni chizmaga qaratamiz:

IV. Mavzuni mustahkamlash. Darslikdagi 144-mashq “To‘g‘risini top” o‘yini

orqali og‘zaki bajariladi. So‘ng 145-mashq shartiga ko‘ra o‘quvchilar sifat va sifatdoshlarning ega vazifasi-da qo‘llanilishiga misollar keltiradi.

“Shoirlar” guruhi:

G‘ayratlilar yelib-yugurib,Mehnat bilan mudom ovora.Dangasalar esa o‘y surib,Yotish uchun izlashar chora.Ishchan azal tinmay yer chopgan,O‘g‘ir tuygan, sovurgan somon.Yalqov o‘ylab charxpalak topgan,Ijod qilgan shamol tegirmon.

(E.Vohidov, “Dangasalar”)

“Ijodkorlar” guruhi:

1. Intilgan elga yoqar.2. Yaxshi boshlaydi yo‘lga, Yomon tushirar qo‘lga.3. Olovdan qo‘rqqan tutundan ham qochar.

“Yozuvchilar” guruhi:

1. So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq.2. Yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini. 3. Yalqov, ishyoqmaslar ikki farzand orttiradilar:

zorlik, badbaxtlik.

Ega

So‘roqlari:kim?,

nima?, qa-yer?, qaysisi?,

nechtasi?, qanchasi? …

Otning ega-lik va ko‘plik shakl larini

qabul qiladi

Ega doimo bosh kelishik

shaklida bo‘ladi

Tuzilishiga ko‘ra ikkiga

bo‘linadi: sodda ega, murakkab

ega

Ega turli so‘z turkumlari bilan

ifodalanishi mumkin

Page 17: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 17Navbatchi

Dars – muqaddas

146-mashq doskada bajariladi. Mashqda berilgan gaplarning egalari aniqlanib, ularning qaysi so‘z turku-mi bilan ifodalanganligi topiladi.

Namuna: Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini. Aqlli, aqlsiz gapning egalari, sifat so‘z turkumiga oid.

To‘g‘ri va aniq javob bergan guruh rag‘bat kartoch-kasini qo‘lga kiritadi. “Tushunchalar” usulidan foyda-lanib, mashqda keltirilgan maqollar mazmuni izohla-nadi. So‘ngra o‘quvchilarga turli mevalar ko‘rinishidagi shakllar tarqatiladi. Mevalarda berilgan gaplarni uchta guruh uch yo‘nalishda bajaradi:

“Shoirlar” guruhi gaplarning egasini aniqlaydi;“Ijodkorlar” guruhi gap egasining qaysi so‘z turku-

mida ekanligini aytadi;

“Yozuvchilar” guruhi ega tarkibidagi qo‘shim-chalarni izohlaydi.

V. Baholash va rag‘batlantirish. Dars so‘ngida “Bilib oldim” metodi qo‘llaniladi.

O‘quvchilar yangi mavzuda nimalarni o‘rganganliklarini xulosalaydilar.

Guruhlar to‘plagan rag‘bat kartochkalari hisobla nib, g‘olib guruh aniqlanadi, faol qatnashgan o‘quvchilar hamda g‘olib guruh rag‘batlantiriladi. Barcha o‘quvchi-lar ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa. 147-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Egani topib, tagiga

chizing.

Adiba BEKCHANOVA, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi

41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

YURAKDAGI BITMAS JAROHAT YOXUD VATANNING KORIGA YARAGIN, BOLAM!

Dars mavzusi: Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidan olingan parchani o‘rganish. (8-sinf, III chorak)

Dars maqsadi:a) ta’limiy maqsad: berilgan parcha mazmunini

tahlil qilish, asar qahramonlarining his-tuyg‘ulari, or-zu-armonlari, ular xarakteridagi murakkabliklar, urush davridagi og‘ir hayot va yozuvchi mahorati haqida ba-tafsil fikr yuritish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchi ma’naviyatini boyi-tish, ularga Vatan, ota-ona oldidagi farzandlik burchi haqidagi tushunchalarni chuqurroq singdirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarga ona-Vatanga muhabbat, dovyuraklik, jasurlik, mardlik hislarini singdirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar:O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi – hayot

davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti- harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya – Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umumin-soniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, sog‘lom tur-mush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Adabiy-nutqiy kompetensiya:– matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq,

ravon o‘qiy olish.Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:– o‘rganilgan asarning nomi, muallifi, mazmuni va

qahramonlarini ajrata olish;

– asar qahramonlariga munosabat bildira olish, o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish, asar mazmunidan ta’sirlana olish.

Darsda foydalaniladigan usullar: “E’tirof” mashqi, guruhlarda ishlash, savol-javob, “Ibtido va intiho” usuli, “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” mashqi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Said Ahmad portreti, bukletlar, tarqatmalar, proyektor, slaydlar.

Darsning borishi:I. Tashkiliy qism: – salomlashish, davomatni aniqlash;– siyosiy va ma’naviy daqiqa tashkil etish.II. O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘quvchilarga:

“Said Ahmad hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?”–deb murojaat qilinadi. Ularning javoblari tinglanadi va quyidagi ma’lumotlar havola etiladi:

RAQAMLAR TILGA KIRGANDA1920-yil – Said Ahmad Toshkentning Samarqand

darvoza mahallasida dunyoga keldi.1940-yil – “Tortiq ” nomli dastlabki hikoyalar to‘pla-

mi chop etildi.1942-yil – “Er yurak” to‘plami nashrdan chiqdi.1948-yil – “Farg‘ona hikoyalari” to‘plami chop etil-

di.1949-yil – “Muhabbat” to‘plami chop etildi.1949-yil – “Qadrdon dalalar” qissasi yozildi.1958-yil – “Hukm” qissasi yozilgan.1976-yil – “Kelinlar qo‘zg‘aloni” komediyasi yozildi.1988-yil – “Ufq” hamda “Jimjitlik” romanlari yozildi.1994-yil – “Xandon pista” hajviy to‘plami yozildi.

Page 18: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

18 e-mail: [email protected]

Dars – muqaddas

III. Yangi mavzu bayoni.Yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilarga ro-

man va roman-trilogiya haqida ma’lumot beriladi.

So‘ngra “Ufq” romani haqida Abdulla Qahhorning quyidagi fikrlari yozilgan slayd namoyish etiladi:

“Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi.

Yozuvchining “Mushtum” jurnali, 1955–1957), “Yosh leninchi” gazetasi, O‘zbekiston Davlat radio qo‘mitasi, “Qizil O‘zbekiston” gazetasi, “Sharq yul-duzi” (1948–1950) jurnali tahririyatlaridagi faoliyati ye-tuk ijodkor bo‘lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab bo‘ldi.

Hikoyalari: “Ishqiboz”, “Tortiq”, “Qoplon”, “Qora-ko‘z Majnun”, “Sobiq”.

To‘plamlari: “Er yurak”, “Farg‘ona hiko yalari” , “Mu-habbat”, “Xandon pista” (hajviy to‘plam), “Bir o‘pich-ning bahosi” (hajviy to‘plam)

Qissalari: “Qadrdon dalalar”, “Hukm”, “Kiprikda qolgan tong”

Romanlari: “Ufq”, “Jimjitlik” Dramatik asarlari: “Ke-linlar qo‘zg‘aloni” (komediya), “Kuyov”.

Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliya-ti davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Adib “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, Davlat mu-kofotiga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan. Said Ahmad-ga Vatanimizning yuksak mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.

Roman (fransuzcha – roman) – nasriy asar jan-ri. Roman – inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi. U boshqa nas-riy janrlar – qissa, hikoyalardan o‘zida ko‘plab perso-najlarning taqdirini aks ettirishi, katta miqyosdagi vo-qea-hodisalarni tasvirlashi bilan farq qiladi.

Roman-trilogiya uch kitobdan iborat bo‘lib, ijtimoiy hayotning katta bir davrini o‘z ichiga oladi. Bunday asar undagi qahramonlar hayotini, davrning juda kat-ta qismini voqealar fonida ko‘rsatishga qodir bo‘ladi. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi uch kitobdan iborat romandir. Romanning birinchi kitobi “Qirq besh kun” deb atalib, unda xalqimizning urushgacha bo‘lgan hayoti, uning mehnat jasorati (Katta Farg‘ona kanali qurilgan) qalamga olingan. “Hijron kunlarida” deb at-aladigan ikkinchi kitob esa birinchi kitob qahramon-larining urushda va front ortidagi qahramonliklari haqida hikoya qiladi. Asarning uchinchi kitobi – “Ufq bo‘sag‘asida” esa ularning urushdan so‘nggi taqdiri tasvirlangan. Ushbu roman-trilogiyada juda katta davr qamrab olingan va bu mustaqil kitob qahramonlar-ning g‘oyat murakkab, baxtli va mashaqqatli taqdirini batafsil yorita olgan.

“Kecha sahar paytida osmoni falakda turna o‘tdi. Tursunboy shunda ham uyg‘oq edi. Turna ovozi unga juda ko‘p narsalarni eslatib ketgan edi”. Sizningcha, turnalar nimalarni eslatib ketgan bo‘lishi mumkin? Siz ham hech turna uchib o‘tganini ko‘rganmisiz?

Qishlog‘ini, hamqishloqlarini, ota-onasini, ko‘chasini, baxtli bolaligini, tinch hayotini eslatgandi.

Matndan Tursunboyning tashqi qiyofasi tasvirlan-gan joyni topib qayta o‘qing. Yozuvchi nima uchun Tursunboyni aynan shunday tasvirlagan, boshqacha-roq bo‘lishi ham mumkinmidi?

Soqoli o‘sgan, sochlari quloqlaridan osilib darvesh qiyofasiga kirib qolgan. Sovun tegmagan betlari kir, badanidan achimsiq ter hidi kelardi. Bir vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko‘zlari endi ma’yus, atrofga ma’nosiz boqardi.

Tursunboyning xudbinligi, odobsizligi yaqqol ko‘ri-nadigan so‘zlar, holat va harakatlari tasvirlangan o‘rinlarni matndan topib yozing va o‘z munosaba ti n-gizni bildiring.

U shoshib ona qo‘lidan tugunchani oldi-yu hech qayoqqa qaramasdan, hech narsa demasdan o‘zini ovqatga urdi. – Shattaligimni dadam biladimi? Unga aytma. Naq tutib beradi. – Dadang bir oyoqdan ajrab kelgan. – Bilaman, bilaman, – dedi Tursunboy yana labini yalab.

…Bu­ sof­ hayot,­ yozuvchining­ qalbini­ o‘rtagan,­ardoq lagan, unga ilhom bergan hayot tasviri, og‘ir va shu bilan birga farahbaxsh, musibatga to‘la va shu bi-lan birga odamga quvvat beradigan umid, uning boshi-ni “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir.

Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, qu-vonchi, qilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadi-gan­har­bir­so‘zi­ rost:­birov­urush­kasofatidan­ tor-mor­bo‘lgan muhabbati xarobasi ustida ko‘z yosh to‘kadi; urush bo‘roni ko‘z ochirmaydigan vaqtda birovning qalbida­muhabbat­g‘unchasi­yaproq­yozadi;­ota­askar-likdan qochgan farzandini otadi va shu bilan birga “Xayriyat, o‘q tegmadi”, – deydi; qishloqdan qahramon chiqqanda butun qishloqning ko‘kragi ko‘tariladi, har bir xonadonga fayz kiradi, urush kasofati onaning o‘limiga sabab bo‘ladi; oddiy odam mehnat frontida katta tashki-lotchi bo‘lib ketadi; odamlar qo‘lidagi bir burda nonning yumshoq joyini jangchilarga ilinadi. Nayman cho‘llarida dushmanga qarshi yana bir mehnat fronti ochadi.

­…­“Ufq”da­tasvir­etilgan­qishloq­hayotini,­odamlarni­ko‘rib har bir o‘zbek katta iftixor bilan: “Biz – o‘zbeklar!” deydi, qardosh xalqlar o‘zbekni mehr bilan: “O‘zbek og‘aynim”,­–­deb­ataydi…”­

Shundan so‘ng asar o‘rganila boshlanadi. Birinchi ustundagi tarqatmalar o‘quvchilarga tarqatiladi va javob berishlari so‘raladi.

Page 19: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 19Navbatchi

Dars – muqaddas

Romandan olingan quyidagi parchadagi: “Tur-na qanotida bu cho‘llarga bahor olib keldi-yu, ammo Tursunboyning qalbida uyulib, muz bitib yotgan qorni eritolmadi. Unga bahor kelmadi” izohini sharhlang. Romanda inson ruhiyati bilan tabiat holati o‘rtasidagi munosabat qanday aks ettirilgan?

Bahor kelishi bilan cho‘lda ham ish qizirdi. “Egilgan boshni qilich kesmas”, deb xalqdan, vatan-doshlaridan kechirim so‘rab urushga ketsa, jang qilib yuzi yorug‘ bo‘lsa, uni, albatta, Vatan ham, Zebi ham kechirardi. Lekin Tursunboy bunday qilmadi. Qalbida-gi muz shunga ishora.

Bir paytlar ko‘ngil qo‘ygan qizga Tursunboyning begonaligi ifodalangan tasvirni asardan topib yozing.

“Shu topda ularning orasi ikki yuz metrcha ham kelmaydi. Chaqirsa eshitadi. Yugursa yetadi. Ammo chaqirishning ham, yugurib yetishning ham iloji yo‘q. Ularning orasi millionlarcha kilometr, unga na yurib yetib bo‘ladi, na uchib”.

Onaning aqldan ozishiga sabab bo‘lgan holatlar tasvirlangan o‘rinlarni ovoz chiqarib qayta o‘qing va izohlang. Jannat xolaning murdasini qabristonga olib ketayotganlarini ko‘rib turgan Tursunboy va uning xayo lidan o‘tgan fikrlarga munosabatingizni bildiring.

Jannat xola javob bermadi. Uning ko‘zlari bejo. Faqat qo‘llarini muttasil silkitib to‘qay tarafga qa-rab qichqirardi. Ona aqldan ozgan edi. Nizomjon uni suyab chodir oldiga olib kelgunicha terga pishib ketdi. Jannat xola hamon to‘qayga qarab qichqirar, uning qo‘lidan chiqib o‘sha yoqqa yugurmoqchi bo‘lardi.

Asardagi “Tursunboyning bari qilmishlari endi joni bilan birga tanini tark etgan edi. Endi u yolg‘iz tana otaniki edi. U yoshlik paytlaridagidek beozor uxlayot-ganga o‘xshardi. Yuzlari norasida yuzidek pok edi u ning” tasvirini izohlang.

Butun parcha davomida, isqirtligi, yuvuq-sizligi, ochko‘zligi qayta-qayta ta’kidlangan qahra-monning: “Yuzlari norasida yuzidek pok” – deya tasvirlanganligini quyidagicha baholaymiz. Buning sababi o‘zbeklarda dunyodan o‘tgan kishiga munosa-bat o‘zgacha bo‘ladi. Marhum ortidan hech kim yo-mon so‘z aytmaydi.

O‘g‘lini otishga otib, tegmaganini ko‘rgach: “Xayri-yat, tegmabdi”, – deb o‘ziga taskin bergan bechora ota-ning hissiyotlari, tuyg‘ulari haqida mulohaza yuriting.

“Tutun tarqaganda Ikromjon o‘g‘lining qa-mishlarni qayirib hamon ketayotganini ko‘rdi. “Xay-riyat, tegmabdi”, – dedi. Yana miltiqni oldi. Bu gal bo-lani mo‘ljalga olmadi. Jahl bilan duch kelgan tarafga qarab tepkini bosdi”. Ota-da axir. Bolasining xalqdan kechirim so‘rab, yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini xohlaydi. O‘g‘lining kamolini ko‘rishni xohlaydi.

“Ikromjon qabr tepasidan keta olmadi. Har gal o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘lardi-da, yana faryod urib, o‘zini qabr ustiga otardi” tasviriga e’tibor bering. Qah-ramonning holatini o‘z tilingiz bilan ifodalashga uri-ning. Uning xatti-harakatini izohlang.

Asarda Tursunboy qilmishi qoralanadi, hatto otasi ham o‘g‘lini mahv etishga tayyor. Lekin Tursun-boy uning yolg‘iz farzandi, bir umr Ikromjon xotirasida uning yoshligi, voyaga yetayotganda ota-onasini qu-vontirib yurganlari ko‘z o‘ngidan ketmaydi. Ana shu holat uni farzandi qabridan hech uzoqlashtira olmasdi.

Parchani o‘qib chiqqach, siz qanday holatga tush-dingiz? Matndan sizni larzaga solgan o‘rinlarni topib belgilang. O‘z munosabatingizni bildirishga urinib ko‘ring.

Tursunboyning bari qilmishlari endi joni bilan birga tanini tark qilgan edi. Endi u yolg‘iz tana bo‘lib ota bag‘rida qolgan edi. U yoshlik paytlaridagidek beozor uxlayotganga o‘xshardi. Yigirma bir yil ar-doqlab boqqan, shamolni ravo ko‘rmay joniga o‘rab o‘stirgan bolasi xoinlikdan, qo‘rqoqlikdan, ona oldida-gi hech qachon yuvib bo‘lmaydigan gunohlardan pok bo‘lolmay, ota quchog‘ida begonadek yotardi.

O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va o‘qituvchi xu-losasini aytadi:

– O‘quvchilar, avvalo, ota-onadan ham ayb o‘tgan: ular yolg‘iz o‘g‘illarini erka, tantiq qilib o‘stirganlar. Bugun erka farzand ularni el orasida sharmisor qila-yapti. Biroq bu ayblovlar zamirida urushni qoralash, bu qirg‘inbarotni o‘ylab chiqarganlarni la’natlash yotibdi. Urush ota-onalarni farzand dog‘ida kuydirdi, bolalar-ni yetim qildi, mamlakatni xarobaga aylantirdi. Barcha baxtsizliklarning sababi – ana shu urush.

So‘ngra o‘quvchilarga “Ibtido va intiho” usuli savollari yozilgan tarqatmalar tarqatiladi, ularga javob yozib berishlari so‘raladi. O‘quvchilarning javoblari quyi dagicha bo‘lishi mumkin.

Page 20: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

20 e-mail: [email protected]

Dars – muqaddas

Tursunboyning asar ibtidosidagi baxtiyorligi sabablari

Oila Do‘st Orzu TabiatDadasi, onasi va Tursunboy

Azizxon, Tog‘aning o‘g‘li va qishloqdagi tengdosh-lari

Sevgan qizi Zebixonga uylanish, baxtli ya-shash

Qishloq ko‘chala-rida yugu-rish, do‘st-lari bilan o‘ynash, baxtli bo-lalik

Tursunboyning asar intihosidagi baxtsizligi sabablari

Oila Do‘st Orzu TabiatOta-ona yolg‘iz o‘g‘il-larini erka, tantiq qilib o‘stirganlar. Mehnatga o‘rgatma-ganlar

Kimsasiz to‘qay, chaylasi oldidan o‘rdaklar uchadi, yaqinidan to‘ng‘izlar o‘tadi

Onasi olib keladigan ovqatdan boshqa ilinji qol-magandi

To‘qay. Qamishlarning sovuq shitirlashi, baqalarning kishi me’dasiga tegadigan bir xil qurillashi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.Darsning bu bosqichida “To‘g‘ri – noto‘g‘ri” mash-

qidan foydalanish mumkin.Bunda o‘quvchilarga mavzuga doir biror fikr aytiladi,

ular bu fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini topishlari kerak bo‘ladi:

– Ikromjonning Vatan uchun qilgan xizmatlari oliy mukofot bilan taqdirlandi. – To‘g‘ri.

– Tursunboy og‘ir tabiatli, g‘ururli yigit bo‘lib o‘sdi. – Noto‘g‘ri, u erka, tantiq bo‘lib o‘sdi.

– Azizxon urushdan qahramon bo‘lib qaytdi. – To‘g‘ri.

– Tursunboy ham qahramon. – Noto‘g‘ri, u urushdan qochdi.

– Asar qahramonlaridan biri Asrora qilgan xizmatlari uchun orden oldi. – To‘g‘ri.

– Ikromjon urushdan bir oyoqdan ajrab, nogiron bo‘lib qaytdi. – To‘g‘ri.

– Tursunboyning urushdan qochganini eshitib, sev-gan qizi Zebi undan yuz o‘girdi. – To‘g‘ri.

– Jannat xola farzandining baxtini ko‘rolmay, cho‘lda, chodirda jon berdi. – To‘g‘ri.

– Ikromjon to‘qayda o‘g‘lini ko‘rib darrov tanidi. – Noto‘g‘ri, Ikromjon­soch-soqoli­o‘sib­ketgan­o‘g‘lini­av-valiga tanimadi. Uni ko‘zidan tanidi.

– Nizomjon Jannat xola va Ikromjon tog‘aga tutin-gan o‘g‘il bo‘ldi. – To‘g‘ri.

– Ikromjon va Jannat xolaga Nizomjon “tug‘ishgan-dan afzal” farzand bo‘ldi. – To‘g‘ri.

– Tursunboy onasining vafot etganini eshitib, uni oxir gi manzilga kuzatish uchun bordi. – Noto‘g‘ri, Jannat xola tobuti oldida o‘g‘il bo‘lib Nizomjon bordi. Tursunboy buni to‘qaydan kuzatib turdi.

– Tursunboy ota diydoridan, ota mehridan, yor-bi-rodarlar davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg‘in bo‘lib olamdan o‘tdi. – To‘g‘ri.

Shundan so‘ng o‘quvchilarning har biriga topshiriq beriladi. Tursunboyga ochiq xat yozishlari so‘raladi. O‘quvchilar yozgan xatlarini o‘qib berishlari mumkin. Masalan:

Tursunboyga ochiq xatTursunboy, sen go‘zal bir diyorda tug‘ilding. Ota-

onang bag‘rida g‘am-qayg‘usiz ulg‘ayding. Ota-onangning sendan umidi katta edi. Yurtingga dush-man bostirib kirganida, yurtni dushmandan himoya qilish o‘rniga urushdan qochding. Sen ham do‘sting Azizxonday qahramon bo‘lib qaytishing mumkin edi. Lekin sen yurtingni, qishlog‘ingni, ota-onangni himoya qilishdek yigitlik burchingni bajarmading. Qo‘rqoqlik qilding. Jang maydonida dushman bilan kurashib, mar-donavor halok bo‘lishdan to‘qayda sharmandali tarzda o‘lishni afzal bilding. Kelajagi yo‘q yo‘lni tanlading.

Ota-onang­ishonchi­eding,Ham tayanchi orzularida.Ammo mashaqqatga yengilibSabab bo‘lding qayg‘ulariga.

O‘zbegimning er yigitlarinMetin irodali mard derlar.El xizmatin nomus, or bilib,Hatto jangga sherday kirarlar.

Tursunboy, sen adashding yo‘ldan,Qo‘rqoq nomin olding, yengilding.Hatto seni sevguvchi qizningUmidlarin­chil-parchin­qilding.

Ozod yurtim sarhadlarida,Minglab erlar xizmatda bugun.Shu sababli musaffo osmonVa­omonlik,­tinchlik­shuning-chun.

(Shoira Qalandarova, Xorazm viloyati)

V. Baholash va rag‘batlantirish. O‘quvchilar dars-da ishtirokiga ko‘ra baholanadi. Faol o‘quvchilar alohi-da rag‘batlantiriladi. O‘qituvchi darsni quyidagi fikrlar bilan yakunlaydi:

– O‘quvchilar! Biz buyuk ajdodlar farzandlarimiz. Ajdodlarimiz Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Muqanna, To‘maris, Shiroqlar Vatan deb, uning ozodligi uchun kurashganlar. Biz ana shu ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lishimiz kerak. Vatan uchun kerakli inson bo‘lib, uning koriga yaray-digan farzand bo‘lib voyaga yetishingiz kerak. Hech kim Tursunboydek yo‘lidan adashmasin!

VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan “Tug‘ishgandan tutingan afzal” mavzusida insho yozish.

Page 21: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 21Navbatchi

Filologik ta’limda o‘quvchi va talabalarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida berilgan bilimlar ularning bilish salohiyati bilan birga fikrlash doirasini kengaytirish, nutqining ravonligini oshirish, ijodiy va ilmiy mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Jumladan, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalariga tilshunoslik fanlarini o‘tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanlarni mukammal o‘rganishga zamin yaratadi.

“Hozirgi o‘zbek tili” fanining “Morfemika-morfologiya” bo‘limini o‘qitishda xususiy pedagogik texnologiyalarning katta qismidan foydalanish mumkin. Ilmiylik, izchillik, qulaylik, nazariy va amaliy bog‘liqlik, faollik va mustaqillik, ko‘rgazmalilik, tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakter, kasbiy yo‘naltirilganlik kabi didaktik tamoyillar tizimiga asoslanib o‘tiladigan har bir mashg‘ulot maqsadga samarali erishishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida o‘z darslarimizda qo‘llagan metodlar va ularning samarasi haqida fikrlashmoqchimiz.

“Tushunchalar tahlili” metodi modul yoki barcha mavzularni yodga olish, o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish, o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo‘naltirilgan. U talabalarni tushuncha va atamalarni izohlash, o‘tilgan materiallarni eslab qolish, faollikka o‘rgatadi. Ushbu metodni takrorlash darslarida, talaba bilimini nazorat qilishning frontal shakli sifatida, yangi bobni boshlashdan oldin talaba biladigan va bilmaydigan tushunchalarni aniqlab olishda qo‘llash mumkin.

Bunday mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam, ruchka, slayd.

Izoh: reja bo‘yicha, mavzu asosida hamda o‘qituv-chining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljal-langan bo‘lsa, guruh talabalari soniga qarab, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, guruhlar soniga ko‘ra) tarqatma material tayyorlanadi.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:– talabalar guruhlarga ajratiladi;– mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoida-

lar bilan tanishtiriladi;– tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;– talabalar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi

Nargiza MUSULMANOVA, Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi

“GRAMMATIK SHAKL VA GRAMMATIK KATEGORIYA” MODULINI O‘QITISHDA TUSHUNCHALAR TAHLILI METODIDAN FOYDALANISH

mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushun-chalar bilan tanishadilar;

– tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tus-hunchalar yoniga egallagan bilimlari asosida izoh yoza-dilar;

– o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birga-likda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiradi;

– har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydi, kerakli tushunchaga ega bo‘ladi, o‘z-o‘zini tekshiradi, baholaydi, shuning-dek, bilimlarini mustahkamlaydi.

Izoh: “Tushunchalar tahlili” usulini “Chaynvord”, “Uzluksiz zanjir”, “Klaster”, “Blits zanjir” shaklida ham tashkil qilish mumkin.

Mashg‘ulotda quyida berilgan tarqatma material-lardan foydalanish mumkin. Talabalarga ushbu xarita beriladi. Talabalar 10 daqiqa ichida tushunchalarini yozadilar.

TushunchalarMazmuni

(talabalar tomonidan ba-jariladi)

Grammatik ma’no

Til (fоnеtik, lеksik, mоrfоlоgik va sintaktik) birliklarining bеvоsita nutqni shakllantiruvchi umumlash-ma abstrakt ma’nоsi

Grammatik shaklGrammatik ma’nо ifоdalоvchi mоrfоlоgik ko‘rsatkich

Kategoriya

Tilshunоslikka falsafadan kirib kеl-gan termin, falsafada «оbyеktiv bоrliq va bilishdagi mоhiyatan ko‘prоq qоnuniy alоqa va munо-sabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha»

Grammatika

Ongda nutqiy qo‘llanishga shay turgan lеksеmalarni gramma-tik vоsitalar bilan shakllantirib, so‘zga aylantiradi, bu so‘zlarni o‘zarо biriktiradi va fikr almashti-rish vоsitalari sifatidagi vazifasini rеallashtiradi

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Page 22: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

22 e-mail: [email protected]

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Grammatik kate-goriya

Tilshunоslikda grammatik­ katе-gоriya­ termini оstida, asоsan, mоrfоlоgik katеgоriyalar tan оlina-di

Murakkab kate-goriya

Ularda bоshqa katеgоriyalarga mansub ma’nоlar ham mujassam-lashgan bo‘ladi: egalik, o‘zgalоv-chi, harakat tarzi, kеsimlik

Lеksik-mor-fologik

kategoriya

Ayrim guruhlar, ya’ni turkumlar-ga хоs bo‘lib, ular sirasiga nisbat, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, o‘zgalоvchi, sоn, subyеktiv munо-sabat, qiyoslash, daraja katеgоri-yalari kiradi

Kategorial ma’no

Grammatik shaklning substansial mohiyati bo‘lib, yondosh ma’no umumiy grammatik ma’nosida mavjud va kategorial ma’no bilan dialektik bog‘langan lisoniy hodisa

Yondosh ma’no

Aslan qaysi sathga tegishliligi-ga ko‘ra leksik, morfologik, sin-taktik, uslubiy va qorishiq turi farqlanadi, bu esa kategoriyaning leksik-grammatik, sintaktik, uslu-biy-grammatik kabi ko‘rinishlari bilan bog‘liq

Hamroh ma’noKategorial ma’no bilan dialektik bog‘liq bo‘lmagan matn va nutq sharoitiga bog‘liq ravishda yuzaga chiqadigan ma’no

Funksiоnal-mоrfоlоgik katеgоriya

Kеlishik, egalik, kеsimlik

Ma’ruza mashg‘ulotida yana quyidagi metodlardan ham foydalanish mumkin:

1-ilovaVenn diagrammasi

Topshiriq. Lеksik-morfologik kategoriya va funksiоnal-mоrfоlоgik katеgоriyalarni taqqoslang va Venn diagrammasida ifodalang.

2-ilova “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi

Topshiriq: berilgan so‘zlar asosida 5-6 gapdan iborat matn tuzing. Tuzilgan matnlar asosida grammatik kategoriyalarni tasniflang:

1. 1-sentabr, O‘zbekiston, sho‘rolar tuzumi, majlis, deklaratsiya. (Mustaqillik)

2. Yomg‘ir, sovuq, o‘tin, quyosh, gul, Vatan. (Bahor)3. “Munojot”, Shahrisabz, Oqsaroy, Amir Te mur,

musiqa. (I maqom festivali)3-ilova

Qiyoslash asosida xulosa chiqarishTopshiriq: grammatik ma’no tarkibini o‘zaro

qiyoslang.

Lеksik-morfologik kategoriya

Lеksik-morfologik va funksiоnal-mоrfоlоgik

katеgоriyalarni o‘zaro qiyoslang

Funksiоnal-mоrfоlоgik katеgоriya

Nisbat, harakat tarzi, bo‘lish-li-bo‘lishsizlik, o‘zgalоvchi,

sоn, subyеktiv munоsabat, qi-yoslash, daraja katеgоriyalari

Ularning har ikkisi ham mor-

fologik kate-goriya bo‘lib, ma’lum bir

so‘z turkumlari doirasiga taal-

luqli

Kеlishik, ega-lik, kеsimlik funksiоnal-mоrfоlоgik

katеgоriyalar

Lеksik-morfologik

kategoriya

Kеlishik, egalik, kеsimlik

funksiоnal-mоrfоlоgik

katеgоriyalar

Grammatik ma’no

Kategorial ma’no

Yondosh ma’no Hamroh ma’no

?To‘g‘ri javob: kategorial va yondosh ma’no dialektik

bog‘langan, hamroh ma’no esa nisbiy.Bundan tashqari bir necha xil shakl-ko‘rinish,

mazmun-mohiyatga ega KLASTERlar, Intellekt xarita, tushunchalar tahlili asosidagi krossvordlardan ham foydalanish mumkin. Bularning barchasini o‘qituvchi yoki talabalarning o‘zlari ham tayyorlab kelishlari mumkin. Biz ko‘p hollarda talabaning mustaqil ishida shunday topshiriqlar beramiz va talabalar hech bo‘lmaganda shulardan bittasini bo‘lsa-da tayyorlashga harakat qiladi. Tushunchalar tahlili metodi har bir modul yoki mavzuda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metod bo‘lib, u, o‘z navbatida, dars salohiyati va samaradorligini oshiradi.

Page 23: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 23Navbatchi

2019-yil bahor ayyomida tavalludining 90 yilligi nishonlanadigan Ozod Sharafiddinov yarim asrlik mehnat va ijod faoliyati davomida muallim-murabbiy, munaqqid, publitsist, tarji-mon, muharrir sifatida millat ma’naviy-madaniy hayotida yorqin iz qoldirdi. Birinchi Prezidentimiz aytganlariday, u hayotda ham, ijodda ham o‘zi-ning haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshla-rimiz, avvalambor, yoshlari miz uchun ibrat namunasiga aylangan edi.

U kishining mustaqillik yillarida, ayniqsa, og‘ir xastalik-ka chalingan kezlaridagi ijodiy shijoati tarixda kam uchray-digan noyob hodisa. Shu yillar davomida yaratgan asar-larining o‘zi yarim asrlik boy ijodiy merosining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Yana bir xarakterli jihati, dard bilan olishuvlar asnosida qog‘ozga tushirgan bitiklari hayotga, el-yurtga, adabiyotga cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgandir. Ustoz ijodiy faoliyati va merosining har bir qirrasi alohida olam: faoliyat sohalarining har birida bu zot, chunonchi, bir yetuk muallim yoxud bir yetuk publitsist, tarjimon, muharrir umri davomida erishishi mumkin bo‘lgan maqomlarga ko‘tarila oldi. Ammo uning adabiyot ilmi, ada-biy tanqid sohasidagi xizmatlari alohida tahsinga sazovor.

Munaqqid Ozod Sharafiddinov milliy tanqidchilik may-doniga, Abdulla Qahhor iborasi bilan aytganda, chaqmoq-dek yashnab, momoqaldiroqdek gulduros solib kirib keldi, yarim asr davomida u tanqidchiligimizning karvonboshisi bo‘lib qoldi; uning sa’y-harakati tufayli tanqidchiligimiz tari-xida tub burilish, yangi bosqich boshlandi, o‘ziga xos mak-tab yaratildi. Bu maktab ahamiyati, ko‘lamini tasavvur etish uchun o‘sha paytga qadar tanqidchiligimiz bosib o‘tgan yo‘lga, o‘sha kezlardagi vaziyatga bir nazar tashlab o‘taylik.

Garchi adabiyotshunoslik bobida boy tajribaga ega bo‘lsak-da, zamonaviy tanqidchilik bizda keyinroq, o‘tgan asr boshlarida maydonga keldi. Boshda munaqqidlik vazi-fasini yangi adabiyotning asoschilari Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, keyinroq, Oybek, A.Qahhordek siymolar ado etdilar. Biroq ular yangi zamon adabiy harakati uchun bu kifoya qil-masligini, maxsus professional tanqid ham zarurligini yax-shi bilardilar. Ularning malakali munaqqidlar tarbiyasiga naqadar katta e’tibor berganliklari tarixdan ma’lum. Buning uchun Abdulla Qodiriyning Sotti Husaynga, Cho‘lponning Vadud Mahmudga bo‘lgan umidi, e’tiborini eslash kifoya.

Ming afsus, sho‘ro adabiy siyosati, mamlakatda avj oldirilgan sinfiy-mafkuraviy kurashlar tufayli 20-yillarda iste’dodli munaqqid sifatida tan olingan Vadud Mahmud tanqid maydonini erta tark etdi. Boshda chin nafosat kashshofi sifatida tanila boshlagan A.Sa’diy, Qodiriy kat-ta umid bog‘lagan S.Husayn vulgar sotsiologizm yo‘liga tushib oldilar. Boshqalarning qismati ham deyarli shu xilda

Umarali NORMATOV, filologiya fanlari doktori, professor

MUNAQQID JASORATI(Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligiga)

kechdi. Tanqid chin iste’dodni, chin san’at asa-rini, go‘zallik ni kashf etishdek bosh vazifasidan chekinib g‘oyaviy-sinfiy, siyosiy dema gogiya yo‘liga tushib oldi. Yangi o‘zbek ada biyotida paydo bo‘lgan noyob iste’dodlarni, noyob san’at durdonalari – Cho‘lpon, Oybek, Usmon Nosir, Hamid Olimjon lirikasini, “O‘tkan kunlar”,

“Mehrobdan chayon”, “Sarob”, keyinroq, “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Jaloliddin” singari asarlarni kitobxon bayramdek xush qabul qildi, ammo johil tanqid ularni “nayza” ko‘tar-ib qarshi oldi; barchasi ur-kaltak qilinib, ular ustidan siyo-siy hukmlar o‘qildi. Bu xil jabrdiydalarni himoya qilish o‘ta xatarli edi o‘sha kez lari. 30-yillarda bu mudhish siyosatga qarshi buyuk siy mo Oybek “Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik!” deya hayqiriq bilan chiqdi. Ammo u ning na’rasini eshitadigan bir zot topil-madi. Aksincha, jasur adibning o‘zi “ur-kaltakchi”larning hamlasiga duchor bo‘ldi. Bu jazava goh ko‘tarilib, goh biroz yumshab, o‘tgan asr o‘rtalariga qadar davom etdi. Shu tariqa, ayrim istisnolarni, masalan, H.Yoqubov va A.Alimuhammedovning ba’zi maqolalarini hisobga olma-ganda, adabiy tanqid o‘ttiz yil davomida zimmadagi bosh vazifasini ado etolmadi, asosan, chin iste’dodlar, asl asar-lar sha’nini toptab, qatag‘onlar “tegirmoni”ga ashyo tayyor-lab berish bilan band bo‘ldi.

Mustabid hukmdor vafotidan keyin jamiyat ma’naviy hayotida yuz bergan o‘zgarish, nisbiy iliqlik, erkinlik shabadalari ta’sirida milliy adabiyotimiz rivojida boshlan-gan yangi to‘lqin, yangi avlod ijodkorlari safida munaqqid Ozod Sharafiddinov ham bor edi. Yosh munaqqid ana shu to‘lqinning oldingi safida bordi, birinchi qadamlaridanoq so‘z san’atidagi sog‘lom kuchlar, asl asarlar, umidbaxsh tamoyillarning, navqiron iste’dodlarning kashfiyotchisi va himoyachisi sifatida tanildi. Uning “Lirika haqida mu-lohazalar”, “Zamon – qalb – poeziya”, “Nihollar” maqo-lalari she’riyatni, adabiy jarayonni yangicha anglash, idrok va talqin etishning yorqin namunalari edi. Munaqqid adabiyotimiz osmonida mitti yulduzlar – Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar paydo bo‘lganida, bu istiqboli porloq chin iste’dodlarni ilk bor kashf etdi, ularni yangi ijodiy par-vozlarga undadi. Ustoz va safdoshlari – Abdulla Qahhor, Zulfiya, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Shuhrat, Said Ahmad, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov kabi davrning peshqadam adiblari qalami ostidan chiqqan deyarli har bir yangi asar Ozod aka nigo-hidan o‘tib, dunyo yuzini ko‘rar, matbuotda bu sinchkov munaqqidning odilona bahosini olar edi. Mana shu jara-yon munaqqidning vafotiga qadar davom etdi. Yarim asr mobaynida milliy adabiyotimiz bo‘stonida paydo bo‘lgan birorta yorqin asar uning e’tiboridan chetda qolgan emas.

Adabiy taqvim

Page 24: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

24 e-mail: [email protected]

Adabiy taqvim

Shu bilan birga munaqqid ustozi Abdulla Qahhordan ruhlanib, adabiyotdagi xalturaga, o‘rtamiyonachilikka qar-shi mardona kurash olib bordi. O‘tgan asrning 40–50-yil-larida keng tarqalgan o‘ta siyosatlashgan, nuqul tuzum mafkurasi targ‘ibotiga qaratilgan quruq ritorika, va’zxon-likdan iborat “she’riyat”ning avra-astarini ochib tashladi, ulardan ko‘plab namunalar keltirib, “She’rmi shu asarlar, poeziya bormi ularda?” degan keskin savolni qo‘yadi va teran ilmiy tahlil, rad etish mumkin bo‘lmagan dalil va man-tiq asosida “Yo‘q!” deya javob bera oldi. 50-yillar sharoiti-da bunday fikrni aytish mislsiz jasorat edi. Chunki keskin tanqid ostiga olingan “she’rlar” mualliflari uncha-muncha havaskor qalamkash emas, davrning dongdor shoirlari edi-lar, buning ustiga, ularning tanqid ostiga olingan she’rlari “g‘oyaviy jihatdan” siyosatga to‘la mos edi. O‘zining bu ijodiy prinsipiga ham munaqqid umrining oxiriga qadar sodiq qoldi. Dabdabali nomlar bilan atalgan, jimjimador tashbehlar bilan to‘lib-toshgan mag‘zi puch asarlarning asl basharasini ochib ko‘rsatishda davom etdi. Ehtimol, u ayrim hollarda bahoni oshiribroq yuborgandir, ammo eng muhimi, butun faoliyati davomida bu ulug‘ olim birorta ham chin iste’dod bilan bitilgan asl asarni ayovsiz tanqid ostiga olgan emas. Birorta ham yorqin iste’dod sha’niga tegadi-gan so‘z aytgani yo‘q. Uning munaqqid sifatidagi eng katta baxti, omadi ana shunda. Munaqqidning “Zamon – qalb – poeziya”dan keyingi o‘zi uchun eng ardoqli so‘nggi ki-tobi “Ijodni anglash baxti” deb atalishi bejiz emas. Ustoz ayni shu xil noyob fazilatlari tufayli ijod ahli qalbiga yo‘l topdi, uzoq yillar yozuvchi bilan tanqidchi o‘rtasida g‘ov bo‘lib kelgan “beton devor”ni qo‘porib tashladi, yozuv-chi bilan munaqqid bir-birini tushunib, anglab, bir-birini e’zoz lab yashashi, bir tilda so‘zlashishi mumkin ekanligini amalda ko‘rsatdi. Shu tariqa u ham ustoz, ham tengdosh, ham yosh qalamkashlar ardog‘iga birdek sazovor bo‘ldi. Munaqqidning nomi mo‘tabar adiblarimiz qatorida tilga olinadigan bo‘ldi. Uning ayni shu xizmatlari tufayli adabiy tanqidchiligimiz martabasi yuksaklikka ko‘tarildi.

Zamonaviy adabiy jarayon tadqiqi bilan barobar, us-tozning XX asr o‘zbek adabiyotining mustabid adabiy siyo-sat tufayli toptalgan tarixini tiklash, qatag‘on qilingan adiblar merosini xalqqa qaytarish, xususan, Cho‘lponni yuzaga chiqarish yo‘lidagi jonbozliklari ayni ilmiy-ijodiy jasoratning chin namunasidir. Bu yo‘lda u o‘ttiz yil betinim kurash olib bordi, nihoyat, istiqlol shabadalari esa boshlagan pallaga kelib, ezgu umidlari ushala boshladi; uning rahbarligida Cho‘lponning avval bir jildli, so‘ng uch jildli asarlari nashrga tayyorlandi, Cho‘lpon ijodi bo‘yicha yozilgan ilk dissertatsi-yalarga rahbarlik qildi, nihoyat, qator tadqiqotlar, xususan, “Cho‘lponni anglash” deb atalgan ham tadqiqot, ham dos-ton deb atashga loyiq ajoyib asar yaratdi.

Jahon adabiy-tanqidiy tafakkuri yangiliklaridan munta-zam xabardor, hech qanaqa qoliplarni tan olmaydigan, chin ma’nodagi erkin, ozod ijodkorning betakror, o‘ziga xos jo‘shqin va latif ovozi, uslubi, ifoda tarzi ham tan-qidchiligimizda noyob hodisadir. Adabiyotshunos olim,

ayniqsa, so‘nggi yillar ijodida ilmiy tafakkur bilan badiiy ijodkorlik ni mohirona uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni shu yo‘nalishda bitilgan qator badia-esselari xuddi yetuk badiiy asardek shavq bilan o‘qiladi. Ustozning istiqlol g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi jonbozligi, jamoat arbobi, “Jahon adabiyoti” bosh muharriri sifatida amalga oshirgan ishlari ham ma’naviy jasoratning yorqin namu-nalaridir. Uning bevosita muharrirligida chiqqan “Jahon adabiyoti” jurnalining 100 ta soni, adabiy jamoatchilik e’tirof etganidek, butun boshli universitet bajarishi mumkin bo‘lgan ulkan vazifani ado etdi. Uning tarjimonlik faoliyati ham ardoqqa loyiq.

Ma’lumki, istiqlol arafasida respublikamizning yangi rahbariyati tashabbusi bilan adabiy ta’limni tubdan yangi-lash harakati boshlangan edi. Ayni shu maqsadda tuzil-gan ishchi guruhning XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi a’zolari – O.Sharafiddinov, N.Karimov, B.Nazarov, Q.Yo‘ldoshev va kamina zimmasiga g‘oyat jid-diy va mas’uliyatli vazifa yuklatilgan edi. Sho‘ro siyosati tu-fayli adabiyot tarixidan o‘chirilgan Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat singari ulug‘ siymolarning sha’nini tiklash, shuning baro-barida bundan-da mushkulroq masalani hal etish – “sho‘ro adiblari”, “sotsrealizm” namoyandalari, tabiiyki, ular ro‘yxa-ti boshida turgan Hamza ijodiy merosini sho‘roviy talqin-lardan tozalab, bor holicha o‘quvchilarga yetkazish lozim edi. Bunda ustoz Ozod Sharafiddinovning maslahatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunos olimning Hamzaning ijodiy taqdiri haqidagi “Istibdod qurboni” maqo-lasi ulkan shoir va dramaturgning milliy adabiyotimiz tari-xidagi haqiqiy o‘rnini belgilash yo‘lida dadil qadam bo‘ldi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, adabiyotshunos olim-ning salkam o‘ttiz besh yillik faoliyati sho‘ro zamonida kechdi. Garchi u o‘sha yillari davr tazyiqi va ta’qiblarini mardona yengib o‘ta olgan bo‘lsa-da, o‘sha kezlari yarat-gan asarlarida zamon asoratlari qandaydir ko‘rinishda o‘z zuhurini qoldirgan. Ijodkor odam uchun o‘z aybini tan olish, undan ibratli saboqlar chiqarish ham savob ish. Aslida o‘zlikni ang lash ham ijodkor uchun ulkan baxt. O‘zini anglamay turib, o‘zgalarni anglash mumkin emas. Bu borada ham ustoz hamkasb tengdoshlari uchun ibrat bo‘larli jasorat ko‘rsata oldi. “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim” badiasi bu ning yorqin isbotidir.

Xulosa shuki, bu tabarruk siymo ozod mamlakatning chin farzandi, qahramoni sifatida murakkab va sharaf-li yo‘lni bosib o‘tdi, zabardast munaqqid sifatida zimma-sidagi buyuk missiyani to‘la-to‘kis ado etishga muyassar bo‘ldi. Shunisi quvonarliki, istiqlol yillarida uning millat, milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimiz oldidagi buyuk xizmat-lari munosib taqdirlandi, hayotlik chog‘ida O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, vafotidan keyin ham u xuddi tirikligidagidek el-yurtning ardog‘ida. “Ijodni ang-lash baxti”, “Dovondagi o‘ylar” kitoblarining Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lishi, olim tug‘ilgan kunning mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanayotgani shu ehtiromning mantiqiy davomidir.

Foydalanilgan adabiyotlar1. Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004.2. Ozod Sharafiddinov. Dovondagi o‘ylar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.3. Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.4. O‘zbek adabiy tanqidi tarixi. Darslik. – Toshkent: Tafakkur qanoti, 2012. 252–261-betlar.

Page 25: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 25Navbatchi

Tahlil

Til kishilar o‘rtasidagi eng muhim o‘zaro aloqa vosita-si sifatida juda katta imkoniyatlarga ega. U tafakkur bilan chambarchas bog‘liq. Til va tafakkur tushunchalari bir-bi-rini taqozo etadi va biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari ko‘rinishida ke-chadi. So‘z va boshqa til unsurlari tushuncha, ongda tafak-kur yuritish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon til unsurlarisiz amalga oshmaydi. Inson tafakkuri sarhad bilmagani kabi, uning tili ham cheksiz imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish insonning nafaqat so‘z boyligiga, balki dunyoqarashi, aql-u zakovati, ruhiy va fiziologik imkoniyatlari, tildagi noodatiy istifodalarni ang-lash, nozik qochirimlarni tushunish, o‘rni kelganda, ulardan unum li foydalana olish malakasi kabi omillarga ham bog‘liq.

Til ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, uning nazariyasi va amaliyoti ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy hodisalardagi qonuniyatlar esa istisno holatlar, egiluv-chanligi bilan xarakterlanadi. Shu ma’noda tildagi qonuni-yatlar ham anchayin egiluvchan shakl-shamoyil kasb eta-di. Biz buni inkor ma’nosini bildiruvchi leksik va grammatik vositalar misolida ko‘rib chiqamiz.

Odatda, tasdiq ma’nosi maxsus grammatik yoki leksik vositalarsiz anglashiladi. Ularning tasdiq ma’nosi inkor ma’nosiga nisbatan farqlanadi. Inkor ma’nosi esa fe’lning bo‘lishsizlik­ affiksi,­ “emas”­ to‘liqsiz­ fe’li,­ “na”­ inkor­ yukla­­­­masi, “yo‘q” modal so‘zi vositasida ifodalanadi.

Fe’lning bo‘lishsizlik shakli (-ma) ish-harakatning har uchala zamonda sodir bo‘lmasligi bilan bog‘liq inkorni ifo-dalaydi.

-ma affiksi yordamida yasaluvchi bo‘lishsizlik shakli ma’lum bir uslubga xoslanmaganligi va qo‘llanish doirasi-ning kengligi bilan bo‘lishsizlikning boshqa shakllaridan farqlanadi.

-ma affiksi bilan bog‘liq o‘ziga xosliklardan biri harakat nomining bo‘lishsiz shaklida kuzatiladi. Bunda bo‘lish-sizlik affiksi -maslik murakkab affiks tarkibida keladi: o‘qish-o‘qimaslik,­yozish-yozmaslik.

Emas to‘liqsiz fe’li ham inkorni ifodalovchi maxsus leksik vosita hisoblanadi. Inkor ma’nosining ifodalanishida emas yordamchisi keng qo‘llaniladi. Bu yordamchi o‘ziga xos ma’no nozikligi va ayrim xususiyatlari bilan bo‘lish-sizlik ko‘rsatkichi bo‘lgan -ma affiksidan quyidagicha farqlanadi: -ma affiksi faqat harakatning inkorini bildirsa, emas to‘liqsiz fe’li narsa-hodisa, belgi yoki harakatning ham inkorini ifodalaydi: kitob emas, yaxshi emas, besh-ta­emas,­o‘qigan­emas.­ ­ -ma affiksi bilan emas to‘liqsiz fe’lini ko‘pincha almashtirib qo‘llash mumkin: o‘qimagan – o‘qigan emas. Ammo o‘qimayotgan talaba, yozmay qo‘ydi kabi birikmalarda -ma affiksining o‘rniga emas to‘liqsiz

Umid XO‘JAMQULOV,filologiya fanlari nomzodi;

Abdishukur SHOFQOROV, filologiya fanlari nomzodi

“BOR”NING INKORI VA “YO‘Q”NING TASDIG‘I HAQIDA MULOHAZALAR

yoxud tildagi inkor shakllarining ma’no tovlanishlari

fe’lini qo‘yib bo‘lmaydi. Inkor ma’nosini bildiruvchi yo‘q yordamchisi bor so‘zi-

ning antonimi bo‘lib, inkor uning leksik ma’nosi hisoblana-di. Bu so‘z til taraqqiyotining ma’lum davrlarida faqat pred-metning mavjud emasligini bildirgan. Keyinchalik esa fe’l bilan birikib, ish-harakatning inkorini bildirish ma’nosida ham qo‘llana boshlagan. Yo‘q yordamchisining qo‘llanish doirasi -ma­affiksi va emas to‘liqsiz fe’liga nisbatan ham ancha chegaralangan. Bu so‘z faqat -gan va -yot+gan affikslari yordamida yasaluvchi o‘tgan zamon va hozirgi zamon fe’llarining inkor shaklini hosil qilish uchungina qo‘llana oladi: o‘qigani yo‘q, o‘qiyotgani yo‘q kabi.

Na yordamchisi ham inkorni bildiruvchi leksik vosita sifatida tilimizda mavjud. Bu vosita takror holda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi.

Inkor ma’nosini bildiruvchi ushbu vositalar o‘zaro solish tirilganda, ularning o‘rtasida ma’no nozikliklariga ko‘ra muayyan farqlar mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Bu farqlar quyidagicha:

1)­-ma affiksi faqat ish-harakatga nisbatan inkorni ifo-dalashi bilan ajralib turadi. Qolgan inkor shakllar esa ham ish-harakatga, ham belgi-xususiyatga, ham narsa-hodisa-ga nisbatan inkorni ifodalay oladi;

2) -ma affiksi ko‘makchi fe’lli birikmalarda yetakchi fe’lga ham, ko‘makchi fe’lga ham yoki har ikkalasiga ham qo‘shilib kelishi mumkin. Bu uchala shakl ma’no tovlanish-lari bilan farq qiladi:

a) bo‘lishsizlik qo‘shimchasi yetakchi fe’lga qo‘shilgan-da yetakchi fe’l ifodalayotgan ma’no inkor etiladi va bu ish-harakat davomiylikda sodir bo‘layotganligi anglashila-di: aytmay qo‘ydi;

b) agar bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, ko‘makchi fe’l anglatgan ma’no inkor etiladi va tasodifan, beixtiyor yuz beradigan ish-harakatni ifodalay-di: aytib qo‘yma;

d) bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’l tarkibida kelsa, inkorni emas, balki tas-diqni ifodalaydi: aytmay qo‘ymadi. Bunday hollarda tas-diq ma’nosi ta’kidlanib, mazmunga qat’iy tus beriladi, ish-harakat ma’lum qarshiliklarga qaramay bajaruvchining xohishi, intilishi natijasida sodir bo‘lganligini anglatadi. Solishtiring: aytdi – aytmay qo‘ymadi, boradi – bormay qo‘ymaydi;

3) na yordamchisi vositasida hosil bo‘lgan yasalmalar-da boshqa shakllar vositasida hosil bo‘lgan yasalmalarga nisbatan inkor shakli kuchliroq ta’kidlanadi. Qiyoslang: na o‘qiydi, na yozadi – o‘qimaydi, yozmaydi;

4) inkor shakllarining qo‘shaloq qo‘llanishi, odatda, tasdiqni ifodalaydi. Masalan, -ma affiksi emas to‘liqsiz

Page 26: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

26 e-mail: [email protected]

Tahlil

fe’li bilan birgalikda kelganda tasdiq ma’nosi ifodalanadi: o‘qimagan emas (o‘qigan), yozmagan emas (yozgan). Bunday shakllar nutq jarayonida suhbatdoshning fikrini, ya’ni uning inkor gapini inkor etish uchun ishlatiladi va tas-diqni ifodalaydi. Bunday hollarda, odatda, bir suhbatdosh-ning aytgan gapi ikkinchi suhbatdosh tomonidan aynan takrorlanadi va undan so‘ng emas to‘liqsiz fe’li keladi.

Masalan: Birinchi suhbatdosh: Karim bu kitobni o‘qimagan. Ikkinchi suhbatdosh: Karim bu kitobni o‘qimagan

emas; 5) inkor shakllarining qo‘shaloq holda qo‘llanilishi har

doim ham tasdiq ma’nosini ifodalayvermaydi. Masalan, na inkor shakli fe’lning bo‘lishsiz shaklini hosil qiluvchi -ma affiksi bilan birgalikda kelganda ham yasalmaning inkor ma’nosi saqlanadi: na o‘qimaydi, na yozmaydi. Bunday yasalmalarda shakl nuqtayi nazaridan inkor shakllari qo‘shaloq holda qo‘llangan, ammo vazifa nuqtayi nazari-dan bu o‘rinda na inkor yuklamasi ham ayiruv yuklamasi vazifasida kelmoqda: o‘qimaydi ham, yozmaydi ham;

6) na inkor shakli yo‘q yordamchisi bilan ham birga-likda qo‘llaniladi. Bunday yasalmalar faqat o‘tgan zamon va hozirgi zamon fe’llarining inkor shaklini hosil qiladi: na o‘qigani yo‘q yoki na o‘qiyotgani yo‘q;

7) yo‘q yordamchisi vositasida hosil bo‘lgan yasalma-larda inkor ma’nosi keskin qo‘yilishi bilan ajralib turadi. Solishiring: o‘qimagan – o‘qigani yo‘q;

8) inkor shakllari kesim tarkibida kelganda ushbu gap har doim ham voqelikka munosabatiga ko‘ra inkor gap bo‘lavermaydi. Bunda diqqat qilinishi lozim bo‘lgan quyi-dagi jihatlar mavjud:

a) -ma affiksi fe’l kesim tarkibida kelganda ushbu gap har doim voqelikka munosabatiga ko‘ra inkor gap hisobla-nadi: Men­vaqtimni­foydasiz­ishlarga­sarfamayman;­­­

b) yo‘q, emas inkor shakllari kesim tarkibida kelganda har doim ham inkor ma’nosini beravermaydi. Solishiring:

Karim bu kitobni o‘qigani yo‘q – Karimning bugun kay-fiyati­ yo‘q. Ushbu misollarning birinchisi voqelikka mu-nosabatiga ko‘ra inkor gap, ikkinchi gap esa tasdiq gap. Ikkinchi gap ko‘p hollarda (aksariyat talabalar tomonidan) voqelikka munosabatiga ko‘ra inkor gap, deb e’tirof etila-di. Aslida esa bu gap voqelikka munosabatiga ko‘ra tasdiq gap bo‘lib, diqqat qilinsa, unda Karimning kayfiyati yo‘qligi tasdiqlanyapti. Demak, bundan yo‘q, emas inkor shakllari ot kesim tarkibida kelganda ushbu gap voqelikka muno-sabatiga ko‘ra tasdiq gapni hosil qiladi, degan xulosaga kelish mumkin;

9) inkorning yana bir shakli ohang yordamida hosil qilinadi. Ohang yordamida hosil bo‘ladigan inkor shakli nutq jarayonida suhbatdoshning tasdiq gapini istehzo va piching vositasida keskin rad etish maqsadida qo‘llaniladi: keladi-ya­keladi­(kelmaydi).­Shuningdek, faqat ayiruv va -mi so‘roq yuklamalari vositasida ham ohang yordamida inkor ma’nosi ifodalanishi mumkin. Bunday yasalmalarda ham suhbatdoshning fikriga nisbatan inkor munosabat chuqur ta’kidlanadi: Adashgan faqat menmi? – Adashgan faqat men emas.

Umuman, inkor shakllari o‘zining ma’no tovlanishlari, uslubiy xususiyatlari bilan tilimizning ifoda imkoniyatlari-ni oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan hisobla-nadi. Uning lisoniy qonuniyatlari va imkoniyatlarini tadqiq etish qiziqarli ilmiy xulosalarga asos bo‘lish bilan birga tilimizning boy leksik, grammatik, uslubiy imkoniyatlarini ta’kidlaydi, e’tirof etadi. Darhaqiqat, oddiy inkor shaklla-rining bu kabi uslubiy va semantik tovlanishlari, ular o‘rta-sidagi o‘zaro ma’no nozikliklaridagi inja farqlar tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlaridan darak beradi. Biz ushbu jajji tadqiqotimizda uning ayrim jihatlariga diqqat qarat-dik xolos. Aslida bu muammo yirik monografik tadqiqotlar uchun ham boy ilmiy material bera oladi, deb o‘ylaymiz.

“Boburnoma” turli yosh, turfa vaziyat, yilning har xil fasllarida qayta va qayta o‘qib, uqiladigan, zarurat yuzasidan ko‘chirmalar olib, ayni damda boshqalarga mutolaa uchun tavsiya qilinadigan dunyo adabiyotidagi eng mukarram va muazzam kitoblardan biridir. Boburning rostgo‘yligi va haqgo‘yligini, mardligi va saxovatini, o‘zining butun ichkarisi va tashqarisini benihoya oshkora yozganini o‘qib odam hayron qoladi. “Boburnoma”da shoh va shoir insonning o‘z nafsiga malomatlari, ibodat-u itoatlari, tavba-tazarrulari, duosi-yu ro‘zasi – barchasi

Bahodir KARIM,filologiya fanlari doktori, professor

“BOBURNOMA”DAN BIR HIKMATyoki boburona rostlik bayoni

hayratli, ibratli, oshkora tarzda ifoda etiladi. Shuning barobarida mayparastligi va ma’junxo‘rligi, chog‘ir bazmlari, fotih o‘laroq ayrim makonlarda kallaminorlar qurdirgani – hammasi boburona rostlik bayonidir. O‘quvchi taloto‘plarga to‘la tarixdan saboq olib, olamga ibrat ko‘zi bilan qaraydi. Dunyo tarixida o‘zini Boburchalik shafqatsiz fosh etgan ikkinchi bir shaxs topilishi qiyin.

“Boburnoma” hijjalab, harflab, so‘zma-so‘z o‘qiladigan bebaho durdonalar sirasiga kiradi. Har gal arslonyurak bir insonning bunday muhtasham ko‘ngli bag‘oyat inja aks

Page 27: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 27Navbatchi

Tahlil

etgan sahifalar mutolaa qilinganida tovushlar, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar tagiga beozor chiziqchalar tortiladi, hoshiyaga biror belgi-alomatlar qo‘yiladi. Kitob shu zaylda o‘qilsa, belgi qo‘yilmagan biror bet qolmaydi. Chunki kitobda oddiy va e’tiborsiz gapning o‘zi yo‘q. “Boburnoma” shunchaki yozilgan kitob emas. Unda fikr shu darajada tig‘izki, odam Bobur nasrining e’joz1 maqomi va martabasiga beixtiyor qoyil qoladi. Deylik, Samarqand havosini tavsiflab: “Qishi mahkam sovuqtur, qori agarchi Kobul qoricha tushmas. Yozlar yaxshi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur”, deb qisqa, aniq va qiyosan yozadi.

O‘qiyotib, Boburga g‘usl vojib bo‘lgan bir nuqtaga yetib to‘xtaysiz: “Manga g‘uslg‘a ehtiyoj edi. Bir ariq suyidakim, yoqalari qalin muz to‘ngub edi, o‘rtasi suvning tezligi jihatidin yax bog‘lamaydur edi, bu suvg‘a kirib g‘usl qildim. O‘n olti qatla suvg‘a cho‘mdum. Suvning sovuqlug‘i xeyli ta’sir qildi”2. Sovuq zabtiga olgan qish kunida oqar suvga o‘n olti marta sho‘ng‘iganini his qilgan odamning badanida qumursqa o‘rmalagandek vujudi beixtiyor junjikadi. “O‘n olti qatla suvg‘a cho‘mdum” jumlasi tagiga chizmasdan, o‘sha sahifaga qandaydir hayrat undovini qo‘ymasdan keyingi jumlaga o‘tilmaydi...

O‘ziga sodiq yigitlar bilan Kobulga borayotgan Bobur yo‘lida baland qorli tog‘dan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Qor otning tizidin yuqoriroq keladi, tinimsiz yog‘adi. Bobur yo‘ldoshlari bilan yonma-yon turib, qor tepib yo‘l ochadi. Hayoti davomida ko‘rmagan qiyinchilikka uchraydi. E’tirof etib yozadiki: “Ul necha kun bisyor tashvishlar va mashaqqatlar tortildi, andoqkim, muddat ul-umr muncha mashaqqat kamroq tortilib edi. Bu matla’ni o‘shal fursatta aytildi:

Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldim-u? Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldim-u?”

Boburning ko‘pchilikka ma’lum va mashhur g‘azalining matla’si ayni voqelikka munosabat sifatida maydonga keladi. Shoirning “Qoldim-u” radifli g‘azalining tavallud biografiyasi aynan ana shu qish kunidagi qor tepishlardan boshlanadi. Qor tepib horigan Bobur odam bo‘yli qor kapada nafas rostlash uchun o‘tiradi. So‘ngra atrofiga nazar tashlaydi “...namozi xuftang‘acha qor oncha chopqulab yog‘dikim, men engashib o‘lturub edim, orqamg‘a va boshimg‘a va quloqlarimning ustiga to‘rt ellik qor bor edi”. Bunday aniq tasvir xuddi rasmdagidek aniq tasavvur qilinadi. “Boburnoma”ning hikmati shunday sahifalarda bilinadi...

Bobur nazaridagi kunlik vaqt va uning o‘lchov birligi uchun tanlangan asos yozilgan sahifani o‘qib, xayolim asrlardan asrlarga ko‘chdi. Men Bobur yonida va Bobur ruhi go‘yo mening yonimda paydo bo‘ldi.

Nega? Bugungi kun odami vaqt tez o‘tayotganidan, hech bir narsaga ulgura olmayotganidan, bola otadan, otasi qarindosh-urug‘laridan xabar olishga fursat topa bilmayotganidan va shunga o‘xshash bir olam bahonalardan nolib yozg‘iradi. Bu gaplar yoniga avvalroq o‘tgan odamlarning salobati, yoshi ulug‘ligi,

bugun oltmish-yetmishga kirganlarning nisbatan yosh ko‘rinishi, maydakashligi va shu bilan birga Yerning o‘z o‘qi tegrasida tez aylana boshlaganiga oid taxminlar qo‘shiladi. Davralarda vaqtdan gap ochilsa, go‘yoki juda muhim va eng oxirgi turli jahonshumul astronomik yo geografik yangilik ham shosha-pisha ilova qilinadi; bu yangi gapni aytib, boshqalarga ma’lumot bergan kimsa zimmasidagi amri ma’ruf-nahyi munkarni ado qilgandek, o‘zini ancha baxtiyor ham sezadi. Holbuki, olam o‘z holicha aylanib turibdi, odamlar o‘z holicha vaqtini, oltin umrini o‘tkazish bilan mashg‘ul. Ayniqsa, uzundan uzun, go‘yo bu olamda abadiy qoladigandek, cheksiz orzu-havaslarga berilish, ehtimol, ana shu omillardir vaqtning tez o‘tayotgani sababi. “Boburnoma”ning oxirrog‘ida bir kecha-kunduz o‘lchovi, bir soatning daqiqalardan tarkib topganiga doir gap bor: “Nechukkim, bizning viloyatlar istilohida kecha-kunduzni yigirma to‘rt qism qilibturlar, har qaysisini bir soat debturlar va har soatni oltmish qismat qilibturlar, har qaysisini bir daqiqa deb turlarkim, bir kecha-kunduz ming to‘rt yuz daqiqa bo‘lg‘ay. Daqiqaning miqdori taqriban olti qatla “Fotiha”ni “Bismilloh” bila o‘qug‘unchadurkim, bir kecha-kunduz sekkiz ming olti yuz qirq navbat “Fotiha”ni “Bismilloh” bila o‘qug‘uncha bo‘lg‘ay” (265-bet). O‘qib ko‘rdim. Biroz tez o‘qidim chamasi, yetti martaga yetdi, ikkinchi qatla o‘qiganimda Bobur aytganicha bo‘ldi. Bu aniq gapning haqiqati odamni hayajonga soladi.

Xo‘sh, bunda besh asr muqaddam hazrat Bobur bir daqiqada “Fotiha”ni shu sanoqda o‘qigan ekan, bugun biz ham aynan ana shu sonni takrorlab turar ekanmiz, vaqt tezlashganmi, Yer o‘z o‘qi atrofida shoshib aylanmoqdami, nima bo‘lgan? Nazarimda, vaqt o‘z holicha, vahimalar, g‘avg‘olar, g‘alvalar, ig‘volar, g‘iybat va g‘urbatlar – mana nimalar odam umrining zavoli.

Vaqt o‘z holicha, besh asr muqaddam ne holda bo‘lsa, bugun ham shu holda. Ammo undan foydalanish usullari boshqachadir; uzoqni yaqin qilish yo‘llari o‘ylab topilgan. Haddan tashqari uzoq bo‘lib tuyuladigan, piyoda oylab yo‘llar yuriladigan ummon ortiga ham uchoqlar yordamida bir necha soatda yetib boriladi. Odamzod Oyga borib dehqonchilik qilishni rejalab yuribdi. Ilk giyoh tajriba o‘laroq ko‘kardi ham. Oy o‘z holicha turibdi, texnika o‘sdi. Bu vaqtning tez o‘tayotganini anglatmaydi, balki insoniyat aqli bilan o‘ziga o‘zi oson yashash sharoiti yaratib olganidan darak beradi. Zero, insonga aql ne’mati o‘z vujudiga nazar solish, nafs balosini tiyish, ko‘ngil ko‘zini g‘ubordan tozalash va shu kabi ko‘plab ezgu amallar uchun in’om etilgandir. Buning uchun esa odamzod vaqt topa olmas ekan, sababni, aybni keyingi davrlarda umrning tez o‘tishi yoki Yer kurrasining o‘z o‘qi tegrasida tezroq aylana boshlaganiga bog‘lab, loqayd yurishiga haqqi yo‘q. Boburning o‘ziga xos – hech kimning xayoliga kelmaydigan daqiqa ko‘lamini o‘lchagani va umuman, “Boburnoma”ning hikmatlari, undagi boburona rostlik bayonlari nafaqat bugun, balki kelgusi avlodlarga ham hali uzoq yillar ulkan saboqlar beradi.

1E’joz – kam so‘z bilan ko‘p ma’no ifoda etish usuli.2Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Тoshkent: Yulduzcha nashriyoti, 1989. 88-bet.

Page 28: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

28 e-mail: [email protected]

Tahlil

Til birliklari va hodisalarining inson tafakkuri in’ikosi si-fatidagi reallashuvi nutq jarayonida amalga oshadi. Aloqa-aralashuvning eng muhim va asosiy vositasi sanaluvchi so‘z nutqda qo‘llanilar ekan, u til birliklarining nafaqat ij-timoiy, kommunikativ vazifalarini, balki ayni jarayonda insonning emotsional-ekspressiv munosabatlarini ham yuzaga chiqaradi. So‘z qudrati, uning betakror jozibasi, ayniqsa, uning “yuksak takomili ifodasi” badiiy adabiyotda haqiqiy o‘rnini topadi. Boshqacha aytganda, “poeziyaning bosh omili va qahramoni” sanalgan (Vinokur, Gofman) so‘z ta’sir kuchini aynan shu ifodada ko‘rsatadi.

Obrazli so‘zning qanchalik kuchga egaligi masala-siga e’tibor qaratar ekanmiz, quyida bir misolni keltirish-ni joiz deb bildik. Rejissor Mark Abraxamning “Daholik shu’lalari” kinoasarida film bosh qahramoni ixtirochi Robert Kyornsning o‘tgan asrning 60-yillarida “Ford” avtokonser-ni bilan o‘z ixtirosiga egalik huquqi yuzasidan sudlashish jarayoni tasvirga olingan. Uzoq davom etgan sud jarayoni majlislaridan birida: “Siz hech qanday ixtiro qilmagansiz, mexanizmlar ish jarayonining odatdagi tartibini o‘zgar-tirgansiz xolos”, degan da’voga qahramon hech kimning xayoliga kelmagan tarzda javob qaytaradi. U ikkita badiiy asarning (Dikkens, Tekkeri) istalgan sahifasini ochib o‘qiy boshlaydi. Buning sababini anglab yetmagan kishilarning istehzoli va e’tirozli qarashlariga esa quyidagicha izoh be-radi: “Yozuvchi asar yozar ekan, u yangi so‘zlar o‘ylab top-maydi, kashf qilmaydi, balki hammamizga ma’lum bo‘lgan tanish so‘zlarni qayta tuzib chiqadi. Biroq bu uning tamo-mila yangi, hech kimga ma’lum bo‘lmagan asar yaratishiga to‘sqinlik qilarmikan?” Aynan shu izoh sud maslahatchi-lariga Kyornsga xayrixohlik qilishlari, to‘g‘ri hukm chiqa-rib, uning avtogigant bilan sud jarayonida ustun kelishiga sabab bo‘ladi. Ana shu emasmikan so‘zning qudrati? Ayni ma’noda tushunsak, adabiyotning bosh omili – inson qal-bida estetik tuyg‘ular kurtaklanishi yoki uyg‘onishi ham shuning o‘zi, albatta.

Shu ma’noda til birliklarining imkoniyatlari ifodasi bo‘lmish so‘zning qudratini yuzaga chiqarish aynan ijod-korning mahoratini ko‘rsatib beradi, degan fikrni ilgari sur-gan bo‘lar edik.

U yoki bu ijodkorning so‘zdan foydalanish mahorati uning nutqini, aniqrog‘i, uslubini belgilaydi (“idiostil – indi-vidual uslub” nazariyasiga ko‘ra ilgari surilgan “самовитое слово – o‘ziga xos o‘zgacha so‘z” g‘oyasi – V.Gri - goryev), shunga ko‘ra keng ma’noda so‘z o‘ziga xos se-mantik tizimning asosiy komponentidir, ya’ni “Har qan-day leksik birlik – semema nutqqa xoslangan” bo‘ladi (R.Sayfullayeva, B.Mengliyev).

Buyuk so‘z san’atkori Alisher Navoiy haqida juda ko‘p aytilgan va aytib kelinmoqda. O‘z ta’biridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, “ummon qa’ridan dur-u gavhar teruv-

Abdurashid TO‘YCHIYEV,Chirchiq davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

NAVOIY POETIK SINTAKSISINING AYRIM XUSUSIYATLARI XUSUSIDA

chi” adiblar orasida unga tenglasha oladiganlar deyarli yo‘q. Biroq Alisher Navoiy adabiyot, poetika, shuningdek, til masalalariga to‘xtalar ekan, hech bir masalada, birin-chidan, nopisand, nokamtar munosabat bildirmagan, ik-kinchidan, u o‘zigacha bo‘lgan turkigo‘y shoirlar (Sakkokiy, Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqalar) nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Shu o‘rinda ijodkorning til masalasida bildirilgan bir fikrini keltirishni o‘rinli bildik: “Kamina til (turkiy) borasi-da­bemisl­ zahmat­va­mashaqqat­chekmakka­bel­bog‘la-gan…­ Mavlono­ Lutfiydan­ tamomroq­ kishi­ ko‘rma­dim”. Boshqacha aytganda, forsiy shoirlar qarshisiga chiqa-digan, ular bilan dadil bellasha oladigan Lutfiydan o‘zga shoir paydo bo‘lmaganidan afsuslanadi. Aynan o‘sha davrda badiiy adabiyotda fors-tojik tili yetakchilik qilayot-gani, o‘zbek tilining imkoniyatlari yashirin qolayotganligini kuyinib ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu alfoz va­iboratda­bu­nav­daqoyiq­ko‘pdurkim,­bu­kunga­degin-cha hech kishi haqiqatig‘a mulohaza qilmag‘on jihatdin bu yashurin­ qolibdur…­ va­ filhaqiqat,­ agar­ kishi­ yaxshi­ mu-lohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda vus’at (kenglik) va­maydonida­ buncha­ fusxat­ (ochiqlik)­ topilur…” Shoir turk (o‘zbek) tilini xazina, chamanzorki, atrofi el oyog‘i ye-tishidan asralgan va qimmatbaho narsalarga boshqalar-ning qo‘li tegishidan saqlagan. Ammo “mahzanning yiloni xunxor (qonxo‘r) va gulshanning tikoni behad va shumor (son-sanoqsiz)”. Shoirlar ilonlarning nayzasidan qo‘rqib, bu xazinadan bahra ololmay o‘tganlar. Go‘yo nazm to‘dasi-ning guldasta bog‘lovchilari tikanlar sanchilishi zararidan hadiksirab, bu chamanzordan gulni qo‘lga kirita olmagan-lar (A.Nurmonov).

O‘sha davrdagi tarixiy shart-sharoit shunday ediki, fors-tojik adabiyoti o‘zbek adabiyotiga nisbatan ancha qa-dimiy va boy tajribaga ega bo‘lganligi, poetik qoidalarga doir manbalar ham, asosan, fors-tojik tilida ekanligi sabab-li ushbu tilda ijod qilish osonroq edi. Shuning uchun ham ko‘pgina turkiy (o‘zbek) shoirlar o‘z ona tillarida emas, bal-ki fors-tojik tilida ijod qilar edi (N.Mallayev). Bu o‘zbeklar-ning ma’lum guruhi fors-tojik tilidagi adabiyotlardan bahra-mand bo‘lganlari holda, aksarining badiiy adabiyotdan be-bahra qolayotgani ham haqiqat edi. Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror”da shunday yozadi:

Forsi­eli­topdi­chun­xursandliq,Turki­dog‘i­topsa­barumandliq.

Alisher Navoiy o‘zbek shoirlarini o‘z ona tilida ijod qilish ga, hech bo‘lmaganda har ikki tilda qalam tebratish-ga chaqiradi. U o‘zbek adabiy tilining rivoji uchun kurashni davrning eng muhim ishi deb biladi:

Senga­oncha­haq­lutfi­voqe’durur,Ki to turk alfozi shoye’durur.

Page 29: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 29Navbatchi

Tahlil

Bu til birla to nazm erur xalq ishi,Yaqin qilmamish xalq senidek kishi.

(“Saddi Iskandariy”)Alisher Navoiy o‘sha davrda fors-tojik tilida mavjud

bo‘lgan barcha adabiy tur va janrlarda turkiy tilda ham ijod qilishi mumkin ekanligini isbotlash uchun ularning barchasi-da qalam tebratdi va go‘zal asarlar yaratdi. Shuningdek, davlat hujjatlari va yozishmalarni fors-tojik tilidan qolish-maydigan darajada o‘zbek tilida yozish mumkinligini quyi-dagicha bayon qiladi: “…bu­muqobalada­forsiy­alfozining­dilnazir­ insholari­ mavjud­ va­ dilpisand­ makotib­ damlolari­ma’bud. To xayolga andoq keldikim, turk alfozining dog‘i ruq’alari hamul misol bila aytilg‘ay va bu til nomlarini ham us’hul minval bila sabt etishgay” (“Munshaot”).

Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi hamda boshqa zamondoshlarini ham bunga chaqirganligini buyuk allo-maning fors tilida katta ijod yo‘liga chiqa olmaganligi bi-lan emas, balki o‘zbek tilining obro‘-e’tiborini ko‘tarishni o‘zining yuksak millatparvarligi va fuqarolik pozitsiyasi bilan bog‘lash o‘rinli bo‘ladi. Holbuki, Alisher Navoiy yosh-lik yillarida fors tilida ijod qila boshlagan va ajoyib muvaf-faqiyatlarga erishayotgan, o‘z ijodi bilan ko‘plab forsiygo‘y shoirlarni lol qoldirayotgan edi. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: “Bu sozlardin hasm mundoq bo‘lmasun va muddai bu nav’ gumon qilmasinki, mening ta’bim turk alfoziga­muloyim­tushgan­uchun­ta’rifida­mubolag‘a­izhor­qiladurmen va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va nafyig‘a isror ko‘rguzurmenki, forsiy alfoz istifosin va­ul­iborat­istiqsosin­ishi­mendin­ko‘proq­qilmaydilar,­erkin­va saloh (yaxshi) va fasodin (yomon) mendin yaxshiroq bilmaydur…”

Ushbu fikrlarning ixcham xulosasi sifatida shuni ham ta’kidlash zarurki, Navoiy turkiy til mustaqilligi uchun ku-rashga otlanar ekan, ushbu masalani davlat ahamiyati da-rajasiga ko‘targan, ya’ni uning bu boradagi sa’y-harakat-lari sulton Husayn Boyqaro tomonidan “ixitiyor va rag‘bat topgan”. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, Husayn Boyqaro tomonidan o‘z davrida turkiy til rasmiy hujjat tili deb belgilangan farmoyish ham chiqarilgan (A.Nurmonov, E.Qilichev) va bunda, tabiiyki, Navoiyning xizmatlari katta.

Albatta, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ko‘pchilik uchun ma’lum, biroq bitta haqiqat borki, bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ya’ni Navoiyning ilmiy-ijodiy merosiga qay ta-qayta murojaat qilar ekanmiz, uning yangi-yangi qirralarini kashf qilaveramiz. Xususan, allomaning lingvistika sohasi-dagi qator ishlari zamonaviy tilshunoslik (xususan, G‘arb)da kashfiyot sifatida ko‘rsatilgan ilmiy xulosalardan ancha oldin amalga oshirilgani hozirda barchamizga ma’lum. Xususan, kontrastiv (chog‘ishtirma) tilshunoslik sohasida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Umumiy fikrlardan aniq faktik materiallarga yuzlanadi-gan bo‘lsak, shunday holatni kuzatish mumkin: Navoiy turkiy til leksikasi sohasida qator ishlarni amalga oshirdi. Chuqur bilimga ega olim o‘laroq turk tilining lug‘at boyli-gini ko‘rsatish va tahlil qilishga erishdi. Buning uchun xalq tilidan forsiy muqobili bo‘lmagan qator so‘zlarni topdi. Ana shunday so‘zlarga turk tilidan yuzta fe’lni keltirdi: quvor-moq, quruqshamoq, usharmoq, jiyjaymoq, o‘ngdaymoq, chekrimak, dumsaymoq, umunmoq, usanmoq, igirmoq, egarmoq, uxranmak, torikmoq, aldamoq, arg‘adamoq, ishanmak, iglanmak, aylanmoq, erikmak, irganmak, ovun-moq, qistamoq, qiynamoq, qo‘zg‘almoq, sovrilmoq, chay-qalmoq, ishanmak va shu kabi.

Keltirilgan ushbu fe’llar Alisher Navoiy o‘zbek tili ning imkoniyatlarini ko‘rsatmoq uchun xalq tilini qanchalar sinchikovlik bilan o‘rganganligini isbotlovchi dalillardir. Yuqoridagi fe’llarning ba’zilari integral (birlashtiruvchi) sema bilan bir paradigmani hosil qilsa ham, lekin paradig-ma a’zolarining har qaysisi muayyan differensial (farqlov-chi) semaga ham ega ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, ingramoq, singramoq, o‘kurmak, inchkirmoq, yig‘lamoq so‘zlari “yig‘lamoq” birlashtiruvchi semasi bilan bir para-digmaga mansub bo‘lsa ham, lekin ularning har qaysisi yig‘lashning xilma-xil ko‘rinishlarini ifodalaydi, bir-biridan yig‘lash darajasi bilan farqlanadi. Shoir fikrini isbotlamoq uchun bu so‘zlar ishtirok etgan badiiy asarlardan parchalar keltiradi. Masalan:

Zohid ishqni desaki, qilg‘ay fosh,Yig‘lamasinir-u­ko‘ziga­kelmas­yosh.

Yig‘lamsinmoqqa “dard bilan yashirin ohista yig‘lash” belgisi bilan farq qiluvchi infamoq va ingramoqni zid qo‘ya-di:

Istasam­davr­ahlidin­ishqingni­pinhon­aylamak,Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak.

Siqtamoq fe’lini yig‘lamoqqa zid qo‘yar ekan, “yig‘lash” darajasining yig‘lamoqqa nisbatan kuchliroq ekanligini ta’kidlaydi:

Ul­oyki­kula-kula­yig‘latti­meni,Yig‘latti meni demayki, siqtatti meni.

O‘kurmak “kuchli ovoz bilan haddan ortiq hayajonli” yig‘i ekanligi bilan boshqalaridan farq qilishini ko‘rsatadi:

Ishim tog‘ uzra har yon ashk alobini surmakdur Firoq oshubidin har dam bulut yanglig‘ o‘kurmakdur.

Navoiy ushbu paradigmatik qatorni davom ettirib, holat fe’llarining semantik jihatdan kuchliroq va tabiiyki, farqla-nib turuvchi ko‘rinishlarini beradi.

Shu o‘rinda quyidagi mulohazani bildirishni o‘rinli deb bilamiz. O‘zbek tilshunosligining keyingi yillardagi taraqqi-yoti natijasida leksemalarning semantik tasnifida uyadosh so‘zlar farqlandi hamda integral-differensial belgilar aso-sida birlashgan leksik-semantik guruhlar hamda ularning turlari – giponim, graduonim, partonimlar ko‘rsatib beril-di (H.Ne’matov, R.Rasulov, R.Safarova, B.Qilichev va boshq.). Ushbu hodisalar ilmiy jihatdan asoslanib, o‘rta hamda oliy ta’lim dastur va darsliklaridan o‘rin ham oldi. Biroq yuqorida ko‘rib o‘tganimiz Navoiy tomonidan tasni-flangan darajalanuvchi fe’llar aynan bir leksik semantik guruhni tashkil etib, graduonimik qatorni tashkil etmayapti-mi? Shu ma’nodagi ma’lumotni ayrim qo‘llanmalarda ham uchratishimiz mumkin (E.Qilichev).

Til birliklarining badiiy asar nutqida qo‘llanilishi o‘ziga xos lingvopoetik hodisa bo‘lgan poetik sintaksis doirasida tekshiriladi. O‘zining xilma-xil usullari yig‘indisi – poetik (stilistik) figuralariga ega bo‘lgan poetik sintaksis turli as-pektlar nuqtayi nazaridan differensial yo‘nalishlarni yuza-ga keltiradi. Bular quyidagilardan iborat, desak, xato qil-magan bo‘lamiz:

1. Poetik sintaksis davr nuqtayi nazaridan farqlanadi: mumtoz poetik sintaksis va zamonaviy poetik sintaksis.

2. Badiiy adabiyot shakllari doirasida: yozma adabi yot poetik sintaksisi va folklor poetik sintak-sisi.

Page 30: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

30 e-mail: [email protected]

Tahlil

Bulardan tashqari har bir ijodkorning o‘z uslubi, til bir-liklaridan foydalanish, ya’ni so‘z qo‘llashdagi mahorati yuqoridagi farqlarni asoslab, to‘ldirib keladi. Tabiiyki, turli mezon, shakl, davr va shaxs omillariga ko‘ra farqlanuv-chi poetik sintaksisning ifoda vositalari – sintaktik-stilistik figuralari (atamani ushbu holatda qo‘llashimizning saba-bi, birinchidan, bular tildagi lingvistik-ekstralingvistik hodi-salar (A.Hojiyev) dixotomiyasiga mos keladi, ikkinchidan, keyingi davrlar jahon filologiyasida poetik figuralarni xud-di shu tarzda farqlab guruhlash nazariyasi yuzaga keldi (L.Krupchanov) (ta’kid bizniki – A.T.) ham xilma-xil daraja va ko‘lamni tashkil etadi.

Ayni mulohazani buyuk so‘z san’atkori Navoiy asar-lari tili va uslubiga nisbatan ham qo‘llash mumkin, albat-ta. Uning boy ijodiy merosida til birliklari turli miqdor va ko‘lamni tashkil etgani holda, o‘z zamondoshlari va tabi-iyki, zamonaviy tilimiz asosida asar yaratgan adiblar ijod namunalaridan keskin farq qiladi. Bunda ayrim poetik figu-ralarning qo‘llanish darajasi katta farq qilmasligini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, inversiya usuli mumtoz yoki zamonaviy she’riyat uchun bir xilda qo‘llaniladiki, buni davr nuqtayi nazaridan farqlanuvchi badiiy asarlar yagona asosga egaligi, ya’ni har ikkalasi ham bitta tilda yaratilgani bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday fikrlarni yana bir muhim va keng qo‘llanuvchi stilistik figura – enjambeman (anjambemen – fikriy ko‘chuv) hodisasiga nisbatan ham bildirish mumkin.

Stilistik figuralardan biri, aksariyat hollarda yonma-yon baholanuvchi asindeton (bo‘g‘lovchi qo‘llamaslik) va polisindeton (ko‘pbog‘lovchilik) hodisalarining Navoiy asar-larida qo‘llanishiga e’tibor qilganimizda, ikki xil holatga duch keldik va bu, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, normal holat, albatta. Birinchidan, eks-tralingvistik tabiatga ega ushbu stilistik figuralar zamonaviy badiiy asarlarda alohida ifoda vositasi sifatida keng ko‘lamli qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgani holda mumtoz asarlar tilida boshqa badiiy san’at turlarichalik qo‘llanish darajasi-ga ega emas. Ikkinchidan, Alisher Navoiy asarlarida ush-bu stilistik usul zamonaviy she’riy asarlardagi kabi miqyos va ko‘lamni tashkil etmaydi. Biroq, muhimi, qo‘llanilgan har qanday usul, ya’ni sintaktik-stilistik figura adibning ifo-da imkoniyatlarini oshirish, o‘z poetik maqsadini aniqroq, yorqinroq tasvirlashini ta’minlaydi. Bog‘lovchisizlik yoki ko‘pbog‘lovchilikni ham nasriy (ayniqsa, saj’larda), ham she’riy nutqda uchratishimiz mumkin.

…qurt-u­qush­andin­bahramand, dasht vuhushi aning birla xursand, mo‘rlar uyi andin obod, go‘rlar xotiri aning

birla shod. Kabutarlarg‘a andin mastlik, to‘rg‘aylarg‘a an-din noshod hamdastlik...

…alarg‘a­ming­mabohat,­mingta­tegarni­yuzga­olmog‘-din yo‘q bir zarra uyot. (“Mahbub ul-qulub”)

Soching rangi anbarmudur, mushki chinmu?!Labing ta’mi shakarmudur, angabinmu?! Agar asindeton qo‘llash bilan ijodkor she’riy nutqqa

o‘zgacha bir shiddat, jadallik, shu asosda ko‘tarinki-lik bag‘ishlasa, polisindeton qo‘llanishida o‘zgacha bir obraz lilik va joziba ifodalanadi, bunda bog‘lovchilarni u yoki bu turdagi til hodisalari bilan bog‘liq holda qo‘llash kuchli ta’kid, diqqatni bir obyektga tortish, turli til birlikla-rini aynan bog‘lovchi vositasida qayta-qayta qo‘llashdan inson xotirasiga muayyan mantiqiy mazmunni singdirish nazarda tutiladi.

Agarchi­Ganjada­oromi­oningVale ganj uzra doim gomi oning. (“Farhod va Shirin”)Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,Gar meni o‘ltur, agar tirguzki, jonim sen mening.Keltirilgan misralar aynan yuqorida ko‘rib o‘tganimiz

asindeton va polisindeton poetik (stilistik) figuralarining ta’rifiga mos kelgani holda til birliklarini mahorat bilan qo‘llash qanchalik betakror misralar, baytlar yoinki asarlar yaratish mumkinligidan dalolat berib turibdi.

Maqolamizni yuqorida aytganimiz film qahramo-ni Kyorns haqidagi mulohazalardan boshlagan edik. Fikrlarimiz xulosasi sifatida ushbularni qo‘shimcha qilsak, maqsadga muvofiq bo‘lar. Birinchidan, o‘sha kinoasar-ni ko‘pchilik ko‘rgan: bu, shubhasiz, ammo har qanday san’at asaridan hamma o‘ziga keragini ajratib oladi, biz aynan ushbu film va uning qahramoni muvaffaqiyatini aynan uning adabiyotga murojaat qilganligida, deb bil-dik. Ikkinchidan, aynan ushbu filmga murojaat qilgani-mizning sababi, asar ijodkorlari badiiy asarni o‘qish bilan inson oddiy hayot tarzida odatiy turmush ikir-chikirlari-dan qanchalik yuqori turishini, o‘rni bilan o‘z fikrini qan-chalar aniq va dadil ifodalay olishi mumkinligini ta’kidlab ko‘rsatganlar. Uchinchidan, eng muhimi, adabiyotning, so‘z qudratining, tilning ta’sirchanligi bu qadar oddiy va shu bilan birga yuksak darajada ifodalanmagan, nazari-mizda. To‘rtinchidan, bizning tilimiz va adabiyotimiz tarixini o‘rganishda Navoiydek buyuk so‘z san’atkorlaridan tilning ifoda imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini yanada izchil o‘rganish va o‘z navbatida, buni o‘quvchi yoshlarga yetkaza bilishimiz o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar1. Винокур Г.О. О языке художественной литературы. – Москва, 1991; Якобсон Р.О. Поэзия грамматики и грамматика поэзии // Семиотика.

– Москва, 1983; Якобсон Р.О. Лингвистика и поэтика // Структурализм: за и против. – Москва, 1975; Ефимов А.И. Стилистика художественной речи. – Мoсква, 1961.

2. Григорьев В.П. Грамматика идиостиля. – Москва: Наука, 1983.3. A.Nurmonov. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent, 2001.4. R.R.Sayfullayeva, B.R.Mengliyev. Hozirigi o‘zbek adabiy tili. – Tоshkent, 2010.5. H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent, 1987; R.Safarova. O‘zbek tilida giponimiya. NDA – Tоshkent, 1995;

B.Qilichev. O‘zbek tilida partonimiya.NDA – T.,1997.6. E.Qilichev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (konspektiv kurs). – Buxoro, 2005.7. A.Hojiyev. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. – Tоshkent, 1985 (qayta nashri – 2001); I.Yo‘ldoshev, va boshq; Tilshunoslik asoslari. – Tоshkent, TDPU,

2013.8. Литературный энциклопедический словарь. – Москва, 1987.9. F.Salayev. G.Qurboniyozov. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. – Tоshkent, 2010.10. Введение в литературоведение / под ред. Л.М.Крупчанова. – Москва, 2005.11. T.Boboyev, Z.Boboyeva. Badiiy san’atlar. – Toshkent, 2001.12. Б.Саримсоқов. Алишер Навоий поэтик синтаксисидаги бир усул ҳақида // “ЎТА”, 2001. №2; Шукуров Р. Синтактик параллелизмнинг услубий

вазифалари // “ЎТА”, 2004. №4; А.Туйчиев. Поэтик синтаксисни ўрганиш муаммолари // “ЎТА”, 2006. 5-son; А.Туйчиев. Поэтик синтаксиснинг асосий бирликлари // “ЎТА” , 2007. 2-son.

13. Алишер Навоий. Қаро кўзим, Шеърий тўплам. – Тошкент, 1988; Танланган асарлар. 10 томлик. – Тошкент, 2012.

Page 31: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 31Navbatchi

Tahlil

Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsning ruhiy holatini tasvir-lashda o‘ziga xos mahorat bilan yondashadi, tasvirda shaxsning ruhiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ichki olamini mohirlik bilan ochib beradi. «Boburnoma»ning Hindis-ton tasviriga bag‘ishlangan o‘rin-larida, xususan, jang va kurash maydonlari tasvirida Boburning xarakter xususiyatlari, ichki olami va ruhiy o‘zgarishlarini ifodalov-chi lavhalarga ko‘p duch kelamiz. Asarda muallif tarixiy, esdalik asar uslubidan chekinib, badiiy asar

yaratayotgan adibga aylanadi, go‘yo. Lirik shoir tasvirlarda vo-qea-hodisalarni badiiy ifodalashga harakat qiladi.

«Boburnoma»da muallifning tarixiy shaxslar – bek va a’yonlar, sarkardalar, oddiy askarlar haqida g‘oliblik nashidasi ta’sirida yozilgan badiiy tasvirlarga boy satr larini uchratamiz. Jumladan, dushman ustidan g‘olib kelish asnosidagi tasvirini berib, «…yana­ ba’zi­ yigitlar­ yog‘iyning­ harbu­ zarbidin­ hech­parvo­ qilmay,­ o‘q­ bila­ toshini­ zarra­ ko‘zga­ ilmay,­ qo‘rg‘on­teshmak bila buzmoq qa mashg‘ul va mash’uf edilar», «o‘shal zamon­ g‘ul­ kishisi­ ham­ shotudin­ qal’ag‘a­ chiqtilar»,­ «Yi­git-yalang ulcha imkoni jid va ehtimom edi, zohir ettilar va baho-dirliq oti va neknom hosil ayladilar», – deb jang maydonining shiddati, lashkar kayfiyati, askarlarning ruhiy holatini tasvir-laydi.

Hindistondagi g‘alaba Boburga shon-shuhrat kelti rishi tabiiy hol edi. Bu g‘oliblikni saqlab qolish uchun u shiddat bilan ish ko‘radi – Hind diyorini mayda rojalik, kichik feodal-lar davlatidan mustaqil va mustahkam davlatga aylantiradi. Hindistonning birinchi Prezidenti Javoharla’l Neru «Hindiston-ning kashf etilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Boburning Hindiston tari xida tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab: «Bobur­shu­paytgacha­o‘tgan­madaniyatli­va­jozibador­inson-lar­orasida­eng­yetuklaridan­biri­edi.­U­mazhabparastlik­kabi­cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi»1, – deydi.

«Boburnoma»da Boburning hindistonlik raqiblarini o‘ziga bo‘ysundirishi, mag‘lubligini isbot etishining o‘ziga xos badi-iy tasviri berilgan. Bir o‘rinda Bobur G‘ozixon ismli hind lash-karboshisini tasvirlar ekan, uning ichki ola mi, ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishni mag‘lub lashkarboshi bilan muloqotida akslantiradi. Bobur G‘ozi xonning ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tasvirlashda so‘z va iboralarni tanlab ishlatadi: «Buyurdum-kim, o‘shal ikki qilichkim, bizning bila urushur uchun belga bog‘lab edi, bo‘ynig‘a ostilar. Mundoq rustoyi va loda mar-dak bo‘lg‘aymukin, ishi bu yerga yetib, hanuz taallul qiladur. Ilgarrak kelturdilar. Buyurdumkim, qilichlarni bo‘ynidin oldi-lar. Ko‘rushur vaqt yukunmakta ta’xir qiladur. Buyurdumkim, oyog‘ini tortib yukundurdilar. Ilgari o‘lturg‘uzub, bir hindus-toniyni­ bilur­ kishiga­ buyurdumkim:­ Bu­ so‘zlarni­ biror-biror­anga­ xotir­ nishon­ qila­ aytkil.­ …O‘zung­ni­ va­ o‘g‘lonlaringni,­bulujlarning darbadarliqlaridin qutqordim. Xaylxonalaringizni va haramlaringizni Ibrohimning bandaxonasidin xalos qildim. Uch kurur Totor xonning viloyatini sanga inoyat qildim. Sening

haqqingda yomon bordimmukim, to‘shung bila belingga ikki qilich bog‘lab, cherik tortib, bizning viloyatlarning ustiga kelib, mundoq­sho‘r­va­fitna­solursen.

­ Qari­ mabhut­ mardak­ bir-ikki­ so‘z­ og‘zida-o‘q­ puypadi,­so‘zlay­olmadi».­(188-bet)­

Ushbu matnda Bobur o‘zaro suhbat ta’sirini oshirish maq-sadida G‘ozixonning ruhiy holatini tasvirlash va unga badiiy sayqal berish uchun ­ «…qari­ mabhut­ mardak­ bir-ikki­ so‘z­og‘zida-o‘q­ puypadi,­ so‘zlay­ olmadi»,­– deydi. Bu o‘rinda u G‘ozixonga aytgan ta’sirli, kishiga qattiq tegadigan so‘zlarni «muskat» so‘zi bilan umumiy tarzda ifodalaydiki, bu so‘z ach-chiq, hazm qilib bo‘lmaydigan ma’noda kelib, mag‘lub G‘ozix-onning holati, ruhiyati va nochor ahvolda qolganini ifodalab kelgan.

Bobur Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘diy bilan jangga ki-rar ekan, Panipat shahri uchun bo‘lgan urush oldidan ancha haya jonga tushgani, noma’lum shaharni o‘zi ta’kidlaganidek, «…vatandin­ikki-uch­oychiliq­yo‘l­kelilib­edi.­G‘arib­qavme­bila­elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur edik, ne alar bizning tilimizni», – deb ma’lum darajada vahimaga tush-ganini yozadi. Shunday sharoitda Bobur vazminlik bilan bir qarorga kelish va sharoitni obyektiv baholay olish qobiliyatini ishga solib vaziyatni o‘nglab oladi. Boburning shiddati qisqa muddatda o‘zini tutib olishiga, to‘g‘ri qarorga kelishiga sabab bo‘ladi. «G‘arib qavme» bilan bir muhitda yashashga majbur-ligi Bobur ko‘ngliga g‘ulg‘ula solsa-da, mag‘rur holda shunday xulosaga keladi: «Cherik eli ba’zi xeyli mutaraddid va muta-vahhim edilar. Taraddud va tavahhum betaqribdur. Nekim azalda Tengri taqdir qilibtur, andin o‘zga bo‘lmas. Agarchi alarni­ham­ayb­qilib­bo‘lmas,­haq­alar­ jonibi­edi.­Ne­uchun-kim,­ vatandin­ ikki-uch­oychiliq­ yo‘l­ kelilib­ edi.­G‘arib­qavme­bila elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur eduk, ne alar bizning tilimizni».(192-bet)

«Boburnoma»da Bobur bilan Ibrohim Lo‘diyning yakka-ma-yakka uchrashuvi jang maydonida bo‘lib o‘tadi, bu lash-karboshilar faqat bir marta kurash maydonida yuzma-yuz duch keladilar. Bobur Ibrohim Lo‘diyning ruhiy holatini jonli, hayotiy tasvirlaydi. Mag‘lubiyatini his etgan Hind sultoni jang maydonida Boburning qorasi ko‘rinishi bilanoq, sarosimaga tushadi, o‘z harakatini nazorat qilolmay qoladi. Jang may-donidagi mag‘lublikni his etayotgan Ibrohimning ichki olamini shunday tasvirlaydi: «Sulton Ibrohimning qorasi yiroqtinkim, ko‘rundi,­ hech­ yerda­ darang­ qilmay,­ tez-o‘q­ keladur­ edi.­ Il-garrak kela bizning qoramizkim, alarg‘a ko‘rundi, bu tartib va yasolnikim,­mulohaza­qildilar,­hasr­bo‘lub,­ turay-turmay,­ke-lay-kelmay­degandek­qilib,­ne­tura­oldi,­ne­burung‘idek­beda-rang kela oldi».(193-bet)

Jang maydonidagi tasvirlardan Boburning shiddatini, jang maydonini boshqarib turuvchi g‘olib sarkardani ko‘ramiz. Sulton Ibrohimning xayolidan nima o‘tgani Boburga ma’lum emas, ammo «turay-turmay,­ kelay-kelmay­ degandek­ qilib»,­«ne tura oldi», «ne burung‘idek bedarang kela oldi», degan satrlar orqali raqibining avval bezovta bo‘lgani, keyin voqea shiddatli tus olib, dina mizm oshgani sari Hind lashkarboshi-sining harakatida sarosimalik, jang maydonini aniq tasavvur qilolmaslik, raqibining vahimasi bosganini «Boburnoma»ning zukko o‘quvchisi darhol anglay oladi. Chunki, Sulton Ibrohim

Isroil SULAYMONOV, filologiya fanlari nomzodi

«BOBURNOMA»DA G‘OLIBLIK VA MAG‘LUBLIK HOLATI TASVIRI

Page 32: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

32 e-mail: [email protected]

1Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent: Sharq. 2002. 7-bet. (Keyingi o‘rinlarda keltiriladigan misollar shu nashrdan olinganda sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi.)2N.G‘.Nizomiddinov. Buyuk boburiylar tarixi (XVI–XIX asr). Monografiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 107-bet.

harakatidagi bu o‘zgarishlar, tashvish va iztirobli holatlar mu-allif tomonidan yuksak badiiyat bilan ifodalangan.

«Boburnoma»da muallifning Ibrohim Lo‘diy ustidan g‘ala-ba qozongandan keyingi faxriya tarzida bayon qilingan «ichki nutqi» mavjud bo‘lib, unda Boburning erishgan jamiki shon-sharaf va g‘olibligi Yaratganning inoyati bilan ekani aytiladi: «...­ Behradin­ Bahorg‘acha­ afg‘on­ tasarrufida­ edi,­ podshohi­Sulton Ibrohim edi. Viloyat hisobi bila besh lak cheriki bo‘lmoq kerak edi. Ul fursatta yurub, umarosi muxolafat maqomida edilar. ...Sulton Ibrohimdek qalin cheriklik va vase mulkluk podshoh­bila­ro‘baro‘­bo‘lduk.­Tavakkulimizga­yarasha­Tengri­taolo­ranj­va­mashaqqatimizni­zoye­qilmay,­mundoq­zo‘r­g‘a-nimni mag‘lub qilib, Hindustondek keng mamlakatni maftuh ayladi. Bu davlatni o‘zumizning zo‘r va quvvatidin ko‘rmasbiz, balki Tengrining mahzi lutf va shafqatidindur va bu saodatni o‘zumuzning sa’y va himmatidin bilmasbiz, balki Tengrining ayni karam va inoyatidindur». (195-bet)

Bu o‘rinda, garchi Bobur kamtarlik bilan, komil musulmon sifatida barcha g‘alabalarining bosh sababchisi Alloh ekani-ni qayta-qayta takrorlasa ham, uning o‘zida g‘oliblikka azm, shijoat va g‘ayrat bo‘lmaganda edi, murodiga yetishi mushkul bo‘lardi. Boburning bu qaydlaridan qalbida Allohga yuksak e’tiqod borligi, shu e’tiqod tufayli maqsadga erishish baxti na-sib etganini ko‘rish mumkin.

«Boburnoma»da hind askarlarining orasida Bobur tomoni-dan tasvirlangan haqiqiy fidoiylar ham borki, ular o‘z yurtini yovdan mardonavor himoya qilgan. Shu bilan birga, Bobur lashkarlari orasida vahimaga tushadigan, dushman harbiy kuchini aslidan ko‘p, deb gap tarqatadiganlari ham bo‘lgan. Bobur bu kabi jangchilariga nisbatan shafqatsiz munosabat-da bo‘lgan, jang maydonida ruhiy tetiklikni saqlash, dushman hiylasiga berilmaslik borasida jiddiy ish olib borgan: «Qorovul-liqqa borg‘onlar xabar yetkura olmaslar, balki qo‘rg‘ong‘a ham kira­olmaslar.­Qo‘rg‘on­eli­qo‘rg‘ondin­yiroqroq­va­besurparoq­chiqarlar. Yog‘iy zo‘rroq kelib, bularni durbatur. Sangarxon jan-juha anda shahid bo‘ldi.

Bu­g‘avg‘oda­Kattabek­jibasiz-o‘q­chopib­chiqar.­Bir­kofirni­yayoqlatib olur mahalda Kattabekning bir navkarining qilichini olib,­Kattabekning­kitfig‘a-o‘q­chopar.­G‘alaba­tashvishlar­tort-ti. Rono Sangoning g‘azosida kela olmadi. Necha mahaldin so‘ng yaxshiroq bo‘ldi. Vale ma’yubroq bo‘lubtur. Qisimtoy va Shoh Mansur barlos va har kimki, Bayanadin keldi, bilmon qo‘rqqonlarimu­ edi,­ yo­ elni­ qo‘rqutqonlarimu­ edi?­ Kofirning­cherikini­ jald­ va­ jarrorliq­ bila­ asru­ ko‘p­ sitoyish­ va­ ta’rif­ qil-dilar». (219-bet)

Bobur bu yerda lashkarlarining ruhiy holatiga alohida e’ti-bor berib, bu tushkunlikni bartaraf etish uchun kurashganini bayon etish bilan birga, askarning ichki dun yosi, ruhiy kechin-malari haqida ham ma’lumot bermoqda. Albatta, uning o‘zi ta’kidlaganidek, lashkarga ham oson emasdi. Begona yurt, noqulay ob-havo, o‘zga tilli kishilar askarlarning ruhiy holati-ga ta’sir etmasdan qolmasdi. Shunga qaramasdan, Bobur-ning rostba yonligi ustun kelib muxolifat askarining payt poylab, «Kattabekning bir navkarining qilichini olib» Bobur ning layo-qatli bekiga zarba berishi, uni muhim jangdan quruq qoldirgani-ni yozar ekan, mazkur voqeaga badiiy tus berib, raqib askari-ning shijoatini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan asarning shu o‘rnida lashkarlarining dushman qo‘shinlarini aslidan ko‘p deb gap tarqatgan, lashkar orasida vahima ko‘tarishga harakat qilgan safdoshlarining kamchiligini ham ochib beradiki, bu mu-

allifning asarda rostbayonlikni shior qilganining yana bir isbot-idir.

Boburning Hindistondagi faoliyatida, asosan, uning g‘olib-lik davri ko‘zga tashlanadi. Amir Temur tasarrufiga kirgan yer-larga egalik qilish, buyuk bobosi saltanatini qaytadan tiklash asl maqsadi bo‘lgan Bobur butun harbiy salohiyatini ana shu maq sadga sarflaydi, bu yo‘lda to‘g‘anoq bo‘lgan raqiblariga, hatto temuriy shahzodalarga qarshi ayovsiz kurash olib boradi. Hindistonda Chanderiy viloyati uchun olib borilgan jang tasviri «Boburnoma»dagi eng jonli, realistik lahzalardan iborat bo‘lib, muallifning yuksak badiiy mahorati namoyon bo‘lgan. Hind xalqining o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati, sodiqligi, bu yo‘lda hech narsadan qaytmasligi mahorat bilan tasvirlangan. Bunday epizodlar asarda anchagina bo‘lib, Boburning tarixiy voqealar-ni qanday bo‘lsa, boricha aks ettirishi, e’tiqodiga sodiq qolishi, ayrim tasvirlar uning jang maydonidagi missiyasiga ma’lum da-rajada zid bo‘lsa ham, dushmanning ruhiy tetikligi, tug‘ilgan yur-tiga muhabbati bois Bobur lashkarlariga asir tushgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rishlarini ro‘y-rost yozishi katta jasorat namuna-si. Ular «Boburnoma»ning shuhratini yanada oshirgan, muallif-ning badiiy mahoratini yaqqol ko‘rsatgan.

Parchada Boburning raqib bo‘lgan hindlarning ruhiy hola-ti, jang maydonidagi murakkab sharoitda o‘zlarini tuta bilish-lari, o‘limga mardonavor borishlari, ayollari, farzandlarini g‘olib dushman qo‘liga asir tushishidan ixtiyoriy o‘limni afzal ko‘rganliklari juda jonli, hayotiy ifodasini topgan. Ushbu satr-lar Boburning shu lahzadagi g‘alabasini ko‘rsatishi bilan birga ma’naviy g‘oliblik hind xalqi tomonida ekanini anglatadi.

Bu tasvirlar go‘yo tarixiy asarni emas, yuksak badiiy nasr namunasini ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi. Muallif hind lash-karlarining ruhiy holatini, o‘limga tik boqib, uni qahramon-larcha qabul qilib, ruhiyatlarida hech qanday o‘zgarish zo-hir bo‘lmaganini «oldururlarini jazm qilib, xotunlarini tamom chopqulab,­ o‘lturub,­ o‘zlariga­ o‘lumni­ ko‘rub,­ yalang‘och­bo‘lub, urushqa kirmishlar», degan jumlalar orqali tasvirlaydi. Asarda hind lashkarining ruhiy holati, ichki kechinmalari ham o‘z hayotiy ifodasini topgan: «Andak­ fursattin­ so‘ngra­ kofir-lar­tamom­yalang‘och­bo‘lub­kelib,­urusha­kirishtilar.­G‘alaba­elni­qochurub,­ fasildin­uchurdilar.­Bir­necha­kishini­ chopqu-lab, zoye qildilar. Fasilning ustidin bot borg‘onlarining jihati bu ekandurkim, oldururlarini jazm qilib, xotunlarini tamom chopqulab,­ o‘lturtub,­ o‘zlariga­ o‘lumni­ ko‘rub,­ yalang‘och­bo‘lub,­urushqa­kelmishlar.­Oxir­ tush-tushdin­ zo‘r­ qilib,­ fasil­ustidan­qochurdilar.­ Ikki­ yuz-uch­ yuz­ kofir­Mediniy­Ravning­havolisig‘a­ kirdi.­ Ushbu­ havolida­ aksar­ o‘zlari­ bir-birlarini­o‘lturubtur. Andoqkim, birisi bir qilichni olib turubtur, o‘zgalari birar-birar­ rag‘bat­bila­bo‘yunlarini­ uzotib­ turubtur.­Aksar­bu­dastur bila do‘zaxqa bordi». (235-bet)

Bobur yuqoridagi matnda hindlarning vatanparvarligi-ni ko‘rsatish uchun ularning «rag‘bat» bilan o‘limni qarshi lishlarini tasvirlaydi. Har bir so‘z oldin kelgan so‘zning ta’sir kuchini oshirib, jang dahshatini o‘quvchiga real hayotda sodir bo‘lganidek ta’sirli va ishonarli ifodalab bermoqda.

Xullas, «Ona yeridan ta’qib ostida ajrab, Hind yerida qo‘nim­ topgan­Bobur­ ijodiga­ ko‘chgan­ ruhiy­ kechinmalarida­davrning beshafqat qonunlari o‘z kuchida qolaverdi. Balki xuddi shu sabablardandir, Bobur boshida toji, ostida tax-ti bo‘la turib «noraso dunyo», adolatsiz «taqdiri azal»ning nayranglari-yu­ jamiyatning­noshudliklariga­befarq­qarolmay,­u­ham­hamma­taraqqiyparvar­ijodkorlar­singari­o‘z­zamoniga­sig‘madi»2.

Page 33: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 33Navbatchi

Tadqiqotlar

Tilshunoslikda ko‘chirma gaplar “o‘zga gap” tushuncha-si ostida qaraluvchi gap ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. So‘zlovchi yoki yozuvchining ko‘chirma gapni qo‘llashdan ko‘zlagan kommunikativ maqsadi o‘zganing nutqini bosh-qa bir kishiga shakli va mazmunini o‘zgartirmay yetkazish bo‘lib, o‘zganing nutqi o‘z ifoda uslubi, ohangi, nutq obyektiga bo‘lgan munosabatini saqlab qoladi.

Ko‘chirma gaplarga o‘zbek, rus va boshqa tilshunosliklar-da berilgan ta’riflarning deyarli barchasida “nutqda o‘zganing o‘zgartirishsiz berilgan gapi” tarzidagi qoida ustuvorlik qiladi. Masalan, o‘zbek tilshunosligida: “lug‘aviy va grammatik xu-susiyatlari o‘zgartirilmay, aynan o‘zicha berilgan o‘zganing gapi”1, “o‘zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyat-lari saqlangan holda mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatiluvchi gap”2, deyilsa, rus tilshunosligida “so‘zma-so‘z yetkazilgan nutq”3, “bevosita predmetlik ma’nosiga ega bo‘lgan, ammo muallif gapi bilan bir qatorda turmaydigan, undan ma’lum darajada uzoqlikda turadigan nutq”4, “max-sus so‘zlar” yordamida ma’nosi va tuzilishi o‘zgartirilmagan holda muallif matniga kiritilgan va so‘zlashuv fakti sifatida belgilanuv chi, o‘zga nutq kimga tegishli ekanligi, shuningdek, (fakultativ) nutqning kimga qaratilganligi va sharoit xarakteri haqida ma’lumot beruvchi o‘zga nutq”5 kabi ko‘rinishlarda ta’riflanadi. Tatar tilshunosligida esa “birovning nutqi hech qan day o‘zga rishsiz beriladigan o‘zga gap turi”6 ko‘chirma gap sanaladi. Fransuz tilshunosi J.Maruzoning lug‘atida “bi-rov tomonidan aytilgan jumlaning original shaklini saqlagan holda tiklash” tarzida ta’riflangan.7

Ko‘rib turganimizdek, ta’riflarning barchasida deyarli bir xil mazmun ifodalangan. Albatta, mazkur ta’riflar, asosan, grammatik talqin zaminida yuzaga kelgan. Ularda kommu-nikativ-pragmatik mohiyat aytarli inobatga olingan emas.

Muammoga kommunikativ-pragmatik jihatdan yondashil-ganda o‘zga gap ifodasining yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘l-mish ko‘chirma gapda subyektlarning faollik darajasi kuchli bo‘lishi, ya’ni ko‘chirma gapda uni so‘zlovchi subyekt – perso-naj muallif bilan bir qatorda nutq jarayonida bevosita ishtirok etishi ayon bo‘ladi.

Bu o‘rinda endi ko‘chirma gap va muallif gapi o‘rtasidagi munosabat masalasiga aniqlik kiritish zaruriyati kelib chiqadi, chunki ayrim tadqiqotchilar, masalan, A.Abdullayev, avvalroq ko‘rib o‘tilganiday, ko‘chirma gapning muallif gapiga bog‘liqli-gi, hatto ko‘chirma gapning mustaqil emasligini ta’kidlashga harakat qiladi. Bu fikrga aslo qo‘shilib bo‘lmaydi. Uslubshunos I.V.Arnold ham “ko‘chirma gapning muallif gapidan keyin ham, oldin ham yoki uning orasida ham kelishi mumkin ekanligi,

Shohida SIDDIQOVA,Jizzax davlat pedagogika

instituti o‘qituvchisi

KO‘CHIRMA GAP VA UNING KOMMUNIKATIV-SINTAKTIK XUSUSIYATI XUSUSIDA

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zga­ko‘chirma­gap­va­uning­kommu-nikativ-sintaktik­xususiyatlari­haqida­fikr­yuritiladi.

Kalit so‘zlar: o‘zga­gap,­ko‘chirma­gap,­muallif­ gapi,­ nutq­ obyekti,­ nutqiy­muloqot.

Аннотация: В­статье­говорит-ся­о­прямой­речи­как­одной­из­форм­передачи­чужой­речи­и­ее­коммуника-тивно-синтаксических­свойствах.

Ключевые слова: чужая­ речь,­прямая­речь,­слова­автора,­объект­речи,­речевое­общение.

Annotation: This article deals with one­of­the­types­of­direct­speech­and­its­communicative-syntactic­features.

Key words: direct­speech,­ indirect­speech,­ author’s­ speech,­ speech,­ ob-ject oral conversation.

ammo hamisha mustaqil gap bo‘lishi”ni alohida ta’kidlaydi. O‘zbek tili materiallari ham bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Ko‘chirma gapning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi birin-chi va ikkinchi shaxs olmoshlari, fe’llar, undov so‘zlar, modal-lik ifodalari, buyruq mayli shakllari kabi bir qator lisoniy va nolisoniy vositalar ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratib, ularni o‘zaro farqlash imkonini beradi. Tilimizda muallif gapi, asosan, uchinchi shaxs (ba’zan birinchi shaxs) orqali ifodala-nadi. Muallif gapida asosiy e’tibor muallif yoki personajning nutq sharoitidagi holati, xatti-harakatini ko‘rsatishga qarati-ladi. Bu esa, o‘z navbatida, muallifning ko‘chirma gap maz-muniga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. So‘zlashuv jara-yoni yoki matnda o‘zga nutqining ham bo‘lishi tabiiy, albatta. Ifodalanayotgan fikrlarning ko‘chirma gap tarzida berilishi gaplarning boshqa gap turlaridan ajralib turadigan va o‘ziga xosligini ta’minlaydigan asosiy belgi hisoblanadi. Shuning uchun ko‘chirma gapga ta’rif berishda og‘zaki va yozma nutq-da qo‘llanilgan o‘zgalar gapini asl holida yetkazish, uning leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini saqlash e’tibor-ga olinadi.

Ta’kidlash joizki, ko‘chirma gapning muallif gapi bilan alo-qadorligi, ularning o‘zaro munosabatda ekanligi va bu muno-sabatning kommunikativ-pragmatik jihatdan juda ham zich ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, muallif gapi ko‘chirma gap-ga aynan kommunikativ-pragmatik jihatdan aniqlik kiritadi. Ammo ko‘chirma gapning mustaqilligidan ham tamoman ko‘z yumish imkoni yo‘q.

Ko‘chirma gapning mustaqilligini dalillaydigan omillar an-cha-muncha. Ulardan biri, masalan, matnda ko‘chirma gap sifatida sodda, qo‘shma va murakkab qo‘shma gaplarning ke-lishi, hatto bir necha gaplar – matnlarning ham ko‘chirma gap maqomida bo‘lish holatining mavjudligi. Tilimizdagi konkret faktik materiallar bunga dalil bo‘la oladi.

Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplarning sodda gaplar shaklida ekanligini ko‘rish mumkin:

U o‘rinlarni yig‘ishtirib, nonushta joylarini tayyorlab bo‘lgan-dan so‘ng o‘choqboshida choynaklarga choy tashlarkan:

–­ Otamdan­ darak­ yo‘q-ku?­ –­ deb­ so‘radi­ onasidan. (Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)

Shu uchun Salti: – Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi. (Cho‘lpon,

“Kecha va kunduz”)– Eshon bobom sizdan dilgir emishlar, – deydi bir kun

Qurvonbibi­so‘figa.­(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplar tuzilish jihatidan

qo‘shma gaplar shaklida:

Page 34: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

34 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Shamol­yana­epkin­urganida,­saksonlarni­qoralab­qolgan­karvonboshi chol nevarasiga uzoqlarda qimir etmay turib qol-gan bulutlarni ko‘rsatib:

– O‘sha yerda tog‘lar bor, bolam, – dedi. – Bulutlar cho‘qqilardan o‘ta olmay turib qoldi, endi yomg‘irlarini o‘sha yoqqa to‘kadi. Tangri nimani xohlasa, o‘sha bo‘ladi. (Isajon Sulton, “Boqiy darbadar”)

– Sen o‘zing dunyoda nima istashingni bilmasang, men bechora banda qayerdan ham bilayin, – deb javob bergan Avliyo. (Isajon Sulton, “Boqiy darbadar”)

Quyidagi misolda esa matn parchasi ko‘chirma gap sifa-tida kelgan:

Ammo­“oqsoqol”­yana­eski­gapni­boshladi:– Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deb shuni aytadi-

lar-da.­Oybeg-u­G‘afur­G‘ulomlarning­bittasi­Abdulla­Qahhor­aka o‘zimizga hamqishloq. U kishining hamma kitoblarini mazza­qilib­o‘qiganman.­G‘upra­qizning­gapida­picha­jon­bor.­Hamqishlog‘imizning kitoblarini o‘qigan odamning yashagisi kelaveradi.­ Bir­ kuni­ kelib­ men­ ham­ o‘laman-ku,­ degan­ o‘y­kallasiga kelmaydi. «Ming bir jon» degan asarini o‘qiganmi-siz?­ O‘qimagan­ bo‘lsanglar,­ albatta,­ topib­ o‘qinglar. (Said Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)

Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Ko‘chirma gap sifatida har qanday sintaktik hajmdagi nutqiy birlik – gap ham, matn ham kelaverishi mumkin, ammo ularning mustaqil emasligi haqida gapirib bo‘lmaydi.

Kommunikativ sintaksisda farqlanadigan gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari ko‘chirma gaplarda ham to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Masalan, quyidagi misollardagi ko‘chirma gaplar darak gaplardan iborat:

–­ Topgan-tutganimning­ hammasini­ shunga­ yaratdim,­ –­dedi aya, batareyalarni xuddi nevarasining boshini silagan-day­ mehr­ bilan­ silab,­ –­ AGV­ degan­ pechkasi­ bo‘lar­ ekan. (O.Yoqubov, “Billur qandillar”)

Ertalabga yaqin ko‘zi ilingan ekan, o‘g‘li uyg‘otdi:– Dada, nonushta tayyorladim. (Tohir Malik, “Falak”)– Otabek yurgan yo‘l manavi tog‘lar orasida, – deyman

ularga. – U yo‘ldan yo otda, yo eshak minib o‘tish mumkin. Biz­ Kumushbibi­ ota-onalari­ bilan­ aravada­ Toshkentga­ bor-gan­yo‘lni­yoqalab­kelyapmiz. (Said Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)

Quyidagi misollardagi ko‘chirma gaplar esa so‘roq gaplar-dan iborat:

Hikmatillo­gapni­chalg‘itish­uchun:– Kenjatoyingiz qani? – deb so‘radi. – Yordam bersa

bo‘lmasmidi? (O.Yoqubov, “Billur qandillar”) Keyin telefon go‘shagini joyi ga ila turib, dedi:– Sizni biror kishi kutib olishi kerakmidi? (Tohir Malik,

“Falak”)Bir­zumdan­keyin­choyxonachi­patnisda­chiroyli­qilib­karj-

langan qovun, bir qo‘lida obdastada iliq suv olib chiqdi. – Qovunni kim so‘ydi? – deb so‘radim undan. (Said

Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)

Buyruq gaplardan iborat ko‘chirma gaplar:Nilufar ko‘z yoshi aralash:–­Tinch­qo‘ying­meni!­–­deb­qo‘lini­tortib­oldi-da,­darvoza-

ga qarab jadallab ketdi. (O.Yoqubov, “Billur qandillar”)– Bo‘ldi, o‘tir joyingga! – dedi “oqsoqol” buyruq ohangida.

(Said Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)Uning­haqiqatan­ham­so‘raydigan­gapi­borligiga­ishondim.­–­Bo‘pti.­Mana­shu­loyqani­to‘play.­Anavi­yerlarni­yuvay.­

Mashina kelsin. Keyin, – dedim. (Sh.Xolmirzayev, “Qumrilar”)Undov gaplardan iborat ko‘chirma gaplar:–­Voy,­inakni­o‘ldirdingiz-e,­beshafqat!­–­deb­yig‘lab­yubor-

di xotini. (Sh.Xolmirzayev, “Omon ovchining o‘limi”)Muxbir­u­yoq-bu­yoqqa­qarab­qiqirlab­kuldi-da:­– Iye, bu siz ajdaholarni yenggan milliy qahramonlarimiz

traditsiyasini­davom­ettirayotgan­kishi­ekansiz-ku,­aka!­Sizni­maqtash kerak ekan! – dedi. (Sh.Xolmirzayev, “Omon ovchi-ning o‘limi”)

Demak, darak, so‘roq, buyruq gaplar, hatto gaplarning emotsionallikka ko‘ra turi bo‘lmish undov gaplar ham ko‘chir-ma gap sifatida qo‘llanaverishi mumkin, bunda biror cheklov yo‘q, har qanday gap turi nutqning kommunikativ birligi sifati-da ko‘chirma gap maqomida kelaveradi.

Albatta, ko‘chirma gap nutqiy muloqot maqsadiga mu-vofiq muallif gapi bilan muayyan bog‘liqlikka ega, ammo bu ko‘chirma gap muallif gapiga tobe, u mustaqil bo‘lolmaydi, de-gan xulosaga olib kelmaydi. Matnda qo‘llanilayotgan muallif gapi va ko‘chirma gaplarni o‘zaro bog‘lash, ularning aloqaga kirishuvini ta’minlashda muallif gapi tarkibida keluvchi fe’llar muhim ahamiyatga ega. Muallif gapi tomonidan aniqlashtiri-luvchi ko‘chirma gaplar ana shu fe’l vositasida muallif gapiga kommunikativ-pragmatik jihatdan bog‘lanadi. Mazkur fe’lning gapda ishtirok etishi ko‘chirma gaplarning o‘ziga xos ohan-gi, yo‘nalishi, tarzini tayin etadi, unda ifodalangan turli mu-nosabat ma’nolari, ularning gap mazmunidan anglashilgan zamonga bo‘lgan munosabatining saqlanib qolishiga zamin yaratadi.

Ko‘chirma gap va muallif gapi hodisasi mutlaqo keyingi davrlarga oid hodisa emas. Akademik G‘.Abdurahmonovning qayd etishicha, “ko‘chirma gap konstruksiyasi qadimdan qo‘llanilib kelinadi. To‘nyuquq yodnomasida bunday konstruk-siyalar 30 foizni tashkil etadi”9. Tatar tilshunosi X.R.Kurbatov bu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlaydi: “Qadimgi yod-gorliklarda o‘zga gap muallif gapisiz uchramaydi. Masalan, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda (V–VIII asrlar), “Nahj ul-farodis”da (XIII–XIV asrlar) va hatto XIX asr oxiri va XX asr boshlari adabiyotida ko‘chirma gap – personajlar replika-lari muallif gapi bilan aloqalorlikda berilgan. Muallifning tur-li ma’lumot beruvchi so‘zlarisiz ko‘chirma gaplar, har holda, bayonda ixchamlikka intilish natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak”10.

Umuman, o‘zbek tilida ko‘chirma gaplar ana shunday bir qator kommunikativ-sintaktik xususiyatlar bilan xarakterlanadi.

1A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarininng izohli lug‘ati. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. 55-bet.

2A.G‘ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987. 240-bet.3Пешковский A.M. Русский синтаксис в научном освещении. – Москва: Языки славянской культуры, 2001. С. 430. 4Бахтин М.М. Человек в мире слова. – Москва: Изд-во Рос. открытого ун иверситета, 1995. С. 85.5Крылова O.A., Максимов Л.Ю., Ширяев E.H. Современный русский язык: Теоретический курс. Ч. IV. Синтаксис.6Современный татарский литературный язык. Синтаксис. – Москва: Наука, 1971. С. 290. Пунктуация. – Москва: Изд-во РУДН,

1997. С. 237.7Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. – Москва: Изд-во иностранной литературы, 1960. С. 251.8G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1973. 114-bet.9Современный татарский литературный язык. Синтаксис. – Москва: Наука, 1971. С. 292.

Page 35: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 35Navbatchi

Tadqiqotlar

O‘zbek onomastikasining joy nomlarini o‘rganuvchi bo‘limi toponimika deyiladi. Toponimlarning oronim-lar, gidronimlar, xoronimlar, astionimlar, komonim-lar, etnonimlar, oykonimlar kabi yo‘nalishlari mavjud. Oykonim termini qadimgi grek tilidan olingan bo‘lib, aholi yashaydigan manzillarning nomini bildiradi va nomlanish xususiyatiga ko‘ra antoropooykonimlar, gidrooykonimlar, orooykonimlar, fitooykonimlar hamda etnooykonimlarga bo‘linadi. Urug‘, qabila, elat, xalq no-midan hosil bo‘lgan oykonimlar esa onomastikada et-nooykonimlar deb ataladi.1

Xususan, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ko‘plab etnooykonimlar o‘rganilganda, ularning ham o‘ziga xos kelib chiqish tarixiga ega ekanligini kuzatish mumkin.

Tarixiy manbalarda, jumladan, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida ham G‘allaorol tumani nomi “Yangiqo‘rg‘on” deb qayd etilgan. Qo‘rg‘on – yer sathi-dan ko‘tarilgan joyda tevaragi devor bilan o‘rab olingan, darvozali qal’a, istehkom ma’nosini anglatadi.2 Taniqli nomshunos olim T.Nafasov yozishicha, qo‘rg‘on qu-rish xalqimizning o‘troq hayotga ko‘chish ma’naviyati, qishloqsozlik va shaharsozlik qadriyatlari bilan bog‘liq. Dastlab atrofi devor bilan o‘ralgan aylana, to‘rtburchak tarzidagi imorat qo‘rg‘on sanalgan, so‘ngra devor ba-land, qalin, mahobatli, bir darvozali qilib qurilgan.3

Jizzax viloyati tarkibiga kiruvchi Yangiqo‘rg‘on tuma-ni hududini shimoldan Nurota tizmasi tarkibiga kiruvchi Qo‘ytosh tog‘lari, sharqdan G‘arbiy Turkiston tog‘lari-ning davomi hisoblangan Morguzar tog‘lari o‘rab tura-di. XX asr boshlarida Y.Oxunboboyev Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, g‘alla ekinlari maydonlarini yanada kengaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda “Men tuma-ningizning lalmikor yerlari bilan tanishdim, bu yerlar

Xolida DAVUROVA, Toshkent soliq kolleji rus tili fani

o‘qituvchisi

JIZZAX VILOYATI HUDUDIDAGI ETNOOYKONIMLAR VA ULARGA XOS SHEVALAR

(G‘allaorol tumani misolida)

Annotatsiya. Maqolada Jizzax viloyati­ G‘allaorol­ tumani­ hududida­yashovchi urug‘larning nomlari, et-nonimlarning­ transonimizatsiya­ jara-yoni tufayli etnooykonimlarga o‘tgan-ligi va ularga xos dialektlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar: etnooykonimlar, she-valar, dialektlar, etnonimlar, urug‘lar.

Аннoтaция. Приведены­ сведе-ния­о­названиях­племен,­живущих­на­территории­ Галляаральского­ рай-она,­ Джизакской­ области,­ а­ также­о­ переходах­ названий­ этнонимов­ в­процессе­трансонимизации­к­этно-ойконимам­ и­ о­ своеобразных­ диа-лектах­данной­территории.

Ключевые слова: этноойкони-мы,­ говоры,­ диалекты,­ этнонимы,­племена.

Annotation. The articlegives infor-mation about the names of the tribes living­in­the­territory­of­Gallaaral­district­of Jizzakh region, and turning of them into ethnoconies by reason of eth-nonyms’­transomization­,­also­typical­to­them dialects.

Key words: ethnoconies,­ speech-es, dialects, ethnonyms, breed (tribe).

aholining asosiy rizq-ro‘zi bo‘lgan bug‘doydan mo‘l hosil olinadigan unumdor joylar ekan. Shu boisdan tumanning lalmikor yerlari haqiqiy g‘alla oroliga aylan-tirilsa va uning nomi ham “G‘allaorol” deb o‘zgartirilsa”4 maqsadga muvofiq bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tadi. 1931-yildan Yangiqo‘rg‘on tumani nomi “G‘allaorol”ga o‘zgartirilib, uning markazi hozirgi G‘allaorol shahriga ko‘chirilgan. Tuman tashkil etilgan vaqtda uning tarkibi-ga Qoraqishloq,­G‘o‘bdin,­Chag‘alak,­Qoratosh,­Baxmal,­Mo‘g‘ol,­Tangatopti,­Yangiqo‘rg‘on,­Korizquduq qishloq kengashlari hududlari kiritilgan.

Obiz etnooykonimi. Qishloq nomi Obiz yoki Abuz shakllarida ham talaffuz qilinadi. Mahalliy xalq qishloq nomini “ob” – suv, “iz” – yo‘l so‘zlaridan tashkil topgan “suv yo‘li” ma’nosini anglatadi, deb hisoblaydi.

Tilshunos olim X.Doniyorov fikriga ko‘ra qo‘ng‘irot va yuz urug‘lari tarkibida obiz urug‘i shakllangan.5

Qoraqalpoqlarning ashamayli va qozoqlarning jetiruv qabilalari bir urug‘i ham abiz deb atalgan.6 Qishloq nomi qishloq aholisining etnik tarkibiga ko‘ra nomlangan.

Beshbola etnooykonimi. Qishloq nomining “besh-bola” (yigit, oila) yoki “besh bo‘la”(xolavachchalar) tashkil qilingan qishloq kabi xalqona izohlari ham bor. Mutaxassislarning fikricha, Beshbola – qovchin kena-gas, qo‘ng‘irot, yuz, qipchoq qabilalari tarkibiga kirgan urug‘ bo‘lgan. Etnonim qishloq nomiga o‘tgan. Qishloq aholining etnik tarkibi inobatga olinib nomlangan.7 Jizzax viloyati Forish tumanida ham shu nomdagi qish-loq mavjud.

Zarafshon vodiysidagi qoraqalpoqlar va sariq qip-choqlar, Farg‘ona qipchoqlari, Surxondaryo turkman juzlari bir urug‘i, Qashqadaryo qatag‘onlari va saroylari tarkibida ham beshbola urug‘i bo‘lgan.

Page 36: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

36 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Beshkal etnooykonimi. Toponimchi olim B.O‘rinboyev beshkal joy nomiga quyidagicha sharh bergan: “Mang‘it urug‘ining bir bo‘limi beshkal deyiladi. Arablarning rabotak urug‘i esa qorason, zambilto‘da, shamil va beshkal shoxobchalariga bo‘linadi. Shu tarzda beshkal etnonimidan qishloq nomi yaratilgan”8. Beshkal nomining xalqona etimologiyasi bo‘yicha qa-dimda ularning ajdodlari Surxondaryoda yashagan. Boshida yarasi bo‘lgan beshta aka-uka kasallikdan qu-tulish maqsadida turli tomonlarga tarqalgan. Beshkal qishlog‘ining hozirgi aholisi uchinchi o‘g‘ilning oltin-chi-yettinchi avlodlari hisoblanadi. Aytishlaricha, ho-zirga qadar aka-uka avlodlari orasida aloqa mavjud. Mang‘it, yuz va o‘zbeklashgan arablarda ham beshkal urug‘i bo‘lgan. G‘allaoroldan tashqari Zomin tumanida ham shu nom bilan ataluvchi qishloq bor.9

Mustaqillikdan keyin mahalliy aholi tomonidan “Beshkal” qishloq nomi “Yangiobod” deb o‘zgartirildi. Aslida joy nomini o‘zgartirish maqbul ish emas, chunki ular ota-bobolardan qolgan qimmatbaho moddiy yod-gorlik, ma’naviy meros, uni asrab-avaylash kerak.

Boylarovul etnooykonimi. Etnonim tarkibidagi “boy” so‘zi ulug‘, qudratli, ulkan, yuksak degan ma’nolar-ni anglatadi. Xususan, tilshunos olim X.Doniyorov to‘plagan ma’lumotlar asosida tuzilgan etnonimlarning umumiy ro‘yxatida boylar va qirq urug‘larining tarkibi-da boylar­ to‘pi borligi aniqlangan.10 Bu qishloq nomi tarkibidagi “boylar” so‘zi mahalliy xalqning mol-dunyo-si, davlati me’yoridan ortiq badavlat kishilar yashaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, bu etnik guruh nomi qishloqni nomlashda belgi vazifasini bajargan xolos. Ovul so‘zi esa qishloq so‘zining sinonimi bo‘lib, unga ma’nodosh hisoblanadi. Shu tarzda urug‘ nomi qishloq nomiga aylangan.

Yettiurug‘ etnooykonimi. Mahalliy aholi lahjasi-da qishloq nomi Jettiurug‘ shaklida talaffuz qilinadi. Yettiurug‘ – o‘zbek qipchoqlar tarkibidagi yirik urug‘lar guruhi. Yettiurug‘ boshqird, qozoq va qirg‘izlar tarkibida ham bor. Yettiurug‘ – oytamg‘ali, qo‘shtamg‘ali, sirg‘ali, qamchili, juvonli, samanotli, cho‘michli urug‘laridan ibo-rat bo‘lib, hozirda o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketgan.11 Urug‘ nomi qishloq nomiga aylangan va etnonimdan oykonim yuzaga kelgan.

Mingqishloq etnooykonimi. Ming urug‘i XV asr oxi-ri – XVI asr boshlarida Dashti Qipchoqdan Jizzax viloya-tining G‘allaorol, Forish va qisman hozirgi Sh.Rashidov tumanlari hududlariga ko‘chib kelishgan.12

Ayrim toponomchi mutaxassislarning fikricha, ming-larni ba’zan “tumon” yoki “mingtumon” deb ham atash-gan. Mingqishloq qariyalarining aytishicha, “ming” atamasi “ko‘p”,­ “ko‘pchilik”, ya’ni minglarning o‘tmish-da boshqa qabilalarga nisbatan ko‘proq bo‘lganliklari uchun shunday nomlashgan. Shuningdek, XIX asrning ikkinchi yarmida Zarafshon okrugidagi ming urug‘ini o‘rgangan A.D.Grebenkin ma’lumotlariga qaraganda, minglar uchta asosiy urug‘ va ular tarkibida bir qancha to‘plardan iborat bo‘lgan:

a) to‘g‘alilar (ahmad, chag‘ir, tunnamoz, oqshiq);b) bolg‘onlar (chibli, qora, mirza); d) uvoqtamg‘alilar (kiyinxo‘ja, chavutjayli, algal, o‘ra-

mas, yarat).

XIX asrning oxiriga kelib ming urug‘i vakillarining ko‘pchiligi o‘troqlashib, dehqonchilik bilan shug‘ul-langan. Keyinchalik ming urug‘i yashaydigan qishloq Mingqishloq deb atalgan.

Nayman etnooykonimi. Jizzax viloyatining Zomin, Yangiobod, Forish tumanlari toponimiyasida ham o‘z aksini topgan qadimiy qabilalardan biri bo‘lgan. Naymanlarning kelib chiqishi juda munozarali. Bir guruh rus olimlari (V.V.Bartold, B.Y.Vladimirsov) naymanlar etnogenezini mo‘g‘ullar bilan bog‘laydilar. Ular nayman so‘zining ma’nosini o‘z fikrlariga dalil sifatida ko‘rsata-dilar, ya’ni “naim” – mo‘g‘ulcha “sakkiz”. Ikkinchi guruh esa (N.A.Aristov, S.A.Amanjolov) naymanlarni turk deb hisoblaydilar.

So‘nggi yillarda yig‘ilgan ma’lumotlar asosida nay-manlar aslida sakkizo‘g‘uz nomli turkiy qabila vakili bo‘lib, mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb atagan-liklari tasdiqlangan. Shu sababli Nayman qishlog‘i nomi nayman urug‘i nomi bilan bevosita bog‘liq.

Yuz qabilasi marqa­bolasi,­xitoy­yuzi,­qarapchi kabi urug‘larga bo‘lingan. Xitoy yuzi urug‘ining nomi talaf-fuzda “xitayuz” bo‘lib qolgan. Xitayuz – xitoyuzi urug‘i vakillari yashaydigan qishloq hisoblanadi.13

Chayonli etnooykonimi. Etnonimning etimologiya-si haqida gap ketganda, turkiy xalqlarning o‘tmishida har bir urug‘, qabilaning o‘ziga xos muqaddas jonivori (totemi) bo‘lganligini inobatga olgan holda mazkur urug‘ vakillarining muqaddas jonivori chayon bo‘lgan. Shu jonivor va uning tug‘dagi tasviri asosida urug‘ nomi kelib chiqqan. Aholisining etnik tarkibiga ko‘ra qishloq nomlangan. Etnonimning ilk shakli chayanli bo‘lsa ke-rak, chunki xalq orasidan yozib olingan 92 bovli o‘zbek eliga tegishli bo‘lgan qabila va urug‘lar orasida chayanli ham qayd qilingan.14

Etnograf olim, akademik K.Shoniyozov qang‘li qa-bilasining kelib chiqishi, tarqalishi va uning urug‘larga bo‘linishi masalasida yirik tadqiqot ishlarini olib bor-gan. Qang‘lilarning Markaziy Osiyo hududiga kelishi X–XI asrlarda yuz bergan. Mo‘g‘uliston va Sharqiy Turkistondan O‘zbekiston hududiga kelib turli viloyat va tumanlarning aholisiga aylangan. Jizzax viloyatida-gi qang‘liliklar 4 ta urug‘ga bo‘lingan: taroqli, bolg‘ali, irg‘oqli va joytamg‘ali. Shu tarzda qishloq ushbu qabila nomi bilan atalgan.

Qoraqo‘yli etnooykonimi. Etnonim mahalliy xalq tomonidan qorag‘uyli shaklida ham talaffuz qilinadi. Qirq qabilasi, avvalo, oltita katta bo‘lakka bo‘linadi, shulardan birining nomi qoraqo‘yli. Tarixiy manbalarda yozilishicha, o‘rta asrlarda o‘g‘uz-turkmanlar tarkibida qoraqo‘yli qabilasi bo‘lgan. XI asrda qoraqo‘yliliklarning katta qismi g‘arbga – Xuroson, Kichik Osiyoga ko‘chib o‘tgan. Qabilaning bir qismi Dashti Qipchoqda qolib, keyinchalik Movarounnahrga ko‘chib kelib o‘rnash-gan. Vaqt o‘tishi bilan qoraqo‘ylilar mahalliy aholi bi-lan aralashib ketgan. Hozirda qirq qabilasi tarkibida uchraydigan qoraqo‘yli etnonimi ana shu etnos nomi bilan bog‘liq. Mazkur qishloq aholisining asosiy qismini shu etnik guruh vakillari tashkil etganligi bois qishloq Qoraqo‘yli deb atalgan.

G‘o‘bdin etnooykonimi. S.Qorayev “g‘o‘bdin” so‘zini etnonim hisoblab, unga quyidagicha ta’rif ber-gan: “G‘allaorol tumanida bir qishloq G‘o‘bdin deb

Page 37: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 37Navbatchi

Tadqiqotlar

ataladi. Samarqand viloyatida G‘o‘bdun (Xabdun) tog‘lari va Qarshi tumanida G‘o‘bdin qishlog‘i bor. Qoraqalpoqlarning mang‘it qabilasi tarkibida g‘ubidin urug‘i qayd qilingan. Etnik guruh nomi qishloq nomiga o‘tgan”.

O‘zbek xalqining eng e’tiborli qabila va urug‘lari uch-ta katta urug‘ga bo‘lindi: minglar, yuzlar va qirqlar.

Ming urug‘i. Ming – eng katta va e’tiborli urug‘ hisob-lanadi. Ming urug‘ining vakillari, asosan, Samarqand viloyati atrofida, Urgut tumanida, Qo‘qon va Farg‘onada, Balx hududida yashagan. Ammo ming qabilasining bo‘linishiga oid ma’lumotlar deyarli uchramaydi.

Yuz urug‘i. Yuz urug‘i 92 ta o‘zbek urug‘larining eng yirigi bo‘lib, Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlaridan yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, avvalo, uchta katta bo‘lakka bo‘linadi: Marqa bolasi, Qarabchi, Rajab bolasi.

Ular, asosan, hozirgi Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov, Zomin va G‘allaorol tumanlarida yashaydi.

Qirqlar urug‘i. O‘zbek xalqi urug‘ va qabilalar ichida ming va yuzdan keyingi o‘rinlarda turuvchi uchinchi kat-ta urug‘dir. Qirqlar, asosan, hozirgi Jizzax viloyatining G‘allaorol, Sh.Rashidov, Zomin tumanlari, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hamda qisman Bekobod va O‘ratepa hududlarida ham yashaydi. Qirq urug‘i olti-ta katta bo‘lakka bo‘lingan: qoraqo‘yli,­qoracha,­moltop,­mulkish,­chaprashli­va cho‘rtkesar urug‘lari.

X.Doniyorovning “Qipchoq dialektlarining leksikasi” kitobida qipchoq shevalari va dialektlarining tasnifi, di-alektlarning aniq guruhlarga bo‘linishi to‘g‘risida fikr yu-ritiladi.

Qipchoq dialekti quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Sharqiy qipchoq dialekti, G‘arbiy qipchoq dialekti, Farg‘ona vodiysi qipchoq dialekti, Janubiy qipchoq di-alekti, Shimoliy Xorazm qipchoq dialekti.

Har bir dialekt o‘zining asosiy lug‘at fondi va gram-matik xususiyatlariga ega. Ma’lum davrga kelib ayrim mahalliy dialektlar adabiy tilga asos bo‘lishlari va taraqqiy etib adabiy tilga aylanishlari ham mumkin. Qipchoq dialektlari ana shunday dialektlardan bir gu-ruhini tashkil etadi.

Shevalarning lug‘at tizimida keng, o‘rta va tor leksik qatlamlar mavjud. Shevada ham, adabiy tilda ham be-malol ishlatiladigan so‘zlar keng qatlamga, o‘rta qatlam-ga har ikkalasida bor bo‘lib, lekin shevada ko‘proq qo‘llaniladigan so‘zlar, tor qatlamga esa faqat shevaga-gina xos bo‘lgan so‘zlar kiradi.

Qipchoq shevalaridagi ayrim xususiyatlarning yo‘qolib ketayotganligini hisobga olganda bu sheva xu-susiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Qipchoq shevalari juda ko‘p umumiyliklarga ega bo‘lish bilan bir-ga ular o‘rtasida ba’zi farqlar va o‘ziga xosliklar ham bor. Bunday farqlar, asosan, ularning leksikasida yaq-qol ko‘zga tashlanadi. Masalan, bir viloyat shevasida qo‘llaniladigan so‘zlar boshqa viloyat aholisi uchun tu-shunarli bo‘lmay qolgan hollar ham uchrab turadi.

Sharqiy guruh shevalari bilan g‘arbiy guruh sheva-lari leksikasida qo‘llaniladigan so‘zlar qiyosiy tahlil etil-sa, biri boshqasidan juda farq qilishini kuzatish mumkin. Masalan, sharqiy guruh shevasidagi bala so‘zi, g‘arbiy guruh shevasida bachcha, adabiy tilda esa bola deb atalgan. Jag‘ach so‘zi sharqiy guruh shevasida ishla-tilsa, g‘arbiy guruh shevasida cho‘p, adabiy tilda esa yog‘och so‘zi ishlatiladi.15

Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, sharqiy gu-ruh shevalari leksikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lish bilan birga xalq tili leksikasiga yaqinligi bilan ajralib turadi. G‘arbiy guruh shevalari leksikasi esa to-jikcha so‘zlarning ko‘proq qo‘llanilishi bilan xarakterla-nadi.

Xullas, G‘allaorol tumani hududida joylashgan qish-loqlarning nomlari, asosan, urug‘larning nomlaridan o‘tgan. G‘allaorol tumanidagi etnooykonimlarning pay-do bo‘lishida shu hududda yashagan urug‘larning nom-lari asos qilib olinganligi va etnonimlar bu jarayonda muhim o‘rin tutganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, G‘allaorol tumanida yashovchi urug‘larning sheva-lari qaysi dialektga xosligi, o‘ziga xos xususiyatlari, bir-biridan farqli jihatlari ham kuzatiladi. Shu bilan birga G‘allaorol tumanidagi urug‘larning shevasi hudu diy ji-hatdan sharqiy qipchoq dialektiga tegishliligi bilan ajra-lib turadi.

1Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминалогии. – Москва, Наука, 1988. С. 85–90.2Gulxaniy. Zarbulmasal. – Toshkent: Ma’naviyat, 2016. 112-bet.3T.Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009. 431-bet.4Q.Hakimov, G.Xoldorova. G‘allaorol tumani geografiyasi. – Jizzax: Sangzor, 2018. 100-bet.5X.Doniyorov. O‘zbek xalqining shajara va shevalari. – Toshkent: Fan, 1968. 97-bet.6O‘.Bozorboyev. Jizzax toponimlarining ta’biri. – Samarqand, 2007. 80-bet.7T.Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009. 431-bet.8Jizzax toponimlarining ta’biri. – Samarqand, 2007. 80-bet.9T.Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009. 431-bet.10X.Doniyorov.O‘zbek xalqining shajara va shevalari. – Toshkent: Fan, 1968. 97-bet.11X.Doniyorov. Qipchoq dialektlarining leksikasi. – Toshkent: Fan, 1979. 158-bet.12T.Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009. 431-bet.13X.Doniyorov. O‘zbek xalqi shajara va shevalari. – Toshkent: Fan, 1968. 97-bet.14O‘sha asar.15O‘sha asar. 14–16-betlar.

Page 38: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

38 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

Ma’lumki, turli ramz va belgilar totem va geraldikaga aylangunga qadar, avvalo, ongda shakllangan, keyin esa tilga ko‘chgan, ya’ni totem sifatida qabul qilingan predmet muayyan etnos tafakkurida tasavvur va so‘z sifatida mav-jud bo‘lgan. Vaqt o‘tib etnos uning u yoki bu jihatini qabul qilib, iloh va ramz darajasigacha olib chiqqan. Masalan, hayvonlarning sifatlari kishilarga ko‘chirilgan (antropo-zoomorfizm – hayvon qiyofasidagi odam) va bunday kishilar o‘zlari yashayotgan jamiyatda ma’lum mavqega ega insonlar hisoblangan. Olimlarning ta’kidlashicha, totem-hayvonlar muqaddas sanalib, ovlanmagan, o‘ldi-rilmagan, go‘shti iste’mol qilinmagan. Bu odat dunyodagi hamma xalqlar e’tiqodida bor bo‘lib, zamonamizda ham belgilari uchraydi. Masalan, hind xalqida – sigir-buzoq,­maymun,­ fil, Avstraliyada – kenguru, Meksikada – ya-guar alohida hurmatga ega hayvonlar hisoblanadi.1

O‘zbek adabiyotida ham totemizmning turli ifoda-lari uchraydi. Folklorshunos Sh.Turdimov Go‘ro‘g‘li Samandar degan dev bilan uchrashganda o‘zining otini, ya’ni G‘irotni “mening xudom” deb tanishtirganini, otni “xudo” – totem sifatida anglash turkiy xalqlarda keng tarqalgani, ot qadimda quyosh ma’budining ramzi h isob-lanib, keyinchalik u quyosh tangrisi uchun qurbonlikka tanlanganligini keltiradi.2 Hayvonlarning tabiat sinovlari-ga chidamliligi, aqlliligi, tezkorligi, ba’zan esa insonning ular oldidagi qo‘rquvi ham ularning iloh sifatida qabul qilinishiga sabab bo‘lgan. Shu qatorda qadimda ajdod-larimiz tomonidan bo‘ri, tuya, arslon, qo‘y, ilon, baliq, qal dirg‘och, burgut, xo‘roz, musicha kabi hayvon va qushlar alohida e’zozlangan. Musicha zoometaforasi yoki musichadek beozor taqqoslama iborasining o‘zbek milliy madaniyatiga xos konsept sifatida shakllanishida

Dilrabo BAXRONOVA, O‘zbekiston davlat jahon tillari

universiteti o‘qituvchisi

TURKIY VA YEVROPA XALQLARI TOTEM VA GERALDIKASIDA MILLIYLIKNING AKS ETISHI

Annotatsiya. Maqolada turkiy ham-da­ ispan­ xalqlarining­ o‘ziga­ xos­ men-tal, madaniy, ma’naviy, tarixiy, milliy, axloqiy,­ falsafiy­ qadriyatlarini­ o‘zida­jamlagan­ bebaho­ boyligi­ ‒­ totem­ va­geraldika sohasi til nuqtayi nazaridan qiyosiy-chog‘ishtirma­ aspektda­ tadqiq­etilgan.

Kalit so‘zlar: totem, geraldika, lingvogeraldika, ramziy ma’no, antro-pozoometafora,­ totemizm,­ metaforik­model.

Аннотация.­ В­ статье­ пред-­­ с­тавлено­ уникальное­ богатство­тюркских­ и­ испанского­ народов­ с­точки­ зрения­ языковых,­ культур-ных,­ духовных,­ исторических,­ на-иональных,­ этических­ и­ философ-­ с­ких­ценностей­и­результаты­срав-нительно-сопоставительного­ ­изу-чение­их­­тотемов­­и­геральдики.

Ключевые слова: тотем,­ ге-ральдика,­лингвогеральдика,­симво-лическое­ значение,­ антропозооме-тафора,­ тотемизм,­ метафориче-ская­модель.

Annotation. The article studies the unique richness of the Turkic and Spanish­ peoples­ from­ the­ point­ of­view­of­linguistics,­culture,­spirituality,­history,­nationalism,­ethics­and­philo-sophic­ values,­ as­ well­ as­ totemism­and­heraldry­in­a­comparative­aspect.

Key words: totem, heraldry, lin-guo-heraldic,­ symbolic­ meaning,­ an-thropo-zoometaphor,­totemism,­meta-phorical­model.

uning beozorlik xususiyati ajdodlarimizning bu qush tabiatini kuzatishi asosida kelib chiqqan. Bu haqida N.Mahmudov: «Musichaday­o‘xshatish­etalonida­milliy-madaniy konnotatsiya mavjud, unda «beozorlik» bel-gisining­ o‘zbekka­ xos­ ta’kidi­ yaqqol­ o‘z­ ifodasini­ top-gan. Musichaga xos yumshoq tabiat va harakat o‘zbek idrokida­ ijobiy­ talqin­ topishidan­ tashqari­ bu­ mushfiq­qush haqidagi islomiy rivoyat ham musicha etalonining an’anaga kirishiga ta’sir etgani ehtimoldan xoli emas. Ana shu tariqa musichaday beozor turg‘un o‘xshati-shi beozorlikning o‘zbekcha o‘lchovi sifatida tamoman milliy obraz maqomini olgan»,3 – deya ta’kidlaydi. Ispan lisoniy manzarasida esa tórtola­→­musicha­hech qan day ramz yoki belgiga ega emas. Lug‘atlarda qush turkumi-ga mansubligi keltirilgan xolos. Ammo paloma­–­kabutar totem sifatida qabul qilingan bo‘lib, tinchlik, osoyishtalik, ba’zan onalik timsoli; ayrim holatlarda esa (qora rang-lisini va xunuk sayrashini hisobga olib) o‘lim xabarchisi hisoblanadi.4

Gerb va boshqa ramzlarning paydo bo‘lishi bi-lan totemlar geraldikada ham qo‘llanila boshlangan. Geraldika lotincha heraldus so‘zidan olingan bo‘lib, jar-chi, xabarchi; da’vatchi ma’nolarini anglatgan.

O‘zbekiston Respublikasi gerbida tasvirlangan afsonaviy Humo qushi o‘zbek madaniyatida «baxt va erksevarlik ramzi, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli»5 sifa-tida shakllangan. U qadimdan baxt hamda davlatmand-lik ramzi, erk, saodat, himmat, oliyjanoblik, omad timsoli hisoblangan. Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Humoni kuch-qudrat timsoli, ulug‘vorlik keltiruvchi, soyasi gadoni shohga aylantiruvchi, shohlarga panoh beruvchi qush sifatida tasvirlaydi:

Page 39: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 39Navbatchi

Tadqiqotlar

Boshladi uzrini sohibfar Humoy,Dedi: «Ey sargashtalarg‘a rahnamoy,Ondadur­iqboldin­poyam­mening,Kim berur taxti sharaf soyam mening,Zotima oncha sharaf bersa iloh,Kim mening soyam gadoni qilsa shoh»6.

XII asrga taalluqli Xovosdan topilgan moychiroq dastasida Humo qushining aks etganligi o‘zbek lisoniy manzarasida qadimdan bu qushning ramzlashgani-ni ko‘rsatadi. O‘zbekiston gerbidagi bu totem-qush xalqning asrlar davomida shakllangan qarashlari, istak-larini o‘zida mujassam etgan.7 Ta’kidlash kerakki, Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va diniy nuqtayi nazardan har qanday totemni iloh darajasida qabul qi-lish qat’iyan taqiqlanishi O‘zbekiston hududidagi qadim totemistik ashyolarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Ammo totemistik qarashlar ta’siri folklorda, metafora va iboralar mazmunida bizgacha yetib keldi.

Har bir tilga xos olamning lisoniy manzarasi shu til-da so‘zlashuvchi xalqning fikrlash tarzini aks ettiradi. Ushbu jihatni tadqiq qilish voqelikni kategoriyalashning umuminsoniy jarayonlari in’ikosini, milliy mentalitet xusu siyatlarini ko‘rish imkonini beradi. Turli tillardagi to-tem va ramzlarning bir xilligi (sher) yoki turli xilligi (mu-sicha), V.M.Mokienkoning ta’biricha, odamning «hay-vonlar fe’li va odatlarini kuzatishlari umumiyligi yoki xu-susiyligiga asoslanganligi» bilan izohlanadi.8 Mifologik hayvon-totem obrazlari turli etnoslar lisonida xalqning fikrlash tarzini aks ettirishi nuqtayi nazaridan umumiy yoki xususiy holda shakllanadi. Hayvon va qushlarni to-tem sifatida o‘rganish davomida ularga bo‘lgan e’tiqod ildizlarida o‘zgacha, alohida ma’no borligi asoslandi. Ularni tavsiflash uchun geraldika tili yoki lingvogeral-dika degan yo‘nalishning rivoj topayotganligi turli, shu qatorda hayvonlar tasvirini o‘qishda tilshunoslikda max-sus tadqiqotlar zarurligini ko‘rsatadi. Turkiylarda chaqa-loqqa Lochin, Bo‘riboy, Samandar, Arslon, Sherzod; ispanlarda­ Lobato,­ Gaviota,­ Lucio,­ Paloma,­ Borrego9 ismlarning berilishida hamda muchal yillari, yulduz turkumlarining hayvon nomi bilan atalishida totemizm ta’siri seziladi.

N.Mallayev «O‘zbek adabiyoti tarixi» kitobida totem-lar paydo bo‘lishiga oid quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tgan: «Mifologiyaga ko‘ra Gaya Martan (Kayumars) yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Ahriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qis-midan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ular-dan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi»10. Xorxe Luis Borxes: «Porque en el principio­ de­ la­ literatura­ está­ el­ mito,­ y­ asimismo­ en­el­ fin­ (Adabiyotning­ boshlanishi­ ham,­ oxiri­ ham­ afso-na (mif)dir)»11 – deydi. Totemizmning bugungi ifodala-rini adabiyot, umuman olganda, til bizga qadar yetka-zib beruvchi vosita bo‘ldi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, tilshunoslikda ramz/simvollarga bog‘liq tad-qiqotlar, ayniqsa, zooramzlar mifologiya bilan bosh-lanib, mifologiya bilan tugaydi. Chunki totemizm va

mifning tili bitta – u yoki bu darajada ramzlarga asos-lanadi. Har ikkalasida ham ramzlarni sharhlash, kelib chiqish sababini o‘rganish orqali insoniyat tarixi hamda olamning lisoniy, mifologik, diniy manzaralari haqidagi muayyan ilmiy yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Metafora nazari-yasi til simvolizmiga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik «til–ma’no–ramz»ning o‘zaro munosabati sifatida rivojlanib boradi. Belgining ramziy funksiyasi-ga o‘sha so‘zning ifodalash va tasvirlash xususiyatla-rini belgilab beradigan obrazli ma’no sifatida qaraladi. Bunday ramziy ma’nolarni tizimli tasvirlash til uchun bazaviy bo‘lgan metaforik ko‘chirim manbalarini hisob-ga olgan holda belgining semantik tuzilishini tasavvur qilish imkonini beradi.

Amir Temur davlatining ramzi, bayrog‘i haqida-gi qaydlarni Kastiliya elchisi R.G. de Klavixo asari-da uchratish mumkin: qurilish ishlari olib borilayotgan Shahrisabzdagi Oqsaroyda qabulxona peshtoqining o‘rta qismi va ikki chekkasida nur taratayotgan quyosh fonida arslon tasvirlanganini ko‘rganini bayon etgan. Elchi buni Samarqand hukmdori tamg‘asidagi tasvir, degan xulosaga keladi.12 Demak, hujjatlarga bosilgan tamg‘ada ham arslon tasvirlanganki, elchi bunday fikrga kelgan. Lingvogeraldikada «arslon» ramzi Amir Temurning kuch-qudratli, oliyjanob, yuksak martabali, yengilmas shaxs ekanligini bildirgan. Bu fikr metafo-rik modelda quyidagicha ifodalandi: AMIR TEMUR → ARSLON = AMIR TEMUR → KUCHLI, QUDRATLI, QO‘RQMAS, DOVYURAK, YENGILMAS, OLIYJANOB, VIQORLI SHAXS.

O‘.Alimov Amur Temur davlati bayrog‘ida uch-burchak shaklli oq mato tortib biriktirilgan bo‘lib, unda geraldika holatida bo‘ri va zarrin nurlarini taratib turgan quyosh tasviri bilan go‘yo ustingdan quyosh yorqin nur-larini mangu sochib turishini istasang, bo‘ri kabi ser-gak, dovyurak va qiyinchiliklarni bartaraf eta oladigan bo‘lishing kerak, degan g‘oya ilgari surilgandek13, deb yozadi. N.Y.Bichuringa asoslanib L.N.Gumilyov ham turk bayroqlarini zarrin bo‘ri kallasi bezagani haqida yozadi.14 Demak, bo‘ri zoomorfi totemistik qarashlarda yetakchi obrazlardan sanalib, bo‘ysunmas, yengilmas, jasur, mard, sodiq insonni ta’riflab kelgan. Iboralar va metaforalarda bunday mifologik qarashlar soyasini sezish qiyin emas. Masalan, turkiy xalqlar orasida ishi yurishgan odamga nisbatan «bo‘ri ko‘rgan», «bo‘ri-si uligan» iborasi ishlatilgan.15 Alpomishning otasi Boybo‘ri kabi bo‘ri nomini tashuvchi shaxslar O‘rxun–Enasoy bitiklarida ham uchrashi bo‘rining turkiylarda qadimdan totem bo‘lganligini ko‘rsatadi. Turkiylarda boshqird (bosh bo‘ri), kurd (bo‘ri)16 kabi millat-elatlar-ning nomlanishi ham shundan dalolat beradi. Zikr etil-gan fikrlarni metaforik modelda quyidagicha ifodalash mumkin: TURKIYLAR → BO‘RILAR = TURKIYLAR → BO‘YSUNMAS, YENGILMAS, JASUR, MARD, BOTIR, SODIQ KISHILAR.

Ispan tili lisoniy manzarasida bo‘ri leksik birligi bilan bog‘liq «viejo lobo de mar» antropozoometaforasi mav-jud bo‘lib, u qari dengiz bo‘risi ma’nosini beradi. Aslida metafora mazmunida tajribali dengizchi nazarda tutil-sa-da17, bugungi kunda uning ma’noviy qamrovi ken-

Page 40: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

40 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

gayib, o‘z kasbining ustasiga nisbatan qo‘llanil moqda. Masalan, bu antropozoometafora tajribali futbol o‘yin-chisiga nisbatan ishlatilgan: «Arenas, viejo lobo de mar, sacó­el­as­bajo­la­manga­y­metió­a­Donovan­por­Raúl­Mendiola,­el­máximo­anotador­galáctico­tardó­un­minuto­para­igualar­el­marcador­2-2,­resultado­que­per-maneció­hasta­el­final­del­partido»18.

Turli fan sohalari olimlari fikricha, turkiy urug‘lar o‘zini «bo‘ri avlodi» deb hisoblaydi. Bu holat turkiylar ildizi birligini anglatadi. L.N.Gumilyovning yozishicha: «Turklar Xun shahzodasi va urg‘ochi bo‘rini nasab-boshi deydilar»19. Mana shunday tarixiy qarashlar metaforalashtirish jarayoniga ham o‘zining kuchli ta’si-rini o‘tkazgan va buning natijasida bugungi kunda faol qo‘llanilayotgan tilning boy fondi – metafora, o‘xshatish, iboralar vujudga kelgan. Shu bois tilda mavjud turli trop-lar, ibora va paremiyalarni o‘rganishda ularning kelib chiqish tarixi bo‘lagi bo‘lgan totemik qarashlar va geral-dikani ilmiy tadqiq qilish lingvomadaniyatshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Mifologiyaga asoslangan zoomorfik qarashlarning totemika va geral-dikada aks etishi dunyo xalqlarining aksariyati o‘z nasl-nasabi u yoki bu jonivorga taqalishga bog‘liq holda rivojlanganligidan dalolat beradi. Bundan maqsad, eng avvalo, muayyan inson (xalq) o‘sha hayvon obrazida o‘z kuch-qudratini namoyon qilish bo‘lgan. Shu sabab-li geraldikada, asosan, har bir xalq tafakkurida kuchli, baquvvat, aqlli hisoblangan hayvon obrazlari tasvir-langan. Xullas, totemizmni o‘rganish davomida ikki xalqning milliy-madaniy tushunchalarida umumiylik va xususiylik mavjudligi, masalan, arslon va bo‘ri totemi ikki xalq madaniyatida ulug‘langanligi, ayni chog‘da, is-pan milliy lisoniy manzarasida musicha umuman ramz sifatiga ega emasligi, ammo kabutar tinchlik, poklik ramzi sifatida hurmatlanganligi hamda bunday totemis-tik qarashlar ikki xalq lisoniy boyliklarida o‘z ifodasini topganligi tadqiqotda kuzatildi.

Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida tilko‘ → tulki maqolasida shunday deyilgan: Bir so‘z bilan aytganda (tulki deganda – D.B.) qiz bo-ladan kinoya qilinadi. Biron xotin tuqqanda doyadan: tilko‘mo‘ tug‘dï azu börimo‘ ‒ tulki tug‘ildimi yoki bo‘rimi, deb so‘raladi. Qizlar aldoqchi hamda yalin-choq bo‘lganliklari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi.20 Ushbu ibora-ning Alpomish dostonida sovchilikka aloqador ma’no-da kelishi ham kuzatiladi. Bu haqida A.Omonturdiyev: “Odatda, sovchilarning qaytishi, ya’ni natija sabrsizlik bilan kutiladi. Hattoki ba’zan sovchiga berilishi kerak bo‘lgan bo‘ldimi-bo‘lmadimi,­ ko‘ndimi-ko‘nmadimi,­ ha­dedimi-demadimi,­nima­dedi kabi odatiy savollar o‘rni-da bo‘rimi-tulkimi evfemasi qo‘llaniladi”, deb yozadi.21 Masalan: Sovchilikdan­ qaytgan­ Surxayil­ kampirga­Qorajon: “Qalay, qalay, ena? Bo‘ri bo‘p­ kelyapsizmi,­tulki bo‘p­kelyapsizmi?”­–­dedi.­Enasi­aytdi:­“Men­bor-gan yerdan ham tulki bo‘lamanmi, bo‘ri bo‘p kelyotib-man”. Shunda: “Ena, bo‘ri­bo‘lganingdan­gapir”,­–­dedi­Qorajon. Demak, bo‘ri zoomorfizmi kishining botirlik, mardlik, omadliligini bildirishi bilan birga bajarilayotgan ish yoki topshiriqning omadli yakunini ham ifodalaydi. Model sifatida quyidagicha ifodalash mumkin:

BO‘RI – YOVUZ, QONXO‘R, SHAFQATSIZ ODAM;BO‘RI – MARD, BOTIR, ISHI O‘NGIDAN KELGAN

ODAM;BO‘RI – NATIJASI OMADLI YAKUNLANGAN ISH. Bizningcha, madaniyatlar aralashuvi va global-

lashuv natijasida hamda o‘zbek milliy dunyoqarashlari-ga xos bo‘lmagan «Qizil qalpoqcha», «Uchta cho‘chqa-cha» kabi ertaklarning kichik maktab yoshidan o‘qitilishi bo‘rining turkiy tillarga xos bo‘lgan botirlik, mardlik, ja-surlikni ifodalovchi ma’nolarini tilimizdan siqib chiqar-gan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida bo‘ri maqolasi salbiy tushunchalarni bayon qilish bilan cheklanilgan.22 Uning yangi nashrlarida bo‘rining tarixiy qarashlarimizga mos mardlik va sadoqat ramzi, shuningdek, bo‘ri ko‘rgan, bo‘rimi-tulkimi kabi metafora va o‘xshatishlarning o‘z o‘rnini topishi maqsadga muvofiq.

1http://www.google.com/url?2Sh.Turdimov. “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. ‒ Toshkent: Fan, 2011. 117-bet.3N.Mahmudov, D.Xudoyberganova. O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati. ‒ Toshkent: Ma’naviyat, 2013. 10–11-betlar.4Julia C. White. Caracteristicas de algunos animales de poder. ‒ 1995. ‒ Paloma tótem. https://totemanimal.org/2013/05/09/palo-

ma-totem/5http://www.lex.uz/symbols6Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. Mukammal asarlar to‘plami. 12-jild. ‒ Toshkent: Fan, 1996. 88-bet.7Z.Xoldorov. Moziydan «so‘zlayotgan» topilmalar // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2014-yil 31-dekabr.8В.М.Мокиенко. Славянская фразеология. ‒ Москва: Высшая школа, 1999. С. 287.9http://www.juegosdepalabras.com/nombres/nombre5.htm10N.Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. ‒ Toshkent: O‘qituvchi, 1971. 41-bet.11Borges J.L. El hacedor. ‒ Madrid: Alianza Editorial, 1997. ‒ pp. 45–46.12González de Clavijo R. Embajada 13O‘.Alimov. Amir Temur davlati bayrog‘i. http://e-tarix.uz/vatan-tarixi/377-temur-bayrogi.html a Tamorlán. ‒ Madrid: Castalia, 2004. –

p. 103.14Л.Н.Гумилев. Древные тюрки. ‒ Москва: «Клышников-Комаров и К», 1993. С. 14.15A.Ashirov. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – Toshkent, 2007. 19-bet.16http://www.randevu-zip.narod.ru/caucase/kurd.htm17DRAE ‒ Diccionario de la lengua Española de Real Academia Española. — Madrid, 1992, T. II. ‒1590 р.18http://www.record.com.mx/futbol-futbol-internacional/landon-donovan-marca-su-primer-gol-tras-regresar-del-retiro (20/09/2016).19Л.Н.Гумилев. Древные тюрки. ‒ Москва: «Клышников-Комаров и К», 1993. С. 13.20 Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘oti-t-turk. 1-jild. ‒ Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016. 388-bet.21A.J.Omonturdiyev. Professional nutq evfemikasi (chorvadorlar nutqi misolida): fil.fan. doktorlik diss. ‒ Toshkent, 2009. 189-bet. 22O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild. – Toshkent, 2006. 416-bet.

Page 41: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 41Navbatchi

Tadqiqotlar

Tilshunoslik tarixining turli davrlarida til va nutq tushun chalariga olimlar turlicha munosabatda bo‘lganlar. Ma’lumki, til umumiy, ya’ni umumxalq mulki, nutq esa xususiy, ya’ni har bir shaxsning jami-yatda tutgan o‘rni, dunyoqarashidan kelib chiqqan holda namoyon bo‘ladi va xuddi shu omillar asosida tinglovchilar tomonidan qabul qilinadi. Borliqni bilish-ning bosh shakli bo‘lmish baho kategoriyasi til va nutq birliklariga ham xos bo‘lib, til tarkibi (sathi)da obyek-tiv baho – fikrni ifodalash imkoniyati sifatida, nutq tarkibida esa subyektiv baho – subyektning obyektga bildirgan qo‘shimcha munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Ana shu qo‘shimcha munosabat, “nutqiy ja-rayonda talaffuz, pauza, ohang, ovoz bo‘yog‘i asosi-da hayajon namoyon bo‘ladi va bu bahoni ifodalash-ga xizmat qiladi. Ovozni me’yordan pasaytirish yoki kuchaytirish, to‘xtamli yoki uzluksiz, yo‘g‘on yoxud ingichka ovozda gapirish, ohang, nutq tempida tem-bral xususiyatlar, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila ol-maslik kabilar muloqot jarayonida baho ifodalovchi vositalardan sanaladi”.1 Yuqorida ta’kidlanganidek, nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi sezmagan holda fikri-ga turlicha modal munosabatlarni qo‘shadi va bu modal munosabatlar turli lingvistik vositalar orqali yu-zaga chiqadi. Lekin so‘zlovchi har doim ham bunga e’tibor qaratavermaydi.

Ingliz va o‘zbek tillarida ayni tillarning baho ifo-dalash shakllari hamda vositalari bor. Bu tillarning ayni imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda subyektiv bahoning fonetik usulda ifodalanishini ayrim misollar yordamida ko‘rib o‘tsak.

“Shhh!” hissed Professor McGonagall, “you’ll wake the Muggles!”

“S-s-sorry”, sobbed Hagrid, taking out a large, spotted handkerchief and burying his face in it. “But

Zilolaxon ISAQOVA, Qo‘qon davlat pedagogika instituti

ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTIV BAHONING IFODALANISHI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida subyektiv ba-honing leksik va fonetik sath birliklari yordamida ifodalanishi ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: нутқ,­нутқ­таркиби

Аннотация. В­ данной­ статье­освещается­вопрос­о­субъективной­оценке­посредством­фонетических­и­ лексических­ единиц­ на­ приме-рах,­ приведенных­ из­ узбекского­ и­английс­кого­языков.­

Ключевые слова: речь,­ состав­речи

Annotation. In­ this­ article­ expres-sing emotive assessment in different languages,­ especially­ ­ by­ subjective­method­ is­explained­by­ lexic­and­pho-netic­ layers­ with­ examples­ in­ Uzbek­and English languages.

Key words: speech,­speech­struk-ture

I c-c-can’t stand it – Lily an’ James dead – an’ poor little Harry often live with Muggles”.

“Yes, yes, it’s all very sad, but get a grip on your-self, Hagrid, or we’ll be found”, Professor McGonagall whispered, patting Hagrid gingerly on the arm as Dumbledore stepped over the low garden wall and walked to the front door.2

– Jim! – do‘ng‘illab berdi professor Makgonagall, – Magllarni uyg‘otib yuborasan!

– K-k-kechirasiz, – ho‘ngrab yubordi Xagrid cho‘ntagidan o‘ta kir bo‘lib ketgan katta dastro‘mo-lini chiqarib, boshqasini yashirar ekan. – Bar-bar-bardosh bera olmayman! Lili bilan Jeyms halok bo‘lishdi… Kichkintoy Garrini esa Magllarga tashlab ketyapmiz…

– Bu – juda g‘am-anduhga to‘la holat, albatta. Ammo o‘zingni qo‘lga ol, yo‘qsa, bizni sezib qoli-shadi, – shivirladi professor Makgonagall, Xargridni yupatganicha qo‘liga urib-urib. Bu vaqtda Dambldor bog‘ning past bo‘yli tosh to‘sig‘idan hatlab o‘tib, uyning kirish eshigi tomon yo‘l oldi.3

Yuqoridagi parchada “Shhh!” undov so‘zi salbiy hissed so‘zi bilan birga qo‘llanib, buyruq ohangi-ni kuchaytirayotgan bo‘lsa, S-s-sorry, c-c-can’t so‘zla rida undoshlarni takrorlash orqali salbiy ma’no bo‘yoq dorligi namoyon bo‘lmoqda. Bunda, albat-ta, yozuvchi tarafidan izoh sifatida berilgan sobbed (ho‘ngrab yubordi) so‘zi gap mazmuniga qo‘shayot-gan ma’noni ham nazardan qochirmaslik zarur. “Yes, yes, it’s all very…” – so‘z takrori yordamida gapdagi hamdardlik ma’nosi yanada kuchaytirilgan.

Yuqoridagi parchalardan ko‘rish mumkinki, unda sub yektiv bahoni ifodalashda faqat bir sath birliklari bilan chegaralanib qolmay, turli til sathlari birliklari aralash holda ishlatilgan. Chunki fonetik sath imkoni-

Page 42: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

42 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

yatlaridan kelib chiqib, og‘zaki nutqda ohang, urg‘u va noverbal vositalar yordamida berilgan shaxsiy baho yozma nutqda yuqoridagi parchada berilga-nidek hissed,­sobbed,­whispered,­patting­gingerly­on­the arm (do‘ng‘illab berdi, ho‘ngrab yubordi, shivirladi, yupatganicha, qo‘liga urib-urib) kabi so‘zlar bilan izoh berilishiga zarurat tug‘iladi. Buning sababi yozma nutq imkoniyatlarining fonetik sathni yoritib berishda leksik sathni bayon qilishdek keng emasligi va leksik sathdan foydalanish zarurati bilan izohlanishi kerak.

–­Lily­an’­James­dead­–­an’­poor­little­Harry­offer­live­with­Muggles­ (Lili­ bilan­ Jeyms­ halok­ bo‘lishdi…­Kichkintoy­Garrini­esa­Magllarga­tashlab­ketyapmiz…),­“I...­ don’t...­ want...­ him...­ t-t-to­ come!”­Dudley­ yelled­between­ huge,­ pretend­ sobs.­ “He­ always­ sp-spoils­everything!” He shot Harry a nasty grin through the gap in his mother’s arms4.­(–­Uning…­biz…­biz…­biz­bilan­birga­yurishini…­xohlamayman!­–­baqira ketdi Dudli soxta o‘kirish uchun kucha nishlar orasida. – U­doimo…­doimo­ishkal­qilib­yuradi!­

Dudli­ onasining­ qo‘llari­ orasidan­ Garriga­ qarab,­ichiqoralik bilan irshayib qo‘ydi. Ayni shu fursatda eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi)5 parchalarida esa subyek-tiv bahoni ifodalash uchun to‘xtam (pauza) va so‘z takroridan foydalanilganini ko‘ramiz. Bunda yozuv-chi jumla mazmuniga xos o‘quvchiga salbiy bahoni yetkazib berish uchun leksik va fonetik vositalardan birgalikda unumli foydalangan.

O‘zbek poetik yoki badiiy nutqida modal munosa-batlarning ifodalanish imkoniyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, subyektiv bahoni ifodalashda fonetik va leksik vositalardan birgalikda foydalanish va bu orqa-li emotsionallikning ortishiga erishilganligini ko‘rish mumkin.

“O‘, bor, quloqqa lag‘mon osma, – dedi o‘ng to-monda o‘tirgan bola”6 parchasida o‘ unlisi quloqqa lag‘mon osmoq iborasi bilan birga kelib, subyektiv baho hosil qilgan.

“Odam bormi? – deb so‘radi uy egasidan. Uy egasi uning­ savoliga­ tushunmadi.­ Zelixon­ gapini­ qaytar-gach,­bosh­irg‘ab:­“Yo‘-o‘q”,­dedi.­Zelixon­uni­bo‘ralab­so‘kdi-da,­iziga­qaytdi”7 misolida noverbal vosita bilan birgalikda qo‘rquv ma’nosi hosil qilinmoqda. Lekin bu o‘rinda qo‘rquv ma’nosini keyingi gap, ya’ni kontekst orqali yanada to‘liq tushunib olish mumkin. Bu sub-

yektiv bahoni yoritib berishda kontekstning o‘rni qan-chalik muhim ekanligini ko‘rsatadi.

– Bularning ichida nima qilib yuribsiz, tog‘a? – dedi.­Uning­«bular»­deb­bepisand­gapirgani­Yigitaliga­malol keldi. Shu sababli «bular» so‘ziga atayin urg‘u berib, javob qaytardi:

– Bular mening qiyomatli qo‘shnilarim. Issig‘im ham, sovug‘im ham shular bilan edi.

–­Qo‘shnilardan­ham­toz-za­buyurgan­ekan-da,­a?­– dedi haydovchi yana ko‘zgu orqali qarab.

– Nega unday deysiz? Xudoga shukr, qo‘shnilarim tillo odamlar.

Ushbu dialogda gap urg‘usi orqali subyektiv baho hosil qilinmoqda va o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun «bular» so‘ziga atayin urg‘u berilib, birikmalar izoh sifatida keltirilmoqda. “Qo‘shnilardan­ham­toz-za­buyurgan­ekan-da,­a?­– dedi haydovchi yana ko‘zgu orqali qarab” parchasi orqali esa undosh z harfini ik-kilantirish, undov so‘zlar va so‘roq ohangi orqali sal-biy ma’no yoritilgan. Oxirgi gapda esa biz gap man-tiqiy urg‘usi orqali subyektiv baho – ijobiy munosabat-ni ko‘rishimiz mumkin. Ingliz tilida berilgan misollarda ko‘rib o‘tganimizdek, o‘zbek tilida ham sub yektiv mu-nosabat ifodalanishida tilning turli birliklaridan yax-litlikda foydalanish natijasida sathlar aralash holda kuchli emotsionallikni ifodalagan.

–­Yig‘la,­to‘yib-to‘yib­yig‘la,­juda­yarashar­ekan,­–­dedi Anvar kesatib.

– Anvar, sen indamay o‘tirib quloq sol. Meni ah-moq qilishmoqchi. Jamshidning o‘limini mening bo‘ynimga ilishmoqchiga o‘xshaydi.

– Jamshiding kim?–­Asadbekning­sodiq­qullaridan­edi.­Men­uni­o‘ldi-

rishim kerak edi.– Sen? Nima uchun?– Shuning uchunki... u... u... haromi...– Bo‘ldi, tushundim.– Ha... tushunding... Uni o‘ldirishibdi. Xuddi

Shilimshiqqa o‘xshatib...8

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, baho kategori-yasining til va nutq tarkibida qo‘llanishi juda qiziqarli va tadqiq talab masaladir. Bunda so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari aniq nutqiy jarayonda qo‘shimcha vosita-lar orqali yanada kengroq mazmun kasb etadi, bu so‘zlarga xos ijobiy yoki salbiy subyektiv baholarini namoyon qiladi.

1G‘.Qambarov. Baho munosabati va uning o‘zbek tilida ifodalanishi: filol. fan. nom. ... diss. – Toshkent, 2008. 30-bet. 2Rоuling J.K. Hаrry Pоtter and the Sоrcеrer Stоne. – Scholastic Corporation, 1998. – pp. 13–14.3Rouling J.K. (Tarjimon Sh.Z.Dolimov.) Garri Potter va falsafiy tosh. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. 17-bet.4Rоuling J.K. Hаrry Pоtter and the Sоrcеrer Stоne. – Scholastic Corporation, 1998. – P. 19–20.5Rouling J.K. (Tarjimon Sh.Z.Dolimov) Garri Potter va falsafiy tosh. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. 25–26-betlar.6T.Malik. Shaytanat. 2-kitob. – Toshkent: Sharq, 2005. 7-bet.7T.Malik. Shaytanat. 2-kitob. – Toshkent: Sharq, 2005. 22-bet.

Page 43: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 43Navbatchi

Kichik tadqiqot

Ayollarni madh etish, ular haqida go‘zal asarlar, g‘azallar bitish inson paydo bo‘lganidan buyon mavjud. Mumtoz Sharq adabiyotida ayol husn-u malohati o‘ziga xos, bir-biriga o‘xshamaydigan tarzda, yuksak mahorat bilan tasvirlanadi.

Ayol zotining qosh-u ko‘zi, sarvdek qomati, oydek yuzini ta’riflashdan ham ko‘ra uni haqiqiy insoniy fazilatlar sohibasi, ijtimoiy hayotning faol a’zosi sifatida e’tirof etish, har ishga qodir, yuksak zakovat va bilimga ega insonlar qatorida ko‘rish shoirlar sultoni hazrat Alisher Navoiy ijodida alohida o‘rin tutadi.

“Xamsa” dostonlarining deyarli barchasida oqila ayollar doston sujetlarining asosiy obrazlari sifatida talqin etiladi. Jumladan, “Sab’ai sayyor” dostonidagi Dilorom shunday obrazlardan biridir.

Shon-shavkatli, dunyoning deyarli ko‘p qismiga egalik qilayotgan qudratli shohlardan biri Bahrom Diloromning ta’rif-u tavsifini eshitib, unga g‘oyibona oshiq-u beqaror bo‘ladi. Oshiqlik shu darajaga yetadiki, Dilorom uning maqsad-u muddaosiga aylanadi.

Shoir Diloromning surat-u siyratini shunday go‘zal ta’riflaydiki, uni o‘qigan har qanday inson uning oydek jamolini hech qiynalmasdan ko‘z oldiga keltira oladi. Ikki qora zulukdek sochlari, nurli chehrasi, atirgulning yaprog‘idek dudoqlari...

Diloromning vasliga yetgan Bahrom shikorga uni ham doimo olib borar edi. Shunday shikorlardan birida shoh bir o‘q bilan kiyikning ikki oyog‘ini tushovlab qo‘yadi. O‘z ishidan g‘ururlanib, Diloromga: “Ko‘rdingmi, mahoratimni?” – deydi. Mahbubasidan cheksiz maqtovlar, olqishlar kutgan shohga malika: “Bularning bari cheksiz mashqlar, takrorlashlar tufayli to‘plangan tajribalar evaziga sodir bo‘ldi”, – deya oqilona javob beradi.

Yoki “Layli va Majnun” dostonida shoir Layli misolida ilm olishga intilayotgan ziyoli, ma’rifatli qizni ko‘radi. Laylining ilm olishga ishtiyoqini payqagan otasi qizi uchun maxsus maktab ochib, barcha qabila bolalari va qizlarini ham bilim olishga chorlaydi. Layli maktabga o‘z dugonalari bilan kelar ekan, ular ichida misoli olmosdek yarqirab turardi...

Zebo AHROROVA, O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakultetipedagogika kafedrasi dotsenti

ALISHER NAVOIY IJODIDA MA’RIFATLI AYOLLAR MADHI

“Farhod va Shirin” dostonida ham Mehinbonu chuqur aql-u zakovati tufayli butun mamlakatni, xalqni boshqaradigan ayol sifatida tasvirlanadi. Komillik darajasiga intilayotgan Farhodning aql-u farosatini, ilmi a’molini sinash uchun saroydagi har ilmda mohir, bilimdon o‘nta qizni chorlaydi. Qizlar esa o‘nta soha bo‘yicha Farhodga savollar berishadi:

Biri ash’or bahri ichra g‘avvos, Biri advor davri ichra raqqos. Biri mantiq rusumida raqamkash, Biri hay’at ruqumig‘a kalamkash. Birining shevasi ilmi haqoyiq, Balog‘atda biri aytib daqoyiq. Biri tarixda so‘z aylab fasona, Biri hikmat fani ichra yagona. Hisob ichra birining zihni borib Muammoda birisi ot chiqorib. Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan. Dilorom-u Diloroy-u Diloso, Gulandom-u Sumanbo‘y-u Sumanso. Parichehr-u Parizod-u Parivash, Paripaykar zihi o‘n ismi dilkash.

Mehinbonu saroyidagi zukko, bilimdon qizlarga ham savollar beradi, buni eshitib turgan Farhod o‘z bilimlarini yana bir yodga oladi va ularning savollariga hech o‘ylanmasdan javoblar qaytaradi. Ilm ahlining shohi, sarvari bo‘lgan Mehinbonu uning bilimdonligini ko‘rib, taxtidan tushadi. Farhoddan esa taxtga chiqib o‘tirishini iltimos qiladi. Lekin Farhod muddaosi taxt emasligini bildiradi.

Xuddi shu kabi voqealar dostonlarning sujetlarida yana ko‘plab uchraydi.

Mumtoz adabiyotimizning dur-u gavhari bo‘lgan “Xamsa”da Navoiy talqinidagi parivashlarning barchasi hayotda, jamiyatda, oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan qizlardir. Shoir ularni hayotning chamanzori, chamanzorning gul-u rayhoni, deb bilar ekan, ularsiz insoniyat hayoti mazmunsiz, rangsiz bo‘lib qolishiga ishora qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Navoiy. Xamsa – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. 113-bet.2. Pedagogika tarixi. K.Hoshimov, S.Nishanova, M.Inomova, R.Hasanov. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.3. Xamsa. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.

Page 44: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

44 e-mail: [email protected]

Kichik tadqiqot

Iqbol Mirzo – o‘zbek adabiyoti, she’riyatini yangi obraz, yangi mazmun bilan boyitgan shoirlardan biri. Shoir lirik she’rlardan tashqari bag‘ishlov, marsiya, she’riy ertak, she’riy hikoya singari janrlarda ijod qilmoqda. Iqbol Mirzoning yorqin iste’dodi she’riy hikoyalarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Rustam Sobit hikoyasi”, “Isitma haqida hikoya”, “Chiroyli qiz haqida hikoya”, “Pari haqida hikoya”, “Nigoh haqida hikoya”larini yaratar ekan, shoir ularga ham hikoya janri talabi, ham she’r talabi asosida yondashadi. Ularda sujetning asosiy unsurlari ham nazardan chetda qolmaydi. Shu tamoyil asosida shoir she’rlariga e’tibor qaratamiz:

O‘lan – mayin, o‘t – mayin, Yo‘lingda yotib oldim. Kapalak tutgandayin Nigohing tutib oldim.

Duv qizardi yonog‘ing, Shuv sirg‘ondi yuragim. Qochdim, g‘olib bayrog‘i – Hilpiradi ko‘ylagim. [3, 284]

Bizga ma’lumki, hikoya real voqealar asosida

yoritiladi, ya’ni unda morfologik obrazlar juda kam yoki umuman uchramaydi, asosan, kishilar hayotida bo‘lgan bir epizod tasvirlanadi [2, 168]. Birgina voqeada sujetning unsurlari qay tartibda berilishi ijodkorning individual qarashlariga bog‘liq.

Iqbol Mirzo she’riy yo‘nalishda hikoya yaratar ekan, asarni ekspozitsiyadan boshlaydi: “O‘lan – mayin, o‘t – mayin”. She’riy hikoyani o‘qir ekanmiz, lirik qahramon sho‘x-shodon yigit ekanligi ayonlashadi. Chunki u “Yo‘lingda yotib oldim, Kapalak tutgandayin nigohing tutib oldim”, – deya so‘zlaydi. Shoir she’riy hikoyani lirik qahramon tilidan bayon etadi va undagi ruhiy kechinmalar ham obrazga muvofiq ravishda ifodalanadi: “Duv qizardi yonog‘ing, Shuv sirg‘ondi yuragim”. Shoir mana shu ikki misraga juda katta ma’noni joylaydi. Chunonchi, qiz yonog‘ining qizarishi misrasida o‘zbek mentalitetiga xos jihat – o‘zbek qizlarining uyatchanligi, ularning begonaga tik qaramasligi kabi axloqiy tarbiya unsurlarini ham ifoda etadi. Oshiq yuragining shuv sirg‘onishi esa ruhiy jarayonning bir ko‘rinishi bo‘lib, bu holatni ilk sevgiga yo‘yish mumkin.

Mahfuza DAVRONOVA,Samarqand davlat universiteti doktoranti,

filologiya fanlari nomzodi

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA JANRLAR MASALASI VA USLUB BIRLIGI

Nasriy yo‘lda yaratilgan hikoyalarda ham epizodik hikoya bosh qahramon tilidan bayon etiladi. Demak, shoir tasvir ifodasini to‘g‘ri tanlaydi.

Uzoqni ko‘radiganOtangda ham gunoh yo‘q:“Unga qiz beradiganAnoyi yo‘q, ahmoq yo‘q!”

O‘lan – mayin, o‘t – mayin,Indamaydi toptasang.Birovga indamayinOchiladi darbozang.

O‘z taqdiriga nisbatan isyon etmaslik o‘zbek qizlarining azaliy qadriyatlaridan sanalgan. Shu sabab ota munosib ko‘rgan yorni tanlashi va u bilan umrguzaronlik qilishi odatiy holga aylanib ketgan. Oila deb atalmish muqaddas go‘sha uchun zamin tayyorlaydigan ota-onalar o‘zlarining qizlariga munosib bo‘lgan oila bilan ittifoq tuzishga harakat qilishadi. Ikki yoshning istak-xohishi qaysi bir oilada inobatga olinsa, yana qaysidir oilada inobatga olinmaydi. Shoir ushbu fikrlarni nazarda tutgan holda: “Otangda ham gunoh yo‘q”, – deya uning sa’y-harakatlarini qaysidir ma’noda oqlaydi. Oshiq yigitni munosib ko‘rmaganligi esa lirik qahramon tilidan: “Unga qiz beradigan Anoyi yo‘q, ahmoq yo‘q!” – deya vulgar so‘zlar orqali ta’kidlanadi. Biroq o‘quvchining bu so‘zga bo‘lgan munosabati ijobiyligicha qoladi. Chunki unda ota mehri, cho‘rtkesarligi ifoda etilgan. She’rda, ayniqsa, “Birovga indamayin, Ochiladi darbozang” misralari o‘quvchini larzaga solmasdan qolmaydi. O‘quvchida qizga nisbatan achinish hissi paydo bo‘ladi. Chunki u sevgi deb atalmish muqaddas tuyg‘uni qalbining tubiga yashirib yashashga mahkum. “O‘lan – mayin, o‘t – mayin, Indamaydi toptasang” misralari esa sevgiga, ikki yoshning tuyg‘ulariga nisbatan tortilgan “qizil chiziq”qa o‘xshaydi. Hali yashnab, gurkirab ulgurmagan hissiyotni shoir endi o‘sib chiqqan maysaga qiyoslasa, uning inobatga olinmasligi toptash mumkinligiga ishoradek go‘yo. Juda katta fojiani shoir mana shu ikki misraga joylar ekan, birovga indamayin darvozaning ochilishi bu fojiani kulminatsion nuqtaga ko‘tarib, uni dramatik fojiaga aylantiradi.

Page 45: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 45Navbatchi

Kichik tadqiqot

Nigohimni so‘nggi damKipriging kesib o‘tdi.Yo‘lingga yotib olsam,Ko‘nglimni ezib o‘tding.

Senga oson, har qalay,Buzsa bo‘lar nikohni.Menga qiyin, men qanday – Bekor qilay nigohni?!

She’rning xulosasi fikrimizni yanada oydinlashtiradi. Darhaqiqat, yor boshqa inson bilan turmush qurib, hayotini u bilan bog‘lagan. Shu sabab oshiqning nigohini qayta uchratganda kipriklari uning nigohini kesib o‘tadi, ya’ni unga qaramaydi, e’tibor bermaydi. Albatta, oshiq bu holatni ko‘rganda ruhiy iztirobga tushadi. Natijada oshiq qalb qiynoqlariga duchor bo‘ladi. Shu sabab “Senga oson har qalay, Buzsa bo‘lar nikohni”, – deya e’tirof etadi. Lirik qahramon esa: “Menga qiyin, men qanday Bekor qilay nigohni?!” – deya har on, har soniya vujudini larzaga soluvchi armonni shu ikki misraga joylay oladi.

Iqbol Mirzo ijodidagi bag‘ishlov janrida yaratilgan asarlar haqida ham to‘xtalish ahamiyatlidir. “Adabiy turlar va janrlar” nomli kitobda bag‘ishlov haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: “…u yo bu kishiga bag‘ishlanuvchi she’r janri, ammo qasida yoki xat emas. …bag‘ishlovga musharraf bo‘lgan real kishining muhim tomonini, xizmatini to‘g‘ri, samimiy ta’kidlash bu janrdagi she’rning xarakterli belgilaridan biridir. ...bag‘ishlov xalqqa, biror jamoa yo tashkilotga, biror soha kishilariga, biror tarixiy hodisaga qaratilgan bo‘lishi mumkin, hamma gap she’rning kimga va nimaga bag‘ishlanayotganligidadir”. [1, 164]

Bag‘ishlov prototipli she’r hisoblanadi. Albatta, bu hol unga tipiklashtirish va individuallashtirish masalalarida ham muayyan talablar yuklaydi. Shu talablar asosida Iqbol Mirzo ijodidagi bag‘ishlovlarni tahlilga tortamiz. Uning “Yigit”, “Qo‘qon shamoli”, “Akalarimga”, “Paxta” kabi bag‘ishlovlari mavjud. Shoir aksariyat bag‘ishlovlarida prototip obrazlarni sarlavhadan so‘ng ko‘rsatadi. Bir necha bag‘ishlovlarida esa mazmundan kelib chiqib, ayrimlarida sarlavhaga “ga” jo‘nalish kelishigining qo‘shilishi natijasida mazkur asar bag‘ishlov janrida yozilganligini aniqlash mumkin. Shoirning “Akalarimga” nomli bag‘ishloviga shu nuqtayi nazardan razm solamiz:

Uch bora aylandi ajal qamchisi, Uchta yulduzimni falakdan uzib, Bugun jigarimda uchta tig‘ izi, Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.

Birovi shamshirday to‘g‘ri zot edi, Biri erkatoyi she’riyat bog‘in. Birisiga mayda gaplar yot edi, Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.

[3, 98]Shoir hayotidagi eng og‘ir uch yilda uning nigohida

go‘yoki osmondan uch yulduz qulagandek bo‘ldi, ya’ni shoirning qalbidagi uchta tig‘ o‘zbek adabiyoti hamda madaniyatining uch katta daraxti qulaganligi hamda judolik azoblaridan darak beradi. Bu uch ijodkor she’r uchun prototip obraz bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan bir qatorda shoir ularning individual jihatlarini ochib berishga muyassar bo‘lgan. Biri shamshirday to‘g‘ri zot, ya’ni Shavkat Rahmon, biri she’riyat bog‘ining erkatoyi – Muhammad Yusuf, biriga mayda gaplar yot – Oxun. Shoir ularning xarakteri hamda ruhiyatiga xos jihatlarga to‘xtaladi.

Nazar yomon ekan, suq yomon ekan, Bir ariqdan suv ichib, birga o‘sib, Ko‘p ekan-da joningga ko‘zin tikkan... Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.

Xalqimiz hayotida ming-ming yillardan beri irim-sirimlar o‘rin olgan, bular shoir nigohidan ham chetda qolmagan. U, avvalo, bundan ustalik bilan foydalana olgan. Ya’ni shoir “Nazar yomon ekan, suq yomon ekan” (insonga ko‘z tegmoq ma’nosida) misrasini keltiradiki, bu bilan har uchala ijodkorning yosh ketishiga ishora qiladi. Bir yerda ko‘kargan daraxtlar bir ariqdan suv ichishlari tabiiy. Suv ichish bu yerda Vatanni ifoda etadi. Shu bilan birga mumtoz darg‘alar ijodidan ilhomlanish ma’nosini ham beradi. Ushbu bag‘ishlovda jamiyatimizning tipik vakillari bo‘lgan uch shaxsga shoirning murojaat etishi she’rda o‘tkir nido bo‘lib jaranglaydi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Iqbol Mirzoning bag‘ishlov, she’riy hikoya, she’riy ertak, rivoyat, marsiya kabi janrlardagi asarlarida ham shoirning betakror ovozi yangrab turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adabiy turlar va janrlar. 3 jildlik. 2-jild. – Toshkent: Fan, 1992. 2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.3. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. – Toshkent: Sharq, 2007.

Page 46: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

46 e-mail: [email protected]

Kichik tadqiqot

Har bir fanning o‘z tadqiqot obyekti va predmeti bo‘lganidek, uning ilmiy tahlil metodlarini muvaffaqiyat-li bajarish tadqiqotchining samarali tadqiqot usullarini tanlashiga bog‘liq. Chunki ana shu metodlargina qo‘yil-gan maqsadga erishish imkonini beradi. Faktlarni to‘g‘ri topish tahlil qilishning instrumenti hisoblanadi. Ilmiy usullar, odatda, ikki xil, ya’ni umumiy yoki umumilmiy va maxsus usullardir:

1. Tadqiqotlarning uslubiy asosini xolislik, muqobil-lik, tarixiy haqiqatga muvofiqlik va ma’naviy mezonlar belgilaydi.

2. Metodologik manbalar sifatida bugungi kunda ye-takchi xorijiy va milliy olimlarning ilmiy ishlaridan foy-dalaniladi.

Ilmiy izlanishlarning butun jarayonida foydalaniladi-gan umumiy bilish metodlari mavjud bo‘lib, ular uch gu-ruhga bo‘linadi:

1. Empirik tadqiqot usullari qiyoslash, eksperiment (sinovdan o‘tkazish)dan iborat.

2. Ham empirik, ham nazariy ko‘lamda ishlatiladigan usullar: abstrakt fikrlash, tahlil, sintez, induksiya va de-duksiya.

3. Nazariy tadqiqot usuli: abstrakt fikrlashdan konkret fikrlashga o‘tish, konkret fikrlashdan abstrakt fikrlashga o‘tish.

Qiyoslash eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bo‘lib, uning natijasida narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar, ikki yoki undan ortiq voqelikka xos umumiy belgilar aniqlanadi.

Qiyoslash ikki asosiy talabga javob berishi kerak:1. O‘zaro umumiylikka ega bo‘lgan narsa-hodisalar-

ning qiyoslanishi.2. Narsa-hodisalarni qiyoslash orqali ularga xos eng

muhim, mohiyatli jihatlar, belgilarning aniqlanishi.Abstraktlashtirish (mavhumlashtirish) narsa-hodi-

salar ni tafakkurda mavhumlashtirish, ularni ikkilamchi belgilardan ozod holda tasavvur qilish va ularning bir yoki bir necha tadqiqotchini qiziqtiruvchi tomonlarini ajratib o lish, belgilashdan iborat.

Tarixiy usul narsa-hodisalarning rivojlanishini o‘rganuv chi usuldir. Tadqiqot predmeti – o‘rganilayotgan narsa-hodisalarni tarixiy tajriba asosida qo‘llash.

Tarjimashunoslik fanida yuqorida qayd qilingan umumilmiy usullar va filologiyaning bir tarmog‘i sifatida umumfilologik usullardan keng foydalaniladi. Tarjima,

G‘anisher JO‘RAYEV, O‘zbekiston davlat jahon tillari

universiteti o‘qituvchisi

TARJIMASHUNOSLIKNING MAXSUS USULLARI XUSUSIDA

eng avvalo, lisoniy jarayon va lisoniy vositalar orqali verballashadi, shu sababdan unda tilshunoslik fanining ko‘plab maxsus usullari qo‘llaniladi.

Adabiyotshunoslik fanining maxsus tahlil usul - lari Nikolay Belchikovning “Пути и навыки лите-ратуроведческого труда” kitobida atroflicha yoritil-gan. Biroq tarjimashunoslik fanining maxsus usullari haqida, afsuski, birorta maxsus adabiyot borligi bizga ma’lum emas. Rus tarjimashunosi prof. V.N.Komisarov o‘zining “Слова о переводе” kitobida tarjimashunoslik metodlari xususida qisqacha to‘xtalib, faqat qiyoslash usuli haqida ayrim fikrlarni yoritib o‘tgan. Bu holat oxirgi 30–40 yil ichida tarjimashunoslik yo‘nalishida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qol-madi. Aksariyat dissertatsiyalarda har kim o‘zi bilgani-cha tahlil qilavergan. Bu holatni intuitsiyaga tayanilgan, deb oqlash mumkin. Ammo ko‘p dissertatsiyalar o‘qil-ganda tadqiqotchilarning ilmiy tahlil metodlari haqida aniq tasavvurga ega emasliklari ko‘rinib qoladi. Ayrim dissertatsiyalarda o‘rganilgan misollar bor-yo‘g‘i 30–40 tadan oshmasa-da, katta xulosalar chiqarilganiga, tar-jimada asosiy usul sifatida, asosan, qiyoslash usuli-dan foydalanildi, degan jumlaning ishlatilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ammo tadqiqotchidan o‘sha qiyoslash usulining mexanizmi, qo‘llanish xususiyatlari va qiyos-lash mezonlarini so‘rasangiz, aniq javob ololmaysiz. Natijada o‘sha dissertatsiyalar muallifi o‘z intuitsiyasi-ga asoslanib dissertatsiya yozgan, degan xulosaga kelinadi. Ammo bor-yo‘g‘i 3-4 ta maqola yozgan olim-da, qanday intuitiv tajriba bor-u, u qanday natija be-rishi mumkin? Axir intuitsiyaga tayanish uchun tarjima ilmida G‘.Salomov, N.Komilov, I.G‘ofurov, P.Usmon, Z.Isomiddinovlarning tajribasi bo‘lishi kerak emas-mi? Tarjima qilingan badiiy matnni tahlil qilishda Izzat Sulton, Abduqodir Hayitmetov, Ibrohim G‘ofurovlarning badiiy tahlil tajribasini egallash darkor. Yosh olimlar, ayniqsa, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga da’vogarlar umumilmiy va maxsus filologik tadqiqot usullaridan nafaqat yaxshi xabardor bo‘lishlari, balki ayni paytda ular shu usullarning qo‘llanish mexanizmini ham yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak.

Xulosa shuki, tarjima usuli va texnikasi haqida juda ko‘p yozilgan bo‘lsa-da, biroq yurtimizda tarjimalarni il-miy o‘rganish, tadqiq qilish metodikasi yuqori darajada, deya olmaymiz.

Page 47: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 47Navbatchi

Kichik tadqiqot

Insoniyat mavjudligining eng asosiy jarayonlaridan biri in-sonning turli holatlardagi hissiyotlari, ichki kechinmalarining namoyishi hisoblanadi. Insonning har qanday xatti-harakati boshidan kechiradigan his-hayajonli kechinmalaridan iborat bo‘lib, olamni anglash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqatgina voqelikni anglab qolmay, hayotdagi u yoki bu hodi-salarga nisbatan o‘z munosabatini namoyon qiladi. Bunday ichki hissiyotlar (kechinmalar) o‘zgaradi, barqaror tus ola-di yoki yo‘qoladi (vatanparvarlik, nafratlanish, bir lahzalik mamnunlik), ya’ni turli xil emotsiyalar paydo bo‘ladi [1.46-b.]. Shuningdek, emotsiyalar insonning faqatgina fikri, qarash-lari yoki harakatlariga ta’sir etibgina qolmay, uning jismoniy, ruhiy holatini ham belgilab beradi.

Rus tilshunosi M.S.Retunskayaning ta’kidlashicha, emot-sionallik faqatgina so‘zlovchining subyektga nisbatan emot-sional baholovchi munosabatinigina ifodalab qolmay, balki tinglovchiga emotsional ta’sir o‘tkazish uchun ham xizmat qiladi. Uning fikricha, emotiv baholovchi leksika o‘z ma’no-sida obyektga yoki hodisaga nisbatan bildirilgan emotsional axborotni ham o‘z ichiga oladi. Emotsional baholovchi ax-borot deyilganida inson psixikasi va tasavvurida shakllan-gan atrof-muhitga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.

Odatda, emotsiyalar biologik va psixologik nuqtayi nazardan biror omilga bevosita reaksiya sifatida qaraladi. Hissiy munosabatlar lingvistik jihatdan emotsional reaksi-yalarda farqlanib, uning turlari va miqdori uzoq vaqtlar davo-mida muhokama qilinib kelingan. Qadimiy yunon falsafa maktabi vakillarining ta’kidlashicha, emotsiya to‘rtta asosiy his-tuyg‘u – sevgi va nafrat, qayg‘u va quvonchdan iborat. Ushbu emotsiyalar tabiiy yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mum-kin. Tabiiy emotsiyalar turli madaniyat vakillari uchun bir xil xarakterda namoyon bo‘ladi, ammo o‘zgaruvchan emotsi-yalar individual xususiyatga ega, ular holatga qarab o‘zgarib turadi.

Emotsiyalarni o‘rganish psixologiya, falsafa, etnologiya, sotsiologiya va tilshunoslik kabi bir qator fanlar bilan uz-viy bog‘liq. “Emotsionallik” atamasi tilshunoslik fanida ham qo‘llanilar ekan, u, asosan, matndagi hissiy birliklarni ifodalash va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Emotsionallikning pragma-tik, paradigmatik tomonlari ilmiy izlanishlarning asosini tash-kil etgani bois bu borada ko‘plab tilshunos lar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan, emotsiya bilan bog‘liq masalalar V.I.Shaxovskiy, V.G.Gak, A.Vejbitskaya va boshqalarning ilmiy ishlarida leksikologiya nuqtayi nazaridan tadqiq qilin-gan bo‘lsa, Y.M.Malinovich, A.V.Bezrukova, A.A.Zaliznyak kabi olimlarning tadqiqotlari sintaktik va semantik-sintaktik

Dilnoza ABDUVAXABOVA,Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot

texnologiyalari universiteti o‘qituvchisi

EMOTSIYALARNING XUSUSIYATLARI VA TILDA IFODALANISHI

yondashuv doirasida o‘rganilgan. Emotsionallik tahlili va talqini xorijiy tilshunos olimlarning tadqiqotlarida turli lingvis-tik sathlar, tilshunoslik sohalari hamda diaxronik, sinxronik jihatlar, shuningdek, turli metodlardan foydalanilgan holda o‘rganilib kelinmoqda. Jumladan, O.D.Dunina rus va ingliz tillaridagi “emotsiya”ni anglatuvchi so‘zlarning leksik-seman-tik maydonini aniqlashda mazkur so‘zlarning etimologiyasiga murojaat qiladi. Emotsionallik doirasida birgina “удивление” – hayratlanish, ajablanish konseptining ingliz va rus tillar-idagi qiyosiy talqini N.V.Dorofeyevaning dissertatsiyasidan o‘rin olgan. Muallif ajablanish ma’nosini anglatuvchi so‘zlar-dan tashqari ajablanish jarayonida qo‘llaniladigan undov so‘zlarni ingliz va rus tillarida taqqoslab tahlil qilgan.

Shuni qayd qilish lozimki, turli mualliflar emotsiyalar miqdorini turlicha ko‘rsatadi. Pol Ekman qarashlariga ko‘ra emotsiyaning asosiy turlari oltita: qoniqish, qiziqish, ajab-lanish, ranjish, jahl va qo‘rquvdan iborat. Lekin yana bir tilshunos olim Kerrol Izard asosiy emotsiya turlarini o‘nta deb ko‘rsatadi: qiziqish, quvonch, hayrat, qayg‘u, jahl, nafrat, juda yomon ko‘rish, qo‘rquv, uyat, aybdorlik hissi. K.Izardning fikrlaridan farqli ravishda emotsiya to‘g‘risida R.Kornelius shunday deydi: “Konkret aniqlangan emotsiya mavjud emas, faqatgina har xil odamlarning emotsiyalarini ifodalashda umumiylik bor bo‘lib, evolyutsion biologik xu-susiyat sifatida qarash mumkin”. [4. 63-b.] Tildagi emotsi-yalarni ifoda etishning turlicha yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, bu borada klassik yondashuvchilar sifatida L.Iordanskaya va A.Vejbitskayani keltirish mumkin. Ushbu tilshunos olimlar emotsiyalarning semantik jihatlarini talqin qilishgan bo‘lsa, Dj.Lakova va Z.Kevecheslar kognitiv nuqtayi nazardan o‘rganishni lozim topganlar.

Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, emot-siyalarning turlari xususidagi fikrlar xilma-xil va shuning uchun ham emotsiyalarning turli til sathlaridagi tipologik tah-lili o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan hamda tadqiqotchilarning e’tiborini jalb etib kelmoqda.

Xullas, emotsiyalar kishining o‘z hayotida yuz berayot-gan, bilib olayotgan yoki mashg‘ul bo‘layotgan ishiga nis-batan o‘zicha turli shaklda bildiradigan ichki munosabat, insonga xos hissiyot bo‘lib, sodir bo‘ladigan yoki bo‘lib o‘tadigan voqea-hodisalarga nisbatan berilgan bahodir. Emotsionallik kishilarning madaniyati, yashayotgan muhi-ti, jamiyatda tutgan o‘rni, yoshi, kasbi va shaxsiy individual xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Buning sababi esa vo-qelikka bo‘lgan munosabat va uni baholash darajasi har bir insonning o‘z ixtiyoriga bog‘liqligida.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Е.Ю.Мягкова. Эмоциональная нагрузка слова: опыт психолингвистического исследования. – Воронеж, 1990. С. 85.2. В.И.Шаховский, Категоризация эмоций в лексико-семантической системе языка: Изд. 2-е, испр. и доп. – Москва: УРСС, 2008.

С. 208.3. Л.А.Пиотровская. Эмотивность как языковая категория // Вестник Санкт-Петербургского университета, 1993. Сер. 2, Вып. 2 (№9)4. Cornelius R.R. The science of emotion: Research and tradition in the psychology of emotions // Prentice-Hall, Upper Saddle River, NJ.

1996.

Page 48: 2019-yil. 2-son. - tilvaadabiyot.uztilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/2-son_2019_uz.pdf · vebsayt: 1 Navbatchi Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til

48 e-mail: [email protected]

Kichik tadqiqot

Ma’lumki, borliqdagi, tabiat va jamiyatdagi barcha narsa va hodisalar davri, hajmi, shakli, uzoq-yaqinligi, harorati, maza-ta’mi, sifat va miqdoriga asosan ajratiladi, farqlanadi va o‘ziga xos belgisiga ko‘ra nomlanadi. Narsa va hodisalar-ning bu kabi turli xususiyatlari, shubhasiz, tilning lug‘aviy ma’no guruhlarida o‘z ifodasini topadi hamda darajasiga ko‘ra nomlanadi; til tizimida har biri alohida lug‘aviy birliklar si-fatida boshqalari bilan darajaviy (gradual) munosabatlarni shakllantiradi.

O‘zbek tili lug‘at boyligini lug‘aviy ma’no guruhlariga ajratish so‘zlararo ma’noviy munosabatlarni o‘rgatish bilan chambarchas bog‘liq. Tilshunoslikda til hodisalarini tizimli o‘rganish usuli maydonga kelgunga qadar so‘zlararo ma’noviy munosabatlar tushunchasi ostida, asosan, sinonimiya va antonimiya munosabatlari o‘rganib kelingan. Keyingi payt-larda sistem tilshunoslik yo‘nalishida ish olib borgan ayrim o‘zbek tilshunoslarining ishlarida lug‘aviy ma’no guruhlarida til tizimi sistemaviy munosabatlar bilan chegaralanib qol-masdan, giponimik (tur-jins), partonimik (butun-bo‘lak) va graduonimik (darajalanish) munosabatlariga ham egaligi

ta’kidlanadi. Lug‘aviy ma’no guruhlari doirasida ma’no da-rajalarini ifodalovchi leksik birliklarga graduonimiya deyiladi. So‘z (leksema)larning ma’noviy guruhlarini tashkil qiluvchi til birliklari sinonimik qatorlar singari graduonimik qatorlarni ham tashkil qiladi. Masalan, do‘st, o‘rtoq, jo‘ra, oshna so‘zlarida dominant so‘z “do‘st” o‘rtoq, oshna, jo‘ra sinonimik qa-torini tashkil qilgani singari oqish, oqimtir, oq, oppoq so‘zlari ham bir oqlik graduonimik qatorini tashkil qiladi. Lekin keltiril-gan misollardan shuni anglash mumkinki, sinonimik qatorda shakl jihatidan turlicha so‘zlar ma’noviy jihatdan bir guruhni tashkil qilgan bo‘lsa, graduonimik qatorda bunday emas. Graduonimik qatorga jamlangan so‘zlar shaklan sinonimlar-ga o‘xshamaydi, balki, ko‘pincha, bir so‘zning turli shakllari bo‘lib, faqat shu so‘zlarni anglatgan biror belgi yoki xususiyat (ortiq yoki kamligi) darajasiga ko‘ra bir ma’noviy guruh yoki qa-torni tashkil qiladi. Bu jihatdan graduonimlar antonimlarga (kat-ta-kichik, tor-keng – hajm-shakl darajasidagi zidlikka ko‘ra) biroz o‘xshaydi. Biroq zidlanish darajasi jihatidan graduonim va antonimlar ham bir-biridan farqlanadi.

Qiyoslang: katta-kichik – antonim; oqish, oq, oppoq – graduonim.

Bu farqni yanada yaqqolroq anglatish uchun ayrim tilshunoslar uni shunday izohlaydi: graduonimlarning eng yorqin namunasi o‘rta so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatoridir. Masalan, katta-o‘rta-kichik, yosh-o‘rta-qari, uzoq-o‘rta-yaqin, uzun-o‘rta-qisqa.

Ma’lumki, o‘rta so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtaliq, oraliq, ya’ni ichki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi. O‘rta leksemasi antonimlar ora-lig‘idan o‘rin olsa, (katta-o‘rta-kichik) darajalanish ham sezi-ladi. Ammo o‘rta leksemasi birliklarning zid belgilar asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi.

Buning ustiga darajalanish qatori a’zolari kamida uch-ta bo‘ladi: darcha-eshik-darvoza; buzoq-tana-g‘unajin-sigir; ingramoq-g‘ingshimoq-baqirmoq-o‘kirmoq-hayqirmoq.Bu kabi sinonim va antonimlardan farqli ravishda darajalan-ish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatori sof lisoniy

Muqaddas QOSIMOVA,Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti Termiz filiali o‘qituvchisi

GRADUONIMIYA NIMA?va g‘ayrilisoniy asoslarga ham ajratiladi. G‘ayrilisoniy omil-ga tabiatda sodi r bo‘ladigan sifat hamda miqdoriy o‘zga-rishlar asosida yuz beradigan hodisalar va shu hodisalarga inson tomonidan atab qo‘yilgan alohida so‘zlar kiradi: ni-hol-ko‘chat-daraxt.

Lisoniy, lug‘aviy darajalanishda bir qator so‘zlardagi atash, jamlash semalari tarkibidagi miqdorga ma’lum bir belgining oz-ko‘pligi, turli xil darajalariga ishora mavjud. Jumladan, darcha, eshik, darvoza so‘zlarining “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi talqinida “kichkina”, “eshikcha”, “katta” so‘zlari miqdoriy belgilariga ishora qilinganligini ko‘rish mumkin. Sinonimiya,­ antonimiya,­ polisemiya kabi graduonimiya hodi-sasi ham tilning barcha sathlarida voqelanadi. Fonologiyaning ilk taraqqiyot bosqichlaridayoq Praga tilshunoslik vakillari bo‘lmish mashhur rus fonolog tilshunoslari N.S.Trubetskoy va R.Yakobson o‘z ishlarida fonemalarning gradual (darajali) oppozitsiyalari (ziddiyatlari) ma’lum bir belgining ozlik, ko‘plik darajasi asosida fonemalarning turli vaziyatlarda o‘zaro zidla-nishi haqida muhim ma’lumot berib o‘tgan. Shu davrga qa-dar o‘zbek tilidagi nutq tovushlari an’anaviy tarzda o‘rganildi, tasnif qilindi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asosda hal etildi. O‘zbek tilining unli va undosh fonemalari o‘rta va oliy ta’lim darslik, qo‘llanmalarida bir xil tasnif va tahlil qilinadi:

– tilning vertikal harakatiga ko‘ra;– tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;– og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra;– lablarning ishtirokiga ko‘ra.

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra o‘zbek tilida unlilar yuqori ko‘tarilish, o‘rta ko‘tarilish hamda quyi ko‘tarilish unlilariga ajratilgan. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unli fonemalarning yuqori, o‘rta, quyi ko‘tarilish unlilariga ajratilishi graduonimi-yaning yuqorida aytilgan “katta-o‘rta-kichik”, “yuqori-o‘rta-quyi” tamoyiliga juda mos keladi. Chunki bunda unli fone-malar tilning yuqori ko‘tarilish darajasi, o‘rta holat (darajasi) va quyi tomon tushish harakati darajasiga ko‘ra tasniflanadi. O‘zbek tilida unli fonemalar dastlab graduonimik darajala-nish nuqtayi nazaridan tasnif qilinib, tilning yuqori, o‘rta, quyi ko‘tarilish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Shunga ko‘ra o‘zbek tilida unlilar:

– tilning eng yuqori darajada ko‘tarilishi: i – u;– tilning o‘rta darajadagi holati: e – o‘;– tilning eng quyi darajada tushishi: a – o – e kabi tasni-

flanadi.Bu unli fonemalarning bir xususiyatiga ko‘ra darajalanishi –

graduonimiyasidir. G‘ayrilisoniy graduonimik munosabatning tildagi ifodasi bo‘lgan i, e, a, va u, o‘, o graduonimlari o‘za-ro bir-biri bilan darajali ziddiyatni ham tashkil qiladi, chunki muayyan bir belgi-xususiyat darajasiga, oz-ko‘pligiga kami-da uchta til birligi orasida bo‘ladigan va o‘zaro qarama-qarshi qo‘yiladigan ziddiyatlar darajali ziddiyatlar hisoblanadi. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar munosabati uch a’zoli gradual munosabat sanaladi: birinchi kuchsiz a’zo – a, o, ikkinchi o‘rta a’zo – e, o‘ va uchinchi kuchli a’zo – i, u bilan darajali ziddiyat-da, chunki bularda tilning holat darajasi bir xil emas, shuning-dek, 2-o‘rta a’zo e, o‘, 1-kuchsiz a’zo a, o va 3-kuchli a’zo i, u bilan, 3-kuchli a’zo i, u, 1-kuchsiz a’zo a, o va 2-o‘rta a’zo e, o‘ bilan darajali ziddiyatda bo‘ladi.