215
Loyiha TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI Azimov M.M. Muminov A.R. Nugmanov N.A. Umarxanova D.Sh. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA TOSHKENT-2016

XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

  • Upload
    others

  • View
    259

  • Download
    1

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

Loyiha

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

Azimov M.M.

Muminov A.R.

Nugmanov N.A.

Umarxanova D.Sh.

XALQARO SHARTNOMALAR

HUQUQI

O’QUV QO’LLANMA

TOSHKENT-2016

Page 2: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

2

XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI

O’QUV QO’LLANMA

Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro shartnomalar

huquqi” moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, unda xalqaro shartnomalar huquqi

tushunchasi, manbalari, ob’ekti va maqsadi, xalqaro shartnomalarni tasniflash, ularning shakli,

tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to’xtalishi va shartnomaning ijrosini ta’minlash

usullar va shu kabi masalalar atroflicha o’rganilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining

xalqaro munosabatlarda o’ziga xos o’rniga egaligi va xalqaro shartnomalarni bajarishdagi

tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yoritib berilgan. (Mualliflar – yu.f.n., M.M.Azimov,

yu.f.n., A.R.Muminov, yu.f.n., N.A.Nugmanov va yu.f.n., D.Sh.Umarxanova)

O’quv qo’llanma lotin yozuvida tayorlangan bo’lib, olimlar, sud-huquq sohasidagi

mutaxassislar va yuridik universitet talabalari va umuman xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq,

xususan, xalqaro shartnomalar huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo’ljallangan.

ПРАВО МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ

УЧЕБНОЕ ПОСОБИЕ

Настоящее учебное пособие было разработано Ташкентским государственным

юридическим университетом в соответствии с модульной программой - "Право

международных договоров" и в нем были обследованы следующие вопросы: понятие

международных договоров, источники, объект и цель, классификация международных

договоров, их формы, структура и название, вступление в силу, расторжение,

приостановление, методы обеспечения исполнения международных договорови др. Кроме

того, были освещены вопросы роли Республики Узбекистан в международных отношениях,

и реализации инициатив при исполнении международных договоров. (Авторы – к.ю.н., M.M.

Азимов, к.ю.н., А.Р.Муминов, к.ю.н., Н.А.Нугманов и к.ю.н., Д.Ш.Умарханова)

Учебное пособие подготовлено на латинском алфавите и предназначено для ученых,

специалистов судебно-правовой сферы и студентов юридического университета, а также

всем читателям, интересующимся международным правом и международными

отношениями, в частности, правом международных договоров.

LAW OF TREATIES

THE REFERENCE

This reference has been developed by Tashkent State Law University according to the

modular program - "Law of treaties". In the reference, the following questions were investigated:

the concept of international treaties, the sources, the object and the purpose, the classification of

treaties, their forms, structure and the name of international treaties, the entry into force,

termination, suspension, methods of enforcement of international treaties and others. In addition,

there were taken up questions of the role of the Republic of Uzbekistan in the international

relations, and realization of initiatives at execution of international treaties. (Authors -

M.M.Azimov, A.R.Muminov, N.A.Nugmanov and D.Sh.Umarkhanova)

The reference is prepared in the Latin alphabet and intended for scientists, experts of the

judicial and legal sphere and law students of the University, as well as all readers interested in

international law and international relations, in particular, the law of treaties.

Page 3: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

3

O’quv qo’llanma Toshkent davlat yuridik universitetining O’quv-uslubiy kengashi

majlisining 2016 yil «____» _____________ «___» -sonli majlisi bayonnomasi bilan

tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan.

UDK

BBK

U47

Xalqaro shartnomalar huquqi: O’quv qo’llanma // Azimov M.M.,

Muminov A.R., Nugmanov N.A. va Umarxanova D.Sh. – T.: TDYuU

nashriyoti, 2016, 210-bet.

Mualliflar tarkibi:

Yu.f.n., dots. Muminov A.R. – I, VI, VII, VIII boblar; yu.f.n., Azimov M.M. – IX,

XI, XII boblar; yu.f.n., Nugmanov N.A. – V bob; yu.f.n., Umarxanova D.Sh. – II, III, IV,

X boblar;

Ma’sul muharrir:

Yuldasheva G. – Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy tadqiqotlar

markazi rahbari, yuridik fanlar nomzodi

Taqrizchilar:

Toshev B.N. – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlarni malakasini

oshirish markazi “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish

nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar

doktori.

Yunusov H. – JIDU Yuneskoning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi

dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

© Mualliflar jamoasi.

Toshkent davlat yuridik universiteti, 2016 yil

Page 4: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

4

M U N D A R I J A

KIRISH………………………………………………………………………………………... 10

I BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO SHARTNOMALAR

HUQUQINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI ............................................... 14

1.1. Davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va qadimgi davrdagi xalqaro shartnomalar

...................................................................................................................................................... 14

1.2. O’rta asrlarda xalqaro shartnomalar ...................................................................................... 20

1.3. Xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish tendentsiyalari ...................... 25

1.4. Xalqaro shartnomalar huquqining kodifikatsiyasi ................................................................. 28

1.5. O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining rivojlanishi ............................................... 32

II BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO SHARTNOMALAR

HUQUQI..................................................................................................................................... 36

2.1. Xalqaro shartnoma tushunchasi va hozirgi zamon xalqaro munosabatlari tizimidagi ularning

roli ............................................................................................................................................... 36

2.2. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi ............................................................................38

2.3. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalari ............................................................................... 39

2.4. Xalqaro shartnomalar huquqi prinsiplari ............................................................................... 41

III BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI SUB’EKTLARI ............................... 47

3.1. Xalqaro shartnomalar huquqining sub’ektlari tushunchasi ................................................... 47

3.2. Xalqaro shartnomalar huquqining sub’ektlarining turlari ..................................................... 48

3.3. Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqati .......................................................... 52

3.4. Xalqaro shartnomalarda uchinchi tomon ............................................................................... 54

IV BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TASNIFLANISHI VA TARKIBI ............... 59

4.1. Xalqaro shartnomalarning tasniflanishi ................................................................................ 59

4.2. Xalqaro shartnomalarning tuzilishi ....................................................................................... 61

4.3. Xalqaro shartnomaning nomi ................................................................................................ 63

4.4. Xalqaro shartnomaning tili .................................................................................................... 68

V BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TUZISH............................................................ 71 5.1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari ................................................... 71

5.2. Shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi organlar .................................. 73

5.3. Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari ............................................................................ 78

5.4. Shartnoma matnini qabul qilish ............................................................................................. 80

5.5. Shartnoma matnining autentligini belgilash .......................................................................... 86

5.6. Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash ........................................................................... 89

5.7. Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish ....................................................... 90

5.8. Xalqaro shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish ............................................ 93

VI BOB. XALQARO SHARTNOMALARNING VAQT VA HUDUD BO’YICHA AMAL

QILISHI......................................................................................................................................101

6.1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi ............................ 101

6.2. Prolongatsiya........................................................................................................................ 103

6.3. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi ............................................... 104

6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi ..................................................... 107

Page 5: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

5

VII BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TADBIQ QILISH....................................... 111

7.1. Xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish tushunchasi ............................................................... 111

7.2. Davlatlarning ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish .................................... 113

7.3. Konstitutsiya va xalqaro huquq ............................................................................................ 115

7.4. Xalqaro shartnomalarning implementatsiyasi ..................................................................... 116

VIII. XALQARO SHARTNOMALARNI BAJARILISHINING MONITORINGI........... 132

8.1. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi ........................................132

8.2. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning xalqaro monitoringi va

uni amalga oshiruvchi sub’ektlar ................................................................................................ 137

8.3. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning milliy monitoringi va

uni amalga oshiruvchi sub’ektlar ................................................................................................ 140

IX BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH................ 147

9.1. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi ................................................. 147

9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi ............................................................. 151

9.3. Xalqaro shartnomalarning mutloq haqiqiy emasligi ............................................................ 160

X BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI SHARXLASH ............................................... 165

10.1. Sharxlash tushunchasi ........................................................................................................ 165

10.2. Sharxlash ob’ekti va vositalari ........................................................................................... 167

10.3. Sharxlash prinsiplari va qoidalari ...................................................................................... 168

10.4. Sharxlash usullari ............................................................................................................... 170

XI BOB. XALQARO SHARTNOMALARGA NISBATAN HUQUQIY VORISLIK ....... 177

11.1. Umumiy qoidalar ............................................................................................................... 177

11.2. Yangi mustaqil davlatlar .................................................................................................... 179

11.3. Davlatlarning birlashishi va bo’linishi natijasida huquqiy vorislik ................................... 181

XII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKA XALQARO SHARTNOMALARGA OID

QONUNCHILIGI..................................................................................................................... 188

12.1. O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida qonun hujjatlari ................. 188

12.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oid qonunosti hujjatlari ............ 190

12.3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy tashabbuslari ................................ 192

GLOSSARIY…………………………………………………………………………………. 203

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………………………………… 207

Page 6: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

6

СОДЕРЖАНИЕ

ПРЕДИСЛОВИЕ…………………………………………………………………………….........10

ГЛАВА I. ПРОИСХОЖДЕНИЕ И РАЗВИТИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ И

ПРАВО МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ…………………………………………..…....14

1.1. Формирование межправительственных отношений и международные договора древнего

периода……………………………………………………………………………………………..14

1.2. Международные договора средневековья………………………………………...…...……20

1.3. Тенденции формирования и развития права международных договоров………………...25

1.4. Кодификация права международных договоров……………………………………………28

1.5. Развитие права международных договоров в Узбекистане…………………………..……32

ГЛАВА II. МЕЖДУНАРОДНЫЕ ДОГОВОРА И ПРАВО МЕЖДУНАРОДНЫХ

ДОГОВОРОВ………………………………………………………………………………….… 36

2.1. Понятие международных договоров и их роль в современной системе международных

отношений………………………………………………………………………………………….36

2.2. Понятие права международных договоров…………………………………………...……..38

2.3. Источники права международных договоров…………………………………...……...…..39

2.4. Принципы права международных договоров…………………………………..…..………41

ГЛАВА III. СУБЪЕКТЫ ПРАВА МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ…………………47

3.1. Понятие субъектов права международных договоров…………………………………..…47

3.2. Виды субъектов права международных договоров……………………………………..….48

3.3. Договорная правоспособность субъектов права международных

договоров……………………………………………………………………………………...……52

3.4. Третьи стороны………………………………………………………………………...……...54

ГЛАВА IV. КЛАССИФИКАЦИЯ И СТРУКТУРА МЕЖДУНАРОДНЫХ

ДОГОВОРОВ……………………………………………………………………………...………59

4.1. Классификация международных договоров………………………………….……..………59

4.2. Структура международных договоров……………………………………………...……….61

4.3. Название международных договоров………………………………………………………..63

4.4. Язык международных договоров………………………………………………………...…..68

ГЛАВА V. ЗАКЛЮЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ …………………….….71

5.1. Организационные формы подготовки договоров……………………………………...…...71

5.2. Органы, представляющие государство при заключении договоров………………...…….73

5.3. Полномочия представителей международных организаций…………………………..…...78

5.4. Принятие текста………………………………………………………………………..….…..80

5.5. Аутентификация текста…………………………………………………………………...….86

5.6. Подписание заключительного акта конференции………………………………….….…...89

5.7. Согласие на обязательность договора…………………………………………….….……..90

5.8. Поправки к договорам и изменение договоров………………………………………..……93

ГЛАВА VI. ЗАКОННОСТЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ СОГЛАШЕНИЙ ВО ВРЕМЕНИ И

ПРОСТРАНСТВЕ…………………………………………...…………………………………. 101

6.1. Вступление в силу и действие договора во времени………………………………...……101

6.2. Пролонгация………………………………………………………………………..……..…103

6.3. Прекращение договоров и приостановление их действия………………….……..…...…104

6.4. Территориальная сфера действия договоров………………………………………………107

Page 7: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

7

ГЛАВА VII. ПРИМЕНЕНИЕ ДОГОВОРОВ………………………………………………111

7.1. Понятие применения международных договоров……………………………….……….111

7.2. Внутреннее право и соблюдение договоров…………………………………………....…113

7.3. Конституция и международное право………………………………………………..……115

7.4. Имплементация международных договоров……………….………………………...……117

ГЛАВА VIII. МОНИТОРИНГ ОСУЩЕСТВЛЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ

ДОГОВОРОВ………………………………………………………………………………….....132

8.1. Понятие мониторинг международных договоров…………………………………...…….132

8.2. Международный мониторинг обязательств, вытекающих из международных договоров и

их исполняющие субъекты……………...…………………………………………………….…137

8.3. Национальный мониторинг обязательств, вытекающих из международных договоров и

их исполняющие субъекты…………………………………………………….………...………140

ГЛАВА IX. НЕДЕЙСТВИТЕЛЬНОСТЬ ДОГОВОРОВ…………………………………...147

9.1. Действительность и недействительность международных договоров…..........................147

9.2. Относительная недействительность международных договоров………………………...151

9.3. Абсолютная недействительность международных договоров………………………...…160

ГЛАВА X. ТОЛКОВАНИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ……..………………...165

10.1. Понятие толкования……………………………………………………..........................…165

10.2 Дополнительные средства и объект толкования……………………..………………...…167

10.3. Принципы и правила толкования……………………………………….…………………168

10.4. Методы толкования…………………………………………………………………...……170

ГЛАВА XI. ПРАВОПРЕЕМСТВО В ОТНОШЕНИИ ДОГОВОРОВ…..………………...177

11.1. Общие положения………………………………………………………………………….177

11.2. Новые независимые государства.........................................................................................179

11.3. Правопреемство при объединение и отделение государств……..…………………..….181

ГЛАВА XII. ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О

МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ………………………………………………………...188

12.1. Законы - связанные с международными договорами Республики

Узбекистан………………………………………………………………...……………………...188

12.2. Под законные акты о международных договорах Республики

Узбекистан…………………………………………...………………………………………...…190

12.3. Инициативы Республики Узбекистан относительно международных

договоров…………………………………………………………………………………………192

ГЛОССАРИЙ…………………………………………………………………………...……….203

СПИСОК ИСПОЛЗАВОННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ ………………………………...…...……207

Page 8: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

8

CONTENTS

PREFACE………………………………………………………………………………………….10

CHAPTER I. THE ORIGINS AND DEVELOPMENT OF TREATY AND THE LAW OF

TREATIES……………………………………………………………......................................... 14

1.1. The formation of intergovernmental relations and international treaties of the ancient

period……………………………………………………………………………………………..…14

1.2. International treaties of the middle Ages…………………………………………………….…20

1.3. Tendencies of the formation and development of the Law of treaties………………………... 25

1.4. Codification of the Law of treaties……………………………………………......................... 28

1.5. The development of the Law of treaties in Uzbekistan……………………………………...... 32

CHAPTER II. TREATY AND THE LAW OF TREATIES………………………………..…. 36

2.1. The concept of the international treaties and their role in the modern system of international

relations……………………………………………………………………………………………..36

2.2. The concept of the Law of treaties………………………………………………......................38

2.3. Sources of the Law of treaties……………………………………………………………...…..39

2.4. The principles of the Law of treaties………………………………………………...…………41

CHAPTER III. THE SUBJECTS OF THE LAW OF TREATIES…………………...………..47

3.1. The concept of the subjects of the Law of treaties………………………………......................47

3.2. The types of the subjects of the Law of treaties…………………………………......................48

3.3. The contractual capacity the subjects of the Law of treaties…………………………………...52

3.4. The third parties in international treaties……………………………………………………….54

CHAPTER IV. CLASSIFICATION AND STRUCTURES OF THE INTERNATIONAL

TREATIES………………………………………………………...……………………………….59

4.1. The classification of the international treaties………………………………………………….59

4.2. The structure of the international treaties…………………………………………………...….61

4.3. The name of the international treaties………………………………………………………….63

4.4. The language of the international treaties……………………………………………...………68

CHAPTER V. CONCLUSION OF TREATIES…………………………………........................71

5.1. Organizational forms of preparation of international treaties……………………………….....71

5.2. The bodies representing the state at the conclusion of treaties………………………………... 73

5.3. The powers of representatives of international organizations…………………..…………….. 78

5.4. Adoption of the text of a treaty…………………………………………………………...…….80

5.5. Authentication of the text of a treaty………………………………………………...…………86

5.6. The signing of the final act of the Conference……………………………………...………….89

5.7. Consent to obligation of the treaty………………………………………………..................... 90

5.8. Amendment and modification of treaties………………………………………………………93

CHAPTER VI. VALIDITY OF INTERNATIONAL TREATIES IN TIME AND

SPACE…………………………………………………………………………………………… 101

6.1. Entry into force and validity of international treaties in time…………………………...……101

6.2. Prolongation……………………………………………………………………......................103

6.3. Termination and suspension of the operation of treaties……………………..………………104

6.4. Territorial scope of treaties…………………………………………………………………...107

Page 9: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

9

CHAPTER VII. APPLICATION OF TREATIES………………………………..………….. 111

7.1. The concept of the application of international treaties…………………………....................111

7.2. Internal law and observance of treaties……………………………………………………….113

7.3. Constitution and international law…………………………………………………………….115

7.4. Implementation of international treaties…………………………………………....................116

Chapter VIII. MONITORING THE IMPLEMENTATION OF INTERNATIONAL

TREATIES………………………………………………………..………………………………132

8.1. The concept of monitoring the implementation of international treaties…………..…………132

8.2. The international monitoring of the obligations following from international treaties and their

subjects…………………………………………………………………………………………….137

8.3. The national monitoring of the obligations following from international treaties and their

subjects…………………………………………………………………………………………….140

CHAPTER IX. INVALIDITY OF TREATIES…………………………………..…………….147

9.1. Validity and invalidity of international treaties………………………………………………147

9.2. Relative invalidity of international treaties…………………………………...………………151

9.3. The absolute invalidity of international treaties…………………………………....................160

CHAPTER X. THE INTERPRETATION OF INTERNATIONAL TREATIES……...…….165

10.1. The concept of the interpretation…………………………………………………………….165

10.2. Supplementary means and object of the interpretation………………………………..…….167

10.3. Principles and rules of the interpretation…………………………………………………….168

10.4. Methods of the interpretation……………………………………………………..…………170

CHAPTER XI. THE LEGAL SUCCESSION OF INTERNATIONAL

TREATIES………………………………………………………………………………………..177

11.1. General rules……………………………………………………………………………...….177

11.2. The new independent states………………………………………………………...………. 179

11.3. The legal succession because of the separation and association of the states……………….181

CHAPTER XII. THE LEGISLATION OF THE INTERNATIONAL TREATIES OF THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN………………………………………………………….……. 188

12.1. The legislation of the international treaties of the Republic of Uzbekistan……....................188

12.2. Laws related to the international treaties of the Republic of Uzbekistan……………………190

12.3. The initiatives of the international treaties of the Republic of Uzbekistan…...……………..192

GLOSSARY……………………………………………………………………………...……….203

REFERENCES………………………………………………………..………………………….207

Page 10: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

10

KIRISH

Shartnoma va kelishuvlar insonlararo muloqotning zaruriy instituti

hisoblanadi. Ularsiz o’zaro muloqot mavjud bo’lmaydi. Ular yordamida

o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlar kelishib olinadi, munozaralar hal qilinadi.

Ularsiz qadimgi qabilalar ham davlatlar ham ish yurita olmaganlar.

Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar huquqiy boshqarilishi kerak

degan fikr shakllanmasidan ancha oldin davlatlararo shartnomalar tuzish

boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik muhim masalalar

hal etilsa, uning muvaffaqiyati ham, ahamiyati ham shunchalik muhim

hisoblanadi. Xalqaro shartnomalarning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni

masalasi tarixdan ko’plab yuristlar e’tiborini jalb etib kelgan.

Shartnomalar globalizatsiya sharoitida mutlaqo o’zgacha ma’no kasb etdi.

Davlatlar borgan sari bir-birlari bilan chambarchas bog’lanib bormoqdalar.

Hech bir davlat boshqa davlatlar bilan rivojlantirilgan munosabatlar

tizimisiz faoliyat olib bormaydi. Xalqaro munosabatlarning bu murakkab

tizimi shartnomalar va ular asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida

tartibga solinadi.

Xalqaro aloqalarni mo’tadil ravishda qo’llab quvvatlashda

shartnomalarning ahamiyatidan kelib chiqib, ularga rioya qilish yuqori

darajadaligi bilan ajralib turadi. Shartnomalarsiz xalqaro aloqalarning

zamonaviy tizimi mavjud bo’la olmas edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik,

ularni bajarmaslik kabi alohida holatlar shuni izohlaydiki, ularning tarkibi

mavjud holatni alohida inobatga olmagan holda tuzilgan. MDH

mamlakatlari miqyosida shartnomaviy munosabatlar tajribasi bunga

yaqqol misol bo’la oladi.

Hozirgi kunda shartnomalar davlatlarning o’zaro hamkorligidagi

harakatlarining deyarli barcha ko’rinishlarini o’z ichiga olgan murakkab,

ko’pqirrali global tizimni o’zida mujassamlashtirgan. Bu jihati bilan

shartnomlar davlatlarning huquqiy tizimidan yuqorilab o’zib ketadi va

yangidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shartnomalarning tuzilish

jarayoni bir maromda o’sib borishda davom etadi. Bularning barchasi

xalqaro shartnomalarni o’rganishga dunyoning yangicha ko’rinishi va ilm-

fan taraqqiyotini hisobga olgan holda alohida o’zgacha ma’no beradi.

Taklif qilinayotgan yondashuv shartnomalarning o’ziga hos

xarakterli belgilariga ishora qiladi. Xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi

kelishuvlar ham xalqaro shartnoma bo’la oladi. Shartnomaning tub

mohiyati - kelishib olayotgan tomonlarning roziligi, kelishuv – nafaqat

Page 11: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

11

shartnomani, balki oddiy xalqaro huquq normalarining vujudga kelish

usulidir. Bu normalarning orasidagi farq ularning tuzish jarayoni va amal

qilinishidir.

Kelishuvlar tomonlarning erkin xohish – istagi, roziligini o’zida aks

ettiradi. Bu xohish-istaklar o’zaro bog’liq bo’lib, ular bir tomonlama (bir

tomonning xohishi bilan) o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Shartnomalarda yuzaga chiquvchi xohish-istak, maqsadlar qotib

qolmaydi (doim yangidan-yangilari paydo bo’ladi). Shartnomalarning

tarkibi – ma’lum bir darajada shartnoma matnini o’zgarishsiz, ehtiyojdan

kelib chiqib o’zgartirilishi mumkin. Biroq bu o’zgartirishlar o’zaro aniq

yozilgan yoki og’zaki holda kelishib olingan bo’lishi lozim.

Mazkur o’quv qo’llanmada xalqaro huquqning alohida sohasi

hisoblangan xalqaro shartnomalar huquqining tushunchasi, manbalari,

ob’ekti va maqsadi, xalqaro shartnomalarni tasniflash, ularning shakli,

tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to’xtalishi va

shartnomaning ijrosini ta’minlash usullar va shu kabi masalalar o’z aksini

topgan. Bundan tashqari, amaliyotchi mutaxassislar yordamida

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar borasidagi tajribasi va

ularning xalqaro munosabatlarda o’ziga xos o’rniga egaligi masalalari

yoritib berilgan.

Page 12: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

12

I BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO

SHARTNOMALAR HUQUQINING VUJUDGA KELISHI VA

RIVOJLANISHI

(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich)

Annotatsiya. Mazkur bobda davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va

qadimgi davrdagi, o’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar, xalqaro shartnomalar

huquqining shakllanishi va rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro shartnomalar

huquqning kodifikatsiyasi hamda O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining

rivojlanish tendentsiyalarining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’zlashtirish

imkoniyatini beradi.

1.1. Davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va qadimgi

davrdagi xalqaro shartnomalar

Odatda adabiyotlarda xalqaro huquqning vujudga kelishini bevosita

davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi dastlabki shartnomalarning

tuzilishi bilan bog’lashadi. Xalqlarning o’zaro aloqalarini normativ asosda

tartibga solish ehtiyoji davlat paydo bo’lishidan anchagina ilgari sezila

boshlagan. “Xalqaro bitimlar xalqaro huquq g’oyasining paydo bo’lishidan

ancha oldin tuzila boshlagan edi. Buning hech hayratlanarli joyi yo’q.

Bitim mustaqil birlashmalar o’rtasida vujudga keladigan nizolarni tinch

yo’l bilan hal etishning birdan bir vositasi bo’lgan”1, deb yozadi,

I.Lukashuk. Hatto qabilalararo munosabatlarda ham, garchi ular

davlatlararo munosabatlardan farqli o’laroq, siyosiy mazmun kasb

etmagan bo’lsa-da, ana shunday normativ tartiblarga ehtiyoj bo’lgan.

Qabilalar o’rtasida tinchlik, qo’shma jangovar yurishlar, mulkdagi

cheklashlar va boshqalar to’g’risida bitimlar tuzilgan. Bitimlarning

ahamiyati katta edi, chunki, tinchlik to’g’risidagi bitimning mavjud

emasligi, qabilaning boshqa qabila bilan urush holatida ekanligini bildirar

edi. Muayyan qoidaning e’tirof etilmasligi, qo’shni davlatlar bilan

dushmanlik holatidan boshqa har qanday holatda ekanligi bilan

tenglashtirilar va bunday munosabatning oqibatlari juda ham jiddiy

hisoblanar edi2.

1Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -

М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40 2 O’sha joyda.

Page 13: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

13

Alohida qayd etish lozimki, xalqaro shartnomalar huquqining

vujudga kelishining dastlabki bosqichlarida, qabilalararo va davlatlararo

munosabatlar asosan odat normalariga asoslanar edi.

Dunyoning turli mintaqalarida davlatlarning paydo bo’lishi bilan

birga ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquq

normalari ham paydo bo’lgan. Misol uchun, Qadimgi davrda xalqaro shartnomalar ikki daryo oralig’i

bo’lgan Bobil va Misrda, Xitoy va Hindistonda, Markaziy Osiyoda, qadimgi Gretsiya

va Rimda paydo bo’lgan va rivojlangan. Eramizdan avvalgi XXIII asrda tuzilgan va

hozirgi kunga qadar yetib kelgan Akkadlar shohi Naramsin bilan Elam hukmdorlari

o’rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalardan biri hisoblanadi.

Qadimgi shartnomalar ko’proq urush va tinchlik masalalariga

bag’ishlangan. Masalan, er.av.1296 yilda Misr fir’avni Ramzes II va Xettlar shohi Xattushil III

qullar qo’zg’oloniga qarshi kurash bo’yicha harbiy ittifoq tuzish haqidagi

shartnomani imzolaganlar.

Qayd etish lozimki, bunday shartnomalar, nafaqat tashqi

funksiyalarni, balki davlatning ichki funksiyalarini ham bajara boshlagan.

Jumladan, mazkur shartnoma qo’zg’olon ko’targan qullarni bostirishni

hamda uning natijasida qochib ketgan qullarni, ya’ni siyosiy qochoqlarni

qaytarib berishni ko’zda tutgan1.

Rim huquqshunoslari qadimgi xalqaro huquq, ya’ni “xalqlar

huquqi”ga katta hissa qo’shganlar. Rim huquqshunosi Ulpian “xalqlar

huquqidan barcha xalqlar foydalanadi va u tabiiy huquqdir” degan.

Quldorlik davlatlari turli masalalar bo’yicha shartnomalar tuzishgan:

tinchlik va yarashuv, ittifoqchilik va harbiy yordam, qochoq qullarni

qaytarib berish, savdo, chet elliklarning huquqlari, kam uchraydigan

hayvonlar va qushlarni muhofaza qilish, soborlarni qayta ta’mirlash va

muhofaza qilish, qo’shinlarni o’tishi, o’lganlarni ko’mish, arbitraj va

hujum qilmaslik va boshqa shu kabilar. Ammo, qadimgi shartnomalarning

ob’ektlari turli masalalar bo’lishiga qaramay, ular, urushlar, ularga

tayyorgarlik ko’rish yo uning tugashi yoki uning oqibatlari bilan bog’liq

tor doiradagi munosabatlarni qamrab olar edi. Bu o’sha davrning o’ziga

xos xususiyatlari bilan bog’liq edi2.

Quldorlik davlatlari savdo to’g’risida, ma’muriy va xo’jalik

masalalari bo’yicha alohida shartnomalar tuzishmagan. Barcha mazkur

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -

М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. SHестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009. -С.9-10

Page 14: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

14

muammolar tinchlik yoki ittifoqchilik (mudofaa yoki hujum) to’g’risidagi

shartnomalarda ko’zda tutilar edi. Ittifoqchilik va tinchlik shartnomalari

qadimgi dunyodagi shartnomalarning eng asosiylari edi. Ular ob’ekti

bo’yicha umumiy xususiyat kasb etgan va shu bilan birga turli xilda

bo’lgan. Qadimgi Xindistonda ittifoqchilik shartnomalari samana (teng) va

asamana (teng bo’lmagan) shartnomalar bo’lingan1.

Qadimgi Rimda tenglikka asoslangan shartnomalar akva (teng) deb

atalib, ko’proq tinchlik va do’stlik to’g’risida bo’lgan bo’lsa, tenglikka

asoslanmagan shartnomalar esa, non akva (teng bo’lmagan) deb atalib,

ular, odatdagidek, yengilgan dushmanlar bilan tuzilgan ittifoqchilik

shartnomalari hisoblanar edi. Teng bo’lmagan shartnomalarga, yana

shuningdek, hospitum publicium, deb ataluvchi homiylik shartnomalari

ham kirar edi. Rim bunday shartnomalarni kuchsiz davlatlar bilan ular

ustidan hukmronligi mustahkamlash uchun tuzar edi2.

Qadimda xalqaro shartnomalarnnig sub’ektlari sifatida nafaqat

davlatlar, balki shaharlar, shaharlar va davlatlarning ittifoqlari, ayrim

hollarda Qadimgi Gretsiyadagi amfiktioniy kabi diniy tashkilotlar va

hattoki alohida shaxslar ham hisoblanar edi. Shartnomalar faqat, ularning

ishtirokchilariga majburiyatlar yuklar edi va ayrim hollarda, ularnnig

nushalari uchinchi davlatlarga jo’natilar edi. Aksariyat shartnomalar ikki

tomonlama edi. Ayrim hollarda ko’ptomonlama shartnomalar ham uchrar

edi. Misol uchun, er.av.338 yilgacha tuzilgan 218 ta shartnomaning 25 tasigina

ko’p tomonlama bo’lgan va ularning ayrimlarigina 10 dan ortiq ishtirokchilarga ega

bo’lgan. Odatda, bunday shartnomalar doimiy ittifoqlarni tuzish bilan bog’liq edi3.

Urush e’lon qilish kabi, xalqaro shartnomalarni tuzish, davlatning

muhim huquqi hisoblangan, uni cheklanishi esa, uning teng bo’lmagan,

qaramlik holatini anglatar edi.

Shartnomalarni tuzish tartiboti, ayniqsa, diniy xarakterdagi

shartnomalarni tuzish murakkab va qattiq rasmiyatchilikka asoslangan

bo’lib, ularga rioya qilmaslik, shartnomani haqiqiy emasligini bildirar edi.

Qadimgi Rimda shartnomalarni tuzish marosimini alohida ruhoniy

shaxslar – fetsiallar bajarishgan. Katta fetsial tosh bilan cho’chqani

qurbonlik uchun o’ldirgan va shartnomaga sodiqlik to’g’risidagi

qasamyodni o’qigan. Shu vaqtdan boshlab, shartnoma tuzilgan

1Viswanatha S.V. International Law in Ancient India. Bombey, 1925. -Р. 91, 170–172 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009.-С.10 3Scala R. Die Staatsvertrage des Altertums. Т. I. Leipzig, 1898. S. 6–8

Page 15: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

15

hisoblangan va bir vaqtning o’zida kuchga kirgan. Rasmiy shaxslar o’z

imzolarini qo’yganlar va ayrim hollarda muhrlari bilan mustahkamlashgan.

Gretsiyada muhrni faqatgina mustaqil davlatlar qo’llashgan. Qadimgi

shartnomalar har doim ham ratifikatsiya qilinmagan. Qadimgi davrda

ratifikatsiya favquloddagi hollardagina, ya’ni qachonki shartnoma vakil

tomonidan unga yuklatilgan vakolatni buzgan holda yoki usiz tuzilgan

holdagina qo’llanilgan. Qadimgi Rimda bunday shartnomalar sponsio deb

atalgan. Odatda ular harbiy boshliq yoki konsul tomonidan, o’zining

ihtiyoridan kelib chiqib, dushman bilan tinchlik o’rnatish maqsadida

tuzilar edi. Rim bunday hujjatlarni senatning, keyinroq esa, imperatorning

ratifikatsiyasidan keyingina majburiy deb hisoblar edi. Senat ratifikatsiyani

inkor etishi ham mumkin bo’lgan, bunday hollarda qasamyodni buzgan

deb hisoblab, boshqa tomon shartnomani tuzgan shaxsni kompensatsiya

sifatida berishni talab qilishi mumkin bo’lgan. Misol uchun, rim konsullarining samnitlar bilan er.av.321 yili Kavdun

darasida tuzgan shartnomasini senat ratifikatsiya qilmaganligi uchun, konsullar va

boshqa shaxslar samnitlarga berilgan.

Shartnomani tuzish tartibotidan farqli o’laroq, qadimgi

shartnomalarning shakli oddiy bo’lgan. Yozma shartnomalar uch qismdan:

muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo’lgan. Ayrim hollarda

shartnomalar muqaddimasiz va hattoki xulosasiz ham tuzilgan.

Shartnomaning asosiy qismi yaxlit matn bilan yozilgan, turli holatlar

ketma ketlikda, turli moddalarga bo’linmay yozilgan. Keyinchalik rim

shartnomalarida qizil qator – shartnomaviy moddalarning o’tmishdoshi va

asosi paydo bo’ldi. Shartnomaning xulosa qismida har doim shartnomaga

sodiqlikka qasamyod bo’lgan. Ularda hozirgi shartnomalardagidek, kuchga

kirish vaqti, harakat vaqti, to’xtatish vaqti va boshqa shu kabilar o’z aksini

topmagan.

Shartnomalar pergament, shuningdek, teri o’ramiga yozilgan yoki

yaxshi saqlanishi uchun marmar yoki oddiy tosh taxtalarga yoki tosh

ustunlarga, shuningdek, shartnomaning ahamiyatiga ko’ra – xudolar

tomonidan himoya qilinishi uchun maxsus ibodatxonalarda o’rnatiladigan

E’tibor bering!

Shartnomalar, Qadimgi Sharqda, ular tomonidan e’tirof etilgan

akkad tili (vavilon yozuvida), qadimgi Rimda lotin tilida yozilgan.

Qadimgi Gretsiyada qadimgi grek tili va uning dialektlaridan

foydalanilgan. Shartnomalar odatda bitta haqiqiy nusxada tuzilgan.

Undan nusxalar qilingan va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Page 16: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

16

kumush yoki mis taxtalarga o’yib yozilgan. Masalan, Afinadagi Pallada

ibodatxonasida Gretsiyaning davlat arxivlari joylashgan. Qadimgi Xitoyda

alohida Men Fu shartnomalar saroyi mavjud bo’lgan. Shartnomalar

matnlari bo’lgan ustunlar va toshtaxtalar boshqa jamoat binolarida yoki

maydonlarga ham qo’yilgan. Bu bilan ular, o’ziga xos chop etilgan

hisoblanar edi. Polibiyning aytishicha, yashirin shartnomalar ham tuzilgan.

Agar shartnoma buziladigan bo’lsa, toshtaxalar sindirilgan yoki

ibodatxonadan olib chiqarib tashlangan. Shartnomalarning nomlari

tangalar va medallarga ham yozilgan. Odatda ittifoq bo’lgan shaharlar

to’g’risida, bu shaharlarning homiysi bo’lgan xudolar tasvirlari bilan

birgan tangalar saqlanib qolgan. Bunday tangalar tuzilgan shartnomani

tasdiqlagan va uni bajarilishi uchun qo’shimcha vosita bo’lib xizmat

qilgan1.

Qadimda shartnomalar tez-tez buzilib turgani uchun ham, ularga

alohida ahamiyat qaratgan. Shartnomalarni ta’minlashning asosiy vositasi

qasam bo’lgan. Qadimda, shartnomalarning garovi sifatida ko’pincha

ayollar va bolalar olingan. Rimning Suriya podshosi Antiox III bilan er.

av. 188 yildagi shartnomasida 20 nafar garovdagilar to’g’risida, er.av. 202

yilda esa, Zam yonidagi jangdan keyin 100 nafar karfagenlik Rimga

berilgani to’g’risida, er.av.149 yilda Karfagen yengilgandan so’ng esa, 300

nafar shaxsning garovga berilganligi to’g’risida shartnomada keltiriladi.

Garovdagilar shartnoma shartlari bajarilgandan keyin yoki muddat

tugaganidan daxlsiz hisoblangan va o’z vatanlariga qaytishi mumkin

bo’lgan.

Shartnomalarni bajarilishini ta’minlashning boshqa usullari ham

uchrab turar edi: shartnomani buzganlar uchun moliyaviy jarima

(Hindiston, Gretsiya), uchinchi davlatlarning kafolati, shartnoma tuzgan

davlatlardagi hukmronlik qiluvchi sulolalarning a’zolari o’rtasidagi nikoh

qurish (Hindiston).

Xalqaro shartnomalarning muddati bo’yicha muayyan muddatli va

muddatsiz shartnomalarga bo’lingan. Rim shartnomalari, uning boshqa

mamlakatlar ustidan hukmronligini mustahkamlashga xizmat qilar edi,

shuning uchun ham, bunday shartnoma “abadiy muddatga” tuzilar edi.

Yarashuv to’g’risidagi shartnomalar, bundan istisno bo’lib, ular 10, 15 va

hattoki 100 yilga tuzilar edi2. Qadimgi greklar esa, “unga avlodlari

1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство«Зерцало», 2009.-С.12 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009. –С.14.

Page 17: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

17

bog’lanib qolmasligi uchun” abadiy yoki muddatsiz shartnoma tuzmas edi,

biroq, ularning muddati 30, 50, 100 yilga cho’zilar edi.

Qadimgi shartnomalar vaqti tugatish bilan to’xtatilar edi. Odatda,

undan oldin, biror bir nizo chiqib, u urushga olib kelsa, urushayotgan

davlatlar o’rtasidagi barcha shartnomalarni bekor bo’lishiga olib kelar edi.

Ayrim hollarda urushning tugashi bilan shartnomalar qayta tiklangan.

Tomonlar ayrim hollarda shartnoma shartlarini qayta ko’rib chiqishgan. Misol uchun, Rimning er.av.493 yili boshqa lotin shaharlari bilan tinchlik

shartnomasi, Afina bilan Sparta o’rtasida er.av.421 yildagi tinchlik shartnomasi,

Afinaning Argos, Mantiney va Elida bilan er.av. 420 yildagi tinchlik shartnomalari

shular jumlasidandir. Qadimgi Gretsiya, Xindiston, Xitoylik faylasuflar xalqaro

shartnomalarning majburiyligini, hattoki, dushmanga berilgan so’zning

bajarilishi lozimligi bilan asoslangan. Agar, hozirgi davr nuqtai nazardan

aytsak, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan pacta sund

servanda, ya’ni majburiyatlarning vijdonan bajarilishi lozimligi prinsipi

o’sha davrdan boshlab shakllangan.

Shartnomani bir tomondan buzilishi, uning ikkinchi tomoni uchun

undan voz kechishga huquq bergan. Shuningdek, vaziyatning tubdan

o’zgarishi munosabati bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish

imkoniyati to’g’risidagi gaplar ham uchraydi. “Agar vaziyat etoliyliklar

ittifoq tuzilgan vaqtdagidek qolsa, sizning siyosatingiz ham shunday

qolishi kerak. Bu birinchi shart. Ammo, agar ular butunlay o’zgarsa,

umuman yangi vaziyat tufayli talab qilingan talablardan ozod bo’lsangiz,

bu holat adolatli va zararsiz bo’ladi”, deb aytadi, muallif Latsisk1.

Qadimgi Xindistonda xalqaro shartnomaga, dastlabki ta’rif berishga

harakat qilingan, ya’ni xalqaro shartnoma “suverenlarning bilan biri bilan

munosabatlarini bog’laydi”2.

Qadimgi dunyo xalqaro shartnomalar huquqining o’ziga xosliklari

quyidagilardan iborat bo’lgan:

birinchidan, Xalqaro shartnomalar asosan ikki tomonlama bo`lgan;

ikkinchidan, Xalqaro huquq asosan odat huquqi normalaridan iborat bo`lib,

ularda diniy xususiyat ko`proq kasb etgan;

uchinchidan,

Xalqaro shartnomalar ko’proq urush olib borishning qonunlari va

odatlarining adolatli bo’lishi, urushda jabr ko’rganlarni himoya

qilish, shartnomalarga rioya qilish, chet elliklarga nisbatan

1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009.-С.14 2 O’sha joyda.

Page 18: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

18

mehmondo’st munosabatda bo’lish, ajnabiylarni himoya qilish,

xorijiy davlatlar elchilarini haqorat qilmaslik, chet elliklar bilan

nikoh tuzmaslik kabi institutlar kiradi

1.2. O’rta asrlarda xalqaro shartnomalar RJSL.com

O’rta asrlarda davlatlararo munosabatlarning rivojlanishi, ular

o’rtasidagi xalqaro shartnomalarga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Feodal

davlatning o’zi turli darajadagi yer egalari (feodlar)ning shartnomaviy

aloqalari tizimi edi. Mazkur davrdagi feodal tuzumning o’ziga xosligidan

kelib chiqib, xususiy shartnomani xalqaro shartnomadan ajratish qiyin edi.

Chunki, xalqaro shartnomalarning sub’ektlari sifatida davlatlar bilan bir

qatorda, alohida feodallar, keyinchalik feodallardan mustaqillikni qo’lga

kiritgan shaharlar ham ishtirok etar edi. Rim papalari alohida shartnomalar

– konkordatlar tuzar edi. Ishlab chiqarish va savdo, dengizda suzishning

rivojlanishi bilan bir qatorda, xalqaro shartnomalarning yangi turlari

ko’payib bordi. Savdo shartnomalari, daryolarda suzish bo’yicha

shartnomalar (misol uchun Po daryosi bo’yicha erkin suzish bo’yicha 1177

yili italyan shaharlarining Ferrar pakti, 1229 yili G’arbiy Dvina bo’yicha

erkin suzish bo’yicha Smolenskning Boltiqbo’yi shaharlari bilan

shartnomasi tuzildi), konsullik, valyuta va boshqa sohalarda shartnomalar

tuzila boshladi.

Shuningdek, shartnomalar orqali davlat chegaralari belgilanar edi.

Misol uchun, 1001 yilda Qoraxoniylar xoni va G’azna hokimi o’rtasidagi

shartnomaga binoan, Amudaryo ikki o’rtadagi davlat chizig’i etib

belgilanadi1. Bag’dod xalifasi va Saljuqiylar sultoni Sanjar ibn Malikshoh

(1118-1157) o’rtasida 1120 yilda tuzilgan bitimga binoan – Saljuqiylar

davlati Iroq va Xuroson sultonliklariga bo’linganligi rasman e’tirof

etiladi2.

XV asning oxiri – XVI asrning boshlarida savdo shartnomalari

davlatlararo shartnomalar orasida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Biroq,

ularda siyosiy harakterdagi qoidalar, ya’ni ittifoq, do’stlik va shu kabilar

ham tez-tez uchrab turar edi. Bunday shartnomalar savdo maqsadlaridagi

(foedus commerciorum causa) ittifoq shartnomalari deb atalar edi. Bunday

shartnomalar yevropa davlatlarining kolonial siyosatining muhim quroli

edi. XVI-XVII asrlarda savdo-siyosiy shartnomalar ko’p edi va ular tez-tez

yangilanib turar edi. Ularni yangilashda, davlatlar shu paytgacha boshqa

1 Кариев О. История караханидского каганата. –Ф.; 1983. –С.245 2 Qarang: Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқий тарихи. –Б.77-81

Page 19: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

19

davlatlarga berilgan ustuvorlikni olishga harakat qilishar edi. Mazkur shart

“nisbatan qulaylikka ega bo’lish to’g’risidagi qo’shimcha shartlar” deb

nom oldi. XVIII asrning boshlariga kelib, siyosiy shatnomalardan tijorat

moddalari mustaqil savdo traktatlari sifatida ajralib chiqa boshladi. 1713

yili Angliya va Fransiya o’rtasida Utrext tinchlik shatnomasini imzolash

paytida alohida savdo shartnomasi ham imzolangan.

O’rta asrlarda arbitraj to’g’risida shartnomalar ham imzolangan.

Shartnomalarning ko’pi hali ham ikki tomonlama edi, ammo shu

bilan birga ko’p tomonlama shartnomalar ham imzolana boshladi. Bular

birinchi o’rinda, tinchlik shartnomalari edi. Ular orasida eng muhimi –

O’ttiz yillik urushga yakun yasagan 1648 yildagi Vestfal tinchlik

shartnomasi edi.

Odatga ko’ra, ular yozma shaklda tuziladigan bo’ldi. Ammo, og’zaki

shartnomalar ham yozma shartnomalar bilan bir xil kuchga ega edi.

Shartnomalarning tuzilishi, ularning tili va shaklan bezaklari ham o’zgardi.

Birinchi o’rinda favqulodda uzun muqaddimaga e’tibor qaratildi.

Bunda nomidan shartnoma tuziladigan davlat boshlig’ining barcha

darajalari va yerlari, shuningdek, barcha vakolat qilinganlarning barcha

ranglari, unvonlari va hattoki ordenlari batafsil sanab o’tiladigan bo’ldi.

Yevropa davlatlarining barcha shatnomalari “hudo va muqaddas uchlik

(xristian dinida: ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruhdan iborat yagona

xudo) nomidan tuzilib, bunday yodga olish muqaddimaga albatta kiritila

edi.

Asosiy qism qadimgi shatnomalardan farqli ravishda moddalarga

bo’linar edi. Moddalar, kamdan kam IX-XIII asrlardagi shartnomalarda

qo’llanila boshlagan va XIV ga kelib shartnomaviy amaliyotga mustahkam

kirib bordi.

Dastlab shartnomaning primo et in primis, deb nom olgan birinchi

moddasiga raqam qo’yilgan, qolgan barcha moddalari, aniqroq qilib

aytganda abzaslar bir biridan “item”, (“keyingi”) degan so’z bilan

Esda tuting!

Mazkur shartnomaning o’ziga xos xususiyati shu bilan xarakterlanar

ediki, unda turli sub’ektlar tomonidan turli vaqtlarda imzolangan ikkita

mustaqil qismdan iborat edi: birinchi – Osnabryukda (imperator-shved),

boshqasi esa, Myusnsterda (imperator-fransuz). Bu O’ttiz yillik urush

vaqtida o’zaro kurash olib borgan Shvetsiya bilan Fransiya o’rtasidagi

keskin qarama-qarshilik bilan bog’liq edi.

Page 20: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

20

ajratildi. Asta-sekinlik bilan shartnomaning qizil chizig’i muayyan raqam

bilan yoziladigan bo’ldi va u “modda” so’z bilan iste’molga kiritildi. O’rta

asrning ohirlariga kelib, bu qoidaga aylandi. Faqatgina xajmi bo’yicha

kichik bo’lgan shartnomalargina moddalarga bo’linmay qoldi1.

Diplomatiya va tashqi siyosat davlatning ichki siyosati bilan

chambarchas bog’liq bo’lgani uchun ham, o’rta asrlardagi shartnomalarda

maxfiy moddalarning soni ko’payib bordi va u davlatlarning umumiy

amaliyoti sifatida keng tarqaldi.

Shartnomaning xulosa qismi ham anchagina o’zgardi, u endi

murakkabroq bo’lib qoldi. XVII asrning shartnomalarida nafaqat

shartnomaga sodiqlik to’g’risidagi va’da, balki ratifikatsiya tartibi va

muddati, ayrim hollarda shartnomaning harakat muddati va boshqa

qarorlar ham o’z aksini topgan edi. Muayyan muddatida shartnomaga

qo’shilishning imkoniyatlari to’g’risida maxsus moddalar paydo bo’ldi. “Traktat yoki ittifoqqa qo’shilishi hoxishi bo’lganning barchasiga 1 yil

beriladi”- deb qayd etiladi, 1726 yil 6 avgustdagi Yevropada tinchlikni saqlash

to’g’risidagi rus-avstriya shartnomasida.

O’rta asrlarda xalqaro shartnomaga qo’shimcha shart (ogovorka,

clause) tan olinmas va undan foydalanilmas edi. Misol uchun, 1356 yili Venetsiya va Tripolitaniya shartnomasida qo’shimcha

shart (ogovorka, clause) ishlatilmaslik to’g’risida kelishib olingan. Ayrim hollarda shartnomada uchinchi davlat bilan avvalgi

shartnomaviy majburiyatiga qarama-qarshi bo’lmagan maxsus moddalar

kiritilgan. Misol uchun, Rossiya va Avstriya o’rtasidagi 1697 yildagi

ittifoqchilik shartnomasida, Avstriyaning Polsha bilan Rossiyaning Polsha

bilan ittifoqchilik shartnomasiga hech qanday zarar yetkazmaslik

to’g’risida ko’rsatib o’tildi.

Mazkur davrda ham, qadimgi davrga o’xshab xalqaro shartnomalarga

qo’llaniladigan yagona til bo’lmagan. Ammo, ko’p tomonlama va ikki

tomonlama shartnomalarda ko’proq tarqalgan til, bu lotin tili bo’lgan.

Unda 1648 yilgi Vestfal shartnomasi tuzilgan. Ikki tomonlama

shartnomalar o’sha davrdagi kuchli davlatlar tilida: ispan, nemis, fransuz,

rus tillarida tuzilgan, ammo har doim ham ikki tilda bo’lmagan.

Shartnoma shaklining majburiyat rekvizitlaridan biri imzo va muhr

bo’lgan. Iroq, qasamyod ham ko’p vaqtgacha xalqaro shartnomalarni

tuzishning zaruriy sharti bo’lib qolgan. Qasamyod oxirgi marta Fransiya

va Shvetsariya o’rtasidagi 1777 yilgi ittifoqchilik shartnomasini tuzish

1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009.-С.16

Page 21: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

21

paytida qo’llanilgan. G’arbiy yevropada shartnomalarga rioya qilishning

kafolatini Rim papalari maxsus bullalarni chiqarish orqali ta’minlagan.

G’arbda xalqaro shartnoma bajarilishining kafolati sifatida garovga olish

instituti ayniqsa, keng tarqalgan. Garovga, qadimgi davrdagidek, eng

muhim bo’lgan shaxslar, shaharlarning mashhur kishilari, shaxzodalar

olingan. Oxirgi marta 1748 yilgi Angliya va Fransiya o’rtasidagi Aaxen

tinchlik shartnomasida qo’llanilgan. Keyinchalik, garovdagilar o’rniga

qimmatbaho boyliklar va hatto hududlarni qo’yganlar.

O’sha davrdagi xalqaro shartnomalarning ta’minlashning o’ziga xos

ko’rinishi, shartnomani saqlovchilar (hozirgi til bilan aytganda

“depozitariy”) instituti edi. Qirollar yoki imperatorning vassallari - yirik

feodallar, shartnomalarni o’zlarining senyorlari tomonidan aniq bajarilishi

uchun kafil bo’lar edilar. Agar qirol shartnomani buzsa, saqlovchilar

o’zining vassallik majburiyatlaridan ozod bo’lar edilar va hattoki, qurol

kuchi bilan shartnomani rioya qilishga majburlashi mumkin bo’lgan.

Saqlovchilar instituti XV-XVI asrlardagi shartnomalarda ko’p uchraydi.

Shartnomalar muddatli va muddatsiz tuzilar edi. Muddatsiz

shartnomalarga odatda tinchlik shartnomalari kirar edi. Ular abadiy tuzilar

edi, misol uchun Rusda shartnomalarning muddatsiz ekanligini ko’rsatish

uchun “xali quyosh nur sochar va butun dunyo yashar ekan”, kabi

iboralardan foydalanilgan.

Ilk o’rta asrlarda shartnomalarning muddati, bu shartnomalarni

tuzgan qirollar, knyazlar, feodallarning hayoti davri bilan belgilanar edi.

Bunday amaliyot Rusda XVI asrgacha saqlanib qolgan. Keyinchalik

ularning muddati aniq belgilab qo’yilar edi, ya’ni – 3, 5, 25 va 50 yil. U

ayrim hollarda nomuayyan muddatga cho’zilar edi1.

Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun, uni hukmdor

tomonidan ratifikatsiya qilish lozim edi. Ammo, ayrim hollarda,

shartnomani kuchga kirishi tez amalga oshishi lozim bo’lgan hollarda esa,

u ratifikatsiya qilingunga qadar ham kuchga kirishi mumkin bo’lgan. Misol uchun, 1737 yil 9 yanvardagi Turkiyaga qarshi urushda o’zaro yordam

to’g’risidagi Rus-Avstriya konvensiyasi shular jumlasidan edi.

Ratifikatsiya tantanali sharoitlarda amalga oshirilar edi. Rossiyada bu

ruxoniy shaxslar va boshqa tomonning elchilari ishtirokida amalga

oshirilar edi.

1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство «Зерцало», 2009.-С.19

Page 22: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

22

O’rta asrlarda xalqaro shartnomalar deyarli muddati

ko’rsatilmaganligi uchun kamdan kam bekor qilinar edi. Ular o’z kuchini

boshqa sabablarga ko’ra yo’qotar edi. Bu davrdagi shartnomalarda

shartnomalarni bajarish muddati aniq bo’lmagan. O’rta asrlardagi ayrim

xalqaro shartnomalar hali ham kuchda1.

O’rta asrlarda ko’proq siyosiy (tinchlik to’g’risida, ittifoq to’g’risida,

do’stlik va boshqa shu kabilar to’g’risida ) va savdo shartnomalari (bunday

shartnomalar ko’payib borar edi) tuzilar edi. O’z mazmuniga ko’ra bunday

shartnomalar tinchlik paytiga mo’ljallangan edi.

Shu bilan bir qatorda, o’rta asrlarda qurolli mojarolarda jabr

ko’rganlarga yordam ko’rsatish bo’yicha qo’mondonlar o’rtasida jabr

ko’rganlar bilan muomalada bo’lish to’g’risida kelishuvlar tuzila

boshlandi. 1393 yili Shvetsariya kantonlari o’rtasida tuzilgan Sempax

kelishuvida ayollar va yaradorlarga xurmat ko’rsatilishiga kelishib olingan.

Shuning uchun ham mazkur shartnoma “Ayollarga xat” deb nom oldi.

Unda ayollarning urushda qatnashmasligi, shuningdek yaradorlarning

daxlsizligi, ularning shaxsi va mulkiga hurmat qilish mustahkamlab

qo’yilgan. Keyinchalik, ya’ni 1581-1864 yillar davrida 290 atrofida

kelishuvlar tuzildi.

1785 yilda Buyuk Fridrix va Benjamin Franklin o’rtasida tuzilgan

“Do’stlik va tinchlik to’g’risidagi shartnoma” o’ziga xos namuna bo’lib,

unda quyidagi ibora birinchi bo’lib ishlatila boshlandi, “Agar mojaro

chiqib qolsa, qamal qilishdan o’zlarini tiyishga; individlarni himoya

qilishga; ma’lum bir vaqt ichida dushman tomonning fuqaro shaxslariga

mamlakatdan chiqib ketishga imkoniyat yaratib berishga; xarbiy asirlarni

boqish va ularni o’z soldatlari kabi darajada qarashga; ishonchli shaxslarga

harbiy asirlarni ko’rishga va ularning ahvollarini yengillashtirishga,

ma’naviy qo’llab quvvatlashga ruxsat berishga ikki kelishuvchi tomonlar

butun dunyo oldida majburiyat oladilar” 2.

O’rta asrlarda tinchlik va savdo shartnomalarini bekor qilishning

asosiy sabablari urushlar hisoblangan, urushlar o’rta asrlarda tez-tez bo’lib

turar va shartnomalar esa, asosan ikki tomonlama edi. Urush urushayotgan

tomonlar o’rtasidagi harakatda bo’lgan barcha shartnomalarni bekor qilar

edi. Bunday tamoyil keyinchalik harbiy diffedatsiya degan nom oldi.

Xalqaro shartnomani bekor qilish turli aks etar edi. Kiev Rusida

1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.:

Издательство « Зерцало», 2009.-С.14 2 Становление Международного гуманитарного права.

http://edu.tomsk.ru/teacher_help/mir/dop_mat/History%20of%20IHL.htm.

Page 23: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

23

shartnomalar “xoch yorlig’i” shaklida tuzilar edi, elchining “xoch

yorlig’i”ni yerga tashlasa va ketsa, xalqaro shartnoma bekor qilingan

hisoblanar edi. Keyinchalik esa, xorijiy davlatga shartnomani bekor

qilinganligi to’g’risida bildirilar edi. Urushni e’lon qilish to’g’risidagi

deklaratsiya ham shunday kuchga ega edi.

O’rta asrlarda xalqaro huquq o’z taraqqiyotining navbatdagi

bosqichiga ko’tarilgan. O’rta asrlar xalqaro shartnomalar huquqining

o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

birinchidan,

xalqaro huquq va uning ta’limotlariga dinning ta’siri katta bo’lgan,

xristianlik keng tarqalgan davlatlarda din davlatlararo

munosabatlarda etakchi mavqega ega bo’lgan, musulmon xalqaro

huquqi paydo bo’lgan;

ikkinchidan,

xalqaro shartnomalar huquqi rivojiga diniy-harbiy ittifoqlar sezilarli

ta’sir ko’rsatgan;

uchinchidan,

xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi ta’siri

ostida xalqaro dengiz huquqi sohasi kabi, xalqaro huquqning yangi

institutlari va sohalari bilan bir qatorda sohaviy xalqaro

shartnomalar rivojlangan;

1.3. Xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish

tendensiyalari

XIX asr xalqaro huquqning boshqa sohalari kabi, davlatlararo

xalqaro shartnomaviy huquq sohasi ham tez rivojlana boshladi. Bu davrga

kelib, xalqaro huquqning xalqaro gumanitar huquq, kabi turli sohalarining

shakllanishi va rivojlanishi o’z navbatida, xalqaro shartnomalar huquqini

ham shakllanishiga asos soldi. Chunki, endi turli yo’nalishlardan

davlatlararo munosabatlar asosan xalqaro shartnomalarga asoslana

boshladi. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalarning muayyan shakllari va

talablari ham bir xillasha boshladi.

XIX asrning birinchi yarmiga kelib, ilk bora ko’p tomonlama

shartnomalar tuzish zarurati yuzaga kelgan. Konvensiya va deklaratsiya

shaklidagi xalqaro shartnomalar ko’plab tuzila boshladi.

1815 yilda Yevropaning to’qqiz davlati tomonidan diplomatik

martabalar to’g’risida Vena Reglamenti qabul qilingan. Xalqaro transport

va aloqa vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish muammosi qat’iy

yechimini kutgan. 1856 yilda Parij deklaratsiyasiga muvofiq, savdo

Page 24: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

24

kemalarining urush davrida harakatlanish rejimi belgilangan. Savdo

kemalarining xalqaro daryolar - Yevropadagi Reyn, Dunay, Elba,

Amerikadagi Missisipi va Muqaddas Lavrentiy, Afrikadagi Kongo va

Niger daryolari bo’ylab erkin harakatlanish rejimi shakllangan.

1874 yilda Butun Jahon Pochta Ittifoqini ta’sis etish to’g’risidagi

aktning imzolanishi unga a’zo davlatlar hududidan xat va jo’natmalarni

erkin tranzit qilish tartibi o’rnatilishiga asos bo’lgan. 1875 yilda esa

Telegraf ittifoqi to’g’risidagi Konvensiya qabul qilingan. 1890 yili Temir

yo’l bo’yicha ko’p tomonlama konvensiya imzolandi, chunki xalqaro

iqtisodiy aloqalarning rivoji ushbu sohada huquqiy tartibga solishni

faollashtirishni taqozo etgan.

XX asr boshida kishilik jamiyati amalda siyosat, ayniqsa xalqaro

siyosatni istisno etganda, barcha sohalarda yuqori darajadagi taraqqiyotga

erishgan. Shu bilan birga, jamiyat hayotini baynalmilallashtirishni taqozo

etgan. Natijada xalqaro munosabatlarni boshqarish mexanizmiga tub

o’zgarishlar kiritishni talab qiluvchi keng miqyosdagi jamoatchilik

harakatlari yuzaga kelgan. Ular 1919 yilda Birinchi jahon urushining

g’olib davlatlari Millatlar Ligasini tuzish va uning Statutini tasdiqlash

yuzasidan qaror qabul qilishda muayyan o’rin tutganlar. Shu tariqa

davlatlar o’rtasida tinchlik va hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan

dastlabki umumiy siyosiy tashkilot ta’sis etilgan.

Statutda «adolat hukmronligini o’rnatish va birlashgan xalqlarning

o’zaro munosabatlari bo’yicha shartnomalarda yuklangan barcha

majburiyatlarga vijdonan amal qilish» vazifasi qo’yilgan. Mustamlaka

xalqlar va mamlakatlar xalqaro huquq ta’siri doirasidan tashqarida edi.

Statutga muvofiq, 1922 yili birinchi doimiy Xalqaro sud — Xalqaro odil

sudlovning doimiy palatasi ta’sis etilgan.

Millatlar Ligasi Statutining asosiy kamchiliklaridan biri u, hatto

jahon urushidan so’ng ham, xalqaro munosabatlarda kuch qo’llashni

g’ayriqonuniy deb hisoblamagan. Aksincha, Statut mustamlakachilik

siyosatini amalda qonuniylashtirgan.

1928 yilda Milliy siyosat quroli sifatida urushdan voz kechish

to’g’risidagi Parij pakti (Brian-Kellog pakti) imzolanishi hozirgi zamon

xalqaro huquqi tomon qo’yilgan muhim qadam bo’lgan. Mazkur hujjatga

ko’ra urushga faqat baynalmilal siyosat quroli sifatida, ya’ni davlatlarning

umumiy manfaatlari uchungina yo’l qo’yilgan, barcha

kelishmovchiliklarni tartibga solish esa faqat tinch vositalar bilan amalga

oshirilmog’i lozim bo’lgan.

Page 25: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

25

1945 yilning iyunida San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar

Konferensiyasi hozirgi zamon xalqaro huquqiga asos solgan muhim hujjat

— BMT Ustavini qabul qilgan.

Ijtimoiy jihatdan BMT Ustavi umuminsoniy manfaatlarni hamda

davlatlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilan tinchlik va

farovonlikni ta’minlash mumkinligiga ishonchni o’zida mujassam etgan.

Siyosiy jihatdan hamkorlik prinsipi xalqaro huquqning negiziga aylandi.

Ustav klassik xalqaro huquqqa xos bo’lgan mustamlakachilik siyosatini

qonuniylashtirishga barham berdi.

Bularning barchasi xalqaro huquqda yangi institut - imperativ

normalarning paydo bo’lishi uchun muayyan darajada xizmat qildi.

Xalqaro huquqning imperativ normalari shunday normalarki, ular xalqaro

hamjamiyat tomonidan yaratiladi va davlatlar, hatto o’zaro kelishuv

bo’yicha ham, bunday normalardan chekina olmaydi.

XX asrga kelib, xalqaro huquqning turli sohalari, xalqaro gumanitar

huquq, xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro xavo

huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi xalqaro huquqning turli mustaqil

sohalarining paydo bo’lishi avvalombor, ularning shartnomaviy bazasiga

asoslanar edi. Endi, davlatlararo munosabatlarda ikki tomonlama xalqaro

shartnomalar bilan bir qatorda, ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarni

ishlab chiqish va qabul qilish orqali davlatlarning ko’p tomonlama

shartnomaviy majburiyatlariga e’tibor kuchaya bordi. Ikkinchidan, xalqaro

shartnomalarning shakli va tuzilishi bilan bir qatorda, ularning yuridik

kuchiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bu avvalombor, ko’p

tomonlama xalqaro shartnomalarda ayniqsa, ahamiyat kasb eta boshladi.

Uchinchidan, diplomatik konferensiyalar orqali ishlab chiqilgan va qabul

qilingan xalqaro shartnomalarga alohida ahamiyat qaratila boshlandi.

To’rtinchidan, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda

xalqaro tashkilotlarning norma ijodkorlik faoliyatiga alohida e’tibor

qaratila boshlandi. Beshinchidan, xalqaro shartnomalarning bajarilishining

xalqaro mexanizmlari shakllandi va u takomillashib bormoqda.

BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqqa xos umumiy maqsadlar

va prinsiplarni belgilab bergan bo’lib, ular orasida pacta sund servanda,

ya’ni xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

vijdonan bajarish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri

sifatida qayd etildi.

Page 26: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

26

Oltinchidan, boshqa sohalar kabi, xalqaro shartnomalar huquqining o’zi

kodifikatsiyalashdi.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro huquqning alohida

mustaqil sohasi bo’lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, qo’llash va bekor

qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga soladigan xalqaro

shartnomalar huquqi shakllandi.

1.4. Xalqaro shartnomalar huquqining kodifikatsiyasi

Xalqaro shartnomalar huquqi quyidagi universal konvensiyalarda

kodifikatsiyalashtirilgan hamda rivojlantirilgan:

1) 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasi;

2) 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro

tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasi.

Shartnomalar huquqi doirasidagi kodifikatsiyalashning ilk urinishlari

olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday kodifikatsiyalar (tizimga

kiritish) doktrinali deb ataladi. Kodifikatsiyalashga Y.Blyunchli (kodeks

ko’rinishida bayon etilgan zamonaviy Xalqaro huquq 1868 yil), D.Fild

(Xalqaro Kodeks asoslarining loyihasi, 1872 yil) kabilar ko’proq e’tibor

qaratishgan. O’z davrining nafaqat tajribasi balki, doktrinasidan ham

oldinlab ketgan Y.Blyunchlining loyihasi alohida ahamiyatga ega. Boshqa

bir qator mualliflar asosiy prosessual jarayonlardagi kodifikatsiya va

shartnomalarning tuzilish tartibi bilan cheklangan bo’lsalar Y.Blyunchli

shartnomalarning xalqaro huquq me’yorlari masalasiga ham murojaat

qilgan.

Shartnomalarning huquqining doktrinal kodifikatsiyasi XX asrda

ilmiy institutlar tomonidan ham amalga oshirilgan. 1935 yildagi Garvard

universitetidagi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan Xalqaro

shartnomalar huquqi to’g’risidagi Konvensiya loyihasi ancha mashhur1.

Loyiha shartnomalarning tuzish jarayonlarini ham qamrab olgan. Ichki

huquqqa biror-bir istisnolarsiz shartnomalarni bajarmaganligini oqlovchi

qo’shimchalar yoki o’zgartirishlarni kiritishga yo’l qo’yilmasligi alohida

e’tiborga molik. Masalan, “Agar shartnomaning o’zida aksincha holat ko’zda tutilmagan

bo’lsa, davlat shartnoma shartlarini bajarmaganligini oqlovchi biror bir holatni

o’zining ichki qonuniga yoki huquq tartibot idoralarining o’ziga xos xususiyatlariga,

1 Draft Convention on the Law of Treaties//AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III.

Page 27: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

27

o’zining konstitutsion tizimiga ilova tarzida yoki umuman qo’shimchalar,

o’zgartirishlar kiritish yoki ayrim tegishli bandlarni olib tashlashi mumkin emas”

(23-modda).

Shartnomlarga tegishli normalarning rasman kodifikatsiyalanishi

XIX asrning boshlariga kelib dolzarblashdi. Vaziyat murakkab edi.

Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi Garvard Konvensiyasi loyihasining

izohida shunday deyiladi: “... Xalqaro shartnomalarning aniq va ravshan

huquqlari mavjud emas ... shartnomalar huquqi sohasi o’zida havotirlar avj

olib borayotgan va hozirgi kunda yaxlit kelishuv va umumiy standartlari

judayam kam belgilangan doirani aks ettirgan”1.

Shunga o’xshash fikr 1926 yil Millatlar Ligasining Xalqaro huquqni

kodifikatsiyalash bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan ham

bildirilgan2.

Rasmiy kodifikatsiyaning birinchi akti 1928 yil Amerika

davlatlarining konferensiyasida qabul qilingan. Xalqaro shartnomalar

Konvensiyasi hisoblanadi. Tarkibi jihatidan Konvensiya judayam

chegaralangan edi, shunga qaramay u baribir kuchga kirmadi.

Shartnomalarga tegishli normalarni kodifikatsiyalashga bo’lgan

navbatdagi urinish Millatlar Ligasi doirasida bo’ldi. 1924 yil Xalqaro

huquqning istiqbolli kodifikatsiyasi bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tuzildi.

Kodifikatsiyalash uchun tayyor bo’lgan xalqaro huquq tarmoqlari bilan bir

qatorda qo’mita shartnomalarga oid normalarni ham ko’rsatib o’tdi.

Shuningdek, qo’mita shartnomalarning tuzilish jarayoni bilan bog’liq

bo’lgan masalalar bilangina cheklandi, qolaversa bu masalalar

konferensiya ishining bir qismi sifatida ko’rib chiqildi. Qo’mitaning o’zi

ham e’tirof etganiday bu darajadagi cheklangan yondashuv ko’zlangan

natijalarni berolmasdi. Uning 1927 yilda Liga Ittifoqi axboroti uchun qabul

qilingan yakuniy xulosasida shunday deyiladi: “Konferensiya jarayonining

tartib qoidalarini avvaldan ko’ra bilish va uni qay tarzda amalga oshirish

yoki Konvensiyada shartnomalarning tayyorlanish metodlari va shartnoma

matnlarini tuzib chiqishni avvaldan belgilash qiyin”.

Bularning barchasi shartnoma huquqining shakllanish jarayoni

qanday qiyinchiliklar bilan kechganligidan dalolat beradi. Shartnoma

huquqi butun bir xalqaro huquqning harakatlanishida asosiy ishga

tushiruvchi qurilma vazifasini bajarishi bilan izohlanadi. U normalar

yaratilishi tartibini, haqiqiyligini, amal qilinishini va faoliyati

to’xtatilishini belgilab beradi.

1 AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III. P. 666-667. 2 L.N. Document. C. 196. M. 70. 1927. V. P. 112.

Page 28: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

28

Oxir oqibat shartnomalar huquqining rasmiy kodifikatsiyasi va uning

jadal rivojlanishi faqatgina XX asrning 2-yarimiga kelib BMT doirasida

boshlandi. Ushbu masalaning yechimini topish, uni hal etish zarurati

yanada yaqqolroq sezila boshlandi. Xalqaro huquqning faoliyati keng

ko’lamda bog’liq bo’lgan xalqaro huquq tarmog’i bebartib ahvolda edi.

1949 yilgi BMT Bosh Kotibi memarandumida shunday deyiladi:

“Ikkilanish va shubhalardan, ayrim holatlarda esa chigalliklardan holi

bo’la olgan biror bir shartnoma huquqi sohasining mavjudligi amri

mahol”1.

Komissiyaning shartnoma huquqi to’g’risidagi moddalar loyihasi

ustida olib borgan ishi unchalik katta bo’lmagan tanaffuslar bilan 1966

yilgacha davom etgan. O’sha payt yakuniy loyiha qabul qilindi. Loyiha

davlatning umumiy holatini hisobga oldi va turli xil xalqaro huquqiy

konvensiyalarni o’zida aks ettirdi. Umuman olganda u ko’plab hukumat va

ko’zga ko’ringan yuristlarning yuqori bahosiga sazovor bo’ldi2.

Shartnomalar huquqi kodifikatsiyasining navbatdagi bosqichi

BMTning 1968 va 1969 yillardagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi 2 ta

sessiyadan iborat bo’lgan Vena konferensiyasi bo’ldi3.

Vena konferensiyasi o’zining 1969 yildagi yakuniy ishida xalqaro

tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar masalasining dolzarbligiga ishora

qiluvchi va BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro huquq Komissiyasiga bu

masala bilan shug’ullanishni tavsiya qilgan rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu

taklif Assambleya rezolyutsiyasida 12 noyabr 1964 yildan boshlab qabul

qilinib, unda masalaning mohiyati belgilab berildi.

Ma’lumki, hatto xalqaro huquq Komissiyasiga ham mos keluvchi

loyihani tayyorlash uchun deyarli 15 yil kerak bo’ldi. Ko’rsatib o’tilgan

loyihaning bir qator mavjud holatlariga AQSH norozilik munosabatini

bildirdi. Oxir oqibat AQSH baribir Konvensiyani ratifikatsiya qilmadi4.

1969 yildagi Vena Konvensiyasi bu turdagi Konvensiyalar uchun

anchagina qisqa bo’lgan vaqtda, 1980 yil kuchga kirdi. SSSR

Konvensiyaga 1986 yildan qo’shildi va shu yilning 29 mayidan boshlab

1 Survey of International Law in Relation to the Work of Codification of the International Law Commission//A/CN. 4/1.

Rev. 1. 1949. P. 52. 2 Талалаев А.Н. Право международных договоров. С.56; Lissitzyn O. Efforts to Codify or Restate the Law of

Treaties//Essays on International Law. N.Y., 1965; Rysiak G. Przed II etapem kodyfikacji prawa tractatуw//Sprawy

miкdzynarodowe. 1969. No 4. 3 U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session, 1968. N.Y., 1969; Second Session, 1969.

N.Y., 1970. Особый интерес представлyaют труды авторов, принимавших участие в работе Венской

конференции. См.: Талалаев А.Н. Цит. соч.; Нaхлик. С. Кодекс права трактатов. Варшава, 1976; Elias T. The

Modern Law of Treaties. N.Y., 1974. 4 О позиции США в отношении Конвенции см. статью юридического советника госдепартамента: Stevenson J.

The Vienna Convention on the Law of Treaties//The Department of State Bulletin, 1573. 1969.

Page 29: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

29

SSSRda kuchga kirdi. Hozirgi kunda ko’plab davlatlar Konvensiyaning

ishtirokchisi hisoblanadi. Konvensiya kuchga kirgunga qadar Xalqaro Sud

uning ko’p holatlari umumiy xalqaro huquq normalarini o’zida aks

ettirishni ta’kidladi1.

Komissiya ikkinchi Konvensiya loyihasi ishiga kirishish arafasida

nafaqat avvalgi loyiha ishlanmalarining tajribasigagina emas, balki

qo’shimcha materiallarni, bir qator hukumat va xalqaro tashkilotlar

tomonidan keltirilgan taklif va munozaralarni ham inobatga oldi. 1982 yil

Komissiya loyiha ustidan olib borgan ishini yakunladi va Bosh

Assambleyaga Konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish uchun

diplomatik Konferensiya tashkil etishni taklif etdi.

1986 yil Vena konferensiyasida davlatlar va xalqaro tashkilotlar

o’rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi

shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi qabul qilindi.

Ko’rinib turibdiki, gap hech bo’lmaganda tomonlarning biri xalqaro

tashkilot bo’lgan holda tuzilgan shartnomalar haqida ketmoqda.

Konvensiya bu turdagi shartnomalarni alohida belgilaydi. Yangi

konvensiya birgina sessiyaning o’zida qabul qilindi.

Konferensiyaga tayyorgarlik jarayonida va ishga kirishish avvalida

asosiysi xalqaro tashkilotlarning huquqiy maqomi masalasi bo’ldi. Xalqaro

huquq Komissiyasining loyihasida tashkilotlar ham davlatlar singari, teng

huquqqa ega bo’lgan holda xalqaro konferensiya va xalqaro

shartnomalarda ishtirok eta olishi ta’kidlangandi (9-modda). Boshqacha

vaziyat 1985 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o’tkazilishi

kutilayotgan konferensiya jarayonlarining tartib qoidalarida aniqlandi.

Yechim qabul qilishda ovoz berish huquqi faqatgina davlatlarga tegishli

deb e’tirof etildi. Tashkilotlar konferensiyada ishtirok etishi yoki uning

idoralari faoliyatida qatnashishi, o’z fikr-mulohazalarini bildirishi

mumkin.

Shuningdek, davlat va tashkilotlarning xalqaro huquq sub’ektlaridagi

mavjud farqlar ularning shartnomaviy huquqlarida ham ko’zga tashlanmay

qolmaydi. Barcha davlatlar suverenlik jihatidan tengdir. Tashkilotlar

ularning huquqiy tabiatini, har birining o’ziga xos jihatlari, xususiyatlarini

belgilab beruvchi davlatlarning kelishuvlari asosida tashkil etiladi.

Natijada tashkilotlarning maqomi nafaqat davlatning maqomidan, balki

boshqa turdagi tashkilotlar maqomidan ham farq qiladi. Shu kabilar tufayli

tashkil etilgan tashkilotlarning kelishuvlarida ularning tashqi jihatdan

1U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session. P. 11-13.

Page 30: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

30

mutanosibligi doirasi aniq belgilanmaydi. Shuning uchun, shartnomadagi

tomonlarning biri sifatida tashkilotning teng huquqliligini tan olgan holda,

Konvensiya shartnoma huquqiy sub’ektining o’ziga xos xususiyatilarini

ham tasvirlab bergan.

Shu tariqa XX asrning 2-yarmida xalqaro hamjamiyat xalqaro

shartnoma huquqi kodifikatsiyalanishiga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatni

qiymatini baholash uchun asrning 1-yarmida davlatlar hattoki

shartnomalarning tuzilish jarayonini tartibga soluvchi normalarni ham

kodifikatsiya qilolmaganligini eslashning o’zi kifoya. Bunda esa, nafaqat

jarayonning rasmiy holatlarini aniqlab beruvchi, balki huquqiy me’yorlari

talablarini ham o’rnatuvchi normalari ham kodifikatsiyalandi.

1.5. O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining rivojlanishi

Xalqaro huquqning to’la huquqli sub’ekti sifatida O’zbekiston

Respublikasi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning boshqa sub’ektlari

bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini ikki tomonlama va ko’p

tomonlama xalqaro shartnomalar orqali rivojlantirib kelmoqda.

O’tgan davr mobaynida O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy

bazasini rivojlanishi bilan bir qatorda, uning xalqaro shartnomaviy

munosabatlarini tartibga soladigan milliy qonunchiligi ham takomillashib

bordi. Avvalombor, O’zbekiston Konstitutsiyasining muqaddimasida

mamlakatning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va

normalariga sodiqligi ko’rsatib o’tildi va tegishli konstitutsiyaviy

normalarda o’zining tashqi siyosatini amalga oshirishda xalqaro huquq

prinsiplariga rioya qilishi, O’zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro

shartnomalar imzolash, ratifikatsiya qilish vakolatiga ega bo’lgan

sub’ektlar belgilab qo’yildi.

Alohida ta’kidlash lozimki, mazkur shartnomalarning 200 dan ortig’i

intellektual mulk sohasiga oid, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

sohasiga oid, iqtisodiy sohaga, inson huquqlariga oid, terrorizmga qarshi

kurash sohasiga, transport sohasiga, jinoyatchilikka qarshi kurash

E’tibor bering!

Mustaqillik yillaridan boshlab, O’zbekiston hozirgacha 3000 dan ortiq xalqaro

huquqiy xarakterdagi ko’p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalarga

qo’shilgan (siyosiy bayonotlar va birgalikdagi deklaratsiyalar, shuningdek,

hukumatlararo darajada erishilgan turli kelishuvlarning soni umumiy 4000

atrofida).

Page 31: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

31

sohasiga, yalpi qirg’in qurollarini tarqatmaslikka doir, mehnat

munosabatlari kabi sohalarga oid asosan universal ko’p tomonlama

xalqaro konvensiyalar va shartnomalar hisoblansa, shulardan 70dan ortig’i

esa bevosita inson huquqlariga oiddir.

O’zbekiston hozirgacha BMT Kotibiyati tomonidan inson huquqlari

sohasida alohida ajratib ko’rsatiladigan 22 ta asosiy konvensiyadan 20

tasini ratifikatsiya qilgan.

O’tgan davr mobaynida, O’zbekistonning milliy qonunchiligi u

qo’shilgan xalqaro shartnomalarga hamda umume’tirof etilgan xalqaro

tamoyillarga muvofiqlashtirilib borilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro

shartnomalarga oid maxsus qonunchilik shakllandi. Jumladan, 1995 yil 22

dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatish, to’xtatib turish va denonsatsiya

qilish tartibini belgilaydi.

O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy bazasini rivojlanish

tendensiyalari to’g’risida fikr yuritilar ekan, qayd etish lozimki, dastlab,

ya’ni XX asrning 90 yillarda asosan turli sohalardagi eng muhim xalqaro

shartnomalarga qo’shilgan. 90 yillarning oxiri va 2000 yillarning

boshlarida, turli sohalardagi xalqaro shartnomalarning sonini

ko’paytirishga e’tibor qaratilgan bo’lgan bo’lsa, shartnomaviy-huquqiy

bazasining takomillashtirishning hozirgi bosqichida esa, e’tibor,

birinchidan amaldagi shartnomalar, bitimlar, memorandumlar va boshqa

hujjatlarni samarali amalga oshirishga, ikkinchidan, qabul qilinayotgan

hujjatlarning amaliy ahamiyati va ularni imzolashdan kutilayotgan

natijalarni asoslash orqali tuziladigan hujjatlar asosida xalqaro-huquqiy

bazani kengaytirishga qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar huquqi sohasida

amalga oshirilgan yana muhim masalalardan biri, bu O’zbekiston

qo’shilgan va ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar matnlarini e’lon

qilib borish sohasida amalga oshirilgan ishlardir. Bunda yangi

informatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, 2012 yil

24 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya

vazirligining amaldagi xalqaro shartnomalarni O’zbekiston Respublikasi

qonunchiligining milliy ma’lumotlar bazasi bo’lmish www.lex.uz. saytiga

joylashtirish orqali xalqaro-huquqiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish

to’g’risidagi qo’shma qarori qabul qilindi. Bu esa, O’zbekiston

Page 32: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

32

Respublikasining xalqaro-huquqiy bazasidan mamlakatdagi har bir fuqaro

va jismoniy shaxs tanishish imkoniyatini yaratib berdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari

bo’yicha ma’lumotlar “Norma” huquqiy ma’lumotlar tizimiga ham

joylashtirilmoqda.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarning vujudga

kelishi va qadimgi davrdagi, o’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar, xalqaro

shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, xalqaro

shartnomalar huquqning kodifikatsiyasining ahamiyatini o’rganishlari bilan birga

qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini

aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Qadimgi dunyo mamlakatlaridagi xalqaro shartnomalar qaysi

masalalarga qaratilgan va ularning shakllari va tuzilishlari, predmeti qanday bo’lgan?

2. O’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar qadimgi xalqaro shartnomalardan

nimasi bilan farq qilar edi?

3. Xalqaro shartnomalar huquqi qachondan boshlab shakllana boshladi?

4. Xalqaro shartnomalar huquqining kodifkatsiyasi nima va u qanday

jarayonni qamrab oladi?

1 KAZUS

Italiya va Gretsiya davlatlari o’rtasida o’zaro kemada horijiy davlatlar yuklarini

tashish va shu maqsadda O’rta yer dengizi hududida suzuvchi kemalarni xavfsizligini

ta’minlashda dengiz hududiy taqsimotini aniqlashtirib beruvchi shartnoma tuziladi.

Shartnoma 1965 yilda imzolanib, uning amal qilish muddati 1970 yildan boshlab

cheksiz davrga tadbiq etilishi shartnomaning shartlaridan biri sifatida belgilanadi.

Shartnomaning hududiy taqsimot bobida belgilab qo’yilgan kemalarning alohida

ruxsatnoma bilan yurish qoidalari bilan bog’liq norma Gretsiya tomonidan 1976 yilda

buziladi. Italiya tomoni nizoni hal qilish bevosita shartnomaning o’zida

ko’rsatilmaganligi tufayli, 1969 yilgi Vena konvensiyasi qoidalarini holatga nisbatan

tadbiq etilishini va shu yo’l bilan nizoni hal etishni talab qiladi.

1. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalarini yaratilishi tarixini yoritib bering?

Shu nuqtai nazardan Italiya va Gretsiya o’rtasidagi shartnomaviy nizo Vena

konvensiyasi bilan hal qilinishi mumkinmi?

2. Vena konvensiyasining kuchga kirish tartibi va amal qilish doirasi qanday?

Bu tartibni nizoli vaziyatga nisbatan tadbiq eting.

Page 33: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

33

2 KAZUS.

1867 yili 18 oktyabrda Rossiya imperiyasi va AQSH o’rtasida Alyaska hududini

AQSH ixtiyoriga o’tkazish to’g’risida shartnoma imzolangan. Shartnomaga ko’ra

AQSH buning uchun 7.2 million dollar to’lagan. Hozirda tarixchilarning

tadqiqotlariga ko’ra, Alyaska sotilmagan balki, 99 yil muddatga ijaraga berilgan. Bu

muddat tugagach SSSR hukumati Alyaskani qaytarib olish choralarini ko’rmagan.

Shuningdek, ma’lumotlar o’rtada kelishilgan pul AQSH tomonidan to’liq

to’lanmaganligi, mazkur shartnoma Rossiyaning roziligisiz imzolanganini

ko’rsatmoqda. Yuqoridagi asoslarga tayanib Rossiya Federatsiyasi hukumati mazkur

shartnomani bajarilgan deb hisoblamoqda va yaqin kelajakda Alyaskani qaytarib

olish uchun huquqiy vositalarni ishga solishni rejalashtirgan.

1. Rossiya Federatsiyasi qanday huquqiy vositalar orqali Alyaskani qaytarib

olishi mumkin? AQSHning himoyaviy pozitsiyasi qanday bo’ladi?

2. Sizningcha Alyaska shartnomasi qaysi holatda bajarilgan yoki bajarilmagan

deb hisoblanadi?

3. Mazkur nizo qaysi halqaro huquqiy hujjatlar bilan hal qilinadi? Vena

konvensiyasi qabul qilinguncha bo’lgan davrda xalqaro shartnomalar huquqining

qanday manbalari mavjud edi?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Qadimgi Gretsiya va Rimda xalqaro shartnomalarni tuzishga qo’yilgan

talablar asosida xalqaro shartnoma matni loyihasini tuzing? Ish shakli – nazorat ishi

(esse).

Page 34: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

34

II BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO

SHARTNOMALAR HUQUQI

(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna)

Annotatsiya. Mazkur bobda talabalarga xalqaro shartnomalar huquqi

tushunchasini, belgilarini va ularning mazmun mohiyatini; xalqaro shartnomalar

huquqi predmetini; xalqaro shartnomalar huquqi manbalari tushunchasini; xalqaro

shartnomalar huquqi prinsiplari tushunchasi va ularning ahamiyati; ularning

turlarining batafsil o’rganishiga va aniqlab olishga imkon beradi.

2.1. Xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi

Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarning ma’lum bir darajada

shartnomalarsiz boshqariluvchi biror bir sohasini topish qiyin.

Shartnomalar siyosiy va harbiy hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy

aloqalarni, ilm-fan, texnika, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish va

boshqa doiralardagi hamkorlikni amalga oshiradi. Shartnomalar asosida

xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi. Shartnomalar

davlatning milliy tizimini tartibga solinishida ham muhim ahamiyatiga

ega.

Xalqaro huquqning ko’rib chiqilayotgan sohasining ahamiyati

ularning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi roli bilan belgilanadi.

Shartnomalar boshqa bir qator global muammolarning yechimiga bog’liq

bo’lgan, zamonning muhim muammosi – xalqaro tizim boshqaruvining

jadal rivojlanib borishi bilan bog’liq bo’lgan masalalar yechimida zaruriy

vosita hisoblanadi.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi hamkorlikni

aniqlashning oddiy, keng tarqalgan va turli xil munosabatlarni tartibga

soladigan yuridik shakli hisoblanadi.

Mazkur ta’rif deyarli barcha milliy va xorijiy Xalqaro ommaviy

huquq darsliklarida o’z aksini topgan.

Xalqaro shartnoma – xalqaro huquqning bir, ikki yoki bir

qancha sub’ektlari o’rtasida o’zaro huquq va majburiyatlarini yaratish

yo’li bilan aniq ifodalangan, nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq

bilan tartibga solinadigan bitimlardir.

Page 35: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

35

1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasi hamda 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki

xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasida “Shartnoma” atamasiga ta’rif berilgan bo’lib, birinchisida

faqatgina davlatlararo yozma tarzda tuzilgan kelishuvlar tushunilishini

e’tirof etgan bo’lsa (2 - modda), ikkinchi konvensiyada bu atama asnosida

xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi kelishuvlarni ham tushunilishini (2-

modda) ta’kidlaydi.

“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risidagi”

Qonunining 3 – moddasiga mufovuq quyidagicha tar’if berilgan:

“O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi - respublikaning

bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning

boshqa sub’ektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va

majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir”.

Shartnomaning mohiyati – tomonlarning kelishuvidadir. Ma’lumki,

kelishuv – xalqaro huquq normalarini tuzishning yagona usuli hisoblanib,

u nafaqat shartnomaviy normalarini balki odat normalarini ham yaratadi.

Ushbu normalar o’rtasidagi farqni yaratilish jarayoni, shuningdek, mavjud

bo’lish shaklida ko’rishimiz mumkin.

Mazkur ta’rifda shartnomalarning og’zaki shaklida so’z ketmasa ham,

davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari 1969 va 1986 yilgi

Vena konvensiyalarda belgilangan qoidalarni o’zaro kelishuvga ko’ra

og’zaki shaklda amalga oshirishlari ham mumkin1.

Harakati xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan shartnomalargina

xalqaro shartnomalar hisoblanishi mumkin. Davlatlar o’rtasida tuzilgan har

qanday shartnoma ham xalqaro shartnoma hisoblanmasligi fakti

shartnomalar bo’yicha Xalqaro huquq Komissiyasining birinchi

ma’ruzachisi J. Braerli tomonidan ta’kidlangan: “Xalqaro shartnoma tuzish

layoqatiga ega bo’lgan tuzilmalar tomonidan tuzilgan har qanday

shartnoma ham xalqaro shartnoma bo’lavermaydi”2.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos

bo’lishi lozim, xususan, tenglik va aralashmaslik prinsipiga. Xalqaro

shartnoma, uni tuzgan tomonlarning ixtiyoriy roziligi natijasidir. Bir

tomonning kuch ishlatishi yoki tahdidi bilan tuzilgan shartnoma haqiqiy

hisoblanmaydi.

1 Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar

Publishing, 2016. – P.22.; Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: Cambridge

University Press, 2000. – P.14. 2Yearbook of the ILC. 1950. Vol. II. P. 227.

Page 36: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

36

So’nggi yillarda “xalqaro shartnomalarga taalluqli bo’lmagan xalqaro

hujjatlar” deb atalmish nohuquqiy bitimlar keng tarqaldi. Masalan,

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining hujjatlari yoki ikki

tomonlama memorandumlar bunday turdagi bitimlarning ahamiyatidan

darak beradi. O’zbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi o’rtasida

energetika sohasidagi hamkorlik bo’yicha o’zaro anglavush

memorandumida (Brussel, 2011 yil 24 yanvar, imzolangan sanadan

kuchga kirgan) aytilganki, “ushbu hujjatning qoidalari faqat siyosiy

maqsadlarni ko’zlaydi va tomonlarning o’z zimmalariga qandaydir

majburiyatlar olishga majburlamaydi”. Boshqa so’z bilan aytganda,

memorandum xalqaro bitim hisoblanmaydi. Shu bilan birga bunday

turdagi halqaro hujjatlarning kuchga kirishi uchun zarur huquqiy

tartibotlardan o’tgan misollar ham bor. Masalan, O’zbekistan Respublikasi

Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 507-I va 508-I-son qarorlari bilan

quyidagi xalqaro hujjatlar ma’qullangan (ratifikatsiyaga tenglashtirilgan):

-Sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsiplari (Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan

muomalada bo’lish ettinchi kongressi tomonidan qabul qilingan. Milan,

1985 yil 26 avgust – 6 sentyabr. BMT Bosh Assambleyasining 1985 yil 29

noyabrdagi 40/32 va 1985 yil 13 dekabrdagi 40/146-son rezalyutsiyalari

bilan maqullangan);

- Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni saqlash yuzasidan axloq

kodeksi (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 17 dekabrdagi 34/169-son

rezalyutsiyasi bilan qabul qilingan);

Shunday qilib, ko’rsatilgan halqaro hujjatlar Oliy Majlis tomonidan

ma’qullangan keyin O’zbekiston xalqaro shartnomaning ajralmas qismiga

aylandi1.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri

hisoblanadi. Bu esa, BMT Ustavi va Xalqaro Sud Statutida o’z tasdig’ini

topgan. Xalqaro shartnomalar BMT Ustavida belgilangan maqsadlariga

mos kelishi va unga javob bera olishi lozim. Jumladan,

- Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka

tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki

tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda

samarali choralar ko’rish xamda adolat va xalqaro huquq prinsiplariga

1 Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор

қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.7-8.

Page 37: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

37

asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga

olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish;

- Xalqlarning teng huquqliligi va o’z taqdirini o’zi belgilashi

prinsipini hurmat qilish asosida millatlar o’rtasidagi do’stona

munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun

boshqa tegishli choralarni ko’rish;

- Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro

muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi,

jinsi, tili va dinidan qat’i nazar asosiy erkinliklariga hurmatni

rag’batlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Xalqaro huquqning ko’rib chiqilayotgan sohasining roli hozirgi

xalqaro huquqiy munosabatlarda shartnomalarning roli bilan belgilanadi.

Shartnomalar hozirgi zamonning asosiy muammolaridan biri bo’lgan,

boshqa muammolarning ham hal qilinishi shu bilan bog’liq bo’lgan -

xalqaro tizimni boshqarish muammosini hal qilishda zarur vosita

hisoblanadi.

Shartnomalarning ahamiyati nafaqat xalqaro, balki davlatlarning ichki

aktlarida ham yuqori baholanmoqda. Vena Konvensiyalarida

shartnomalarning davlatlar o’rtasida tinch hamkorlik uchun sharoit

yaratish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish vositasi ekanligi ta’kidlab

o’tiladi. Xalqaro shartnomlar BMT Ustavida keltirilgan maqsad va

prinsiplar asosida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy tinchlik va

xavfsizlikni ushlab turishda yordam beradi, davlatlararo munosabatlarning

huquqiy asosini tashkil etadi.

Xalqaro shartnomalar huquqining bunday ta’rifi ancha keng

tarqalgan. Halqaro shartnoma huquqi halqaro huquqning alohida sohasi

sifatida barcha tarmoq va institutlar bilan bo’g’langan. Nazariya va

Xalqaro shartnomalar huquqi – xalqaro huquqning umum tan olingan

prinsip va normalaridan kelib chiqqan holda xalqaro shartnomalarni tuzish, unga

amal qilish va ularni to’xtatish bo’yicha xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi

munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xalqaro huquqning alohida sohasidir.

Esda tuting!

Xalqaro shartnoma – davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa

sub’ektlarining o’rtasidagi o’zaro huquq va majburiyatlarini o’rnatish,

ijro etish, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan tegishli tartibdagi

roziligi hisoblanadi.

Page 38: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

38

amaliyotda halqaro shartnomalar huquqi tushunchasidan foydalanib, u odat

normalaridan farqli o’laroq shartnomalar yaratgan normalarni anglatadi.

Xalqaro shartnomalar huquqi (Law of Treaties) - umumtan olgan

atamadir. Xalqaro huquq Komissiyasining bayonotida “shartnomalar

huquqi” xalqaro huquqning bu tarmog’ini anglatuvchi deyarli universal

holatda ishlatiluvchi atama deyiladi1.

Unga bag’ishlangan Konvensiyalar ham shunday ataladi.

“Shartnoma” nomi ularning Xalqaro huquq tomonidan tartibga soluvchi,

ularning nomlanishi, tuzilishi va ishtirokchilar tarkibidan qat’iy nazar

xalqaro kelishuvlarning barcha tur va ko’rinishlarini qamrab oluvchi

tushunchani anglatish uchun qabul qilingan.

Nazariya va amaliyotda “xalqaro shartnomalar huquqi” atamasi odat

normalardan farqli ravishda shartnomalar orqali vujudga kelgan

normalarni anglatadi.

Har bir davlatning o’z shartnomalar huquqi mavjud bo’lib, ular

umumiy va tarkib, hajmidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu farqlar

davlat tashqi siyosatining xarakterli jihatlari bilan belgilanadi.

Demak, xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnomalar huquqi

deganda, xalqaro huquqning xalqaro shartnomalar tuzilishi, amal qilishi,

o’zgartirilishi va to’xtatilishi tartibini, amaldagi shartnomalar sharoitini

belgilaydigan normalaridan iborat tegishli sohasi tushuniladi. Bu soha

ob’ekti sifatida esa, xalqaro huquqning yetakchi va asosiy manbaiga

aylanib ulgurgan xalqaro shartnomaning o’zi namoyon bo’ladi. Xalqaro

shartnomalar huquqi shartnomaning nomlanishi, ob’ektning turi va ularni

tuzish jarayonidan qat’i nazar, barcha turdagi xalqaro shartnomalarga

taalluqli hisoblanadi. Xalqaro huquqning ushbu sohasi ahamiyatining

izchil ortib borishiga hozirgi kunda dunyoda xalqaro shartnomalarning

o’rni kuchaygani sabab bo’lmoqda. Ayni chog’da uning asosiy manbai hali

ham xalqaro-huquqiy odat hisoblanadi.

2.2. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalari

Xalqaro shartnomalar huquqining o’ziga xos xususiyatini uning

manbalarida ham ko’rish mumkin. Xalqaro shartnomalar huquqining

asosiy manbasi xalqaro odat hisoblanadi, chunki xalqaro shartnomalar

xalqaro odat asosida shakllandi. Aksariyat davlatlar turli sabablarga ko’ra

1 Yearbook of the ILC. 1966. Vol. II. Р. 188.

Page 39: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

39

xalqaro shartnomalarda ishtirok etmaydi. Ular uchun shartnomalar huquqi

odat huquq tarzida amal qilinishida davom etadi.

Xalqaro shartnomalar huquqining asosiy prinsip va normalarining

kodifikatsiyasi natijasida quyidagi xalqaro shartnomalar huquqining asosiy

manbasi hisoblangan uchta yirik konvensiya qabul qilindi:

Mazkur konvensiyalarga qaramasdan shartnomalar huquqi, qoida

tariqasida, quyidagi asoslar bo’yicha odat huquqiga tayanishi davom

etmoqda. Birinchidan, konvensiyalar halqaro huquq tarmoqlarining barcha

normalarini kodifikatsiya qilgan emas, bu ularning matnlarida ham

kuzatiladi. Ikkinchidan, konvensiyalar faqat yozma shakldagi

shartnomalarga daxldordir, yani ular yozma shaklda bo’lmagan

shartnomalarga taalluqli emas. Uchunchidan, aksariyat davlatlar turli

sabablarga ko’ra konvensiyalarda ishtirok etmayapti. Ular uchun

shartnomalar huquqi odat huquqi normalari sifatida amal qilmoqda1.

Biroq bu holat yuqorida keltirilgan shartnoma turlarining yuridik

kuchidan mahrum qilmasligi Konvensiyada aytib o’tilgan. Qolaversa,

ularga xalqaro huquqqa taalluqli bo’lgan holatlarda Konvensiyaning o’sha

normalari qo’llanilishi ko’zda tutiladi. Mavjud bo’lgan odat normalari

Konvensiyada qanday keltirilgan bo’lsa xuddi shu tarzda qo’llanilishini

anglatadi.

BMTning xalqaro huquq prinsiplarini mustahkamlovchi Ustavi

xalqaro shartnomalar huquqi uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Bu holat

ishtirokchi davlatlar BMT Ustavidagi xalqaro huquq prinsiplarini e’tiborga

olgan holda tuzilgan Vena Konvensiyalarining kirish qismida belgilab

qo’yilgan. Bu prinsiplar imperativ xarakterga ega. Ularga zid ravishda

1 Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор

қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.9.

Page 40: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

40

tuzilgan shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi. Har qanday xalqaro

kelishuvlarning majburiyatlari Ustav majburiyatlaridan kelib chiqib, u

o’rnatgan vaziyatlar muhim ahamiyatga ega (Ustavning 103-moddasi).

Nihoyat, barcha a’zolarning shartnomalarini BMT Kotibiyatida ro’yxatdan

o’tkazish majburiyatini belgilab berdi (Ustavning 102-moddasi).

Xalqaro tashkilotlarning shartnomaviy munosabatlari, ularning

tuzilgan asosiy aktlari, bundan tashqari, ular asosida qabul qilingan

rezolyutsiyalar bilan boshqariladi. Bunda tashkilotning tajribasi ham

muhim ahamiyat kasb etmasdan qolmaydi. Mazkur manbalarning

mohiyati, ularga alohida maqom beruvchi, shartnomalar haqidagi

Konvensiyalar bilan belgilab qo’yiladi. 1969 yildagi Konvensiyada

shunday deyiladi: “Mazkur Konvensiya Xalqaro tashkilotlarining asosiy

aktlari hisoblanuvchi har qanday shartnomaga va ushbu tashkilot doirasida

uning mavjud qonun-qoidalariga ziyon yetkazmagan holda qabul qilingan

har qanday shartnomalarga nisbatan joriy qilinadi” (15-modda). Ko’rib

turganimizdek, mazkur holat tashkilotning boshqaruvi asosida yoki

faqatgina uning moddiy vositalaridan foydalanish orqali tuzilgan

shartnomalarga taalluqli emas. Yuqoridagi holat faqat tashkilotning

idoralari ko’lamida matni ishlab chiqilgan va qabul qilingan

shartnomalarga tegishli.

Demak, xalqaro shartnomalar huquq manbalari deganda, xalqaro odat,

shartnomaviy munosabatlarga taalluqli bo’lgan ko’ptomonlama

shartnomalar, xalqaro tashkilotlarning aktlarini tushunishimiz lozim.

2.3. Xalqaro shartnomalar huquqi prinsiplari

Xalqaro shartnomalar huquqi har qanday huquq sohasi singari

muayyan tizim, institut, tartibga solish uslublar va prinsiplarga egadir.

Prinsiplar xalqaro shartnomalar huquqi sohasi doirasidagi normalar uchun

rahbariy qoida tarzidagi funksiyani bajaradi.

Shartnomaning yaxlitligi prinsipi. Mazkur prinsip xalqaro

shartnomalar huquqi haqidagi Vena Konvensiyalarida mustahkamlangan.

U shartnoma qismlarining majburiyligiga rozilik bildirish va shartnomaviy

holatlarning bo’linishi haqidagi moddalarda aniq namoyon bo’ladi (17-,

44-moddalar). Davlatlarning shartnoma qismining ular uchun tegishli

majburiyatlarga roziligi, faqat bu holat shartnomada keltirilgan bo’lsa yoki

kelishayotgan boshqa davlatlar bunga rozi bo’lgan taqdirda bildirilishi

mumkin.

Page 41: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

41

Shartnomadan chiqish yoki uning harakatini to’xtatish butun bir

shartnomaga tegishli bo’ladi, agar shartnomada ishtirokchilar boshqa

narsani ko’zda tutgan yoki kelishib olishmagan bo’lsa.

Shartnomaning yaxlitligi masalasi mavjud amaliy ahamiyatga ega va

ko’pincha matnni ishlab chiqishda ham, shartnomaning amalga

oshirilishida ham yuzaga keladi. Shartnoma amaliy jihatdan doimo bir

murosaga kelishning natijasi hisoblanadi. Shuning uchun shartnomaning

saqlanish sharti uni butunligicha, boshqasini o’rnini to’ldirgan holatda

amalga oshirish hisoblanadi.

Majburiyatlarini vijdonan bajarish prinsipi (pacta sunt servanda). Bajarish majburiyati, faqatgina tomonlar bajarish niyatida bo’lganlargina

ahamiyatga ega bo’luvchi “kelishuv” tushunchasining zamirida yotadi.

Xalqaro huquqda bu holat pacta sunt servanda shartnomalar

majburiyatlarini vijdonan bajarish prinsipida o’z aksini topgan. Bu

majburiyatning xususiyati uning tabiatiga bog’liq. Davlatlararo kelishuvlar

haqida gapiradigan bo’lsak, Qadimgi dunyoda ularning majburiyatlari

diniy xususiyatga ega bo’lgan, O’rta asrlarda esa – ruxiy, qisman diniy

xususiyatga ega bo’lgan. Faqatgina zamonaviy dunyoda ularning yuridik

kuchi e’tirof etildi1.

Mazkur prinsip ayni paytda xalqaro huquqning asosiy prinsipilari biri

hisoblanadi. BMTning Komissiyasi o’zining shartnomalar huquqi haqidagi

yakuniy bayonotida ko’rib chiqilayotgan prinsipni quyidagicha

shakllantiradi: “Kuchga kirgan har bir shartnoma ishtirokchi tomonlar

uchun majburiy va ular tomonidan sidqidildan bajarilishi shart” 2.

“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi. Xalqaro tizimning

mustahkamlanishi bilan shartnomalarning mohiyati ham oshdi.

Shartnomalarga nisbatan munosabat davlatlarning xalqaro aloqalardagi

obro’-e’tiborida yanada asosli ravishda ahamiyat kasb etib bormoqda.

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Действие международных договоров. -

М.: Волтерс Клувер, 2004. С.4. 2 YILC. 1966. Vol. II. Р. 211.

E’tibor bering!

Majburiyatlarini vijdonan bajarish printsipi (pacta sunt servanda)

nafaqat shartnomalarni, balki uning asosini tashkil qiluvchi xalqaro

huquqning odat normalarini ham qamrab oladi.

Page 42: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

42

Aynan shu holat “shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining

tasdiqlanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Bugun barcha asosiy siyosiy va diniy dunyoqarashlar

“shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining mohiyatini e’tirof

etmoqda. Bundan kelib chiqqan holda shartnomalar haqidagi holat ham

shakllangan, ya’ni: “barcha davlatlar xalqaro huquqning umume’tirof

etilgan norma va prinsiplariga, muvofiq, mavjud xalqaro shartnomalardan

kelib chiqqan majburiyatlarini vijdonan bajarishlari shart”. Bu vaziyatda

gap, eng avvalo. “shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining

tarkibini aniqlab beruvchi imperativ norma haqida bormoqda.

Demak, davlatlarning suveren jihatdan tengligini tasdiqlash

“shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipiga ham ta’sir ko’rsatdi.

Barcha davlatlar xalqaro huquq oldida teng va teng darajadagi asosiy

huquq va majburiyatlarga ega. Barcha uchun umumiy va teng bo’lgan

majburiyat mavjud, bu davlatlarning xalqaro huquq normalariga amal

qilish majburiyati, shuningdek o’z manfaatlarini himoya qilish uchun

normalardan teng foydalanish huquqiga egalar. 1970 yildagi Xalqaro

huquq prinsiplari haqidagi deklaratsiyaning davlatlarning suveren tengligi

haqidagi bandida shunday deyiladi: “Har bir davlatlar o’z majburiyatlarini

to’liq va vijdonan bajarishlari shart va dunyoda boshqa davlatlar bilan

yashashsin”.

“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi uchinchi davlat ham

shartnomaga zid keluvchi majburiyatlarini qabul qilishni taqiqlash bilan

aloqador bo’la oladi. Ayrim shartnomalar davlatlarning shartnoma

holatlarini uchinchi davlat tomonidan bajarilishini ta’minlash uchun chora-

tadbirlar ko’rishlari majburiyatini ko’rib chiqadi. Masalan, 1949 yil tuzilgan Armiyada harakat qiluvchi yarador va bemorlar

ishtirokini yaxshilash haqidagi Jeneva Konvensiyasida tomonlar “har qanday

vaziyatda ham mazkur konvensiyaga amal qilishi va amal qilishga majbur qilishi”

haqidagi majburiyatni oldilar (1-modda).

“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi tomonlarga tashqi va

ichki doirada jumladan huquqiy sohada o’z majburiyatlarini bajarish uchun

zaruriy chora-tadbirlarni ko’rish majburiyatini yuklaydi. Bundan kelib

chiqib tomonlar boshqa shartnomalarga zid keluvchi majburiyatlarni qabul

qilmaydi.

“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining muhim elementi

bu – vijdoniylik prinsipi bo’lib, u xalqaro huquqda ham alohida

Page 43: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

43

ahamiyatga ega1. Bu prinsipning ahamiyati, jumladan majburiyatlarni

bajarishdagi mohiyati ham Xalqaro Sud tomonidan ko’p bor belgilangan.

1986 yildagi Vena Konvensiyaning muqaddimasida ushbu prinsip

umume’tirofga sazovor bo’ldi deb belgilanadi. Vijdoniylik prinsipi

shartnomaviy munosabatlarni barqarorligini ta’minlaydi. Unga mos

ravishda bir tomondan faqat shartnomaning tub qoidalarini buzilishi

boshqa tomonning bir tomonlama shartnomani bekor qilinishiga asos bo’la

oladi.

Mazkur prinsip shartnomaning suiiste’mol qilinishiga qarshi harakat

sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Suiiste’mol qilish - shartnomadan

ziyon yetkazish maqsadida foydalanishni, tomonlarning qonuniy

manfaatlarini buzish, shartnomani bajarishdan bosh tortish kabilarni o’zida

aks ettiradi.

Shartnomani vijdonan bajarish prinsipi yana estopel (rad etish, qarshi

chiqish, huquqdan mahrumlik) bilan bog’liq. R.A.Kalamkaruan yozadi:

“Estopel prinsipining yuridik asosi vijdoniylik prinsipi hisoblanadi”2.

Bu prinsipga 1969 yil qabul qilingan Shartnomalar huquqi haqidagi

Vena konvensiyasining alohida moddasi bag’ishlangan: davlatlar

shartnomaning haqiqiy emasligiga yoki to’xtatilishiga, undan chiqishga

yoki shartnomani tugatilishiga asoslanish huquqiga ega emas agarda, unga

quyidagi faktlar ayon bo’lsa, ya’ni: “a) agar davlat sharoitdan kelib chiqib

shartnoma haqiqiy kuchini saqlab qolishi va amaldaligiga aniq rozilik

bergan bo’lsa yoki, b) davlat holatga bog’liq holda shartnomaning

haqiqiyligi, kuchini saqlab qolishiga yoki amalda qolishiga sukut saqlash

orqali rozilik bildirganlar qatoriga kiritilgan bo’lsa” (45-modda).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda “shartnomalarga

amal qilinishi shart” prinsipi sezilarli darajada mustahkamlandi va shu

bilan birga uni izchillik bilan amalga oshirish vazifasi qiyinlashdi. Xalqaro

munosabatlarda shartnoma rolining oshib borishi ko’rib chiqilayotgan

prinsipga nisbatan katta e’bitor berilmoqda. U xalqaro huquqning boshqa

umumtan olangan prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni bajarilishini

ta’minlaydi. Prinsip faqat amal qilishi shart bo’lgan talablarga javob

beribgina qolmay, balki vijdoniylik mohiyatini ham o’zida aks ettiradi.

1Qarang: Эстоппель в международном публичном праве. М., 2001. Гл. 3/2; O'Connor J. Good Faith in International

Law. Dartmouth, 1991. 2 Каламкарyaн Р.А. Эстоппель как институт международного права//Юрист-международник. 2004. № 1. С. 10.

Page 44: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

44

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnoma va xalqaro

shartnomalar huquqi tushunchasining xalqaro hujjatlarda va boshqa qonun

hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko’rib chiqishlari va xalqaro

huquqning umumtan olingan prinsiplaridan kelib chiqib xalqaro shartnomalar

huquqining maxsus prinsiplarini ajrata olishlari hamda xalqaro shartnoma huquqi

manbalarining ahamiyatini o’rganishlari bilan birga qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib,

xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va uning manbalarini

aniqlashda 1969 yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi

hamda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi

shartnomalar huquqi to’g’risidagi 1986 yilgi Vena Konvensiyalarining ahamiyati

qanday?

2. Ma’lumki, xalqaro huquqning umumtan olingan prinsiplari xalqaro

hujjatlarida o’z aksini topgani (BMT Ustavi va boshqalar). Mazkur prinsiplarning

xalqaro shartnomalar huquqining maxsus prinsiplariga aloqadorligini nimada?

1 KAZUS. Mingyillik Rivojlanish Dasturiga ko’ra rivojlanishning sakkizta maqsadi

izohlangan. Qaloqlik darajasini kamaytirishdan tortib OITSning tarqalishini to’xtatish

va dastlabki umumta’limni berish bilan tugaydi (buning barisi 2015 yilning oxiriga

qadar) – ushbu dastur barcha davlatlar va barcha xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul

qilingan.

1. Xalqaro shartnomalar huquqining manbasi sifatida Mingyillik

Rivojlanish Dasturiga huquqiy xarakteristika bering.

2. Mingyillik Rivojlanish Dasturining bajarilishi borasida O’zbekiston

Respublikasida qanday chora tadbirlar amalga oshirilmoqda?

2 KAZUS. World Bank tizimiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va

YUNSITRAL tashkiloti bilan Hindiston davlati hukumati o’rtasida IT

texnologiyalarni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali

tijorat olib borishni kengaytirish, elektron tijorat tarmoqlariga investitsiya kiritish

bo’yicha shartnoma imzolangan. Shartnomaga muvofiq, YUNSITRAL tegishli

sohada samarali natija beruvchi dasturni ishlab chiqishi, Korporatsiya uni

moliyalashtirishi, Hindistonda dastur amalga oshirilishi, bunda davlat imtiyozli soliq

siyosati, ishchi kuchi ta’minotini amalga oshirishi lozim edi. Biroq, Hindiston

hukumati o’z majburiyatini lozim darajada bajarishdan bosh tortadi. Taraflarning

e’tiroziga qarshi o’rtada tuzilgan shartnoma xalqaro shartnoma hisoblanmasligini,

chunki uning sub’ektlari davlatlar emasligini, shartnomaga nisbatan fuqarolik

Page 45: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

45

huquqiy qoidalar qo’llanishi lozimligini keltiradi va shartnoma yuzasidan fuqarolik

javobgarlikka masalasida ish ko’rilishini keltiradi.

1) Xalqaro shartnoma tushunchasiga xalqaro-huquqiy ta’rif mavjudmi? Xalqaro

xususiy-huquqiy shartnomalar va xalqaro ommaviy shartnomalar tushunchasini

yoritib bering.

2) Hindiston hukumatining vajlari asoslimi? Uning javobgarligini hal qiling.

3) Ushbu vaziyatda qaysi soha qonunchiligi qo’llanadi: xalqaro huquqmi yoki

xalqaro xususiy huquqmi?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalarini o’rganish va uni tahlil qilish

natijasida amaliyotdan misollar keltiring va asoslantiring. Ish shakli – nazorat ishi

(esse).

2. Xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasiga

dunyoning yetakchi olimlari bergan ta’riflarini o’rganish va uni tahlil qilish, ishning

yakunida mazkur tushunchalarni umumlashtirish o’zining mualliflik ta’rifini berishga

harakat qilishi. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 46: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

46

III BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI

SUB’EKTLARI

(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna)

Annotatsiya. Mazkur bob xalqaro shartnomalar huquqining sub’ektlari

tushunchasi va turlarini, xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqatini

hamda uchinchi tomon tushunchasini, uchinchi davlatlar huquq va majburiyatlarini

nazarda tutuvchi shartnomalarni o’rganishga bag’ishlangan.

3.1. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari tushunchasi.

Xalqaro huquqining asosiy sub’ektlari bir paytning o’zida xalqaro

shartnomalar huquqi sub’ektlari hisoblanadi. Ya’ni, davlatlar, o’z

mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar hamda xalqaro tashkilotlardir.

BMT Kotibiyatidan ro’yxatdan o’tgan asosiy xalqaro shartnomalarning

sub’ektlari davlatlar hisoblanadi.

Xalqaro huquqiy adabiyotlar va xalqaro shartnomaviy amaliyotda

“sub’ekt”, “ishtirokchi”, “tomon”, “kelishayotgan davlat” va

“kelishayotgan tashkilot”, “ahdlashayotgan tomon”, “muzokarada

ishtirok etayotgan davlat” hamda “uchinchi tomon” kabi atamalar

qo’llaniladi.

1969 yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasiga ko’ra “kelishayotgan davlat” sifatida shartnoma kuchga

kirgan yoki kirmaganligidan qat’i nazar shartnomadagi majburiyatlarga

rozilik bildirgan davlat nazarda tutilgan. “Ishtirokchi” esa, kuchga kirgan

shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirgan davlat nazarda tutilgan. Xuddi

shunga o’xshash holat 1986 yilgi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki

xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasida ham uchraydi. Faqat “kelishayotgan davlat” bilan bir

qatorda “kelishayotgan tashkilot” ham qo’llanilgan. Bundan tashqari,

“ishtirokchi” ga nisbatan nafaqat davlatni balki xalqaro tashkilotni ham

qayd etgan. Mazkur konvensiyada xalqaro tashkilot sifatida faqatgina

hukumatlararo xalqaro tashkilot tushunish nazarda tutilgan.

Umuman olganda ko’pchilik xalqaro huquqshunoslar “ishtirokchi”

bilan “tomon”ni bir biriga o’xshash deb hisoblaydilar. “Sub’ekt” atamasini

esa ko’proq ilmiy ahamiyati bo’lganligi uchun uni ko’proq umumiy

xalqaro huquq sub’ekti sifatida qo’llaniladi.

Page 47: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

47

Umuman olganda, “xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti” deganda

biz xalqaro shartnomalar ishtirokchilarini, tomonlarini tushunishimiz

lozim.

3.2. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari turlari

Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari bu xalqaro shartnomaning

qabul qilish jarayonida ishtirok etgan davlatlar, o’z ozodligi uchun

kurashayotgan millatlar, erkin shahar davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar

(hukumatlararo va nohukumatlararo) hisoblanadi. Umuman olganda,

xalqaro huquqning sub’ektlari ayni paytda xalqaro shartnomalar huquqi

sub’ekti sifatida qabul qilinadi. Mazkur sub’ektlar yuridik xususiyatlaridan

kelib chiqib muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi va uning

normalarini yaratadi va amalda tatbiq etishda qatnashadigan tuzilmalar

hisoblanadi.

Davlat o’zining suverenitetidan foydalangan holda xalqaro

shartnomalarda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan xalqaro shartnomalar

huquqining asosiy sub’ektidir. Shartnomalarning aksariyati davlatlar

tomonidan tuziladi. U o’zining suverenitet kuchi bilan xalqaro huquq

normalarini yaratadi, uning tarkibini aniqlaydi va rioya qilinishini

ta’minlaydi. Davlatlar xalqaro shartnomalarga ishtirok etishi orqali o’z

hoxish irodalarini xalqaro huquq normalari orqali mustahkamlaydilar.

O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va halqlar davlatning

shakllanish jarayonida namoyon bo’ladilar. Mazkur millat va xalqlarning

xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti sifatida ishtirok etishi ularning

xalqaro shartnoma normalarini amalga oshirishda ko’zga ko’rinadi. Odatda

ularni qo’zg’olonchilar yoki nizolashayotgan tomon sifatida qabul qilinadi. Xalqaro gumanitar huquqi sohasidagi konvensiyalarda, masalan, 1949 yilgi

Urush qurbonlarini himoya qilish to’g’risidagi Jeneva konvensiyasi tomonlarga

xalqaro xarakterga ega bo’lmagan nizolar yuzasidan mazkur konvensiyaning

qoidalarini tadbiq qilish haqida maxsus shartnomalarni tuzishi uchun imkoniyat

mavjudligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu “nizolashayotgan tomonlarning

yuridik maqomiga ta’sir etmasligi”ni belgilab berdi (3 modda). Mazkur qoida xalqaro xarakterga ega bo’lmagan nizolarda xalqaro

gumanitar huquqi normalarini qo’llanilishi nazarda tutadi. Lekin, bu

shartnomalar xalqaro shartnoma maqomiga ega bo’lishi uchun

Page 48: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

48

qo’zg’olonchilar yangi davlat hukumatini yoki mavjud davlatning bir

qismida yangi davlatni tashkil etishi lozim1 hisoblanadi.

Xalqaro shartnomalar huquqining asosiy sub’ektlaridan tashqari

o’ziga xos bo’lgan “noan’anaviy sub’ektlar” yoki “boshqa turdagi

sub’ektlar” ham mavjudligini kelitirib o’tish lozim. Bular xalqaro huquq

sub’ektlari kabi ikkilamchi hisoblanib, sub’ekt uchun zaruriy bo’lgan

barcha elementlarga ega bo’lmagan, biroq xalqaro shartnomalar huquqi

sub’ekti sifatida tan olinganlar tushuniladi. Bunday sub’ektlar asosiy

sub’ektlar tomonidan biron maqsadda tuziladi va alohida huquqiy jihatdan

tartibga solish zarurati bilan izohlanadi.

Xalqaro huquq Qo’mitasining bayonotiga binoan “boshqa turdagi

sub’ektlar” deganda, Muqaddas Qirollik (Vatikan) va boshqa turdagi

xalqaro ko’rinishga ega bo’lgan ma’lum bir vaziyatlarda xalqaro

shartnomalarda ishtirok eta oladiganlar tushuniladi2.

Aksariyat yuristlar Muqaddas Qirollikni katolik va boshqa davlatlarga

nisbatan olib qaraganda xalqaro huquq sub’ekti deb hisoblashadi.

Shuningdek, uning maqomi suveren davlatlar maqomidan farq qiladi.

Umumiy xalqaro huquqqa binoan u xalqaro shartnomalarning

tomonlaridan biri bo’la oladi. Bundan kelib chiqadiki, Vatikanning xalqaro

shartnomlarda tomonlardan biri bo’la olishi umumiy tarzda tan olingan.

Lekin shunga qaramay Vatikan siyosiy va iqtisodiy shartnomalarda

ishtirok etmaydi. U odatda ko’p tomonlama umumiy masalalarga oid

bo’lgan shartnomalarda ishtirok etadi (asosan gumanitar masalalar).

Ikkitomonlama shartnomalari esa, ikkinchi tomon hisoblangan davlatning

katolik cherkovi qoidalarini tartibga solishga bog’liq bo’lgan normalarni

o’z ichiga oladi3.

Bir qator davlatlar Malta ordenini ham sub’ekt sifatida tan oladilar,

shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar erkin shahar bo’lishi ham mumkin.

Tarixda ular koloniyalar va ularning ittifoqdoshlari bo’lgan.

1 Mazkur qoida davlatlarning xalqaro huquqqa zid xarakat uchun javobgarligi moddalarida o’z tasdig’ini topgan (10

modda). 2 Report of the ILC. XVI session (A/5209). P. 5. 3 Parry and Grant. Encyclopedic Dictionary of International Law. N.Y., 1986. P. 158.

Vatikan – shahar davlat, rasmiy nomi “Muqaddas Qirollik” (Holy

See) – Rim katolik cherkovining markazi hisoblanadi. Vatikan davlati

shartnomalar tuzadi, biroq ular “Muqaddas hukm (qaror)” sifatida qabul

qilinadi.

Page 49: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

49

Erkin shahar – cheklangan xalqaro huquq sub’ektlilikka ega bo’lgan,

o’ziga xos xususiyatli siyosiy-huquqiy tuzilma. Xalqaro shartnomalarda

mustaqil ravishda ishtirok etuvchi erkin shaharlar tarixdan ma’lum. Bular

Buyuk Novgorod, Pekov Gamburg, Bremen, Lyubek va boshqalardir.

Umumiy olib qaraganda ularning maqomi boshqa davlatlarniki kabi bir xil

edi. XIX asrdan boshlab erkin shaharlarning alohida maqomi shakllandi.

Bu maqom munozarali hududlar masalalarini tartibga solishda

foydalaniladi. Masalan, 1815 yil Buyuk hukmron davlatlarning o’zaro munozaralari

kuchaygan davrda Krakovni Vena traktati Rossiya, Avstriya va Prussiya homiyligi

asosida “erkin va mustaqil” shahar deb e’lon qildi1.

Birinchi Jahon urishidan so’ng g’olib tomonlar Polshaga Dantsig

(Gdanska)ni qaytarish da’vosini rad etdilar. 1919 yildagi Butundunyo

Versal tinchlik shartnomasi Dantsigaga Millatlar Ligasi chegarasidagi

erkin shahar maqomini berdi (100-108 moddalar).

Xalqaro tashkilotlarning roli xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti

sifatidagi faolligining o’sishiga olib keladi. Hozirgi kunda tashkilotlarning

xalqaro huquqiy sub’ektililigi umum e’tirof etilgan. Bu holat Xalqaro Sud

tomonidan ham bir necha bor ta’kidlangan2. Bu vaziyatda tashkilotlar huquqiy sub’ektliligi muhim o’ziga

xosliklari, ularning maxsus xarakteri (xususiyati) belgilangan. Xalqaro

huquqning sub’ekti hisoblangan xalqaro tashkilotlar shartnomalar

huquqining ham sub’ekti hisoblanadi. Vena Konvensiyalarida shunday

deyiladi: “Xalqaro tashkilot hukumatlararo tashkilotlarni anglatadi (2-

modda). Aslida, a’zolari hukumat emas davlat bo’lgan hukumatlararo

tashkilot nazarda tutilmoqda.

Davlatlar va tashkilotlarning tuzadigan shartnomalari yaxlit bir huquq

bilan boshqarish imkonini beruvchi ko’plab umumiy xususiyatlarga ega

ekanligida aks etadi. Xuddi davlat singari tashkilotlar ham o’zining

idoralari va agentlari harakati uchun javobgardir. Bu holat Xalqaro Sudning Inson huquqlari Qo’mitasi maxsus ma’ruzachisining

yuridik jarayonlarga nisbatan qiyosiy immuniteti ishi bo’yicha 1999 yil 29 apreldan

Konsultativ xulosasida ta’kidlanadi3.

Nohukumat tashkilotlar deganda, siyosiy partiyalar, kasaba

uyushmalari, ilmiy, sport, diniy va boshqa tashkilotlar deb tushunamiz.

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -

М.: Волтерс Клувер, 2004. - С. 52. 2 ICJ. Reports. 1980. P. 89. 3 Difference Relating to Immunity from Legal Process of a Special Rapporteur of the Commission on Human Rights.

No. 99/16//http://www.icj-cij.org

Page 50: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

50

Alohida turdagi moliyaviy va ishlab chiqarish bo’yicha hamkorliklar katta

ahamiyatga ega. Bu turdagi tashkilotlar faoliyati davlatlarora munosabatlar

bilan birga xalqaro hamjamiyatga katta ta’sir ko’rsatadi. Ko’rib

chiqilayotgan holat davlatning ichki huquqi bilan, shuningdek davlatning

ichki huquqiga bo’ysunuvchi nodavlat tashkilotlarning kelishuvlari bilan

boshqariladi. Davlat miqyosidagi ahamiyatga ega bo’lgan munosabatlarni

nodavlat tashkilotlar o’rtasidagi kelishuvlar boshqaradigan holatlar kam

emas. Masalan, Qizil Xoch Qo’mitasi Ikkinchi jahon urushidan so’ng qochoqlar,

harbiy asirlar va boshqalarni vataniga qaytarish to’g’risidagi ko’plab davlatlar

bilan bitimlar imzolaganlar.

Ko’rib turganimizdek, bu turdagi bitimlar u yoki bu darajada

hukumatlararo kelishuvlar vazifasini bajaradi. Nodavlat tashkilotlar

o’rtasidagi bitimlar davlatlararo kelishuvlardan deyarli farq qilmaydigan

holatlar ham mavjudligi ma’lum.

Xalqaro tajribalarda “kelishib olish” atamasi keng qo’llaniladi.

Tajribalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ba’zi holatlarda bu atama asosiy

shartnomaga qo’shimcha kelishuvlarni anglatsa, ba’zi bir holatlarda

yuridik jihatdan shartli ravishda kuchga ega bo’lmagan kelishuvlarni

anglatadi. Bu masala G.I.Tunkin tomonidan ko’rib chiqilgan, u davlatning

ixtiyori “yuridik jihatdan majburiy bo’lmagan normalarni yaratishga

qaratilishi ham mumkin” deb fikr bildiradi. Bunday normalarni biz shartli

ravishda xalqaro kelishib olish deb ataymiz. Bunday kelishuvlar odatda

qo’shma bayonotlarda, rasmiy hisobotlar va deklaratsiyalarda mavjud

bo’ladi.

Shu tariqa nodavlat tashkilotlar o’rtasidagi bitimlarni hukumat

tomonidan ma’qullanish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Har qanday

holatda ham bitimlar, agar ular hukumat tomonidan rasman qabul

qilinmagan bo’lsa, xalqaro shartnomalar huquqi bilan tartibga solinmaydi.

Ayrim holatlarda nodavlat tashkilotlar hukumatga mos ravishda uning

vakili sifatida ham qatnashishi mumkin. Bu tariqa tuzilgan bitimlar xalqaro

shartnoma hisoblanadi.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar masalasi

murakkabroq, zero ular moliya, savdo-sotiq va boshqa doiralarda alohida

vazifalarni bajarishi mumkin. Bunday shartnomlarda xalqaro huquq

normalari ham, ichki huquq normalari ham qo’llanilish holatlari mavjud

bo’lishi mumkin. Ba’zan esa, xalqaro tashkilotlar ular tomonidan tuzilgan

bitim butunlay bo’ysunadigan boshqaruvning yuqori darajada rivojlangan

Page 51: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

51

tizimini yaratgan holatlar ham ma’lum. Bu borada xalqaro moliyaviy

tashkilotlar tajribasi ko’proq misol bo’la oladi.

Demak, xalqaro shartnomalar huquq sub’ektlari sifatida

shartnomalarda ishtirok etuvchi va imzolashi uchun shartnomaviy

layoqatiga ega bo’lgan xalqaro huquq sub’ektlarini tushunishimiz lozim.

3.3. Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqati

Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomalarda ishtirok etish huquqi

yangi institutni o’zida ifodalaydi. U zamonaviy xalqaro huquq

institutlaridan birining muhim elementi hisoblanadi, ya’ni xalqaro

muammolarni hal qilishda ishtirok etish huquqi nazarda tutiladi. Mazkur

institut bevosita xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga bog’liq bo’lib, uni

o’ziga xosligini ko’rsatib beradi.

Davlat shartnomalarning barchasida tomonlar bo’lishiga qaramay,

uning vakilligi darajasi yuridik jihatdan ajralmagan. Shartnomalarning

tuzilishida vakillikning turli darajasi davlatning ichki huquqiga binoan

mavjud natijalarga ega bo’lishi mumkin.

O’zining suveren kuchi bilan davlat har qanday shartnomalarda,

albatta xalqaro huquq doirasidagi shartnomalarda ham ishtirok etish

huquqiga ega. Davlatlarning shartnomaviy amaliyotida asosiy rol

shartnoma huquqining rivojlanishiga tegishlidir.

Tuzilish jarayonida bo’lgan davlat xalqaro huquq bo’yicha huquq va

majburiyatlarini olish imkoniga ega bo’lgan davrdan to suveren kuchiga

ega bo’lgan paytdan boshlab shartnomalarni tuzishi mumkin.

Qabul qilinishi kutilayotgan shartnomaning maqsadi va prinsiplarini

inobatga olgan holda ishtirokchilar tarkibi oldindan aniqlab olish o’ta

zarur.

Shartnomaning maqsadidan kelib chiqib qatnashishi mumkin bo’lgan

ishtirokchilarni ko’pchilik xalqaro huquqshunoslar asarlarida1 quyidagi

toifalarlarini uchratishimiz mumkin:

- zaruriy ishtirokchilar – ishtirokisiz shartnoma tuzilmaydigan yoki

maqsad-mohiyatini yo’qotadigan va bajarilmaydigan davlatlar. Masalan, Yadro qurolining tarqalmasligi haqidagi shartnomalarda zaruriy

ishtirokchilar Yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar hamda Kosmik hudud

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -

М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.68.; Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK;

Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2016. – P.38-40.; Research Handbook on the Law of Treaties. -

Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2014. – P.627-637.; Anthony Aust. Modern

treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press, 2000. – P.47-57.

Page 52: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

52

to’g’risidagi shartnomalarda esa kosmik ob’ektlarga ega bo’lgan davlatlar

hisoblanadi.

- muhim ishtirokchilar – shartnomaning samaradorligiga

davlatlarning ishtirokining ahamiyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu toifaning

mohiyati to’g’ridan-to’g’ri shartnomani o’zida aks ettirilmaydi.

- maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilar – ularning ishtirokisiz

ham shartnoma o’z maqsadlarini amalga oshira oladi, lekin ishtiroki

shartnomaning samardorligini oshirishda ahamiyatga ega. Yuqorida

keltirib o’tilgan misollardagi barcha davlatlar, zaruriy ishtirokchilardan

tashqari, ishtiroki foydadan holi bo’lmagan ishtirokchilar hisoblanadi. Masalan, mazkur ishtirokchilar siyosiy shartnomalarda to’liqroq namoyon

bo’lishi mumkin. Masalan, NATO - umumiy ko’ptomonlama shartnoma

munosabatlarida ko’pincha maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilar qatorida

mavjud.

- mumkin bo’lgan ishtirokchilar – shartnomada ishtirok etishi

mumkin bo’lgan, lekin uning samaradorligiga sezilarli ta’sir etmaydigan

davlatlar.

- maqsadga muvofiq bo’lmagan ishtirokchilar – ishtiroki shartnoma

maqsadiga yetishga to’sqinlik qila olmasada uning samaradorligiga salbiy

ta’sir etuvchi davlatlar.

- mumkin bo’lmagan ishtirokchilar - ishtiroki shartnomaning maqsadi

amalga oshirishini yo’qqa chiqaruvchi davlatlar.

Sodir bo’layotgan o’zgarishlar shartnomalararo munosabatlarda

davlatning o’rnini ham o’zgartirishi mumkin. Kechagina maqsadga

muvofiq bo’lmagan yoki ishtiroki mumkin bo’lmagan ishtirokchilar bugun

maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilarga aylanib qolishi mumkin.

Keltirib o’tilgan ishtirok etishi mumkin bo’lgan ishtirokchilarning

toifalari xalqaro huquqqa zid kelmaydi. Suveren davlatlar o’z

hoxishlaridan kelib chiqib, agar shartnoma boshqa davlatlar huquqlariga

buzmasa, o’zlari tomonidan tuziladigan shartnoma ishtirokchilari doirasi

masalasini hal etishlari mumkin.

A’zo davlatlar xalqaro shartnomaga bog’liq bo’lgan biron bir masalani

muhokama qilish uchun kuzatuvchi yoki mehmon sifatida davlat yoki

xalqaro tashkilotni taklif qilishi mumkin. Shartnoma ishtirokchilari

shartnoma maqsadidan kelib chiqqan masalani hal qilish borasida qabul

qiladigan qaroridan manfaatdor bo’lgan kuzatuvchining pozitsiyasini

aniqlashtiradi va e’tiborga oladi. Mehmon hujjat qabul qilish jarayonida

ishtirok etish huquqiga ega emas.

Page 53: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

53

Shunday qilib, halqaro huquqqa mufoviq halqaro shartnomalarni

tuzish huquqiy layoqatliligi halqaro huquq sub’ektlarining ajralmas

huquqi, halqaro huquq sub’ektining muhim jihati hisoblanadi. Halqaro

huquqning barcha sub’ektlari shartnoma tomoni bo’lishi mumkin. 1969

yildagi Vena konvensiyasiga binoan har bir davlat shartnoma tuzish (6-

modda), shuningdek ko’p tomonlama (universal, mintaqaviy)

shartnomalarda ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu huquqdan har bir

suveren davlat foydaladi. O’z navbatida, halqaro tashkilotning shartnoma

tuzish huquqiy layoqatliligi, ushbu tashkilot qoidalari bilan tartibga

solinadi. Bunda, shartnoma predmeti va maqsadi shartnoma tuzuvchi

tashkilotning ta’sis hujjatiga mufoviq bo’lishi va halqaro huquqning asosiy

prinsiplariga zid kelmasligi kerak.

3.4. Xalqaro shartnomalarda uchinchi tomon

Bizning davrimizda shartnomaga nisbatan uchinchi tomon masalasi

o’ta muhim ahamiyat kasb etadi va alohida e’tiborga arziydi. Xalqaro

tizimda davlatlarning o’zaro aloqalari tarixda ham ularning manfaatlarida

anglashilmovchiliklar, chigalliklarni aniqlab bergan va o’zaro

aloqadorliklarini ma’lum bir shartlar asosida kelishib olishga zamin

yaratgan. Bu holat, xalqaro shartnomaviy munosabatlarda ham aks

etmasdan qolmaydi. Ikki davlat o’rtasidagi to’liq huquqiy kelishuvli

shartnoma boshqa davlatlar manfaatlariga ham tegishli bo’lishi mumkin,

jumladan xafvsizlik masalalarida bu yaqqol namoyon bo’ladi.

Davlatlarning o’zaro bog’liqligi shu darajaga yetganki, hatto bir

davlatning ichki voqea-hodisalari boshqa bir davlat manfaatlariga jiddiy

ta’sir etishi mumkin bo’lgan globalizatsiya sharoitida, uchinchi davlatlar

masalasi alohida ahamiyatga ega bo’ldi.

Mazkur konvensiyada shartnoma ishtirokchisi deb mazkur shartnoma

ushbu davlat uchun majburiy ahamiyatga ega bo’lishi hamda uning uchun

shartnoma kuchga kirgan bo’lishi kerakligi ko’rsatib o’tiladi. Bundan kelib

chiqadiki, biron bir davlat shartnomani ratifikatsiya qilgani bilan mazkur

E’tibor bering!

Shu bilan birga shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xalqaro

shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasida uchinchi davlat

tushunchasi shartnoma ishtirokchisi emas deb belgilab qo’yilgan.

Page 54: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

54

shartnoma ushbu davlat uchun qonuniy kuchga kirgan vaqtga qadar u

shartnoma ishtirokchisi hisoblanmaydi.

Uchinchi davlatlar mezoni shartnomaga nisbatan bo’lgan

munosabatlari asosida belgilanadi.

Ularni shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin:

Shartnoma tuzish jarayoni muzokaralarida ishtirok etgan davlatlar

uni keyinchalik imzolash huquqiga egadirlar, muzokarada ishtirok

etmagan davlatlar esa agar shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa kelajakda

qo’shilishlari mumkin.

Vena konvensiyasida muzokarada ishtirok etayotgan davlatlar bilan

shartnomani imzolagan davlatlar o’rtasidagi farqni belgilab bergan.

Shartnomani imzolagan davlatlar shartnomaning majburiyligiga o’z

roziligini bildirgan holda xalqaro huquq qoidalariga muvofiq

shartnomaning kuchga kirish vaqtiga qadar uning ob’ekti va maqsadini

bekor qilmasligi mustahkamlangan (18-modda).

Uchinchi davlatlarning shartnomaga nisbatan munosabati turli xil

huquqiy ahamiyat kasb etadi. Agar shartnoma davlatning qonuniy

manfaatlariga taalluqli bo’lsa va mazkur davlat uning qoidalaridan norozi

bo’lsa, bu holda ushbu davlat yuqorida ko’rsatilgan qoidaga e’tiroz

bildirishi to’g’risida ma’lum qilishi lozim. Bunday vaziyatda shartnoma

ushbu davlat uchun o’zining yuridik ahamiyatini yo’qotadi.

Yana bir turdagi shartnomalar borki, ularning qabul qilinishida

uchinchi davlatning ishtiroki juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Bunga misol sifatida muzokara olib borayotgan davlatlarga biron bir

davlatning vakilligi, betaraf qatnashuvi zaruriyatining kelib chiqishini

keltirish mumkin. Masalan, ShHT tomonidan qabul qilinayotgan aksariyat xalqaro

shartnomalarida Afg’onistonning ishtirok etishi.

Uchinchi davlat shartnomaning norasmiy ishtirokchisi sifatida uning

qoidalariga roziligi va ularga rioya qilishini e’lon qilishi mumkin. Bu kabi

1. Shartnomaga umuman aloqasi yo’q

davlatlar;

2. Shartnoma tuzilishida bevosita ishtirok etgan, lekin mazkur

shartnomani imzolamagan, ratifikatsiya qilmagan hamda

shartnoma kuchga kirmagan davlatlar.

Page 55: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

55

misollar umumiy manfaatlarga tegishli muhim shartnomalar bilan

bog’liqdir. 1968 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasining Birinchi qo’mitasining

majlisida Fransiya shuni e’lon qildiki, Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi

shartnomaga rasman qo’shilmaganligi, lekin o’z siyosatini ushbu shartnoma

prinsiplari asosida olib borishini bildiradi.

Boshqa davlatlar o’rtasidagi kelishuvni qo’llab-quvvatlayotgan

uchinchi davlat o’z siyosiy hujjatida ta’kidlab o’tishi ham mumkin.

Davlatlarning o’zaro siyosiy bayonotlari orqali biron kelishuvga bo’lgan

munosabatlarini ma’lum qilishi va undagi qoidalarni e’tirof etish holatlari

ham mavjud.

Ba’zan uchinchi davlat shartnoma kafili vazifasini bajaradi. 1979 yilda Misr va Isroil davlatlari o’rtasidagi muzokaralarning barcha

bosqichlarida AQSH hukumati vakili ishtirokida o’tdi. Shartnoma matni rasman

AQSH Prezidenti imzosi bilan tasdiqlandi. Shartnomaga ilova qilingan memorandum

uning bir qator qoidalariga tushuntirish berish bilan birga muzokara olib

borayotgan tomonlar biron bir ijobiy natijaga kelmasa, ular mazkur masala bo’yicha

AQSH taklifini qabul qilishlari belgilangan1. Mazkur misollar uchinchi davlatlarning shartnomaga nisbatan

egallagan munosabatining ahamiyatli farqlari mavjud ekanligini ko’rsatib

beradi. Bularning bari uchinchi davlatlarning nafaqat siyosiy balki yuridik

maqomini baholashda e’tiborga molik jihat hisoblanishi lozimligini bir

qator mutaxassislar ta’kidlashgan. Shartnomaning tomonlari va uchinchi

davlat uchun turli ahamiyatga ega kuchini aniqlashda mazkur

ishtirokchilar maqomini yetarli darajada aniq va ravshan belgilab olish

juda muhim hisoblanadi.

Shartnomaga nisbatan uchinchi tashkilotlar masalasi qiyosan olib

qaraganda nisbatan yangi masala hisoblanadi. Shuning uchun uchinchi

xalqaro tashkilot to’g’risidagi norma ta’rifini tuzishda Xalqaro huquq

Qo’mitasi bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Uchinchi davlatlar

haqidagi shu kabi normalar xalqaro huquqda mavjud bo’lib, Qo’mitaning

asosiy faoliyati ularni kodifikatsiyasiga yo’naltirilgan edi.

Qo’mita loyihasi asosida tayyorlangan Davlatlar va xalqaro

tashkilotlar o’rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnoma

huquqi to’g’risidagi 1986 yilgi Vena konvensiyasi uchinchi tashkilot

tushunchasi o’z aksini topgan.

Uchinchi tashkilot tushunchasi uchinchi davlatning ta’rifi bilan bir

xil – shartnomaning ishtirokchisi bo’lmagan xalqaro tashkilot ekanligi

1 The Egyptian - Israeli Peace Treaty. U.S. Policy Statement Series. 1979.

Page 56: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

56

mustahkamlangan (2-modda). Bu tashkilotga nisbatan shartnoma majburiy

bo’lishi bilan hamda uning uchun kuchga kirishi bilan mazkur tashkilot

uchinchi tomon bo’lishdan to’xtaydi. Uchinchi davlat kabi tashkilotning

ham turli xil mezonlari vujudga keladi:

a) shartnomaga umuman aloqasi bo’lmagan tashkilot, ya’ni mutlaq

uchinchi tashkilot. Bu kabi tashkilotlarga shartnoma hech qanday huquqiy

oqibat keltirib chiqarmaydi;

b) muzokarada ishtirok etayotgan tashkilot – shartnoma matnini

tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etgan tashkilot. Bu kabi tashkilot

shartnomani imzolash, uning majburiyligiga o’z roziligini bildirish,

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritish yoki unga o’z qarshiligini

bildirish va depozitariyni tayinlash huquqlariga ega bo’ladi;

v) shartlashayotgan tashkilot - shartlashayotgan tashkilot shartnoma

kuchga kirgan kirmaganligidan qat’iy nazar shartnomaning majburiy

ekanligini tan olgan tashkilot. Bu kabi tashkilot yuqoridagi huquqlari bilan

birga shartnomaga kiritilgan yoki o’zgartirish jarayonidan xabardor

bo’lish, takliflar kiritish, ularning qabul qilinishida ishtirok etishi mumkin.

Bu holda asosiy ahamiyat tashkilot shartnomaning ob’ekti va maqsadini u

kuchga kirgunga qadar majburiyligini tan olishiga qaratiladi (18-modda).

Ko’p tomonlama shartnoma shartlashayotgan tashkilotlarning “o’zaro

maslahatlashuvi” asosida tugatilishi mumkin (54-modda).

Bu kabi tashkilotlar shartnoma kuchga kirgunga qadar ham uning

ob’ekti va maqsadini tan olishi lozim. Depozitariy tomonidan o’z

vazifasini bajarishga taalluqli masalada kelishmovchiliklar kelib chiqsa,

depozitariy shartnomani imzolagan tashkilot e’tiboriga muammoli savolni

yetkazishi lozim (78-modda).

Ushbu qoida 1969 yilgi Shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasidan olingan va shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bu o’z

vaqti hamda joyida qo’llanilgan.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalar huquqi

sub’ektlariga hamda xalqaro shartnomalar huquqida uchinchi tomonlarning huquq

va majburiyatlarini, ular ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarga oid masalalarni

ko’rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda

ularning rolini va xalqaro shartnomalarda ishtirok etish layoqatini aniqlashlari

lozim.

Page 57: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

57

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari xalqaro shartnomaning

ishtirokchisi hisoblanadimi? Xalqaro shartnomalarda tomonlar kimlar?

2. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar nomidan xalqaro shartnomalarni

tuzishga vakolatli bo’lgan organlarni sanab bering.

3. Xalqaro shartnomalarda uchinchi tomonlarning huquq va majburiyatlari

aks ettilgan xalqaro hujjatlarni ko’rsating.

4. Uchinchi tomon majburiyatlari belgilangan xalqaro shartnomalarni

tuzish jarayonida shartnoma ishtirokchilari uchinchi tomon roziligi yoki uni

ogohlantirish zaruriyati mavjudmi? Shu kabi rozilik yoki ogohlantirish talab

qilinmaydigan qanday xalqaro shartnomalar mavjud?

1 KAZUS. Iordaniya va arab davlatlari o’rtasida o’zaro manfaatlarni namoyon etuvchi

xalqaro shartnoma tuzdilar. Iordaniyadan tashqari boshqa barcha davlatlar nomidan

shartnomani davlat rahbarlari (monarxlar, parlament rahbarlari, bosh vazirlar)

imzolaydilar. Iordaniya nomidan shartnomani davlatning bosh diniy rahnamosi

imzolaydi. Shartnoma BMTda ro’yxatdan o’tib, amalga kirganidan so’ng, Liviya

davlati Iordaniyaning shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari

haqiqiy emas deb topilishini, bunga asos qilib xalqaro shartnomani tegishli vakolatga

ega bo’lmagan shaxs imzolaganini keltirib o’tadi. Shuningdek, Liviya BMT

Kotibiyatini bunday xatolik bilan shartnomani ro’yxatga olganligi uchun qattiq tanqid

qiladi. Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob

bering.

1) Xalqaro shartnoma tuzaishga vakolatli sub’ekt tushunchasiga G’arb xalqaro

huquqshunoslari qanday fikrlar bildirilgan va bu boradagi shaxsiy fikringiz qanday?

2) Liviyaning e’tirozi o’rinlimi? Iordaniya shartnomadagi huquq va

majburiyatlarini qanday yo’l bilan zimmasiga olsa xalqaro huquq normalariga to’g’ri

3) Xalqaro amaliyotda davlat rahbarlari – monarxlar, prezidentlar, bosh

vazirlardan tashqari davlat nomidan vakillik qiluvchilar tomonidan tuzilgan

shartnomalarga misol keltiring.

2 KAZUS.

A davlati va B davlati bilan hukumatlararo o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida

shartnoma imzolanadi. Shartnomani amal qilish davrida A davlati tomonidan o’z

majburiyatlarini to’liq bajarmaslik holatlari ro’y bera boshlaydi. Bunga javoban B

davlati A davlati tomonidan bajarilmayotgan majburiyatlar yuzasidan zarar kelib

chiqayotganlini va uni qoplash talabi bilan chiqadi. Bu hol ko’p takrorlanavergach, B

davlati A davlatiga nisbatan Xalqaro sudga da’vo kiritadi. A davlati esa, o’z vajlarida

o’rtada tuzilgan shartnoma boshidanoq haqiqiy bo’lmagan deb topilishi lozimligi va

shu asosda tomonlar majburiyatlardan ozod qilinishi lozimligini keltiradi. Sababi B

Page 58: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

58

davlatining huquqiy rejimi demokratiya talablariga javob bermaydi va bu jihat

davlatning shartnoma layoqatiga ega emasligiga olib kelishini vaj qiladi.

1) Mazkur shartnoma haqiqiylik shartlariga javob beradimi? A davlatining

pozitsiyasi asoslimi?

2) Davlatning shartnoma tuzish layoqati nima, uni bekor qiluvchi asoslar

qaysilar?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tanlang. Mazkur shartnomaning sub’ektlari,

ishtirokchilari va tomonlari ajratib bering va asoslang. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

2. Uchinchi tomonning huquq va majburiyatlari ishtirok etgan xalqaro

shartnomalarni izlab topish va tahlil qilish. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 59: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

59

IV BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TASNIFLANISHI VA

TUZILISHI

(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna)

Annotatsiya. Mazkur bob xalqaro shartnomalarni tasniflashga bag’ishlangan

bo’lib, unga ko’ra ikkitomonlama va ko’ptomonlama xalqaro shartnomalar, amal

qilish doirasiga ko’ra xalqaro shartnomalar; universal shartnomalar, mintaqaviy

shartnomalar; xalqaro shartnomalarning shakli tushunchasini; xalqaro

shartnomaning tili, shartnoma matni, nomi; xalqaro shartnomaning tuzilishini;

muqaddima, asosiy va xulosa qism, ilovalarini o’rganishga imkon beradi.

4.1. Xalqaro shartnomalarning tasniflanishi

Xalqaro shartnomalarning umumiy qabul qilingan tasniflanishida

ishtirokchilarining soni va doirasiga qarab belgilangan. Shu tasniflanishga

mos ravishda shartnomalarning ikki tomonlama, ko’ptomonlama, lokal,

mintaqaviy yoki universal shartnomalar kabilar turlarga ajratib

o’rganamiz.

Ishtirokchilar doirasiga ko’ra, shartnomalar ikki va ko’p

tomonlama turlari mavjud.

Ikki tomonlama shartnomalar – ikki xalqaro huquq sub’ektlari

ishtirok etadigan, tomonlarning o’ziga xos jihatlari va ularning

munosabatlari inobatga olingan shartnomalar hisoblanadi.

Ko’ptomonlama shartnomalar – bir necha davlatlar ishtirokidagi

shartnomalar bo’lib, unda barcha davlatlar manfaatlarini ko’zlovchi

normalar, ob’ekti va maqsadlari mavjud bo’ladi.

Page 60: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

60

Ko’p tomonlama shartnomalar ochiq, yopiq yoki yarim ochiq

bo’ladi. Ochiq turdagi shartnomalarda barcha davlatlar qatnashishi

mumkin. Yopiq turdagi shartnomada faqat shartnomani imzolovchi

davlatlar ishtirok etadi. Yarim ochiq shartnomalarda boshqa davlatlar ham

qatnashishi mumkin, faqat shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilan

amalga oshiriladi. Masalan, bu toifadagi shartnomalarga MDH doirasida tuzilgan bir qancha

ko’ptomonlama shartnomalar kiradi

Globalizatsiya sharoitida ko’ptomonlama shartnomalarning soni va

mohiyati o’sib bormoqda. Ularning yordamida butun bir xalqaro

hamjamiyatga tegishli masalalar hal etiladi. Masalan, Xalqaro Jinoyat Sudining Statuti. Odatda ko’p tomonlama shartnomalar universal shartnomalarni

nazarda tutuvchi shartnomalar hisoblanadi. Bunday shartnomalar ochiq

bo’lishi, ya’ni barcha davlatlar ularda ishtirok etish huquqiga ega bo’lishi

kerak. Masalan, BMT Ustavi.

Mintaqaviy shartnomalar bu belgilangan geografik hududdagi

davlatlarning kelishuvidir. Bular MDH, ShHT va Yevropa Ittifoqi

doirasida tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Bu tushunchaga BMT Ustavi

alohida ma’no beradi. Ustav mintaqaviy tinchlikni qo’llab-quvvatlashga

doir masalalarni hal etishga qaratilgan va BMT maqsad va vazifalariga

mos keluvchi hududiy kelishuvlarning yaratilishiga yo’l qo’yadi (52-

modda).

Shartnomalarning shakliga ko’ra yozma va og’zaki

shartnomalarga bo’linadi.

Adabiyotlarda shartnomalarning shakli masalasi asosan yozma va

og’zaki shaklga nisbatan olingan. Ko’p hollarda mualliflar shartnoma

yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin degan fikrga tayanishadi biroq

avfzalrog’i yozmasi hisoblanadi. Ularning qay birini tanlash tomonlarga

bog’liq va shartnomaning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi.

Og’zaki ko’rinishdagi shartnomalar amaliyotda “jentlmenlik

kelishuvlari” deb nom olgan. Bunday kelishuvlar haqidagi xabar

shartnomalarning rasmiy to’plamida chop etiladi.

Odatda jentlmenlik kelishuvlari diplomatik o’zaro munosabatlarning

aniq masalalari yuzasidan tuziladi. Masalan, 1955 yil sentyabr oyida AQSH va Buyuk Britaniya delegatsiyalari

o’rtasidagi BMTning Bosh Assambleyasi sessiyasida jentlmenlik kelishuviga

erishildi. Inglizlar Assambleya XXRni BMTga kiritish masalasi muhokamasini

Page 61: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

61

qoldirishga rozilik berdilar. Amerikaliklar Kipr haqidagi masala yuzasidan

inglizlarni qo’llab-quvvatlashga so’z berishdi1.

Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda og’zaki shakldagi halqaro

shartnomalarning ikki turi mavjudligi haqida hulosa qilish mumkin.

Birinchidan hech qanday hujjatlarda qayd qilinmaydigan bitimlar. Ularga

nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi (tarixda bunday og’zaki

kelishuvlardan jabr ko’rgan davlatlar kam emas). Ikkinchidan, og’zaki

ifoda etilgan va tuzilgan, lekin ayni vaqtda u yoki bu hujjatlarda qayd

qilingan bitimlar. Bitimning to’liq mazmuni yoki asosiy qoidasi, yoki

muayyan masala yuzasidan tuzilganligi holati qayd etiladi. Ma’lumki,

og’zaki bitimlarning mazmuni ularning shakliga ko’ra keng bo’lmaydi.

Bayonotlar va kommyunike og’zaki bitimni mustahkamlashning eng

obro’li shakllari hisoblanadi2.

Xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi Vena konvensiyaning 3-

moddasida qat’iylikka erishilgan. Konvensiya yozma shaklda bo’lmagan

xalqaro shartnomalarga qo’llanilmasligi bu turdagi kelishuvlarning yuridik

kuchiga ta’sir etmaydi, yana ularga mazkur Konvensiyadan qat’iy nazar,

xalqaro huquq kuchi ostida harakatlana oluvchi, ushbu Konvensiyada

bayon etilgan har qanday normani qo’llashga monelik qilmaydi deb

belgilab qo’yilgan.

Konvensiya xalqaro huquqning ijobiy kodifikatsiyasi bo’lganligi bois

undagi normalar ham og’zaki ko’rinishdagi shartnomalarda, bunday

ko’rinishning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qo’llanilishi

mumkin.

Konvensiyadan ko’rinib turibdiki, yozma shakldagi shartnomalarga

oid ko’p normalar, eng avvalo shartnoma tuzilishiga doir bo’lganlari,

og’zaki kelishuvlarga qo’llanilmaydi. Qo’llash mumkin bo’lgan normalar

og’zaki shartnomalarning faoliyatini shartnomalarning odat huquqi

normalar sifatida tartibga soladi, bu holatda normalar Konvensiyada bayon

etilganidek tushuniladi.

Bundan tashqari, shartnomalar tartibga solinadigan ob’ekti bo’yicha

ham farqlanishi mumkin:

1) Siyosiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;

2) Iqtisodiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;

3) Huquqiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров

- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.235. 2 Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор

қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.12.

Page 62: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

62

4) Ilmiy-texnikaviy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;

5) Havfsizlik va boshqa masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;

Xalqaro shartnomalarning amal qilish vaqti bo’yicha:

1) Muddatli;

2) Muddatsiz;

3) Qisqa muddatli shartnomalarga bo’linadi.

4.2. Xalqaro shartnomaning tuzilishi

Xalqaro shartnomaning tuzilishi shartnoma elementlarining

tartibliligini, ularning joylashuvi, o’zaro aloqalari, shartnoma tarkibini

tartibga soladi, butunligini, yaxlit-yagonaligini ta’minlaydi. Xalqaro

huquqda yaxlitlik prinsipiga mos ravishda shartnoma butun yaxlitlikni

o’zida mujassamlaydi va yagona normalar tizimi sifatida ko’rib chiqiladi.

Ularning barchasi majburiy hisoblanib, bajarilishi shart. Faqat bunday

yondashuv shartnomaga nisbatan haqqoniy, to’g’ri yondashuv hisoblanadi

va to’g’ridan to’g’ri xalqaro huquqdagi majburiyatlarni vijdonan bajarish

prinsipiga borib taqaladi.

Shartnoma yaxlit, tartibli tizimni vujudga keltiruvchi alohida

qismlardan iborat.

Bu qismlarning bo’lishi majburiy emas va ularning u yoki bunisining

mavjud emasligi shartnomaning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Barcha

shartnomalarda ham ilovalar mavjud bo’lavermaydi. Aniq masalalar

yuzasidan tuzilgan ko’pchilik shartnomalarda preambula mavjud emas.

Barcha qismlarning mavjudligi shartnomani tushunish va qo’llanilishini

yengillashtiradi.

Shartnoma tuzilishining birinchi omili rasmiy nomlanish yoki

sarlavha (titul) hisoblanadi. Ko’p hollarda, ayniqsa o’tmishda nomlanishini

Page 63: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

63

alohida element sifatida ajratishmagan, uni preambulaning qismi deb

hisoblashgan. Biroq bizning davrimizda rasmiy nomlash tushunchasi,

tuzilishining alohida elementi sifatida ko’rib chiqilishga asoslar mavjud

bo’lgan holda, ahamiyat kasb etib bormoqda. Sarlavha qaysidur ma’noda,

tegishli ravishda uning tarkibi talqin qilinadigan, shartnoma ob’ekti va

maqsadini anglatadi.

Odatda shartnoma uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni preambula,

asosiy qism va yakunlovchi qism.

Preambulada shartnomaning maqsadi va prinsiplari ifodalanadi.

Asosiy qismda esa, shartnoma mazmuni o’z aksini topgan bo’ladi.

Shartnomaning asosiy qismi bo’limlarga, boblarga yoki qismlarga

bo’linadi va moddalardan iborat bo’ladi. Ayrim shartnomalarda

moddalarga, shuningdek bo’limlarga alohida-alohida nomlar berilishi

mumkin

Oxirgisi yakunlovchi qism shartnoma majburiyligiga rozilik

bildirish, uning kuchga kirishi, amal qilish muddati, tugatilishi asoslari

hamda tuzilgan yili va boshqa yakuniy qoidalardan tashkil topadi. Muhrlar

zaruriy hisoblanmaydi. Imzolarni o’zi yetarli hisoblanadi.

Aksariyat xalqaro shartnomalar ilovalarga ham ega bo’lib, ular

odatda shartnomaning qo’shimcha qismi sifatida raqamli ko’rsatkichlar,

formulalar, chizmalar va xaritalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Mazkur

ilovalar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ilovalar umumiy

shartnomaga yoki uning alohida moddalariga oid bo’lishi ham mumkin.

4.3. Xalqaro shartnomaning nomi

Nomlanish asosan siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, shartnomaning

yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Shartnomaning nomlanishidan qat’iy nazar

shartnomadagi tomonlarning huquq va majburiyatlari bir xilda imperativ

(jus cogens) xarakteriga ega bo’ladi.

Shartnomaviy aktlarning nomlanishida umume’tirof etilgan

tushunchalarning mavjud emasligiga qaramay, ularning ayrim o’ziga

xosliklari mavjud. Shuning uchun amaliyotning taxliliga asoslangan holda,

hech bo’lmaganda nomlanishga qiyosiy aniq ta’rif berishga urinib ko’rish

lozim. Bunda lingvistikadagi farqlilikni hisobga olish kerak.

Ingliz (AQSHdan tashqari) va ispan tilida so’zlashuvchi davlatlarda

shartnomalarning barcha turlari bir so’z bilan – treaties, tratados deb

nomlanadi. Rus va boshqa bir qator tillarda, masalan, fransuz, italyan,

Page 64: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

64

rumin tillarida bu ma’noni berish uchun “xalqaro shartnoma” ifodasi

ishlatiladi, zero shartnomalar ichki huquqda ham mavjud.

Turli tillarda aytib o’tilgan atamalar bilan bir xil bo’lmagan

shartnomaviy aktlar tushuniladi. Polyak tilida shartnomani anglatish uchun

“trakta” deb aytiluvchi so’zdan foydalaniladi; italyan tilida – “kontrakt”;

ingliz va fransuz tillarida ikkita bir-biriga yaqin termin mavjud: agreement

– shaxsiy rozilik (kelishuv) va arrangement – tartibga solish1.

Bu atama Xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi Vena

Konvensiyalarida ham ishlatilgan. O’z maqsadlari uchun ular shartnomani

xalqaro kelishuvning yozma shakli deb bilishadi. Aytish joizki, ushbu

konvensiyalar qabul qilinguniga va ularda belgilab qo’yilguniga qadar

faqat yozma shakldagi kelishuvlar amaliyotda shartnoma sifatida nomlanib

kelgan.

Zamonaviy shart-sharoitlarda xalqaro-huquqiy aktlarning umumiy

xajmida shartnomalarning alohida o’ziga xos hajmi sezilarli darajada

kamaydi, o’z navbatida kelishuvlarning ulushi ortdi. Bunga asos bo’lgan

omil, ko’p miqdordagi aniq masalalar yechimida xalqaro huquqning to’liq

va tezkor tartibga solinishiga bo’lgan talabning ortishi hisoblanadi.

Bularning barchasi ma’lum bir masalalar yechimi yuzasidan o’rinli

shartnomalarning ahamiyatini pasaytirmaydi albatta.

Konkret aktlarning nomlanishi sifatida “kelishuv” atamasi davlatlar

o’rtasida dolzarb masalalar, iqtisodiy, moliyaviy, texnik va madaniy

sohalardagi xalqaro-huquqiy kelishilgan aktlarni anglatish uchun

ishlatiladi. To’g’risi, ko’p hollarda kelishuvlar o’z mohiyatiga ko’ra

aksariyat shartnomalardan dolzarbroq hisoblanadi.

1 Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.23.

Shartnoma (ingliz tilidan - treaty) – umumiy ma’noda xalqaro

kelishuvlarning barcha kelishuvlar, bundan tashqari alohida

shartnomalarni anglatish, ifodalash uchun ishlatiladigan atama.

Kelishuv – atamasi “shartnoma” singari, umumiy ma’noda barcha

turdagi xalqaro kelishuvlarni anglatishi bilan birga, ma’lum bir aktning

ham nomlash uchun ishlatiladi.

Page 65: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

65

Umuman mazkur atama oddiysidan farq qiluvchi, BMTning Xalqaro

Sud Statutining 38-moddasida belgilanganidek, shartnoma huquqini

bildiradi. Konvensiya nomini aksariyat hollarda, ma’lum bir doiradagi

munosabatlarni tartibga soluvchi to’liq normalarni o’z ichiga oluvchi

ko’ptomonlama kelishuvlar oladi. Masalan, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida 1973 yildagi Aparteid

jinoyatini to’xtatish va uning uchun jazolash to’g’risidagi Konvensiya va 1949

yildagi Odam savdosi va fohishabozlikning uchinchi shaxslar tomonidan

ishlatilishiga qarshi kurash to’g’rsidagi Konvensiya.

Haqiqatan ham BMT Ustavining ingliz tilidagi matni rasman

“charter” deb nomlangan. Rus va boshqa tillarda bunday aktlar “ustav”

atamasi bilan nomlanadi. Hartiya nomi u yoki bu sohadagi asosiy aktlarni

ham anglatishi mumkin. Shartnomalar bunday nomni kamdan kam oladi.

Ustav ta’sis hujjati bo’lishi bilan birga, uning faoliyati xalqaro

shartnomalar huquqi bilan tartibga solinadi. Biroq bu yerda ma’lum bir

o’ziga xoslik mavjud. Ustavning o’rni, uning asosida qabul qilingan

kelishuv va rezolyutsiyalar bilan munosabatlar ustunlikka ega.

Tashkilotning asosiy akti hisoblanuvchi shartnomalar va boshqa har

qanday shartnomaga, uning doirasida qabul qilingan shartnomalar huquqi

“ushbu tashkilotning har qanday tegishli qonun-qoidalariga ziyon

yetkazmagan holda” qo’llaniladi (1969 va 1986 yildagi Vena

Konvensiyalarining 5-moddasi). Bunda tashkilotning asosiy aktlari, ularga

mutanosib ravishda qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalar, hamda

tashkilotning amaliyotini anglatadi.

Konventsiya – (lotincha convention - kelishuv) umumiy ma’noda

ham, ma’lum bir turdagi ko’rinishga ega bo’lgan holatda ham xalqaro

kelishuv ma’nosini anglatish uchun ishlatiluvchi atama.

Xartiya (ingliz tilida - charter) – BMT Boshqarmasiga binoan,

xalqaro tashkilotlarning tuzuvchi aktlarini ifodalash uchun ishlatiladigan

nom.

Ustav yoki statut – hukumatlararo tashkilotlarning tashkil

qiluvchi, ularning maqsadi, printsiplari, tuzilishi, funksiyasini

aniqlovchi ta’sis hujjatidir.

Page 66: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

66

BMTning Ustavi alohida ahamiyatga ega. Ko’plab yuristlar uni

xalqaro hamjamiyat konstitutsiyasi deb bilishadi va hatto umumjahon

konstitutsiyasi deb hisoblashadi1. Albatta bu holatni inkor etuvchi yuristlar

ham bor2. Nima bo’lganda ham Ustav har bir davlat va xalqaro

hamjamiyat to’liq amal qilishga majbur bo’lgan asosiy maqsad va

prinsiplarni o’rnatdi. Ular xalqaro huquqning eng oliy normalari (jus

cogens), oliy siyosiy va ruhiy kuchga ega.

Asosiy shartnomalar “Ustav” nomi bilan bir qatorda “Statut” deb

nomlanishi mumkin. Misol sifatida BMT Xalqaro Sudi va Xalqaro Jinoyat Sudining Statutlarini

keltirish mumkin. “Shartnoma” nomiga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning tuzilishida

asos bo’luvchi aktlar ham mavjud, masalan, Shimoliy Atlantika Shartnomasi

Tashkiloti (NATO) tuzilishiga asos bo’lgan Shimoliy Atlantika shartnomasi. Ustav va bu toifadagi shartnomalar orasidagi farq quyidagilarda

namoyon bo’ladi. Ustav tashkilotga asos soluvchi va uning tuzilishini

belgilovchi sistemalangan akt hisoblanadi. Uning mohiyati ham shunda.

Ustavning maqsadi – tashkilotni tuzish va uning tuzilishini belgilash.

Shartnomaning maqsadi tashkilotning faoliyatini ko’rib chiqishdir. Ko’rib

turganimizdek, farq unchalik katta emas, biroq amaliyotda seziladi.

Masalan, 1946 yildagi Qochoqlar xalqaro tashkilotning asos soluvchi akti

shunday nom olgan. Bunda bu tariqa nomlash ingliz tilidagi matnlarga xos.

Aynan shu vaziyat bunday nomlanishni keltirib chiqargan. Biroq,

juda kam hollarda protokollar katta ahamiyatga ega bo’lgan masalalarga

tegishli bo’ladi. Masalan, 2000 yildagi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi BMT

Konvensiyasini to’ldiruvchi Odam savdosini, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini

oldini olish, bartaraf etish va uning uchun jazolash to’g’risidagi Protokol.

1 Dupuy P.-M. The Constitutional Dimension of the Charter of the United Nations//Max Planck Yearbook of United

Nations Law. Vol. I. 1997. 2 Arangio-Ruiz G. On the Security Council’s "Law-Making"//Rivista di diritto internazionale. 2000. Fasc. 3. P. 683 et

seq.

Konstitutitsiya – ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotni tashkil

qiluvchi shartnoma nomi.

Protokol – cheklangan masalalar yuzasidan tuzilgan xalqaro

kelishuv.

Page 67: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

67

Protokol nomining quyidagi holatlarda ishlatilishini alohida ajratish

mumkin.

Odatda u asosiy shartnoma qabul qilingan kuniyoq qabul qilinadi,

biroq mustaqil xususiyatga ega va alohida ratifikatsiyani talab qiladi.

Bunday protokollar hoxlovchi ishtirokchilarga asosiy shartnomaning

barcha ishtirokchilari ham tayyor bo’lavermaydigan qo’shimcha

majburiyatlarni olish imkonini beradi. Bunga 1966 yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro

Paktga ikkita Fakultativ protokolini misol qilib keltirish mumkin.

Protokol nomini avvalroq tuzilgan shartnomaga o’zgartiruvchi yoki

uni to’ldiruvchi qo’shimchalar kirituvchi aktlar ham oladi. Ular xuddi

o’zgartirilayotgan shartnomaday qabul qilinadi. Protokol shartnomaga

ilova vazifasini ham ko’p hollarda bajaradi. Protokol nomini yana

shartnoma munosabatlarida turli xildagi huquqiy harakatlarni aks

ettiruvchi, masalan, imzolash protokoli, ratifikatsiya gramotalarini

topshirish va saqlash hamda boshqa aktlar ham olgan. Bu turdagi

protokollar protsessual hujjatlar xususiyatiga ega bo’ladi va shartnoma

hisoblanmaydi.

Deklaratsiya deb ataluvchi shartnomalar bugungi amaliyotda

ma’lum. Ular ham ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama bo’lishi

mumkin. Misol uchun, 1962 yil iyulida imzolangan Laos neytralligi to’g’risidagi 13 ta

davlatning deklaratsiyasi. Unda aytilganidek, “ushbu Deklaratsiya imzolangan

paytdan e’tiboran kuchga kiradi va … unga xalqaro bitim sifatida qaraladi1.

1 Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор

қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.19.

Fakultativ protokol – qo’shimcha qarorlardan iborat akt.

Deklaratsiya (lotincha – declaration – ariza, bayonot) – ko’p

hollarda muhim siyosiy masalalar yuzasidan ikki yoki undan ortiq

davlatlarning muzokaralarda erishilgan shartnomani yanada

mustahkamlovchi bir tomonlama ko’rinishga ega akt.

Page 68: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

68

Shartnomaning rasmiy nomlanishida “pakt” atamasi unchlik ko’p

uchramaydi. Inson huquqlari to’g’risidagi universal shartnomalarga

alohida ma’no berish maqsadida ular rasman Pakt deb atalgan. Masalan, 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi

xalqaro pakt.

BMT odatda tinchlik o’rnatish operatsiyalari yuzasidan a’zo davlatlar

bilan o’zaro hamkorlik haqida memorandum imzolaydi. Bunday aktlar

yordamida xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar ham tartibga

solindi.

“O’zaro anglashuv memorandumi” memorandumning bir turi

hisoblanib, ko’pincha ular asosiy shartnomani tatbiq etish masalalariga

yoki o’zaro munosabatlarning boshqa masalalariga bag’ishlangan bo’lishi

mumkin. Odatda ularni ratifikatsiya qilish talab etilmaydi.

Bunday shaxslar sifatida tashqi ishlar vazirlari, diplomatik vakillar,

kamdan – kam davlat boshliqlari chiqishadi. Vazirliklarning xalqaro

aloqalari kengayishi bilan bunday kelishuvlar maxsus masalalar yuzasidan

tuzila boshlandi.

Ko’rib chiqilayotgan kelishuv notalar almashish tugashi bilan, agar

tomonlar boshqacha kelishuvga kelishilmagan bo’lsalar, kuchga kiradi.

Shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi shartnomaning

majburiyatlariga rozilik shartnomani aks ettiruvchi hujjatlarni almashish

yo’li bilan bildirilishi mumkinligini ko’rib chiqqan (11-modda).

Notalar almashish – o’z hukumatlari tomonidan vakil etib

tayinlangan mas’ul shaxslar o’rtasida aynan notalar almashish, bir xil

tuzilgan xatlar almashish yo’li bilan tuziluvchi alohida o’ziga xos usuli

bo’lgan kelishuv turidir.

Memorandum – vaziyatdan kelib chiqib xalqaro shartnoma yoki

siyosiy kelishuv bo’lishi mumkin bo’lgan davlatlarning akti.

Pakt – (lot. pactum – kelishish, shartnoma) eng muhim masalalar

bo’yicha ikki va ko’p tomonlama shartnoma. Bunday nomdan tomonlar

shartnomaga berilgan ahamiyatni ta’kidlash, uning atrofida alohida

ma’naviy-siyosiy muhit yaratish uchun foydalaniladi.

Page 69: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

69

Juda kam istesnoli hollarda shartnoma hisoblanmaydi. Bunday

aktlarda majlis ishtirokchilari, tuzilgan rezolyutsiyalar va erishilgan

kelishuvlar sanab o’tiladi. Misol sifatida Shartnoma maqomiga ega bo’lgan yakuniy aktlarga 1975

yildagi xalqaro munosabatlarning Yevropacha tizimini shakllantirishda muhim rol

o’ynagan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik haqidagi majlisning Yakuniy aktini

alohida ta’kidlab o’tish joiz.

Xullas, xalqaro shartnomalarni nomlanishi ularning yuridik

ahamiyatiga ta’sir etmaydi. Bu kabi imperativ xarakterga ega bo’lgan

shartnomalarning qadimda traktat, kontrakt, kompramiss, reglament,

kommyuniki kabi nomlari ham uchragan. Ularning ba’zilari bugungi kun

amaliyotida ham mavjud.

4.4. Xalqaro shartnomaning tili

Shartnomalar tili muammosi mavjud amaliy ma’noga ega1. Har bir til

tegishli huquqiy tizimning o’ziga xosligini tasvirlaydi. Huquqiy

tizimlarning o’ziga xosliklaridan kelib chiqib, shartnomada ishlatilgan

tushuncha yoki termin turli tarzda tushunilishi mumkin. Masalan, ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda turli xildagi majburiyatlarni

bildiruvchi 2 ta atama mavjud:

yoki

Ikki tomonlama shartnomalar ikkala taraf tilida tuziladi. Ikkala matn

ham teng kuchga, aniqlikka, ishonchlikka ega. Tillar o’rtasida

nomutanosiblik kelib chiqqan vaziyatlarda shartnoma uchta tilda tuziladi.

Barcha matnlar autent (asliga muvofiq) hisoblanadi, biroq nomutanosiblik

holatida uchinchi til ustunlikka ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi shartnomalar o’zbek, qozoq

va rus tillarida tuziladi. Barcha matnlar autent hisoblanadi. Nomutanosiblik

holatlarda ustunlik rus tiliga beriladi.

1 Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.22.

responsibility liability

Yakuniy aktlar – xalqaro majlis, yig’ilish natijalarini aks ettiruvchi

diplomatik hujjat.

Page 70: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

70

Ko’ptomonlama shartnomalarda bir necha tillarda tuziladi. BMT

tashabbusi bilan qabul qilinadigan universal konvensiyalar 6 ta rasmiy

tilda – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuziladi.

Matnlarning autentliligi ularning shartnoma tarkibini teng ravishda

aks ettirishini bildiradi. Shuning uchun Vena Konvensiyasiga muvofiq,

nomutanosiblik holatida “shartnoma ob’ekti va maqsadini hisobga olgan

holda, bu matnlar eng qulay kelisha oladigan ma’no e’tiborga olinadi” (4-

band, 33-modda).

Har xil tilli matnlar bilan bog’liq barcha qiyinchiliklarga qaramay,

xalqaro huquqshunoslikning doimiyligi xalqaro huquqning umume’tirof

etilgan tushuncha va normalaridan iborat yagona tilni shakllanishi

jarayonini uyg’otib turadi. Bu jarayon nafaqat xalqaro huquq uchun balki

tobora xalqaro huquq bilan o’zaro faol harakat olib borayotgan ichki

huquq uchun ham katta ahamiyatga ega.

Vena konvensiyalarida mazkur masalaga alohida modda

bag’ishlangan bo’lib, bu vazifa nafaqat murakkabligi bilan, balki amaliy

ahamiyatga ham egaligi bilan ajralib turadi. Turli tildagi matnlar bilan

bog’liq bo’lgan muammolar nafaqat xalqaro huquq amaliyotida, balki

davlatlaring ichki huquqi amaliyotida ham doimiy ravishda yuzaga kelib

turadi.

“Rasmiy matn” deganda aynan “rasmiy tarjima” atamasini tushunish

maqsadga muvofiq. Bu tushunchalar autentliligi belgilangan

shartnomalarning boshqa tillarga tarjima qilinganligini anglatadi. Bunday

tarjimalarni Vena konvensiyalariga muvofiq davlatlar, xalqaro tashkilotlar

yoki depozitariylar amalga oshirishi mumkin. (1969 yildagi Vena

Konvensiyasining 77-moddasi).

Masalan, 1949 yilda tuzilgan Urush qurbonlarini himoya qilish to’g’risidagi

Jeneva Konvensiyasida: “Mazkur konvensiya ingliz va fransuz tillarida tuzilgan. Har

ikkala matnlar ham bir-biriga autent hisoblanadi. Shvetsariya Federal Kengashi rus

va ispan tillaridagi rasmiy tarjimalarni ta’minlab beradi…” deb bayon etilgan.

Ishtirokchi davlatlarning o’z tillariga qilgan tarjimalari ham rasmiy

matn deb nomlanishi mumkin. Rasmiy matnning maqomi davlatning ichki

va tashqi siyosatini tartibga soladi. Istisnoli holatlar shartnoma matnining

asli va uning tarjimasi o’rtasida farqlar yuzaga kelgan taqdirda qayd

etiladi. Davlat rasmiy matnni ratifikatsiya qiladi va bu matn uning barcha

idoralar uchun majburiy hisoblanadi. Bu holat asl matnni inkor etishni

anglatmaydi.

Xulosa sifatida aytish joizki, umumiy “yuridik til”ni topish orqali

xalqaro-huquqiy terminalogiyani bir xilda tushunish muammosi, xalqaro

Page 71: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

71

huquqning funksiyalanishi kabi davlatning ichki huquq va qonunlari bilan

o’zaro harakatlanishida ham tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

Sekin-astalik bilan huquqiy tizimlarning boyib borishi va bir-biriga

yaqinlashishi kuzatilmoqda. Xalqaro amaliyotda atamalardan

foydalanishda tendensiya mavjud. Bu ortiqcha sayi-harakatlarni yuzaga

kelishi mumkin bo’lgan turlicha talqin qilishlarni kamaytiradi. Bu yo’ldagi

barcha qiyinchiliklarga qaramay sezilarli natijalarga erishildi.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalar tasniflanishiga

va shartnomaning tarkibiy qismlariga oid masalalarni ko’rib chiqishlari; ularning

xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarni nomlashning o’ziga xos xususiyatlari qanday?

2. Shartnomaning shaklining ahamiyati nimada?

3. Norasmiy shartnomalar, kvazi normativ hujjatlar va bir tomonlama

hujjatlarga misollar keltiring va ularning halqaro huquqdagi ahamiyatini ochiqlab

bering.

1 KAZUS.

Eron va Buyuk Britaniya o’rtasida neft yetkazib berish to’g’risida davlatlararo

xalqaro shartnoma tuzildi. Ushbu xalqaro shartnoma dastlab ingliz tilida tuzilib,

uni forschaga tarjimasida Eron tarafining manfaatlariga zid bo’lgan tafovutlar

yuzaga keldi. Shartnomaning o’zida muayyan bir tildagi shartnoma matni ustun

kuchga ega ekanligi belgilanmagan. Ushbu holatga huquqiy baho bering.

1) Xalqaro shartnomaning aslga muvofiq matni nima? Uning huquqiy

ahamiyati qanday?

2) Eron shartnoma matnini qanday tartibda to’g’irlashi mumkin?

2 KAZUS.

Fransiya va Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasida o’zaro hamkorlik

to’g’risidagi shartnoma tomonlarning o’zaro kelishuviga asosan elektron axborot

vositalari orqali tuzilgan. Bunda shartnoma tuzishning barcha bosqichlari masofadan

turib, on line tarzida amalga oshirilgan. Elektron shartnomaning qog’oz nusxasi

mavjud bo’lmay, elektron shaklda saqlab qo’yilgan. Shartnomani amalga oshirish

davrida o’zaro nizoli holat yuzaga keladi. Xalqaro sud yuzaga kelgan nizoni ko’rishni

rad etib, bunga shartnomada shakl qoidasiga rioya qilinmaganligi asos qilib keltiradi.

1. Xalqaro shartnomalarning shakli tushunchasiga huquqiy ta’rif qaysi

hujjatlarda keltirilgan? Qanday shakllar amal qiladi?

2. Xalqaro sudning rad etishi asosi qanchalik to’g’ri? Xalqaro xususiy va

Page 72: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

72

xalqaro ommaviy shartnomalarning shakliga nisbatan qo’yiladigan talablarning

farqlari qanday?

3. Xalqaro shartnomalarning elektron shaklini tartibga soluvchi hujjatlar

mavjudmi?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani shaklini, tilini,

tarkibini, xalqaro shartnomalarning qaysi turiga kirishini o’rganish. Ish shakli –

nazorat ishi (esse).

Page 73: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

73

V BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TUZISH.

(yuridik fanlar nomzodi Nugmanov Nugman Abdullaevich)

Annotatsiya. Mazkur bobda talaba diplomatik muzokaralar va ularning

shakli, muzokaralarning xalqaro-huquqiy asoslarini, muzokaralar ishtirokchilarini,

xalqaro konferensiyalarni o’tkazilishi, shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan

ishtirok etuvchi organlar, xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari, shartnoma

matnini qabul qilish, qo’shimcha shart (ogovorka, clause) tushunchasi, autentligini

belgilash, konferensiyaning yakuniy aktini imzolash, shartnomaning majburiyligiga

rozilik bildirish hamda shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish,

depozitariyning vazifasi, shartnomani ro’yxatga olish haqidagi nazariy va amaliy

bilimlarga ega bo’ladi.

Shartnomani tuzish tushunchasini ikki xil tushunish mumkin.

Birinchisi keng ma’noda – shartnomani tayyorlanishi, qabul qilinishi va

kuchga kirish jarayoninini o’z ichiga oladi. Tor ma’noda esa, faqat yuridik

ahamiyatga ega bo’lgan bosqichni, ya’ni qabul qilinish va kuchga kirish

jarayonini o’z ichiga oladi.

1969 yilgi “Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida”gi va 1986 yilgi

“Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasida va xalqaro tashkilotlar

o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risida”gi Vena konvensiyalarida

“shartnomalarni tuzish” bo’yicha tushunchalar aks etmagan.

5.1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari.

Xalqaro shartnomalarni tuzishning birinchi bosqichi sifatida uning

tayyorlashning tashkiliy shaklini hisoblanadi. Mazkur tashkiliy

shakllarining asosida davlatlarning olib boradigan muzokaralarda o’z

aksini topadi.

Odatda ikki tomonlama uchrashuvlar muzokara deb yuritiladi. Bu

turdagi muzokaralarning ijobiy tomoni shundaki, muzokara boshqa

sub’ektlar manfaatlariga ta’sir qilmaydi va o’zlariing manfaatlari uchun

qulay sharoit yarata oladilar. Muzokara – diplomatiyaning muhim

vositalaridan biri hisoblanadi. Diplomatiya - bu davlat vakillari o’rtasida

muhokama qilinayotgan masala bo’yicha ma’lumot almashish, o’zaro

kelishuvga erishish, fikrlar qarama-qarshiliklarini tugatish yoki yakdil

fikrga yaqinlashish maqsadlarini ko’zlovchi muomala jarayonidan iborat.

Page 74: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

74

Diplomatik muzokaralarda bir tomonda diplomatik vakolatxona

(elchixona va maxsus missiya) boshliqlari va ikkinchi tomondan esa

Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etadi.

Xuddi diplomatik muzokaralar kabi to’g’ridan to’g’ri

muzokaraning ham umumiy qoidalari mavjud. Unda uchinchi davlat

aralashuvi cheklanadi, faqat ishtirokchilar o’rtasida muzokara olib

boriladi. Bu jarayon har xil tashkiliy tayorgarliklar talab etmaydi. Kun

tartibida tomonlar lozim deb topgan masalani muhokama qilish uchun

imkoniyat yaratadi. Muzokaralar maxfiy bo’lishi lozim. Ko’pincha

muzokaralar xatlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi hamda odatda

qabul qilinishi lozim bo’lgan shartnoma matni ilova qilinadi.

Ko’p tomonlama muzokaralar uchdan ortiq ishtirokchilari mavjud

muzokaralar majlis, yig’ilish deb nomlanadi. Yig’ilishning juda keng

shaklini konferensiya tashkil qiladi. Muzokara, uchrashuv, konsultatsiya,

yig’ilish, konferensiya va boshqalar nomlanishidan qat’iy nazar yuridik

ahamiyat bir xil.

Yuqoridagi muzokaralardan tashqari quyidagi ko’rinishda ham

muzokaralar mavjud.

1. Rasmiy muzokaralar. Odatda ma’lum bir shartnomaning rasmiy

matnini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonni rasmiy akt tuzish

orqali mustahkamlab qo’yishadi.

2. Norasmiy muzokaralar. Biron bir masalani muhokama qilish

bilan chegaralanadi yoki fikrlar bilan almashiniladi. Odatda bu turdagi

muzokaralarni konsultatsiya deb nomlashadi.

3. Yuqori darajadagi muzokaralar. Bu kabi muzokaralarda odatda

davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari ishtirok etishadi. Kamdan kam

bu uchrashuvlarni Sammit (ing. – yuqori) deb nomlanadi. Bu kabi

uchrashuvlarda juda global muammolar muzokara qilinadi.

MUZOKARALAR

1.Diplomatik

muzokara 2. To’g’ridan to’g’ri

muzokara

3. Ko’p tomonlama

muzokara

Page 75: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

75

Shartnomaning matni muzokaralar jarayonida ishlab chiqiladi va

qabul qilinadi. Muzokaralarni olib borish natijasida ko’p tomonlama

shartnomalarni imzolanishiga olib keldi. Davlatlarning mafkurasi,

qarashlari, urf-odatlar hamda huquqiy tizimini umumiylashtirish juda

qiyinligini hisobga olish lozim. Mutaxassislarning fikricha, muzokara

jarayoni shartnomalarni qabul qilish jarayonining eng muhim bosqichi

hisoblanadi. Zero, bu jarayon juda katta mas’uliyat talab qiladi. Xalqaro

munosabatlarning murakkablashuvi muzokaralarning qiyinlashuviga ham

olib kelish mumkin.

Muzokaralarning xalqaro-huquqiy asosi sifatida umumtan olingan

prinsiplarni ko’rsatish mumkin. Chunki, ko’pchilik davlatlarning asosiy

qonunlari mazkur prinsiplarga tayanadi.

Muzokaralar institutini tartibga soladigan alohida Konvensiya

mavjud emas. Faqat 1999 yil 20 yanvardagi BMT Bosh Assambleyasining

“Xalqaro muzokaralarni olib borish prinsiplari va qoidalari” nomli

rezolyutsiyasi katta ahamiyatga ega.

Muzokaralar yuridik ahamiyatidan ko’ra ko’proq siyosiy

ahamiyatga ega. Muzokaralar og’zaki va yozma shakllarda bo’ladi.

Muzokara jarayonida konferensiya ishtirokchilari, ya’ni kimlar

ishtirok etishi masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda delegatsiya

vakolati davlat boshlig’i, hukumat boshlig’i yoki tashqi ishlar organiga

berilishi nazarda tutilmoqda. Delegatsiya jo’natayotgan davlat uning

tarkibini belgilab beradi.

Konferensiya mansabdor shaxslari uning raisi, rais o’rinbosari,

konferensiya qo’mitalarining har birining ma’ruzachisi, tahririyat

qo’mitasi raisi kabi mansabdor shaxslardan iborat bo’ladi. Ularni saylash

yoki tayinlashda umumiy geografik adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim.

Konferensiyaning asosiy organlari plenum, bosh qo’mita, tahrir

qo’mitasi, vakolatlarni tekshiruvchi qo’mita, asosiy qo’mitalar, yordamchi

organlar, kotibiyatdan iborat bo’ladi.

Konferensiyada vaqt aniq kelishib olinadi. Ovoz berish yo’li

aniqlanadi, qaror qabul qilish tartibi ko’rsatiladi. Konferensiyaning tili

belgilanadi.

Page 76: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

76

5.2. Shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi

organlar

Shartnomalarning tuzishda davlat nomidan uning tegishli organlari

tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro munosabatlarda davlatning vakili

hisoblangan organlarning mavjud bo’lmasligi davlat nomidan xalqaro

majburiyatlarni olish, ularni bajarish, xalqaro-huquqiy sub’ektivlikni

tashkil etishning imkoni yo’qligini ko’rsatadi. Ma’lumki, xalqaro

huquqning sub’ekti sifatida hokimiyatga ega bo’lish davlatning o’ziga xos

xususiyatlaridan biridir.

Shu tariqa, davlat nomidan chiquvchi u yoki bu organning shartnoma

tuzish huquqi masalasining yechimida xalqaro huquqda aniq bir ma’noga

ega. Vena konvensiyalariga muvofiq ishtirokchilar shartnoma imzolash

vakolatidan foydalanib, shartnoma majburiyatiga asoslangan holda

davlatning ichki huquqini buzuvchi holatga rozilik berish huquqiga ega

emas, ya’ni shartnoma imzolash huquqiga egaligidan foydalanib davlat

nomidan qatnashayotgan ishtirokchi shartnoma shartlarini ular davlatning

ichki qonuniga zid kelgan taqdirda ham bajarish huquqiga ega emas.

Bunday holat konstitutsion huquqlariga e’tibor bermaslikni anglatmaydi.

Davlat shartnoma imzolash vakolatiga nisbatan o’zining ichki

huquqlaridagi holatlariga tayanishi mumkin, agar aniq buzilgan holatlar

bo’lsa va alohida ahamiyatga ega bo’lgan ichki huquq normalariga oid

bo’lsa. Vena Konvensiyasining 46-moddasiga ko’ra, “Huquqbuzarlik

yaqqol hisoblanadi qachonki, odilona harakat qilanayotgan har qanday

davlat uchun ob’ektiv jihatdan aniq ko’ringanda” deyilgan.

Xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan shartnoma davlat boshlig’i

tomonidan tuzilganmi yoki hukumat tomonidan tuzilganmi ahamiyatsizdir.

U yoki bu holatda ham kelishayotgan tomon davlat hisoblanadi, uning

organi emas. Ikkala holat siyosiy ahamiyatida farq bo’lsada, shartnoma

teng yuridik kuchga ega bo’ladi.

Shartnoma tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etayotgan vakil

organlarning darajasi teng bo’lishi kerak. Qiyosiy jihatdan kamdan-kam

istesnoli, ilojsiz shartlar bilan tushuntiruvchi holatlar ham mavjud bo’lgan

taqdirda, favqulodda holat sifatida baholanadi.

1969 yildagi Vena Konvensiyasining 7-moddasida, tegishli vakolat

taqdim etishidan qat’i nazar funksiyalari kuchidan kelib chiqqan holda

davlat nomidan ishtirok eta oladigan shaxslar doirasini aniqladi:

Page 77: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

77

1) barcha shartnomalarni tuzishga oid bo’lgan aktlarni amalga

oshirish maqsadida - davlat boshlig’i, hukumat boshlig’i va tashqi ishlar

vaziri (ex officio vakolat taqdim etishi shart emas);

2) akkreditatsiya qiluvchi davlat va akkreditatsiyani amalga oshirib

bo’lgan davlat o’rtasida shartnoma matnini qabul qilish maqsadida –

diplomatik delegatsiya boshliqlari;

3) davlat tomonidan xalqaro konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki

uning organlaridan birida xuddi shunday konferensiya yoki xalqaro

tashkilot yoki organlarda shartnoma matnlarini tuzishda davlatni namoyish

etish, davlat nomidan qatnashishi.

Oxirgi ikkitasi shartnomani imzolashi uchun maxsus vakolat taqdim

etiladi. Bundan kelib chiqadiki, “shartnoma tuzilishiga taalluqli barcha

aktlarni amalga oshirish maqsadida”:

Boshqacha qilib aytganda, ular shartnoma majburiyatlariga rozilik

bildira olishadi. Aytib o’tilganiday, qaysi organ ishtirok etishidan qat’iy

nazar, shartnoma tuzilishida undagi tomon davlat hisoblanadi. Biroq

tajribadan ma’lumki, u yoki bu siyosiy sabablarga ko’ra kelishuvlar faqat

hukumat majburiyati sifatida ko’riladi.

Davlat boshlig’i. Davlat boshlig’ining asosiy huquqi bo’lib davlatini

xalqaro munosabatlarda namoyon etadigan shaxs tushunib kelingan. U o’z

faoliyatini mutloq monarxiyadan boshlab kelgan. Monarxning davlat

hukumatiga huquqlari mutlaq ko’rinishga ega bo’lib kelgan (jus

representationis omnimodae). Bugungi kunga kelib davlat rahbarining

konstitutsiyaviy huquqlari shaklan birmuncha o’zgargan bo’lsada, umumiy

qoidalari saqlanib qoldi. 1993 yilda BMTning Xalqaro sudi “davlat

boshlig’ining asosiy vazifasi u davlatni nomidan xalqaro munosabatlarda

ishtirok etadi va bu umume’tirof etiladi...” deb belgilagan. Keyinchalik

tashqi ishlar

vaziri

hukumat

boshlig’i

davlat

boshlig’i

davlat nomidan

ishtirok etadi

Page 78: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

78

1996 yilda Sud tomonidan ushbu qoida yanada aniqroq va to’liqroq tarzda

e’tirof etiladi: “davlat boshlig’ining davlat nomidan xalqaro

munosabatlarda ishtirok etish prezumpsiyasida hech qanday shubha

bo’lishi mumkin emas...”. Ko’rib turganimizdek, davlat boshlig’ining

vakolati doirasiga xalqaro-huquqiy jihatdan baho berilmoqda. Bundan

tashqari, xalqaro singari ichki huquq bilan rad etilishi mumkin bo’lgan

prezumpsiya haqida so’z yuritilmoqda.

Davlat boshlig’ining konstitutsiyaviy huquqlari va vakolatlari doirasi

ko’p jihatdan davlat shaklining prezidetlik yoki parlamentar ekanligiga

bog’liq. Birinchi navbatda ijro hokimiyatining vakolatlari kengroqdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Prezidentning xalqaro

munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi ta’kidlab o’tilgan1.

Hukumat. Hukumatning vakolatlari doirasi kengayib borayotganligi

tendensiyasi mavjuddir. Uning rahbari vakolatlari doirasi deyarli davlat

rahbariniki singari kengdir. Ba’zi davlatlar qonunchiligiga ko’ra

shartnomalar tuzish vakolati to’laligicha ijro hokimiyatidadir.

Hukumatlararo bitimlarning rasmiylashtirilishi davlatlar o’rtasida

tuziladigan bitimlarga nisbatan ancha soddaroqdir2.

Tashqi ishlar vazirligi. Xalqaro majburiyatlarni qabul qilinishida

tashqi ishlar vazirining vakolatlari kengayib borayotganligi tajribadan

ma’lum. Bu tendensiya ayni ikkinchi Jahon urushidan keyin ancha

kengayib bordi. Avvallari tashqi ishlar vazirlari bitimlar tuzishni qo’shma

murojaatnomalar, notalar almashinuvi va “jentlmenlik kelishuv”lari orqali

amalga oshirganlar.

Tashqi ishlar vazirining vakolatlari kengayganligi sabab xalqaro

huquq tajribasida ichki qonunchilikka nisbatan kengroq o’zgarishlar

kiritildi. Ushbu jarayon tuziladigan shartnomalar hajmining kengayib

borishi bilan bevosita bog’liqdir. Natijada davlatning bevosita vakili

sifatida tashqi ishlar vaziri xalqaro maydonga chiqadi. Bu masala bo’yicha

Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan qabul qilingan 1933 yilgi

Sharqiy Grenlandiyaning huquqiy maqomini belgilab berish to’g’risidagi

ish muhim ahamiyatga egadir3.

Vazirliklar va idoralar. Xalqaro hamkorlikning maxsus sohalarda

rivojlanib borishi bilan tegishli shartnomalarni tuzishda davlatni ifoda

etgan holda ko’pgina vazirliklar va idoralarning ishtiroki hamda roli oshib

bordi.

1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси (93 модда, 3 банд). – Т.: 2014. – Б.44 2 Read J. International Agreements//Canadian Bar Review. Vol. 26. 1948. P. 524. 3 PCIJ. 1933. Ser. A/B, No. 53. P. 71.

Page 79: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

79

Aytib o’tish joizki, tajribaga ko’ra idoralararo shartnomalarga ham

xalqaro-huquqiy shartnomalar sifatida qaraladi.

O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi

qonunida idoralararo shartnomalarga “idoralararo xarakterga ega”

shartnomalar deb nomlangan. Qonunda shartnomani tuzishdagi vakolatlar

borasida shunday deyiladi: “Vazir yoki idora rahbarlari vakolatlari

doirasida maxsus muzokaralar olib borishi va shartnomalar imzolashi

mumkin” (13-modda). Ko’rib turganimizdek, vazirliklar va idoralar

rahbarlarining vakolatlari keng va ravshan belgilab qo’yilgan.

Vakolatlar va yo’riqnomalar. Agarda mas’ul shaxsda shartnomani

tuzish vakolati bo’lmasa, u holda tegishlicha maxsus vakolatga ega

bo’lishi lozim.

Maxsus vakolat deganda, ma’lum shaxsga maxsus davlat organi

tomonidan berilgan va u davlat nomidan shartnomalar tayyorlash hamda

tuzishni nazarda tutuvchi yuridik hujjat tushuniladi.

1969 yilgi Vena konvensiyasida: “Davlatni yoki hukumatni ifoda

etuvchi shaxs shartnomalar tuzish, shartnoma matni autentligini belgilash

va davlatlar roziligi kelishuviga ishtirok etishligi uchun o’zi bilan quyidagi

hujjatlarni taqdim etishi lozim: a) u tegishli vakolatni taqdim etadi; b)

tajribaga ko’ra ushbu vazifalarni bajarishga mas’ul etib tayinlangan

shaxsdan maxsus vakolatni talab qilmaslikni ham nazarda tutadi” (7-

modda, 1-qism)

Ikki tomonlama shartnoma imzolayotganda ikki davlat vakillari

vakolatlarini o’zaro almashinish hollari ham mavjud. Ba’zi muhim

ahamiyatga ega shartnomalar muqaddimasida vakolatlar o’zaro

almashinishi haqida ta’kidlangan bo’ladi va ba’zi hollarda esa zaruriy

ko’rinishga ega bo’ladi. Ko’ptomonlama shartnomalarni tuzishda

konferensiya jarayonida vakolatlar kotibiyatga taqdim etiladi. Ularni

ko’rib chiqishda maxsus qo’mita tuziladi va u ko’rib chiqish natijalari

haqida konferensiyada batafsil hisobot beradi.

Vakilga taqdim etilgan vakolatlarni buzilishi hollari vakolatlarni

taqdim etgan davlat uchun harakatlarini tan olmaslikni yuzaga keltiradi.

Agarda vakil shartnomaga nisbatan vakolatlarida nazarda tutilmagan xatti-

harakatlarni sodir etsa, u holda uning harakatlari yuridik asossiz

hisoblanadi.

Vena konvensiyasining 7-moddasiga muvofiq bu borada shunday

keltiriladi: “davlat tomonidan tasdiqlanmagan vakil tomonidan tuziladigan

Page 80: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

80

shartnomadagi dalolatnomani taqdim qilinishi yuridik ahamiyatsiz

hisoblanadi”.

Vakilga vakolatlardan tashqari yo’riqnomalar ham beriladi.

Yo’riqnoma o’zida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatni ifoda

etib, vakilning muzokaralar mobaynida pozitsiyasini, shartnomaning lozim

darajadagi tarkibini va uning ma’qullanishi shartlarini o’zida mujassam

etadi. Yo’riqnoma asosan delegatsiyaning ichki hujjati hisoblanib

muzokaraning barcha ishtirokchilari e’tiboriga ham yetkazilavermaydi.

Shuning uchun ham vakilning vakolatlariga nisbatan o’rnatilgan

cheklovlar uning harakatlarini huquqqa ega emas deb topishga asos bo’la

olmaydi. Tegishli cheklovlar bilan boshqa ishtirokchilar ham xabardor

etilishi istisno holatini tashkil etadi.

5.3. Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari

1969 yildagi Vena Konvensiyasi “har bir davlat shartnoma tuzish

huquqiga ega” deb belgilaydi. Xalqaro tashkilotlar bilan esa boshqacharoq

vaziyat. Xalqaro tashkilotlarning hammasi ham bunday huquqqa ega

bo’lavermaydi. Bundan tashqari, davlatdan farqli o’laroq ularning bu

huquqi individual hisoblanadi. Bir tashkilot aynan bir munosabatlarda

boshqasidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Shuni hisobga olgan holda 1986 yildagi “Xalqaro tashkilot va davlat

yoki xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilot o’rtasidagi shartnomalar huquqi

to’g’risida”gi Vena Konvensiyasi quyidagi holatni o’rnatdi:

“Xalqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqi shu tashkilot qonun-

qoidalari bilan tartibga solinadi” (6-modda). “Tashkilot qonun-qoidalari”

deganda, qisman tashkilotning ta’sis hujjatlari, ularga mos ravishda qabul

qilingan qaror va rezolyutsiyalar, yana tashkilotning o’rnatilgan tajribalari

tushuniladi (2-modda).

Bu holatlar o’ta muhim vaziyatlarni – shartnomalararo

munosabatlarda turli tashkilotlarning vakolatlari umuman tubdan farq

qilishini inobatga oladi. Bunda tajriba yordamida tashkilotlarning qonun-

qoidalari jadal va bir xilda bo’lmagan holda rivojlanadi. Shuning uchun,

Xalqaro huquq Komissiyasi izohida aytib o’tilganiday, eslatib o’tilgan

modda loyihasida “kodifikatsiya kuchga kirgan vaqtdan boshlangan tajriba

emas, balki ushbu qonun-qoidalari bilan to’plangan tajriba ko’lami bilan

tashkilotning qonun-qoidalarini o’zgartirish yoki to’ldirish imkoniyatining

Page 81: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

81

o’zi” nazarda tutiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, yaxlit qonun o’rnatish

bilan tashkilotlarning imkoniyatlarini cheklanmaslikka qaror qilingan.

1969 yildagi Vena Konvensiyasi shartnoma matnlarini qabul qilishda

vakolat berilgan vakillar o’sha davlatni konferensiya yoki tashkilotda

nomidan ishtirok etish huquqini mustahkamladi (2 bo’lim, 7-modda). Bir

necha yildan keyin 1975 yildagi “Universal xarakterga ega bo’lgan xalqaro

tashkilotlarning davlatlar vakolatxonalari bilan munosabatlari haqida”gi

Vena Konvensiyasida 1969 yilgi Konvensiyadagi holatdan farq qiluvchi

vaziyat bayon etilgan. 1975 yilgi Konvensiya bunday huquq faqat davlat

boshliqlariga tegishli deb ta’kidlaydi (12-modda). 1975 yildagi

Konvensiya davlatlarning so’nggi holatini tasvirlanganligini inobatga olib,

Komissiya xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi xalqaro shartnomalar huquqi

haqidagi moddalar loyihasiga ham tegishli o’zgartirishlar kiritdi. 1986

yildagi Konvensiyada faqat vakolatxona boshliqlariga tegishli huquqlar

haqida gapirilgan.

Muayyan hollarda oliy mansabdor shaxsning shartnomani tuzish

bo’yicha vakolati tashkilotning tegishli organi qaroriga muvofiq amalga

oshirilishi mumkin. Bu tajriba tashkilotlar tomonidan avvaldan qo’llanilib

kelingan. Masalan, 1949 yilda Butunjahon Sog’liqni Saqlash Assembleyasi tomonidan

BSSning bosh direktoriga Sharqiy O’rta Yer dengizi va janubi-sharqiy Osiyo

mintaqaviy tashkilotlarida BSSning vakolatlari va immunitetlarini qo’llash

to’g’risidagi Misr va Hindiston bilan kelishuv bitimi imzolashni yukladi.

Bizga tashkilotlarning vakolatlarini bir organdan boshqa organga

o’tkazilganligi hollari tajribadan ma’lum. BMT Ustavining 43-moddasi 3 qismiga ko’ra, qurolli kuchlar borasidagi

bitimlar tuzish Xavfsizlik Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Aslida bu turdagi

bitimlar Xavfsizlik Kengashi ruxsatiga ko’ra BMT Bosh Kotibi tomonidan tuziladi.

Davlatdagi singari tashkilotlar kelishuvni nomuvofiq deb topish

vajida shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik shartlari buzilgan deb

e’tirof eta olmaydi. Shartnoma shartlarini buzilishi o’ta muhim ahamiyatga

ega bo’lsa va alohida ahamiyat kasb etadigan holatlarga istisno sifatida

qaraladi.

Komissiya ushbu holatni muhokamasiga alohida e’tibor qaratdi.

Natijada 1969 yilgi Vena konvensiyasiga yakuniy shartlar kiritildiki, u

shartlar davlat vakolatlarni taqsimlash va o’zgartirish borasidagi qarorni

qabul qiluvchi yagona omil sifatida e’tirof etdi. Agarda shartlar buzilish

hollari davlatni ichki qonunchiligida oddiy xatti-harakatlar orqali amalga

Page 82: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

82

oshirilgan bo’lsa, unda bunday harakatlar davlat yoki tashkilot tomonidan

tan olinmaydi va buzilish sifatida e’tirof etilmaydi.

Davlatlar singari tashkilotlar ham tashkilot raisining vakolatlariga

ham maxsus ravishda cheklashlar o’rnatishi mumkin. Komissiya

bayonotlarida qo’llanish bo’yicha maxsus tizim ham nazarda tutilgan.

Ushbu qo’llanmalar rais uchun muzokaralar barcha ishtirokchilarini

xabardor etilgan holdagina kuchga ega bo’ladi, aks holda bu holat

shartnoma kelishuvini nomaqbul deb topishga asos bo’lmaydi. Davlatdagi

singari tashkilotlar uchun yagona tizimning o’rnatilishi maqsadga muvofiq

holat sifatida qaraladi.

5.4. Shartnoma matnini qabul qilish

Matnni qabul qilish shartnoma mazmuniga rozilik bildirilganligining

yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin, matnni qabul qilish uchun ovoz

berishda davlat hech qanday darajada uning qoidalariga o’zini

bog’lamaydi.

O’tmishda hamma uchun umumiy – shartnoma matni kelishuv

ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin

degan qoida mavjud edi. Ko’ptomonlama tuzilayotgan shartnomalarda

ishtirok etuvchilar sonining ko’payishi amaliyotda matnni ko’pchilik ovoz

bilan qabul qilishni imkoni yo’qligini taqozo etdi.

Bunda bir ovozga kelishishni talab qilish demokratiya

hisoblanmaydi, zero u bitta yoki bir nechta davlatning ko’pchilik

ishtirokchilarni ovozini ham yo’qqa chiqaruvchi rozilikni to’sib qo’yishga

olib keladi1.

Shuni inobatga olgan holda, Xalqaro huquq Komissiyasi bir ovoz,

yaxlit kelishuv qoidasini tabiiyki ikkitomonlama tuzilgan shartnomalar,

ishtirokchilar soni uncha ko’p bo’lmagan shartnomalar uchun saqlab qoldi.

Keng hisoblangan ko’ptomonlama shartnomalarda esa, ishtirokchilarning

uchdan ikki qismi ovoz berish qoidasini o’rnatishni taklif etdi, bunda

kelishuv ishtirokchilari boshqa qoidalarni ham o’rnatishlari mumkin. Bu

taklif Vena Konferensiyasida xalqaro huquqning jadal rivojlanishi sifatida

baholandi.

Matnlar xalqaro tashkilotning u yoki bu organi doirasidan qabul

qilinadigan holatlarda qabul qilish tartib-qoidalari o’sha tegishli

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров

- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.171.

Page 83: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

83

organlarning qoidalari bilan aniqlanadi. Qabul qilish rezolyutsiya bilan

rasmiylashtiriladi. BMT Bosh Assambleyasining bu toifadagi

rezolyutsiyasi quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi. Bosh Assambleya:

1) Ushbu rezolyutsiyadagi holatni o’zida mujassamlagan “..........”

haqidagi BMT Konvensiyasini qabul qiladi, imzolash yoki qo’shilish

uchun ochadi;

2) barcha hukumatlarni bu konvensiya ishtirokchisi bo’lish

masalasini ko’rib chiqishga chaqiradi.

BMT Bosh Assambleyasining konferensiya majlisida jarayonlarning

tartib-qoidasi loyihasini manfaatdor davlatlar bilan fikr almashgan holda

Bosh Kotibiyat tayyorlaydi. Lekin bu loyiha unga har qanday

o’zgartirishlar kirita oladigan konferensiyaning o’zida qabul qiladi.

Aytib o’tilganlardan kelib chiqib, Xalqaro huquq Komissiyasi

davlatlar kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan konferensiya

yig’ilishlari ham yagona qoidaga: matni qabul qilish tartibini aniqlash –

konferensiya ishtirokchilarining ishi deb qaror qildi. Bundan tashqari,

Komissiya yanada qulayroq variant – matnni ishtirokchilarning uchdan

ikki qismi ovozi bilan qabul qilishni taklif etish maqsadga muvofiq deb

topdi. Mazkur holatni o’zgartirish zarurati ham uchdan ikki qism ovozi

bilan amalga oshirilishi e’tirof etilganligining o’zi ham alohida ahamiyatga

ega. Mazkur holatlarni asoslagan holda, Komissiya matnni qabul qilish

qoidasi asosan ko’pchilik ovoz, ya’ni uchdan ikki qism ovozi bilan qabul

qilingan holatlar amaliyotiga tayandi.

Shartnoma matnini qabul qilish masalasi xalqaro tashkilotlar

ishtirokidagi shartnomalar huquqining moddalari loyihalari muhokamasida

yana yuzaga chiqdi. Ko’p hollarda tashkilotlar keng ko’lamli

ko’ptomonlama shartnomalarni tayyorlashda kuzatuvchi sifatida ishtirok

etadi. Ular o’z fikr mulohazalarini bildirishlari mumkin. Ammo matnni

qabul qilishda qatnashmaydilar. 1968 – 1969 yillardagi shartnomalar

huquqi haqidagi Vena Konferensiyalarida ham ular shunday maqomga ega

bo’lishgan. Hatto 1986 yildagi Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi

shartnoma huquqi haqidagi Konvensiyani ishlab chiqqan

konferensiyalarda ham ularning maqomi kuzatuvchilar maqomidan salgina

farq qilgan.

Shuning uchun muzokaralarda ishtirok etayotgan xalqaro

tashkilotlarning teng huquqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi haqida so’z

bormoqda. Ko’p holatlarda ikki tomonlama shartnomalar ishtirokchisi

bo’ladi. Ularning tayorgarligi tashkilotning u yoki bu organida yoki shu

Page 84: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

84

maqsadda tuzilgan mazkur davlat vakillari ishtirokidagi qo’mitalarda olib

boriladi. Aniq masalalar yuzasidan shartnomalar, masalan O’zaro yordam

ko’rsatish haqida, tashkilotlar kotibiyati vakillari va mutanosib davlat

hukumati o’rtasidagi muzokaralarga kirishish arafasida tayorlanadi.

Tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalarni tayorlash uchun odatda

hamkorlikdagi yoki qo’shma qo’mitalar tuziladi.

Ko’ptomonlama shartnomalarning rivojlanishi, ularning xalqaro

munosabatlar va milliy qonunchilikka ta’siri ortib borishi natijasida

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) instituti muhim ahamiyat kasb eta

boshlaydi. qo’shimcha shart (ogovorka, clause) instituti shartnomaning

majburiyligiga rozilik berish bilan bog’liq. 1969-yilgi Vena

Konvensiyasida: “… davlatning shartnomani majburiyligiga rozilik berishi

va qo’shimcha shart (ogovorka, clause) bilan bog’liq akt: ” (20-modda 4-

band) deyiladi.

Qo’shimcha shart1 – muallifiga nisbatan shartnomaning muayyan

normalarini yuridik harakatini bekor qilish yoki to’xtatib turishga

qaratilgan, shartnomaga rozilikni bildiruvchi, davlat yoki xalqaro

tashkilotlarning har qanday nomdagi bir tomonlama murojaati2.

Bundan kelib chiqadiki, hujjatni qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

deb qabul qilish uchun uning nomi (murojaat, tushunish, izoh yoki

boshqalar) emas, balki uning maqsadi – muallifiga nisbatan shartnomaning

muayyan normalarini yuridik harakatini bekor qilish yoki to’xtatib turishi

ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, biz qo’shimcha shart (ogovorka,

clause) yoki boshqa hujjat bilan ishlayotganimizni aniqlashda uning

nomlanishi emas, maqsadiga e’tibor berishimiz lozim.

Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomaga rozilik

bildirishning har qanday shaklida: imzolash, ratifikatsiya qilish, rasmiy

tasdiqlash, qabul qilish, qo’shilish yoki shartnomaga nisbatan vorislik

1 Mazkur atama O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi” qonunining 24 – moddasida

“qo’shimcha shartlar” deb aks ettilgan. 2 Horn F. Reservations and Interpretative Declarations to Multilateral Treaties. Amsterdam. 1988 (514 p.).

Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) – xalqaro ko’p tomonlama

shartnoma qatnashchilaridan birining, shartnomaning biror qoidasini

o’zi uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o’zgartirib

qo’llash niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti.

Page 85: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

85

qo’llanilganda kiritilishi mumkin (shartnomaga nisbatan qo’llaniladigan

vorislik masalasi 1978-yilgi “Shartnomalarga nisbatan davlatning huquqiy

vorisligi to’g’risida”gi Vena Konvensiyasida belgilangan).

Umumiy qoida bo’yicha xalqaro huquq subyektlari shartnomalarning

majburiyligiga rozilik berayotgan vaqtda qo’shimcha shart (ogovorka,

clause) kiritishi mumkin. Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnoma

tuzishning har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin shartnomaning

majburiyligiga rozilik beruvchi so’nggi hujjatda mavjud bo’lgandagina

huquqiy ahamiyatga ega bo’ladi.

Shartnomada qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilishi mumkin

bo’lgan moddalar belgilanadi. Bu holatda kirtilgan qo’shimcha shart

(ogovorka, clause) boshqa a’zolar tomonidan tan olinishi shart emas.

Lekin shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo’lishi ham mumkin.

Bunday holatlarda a’zolar orasida qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

ruxsat berilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) turiga kiradimi degan

nizo kelib chiqishi mumkin.

Dastlabki Komissiya a’zolari soni cheklangan shartnomalarda

qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) umumiy tan olinishi lozimligi

taklifi bilan chiqqan. Ammo davlatlar “a’zolar soni cheklangan” formulasi

aniq belgilanmagan deb tanqidga uchragan. Amaliyotda “a’zolar soni

cheklangan” shartnomalarga ham qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

kiritilgan. Shu sababli, Komissiya bu masala bo’yicha qo’shimcha shart

(ogovorka, clause) – shartnomaning obyekti va maqsadlariga mos bo’lishi

kerakligini kiritib o’tgan.

Shuning uchun cheklangan sonli a’zolardan yoki shartnomaning

obyekti va maqsadidan shartnoma shartlarining bajarilishi uchun barcha

muzokarachilarning shartnomaning majburiyligiga roziligi shart bo’lsa,

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomaning barcha a’zolari

tomonidan qabul qilinishi lozim.

Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomaning obyekti va

maqsadiga mos bo’lish talabi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) shartnomadan ko’zlangan maqsadga

erishishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. Bu norma umumiy xarakterga ega.

Shu sababli davlatlar zarur holatlarda qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

masalasi aniq hal qilishni afzal ko’radi. 1993-yilgi “Iqtisodiy ittifoq tuzish

to’g’risida”gi shartnomada Ittifoqqa a’zolik “ushbu shartnomada

ko’rsatilgan huquqlar va to’liq hajmdagi majburiyatlarni o’z zimmasiga

oladi” (29-modda) deyilgan. Tabiiyki, “ushbu shartnomaga qo’shimcha

Page 86: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

86

shart (ogovorka, clause) kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi” (32-modda).

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilishi yo’l qo’yilmasligi

shartnomaga qo’shimcha protokollarda ham belgilanishi mumkin.

Vena Konvensiyalarida alohida holat sifatida tashkilotning ta’sis

hujjati bo’lgan shartnomalarga qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

kiritishni ajratib ko’rsatgan. Bunday holatda shartnomada boshqacha tartib

nazarda tutilmagan bo’lsa, qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

tashkilotning vakolatli organi tomonidan qabul qilinadi. Tomonlarning

huquq va majburiyatlarida bir tomonga ustunlik berilishiga yo’l

qo’yilmaydi. Shu sababli, barcha holatlarda tashkilotning vakolatli organi

tomonidan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) qabul qilish talab qilinadi.

Xalqaro amaliyotda bunday holatlar uchragan. IMKO

Konvensiyasiga nisbatan kiritilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

yuzasidan BMT Bosh Kotibining 1959-yilgi ma’ruzasiga ko’ra, “barcha

holatlarda ushbu Konvensiyani sharhlash huquqiga ega bo’lgan organning

fikri ko’rib chiqilishi lozim” deyiladi1. Faqat shunday organ Ustavda

belgilangan doirada a’zolarning majburiytlariga o’zgartirish kiritilishi

mumkin.

Umuman olganda, bu norma Vena Konvensiyalarnining 5-moddasi,

ya’ni ular tashkilotning ustavi doirasida tashklotning tegishli qoidalariga

zarar yetkazmasdan qo’llanilishi qoidasidan kelib chiqadi. Baribir ushbu

masalaga bag’ishlangan alohida norma o’zini oqlagan.

Vena Konvensiyalariga ko’ra, agar gap yuqorida aytilgan masalalar,

ya’ni qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ta’qiqlangan, tashkilotning

ta’sis hujjati yoki shartnomada boshqacha holat keltirilmagan bo’lsa, 12-

oylik muddat ichida hech kim unga nisbatan e’tiroz bildirmasa qo’shimcha

shart (ogovorka, clause) davlatlar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan

hisoblanadi. Ushbu muddat qaysi kechroq amalga oshirilganligiga qarab,

tegishli subyekt qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilganligi

to’g’risida ogohlantirilganidan boshlab u shartnomaning majburiyligiga

nisbatan rozilik bildirgunicha hisoblanadi (20-modda, 5-bandi).

Shartnomaviy munosabatlar kelishuv xarakteriga ega. Shuning uchun

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) natijalari o’zarolik xususiyatiga ega.

Vena Konvensiyalarning 21-moddasiga binoan, boshqa davlatga nisbatan

qo’llanilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) u belgilagan darajada

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilgan normaning xususiyatlarini

o’zgartiradi. Aynan shunday holatda shartnoma har ikki tomon uchun

1 Оfficial Records of the General Assembly. Fourteenth session. Annexes. Doc. A/4235.

Page 87: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

87

majburiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa a’zolarga e’tibor bersak,

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ularning o’zaro munosabatlariga ta’sir

o’tkazmaydi.

Konvensiyalarga muvofiq, “agar qo’shimcha shartga (ogovorka,

clause) nisbatan e’tiroz bildirayotgan davlat shartnomani o’zi va

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritgan davlat o’rtasida kuchga

kirishiga rozilik bildirgan bo’lsa, bunday qo’shimcha shartni (ogovorka,

clause) amal qilish doirasida qo’shimcha shartning (ogovorka, clause)

normalari ushbu davlatlarga nisbatan qo’llanilmaydi” (21-modda 3-bandi).

Vena konvensiyalari kelishuv xarakteri va shartnoma matnining

yagonaligidan kelib chiqadi. 1969-yilgi Vena Konferensiyasida Italiya

vakili “qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) shartnoma jarayoning

kasalligi va qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) olib tashlash sog’ayish

deb baholashni” taklif etgan1. Shu sababli Konvensiyada qo’shimcha shart

(ogovorka, clause) va unga nisbatan bildirilgan e’tiroz uni bildirgan

subyektlar tomonidan xohlagan vaqtda qaytarib olinishi mumkin emas,

shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, albatta (22-

modda).

Bu umumiy xarakterdagi tartib. Shu bilan birga davlat qo’shimcha

shartni (ogovorka, clause) hisobga olgan holda, unga mos muayyan

harakatlarni amalga oshirishi, hatto, qonun qabul qilishi mumkin. Natijada

pozitsiyalarni kelishish uchun vaqt kerak bo’ladi. Ushbu holat e’tiboridan

chetda qolmagan xalqaro huquq Komissiyasi hattoki boshqa davlatlar

qo’shimcha shartdan (ogovorka, clause) voz kechish to’g’risida

ogohlantirilgan bo’lishsa ham milliy qonunchiligini yangi sharoitlarga

moslashtirish uchun muayyan muddat talab etilishini aytib o’tadi.

Komissiya bunday holatlarda majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi

davlatlar qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) bekor qilinishi bilan

bog’liq qiyinchiliklarga havola qilishiga yo’l qo’ymaydi deb hisoblagan2.

Qo’shimcha shartning (ogovorka, clause) ahamiyati va ularga

nisbatan bildiriladigan e’tirozlarni hisobga olib Vena Konvensiyalari

ushbu hujjatlarning yozma shakli belgilangan. Qo’shimcha shart

(ogovorka, clause), qo’shimcha shartga (ogovorka, clause) qo’shilish yoki

unga nisbatan e’tiroz bildirish yozma shaklda amalga oshirilishi lozim. Bu

hujjatlar nafaqat kelishayotgan tomonlar, balki shartnomaga a’zo bo’lish

1 U.N. Conference on the law of Treaties. Second session. P. 37. 2 YBILC. 1966. Vol. II. P. 209.

Page 88: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

88

huquqiga ega bo’lgan subyektlarga ham taqdim etiladi. Bu jarayon odatda

depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqorida aytilganidek, qo’shimcha shart (ogovorka, clause)

shartnoma tuzilishining har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin

shartnomaning malburiyligiga rozilik beruvchi so’nggi hujjatda mavjud

bo’lgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo’ladi. Qo’shimcha shart

(ogovorka, clause) shu vaqtdan boshlab kiritilgan hisoblanadi.

Qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) bekor qilish yoki unga

nisbatan e’tiroz bildirish yozma tarzda amalga oshirilishi lozim (23-

modda).

Shunday qilib, ko’p tomonlama shartnomaning obyekti va maqsadiga

zid bo’lmagan qo’shimcha shartlarni (ogovorka, clause) kiritish kabi

davlatlarning suveren huquqi xalqaro huquqda mustahkamlangan.

Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) turli huquqiy tizimga ega bo’lgan

davlatlarni shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi. Xalqaro huquq

Komissiyasi uning keyingi harakatlari “Xalqaro shartnomalar

to’g’risida”gi Vena Konvensiyalarida belgilangan rejimdan kelib chiqishi

tasdiqlagan. Shu bilan birga boshqa huquqlardan foydalanish kabi

qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritish huquqidan foydalanishda ham

suiis’temolchiliklarga yo’l qo’yilmasligi kerak. Shuning uchun,

qo’shimcha shartlar (ogovorka, clause) to’g’risida aniq qoidalarni ishlab

chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

5.5. Shartnoma matnining autentligini belgilash

Matnning autentliligi (haqiqiyligini, muvofiqliligini, ishonchligini

tekshirish) matnning ishonchliligi, to’g’riligini aniqlash, matnni

ishonchligi, asliga muvofiq deb topish jarayoni – matn to’g’ri, yakuniy

holatdaligi va o’zgartirilmaganligi e’tirof etish yordamida amalga

oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga matnning to’g’ri ekanligini tasdiqlovchi

ma’lum bir harakatlarni o’z ichiga oladi.

Agar matnning autentifikatsiyasidan so’ng, muzokaralar

o’tkazayotgan tomonlar yoki shartnomani imzolovchilar matnda xatolik

bor deb topishsa, u holda matnni mos keluvchi hujjatlar yoki tuzatish

kiritilgan hujjatlarni almashtirish yo’li bilan, avvalgi hato deb topilgan

matnni homaki nusxa sifatida qabul qilib, to’g’rilash mumkin. Va nihoyat,

butun bir shartnoma matni boshdan, yangidan tuzilib avvalgisi qay tartibda

qabul qilingan bo’lsa xuddi shu tartibda yana qabul qilinadi. Agar

Page 89: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

89

shartnoma depozitariyga berilgan bo’lsa, oxirgi kiritilgan tuzatish haqida

barcha imzolovchi va kelishayotgan tomonlarni xabardor qiladi. Agar

belgilangan vaqt ichida tomonlar o’z raddiyalarini berishmasa, u holda

depozitariy tuzatish kiritilgan bayonnomani tarqatadi. Shunday amaliyot

BMT Kotibiyatida mavjud.

Oldingi paytda autentifikatsiya shartnomalar tuzishning alohida

bosqichi sifatida kam ahamiyatga ega bo’lardi. Odatda autentifikatsiya

qilish usuli matnni imzolash edi. Shu bilan birga imzolash shartnomani

ratifikatsiya yoki boshqa yo’l bilan so’nggi, yakuniy qabul qilish yo’lidagi

ilk qadam sifatida boshqa bir vazifani ham bajaradi. Bundan tashqari,

imzolash shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirish akti ham bo’lishi

mumkin.

Ayni paytda matnning autentligini aniqlashning turli shakllari

vujudga keldi:

- shartnoma matnining diplomatik konferensiyaning yakunlovchi

aktiga kiritilishi bilan;

- xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan hujjatlar esa ushbu

xalqaro tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan imzolanganidan so’ng;

- matn rezolyutsiyaga kiritilishi bilan. Masalan, Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 19-moddasiga ko’ra,

XMTning konferensiyasi orqali qabul qilingan konvensiya konferensiya raisi yoki

XMT Bosh direktori tomonidan imzolanadi. U davlatlar tomonidan imzolanmaydi.

Davlatlar o’zlariga shartnoma bo’yicha majburiyatlarni ratifikatsiya qilish orqali

zimmalariga oladilar. Bu turdagi amaliyot shartnomani tuzishda autentlikni

ta’minlashni alohida jarayon sifatida tashkil etishni taqozo etdi. Bundan tashqari,

matn bir tilda qabul qilinishi, shu bilan birga, ikki va undan ortiq tillarda

autentifikatsiya qilinishi mumkin.

Autentifikatsiya jarayoni masalasi muzokara ishrokchilarining

kelishuvi bilan hal etiladi. Agar ishtirokchilar o’zlari bu masalani hal

etishmasa bu holat uchun Vena Konvensiyasi mos keluvchi qoidani

o’rnatgan. Vena Konvensiyasiga asosan shartnoma matni to’g’ri va

yakuniy hisoblanadi agar:

a) matnda ko’zda tutilgan jarayonning qabul qilinishi natijasida yoki

ishtirokchilarning o’zaro kelishuvi bilan tuzilgan bo’lsa;

b) agar bunday jarayon mavjud bo’lmasa u holda imzolash yo’li

bilan, ad referendum imzolash yoki shartnoma matni ishtirokchilari

vakillarining rasmiy ko’zdan kechirib chiqishi bilan, ushbu matnni o’z

ichiga olgan konferensiyaning yakuniy akti bilan o’zaro keshilsa.

Page 90: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

90

Parafirlash (initialing - ingliz tilidan olingan bo’lib, initsial, ilk,

boshlang’ich degan ma’nolarni anglatadi) – oldindan homaki imzolash,

uning yordamida shartnoma matnning to’g’ri, ishonchliligi aniqlanadi. Bu

jarayon vakillari tomonidan matnning har bir betiga o’z ismining bosh

harflarini yoki belgilarini qo’yish bilan amalga oshiriladi. Matn so’ngida

imzo bo’lishi kerak bo’lgan joyga belgi qo’yilmaydi. Bunday tartib to’liq

imzolash emasligiga shubhalar qolmasligi uchun qo’llaniladi.

Oldindan imzolashdan so’ng tayinlangan vakillar kelishilgan matnga

faqat ular nomidan ish olib borayotgan hukumat qarori bilan tuzatishlar

kiritishi mumkin. Shunga qaramay oldindan imzolangan shartnomada ham

yaqqol xatolik bo’lishi yoki undagi bir so’z o’rniga boshqasini

almashtirishi zarurati tug’ilgan holatlar ham bo’ladi. Bu holatda tuzatishlar

o’z initsiallarini qo’yadigan vakillar tomonidan kiritiladi.

Parafirlash faqat matnning autentifikatsiyasini amalga oshirish

vositasi hisoblanib, bu aktini ro’yobga chiqarishda yuridik majburiyatlarga

ega emas. Parafirlangan shartnomani imzolashdan alohida bir davlat bosh

tortgan holatlarda shartnoma imzolanmasligiga olib kelgan. Masalan, 1988 yil iyunda 33 ta davlat Antarktika mineral manbai

(resurslaridan)dan foydalanish faoliyatini boshqarish to’g’risidagi Konvensiyani

parafirlashdi. 1989 yil iyulda Fransiya va Avstraliya hukumati Konvensiyada ishtirok

etmasliklarini e’lon qilishdi. Garchi, Konvensiya rasmiy qabul qilinishiga tayyor

bo’lsa ham, bu ikki davlatning rad etishi Konvensiyaning imzolanmasligiga olib

keldi.

Bir tomonning sababsiz shartnomani qabul qilishni cho’zishi boshqa

bir tomonning parafirlangan shartnomadan voz kechishiga asos bo’la

oladi. 1989 yil martda Hindiston hukumati Savdo sotiq va tranzit to’g’risidagi Nepal

bilan tuzgan shartnomasi, 1988 yil sentyabrda parafirlangan va vaqtinchalik joriy

etilgan kelishuv. Nepal uni qabul qilishi uchun zaruriy qadamlarni tashlamaganligi

tufayli o’z faoliyatini to’xtashini e’lon qildi.

Parafirlash nafaqat hujjat matniga, balki kelishuvga kelingan holatda

uning har bir mazmuniga nisbatan ham qo’llanishi mumkin. Bu yo’l bilan

matnni yakuniy tayor holatga keltirish va hujjat matnini qayta ko’rib

chiqishga chek qo’yishga erishilishini nazarda tutadi.

Shartnomani parafirlash uni imzolanishini inkor etmaydi. Faqatgina

ayrim hollarda amaliyotda shartnomani parafirlashning o’zi uning

imzolanish jarayonini amalga oshirilmasdan qo’llangan hollar kuzatilgan.

Ad referendum imzolash (ma’qullanguncha) – oldindan imzolash

turi bo’lib, vakillarning shartnoma matni borasida yakuniy roziligini, biroq

ularga vakolat bergan hukumat yoki davlat organi tomonidan keyinchalik

Page 91: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

91

ma’qullash zaruratini nazarda tutgan holda kelishishlarini o’zida aks

ettiradi.

Bu tarzdagi ma’qullashdan so’ng ad referendum imzolash to’liq

imzolash maqomiga ega bo’ladi. BMT Kotibiyati tomonidan tayyorlangan

bayonotda shunday deyiladi: “vakil ad referendum shartnomani imzolashi

mumkin, faqat imzo uning davlati tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan, bu

holatda imzo to’la huquqli organ tomonidan tasdiqlangach yakuniy

bo’ladi”.

Bunday imzo tayinlangan vakil alohida holatlar foydali, samarali

ekanligiga shubhalangan holatlarda yoki bu uning vakolati doirasidan

chetga chiqib ketgan taqdirda ishlatiladi. Ba’zida shartnomani yakuniy

imzolash haqidagi masalaning yechimi ma’lum bir vaqtni talab qiladi.

Yana shunday holatlar ham ma’lumki, bunday imzolash shartnoma

tuzishni tezlashtirish vositasi sifatida ishlatiladi.

Shunday qilib, shartnoma matnining autentifikatsiyasi birorta yuridik

majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. Istesno tariqasida, yuridik kuchga

ega bo’lgan unda ishtirok etishning rasmiylashtirilish tartibi haqidagi

qarorni aytib o’tish lozim. Shunga qaramay, bunday matn xalqaro huquq

uchun ahamiyatsiz emas. Matn shartnoma amaliyotining xilma-xilligini

aks ettirish bilan birga, oddiy normalarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Ko’pchilik yuristlarning bunday ma’noni shartnoma loyihalari, eng avvalo

ko’ptomonlama shartnomalar loyihalarida ham mavjud deb hisoblaydilar.

5.6. Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash

Xalqaro konferensiya tugagandan so’ng aksariyat holatlarda qabul

qilingan shartnoma yoki shartnomalarning matni, hamda boshqa aktlar,

bayonnomalar, ariza va boshqalarni o’zida mujassamlovchi yakuniy

(xulosaviy) akt qabul qilinadi. Shu jumladan, xalqaro shartnoma huquqi

haqidagi ikkala Vena Konvensiyalari ham yakuniy aktlar tuzish bilan

tugatilgan. Akt konferensiyasi ishtirokchilarining barchasi tomonidan

imzolanadi. Aktning imzolanishi shartnoma matnning

autentifikatsiyalanganligini bildiradi. Bu esa, shartnomani

imzolanganligini anglatmaydi.

Kelishuvning yakuniy aktiga har bir qatnashuvchi alohida imzo

qo’yadi. Yakuniy aktdan yakuniy bayonnomani farqlash lozim. Yakuniy

bayonnoma shartnomaga aniqliklar, qo’shimcha shartlar (ogovorka,

clause) va ularni kiritish uchun ishlatiladi. Bunday bayonnoma ikki yoki

Page 92: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

92

ko’ptomonlama shartnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi

hisoblanadi. Yakuniy bayonnoma shartnomaning majburiy kuchiga ega

bo’ldi.

Qadimdan, tajribadan ma’lumki, shartnomaning yakuniy aktiga

yuridik kuch berilgan. Tomonlarning mos keluvchi hoxishlari aniq va

ravshan ko’rsatilishi lozim. Bu turdagi aktlarning biri Afrika muammolariga bag’ishlangan 1885 yilda

o’tkazilgan Berlin Konferensiyasining Yakuniy akti hisoblanadi. Yakuniy aktning

kirish qismi (preambula)da qabul qilingan hujjatlar sanab o’tilgandan so’ng,

shunday deyiladi: “Bu turli hujjatlarning birlashtirilishi foydadan xoli bo’lmasligi

e’tirof etgan holda, ular bitta Yakuniy Aktda jamlandi...” keyin qabul qilingan

aktning to’liq matni keltirilgan. Yakuniy moddada esa shunday deyiladi: “Mazkur

Yakuniy akt mumkin bo’lgan qisqa vaqt ichida ratifikatsiya qilinadi... U har bir

davlat uchun, ratifikatsiya qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi” (38-modda). Bu

holatlar gap xalqaro shartnoma haqida borayotganiga shubha qoldirmaydi.

Aktning “shartnoma” yoki “bitim” deb nomlanishi uning huquqiy

tabiatini anglatsa, “yakunlovchi akt” hujjatning nohuquqiy xarakterini

anglatadi. Bu holat shuni anglatadiki, yakunlovchi akt noto’g’ri talqin

etilishi mumkin. Misol tariqasida shartnomalar huquqi sohasining yetuk namoyondasi

A.N.Talalaevning fikrini yaqqol keltirish mumkin. U umum’tirof etilgan yo’riqnoma

haqida shuni ta’kidlab o’tganki, “yakunlovchi aktning imzolanishi xalqaro

shartnoma qabul qilingan konferensiyadagi matni bilan autentliligini o’rnatishni

nazarda tutadi...”. Bunga misol sifatida keltirish mumkinki, yakunlovchi aktning o’zi

ham xalqaro bitim xarakteriga ega bo’lishi va “uning davlatlar tomonidan

imzolanishining o’zi majburiyat yuklashini nazarda tutadi”, masalan, 1975 yilgi

YXHTning Yakunlovchi akti.

Xelsinki yig’ilishi ishtirokchilari huquqiy bo’lmagan akt tuzish

istaklarini ochiq oydin, aniq e’lon qilishdi. Deklaratsiyaning yakuniy

aktidagi xalqaro huquq prinsiplari haqidagi ishtirokchilarning fikrlarini

bayon etilganligi aktni xalqaro-huquqiy shartnomaga aylantirmaydi. Biroq,

bularning barchasi mazkur Deklaratsiyani prinsiplarning tuzilishi

(tarkibi)ni aniqlashdagi ahamiyatini pasaytirmaydi, zero uning ahamiyati

o’ta yuqori obro’ga ega bo’lgan bayonotdir.

5.7. Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish

Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish shartnomani,

qay tarzda amalga oshirilishidan qat’iy nazar sub’ektlar tomonidan

yakuniy qabul qilinishini bildiradi. Bunday rozilikning natijasida, xalqaro

Page 93: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

93

huquq sub’ekti shartnoma kuchga kirgandan boshlab uni bajarish

majburiyatini oladi.

Rozilik bildirish tartibi kelishayotgan tomondan belgilanadi. Bunda

eng asosiy rolni davlatning konstitutsiyasi egallaydi. Shartnomaga uni

qabul qilish yoki ratifikatsiya qilish davlatlar tomonidan milliy

qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Xalqaro hamjamiyat tajribasini hisobga olgan holda Vena

Konvensiyalari davlatlar uchun shartnoma majburiyatlariga rozilik

bildirishining quyidagi usullarini belgiladi: imzolash, hujjatlar almashish

(shartnomani tashkil etgan hujjatlarni almashish), ratifikatsiya qilish,

tasdiqlash, qo’shilish yoki kelishib olingan boshqa har qanday usul (11-

modda).

Shartnoma matnining ahamiyati uning davlatlar tomonidan uzil-kesil

qabul qilinishi jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Xususan, endigina

konferensiya orqali qabul qilingan shartnomaga nisbatan, imzolangan va

ratifikatsiya jarayoni kutilayotgan shartnomaning ahamiyatliligi darajasi

yuqoridir. Yo’riqnomasi imzolangan lekin kuchga kirmagan

Konvensiyalar oddiy huquqning ustuvor normasi sifatida qaralgani

tajribadan ma’lum. Bunga misol sifatida 1969 yilgi Shartnomalar huquqi

to’g’risidagi Vena konvensiyasini keltirishimiz mumkin.

Ushbu hujjatlarda ularning almashilishi shunday kuchga ega ekanligi

ko’zda tutilgan bo’lsa yoki bu davlat yoki tashkilotlarning kelishuvi

boshqacha o’rnatilgan bo’lsa, vaziyatdan kelib chiqib, hujjatlar almashishi

o’sha belgilangan usul kabi kuchga ega bo’lishi lozim. Biroq, notalar yoki

alohida kelishib olishlarning o’zi ham ko’p hollarda ratifikatsiya qilish va

ma’qullash zaruratini keltirib chiqaradi.

Almashilayotgan hujjatlar bir xil, avvaldan kelishilgan tarkibda

tuzilgan bo’ladi. Bu turdagi rozilik bildirish hujjatlar almashilgan paytdan

boshlab kuchga kiradi. Taklif qilinayotgan shartnoma matni loyihasi ko’p

hollarda notalarda tasvirlanadi. Rozilikni bildiruvchi javob hujjatlar qabul

qilinishi bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Imzolash matnning autentifikatsiyasidan tortib to shartnoma

shartlariga rozilikni aks ettirishgacha bo’lgan turli ma’nolarga ega.

Hujjatlar almashinuvi davlat yoki xalqaro tashkilotlarning,

shartnomaning ular uchun majburiyatlariga o’zaro hujjat almashish usuli

bilan bildirayotgan roziligidir.

Page 94: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

94

Ratifikatsiya Vena Konvensiyasida “davlat shartnomadagi o’z

majburiyatlariga roziligini xalqaro doirada bildiruvchi, shunday nomga ega

bo’lgan xalqaro akt” deb e’tirof etadi (2-moddaning b bandi). Shartnoma

to’liq ratifikatsiya qilinadi. Shartnomaning bir qismi ratifikatsiyasi qilish

qonuniy hisoblanmaydi. Davlatning ratifikatsiya haqidagi normativ aktiga

shartnoma tuzish jarayonidagi kelishuvlar, rasmiy hisobotlar kiritiladi.

Ikki tomonlama shartnoma tuzilganda ratifikatsiya gramotalari

almashtiriladi. Ko’ptomonlama shartnomalarda ular depozitariyga beriladi.

Bu holatlar qayd etib qo’yiladi. Odatda bayonnoma ko’rinishida. Biroq

boshqacha usul ham qo’llaniladi. Ba’zan tomonlar bir-birlariga qabul

qilingan hujjatni ratifikatsiya qilganliklari haqida shunchaki xabardor qilib

qo’yishadi yoki tegishli hujjatlar bilan almashishadi.

Ratifikatsiya gramotalarini almashish yoki saqlash uchun topshirish

tashqi ishlar vaziri yoki uning o’rinbosari bilan, ko’proq diplomatik vakil

yoki xalqaro tashkilotning doimiy vakili bilan amalga oshiriladi. Buning

uchun mazkur shaxslarga maxsus vakolatlar berilmaydi.

Gramotaning kirish qismida shartnomani ratifikatsiya qiluvchi idora

ko’rsatiladi, aniqrog’i shartnomani nomi, davlatning shartnomani qabul

qilishining sabablari ham ko’rsatilishi mumkin. Gramotaning ikki qismida

shartnomaning matni, jumladan ilovalar, qo’shimcha shartlar (ogovorka,

clause), bayonnomalar, agar ular mavjud bo’lsa o’z aksini topgan bo’ladi.

Yakuniy qismda, shartnoma ma’qullanganligi va shartnoma qat’iy amal

qilishi aytiladi. Gramotalarga davlat boshliqlarining imzosi va davlat

muhri bosiladi. Pastida tashqi ishlar vazirining imzosi va muhri bosiladi.

Gramota davlatlarning bayroqlari rangidagi iplar bilan tikiladi. Odatda

gramotalar davlat greblari tushirilgan muqovali bo’ladi.

Xalqaro shartnomalar o’zaro bog’liq normalarning yaxlit, yagona,

butun bir tizimidir. Shuning uchun umumiy qoida, shartnomani faqat to’liq

qabul qilinishi mumkinligidan iborat, ya’ni umumiy qoida shartnomani

Ratifikatsiya (ratum facere – lotincha so’zdan olingan bo’lib,

qonuniy kuchni tan olish, yakunlash yoki tugallash) – davlat xalqaro

shartnomaga yakuniy roziligini bildiradigan, ahamiyati yuqori

sanaladigan aktdir.

Qo’shilish imzolanmagan va albatta shartnomaning tayyorlashda

ham ishtirok etmagan sub’ektning shartnoma majburiyatlariga roziligini

bildiradi.

Page 95: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

95

butun, yaxlitligicha qabul qilish hisoblanadi. Biroq shartnomaning o’zida

uning ayrim qismlarini qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.

Bunday holatlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiyalarida

uchratishimiz mumkin. Lekin bu kam uchraydigan holat bo’lib, bu

tomonlar shartnomada aks etgan majburiyatlarning faqat bir qismiga

rozilik bildirishi haqida kelishib olishadi.

Bu toifadagi rozilik bildirish masalasi Vena Konvensiyasining 17-

moddasida o’rnatilgan bo’lib, unga ko’ra, agarda mazkur holat

shartnomada ruxsat etilgan va bu to’g’risida tomonlar o’zaro kelishib

olishgan bo’lsa shartnoma majburiyatlarning bir qismigagina rozilik

bildirilishi mumkin.

Odatda ko’p tomonlama shartnomalar depozitariysi nazarda tutiladi.

Qolaversa, depozitariyning ahamiyatini ko’p tomonlama shartnomalar

bilangina chegaralash noto’g’ri bo’lardi. Ikki tomonlama shartnoma

tomonlari turli sabablar yuzasidan bunday shartnoma depozitariysini

aniqlab olishlari mumkin.

Odatda depozitar sifatida tashkilotning bosh lavozimidagi shaxs

belgilanadi, masalan, BMTning Bosh Kotibi ko’plab tashkilotlar jumladan

BMTning barcha maxsus tashkilotlari o’zlarining Bosh Kotiblari yoki

Bosh direktorlari ular boshchiligida tuzilgan shartnomalarning

depozitarlari etib tayinlash tajbirasiga tayanishadi.

Ishtirokchilarni xabardor qilish va axborot bilan ta’minlash –

depozitariyning muhim vazifalaridan biridir. Depozitariy barcha

tomonlarning umumiy vakili hisoblanmaydi va shuning uchun ulardan

olingan axborot va xabarlar tegishli tomonlarning ularni avtomatik

ravishda qabul qilinishi sifatida ko’rib chiqilmaydi. Shu bilan birga,

qo’shilish haqidagi aktning depazitarlar tomonidan qabul qilinishi o’z-

o’zidan ishtirokchilar o’rtasidagi shartnoma majburiyatlarini ham belgilash

uchun yetarli.

Depozitariy – shartnoma tuzgan tomonlar shartnomaning asl

matnini, uning faoliyatiga oid bo’lgan, to’xtatilishi yoki tugatilishi

haqidagi hujjatlarni saqlashni ishonib topshirgan davlat yoki xalqaro

tashkilot.

Page 96: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

96

5.8. Shartnomalarga tuzatish va o’zgartirish kiritishning ahamiyati.

Jahon taraqqiyotining tez sur’atlarda o’sishi shartnomalarni o’z

vaqtida ko’rib chiqish muommosini tobora dolzarb qilmoqda. Xalqaro

tizimning aniq o’zgarishlarini hisobga olganda bu muommo ayniqsa

dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada II Jahon urushidan keyingi

tajriba muhim. Urush amaldagi jahon tizimi qanchalik xatarli ekanligini

ko’rsatib berdi. Natijada prinsipial mafkuraviy tafovudlarga qaramasdan

davlatlar BMT Ustavi asosidagi yangi xalqaro–huquqiy tizimni

shakllantirishga rozi bo’lishdi. Sovuq urush tugagandan so’ng yangi

munosabatlarni shakllantirilishi natijasida xalqaro shartnomalar huquqiga

o’zgartirishlar kiritildi.

Bugungi kunda ko’ptomonlama shartnomalar ko’pchilikning

roziligi bilan o’zgartiriladi. Umumiy shartnomada alohida o’zgartirishlar

kiritilishiga ham yo’l qo’yiladi. Rasmiy o’zgartirish kiritmasdan

tomonlarning roziligi bilan amaliyotda shartnomaning qoidalarini

o’zgartirish tartibini belgilash yanada qiyin masala.

Xalqaro munosabatlar turli xil va ko’pqirrali xususiyatlarga ega. Bu

xususiyatlar shartnomalarni shakllantirishda e’tiborga olinadi. U yoki bu

sohada hamkorlik haqidagi umumiy xarakterdagi normalar ham mavjud.

Ularning asl ma’nosi hamkorlik darajasi va ishtirokchilarning kelishilgan

amaliyotidan kelib chiqadi. Imperativ normalar, masalan radio to’lqinlarni

tarqalishiga oid normalar ham mavjud. Ular hech qanday o’zgartirishlarsiz

qanday bo’lsa shundayligicha qo’llaniladi. O’zgaruvchan sharoitlarda

shartnomaning qoidalari o’zaro kelishuv asosida o’zrgartirilishi

mumkinligi amaliyot ko’rsatmoqda.

Xalqaro munosabatlar o’zgarganda shartnomalarga o’zgartirish va

qo’shimchalar kiritiladi. Qo’shimcha va o’zgartirishlar davlatlarning

huquq va majburyatlariga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Shartnomaga

o’zgartirish kiritish uchun barcha tomonlarining roziligi kerak degan qoida

1871-yilgi London Protokolida mustahkamlangan bo’lib, unga ko’ra har

qanday davlat o’z shartnomaviy majburiyatlarini faqat “do’stlik kelishuvi

orqali erishilgan tomonlarning roziligi” asosida o’zgartirishi mumkin.

BMT Kotibiyati huquq departamentining memorandumida: “o’tmishda

ko’p tomonlama konvensiyalar dastlabki kelishuvchi tomonlarning

umumiy roziligi bilan o’zgartiriladi degan fikr mavjud bo’lgan” – deyiladi.

Shartnomalar huquqi bo’yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha,

shartnomalarni qayta ko’rib chiqish huquqi “shartnomalar bajarilishi

lozim” prinsipidan kelib chiqadi. Doktinada qayta ko’rib chiqishda barcha

Page 97: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

97

tomonlar ishtirok etishi lozim degan nazariya ustunlik qilgan. Zamonaviy

xalqaro huquqda qayta ko’rib chiqishning qonuniy sharti sifatida barcha

ishtirokchilarining roziligini olish talab etiladi.

Shartnomaga o’zgartirish kiritilganda, shartnoma tuzilgandagi kabi

ularsiz shartnomaning maqsadlariga erishib bo’lmaydigan yoki erishishni

qiyinlashtiradigan zaruriy ishtirokchilar alohida o’rin tutadi. 1968-yilgi “Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to’g’risida”gi Kelishuvni ko’rib

chiqsak. Uning zaruriy ishtirokchilari yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar

hisoblanadi. Kelishuvga ko’ra har bir ishtirokchi o’zgartirish kiritish to’g’risida

taklif berishi mumkin. Agar taklif umumiy ishtirokchilarning 1/3 qismi yoki ko’pchilik

ovozi bilan qo’llab-quvvatlansa, depozitariy barcha tomonlar ishtirokida

konferensiya chaqiradi. “Ushbu Kelishuvga o’zgartirishlar shartnomaning barcha

ishtirokchilari, shu jumladan yadroviy qurolga egalik qiluvchi, Atom energiyasi

bo’yicha xalqaro agentlik Boshqaruv Kengashining a’zolarining ko’pchilik ovozi

bilan qabul qilinadi ” (8-modda).

Xalqaro hayotning o’sish dinamikasi natijasida o’zgartirishlar

muommosi yanada ko’p ahamiyat kasb etmoqda. Shartnomalar

tuzilayotganda bu vaqtdagi shart-sharoitlar o’zgarishini hisobga olib

tuziladi, shuning uchun o’zgarish kiritish mumkinligi shartnomada nazarda

tutiladi. Shartnomalarni o’zgartirish huquqi shartnomani tuzish huquqidan

kelib chiqadi.

Endi “o’zgartirish” va “qayta ko’rib chiqish” tushunchalariga

to’xtalamiz. BMT Ustavining 108-moddasi Ustavga o’zgartirish kiritish,

109-moddasi Ustavni qayta ko’rib chiqishga bag’ishlangan. BMT

Kotibiyatining shartnomaning yakuniy qoidalari to’g’risidagi hujjatda

o’zgartirish to’g’risida normalar va shartnomaning nazorati to’g’risidagi

normalar o’rtasidagi farqlar keltirilgan. Birinchisi shartnomaning alohida

normlarini almashtirish, ikkinchisi esa shartnomani o’zini almashtirishni

ko’zda tutadi.

Shartnomani o’zgartirish hajmini e’tiborga oladigan bo’lsak,

ko’rsatilgan farq ma’lum ma’noga ega. Lekin u holatda ham bu holatda

ham yuridik jarayon bir xil bo’ladi. BMT Ustavining 108-moddasiga

ko’ra, kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya A’zolarining uchdan

ikki qismi ovozi bilan qabul qilinib, Tashkilot A’zolarining Xavfsizlik

Kengashi doimiy a’zolarining hammasini qo’shgandagi uchdan ikki qismi

ovozi bilan ularning konstitutsiyaviy tartibotiga muvofiq ratifikatsiya

qilingach, Tashkilotning barcha a’zolari uchun kuchga kiradi. Xuddi

shunday norma 109-moddasida ham ifodalangan.

Page 98: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

98

Shu bilan birga 108-moddani San-Fransisko Konferensiyasida

muhokama qilish jarayoni quyidagi fikrlar aks ettirilgan ma’ruza qabul

qilingan: “Huquq va majburiyatari Ustavga o’zgartirish kiritish orqali

o’zgartirilgan va bu o’zgarishlardan norozi bo’lgan Tashkilot a’zosi, agar

bu o’zgartirish Assambleyaning kerakli ko’pchilik a’zosi yoki umumiy

konferensiyada qabul qilingan va uni kuchga kirishi uchun ratifikatsiya

qilishning iloji yo’q bo’lsa a’zo davlat Tashkilotda qolishi shart emas”.

Hozirda London Protokolining normalari ikki tomonlama va

cheklangan shartnomalarni o’zgartirishga nisbatan qo’llaniladi. Keng

tarqalgan ko’ptomonlama shartnomalarni o’zgartirishga nisbatan uning

ahamiyati past. Keng tarqalgan ko’p tomonlama shartnomalarni tuzishning

birinchi tajribasi tomonlarning o’zaro kelishuvi prinsipi xalqaro huquqning

progressiv rivojlanishini to’xtatib qolishi mumkin.

1906-yilda 1864-yilgi Urush qurbonlarini qismatini yaxshilash

to’g’risidagi Jeneva Konvensiyasi ushbu Konvensiya qoidalarini bekor

qiluvchi yangi Konvensiya qabul qilinishi natijasida qayta ko’rib

chiqilgan. Shu bilan birga 1964-yilgi Konvensiya yangi Konvensiyani

ratifikatsiya qilmagan davlatlar o’rtasida o’z kuchini saqlab qoladi. Xuddi

shunday norma 1899-yilgi Konvensiyani qayta ko’rib chiquvchi 1907-yilgi

Urush qoidalari va odatlari to’g’risidagi Konvensiyada ham ifodalangan.

Bunday normalar amaliyotda keng tarqalgan. 1949-yilgi Harakatdagi

armiyalarda yarador va bemorlarni qismatini yaxshilash to’g’risidagi

Jeneva Konvensiyasida: “Mazkur Konvensiya Oliy Ahdlashuvchi

tomonlar o’rtasidagi munosabatlarda 1864-yil 22-avgustdagi, 1906-yilgi

va 1929-yil 27-iyuldagi Konvensiyalar or’nida ishlatiladi”- deyilgan.

Hozirgi kunda quyidagi mazmunli o’zgartirish formulasi keng

tarqalgan: har bir a’zo davlat Konvensiyalarga o’zgartirish kiritish taklifi

bilan chiqishi mumkin, ko’pchilik a’zolar tomonidan ma’qullagandan

keyin o’zgartirishni qabul qilgan davlatlar uchun kuchga kiradi,

keyinchalik qo’shilgan a’zolar uchun qo’shilgan kundan boshlab kuchga

kiradi. Ushbu formula ishlatilgan konvensiyalarga misol sifatida 1967-

yilgi “Kosmosdan, shuningdek Oy va boshqa samoviy jismlardan

foydalanish va tadqiq qilish faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi

Konvensiya (15-modda), 1968-yilgi “Kosmanavtlarni qutqarish va

kosmosga yuborilgan obyektlarni qaytib kelishi to’g’risida”gi Kelishuv (8-

modda), 1972-yilgi “Bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarni ishlab

chiqish, yig’ib qo’yishni ta’qiqlash va ularni yo’q qilish to’g’risida”gi

Konvensiya (11-modda)larni ko’rsatishimiz mumkin.

Page 99: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

99

Ko’rsatib o’tilgan norma umumiy qoidalarni aks ettiradi. Lekin

ayrim holatlarda u maxsus shartlar bilan to’ldiriladi. Bunga yuqorida aytib

o’tilgan 1968-yilgi “Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to’g’risida”gi

Kelishuvning 8-moddasi misol bo’ladi. Uning zaruriy ishtirokchilari

yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar hisoblanadi.

Qayta ko’rib chiqish masalasi hamkorlikning maxsus shakllari

to’g’risidagi shartnomalarda va siyosiy shartnomlalarda turlicha hal

qilinadi. Birinchidan, ushbu masalaga bog’liq maxsus normalar mavjud,

ikkinchidan shartnomaning o’zida bu nazarda tutilmagan. Tomonlar

munosabatlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniq emasligini hisobga oladi. Bu

holat doktrinalarda ham ko’rinadi. Masalan, boshqacha pozitsiya ham

tarqalgan. Ch. De Visher ta’kidlashicha: “Dastlabki kelishuvchi tomonlar

nazoratni amalga oshirishi yoki unda ishtirok etishi prinsipi davlatlarni

siyosiy qarashlariga o’zgarishi hisobiga juda qiyin yoki umuman

ilojsizdir”. Makneyrning fikricha: “Shartnomalarni qayta ko’rib chiqish

to’grisida quyidagilarni keltirish mumkin: qayta ko’rib chiqishga ta’sir

o’tkazuvchi barcha ishtirokchilarning roziligini talab qiluvchi normani

o’zgartirish uchun Jahon hamjamiyati yo’l izlamoqda”1.

1951-yilda nashr etilgan BMT huquq departamentining

memorandumida o’tmishdagidan farqli ravishda “hozirgi kunda ko’p

tomonlama xalqaro shartnomalarni o’zgartirish dastlabki a’zolarning

ko’pchiligi yoki ozchiligining roziligi talab qilinadi degan fikr mavjud”.

Qayta ko’rib chiqish muommosini hal qilishga xalqaro tashkilotlar

ham katta hissa qo’shdi. Bu holat shartnomalar huquqi loyihasi bo’yicha

Xalqaro huquq komissiyasining sharhlarida ta’kidlangan. Tashkilotning

ta’sis hujjati yoki u tomonidan qabul qilinadigan konvensiyalar haqida,

Xalqaro Mehnat Tashkilotidagi kabi yaqqol ko’rinadi. Ma’lum ma’noda

bu tashkilot homiyligi ostida tuziladigan shartnomalarga ham aloqador.

Hozirgi o’zgargan sharoitlarda xalqaro tashkilotlar ta’sis hujjatlari,

shuningdek amaliy faoliyati o’zgarishlarga mosligiga e’tibor berishlari

lozim. BMTning ayrim ixtisoslashtirilgan tashkilotlarida ratifikatsiya

qilingan nizomning o’zgarishlarini ratifikatsiya qilmaslik nazarda tutilgan

(BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti Ustavining 19-moddasi).

“Pornagrafik mahsulotlarni tarqalishiga qarshi kurash to’g’risida” gi

Konvensiyaga o’zgartirish kiritirsh to’g’risdagi Protokolida: BMT Bosh

Kotibi “yuqorida ko’rsatilgan konvensiyani a’zolari bo’lgan davlatlarga

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров

- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.50.

Page 100: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

100

Protokolning a’zolari bo’lishmagan bo’lsa ham undagi o’zgarishlar

davlarlarga nisbatan qo’llanilishini taklif qiladi” (2-modda).

Millatlar Ligasining Statutida tinchlikni saqlab turishga daxldor

holatlarni tinch yo’l bilan hal qilish muommasi aks ettirilgan. Assambleya

“jahonda tinchlikni saqlab turishga xavf solishi mumkin bo’lgan

shartnomalarni Millatlar Ligasi a’zolari tomonidan qayta ko’rib chiqishni

taklif qilishi mumkin” (19-modda).

Ko’ptomonlama shartnomalarning sonining ko’payishi natijasida

kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni oldini olish uchun shartnomada

qayta ko’rib chiqish bo’yicha normalar aks ettiriladi. Natijada shartnomada

ko’pchilik tomonidan ma’qullanganda shartnomaga o’zgartirish kiritish,

qolgan ishtirokchilar uchun oldingi shartnoma qoidalari qo’llanilishini

belgilovchi normalar kiritiladi.

Shartnomalardagi o’zgartirish to’g’risidagi normalarning tahlili

ularning xilma-xilligi va keraklicha aniq emasligini ko’rsatdi. Ayrim

shartnomalarda ushbu takliflarni kiritish mumkin bo’lgan holatlar

keltirilgan, lekin ularni qabul qilish tartibi, o’zgartirish bilan rozi

bo’lmagan tomonlarning huquqiy holati va boshqa holatlar to’grisida hech

narsa deyilmaydi. Umuman olganda, shartnomaviy amaliyot tahlil

qilinayotgan masalaga nisbatan aniq qoidalar kiritishga yo’l qo’ymaydi.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarni imzolashdan

avval olib boriladigan jarayonlar haqida xalqaro huquqiy-hujjatlarni ko’rib

chiqishlari, xalqaro shartnomalarni tuzish bosqichlarini o’rganishlari, qabul

qilingan shartnomalarga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish masalalarini bilishlari

hamda xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari sifatida

diplomatik muzokaralarning o’ziga xos xususiyati nimada?

2. Muzokaralarni olib borishda umumtan olingan xalqaro huquq

prinsiplariga tayaniladimi?

3. Xalqaro shartnomani imzolashda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi

vakolatli organ kim tomonidan belgilanadi?

4. Xalqaro shartnomani tuzish jarayonida matnning autentligini

belgilangandan so’ng unda xatolik mavjudligi aniqlansa qanday harakatlar sodir

etiladi?

5. Xalqaro shartnomani imzolashning necha ko’rinishi mavjud?

Page 101: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

101

6. Shartnomalar qancha vaqtgacha parafirlangan holicha turishi mumkin?

7. Xalqaro shartnoma imzolangandan so’ng tomonlar uning

majburiyatlariga rozilik bildirgan hisoblanadilarmi?

8. Xalqaro shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirishning qanday

ko’rinishlari mavjud?

9. Davlatlar tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarning barchasi

ratifikatsiya qilinishi shartmi? Ratifikatsiya talab qilinmaydigan shartnomalar ham

mavjudmi? Misol keltiring.

10. Xalqaro shartnomalarga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish tartibi

qanday?

1 KAZUS.

Germaniya Federativ Respublikasi va Gana davlati o’rtasida o’zaro

manfaatlarga asoslangan shartnoma tuzildi. Shartnomaga ko’ra, Gana davlati

Germaniyaga o’z hududidan qazib chiqarilayotgan yer osti boyliklarini olib chiqib

ketish bo’yicha boshqa horijiy davlatlarga nisbatan imtiyozliroq normalar joriy

qilishga, Germaniya esa, Ganadagi “duala” qabilasi a’zolarini Germaniya Federatsiya

hisobidan ta’lim olishlari, Ganaga, mutaxassislar yuborish va Gamburg

universitetining mahalliy filialini ochish majburiyatini oldi. Shartnoma imzolangach,

Ganadan kelgan talabalar duala emas, balki “gjuala” qabilasiga mansubligi, Ganada

duala nomli qabila mavjud emasligi ma’lum bo’ldi. Gana davlati bu xatolik tufayli

shartnomadan o’ziga olgan majburiyatni bajarishdan bosh tortdi, Germaniya esa

aksincha bu xato ikkinchi tarafning aybi ekanligini va buning uchun o’zi zarar

ko’rmasligini, faqatgina duala qabilasi uchungina imtiyozli ta’lim berilishini, biroq

Gana o’z majburiyatini har qanday holatda ham bajarishi lozimligini ta’kidlaydi.

Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob

bering.

1) Xalqaro huquqda shartnomalardagi xatolar va ularni tuzatish tartibi qanday.

Xalqaro amaliyotda bunday vaziyat sodir bo’lganmi?

2) Ikki o’rtada tuzilgan shartnomada mavjud bo’lgan xatolik taraflarning

majburiyatlariga qanday ta’sir ko’rsatadi?

3) Xalqaro huquqda ab initio nima?

4) Agar Germaniya davlati shartnomadagi xatolikni bilib turib uni imzolagan

bo’lsa qanday huquqiy oqibat kelib chiqadi?

2 KAZUS.

Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida Chili hududida geologik qazishma ishlari

olib borish bo’yicha faoliyatni tartibga soluvchi 30 yilga mo’ljallangan xalqaro

shartnoma imzolandi. Shartnoma amal qilishining 10-yilida Kolumbiya tomoni

shartnoma o’z manfaatlariga zarar keltirayotganini va unga bir tomonlama tuzatish

kiritmoqchi ekanligini ma’lum qiladi. Biroq Braziliya shartnomaning o’zida uni bir

tomonlama tuzatish kiritish mumkinligini belgilovchi norma yo’q ekanligini vaj qilib

keltirib, Kolumbiyaning talabiga qarshi chiqadi. Kolumbiya bu e’tirozga e’tibor

bermay shartnomaga o’z foydasini ta’minlovchi tuzatish kiritadi.

Page 102: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

102

Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob

bering.

1) Xalqaro shartnomalarga tuzatish kiritish tartibi qanday?

2) Kolumbiya xalqaro shartnomaga tuzatish kirita oladimi?

3) Kolumbiya uchun qanday optimal xalqaro-huquqiy maslahat bergan

bo’lardingiz?

4) Agar Kolumbiya shartnomani tuzatishga erishsa, bu tuzatishga rozilik

bildirgan Argentina, Venesuela va rozilik bildirmagan Braziliya, Chili singari

davlatlarning o’zaro, shuningdek Kolumbiya bilan shartnoma doirasidagi

munosabatlari qanday ko’rinishga ega bo’ladi?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomaning qabul qilinish jarayonini o’rganish va

uni tahlil qilish. Tanlangan xalqaro shartnomani tayyorlashning tashkiliy shakllaridan

tomonlar qaysi birlaridan foydalanganlar. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 103: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

103

VI. XALQARO SHARTNOMALARNING VAQT VA HUDUD

BO’YICHA AMAL QILISHI

(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich)

Annotatsiya. Mazkur bobda Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt

bo’yicha amal qilishi, prolongatsiya, xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib

qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi kabi masalalar

o’rganiladi.

6.1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal

qilishi

Xalqaro shartnoma normalarini qo’llashda, uning kuchga kirganligi

masalasi muhim hisoblanadi. Chunki, amaliyot ko’rsatmoqdaki, xalqaro

shartnomaning tuzilishi va imzolanishi, bu hujjatning yuridik kuchga ega

bo’lganligi va uni imzolagan davlatga yuridik majburiyatlar keltirib

chiqardi, degani emas. Shuning uchun, xalqaro shartnomaning kuchga

kirishi, mazkur xalqaro shartnoma a’zosi bo’lgan davlatning bunday

shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi faktini belgilab beradi va

shartnomaning boshqa a’zosi tomonidan tegishli huquqlarni amalga

oshirishga va bu davlatdan shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlarini

bajarishini talab etishga imkon beradi. Shuning uchun, xalqaro

shartnomaning yuridik kuchga aylanishi, xalqaro shartnoma bilan bog’liq

huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.

Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi u o’zida qayd etilgan shart-

sharoitga muvofiq ravishda yuridik hujjatga aylangan paytdan boshlanadi.

Ratifikatsiya qilinishi yoki tasdiqlanishi taqozo etilmaydigan xalqaro

shartnoma imzolanishi bilanoq kuchga kiradi. Ratifikatsiya qilinishi zarur

bo’lgan xalqaro shartnoma esa ratifikatsiya qilingach (yoki tasdiqlangach)

(alohida ta’kidlash lozimki, odatda, ko’p tomonlama shartnomalarda

nechta davlat ratifikatsiya qilishi kerakligi, yani soni ko’rsatib o’tiladi),

kuchga kirgan hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro shartnomada, uni kuchga

kirishining boshqa muayyan muddati ham ko’rsatib qo’yilishi mumkin. Misol uchun, “Harakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlarning

qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 58-moddasida

“Mazkur konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorlig’i saqlash uchun

topshirilgandan so’ng olti oy o’tgach kuchga kiradi. Bundan keyin u har qaysi Oliy

Ahdlashuvchi tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorlig’i saqlashga

Page 104: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

104

topshirilganidan so’ng olti oy o’tgach kuchga kirib boradi”, deb konvensiyaning

kuchga kirishining aniq vaqti ko’rsatib o’tilgan. Mazkur xujjatning 61-moddasining

birinchi xat boshisida esa, hujjatga keyin qo’shilganlarga nisbatan, uning kuchga

kirishining muddati ko’rsatib o’tilgan. Ya’ni, unga ko’ra, “Har bir qo’shilish

to’g’risida Shveytsariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va

ushbu bayonot olingan kunidan boshlab olti oy vaqt o’tgach kuchga kiradi”.

Hujjatda kuchga kirish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar, ya’ni favqulodda

holatlar asosida kuchga kirishi bilan bog’liq qoida 62-moddaning birinchi xat

boshisida ko’rsatib o’tilgan, ya’ni unga ko’ra “2 va 3-moddalarda ko’zda tutilgan

holatlar (ya’ni, Konvensiyani qo’llanishi bilan bog’liq holatlar) ratifikatsiyalarning

saqlashga topshirilishi, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan

yoki istilodan oldin, yohud keyin qo’shilish to’g’risida bayonot berishi bilan darhol

kuchga kiritiladi”.1

Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal

qilishiga bog’liq bo’lgan yana bir normaga murojaat qilish maqsadga

muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva

konvensiyalariga (shu jumladan, yuqorida qayd etilgan I-Jeneva

konvensiyasiga ham) xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya

qilishga doir Qo’shimcha protokolning qo’llanishining boshlanishi va

to’xtatilishi to’g’risidagi 3-moddasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.

Unga ko’ra “Har qanday paytda qo’llaniladigan qoidalarga ziyon

yetkazmagan holda: a) Konvensiyalar va mazkur Protokol va shu

Protokolning 1-moddasida tilga olingan har qanday vaziyatning

boshlanishidanoq qo’llanadi; b) Konvensiyalar va mazkur Protokolning

qo’llanilishi nizolashayotgan tomonlar hududida urush harakatlarining

umuman tugashi bilan to’xtatiladi, bosib olingan hududlarda esa istilo

tugashi bilan to’xtaydi. Har ikki holda ham to’liq ozod qilinishi, vataniga

qaytarilishi yoki joylashtirilshi kechroq amalga oshadigan shaxslar bundan

mustasno. Bu shaxslar to’liq ozod qilinishi, vataniga qaytarilishi yoki

joylashtirilshi yakunlanadigan daqiqagacha Konvensiyalarning va mazkur

Protokolning tegishli qoidalari homiyligidan foydalanishda davom

etadilar”.

Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va uni qo’llash, odatda, bir xil

paytga to’g’ri keladi. Lekin istisnoli hollar ham yo’q emas. Masalan, 1954 yildagi Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarning

himoya qilinishi to’g’risidagi Gaaga konvensiyasida ko’zda tutilishicha, u

ratifikatsiya yorlig’i yoki qo’shilish to’g’risidagi hujjat topshirilganidan so’ng

kuchga kirgani holda, faqat qurolli mojarolar yuz bergandagina qo’llanishi mumkin.

1 1949 yil 12 августдаги Женева конвенциялари ва уларга қўшимча протоколлар. –Иккинчи тузатилган нашри,

Т.: Халқаро Қизил Хоч қўмитаси, 2007.-Б.31

Page 105: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

105

Ba’zan xalqaro shartnomalarda ularning shartlari kuchga kirganidan

so’ng muayyan muddat o’tgach qo’llanila boshlashi haqidagi qoidalar ham

ko’zda tutilgan bo’ladi. Agar xalqaro shartnomada tegishli qoida ko’zda tutilgan yoki

ishtirokchilar bu haqda boshqa bir tarzda ahdlashib olgan bo’lsa,

shartnoma vaqtincha, kuchga kirishiga qadar ham qo’llanishi mumkin. Bunday vaqtincha qo’llash tajribasini Iqtisodiy Ittifoq (MDH) tuzish

to’g’risidagi shartnoma yuzasidan uning ishtirokchilari qabul qilgan qaror misolida

kuzatish mumkin1.

Amalda qo’llanishi bo’yicha faqat kuchga kirgandan keyingi vaqt

bo’yicha qo’llaniladigan norma sifatida xalqaro shartnoma ham, qonunga

o’xshab, orqaga qaytish kuchiga ega emas.

Xalqaro shartnomaning rasmiy tarzda e’lon qilinishi jiddiy amaliy

ahamiyat kasb etadi. Shu paytdan e’tiboran u mamlakat huquq tizimining

uzviy qismiga aylanadi va barcha davlat organlarida qo’llanishi majburiy

tus oladi.

Xalqaro shartnomalarni registratsiya qilish (ro’yxatga olish) xalqaro

shartnomani kuchga kirishining asosiy talablaridan biri bo’lishi bilan bir

qatorda, mahfiy shartnomalardan foydalanish imkoniyatlarini

cheklaydigan muhim vositadir. BMT Ustaviga ko’ra, uning a’zosi

ishtirokchi bo’ladigan har qanday shartnoma BMT Kotibiyati tomonidan

ro’yxatga olinishi hamda e’lon qilishi shart. Registratsiya qilmaslik hollari

uchun sanksiya ko’zda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, bunday shartnomani

tuzgan tomonlar BMTning biron-bir organida ushbu shartnomaga havola

qilishlari mumkin emas. Yani, ro’yxatga olinmagan shartnoma BMT

uchun yuridik jihatdan mavjud deb hisoblanmaydi. Lekin bu

shartnomaning tegishli tomonlarga nisbatan majburiy kuchga ega ekaniga

daxl qilmaydi. Bunday tartib, yani xalqaro shartnomalarni ro’yxatga olish

mintaqaviy tashkilotlar ustavlarida ham ko’zda tutiladi.

Xalqaro shartnoma unda ko’rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.

Muddati belgilanmagan shartnomalar ham mavjud bo’lib, masalan, ular

sirasiga huquqiy rejim o’rnatuvchi umumiy shartnomalar, kodifikatsiyaviy

konvensiyalar kiradi2.

1 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.187 2 Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.: Вольтерс Клувер, 2007. -С.122

Page 106: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

106

6.2. Prolongatsiya

Prolongatsiya – lotincha – “prolongation”, “prolongo”, inglizcha –

“prolongation” so’zlaridan olingan bo’lib, “cho’zdiraman”, degan

ma’noni beradi.

Prolongatsiya - fuqarolik huquqida, u shartnomani ko’zda tutilgan

muddatidan ortiqcha muddatga cho’zdirish hisoblansa, xalqaro huquqda

ham, xalqaro shartnomaning amal qilish muddati unda ko’rsatilgan shartlar

asosida yoki o’zaro kelishuv bo’yicha uzaytirishni tushuniladi. U

shartnoma muddati tugashiga qadar amalga oshirilishi zarur. Shundan

so’ng shartnoma harakatini davom ettirish mumkin. Bunday aksiya

renovatsiya deyiladi. Renovatsiya ishtirokchilarning roziligi bo’yicha

amalga oshiriladi. Bir tomonlama ommaviy renovatsiya Ikkinchi jahon

urushida g’olib davlatlar va yengilgan davlatlar o’rtasidagi 1947 yil 10

fevraldagi Parijdagi tinchlik shartnomalarida ko’zda tutilgan1.

Muddatni uzaytirish uchun shartnoma qoidalariga ko’ra hech qanday

harakatni amalga oshirish talab etilmasa, u avtomatik prolongatsiya, deb

nomlanadi. Agar bunda tegishli harakatni amalga oshirish taqozo etilsa, u

tashabbusli prolongatsiya deyiladi.

Agar shartnomani uzaytirishda, biror bir harakatlarni amalga oshirish

bilan bog’liq xech qanday talablar qo’yilmasa, bunday prolongatsiyani

avtomatik tarzdagi prolongatsiya deb ataladi. Agar bunday talablar

qo’yilsa, ularni tashabbusli prologatsiya deb ataladi2.

Xalqaro shartnomani qayta ko’rib chiqish amalga oshirilishi

mumkin. Odatda qayta ko’rib chiqish, vaziyatni, holatni o’zgarishi bilan

amalga oshiriladi va natijasida shartnoma normalariga tuzatishlar,

o’zgartirishlar, to’ldirishdar qilinadi. Tuzatishlar shartnoma mazmunini

o’zgartirib yuborishi mumkinligi bois, ular ishtirokchilarning roziligi

asosidagina qabul qilinadi. Agar ishtirokchilar shartnomani qayta ko’rib

chiqish borasida boshqacha muayyan tartib-qoidalar xususida ahdlashib

olmagan bo’lsa, u holda shartnomani tuzish chog’ida qo’llanadigan

qoidalardan foydalaniladi. Misol uchun, “Qurolli mojaro chiqqan holda, madaniy boyliklarni himoya

qilish to’g’risida”gi xalqaro konvensiyaning 39-moddasida Konvensiya va uning Ijro

reglamentini qayta ko’rib chiqishning qoidalari oldindan belgilab qo’yilgan3.

1Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.: Вольтерс Клувер, 2007. -С.122 2 O’sha joyda. 3Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных межуданродных документов. -4-е изд.,

дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.52

Page 107: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

107

6.3. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi

Odatda, xalqaro shartnomada belgilangan tartibda xalqaro

shartnoma bekor qilinishi, tomonlardan birining milliy manfaatlariga mos

kelmagan, yoki uning normalarini bajarishning imkoni bo’lmagan, kabi

sharoitlarda xalqaro shartnoma bekor qilinishi yoki shartnoma

tomonlaridan biri uchun bir tomonlama tarzda to’xtatib qo’yilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomlari to’g’risida”gi

Qonunning 41-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro

shartnomalarining amal qilishini to’xtatib turishni tartibga solish bilan

bog’liq normalar o’z aksini topgan. Jumladan, unda, O’zbekiston

Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to’xtatib turish

shartnomaning o’zidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq

normalariga binoan O’zbekiston Respublikasi uchun xalqaro

shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik to’g’risidagi qarorni qabul

qilgan organ tomonidan amalga oshirilishi, ko’zda tutilgan. Shuningdek,

O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to’xtatib

turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning

o’zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo’lsa, O’zbekiston

Respublikasini shartnoma to’xtatib turilgan muddat davomida uni

bajarishni o’z zimmasidan soqit qiladi. Qonunning 42-moddasida

O’zbekiston Respublikasining idoralararo shartnomalarining amal qilishini

to’xtatish va to’xtatib turish O’zbekiston Respublikasi Hukumati

belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, uning asosida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 yanvardagi

15-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi

xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va

bekor qilish tartibi” ishlab chiqilgan.

Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi yoki undan chiqish

shartnoma qoidalariga muvofiq yoxud ishtirokchilarning kelishuvi asosida

amalga oshiriladi. Ko’pchilik hollarda xalqaro shartnoma muddati va ijrosi

yakuniga yetishi natijasida bekor qilinadi. Ijro faktini tomonlar yuridik

jihatdan rasmiylashtiradilar.

Xalqaro shartnomaning amal qilish muddatining tugashi, boshqa

shartnomani kuchga kirishi bilan ham bog’lab qo’yilishi mumkin. Misol uchun, 2012 yilnng 20 sentyabridan imzolangan O’zbekiston

Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o’rtasida turizm

sohasida hamkorlik qilish to’g’risida”gi bitimning 14-moddasining 2-bandida

mazkur bitimning kuchga kirishi boshqa bitimning amal qilishini tugatilishiga

Page 108: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

108

bog’lab qo’yilmoqda, ya’ni, unga ko’ra: “Mazkur bitim kuchga kirgan sanadan

boshlab 1995 yil 16 fevralda imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati va

Koreya Respublikasi Hukumati o’rtasida sayyohlik sohasida hamkorlik qilish

to’g’risida O’zaro tushunish memorandumining amal qilishi tugatiladi”.

2012 yil 11 iyulda imzolangan O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan

Irlandiya Hukumati o’rtasida ikki yoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik hamda

daromad va mol-mulk solig’ini to’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risida

konvensiyaning 30-moddasida Konvensiyaning amal qilish vaqtini tomonlarning

birida Konvensiyaning kuchi to’htalgunigacha davom etishiga bog’lab qo’yilgan.

Shuningdek, unda, “Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiya kuchga kirgan

sanadan 5 yil o’tgandan so’ng boshlanadigan har bir kalendar yili tugashidan

kamida olti oy oldin amal qilishni to’htatish to’g’risida diplomatik kanallar orqaliri

habar berish yo’li bilan Konvensiyaning amal qilishini to’htatishi mumkin”ligi

belgilab qo’yilgan1.

Aksariyat xalqaro shartnomalarda denonsatsiya, ya’ni shartnoma

harakatini unda ko’rsatilgan tegishli shartlar asosida bir tomonlama

to’xtatish to’g’risidagi qoidalar mavjud bo’ladi. Misol uchun, “Harakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlarning

qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 63-moddasiga binoan,

Konvensiya tomonlarining har birining, Shveytsariya Federal Kengashiga yozma

bayonot berishi yo’li bilan, bu hujjatni denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega ekanligi

mustahkamlab qo’yilgan.

Odatda, xalqaro shartnomada denonsatsiyaning qachon kuchga

kirishi bilan bog’liq qoida ko’rsatib o’tiladi.

Alohida qayd etish lozimki, barcha xalqaro shartnomalarda ham,

“denonsatsiya” atamasi ishlatilavermaydi. Misol uchun, “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining a’zo-davlatlari o’rtasida

Mintaqaviy antirerror tuzilmani tashkil etish to’g’risida”gi bitimning 26

moddasining uchinchi xat boshisiga binoan, har qanday tomon, Bitimdan chiqishi

mumkin, buning uchun u, chiqish kuniga 12 oy qolgan muddatda, depozitariyga,

Bitimdan chiqishi to’g’risidagi yozma bildirishi lozim. Depozitariy esa, bildirishni

olgandan so’ng 30 kun ichida, bu to’g’rida boshqa Tomonlarni habardor qilishi

kerak2.

Xalqaro shartnoma harakatini unda ko’rsatilmagan shartlar tartibida,

huquqiy normalarga muvofiq ravishda, bir tomonlama bekor qilish

(annulirovanie) kuchdan qoldirish deb ataladi. Xalqaro huquqda buning

uchun quyidagi asoslar nazarda tutilgan:

1 Ўзбекистон Республикаси ҳукумати билан Ирландия Ҳукумати ўртасида икки ёқлама солиқ солинишига йўл

қўймаслик ҳамда даромад ва мол-мулк солиғини тўлашдан бош тортишнинг олдини олиш тўғрисида

конвенция. Дублин, 2012 йил 11 июль. www.lex.uz. 2 Соглашение между государствами - членами Шанхайской Организации Сотрудничества о Региональной

антитеррористической структуре. Санкт-Петербург, 7 июня 2002 г. www.lex.uz.

Page 109: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

109

birinchidan, shartnomaning boshqa ishtirokchilar tomonidan

buzilishi;

ikkinchidan, shartnomani ijro etishning imkonsizligi;

uchinchidan, shartnoma tuzilgan vaziyatning tubdan o’zgarib

ketishi;

to’rtinchidan, shartnomaga zid keluvchi yangi imperativ normaning

paydo bo’lishi.1

To’xtatib qo’yish shartnoma harakatining vaqtincha to’xtatilishidir.

U shartnomaga muvofiq ravishda, ishtirokchilar roziligi bo’yicha,

shuningdek xalqaro huquq asosida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi

holda shartnomaning jiddiy ravishda buzilganligi va uni bajarish vaqtincha

imkonsiz ekanligi asos bo’lib xizmat qiladi. To’xtatib qo’yish

ishtirokchilarni shartnomani bajarish majburiyatidan vaqtincha muddatga

ozod etadi, orttirilgan huquq va majburiyatlarga ta’sir ko’rsatmaydi.

Ishtirokchilar shartnomaning qayta kuchga kirishiga xalal beruvchi

harakatlardan tiyilishi shart.

Keyingi vaqtda, odatda, xalqaro huquqni buzganlik uchun jazo

sifatida xalqaro tashkilotlar qarorlari asosida shartnomalarning bekor

qilinishi va ular harakatining to’xtatib qo’yilishi bilan bog’liq hollar

ko’plab uchramoqda. Buni davlatning xalqaro tashkilotdan chiqarilishi

mumkinligi misolida ko’rish mumkin. Ishtirokchilarning o’zaro

kelishuviga muvofiq, shartnomadagi, masalan, MDHni tuzish to’g’risidagi

bitimdagi ayrim qoidalarni to’xtatib qo’yish yoki bekor qilish hollariga

yo’l qo’yiladi.

Qurolli mojaro o’z-o’zidan barcha ikki tomonlama

shartnomalarning bekor qilinganligini anglatmaydi. Buni hal etish mojaro

ishtirokchilarining xohish-irodasiga bog’liqdir. Urush tufayli siyosiy

mazmun kasb etgan va mojaro tabiatiga muvofiq kelmaydigan

shartnomalar barham topadi.

6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi

Davlat o’z hududi doirasida suverenitetini amalga oshirar ekan,

undan qanday huquqiy tartibot o’rnatilishini o’zi hal etadi. davlat hududi –

milliy huquq qo’llaniladigan va harakat qiladigan makondir. Shuning

uchun ham, avvalombor, bu makonga xalqaro huquqning, xususan xalqaro

shartnomaning kirib kelishini milliy huquq hal etadi va shu asosida u

1 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –T.: Adolat, 2006. -B.191

Page 110: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

110

xalqaro sharnomaviy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham,

xalqaro huquqda xalqaro shartnoma tuzilayotgan paytda, ayniqsa, ko’p

tomonlama shartnomalarda, ularni hudud bo’yicha amal qilishi masalasiga

alohida e’tibor qaratiladi. Odatda, xalqaro shartnomaning hudud bo’yicha

amal qilishi, agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa,

shartnoma ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning butun hududi bo’yicha

amal qiladi. Ammo, ko’pincha, xalqaro shartnomalarda ekstrahududiy

qo’llanishini ham ko’zda tutuvchi qoidalar kiritilishi mumkin. Bu ayniqsa,

xalqaro huquqda turli to’la xalqaro huquqiy maqomga ega bo’lmagan

hududlarga nisbatan qo’llanilib, xalqaro shartnomalarda, ularning barcha

qoidalari yoki ayrim tegishli normalari bunday hududlar uchun amalga

qilish shartlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Ya’ni, alohida sub’ekt

hisoblanadi, ammo mustaqil tashqi siyosat va xalqaro aloqalar olib borish

layoqatiga ega bo’lmagan davlatlar yoki davlatsimon tuzilmalar shular

jumlasidandir. Misol uchun, “Qurolli mojaro chiqqan holda, madaniy boyliklarni himoya

qilish to’g’risida”gi xalqaro konvensiyaning “Konvensiyaning hududiy qo’llanishi”

deb nomlangan 35-moddasida “Har bir Ahdlashayotgan tomon ratifikatsiya yoki

qo’shilayotgan paytida yoki keyinchalik har qanday vaqtda YuNESKOning bosh

direktoriga bayonot berish orqali mazkur Konvensiyani hududlarining barchasiga

yoki xalqaro munosabatlarida u vakilligini amalga oshirayotgan biron bir hududga

nisbatan qo’llanishi bo’yicha bayonot berishi mumkin. Bunday bayonot, uni

olganidan uch oydan keyin kuchga kiradi”, deb belgilab qo’yilgan1.

Bunda davlatning ekstrahududiy yurisdiktsiyasi qo’llaniladigan

hududlar to’g’risida gap ketmoqda. Bunday hududlar to’g’risida BMT

Ustavida ham alohida noormalar qayd etib o’tilgan, ya’ni “O’zini o’zi

boshqarmaydigan hududlarga taalluqli deklaratsiya” deb nom olgan 73 va

74-moddalar. 74-moddada Tashkilot a’zolari o’zlarining ushbu bobning

ta’siri o’tadigan hududlarga nistaban o’tkazadigan siyosatlari, o’z

metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam bo’lmagan darajada, yaxshi

qo’shnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida

dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha

hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga qo’shiladilar”, deb

ko’rsatib o’tilgan.

Ustavning XII bobi, bunday hududlarni boshqarish uchun

shakllantirilgan “Xalqaro vasiylik tizimi”ga bag’ishlangan bo’lib, unda

vasiylik hududlari, vasiylik tizimini vazifalari, vasiylik hududlariga

1 Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных межуданродных документов. -4-е изд.,

дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.51

Page 111: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

111

nisbatan bitimlar kabi, bu tizimdagi hududlarni boshqarishga oid normalari

kiritilgan. Shuningdek, Ustavning XIII bobida, bunday tizimni boshqarish

uchun tuzilgan va BMT asosiy organlaridan biri hisoblangan Vasiylik

Kengashi va uning vakolatlari belgilab qo’yilgan1.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarning kuchga

kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiyasi, xalqaro shartnomaning bekor

qilinishi, to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi

kabi masalalarni o’rganishi orqali xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini

aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal

qilishining tartibga solish masalari qaysi xalqaro hujjatlarda o’z aksini topgan?

2. Shartnomaning hudud bo’yicha amal qilishi borasidagi masalalarini

tartibga soluvchi yo’riqnomalarni o’z ishiga olgan xalqaro aktlar mavjudmi?

3. Xalqaro shartnoma vatincha to’xtatib turilganda, unda belgilangan huquq

va majburiyatlar bekor bo’ladimi? Oqibati qanday?

4. Xalqaro shartnomalarni kuchga kirishida shartnomani ro’yxatga

olishning ahamiyati qanday?

1 KAZUS. Shimoliy Koreya davlati Hindixitoy mamlakatlari tomonidan tuzilgan xalqaro

shartnomaga qo’shildi. Shartnoma amal qila boshlagach, Shimoliy Koreya davlati

ma’muriyati undan chiqish to’g’risida qonun qabul qildi. Shartnoma

ishtirokchilaridan biri bo’lgan Janubiy Koreya shartnomaning o’zida undan chiqish

mumkin emasligini nazarda tutuvchi qoida belgilanganligini, shu tufayli Shimoliy

Koreya shartnomaga rioya qilishga majbur ekanligini ta’kidlaydi. Bunga qarshi

Shimoliy Koreya o’z pozitsiyasini shartnoma ichki huquq tizimiga mos emasligi va

shartnoma taraflarining deyarli birortasi bilan Shimoliy Koreya o’rtasida diplomatik

aloqalar o’rnatilmaganligi bilan oqlaydi.

Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob

bering.

1) Xalqaro shartnomalardan chiqish va denonsatsiya qilish qanday amalga

oshiriladi?

2) Shimoliy Koreyaning vajlari asoslimi? U shartnomadan chiqishi mumkinmi?

3) Pacta sunt servanda tamoyilini tushuntirib bering. Bu borada G’arb

olimlarining va shaxsiy fikrlaringizni keltiring.

1 Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ҳакимов Р. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. –Т.: Ғ.Ғулом

номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 2001. –Б.161-166

Page 112: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

112

4) Shimoliy Koreya uchun xalqaro shartnomadan chiqishni oqilona yo’li

qanday?

2 KAZUS.

Hindixitoy davlatlari o’rtasida o’zaro bojxona munosabatlarini tartibga

soluvchi shartnoma qabul qilindi. Ushbu shartnomaga ko’ra, uning ishtirokchilari

o’zaro tovar ayirboshlashda kamaytirilgan boj stavkalarini yoki ayrim tovarlarga

nisbatan boj to’lovini ozod qilishga kelishishdi. Biroq shartnomaning o’zida u

qachondan boshlab kuchga kirishi ko’rsatilmadi.

1) Ushbu shartnoma taraflariga (ular 5 ta – Xitoy, Filippin, Tayland,

Malayziya, Singapur) qachondan boshlab yuridik huquq va majburiyatlar

yuklaydi?

2) Xalqaro shartnoma kuchga kirishida shartnoma matni qabul qilingan vaqt

va shartnoma BMTda ro’yxatga olingan vaqtning ahamiyati qanday?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomaning kuchga

kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiyalash, bekor qilinish asoslarini,

to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilinishi

masalalarini mavjudligini o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 113: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

113

VII. XALQARO SHARTNOMALARNI TADBIQ QILISH

(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich)

Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish, davlatlar

ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish, xalqaro shartnomalarning

implementatsiyasi, implementatsiyaning xalqaro va milliy mexanizmlari, xalqaro

shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish masalalarini o’rganadi.

7.1. Xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish tushunchasi

“Xalqaro-huquqiy normalarni tadbiq qilish, yoki ularni amalga

oshirish, odatdagidek, ularni qabul qilishga nisbatan ancha murakkab va

ma’suliyatli vazifa hisoblanadi1. Ushbu vazifani xal etishga xalqaro

shartnomalarda belgilangan qoidalarni xalqaro huquq sub’ektlari

tomonidan xam xalqaro, ham milliy darajada qo’llaniladigan maqbul

implementatsiya mexanizmi sifatida mavjud huquqiy va tashkiliy

vositalarni amalga oshirish natijasidagina erishish mumkin.

Har bir davlatda xalqaro huquq normalarini tadbiq qilishni ta’minlab

beruvchi huquqiy va tashkiliy vositalarning mazmuni birinchi o’rinda

xalqaro huquq normalarining xususiyatidan, ikkinchidan esa, ichki davlat

huquqiy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqadi. Bu jarayonda esa

asosan ustuvorlik konstitutsiyada belgilangan normalarga beriladi.

Xalqaro huquq normasining ichki qonunchilik doirasida amalga

oshirish jarayonini tahlil qilish davomida xalqaro normalarning ikki turiga

alohida to’xtalib o’tish joizdir, yani – o’zi-o’zidan bajarilishi ko’zda

tutilgan va amalga oshirilishi milliy normativ-huquqiy hujjat yordamida

ko’zda tutilgan normalarni qayd etib o’tish lozim2. Davlatlar amaliyotida masalan, Buyuk Britaniyada qabul qilingan har qanday

xalqaro huquqiy hujjat shu davlat huquqiy tizimining bir qismi sifatida qaraladi.

Ispaniyada esa qirollik qo’shilgan xalqaro shartnoma majburiyatlari o’z-o’zidan ijro

etilmaydi. Uning ijrosi maxsus qonun bilan amalga oshiriladi.

Xalqaro-huquqiy normalarni o’zi amalga oshirilishi mezonlari

birinchi bor 1829 yilda AQSH Oliy Sudi tomonidan shakllantirilgan edi:

“har safar qonunchilik choralariga murojaat qilmasdan o’z-o’zidan

1 Лукашук И. И. Международно-правовое регулирование международных отношений (системный подход). -М.:

Международные отношения, 1975. -С.16. 2Батырь В. А. Имплементация норм международного гуманитарного права в военном законодательстве

Российской Федерации // Автореферат на соискание ученой степени кандидата юридических наук. -М.:

Военный университет, 1999. -С. 16.

Page 114: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

114

harakatda bo’lgan xalqaro shartnoma” o’zi-o’zidan amalga oshiriluvchi

xalqaro shartnoma hisoblanadi1. Bunday yondashuv hozirgacha ham o’z

dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Xalqaro shartnomalar qoidalari to’g’ridan-

to’g’ri amalga oshiriluvchi normalar bo’lib ta’riflanishi uchun ulardagi

ko’rsatmalar aniq va to’liq bo’lishi kerak2, ya’ni ulardagi ko’rsatmalar

shartnoma ishtirokchisi bo’lgan davlat organlari, yuridik shaxslar va

jismoniy shaxslarga milliy qonunchilik aralashmasidan turib to’g’ridan

to’g’ri huquq va majburiyatlar berishi kerak. Shu bilan birga aytish joizki,

“xalqaro normaning milliy huquq tomonidan prosedura tartiblariga

tortilishini, uning to’g’ridan-to’g’ri harakat qila olmasligi deb

tushunmaslik kerak3.”

O’zbekistonda xalqaro huquqiy normalarning ustuvorligining

konstitutsiyaviy asosi ham mavjud. Ya’ni, O’zbekiston Respubliksi

Konstitutsiyasining Muqaddimasida xalqaro huquq normalarining

ustuvorligi e’tirof etilgan. Mazkur konstitutsiyaviy qoida qonunchilikning

fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat va boshqa barcha sohalarida

rivojlantirilgan.

Bu ustuvorlik, agar O’zbekiston uchun yuridik kuchga ega bo’lgan

xalqaro huquqiy normalar milliy qonunchilik normalaridan o’zgacha

bo’lsa, bunday xalqaro normalar qo’llanilishi lozimligini ko’zda tutadi.

Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrdagi

“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi

Qonunining 27-moddasida “O’zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalariga O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga

muvofiq qat’iy va majburiy ravishda rioya etmog’i lozim”4 deb

belgilangan.

Respublikamizda xalqaro shartnomalarga qo’shilish amaliyoti

avvallari Oliy Majlis qarorlari bilan qabul qilingan bo’lsa, ikki palatali

parlamentga o’tilgandan keyin qonun qabul qilish yo’li bilan amalga

oshiriladigan bo’ldi. Qonun oliy yuridik hujjat va u so’zsiz ijroni talab

1Waelbroeck M. Traitis internationaux et juridictions internationales dans les pays du Marchè Commun. Bruxelles,

1969. -P. 161 2 Drzewicki K. National legislation as a Measure for implementation of International Humanitarian Law. -P. 110. 3 David e. Principes de droit des conflicts armés. -P. 164. 4 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномалари тўғрисида”ги Қонуни. /

(Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 йил, № 12, 262-модда; 2003 йил, № 5, 67-

модда; 2004 йил, № 1-2, 18-модда.

Page 115: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

115

etadi. Xalqaro konvensiyalarga qo’shilish qonun yo’li bilan amalga

oshirilar ekan, uning ijrosini ta’minlash birdek majburiydir1.

7.2. Davlatlarning ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya

qilish

Xalqaro shartnomalarga qo’shilish va ularning kelib chiqadigan

majburiyatlarni bajarishda, davlatning ichki huquqi bilan xalqaro

huquqning o’zaro munosabatiga e’tibor qaratish lozim. Xalqaro huquq

nazariyasidan ma’lumki, milliy huquq bilan xalqaro huquq o’rtasidagi

munosabat, ularning bir biriga ta’siri masalalariga katta e’tibor qaratilgan.

Davlatlarning ichki huquqi yoki milliy huquq va xalqaro huquq

odatda, mustaqil huquqiy tizimlardir, shu bilan bir qatorda, ular o’zaro

murakkab munosabatlar bilan bog’langandir. Chunki, mazkur vaziyatda,

asosiy masala, davlatning ichki huquqi bilan uning xalqaro

shartnomasining normasi bir biriga zid kelib qolganda yoki huquqni

qo’llash amaliyotida bu ikki huquq tizimi duch kelganda, huquqni

qo’llovchi qaysi biriga murojaat qilishi lozim, degan savoldadir.

Keng ma’noda qaralganda, xalqaro va milliy huquqning harakat

sohalari bir-biriga juda yaqin bo’lib, tegishli huquq sub’ektlarining o’zaro

harakati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni qamrab

oladi. Amaliy jihatdan yondoshganda, xalqaro va milliy huquqning harakat

sohalari qanchalik o’zaro yaqin bo’lmasin, ular turlichadir.

Birinchidan, xalqaro huquq sub’ektlari sifatida - davlatlar, xalqaro

tashkilotlar, o’z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar, davlat

tipidagi tuzilmalar bo’lsa, milliy huquq sub’ektlari sifatida esa, jismoniy

va yuridik shaxslar, shuningdek, davlatlarning organlari namoyon bo’ladi;

Ikkinchidan, tartibga solish ob’ekti xalqaro huquqda - xalqaro

(davlatlararo) munosabatlar, milliy huquqda esa, mamlakat ichkarisidagi

ijtimoiy munosabatlar kiradi;

Uchinchidan, xalqaro huquqda normativ manbalarni davlatlar, bitim

asosida yaratadi, milliy huquq manbalarini esa, qonunlar hamda davlatning

oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qonunosti hujjatlari tashkil

etadi;

To’rtinchidan, milliy huquq normalariga rioya etishni alohida davlat

majburlov apparati ta’min etgani holda, xalqaro huquq normalariga amal

1 Саидова Л. Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига халқаро нормаларни имплементация қилишнинг баъзи

бир жиҳатлари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар

материаллари / Маъсул муҳаррир: Ф.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.106-107

Page 116: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

116

qilishni ta’minlash alohida yoki jamoa tarzida majburlovchi usullarni

qo’llash yo’li bilan ro’yobga chiqariladi, bunda majburlovni qo’llash

doirasi va shakllari maxsus prinsiplarda hamda xalqaro huquq normalarida

belgilangan bo’ladi1.

Xalqaro huquqda esa, bunday majburlov apparati yo’q va davlatlar

boshqa sub’ektlar bilan shartnomaviy hamkorligini xalqaro huquqning

asosiy prinsiplaridan bo’lgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan

majburiyatlarini vijdonan bajarish, yani - pacta sund servanda prinsipiga

muvofiq amalga oshiradi. Shunday ekan, har bir davlat milliy

qonunchiligini rivojlantirishda xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan

majburiyatlarini hisobga olishi va ularni muvofiqlashtirib borishi lozim.

Shu bilan birga, davlatlarning suveren tengligi prinsipi har bir

davlatga o’z milliy huquqiy tizimini o’zi tanlash, shuning barobarida, o’z

ichki davlat huquqining xalqaro huquq bilan o’zaro munosabat tartibini

belgilash imkonini beradi. Xalqaro huquq davlat zimmasiga muayyan

majburiyat yuklaydi, uni mamlakat ichida amalga oshirish tartibini esa,

agar xalqaro-huquqiy normada boshqacha qoida mavjud bo’lmasa, milliy

huquq belgilaydi.

Shunday qilib, xalqaro huquq va davlat ichki huquqi ikki mustaqil

o’zaro bog’liq huquq tizimlaridir. Ular bir-biriga muayyan ta’sir ko’rsatadi

hamda har biri o’z makonida harakat qiladi.

Xalqaro va milliy huquqning o’zaro munosabati bo’yicha uch xil

nuqtai nazar mavjud.

Birinchi nuqtai nazar tarafdorlari xalqaro huquqning milliy huquq

normalaridan ustunligini e’tirof etadilar va hozirgi kunda ko’pchilikni

tashkil etadilar. Xalqaro huquqning ustunligi aksariyat davlatlarning

konstitutsiyalarida, xususan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

Muqaddimasida ham mustahkamlangan. Demak, birinchi nuqtai nazar

xalqaro huquq ustunligi nazariyasini asoslaydi.

Ikkinchi nuqtai nazar bo’yicha xalqaro huquq va davlat ichki huquqi

o’zining sub’ektlari, manbalari, ob’ektlari, harakat qilish sohasi bo’yicha

mustaqil huquq tizimlaridir. Bu nuqtai nazar namoyondalarining ta’limoti

dualistik nazariya nomini olgan.

Uchinchi nuqtai nazar XIX asrda Germaniyada tarqalgan bo’lib,

unda davlat ichki huquqining xalqaro huquqqa nisbatan ustunligi olg’a

surilgan2. Ammo, qayd etish lozimki, Germaniyaning 1949 yili qabul

1Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.118 2Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.119

Page 117: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

117

qilinib, bugungi kunda harakatdagi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning

ustuvorligi e’tirof etilgan. Umuman olganda, mazkur uchinchi nuqtai nazar

xozirgi davlatlar amaliyotida deyarli uchramaydi.

Xalqaro huquq tizimi va davlatning ichki huquqi tizimi bir-biridan

umuman ajralgan va alohida holda mavjud bo’lmaydi.

Xalqaro huquqda norma ijodkorligi milliy huquq tizimlariga ta’sir

ko’rsatishi hamda bu davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasida

hisobga olinishi fakt sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro huquq o’z navbatida

milliy qonunchilikka ta’sir ko’rsatadi. Qator davlatlarda ratifikatsiya

qilingan xalqaro shartnomalar to’g’ridan-to’g’ri milliy qonunchilikning bir

qismiga aylanadi. Ko’plab davlatlar qonunlarida shunday qoida

belgilanganki, unga ko’ra, qonundagi qoidalar bilan xalqaro shartnoma

normalari o’rtasida tafovut mavjud bo’lgan hollarda xalqaro shartnoma

qoidalari ustuvor sanaladi.

Xalqaro huquq sub’ektlari, prinsip nuqtai nazaridan olganda, xalqaro

majburiyatlarga rioya qilmaganliklarini oqlash uchun o’z qonunchiligiga

havola qilishlari mumkin emas. Davlatlar o’z zimmalariga olgan xalqaro

majburiyatlarni sidqidildan bajarishlari zarur.

7.3. Konstitutsiya va xalqaro huquq

Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan xalqaro huquq

normalari mazmuniga ta’sir ko’rsatadi: biron-bir davlat o’zining g’oya va

dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Shu

bilan birga, milliy huquq xalqaro huquqning milliy huquqiy tizimga kirib

kelishi huquqi darajasi va shartlarini belgilaydi va bunda davlatlarning

asosiy qonunlari bo’lmish konstitutsiyalari hal etuvchi ahamiyat kasb

etadi. Xalqaro huquqning bironta normasi konstitutsiyani chetlab o’tgan

holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas.

Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish qoidalari

turli mamlakatlarda turlichadir. Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida

xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun turishi va uning mamlakat

ichkarisidagi bevosita ta’siri to’g’risida so’z boradi. Aslida bu ham xalqaro

huquqning konstitutsiya bo’yicha kirib kelishi to’g’risidagi qoidadir. AQSh Konstitusiyasining 6-moddasida “Mazkur Konstitusiya va uning ijrosi

uchun qabul qilingan AQShning qonunlari Qo'shma Shtatlar nomidan tuzilgan yoki

tuziladigan boshqa barcha shartnomalari kabi, mamlakatning oliy qonunlari

hisoblanadi va har bir shtatning sudlari ularni, hattoki biror bir shtatning

Page 118: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

118

konstitusiyasi va qonunlarida ularga qarama qarshilik uchragan taqdirda ham

ularning ijrosi uchun majburdirlar.

AQShning huquqiy tizimida xalqaro shartnomaning milliy qonunchilikdan

ustun turishi to'g'risida qoida mavjud emas. Bugungi kunda Kongress va AQSh

hukumati AQSh Oliy sudining 1988 yil 9 yanvaridan ajrimiga (124 U.S. 190 (1988)

rioya qiladi. Unga ko'ra, “xalqaro shartnomalar (Senat tomonidan maqullangan) va

AQShning qonunchilik hujjatlari (federal qonunlar) bir xil yuridik kuchga ega va

ulardan birortasi ham bir biridan ustuvor emas. Kolliziya kelib chiqqan taqdirda,

ustuvorlik kuchga kirishi muddati bo'yicha, ya'ni, qaysi bir keyin kuchga kirgan

bo'lsa, ushbu hujjatga ustuvorlik beriladi Evropa mamlakatlari huquqiy tizimlarida bu masala boshqacharoq

hal etilganini kuzatish mumkin. Masalan, Germaniyada umumiy xalqaro huquq normalari mamlakat milliy

huquqiga qo’shilibgina qolmay, ayni chog’da qonunlar oldida ustuvor kuchga ham

egadir. Gollandiyada esa xalqaro odat huquqining barcha normalari qo’llanishining

shartligi nazarda tutilgan.

Xalqaro shartnomalarga va milliy huquqning o’zaro munosabatiga

kelsak, bu masalaning ikkita yechimi ma’lum:

birinchidan, xalqaro shartnoma qoidalari maxsus qonun chiqarish

evazigagina milliy huquq kuchiga ega bo’ladi (Buyuk Britaniya,

Xindiston, Nigeriya);

ikkinchidan, tegishli tartibda ratifikatsiya qilingan va rasmiy tarzda

chop etilgan xalqaro shartnoma qoidalari to’g’ridan-to’g’ri milliy huquq

normalari kuchiga ega bo’ladi. Ko’pincha bunday hollarda milliy huquqda

xalqaro-huquqiy normalarning mamlakat huquqiy tizimidagi ustunligi

o’rnatiladi (Fransiya, Gretsiya, Ispaniya).

Evropadagi aksariyat mamlakatlarda konstitutsiyaga zid bo’lgan

xalqaro shartnomaning imzolanishiga faqat konstitutsiyaga tegishli

o’zgartish kiritilganidan keyingina yo’l qo’yiladi.

7.4. Xalqaro shartnoma normalarining implementatsiyasi

Har qanday demokratik davlat xalqaro hamkorlikni amalga oshirish

jarayonida xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan va demokratik

tamoyillarga asoslangan xalqaro hujjatlarga qo’shilish va ularning

qoidalarini bajarishni o’zining ustuvor vazifalaridan biri, deb hisoblaydi.

Chunki, mamlakatimiz milliy qonunchiligi umum e’tirof etilgan va

O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro shartnomalarga

muvofiqlashtirilgan holda rivojlanib bormoqda. Chunki, mamlakat

rahbariyati e’tirof etganidek, “Xalqaro shartnomalarga nafaqat qo’shilish,

Page 119: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

119

balki ushbu shartnomalar bo’yicha olingan xalqaro majburiyatlarni

bajarish, ular talablarini barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar

tomonidan og’ishmay bajarish mexanizmini qonun yo’li bilan ishlab

chiqish zarur”1ligini davr talabi ko’rsatib turibdi.

Ammo, shuni qayd etish lozimki, ushbu chora-tabirlar, ya’ni xalqaro

huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish murakkab

jarayon va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xalqaro huquq

normalarini implementatsiyasi – bu xalqaro munosabatlar sub’ektlari

uchun umum majburiy qoidalardir.

Bu xalqaro-huquqiy normalarning milliy huquqiy tizimga joriy qilish

muayyan usulini nazarda tutadi2.

Shuning uchun ham, mazkur implementatsiya bilan bog’liq ayrim

nazariy masalalarga ham tushuntirishlar berish maqsadga muvofiqdir.

Jumladan, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka

implementatsiyasi hususida fikr bildirilganda “transformatsiya” deb

ataluvchi xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa tatbiq etish

jarayonini ko’rib chiqish lozim.

Tansformatsiya jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi mumkin3:

1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 2Рашидов К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши.

Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. -Б.58 3Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи назарияси асослари. Дарслик. -Т.: Адолат, 2006. -

Б.121

umumiy

davlatning o’zi qabul qilgan xalqaro-huquqiy normalarning

barchasi yoki ayrim turlari mamlakat huquqiy tizimining uzviy

qismi ekanini belgilaydi;

individual – alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat

orqali mamlakat huquqiy tizimiga kiritiladi;

Implementatsiya (ingl. Implementation – “amalga oshirish”,

“bajarish”) –xalqaro-huquqiy normalardan kelib chiqadigan xalqaro

majburiyatlarning davlat ichki darajasida milliy qonunlarga va

qonunosti hujjatlarga singdirish yo’li bilan amalda bajarishdir.

Page 120: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

120

Har bir muayyan davlatda xalqaro huquq normalari

implementatsiyasi shu davlatning ichki huquqiy tizimining o’ziga xos

xususiyatlariga bog’liqdir. Ammo, qator belgilar, ayniqsa uning tuzilishi

bilan bog’liq belgilar esa ushu jarayonning barcha davlatlar uchun umumiy

ekanligini ko’rsatib beradi.

Implementatsiya jarayonining tuzilishi quyidagi elementlarni o’z ichiga

oladi:

davlatning ichki darajada xalqaro majburiyatlarning

bajarilishini ta’minlab beruvchi huquqiy vositalarni milliy huquqiy

tartibotda mustahkamlab qo’yilishi;

xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan

davlat organlari tizimi;

huquqni qo’llash bo’yicha milliy amaliyot;

xalqaro huquqiy normalar implementatsiyasini ta’minlash

uchun ichki davlat darajasida qo’llaniladigan tashkiliy vositalar.

Milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi talab etiladigan va

davlatlar uchun alohida majburiyatlar yuklovchi xalqaro normalar va

tamoyillar orasida xalqaro xamkorlik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan

umum e’tirof etilgan normalar va tamoyillarni alohida ko’rsatib o’tish joiz.

Umum e’tirof etilgan tamoyillar orasida inson huquqlarini hurmat qilish,

davlatlarning suveren tengligi, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,

xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarishga oid tamoyillar muhim o’rin

tutadi.

Imperativ normalarni o’zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar,

ularning qatnashchilari uchun majburiydir va qatnashchi davlatlar

tomonidan majburiyatlar vijdonan bajarilishi shart. Bunday tamoyil

avvalombor, 1969 yil 23 maydagi Xalqaro shartnomalar huquqi

bevosita

xalqaro shartnoma qoidasi, shartnoma qabul qilingani to’g’risidagi

aktning to’g’ridan-to’g’ri ta’sir kuchi natijasi o’laroq, milliy

huquqdan ustunlik qiluvchi qoida asosda yuzaga keladi. Ayni

chog’da, xalqaro huquq normasi mamlakat milliy huquqiy

tizimining uzviy qismi sifatida qo’llanishi uchun o’z-o’zidan ijro

etiladigan, ya’ni bevosita qo’llash uchun yaroqli bo’lishi zarur;

bilvosta unda xalqaro shartnoma asosida ushbu shartnoma qoidalarini o’zida

aks ettiruvchi milliy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

Page 121: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

121

to’g’risidagi Vena konvensiyasining 26-moddasida belgilab qo’yilgan

bo’lsa, ikkinchidan esa, muayyan imperativ hujjatlarda, misol uchun

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, uning fakultativ

protokollari, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro

pakt, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz,

insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi

konvensiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish

to’g’risidagi xalqaro konvensiya, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya,

Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish

to’g’risidagi konvensiya kabi xalqaro hujjatlarning o’zida xam aks etgan.

Implementasiya jarayonini yaxshi tushunish uchun, xorijiy

mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, AQShda, shartnomalar imzolangan kundan kuchga kirgan

ijroviy bitimlar (self-executing treaty yoki self-executing executive agreement), milliy

huquqiy tizimda yuridik kuch beruvchi biror bir hujjatsiz federal qonunchilikning

qismiga aylanadi. Shartnoma yoki kuchga kirishi uchun implementasiyaviy

qonunchilik akti talab etiladigan ijroviy bitimlar, ularni Senatning uchdan bir qism

a'zolaridan ko'pi maqullaganidan so'nggina, AQShning milliy huquqiy tizimida

federal qonun kuchiga aylanadi. Agar shartnoma Prezident tomonidan qo'shimcha

shart (ogovorka) bilan ratifikasiya qilingan bo'lsa, uning kuchga kirishi uchun

implementasiyaviy qonunchilik hujjati talab etiladi, bunday shartnoma milliy huquqiy

tizimda yuridik kuchga ega bo'lmaydi.

Fransiyada xalqaro shartnomalarning implementasiya qilishning,

shuningdek, ularni imzolanishi bilan kuchga kirishining majburiy shartlaridan biri,

ularni Fransiya Rasmiy axborotnomasida (Journal Officiel) nashr qilinishi

hisoblanadi. Nashr qilish to'g'risidagi dekretni prezident, bosh vazir va boshqa

tarmoq vazirlarini istisno qilgan holda tashqi ishlar vaziri imzolaydi. Shunga

qaramay, mehnat sohasidagi xalqaro konvensiyalar uchun mehnat vazirining imzosi

ko'zda tutiladi.

Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ular bo'yicha qabul qilingan

qonunlar, qarorlar yoki boshqa ma'muriy qarorlarning mazmunidan kelib chiqqan

holda ichki davlat qonunchiligiga implementasiya qilinadi. GFR uchun kuchga

kiradigan xalqaro shartnomalar parlamentning federal qonunlarni ma'qullashi va

qabul qilishi yoki tegishli ma'muriy qarorni e'lon qilinishi orqali milliy huquqiy

tizimning qismiga aylanadi. Agar xalqaro shartnoma tuzish uchun parlamentning

roziligi lozim bo'lsa, unda tegishli federal qonun ikkita funksiyani bajaruvchi sifatida

ko'riladi. U shartnomani prezident tomonidan ratifikasiya qilinishiga ruxsat beradi

va bir vaqtning o'zida uni huquqiy tizimga kiritadi. Bu tegishli ma'muriy qarorga

ham taalluqlidir. Xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq hujjati xususiyatini

saqlab qoladi. Biroq, parlament tomonidan xalqaro shartnomani ma'qullash

to'g'risida qabul qilingan qonun davlatning shartnomaga muvofiq harakat qilishiga

oid ichki qarorini aks ettirib hamda prezidentga shartnomani ratifikasiya qilish

Page 122: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

122

vakolatini berib, bir vaqtning o'zida fuqarolar, xokimiyat organlari va sudlarga

milliy huquqiy tizim doirasida shartnoma normalarini qo'llash majburiyatini

yuklaydi. Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ularni ichki davlat

huquqiga kiritayotgan hujjatning, ya'ni federal qonun, qaror va boshqa ma'muriy

qarorning maqomini oladi. Shuning uchun ham, federal qonun bilan inkorporasiya

qilingan xalqaro shartnoma, huddi oddiy qonunga o'xshash maqomga ega bo'ladi,

xalqaro shartnoma faqatgina yerlar huquqi va ijro hokimiyatining hujjatlariga

nisbatan ustuvor hisoblanadi. Xalqaro shartnoma keyinroq qabul qilingan federal

qonun bilan kolliziyaga duch kelgan taqdirda esa, uning ichki davlatchilik sohasidagi

harakati “keyingi qonun oldingi qonunni bekor qiladi” (lex posterior derogat lex

priori) tamoyiliga bo'ysundiriladi. Bu muammo, yoki sudning sharh berish

tamoyilini, ya'ni bu tamoyilga ko'ra, keyin qabul qilingan qonun uning oldingi

shartnoma bilan muvofiqligini ta'minlab berishi uchun shunday interpretasiya

qilinadiki, unga ko'ra, parlament davlatning xalqaro shartnomaviy majburiyatlarini

bajarmasligi xalqaro huquq bo'yicha majburiyatiga zid ekanligini ko'zda tutmasligi

tamoyilini qo'llash orqali yoki maxsus qonun (lex specialis) qoidasini, ya'ni unga

ko'ra, hattoki keyingi qonun ham, agar qonun chiqaruvchi xalqaro shartnoma

qoidalarini bekor qilishni ko'zda tutmagan bo'lib, ushbu qoidalar faqat mazkur holat

uchun qo'laniladigan maxsus norma sifatida qabul qilingan hamda oldingi

shartnoma qoidalarini bekor qilishni ko'zda tutmaydigan maxsus qonun qoidasi

tamoyilini qo'llash bilan hal etiladi.

O’zbekiston qo’shilgan ushbu hujjatlarning mamlakat huquqiy

tizimidagi tutgan o’rni xususida fikr yuritiladigan bo’lsa, avvalombor,

yuqorida xalqaro huquqning ustuvorligiga oid ta’kidlab o’tilgan

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda xalqaro shartnomalar

to’g’risidagi qonunchiligining tegishli normalariga murojaat qilish

maqsadga muvofiqdir.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasinig xalqaro shartnomalari

to’g’risidagi qonunining 27-moddasida O’zbekiston Respublikasining

xalqaro shartnomalariga O’zbekiston Raspublikasi xalqaro huquq

normalariga muvofiq qat’iy va majburiy ravishda rioya etmog’i lozimligi

belgilab qo’yilgan.

Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston

Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan

shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya

etilishini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Hukumati O'zbekiston Respublikasining

xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha

majburiyatlarning bajarilishi uchun mas'uliyat yuklatiladigan vazirliklar,

idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi

Page 123: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

123

Hukumati, vazirliklar va idoralar, O'zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga

kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo'yicha O'zbekiston

tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlaydilar,

bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O'zbekiston Respublikasiga

tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa

ishtirokchilarining o'z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar.

O'zbekiston Respublikasi Hukumati O'zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni

amalga oshiradi.

Xalqaro shartnomalarning normalarini milliy qonunchilikka

implementasiya qilinishi borasida milliy tajribaga to'htalib o'tish darkordir.

Misol uchun, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni

O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementasiyasi

misollariga murojaat qilsak. Inson huquqlariga oid xalqaro normalarni

O’zbekiston milliy qonunchiligiga qo’llanishi to’g’risida fikr yuritilganda,

avvalombor, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga to’xtab o’tish

darkor. Konstitutsiyaning II bo’limini, 1991 yilda O’zbekiston qo’shilgan

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining o’ziga xos

implementatsiyasi deyish mumkin. Ushbu bo’limda Deklaratsiyada qayd

etib o’tilgan barcha huquqlar o’z aksini topgan.

O’zbekiston Respublikasi BMT doirasida 1966 yilda qabul qilingan,

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga 1995 yil 31

avgustda Parlamentning №126-1 Qarori bilan qo’shilgan va ushbu xalqaro

hujjat 1995 yil 28 dekabrdan boshlab O’zbekiston uchun kuchga kirgan

bo’lib, o’tgan davr mobaynida ushbu xalqaro xujjatning qoidalari milliy

qonunchilikda o’z aksini topib kelmoqda, ya’ni tegishli qonunchilik

hujjatlari Pakt normalariga doimiy ravishda muvofiqlashtirilib borilmoqda. Jumladan, Paktning 6-moddasining 1-bandidan “Yashash huquqi har bir

insonning ajralmas huquqidir” deb ko’rsatib o’tilgan yashash huquqi to’g’risidagi

qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida konstitutsiyaviy

implementatsiya qilingan: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir”.

Mazkur qoida esa, jinoyat qonunchiligidagi islohotlarning hozirgi bosqichida

implementatsiya qilib bo’lindi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005

yilning 1 avgustidagi “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish

to’g’risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston

Respublikasining “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish

to’g’risida”gi qonuniga asosan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining,

Page 124: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

124

Jinoyat-protsessual kodeksining, Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga

o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 8 avgustidagi

“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o’tkazish to’g’risida”gi

Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston

Respublikasining “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga

o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni mazkur Paktning 9-

moddasining 3-bandidagi “Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir

shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun bo’yicha sud hukmronligini amalga oshirish

huquqi bo’lgan boshqa mansabor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs

oqilona muddat ichida ishi sudda ko’rilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga

ega”2 degan normasi qoidalarini milliy qonunchilikga to’la qo’llanilganligining

yorqin misolidir.

Chunki, odilsudlovni amalga oshirishdagi qamoqqa olishga sanksiya

berish instituti, boshqacha qilib aytganda, “Habeas Corpus” instituti

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zining konstitutsiyaviy

maqomini topgan, ya’ni, uning 19-moddasida “Fuqarolarning

Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari

daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab

qo’yishga hech kim haqli emas”, deb ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa,

yuqoridagi Qonunni qabul qilinishi bilan, endi O’zbekiston

Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksi”ning, “Sudlar to’g’risida”gi

Qonunining, “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunining tegishli moddalariga

o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi3.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 7-

moddasida hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, g’ayriinsoniy yoki

qadr-qimmatni xo’rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo’lmasligi

kerakligi belgilangan. Konstitutsiyaning 26-moddasi 2-bandida ham bu

qoida o’zining konstitutsiyaviy maqomini olgan. Jinoyat kodeksida bunday

harakatlar ijtimoiy xavfli oqibatlarga sabab bo’lsa, tegishlicha jazolanishi

belgilab qo’yilgan.

1Batafsil mahlumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш

ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон

Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий

хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия

вазирлиги. -Т.: Адолат, 2007. -Б.8-18 2 Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам /А.Саидов таърири остида. -Т.: Адолат, 2004. -Б.39-40 3Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш

ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон

Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий

хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия

вазирлиги. -Т.Адолат, 2007. -Б.19-34

Page 125: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

125

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy

huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt har kimning o’z sha’ni va obro’siga

qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va

turarjoy daxlsizligi huquqini belgilab beradi. Konstitutsiya ham ushbu

huquqlarni o’zida mujassamlashtirgan. Jinoyat kodeksi tuhmat uchun

ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan mazkur harakatning

qayta sodir etilishiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishini

belgilaydi. Kodeksda shaxsning qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik

uchun ham (ma’muriy jazo chorasi qo’llangandan so’ng qayta sodir etilsa)

jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga binoan, uy-joyga u yerda

yashovchilarning erkiga qarshi, zo’rlik ishlatib noqonuniy tarzda kirish

ham tegishlicha tartibda jazolanadi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 15-moddasi har bir

insonning fuqarolik huquqi mavjudligini belgilaydi. Konstitutsiyaning 21-

moddasi va “Fuqarolik to’g’risida”gi Qonun (1992 yil 2 iyulda qabul

qilingan) yuqoridagi qoidalarni o’zlarida mujassamlashtirgan. Shu yerda

qayd etish kerakki, shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul

qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab

qo’yilgan huquq va erkinliklarga ega bo’lishi bilan birga, ma’lum

burchlarni ham bajarishga majburdir. Shu bilan bir qatorda, ta’kidlash

kerakki, O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan, chunki, “Ikki davlat

fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir»1.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mavjud so’z va

fikr, axborot olish erkinligi masalasi Konstitutsiyaning 29-, 30-

moddalarida yoritib berilgan. Bu qoidalar “Jismoniy va yuridik

shaxslarning murojaatlari to’g’risida” (2014 yil), “Davlat hokimiyati va

boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonun (2014),

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida” (1997 yil), “Ommaviy

axborot vositalari to’g’risida” (1997 yil) kabi qonunlarda o’z aksini

topgan. Mazkur huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali,

bu huquqlarni ta’minlab beruvchi normlar esa Ma’muriy javobgarlik

to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida o’z

ifodasini topgan.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 21-, 22-

moddalarida har bir insonning osoyishta yig’ilishlar o’tkazish va

uyushmalar tuzish huquqi mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 33-, 34- va

57-moddalarida yuqoridagi masalaga doir asosiy me’yorlar belgilab

1 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. -Тошкент, «Ўзбекистон», 1993. – Б.10

Page 126: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

126

qo’yilgan. Fuqarolarning ushbu huquqi “O’zbekiston Respublikasida

jamoat birlashmalari to’g’risida” (1991 yil), “Kasaba uyushmalari,

ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida” (1992 yil),

“Siyosiy partiyalar to’g’risida” (1996 yil), “Nodavlat notijorat tashkilotlari

to’g’risida” (1999 yil) kabi qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mavjud

insonlarning bevosita va vakillar vositasida mamlakat boshqaruvida

ishtirok etish, davlat xizmatiga kirish huquqi va xalq hokimiyati

to’g’risidagi qoidalar Konstitutsiyaning 32-moddasida, O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti lavozimiga, O’zbekiston Respublikasining Oliy

Majlisi palatalarini, mahalliy xalq deputatlari kengashlarini shakllantirish

uchun o’tkaziladigan saylovlarga oid qonunchilik hujjatlari, referendum

to’g’risidagi qonun hujjatlarida o’z aksini topgan.

Yuqoridagi misollar, mamlakat nafaqat demokratik yo’ldan

borayotganini, balki uning yuqorida qayd etilgan Paktdan kelib chiqib, o’z

zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini sobitqadamlik bilan bajarib

borayotganligini isbotidir.

Ijtimoiy himoya va ta’minot to’g’risidagi me’yorlar hamda Iqtisodiy,

ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 9-moddasida

belgilab qo’yilgan. Bu masala Konstitutsiyaning 39-moddasida,

shuningdek, “Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida”gi va

“Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi

qonunlarda ham o’z ifodasini topgan. Chunki, mamlakatda olib

borilayotgan islohotlarda “Aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy

himoyalash... eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi

bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi”1.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda

har bir insonning mehnat qilish, teng mehnatga teng haq olish, kasaba

uyushmalari tuzish, dam olish va haq to’lanadigan ta’tillar olish huquqlari

ham belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 37-moddasi, Mehnat kodeksi,

Fuqarolik kodeksi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va kafolatlari

to’g’risida” (1992 yil), “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida” (1998

yil), “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”, kabi qonunlar ham shaxsning

mehnat qilish va u bilan bog’liq boshqa huquqlarini kafolatlaydi va

yuqoridagi Paktda ko’rsatib o’tilgan huquqlarni implementatsiyasi bo’lib

xizmat qiladi.

1 Каримов И.А. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. -Тошкент, Ўзбекистон, 1993, -

Б.74.

Page 127: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

127

Ta’lim olish huquqi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar

to’g’risidagi xalqaro paktning 13-, 14-moddalarida, 1960 yil 14 dekabrdagi

YuNESKO tashkilotining “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash

to’g’risida”gi konvensiyada mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida, 1997 yil 29 avgustdagi

“Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi”da

yuqoridagi xalqaro shartnomalarda ta’lim sohasidagi huquqlar o’z aksini

topgan.

Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya 1989 yil 20 noyabr kuni

Nyu-Yorkda qabul qilingan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ushbu

xalqaro hujjatga 1992 yil 9 dekabrda Oliy Kengashning №757-XII

qaroriga asosan qo’shildi. Mazkur Konvensiya bo’yicha O’zbekiston

Respublikasi bolalarning sog’lig’i, o’sishi va yashashi uchun sharoit

yaratish, bolalar uchun g’amxo’rlik qilish, ularni himoya qilish, ularning

o’z qarashlari bo’yicha erkin tasavvur qilishi uchun imkoniyatlar yaratib

berish kabi bir qator majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan.

Bola huquqlariga oid milliy qonunchilik deganda, avvalambor,

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga e’tibor

qaratish lozimdir. Jumladan, 64-moddada, “Ota-onalar o’z farzandlarini

voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va

jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan

bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga

bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi” deb ko’rsatib

o’tilgan. 65-moddada esa, “Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va

fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik

davlat tomonidan muhofaza qilinadi” deb belgilab qo’yilgan.

Konstitutsiyada ko’rsatilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi

O’zbekiston Respublikasining qator qonunlari bilan tartibga solinadi.

Bolalarning to’la sog’lom rivojlanishi uchun, birinchi o’rinda, yosh bolali

ayollarning huquqlari ham ta’minlab berilishi kerak. Jumladan, mehnat

qonunchiligiga ko’ra, homilador ayollarni, bolasi uch yoshga yetmagan

ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari ishlashga, dam

olish kunlarida ishlatishga va xizmat safarlariga yuborishga yo’l

qo’yilmaydi. Yana bir misol, homilador ayollarni yengilroq ishga ko’chirish bilan bog’liq

imtiyoz, homilador ayolning va kutilayotgan go’dakning salomatligini himoya

qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, onasiz qolgan bolalarni tarbiyalovchi

shaxslarga imtiyozlar va kafolatlar berilishi, ularning sog’lom bo’lib o’sishi,

tarbiyalanishi va yaxshi sharoitda yashashining kafolatidir.

Page 128: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

128

O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish

to’g’risida”gi qonunida esa ayollar mehnat sharoitidagi alohida imtiyoz va

kafolatlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Sog’liqni saqlash

to’g’risida”gi Qonunining V bo’limi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish”

deb nomlanib, unda onalikni rag’batlantirish, onalar va bolalar sog’lig’ini

saqlash kafolatlari: homilador ayollarga va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga

tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlash; bolalar va o’smirlar sog’lig’ini

mustahkamlash va saqlash to’g’risidagi g’amxo’rlik; bola boqishda

fuqarolarga davlat yordami; bola kasal bo’lib qolganida onalarga

beriladigan imtiyozlar (61-modda); o’smirlarning mehnat va ishlab

chiqarish ta’limini hamda mehnat sharoitlarini nazorat qilish (62-modda);

o’smirlarni majburiy ravishda tibbiy ko’rikdan o’tkazish (63-modda) kabi

masalalar o’z ifodasini topgan.

Bola huquqlariga oid maxsus qonunchilik to’g’risida gapirilganda

quyidagi hujjatlarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:

Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasining 2016 yildagi “Yoshlarga

oid davlat siyosati to’g’risida”gi; 2008 yildagi “Bola huquqlari kafolatlari

to’g’risida”gi qonunlarni alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir.

Ayniqsa, “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi qonun O’zbekiston

qo’shilgan “Bola huquqlari konvensiyasi”ning milliy qonunchilikka to’liq

implementatsiyasi hisoblanadi. Mazkur qonunda sog’liqni saqlash, ta’lim,

ijtimoiy ta’minot va har tomonlama rivojlantirish sohalarida bola

huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu qonunda

ijtimoiy zaif bolalar va alohida ehtiyojlarga muhtoj bolalarning huquqlari

alohida e’tibor qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yilda “Xotin-qizlar

huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida”gi

konvensiyaga qo’shildi. 1979 yili qabul qilingan mazkur konvensiya,

majburiy yuridik kuchga ega bo’lib, ayollarning siyosiy, iqtisodiy,

ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va hayotning boshqa jabhalarida erkaklar

bilan teng huquqliligini inkor etuvchi yoki uni cheklab qo’yuvchi

kamsitishga uzil-kesil barham berish maqsadini ko’zlagan edi1.

Ushbu konvensiyaga binoan, ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning

kamsitilishini bartaraf etish, ayollarning erkaklar bilan tengligi asosida

ta’lim olish sohasida erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlash uchun

barcha zarur choralarni ko’radilar.

1Batafsil ma'lumotlar uchun qarang: Хотин-қизлар ҳуқуқлари камситилишининг барча шаклларига барҳам бериш

тўғрисидаги конвенция. -Т., 2005.

Page 129: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

129

O’zbekiston Konvensiya qoidalaridan kelib chiqqan holda, ayollarga

nisbatan kamsitishlarning turli shakllariga qarshi kurash borasida o’zining

milliy qonunchiligi va mexanizmlarini doimiy ravishda takomillashtirib

bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ham inson

huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlar singari erkaklar va xotin-qizlar

huquqlarining tengligini ta’minlaydi.

Xususan, Konstitutsiyaning 18-moddasida barcha fuqarolarning bir

xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy

mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi nazarda tutilgan. 46-

moddada esa, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi konstitutsiyaviy

kafolatlangan.

Umuman, O’zbekiston Konstitutsiyasining 18-, 46-, 63-, 64-, 65-,

66-moddalari bevosita ayollarning shaxsiy huquq va erkinliklari,

siyosiy huquqlari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarining

huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatidir. Xalqaro hujjatlarda bo’lgani

kabi, ichki qonunchilikda ham jinsiy belgi bo’yicha kamsitmaslik

to’g’risidagi qoida birinchi o’ringa chiqarilgan

Quyida Konstitutsiyada qayd etilgan ushbu huquqlarning

ayrimlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida qayd etilgan 18-moddada “O’zbekiston Respublikasida

barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi,

millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy

mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun

bian belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bo’lishi

shart”, deb ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyadagi bu tushuncha ayollarning

barcha turdagi kamsitilishlarining oldini oladi va ularni jamiyatning teng

huquqli a’zosi sifatida konstitutsiyaviy e’tirof etadi. Ushbu e’tirof

Konstitutsiyaning keyingi, ya’ni 7-, 8-, 9-boblaridagi huquqlardan xotin-

qizlarning teng huquqli foydalanishi uchun kafolatdir.

“Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham

berish to’g’risida”gi konvensiya normalari O’zbekistondagi ayollar

huquqlarining kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik va ularni mamlakatning

siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb

qilish borasida milliy qonunchilikda o’z aksini topgan. Mamlakatdagi

inson huquqlariga oid 100ga yaqin qonunlarda ayollarning erkaklar bilan

teng huquqliligi e’tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda, ayollar huquqlarini

Page 130: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

130

to’la amalga oshirish uchun maxsus qonunlar ham qabul qilingan bo’lib,

O’zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarga

qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi qonuni shular jumlasidandir.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yili yana shuningdek,

1965 yil 21 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Irqiy kamsitishning

barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi xalqaro konvensiyaga

hamda 1984 yil 10 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Qiynoq hamda

muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-

qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaga ham qo’shildi.

Mazkur konvensiyalarning normalari ham milliy qonunchilikka

implementatsiya qilingan.

O’zbekistonning huquqiy tizimiga mustahkamlab qo’yilgan

kamsitishlarni taqiqlash kontseptsiyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki,

bunday fuqarolarning guruhlarini ham himoya qiladi. O’zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi va X bo’limi fuqarolarning

huquq va erkinliklarining kafolatlariga bag’ishlangan bo’lib, nafaqat

individlarni himoya qilishni, balki aholining voyaga yetmaganlar,

qariyalar, nogironlar, kabi jamoaviy huquqlarini ham himoya qilish uchun

huquqiy baza hisoblanadi.

Fuqarolarning qonun oldida tengligi va kamsitishlarni taqiqlanishi

tamoyili shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni

tartibga soluvchi tarmoq qonunchiligi: Mehnat kodeksida, Fuqarolik

kodeksida, Jinoyat kodeksida, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Yoshlarga oid

davlat siyosati to’g’risida”gi; va boshqa qonunlarda mustahkamlab

qo’yilgan. Mazkur tamoyil protsessual qonunchilikda, jumladan Jinoyat-

protsessual kodeksda (16-modda), Fuqarolik-protsessual kodeksda (6-

modda), Xo’jalik-protsessual kodeksda (7-modda) ham mustahkamlab

qo’yilgan. Shuningdek, “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonun (3-

modda), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun (5-

modda), “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonun, “Axborot

erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda, “Davlat tili

to’g’risida”gi Qonun (24-modda), “O’zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisiga saylovlar to’g’risida”gi Qonun, kabi qonun jujjatlarida xam

yuqoridagi Konvensiya normalari milliy qonunchilikka uyg’unlashtirilgan.

Xalqaro shartnoma normalarining implementasiyasi to'g'risida fikr

yuritilganda, bunday impelementasiyani amalga oshiruvchi mexanizmga

ham alohida to'htalib o'tish maqsadga muvofiqdir.

Page 131: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

131

Qayd etish lozimki, хalqaro shartnomalarni implementatsiya

qilishning mexanizmi deyilganda, avvalombor, mazkur hujjatlarni amalga

oshirishning vositalari, ularni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan

institutsional tizim tushuniladi.

Odatda mazkur implementasiyaviy tizim, xalqaro shartnomalarni

implementasiya qilish bo'yicha ichki davlat tizimi hamda xalqaro

tashkilotlar doirasidaga mexanizmlarga bo'linadi. Davlatning ichki

implementasiyaviy tizimiga odatga ko'ra, davlat boshlig'i, parlament,

hukumat, sud hokimiyati organlari kirsa, xalqaro tizimga esa, xalqaro

shartnomalarni implementasiya qilishda davlatning ichki organlariga

yordam ko'rsatuvchi, bu borada davlatnng ichki implementasiya jarayonini

kuzatib boruvchi hamda davlatlar tomonidan xalqaro shartnoma

qoidalariga rioya etilishi bo'yicha umumiy ahvolni o'rganib boruvchi

xalqaro tashkilotlar va ularning tegishli organlari tizimini kiritish mumkin.

Hozirgi davrdagi xalqaro shartnomalarda, ularni amalga

oshirilishining mexanizmiga alohida urg’u berilmoqda. Misol uchun, BMT doirasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish

bo’yicha o’ziga xos murakkab mexanizm shakllangan. BMT Nizomida qayd etilgan

organlari bilan bir qatorda, Tashkilotda Nizomda o’z aksini topmagan, ammo

“xalqaro hujjatlar qoidalariga muvofiq davlatlarning inson huquqlari sohasidagi

faoliyati bo’yicha nazorat funktsiyasiga ega bo’lgan muayyan davlatlararo organlar

tizimi shakllangan”1.

Ushbu tizimga kiruvchi organlar, ya’ni BMTning inson huquqlari

bo’yicha qo’mitalarini, ko’pincha «shartnomaviy organlar»,

«implementatsiyaviy organlar», «konvensiyaviy organlar» kabi nomlar

bilan ataladi2. Yoki, yana boshqacha nomlarda, xalqaro mexanizmlar,

xalqaro nazorat, implementatsiya mexanizmlari qabilida ham nomlashadi3.

Xalqaro shartnomalarning implementasiyasi bilan shug'ullanuvchi

davlatning ichki implementasiyaviy organlari bilan xalqaro institutsional

tizim o'rtasida odatda o'zaro konstruktiv hamkorlikka asoslangan aloqalar

rivojlangan taqdirdagina, xalqaro shartnomalarning implementasiyasi

muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

1Тиллабаев М. Национальные институты по правам человека: Международная, зарубежная и национальная

практика. –Т.: Адолат, 2008. -С.140 2 Общая теория прав человека. – М.: НОРМА.1998. -С. 121. 3Исмоилов Б. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар ташкилотининг инсон ҳуқуқларини таъминлашдаги

халқаро-ҳуқуқий мажбуриятларини бажариш амалиёти. //Ўзбекистон ва БМТ: тажриба ва ҳамкорлик

истиқболлари. Конфренция материаллари тўплами. 2006 йил 16 март. ТДЮИ. -Б.76

Page 132: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

132

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish,

davlatlar ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish, xalqaro

shartnomalarning implementatsiyasi, implementatsiyaning xalqaro va milliy

mexanizmlari, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish

jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqqan normalarni milliy qonunchilikka

tadbiq qilishning qanday usullari mavjud?

2. Xalqaro huquqning davlatlarning ichki (milliy) huquqi bilan

mutanosibligi qanday?

3. Xalqaro huquqda implementatsiyaning qanday turlari mavjud?

4. O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnoma normalarini

implementatsiya qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

1 KAZUS.

1966 yilgi Fuqaroviy va siyosiy huquqlari to’g’risidagi Xalqaro pakt va 1979

yilgi Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish

to’g’risidagi Konvensiyaga nisbatan ko’pchilik davlatlar qo’shimcha shart bilan

ishtirok etishdi. Unga ko’ra, ular mazkur xalqaro shartnomalarga o’zlarining milliy

qonunchiligi talablariga ko’ra rioya etishlarini ma’lum qiladilar. Mazkur qo’shimcha

shat lar o’z vaqtida boshqa ishtirokchilarning noroziliklarini keltirib chiqardi.

1. Mazkur holatga huquqiy baho bering.

2. Milliy qonunchilik xalqaro shartnomalardan ko’ra ustuvor ahamiyatga

egami?

2 KAZUS.

Fransiya ratifikatsiya qilinishi ko’zda tutilgan Jinoyat ishlari bo’yicha o’zaro

xalqaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladi. Ratifikatsiya qilinguniga qadar

Ichki ishlar vaziri mazkur shartnomaga nisbatan o’zining shubhasi mavjudligini

ma’lum qiladi hamda mazkur shartnomaga zid ravishda qonun loyihasini kiritdi.

Fransiya mazkur qonun qabul qilishi bilan Vena konvensiyasining 18 moddasini

buzgan hisoblanadimi?

Qanday shartnomalar ratifikatsiya qilinadi?

Ratifikatsiya qilishdan avval qanday akt qabul qilinishi lozim?

Mazkur holatda Fransiya Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena

konvensiyasini yoki Jinoyat ishlari bo’yicha o’zaro xalqaro hamkorlik to’g’risidagi

shartnomani buzgan hisoblanadimi?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. O’zbekiston Respublikasi imzolagan istalgan xalqaro shartnomani tahlil

qilish, ya’ni shartnomani tadbiq qilinishiga taalluqli bo’lgan masalalarni

(ratifikatsiyasi, implementatsiyasi) o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 133: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

133

VIII. XALQARO SHARTNOMALARNI BAJARILISHINING

MONITORINGI

(yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich)

Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarni bajarilishining

monitoringi tushunchasi, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning xalqaro monitoringi hamda milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi

sub’ektlar to’g’risidagi masalalarini o’rganadi.

8.1. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi

Xalqaro shartnomalarga qo’shilish, yuqorida ta’kidlaganimizdek,

a’zo-davlat uchun muayyan majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu

majburiyatlar milliy qonunchilikni xalqaro shartnoma qoidalariga

moslashtirishdan tortib, huquqiy qo’llash amaliyotida tegishli tarzda

tashkiliy-huquqiy islohotlarni amalga oshirishni talab etadi.

Albatta, xalqaro huquqda milliy huquq kabi, xalqaro normalariga

rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat olib borish, ularni aniq va bir xilda

bajarilishini ta’minlashning majburiy vositalari mavjud emas.

Chunki, xalqaro huquqiy tizim, uning birlamchi sub’ektlari bo’lmish

davlatlarning teng huquqli a’zoligiga asoslangan. Xalqaro huquqqa ko’ra,

hech bir sub’ekt boshqa sub’ekt ustidan hokimiyatga ega emas, (uni, lotin

tilida:“Par in parem non habit imparium” deb, ifoda etiladi).

Xalqaro huquq sub’ektlari o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan

holda, xalqaro huquqning manbasi bo’lmish xalqaro shartnomaga ixtiyoriy

ravishda qo’shiladilar va undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishni

o’z zimmasiga oladilar.

Xalqaro huquqda bunday holat xalqaro shartnomalardan kelib

chiqadigan majburiyatlarini xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri

hisoblangan “pacta sund servanda”, ya’ni xalqaro shartnomalardan kelib

chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi asosida bajaradilar.

Xalqaro majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan huquqiy davlatgina

ishonchli kafolat berishga qodirdir. Boshqa bir jihatdan esa, xalqaro

Page 134: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

134

majburiyatlarga sodiqlik huquqiy davlatga xos sifat ekanini e’tirof etish

o’rinlidir1.

Shu nuqtai nazardan, xalqaro huquqning birlamchi hamda teng

huquqli a’zosi sifatida O’zbekiston Respublikasi ham “pacta sund

servanda” prinsipiga rioya qilgan holda yuqorida ta’kidlab o’tgan xalqaro

hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarib kelmoqda va

ularning normalarini milliy huquqiy tizimga singdirib bormoqda. Ya’ni,

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish orqali milliy

qonunchilikka singdirib borilmoqda.

Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka

implementatsiya qilishda, uning tarkibiy qismi hisoblangan, bu

implementatsiyaning o’rganish jarayoni, ya’ni monitoring qilish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Aynan mazkur jarayonda qonun hujjatlari monitoringining ahamiyati

namoyon bo’ladi. Chunki, birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek,

muayyan qonun hujjati bo’yicha monitoring o’tkazilganda u tartibga

soladigan ijtimoiy munosabatlarga oid xalqaro shartnoma aniqlanadi,

tizimli tahlil etiladi va qiyoslanadi; ikkinchidan, qonun hujjatini xususan

xalqaro huquq normalarini inobatga olgan holda takomillashtirish

yuzasidan ilmiy asoslantirilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi; uchinchidan

esa, ushbu sohaga oid ijtimoiy munosabatlarning shakllanib borish

sur’atlari aniqlanadi. Shu munosabat bilan monitoring natijalari huquq

ijodkorligi jarayoni sub’ektlarining xalqaro shartnomalar qoidalarini ichki

huquq tizimga joriy etish borasidagi o’z funksiyasini amalga oshirishda

foydalanish mumkin bo’lgan asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi2.

“Monitoring” lotincha “monitium” so’zidan olingan bo’lib, “ogoh

etuvchi” degan ma’noni ifoda etadi. Mazmunan ushbu atama muayyan

hodisa, jarayonni muntazam va tizimli kuzatish, hisobga olish, unga

baho berish hamda istiqbolini belgilashni anglatadi3.

1 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини

долзарб муаммолари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий

семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Х.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.98 2 Гафуров М. Қонун ҳужжатларини ҳалқаро-ҳуқуқий хужжатларга мослигини таъминлашда мониторингни

амалга оширишнинг аҳамияти //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-

амалий семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.191 3Хакимов Р. Парламент назорати ва қонун ҳужжатлари мониторинги //Қонун ҳужжатлари мониторинги:

назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.:

2006. –Б.70

Page 135: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

135

Monitoring ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etgani bois,

qizg’in muhokama mavzusi bo’lib hisoblanadi. Ushbu hodisa ilmiy-

nazariy sohada tadqiqot uslubi, amaliy sohada esa boshqaruvni samarali

tashkil etish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Monitoringning mazmun-

mohiyatini anglash uchun uning qo’llanish sohalari, har bir alohida olingan

tarmoqdagi rivoji va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish dolzarb

vazifadir1.

Monitoring barcha davlat organlari, jamoatchilik tuzilmalari,

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar,

tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquq va

qonuniy manfaatlariga rioya qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni tizimli

to’plash va ishlov berishning anglatadi.

Huquq sohasida monitoringning mazmun-mohiyatini tushunish,

imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiy fan va huquqni qo’llash

amaliyoti oldida turgan dolzarb vazifadir. Huquq sohasida monitoring

deganda, milliy huquqiy tizim, yuridik fan va ta’lim, qonun hujjatlari,

qonun osti hujjatlari, huquqni qo’llash amaliyoti, davlat hokimiyati va

boshqaruvi tizimida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida huquqiy ishlarni

tashkil qilish, huquqiy targ’ibot hamda aholining huquqiy madaniyatini

yuksaltirish shuningdek xalqaro huquq borasida kuzatish, baholash va

rivojlantirish istiqbollari belgilash bilan bog’liq ilmiy-amaliy chora-

tadbirlar tizimi tushuniladi2.

Huquq sohasi monitoringining ahamiyati shundaki, birinchidan,

shaxs, jamiyat va davlat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish

darajasini doimiy kuzatish, ikkinchidan, milliy huquq tizimining

rivojlanish istiqbolini aniqlash, uchinchidan, huquq normalarining

amaliyotga tadbiq etish holatini baholash, to’rtinchidan, xalqaro xuquq

normalarini implementatsiya qilish yo’nalishlarini belgilash, beshinchidan,

qonun hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy

tavsiyalar ishlab chiqish, oltinchidan, bunday monitoring aholining

huquqiy madaniyatini yuksaltirish va siyosiy faolligini oshirish jarayonini

takomilashtirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish doirasining kengligi

va darajasiga qarab huquqiy monitoringning huquqiy islohotlar

1Файзиев Ш. Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторингининг назарий ва амалий масалалари //Қонун

ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул

мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.6. 2Файзиев Ш. Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторингининг назарий ва амалий масалалари //Қонун

ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул

муҳаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006.. –Б.8.

Page 136: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

136

monitoringi; huquq tizimi monitoringi (huquq tarmog’i, huquq instituti

yoki huquq sohasi doirasida alohida-alohida); amaldagi qonun hujjatlari

monitoringi; huquqni qo’llash amaliyoti monitoringi, kabi shakllari bilan

xalqaro shartnomalari monitoringi shakli ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari monitoringi

jarayonida amaldagi qonun hujjatlarining O’zbekiston Respublikasi

xalqaro shartnomalariga mosligi, xuquqni qo’llash amaliyotida xalqaro

shartnomalarga rioya etilishi masalalari o’rganiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi

qo’shilgan xalqaro shartnomalarini monitoring qilish ham, amaldagi qonun

hujjatlari monitoringi sifatida – huquq monitoringining ustuvor va asosiy

yo’nalishidir.

Qonun hujjatlari monitoringi – bu amaldagi qonun hujjatlarini

doimiy kuzatib borish, baholash, nazorat va tahlil qilish, uning istiqbolini

prognozlash va ushbu asosda takomillashtirishga oid takliflarni ishlab

chiqishga qaratilgan yaxlit (kompleks) tadbirlar tizimidir. Tor ma’noda

huquqiy tahlil jarayonidir.

Har qanday monitoring kabi, qonun hujjatlari monitoringining asosiy

yo’nalishlarini aniqlab olish lozim.

Qonun hujjatlari monitoringi yo’nalishi – bu qonun hujjatlarini

muntazam kuzatib borish, baholash, nazorat va tahlil qilish hamda uning

istiqbolini prognoz qilish yo’sinida amalga oshiriladigan faoliyatdir1.

Qonun hujjatlari monitoringining asosiy yo’nalishlarini shartli ravishda

quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

• Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi;

• Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlari

monitoringi;

• Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya

qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi;

• Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha qonun hujjatlari

monitoringi;

1Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари

мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир:

Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.59-60

Page 137: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

137

• Xalqaro-huquqiy tadqiqotlarga oid qonun hujjatlari monitoringi

kabilar shular jumlasidandir1.

Har qanday davlatning xalqaro shartnomaga qo’shilishi uning milliy

qonunchiligiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Bu borada xalqaro shartnoma

qoidalari bilan milliy qonunchilik hujjatlarini o’zaro nisbati monitoringi

muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday monitoringdan quyidagi maqsadlar

ko’zda tutiladi:

birinchidan, xalqaro shartnomalar talablariga milliy qonunchilikni

yaqinlashtirish;

ikkinchidan, xalqaro shartnomalar qoidalarini milliy qonunchilikka

singdirish (implementatsiya qilish);

uchinchidan, xalqaro shartnomalar bilan milliy qonunlarni

uyg’unlashtirish (garmonizatsiyalash);

to’rtinchidan, xalqaro shartnomalar bilan milliy qonunchilik

qoidalarini birxillashtirish (unifikatsiya qilish)2.

Xalqaro shartnomalarni monitoringi jarayonida, bu xalqaro

shartnomalardan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarni bajarish

yuzasidan olib boriladigan monitoring muhim ahamiyat kasb etadi.

8.2. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning xalqaro monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar

Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning xalqaro monitoringi – bu xalqaro huquq sohasida amal

qiluvchi va ularga davlatlar ixtiyoriy ravishda va erkin tarzda

qo’shiladigan tamoyillar, me’yorlar, qoidalar va jarayonlar (qaror qabul

1 Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари

мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир:

Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.60 2 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини

долзарб муаммолари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий

семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.95-98

Xalqaro shartnomalar monitoringini ikki

jihati mavjud

xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikning

o’zaro nisbatiga taalluqli xalqaro shartnomalarni ijrosi monitoringiga

tegishli

Page 138: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

138

qilish tuzilmalari ma’nosida) birligidir. Xalqaro monitoring muayyan

sohada, misol uchun, inson huquqlari sohasida mavjud muammolarni

o’rganish bo’lib, u institutlashgan holda rivojlanadi. Masalan, BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy (shuningdek,

nazorat) organlarining davlatlar tomonidan, ular qo’shilgan shartnomalar

normalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari yuzasidan olib

boradigan nazorat faoliyati. Shuningdek, inson huquqlari xalqaro monitoringi

amalga oshirilishida faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan

tobora ko’proq oldinga surilmoqda. Amnesty International, Human Rights Watch,

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi kabi xalqaro nohukumat tashkilotlari inson huquqlari

buzilishi to’g’risidagi faktlar to’plashda, ularni tarqatishda, kampaniyalar

uyushtirishda, inson huquqlari buzilayotgan davlatlarga vositaviy yoki vositasiz

ta’sir ko’rsatishda muhim rol o’ynamoqda. Ammo, ular faoliyatini inobatga olgan

holda, bu tashkilotlar monitoringida bir tomonlamalik xollari ko’p uchrashini ham

alohida qayd etib o’tish lozim.

Xalqaro monitoring turli darajalarini farqlash kerak:

- universal, dunyo ko’lamida amal qiladi (BMT, YuNESKO,

MAGATE va boshqalar);

- mintaqalararo, ikki va ko’proq mintaqalarda dirasida (EXHT);

- mintaqaviy, bir mintaqa doirasida amal qiladi (misol uchun:

Yevropa Kengashi);

- submintaqaviy, kichik bir mintaqa doirasida amal qiladi (misol

uchun: MDH).

Universal xalqaro monitoring BMT va uning ixtisoslashgan

muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Inson huquqlari sohasidagi

BMT faoliyati uchta asosiy vazifani hal etishga qaratilgan:

- birinchidan, inson huquqlari sohasida xarakatlar dasturini

shakllantirish. Masalan, 1993 yilgi Vena harakat dasturi;

- ikkinchidan, inson huquqlari xalqaro huquqi me’yorlari

kodifikatsiyasi, ya’ni inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalarning

qabul qilinishi;

- uchinchidan, a’zo davlatlar tomonidan inson huquqlari sohasida

xalqaro majburiyatlarning qo’llanilishi va bajarilish bo’yicha monitoring1.

Inson huquqlari bo’yicha mintaqalararo monitoring. Yevropada

xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tizimidagi monitoring. Insoniylik

mezonlari doirasida YeXHT har ikki yilda a’zo davlatlar tomonidan

xalqaro majburiyatlarning bajarilishini muhokama qiluvchi sharhlovchi

konfrensiyalar o’tkaziladi. YeXHTning Inson huquqlari va demokratik

1 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари халқаро мониторинги: тушунча, тизими ва мазмун // Инсон ҳуқуқлари

мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. -Б.87.

Page 139: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

139

institutlar byurosi (IHDIB) monitoring olib borishda muhim rol o’ynaydi.

YeXHTning inson huquqlari sohasidagi faoliyatida davlatlar tomonidan

o’tkaziladigan saylovlarni kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovning demokratik ruhda o’tganligi bo’yicha YeXHTning bahosi

xalqaro xamjamiyat uchun muayyan davlatga nisbatan o’z munosabatlarini

belgilashda ta’sir ko’rsatadi.

Inson huquqlari bo’yicha mintaqaviy monitoring. Misol uchun: Yevropa Kengashi tizimi monitoringi. Bu monitoring faoliyati –

vaziyatni kuzatishdan iborat. Yevropa kengashining inson huquqlari bo’yicha

standartlari 200 dan ortiq xalqaro shartnomalarda belgilangan. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishni

monitoring qilish bo’yicha Yevropa kengashining Parlament

Assambleyasida muayyan tajriba shakllangan. Parlament Assambleyasida

mazkur masalalar bilan uning Monitoring bo’yicha komissiyasi

shug’ullanadi. Komissiya partiya guruhlari tomonidan shakllantiriladi.

Mazkur organ tashkilotga yaqinda a’zo bo’lgan davlatlarning o’z

zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishilari yuzasidan monitoring olib

boradi. Agar a’zo-davlatlar o’z zimmalariga olgan majburiyatlari qo’pol

ravishda buzilsa, Assambleya bunday davlatning milliy parlament

delegatsiyasi vakolatini to’htatishi va Yevropa kengashining qo’mitasidan

ushbu davlatni tashkilot a’zolari safidan chiqarishni so’rashga haqli1.

Albatta, bu doiradagi monitoring O’zbekiston uchun tegishli emas.

Inson huquqlari bo’yicha submintaqaviy monitoring. Misol uchun, MDH davlatlari tizimi monitoringi. Hozircha bu monitoring

asosan saylovlar jarayonida ko’rinadi. MDHning kuzatuvchilari ushbu davlatlarda

bo’ladigan saylovlarda ishtirok etib, saylov bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etadi.

Xalqaro monitoringni amalga oshiruvchi sub’ektlar. Xalqaro

monitoring sub’ektlariga, misol uchun, BMTning organlari, yuqorida

ko’rib chiqqan BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy

(shuningdek, nazorat) organlarini ko’rsatish mumkin. Mazkur organlar

vakolatini tegishli xalqaro shartnomaning matnidan oladi va u asosida

tegishli shartnomani bajarilishi kuzatib boradi. Shuningdek, inson

huquqlari xalqaro monitoringi amalga oshirilishida, ayrim xalqaro

nohukumat tashkilotlar yordamidan ham foydalanishi mumkin. Misol uchun, Inson huquqlari bo’yicha universal xalqaro monitoring. BMTning

quyidagi organlari tomonidan amalga oshiriladi:

1. Inson huquqlari bo’yicha kengash. U BMTning inson huquqlari bo’yicha

asosiy organi bo’lib, Bosh Assambleyaga bo’ysunadi.

1 Парламентская Ассамблея Совета Европы. http://www.mid.ru/bdomp/ns-

dos.nsf/2b5ba3b238823e59432569e70041fcb4/432569d800223f3443256c300048c771!opendocument

Page 140: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

140

2. BMTning inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasi. Oliy

komissar boshqarmasi BMTning inson huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq

masalalar bo’yicha rasmiy vakili va inson huquqlari masalalari bilan

shug’ullanuvchi BMT organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchisi bo’lib, insonning

umumiy fundamental huquqlarini himoya qilish va rivojlantirish masalasi bilan

shug’ullanadi.

3. BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy organlari. Ularga

BMTning davlatlar tomonidan taqdim etiladigan milliy ma’ruzalarini ko’rib chiqish

bilan shug’ullanuvchi to’qqizta asosiy qo’mitasi kiradi. Masalan, 2001 yil yanvarida

O’zbekiston hukumati BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga

barham berish bo’yicha qo’mitaning 24-sessiyasida Konvensiya asosiy qoidalarining

ijrosi haqida o’zining birinchi ma’ruzasini taqdim etdi1.

4. Monitoringning shartnomadan tashqari mexanizmlari. Masalan, Inson

huquqlari bo’yicha kengash doirasida faoliyat yurituvchi kichik komissiyalar, maxsus

ma’ruzachilar.

5. BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari doirasida tashkil etilgan organlar.

Masalan, YuNESKOning inson huquqlari bo’yicha qo’mitasi. Ta’lim, fan va

madaniyat sohasida huquqbuzarliklar bo’yicha davlatlar, xalqaro nohukumat

tashkilotlari, alohida shaxslar va shaxslar guruhlarining xabarlarini ko’rib chiqadi.

Shuningdek, shu sohalarda xususiy shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi.

6. Individning inson huquqlari xalqaro monitoringida ishtiroki. Ya’ni, individual

murojaat qilish jarayoni Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo’yicha xalqaro pakt,

Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-

qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning 26-moddasi, Irqiy

kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiyaning 24-

moddasida ko’zda tutilgan.

Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaning 3-moddasiga

binoan, shartnomaning ishtirokchi-davlatlari, ushbu shartnomadan kelib

chiqadigan majburiyatlarini bajarib borishini tekshirish maqsadida Atom

energiyasi bo’yicha xalqaro agentligi (MAGATE) bilan hamkorlik olib

boradi.

8.3. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar

Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning milliy monitoringi – xalqaro shartnomalar va milliy

qonunchilikni huquqni qo’llash amaliyotini o’rganishga qaratilgan keng

qamrovli jarayon hisoblanib, uning natijasida parlament tomonidan

1 Ғуломова Д. Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитасининг аёллар ҳуқуқлари мониторингини ўтказиш жамиятда ва

оилада улар мақомини ошириш юзасидани фаолияти // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2004. -Б.172.

Page 141: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

141

ratifikatsiya qilinib, milliy qonunchilikning tarkibiy qismiga qirgan

xalqaro shartnomalar va ular asosida milliy qonunchilikning normalariga

huquqni qo’llash amaliyotiga qanchalik rioya qilinayotganligiga, bu

huquqni qo’llash amaliyotidagi yutuqlar, tajribalar hamda muammolarni

o’rganish orqali huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish

hamda milliy qonunchilikni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar

ishlab chiqiladi.

Xalqaro shartnomalarni bajarilishining ichki monitoringi sub’ektlari

to’g’risida fikr yuritilganda, ularga davlat hokimiyati organlari va nodavlat

notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, kabi fuqarolik jamiyati

institutlarini kiritish mumkin.

Davlat hokimiyati sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan

monitoringiga quyidagi monitoringlarni kiritish mumkin:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Аmaldagi qonun

hujjatlari monitoringi instituti tomonidan;

Qonunchilik palatasi va Senat qo’mitalari, shuningdek Oliy

Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan (ijro

etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazorati

doirasida amalga oshiriladi);

Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro

shartnomalar boshqarmasi Xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o’tkazish

va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo’limi tomonidan;

idoraviy yoki idoralararo monitoring sub’ektlari (xalq ta’limi, oliy va

o’rta maxsus ta’limi vazirligi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy

himoya qilish, ichki ishlar vazirliklari va boshqalar) tomonidan;

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning milliy ma’ruzalarini

tayyorlash jarayonida Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi

Milliy markazi tomonidan;

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini

demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini

ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi, kabi davlat organlari tomonidan

amalga oshiriladigan monitoring.

Fuqarolik jamiyati institutlari, asosan tegishli yo’nalishdagi NNT va

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan amalga

oshiriladi1.

1Бакаева Ф., Тиллабаев М. Бола ҳуқуқлари мониторинги. Ўқув-услубий қўлланма /Масъул мухаррир

А.Х.Саидов. –Т.: Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази, 2011. –Б.9

Page 142: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

142

Xalqaro shartnomalarni bajarish ustidan milliy monitoringni amalga

oshirishda avvalombor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati,

Oliy Majlis palatalari qo’mitalari va Tashqi ishlar vazirligi muhim

ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar,

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga

solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari

shartnoma bo’yicha O’zbekiston tomonidan qabul qilingan

majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan

kelib chiquvchi O’zbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarni amalga

oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini

bajarishini kuzatib boradilar yoki boshqacha so’z bilan aytganda,

monitoring qiladilar.

O’zbekiston Respublikasining barcha xalqaro shartnomalarning

bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi.

Xalqaro shartnomalar bajarilishi bo’yicha monitoring “O’zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonunining 28-29

moddalari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, 28-moddada, O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u

qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha kafolat

ekanligi ko’rsatib o’tilgan.

Mazkur normada, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-

tadbirlarini ishlab chiqishi va O’zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun mas’uliyat

yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilash

bo’yicha vakolati mustahkamlangan. Shuningdek, hukumat O’zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha majburiyatlarning

bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Vazirliklar va idoralar, O’zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga

kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo’yicha O’zbekiston

tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar,

bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O’zbekiston Respublikasiga

tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa

ishtirokchilarining o’z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25

iyundagi “Atom energiyasidan tinchlik yo’lida foydalanish sohasidagi xalqaro

Page 143: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

143

shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish

chora-tadbirlari to’g’risida”gi №179 sonli Qaroriga ko’ra,

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi va Atom

energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik o’rtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik

to’g’risidagi 1994 yil 8 oktyabrdagi shartnoma bilan bog’liq bo’lgan kafolatlarni

qo’llash to’g’risidagi Bitim va Bitimga 1998 yil 22 sentyabrda Toshkent shahrida

imzolangan Qo’shimcha protokol bo’yicha hamda O’zbekiston Respublikasi

Hukumati va Atom energiyasi bo’yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) o’rtasida

atom energiyasidan tinchlik yo’lida foydalanish sohasidagi hamkorlik to’g’risida

2003 yil 6 oktyabrda Bryussel shahrida imzolangan Bitim bo’yicha O’zbekiston

Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash borasida vakolatli organ

etib belgilangan. Mazkur davlat inspektsiyasi Atom energiyasi bo’yicha xalqaro

agentlikka (MAGATE) va Yevroatomga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

axborotlar tayyorlash va ularni (bayonot, hisobotlar, xabarnomalar, hisobotlarga

qo’shimcha va tushuntirishlar) taqdim etish vazifasi yuklatildi.

Qonunning 29-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro

shartnomalarining bajarilishini kuzatib borish, ya’ni monitoring qilishdan

iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligining vazifasi ko’rsatib o’tilgan.

Shu bilan bir qatorda, xalqaro shartnomalarni bajarilishi yuzasidan

milliy monitoringni amalga oshirish jarayonida quyidagi sub’ektlar ham

ishtirok etishlari mumkin:

1. Markaziy davlat organlari: sudlar va boshqa huquqni muhofaza

qilish organlari, idoralararo organlar; shuningdek, inson huquqlari

bo’yicha xalqaro shartnomalarni monitoringi sohasida inson huquqlari

bo’yicha milliy institutlar.

2. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari: viloyat,

tuman, shahar hokimliklari; shu bo’g’indagi sudlar va boshqa huquqni

muhofaza qilish organlari; mahalliy darajadagi tashkilotlar va muassasalar.

3. Fuqarolik jamiyati institutlari: fuqarolar; fuqarolarning o’zini-o’zi

boshqarish organlari; yuridik jamoatchilik birlashmalari (advokatura,

sud’yalar assotsiatsiyasi va boshqalar); nodavlat notijorat tashkilotlari;

ommaviy axborot vositalari.

Xalqaro shartnomalarning xalqaro monitoringida xalqaro

shartnomalarni davlat tomonidan qanday bajarilayotganligi o’rganilsa,

milliy monitoringda esa, ham xalqaro shartnoma, ham milliy qonunchilikni

bajarilishi bo’yicha huquqni qo’llash amaliyotining muammolari va

istiqbollari o’rganilishi ko’zda tutiladi. Masalan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy

manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash bo’yicha monitoring

tekshiruvlarini o’tkazish Ombudsman faoliyatining strategik yo’nalishlaridan biridir.

Page 144: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

144

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha

vakili (Ombudsman) tomonidan olib boriladigan monitoring inson

huquqlari sohasida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini

takomillashtirish va ularni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan

prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga ko’maklashish bo’yicha

faoliyati mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning holati haqidagi

ma’lumotlarni, fuqarolarning Vakilga ularning huquqlari va qonuniy

manfaatlarini buzilishi to’g’risidagi murojaatlarini tahlil qilish, qonun

loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish bo’yicha o’z xulosalarini, qabul

qilinayotgan qonun loyihalariga o’zgartirish va to’ldirishlar kiritish,

qonunchilikdagi bo’shliqlarni bartaraf etish to’g’risida takliflar, inson

huquqlariga oid xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish takliflarini

kiritish asosida amalga oshiriladi.1

Ombudsman 2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi

bilan BMTning Bola huquqlari konvensiyasi, Qiynoq hamda muomala va

jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni

kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasiga rioya qilishni tekshirishda

ishtirok etdi. Shu yili Senatning Tashqi siyosiy masalalar bo’yicha

qo’mitasining Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham

berish to’g’risidagi BMT konvensiyasini amalga oshirilishini o’rganish

ishida qatnashdi2.

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro va milliy monitoringning nazariy

masalalari bo’yicha xulosa qilinar ekan, bu sohada monitoringni amalga

oshirish, mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini

amalga oshirishda hamda bu sohadagi umumiy axvolni o’rganishda

dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlari sohasidagi monitoring:

birinchidan, inson huquqlari sohasida qonunchilik va amaliyot

muammolari va kamchiliklarini aniqlaydi;

ikkinchidan, ushbu muammo va kamchiliklarni xal etishning maqbul

vosita va usullarini topishga yordam beradi;

uchinchidan, milliy qonunchilik va huquqni qo’llash amaliyotini

yanada takomillashtiradi;

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги

хисоботи. Тошкент, 2006. -Б.11. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги

хисоботидан.

Page 145: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

145

to’rtinchidan, inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq normalarini

milliy qonunchilikka implementatsiyasi muammolarini aniqlaydi hamda

istiqbollarini belgilab beradi1;

beshinchidan, mamlakatning inson huquqlari borasidagi xalqaro

shartnomalardan kelib chiqayotgan majburiyatlarini qay darajada

bajarayotganligini aniqlash imkonini beradi;

oltinchidan, esa davlatning o’z majburiyatlarini bajarishini o’rganish

asosida, bunday davlatga nisbatan xalqaro hamjamiyatning ishonchini

hamda bunday davlat bilan kelgusida iqtisodiy, ijtimoiy, savdo,

investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik olib borish uchun yanada

kengroq istiqbollarni belgilab olishga imkon beradi.

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, inson

huquqlari sohasida xalqaro monitoringda xalqaro shartnomalarni davlat

tomonidan qanday bajarilayotganligi o’rganilib, davlatning inson

huquqlari bo’yicha faoliyatiga, mamlakatdagi inson huquqlari va

erkinliklariga rioya etilishining ahvoliga xalqaro miqyosda baho berilishi,

bu borada mamlakatda yanada qilinishi lozim vazifalar belgilanishi hamda

xalqaro hamjamiyat tomonidan ahvolni yanada yaxshilash hamda milliy

mexanizmni takomillashtirishga yordam berishning imkoniyatlari va

istiqbollari belgilab olinadi.

Inson huquqlari sohasida milliy monitoringda esa, ham xalqaro

shartnoma, ham milliy qonunchilikni bajarilishi bo’yicha huquqni qo’llash

amaliyotining muammolari va istiqbollari o’rganilib, inson huquqlari

bo’yicha qonunchilikni hamda uni amalga oshirishning milliy

mexanizmini yanada takomillashtirishga va pirovard natijada, mamlakatda

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va

ularni himoya qilishni yanada samarali ta’minlashga erishiladi.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarni bajarilishining

monitoringni, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishning xalqaro monitoringi hamda milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi

sub’ektlarga oid masalalarni ko’rib chiqishlari; ularning xalqaro huquqiy

munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

1 Мўминов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича мониторингнинг аҳамияти //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария

ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари. – Т.: 2006. -Б. 148

Page 146: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

146

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarni monitoring qilish tushunchasi va ahamiyatini yoritib

bering.

2. Xalqaro shartnomalarni monitoring qilish shakllari, unda qo’llanadigan

usullar qanday?

3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qaysi tashkilotlar

tomonidan monitoring qilib boriladi?

4. Monitoring qilish mexanizmi va usullari shartnomaning o’zida belgilab

berilgan xalqaro shartnomalarga misol keltiring va ularni sharhlang.

1 KAZUS.

2015 yil mart oyida Yaman davlatida siyosiy inqiroz boshlanib, mamlakatda

qo’poruvchilik harakatlari avj oldi. Hukumat qo’shinlari bilan separatistlar o’rtasida

to’qnashuvlar natijasida ko’plab tinch aholi halok bo’ldi. Ichki kurashlarga Saudiya

Arabiston davlati harbiy kuchlari aralashib, havo qo’shinlari orqali hujumlar

uyushtirdi. To’qnavshuvlar natijasida Yamandagi YuNSEKOning Jahon madaniy

yodgorliklar ro’yxatiga kiruvchi tarixiy yodgorliklar vayronaga aylantirildi. Yuzaga

kelgan vaziyatni Yaman davlatining Qurolli mojaro vaqtida madaniy boyliklarni

muhofaza qilish to’g’risidagi Gaaga konvensiyasining a’zosi sifatida hal qiling.

1. Mazkur vaziyatda Gaaga konvensiyasini qaysi qoidalari qo’llanadi(mi)? Sodir

etilgan huquqbuzarliklarni izohlang va ularga uchun javobgarlikni hal qiling?

2. Yaman va Saudiya Arabistoni davlatlari Gaaga konvensiyasini buzganmi?

Davlatlar mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun qanday choralarni

ko’rishi lozim edi?

3. Gaaga konvensiyasining nazorat qilish qanday amalga oshiriladi? Bunda

nazorat qiluvchi sub’ektga qanday vakolatlar berilgan?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan istalgan inson huquqlariga oid bo’lgan

xalqaro shartnomani monitoringiga taaluqli bo’lgan masalalarni izlab topish va tahlil qilish.

Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 147: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

147

IX. XALQARO SHARTNOMALARNI HAQIQIY EMAS DEB

TOPISH

(yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich)

Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomani haqiqiyligi, haqiqiy emas

deb topish tushunchasi, xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish shartlari va

turlariga bag’ishlangan masalalarini o’rganiladi.

9.1. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi

Mazkur masalaga 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi

to’g’risidagi Vena Konvensiyasida belgilangan “Umumiy qoidalar”

bo’limining 1-moddasida “Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish,

amal qilishini tugatish va to’xtatib turish” nomli qismida o’z aksini topgan.

Haqiqiy deb topish tushunchasi BMT Xalqaro huquq komissiyasi

tomonidan yoritib berilmagan, ammo uni tushuntirib berish borasidagi

harakatlari bo’lgan.

X. Lauterpaxt (A/CN.4/63) birinchi ma’ruzasining 10-16 moddalari

va uning ikkinchi ma’ruzasining 16-moddasi (A/CN.4/87) shu tushunchani

yoritib berishga bag’ishlangan. Dj. Fitsmoris ham bu tushunchaga o’zining

uchinchi ma’ruzasida (A/CN.4/115) alohida e’tibor qaratgan. Haqiqiy deb

topish tushunchasi shartnomalarni haqiqiy emas deb topish mumkin

bo’lgan barcha masalalarda qo’llaniladi, bunda davlatlar o’zlarining

shartnoma tuzish huquqiga ega ekanligiga nisbatan cheklovlardan tashqari

davlat vakillarining vakolatlari bo’yicha konstitutsiyaviy cheklovlarni o’z

ichiga oladi1.

A.N.Talalaev fikriga ko’ra, “Haqiqiylik tushunchasi qonuniylik

tushunchasidan kengroq, bu xalqaro shartnomaning nafaqat xalqaro

huquqqa moslik jihati, balki unda xalqaro huquqiy sub’ektivlikka ega

bo’lgan tomonlarning mavjudligi, ularning roziligi va boshqa jihatlari

bo’yicha xalqaro shartnomaning huquqiy mukammalligidir2. I.I.Lukashuk

ta’kidlashicha, bu fikrga to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Huquqiy

1 Qarang:YILC.1963.Vol.II.P.38 2 Венская конвенция о праве международных договоров. Комментарий. М.:, 1997. - С.116.

Page 148: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

148

sub’ektivlikka ega bo’lish, xohish – irodalar kelishuvining mavjudligi

xalqaro huquq tomonidan ham tartibga solinadi1.

Vena konvensiyalariga ko’ra, shartnomaning haqiqiyligi shartnoma

normalarga muvofiq tuzilganligi va ular tomonidan o’rnatilgan tartibda

e’tiroz bildirilish mumkinligini anglatadi. Shartnomalarga nisbatan

haqiqiylik prezumpsiyasi mavjud – har bir shartnoma u Konvensiyalar

tomonidan o’rnatilgan normalar asosida boshqacha holat isbotlanmagunga

qadar haqiqiy hisoblanadi. Vena konvensiyalariga muvofiq shartnoma

haqiqiyligi yoki shartnoma majburiyligiga rozilik masalalariga faqat

Konvensiyalarni qo’llash asosida e’tiroz bildirilishi mumkin.

Shartnomaning amal qilishini tugatish, uning denonsatsiyasi yoki undan

ishtirokchining chiqishi faqat shartnomaning o’zini yoki Konvensiyalarni

qo’llash natijasida amalga oshishi mumkin. Bu qoida shartnomaning amal

qilishini to’xtatib turishda ham qo’llaniladi (42 - modda).

Doktrinada shartnomaning bajarilishi natijasida uni tugatish

to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Ayrim olimlar shartnoma o’z

faoliyatini uni bajarilishi natijasida tugatish mumkin deb hisoblaydi

(masalan, Ansilotti, Foshil). Boshqalar bu holatga o’z e’tirozlarini

bildirgan, ular orasida Fismoris ham bor2. Shartnomalar aniq harakatni

amalga oshirish maqsadini ko’zlasa, ularni bajarilishi natijasida tugatish

masalasi ko’riladi. Biroq, bunday holatlarda ham davlatlar bajarilgan

shartnomani tugatish bo’yicha tasdiqlovchi maxsus aktlarni qabul qilishni

ma’qul ko’radi. Vena konvensiyalari ijroni shartnomaning tugatilish

vositasi sifatida nazarda tutmaydi.

Shartnoma tugatilishi mumkin, lekin ayrim o’z qoidalarini

harakatda qoldirishi mumkin.

Shartnoma faoliyatini haqiqiy emas deb topish, tugatish yoki

to’xtatib qo’yish ushbu shartnomadan qat’iy nazar davlat yoki tashkilot

majburiyatlari uchun kuchga ega bo’lgan xalqaro huquq normalariga

muvofiq shartnomada belgilangan har qanday majburiyatni bajarish

to’g’risidagi davlat yoki tashkilot majburiyatlarini qamrab olmaydi.

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров

- М.: Волтерс Клувер, 2006. - C. 86 2 Qarang: Fitzmaurice G. Second Report on the Law of Treaties. P.46. 108

Shartnoma uni tuzish tartibi to’g’risidagi moddalarning buzilishi

natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Page 149: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

149

Bunday majburiyatlar xalqaro huquqning odat normalaridan hamda

boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar hisoblanadi. Bu

qoida aksiomatik (isbot talab qilmaydigan) xarakterga ega. Muayyan

shartnomaning tugatilishi xalqaro huquqning boshqa manbalari bo’yicha

majburiyatlarga ta’sir ko’rsatmaydi.

Shartnoma qoidalarining bo’linish imkoniyatlarini tan olgan holda,

davlatlar shartnoma qoidalarining yaxlitligi Vena konvensiyasini

qo’llashda ham asosiy norma ekanligini ta’kidlashdi. Shunga muvofiq,

Vena konvensiyalarida tan olingan shartnomani haqiqiy emas deb topish

yoki shartnoma faoliyatini tugatish, undan ishtirokchining chiqishi yoki

uning harakatini to’xtatib qo’yish asoslari bilan bog’liq barcha holatlar

faqat butun shartnomaga nisbatan qaratilishi belgilab qo’yildi.

So’ngra 44.2 va 60-moddalar loyihasida nazarda tutilgan

qoidalardan istisno holatlar keltirilgan, ular shartnomaning buzilishi

natijasida shartnomaning amal qilishini tugatish yoki uning harakatini

to’xtatib qo’yishga bag’ishlangan.

44.3-moddaning bandlari rad etish uchun asos faqat ayrim

qoidalarga taaluqli bo’lgan imkoniyatlarni nazarda tutadi. Ularga faqat shu

qoidalarga nisbatan murojaat qilish mumkin, qachonki:

a) ko’rsatilgan qoidalar shartnomaning qolgan qismidan ularning

qo’llanishiga ko’ra ajratilgan bo’lsa;

b) shartnomadan ko’rinib turibdiki, bu qoidalarning qabul qilinishi

boshqa ishtirokchi yoki boshqa ishtirokchilarning butun shartnoma

majburiyatiga roziligi muhim asos bo’lmagan;

v) shartnomaning qolgan qismi bajarilishi adolatli bo’larmidi.

Shartnomaning bo’linishi uni haqiqiy emas deb topish sabablariga

bog’liq.

Agarda gap aldov yoki pora berish yo’li bilan o’ziga og’dirish

haqida borsa, tomon butun shartnomadan yoki yuqorida keltirilgan

qoidalarga muvofiq uning ayrim qoidalaridan voz kechishi mumkin (44.4 -

modda).

Agarda gap davlat yoki davlat vakilini majburlash hamda imperativ

normalarga zid holat haqida borsa, shartnoma qoidalarining bo’linishiga

yo’l qo’yilmaydi (44.4 -modda). Bunday holatlarda shartnoma boshidan

ahamiyatsiz hisoblanadi.

O’ziga e’tiborni tortgan fakt shundan iboratki, shartnoma bo’linishi

xalqaro huquqda mavjud imperativ normalarga zid bo’lgan qoidalar

asosida tuzilgan shartnomalarga tegishli emas. Bunday shartnomalar

Page 150: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

150

boshdan haqiqiy bo’lmagan. Komissiya fikricha, shartnoma uni tuzishda

mutlaq haqiqiy bo’lsada, lekin ayrim uning qarorlari qayta yuzaga kelgan

imperativ normalarga zid kelayotgan shartnomalarga boshqacha

yondashuv qo’llanishi kerak deyiladi.

Agar bunday hollarda mazkur qarorlar shartnomadan tegishlicha

ajratilsa, shartnomaning qolgan qismi haqiqiy deb qabul qilinishi kerak.

Bu holda ularga nisbatan belgilangan bo’linish tamoyili qo’llaniladi.

Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan

uzviy bog’liq. Ikkala tushuncha ham bir vaqtda rivojlangan. Shu bilan

birga shartnomaning haqiqiy emas deb topilish tushunchasi o’z

xususiyatlariga ega. Oldin har bir shartnoma, hattoki aldov va zo’ravonlik

yo’li bilan majburlashni o’z ichiga oluvchi shartnomalar ham haqiqiy emas

deb hisoblanmagan. Shartnomaning haqiqiyligi to’g’risida XIX asrdan

gapira boshlangan.

Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xalqaro

huquq doktrinasida shartnomalar haqiqiy emas deb topilishining turli

konsepsiyalari mavjud bo’lgan. Holat 1969 yil Shartnomalar huquqi

to’g’risida Vena konvensiyasi qabul qilingandan so’ngina o’zgargan.

Shartnomaning haqiqiy emasligi nisbiy va mutloq bo’ladi. Nisbiy

haqiqiy emaslik shartnomani e’tirozli qiladi, chunki zarar ko’rgan davlat

uning haqiqiy emasligini isbotlashi yoki munozarali holatlar mavjudligiga

qaramasdan uning amalda bo’lishiga rozi bo’lishi mumkin. Bu esa bunday

hollarda estoppel qoidasi qo’llanishi mumkinligini anglatadi. Nisbiy

haqiqiy emaslik quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

- shartnomalarni tuzish vakolatlariga ega davlat ichki huquqining

o’ta muhim normalari va xalqaro tashkilot qoidalarining aniq buzilishi;

- davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy

vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi;

- xato;

- aldov;

- davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga

og’dirib olish.

Mutloq haqiqiy emaslik shartnomaning boshidan hech qanday

kuchga ega emasligini, uning noto’g’ri tuzilganligini bildiradi. Mutloq

haqiqiy emaslikni keltirib chiqaruvchi holatlar:

- davlat yoki xalqaro tashkilot vakilini majburlash;

- davlat yoki xalqaro tashkilotni kuch ishlatish xavfi yoki uni

qo’llash bilan majburlash;

Page 151: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

151

- shartnomaning umumiy xalqaro huquq imperativ normalariga

zidligi.

9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi

a) Shartnomalarni tuzish vakolatlariga tegishli davlat ichki

huquqi normalari va xalqaro tashkilot qoidalari.

Gap o’ta jiddiy muammo haqida bormoqda. Bir tarafdan, davlatlar

o’z mustaqilligi tufayli shartnomalarni tuzishda o’z organlarining

vakolatlarini belgilash huquqiga ega. Xuddi shu asosda davlatlar xalqaro

tashkilotlarning shartnomalar tuzish vakolatlariga tegishli qoidalarni

belgilab berish huquqiga ega. Ammo, boshqa tarafdan davlat huquqiy

tizimi turlicha bo’lgan boshqa davlatlarning tizimini anglash ancha

mushkul1. Ularga bunday majburiyatni yuklash shartnoma taqdirini ichki

huquqiy tizim xususiyatlariga tobe qilib qo’yishni bildirishi mumkin.

Ushbu holatni hisobga olib, konstitutsiyaviy cheklovlar qay tarzda bu

huquqqa ega bo’lgan davlat vakilining xalqaro huquq bo’yicha

shartnomaga berilgan kelishuvi haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sir

ko’rsatishi mumkinligini aniqlash zarur.

Bu masala gohida katta amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin ayrim kelishuvlarning qonuniyligiga

e’tiroz bildirishlar bo’lgan, shulardan harbiy harakatlarni olib borish va urushdan

keyingi tuzum uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan Yalta va Potsdam kelishuvlari

shular jumlasidandir. Unga ko’ra Yalta kelishuvlarining mazmun mohiyatidan kelib

chiqib, AQSH prezidenti uni senat bilan kelishishi zarur edi, deb ta’kidladi2.

Aksariyat boobro’ olimlar shartnoma kelishuvi konstitutsiyaviy

tartibning buzilishi uni davlat uchun majburiy emas qilib qo’yishini

isbotlardi. Shu fikrni G. Trippel, A. Gefter, M.Shyuking, L.Oppengeym,

G. Lauterpaxt, Sh.Russo, P. Shelli, S.Krandall, S.de Visherlar bildirishgan.

Shartnomalar to’g’risidagi 1928 yilgi Gavana konvensiyasiga ko’ra,

shartnomalar davlatning vakolatli ma’murlari tomonidan “uning ichki

huquqiga muvofiq” tuzilishi kerak. Xuddi shunga o’xshash pozitsiya

Shartnoma huquqi haqidagi Garvard loyihasida ham bayon etilgan. (21 –

modda).

Bunday qoida shartnomalarning barqarorligini ta’minlay olmasligini

e’tiborga olgan ayrim mualliflar davlatning ichki huquqiga muvofiq

1 Qarang: BMT shu masala bo’yicha hujjati. United Nations Legislative Series. Law and Practices conclusions of

Treaties (ST/LEG/SER.B/3) 2 Q.: Pan S .Legal Aspects of Jalta Agreements // AJIL.1952.No.1

Page 152: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

152

tuzilmagan shartnoma xalqaro maqomga ega bo’lishi mumkin, ammo u

mamlakat ichida bajarilmaydi deb hisoblaydi (G.Ellinek, E.Zeligman,

I.Unger)1. Mamlakat doktrinasida bu g’oyani M.M.Gorovtsev, S.A.

Kotlyarevskiy qo’llab quvvatlagan2.

Keltirilgan kontsepsiyaning mantiqsizligi aniq. Shartnoma nafaqat

xalqaro sohada, balki davlat ichida ham majburiy bo’lishi mumkin. “Agar

xalqaro shartnomani kontragent – davlatlar ichida bajarish mumkin

bo’lmasa, xalqaro shartnomaning xalqaro – huquqiy kuchga ega ekanligi

haqida gapirish behuda va quruq savsatadir”, deb yozgan

V.N.Durdenevskiy3. Haqiqatdan, mamlakat ichida amalga oshmaydigan

bunday nomukammal shartnomalar xalqaro huquqqa mos kelishi

amrimahol, chunki hozirgi paytda shartnomalarning katta qismi mamlakat

ichidagi voqealarga aloqador.

Ikkinchi kontsepsiyaning mohiyati shundan iborat ediki, shartnoma

qabul qilinishining konstitutsiyaviy tartibi davlatning ichki ishi hisoblanadi

va u shartnomani amalga oshishini ta’minlaydi. Boshqa davlatlar bu

tartibni amalga oshirishda aralashish huquqiga ega emas, shuning uchun

davlatning qonuniy vakili tomonidan qabul qilingan shartnoma ichki

huquqning u yoki bu chekinishlaridan qatiy nazar bajarilishi shart deb

hisoblanadi.

Shu bilan birga shartnomalarni tuzishga oid bo’lgan ichki huquqni

butunlay e’tiborga olmaslik ham noto’g’ri bo’lar edi. Bu davlat irodasini

aks etmagan shartnomalarni tuzishga keltirishi mumkin edi. Shuning

uchun ayni xalqaro huquq ichki huquqning buzilishi qaysi holatlarda

shartnomaning kuchga ega ekanligiga e’tiroz bildirish uchun unga

murojaat qilishga asos bo’lishini belgilab beradi.

Xalqaro huquqning ustunligini tan olgan ayrim mualliflar, agar

davlat o’z konstitutsiyaviy cheklovlariga murojaat qilishdan yoki

shartnomadan kelib chiquvchi huquqlardan foydalanishdan oldin muayyan

bir vaqt o’tsa, unda u yoki bu cheklovlarga murojaat etish huquqidan

mahrum bo’ladi. (estoppel prinsipi). Bu kontsepsiyani hamma ham qabul

qilmaganligi sababli, doktrinada yangi kontsepsiya vujudga keldi, unga

ko’ra konstitutsiyaviy tartibning faqat asosiy buzilishlarigina xalqaro-

huquqiy ahamiyat kasb etadi.

1Qarang: Unger I. Uber die Gultigkeit von States vertragen // Zeitschrift fur das privat und offenliches Recht der

Gehenwart 2 Qarang: Gorovtsev A.M. Xalqaro huquq bilan bog’liq huquq haqida tahlimotning ayrim asosiy munozarali masalalari 3 Qarang: Durdenevskiy V.N. Sovet Ittifoqi konstitutsiyaviy huquqida xalqaro shartnomalar. B. 22

Page 153: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

153

Xalqaro sud amaliyoti aytilganlar bo’yicha bir qator dalillarga ega.

1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan Sharqiy Grenlandiya

haqidagi ish ko’rilayotganda, Norvegiya o’z tashqi ishlar vazirining

bayonoti bajarilish kuchiga ega emas deb tasdiqladi, chunki

Konstitutsiyaga muvofiq muhim masalalar bo’yicha vakolatlar davlat

Kengashiga kiritilgan bo’lishi va u tomondan tasdiqlangan qirol aktiga

asoslangan bo’lishi kerak. Palata o’z qarorida Norvegiya konstitutsiyaviy

huquqining kelishuvning haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sirini e’tiborga

olmay, uni ish uchun ahamiyatsiz deb hisobladi. Palata xalqaro huquqda

tashqi ishlar vaziri davlat irodasini ifodalash uchun majburiyatlarni qabul

qilishda vakolatli deb belgiladi. Bu holatda huquqqa zid bo’lgan holat

sifatida Grenlandiyaning bosib olishi to’g’risidagi Norvegiyaning bayonoti

va unga tashqi ishlar vaziri ham rozilik bildirishi asosli deb tan olinmaydi1. Xalqaro sud ham 2002 yili Kamerun va Nigeriya o’rtasidagi chegaralar

to’g’risidagi ish bo’yicha qarorda shunga o’xshash amaliyotni qo’lladi.

Bu ishni ko’rish jarayonida Nigeriya Marua Deklaratsiyasi uning

Konstitutsiyasiga muvofiq u tomondan ratifikatsiya qilinmaganini qat’iy

ishontirdi. Sud keltirilgan dalilni ahamiyatsiz deb tan oldi. Bu sudya

Rezekaning e’tiroziga sabab bo’ldi, u hududiy masalalarga bag’ishlangan

bu qadar muhim shartnomalar Konstitutsiyaga muvofiq tasdiqlanishi zarur

deb hisobladi2.

Sud amaliyotini tahlil qilish natijasida Halqaro huquq quyidagi

xulosaga keldi, ya’ni bu amaliyot “xalqaro tribunallar xalqaro huquq

bo’yicha davlat vakillari, ya’ni tashqi ishlar vaziri yoki xalqaro

jarayondagi vakillarning o’z davlatini majburlash vakolatlarini istar-

istamas shubhaga soladi” deb har doim ham aniq bildirmaydi3.

Davlatlar amaliyotida shartnoma bilan kelishuvning

nokonstitutsiyaviyligi dalil qilib keltirilgan bir necha holatlarni ko’rish

mumkin. Biroq bunday dalillar boshqa davlatlar tomonidan juda kam

hollarda tan olingan.

“Shartnoma tuzish vakolatlariga doir davlat ichki huquqi nizomi va

halqaro tashkilot qoidalari” to’g’risidagi 46- moddada quyidagilar nazarda

tutilgan: davlat shartnomaning uning uchun majburiy ekanligiga uning

roziligi ichki huquqning u yoki bu normasining buzilishi ifodalangan,

uning roziligi haqiqiy emasligi asosida shartnomalar tuzish vakolatlari

bilan bog’liq xolatni, agar faqat ushbu normaning buzilishi aniq bo’lmasa

1 Qarang: PCIJ.1933. Ser.A/B. No.53 P.75 2 Rezeka. ICJ.Reports.2002.P.491 3 YILC.1966. Vol. II.P.241.

Page 154: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

154

va o’ta muhim ahamiyatga ega normaga tegishli bo’lmasa, dalil qilib

ko’rsatishga haqli emas.

Xalqaro tashkilot haqida gapirilganda, u shartnomaning uning uchun

majburiy ekanligiga uning roziligi bu tashkilot qoidalarining buzilishi

bilan ifodalangan, uning roziligi haqiqiy emasligi asosida shartnomalar

tuzish vakolatlari bilan bog’liq xolatni, agar faqat ushbu qoidaning

buzilishi aniq bo’lmasa va o’ta muhim ahamiyatga ega qoidaga tegishli

bo’lmasa, dalil qilib ko’rsatishga haqli emas.

Qoidalar buzilishi har qanday davlat va har qanday halqaro tashkilot

uchun ob’ektiv aniq va ravshan bo’lsa, bu aniq buzilish hisoblanadi, bu

holda ular o’zlarini shu masalaga nisbatan vijdonan davlatlar, zaruriy

holatlarda esa xalqaro tashkilotlar, oddiy amaliyotiga muvofiq tutishi

o’rnatilgan.

Tashkilotlarning davlatlar bilan tenglashtirilishi ayrim

qiyinchiliklarni tug’diradi. Ko’rib chiqilayotgan modda butunlay davlat

huquqiga emas, balki faqat shartnomalarni tuzish vakolatlariga doir

qoidalarga tegishlidir. Huquqning boshqa prinsip va normalariga qarshilik

e’tiborga olinmaydi, chunki ular xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega emas.

Gap tashkilot haqida borganda, uning ustavi tashkilot va uning a’zolariga

vazifa yuklovchi xalqaro-huquqiy akt hisoblanadi. Shuning uchun tashkilot

ustavining maqsad va prinsiplariga zid bo’lgan shartnoma kelishuvi, uning

haqiqiyligi uchun ahamiyatsiz deb ko’rilmaydi.

Shu bilan birga keltirilgan modda faqat umumiy normani belgilab

bergan. Aniq masalalarni hal etishda xalqaro huquq Komissiyasi

tomonidan ta’riflangan qator qoidalarga tayanish lozim. Jumladan, agar

ichki huquq buzilishiga kiritilgan shartnoma kuchga kirib, tomonlar uni

amalga oshirishni boshlagan bo’lsa, uni faqat boshqa tomon roziligi bilan

tugatish mumkin. Shartnoma tugatilishini talab qiluvchi davlat boshqa

tomonlar oldida javobgarlikka tortilishi lozim.

Keng doiradagi xalqaro aktlarga nisbatan Konstitutsiyaviy sud

nazorati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan va

“O’zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa

majburiyatlarini qamrab oladi” (109-modda). Biroq bunday aktlarning

nokonstitutsiyaviyligini belgilash oqibatlari aniqlanmagan.

b) davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy

vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi.

Qadimdan xalqaro huquqda shunday qoida mavjud, unga ko’ra

muzokaralarni olib boruvchi vakilga berilgan yo’riqnoma, delegatsiyaning

Page 155: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

155

ichki hujjati hisoblanadi. X.Uoldok agar vakilning vakolatlari muayyan

qoidalar bilan cheklangan bo’lsa, uning bu cheklovlarga amal qilmasligi

kelishuvning haqqiqiyligiga ta’sir qilmaydi degan modda loyihasini taklif

etdi. Agar bu cheklovlar boshqa kelishuvchi davlatlarga yetkazilsa, unda

bu holat istisno tariqasida ko’riladi.

Xalqaro bitimlar (kelishuvlar) ning xavfsizligini ta’minlash uchun

xalqaro huquq Komissiyasi davlatning o’z vakiliga bergan maxsus

yo’riqnomasi boshqa davlatlar bilan shartnoma tuzishdan oldin ularga

yetkazilgan holda ular uchun ahamiyat kasb etishi mumkin degan qoida

bo’lishi lozim deb xisobladi.

1968-1969 yillardagi Vena konferensiyalarida bu modda maqullandi.

Ayrim tuzatishlarni kiritish asosan tahririy xarakterga ega bo’lgan1. Oxir

oqibat Komissiya taklif etgan ta’rif eng munosibi deb qabul qilingan.

Modda bir ovozdan qabul qilingan: 101 ovoz – “ha”, “yo’q” va betaraflar

bo’lmagan2.

“Davlat yoki xalqaro tashkilotning roziligini ifodalovchi

huquqlarning maxsus cheklovlari”ni nazarda tutuvchi 47- moddaga

muvofiq, muayyan shartnomani bajarish bo’yicha davlat yoki xalqaro

tashkilotning roziligini ifodalovchi vakilning vakolatlari maxsus cheklov

bilan bog’liq bo’lsa, uning bu cheklovlarga amal qilmasligi,

muzokaralarda ishtirok etgan davlat va tashkilotlarning cheklov to’g’risida

vakil bunday rozilikni bildirgunga qadar ma’lum qilingan xolatdagina

vakilning roziligi haqiqiy emas deb ifodalovchi asos sifatida qabul

qilinmaydi.

v) Xato.

Davlatlarning ichki huquqida xato “shaxsning huquq yoki fakt

haqidagi noto’g’ri tasavvuri natijasida yoxud noto’g’ri tasavvursiz

bo’lmaydigan biron bir harakatni sodir etishi yoki sodir etishga yo’l

qo’yishi” holati tushuniladi3. Nazariyachilar xatoga ko’plab ishlarini

bag’ishlagan. Muzokaralarga oid xato to’g’risidagi qoidalar davlat

qonunchiligida alohida o’ringa ega. Shuning uchun birinchi xalqaro ahvol

bo’yicha mutaxassis – yuristlar Rim huquqiga tayanib, xatoga katta e’tibor

1 Qarang: Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных

договоров - М.: Волтерс Клувер, - C.383. 2 Qarang:U.N. Conference on the Law of Treaties. Sekond session. 1969.P.88 3 Black”s Law Dictionary. St. Paul. 1983. P. 518

Page 156: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

156

berishgan1. Keyingi davrda mualliflarning aksariyat qismi shartnomaning

haqiqiy emasligiga asos sifatida xatoga salbiy munosabat bildirgan2.

Ichki qonunchilikda keltirilgan xatoning ta’rifidan farqli o’laroq,

xalqaro huquqda xato huquqqa emas, balki faqat faktga tegishli bo’lishi

mumkin. 1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi Sharqiy Grenlandiya

haqidagi ishni ko’rib, xato shartnomani haqiqiy emasligini tan olish uchun

asos bo’lib xizmat qilishi mumkin deb aniqladi. Ammo bunda xato

huquqni emas, faktlarga tegishli bo’lishi lozim. Bu faktlar keyin paydo

bo’lmasdan shartnoma tuzish paytida mavjud bo’lishi kerak. Norvegiya

tashqi ishlar vazirining javobi to’la va aniq bo’lib, bu holatda xatolikka

yo’l qo’yish uchun asos yo’qligi aniqlandi3.

Bu masala bo’yicha sud amaliyoti ko’p emas. U asosan chegara

to’g’risidagi shartnomalarga tegishli. Sud odatda bunday holatlarda xatolik

ahamiyatli bo’lishi va uning mavjudligi isbotlanishidan kelib chiqadi. 1959

yil Xaqaro Sud tomonidan ayrim chegara hududlarining mustaqilligi

to’g’risida ko’rilgan ish bo’yicha qaror qabul qilindi. Niderlandiya Belgiya

tayangan 1843 yilgi bayonnomalar jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yganini

e’tirof etdi. Niderlandlar xatoliklarni isbot qilib bermaganligi sababli, sud

bayonnomalarni haqiqiy deb tan oldi4.

Xatolik to’g’risidagi umumiy qoidalardan istisno holat tarzida, unga

yo’l qo’ygan tomon aybdor bo’lgan holat hisoblanadi. Vixear qoshidagi

ibodatxona haqidagi Xalqaro Sud qarorida shunday yozilgan: “Agar

xatolikni ko’rsatuvchi tomon, o’z harakati bilan uning mavjudligi yoki uni

bartaraf etishga hissa qo’shgan bo’lsa, yoki holatlar shunday bo’lib, tomon

ijobiy xatolikni o’rnatgan bo’lsa, bunday holda xatolikka yo’l qo’yilmaydi

deb belgilab qo’yilgan huquq normasi hisoblanadi”5.

A.A.Talalaev xatolik qachon bo’lishi haqida quyidagi xulosaga keldi:

“Agar tomonlarning yoki bironta tomonning asl hoxish –irodasi buzilsa va

shuning uchun xalqaro shartnomaning qonuniy kuchiga to’la yoki qisman

e’tiroz uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin”6.

Xalqaro huquq Komissiyasida ma’ruzachi Dj.Fismoris o’z

ma’ruzasida ichki huquqni asosga olib, xatoga katta e’tibor qaratdi.

Ma’ruzachi X.Uoldok ikkita maqolani taqdim etdi. Ulardan biri

1 Qarang: Grotsiy G. Urush va tinchlik huquqi haqida. M., 1956. 1 Bob; Pufendorf S.De jure naturrae et gentium, libri

octo Amsterdamm, 1988. Kitob III, Bўlim VI. 2 Qarang: Basdevant I.Regles generals du droit de la paix // RdC, 1936. T.58.P.226. 3 Qarang: PCIJ.1933. Ser. A/B. No.53. 4 Qarang: ICR.Reports. 1959 .P.209. 5 Qarang: ICJ. Reports. 1961 .P.30 6 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Общие вопросы. М., 1980, -C. 252.

Page 157: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

157

birgalikdagi xatoga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchisi – bir tomon xatosi

haqida. Biroq keyinchalik ko’plab huquqiy tizimlar birgalikda xato va bir

tomonlama xato o’rtasidagi farqni ajratsada, xalqaro huquqda esa bu

to’g’ri bo’lmaydi.

Komissiya ta’rif bergan moddada xato faqat u ishda ahamiyatli

bo’lsa, shartnoma bilan kelishuvda muhim asosga ega bo’lsagina

kelishuvga ta’sir ko’rsatadi deyilgan. Bunday xato avtomatik tarzda

shartnomani haqiqiy emas deb bera olmaydi, lekin jabrlanuvchi tomonga

kelishuvning haqiqiy emasligiga asos bo’lishini e’tirof etish huquqini

beradi.

Agar shartnomaning haqiqiy emasligi moddaga muvofiq belgilangan

bo’lsa, bu shartnoma boshidan haqiqiy emas bo’ladi (ab initio).

Shartnoma uning mazmun-mohiyatiga ko’ra xato asosida tuzilgan

bo’lsa, uning haqiqiy emasligini tan olish huquqning umum tan olingan

prinsiplaridan hisoblanadi.

Agar xato davlat va tashkilotning tahminiga ko’ra fakt yoki holatning

shartnomani tuzishda mavjud bo’lgan bo’lsa va mazkur shartnomaning

bajarilishi bo’yicha kelishuv uchun muhim asosni tashkil etsa, davlat va

xalqaro tashkilot shartnomani bajarishda kelishuvning haqiqiy emasligini

asos qilib shartnomada xatoni ko’rsatishga huquqlidir deyilgan (48 -modda

“Xato”). Mazkur qoida agar davlat va xalqaro tashkilot o’z hatti-harakati

bilan bu xatoning vujudga kelishiga ko’maklashgan bo’lsa yoki holatlar

shunday bo’lganki, bu davlat yoki bu tashkilot sodir bo’lishi mumkin

bo’lgan xatoga e’tibor berishi lozim bo’lgan ushbu holatlarga

qo’llanilmaydi. “Faqat shartnomaning matniga tegishli xato uning

haqiqiyligiga ta’sir ko’rsatmaydi, bu holatda 80-modda qo’llaniladi” (80-

modda shartnomalar matnida xatolarni tuzatishga bag’ishlangan).

Matnni ifoda qilishdagi xatolar tomonlar kelishuviga ko’ra tuzatiladi.

Agar shartnoma imzolangan bo’lsa, u holda Vena konvensiyalari maxsus

tartibni nazarda tutadi. (1969 yilgi Vena konvensiyasi 79-moddasi va 1986

yilgi Vena konvensiyasi 80-moddasi).

g) Aldov.

Xalqaro amaliyot xatolar bilan bog’liq holatlar kabi shartnomani

tuzishda davlatlar yolg’on dalil ko’rsatishi mumkin bo’lgan bir qancha

holatlarni biladi. Shartnoma munosabatlarida yolg’on real mavjud bo’lib,

xalqaro yuristlar qadimdan unga yo’l qo’ymaslikni ta’kidlab kelishgan.

Page 158: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

158

E.de Vattel “Shartnomalarda hiyla-nayranglarni qo’llash vijdoniylik

talablariga ziddir” deb yozgan”1.

Muayyan hollarda faktlarni ataylab buzish jiddiy xatoga olib kelishi

mumkin va bu holat xato haqidagi modda ta’siriga tushadi.

Xalqaro huquqda presedentlarning yetarli darajada mavjud emasligi

bardoshli bo’lgan yolg’on tushunchasining ta’rifi uchun zaruriy

sharoitlarni bermaydi. Buni hisobga olib, Xalqaro huquq komissiyasi

shartnomalar huquqida yolg’onga ta’rif bermaslikka qaror qildi. Yolg’on

tushunchasining umumiy kontsepsiyasini ifodalash va amaliyotga uning

aniq parametrlarini belgilab berish imkonini yaratish yetarli bo’ladi.

Yolg’on davlatning yanglish bayonotlar, buzilishlar yoki boshqa noto’g’ri

harakatlar yordamida shartnomaga rozilik berishga xohish bildirishi, aks

hollarda u bunga rozilik bermasligi tushuniladi.

Yolg’on o’z – o’zidan shartnomani haqiqiy emas deb bera olmaydi,

ammo jabr ko’rgan tomonga, agar o’zi buni hohlasa, uning roziligini

haqiqiy emas deb beruvchi yolg’on faktni appelyatsiya qilish huquqini

beradi.

Xalqaro huquq komissiyasi yolg’on to’g’risida modda loyihasini

tayyorlashda, taqdim etilgan holda modda butunlay xalqaro tashkilotlarga

ham tegishli deb hisobladi2.

1968-1969 yillardagi Vena konferensiyalarida ikkala moddani birga

muhokama qilishga qaror qilindi, ulardan biri yolg’onga tegishli,

ikkinchisi – vakilga pora berish. Shu sababli ikkinchi modda to’g’risida

ham umumiy ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.

d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga

og’dirish.

Pora berib o’z tomoniga og’dirish davlatlarning jinoiy

qonunchiligiga ma’lum. Bu jinoyat davlatlararo munosabatlarga ham

tegishli. Shunday bo’lsada rasmiy xalqaro amaliyotda bu turdagi ko’rib

chiqilgan ishlar uncha ko’p emas. Sababi zamonaviy davlatlar o’zining

xalqaro nufuzini o’ylab, bu kabi masalalarni ko’tarmaydi. Bunday

faktlarning chop etilishi bundan tashqari mamlakat ichida hukumatga

oppozitsiyani (muholifatni) kuchaytirishga yordam berishi mumkin.

Agar tarixga nazar solsak, O’rta asrlar diplomatiyasida o’z

maqsadiga erishish uchun yolg’on va pora berish keng ishlatilganini

ko’rishimiz mumkin3.

1 Vattelg’ E. de. Xalqlar huquqi. M., 1980. B.350 2 Qarang: YILC.1979. Vol. II.Part Two. P. 241. 3 Qarang, masalan: Picavet C. La diplomatie francaise de Lois XIV. Paris, 1930. P. 89.

Page 159: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

159

Xalqaro huquq komissiyasi dastlab loyihaga poraxo’rlik to’g’risidagi

moddani kiritmagan. Keyinchalik ham ayrim Komissiya a’zolari bu

moddaga qarshi bo’lgan, unga zarurat yo’q deb hisoblashgan, chunki

korrupsiya ularning fikricha yolg’on to’g’risidagi modda ta’siriga tushadi.

Shunga qaramay muzokaraning aksariyat ishtirokchilari boshqa davlat

vakilini pora berish yo’li bilan o’ziga og’dirish kelishuvga putur yetkazadi

hamda yolg’on bilan taqqoslaganda u o’z davlati nomidan rozilik bildirishi

umuman boshqacha bo’ladi deb hisoblaydi. Buning natijasida loyihaga

pora berib o’z tomoniga og’dirish haqida alohida modda kiritildi1.

Bunda Xalqaro huquq komissiyasi pora berib o’z tomoniga og’dirish

bu - shartnoma tuzishda davlat vakilini pozitsiyasiga katta ta’sir

ko’rsatuvchi harakatlar tushunilishini ta’kidladi. Vakilga uncha katta

bo’lmagan sovg’alar berish modda ta’siriga tushmaydi. Bunda pora berish

yo’li bilan o’z tomoniga og’dirish harakatlari bevosita yoki bilvosita

muzokara olib boruvchi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Pora berib o’z

tomoniga og’dirish oqibatlari xuddi yolg’on oqibatlariga o’xshash.

1968 – 1969 yillardagi Vena konferensiyalarida yolg’on va pora

berish to’g’risidagi moddalar batafsil muhokama qilingan. Chili, Yaponiya

va Meksika delegatsiyalari pora berib o’z tomoniga og’dirish to’g’risidagi

moddani olib tashlashni taklif qilishdi2. Chili vakili yolg’onga tegishli

pretsedentlar yo’qligiga ishora qildi. Xattoki shunday holatlarda ham, agar

davlat aldangan bo’lsa, u o’zining mansabdor shaxslarini vakolatsiz bo’lib

qolishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Meksika delegatsiyasi fikricha,

pora berish qonuniy harakat ekanligini hech kim tasdiqlab o’tirmaydi.

Ammo bu harakat yolg’on haqidagi modda bilan qamrab olingan.

AQSH delegati yolg’on to’g’risidagi moddaga qarshi chiqdi, unga

ko’ra boshqa davlat uni yanglishtirishi asosida davlatga o’z roziligini

haqiqiy emas deb e’tirof etishga ruxsat shartnomaviy munosabatlarning

barqarorligiga putur yetkazadi. Buyuk Britaniya fikri ham shunga o’xshash

edi. Yaponiyaning fikricha, davlat pora olishga moyilligi bo’lgan vakilni

tanlasa, uning o’zi o’z tanlovidan qiynaladi.

Sovet Ittifoqi (SSSR) mazkur moddalarni olib tashlashga qarshi

chiqdi. Davlatlar qadim zamonlardan tengsiz shartnomalarni tuzishda

yolg’on va pora berishga murojaat qilishgan. Hammaga ma’lumki,

masalan, 1903 yilgi Panama kanali to’g’risidagi shartnomani tuzishda

1 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 245. 2 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. First session. 1968. P.255.

Page 160: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

160

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Panama hukumati ataylab

adashtirilgan.

Ayrim delegatsiyalar yolg’on va pora berib o’z tomoniga og’dirish

shartnoma ratifikatsiya qilingan yoki jamoa organi tomonidan tasdiqlangan

holatlarga tegishli emas deb ta’kidlagan.

Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy shartnomalar murakkab huquqiy

tuzilmani anglatadi. Shuning uchun parlament deputatlari har doim ham

yolg’on va pora berish natijalarini aniqlay olmaydi.

9.3. Xalqaro shartnomalarning mutloq haqiqiy emasligi

a) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakillarini shartnomaga rozilik

bildirishga undash.

Davlat vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash diplomatik

amaliyotda uchrab turadi. Napoleon 1797 yilda Avstriya vakilini do’q-

po’pisa va qo’rqitish yo’li bilan uning Frantsiya bilan shartnomasini

imzolashiga erishgan. 1905 yil Yaponiyaning Koreya anneksiyasi

to’g’risidagi shartnomani koreya imperatori yapon harbiy soqchilari

qurshovida imzolagan. 1939 yilda Chexoslovakiya ustidan protektorat

haqidagi Germaniya bilan bo’lgan shartnomani chexoslavakiya prezident

tomonidan imzolashiga nemis havo kuchlarining Pragani bombardimon

qilish havfi bilan bog’liq holat majburlagan.

Xalqaro huquqning an’anaviy doktrinasi vakilni majburlashni kuch

ishlatish asosida shartnomani haqiqiy emas deb topishning yagona holati

sifatida ajratdi. I.Blyunchli fikricha, agar bir tomon vakili ikkinchi

tomonning kuch ishlatish yo’li bilan shartnomaga rozi bo’lishga

majburlangan bo’lsa, u holda bunday kelishuv haqiqiy emas deb

hisoblanadi1. Bu qoida davlatlarga nisbatan majburlov doimiy holat

bo’lgani bilan izohlanadi. Nazariya va amaliyotning tahlili shunga

guvohlik beradi, unga ko’ra vakolatli shaxsni undash natijasida tuzilgan

shartnomani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi xalqaro huquqning odat

normasi qadimdan mavjud bo’lgan2.

1969 yildagi Vena konvensiyasi moddasini qo’shish lozim.

1986 yil Xalqaro tashkilotlar ishtirokida o’tkazilgan xalqaro

shartnomalar huquqi bo’yicha Vena konferensiyasida Xalqaro huquq

komissiyasi takliflari o’zgarishsiz qabul qilindi. 51-modda “Davlat yoki

1 Qarang: Bluntschli J. Droit international codife. Paris, 1870.P. 357. 2 Qarang: Sandorski J. Op.cit. 1978.S.132

Page 161: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

161

xalqaro tashkilot vakilini majburlash” ga muvofiq, shartnomani bajarish

bo’yicha davlat yoki xalqaro tashkilot roziligi uning vakilini unga qarshi

yo’naltirilgan harakat yoki tahdid bilan majburlash natijasida ifodalangan

bo’lsa, u hech qanday yuridik ahamiyatga ega emas.

A.N.Talalaev bu moddani sharhlash jarayonida kuch tushunchasiga

juda keng izoh berdi: “...”Kuch” yoki “majbur qilish” tushunchasi

zamirida kuch ishlatishning har qanday shakllari: harbiy, iqtisodiy, siyosiy,

jismoniy, psixologik va boshqalar tushunilishi lozim”1.

b) Davlat yoki xalqaro tashkilotlarni kuch xavfi yoki kuch

ishlatish yo’li bilan majbur qilish.

Xalqaro munosabatlarning butun tarixi davomida kuch hal qiluvchi

ahamiyatga ega bo’lgan. Shu munosabat bilan har bir xalqaro shartnomani

ishlab chiqish va tuzishda tomonlarga u yoki bu darajada bosim o’tkazilish

holatlari kuzatilib turadi. Huquqshunoslar bunday holatni tan olib, o’z

qarashlarini bayon qilishgan.

X.Uoldok fikriga ko’ra, “majbur qilish” deganda siyosiy yoki

iqtisodiy shakldagi ta’sir etish vositalaridan foydalanish tushunulmasligi

lozim. X.Uoldokning quyidagi fikri e’tiborga molik: “Siyosiy yoki

iqtisodiy bosimning qo’llanishi davlatlar o’rtasidagi normal

munosabatlarning qismi hisoblanadi, xalqaro huquq esa shartnomaga

rozilikni ifodalashda bosimning qonuniy va noqonuniy shakllari orasidagi

farqni aniq ifoda qilish uchun zaruriy omillarga ega emas”. Shuning uchun

xalqaro huquqning hozirgi holatida “majbur qilish” tushunchasini kuch

yoki kuch xavfini noqonuniy ishlatish chegarasidan tashqari joriy qilish

xavflidir2.

Jumladan, tahdid va kuch ishlatish haqidagi normalar zamonaviy

huquqda o’rnatilguniga qadar majbur qilish natijasida tuzilgan tinchlik va

boshqa shartnomalarga boshidan kuch ishlatib majburan tuzilgan

shartnomalarning tan olinmasligi to’g’risidagi qoidalar qo’llanilmaydi deb

ta’kidlanadi3. Boshqacha qilib aytganda, avval kuch ishlatish yo’li bilan

majburan tuzilgan shartnomalar boshdan haqiqiy emas deb tan olinmaydi.

Biroq, bu ularni hozirgi davr xalqaro huquq doirasida haqiqiy emas deb tan

olish mumkinligini istisno qilmaydi.

Avval kuch ishlatish yo’li bilan majburan tuzilgan shartnomalarning

haqiqiy emas deb topish, kuch ishlatilmaslik xalqaro huquqning imperativ

1 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Договоры с участием международных организаций. M.,

1989., - C. 162. 2 Qarang: YILC.1963. Vol. II. P. 52. 3 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 247.

Page 162: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

162

prinsipi ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga umumiy xalqaro

huquqning yangi imperativ normasining paydo bo’lishi bilan unga zid

bo’lgan har qanday mavjud shartnoma haqiqiy emas bo’lib qoladi. (Vena

konvensiyasi, 62-modda).

v) Umumiy xalqaro huquqning imperativ normalariga zid

shartnomalar.

Avvallari xalqaro munosabatlar tizimi imperativ normalar majmuasi

mavjud bo’lishi uchun ijtimoiy-siyosiy asos sifatida xizmat qiluvchi

zaruriy yahlitlik va hamjihatlik darajasiga yetmagan edi. Davlatlarning

alohida manfaatlari, avvalambor yirik davlatlarning, umumiy

manfaatlaridan ustunroq turardi. Xalqaro huquq yuqori darajada

cheklangan va asosan dispozitiv xususiyatga ega edi. Unda

shartnomalarning erkinlik prinsipi hukmronlik qilardi, davlatlar o’zaro

kelishuvga asosan har qanday normadan chekinishi mumkin edi.

Shunga ko’ra, doktrinada imperativ xarakterdagi normalarning

mavjudligi inkor qilinar, shartnomalarni tuzishda davlatlarning to’liq

erkinligi e’tirov eilib, u faqat boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishda

ziddiyatli holatlar bilan cheklanishi mumkinligi haqida gapirilardi1.

Natijada 13- moddaning 1- bandi loyihasi taqdim qilindi: “Agar

shartnomaning ob’ekti yoki uning amalga oshirilishi jus cogens

xarakteriga ega bo’lgan umumiy norma yoki xalqaro huquq prinsipining

buzilishi bilan bog’liq bo’lsa, shartnoma xalqaro huquqqa zid va haqiqiy

kuchga ega emas”.

Vena konferensiyasida imperativ normalarni oson farq qilish

mumkin, chunki ular jamoat tartibini mustahkamlaydi va rivojlantiradi deb

ta’kidlandi.

Vena konferensiyasida imperativ normalarni qabul qilish tartibi

to’g’risida masalaga e’tibor qaratilgan. Konferensiya bunday normalarni

paydo bo’lishiga davlatlar oddiy ko’pchiligining roziligi yetarli degan

fikrga qo’shilmadi. Fransiya delegatsiyasi bu qoidaga o’ta tanqidiy

yondashdi. Uning ta’kidlashicha, agar modda oddiy ko’pchilik roziligi

bilan hammaga majburiy xususiyatga ega imperativ normalar yaratiladi

deb sharhlansa, unda buning oqibatida nazoratsiz va har qanday

ma’suliyatdan xoli bo’lgan yangi xalqaro manbaning yaratilishiga olib

keladi2.

1 Qarang: Field D. Outlines of International Code. N.Y., 1872. Art.198. 2 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. Second session. P.94.

Page 163: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

163

Umuman qarama-qarshi bo’lgan fikr ham bildirildi. Unga ko’ra,

imperativ normalarni qabul qilish uchun barchaning roziligi zarur. Bu

fikrni Braziliya delegatsiyasi bildirdi. Konferensiya asosli ravishda bunga

erishish noreal deb hisobladi.

Konferensiyada bildirilgan fikrlarning tahlili quyidagi xulosani

qilishga asos bo’ladi, ya’ni imperativ normalarni barcha qit’alar va asosiy

huquqiy tizimlarni o’z ichiga oluvchi aksariyat davlatlar qabul qilishi

lozim.

Imperativ normalar to’g’risidagi modda ko’pchilik ovoz bilan (87

ovoz –“ha”, 8 – “yo’q”, 12 – “betaraf”) qabul qilindi.

Imperativ normalar muammosi xalqaro tashkilotlar ishtirokida

shartnomalar huquqi to’g’risidagi moddalar loyihasini muhokama qilish

jarayonida yana yuzaga keldi. Xalqaro huquq komissiyasi imperativ

normalar xalqaro tashkilotlarga xuddi davlatlarga nisbatan qo’llanilgandek

qo’llanadi deb hisobladi. Tahririy o’zgartirishlar kiritilgan tegishli modda

xalqaro shartnomalar bo’yicha Vena konferensiyasiga taqdim etildi va

maqullandi1.

1986 yilgi Konvensiyaga kiritilgan “Umumiy xalqaro huquq (jus

cogens) ning imperativ normalariga zid bo’lgan shartnomalar” haqidagi

53-modda agar shartnoma tuzilishida u umumiy xalqaro huquqning

imperativ normasiga zid bo’lsa, bunday shartnoma ahamiyatsiz

hisoblanadi deb belgilagan. Bu yerda yana bu mazkur Konvensiyaga

tegishli bo’lganligi sababli, umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi

butun davlatlar xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilinadigan va tan

olinadigan, undan chetga chiqishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan va umumiy

xalqaro huquqning shunday xarakterga ega bo’lgan faqat keyingi normasi

bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan norma hisoblanadi deb ko’rsatildi.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomani haqiqiyligi va

haqiqiy emas deb topish tushunchasi, xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish

shartlari va turlariga o’rganish jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda

ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va

to’xtatib turish masalalariga oid bo’lgan huquqiy asoslarni keltiring.

1 Talalaev A.N. Xalqaro shartnomalar huquqi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar. M., 1989., 169 B.

Page 164: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

164

2. Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topilishi uchun qanday asoslarga

tayaniladi?

1 KAZUS.

1941 yil 9 aprelda AQSH hukumati Vashingtondagi Daniya elchisi bilan

Grenlandiyani himoya qilish to’g’risida shartnomani imzolaydi. Grenlandiya

Germaniya tomonidan bosib olingach, AQSH hukumati Daniya hukumati bilan

imzolangan deklaratsiyani ushbu kelishuv tegishli tartibda imzolanmaganligini

ro’kach qilib tan olmaydi.

Mazkur holatga huquqiy baho bering?

2 KAZUS.

1713 yilgi Utrext tinchlik shartnomasi Angliyaning manfaatlarini ko’zlagan

holda, Dyunkerka (Fransiya) porti buzilishi va hech qachon qayta tiklanmasligi

nazarda tutilgan. Fransiya ushbu shartga rozilik bildirdan holda, Mardekda -

Dyunkerkadan bir mill uzoqlikda bundanam katta port qurishni boshladi. Angliya

esa, bunga nisbatan o’z noroziligini bildirib, Fransiyaning Utrext tinchlik

shartnomasini buzayotganligini vaj qiladi.

Haqiqatan ham ushbu sharoitda shartnoma shartlari buzilmoqdami? Mazkur

holatga huquqiy baho bering?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani haqiqiyligi

va haqiqiy emas deb topishga taaluqli bo’lgan masalalarni o’rganshi. Ish shakli –

nazorat ishi (esse).

Page 165: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

165

X BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI SHARXLASH

(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna)

Annatotsiya. Mazkur bobda talabalar sharhlash tushunchasi; sharhlash

ob’ekti va vositalari; sharhlash prinsiplari va qoidalari, usullar va sub’ektlari

haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar.

10.1. Sharxlash tushunchasi

Shartnomalar huquqi haqidagi Vena Konvensiyalarining

“Shartnomalarini sharxlash” bo’limi konvensiyaning 3-qismi

“Shartnomalarga rioya qilinishi, tadbiq qilinishi va sharxlanishi”da

joylashgan. Darhaqiqat, sharxlash aynan ushbu bo’lim uchun ahamiyatli.

Sharxlashning yuridik muammolari shartnomalarning tadbiq qilinishida

yuzaga keladi. Shu bilan birga, sharxlash shartnoma tarkibini aniqlash

zaruratini yuzaga keltirgan holda muhim ahamiyat kasb etadi.

Normalarning tayyorlanishi va ularning tadbiq qilinishi ularning

tarkibi va maqsadini tushunishga bog’liq. Bunga esa, sharxlash orqali

erishiladi. Sharxlash huquqning harakatlanishida markaziy o’rinni

egallaydi. Huquqning murakkablashuvi va u tomonidan hal etiladigan

masalalarning murakkablashuvi sharxlash jarayonini ham

murakkablashtiradi. Huquqiy tizim qanchalik murakkab bo’lsa u

tomonidan hal etiluvchi muammolar, masalalar ham shunchalik yirik

bo’ladi va uning sharxlash ham shunchalik murakkab qiyinchiliklarni

yuzaga keltiradi.

Sharxlash masalasiga Xalqaro huquq instituti ham e’tibor qaratdi.

Mazkur masala katta ahamiyatga ega ekanligiga qaramay, aynan bu

masalaga bag’ishlangan xalqaro huquq normalari mavjud emas. Bu

jarayon davlatlarning huquqiy tizimi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan

huquqning umumiy prinsiplari bilan tartibga solingan. Sharxlashning

xalqaro huquqiy asoslari yaratilishida 1969 va 1986 yillardagi Xalqaro

shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyalari muhim bosqich

bo’ldi. Ikkala konvensiyada ham, deyarli bir xil tarkibli “Shartnomalarning

sharxlanishi ” nomli bo’lim mavjud.

Konvensiyalardagi normalar o’ziga xos xususiyatga ega.

Konvensiyalarda, ularda qayd etilgan holatlar ushbu Konvensiyalar aynan

kuchga kirgandan keyin, Konvensiya ishtirokchilari hisoblangan tomonlar

Page 166: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

166

tuzgan shartnomalarga nisbatan qo’llanilishi alohida ta’kidlab o’tilgan (4-

modda). Boshqacha aytganda, qaytadan tuzilgan normalar ortga qaytish

kuchiga ega emasligiga tayangan holda, Konvensiyalarda huquqning

umumiy prinsiplari tasdiqlangan.

Konvensiyalarda ular tomonidan tuzilgan, ortga qaytish kuchiga ega

bo’lmagan normalar xalqaro huquqda amalda bo’lgan, Konvensiyalarda

qayd etilgan holatlardan qa’tiy nazar, shartnomalarga taalluqli bo’lishi

mumkin bo’lgan normalarga tegishli emasligi ta’kidlangan. Asosan

sharnomalarning odat huquqi normalari nazarda tutilgan. Biroq

Konvensiyalar tomonidan o’rnatilgan sharxlash to’g’risidagi normalar

keng ko’lamda o’ziga xos yangilik hisoblanadi.

Sharxlash tadbiq qilish bilan chambarchas bog’liq. Shu bilan birga

ular o’rtasida o’ziga xos farq mavjud. Sharxlash bu – normalarning

mazmuni, maqsadini oydinlashtirish jarayoni bo’lib, ushbu ma’no va

maqsadlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni aniqlash

hisoblanadi. Tadbiq qilish esa, tomonlarning sharxlash natijalariga mos

holda normalarni amalda qo’llashi, shakllantirishini anglatadi.

Sharxlash huquqning shakllanib borishida muhim va zaruriy bosqich

hisoblanadi. Normalarning maqsad-muddaosi, ma’no-mohiyati va tarkibini

aniqlab olmay turib ularni bajarish, amalga oshirib, tadbiq qilish mumkin

emas. Normalarni amalga oshirish jarayonlarini sharxlash bir qator

qo’shimcha funksiyalarni ham bajaradi. U mavjud kamchiliklarni bartaraf

etish, normalarni yaratish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarni

to’g’irlash va uzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Doimiy ravishda

o’zgarib turuvchi sharoitlarda normalarning tarkibi va maqsadini

aniqlashtirish alohida ahamiyatga ega.

Xalqaro Huquq Komissiyasi ko’rsatib o’tgan sharxlash

materiallaridan foydalanishda qo’shimcha spetsifikaga e’tibor qaratish

lozim. Davlat qonunlarini qo’llash bilan amalga oshiriladigan tadqiqotda,

davlatning huquqiy tizimini tegishli ravishda isloh qilish tartib-

qoidalaridan ham foydalanish lozim. Davlatning bir tomonlama aktlarini

isloh qilishda uning siyosati va boshqa faktorlarni inobatga olish lozim.

Xalqaro shartnomalarni sharxlash– shartnomalarning ob’ekti va

maqsadini oydinlashtirish hamda, ma’lum bir vaziyatlarda ularni

sharxlash natijalarini hisobga olgan holda, ularning boshqa bir turdagi

holatlarini aniqlash.

Page 167: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

167

10.2. Sharxlash ob’ekti va vositalari

Shartnomani sharxlash ob’ekti uning sub’ektlari xohish-istaklarini

qamrab oluvchi tarkibi, qarorlari hisoblanadi. Sharxlashning vositasi –

normalarning tarkibini aniqlaydigan vosita.

Sharxlash asosiy vositalari:

Sharxlashning qo’shimcha vositalariga:

Adabiyotlarda ham amaliyotda ham sharxlashning ob’ekti va

vositalari o’rtasida katta farq mavjud. Shuningdek, bu doiradagi

masalalarning to’g’ri yechimi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga

ham ega.

Sharxlash nazariyasida birqancha maktablar mavjud.

Maqsad maktabi tarafdorlari fikriga ko’ra sharxlashning vazifasi

sub’ektlarning maqsadini aniqlash, ularning umumiy xohish-istaklarini

aniqlashdan iborat. Shunga mos ravishda sharxlashning ob’ekti

tomonlarning ilk xohish-istaklari hisoblanadi. Natijada matnning mohiyati

va sub’ektning kelgusidagi amaliyotining ahamiyati butunlay yo’qoladi

yoki sezilarli darajada susayadi. Ushbu qarashlarga mos ravishda normalar

yaratilishining tarixiy shart-sharoitlarini o’zida mujassamlovchi tayyorlov

materiallariga asosiy e’tibor beriladi.

Boshqa bir maktab – “tekstualistlar” (matnshunoslar) maktabi. Uning

tarafdorlari ham sub’ektlarning xohish va erkinliklari hal qiluvchi

ahamiyatga ega deb hisoblashadi, faqatgina matnda aks ettirilgan xohish

tayyorlov materiallari shartnoma tuzish holatlari

Page 168: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

168

va erkinliklarni asosiy deb bilishadi. Ularning fikriga ko’ra yuridik

ahamiyatga faqatgina normaning qabul qilingan matni ega bo’ladi, holos.

Tomonlarning matnda ko’rsatilmagan xohish-istaklari ahamiyatga ega

emas. Rasmiy matnning tarkibiga kiritilmagan normalar va og’zaki

kelishuv holatlar mavjud bo’lgan matn tadqiq qilishning yagona ob’ekti

bo’la olmaydi. Bundan kelib chiqadiki “tekstualistlar” maktabi

rasmiyatchilik bilan xarakterlanadi. Ijobiy jihat faqat sharxlash vositalari

orasida markaziy vosita matnning holati alohida belgilanishi hisoblanadi.

“Teologiya” maktabi tarafdorlari normaning ma’lum maqsad uchun

xizmat qiladi va tegishli funktsiyani bajarishidan kelib chiqib, maqsadga

erishish va funktsiyalarini bajarilishi ta’minlanishi uchun sharxlanishi

lozim deb ta’kidlaydilar1.

9.3. Sharxlash prinsiplari va qoidalari

Prinsiplar sharxlashning birmuncha umumiy bo’lgan tartib-

qoidalarini o’zida aks ettiradi. Ular orasida markaziy o’rin xalqaro huquqiy

majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipidir. Xalqaro huquq normalari

vijdonan bajarilishi va o’z navbatida adolatli sharxlanishi lozim.

Vena Konvensiyalari bu prinsipni sharxlashning umumiy qoidasidagi

asosiy tarkibini aniqlashtiradi: “Shartnoma uning matnidagi atamalarga

berilgan oddiy ma’nodan, shartnomaning maqsadi va ob’ektidan kelib

chiqib vijdonan sharxlanishi lozim” (31-modda, 1-band).

Ushbu prinsipning ahamiyati Xalqaro Sud tomonidan ko’p bora

e’tirof etilgan. Yadro qurollarni sinab ko’rish to’g’risidagi masala

yuzasidan chiqarilgan qarorda shunday deyiladi: “Manbasi qanday

bo’lishidan qat’iy nazar, huquqiy majburiyatlarning yuzaga kelishi va

bajarilishini tartibga soluvchi prinsiplardan biri, adolatlilik prinsipi

hisoblanadi. Ko’plab sohalarda o’zaro hamkorlik taboro muhimlashib

borayotgan asrda xalqaro hamkorlikda ishonch muhim ahamiyatga ega”.

Bunda adolatlilik, ishonchlilik prinsipining ishonch va haqqoniylik kabi

elementlariga urg’u beriladi.

Sharxlashning keyingi prinsipi, samaradorlilik prinsipi hisoblanadi.

Ushbu prinsipni tushinish uchun, 1995 yil 2 oktyabrdan Sobiq

Yugoslaviya uchun Xalqaro Tribunalning qarorini keltirib o’tish lozim:

shu tariqa, mavjud xalqaro huquq nuqtai nazaridan kelib chiqib, “mumkin

1 Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar

Publishing, 2016. – P.145.;

Page 169: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

169

bo’lgan doirada statut ushbu maqsadning samaradorliligini, ta’sirchanligini

ta’minlagan holda sharxlanishi lozim”.

Samaradorlilik prinsipi shartnomaning maqsadi va ob’ektiga muvofiq

ravishda sharxlanishi talab etadigan Vena konvensiyalarida o’z aksini

topgan. Shartnoma maqsadining kelgusida shakillanib borishi –

samaradorlilik prinsipining asosiy talabi.

Navbatdagi prinsip, huquqiy jihatdan to’g’rilik prinsipi. Sharxlash

tomonlarning boshqa turdagi majburiyatlari va xalqaro huquq normalarini

hisobga olgan holda amalga oshirilishi va ularni buzilishiga olib kelmasligi

lozim. Qonunlarni isloh qilish huquqni buzilishiga olib kelmaydi. Prinsip

jiddiy ahamiyatga ega. Aytib o’tilganiday, bir tomonlama sharxlash

normalarning buzilishini to’g’irlash uchun ishlatiladi. Huquqiy jihatdan

to’g’rilik prinsipi sharxlashning yaxlitlik prinsipi bilan bog’liq. U xalqaro

huquq normalari barcha holatlarda bir xilda sharxlanishi lozimligini

anglatadi. Normalarni bir holatda boshqacha, yana bir boshqa holatda

boshqacha sharxlash mumkin emas.

Sub’ektlarni xurmat qilish prinsipi davlatlarning suveren jihatdan

tengligi prinsipidan kelib chiqadi. Sharxlash natijalari sub’ektlarning faqat

bittasiga tegishli huquqlarni bir tomonlama ta’qiqlab qo’ya olmaydi.

Sub’ektlardan birining huquqlarini ta’qiqlovchi tegishli normalar

chegaralangan bo’lishi kerak.

Zamonaviy xalqaro huquqning o’ziga xos xususiyati, undagi

adolatlilik prinsipining mustahkamlanganligi hisoblanadi. U sharxlashda

ham muhim rolga egadir. Sharxlashning natijalari sub’ektlardan birining

qonuniy manfaatlarini bir yoqlama chegaralashi mumkin emas. Adolatlilik

prinsipi tadqiq qilishning boshqa vijdoniylik, huquqiy jihatdan to’g’rilik,

sub’ektlarning haq-huquqlarini xurmat qilish kabi prinsiplari bilan bog’liq.

Sud jarayonlarida amalga oshiriladigan sharxlashda bu prinsip alohida

ahamiyatga ega.

Sharxlashning asosiy qonun-qoidalari quyidagilar:

Normalardagi mavjud atamalarning, matnni hisobga olgan holda, asl

ma’nosi tushunilishi lozimligi (matndan kelib chiqqan holda normalarda

ishlatilgan atamalar o’zining oddiy ma’nosiga muvofiq keluvchi ma’noda

tushunilishi), atamalarga faqatgina tomonlarning xohish-istagidan kelib

chiqib alohida ma’no berish mumkin. Xalqaro Sudning 1950 yil, Bosh

Assambleyaning davlatlarni BMTga qabul qilishga tegishli bo’lgan

vakolati haqidagi konsultativ xulosasida shunday deydi: “Sudning

Shartnoma holatini sharxlashga qaratilgan birinchi majburiyati - ularni

Page 170: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

170

matnda mavjud bo’lgan asl va oddiy ma’nosiga ko’ra harakatga

keltirishdir. Agarda tegishli so’zlar ma’nosi matnda ham o’zining asl va

oddiy ma’nosiga mos ravishda keltirilgan bo’lsa, u holda ishga yakun

yasaladi. Agarda, boshqa bir tomondan so’zlarning asl ma’nosi

aniqlanmagan yoki noo’rin tushunchalarga olib keladigan bo’lsa, faqat

o’shandagina Sud sharxlashning boshqa bir vositalari yordamida, tomonlar

aslida bu so’zlarni ishlatish orqali nimani nazarda tutgan bo’lsalar o’sha

narsani aniqlashga harakat qilishi lozim1.

Maxsus normaning qoidasi – huquqning umumiy prinsipi. Sharxlash

maxsus normalarni umumiy normalar oldidan sharxlash vakolatidan kelib

chiqishi lozim. Gap umumiy imtiyoz, maxsus normalar umumiy

normalarni bekor qilishiga yo’l qo’yuvchi kuchliroq yuridik kuch haqida

emas, aynan sharxlash imtiyozi haqida bormoqda. Maxsus normalar

umumiy normalarni aniqlashtiradi, oydinlashtiradi va to’ldiradi, ba’zida

esa istes’nolar ham qiladi. Maxsus normalarning tadbiq qilish imtiyozini

e’tirof etgan holda, ularni keng ko’lamda sharxlash kerak emas. Bunday

normalar, ular to’g’ridan-to’g’ri qo’llanilishi ko’zda tutilgan hollarda va

ular belgilanishiga qat’iy mos kelgan ravishda qo’llaniladi.

Bir tildagi qonunlarni sharxlashdagi mavjud qiyinchiliklar barchaga

ma’lum. Bu qiyinchiliklar bir nechta tildagi matnlarni sharxlashda bir

necha barobar ortadi. Har bir tilning o’z semantikasi mavjud bo’lib, ular

turli xildagi huquqiy tizimlarning yanada muhimroq bo’lgan atamalari va

tushunchalarni o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.

10.3. Sharxlash usullari

Sharxlashga oid bir tushunchani ifodalash uchun adabiyotlar va

amaliyotda turli xil atamalar: uslub, usul, yo’nalish, tur kabilar ishlatiladi.

Bu sharxlash masalasining nafaqat yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi

bilan, balki bu atamalar ma’nosi turli tillarda bir xil emasligi bilan ham

izohlanadi. Mazkur sharxlash usullari ko’pchilik adabiyotlarda

quyidagicha ifoda etilgan:

Universal shartnomalar odat normalarga nisbatan olib qaraganda,

davlatlar munosabatlarini bir qisminigina qamrab oladi. Shuning uchun

sharxlashda shartnomaviy va odat normalarning o’zaro harakatini aniqlab

olish muhim ahamiyatga ega. Maxsus-yuridik sharxlash yuridik

tushunchalar, turkumlar, maxsus yuridik bilimlar asosida ham yuzaga

1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -

М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.271- 273.

Page 171: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

171

keladi. Bu nuqtai nazar turli xildagi huquqiy tizimga ega bo’lgan

davlatlarda yuridik atamalarning ma’nosi mavjud tushunchani ifodalash

uchun mos kelmay qolishi ham mumkin. Ayrim atama va tushunchalar

ayrim davlatlarning huquqiy tizimida mavjud bo’lsa, boshqalarinikida

bo’lmasligi mumkin.

Shu tariqa maxsus-yuridik sharxlash davlatning ichki huquqiga ham

oid bo’lishi mumkin. Ma’lumki, Vena Konvensiyasi davlatning

shartnomadagi belgilangan majburiyatlariga rozilik berishi, uning

shartnoma tuzish vakolatiga oid bo’lgan ichki qonunining buzilishi bois,

ushbu majburiyatlarga rozilik bera olmasligini bildirishga haqli emasligini

belgilab qo’ygan, ya’ni shartnoma ishtirokchisi hisoblanuvchi davlat,

shatnomadagi majburiyatlarni bajarish yoki biror bir holatga rozilik

berishning oqibatlari, o’sha davlatning ichki qonunlarining buzilishiga olib

kelishini baxona qilishi, ichki qonunlar majburiyatlarni bajarishga yo’l

qo’yolmasligini ro’kach qilmasligi lozimligini e’tirof etadi. Istisnoli

holatlar ham mavjud bo’lib, bunday holatlar alohida muhim ahamiyatga

ega bo’lgan ichki huquq normalari yaqqol buzilgan, yoki qo’pol ravishda

buzilgan holatlar hisoblanadi (46-modda). Konstitutsiyaviy huquqni

sharxlash yordamida normalarning maxsus, alohida ahamiyatga ega

ekanligini aniqlab olish lozim. Shulardan kelib chiqqan holda aytish joizki,

shartnomalarni ichki qonun-qoidalarga asoslangan holda inkor etish

chegaralangan.

Xalqaro huquq normalarining odat yoki shartnomaviy bo’lishidan

qat’iy nazar, har qanday holatda ham so’z orqali shakllanadi va birinchi

navbatda grammatik jihatdan tahlil qilinadi. Eng so’ngida esa, umumiy

Maxsus sharxlash – xalqaro-huquqiy normalarning yuridik

tavsifini oydinlashtiradi. Mazkur sharxlash orqali norma harakatda

ekanligi, huquqiy jihatdan qabul qilinishi, tadbiq qilinishi, uning

harakatlanadigan sub’ektlar doirasi kabi masalalar belgilab oladi.

Grammatik sharxlash - so’zlarni, atamalarni, etimologiyadan

kelib chiqib hamda, tilning sintaksisi, xatto stilistikasi nuqtai nazaridan

kelib chiqib normalar matnini taxlil qilish orqali ularning ma’no-

mohiyatini aniqlashtirishni anglatadi.

Page 172: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

172

tarzda qo’llaniladigan ma’no beriladi. Bunda vaqt o’tishi bilan so’zlarning

semantikasida ham ma’lum bir o’zgarishlar bo’lishini inobatga olish

lozim. So’zlar va atamalarga normalar yaratilishida ishtirok etuvchi

sub’ektlar ma’no berishi lozim.

Faqat umumiy kelishilgan holda, sub’ektlar biror-bir atamaga

umumiy, ananaviy ishlatilinadigan ma’nosidan ko’ra yaxshiroq, mosroq

keluvchi boshqa ma’no berishsagina, o’sha atama o’zgacha ma’noga ega

deb hisoblanadi. Bunda ham istisnoli holatlar mavjud bo’lib ularga maxsus

atamalar (texnik, ilmiy va san’at soxasida) kiradi. Bu turdagi atamalarga

o’zining ananaviy ma’nosida boshqacha ma’no berib bo’lmaydi.

Grammatik sharxlashning navbatdagi bosqichi bu – butun bir gap

ma’nosini aniqlash. Bu bosqichda gap bo’laklari, gapning grammatik va

ma’no tuzilmasi aniqlanadi. Grammatik sharxlashda qo’shimchalar, tinish

belgilari, gap bo’laklarining bir-biriga mos kelishi alohida ahamiyatga ega.

Taxlil predmeti bunda so’z emas, balki so’z va ularning ma’nolari

bilan anglanituvchi tushunchalar hisoblanadi. Albatta mantiqiy jihatdan

sharxlash har qanday sharxlash usulida ham qo’llaniladi biroq, aynan

mantiqiy sharxlashda mantiq eng birinchi darajaga chiqadi. Shuni aytib

o’tish joizki, yuqorida aytib o’tilgan holat, ozmi-ko’pmi qaysidir darajada,

sharxlashning barcha turlari, usullariga tegishli bo’la oladi.

Mantiqiy sharxlash ayniqsa, norma bir nechta ma’noda tushunilishi

mumkin bo’lgan holatlarda samarali hisoblanadi. Mantiqiy sharxlash yo’li

bilan mantiqiy jihatdan to’g’ri bo’lganini ko’rsatish mumkin.

Bu shart-sharoitlar sub’ektlarning xohish-istaklari va ularni amalga

oshiruvchi normalarda o’z aksini topadi. Ularning taxlili natijalari

normalarning asl maqsad va mohiyati tarkibini aniqlashda yordam beradi.

Tarixiy sharxlash Xalqaro Sud amaliyotida ishlatiladi. Xalqaro

Sudning arbitraj to’g’risidagi qarorida (1991 yil) shunday deyiladi:

“Ko’rsatib o’tilgan dalillarning ma’nosini belgilash uchun, arbitraj

bitimlari tayyorlangan shart-sharoitlarga murojaat qilish foydali.”

Mantiqiy sharxlash – mantiq qonun-qoidalariga asoslanga holda

normalar matnini taxlil qilishni anglatadi.

Tarixiy sharxlash – normalar tarkibini, ularning tarixiy yaratilishi

shart-sharoitlariga ko’ra taxlil qilish.

Page 173: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

173

Bundan ko’rinib turibdiki, shartnomalarning tuzish jarayonlariga

murojaat qilish, ma’lum bir dalillarni tasdiqlash maqsadida amalga

oshirilgan tadqiqotlarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi.

Odatda tarixiy sharxlashni faqat o’tmish bilan bog’lashadi.

Shuningdek, sharxlash normalarni amalga oshirilish vaqtining tarixiy

shart-sharoitlari, ixtiyoriy ravishda ularning rivojlanishidagi

tendensiyalarni ham hisobga olmay qolmaydi. Mavjud tarixiy shart-

sharoitlarni inobatga olgan holda va ishtirokchilarni inobatga olgan holda

sharxlash siyosiy sharxlash bilan bog’lanib ketadi.

Siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olmay turib normalarni to’g’ri

sharxlashning imkoni yo’q. Nafaqat normalarning o’zi, balki ularni

sharxlash ham siyosatning quroli hisoblanadi. U davlatlar tomonidan

ularning siyosiy manfaatlarida faol ishlatiladi.

Ushbu sharxlash usulining mohiyati qay darajada ekanligini Vena

Konvensiyasining sharxlashga bag’ishlangan moddasining 1-bandidayoq

bayon qilinganligidan bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu

usulning ahamiyati xalqaro sudlar amaliyotida ham e’tirof etilgan. Masalan, 1995 yil 2 oktyabrdan Sobiq Yugaslaviya ishi uchun Xalqaro

Tribunal chiqargan qarorlarida, mazkur usulga butun bir bo’lim bag’ishlangan.

Ob’ekt va maqsad sharxlash uchun nechog’lik muhim ekanligi Xalqaro Sud

tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan.

Teologik sharxlash o’z mohiyatidan kelib chiqib, sharxlashning

alohida usuli sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga aytib o’tish lozimki,

ushbu usul tobora katta ahamiyat kasb etib borayotgan tizimli sharxlash

usulining qismi hisoblanadi.

Ushbu usulda quyidagi asosiy holatlar inobatga olinadi:

a) norma uning maqsadi va ob’ektiga binoan sharxlanishi lozim;

Siyosiy sharxlash – normalar tarkibini, ular yaratilgan vaqtdagi

siyosiy shart-sharoitlar, vaziyatlarni hisobga olgan holda va

ishtirokchilarning siyosatini inobatga olgan holda aniqlashtiradi.

Teologik sharxlash – normalarni ob’ekti va maqsadlariga binoan

sharxlash.

Tizimli sharxlash – normalarni boshqa xalqaro huquq normalari

bilan o’zaro bog’liqligiga ko’ra taxlil qilish.

Page 174: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

174

b) sub’ektlar normalarni vujudga kelishi jarayonida tuzishga erishgan

har qanday kelishuvlari hisobga olinadi;

c) norma uni tashkil etgan aktlarning asosiy qismi sifatida talqin

qilinishi lozim;

d) boshqa sub’ektlar tomonidan qabul qilingan, normaga oid bo’lgan

har qanday hujjati inobatga olinadi;

e) sharxlashga yoki normalarni qabul qilishga doir sub’ektlarning

qabul qilgan har qanday bitimlari hisobga olinadi;

f) normalarning sharxlanishi amaliyoti hisobga olinadi;

j) sub’ektlar o’rtasida qabul qilingan har qanday tegishli xalqaro

normalar inobatga olinadi.

Normativ sharxlashning asosiy ko’rinishi, sub’ektlarning o’zlari

tomonidan amalga oshiriluvchi rasmiy sharx yoki autentik sharx

hisoblanadi. Bir tomonlama sharxlash boshqa nuqtai nazaridan normativ

bo’lishi mumkin. Demak, davlat tomonidan normalarni sharxlash uning

barcha idoralari uchun normativ va majburiy hisoblanadi.

Xalqaro tashkilotning yuqori idorasi tomonidan amalga oshirilgan

sharxlash esa uning quyi idoralari uchun normativ va majburiy

hisoblanadi.

Uning asosiy vazifasi ma’lum bir holatda normalarni to’g’ri

sharxlanishini ta’minlashdan iborat.

Xalqaro huquq normalarini sharxlashning aloxida o’ziga xos

ko’rinishi – normativ maslaxatli sharxlashdir. U barcha holatlarda tadbiq

qilinuvchi normalarning umumiy tarkibini aniqlashtiradi va ayni paytda

kazual sharxlashdan farq qilishi bilan xarakterlanadi. Uning yana bir

boshqa o’ziga xos xususiyati – maslahat (tavsiya) xarakteri mavjudligi.

Xalqaro idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan

bunday sharxlash turi nafaqat mavjud normalarning tarkibini aniqlashda,

balki uning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.

Normativ sharxlash - norma faoliyati ko’lamiga tushishi mumkin

bo’lgan barcha holatlarda tadbiq qilinuvchi normalarning umumiy

tarkibini aniqlashtirishni aks ettiradi.

Kazual sharxlash - normalarning ular tadbiq qilinayotgan

jarayonda sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan sharxlash

tushuniladi.

Page 175: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

175

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalar huquqida

sharxlash institutini ko’rib chiqishlari, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning

rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarni sharxlash kimlar tomonidan amalga oshiriladi?

2. Sharxlangan xalqaro shartnomalarni xalqaro shartnomalar huquqining

manbasi sifatida qabul qilish mumkinmi?

3. Xalqaro shartnomalarni sharxlash masalasida xalqaro tashkilotlar

ahamiyati qanday?

4. Xalqaro shartnomalarni sharxlash prinsiplarining o’ziga xos xususiyati

nimada?

1 KAZUS.

BMT a’zolari o’rtasida tuzilgan ko’p tomonlama xalqaro shartnomani amal

qilishida uning taraflaridan biri bo’lgan Tunis davlatida shartnomada belgilangan

qoidalarga nisbatan e’tiroz paydo bo’ldi va uni sharhlashni so’radi. Shartnomaning

boshqa bir ishtirokchisi bo’lgan AQSH Tunisning e’tirozi shartnoma qoidalariga

nisbatan emas, balki uning kirish qismiga nisbatan ekanligini va bu shartnomani

rasmiy sharxlash uchun asos bo’la olmasligini ta’kidladi.

1) Xalqaro shartnomalarni sharxlashni kim amalga oshiradi?

2) Xalqaro shartnomani sharxlash qamrovi qanday? Tunisning talabi

o’rinlimi?

3) Xalqaro shartnomalarning sharxlashda qo’shimcha vositalar qaysilar

hisoblanadi?

2 KAZUS.

Kanada va Fransiya davlatlari o’rtasida tuzilgan shartnomada lingvistik jihatdan

tushunmovchilik kelib chiqadi.

Har ikki davlatning rasmiy tili fransuz tili ekanligini hisobga olib, tomonlar

avvalboshdanoq, shartnomani Fransiya davlatida amal qiluvchi fransuz tilida tuzishga

o’zaro kelishib olgan. Keyinchalik Kanadadagi fransuz tilidagi ma’noviy jihatdan

Fransiyadagi fransuz tiliga mos kelmaydigan so’zda anglashilmovchilik holati kelib

chiqqan. Tomonlar o’zaro kelishuvga erisholmagach, Fransiya shartnomaga xalqaro

huquqshunos olimlar, huquqshunoslar va advokatlar, Kanada esa tuzilgan shartnoma

sohasida faoliyat ko’rsatuvchi xalqaro tashkilotlar sharh berishini ilgari suradi.

Shuningdek, Kanada shartnomani aynan muammoli qismini sharhlanishini, Fransiya

esa shartnomani, keyinchalik boshqa muammolari ham yuzaga kelmasligi tufayli,

to’liq hajmiga nisbatan sharh berilishini bildiradi.

1) Shartnomani sharhlovchi sub’ektga nisbatan tomonlarning qaysi birining

pozitsiyasi to’g’ri?

Page 176: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

176

2) Sharhlash shartnomaning butun hajmiga nisbatan tadbiq etilishi

mumkinmi? Xalqaro shartnomalarni sharhlash qamrovi tushunchasini yoritib

bering.

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tanlang. Mazkur shartnomaning eng kamida

ikkita normasini nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalardan foydalangan holda

sharxlashga harakat qiling. Ushbu shartnomaga nisbatan dunyoning yetakchi olimlari

bergan sharxlashlari mavjud bo’lsa o’rganish va uni tahlil qilish lozim. Ish shakli –

nazorat ishi (esse).

Page 177: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

177

XI. XALQARO SHARTNOMALARGA NISBATAN

DAVLATLARNING HUQUQ VORISLIGI (yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich)

Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning

huquqiy vorisligining umumiy masalalari, vorislikning kelib chiqish sabablari va

oqibatlariga bag’ishlangan masalalarini o’rganadi.

11.1. Umimiy qoidalar

1978 yilda mazkur masala bo’yicha xalqaro shartnomalarga nisbatan

davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi Konvensiya qabul qilindi. U

butun tafsilotlari bilan qabul qilingan mufassal hujjat hisoblanadi.

Ma’lumki, Konvensiya loyihasining muzokarasi diplomatik

Konferensiyalarning ikki sessiyasini egalladi1.

BMT Bosh Assambleyasi huquqiy vorislikka tegishli bo’lgan o’z

rezolyutsiyalarida kodifikatsiya Ikkinchi jahon urushidan so’ng

mustaqillikka erishgan davlatlarning fikrini hisobga olishi lozim deb

ta’kidlagan2.

Xalqaro huquq komissiyasi gap yangi mustaqil davlatlar haqida

ketganda, zamonaviy amaliyot oldin mavjud bo’lgan presedentlarni

o’zgartirishini e’tirof etgan. Shu bilan birga asosiy qoidalar bugun ham

saqlanib qolingan. Shuning uchun davlat amaliyoti qay darajada faqat

siyosatni ifodalashi va qay darajada yuridik huquq va majburiyatlarni

ifodalashini aniqlab olish vazifasi qo’yilgan. Yangi mustaqil davlatlarning

huquqiy vorislik masalalarini hal qilishda zamonaviy presedentlar BMT

Ustavining prinsiplarini hisobga olgan holda amaliyotni aks ettirishi

muhim3.

Konvensiya muqaddimasida avvalambor xalqaro hamjamiyatda

dekolonizatsiya jarayoni bilan bog’liq chuqur o’zgarishlarga alohida urg’u

berilgan.

Ayrim mualliflar huquqiy vorislik to’g’risida gapirish noo’rin deb

hisoblaydi4. Aksariyat huquqshunoslar huquqiy vorislikni bir davlat

hududining ikkinchisiga o’tish fakti sifatida baholashadi. Bu fikr davlat

1 Qarang: U.N. Conference on the Succession of States in Respect of Treaties. Vol.I. 1977; Vol. II and III 1978. 2 Qarang, masalan: 1962 yil 20 noyabrdan 1765 (XVII) rezolyutsiyasi, 1963 yil 18 noyabrdan 1902(XVIII)

rezolyutsiyasi 3 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 167. 4 Qarang, masalan: Do’ring K. Volkerrecht. Heidelberg. 1999. S.74.

Page 178: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

178

vakillari tomonidan ham tasdiqlangan. 1972 yili Xalqaro huquq

komissiyasining ma’ruzasi muhokamasidan so’ng BMT Bosh

Assambleyasining Oltinchi qo’mitasi bayonot berdi: barcha vakillar

“moddalar loyihasida ishlatilgan “huquqiy vorislik” tushunchasi faqat bir

davlatni ikkinchisi bilan almashtirish faktini bildiradi va buning yuridik

oqibatlari hisoblangan huquq va majburiyatlarga taaluqli barcha savollarni

rad etadi deb kelishildi”1.

Demak, Konvensiyada davlatlar huquqiy vorisligi biron bir

hududning xalqaro munosabatlari uchun majburiyatlarni ado etishda bir

davlatning ikkinchisi bilan almashishi belgilanadi (2.1v-modda). Bu fikr

Xalqaro Sud amaliyotida ham o’z aksini topgan. Masalan, 1992 yilgi Salvador va Gonduras o’rtasidagi chegara baxslarini hal

qilishda Sud davlatlarning huquqiy vorisligini “bir davlatning hududiy mustaqilligi

boshqasiga o’tishining usullaridan biri”2 sifatida belgiladi.

Konvensiya nafaqat voris va o’tmishdosh davlatlarning huquqiy

holati, balki “boshqa ishtirokchi davlatlar”ga ham tegishlidir. Har qanday

davlat o’tmishdosh davlatdan tashqari voris davlatga nisbatan va huquqiy

vorislik ob’ekti hisoblangan hududga nisbatan davlatlarning huquqiy

vorisligi paytida kuchga kirgan shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi. Masalan, voris davlat va o’tmishdosh davlatlardan biri o’rtasida huquqiy

vorislik to’g’risida kelishuv tuzishda shartnoma boshqa tomonlar uchun majburiy

bo’lmaydi. Voris davlatning shartnoma bo’yicha majburiyatlarni qabul qilish

to’g’risidagi bir tomonlama bayonoti uni boshqa tomonlar uchun majburiy qilmaydi.

Davlatlarning 1891 yildagi London konferensiyasi rezolyutsiya qabul

qildi, unda “dastlabki asosga muvofiq, xalqlar ichki tuzilmasi qanchalik

o’zgarishlarga uchrasa ham, traktatlar o’z majburiyatlarini o’zgartirmaydi”

degan fikr tasdiqlandi. Bu boshqaruv shaklining o’zgarishi (monarxiya –

respublika) ham, davlat tuzumining o’zgarishi (federatsiya-unitar davlat)

ham shartnomaga ta’sir qilmaydi deganidir. Bu hukumatlarning

konstitutsiyaviy almashuviga ham tegishli.

Xalqaro maydonda tan olinishni maqsad qilib qo’ygan to’ntarishdan

keyingi yangi hukumatlar odatda qabul qilingan majburiyatlarga o’z

sodiqligini ko’rsatadi deb amaliyot guvohlik beradi. 1964 yilgi

Braziliyadagi harbiy to’ntarishdan so’ng vaqtinchalik hukumat tashqi

ishlar vaziri Braziliya xalqaro kelishuvlarga rioya qiladi deb bayonot

berdi3. 1975 yili Bangladeshda4, 1984 yilda Nigeriyada1, 1985 yilda

1 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 6. 2 ICJ. Reports. 1992. P.351. 3 Qarang: Правда. 1964.9 апрель 4 Qarang: Правда. 1975. 17 август

Page 179: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

179

Sudanda bo’lib o’tgan to’ntarishdan so’ng yangi hukumat huddi shunday

yo’l tutdi. Oxirgi holatda Misr hukumati bo’lib o’tgan voqealar Sudan

davlatining ichki ishi deb qabul qilishini va ular o’rtasidagi kelishuvni

bajarishga tayyor ekanini aytdi2.

Shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi

moddalarning qo’llanish sohalarini belgilashda Halqaro huquq komissiyasi

ijtimoiy yoki boshqa inqilobiy shakllar bilan vujudga kelgan, davlat

tuzumining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan huquqiy vorislik

muammolarini ularni qo’llanishdan chiqarib tashlashga qaror qildi.

Komissiya fikricha, “aksariyat hollarda” inqilob yoki to’ntarish qanday

xarakterga ega bo’lmasin, davlatning aynan o’xshashligi emas,

boshqaruvni o’zgartiradi3.

Chegaralar tartibi to’g’risidagi shartnomalar alohida o’rin tutadi.

Ma’lumki, 1969 yil Konvensiyasi holatlarning tubdan o’zgarishi chegara

to’g’risidagi shartnomani tugatish uchun unga murojaat qilish huquqini

bermaydi deb belgilagan. Huquqiy vorislik shartnoma bilan belgilangan

chegara yoki ularning tartibiga dahlsizdir4.

11.2. Yangi mustaqil davlatlar

“Yangi mustaqil davlat” deb voris davlat tushuniladi. Uning hududi

bevosita huquqiy vorislik oldidan qaram hudud hisoblangan va uning

xalqaro munosabatlari uchun o’tmishdosh davlat javobgar bo’lgan.

Makneyr “umumiy prinsip shundan iboratki, qayta tashkil etilgan

davlatlar … shartnomaviy majburiyatlarga nisbatan toza doskadan

boshlashadi...”, - deb yozgan5. Bu qoida BMT Kotibiyati amalga oshirgan

amaliyot umumiy xulosasi (Materials on Succession of States) bilan

tasdiqlangan6.

Konvensiya toza doska prinsipini qo’llab quvvatladi (tabula rasa).

Yangi mustaqil davlat mustaqil bo’lgan davlatga nisbatan kuchda

bo’lgan har qanday shartnomani ham kuchda saqlab qolishga majbur emas.

Shu bilan birga yangi mustaqil davlatlar amaliyoti ular o’zidan

oldingi o’tmishdoshning shartnomaviy munosabatlarini saqlab qolish

foydali ekanligini tushunadi deb guvohlik beradi. Bu munosabatlarni

1 Qarang: Правда. 1984. 2 январь 2 Qarang: Правда. 1985. 8 апрель 3 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 170. 4 Qarang: Tyranowski J. Sukcesja panstv a traktaty w sprawie granic. Poznan. 1979. 5 McNair. The Law of Treaties. P. 601. 6 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 211.

Page 180: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

180

tiklash ulardan ancha kuch sarflashni talab qilishi va bir qancha

noqulayliklarni tug’dirishi mumkin. Shu sababli ular aksariyat hollarda

oldingi shartnomalarni keyinchalik o’zlari uchun foydasiz bo’lgan

qoidalardan asta – sekin qutulish maqsadida saqlab qolishadi.

Jumladan, Serra – Leone 1961 yili notalar bilan almashish natijasida

“har qanday haqiqiy xalqaro aktdan kelib chiqadigan Qo’shma Qirollik

hukumatining barcha majburiyat va javobgarligini o’ziga qabul qildi.,

chunki bunday akt Serra – Leonega ham qo’llanishi mumkin”. 1957 yilda

Gana bilan bog’liq masala shunga o’xshash yo’l bilan tartibga solindi1.

Fidji hukumati mavjud huquqiy munosabatlarni quvvatlamoq istagini

bildirgan2.

1956 yilgi Tunis mustaqilligi to’g’risidagi fransiya – tunis kelishuvi

bayonnomasida Fransiyaning Tunis mustaqilligini tan olishi haqida bayon

etilgan. Natijada, ular o’rtasida 1881 yil 12 mayda tuzilgan shartnoma

frank-tunis munosabatlarini boshqa tartibga sola olmaydi. 1955 yilgi

kelishuv qoidalari “Tunisning mustaqil va suveren davlat sifatida yangi

mavqeiga zid bo’lsa, o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”3.

Shu bilan birga boshqa holatlar ham ma’lum. 1960 yilda Kongo

hukumati Belgiya hukmronlik qilgan davrda tuzilgan barcha shartnomalar

o’z kuchini yo’qotgan deb e’tirof etgan4.

1971 yilgi mustaqillikni e’lon qilish to’g’risidagi Baxreyn

knyazligining hukumat bayonotida Baxreynni Angliya bilan bog’lab

turadigan barcha siyosiy va harbiy kelishuvlarni bekor qilish haqida bayon

qilingan edi5.

Yangi davlat mustaqillikka erishgandan so’ng yangi tuzumga mos

kelmaydigan shartnomalar zudlik bilan o’z harakatini to’htatilishi

mantiqqa mos keladi. Eski majburiyatlar yangi davlatga avtomatik

ravishda tarqalishi kerak emasligi to’g’ri yondoshuv, chunki budnay

majburiyatlar davlatning oldingi holatini aks etiradi.

Yangi mustaqil davlatga huquqiy vorislik haqida xabar berish yo’li

bilan ko’ptomonlama shartnomada ishtirok etish bo’yicha o’z maqomini

o’rnatish huquqi berilgan. Buning uchun faqat bildirishnoma kifoya. Agar

bunday davlatga nisbatan shartnoma qo’llanilganda uning ob’ekti va

maqsadlari bilan to’g’ri kelmasligi aniqlansa, bu qoida qo’llanilmaydi.

1 Qarang: ICLQ.1965. .Part 2. P. 616- 617 2 Qarang: U.N.Treaty Series. 1974. Vol. 917. Nos. 13082 – 13104. P. 126. 3 Le Monde. 1956. 22 Mars. 4 Qarang: Правда. 1960. 23 август. 5 Qarang: Правда. 1971. 15 август

Page 181: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

181

Yangi mustaqil davlat xabar berish yo’li bilan ham kuchga kirmagan

shartnomaga nisbatan ahdlashuvchi davlat bo’lishi mumkin.

Agar o’tmishdosh davlat ko’ptomonlama shartnomani uni

ratifikatsiya qilish yoki qabul qilish sharti bilan imzolagan bo’lsa, unda

yangi davlat uni ratifikatsiya qilishi yoki qabul qilishi mumkin. Bu

hollarda ham yangi davlatning ishtiroki uning ob’ekti bilan va shartnoma

maqsadlari bilan mos kelmasligiga taaluqli qoida amal qiladi.

11.3. Davlatlarning birlashishi va bo’linishi natijasida huquqiy

vorislik

Davlatlar amaliyoti tahlili ularni birlashtirish bo’yicha

shartnomalarga nisbatan biron bir aniq mezon bermagan. Germaniya

federatsiyasi (1871y.) va Shveytsariya federatsiyasi (1848y.) va boshqa

shu kabi davlatlarning birlashish amaliyotini o’rganib, aksariyat mualliflar

shunday xulosaga kelishdi, voris davlatning federal yoki unitar bo’lishi

alohida ahamiyatga egadir. Biroq bunda yuridik oqibatlar turli bo’lishi

mumkinligi ta’kidlandi.

Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiya

mavjud amaliyotni hisobga olgan holda quyidagi qoidalarni belgiladi.

Davlatlar birlashgan holatlarda ularning har qaysi uchun kuchga ega

bo’lgan shartnoma, voris davlat uchun ham o’z kuchini saqlab qoladi.

Bunda tomonlar boshqa holat to’g’risida kelishib olishi mumkin (34-

modda).

Ko’rinib turibdiki, Konvensiya kontinuitet prinsipini tasdiqladi, ya’ni

davlatlarning bo’linish holatida shartnomalar ishi davom etadi.

O’tmishdosh davlat shartnomalarining maqomini aniqlash maqsadida

davlatlarning vijdonli (halol) muzokaralar olib borish huquqiga alohida

ahamiyat berilgan. Buning barchasi huquqiy vorislik institutini shartnoma

tomonlari maqomida o’zgarishlar bo’lgan holatda shartnomaviy

munosabatlarning mustahkamligini ta’minlashning xalqaro-huquqiy

kafolati sifatida ko’rib chiqish mumkinligini tasdiqlaydi.

O’tmishdosh davlatning har qanday shartnomasi huquqiy vorislik

paytida qaysi davlatda kuchga ega bo’lsa, faqat o’sha davlat hududiga

nisbatan qo’llaniladi.

Ko’ptomonlama shartnoma holatida voris davlat bildirish orqali

uning butun hududga nisbatan qo’llanishini ma’lum qiladi.

Page 182: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

182

Agar shartnomaning butun hududga qo’llanishi uning ob’ekti va

maqsadlariga to’g’ri kelmasligi aniqlansa, bu qoida qo’llanilmaydi.

Shu tariqa voris davlat bildirish orqali ko’ptomonlama

shartnomaning ahdlashuvchi davlati sifatida o’z maqomini belgilashi

mumkin. O’tmishdosh davlatlardan biri ko’ptomonlama shartnomani

imzolasa, voris davlat uni ratifikatsiya qilishi va qabul qilishi mumkin.

Shuni aytish joizki, shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik

to’g’risidagi Konvensiya katta tanqidga uchradi. D.O Konnell

ta’kidlashicha, Konvensiya huquqni shiddat bilan ko’rib chiqish istagida

noto’g’ri tasavvurdan, ya’ni dekolonizatsiyaning maxsus muammosi

alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan, natijada butun intellektual

kontekst noto’g’ri aks etilgan1.

Adabiyotlarda va amaliyotda ba’zan “avtomatik huquqiy vorislik”

haqida savol tug’iladi. Ta’kidlanishicha, u avvalambor inson huquqlari

to’g’risidagi ko’ptomonlama konvensiyalarga nisbatan qo’llaniladi.

“Avtomatik huquqiy vorislik”ka nisbatan xalqaro huquq umumiy

normalarni belgilab beruvchi ko’ptomonlama shartnomalar haqida

gapirilganda murojaat qilish mumkin. Ularning qoidalari odat normalari

sifatida haqiqiy hisoblanadi. Bu nafaqat inson huquqlari to’g’risidagi

shartnomalar, balki umuman gumanitar huquqqa ham tegishli.

Endi huquqiy vorislikning tajribasiga murojaat qilamiz, unda bir

davlat boshqasini o’z ichiga oladi va bunda o’zining sub’ektga bo’lgan

huquqini saqlab qoladi. Vetnam Demokratik Respublikasi tarkibiga

Janubiy Vetnamni qo’shish natijasida, oxirgining shartnomalari tugatilgan.

Xalqaro huquq komissiyasining o’sha payt qabul qilingan huquqiy vorislik

to’g’risidagi moddalar loyihasi e’tiborga olinmagan.

Shunga o’xshash tartibdagi boshqa holat – Germaniya Demokratik

Respublikasining GFR Asosiy qonuni 23-moddasiga muvofiq GFR

tarkibiga kiritilishi. GDR va GFR o’rtasidagi asosiy munosabatlar

to’g’risidagi 1972 yildagi shartnoma natijasida shartnoma ishtirokchilari

bir-birini xalqaro huquqning teng huquqli sub’ektlari sifatida tan oldi.

Bungacha g’arbiy davlatlar GFR hukumatini butun Germaniyaning vakili

sifatida tan olardi2. Sud amaliyotigina ko’pincha real pozitsiyani qo’llab

quvvatlar hamda ikkala davlatni ham Germaniya vorisi sifatida ko’rgan3.

1 Qarang: O”Connell D. Reflections on the State Succession Convention // ZaoRV/ 1979. P. 725 - 729. 2 Qarang: G’arbiy Germaniyaning NATOga kirishi to’g’risida bayonnomaga “V” ilova. 1954. №47. B. 5-6. 3 Oregon shtatining 1958 yilgi qarori 1954 yilgi shartnoma faqat G’arbiy Germaniyaga nisbatan qo’llanilishi, 1923 yilgi

shartnoma esa Sharqiy Germaniya uchun kuchga ega ekanligini belgilab berdi // Virginiya Journal of International Law.

1958. April. P. 420

Page 183: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

183

GDRning GFR tarkibiga kirishi 1990 yil Germaniya butunligini

qayta tiklash to’g’risidagi Shartnoma bilan rasmiylashtirilgan. Shartnoma

moddalaridan biri GFR huquqiy vorisligiga, boshqasi – GDRga

bag’ishlangan1.

Ulardan birinchisida ahdlashuvchi tomonlar GFR shartnomalari,

xatto xalqaro tashkilotlarda uning a’zoligi asoslangan shartnomalar ham

o’z kuchini saqlab qolganligidan kelib chiqadi (11-modda).

GDRga nisbatan esa, u tuzgan shartnomalarni ahdlashuvchi tomonlar

ishonch himoyasi, ishtirokchi davlatlar manfaatlari va GFR shartnomaviy

majburiyatlari nuqtai nazaridan hamda erkin, demokratik va huquqiy

davlat tartibi prinsiplariga muvofiq va ularni saqlash, moslashish yoki

tugatish haqidagi masalalarni hal qilish uchun Yevropa hamjihatligida

ishtirokini hisobga olgan holda muhokama etiladi (12-modda).

Sovet Ittifoqi (SSSR)ning GDR bilan tuzgan shartnomalari 400ga

yetgan. 1990 yil 9 noyabrda Sovet Ittifoqi va GFR tashqi ishlar vazirlari

o’rtasida ikkitomonlama shartnomalar tomonlar muzokaralarida ko’rib

chiqilishi haqida xatlar bilan almashish bo’lib o’tgan. Xalqaro

tashkilotlarga a’zolik faqat GFRda saqlanib qolgan.

Ikki german davlatlarining birlashishi ularning g’olib davlatlar bilan

shartnomaviy munosabatlarining o’zgarishiga olib kelgan. 1990 yil

Germaniyaga nisbatan eng so’nggi tartibga solish Shartnomasi qabul

qilindi (“4+2 Shartnomasi”).

Shartnomada, jumladan, bayon etilgan: “Germaniyaning demokratik

va tinch davlatga birlashishi bilan to’rt davlatning Berlin va butun

Germaniyaga nisbatan huquq va majburiyati o’z ahamiyatini yo’qotdi2.

O’tmishdosh davlat halqaro huquq sub’ekti sifatida saqlab

qolinganda unga oldin tuzilgan shartnomalarning barchasi tegishli, faqat

ajralib chiqqan hududlarga taaluqli bo’lgan shartnomalar bundan istisno.

Bu holatda o’tmishdosh davlat xalqaro tashkilot a’zosi sifatida o’z

mavqeini saqlab qoladi. Bunga Pokistonning Hindistondan ajralishi misol

bo’ladi. Bosh Assambleya Hindiston o’z a’zoligini davom ettiradi deb

hisobladi.

Sovet Ittifoqi (SSSR) tarqalishidan keyingi qator o’ziga xos

aspektlarga ega bo’lgan huquqiy vorislik muammolari biz uchun alohida

1 Qarang: Der einigungs Vertrag. Munchen. 1990. 2 Qarang: Известия. 1990. 13 сентябрь.

Page 184: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

184

ahamiyat kasb etdi1. Huquqiy vorislik bilan bog’liq masalalar Mustaqil

Davlatlar Hamkorligini tuzish haqidagi Bitim (1991 y.), Olmaota

Deklaratsiyasi (1991y.), Sobiq Ittifoq shartnomalariga nisbatan huquqiy

vorislik masalalarida o’zaro tushunish to’g’risidagi Memorandum (1991

21 dekabr) bilan tartibga solingan. Olmaota Deklaratsiyasida Sobiq Ittifoq

o’z ishini tugatganligi to’g’risida bayon etilgan. Shu bilan birga

“ishtirokchi davlatlar o’z konstitutsiyaviy tartiblariga muvofiq Sobiq

Ittifoq shartnomalari va kelishuvlardan kelib chiqadigan xalqaro

majburiyatlarni bajarishni kafolatlaydi deb belgilangan”2.

Deklaratsiyani Pribaltika davlatlaridan tashqari barcha Sobiq Ittifoq

respublikalari imzoladi. 1990 yilda Litva parlamenti, 1991 yilda Estoniya

va Latviya parlamentlari Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanligini e’lon

qilishdi. Bu aktlar mavjud davlatlarning mustaqillikni qayta tiklovchilar

sifatida ko’rib chiqiladi. Bundan kelib chiqadiki, ular o’zini Sovet Ittifoqi

huquqiy vorislari deb hisoblashmagan. 1990 yil avgustda Latviya Oliy

Kengashi Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar

to’g’risida qaror qabul qildi. Muzokaralarda Latviyaning davlat suverenligi

1940 yilning 16 iyul darajasida qayta tiklanganligini tan olish belgilandi3.

Sovet Ittifoqi ishtirokchi sifatida qatnashgan shartnomalarga nisbatan

Pribaltika davlatlari BMT Bosh kotibiga Sovet Ittifoqi tuzgan huquqiy

vorislik bilan bog’liq har qanday shartnomaga o’zini dahlsizligini ma’lum

qildi.

Ukraina 1991 yili huquqiy vorislik to’g’risidagi Qonunni qabul qildi,

unga ko’ra Ukraina “Sovet Ittifoqining halqaro shartnomalari bo’yicha

huquq va majburiyatlarining huquqiy vorisi “ hisoblanadi. Bunda gap faqat

“Ukraina Konstitutsiyasi va respublika manfaatlariga zid bo’lmagan”

huquq va majburiyatlar haqida borayotgani ta’kidlandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 1992 yil 12 yanvardagi o’z notasida

Rossiya Federatsiyasi Sovet Ittifoqi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib

chiqadigan huquq va majburiyatlarni bajarishni davom ettirishi to’g’risida

boshqa davlat hukumatlariga ma’lum qildi va shunga binoan Rossiya

Federatsiyasini “Sovet Ittifoqi o’rniga barcha harakatdagi xalqaro

shartnomalar Tomoni sifatida” qabul qilishni belgiladi.

1 Qarang: Klimenko B.M. sobiq Ittifoq hududida huquqiy vorislik muammolari. // MJMP. 1992. №1; Mullerson R. Or.

Cit.; Johnson L. The Succession to the USSR for Treaties Concluded within the United Nations and Specialized

Agencies // Juridical I Yearbook. 1992 ; erickson J. Fallen from Grace // World Policy Journal. 1993.Summer. 2 Qarang: Известия. 1991. 23 декабрь. 3 Qarang: Известия. 1990. 11 август.

Page 185: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

185

Demak, Rossiya Sobiq Ittifoq majburiyatlarini to’liq o’ziga olishi

mumkin bo’lgan davom ettiruvchi davlat kontsepsiyasini ilgari surdi. Bu

qoida 1991 yil 21 dekabrda MDH davlatlari rahbarlari Kengashining

qarori bilan maqullangan, unga ko’ra Rossiya “BMTda Sovet Ittifoqi

a’zoligini, Xavfsizlik Kengashida doimiy a’zo hamda boshqa xalqaro

tashkilotlarda a’zoligini davom ettirishi” bayon etilgan. Rossiya Prezidenti

1991 yil 24 dekabrda BMT Bosh kotibiga yo’llagan maktubida ”Sovet

Ittifoqining a’zoligi endi Rossiya Federatsiyasi bilan davom etadi” deb

ma’lum qildi. Sovet Ittifoqining BMTdagi o’rnining Rossiya

Federatsiyasiga o’tishi Bosh Assambleyaning va Xavfsizlik Kengashining

hech qanday rasmiy qarorlarini talab qilmadi1.

Shartnomalar huquqi to’g’risidagi Konvensiyadan farqli, huquqiy

vorislik to’g’risidagi Konvensiya harbiy okkupatsiya holatlari to’g’risidagi

moddaga ega. Unda Konvensiya hududni harbiyalar okkupatsiyasi bilan

bog’liq har qanday shartnomaga nisbatan paydo bo’ladigan bironta

masalani oldindan hal qilmaydi deb belgilangan (40- modda). Doktrinada

xorijiy davlatni yoki uning qismini harbiy okkupatsiya qilish bunday

davlatning xalqaro - huquqiy sub’ektligiga ta’sir ko’rsatmaydi degan fikr

keng tarqalgan2.

Xalqaro huquq komissiyasi bu borada quyidagi xulosaga keldi:

harbiy okkupatsiya moddalar loyihasi unga bergan davlat huquqiy vorisligi

ma’nosini bermasada, ammo shunga o’xshash savollarni tug’dirishi

mumkin. Shuning uchun, xato tasavvurga ega bo’lmaslik uchun,

Konvensiyaga huquqiy vorislik to’g’risidagi moddalar harbiy okkupatsiya

natijasida tug’ilishi mumkin bo’lgan savollarga aloqasi bo’lmaydi degan

modda kiritish qaror qilindi3. Haqiqatdan ham, harbiy okkupatsiya unga

uchragan davlatga okkupant davlat bilan ikkitomonlama shartnomalar

harakatini to’xtatib qo’yish huquqini beradi. Shu kabi huquqqa bunday

shartnomalarning boshqa ishtirokchilari ham ega.

Aytilganlardan ko’rinib turibdiki, 1978 yilgi shartnomalarga nisbatan

davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi Konvensiya hozirgi zamon

amaliyotini hisobga olgan holda bu institutning qator muhim prinsip va

normalarini kodifikatsiya qilgan. Avvalambor, chegaralar to’g’risidagi,

hududiy rejim (tartib) to’g’risidagi shartnomalarning avtomatik ravishda

huquqiy vorislik to’g’risidagi normalarni mustahkamlash muhim ahamiyat

1 Qarang: Известия. 1991. 25 декабрь. 2 Qarang: Marek K. Identity and Continuity of States in Public International Law. Geneva. 1954. P.74 3 Qarang: YILC.1972. Vol. II.P.308.

Page 186: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

186

kasb etadi (12-modda). Kontinuitet prinsipi tan olingan. Bunda manfaatdor

davlatlarning shartnomalariga alohida e’tibor qaratilgan (34,35- moddalar).

Shu bilan birga huquqiy vorislik muammolarining murakkabligini

hisobga olish to’g’ri bo’ladi. Huquqiy vorislikning har bir holati o’ziga xos

xususiyatlarga ega. Davlatlar amaliyoti mutassil bo’lmagan. Huquqiy

vorislik to’g’risidagi masalalar bo’yicha davlatlar tomonidan tuzilgan

kelishuvlar turlicha bo’lgan. Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik

to’g’risidagi Konvensiya qabul qilingandan so’ng hali o’z yechimini

topmagan savollar anchagina. Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik

to’g’risidagi Konvensiyani tayyorlagan Vena konferensiyasining raisi

professor K.T.Semanekaning Konvensiya “davlatlar amaliyoti uchun

foydali model” hisoblanadi degan fikri e’tiborga loyiqdir1.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur bobda xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy

vorisligi umumiy masalalarini hamda vorislikning kelib chiqish sabablarini

o’rganish jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari

lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislikda chegara va hudud

rejimi nimani anglatadi?

2. Ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga nisbatan huquqiy

vorislik qanday tartibga solinadi?

3. Xalqaro shartnomaviy vorislik bilan bir qatorda xalqaro shartnomaviy

vasiyatga yo’l qo’yiladimi?

4. Xalqaro shartnomlarda vorislik doirasi qanday (huquq va

majburiyatlarga nisbatan)?

1 KAZUS.

Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangach uning hududida 15 ta mustaqil davlat tashkil

topdi. SSSRning harbiy jihatdan imkoniyatlari va zaxirasi juda katta hisoblangan.

Davlatda yadroviy va vodorod qurollari mavjud bo’lgan. Yadro qurollarini

tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha AQSH va boshqa Yevropa davlatlari

bilan o’zaro shartnomalri tuzilgan (1973, 1976, 1979 yillarda). Ittifoq parchalangach

mustaqil davlatlarning SSSRning vorisligi borasida nizolar kelib chiqdi. Yadroviy

qurollar faqatgina Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga, boshqa harbiy zaxiralar va

iqtisodiy resurslar, hududiy taqsimotda ajratilganlardan tashqari, uch davlat –

1 Qarang: Zemanek K. The Legal Foundations of the International System // RdC. 1997-I.P. 85

Page 187: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

187

Ukraina, Belorus va Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga o’tdi. Ular bu haqida 1991 yilda

Minsk kelishuvida qoidalar belgilashdi.

1. Yadro qurolini tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha shartnomalar

bo’yicha qaysi postsotsialistik davlatlar voris hisoblanadi? Bunda yadro quroliga

nisbatan faqatgina Rossiya Federatsiyasi voris ekanligining o’rni qanday?

2. Xalqaro shartnomadagi huquqiy vorislik doirasi qanday? Vaziyatda

keltirilgan faqatgina uch davlatning vorisligini e’tirof etuvchi shartnoma xalqaro

huquq qoidalariga to’g’ri keladimi?

3. Xalqaro shartnomaviy vorislikda huquqlar bilan birga majburiyatlarga

nisbatan ham vorislik mavjudmi? Bu haqida qanday xalqaro huquqiy hujjatlar qabul

qilingan?

2 KAZUS.

XX asrning 40-yillarida Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston davlati

Hindiston va Pokiston kabi ikki davlatga bo’linishi natijasida davlatlarning huquqiy

vorisligi masalasi yuzaga keladi. Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston

BMTning Ustavini qabul qilishda ishtirok etgan ta’sischi-a’zolardan biri edi.

Mamlakatni ikkiga bo’linishida yangi dominion – Hindiston avvalgi xalqaro huquq

sub’ekti Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston ekanligini va u xali ham BMT

a’zosi ekanligini da’vo qildi. Pokistonning fikriga ko’ra, Britaniya mustamlakasi

bo’lgan Hindistonining xalqaro huquq sub’ektliligi bo’linganligi sababli ularning har

ikkalasi ham BMTga a’zolik jihatidan voris hisoblanishadi.

1. Hindiston va Pokiston tomonidan bildirilgan fikrlarning qaysi biri xalqaro

shartnomalar huquqiga mos keladi? Xalqaro shartnomaning vorisi bo’lish uchun

qanday talalablar qo’yiladi?

2. Qanday hollarda davlatlarning huquqiy vorisligi kelib chiqadi? Qaysi davlat

BMTga a’zolik haqidagi xalqaro shartnomaga nisbatan voris hisoblanadi?

3. Davlatlarning huquqiy vorisligi natijasida kelib chiqadigan huquqiy

oqibatlariga yuridik baho bering?

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomadan kelib

chiqqan holda qanday vaziyatlarda davlatlarning huquqiy vorisligi kelib chiqadi va

tartibga solinishi haqida o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

Page 188: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

188

XII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO

SHARTNOMALARGA OID QONUNCHILIGI

(yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich)

Annotatsiya. Mazkur bob O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning mustaqil

sub’ekti sifatida, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida qonun

hujjatlari, O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalar ijrosini ta’minlash

choralariga, bundan tashqari, O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy tashabbuslari

to’g’risidagi masalalarga bag’ishlanadi.

12.1. O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida

qonun hujjatlari

O’zbekiston istiqlolga erishgach davlatni halqaro maydonda xalqaro

munosabatlarning teng va to’la huquqli a’zosi sifatida horijiy sheriklar

bilan o’zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy asosini yaratadigan

shartnomaviy-huquqiy bazani shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Bir

so’z bilan aytganda, ko’plab davlatlar bilan qator xalqaro ikkitomonlama

shartnomalarni imzolash va ko’p tomonlama universal konvensiyalarga

qo’shilish amaliyoti keng tus oldi.

O’z-o’zidan bunday jarayonni milliy huquq doirasida tartibga solish

va umuman xalqaro xuquq normalariga milliy qonunchilik darajasida

munosabat bildirish ehtiyoji tug’ildi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasida

xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi va

uning 17-moddasida respublika tashqi siyosati davlatlarning suveren

tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,

chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa

davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro

huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga

asoslanishi ta’kidlandi.1

Har qanday istiqlolga erishgan davlat birinchi navbatda xalq xo’jaligi

va iqtisodiyotni rivojlantirishga, aholini ish bilan ta’minlash va uning

turmush tarzini oshirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu esa, o’z navbatida

respublikaga chet el sarmoyalarini jalb qilishni taqazo etadi. Shu

munosabat bilan O’zbekistonda shartnomalar sohasini tartibga soluvchi

birinchi normativ-huquqiy hujjat 1993 yil 7 mayda qabul qilingan

1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №1. – 4-modda

Page 189: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

189

“O’zbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasidagi

xalqaro zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni tuzish va

denonsatsiya qilish tartibi to’g’risida”gi Qonun bo’ldi.1 Mazkur Qonun 2

moddadan iborat bo’lib, chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonining

tezlashtirilishini ta’minlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratish

maqsadida qabul qilingan edi. Unga ko’ra, xalqaro moliya institutlari bilan

zayom va kafolat shartnomalari hamda bitimlarini imzolash va

denonsatsiya qilish huquqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishliligi

belgilandi hamda bunday shartnomalar tuzilgach, ratifikatsiya qilinmasdan

O’zbekiston uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kirishi

mustahkamlab qo’yildi.

Keyinchalik, ya’ni 1995 yilning 22 dekabrida “O’zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonuni qabul

qilindi.2

Ushbu Qonun O’zbekiston xalqaro shartnomalarini to uni tuzishdan

tortib, ijro etish, to’xtatib turish va tugatish jarayonigacha bo’lgan tartibni

belgiladi. Unda shartnoma tushunchasi, nomlanishi, turlari, shakli va u

tuziladigan til aniq bayon qilib berildi.

Qonunda shartnomalarga nisbatan xalqaro huquqdagi, ya’ni 1969

yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena Konvensiyasi

qoidalaridagi umumiy yondashuv saqlanib qolinib, shartnomani davlat

ichki protseduralariga taaluqli jihatlari keng yoritildi. Jumladan, xalqaro

shartnomalarni tuzish to’g’risidagi takliflarni ilgari surish va ko’rib

chiqishda davlat boshqaruvi idoralari vakolatlari (8-10-moddalar),

muzokaralar olib borish va shartnomalarini imzolash to’g’risida qarorlar

qabul qilish (11-modda), bunday xarakatlar uchun vakolatlar masalalari

(12-13-moddalar), xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yoki

tasdiqlash (14-20-moddalar) hamda unga qo’shilish (21-modda) masalalari

batafsil ifoda etildi.

Lekin mazkur Qonun qoidalarini tahlili shuni ko’rsatadiki, unda

halqaro shartnomalarni huquqiy va boshqa ekspertizadan o’tkazishning

predmeti belgilanmagan, xalqaro shartnomalarning bajarilishini ta’minlash

va bu jarayon ustidan kuzatuv olib borish mexanizmi yetarli

shakillantirilmagan hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy

bazasini inventarizatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratilmagan.

1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №5. – 234-modda. 2 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1995. - №12. – 262-modda.

Page 190: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

190

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi

yetarli shakillanganligini inobatga olib1, yuqorida tilgan olingan qonunni

amaldagi shartnomalarni bajarish va hayotga tatbiq etish qoidalari va

ularni doimiy tarzda inventarizatsiya qilib borish institutini joriy qilish

hisobiga boyitish maqsadga muvofiqdir.

12.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oid

qonunosti hujjatlari

“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi

qonuni shartnomalar sohasida asosiy masalalarni o’zida mustahkamlab,

qolgan ba’zi masalalarni qonunosti hujjatlariga havola qildi (8-moddaning

beshinchi va sakkizinchi xatboshilari; 11, 12, 20 va 21-moddalarning 3

bandlari; 25-moddaning birinchi xatboshi; 28-moddaning ikkinchi,

uchinchi va to’rtinchi xatboshlari).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi 1998 yil 12 yanvarda o’zining 15-sonli Qarori bilan

O’zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini

tuzish, bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish Tartibini2

tasdiqladi.

Ushbu Tartib idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarining

loyihalarini tayyorlash, idoraviy tusdagi xalqaro shartnomalarni tuzish,

bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish, shuningdek xalqaro

shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni, bajarish masalalarini tartibga soldi.

Unda shuningdek, idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish

to’g’risidagi takliflar va ularning loyihalari kelishilishi lozim bo’lgan

manfaatdor vazirlik va idoralar ro’yxati sohasiga qarab belgilandi. Bunday

tusdagi shartnomalarni tuzish yuzasidan qaror O’zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinishi, tabiatni muhofaza qilish va

tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan idoralararo xalqaro

shartnomalarni tuzish bo’yicha qaror esa O’zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi tomonidan qabul qilinishi ta’kidlandi.

Oradan ko’p o’tmay, ya’ni 2000 yil 12 dekabrda O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zining 473-sonli Qarori bilan Xalqaro

shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasining

1 http://www.lex.uz/ 2 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 1998. - №1. – 3-modda.

Page 191: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

191

xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarini bajarish Tartibini1

tasdiqladi.

Mazkur Tartib “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari

to’g’risida”gi qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini tuzish

to’g’risida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek tuzilgan

xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish masalasini tartibga

soldi.

473-sonli Qarorga muvofiq xorijiy davlatning yoki xalqaro

tashkilotning xalqaro shartnoma tuzish to’g’risidagi tashabbus taklifi

shartnomaning tegishli loyihasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligi

tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi (2-band) va Hukumat

tomonidan xalqaro (ikkitomonlama) shartnoma loyihasini ekspertlar

darajasida ishlab chiqish to’g’risida yoki ko’p tomonlama xalqaro

shartnoma (konvensiya)ni O’zbekiston tomonidan imzolash, ratifikatsiya

qilish, unga qo’shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi

haqidagi masala yuzasidan tegishli qaror (topshiriq) qabul qilishi

belgilandi (3-band).

Barcha takliflarni umumlashtirish va xalqaro shartnoma loyihasini

yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O’zbekiston

Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo’shilish yoki

uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi masalani

puxtalashtirish shartnoma bilan boshqariladigan masalalar o’z vakolatiga

kiradigan va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidan kelib

chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydigan vazirliklar yoki

idoralar zimmasiga yuklanadi (4-band). Qanday masalaga qaysi davlat

boshqaruv idorasi mas’ulligi yuqorida tilga olingan Tartib ilovasida

keltirildi.

O’zbekistonning tegishli davlat idoralari tomonidan shartnoma

loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi bilan, ayrim hollarda esa,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan holda, loyihani

Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ko’rib

chiqadi (5-band).

- “Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning

noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar

yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan

moliyalashtiriladigan texnik ko’maklashish loyihalari dasturlarini amalga

1 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 2000. - №12. – 76-modda.

Page 192: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

192

oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom1 (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2010 yil 23 iyundagi 123-sonli Qarori bilan tasdiqlangan).

Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar

to’g’risida”, “Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risida”, “O’zbekiston

Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”,

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston

Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ-

huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Nizom, agar

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o’zgacha hol

nazarda tutilmagan bo’lsa, qonun hujjatlariga muvofiq giyohvandlikning

oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash

sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek

ichki donorlarning mablag’lari, O’zbekiston Respublikasining davlat

tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining o’z mablag’lari

hisobiga moliyalashtiriladigan texnik ko’maklashish loyihalari dasturlarini

ko’rib chiqish, ekspertizadan o’tkazish, amalga oshirish, amalga oshirish

monitoringini olib borish, uzaytirish, o’zgartirish, to’xtatib qo’yish,

to’xtatish, shuningdek bekor qilish tartibini belgilaydi.

12.3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy

tashabbuslari

1992-yilda O’zbekiston Respublikasi birgalikda Orol inqirozi

oqibatlarini bartaraf etib, ekologik muvozanatni saqlash va aholi uchun

toza muhitni yaratish maqsadida mintaqa mamlakatlari hamda xalqaro

hamjamiyat kuchlarini birlashtirgan holda harakat qilish tashabbusi bilan

chiqdi.

Orol dengizi muammosi ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi.

Ammo, 60-yillarda bu muammo xavf tug’diradigan oqibatlarni keltirib

chiqardi. Aholi o’sishi va suvga bo’lgan talab, yangi yerlarni jadal

o’zlashtirish, sug’orma dehqonchilikni yanada rivojlantirish va muntazam

takrorlanib borayotgan qurg’oqchillik yillari yaqin tarixda yangi eng yirik

global ekologik ofatlardan biri uchun sharoit yaratib berdi –

sayyoramizdagi eng go’zal suv omborlaridan birining qurishiga olib keldi.

Doimiy atrof-muhit xavfi, hayot, sog’liq, genafondga salbiy ta’sirini

ko’rsatuvchi omillar nafaqat shu ofat hududida yashovchi aholiga balki

1 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. – 2010. - №24-25. – 198-modda.

Page 193: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

193

butun Markaziy Osiyo hamda Qozog’iston aholisiga ham o’z ta’sirini

ko’rsatmoqda.

Markaziy Osiyo va Qozog’iston davlat rahbarlarining 1993-yil 4-

yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishi davomida O’zbekiston

tashabbusi qo’llab-quvvatlandi va mintaqaviy tashkilot tuzishga qaror

qilindi - Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ). So’ng esa,

Markaziy Osiyo davlatlari rahbari OQXJ to’g’risidagi Nizom tasdiqlashdi,

unga ko’ra jamg’arma Ijroya boshqarmasi tashkil etildi. Shu bilan birga

Toshkent shahrida doimiy Ijroya qo’mitasiga ega Orol dengizi havzasi

masalalari bo’yicha Davlatlararo Kengash yaratishga qaror qilindi.

1997-yilning fevral oyida davlat rahbarlari tomonidan Orolni

qutqarish xalqaro jamg’armasi boshqaruv nizomi o’zgartirilib, yangi

muayyan tamoyillarga asoslangan boshqaruv nizomi tasdiqlandi, unga

ko’ra Fondning Davlatlararo Kengashi va Ijroya boshqarmasi Ijroya

qo’mitasiga aylantirildi. Ta’sischi mamlakatlar jamg’armaga galma gal

raislik qiladigan bo’lishdi, o’z navbatida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari

3 yil muddatga Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi prezidentini

saylashadi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi eng muhim vazifalar belgilab

olindi: orol bo’yi biologik fondini saqlash, atrof-muhit inqirozini ziyonli

ta’sirlarini kamaytirish va eng muhimi hududda yashovchi aholi

farovonligini yaxshilash.

Hozirgi kunga qadar OQXJ faoliyatining natijalari bo’yicha Orol

dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko’rsatish uchun uchta dastur

qabul qilindi ( ODHD-1 va ODHD-2, ODHD-3).

Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi va uning tashkilotlari 20 yildan

ortiq faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ushbu qisqa vaqt tarixiy davr

mobaynida muzokara jarayonini ta’minlash uchun samarali platforma

bo’lish bilan birga mintaqaviy suvdan foydalanish masalalari yuzasidan

mustahkam qarorlar qabul qilib kelmoqda. Bunday hamkorlik mexanizmi

Mazrkaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarga hamda Qozog’istonga Orol

havzasidagi ekologik sharoitni sog’lomlashtirish, shuningdek

transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va taqsimlash kabi asosiy

masalalarni yechishga imkon yaratadi.

OQXJ ning 2008-yilda BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi

maqomiga ega bo’lishi uning faoliyatida global miqiyosda yangi

imkoniyatlar yaratib berdi.

Page 194: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

194

Jamg’armaning eng katta xizmatlaridan biri Orol dengizi

muammosiga dunyo hamjamiyati diqqatini jalb qilishga muvaffaq bo’lishi,

ko’pgina jahon mamlakatlari hukumatlari hamda bir qator xalqaro

institutlar o’z e’tiborlarini Orol havzasi muammosiga qaratishdi.

Ayni paytda, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda turli

xalqaro tashkilotlar va individual mamlakatlarning faol qo’llab-quvvatlashi

tufayli bu yerda yashovchi aholi genofondiga xavf solayotgan,

mintaqadagi noqulay vaziyatni jonlanishiga qaratilgan bir qator loyihalar

amalga oshirilmoqda.

2013-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi vakilligi

Qozog’istondan O’zbekistonga o’tdi. O’zining OQXJ ga vakilligi davrida

O’zbekiston birinchi navbatda mintaqaviy muzokaralarni xalqaro huquq

normalarga asoslangan holda mustahkamlash, OQXJ potensialini oshirish,

Orol bo’yi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik-suv sharoitlarini

yaxshilash, Jamg’arma xalqaro aloqalarini kengaytirish masalalariga

qaratishni rejalashtirdi.

2013-yilda Orol bo’yi havzasida umumiy summasi 1,3 mlrd AQSH

dollarni tashkil etadigan loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish rejasi

tasdiqlandi, shu bilan birga Amudaryo deltasiga kichik suv omborlarini

qurish va tuzsizlantiradigan uskunali suv inshootlarini yaratish loyihalarini

ham amalga oshirish rejalashtirildi1.

Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi

1999-yil noyabr oyida EXHT ning Istanbul sammitida Birinchi

Prezident I.A.Karimov BMT tizimida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro

markazi (TKXM) tashkil etish taklifi bilan chiqdilar. Ushbu tashabbus

2000-yil 7-8-sentabrda Nyu-York shahrida o’tkazilgan BMT ning Ming

yillik sammitida e’lon qilindi. Faqatgina 2001-yil 11-sentyabr AQSHda

bo’lib o’tgan fojeali voqealardan so’ng, aniqrog’i 2001-yilning 28-sentabr

kuni BMT Xavfsizlik Kengashining №1373 qarori bilan BMT doirasida

Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi tashkil etildi, bu tashkilotga xalqaro

terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida katta vakolatlar

berildi. Bu qo’mita faoliyatida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi

konsepsiyasi aks etgan.

2000-yil oktabr oyida BMT, EXHT va O’zbekiston hukumati

tomonidan Toshkentda “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni

mustahkamlash: narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan

jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashishga kompleks yondashish”

1 http://www.turkmenbusiness.org/news/turkmenistan-razvivaet-mezhdunarodnoe-transportnoe-sotrudnichestvo

Page 195: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

195

mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi, jahonning 70 ta mamlakati va

40 ta xalqaro tashkilotlardan ekspertlar xalqaro terrorizmga qarshi

kurashish strategiyasi uchun umumiy yondashuv takliflarini ishlab

chiqishdi.

O’zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashi doirasidagi Terrorizmga

qarshi kurash qo’mitasi, MDH doirasidagi Aksilterror markazi

faoliyatlarida faol ishtirok etib kelmoqda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti

doirasida terrorizmga oid tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqda,

aksilterror kuchlari xalqaro koalitsiya sa’y-harakatlariga faol hissasini

qo’shib kelmoqda.

Hozirda BMT ning terrorizmga qarshi qaratilgan 13 ta hujjati bor. Bu

hujjatlarga 11 ta konvensiya va 2 ta protokolni misol qila olamiz. Bugungi

kunda yadro terrorizm aktlariga qarshi kurash xalqaro konvensiyasi hamda

terrorizmga qarshi kurash bo’yicha kompleks konvensiya loyihalari ishlab

chiqilmoqda.

Shu bilan birga shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki O’zbekiston BMT

ning amalda bo’lgan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha barcha

konvensiya hamda protokollariga a’zodir1.

Ashxobod transport va tranzit yo’lagi.

2010-yilda Eron, Ummon, Turkmaniston va O’zbekiston hukumatlari

o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mintaqada

transport va tranzit yo’lagini tashkil etish ishlari boshlandi. Bu

tashabbusning huquqiy asosini yaratish maqsadida 2011-yilning 25-

aprelida Ashxobodda Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar,

Turkmaniston va O’zbekiston Davlati Hukumati o’rtasida xalqaro

transport va tranzit yo’lagini barpo etish to’g’risidagi bitim imzolandi.

Bitimning Nizomi, xalqaro tashish masalalari, yo’nalish bo’yicha har

qanday transport vositasida (havo va suvda) a’zo-davlatlar hududi orqali

yuk va yo’lovchi tranziti masalalarini tartibga soladi, bu Nizom ushbu

bitim kuchga kirganidan keyin tashkil etiladigan Muvofiqlashtiruvchi

kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu Bitim ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, shunday dalilni

ta’kidlashimiz joizki, mazkur Ummon-Eron-Turkmaniston-O’zbekiston

transport yo’lagini yaratilishi jo’shqinlik bilan rivojlanayotgan hududlarni,

Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors va Ummon ko’rfazi dengiz portlariga

olib chiquvchi yagona transport tizimiga birlashtiradi.

1 http://www.mfa.uz/ru/cooperation/security/54/

Page 196: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

196

Mazkur loyihaning iqtisodiy jihatdan rentabelligi shubha

tug’dirmaydi, shu bilan birga uni amalga oshirish a’zo-davlatlar o’rtasida

iqtisodiy, yuk va yo’lovchi tashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish

uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Bojxona cheklovlarining yo’qligi hamda keng ko’lamlilik loyihaning

strategik rolini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga a’zo

davlatlarning hududi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish imkonini

yaratadi1.

ShHT protseduralari qoidalari.

ShHT protseduralari qoidalari loyihasi O’zbekiston Respublikasining

tashkilotga raislik davridagi faoliyati vaqtida O’zbekiston tashabbusiga

ko’ra ishlab chiqilgan va ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining

Toshkentda 2010-yil 11-iyunda bo’lib o’tgan yig’ilishida qabul qilingan.

Loyiha hujjatining asosiy g’oyasi 2003-yil 29-may kuni ShHT ga

a’zo davlatlar rahbarlari qarori bilan tasdiqlangan tashkilot organlarining

alohida Nizomlariga muvofiq ShHT tuzilmaviy organlarida yig’ilish va

uchrashuvlar o’tkazish tartibini tizimlashtirib, ular tomonidan ko’rib

chiqish uchun taqdim etilayotgan hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash va

qabul qilishning yagona tartibini yaratish edi.

ShHT protsedura qoidalari qabul qilingunga qadar, tashkilot

doirasida ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish,

taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib

chiqish tartibini belgilab beruvchi yagona hujjat mavjud bo’lmagan.

Xartiya 16-moddasida ShHT organlarining qaror qabul qilish

jarayonida a’zo-davlatlar e’tiroz bildirmasalar, qarorlar ovoz berish yo’li

orqali emas, balki uyg’unlik, ya’ni kelishilganlik asosida qabul qilinadi,

deb ta’kidlangan.

Loyihaning maqsadi ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va

yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul

qilish hamda ko’rib chiqish jarayoni tartib-qoidalarini tizimlashtirishdan

iborat. Shunga ko’ra, hujjat loyihasi quyidagilarni ko’zda tutadi:

ShHT tuzilmaviy organlarida doimiy va favqulotda olib boriladigan

uchrashuvlar hamda yig’inlar vaqti, joyi, shu bilan birga ularning hajmini

aniqlaydi;

yig’ilishlar va uchrashuvlar tartibini va ketma-ketlikni o’rnatadi,

jumladan, masalalarni muhokama qilish, qarorlar qabul qilish, shuningdek,

yig’in va uchrashuvlar maqbuligini ta’minlaydi;

1 www.turkmenistan.ru/ru/articles/35895.html

Page 197: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

197

yig’ilish va uchrashuvlar ishtirokchilarining tarkibi va maqomini

aniqlab qolmasdangina, shu bilan birga ishtirokchilarining huquq va

majburiyatlarini belgilab beradi;

yangi takliflar ishlab chiqish jarayonini aniqlaydi, shu jumladan

tashkilot normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, ularga tuzatishlar

kiritilishi hamda muvofiqlashtirish tartibini o’rnatadi, hujjatlar loyihalari

bo’yicha ekspert ishchi guruhlarini shakllantiradi;

uchrashuvlar va yig’ilishlar kun tartibi rejasini shakllantirish

jarayonini tizimlashtiriadi;

ShHT tarkibiy yig’ilishlari va uchrashuvlarni tayyorlashda tashkiliy

hamda texnik jihatlarini aniqlashtiradi.

O’zbek mutaxassislari tomonidan mazkur hujjatni tayyorlashda

xalqaro va xorijiy tajribadan foydalangan holda xalqaro tashkilotlarning

tuzilmaviy organlarida tadbirlarni o’tkazish jarayonini huquqiy tartibga

solish tahlili amalga oshirildi.

Tahlil natijalari boshqa xalqaro tashkilotlarda bunday tartibi yagona

protsessual hujjat bilan tartibga solinishini ko’rsatdi. Misol uchun, MDH va KXSHT xalqaro tashkilotlarida bu jarayon ushbu

tashkilotlarning protsedura qoidalari bilan tartibga solingan bo’lib, bu tartib

qoidalar shu tashkilotlarning yuqori organlari tomonidan ma’qullangan. Shunga o’xshash tizim NATO va BMT doirasida ham mavjud.

Xususan, BMTning har bir tuzilmaviy organida, Bosh Assambleya,

Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Xalqaro Sud va

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida, ishlab chiqilgan hamda

amalda bo’lgan Protsedura qoidalari mavjud bo’lib, bu tartib qoidalar bu

tuzilmaviy organlar faoliyatining huquqiy bazasini shakllantiradi.

Ushbu xalqaro tashkilotlar tajribasi kelib chiqqan holda, ShHT

tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan

hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish jarayoni

tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatni ishlab chiqib, qabul qilish,

tashkilotga quyidagi afzalliklarga ega bo’lishga imkoniyat yaratardi:

ShHT tarkibiy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish,

taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib

chiqish jarayonini yagona tizimga birlashtirardi;

Tomonlar o’rtasida mazkur masala yuzasidan kelib chiqishi mumkin

bo’lgan kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam berardi;

ShHT tarkibiy organlarida ko’rib chiqish uchun tayyorlanadigan

hujjatlarning samaradorligi va sifatini oshirardi;

Page 198: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

198

Tashkilot tashkiliy-huquqiy masalalarini hal qilishda mavjud bo’lgan

bo’shliqqa barham berardi1.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish.

2014-yil 6-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-

Yorkdagi qarorgohida tom ma’nodagi tarixiy voqea yuz berdi - mazkur

tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat -

AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan va

bir paytning o’zida muhim xalqaro hujjatni - Markaziy Osiyoda yadro

qurolidan xoli zona barpo etish to’g’risidagi Shartnomaga Xavfsizlik

kafolatlari to’g’risidagi Protokolni imzolashdi.

Ushbu qadam O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom

Karimov tomonidan 1993-yil 28-sentyabr kuni BMT Bosh

Assambleyasining 48-sessiyasida tashabbusning to’la amalga oshirilishini

nihoyasiga etkazgani holda, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga

hamda yadro quroli tarqalmasligi va qurolsizlanish bo’yicha global

rejimning kuchayishiga ulkan hissa qo’shadi.

1997 yil 15-17 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Markaziy

Osiyo - yadro qurolidan xoli zona” mavzusidagi xalqaro konferensiyada

Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona tashabbusining keyingi

konseptual rivojlanishiga hamda uning siyosiy va huquqiy jihatdan

rasmiylashishiga erishildi. Forum ishtirokchilari oldida nutq so’zlar ekan,

O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo - yadro

qurolidan xoli zonani yaratishning mohiyati va yo’llari to’g’risida o’z

fikrlarini bildirdi:

- Yadro xavfsizligiga umumiy, keng qamrovli xavfsizlik, omon

qolish muammosining tarkibiy qismi sifatida qaralishi kerak. Yadro

quroliga ega va ega bo’lmagan davlatlarning majburiyatlari o’rtasidagi

muvozanat - yadro qurolidan xoli zonaning samarali faoliyat ko’rsatishi

asosidir. Men Markaziy Osiyodagi yadro qurolidan xoli zonaning

ishonchli, mustahkam bo’lishi, yadro quroliga ega bo’lgan barcha davlatlar

uning maqomini e’tirof etgan taqdirdagina ta’minlanishiga qat’iyan

aminman;

- Zonaning barcha faoliyat imkoniyatlarini yadro quroli tarqalishi

xavfining oldini olishga safarbar eta oladigan mexanizm ishlab chiqilishi

lozim. Shu maqsadda ishtirokchi davlatlar xalqaro miqiyosda to’plangan

tajribaga hamda bir qancha asosiy tamoyillarga (zona yadro qurolidan to’la

1 http://www.mid.ru/bdomp/ns-

asia.nsf/3a0108443c964002432569e7004199c0/432569d80021985fc325711d003b9e9d!OpenDocument

Page 199: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

199

ravishda xoli bo’lishi ta’minlanishi lozim; uning faoliyat ko’rsatishi

bo’yicha ishtirokchi davlatlargina emas, barcha manfaatdor mamlakatlar

ham o’z zimmalariga majburiyat olishi mumkin; yadro qurolidan xoli

zonaning barpo etilishi haqidagi bitimlar kelishilgan majburiyatlarga rioya

qilishni ta’minlovchi samarali nazorat tizimini o’z ichiga olishi lozim;

nazorat MAGATE va BMTning Xavfsizlik Kengashi kafolati ostida olib

borilishi lozim) suyanishi kerak;

- Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonaning barpo etilishi va

uning faoliyat ko’rsatishi;

- Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi Shartnoma doirasida belgilab

berilgan dunyo miqyosidagi yadro xavfsizligi tizimining ajralmas qismidir.

Ayni paytda yadroviy qurolsizlanish bo’yicha tadbirlar bilan bir qatorda

ommaviy qirg’in qurollarining boshqa turlari ham tarqalishining oldini

olishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilishi lozim;

- Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish masalalari

yadro sinovlari oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik

muammolarni hal qilish, insonlarning munosib turmushini ta’minlash bilan

chambarchas bog’liq bo’lishi kerak;

- Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish g’oyasi

mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha ilgari qilingan sa’y-

harakatlarning mantiqiy davomidir.

Mintaqaviy ekspert guruhining 2005-yil 7-9-fevral kunlari

Toshkentda bo’lib o’tgan ettinchi uchrashuvida yadroviy davlatlar,

MAGATE va BMT Huquqiy masalalar bo’yicha departamentining taklif

va mulohazalarini hisobga olgan holda, mintaqa mamlakatlarining

Shartnoma matni bo’yicha yakdil pozitsiyasi kelishib olindi. Toshkent

bayonotining matni BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyaning

59-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Ushbu sa’y-harakatlar natijasi o’laroq, oxir-oqibatda Markaziy

Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to’g’risidagi Shartnoma

mintaqa davlatlari tomonidan 2006-yilning 8-sentyabrida Semipalatinsk

shahrida imzolandi. Mazkur hujjat imzolanishining ramziy ahamiyati bor.

Ma’lumki, “sovuq urush” yillarida harbiy tenglikni ta’minlash siyosati

doirasida Semipalatinsk poligonida 459 ta yadro quroli portlashi

o’tkazilgan, Qozog’iston uzoq davom etgan yadroviy portlashlardan

nihoyatda katta zarar ko’rgan va bunday siyosat millionlab

qozog’istonliklarning hayoti va salomatligi hisobidan olib borilgan edi.

Page 200: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

200

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi

tarixiy shartnomaning imzolanishi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan

qo’llab-quvvatlandi. Bosh Assambleya 2006 yilning 6 dekabr kuni 61/88

sonli “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish” nomli

mintaqa davlatlari nomidan O’zbekiston taqdim etgan maxsus

rezolyutsiyani qabul qildi. Bosh Assambleya Markaziy Osiyoda yadro

qurolidan xoli zonani barpo etish to’g’risidagi Shartnomani mintaqaviy

hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo’lidagi muhim

qadam sifatida e’tirof etdi.

O’zbekiston mintaqa mamlakatlari orasida birinchi bo’lib Markaziy

Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi Shartnomani

2007 yil 10 may kuni ratifikatsiya qildi. Shartnoma 2009 yil 21 martda

mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan

so’ng kuchga kirdi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi

Shartnoma beshta yadroviy davlat tomonidan Xavfsizlik kafolatlari

to’g’risidagi protokolning imzolanishi bilan uzil-kesil xalqaro-huquqiy

jihatdan rasmiylashdi. Protokol 2014 yilning 6 may kuni BMTning Nyu-

Yorkdagi bosh qarorgohida Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi

Shartnomaning Umumlashtiruvchi konferensiyasi Tayyorgarlik

qo’mitasining Uchinchi sessiyasi chog’ida imzolandi1.

MAVZU BO’YICHA XULOSALAR

Mazkur bobda O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquqning teng huquqli

sub’ekti sifatida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Muzokaralar olib borish to’g’risidagi va O’zbekiston Respublikasining

xalqaro shartnomalarini imzolash to’g’risidagi qarorlari, imzolash vakolatlari va

shartnomalarini imzolash tartibi qanday amalga oshiriladi?

2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish

to’g’risidagi takliflar va Oliy Majlisning qarorining ahamiyati nimada?

3. O’zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro

shartnomalarini tasdiqlash va ularni (qabul qilish) tartibi qanday?

1 http://www.uzbekistan.de/ru/nachrichten/nachrichten/initsiativa-prezidenta-uzbekistana-iakarimova-o-sozdanii-zonq-

svobodnoy-ot

Page 201: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

201

1 KAZUS.

O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston Respublikasi o’rtasida iqtisodiy

hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama idoralararo shartnoma tuzildi. Muzokaralar olib

borilganidan so’ng xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi taklif O’zR

Oliy Majlisiga 01.03.2015 yilda kiritildi. Mazkur xalqaro shartnomani ratifikatsiya

qilish to’g’risida taklif Oliy Majlisga kiritilgan paytda Oliy Majlisning yalpi majlisi

o’tkaziladigan sana 28.03.2015. ga belgilangan edi.

Mazkur vaziyatda Qozog’iston Respublikasi shartnomani ratifikatsiya qilishga

ko’p vaqt ketishi, bu paytda o’ziga ko’p zarar yetishini va o’zining “Xalqaro

shartnomalar to’g’risida”gi Qonunining 5- va 13-moddalariga muvofiq Qozog’iston

Respublikasining Prezident va Hukumati Parlamentga xalqaro shartnoma tuzish

to’g’risida taklif kiritganidan o’n to’rt kundan kechiktirmay o’z taklifini bildirishi

lozim hisoblanadi deb shartnomani o’n to’rt kun ichida ratifikatsiya qilish talabini

O’zbekistonga qo’yadi.

1. Xalqaro idoralararo shartnomalar nima? O’zbekiston Respublikasida qaysi

sub’ektlar xalqaro shartnomar tuzish vakolatiga ega hisoblanadi?

2. O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga

ko’ra xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risida takliflarni kimlar kiritishi

mumkin?

3. Mazkur vaziyatda xalqaro shartnoma qay tarzda ratifikatsiya qilinadi?

Qozog’iston Respublikasining talabi asoslimi?

2 KAZUS.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati

o’rtasida madaniy sohasida hamkorlik to’g’risida 2005 yilda shartnoma imzolash

bo’yicha muzokaralar olib borildi. Shartnomani imzolash davomida shartnomaga

qanday nom berish va shartnoma tili to’g’risidagi masala borasida tomonlar bir

to’xtamga kela olmadi.

Ya’ni shartnomaga nom berishda O’zbekiston bu shartnomani bitim deb

nomlashni taklif qildi, Hindiston esa bu shartnomaga keyinchalik boshqa manfaatdor

davlatlarni qo’shish mumkin deb shartnomani kelishuv yoki konvensiya deb

nomlashni taklif qildi.

Shartnomaning tili masalasida esa, O’zbekiston Hindiston tili tushunarsiz,

shuning uchun 25.12.1995 yildagi “O’zbekiston Ruspublikasining xalqaro

shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga ko’ra uchinchi til sifatida rus tilini tanlaydi.

Hindiston esa ham o’zbek tili, ham rus tiliga rozi bo’lmagan holda shartnomaning tili

sifatida ingliz tilini tanlaydi.

1. O’zbekiston Respublikasing xalqaro shartnomalarining tili va nomi

to’g’risidagi talablar nimalardan iborat?

2. Davlatlar o’rtasidagi shartnomaga nisbatan qaysi til va qanday nom beriladi?

3. Ushbu vaziyatda qaysi davlatning talablari xalqaro huquq odat va normalariga

ko’proq mos keladi?

Page 202: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

202

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalarni

tuzish to’g’risidagi takliflarni berish masalasi, uni ko’rib chiqish tartibi (O’zbekiston

va xorijiy mamlakatlar misolida) tahlil qiling. Ish shakli – yozma.

Page 203: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

203

GLOSSARIY

Ad referendum (lot. Ad referendum) – shartnomani shartli ravishda

imzolash yoki hujjat matniga davlatning vakolatli organi yoki shaxsi

tomonidan tasdiqlanishigacha rozilik bildirish.

Autentik matn (yunon. authentikos – haqiqiy, dastlabki manba

asosida) – xalqaro shartnomaning asl, barcha rasmiyatgarchiliklarga amal

qilib tuzilgan matni.

Deklaratsiya (lot. Deklaratio – e’lon qilish) – ayrim xalqaro

shartnomalarning nomlanishi bo’lib, shu sohaga oid asosiy prinsiplar va

harakat dasturini belgilaydi.

Denonsatsiya (lot. denuntiatio – bildirish, xabar berish) –

shartnomaning amal qilishini tugatish yoki shartnomaning o’zida

ko’rsatilgan tartib va muddatlarda undan chiqish usuli.

Desuet`yud – (desuetude) (eskirish, iste’moldan chiqish) deb

nomlanuvchi ko’rinish mavjud bo’lib, u eskirish, normani rasman rad

etishsiz o’z kuchini yo’qotish degan ma’nolarni anglatadi.

Diplomatik muzokara - xalqaro shartnoma matnini tayyorlash

xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlarda oddiy diplomatik yo’llar

orqali muzokaralar olib borish usuli bilan amalga oshiriladi.

Doktrina – huquq normalarini norasmiy talqin qilish turlaridan biri,

ular katta obro’ga ega bo’lgan yuris olimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Implementatsiya (ingl. implementation – aynan amalga oshirish,

hayotga tatbiq etish) – xalqaro-huquqiy normalarni asl holida ichki

huquqqa tatbiq qilish, kiritish, amalga oshirish.

Inkorporatsiya – davlat ichki qonun chiqarish hujjatida xalqaro

huquq normalarining aniq, ayni matn holida aks ettirilishi

Ishtirokchilar - xalqaro shartnomalarni matnini qabul qilishda, uni

imzolashda va keyinchalik majburiyatlarni qabul qilishda ishtirok etgan

xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi.

Kvorum (lot. quorum (praesentia sufficit) – qatnashuvchilar (etarli))

– xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va organ-larda ishni boshlash va

qaror qabul qilish uchun ularning reglamentlarida belgilab qo’yilgan

ko’pchilik.

Kodifikatsiyalash - Amalda zamonaviy xalqaro huquq normalarini

muayyan bir tizimga keltirish xalqaro huquqni kodifikatsiyalash deyiladi

Komissiya – muayyan funktsiyalarni bajarish yoki maxsus

tadbirlarni o’tkazish uchun tashkil etiladigan organ.

Page 204: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

204

Kommyunike (lot. sommunico, fr. communiqui – xabar qilaman) –

xalqaro shartnomalarning tuzilishi yoki natijalari, xalqaro konferensiyalar

va muzokaralarning yoxud harbiy harakatlarning borishi to’g’risidagi

rasmiy xabar.

Konvensiya – xalqaro shartnomalarni nomlanishidan biri. AQSHda

konvensiyalar degan nomlanish ikki tomonlama shartnomalarni nomlash

uchun, qolgan davlatlarda esa ko’p tomonlama shartnomalarni nomlash

uchun qo’llanadi.

Konsensus (lot. consensus – kelishuv, yakdillik) – xalqaro

tashkilotlar (konferensiyalar, organlar)da qaror qabul qilish usuli bo’lib,

ishtirokchi davlatlarning nuqtai nazarlarini ovoz berishsiz, qaror qabul

qilishda qarshiliklar bo’lmaganda qo’llaniladigan usul.

Konsultativ xulosa – majburiy kuchga ega emas, ba’zi xalqaro

shartnomalarda tomonlar uchun kelishmovchilikda konsultativ xulosa hal

qiluvchi bo’lib tan olinadi.

Munozara – xalqaro shartnoma tomonlari vakillari axborot

almashishadi, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan kelishadi,

muammo yuzaga kelsa uni bartaraf etishadi.

Noan’anaviy sub’ektlar – ifodasi asosan tashkiliy sub’ekt uchun

zaruriy bo’lgan sifatlarga ega bo’lgan, biroq shunga qaramay aynan

shunday tan olinuvchi (sifatlarga ega bo’lgan deb tan olinuvchi) sub’ektlar.

Nota (lot. note – belgi, mulohaza, nuqtai nazar) – diplomatik

yozishmaga oid hujjatlarning bir turi (verbal va shaxsiy).

Ratifikatsiya (lot. ratus – hal qilingan, tasdiqlangan + facere –

qilmoq) – davlatning oliy (vakillik) organi tomonidan xalqaro shartnomani

tasdiqlash. Odatda shundan keyin mazkur shartnoma ushbu davlat uchun

yuridik kuchga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida Oliy Majlis

xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qiladi.

Ratifikatsiya yorlig’i – xalqaro shartnomani davlatning vakolatli

organi tomonidan ratifikatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.

Retsepsiyalash – xalqaro shartnoma normasini umumiy shaklda

ichki qonunda aks ettirilishi

Statut (ingl. statute – qaror qilaman, hal etaman) – xalqaro

organning faoliyatini tartibga soluvchi ko’p tomonlama xalqaro ta’sis

hujjatining nomlanishi. Masalan, BMT Xalqaro Sudining Statuti, Xalqaro

jinoyat sudining Statuti va boshqalar.

Page 205: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

205

Tomonlar – xalqaro shartnomalarni matnini qabul qilishda, uni

imzolashda va keyinchalik majburiyatlarni qabul qilishda ishtirok etgan

xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi.

Transformatsiya – xalqaro huquq normasini davlatning ichki huquq

normasiga aylantirish.

To’xtatib qo’yish – bu holatda tugatilish sabablari qanday bo’lsa

o’sha sabablar bilan shartnoma faoliyatini vaqtinchalik to’xtatib qo’yishni

anglatadi.

Uchinchi tomon – ikki yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarda

odatda ishtirok etamayotgan tomonlar va a’zo bo’lmagan davlatlar

hisoblanadi.

Uchinchi tomon huquq va majburiyatlari - ikki yoki ko’p

tomonlama xalqaro shartnomalarda ishtirok etmayotgan tomonlar va a’zo

bo’lmagan davlatlarning mazkur shartnomalarda ularning huquq va

majburiyatlari aks etilishi hisoblanadi.

Xalqaro konferensiya – xalqaro shartnoma matnini tayyorlash,

qabul qilish, imzolash va boshqa muhokama qilinayotgan xalqaro

shartnomaga bog’liq masalalarni hal qilish uchun xalqaro huquq

sub’ektlarining yig’ilishi tushuniladi.

Xalqaro munosabatlar – davlatlar, davlatlar tizimlari, xalqaro

siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi

munosabatlar.

Xalqaro odat – huquq normasi sifatida tan olingan umumiy

amaliyotning isbotidir.

Xalqaro huquq prinsipi – barcha sub’ektlar uchun majburiy

xususiyatga ega bo’lgan, xalqaro huquqning jus cogens normasidir

Xalqaro huquq sub’ektlari – yuridik huquq va majburiyatlarga ega

bo’lgan va shu sababdan xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish

layoqatiga ega bo’lganlar tushuniladi

Xalqaro shartnoma - xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan

davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o’rtasidagi bitimdir.

Xalqaro shartnomaning muddati – xalqaro shartnoma amalda

bo’ladigan vaqt. Xalqaro shartnomalar muddatli va muddasiz bo’ladi.

Muddatli shartnomalar o’z navdatida aniq muddatli (masalan, 20 yilga) va

nomuayyan muddatli (tomonlar kelishishiga bog’liq holda) bo’ladi.

Xalqaro shartnomani novatsiya qilish – ishtirokchilar-ning

kelishuviga binoan, xalqaro shartnomadagi majburiyatlarni zamon

talabidan kelib chiqib yangilanish.

Page 206: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

206

Xalqaro shartnomani parafirlash – vakolat berilgan shaxslarning

ismi va otasining ismini qo’ygan holda xalqaro shartnomalarni umuman

yoki bir qismini dastlabki imzolash.

Xalqaro shartnomani prolongatsiya qilish (lot. prolongare –

uzaytirish) – xalqaro shartnomaning amalda bo’lishini, uning muddati

tugagunicha shartnoma muntazamligini ta’minlash maqsadida uzaytirish.

Xalqaro shartnomani promulgatsiya qilish – xalqaro shartnomani

davlat ichida belgilangan tartibda e’lon qilish.

Xalqaro shartnomani reviziya qilish – xalqaro shartnomaga

tuzatishlar kiritish yoki uni o’zgartirish.

Xalqaro shartnomalar huquq – prinsip va normalarning xulosalar

tartibi, xalqaro shartnomalarning amal qilinishi, ularni to’xtatilishini

belgilab beruvchi xalqaro huquqning alohida tarmog’idir.

Hujjatlarni almashish – davlat yoki xalqaro tashkilotlarning,

shartnomaning ular uchun majburiyatlariga o’zaro hujjat almashish usuli

bilan bildirayotgan roziliklari bu almashish orqali amalga oshiriladi

Huquqiy vorislik – huquqda belgilangan tartib va qoidalarga

muvofiq, bir sub’ektga tegishli huquqlarning boshqa sub’ektga o’tishidir.

Shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirish – uni qabul

qilishning so’nggi va yuridik hal qiluvchi fazasi. Bunday rozilikning

natijasida, xalqaro huquq sub’ekti shartnoma kuchga kirgandan boshlab

uni bajarish majburiyatini oladi.

Sharxlash - o’rganish, isloh qilish, tushunish ma’nolarida ham

qo’llaniladi. Xalqaro shartnomalarni sharxlashda tomonlar aniq ko’rsatishi

lozim bo’lgan normalarning maqsadi va yaratilish oqibatlari kelgusida

tadbiq etiluvchi normalarning shakllanish jarayonida muhim elementi

hisoblanadi.

Sharxlash usuli – qo’llanilishi huquq normalarining tarkibi haqida

maxsus axborot olish imkonini beruvchi bir-biriga yaqin bo’lgan usullar

to’plami. Usullarning xarakteri qabul qilinuvchi axborot xususiyatini

aniqlab beradi.

Pacta sunt servanda – Xalqaro shartnomalarni vijdonan bajarish

(ado etish) prinsipi.

Qoshimcha shart (ogovorka, clause) – xalqaro ko’p tomonlama

shartnoma qatnashchilaridan birining, shartnomaning biror qoidasini o’zi

uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o’zgartirib qo’llash

niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti.

Page 207: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

207

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Rahbariy adabiyotlar

1. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард

мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000.

2. Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. -Тошкент,

«Ўзбекистон», 1993.

3. Каримов И.А. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос

йўли. -Тошкент, Ўзбекистон, 1993.

4. Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.

– Т.: “Ўзбекистон”. 1995 йил. – 269 б.

5. Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. – Т.: “Ўзбекистон”. 1995 йил.

– 686 б.

6. Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1.

– Т.: “Ўзбекистон”, 1996. – 364 б.

7. Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. Т.10. – Т.:

“Ўзбекистон”, 2002. – 432 б.

8. Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият . Т.14. –

Т.: “Ўзбекистон”, 2003. – 280 б.

9. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли/

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, Вазирлар Маҳкамаси ва

Президент Девонининг Республикамиз мустақиллигининг 16 йиллигига

бағишланган қўшма мажлисидаги маърузаси. – Т.: “Ўзбекистон”, 2007. – 48

б.

10. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон

шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.:

“Ўзбекистон”, 2009.-56 б.

11. Каримов И.А. Мамлактимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик

жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир. // Ўзбекистон Ресубликаси

Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси

Қонунчилик палатаси ва Сенатнинг қўшма мажлисидаги маърузаси. / / Халқ

сўзи, № 19 (4934). 2010 йил 28 январ.

12. Каримов И.А. Ҳамкорлик, таррақиёт ва хавфсизликни таъминлаш йўлидан.//

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг БМТ нинг

Саммити Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи

мажлисидаги нутқи. Халқ сўзи, 2010 йил 22 сентябр.

13. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада

чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –

Т.: “Ўзбекистон”, 2010. – 56 б.

14. Каримов И.А. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнти Ислoм Кaримoвнинг

Кoллeктив xaвфсизлик шaртнoмaси тaшкилoти (OДКБ) Кoллeктив

xaвфсизлик кeнгaшининг мaжлисидa сўзлaгaн нутқи. (2010 йил 13 декабр).

Халқ сўзи, 2010 йил 14 декабр.

Page 208: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

208

15. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида / И.А.

Каримов. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. – 416-бет.

16. Каримов И.А. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнти Ислoм Кaримoвнинг

Шанҳай Ҳамкорлик Ташкилотига аъзо мамлакатлар давлат раҳбарлари

кенгашининг кенгайтирилган мажлисидаги нутқи (2014 йил 12 сентябр).

17. Каримов И.А. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнти Ислoм Кaримoвнинг

МДҲ давлат раҳбарлари кенгашида сўзлаган нутқи (2014 йил 13 октябр).

18. Каримов И.А. Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти

лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис

палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. (2015 йил 10 апрел).

19. Каримов И.А. Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнти Ислoм Кaримoвнинг

МДҲ давлат раҳбарлари норасмий учрашувида сўзлаган нутқи (2015 йил 8

май).

Normativ – huquqiy hujjatlar

1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2014.

2. Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-330-сонли

«Ўзбекистон Республикасининг Ташқи сиёсий фаолияти концепциясини

тасдиқлаш тўғрисида»ги Қонуни // www.lex.uz

3. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси Биринчи қисми //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси, 1996 й. 2-сон,

Илова.

Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси. Иккинчи қисми

Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан тасдиқланган. // Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 1996 й. 11-12-сон.

4. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик процессуал кодекси //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 1997 й. 9-сон,

Илова.

5. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси // Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 1996 й. 9-сон, 144-модда.

6. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси // Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 1995 й. 2-сон, 5-модда.

7. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-ижроия кодекси // Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 1997 й. 6-сон.

8. Ўзбекистон Республикаси Оила кодекси // Ўзбекистон Республикаси Олий

Мажлис Ахборотномаси 1998 й. 5-6-сон, Илова.

9. Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодекси // Ўзбекистон Республикаси

Олий Мажлис Ахборотномаси 1996 й. 1-сон, Илова.

10. “Бола ҳуқуқлари кафолатлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг

Қонуни

11. “Судлар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни //

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси. 2001 йил. №1-2,

10-модда.

Page 209: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

209

12. “Прокуратура тўғрисида”ги (Янги таҳрири) Ўзбекистон Республикаси

Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2001 й.

9-10-сон, 168-модда.

13. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича

вакили (омбудсман) тўғрисида”ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси

Олий Мажлис Ахборотномаси. 2004 йил, №9, 170-модда.

14. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Хорижий расмий ҳужжатларни

легаллаштириш талабини бекор қилувчи Конвенция (Гаага, 1961 йил 5

октябрь) қоидаларини амалга ошириш чоралари тўғрисида”ги Қарори 2011

йил 5 июл.Н ПҚ-1566. “Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари

тўплами", 2011 йил, 27-сон, 281-модда.

15. Ўзбекистон Республикасининг “Гиёҳвандлик воситалари, психотроп

моддалар ва улар прекурсорларининг қонунга хилоф равишда муомалада

бўлишига қарши курашиш бўйича Марказий Осиё минтақавий ахборот

мувофиқлаштириш марказини ташкил этиш тўғрисида Озарбайжон

Республикаси, Қозоғистон Республикаси, Қирғизистон Республикаси,

Россия Федерацияси, Тожикистон Республикаси, Туркманистон ва

Ўзбекистон Республикаси ўртасидаги битимни (Остона, 2006 йил 24 июль)

ратификация қилиш ҳақида”ги Қонуни 2011 йил 14сентябр.Н ЎРҚ-297.

“Халқ сўзи”, 2011 йил 15 сентябр.

16. Действующее международное право. В 3-х томах Составители Колосов

Ю.М. и Кривчикова Э.С. - М.: 1996, 1997.

17. Международные акты о правах человека. Сборник документов.

Составители Карташкин В.А. и Лукашова Е.А. - М., 1998.

18. Международное гуманитарное право в документах. Составители Колосов

Ю.М. и Котляров И.И. - М., 1996 г.

19. Международное публичное право. Сборник документов. В 2-х томах.

Составители Бекяшев К.А. и Ходаков А.Г., - М. - 1996.

20. Международные нормативные акты ЮНЕСКО. Конвенции, соглашения,

протоколы, рекомендации, декларации. Составитель Никулин И.Д. - М.,

1993.

21. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. – 2010. - №24-25. – 198-

modda

22. O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 1998. - №1. – 3-modda

23. O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 2000. - №12. – 76-

modda

24. Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш

ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами:

Расмий нашр /Ўзбекистон Республикаси Олий суди, Ўзбекистон

Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий

хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги,

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. -Т.: Адолат, 2007.

25. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам /А.Саидов тахрири

остида. -Т.: Адолат, 2004.

Page 210: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

210

26. Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг халқаро

шартномалари тўғрисида”ги Қонуни. /(Ўзбекистон Республикаси Олий

Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 йил, № 12, 262-модда; 2003 йил, № 5,

67-модда; 2004 йил, № 1-2, 18-модда.

27. U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session, 1968.

N.Y., 1969; Second Session, 1969. N.Y., 1970.

28. U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session. P. 11-

13.

29. Оfficial Records of the General Assembly. Fourteenth session. Annexes. Doc.

A/4235.

30. U.N. Conference on the law of Treaties. Second session. P. 37

31. 1949 yil 12 августдаги Женева конвенциялари ва уларга қўшимча

протоколлар. –Иккинчи тузатилган нашри, Т.: Халқаро Қизил Хоч

қўмитаси, 2007.

32. Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных

межуданродных документов. -4-е изд., дполн. –М.: МККК, 2004.

33. Правда. 1964.9 апрель

34. Правда. 1975. 17 август

35. Правда. 1984. 2 январь

36. Правда. 1985. 8 апрель

37. Правда. 1960. 23 август

38. Правда. 1971. 15 август

39. Известия. 1991. 23 декабрь

40. Известия. 1991. 25 декабрь

41. Известия. 1990. 13 сентябрь.

42. ICJ. Reports. 1992. P.351.

43. ICLQ.1965. .Part 2. P. 616- 617

44. U.N.Treaty Series. 1974. Vol. 917. Nos. 13082 – 13104. P. 126

45. Венская конвенция о праве международных договоров. Комментарий. М.:,

1997.

46. United Nations Legislative Series. Law and Practices conclusions of Treaties

(ST/LEG/SER.B/3)

47. Oregon shtatining 1958 yilgi qarori 1954 yilgi shartnoma faqat G’arbiy

Germaniyaga nisbatan qo’llanilishi, 1923 yilgi shartnoma esa Sharqiy

Germaniya uchun kuchga ega ekanligini belgilab berdi // Virginiya Journal of

International Law. 1958. April. P. 420

48. Draft Convention on the Law of Treaties//AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III.

49. Dupuy P.-M. The Constitutional Dimension of the Charter of the United

Nations//Max Planck Yearbook of United Nations Law. Vol. I. 1997.

50. The Egyptian - Israeli Peace Treaty. U.S. Policy Statement Series. 1979.

Page 211: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

211

Asosiy adabiyotlar

1. Абдумажидов Ғ.А., Бакаева Ф.Ҳ., Тансиқбоева Г.М. Бола ҳуқуқлари. /

Юридик олий ўқув юртлари учун дарслик // Проф. Ғ.Абдумажидов

таҳрири остида. –Т.: ТДЮИ нашриёти, 2008. – 240 бет.

2. Батырь В. А. Имплементация норм международного гуманитарного права

в военном законодательстве Российской Федерации // Автореферат на

соискание ученой степени кандидата юридических наук. -М.: Военный

университет, 1999. -С. 16.

3. Бакаева Ф., Тиллабаев М. Бола ҳуқуқлари мониторинги. Ўқув-услубий

қўлланма /Масъул мухаррир А.Х.Саидов. –Т.: Инсон ҳуқуқлари бўйича

Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази, 2011.

4. Гафуров М. Қонун ҳужжатларини ҳалқаро-ҳуқуқий хужжатларга

мослигини таъминлашда мониторингни амалга оширишнинг аҳамияти

//Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”.

Илмий-амалий семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов.

– Т.: 2006. –Б.191

5. Гафуров А.Б. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро меъёрлар ва Ўзбекистон

Республикаси қонунчилиги / Инсон манфаатлари: қонун ҳужжатларини

тайёрлашни такомиллаштириш муаммолари мавзуидаги илмий-амалий

анжуман ҳужжатлари. Т.: Ижтимоий фикр. 1998. 40-42 б.

6. Даниленко Г.М. Международная защита прав человека Вводный курс:

учебное пособие. – М.: Юристъ, 2001. - С. 256.

7. Исмаилов Б.И. Международные стандарты личных прав человека и

национальное законодательство Республики Узбекистан. (проблемы

взаимодействия и имплентация) (монография). - Т.: 2000. - С. 115.

8. Исмоилов Б. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар ташкилотининг инсон

ҳуқуқларини таъминлашдаги халқаро-ҳуқуқий мажбуриятларини бажариш

амалиёти. //Ўзбекистон ва БМТ: тажриба ва ҳамкорлик истиқболлари.

Конфренция материаллари тўплами. 2006 йил 16 март. ТДЮИ. -Б.76

9. Каламкарyaн Р.А. Эстоппель как институт международного права//Юрист-

международник. 2004. № 1. С. 10.

10. Карелова Г. Конвенция о правах ребенка: как ее осуществить. / Из

выступлений на семинаре в Женеве (8-10 декабря 1997 года) – Социальное

обеспечение. 1998. №2. – С. 2-6.

11. Кариев О. История караханидского каганата. –Ф.; 1983. –С.245

12. Колосова С.Ю. Реализация принципа справедливости при защите

социально уязвимых категорий населения в международном праве. (На

примере Конвенции о правах ребенка 1989 года) // Московский журнал

международного права. – 2000. - №1. С. 115-127.

13. Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I.

Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004.

14. Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II.

Действие международных договоров. - М.: Волтерс Клувер, 2004.

Page 212: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

212

15. Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994.

16. Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари.

–Т.: Адолат, 2006.

17. Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.:

Вольтерс Клувер, 2007.

18. Лукашук И. И. Международно-правовое регулирование международных

отношений (системный подход). -М.: Международные отношения, 1975.

19. Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари

ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт

масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир:

Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006.

20. Манов Б.Г. ООН и содействие осуществлению соглашений в области прав

человека. – М.: Изд-во «Наука», 1986. – С. 111

21. Марочкин С.Ю. Действие норм международного права в правовой системе

Р.Ф. – Тюмень: Изд-во Тюменского Государственного Университета,

1998. – С. 200.

22. Международное право: Учебник / Отв. ред., - проф. Ю.М.Колосов и проф.

Э.С.Кривчикова. - М.: «Международные отношения», 2000. - С. 720.

23. Международное право: Учебник для вузов./ отв. ред., - проф.

Г.В.Игнатенко и проф. О.И.Тиунов.- М.: Издательство «НОРМА-ИНФРА-

М», 2001. - С. 584.

24. Международное право: Учебник./А.Н.Талалаев, Г.Н.Тункин, А.Н.

Шестаков - М.: «Юрид. лит.», 1999. - С.560.

25. Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқий тарихи. –Б.77-81

26. Мўминов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича мониторингнинг аҳамияти //Қонун

ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-

амалий семинар материаллари. – Т.: 2006.

27. Общая теория прав человека. – М.: НОРМА.1998.

28. Права ребенка: международные и национальные стандарты. Сборник

статей.-Т.: Издательский дом “Эльденур”, 2000. - С. 211.

29. Права человека. Механизм в области прав человека. № 1, Женева, Центр

по правам человека. Отделения ООН, 1989. - С. 89.

30. Рашидов К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг

тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши. Парламент аъзолари учун

амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. 170 б.

31. Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. – Т.:

Консaудитинформ– Нaсър, 2006.

32. Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари халқаро мониторинги: тушунча, тизими ва

мазмун // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон миллий

энциклопедияси, 2004. -Б.87.

33. Саидова Л. Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига халқаро нормаларни

имплементация қилишнинг баъзи бир жиҳатлари //Қонун ҳужжатлари

мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар

материаллари / Маъсул муҳаррир: Ф.Ъ.Отахонов. – Т.: 2006.

Page 213: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

213

34. Талалаев А.Н. Международные договоры в современном мире. - М., 1973.

35. Талалаев А.Н. Право международных договоров. Действие и применение

договоров. - М., 1985.

36. Талалаев А.Н. Право международных договоров. Договоры с участием

международных организаций. - М.: Междунар. отношения, 1989.

37. Талалаев А.Н. Право международных договоров. Общие вопросы. - М.:

Междунар. отношения, 1980.

38. Тиллабаев М. Национальные институты по правам человека:

Международная, зарубежная и национальная практика. –Т.: Адолат, 2008.

39. Ульянова Н.Н. Общие многосторонние договоры в современных

международных отношениях. – Киев, 1981. 259 с.

40. Умарахунов И.М. Международная договорно-правовая практика

Республики Узбекистан. – Т., 2003.

41. Умарахунов И.М. Республика Узбекистан и международное договорное

право. – Т.: «Мехнат», 1998. 367 с.

42. Файзиев Ш. Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторингининг назарий ва

амалий масалалари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт

масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир:

Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006.

43. Хакимов Р. Парламент назорати ва қонун ҳужжатлари мониторинги

//Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”.

Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов.

– Т.: 2006.

44. Эстоппель в международном публичном праве. М., 2001. Гл. 3/2;

45. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича

вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги хисоботи. Тошкент, 2006.

46. Ғуломова Д. Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитасининг аёллар ҳуқуқлари

мониторингини ўтказиш жамиятда ва оилада улар мақомини ошириш

юзасидани фаолияти // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.:

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004.

47. Юлдашева Г. Права человека: Соотношение норм международного права

и национального законодательства. – Т.: Национальный Центр

Республики Узбекистан по правам человека, 2001. - С. 64.

Horijiy adabiyotlar

1. Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom:

Cambridge University Press, 2000. – 483 p.

2. Arangio-Ruiz G. On the Security Council,s "Law-Making"//Rivista di diritto

internazionale. 2000. Fasc. 3. P. 683 et seq.

3. Basdevant I.Regles generals du droit de la paix // RdC, 1936. T.58.P.226.

4. Black”s Law Dictionary. St. Paul. 1983. P. 518

5. Bluntschli J. Droit international codife. Paris, 1870.P. 357.

6. David e. Principes de droit des conflicts armés. P. 164

Page 214: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

214

7. Der einigungs Vertrag. Munchen. 1990.

8. Difference Relating to Immunity from Legal Process of a Special Rapporteur of

the Commission on Human Rights. No. 99/16//http://www.icj-cij.org

9. Drzewicki K. National legislation as a Measure for implementation of

International Humanitarian Law. P. 110.

10. Do’ring K. Volkerrecht. Heidelberg. 1999. S.74.

11. Fitzmaurice G. Second Report on the Law of Treaties. P.46. 108

12. Field D. Outlines of International Code. N.Y., 1872. Art.198.

13. Horn F. Reservations and Interpretative Declarations to Multilateral Treaties.

Amsterdam. 1988 (514 p.).

14. Johnson L. The Succession to the USSR for Treaties Concluded within the United

Nations and Specialized Agencies // Juridical I Yearbook. 1992 ; erickson J. Fallen

from Grace // World Policy Journal. 1993.Summer.

15. Lissitzyn O. Efforts to Codify or Restate the Law of Treaties//Essays on

International Law. N.Y., 1965;

16. Marek K. Identity and Continuity of States in Public International Law. Geneva.

1954. P.74

17. McNair. The Law of Treaties. P. 601.

18. O”Connell D. Reflections on the State Succession Convention // ZaoRV/ 1979. P.

725 - 729.

19. O'Connor J. Good Faith in International Law. Dartmouth, 1991.

20. Parry and Grant. Encyclopedic Dictionary of International Law. N.Y., 1986. P.

158.

21. Pan S .Legal Aspects of Jalta Agreements // AJIL.1952.No.1

22. Picavet C. La diplomatie francaise de Lois XIV. Paris, 1930. P. 89.

23. Pufendorf S.De jure naturrae et gentium, libri octo Amsterdamm, 1988. Book III,

chapter VI.

24. Read J. International Agreements//Canadian Bar Review. Vol. 26. 1948. P. 524.

25. Rezeka. ICJ.Reports.2002.P.491

26. Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK;

Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2016. – 282 p.

27. Rysiak G. Przed II etapem kodyfikacji prawa tractatуw//Sprawy

miкdzynarodowe. 1969. No 4.

28. Sandorski J. Op.cit. 1978.S.132

29. Scala R. Die Staatsvertrage des Altertums. Т. I. Leipzig, 1898. S. 6–8

30. Survey of International Law in Relation to the Work of Codification of the

International Law Commission//A/CN. 4/1. Rev. 1. 1949. P. 52.

31. Stevenson J. The Vienna Convention on the Law of Treaties//The Department of

State Bulletin, 1573. 1969.

32. Tyranowski J. Sukcesja panstv a traktaty w sprawie granic. Poznan. 1979.

33. Unger I. Uber die Gultigkeit von States vertragen // Zeitschrift fur das privat und

offenliches Recht der Gehenwart

34. Viswanatha S.V. International Law in Ancient India. Bombey, 1925. -Р. 91,170–

172

Page 215: XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQIfiles.tsul.uz/student/7.pdf2 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI O’QUV QO’LLANMA Mazkur o’quv qo’llanma Тoshkent davlat yuridik universiteti ³Xalqaro shartnomalar

215

35. Waelbroeck M. Traitis internationaux et juridictions internationales dans les pays

du Marchè Commun. Bruxelles, 1969. P. 161

36. Zemanek K. The Legal Foundations of the International System // RdC. 1997-I.P.

85

Electron ta`lim resurslari

1. www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining hukumati sayti

2. http://www.lex.uz/

3. www.senat.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati sayti

4. www.un.org – BMT sayti

5. www.ohchr.org – BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari sayti

6. www.unesco.org – YUNESKOning sayti

7. www.оssе.оrg – Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sayti

8. www.cоe.int/Т/R/Human_Rights_Court - Inson huquqlari bo’yicha Yevropa

sudi sayti

9. www.childrenrights.net/news/8.htm - Bola huquqlari bo’yicha resurs sayti

10. www.icrc.org – Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi sayti

11. www.untreaty.un.org – Xalqaro shartnomalar sayti

12. www.un.org/law/ilc - Xalqaro huquq Komissiyasi sayti

13. www.icj.org – BMTning Xalqaro sudi sayti

14. http://www.icc.int – Xalqaro jinoyat sudi sayti

15. Становление Международного гуманитарного права.

http://edu.tomsk.ru/teacher_help/mir/dop_mat/History%20of%20IHL.htm.

16. http://untreaty.un.org/ UN treaty site

17. http://conventions.coe.int/ Council of Europe treaty site

18. www.state.gov/s/l/c8455.htm US treaties in force site

19. www.fco.gov.uk/servlet/Front?pagename=OpenMarket/Xcelerate/

20. ShowPage&c=Page&cid=1007029396014 UK Foreign Office treaty site

21. www.austlii.edu.au/au/other/dfat/ Australian Treaties Library

22. Парламентская Ассамблея Совета Европы. http://www.mid.ru/bdomp/ns-

dos.nsf/2b5ba3b238823e59432569e70041fcb4/432569d800223f3443256c3000

48c771!opendocument

23. http://www.turkmenbusiness.org/news/turkmenistan-razvivaet-

mezhdunarodnoe-transportnoe-sotrudnichestvo

24. http://www.mfa.uz/ru/cooperation/security/54/

25. www.turkmenistan.ru/ru/articles/35895.html

26. http://www.mid.ru/bdomp/ns-

asia.nsf/3a0108443c964002432569e7004199c0/432569d80021985fc325711d0

03b9e9d!OpenDocument

27. http://www.uzbekistan.de/ru/nachrichten/nachrichten/initsiativa-prezidenta-

uzbekistana-iakarimova-o-sozdanii-zonq-svobodnoy-ot