63
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 1 Tohir Malik. Savohil (II- qism) Ikkinchi qism - Diydor Yoʻli Ikkinchi bob - Umid yulduzi 1 Lord Chelmsford Vaziristondan kelgan xabardan butunlay gangib qoldi. Oʻtgan kuni shimoli-gʻarb chegara viloyatidan olingan noma qabila boshliqlarini hech qanday pulga sotib olish mumkin emasligini bildirgan edi. «Bu Shimoliy Hindistondagi ahvol chatoq, degan gap, deb oʻyladi Chelmsford. Bosh shtabning bugungi axboroti esa Kobulning hali-beri taslim boʻlmasligini aniq qilib qoʻydi. General Nodirxonning qoʻshini oʻtgan haftada Sulaymontogʻda gʻoyib boʻlgan edi. Tal shahri ostonasida qoʻqqis chiqib qolgani nimasi? Yana zambaraklari bilan! Bosh shtabning xabariga ishonsam, afgʻonlar xaritada belgilanmagan yoʻllar bilan kelishgan. Bu qanaqasi?! Xaritada belgilanmagan yoʻllar yana bordir balki. Ularning biri Simlaga Bosh shtabga olib kelmaydimi? Yana biri Dehliga boshlar...» Chelmsford bosh shtabdan kelgan nomani yirtib tashladi. Qoʻngʻiroq tugmasini bosib, Gamilton Grantni chaqirtirdi. Oʻn yettinchi yilning adogʻida Chelmsford Londondan telegramma olgan edi: «Biz bolsheviklarning gʻoyat xavfli varaqasidan xabar topdik. Rus hukumatining Rossiya va Sharq musulmonlariga, ayniqsa, Eron va Hindiston xalqlariga murojaati bizni xavotirga soldi. U mumkin qadar uzoq vaqt qoʻl ostimizdagi xalqlar uchun sir tutulmogʻi shart». Oradan koʻp oʻtmay noib-qirol oʻsha «gʻoyat xavfli varaqa» bilan ham tanishdi: «Endi jim turmoq mumkin emas. Vaqtni boy bermay, mutelik zanjiridan qutulingiz, mustabidlarni mahv etingiz. Tabarruk tuproqlaringizning zolimlar oyogʻi ostida toptalishiga yoʻl qoʻymangiz! Oʻz yurtingizga oʻzingiz egalik qilingiz! Oʻz xohishingizga koʻra hayot kechirishga haqqingiz bor. Taqdiringiz oʻz qoʻlingizda!..» Lord Chelmsford hozir shuni esladi. Aniqrogʻi, bu xavfli chaqiriqlarni hali unutganicha yoʻq. Hindistonning qaerida gʻalayon koʻtarilsa bot-bot eslaydi. Mayda gʻalayonlar tobora yiriklashib, mana endi subsidiyaga qanoat qilayotgan «chivinday mamlakat» katta gʻavgʻolar boshladi. Bu oxir-oqibat Chelmsfordni Hindistonda qolish yo qolmasligiga tasir oʻtkazmasa edi. «Qay masalani hal etishda yanglishdim? Habibulloxonni oʻldirilishidami? Bolsheviklarning varaqalari bu yerga qanday yetib keldi?» Chelmsford notinchlik boisini xalqning toʻlib-toshgan sabr-kosasidan izlamas edi. Zero, ezilgan fuqaroning dardi unga begona, mazlumning nolasi esa tushunuksiz edi. Shuning uchun ham u vaziyatga toʻgʻri baho berish qudratidan mahrum edi. Gamilton Grant kirib kelganda ham u hali xayollar domida edi. Oradan oy oʻtyapti, dedi noib-qirol, unga bir qarab olib. Bir haftalik urush deb ishontirgan edinglar. Gamiltonning tili gapga kelmay, yelka qisdi. General Yustesning holi tang. Talni ushlab qololmaydiganga oʻxshaydi. Toʻxtatish kerak. Kimni, afgʻonlarnimi? dedi Chelmsford ovozini balandlatib. Urushni... urushni toʻxtatish kerak. Chelmsford odamni tahlikaga solishi mumkin boʻlgan oʻtkir nigohini Gamiltonga qadadi. Keyin-chi? Afgʻonlarning oʻylab koʻrishiga fursat beramiz. Bizning yordamimizsiz ular uzoqqa borisholmaydi. Rossiyaning yordami-chi? Rossiya yordam berish qudratiga ega boʻlguncha mamlakatning sillasi quriydi. Omonulloxon tavbasiga tayanadi. Shu urushning oʻziyoq uni nochor ahvolga solib qoʻydi. Malumotlarga qaraganda saroydagi ayrim qimmatbaho mollar sotilgan. Ruhoniylar urushdan norozi. Bu katta gap. Buxoro amiri bu tentak Omonulloxonga tasirini oʻtkaza oladi, deb oʻylayman. Buxoro Qizil Turkistonga urush ochishi bilan Afgʻoniston oʻz-oʻzidan jihodga qoʻshiladi.

Tohir Malik. Savohil (II- qism) · 2014. 12. 10. · Tohir Malik. Savohil (II- qism) 1 Tohir Malik. Savohil (II- qism) Ikkinchi qism - Diydor Yo•li Ikkinchi bob - Umid yulduzi 1

  • Upload
    others

  • View
    56

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 1

    Tohir Malik. Savohil (II- qism)

    Ikkinchi qism - Diydor Yoʻli

    Ikkinchi bob - Umid yulduzi

    1

    Lord Chelmsford Vaziristondan kelgan xabardan butunlay gangib qoldi. Oʻtgan kuni shimoli-gʻarb chegaraviloyatidan olingan noma qabila boshliqlarini hech qanday pulga sotib olish mumkin emasligini bildirgan edi. «Bu— Shimoliy Hindistondagi ahvol chatoq, degan gap, — deb oʻyladi Chelmsford. — Bosh shtabning bugungiaxboroti esa Kobulning hali-beri taslim boʻlmasligini aniq qilib qoʻydi. General Nodirxonning qoʻshini oʻtganhaftada Sulaymontogʻda gʻoyib boʻlgan edi. Tal shahri ostonasida qoʻqqis chiqib qolgani nimasi? Yana zambaraklaribilan! Bosh shtabning xabariga ishonsam, afgʻonlar xaritada belgilanmagan yoʻllar bilan kelishgan. Bu qanaqasi?!Xaritada belgilanmagan yoʻllar yana bordir balki. Ularning biri Simlaga — Bosh shtabga olib kelmaydimi? Yana biriDehliga boshlar...»Chelmsford bosh shtabdan kelgan nomani yirtib tashladi. Qoʻngʻiroq tugmasini bosib, Gamilton Grantni chaqirtirdi.Oʻn yettinchi yilning adogʻida Chelmsford Londondan telegramma olgan edi: «Biz bolsheviklarning gʻoyat xavflivaraqasidan xabar topdik. Rus hukumatining Rossiya va Sharq musulmonlariga, ayniqsa, Eron va Hindistonxalqlariga murojaati bizni xavotirga soldi. U mumkin qadar uzoq vaqt qoʻl ostimizdagi xalqlar uchun sir tutulmogʻishart». Oradan koʻp oʻtmay noib-qirol oʻsha «gʻoyat xavfli varaqa» bilan ham tanishdi: «Endi jim turmoq mumkinemas. Vaqtni boy bermay, mutelik zanjiridan qutulingiz, mustabidlarni mahv etingiz. Tabarruk tuproqlaringizningzolimlar oyogʻi ostida toptalishiga yoʻl qoʻymangiz! Oʻz yurtingizga oʻzingiz egalik qilingiz! Oʻz xohishingizga koʻrahayot kechirishga haqqingiz bor. Taqdiringiz oʻz qoʻlingizda!..»Lord Chelmsford hozir shuni esladi. Aniqrogʻi, bu xavfli chaqiriqlarni hali unutganicha yoʻq. Hindistonning qaerida gʻalayon koʻtarilsa bot-bot eslaydi. Mayda gʻalayonlar tobora yiriklashib, mana endi subsidiyaga qanoat qilayotgan «chivinday mamlakat» katta gʻavgʻolar boshladi. Bu oxir-oqibat Chelmsfordni Hindistonda qolish yo qolmasligiga ta’sir oʻtkazmasa edi. «Qay masalani hal etishda yanglishdim? Habibulloxonni oʻldirilishidami? Bolsheviklarning varaqalari bu yerga qanday yetib keldi?» Chelmsford notinchlik boisini xalqning toʻlib-toshgan sabr-kosasidan izlamas edi. Zero, ezilgan fuqaroning dardi unga begona, mazlumning nolasi esa tushunuksiz edi. Shuning uchun ham u vaziyatga toʻgʻri baho berish qudratidan mahrum edi. Gamilton Grant kirib kelganda ham u hali xayollar domida edi. — Oradan oy oʻtyapti, — dedi noib-qirol, unga bir qarab olib. — Bir haftalik urush deb ishontirgan edinglar. Gamiltonning tili gapga kelmay, yelka qisdi. — General Yustesning holi tang. Talni ushlab qololmaydiganga oʻxshaydi. — Toʻxtatish kerak. — Kimni, afgʻonlarnimi? — dedi Chelmsford ovozini balandlatib. — Urushni... urushni toʻxtatish kerak. Chelmsford odamni tahlikaga solishi mumkin boʻlgan oʻtkir nigohini Gamiltonga qadadi. — Keyin-chi? — Afgʻonlarning oʻylab koʻrishiga fursat beramiz. Bizning yordamimizsiz ular uzoqqa borisholmaydi. — Rossiyaning yordami-chi? — Rossiya yordam berish qudratiga ega boʻlguncha mamlakatning sillasi quriydi. Omonulloxon tavbasiga tayanadi. Shu urushning oʻziyoq uni nochor ahvolga solib qoʻydi. Ma’lumotlarga qaraganda saroydagi ayrim qimmatbaho mollar sotilgan. Ruhoniylar urushdan norozi. Bu katta gap. Buxoro amiri bu tentak Omonulloxonga ta’sirini oʻtkaza oladi, deb oʻylayman. Buxoro Qizil Turkistonga urush ochishi bilan Afgʻoniston oʻz-oʻzidan jihodga qoʻshiladi.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 2

    Turkiston yerlari hisobiga mulkni kengaytirishdan qaytadigan amir hali dunyoga kelmagan. Hatto Habibulloxon hamshunaqa umidda edi. — Yanglishmasam, Habibulloxonning Hindistonga ham ishtahasi bor edi, a? — Habibulloxon ahmoq, xomxayol edi. — Gamilton, bas qiling, — dedi Chelmsford jahl bilan, — bu safsata, bu xom rejalarga hatto oʻzingiz hamishonmaysiz. Toshkentdan yangilik bormi? — Bor, ser. Omonulloxonning elchilari Toshkentda toʻxtab qolganlar. Toshkent — Moskva yoʻli berk... Lekin...Moskva Leninning Omonulloxonga javob maktubini ochiq matn bilan Toshkentga bergan. Kobulga qandayyetkazilishi sir. — Ruslarning elchisi-chi? — Yoʻlga chiqishgan. Elchi — Xmarin. Eronda bir tasodif bilan omon qolgan edi. — Ana, koʻrdingizmi? Eronda tasodif bilan omon qolgan. Bir tasodif bilan yoʻlga chiqdi. Yana bir tasodif bilanKobulga yetib keladi. Keyin qarabsizki, diplomatik aloqa oʻrnatilib, shartnomalar imzolanib turibdi! — Ser, ular hali Kobulga yetib kelishgani yoʻq. Biz hammasini aniq rejalashtirganmiz. — Gamilton, ular chegaradan oʻtgan kuni bu yerdan qorangiz oʻchadi. Gamilton bosh egdi. — Xotirjam boʻling, ser, biz hali siz bilan birga koʻp ishlaymiz. Chelmsford uning bu surbetligidan gʻashi kelib, «boring», deganday qoʻl siltadi. Gamilton yengil ta’zim qilib chiqibketdi. Oʻsha kuni Chelmsford Bosh shtabga buyruq joʻnatdi. Bir oy davom etgan urush Buyuk Britaniya uchun samarasizbarham topdi.

    2

    Tashvishni botmonlab bergan, fursati kelganda shodlikni ham qoʻsha-qoʻsha berarkan.Bir oy mobaynida yurtni bosib turgan rutubat koʻtarilib, hech kutilmaganda quyosh koʻrindi.Bomdoddan soʻng boqqa chiqqan Omonulloxonning koʻngli ravshan tortdi. Nazarida Kobulda hech mahalbugungiday beozor tong otmagan edi. Osmon tiniqligi shu bugungiday bokira, qushlar chugʻuri shu bugungidayserjarang, barglar shiviri shu bugungiday huzurbaxsh boʻlmagan edi. Bu tong unga uzoq xastalikdan forigʻ boʻlib,koʻzi charaqlab ochilgan kishi quvonchini nasib etdi.Avval sardor Nodirxonning sarhadni kechib oʻtib, inglislarni gʻaflatda bosgani haqidagi xabardan koʻngli yoz boʻldi.Otasining oʻlimida uning ham aybi muqarrar deb bir necha kun hibsda ushlab turganiga, sardor salorlik unvonidanmahrum qilganiga pushaymon yedi. Vaqtida insof berib, sardorni ozod etgani, unga qanot qoʻshinni ishonibtopshirganidan bir nav quvonib, Xalloqi olamga shukrlar aytdi. Kecha oqshom esa barqi ibtilo1 barham topgani,inglislar muhoribani bas qilgani haqidagi xushxabar bagʻri-dilini yoritib yubordi. Qorongʻilik elchisi boʻlmishoqshom yurtning quyoshli kunlari boshlangani haqida xabar keltirdi.«Jannatmakon padarim to soʻnggi nafasiga qadar jur’at qilolmadi. Hazor-hazor lashkari boʻlgani bilan inglisningahvoli bu ekan. Bir oylik zarbamizdan hayiqdi. Buyuk Afgʻonistonning ozodligiga endi kim shak keltira oladi? Hechkim!» Amir xayoliga kelgan bu gapdan kulimsirab qoʻydi.Orqa tomonda oyoq sharpasi kelib, amir shart oʻgirildi.— Amir sohib, xushxabar oldik, — dedi Tarzi unga yaqinlashib.— Lashkarimiz Simlaga yetibdimi? — dedi amir hazil ohangida.— Bundan ham a’lo xushxabar, amir sohib. Oʻrusiya poytaxtidan javobnoma yetib keldi. — Tarzi shunday debqoʻlidagi qogʻozni uzatdi.— Oʻqing, — dedi amir nomani qoʻliga olmay.Tarzi burniga koʻzoynagini qoʻndirib, oʻqishga tutindi:«Afgʻoniston amiri amir Omonulloxonga. Ozod va mustaqil afgʻon millati nomidan rus xalqiga salom yoʻllab yozilgan hamda siz, hazrat oliylarining taxtga

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 3

    oʻtirganingiz xabar qilingan ilk maktubni olib, ishchi-dehqon hukumati va butun rus xalqi nomidan oʻz ozodliginixorijiy mustabidlardan qahramonona himoya etgan mustaqil afgʻon xalqiga shoshilinch javob salomini yoʻllaymiz.Siz, hazrat oliylarini, 1919 yil 21 fevralda taxtga oʻtiruvingiz munosabati ila muborakbod etamiz... ... Mazkur salomnomani afgʻon xalqiga yoʻllar ekanmiz, oʻzimizni behad baxtli hisoblab, siz hazrat oliylaridanxalqingiz doʻstlarining doʻstona ta’zimini qabul qilishingizni soʻraymiz. Moskva shahrida 1919 yilning 27 may kuni yozildi».Tarzi qogʻozdan koʻzini olib, amirga qaradi. Omonulloxonning nigohi uzoqqa, poytaxt etagi borib tutashgan ufqdaedi. U eshitganlarini bir-bir xayolida takrorlab, mushohadaga berildi. Tarzi undan sado chiqishini ancha kutdi.— Shoʻravi Rusi bizga bagʻrini samimiy tarzda ochgani rost boʻlsa, endi bu yurt orqali Ovruponing barcha yerlarigaboruvimiz mumkin. Mustaqil Afgʻoniston yoʻllari ochildi.Amir Rossiyaning gʻarbidagi davlatlar bilan hali-beri til topisha olmasligini hozir, shu topda xayoliga keltira olmasedi. Uning fikricha, Afgʻonistonning yagona dushmani — Ingliston, qolgan mamlakatlar esa ular bilan bajonidildoʻst tutinadilar. Omonulloxon achchiq haqiqat bilan keyinroq, yil oyoqlaganda, RSFSR Tashqi ishlar xalq noziriChicherindan noma olib, gʻarbdagi mamlakatlar Muhammad Valixonning safariga monelik bildirganlaridan xabartopganida yuzma-yuz keladi. Hozir esa bu noxushliklardan ancha berida, dastlabki quvonchli xabar ogʻushida nekbinrejalar tuzadi.— Xushxabar faqat shugina emas, amir sohib. Chopara muxtor vazirimizning Toshkentga yetganini ham xabar qildi.Toshkentda Kobulga qarab Shoʻravi Rusi vakolasining yoʻlga chiqishiga harakat bor emish.— Nur alan-nur. Shimoldagi noiblarga farmon joʻnating, saforat ishlari bilan kelmish Shoʻravi Rusi a’yonlarigaafgʻon xalqining eng aziz mehmonlari qatorida izzat koʻrsatilsin. Ziyon-zahmatsiz yetib keluvlari uchun javobgardirular.Amir bir-ikki qadam yurib, yana toʻxtadi.— Padarim Oʻrusiyaning niyatini bilmoq istagida edi, — dedi oʻychan ohangda. — Arqonni uzun tashladi, behaduzun tashlab yubordi. Bu faqat Inglistonga naf berdi, katta naf berdi. Endi nadomatdan ne foyda? Kamolni oʻylamoqvaqti yetdi. Endi tijorat ishlarini yoʻlga qoʻymoqni mulohaza qilish darkor. Ovrupo bilan boʻlajak tijorat ishlariniafgʻon savdogarlari qoʻliga bermoq lozim. Ibriylar, tojiklar, oʻzbeklar tijoratda afgʻonlarni siqib qoʻyishlari barhamtopmogʻi shart. Afgʻon tijorat ahli bunga qodirmi?— Shak-shubhasiz, «Semmar» tijorat jamiyati — qand, quruq meva boʻyicha, «Omonie» — teri, «Birodaroni afgʻon»attorlik, gazmol boʻyicha mustaqil ish yuritishlari mumkin.— Bu kifoya emas. Bu bahr yuziga tomgan shabnam, xolos. Yaxshi qoʻshniga ega boʻlgan yurt bunga kifoya qilaolmaydi.Amir shunday deb bogʻdan chiqdi. Ikkinchi qavatga koʻtarilib, mukammal bejalgan serbar xonasiga kirdi-da,yumshoq oʻrindiqqa oʻtirib, qaynotasiga yonidan joy koʻrsatdi.— Olloh koʻnglimga yaxshi niyat soldi, — dedi.— Muborak boʻlsin, - dedi Tarzi.— Mustaqilligimiz hamda muhoribadagi gʻalabamiz sharafiga yangi dorulsaltanat bino qilamiz. Unga... Dorul Omondeb nom beramiz. Bu istagimizni «Siroj ul axbor»ingiz orqali fuqaroga yetkazing. Darvoqe, — amir kursi ustidagigazetani qoʻliga oldi, — qoʻshiqlar beribsiz, oʻzingiz yozganmisiz?Amir javob kutmay oʻqidi:Inglislar uylarimiz xonavayron ayladi, Yulduz misol tillo sochib, tangu sarson ayladi. Niyati qul qilmoq erdi, bizni hayron ayladi, Qon qusgan yurt boʻldi doʻzax, ani makon ayladi. — Durust aytilgan. Doʻzaxni makon aylaganlari rost. — Amir sohib, bu qoʻshiq fuqaro ogʻzida yuribdi, men toʻqiganim yoʻq. Shoʻrbozorda eshitib, yozib olib, menga keltirdilar. — Dono odam toʻqibdi. Nomi ma’lum boʻlganda zarga oʻrar edim.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 4

    — Bu qoʻshiq qalbning mahsuli. Bu qalb zarga emas, ozodlikka muhtoj edi, yetishdi. Unga bundan ulugʻ mukofotdarkor emas. — Shoʻrbozorda shunday qoʻshiqlar aytilar ekan, yurt osoyishtaligidan koʻnglim toʻq, — dedi amir shodliginiyashirmay. — Koʻngiltoʻqlikka hali fursat bor. Qoʻshiqlarni eshitmay, deb quloqlarini berkitib oladiganlar hisobsiz hali. — Biz bu quloqlarga qoʻrgʻoshin quyamiz. Bunga qudratimiz yetadi, ha!

    3

    Bismillahir Rohmanir Rohiym.Musulmon ahlining umidi, dinimiz peshvosi, piri rohimiz, umrlari uzun boʻlg‘ur piramandu donishimizga.

    Ollohning inoyati ila yetib ma’lum boʻlsinkim, Toshkanddin pok niyat ila yoʻlga chiqg‘on Mirkomil hoji BuxoroiSharifga ziyon-zahmatsiz yetib keldilar. Mirkomil hoji Buxoro amiri Said Olimxon birlan uzoq suhbat qurib,

    musulmonlarning jihodi akbarg‘a koʻtariluvida Buxoroi Sharif ila Afg‘oniston zimmasiga Olloh oliy sharaf yukinitashlaganini aytub ishontirdilar. Buxoro amiri Said Olimxon amir hazratning Afg‘oniston amiriga murojaati,

    yovgarchilikni bas qilub, Ingliston ila yarashmoq, Inglistondan yordam pullarini olmoq va shuning muvoziysidayov-yaroqlarga ega boʻlmoqni taklif etib yozgan nomai muboraklari chopar ila yoʻlga chiqdi. Buxoroi SharifgaInglistonning yov-yaroqlari va oltmish dono a’yoni yetub keldi. Ular jihodi akbarimizda oʻz ulushlarini qoʻshish

    nitini bildirdilar. Shu bois Afg‘onistonning Inglistonga qarshi yarog‘ koʻtarmog‘i nojoizdur va amirning bunga aminboʻluviga sizning donish soʻzlaringiz lozimdur.

    Kuni kecha qulog‘imizga yetib kelgan xabar Toshkanddan shoʻro vakolasi yoʻlga chiqqanini ma’lum qildi. Ollohularning safarlarini barvaqt qaritgay. Agar tasodif boʻlib, shaytonu lain koʻmagida qoʻlimizdan chiqub, Kobulga

    yetishishsa, Pandin viloyati, Koʻshk, Karki, Tirmiz qal’alarini iltimos qilmoq kerak. Bu holda Oʻrusiya vakolasikelishuvdan chekinadi. Bizga faqat fursat lozim. Omonulloxon Oʻrusiyaning doʻst boʻlmasligiga inongach, jihodi

    akbar fursati yetadi. Mazkur rejadan xabar topgan-topmaganingiz kaminaga noma’lum boʻlgani uchun yana qisqabayon etmoqni lozim topdim. Mirkomil hoji bu sahar Karki sari yoʻlga chiqadilar. Mazori Sharifda bul zot Hasanxon

    hazrat bilan eson-omon koʻrishib, soʻng safarlarini birgalikda davom ettiradilar. Bul ikki e’tiborli zotning amirOmonulloxon ila muzokara yurituviga oʻzingiz koʻmak bergaysiz.

    Duoyi bilonihoya va salomi mushtaqona addoyi muxlisingiz.

    Qodir ogʻa hazrat koʻzlarini yumdi. «Bu qanday baloligʻ boʻldi? Inglistondek ulugʻ qudrat muhoribani nechun basqildi. Yarashni Omonulloxon taklif etmagi oʻrniga, ular past keldilar. Omonulloxonni endi tizginlab boʻlar ekanmi?Oʻrusiya vakolasi Kobulga yetib kelgan taqdirda bu shakkok zinhor-bazinhor jihodga koʻtarilmaydi...»Qodir ogʻa hazrat xayoliga kelgan bu fikrdan oʻzi ham seskanib ketdi. Beixtiyor qarsak chaldi. Eshik ogʻzida oʻspirinkoʻrindi.— Davot-qalam keltir, — dedi hazrat.Oʻspirin aytilganni muhayyo qilib chiqib ketgach, hazrat xat bita boshladi:«Bismillohir ar-rahmonir ar-rohiym...Mazori Sharifning noibi Vazir Adali hazrat noibga duoyi salom.Ulugʻ Afgʻonistonimizning aziz boshiga yogʻilayotgan kulfatlar, yogʻilajak musibatlar munosabati ila sizga murojaatqilmakni lozim topdim. Omonulloxonning taxtga oʻtiruvidan norizo ekaningizdan benihoya quvondim, bushijoatingiz va donoligingiz evaziga Ollohning marhamatiga erishgaysiz. Omonulloxonning aldangan sarbozlarqudrati ila taxtga erishgani Yaratganga maqbul kelmaydi. Halloq oʻziga maqbul moʻminga lozim koʻradi taxtni.Shukrkim, yurtning asl amiri Nasrulloxon, amirzoda Inoyatulloxon sihatiga ziyon-zahmat yetmadi. Ularning jonisaqlab qolingan ekan, taxtning ham qaytarib beriluvi muqarrardir. Taxt ularga ravo koʻrilmagan taqdirda, sizdekmusulmonsheva va xiradpeshalar borki, yurt amirsiz qolmas.

    http://www.kutubxona.com/wiki/index.php?title=Tasvir:Aquote1.pnghttp://www.kutubxona.com/wiki/index.php?title=Tasvir:Aquote2.png

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 5

    Alqissa, xudodot yurtimiz taqdiriga kuyinmoq vaqti yetdi. Inglistonning muhoribani bas qilgʻoni yurtga kamolbermas, bil’aks, musibatlarga roʻbaru qilar. Shul bois, Omonulloxon Ingliston hukumatiga uzrnoma bitishi joizdirki,uning bunday qiluviga ishonchim yoʻq. Amir Oʻrusiya ila doʻstlashmoqda, alar koʻmagiga umidvor. Bu umid iplariniqirqa olsak, Ingliston marhamatiga erishamiz, bu demak, Turkiston yerlari hisobiga Afgʻoniston mulki kengayib,qudratiga qudrat qoʻshilgusi, Amir nomasining Mazori Sharif orqali Tirmizga yetkazuvlari sizdan oʻtgan xatolikdir.Siz bunga yoʻl bermasligingiz lozim edi. Menga yetib kelgan axbor Oʻrusiya elchilarining yoʻlgahozirlanayotganlarini ma’lum qildi. Vakola zinhor Mazori Sharifga kirmasligi darkor. Oʻrusiya vakolasidan ilgarituprogʻimizga Toshkanddin tabarruk zot qadam qoʻyadi. Sizning qanotingizdagi yana bir oliy zot hamrohligida uMazori Sharifda uzoq qolmay, shoshqich Kobulga yetib keluvi shart. Sizning xizmatingiz, Yaratganning inoyati ila,inshoolloh, shunday boʻlajak.Shuning bilan birgalikda, ishonchli mulozimlaringizni daryoning u qirgʻogʻiga joʻnating, ular Oʻrusiyaning zulmi,Afgʻonistonning muruvvati haqida gap yoysinlar. Avomni bunga ishontira olsak, u yerlarni Afgʻoniston mulkigaqoʻshmoq oson kechadi.Siz bilan xudodot yurtimizning omonli kunlarida diydor koʻrishmak nasib etishini Ollohdan iltijo etib, duoyi joningizqilib qoluvchi piringiz...»Qodir ogʻa hazrat nomani yana bir qayta oʻqib, koʻngli xotirjam topgach, qarsak chaldi.— Akangni chaqir, — dedi u, ostona hatlab ta’zim qilgan oʻspiringa.Bir zumdan soʻng qoruvli yigit kirib keldi.— Qalandarlar bilan safarga otlan. Mana bu nomani Mazori Sharifga tezlikda yetkaz. Boshing ketsa ketsin, nomagaoʻzgalar nazari tushmasin.

    Uchinchi bob - tahlikali kunlar

    1

    Asadullaning ham, Shuvalovning ham tundlashib qolganini Ushinskiy sezdi. Asadullaga bir-ikki savol berib, tayinlijavob ololmagach, toqati toq boʻldi. Chorjoʻyga yetishgach, Shuvalovning: «Yuklarni tushirmay turinglar», degangapini eshitib, sabri chidamadi.— Oʻrtoq Shuvalov, nima gapligini balki bizga tushuntirib berarsiz? — dedi u istehzo bilan.— Tushuntirib beraman, Veniamin Samoylovich, elchi bilan maslahatlashib olay-chi?— Elchi bilan birgalikda maslahatlashamiz.Shuvalov: «Bu qanaqasi?» — degan savol nazari bilan Asadullaga qaradi.— Paysalga solmaylik, — dedi Asadulla, — tezdan bir fikrga kelib olishimiz kerak.Uchovlari oldinma-keyin Xmarinning kupesiga kirdilar. Kiyimlarini jomadonga joylayotgan elchi bundan hayronboʻldi.— Nikolay Zaxarovich, — dedi Shuvalov, — safarni qaysi yoʻl bilan davom ettirishni oʻylab olishimiz kerak.— Nimasini oʻylaymiz, yoʻlimiz aniq belgilangan. Bu yerda paroxodga oʻtiramiz, keyin Karki...— Nikolay Zaxarovich, men faqat harbiy maslahatchi emasman, balki shu safar xavfsizligini ta’minlashga ham javobberaman. Shu sababli belgilangan yoʻlni oʻzgartirishni taklif qilaman.— Sabab? — dedi Xmarin ajablanib.— Ha, sababini ayting, — dedi Ushinskiy oraga suqilib.Shuvalov yoʻl-yoʻlakay mulohaza yuritib, orada gʻayri maqsadli odamlar borligini aytmaslikka qaror qilgan,bularning shunday savolni oʻrtaga qoʻyishlarini hisobga olib, javobni ham tayin qilib qoʻygan edi, shu sabablikalovlanib oʻtirmadi:— Biz Buxoro amiri yerlaridan oʻtib borishimiz kerak. Bunga amirning ruxsatini olgan boʻlsak ham, yoʻlimiz xatarli.Kutilmagan hodisaga duch kelishimiz mumkin. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, safarimizni toʻxtatishga qaratilganharakatlar mavjud. Ular bizni aynan shu Karki yoʻlida kutishlari mumkin. Chunki, birinchidan, bu eng yaqin yoʻl,ikkinchidan, yurar yoʻlimiz ularga ma’lum boʻlishi kerak.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 6

    — «Ular» deganingiz kim? — dedi Ushinskiy. — Said Olimxon odamlarimi?— Kimligini aniq aytolmayman.— Nimani taklif qilasiz? — dedi Xmarin oʻyga tolib.— Mari, Koʻshk orqali Hirotga oʻtish kerak. Bu yoʻl uzoq, shuning uchun bizni kutishmaydi.— Safarimiz necha kun choʻziladi shunda? — dedi Ushinskiy norozi ohangda. — Yoʻq, oʻrtoq Shuvalov, sizvahimachi ekansiz. Yoʻlda pistirma boʻlsa nima? Quruq qoʻl bilan ketayotganimiz yoʻq-ku? Undan tashqari, «elchigaoʻlim yoʻq», degan gap bor.— Veniamin Samoylovich, hozir bunaqa qoidaga amal qiladigan zamon emas.— Bahslashmanglar. Men oʻylab koʻraman, — dedi Xmarin.— Bu nima deganingiz? — dedi Ushinskiy Xmaringa tikilib.— Tushunmadingizmi? Oʻylab koʻrib, bir qarorga kelaman.— Yoʻ-oʻq, azizim, bunaqa anarxiya ketmaydi. Birga oʻylab, birga qaror qilamiz.— Veniamin Samoylovich, men elchiman, demak, vakola hay’ati menga boʻysunishi kerak, diplomatiya qonuni bu.— Bunaqa qonunlar imperator zamonasida qolib ketgan, bu boshqa zamon. Siz bizga, firqa guruhiga boʻysunasiz.— Janoblar, uzr, grajdanlar, — dedi Xmarin tutaqib, — bu mutlaqo mumkin emas. Maslahatlaringizga albatta quloqsolaman, ammo elchining yordamchilariga boʻysunishi... Agar bolsheviklar menga ishonishmasa, izimga qaytishimmumkin.— Nikolay Zaxarovich, bu gapdan xafa boʻlmang, — dedi Asadulla, uni shahdidan tushirish maqsadida. — Bizdiplomatiya ishlaridan bexabarmiz. Lekin koʻpchilik bilan bamaslahat bitadigan ish pishiqroq boʻladi. Bolsheviklarsizga ishonishmasa shunday muhim ishni yuklashmas edi. Biz hoziroq bir qarorga kelishimiz kerak. VitaliySergeevich taklifini qabul qilsak, yuklarni tushirmasak. Men ham Hirot yoʻlini ma’qullayman.Koʻpning maslahatiga boʻysunish haqidagi gap Xmarinning hamiyatiga tegib, battar oʻjarligi tutdi:— Gap bunday, azizlarim, anarxiyaga yoʻl qoʻyilmas ekan, unda avvaldan belgilangan yoʻldan boramiz.— Men ma’qullayman, — dedi Ushinskiy shoshilib.Shuvalov yoʻlda pistirma bor-yoʻqligini aniq bilmas edi. Shu sababli ularga qat’iy qarshilik koʻrsata olmadi. Yuklartushirilib, vakola ixtiyoriga ajratilgan eski paroxodga ortildi. Shuvalov ehtiyot choralarini koʻrishga majbur boʻldi.Chorjoʻy qal’asidan qoʻshimcha askar, oʻq-dori, bitta zambarak, bitta pulemyot olib, kemaga barja ulatdi. Kemadargʻasi bundan norozi boʻlib, toʻngʻilladi:— Shu dumsiz ham besh kunda zoʻrgʻa yetamiz, oqimga qarshi suzish oson ekanmi?..Kun tikkaga kelganda, quyosh tigʻiga chiday olmaganlar oʻzlarini kayutalarga urdilar. Asadulla ham dastlabkayutada oʻtirdi. Keyin nafasi qaytib, yuqori sahnga chiqdi. Kemaning tumshuq tomoniga oʻtib, yoʻgʻon arqongasuyangancha ayqirib oqayotgan loyqa suvga tikildi. «Qadimda Jayhun deganlaricha bor, tentak daryo — boshiniqayga urishni bilmaydi...»Shu paytda daryo toʻlqinlari uzra xotiralari qalqib-qalqib kela boshladi: «Hayotning oʻyini ham Jayhunning oqishigaoʻxshaydi: visol sari oqdi, desang, bir buriladi-yu, ayriliq oʻzaniga tushadi: quvonchga yoʻl ochdi, desang, qaygʻugaqarab boshlaydi. Endi hayotning nagʻmasi qanday boʻlarkin?.. Hayot ostonada kutib turolmaydi. Shu daryo mavjidaybostirib kelaveradi. Oʻzingni oʻnglab ololmasang, chilparchin qilib qirgʻoqqa uloqtiradi-yu, yana olgʻa ketaveradi.Hijron kishanlarini shu toʻlqinlarga ura olgan odamgina omon qoladi. Men shunga qodirmanmi?..»— Asad Mira’lamovich, xayollaringizga sherik qilasizmi?Asadulla nozli ovozdan oʻziga kelib, orqasiga qaradi: oq koʻylak, keng soyabonli oq shlyapa kiyib olgan dilbar ayol,elchining kotibasi — Valentina Nikolaevna unga shirin jilmayib turardi. Asadulla uning yoniga keldi.

    — Oftobdan qoʻrqmaysizmi? — Bu oftoblar menga begona emas, bu yerlarda koʻp boʻlganman. — Yoʻgʻ-e? — Ha, otamning Ishqobod1da, Marida ham zavodlari bor edi. Otam bilan koʻp kelganman. — Dadangiz?

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 7

    — Ha, dadam kapitalist edi, — ayol shunday deb kuldi. — Qoʻrqmang, men kapitalist emasman. Dadam shunchakiinjener edilar. Hozir Petrogradda tinchgina yashab yuribdilar. Siyosatga aralashmaydilar. Men ham siyosatdanuzoqdaman. She’riyatni sevaman. Siz shoir ekansiz, a? — Kim aytdi? Bekor gap. Shunchaki havasmanadlik bor. — E, yoʻq, kamtarlik qilmang. Siz haqingizda Toshkentda yetarli ma’lumot toʻplaganman. — Shunaqami, siyosatdan uzoqdaman, deysizu razvedkaga yaqin ekansiz-da? — Ayol xandon otib kulib yubordi. Asadullaning koʻzi uning oq yuzidagi kulgichga tushib, eti jimirlashdi. ValentinaNikolaevna Sinelnikova oʻzining chiroyli ekanini ham, kulishi erkaklarga yoqishini ham bilardi. Hozir Asadulladagioʻzgarishni ayollarga xos sezgirlik bilan payqadi. Payqadi-yu, odamovi tuyulgan bu erkakni ham iydiraboshlaganidan oʻzicha yayradi. — Siz ayollarni bilmas ekansiz, ayollarning hammasi erkaklar saltanatidagi razvedkachi. Kerakli erkak haqida harqanday ma’lumotni toʻplashi mumkin. — Sizda yana kimlar haqida ma’lumot bor? — Hozircha faqat sizga tegishli ma’lumotga egaman, — Sinelnikova shunday deb nozli qarash qilib qoʻydi. BundanAsadulla sergak tortib, jiddiylashdi. Undagi bu oʻzgarish ham ayol nazaridan chetda qolmadi. — Siz Pushkinni sevasizmi? — dedi ayol gapni boshqa yoqqa burib. — Uni koʻp oʻqiganman. Menga Krilov yoqadi, undan tarjimalar ham qilganman. — Pushkindan Krilovni afzal deb bilasizmi? Qiziq... Gurjistonning dardlarin, goʻzal, Kuylamagil chok etib dilni: U eslatar menga har mahal Oʻzga hayot, olis sohilni... Sinelnikova koʻzlarini yarim yumib, she’r sehridan mast boʻlib oʻqirdi. She’r Asadullani ham oʻziga tortdi. — Nahot shu she’rlardan Krilovni baland qoʻysangiz? — dedi ayol norozi ohangda. — Baland qoʻymayman, lekin... xalqini gʻaflat uyqusidan uygʻotmoqchi boʻlgan shoir ishqiy she’rlar bilan kunkoʻrolmaydi. Buning uchun Krilovning she’rlari zarurroq. — Unda oʻzingiz ham shunaqa she’rlar yozarkansiz-da, a? — dedi Sinelnikova labini xiyol burib. — Oʻqibbering-chi... — Pushkinning shaydosiga oʻqiydigan emas-da. — Noz qilmang, Asad Mira’lamovich, erkaklarga yarashmaydi. Asadulla miyigʻida kulib, gapni hazilga olmoqchi boʻldi:Bizim Toshkand elida ancha loy koʻb,Hisobni bilmagan bema’ni boy koʻb...Sinelnikova kuldi, lekin boyagiday yayrab, xandon otib emas, koʻngil uchungina kuldi. — Hafsalangizni pir qildimmi? Aytdim-ku, shoir emasman, deb. — Menga ishqiy she’rlaringizdan oʻqing. — Ishqiy?.. Bunaqasi yoʻq menda. — Qoʻysangiz-chi, sharq she’riyatida ishqiy she’r yozmay boʻlarkanmi, jononning bitta xoliga Samarqandu, Buxoroni berib yuborasizlar-ku? — Duch kelganining xoliga emas, Valentina Nikolaevna, agar koʻngilni rom etsa oʻsha jonon... — Nima, sizning koʻnglingizni hech kim rom etmaganmi? — Rom etgan... Lekin mening koʻnglimda boshqa tashvish ham bor edi. Xalqimni jaholat uyqusidan uygʻotishga bor kuchimni sarflab, jononga Samarqandu Buxoroni berib yuborishni unutibman. — Hazilni ham bilar ekansiz, a, dastlab koʻrganimda serjahl odamdirsiz, deb oʻylovdim. — Xilvatda nimani sirlashyapsizlar? Ikkovi ham ovoz kelgan tomonga baravar qarashdi. Asadulla Ushinskiyni koʻrib, ta’bi tirriq boʻldi. Sinelnikova esa sir boy bermay jilmaydi.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 8

    — Veniamin Samoylovich, savolingiz bir hikoyatni esimga soldi, — dedi Asadulla ensasi qotganini yashirmay. —Bir bola qoʻshnining uyiga usti yopiq toboqda taom olib borayotgan ekan. Bir kishi uchrab: «E, oʻgʻlim, toboqdanima olib borursan? — debdi. Aqlli bola shunday javob beribdi: «Ey, otajon, toboq ichindagi narsani kishiga aytmoqva koʻrsatmoq darkor boʻlsa edi, usti oʻralmagan, ochiq boʻlar edi...» Xuddi shunga oʻxshash, sirlashayotgan boʻlsak,savolingizga nima deb javob qilamiz?.. — O, Veniamin Samoylovich, sharq shoirlari bilan hazillasha koʻrmang. Ayniqsa Krilovni qadrlaydiganlari ayaboʻtirmaydi. — Buni bilaman, Valentina Nikolaevna, Asadulla Mira’lamovichning tillari qilich damidan ham oʻtkir. — Boʻldi, chegaradan chiqmanglar, — dedi Sinelnikova piching toshlari otila boshlaganini fahmlab. — BizPushkinni eslayapmiz. Veniamin Samoylovich, qatorimizga qoʻshilishingiz mumkin. — Minnatdorman, xonim, Pushkin! O, buyuk daho! — Uni sevasizmi? — Uni sevmaslik — kaltabinlik! Asadulla tomoq qirb, teskari qaradi. Ayol undagi oʻngʻaysizlikni sezmaganga oldi. — Bitta she’rini oʻqib bering, Veniamin Samoylovich! — She’rini? — Ushinskiy beoʻxshov kulimsiradi. — Bu kallada she’rga oʻrin yoʻq. Hammasi manifestu chaqiriqlarbilan band. — Ayollarning koʻnglini shu manifestlar bilan olasizmi? — O, ayollarning koʻnglini qanday olishni bilamiz biz... Asadulla bu yerda ortiq qolgisi kelmadi. Shilqimlik isi kela boshlagan suhbatdan dimiqqan kayutani afzal bilib,ulardan uzr soʻradi.

    2

    Kun oqqanda kema langar tashladi. Shuvalov kayutada yotgan Asadullani yuqori sahnga chaqirdi. — Dargʻaning aytishicha, anov tepalik ortida turkmanlarning ovuli bor ekan. Yoningga bir-ikki musulmonlarni olib, borib kel, yon-atrof tinchmi, soʻrab-surishtir, — dedi. Keyin yaqinlashayotgan elchiga yuzlandi. — Nikolay Zaxarovich, shu yaqi oʻrtada ovul bor ekan. Mira’lamovich borib kelsin. Oziq-ovqat xarid qilish kerak. — Mayli, borsinlar, — dedi Xmarin hafsalasizlik bilan. Sinelnikovaning atrofida girdikapalak boʻlayotgan Ushinskiy Asadulla, Zikriyo afandi va toʻrt afgʻonning qirgʻoqqa tushganini bilmay, dogʻda qoldi. Bir barxanni oshib oʻtib, yalanglikka chiqdilar. Yalanglikda oʻttizga yaqin oʻtov tikilgan, atrofda qoʻy-echkilar yoyilgan edi. Ovulga yaqinlashayotgan begonalarni koʻrib, oqsoqol peshvoz chiqdi. — Xosh keldingizlar, — dedi u salomga alik olib. — Karkiga yoʻl olganmiz, ortiqcha non-goʻshtingiz boʻlsa sotib olaylik, — dedi Asadulla. — Musulmonmisanlar baring? Asadulla sheriklariga qarab oldi. — Alhamdulilloh... — Unda senmas ekansanlar. Bizga oʻruslar keladi, deyishib edi. Oʻruslar kelsa oʻtkazmanglar deyishgan. — Nimaga? — Karkida zulm qilishibdi. Bizga yarogʻ qoldirishdi. — Kimlar tashlab ketdi? — E, oʻgʻlon, surishtirishingdan oʻruslaring borga oʻxshaydi. Demak, senlar ekansan. Izzating borida qayt. Boshlaring balolalarga qolmasin. Qariya shunday deb irgʻay tayogʻini doʻqillatib, orqasiga qaytdi. Asadulla va Zikriyo afandi bir-biriga savol nazari bilan tikilgan holda turib qoldilar. Keyin orqalariga burildilar... — Ovullarni qurollantirishibdi, — dedi Asadulla Shuvalovga. — Qaytish kerak, hali ham kech emas, — dedi Shuvalov.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 9

    — Bir gap topib keldingizmi? — dedi Xmarin ularga yaqinlashib. Asadulla aytdi. Bu orada Ushinskiy bilan Sinelnikova ham ularga qoʻshildi. Jiddiy maslahat ketayotganini bilib, Ushinskiy avval Zikriyo afandiga yuzlandi: — Bizning muhim gapimiz bor, iltimos, holi qoʻysangiz, — soʻng Sinelnikovaga qaradi. — Valentina Nikolaevna, uzr, sizni toliqtirib qoʻymaylik. — Veniamin Samoylovich, sizdan iltimos, Zikriyo afandiga bunday muomala qilmang. U hamma gapdan boxabar, — dedi Asadulla uning qiligʻidan norozi boʻlib. — Mana shu ishingiz bekor. Muhojirga ishonishga haqqimiz yoʻq. Ular past ovozda bahslashib, bir qarorga kela olmadilar. Sahnda davra qurib oʻtirgan afgʻonlar ularga qarab-qarab qoʻyib, bezovtalanishdi. — Ertalab hal qilamiz, — dedi Xmarin bahsga yakun yasab. — Hozir sir boy bermaylik. Yuringlar, afgʻonlar bilan gurung qilaylik. Afgʻonlar ularni oʻrinlaridan turib qarshiladilar. — Mirza Qandilxon, gapimiz chala qolib edi, — dedi Xmarin chordana qurib, — demak, amir Omonulloxon Inglistondan tap tortmabdi-da, a? — Ha, sohib, tap tortmadi. Avom jon desa jonini bermoqqa tayyor hozir. Eronda ham shu holmi? — Yoʻq, Mirza, Eronda butkul aksi. Rossiya Eronga mustaqillik bergan edi. Mustaqillikni asray olmadi. Xmarin Eron voqealarini aytishga tutindi. Afgʻonlar uni qiziqib jon qulogʻi bilan tinglashar, Said Gʻafforbek esa undan koʻzini uzmas edi. Xmarin bu oʻtkir nigohni sezdi. — Muhtaram Said Gʻafforbek, hikoyam sizga ma’qul kelib qoldi shekilli, a? — dedi u bir mahal. Said Gʻafforbek bunday murojaatni kutmagan edi, shu bois javobga shoshilib qoldi. — Ha, ha, —dedi u, — gʻoyat qiziq hikoya. Eronning ahvoli koʻp mushkul ekan. — Siz ham yurt kezganga oʻxshaysiz, koʻlaringiz aytib turibdi, yoʻl uzoq, hamsuhbat boʻlaylik, hangoma qilaylik. — Yurtlarni kezganim rost, biroq muxtasar gapni xushlayman: yoʻl quvlagan xazinaga, gap quvlagan baloga yoʻliqarkan. Xazinaga yoʻliqaylik ilohim, — u shunday deb yuziga fotiha tortdi. — Nasib qilsa hali koʻp suhbat qurarmiz. Hozir toliqdim. Yak nafas huzur — taxti Sulaymon, deydilar... Said Gʻafforbek oʻrnidan turib, kayutaga tushib ketdi. Shuvalov Asadulla bilan koʻz urishtirib oldi. «Biri — Gʻafforbek. Sherigi kim?» Har ikkovining xayolida shu jumboq hukmron edi. Telba daryo mast uyquga kirib toʻlgʻandi. Qorongʻilik hammayoqni bir tekisda bagʻriga oldi. Tiniq yulduzlar osmonga sochilgan choʻgʻday porillaydi. Daryodan koʻtarilgan yengil shabada goʻyo shu yulduz — choʻgʻlarni alanga oldirmoqchiday yuqoriga intiladi. Kemaga kuchi yetmagan toʻlqinlar barjani siltab-siltab tortadi. Kayutalardan xurrak ovozi eshitiladi. Asadullaning ham, Shuvalovning ham kiprigiga uyqu ilashavermadi. Shabada osmondagi choʻgʻlarni yondira olmadi, aksincha, oʻchirib qoʻyib, tongni uygʻotib yubordi. Barxanlar ortidan bostirib kelgan tong hademay yoyilib ketdi. Xmarin olgʻa qarab yurishni buyurdi. Peshinga yaqin oʻng qirgʻoqdagi barxanlar ustida turkmanlar koʻrinib, miltiqlarini silkitganlaricha baqira boshlashdi. — Toʻxtashni talab qilishyapti shekilli? — dedi Shuvalov ularga xavotir bilan qarab. — Toʻxtamasak, otishadi. — Toʻxtang! — deb buyurdi Xmarin, dargʻaga qarab. Keyin Asadullaga yana yuzlandi. — Gaplashib kelish kerak ular bilan, borib keling. — Men ham boraman. — Veniamin Samoylovich, bunaqa ishni musulmonlarning oʻzlari bajargani ma’qul, men bularning fe’lini bilaman, — dedi Xmarin. — Asadulla Mira’lamovich, Zikriyo afandi bilan birga boring. Ular oq bayroq koʻtarib, sohilga tushdilar. Arkoni harbdan ikki otliq ajralib, ularga yaqinlashdi. Otliqlarning ikkalasi ham yelkasiga miltiq, beliga qilich osgan, keksayib qolganiga qaramay, egarda tetik oʻtirishardi. Ular otdan tushib, elchilar bilan omonlashdilar.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 10

    — Bekbobo, bu harakatlaringizning boisi ne? — deb soʻradi Asadulla. — Kemamizga oq bayroq ilganmiz. Buyerlardan oʻtuvimizga amiringiz Said Olimxon izn berganlar. Qariyalardan biri engagidagi siyrak soqolini silab, oʻtkir nigohini Asadullaga qadadi. Ammo savolga javob bermadi. — Bekbobo, — dedi yana Asadulla, — biz sizlarga mehmonmiz. Daryo uzorindan Karkiga borib, undanAfgʻonistonga oʻtib ketajakmiz. Balki sizning askarlaringiz bizning kimlar ekanligimizni bilmaslar, balki bizlarnidushman hisoblab otish ochgandirlar? — Bolam, bizlarni tentak fahmlama, — dedi tikilib turgan qariya, — sen bilganni biz-da bilamiz. Bizning oʻruslarbilan oramiz buzuldi. — Sabab nima, bekbobo? — Sababini bilmaysanmi? Bilmasang aytay, eshit: oʻruslar Karkida turkmanlarga zulm qildilar. Beklarni tutiboʻldurdilar. Uylarni yondurdilar. Bola-baqrani ham oʻldirishdan toymadilar. Insoniyat nuqtai nazaridan bundayxoʻrlikka chidashga toqatimiz qolmadi. Yo najot, yo oʻlim! Yo ishlarimizni oʻngarib olamiz, yo barimiz qirilibbitamiz.

    — Qirilib bitishdan oʻzi asrasin, bekbobo, yaxshi nafas qiling. Turkmanlarning baxti ochilib ketsa ajabmas. Bekbobo, ruslarning zulmini oʻzingiz koʻrdingizmi? — Zamin bevafo boʻlib qoldi, bolam, hech kimga ishonolmaymiz! Mana sen musulmonsheva ekansan, gaplaring ma’nili, ammo ishonmayman. Hozir yaxshi gaplar gapirib, Karkidagi birodarlaringga yarogʻ olib ketayotgandirsan? Kemaning dumida zambarak koʻrdim? — Yarogʻimiz bor, ammo zinhor koʻmakka borayotganimiz yoʻq. Karkida turkmanlarga zulm qilinganini sizdan bilib, hayratda qoldim. Bunday boʻluviga sira ishonmayman. Sizlarni aldashgan. Soʻzimga inonmasangiz, mayli, kemani bunda qoldirib, oʻzimiz qayiqqa oʻtirib boraylik manzilimizga. — Boʻlmaydi, bolam, qayiq tugul chibinni ham oʻtkazmaymiz. Biz oʻtkazsak-da, narida boshqalar bor. Nobud boʻlishingiz tayin. — Bekbobo, unda bizning Afgʻonistonga safarimiz nima boʻladi? Biz urush boʻlmasin, musulmonlarning qoni behuda toʻkilmasin, musulmonlarning ham bagʻriga shamol tegsin, oʻzining nonini oʻzi yesin, boshqalar tortib olmasin, degan kelishuvni afgʻon amiriga yetkazmoq uchun xayrli safarga chiqib edik. — Gaping chinmi? — Bekbobo, sizni aldamoq gunoh emasmi? — U holda... Kemadan tushinglar. Elchiga oʻlim yoʻq. Yarogʻlaringni bizga beringlar. Biz sizlarni ot-arobaga oʻtqazub, bir kecha-kunduzda sarhadga yetkazib qoʻyamiz. — Ichimizda oʻruslar ham bor, ular-chi? — Kim boʻlsa boʻlsin, odam ayirmaymiz. — Bekbobo, oʻzingizni urintirmay, bizlarni oʻtkazib yubora qolmaysizlarmi? — Bolam oʻzbekmisan, oʻzbeklar oʻjarmas-ku? Men senga bogʻona aytdim. Karkiga bora-borguncha askar koʻp. — Bekbobo, u holda men kemaga qaytib, birodarlarim bilan maslahat quray. Balki yoningizga qaytarman. — Turkman bobongning gapiga kir. Nobud boʻlasan yoʻqsa. Asadulla kemaga qaytganda Shuvalov barchani qurollantirib ulgurgandi. Kema xizmatchilari pastdagi toy paxtalarni yuqoriga tashish bilan ovora edilar. Xmarin, Shuvalov, Ushinskiy kema quyrugʻida elchining qaytishini sabrsizlik bilan kutishardi. Asadulla ularga turkman begidan eshitganlarini aytayotganida Zikriyo afandi nari keta boshladi. — Zikriyo afandi, toʻxtang, sizdan yashirguvchi sir yoʻq, — dedi Xmarin. Ushinskiy e’tiroz bildirmoqchi edi, u oʻng qoʻlini koʻtarib: «Jim boʻling», degan ishora qildi. — Chol hiyla ishlatmayaptimikin? — dedi Xmarin Shuvalovga qarab. Shuvalov darrov javob bermadi. — Boshim qotib qoldi. Nazarimda qirgʻoqdagi turkman ovullarini oyoqqa turgʻazishgan. Bu cholning gapi gʻalati. Afgʻonistonga oʻtkazib qoʻyishiga ishonaylik. Lekin qurollarimizni topshirishimiz... Niyati qorongʻi. — Ishonmaslik kerak ularga, — dedi Ushinskiy.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 11

    — Yoʻlda ketaberamizmi? — dedi Xmarin. — Orqaga qaytish kerak, hali ham kech emas, — dedi Shuvalov. — Siz zambarakdan bir oʻq uzing, qirgʻoqda askar zoti qolarmikin, — dedi Ushinskiy. — Ular otgan oʻq kemamizgayetib kelmasa ham kerak. Kemaga shuncha askar olganimiz nimasiyu qochishni taklif qilganingiz nimasi? — Veniamin Samoylovich, miltiq otishni bilasizmi? — Men siyosiy arbobman. Vitaliy Sergeevich, hali meni jangga solmoqchimisiz? — Veniamin Samoylovich, uyoqdan uchib kelgan oʻq kim arbob, kim jangchi, deb surishtirib oʻtirmaydi. Yaxshisibejanjal ortga qaytaylik. — Endi qoʻrqityapsizmi? — dedi Xmarin zarda bilan. — Qarorimiz shu: olgʻa yurish. Kerak boʻlsa, jangga kiramiz.Ha, Vitaliy Sergeevich, men yaxshigina merganman, hisobga olib qoʻying. Shuvalov, ilojim qancha, deganday yelka qisdi. Kemaning jilganini koʻrgan turkmanlar qiyqirib, pala-partish oʻq uzdilaru tinchidilar. — Ana, aytmadimmi? — dedi Ushinskiy quvonib. — Bular bir poʻpisa. Zambarakni koʻriboq, eslarini yigʻibolganlar.

    3

    Hijron dardining yaralariga tuz sepuvchi tush tugamay, tun oyoqladi. Asadulla tushida bolalarini koʻrdi. Ularni shu yerda, shu daryo yuzida koʻrdi. Udar daryoning telba mavjlarini pisand qilmay, kema orqasidan izma-iz kelardilar. Asadulla ularga yetishay deb harakat qiladi, ammo kema atrofini oʻrab olgan yoʻgʻon arqonlarni oshib oʻtolmaydi. Birdan loyqa suv yermoyga aylandi-yu, yona boshladi... Uning alangasi Asadullaning koʻkragini kuydirdi, tutuni nafasini boʻgʻdi. Shu alpozda uygʻonib ketdi. Kayuta ichi dimiqib qolgan — yotolmadi. Shart oʻrnidan turib, sahnga chiqdi. Tong boʻzarish arafasida. Kema sahnida daryodan koʻtarilgan shabada hukm suradi, barxanlar ortidan oʻt purkovchi kuch yoʻq. Qumlarning tafti ham soʻngan. Tumshugʻini qumli orolga tiragan kemani uyqusirayotgan toʻlqinlar siltab-siltab qoʻyadi. Asadulla quyruq tomonda oʻtirgan odam qorasini koʻrib, dastlab tanimadi. Bagʻrini shabadaga tutib turganda Gʻulomqodir qoʻzgʻaldi-da, unga yaqinlashib salom berdi. — Ha, inim, uyqu qochdimi? — dedi Asadulla, uning salomiga alik olgach. Gʻulomqodir javob bermay yelka qisib qoʻya qoldi. — Uyingizni sogʻingandirsiz. Hademay yurtingizga yetasiz. Halovat topasiz. — Halovatni qoʻmsaganim yoʻq. Tundroq yuruvchi afgʻon yigitning bu gapidan Asadulla sezdi-ki, uning qalbida bir tosh bor. Odatda bunday tosh qoʻzgʻalsa, alam daryosi toʻlqin urib qirgʻoqdan toshib ketadi. Balki bu tun bir nima sabab boʻlib tosh qoʻzgʻalgandir. Balki yigit alamlari otashida qovjirayotgandir. Balki uning ham dardi ayriliqdandir. Shunday boʻlsa, ayriliq ogʻrigʻining qalbdagi kuchi, larzasi Asadullaga begona emas. — Siz nimadandir qattiq alamdasiz, — dedi Asadulla hamdard odamning ovozi bilan. Gʻulomqodir: «Qanday sezdingiz», deganday savol nazari bilan tikildi. — Alamsiz odam bormi? — dedi u picha sukutdan keyin. — Istasangiz ayting, koʻnglingiz yoziladi. — Gapingiz gʻalati, sohib, men erkakman, alamini baham koʻrgan erkakni koʻrganmisiz? — Ma’qul aytdingiz, inim, erkak nomini olish uchun oʻgʻil bola boʻlib tugʻilish kifoya emas, dardlar bandiligiga dosh berib, yengish ham lozim. Tan jarohatidan yurak jarohati yomon. Siz yoshsiz, bu azoblarga bardosh bera olasiz. — Sohib, men bilan bular haqda gaplashmang. — Xohishingiz... Asadullaning shunday deb jimib qolganini koʻrgan Gʻulomqodir, terslik qilganini fahmlab, izza boʻldi. — Ma’zur tuting, sohib, ijozat etsangiz bir soʻrogʻim bor edi. — Soʻrang.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 12

    — Yurtimni hali borib koʻrasiz. Fuqaro nochor. Amir, nazarimda, sizlarga koʻz tikib edi, yordamga mahtal edi.Sizlar esa... oʻzim koʻrdim, bizday nochor ekansiz. Bizning boruvimiz, sizning keluvingizdan nima naf? — Nochorligimiz haq. Bizni urushlar yedi, inim, hozir ham urush tingani yoʻq. Ilgari faqir ming uqubat ila bitta nontopsa, oʻziga bir tishlamgina qolardi. Endi topgan nonimni oʻzim yeyman, desa urushib yotishibdi. Hademay urushtugaydi, faqirning noni butun boʻladi. Sizning yurtingiz ham luqmasini Inglistonga bermaydi. Bunga yetishish uchunqoʻshnilar inoq, ahil, tinch boʻlishi kerak. Biz shuning ahdlashuviga bormoqdamiz. — Oʻruslar noningizga sherikmasmi? Sahnga kema dargʻasi chiqib, Asadulla savolga javob bera olmadi, suhbatlari uzildi. Kema pishqirib, siltanib, qumorol changalidan qutula boshladi. Birin-sirin uygʻonganlar sahnga chiqaverishdi. Shuvalov dargʻaga xaritanikoʻrsatib, nimanidir aniqlab olgach, barchani toʻpladi. — Agar kechagi cholning gapi rost boʻlsa, bugun yana turkmanlarga duch kelamiz. Besh-olti soatdan keyindaryoning tor yeriga yetamiz. Pistirma uchun bundan bop joy yoʻq. Ehtiyotdan shay boʻlib turishimiz shart. Pistirmaga yetishni istamaganday kema tez-tez qumga tiqilaverdi. Bundan dargʻa ham, xizmatchilar ham holdantoyishdi. Shuvalov aytgan joyga besh-olti soatda emas, kun peshindan oqqanda yetishdi. Olgʻa yurishganlari sayin sohil asta koʻtarilib, daryoni ikki tomondan siqib kela boshladi. Toʻlqinlarning bevoshligiortdi. Kema tor, chuqur oʻpqon sari kirib borganday boʻlaverdi. Ana shu paytda har ikki qirgʻoqdagi tepaliklar ustidaodamlar koʻrindi. Dam oʻtmay har ikki qirgʻoqdan oʻq doʻli yogʻa boshladi. Shuvalovning buyrugʻi bilan vakola hay’ati va afgʻon a’yonlari pastga tushib, kayutalarda jon saqlaydigan boʻlishdi.Qolganlar tepada jang boshladilar. — Bular ogohlantirib ham oʻtirishmadi, demak, kuchlari koʻp, oʻzlariga ishonishadi. — Vahima qilmang, oʻrtoq Mira’lamov, oʻtiring, — dedi Ushinskiy zarda bilan. Asadulla unga javob bermay, tik turganicha yuqoriga quloq tutdi: zambarak uch-toʻrt oʻq uzib, jimib qoldi. Nimaboʻldi? Barjadagilar qirilib bitishdimi? Pulemyot ham bir me’yorda otmayapti. «Bema’nilik, bu holda janggakirmoqlik mutlaq tentaklik. Kema tayyor nishon-ku? Bu yoqdan otilgan oʻq tuproqqa sanchiladi, behuda ketadi.Nahot Shuvalovning fahmi shunga yetmasa?» Kema imillab olgʻa boradi, oʻq doʻlining tinishidan esa darak yoʻq.

    — Nikolay Zaxarovich, eshityapsizmi, turkmanlarda kuch koʻp. Orqaga qaytish kerak. — Tor oʻzandan chiqib olsak, ular bas kelisholmaydi. — Ungacha odamlarimiz nobud boʻlib ketishadi. — Vahima qilmang, azizim, oʻtiring. Odam bunaqa paytda oʻzini qoʻlga ola bilmogʻi kerak. Shu payt kayuta eshigi zarb bilan ochili, ichkariga afgʻon sarbozi yiqildi. Sinelnikova qonga belangan yigitni koʻrib qoʻrquvdan qichqirib yubordi. Ushinskiy dovdirab qoldi. Avval Asadulla, keyin Xmarin sarbozga yordam berish uchun shoshilishdi. Sarbozning oʻng bilagi oʻqdan titilib ketgan, ogʻriqdan gapirishga qurbi yetmasdi. — Oʻrus sardor oʻldi, — dedi ingrab. Asadulla oʻzi ham bilmagan holda yuqoriga intildi. — Mira’lamov, qayting! — deb buyurdi Xmarin. — Yaradorga qaranglar! — Asadulla shunday deb eshikni yopdi. Yuz-koʻzi qonga belangan Shuvalov toy paxtaga suyanganicha harakatsiz oʻtirardi. — Vitaliy Sergeevich! — dedi Asadulla, uni yelkasidan ushlab. — Tirikka oʻxshayman, Mira’lamovich, — dedi Shuvalov ingrab, — qara, kenglikka chiqdikmi? — Yoʻq. — Qaytish kerak. Asadulla paxtadan bir siqim yulib olib, Shuvalovning yuzidagi qonni artdi. Oʻq peshonasini yalab oʻtgan ekan. — Bogʻlab qoʻy, Mira’lamovich, toʻygacha tuzalib ketadi. — Bunaqada toʻyni koʻrmasligimiz ham mumkin. Kayutaga tushing. — Sen tushib ayt, orqaga qaytishga ruxsat bersin.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 13

    Shu payt kema bir siltanib, toʻxtadi. — Qumga tiqildi, — dedi Asadulla asabiylashib. — Endi yem boʻlishimiz tayin. Zambarak nimaga jim? — Otilmayapti. «Ish yurishmasa bulamiq1 dandon sindiradi, degani shu», deb oʻyladi Asadulla, keyin dargʻaning yoniga yugurdi. — Kenglikka qachon chiqamiz? — dedi u baqirib. — Bu ahvolda ikki-uch soatsiz chiqib boʻlmaydi, — dedi dargʻa otishayotganlarga ishora qilib. — Orqaga haydang, qaytamiz, — dedi Asadulla qat’iy. Bu qat’iylikdan oʻzi ham hayron boʻldi. Kema siltanib-siltanib qum changalidan qutuldi-da, ortga qayta boshladi. Saldan soʻng kayuta eshigi qiya ochilib, Xmarinning boshi koʻrindi. — Nima gap? — dedi tahdidli ohangda. — Qaytyapmiz, — dedi Asadulla. — Qarang, oʻtish mumkin emas. Xmarin tashqariga chiqmadi. Shuvalovning ahvolini koʻrdi-yu, indamay eshikni yopdi. Turkmanlar ularni ancha yergacha ta’qib etib bordilar. Oqim iziga tushgan kema tezlashib ketdi. Omon qolgan askarlar yarador sheriklarining jarohatlarini bogʻlashdi. Toʻrt kishining jasadini kemaning quyruq tomoniga qoʻyib, ustiga mato tashlashdi. Barjada ham uch odam harakatsiz yotardi. Yarasi yuvilib, malham qoʻyib bogʻlangach, Shuvalov kayutaga tushdi. — Valentina Nikolaevna, malol kelmasa, yaradorlarga qarasangiz, — dedi Asadulla. Xmarin bosh irgʻab «boring» degach, Sinelnikova norozi kayfiyatda chiqib ketdi. — Yetti kishi halok boʻldi. Oʻttiz ikki odam yaralangan, ogʻirlari ham bor, — dedi Asadulla horgʻin ohangda. — Bunga Buxoro amiri javob berish kerak, — dedi Ushinsiy. — Veniamin Samoylovich, Buxoro amiri oʻliklarni tiriltirib berolmaydi. — Vitaliy Sergeevich, siz harbiy odamsiz. Shuni bilar ekansiz, nimaga qattiq turmadingiz, bizni ishontirmadingiz? — Veniamin Samoylovich, — dedi Xmarin asabiylashib, — iltimos, bunaqa bema’ni bahsni bas qiling. Axir oʻrni emas, nahot tushunmasangiz? Kayuta eshigi taraqlab ochilib, Gʻulomqodir koʻrindi. — Sohib, sizni yoʻqlashyapti, — dedi u Asadullaga. — Kim? — Mirzo Qandilxon sohib. Said Gʻafforbek sohib ogʻirlashib qoldilar. Gʻulomqodir shunday deb eshikni ohista yopdi. — Nima deyapti? — dedi Ushinskiy. Asadulla aytdi. Shuvalovning yarim yumuq koʻzi shart ochildi. — Tez chiqing, — dedi u. Afgʻonlarga ajratilgan kayutada koʻkraklari bogʻlangan Said Gʻafforbek hansirab yotardi. Asadullaning kirganini bilib, Mirza Qandilxonga «chiqinglar» deb iltimos qildi. Unga itoat etdilar. — Asadulla afandi, men Rafiqman, — dedi u oʻzbekchalab. — Bilaman. Sizga... bu yerda... qanaqasiga oʻq tegdi? — Xudo uraman desa, joy tanlamas ekan. Bir qaray deb edim... — Menda gapingiz bormi? — Gunohimdan oʻting meni. — Shuginami? — Toshkentga qaytsangiz, Xudo xohlasa qaytasiz, sizdan bir oʻtinchim bor: Oʻqchidagi uyimga boring. Koʻchadan kirishda oʻn bir qadam, ayvondan koʻchaga oʻn uch qadam yurib, soʻng qiblaga toʻrt qadam qoʻyasiz. Soʻng odam beli barobar qazisangiz bir xum chiqadi. Tillolarning yarmi, yoʻq, uchdan ikkisi sizga, roziman, oling. Qolganini zavjamga berib, bolalarim bilan Buxoroga yetkazing. Buxoroda akam bor, zavjamni nikohiga olib, bolalarimga otalik qilsin. Vasiyatim shu. — Toshkentga nima uchun borib edingiz? Toʻgʻrisini aytsangiz, vasiyatingizni bajo keltiramiz. Tillolaringiz menga kerak emas.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 14

    Said Gʻafforbek koʻzlarini yumdi. Nafas olishi tezlashdi. — Moskvaga yetganda elchini oʻldirmagim lozim edi. — Oʻzingizga yarashmagan hunarni tanlagan ekansiz. Qotillikdan koʻra xoinlik durust emasmidi sizga? — Gapirmang... Xudo urdi meni. — Qaytishingiz sababi nima? — Moskva yoʻli berk... Valixonga boshqa odam boradi. Buxoroda Xauston degan inglis hammasining hisob-kitobini qilib bergan. U Toshkentdan odam kutayotgan edi. Kimligini bilmayman. Oʻsha odam kelsa, ular ham Afgʻonistonga yoʻl oladilar. Men... sizlarni yoʻq qilishim kerak edi. — Bir oʻzingiz-a? Sherigingiz kim? — Sherigimning kimligini bilmayman... bir odam bor yana, gʻayridinlardan... Endi vasiyatimni bajo keltirasizmi... qasam iching... — Istagingizni oilangizga yetkazaman. — Ilohim Toshkentga omon-eson qayting... Asadulla tashqariga chiqdi. «Meni oʻldirishi lozim boʻlgan odam, endi omonlik tilasa?! Ajab dunyo bu...» — dedi u oʻzicha. Koʻp oʻtmay afgʻonlar Said Gʻafforbek jasadini ham quyruqdagi murdalar yoniga qoʻydilar. Oqshom tushishi bilan kema daryo oʻrtasida langarandoz qildi. Marhumlarni sohilga dafn etdilar. Tun tahlika bilan kechdi. Tong yorishar-yorishmas langar koʻtarildi. Qosh qoraymay turib Termizga yetdilar. Yaradorlarni qal’a gospitaliga joʻnatgach, Xmarin Asadulla bilan birgalikda temir yoʻl bekatiga borib nazoratchiga Koʻshkka borajaklarini ma’lum etdi. — Poezdingiz Toshkentga joʻnab ketgan, — dedi nazoratchi. — Faqat xarob vagonlarim bor. Nazoratchi oʻqlar teshib oʻtgan, ayrim yerlari kuygan, derazalari singan vagonlarni koʻrsatdi. U yer-bu yerini tozalab, ertalabga tayyor qilishini aytdi. — Asadulla Mira’lamovich, siz Ushinskiyning nomzodiga qarshi chiqqan ekansiz. Buni eshitib, milliy adovat deb oʻylagan edim, yanglishgan ekanman. Siz uni yaxshi bilarkansiz, — dedi Xmarin. — Buni nimaga eslab qoldingiz? — Men oʻzimni oqlamayman, lekin koʻproq oʻsha aybdor, uning gaplari me’damga tegdi. — Nikolay Zaxarovich, bir-birimizni ayblamaylik. Oldinda hali uzoq yoʻl bor. — Siz hukumat a’zosisiz, shu odamni orqaga qaytarib yuborsangiz-chi? — Haqqim yoʻq, Nikolay Zaxarovich. Menga bunday huquq berilmagan. Undan tashqari u firqa guruhiga bosh. — Mushkulimizni oson qilib boʻlmas ekan, azizim, — dedi Xmarin afsuslanib. Asadulla unga qarab turib, dastlabki uchrashuvini esladi. Oʻshanda Xmarin Asadullada noxush taassurot qoldirgan edi. Ikki oy avval Turkiston Tashqi ishlar xalq nozirligiga chaqirilganda Asadulla yana Ishoqxonni joʻnatish masalasida gaplashmoqchidir, deb oʻyladi. Biroq xonaga kirishi bilan nozir uning qoʻliga arabcha imloda chiroyli qilib yozilgan maktub tutdi. — Afgʻonistonning yangi amiri Moskvaga maktub yuboribdi. Shu yerda tarjima qilib, radiotelegraf orqali yetkazamiz. Sizga Nikolay Zaxarovich yordam beradilar. Tanishing: Xmarin, Nikolay Zaxarovich. Rossiya imperiyasining Erondagi elchixonasida mas’ul vazifada ishlaganlar. Diplomatlar ichida birinchi boʻlib Sovet Rossiyasiga xizmat qilish istagini bildirganlar. Inglizlarning tazyiqi tufayli Eronni tashlab kelishga majbur boʻlganlar. — Siz men bilan istasangiz forsiyda, istasangiz rus tilida gaplashavering, — dedi qotmadan kelgan, orasta kiyingan, hali qirqni qoralamagan Xmarin unga qoʻl uzatib: — Forsiyni sizchalik bilmasam kerak, har holda usta koʻrmaganman, koʻp soʻzlashmaganman ham, — dedi Asadulla. Koʻz qarashlaridan kiborligi sezilib turgan Xmaringa bu gap xush yoqib, jilmaydi. — Boshladik boʻlmasa, — dedi u Asadullani yozuv stoliga taklif qilib. — Xoʻ-oʻsh, amirning birinchi gapi shunday, — Xmarin oyoqlarini chalishtirib olgancha ogʻzaki tarjima qila ketdi. Asadulla esa yozib bordi. Maktub

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 15

    yarimlaganda Xmarin maktubni Asadullaga uzatdi. — Bir chekib olay, oʻzingiz ermak qisib turing. — Shu yerda chekavering, Nikolay Zaxarovich, — dedi nozir kuldonni u tomon surib. Xmarin minnatdorchilikbildirib, papiros tutatdi-da, koʻzini sal qilib, Asadullaga razm soldi. Asadulla uning nayrangini fahmlab, ichida kulib qoʻydi-yu, sir boy bermay ishni davom ettirdi. «Podsho xizmatidaboʻlgani uchun nozir unga ishonqiramay, meni chaqirtirgan. Bu dimogʻdor janob haligi gapimga ishonib, endi menisinab koʻrmoqchimi?.. «Asadulla xat mazmunini yaxshi tushunsa-da, soʻzlarni ruschada qiyomiga yetkazib ifodaetishga qiynaldi. Shuning uchun tarjimani daf’atan boshlay olmadi. Xmarin unga e’tibor bermaganday xotirjampapiros tutataverdi. Asadulla uzoq oʻylab, maktub tarjimasini davom ettirdi.«... Oliy hazratlari, mening buyuk va qadrli doʻstim, Buyuk Rusiya davlatining prezidenti! Siz insoniyatning doʻstlari boʻlmish oʻz yoʻldoshlaringiz ila baqamti adolatli va oliyjanob vazifani — odamlarning farogʻati hamda farovonligi xususida qaygʻurmoqni zimmangizga olganingiz boisi va dunyodagi yurtlar, dunyodagi xalqlarning ozodligini, teng huquqliligini ovoza etganligingiz uchun men mustaqil va ozod Afgʻonistonning shu doʻstlik xatini taraqqiyot yoʻliga intilmish afgʻon xalqi nomidan ilk bora sizga yubormagimdan sarfarozdirman. Sof yurakdan bildirgan hurmat-ehtiromim buyuk doʻstim tomonidan lutfan qabul etilajak, deb hohish bildiraman va chin yurakdan ishonaman. Hijriy sanasining 1337 yili, rajab ul murajaba oyining 6-kuni, ya’ni nasariy sanasining 1919 yili, 7 apreli. Sizning doʻstingiz Omonullo». Asadulla xatni nozirga uzatdi. Nozir koʻzoynagini burniga qoʻndirib, tezgina oʻqib chiqdi. — Demak, uchinchi maktubimiz hali ularga yetib bormabdi. Lekin... niyatlari yaxshi, juda yaxshi. Nihoyat, mustaqillik nima ekanini anglashibdi. Xmarin Asadullaning tarjimasini oʻqishga oshiqsa ham sirtiga chiqarmadi. Stol ustidagi ikkinchi xatni olib, koʻz yugurtirdi. — Bunisi «umrlari uzoq boʻlgur tashqi ishlar ministriga», «umrlari uzun boʻlgur amirning» pok niyatlarini tasdiq etuvchi noma. Horijiya noziri Mahmud Tarzi imzolagan. Sharqliklarning odati shunaqa. Har bir soʻzi takallufga toʻydirilgan, gaplari yolgʻonmi, chinmi ajratib boʻlmaydi. Umuman... diplomatiya tiliga juda mos. Bu gap Asadullaga malol kelib, manzirat qilib oʻtirmadi: — Janob Xmarin, — dedi u norozi ohangda, — buni Yevropada aytsangiz yarashardi. — Ha, ha, Nikolay Zaxarovich, — dedi nozir uning gapini boʻlib, — kesatiqlaringiz oʻrinsiz. — Kesatayotganim yoʻq, meni kechiring, — dedi Xmarin oʻrnidan turib. — Chindan ham diplomatiya tili takallufga boy boʻlishi kerak. Qoidasi shunaqa. Umuman... diplomatiyada soxtalik mavjud. Genri Uolten degan diplomatning bir gapi bor: «Elchi oʻz davlati manfaatlari yoʻlida boshqa mamlakat ahlini ustalik bilan aldash uchun horijga yuboriladigan rostgoʻy, halol odamdir», deydi. Jan Labryuyer esa: «Diplomatning vazifasi oʻzi aldanmagani holda boshqalarni alday olishdan iborat», deydi. Satou esa... — Janob Xmarin, qoʻying bu gaplarni. Kim oʻzi ularingiz? — Ularmi? — Xmarin nozirga qarab, yelka qisdi. — Ular mashhur diplomatlar. Biri ingliz, biri frantsuz... — Ana koʻrdingizmi, oʻzgalarni aldash ularga yarashadi, bizga emas. — Siz, Asadulla Mir... kechirasiz... — Mira’lamovich, deb eslatdi nozir. — Ha, Mira’lamovich, diplomatiya siyosatidan bexabar boʻlsangiz kerak. Har bir davlat, kim boshqarishidan qat’i nazar, oʻzga davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishga majbur. Diplomatik aloqalarning ea oʻz qonun-qoidalari bor. — Aldashni asos qilib olgan qoidalarimi? Yoʻq, bu bizga toʻgʻri kelmaydi. Eski dunyoning bunday diplomatiyasi bizga toʻgʻri kelmaydi. — Yangisi, ma’quli bormi? — Unisini bilmayman. Lekin... boʻlishi kerak, boʻladi. Bir-birini aldash bilan qanaqa doʻstlik oʻrnatish mumkin, hech tushunolmayapman. — Bu haqda keyinroq bafurja mulohaza qilamiz, — dedi nozir, ularni murosaga keltirish niyatida. — Hozir

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 16

    Tarzining maktubini tarjima qili beringlar. Shu bugunoq Moskvaga yetkazishimiz kerak. Asadulla Turkijroqoʻm majlisida Xmarin nomzodini eshitganida, bir narsaga hayron boʻlgan edi: shu paytgachapodshoga astoydil xizmat qilgan, kimlardir asos solgan diplomatiya qoidalarini toʻgʻri deb biluvchi bu odamgashunday vazifani qanday ishonib topshirishdi ekan? Faqat shaxsiy taassuroti emas, balki mana shu mulohazalarpaydo boʻlgani uchun ham Xmarin nomzodi Asadullada ikkilanish uygʻotgan edi. Tal’at maqsumning, soʻng RafiqIrisovning gaplaridan keyin bu ikkilanish qayta uygʻondi. Karki sari yurishga oʻzi buyruq bergani holda aybnioʻzgaga yuklashi esa shubha eshigini ochib yubordi... Tunni kemada oʻtkazdilar. Kun yoyilganda «majruh» vagonlarga joylashib, «qaydasan Koʻshk», deb yoʻlga chiqdilar.Shuvalovning yarasi xavfli emas ekan, doktorlar uning safarga chiqishiga monelik bildirmadilar.

    4

    Koʻshk yoʻli bexatar boʻlsa-da, Asadullaning yurak-bagʻrini ezib yubordi. Yoʻl chetlarida urush dahshatidan darakberib turuvchi kuygan uylar, qoraygan oʻchoqlar, soʻppayib qolgan moʻrilar, yaqin-yaqin yerdagi inson mozorlari,hayvonlarning oʻlimtiklari... Goʻyo bu qumlik ulugʻ mahshargoh koʻrinadi. Mana shu kuygan uylar odamlarningbaxti edi. Bu uylarga ham qaldirgʻochlar bahor keltirar edilar. Bu uylarga ham qaldirgʻochlar oz boʻlsa-da baxt, ozboʻlsa-da shodlik olib kirar edilar. Endi uylar kuygan. Endi qaldirgʻochlar yoʻq. Insonlarning notinchligi beozorqushlarni ham toʻzitgan. Qaygʻuga bandi boʻlganda koʻzga tor koʻringan bu uy baxti chechagi kulganida olam qadarkeng, olam qadar goʻzal koʻrinardi. Endi bu odamlar qayda? Tirikmi ular? Yo mozoristonni makon qilganmilar? Yoayriliqning temir tirnoqlari orasida nola chekib, bu yerlardan bosh olib ketganmilar? Bundagi qaldirgʻochlar qayda?Qay yerlarda osoyishtalik izlab charx urayotgan ekanlar?Asadulla shu oʻylar girdobida turib, oʻz uyini esladi. Oʻsha qorayib, tutayotgan uyini, supa ustini, supada jizgʻanagichiqib yotgan xotini, unga yopishgan kenjasini esladi. Koʻz oldidagi hamma narsa ayqash-uyqash boʻlib ketdi.Xarobazorlar yerdan uzilib, vagon bilan yonma-yon chopayotganday, «menga qara, mendan koʻz yumma, meniunutma», deb nola qilayotganday boʻldi. Xarobalar «yugura-yugura» charchaganday, ortda qolib ketdi. Ana shunda...bolalari koʻrindi. Shod, chaq-chaqlab oʻynayotgan bolalari emas, kuygan azoblangan bolalari koʻrindi. Ular tinmayyugurishadi. Nimadir deb baqirishadi. Asadulla eshitmaydi. Poezd gʻildiraklarining taraq-turuqidan boshqa tovushqulogʻiga kirmaydi. Gʻildiraklar esa bir me’yorda, «Bu nimasi? Bu nimasi?», deb ovoz chiqarayotganday...Asadulla anchagacha shu tuygʻularga bandi boʻlib turdi, keyin oʻzini bosib, fikri tiniqlashgach, xayoliga satrlarquyilganini oʻzi ham sezmadi:Gullar xazon oʻlmish, tikoni qolmish,Bogʻlar barbod oʻlmish, xazoni qolmish.Zolim falak bu ellarga qahr etmish,Xonavayron, singan qozoni qolmish...Koʻpdan beri, ayniqsa, uyi yongandan beri xayoliga she’r kelmagan edi. Dahshatli manzaralar uni kutilmaganda she’rga qaytardi. Lekin bu oniy holat uni tezda tark etdi. Koʻkragidagi ogʻriq qoʻzgʻalib, koʻzlarini yumdi. Shuvalovning maslahatiga koʻra, yaxshi kunlarni, baxtli damlarni eslashga harakat qildi. Dahshatga tirik guvoh boʻlib turganingda quvonchli damlarni eslashga urinish bachkana tuyularkan. Oʻzining harakatidan oʻzi nafratlanib, koʻzini ochdi: roʻparada Zikriyo afandi koʻzini yumib yotardi. Pastki oʻrindiqda boshi bogʻloqliq Shuvalov oʻyga tolgan. Ushinskiy tirsagiga tayanib, nigohini tashqariga tikkan. «U ham xarobazordan dahshatga tushganmikin? Indamay qolgani qiziq. Axir temir emas, odam-ku, yuragiga nayza botgandir, jim ketishi shundandir. Yo boshqa sababmi? Rafiq aytgan gʻayridin shu emasmi? Shuvalov asosan shundan shubhalanyapti. Ushinskiy Karki yoʻlidan boramiz, deb turib olganidan keyin shubhasi yana ham ortdi. «Boz gardad ba asli xud hama chiz, zari sofiyu nuqrau arziz»1, deyishlari bejizmas. Mana, Said Gʻafforbek — Rafiq Irisov soʻnggi nafasi oldida asliga qaytdi-ku? Ushinskiy asl qiyofasini qachon koʻrsatadi? Agar Shuvalovning shubhasi toʻgʻri chiqsa, koʻp vaqt niqobda yurmaydi, safar oyoqlamay oʻzini oʻzi fosh etishga majbur boʻladi. Balki u dushman odami emasdir? Bu ahvolda qancha yuradi? Yurt boshiga musibat tushgunchami? Ha, bunaqalar musibatning ilk daqiqasidayoq boshqa tomonga oʻtishga mamnuniyat ila shay turishadi. Eng xavflisi ham shu — koʻzingning yogʻini yeb yuradi, suyansam suyanchigʻim,

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 17

    yopinsam yopinchigʻim, deganingda ham suyanchiqsiz, ham yopinchiqsiz qolasan.Ushinskiy lip-lip oʻtayotgan yoʻl chetidagi xarobazorga koʻzlarini tikib oʻtirgan boʻlsa-da, xayoli boshqa yoqda edi. «Mira’lamovning fe’lini bilardim, bularga qoʻshilmasligim kerak edi. Sodiqligimni koʻrsataman, deb topshiriqqa boʻysunishim — mening kaltabinligim. Sodiq odamdan qachon minnatdor boʻlishibdi? Sodiq odamning qismati bir — bevaqt sharafsiz oʻlim. Bular safiga oʻtgan edim, menga kim qoʻyuvdi sadoqatni koʻz-koʻz qilishni. Sadoqatlilarning oʻn toʻrttasi yotibdi yer tishlab. Shularni koʻrib ham aqlim kirmabdi-ya. Umuman, oʻyindan chiqishim kerak edi. Payt poylashim kerak edi. Endi kech... Manavi jandarmdan ehtiyot boʻlishim kerak. Menga kun bermaydi endi...» Shuvalov koʻzlarini yumib yotgani bilan uygʻoq edi. U Orenburgni, unda qolgan xotini, bir oʻgʻil, bir qizini oʻylardi. Oilasini Moskvaga joʻnatolmay qoldi. Oʻrtoqlari va’da berishgani bilan koʻngli notinch. Agar Dutovning odamlari sobiq jandarm Shuvalovning bolshevik ekani, hozir Turkiston ChKsida xizmat qilayotganidan xabar topishsa oilasini omon qoʻyishmaydi. U oilasini Moskvaga, undan Tulaga, otasining huzuriga joʻnatmoqchi edi. Yoʻlning xatarga toʻla ekanini bilardi, ammo oʻzga chorasi yoʻq edi. Shuvalovning ham qalbida ayriliq jafosi bor edi, shu sabab Asadullaning dardini eslasa, oilasi yodiga tushaveradi. Nazarida bolalarini ataman Dutov tiriklayin oʻtga tashlaganday boʻladi. Hozir ham xayolini shu mash’um fikr yoritdi. Seskanib, shart koʻzini ochdi. — Kuningiz xayrli boʻlsin, — dedi Ushinskiy, xuddi uning uygʻonishini poylab oʻtirganday, — yaxshi tushlar koʻrdingizmi? Shuvalov yomon xayolini haydamoqchi boʻlganday, boshini silkib, kerishdi. — Bunaqa shohona vagonda faqat shohona tush koʻriladi. Agar lozim boʻlsa, aytib berishim mumkin. — Vitaliy Sergeevich, piching qilmang. Shuvalov uning koʻziga tikilib, yovuzlik uchqunini koʻrmadi. Xayolida kutilmaganda uygʻongan gap oʻziga ma’qul kelib, soxta jilmaydi. — Piching qilayotganim yoʻq, Veniamin Samoylovich, tushimda izimizga tushgan aygʻoqchini naq peshonasidan otib tashlabman. Mening tushim hamisha oʻngidan keladi. — Aygʻoqchi? — Ushinskiy sarosimalandi. Barmoqlari yengil titradi. Buni Shuvalov ham, tepada kuzatib yotgan Asadulla ham sezdi. — Ichimizda aygʻoqchi bor ekanmi? — Kim aytdi? — dedi Shuvalov uning koʻziga tikilib. — Oʻzingiz, hozir aytdingiz-ku? — E, omon boʻling, men tushimni aytdim sizga. Shuvalov shunday deb kuldi-da, Ushinskiyning yelkasiga ohista urib qoʻyib, dahlizga chiqdi. Asadulla ularning suhbatiga aralashmadi. Koʻzini yumib yotgan Zikriyo afandi boʻlib oʻtgan suhbat tubida ogʻir tosh yashiringanini sezdi. «Oralarida ixtilof bor. Ushinskiy deganlari boshqacha odam. Shuvalovning turgan-bitgani sir. Xmarin, kiborligi demasa, bama’ni, bilimdonga oʻxshaydi. Xonimchaning sirli qarashlari, nozli kulishlari gʻalati, bu Ovrupo odamlari uchun gʻayritabiiy emas, ammo sharqliklarga hazm boʻlishi qiyin. Safarga ayolni olib nima qilardi. Shuni deb gʻalva chiqmasa edi. Ixtilofga barham bera olishmasa, oqibat nima boʻladi? Yurt ahvoli nima kechadi?» Zikriyo afandi yoʻlga chiqqanida Kobulga yetib borishni, Hindiston muvaqqat hukumati a’zolariga vakola hay’atini tanishtirishni orzu qilgan edi. Bularning ahil emasligini sezib, koʻngliga gʻulgʻula tushdi. Biri bir gʻoyani, ikkinchisi ikkinchi gʻoyani aytib tursa, hukumat a’zolari nima deyishadi? Poezd xarish boʻlgan bedavo otday sudralardi. Vagon dam-badam silkitganda chalqancha yotgan Sinelnikovaning koʻkraklari yupqa koʻylakni titratadi. Qoʻllarini bolish qilib olgan bu zebo ayol eshik oʻrniga tortilgan pardaga koʻz tikkan. Kimningdir, kim boʻlsa mayli, kirib kelishini kutadi. Avvaliga Asadullaning kirib kelishini istadi. Beva erkak ayol imosiga ilhaq boʻladi, lekin bu Mira’alamovichdan sado chiqmaydi. Shoir boʻlib sevgi haqida she’r bitmagan erkak erkakmi? Sinelnikova shuni oʻylayverib, boshi qotib ketdi. Oxiri Asadulla haqida oʻylamaslikka qaror qildi. «Bu erkak bilan zerikkan mahalda faqat adabiyot haqida suhbatlashish mumkin», deb qoʻydi. «Veniamin Samoylovich — tayyor pishgan osh. Istasam yeyman, istasam chaynab, tupurib tashlayman, istasam itlarga

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 18

    beraman... Bunaqa shilta, arzon-garov odamlarni itga bergan ma’qul. Ungacha silab-siypab turish kerak. Muhojirningishi oson. Nafasim tegsa, boshi aylanib, tiz choʻkkanini oʻzi ham bilmay qoladi. Chekist — chaqilmaydigan yongʻoq.Unga qip-yalangʻoch roʻpara boʻlsang ham, avval hujjat tekshiradi. Bunaqalardan uzoqroq yurgan ma’qul. Xmarin...O, u mening sodiq qulim boʻlishi kerak. Hozir goʻyo men sichqonu u qorni toʻq mushuk. Nima ham qilardik, mushukjanoblarining qorni ochar, keyin izimdan emaklab qolarlar...»Shundoqqina qoʻshni xonada Xmarin oyoqlarini chalishtirib yotgan holda papiros tutatardi. Siniq derazadan kirayotgan iliq shamol papiros tutunini bir onda toʻzitib, koʻzdan yoʻqotardi. «Biz ham tutunga oʻxshab qoldik, — deb oʻyladi u, — Rossiya toʻzib ketdi. Bechora Rossiya. Shunday qudratli mamlakatning parokanda boʻlishi mumkinligi gʻalati hol. Aqlga sigʻmaydigan hodisa. Tarixning qaltis xatosi. Imperator-ku, ildiziga qurt tushgan, chirib ado boʻlgan daraxt edi. Kerenskiy hukumati-chi? Nimaga anqovsiradi? Nima uchun hokimiyatni boy berib qoʻydi? Na siyosatdan, na davlat yuritishdan xabari boʻlgan odamlarning qoʻli baland kelsa?! Ushinskiy deganlarini elchixonaga farrosh qilib olmas edim. Endi menga aql oʻrgatmoqchi. Nodon! Unga faqat Shuvalov bas keladi. Har holda dvoryan dvoryan-da. Muomalasidan bilinib turibdi. Bolsheviklarga nimaga aralashib qolgan ekan bu? Yana ChKga... Mira’lamov pokiza odam ekan. Unga diplomatiyani oʻrgatmasa ham boʻladi. Sharqli ziyolilar muomalasining oʻziyoq diplomatga xos. Boshiga ogʻir kulfat tushsa ham bildirgisi kelmaydi. Bu odam loydan emas, toshdan yasalgan boʻlsa kerak. Muhojirning fe’li ham Mira’lamovga oʻxshaydi. Buning xomxayolligiga hayronman. Hindistonni Angliya changalidan tortib olib boʻlarkanmi? Hindiston — Angliyaga bir umrga berilgan ne’mat. Afgʻoniston ham uzoqqa bormaydi. Bu urinishlari avvalgi buyuk Rossiya davrida naf berardi. Bolsheviklar inglizlarga qarshi nima qila olishardi? Diplomatlar vagonining ahvoli bu. Yaxshi hamki shu vagonlarda Kobulga kirib bormaymiz. Yoʻqsa... E, Tangrim, Rossiyada nima qasding bor edi? Men nima gunoh qilgan edim. Men sargardonlikni emas, saroylarda viqor toʻkib yurishlarni umid qilib edim-ku? Yuragim kechagina toʻlgan kosa yangligʻ edi. Bugun egasiz boʻsh yotoqqa aylandi. Goho ravshan, goho xira bu olamdagi dabdabalar momaqaldiroqday oʻtkinchi ekan-da, a? Rossiyaning qudratini qaytarib ber, Tangrim. Iso Masixning jonini qaytarib bergansan-ku, uning ummatlariga ham ishonchni, qudratni qaytar...! «Xmarin xayolidan shu gaplar oʻtib beixtiyor oʻrnidan turdi-da, shoshilib choʻqinib qoʻydi. U xudojoʻy emas, choʻqingan onlari kamdan-kam boʻlardi. Hozirgi ishi bir ozdan soʻng oʻziga ham nasha qilib, achchiq kulimsiradi. «Asablarim charchabdi. Bu odamlar bilan muomala qilish uchun temir asab kerak. Yaxshi ham Valyushani yonimga oldim. Lekin... xonimning koʻz suzishlari sal boshqacha boʻlyapti. Ogohlantirib qoʻyishim kerak... «Imroʻz bukush chu metavon kusht. Otash chu baland shud jahon soʻxt»1, deganlari rost...» Xmarin shu qarorga kelib, oʻrnidan turdi. Qoʻshni vagon afgʻonlarga berilgan, Gʻulomqodir eshikka yaqin boʻlmada, uch sarboz bilan birga edi. Yuragiga gap sigʻmay, sarbozlar gurungiga qoʻshila olmagan Gʻulomqodir vagon eshigini ochib, zinaga oʻtirib oldi. Iliq shamol uni yalab-yulqay boshladi. Kemada Karki tomon yoʻlga chiqishganda u xotirjam edi. Hatto pistirmaga duch kelganda ham oʻzini yoʻqotmadi. Lekin Koʻshk — Hirot orqali Kobulga borilajagini bilib, bezovtalandi. Kobulga agar Hazora yoʻli bilan ketilsa, Choraymoqni bosib oʻtishadi. Demak oʻsha yerda... uning kuni tugaydi. Kindik qon toʻkilgan ochofat yerga endi yurak qoni toʻkiladi. Uning gunohlari behisob koʻpaydi. Ollohning marhamatiga umid yoʻq. Sersoqolni otganda koʻzi tindi. Ilgari hech bunday boʻlmagan edi. Begunoh odamni otib, Xudoning qahrini keltirdimi? Olloh shuning uchun uni Karki yoʻlidan qaytarib, Hazora yoʻliga roʻpara qildimi? Choraymoqda kimning qilichi qonsiragan ekan? Uning jonini kim olar ekan? Peshonasida shunday sharmandali oʻlim borligini bilsa, bunchalar sargardonlikka koʻnarmidi... Gʻulomqodirning yozugʻi faqat shumi?.. Shu gaplarni xayolidan oʻtkazgan sovar koʻzlarini chirt yumib, ingrab yubordi. Vagon toʻrida, alohida boʻlmaga joy qildirgan Mirza Qandilxon xayoli kemadagi voqealar bilan band edi. Buxoro amirining istagi bilan qoʻshilgan Said Gʻafforbekning xatti-harakati, halokati unga sir boʻlib qoldi. Buxoro yerida otish ochganlarga amir nomidan soʻz aytmagani bir sir, otishda oʻzini tutmay, toʻpponcha bilan tashqariga chiqib, oqibatda oʻq yeb pastga qulashi oʻn sir, «bolshevik sardor»ga gap aytgani yuz sir edi. Eng alam qiladigani — bu sirlarning birontasiga ham uning tishi oʻtmas edi. Kemadan poezdga emas, sirlar qanotidan alam qanotiga oʻtganday bezovta edi u.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 19

    ... Poezd imillab yoʻl bosadi. Vakola hay’ati, afgʻonlar, askarlar... har biri oʻz xayoli, umidi, ilinji, oʻz tashvishi, hijroni, dardini ortmoqlabTurkiston hududiga tobora yaqinlashar edi.

    5

    Chillaning uchinchi kuni Koʻshk ularni otash nafasi bilan qarshiladi. Qizigan tosh ustida tuxum tugul kabob pishirsa ham boʻlguli edi. Togʻu tosh tabiiy istehkom vazifasini oʻtovchi bu qadimiy tilsimot qal’aning buloqlar otilib turgan soya yerida jon saqladilar. Asadulla, Shuvalov va qal’a komendanti ichkariga kirib, Toshkent bilan bogʻlandilar. Karki yoʻlidagi voqea shundan soʻng oydin boʻldi: polkovnik Lamkard Karkini oʻrab olib, qal’ani topshirishlarini Asxobod hukumati nomidan talab qilgan, Karki yoʻlida uchragan zotni qirib tashlagan edi. — Hammasi puxta reja bilan qilingan, — dedi Shuvalov, telegraf tasmasini oʻqir ekan. — Qirgʻinni boshlashlari bilan ovullarga xabar ketgan. Turkmanlar haqiqatni anglashga ulgurmaganlar. — Oʻrtoq Shuvalov, — dedi komendant, — kecha menga gʻalati xabar yetkazdilar. Shahar atrofida qalandarlarmi, shayxlarmi, paydo boʻlib, aholini Afgʻoniston ixtiyoriga oʻtishga chorlayotgan emish. Bu yerlarni ruslar bosib olishgan, endi Afgʻonistonga deyishayotganmish. — Bugunoq ularni qoʻlga oling. — Axir ular qalandarlar... xalq norozi boʻladi. — Bizga shu qalandarlar kerak, — dedi Shuvalov qat’iy ohangda. Komendant tushunmaganday yelka qisib qoʻydi. Bu paytda yoniga sarbozlarni olib yoʻlga chiqqan Mirza Qandilxon Afgʻonistonning sarhad hokimiga roʻpara boʻldi. Yoʻldagi sarguzashtlarni bayon qilib, vakolaning Kobul sari yurmagi uchun lozim boʻlgan ot-ulov roʻyxatini berdi. Sarhad hokimi Hirot noibiga hoziroq chopar joʻnatajagini ma’lum qilib, yoʻl bosib horigan birodarlariga dasturxon tuzadi. Inglistonning muhoribani bas qilgani haqidagi xushxabar shu dasturxon ustida aytildi. Barcha shukrlar aytib, bir-birini muborakbod etganda Gʻulomqodirning ichini mushuk tatalaganday boʻldi. Yoʻq, u xushxabardan norizo emasdi, bil’aks, yurtga omonlik musharraf etilganidan mamnun edi, ammo burchini, qasamini ado etolmaganidan, muhoribadan yiroq yerlarda oʻzga yumush bilan band ekanidan, endi qasos umidi soʻnggi nafasiga qadar armon boʻlib qolishidan afsusda edi. Umri tobora qisqarib borayotganini sezgani uchun emas, armonda koʻz yumajagini bilgani uchun figʻon chekardi. Uning nolayu figʻonlariga begona birodarlari esa ham xushxabardan, ham yurt tuprogʻiga eson-omon yetib kelganlaridan sarmast edilar... Ular qosh qorayganda yotoqlariga qaytishdi. Kechki salqinda bahri-dili yayragan Xmarin ularni koʻrib, gap qotdi: — Mirza Qandilxon, bizni tashlab Afgʻonistonga oʻzingiz joʻnavordingizmi, degan xavotirda edim. Mirza Qandilxon tabiatan hazilga tobi toqati yoʻqroq edi. Ustiga-ustak noʻnoq hazil bilan qarshilanib, dami ichiga tushib ketdi. Yomon gap aytib yuborib, baloga qolmay, deb tilini tishladi. Xmarin esa buning holatini tushunmay: «Gʻalati kishi ekan-ku», deb hayron boʻldi. Yoʻl azobi kuchini koʻrsatdi, tong beozorgina, jimgina bostirib kirib, qushlarni uygʻotdi, ammo ularni uygʻotmadi. Shuvalovning buyrugʻini bajarib, qalandarni boshlab kelgan komendant ularni uygʻotgisi kelmay, buloq boʻyida anchagacha oʻtirdi. Birinchi boʻlib Xmarin uygʻondi. Yarim-yalangʻoch holda yuvingani chiqqan elchi daraxtga suyanib, oyoqlarini bahuzur uzatib oʻtirgan qalandarni, undan sal narida miltiq ushlagan askarni koʻrib, ajablandi. — Kim bu? — deb soʻradi komendantdan. — Qalandar... Teskari tashviqot bilan shugʻullanayotgan ekan. — Qiziq... qiziq... — dedi Xmarin, — qalandarlar ham siyosatchi boʻlib ketishibdimi? Bu yerga nima uchun olib keldingiz? — Buyurilgan, — dedi komendant, gapni qisqa qilib. — Qiziq... qiziq diplomatlarning ham ishi oʻzgarib ketgan shekilli?

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 20

    — Xmarin shunday deb uy tomon qarab baqirdi: — Vitaliy Sergeevich, sizni kutishyapti! Xmarin yuvinib olgunicha ichkaridan boshqalar ham chiqib, qalandar suyanib oʻtirgan chinor oldida toʻplanishdi. — Mira’lamovich, soʻrab koʻr-chi, turkmanlarni nimaga avrashyapti ekan? Asadulla tarjima qildi. — Afgʻoniston muhoribadan aziyat chekyapti, yovqur sarbozlar kerak. Turkman birodarlarimizning koʻmagiga muhtojmiz, — dedi qalandar. — Yerlariga-chi? Yerlariga muhtoj emasmisizlar?— dedi Asadulla. Qalandar yelka qisib qoʻydi, ammo javob bermadi. — Menga qarang, — dedi Xmarin qalandarga, — qachondan beri askar toʻplash qalandarlarga qolgan? — Biz pirimizning istaklarini bajo keltiryapmiz. — Piringiz kim? Qalandar oʻylab oʻtirmay, kallasiga kelgan nomni aytdi. — Urush tugagandan keyin askar toʻplashi qiziq bularning, — dedi komendant. — Ha. Bularning maqsadi faqat askar toʻplash emas... — dedi Shuvalov. oʻychan holda. — Nikolay Zaxarovich, buni eslab qoling. Bularning boshqa da’vosi borga oʻxshaydi. — Bu tabiiy, azizim, — dedi Xmarin. — Ikki qoʻshni mamlakat aloqa oʻrnatayotganda albatta chegara masalasi koʻtariladi. — Chegara masalasi? — dedi Ushinskiy hayron boʻlib. — Biz afgʻonlarning yeriga da’vo qilmaymiz. — Bunaqa narsalarni yoʻlga chiqmay oʻrganish kerak edi, azizim Veniamin Samoylovich, — dedi Xmarin. — Diplomatik aloqa oʻrnatish oson emas. Amirning maslahatchilari uni turli maqomga solishlari mumkin. Bunaqa gaplarga shay turishimiz lozim. Karki yoʻlini toʻsganlar amir bilan doʻst tutinishimizga osonlikcha koʻna qolishmas. Ularning bir nayrangi, mana, oydin boʻlib turibdi. Ular daryoning bu betini soʻrashsa kerak. «Ahvolimiz tang, xalq och, unumli yerlarga muhtojmiz» deydi, u deydi, bu deydi, xullas, ming bahona roʻkach qilishadi. Bu qalandaringiz shunga poydevor hozirlayapti, ishonavering. Diplomatiya tarixida bunaqa oʻyinlar koʻp boʻlgan. — Buni nima qilamiz unda? — dedi Shuvalov ikkilanib. — Nimaga tuttirdingiz? Soʻroq qilish uchunmi? Soʻroq qiling. — Nimani soʻrayman, ma’lum-ku? — Ma’lum emas, azizim, bu odamga yaxshiroq qarang: qalandarga oʻxshamaydi. Jandani yaqinda kiygan. Yuzlariga qarang: oftobda kuymagan. Bu oyoqlar koʻp piyoda yurmagan. Qalandarlarni bilmas ekansiz. — Qaydan bilaman... Rahmat sizga, Nikolay Zaxarovich... Mira’lamovich, unga tarjima qil: toʻgʻrisini aytsa aytsin. Nimaga yuborilganini bilamiz. U bilan pachakilashib oʻtirmaymiz, harbiy holat qonuniga koʻra shu yerda otib tashlaymiz. Asadulla tarjima qildi. Shuvalov toʻpponchani gʻilofdan chiqardi. — Bunday qila koʻrmang, — dedi Ushinskiy. — Jim boʻling, — dedi Shuvalov zarda bilan, keyin bir-ikki qadam oldinga bosdi. Qalandar birpas javdirab turdi-da, soʻng ikki qoʻlini koʻtarib, tiz choʻkib, jonholatda gapira boshladi. Shuvalovning tavakkal bilan yuritgan ishi kutilgan samara berdi. — Pirining nomini aytdi: kobullik Qodir ogʻa hazrat ekan, — dedi Asadulla. — Yaxshi. Pirining oldiga biz bilan birga boradi. Soʻrab koʻr-chi, bu amirning farmoni emasmikin? Bu savolga javoban qalandar bosh chayqadi. — Komendant, ketgunimizcha qamab qoʻying. Boshingiz bilan javob berasiz. Mira’lamovich, sen afgʻonlar bilan gaplashib koʻr-chi, bu pirning saroyda mavqei bormikin? Komendant bilan askar qalandarni olib ketdilar. Xuddi Neva sohillarida sayr qilish uchun otlanganday kiyinib olgan Sinelnikova ularga yaqinlashib, nozli ohangda dedi: — Sirli majlisingiz sizlarga ovqat oʻrnida oʻtar, ammo men nonushtani afzal koʻraman. Veniamin Samoylovich, siz-chi?

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 21

    Bu savoldan Xmarinning gʻashi kelib, teskari qarab oldi. Aytgan edi-ya, bu xonimchaga, erkaklarga suykalma deb, yo atayin gʻashiga tegyaptimi? Ushinskiy Sinelnikovaning savoliga javobni hayallatmadi. — Ha, oʻrtoqlar, xonimning tanbehlari oʻrinli, — u shunday deb oldinga tushdi. Sinelnikova uni qoʻltiqlab oldi. — Ertalabdan nima gʻalva, Veniamin Samoylovich, bir ta’viya oʻtiruvdi anavi yerda, birovni oʻldirmoqchi ekanmi? — E, yoʻq, shunchaki bir qalandar. Pirining gapiga kirib bu yerlar Afgʻonistonga oʻtishi kerak, deb tashviqot qilib yurgan ekan. — Shunga shunchami, endi uni otsalar kerak, a? — Yoʻq, Valentina Nikolaevna, biz bilan birga ketar ekan. — Shu yetmay turuvdi. — Siz aziyat chekmang, afgʻonlarga qoʻshib qoʻyamiz. Oʻzlari olib borishadi. — Veniamin Samoylovich, sut ichganimiz yoʻgʻ-a? Sinelnikova shunday deb gapni ustalik bilan chalgʻitib yubordi. Ushinskiy izma-iz kelayotgan Xmarin koʻzidagi gʻazabdan bexabar, Sinelnikovaning iyib qolganidan oʻzida yoʻq xursand edi... Koʻshk ularni ipsiz bogʻladi. Ular Hirotdan darak, nafaqat darak, ot-ulov yetib kelgunga qadar kutishga mahkum edilar. Kutish hammadan ham Xmarinni ezib yubordi. U kotibasining qiliqlaridan xavotirga tushdi. Nazarida bu dunyoni alanga olib boʻlgan, endi oʻchirish amrimahol edi. Xmarin oxirgi chorani qoʻllab, «Toshkentga qaytarib yuboraman», deb poʻpisa qilgach, Sinelnikova picha insofga kirdi. Shunda ham Xmarinning koʻngli tinchimadi. Ipsiz bogʻlanishning uchinchi kuni, oqshom mahalida ularning qarorgohiga oʻnga yaqin ruslar kirib kelib, baravariga ta’zim qilishdi. — Kelinglar, mehmonlar, — dedi Xmarin ularga peshvoz chiqib. Koʻnglidan esa, «mujiklarning shunday ta’zim qilishi qanday yaxshi», degan gap oʻtdi. — Biz shu yerlik dehqonlarmiz, janob, — dedi qoruvli, tepakal odam. — Bilishimcha, afgʻon amirining vakili bor emish. — Ha, bor, nima edi? — Arz bilan keldik. — Nima, siz Afgʻoniston yerida yashaysizmi? — Yoʻq, janob, lekin afgʻonlarga arzimiz bor. Mirza Qandilxon chinor yonidagi supaga toʻshalgan koʻrpachada yonboshlab, chilimni gʻurillatib tutatardi. Xmarin uni koʻrsatdi. — Amirning vakili oʻsha odam. Sizlarga... tarjimon kerakdir? — Yoʻq, janob, minnatdormiz sizdan, biz forsiyda gaplashaveramiz. Umrimiz shu yerlarda oʻtyapti, tilini oʻrganib olganmiz. Dehqonlar supaga yaqinlashib, Mirza Qandilxonga egilib ta’zim qildilar. Xmarin qiziqib, ular ortidan bordi. — Sardor, — dedi qoruvli, tepakal dehqon, — sizga arzimiz bor. — Mengami? — Mirza Qandilxon ajablanib, Xmaringa qaradi. — Sizga, sardor, — dedi mehmon, — arzimiz shuki, Afgʻonistondan qaroqchi bosyapti. Jamshidiy degan bir qabila bor ekan. Ular bu tuproqqa oʻtib, mollarimizni afgʻon tuprogʻiga haydab, shuyla oʻgʻirlik ila kasbi maishat qilyaptilar. — Jamshidiylarmi? Kim aytdi sizga? — Birovini tutdik. — Qani u? — Jamshidiylarni insofga keltirishga va’da bersangiz, uni sizga topshiramiz, yoʻqsa, oʻzimiz chorasini koʻramiz. — Men sarhad hokimiga, undan oʻtib, Hirot noibi ul hukumasiga arzingizni aytaman. Siz tutgan odamni noibga yetkazaman. Ikki dehqon toʻpdan ayrilib, dam oʻtmay aftlari momataloq boʻlib ketgan bir qoʻlli odamni boshlab kelishdi.

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 22

    — Yurtni sarafkanda qilyapsanmi, qoʻling chopilgani kam edimi, mal’un, endi boshing ketgay! — Mirza Qandilxonshunday deb gunohkorni tepdi. Bir qoʻllik odam chekindi-da, oʻzini oʻnglay olmay, gursillab yiqildi, anchagachaoʻziga kelolmadi. — Gʻulomqodir! — deb qichqirdi Mirza Qandilxon, joyiga qaytar ekan, — Oyoq-qoʻlini bogʻla, Hirotga eltgaymiz. «Safimiz ikki kishiga koʻpayibdi-da», deb koʻnglidan oʻtkazdi Xmarin. Kechki ovqatdan soʻng, choyxoʻrlik qilib oʻtirishganda Xmarin daf’atan Mirza Qandilxonga gap otib qoldi. — Soʻzlaringiz e’tibori bormi oʻzi, uch kundan beri tiriklay mixladingiz-ku, yo amirning oʻzi bunga kelmoqchimi? Mirza Qandilxonning piyola oʻshlagan qoʻli bir zum muallaq qoldi. Oʻzicha bir nima deb gʻoʻldiradi, biroq soʻzaytmadi. Piyolani doʻq etib dasturxon ustiga qoʻydi-da, oʻrnidan turib ketdi. Ushinskiy bilan Shuvalov ular orasidanima gap oʻtganini tushunishmadi. Shu sababli Asadulla Xmaringa forschalab dedi: — Nikolay Zaxarovich, oʻrinsiz ta’na qildingiz. Axir afgʻonlar bizni bu yerda kutishmagan-ku? Hirotga temir yoʻlboʻlsaykan, poezdga chiqib ketaversak. Uch-toʻrt kishi boʻlsak ekan, uch-toʻrt ot bilan yoʻlga tushsak. Xabar borib, toot-ulov hozirlanguncha chidaymiz-da. Shuni boshqalar aytsa ham siz aytmasligingiz lozim edi. Siz bu yerlarningsharoitini yaxshi bilasiz. — Men hazillashmoqchi edim. — Hazilingiz qoʻpolroq chiqdi. Uzr soʻrasangiz chakki boʻlmas. — Menmi? — Xmarin hayratlandi. Keyin bir oz hovurdan tushdi. — Yaxshi... — Nima boʻldi oʻzi? — dedi Shuvalov, Xmarin oʻrnidan turib ketgach. — Shunchaki... — dedi Asadulla, — shaxsiy gap bu. Nonushtada Mirza Qandilxon koʻrinmadi. Garchi Xmarin uzr soʻragan boʻlsa-da, shomda aytilgan gap kechasi bilanunga tinchlik bermay, tong-sahar uygʻotib, sarhad hokimiga yetakladi. Peshinga yaqin ancha chiroyi ochilgan holdakeldi. — Marhamatli sohib, — dedi u Xmaringa yengil qulluq qilib. — Afgʻoniston tufrogʻi sizlarning poyiqadamlaringizga mahtal. Hirotdan minmagingiz uchun sara otlar, yoʻlda tikmak uchun hayma1, har xilasbob-taomlarni yuklab ketmoqgʻa ulov, sizlarni aziz jonlaringizni muhofaza etib ketmoqgʻa oz boʻlgʻonda ellikaskar yoʻlga chiqib, kechi bilan ertaga Koʻshkda boʻlur2. Daryodagi azoblar, majruh vagonlardagi safardan soʻng otda yoʻlga chiqish koʻpchilikka surur boʻlib koʻrindi. Mirza Qandilxon aytganday, ot-ulov ertasiga peshinda yetib keldi. Bu hashamni koʻrib, boshqalar u yoqda tursin,diplomatiya dabdabalaridan boxabar Xmarin ham hayratga tushdi. «Bunaqa shohona safar tushimga ham kirmaganedi», dedi u Asadullaga. «Shundan bilingki, bizga ilhaq ular», dedi Asadulla.

    Uchinchi qism - Kuzdagi bahor nafasi

    Birinchi bob - hirot

    1

    Mirkomil hojining bir odati bor: agar boshlagan ishi haddan tashqari silliq ketsa, xavotirga tushadi. U: «Siyosat bobidagi ishmi yo tijorat yumushlarimi to oxiriga qadar silliq bitmaydi. Qaerdadir qoqiladi», deb qattiq ishonadi. U, mardlik bilan ish yurituvchi boy, bir narsadan — koʻz tegishdan hayiqardi. Buxoroga oppa-oson kelishi, Tal’at maqsumning odamlari bilan tuzoqqa ilinishi, nihoyat, Said Olimxon huzuriga kirib, amir bilan tez til topishishi uni sergaklantirdi. Mirkomilboy Buxorodan Afgʻonistonning Mazori Sharifiga qadar boʻlgan yoʻlni bosib oʻtguncha turli xayollar girdobida azob chekdi. Ba’zan qum barxanlari ajdahoning panjasiday boʻlib koʻrinadi. Ajdahoning oʻziga, olov purkovchi ogʻziga qachon roʻpara kelar ekanman, deb koʻngli gʻash boʻladi. Mazori Sharifga omon-eson kirib kelganida sal hayron ham boʻldi. Na gʻanim, na qanotidagi Muhiddin boshliq chapanilardan zahmat koʻrdi. Kutilgan yerlarda ajdaho uchramadi. Nahot u afgʻon yerida poylab yotgan boʻlsa?! Xauston afgʻon yerlarida ziyon-zahmat yetmasligiga kafolat berib edi...

  • Tohir Malik. Savohil (II- qism) 23

    Mirkomilboy — uzoq vaqt koʻrmagani, hamshahri Xasanxon hazrat bilan quchoqlashib koʻrishayotganda hamkoʻnglining bir uchi xijil edi. Toshkentday shaharda e’tibori katta boʻlgan, Qoʻqon muxtoriyatiga oham soʻzinioʻtkaza oladigan Xasanxon hazrat — jussasi kichkina, serjahl qariya Mirkomilboyni chindan sogʻinganmidi yokoʻngil uchun shunday qildimi, har holda hamshahrini bagʻridan darrov boʻshatmadi. Qoʻqondan Toshkentgaqaytmay, Afgʻonistonni moʻljal qilib joʻnavorgan Xasanxon hazratning e’tibori bu yerda ham yomon emasdi. MazoriSharif noibiki, uning hurmatini oʻrinlatyaptimi, demak, hazrat bu yerlarda bekor yurmagan. Mazori Sharif noibining saroyiga oʻsha kuni toshkentlik aziz mehmon bilan birga xunuk darak ham yetib keldi. Buxabarni keltirgan chopar baraka topmadi. Xuddi bolsheviklarning elchilarini uning yolgʻiz oʻzi atayin qoʻldanchiqarganday noibdan tepki yedi. Rus elchilarning Karki yoʻlida qurolli pistirmaga uchrab, izlariga qaytib ketishlariXauston uchun ham, noib, Xasanxon hazrat uchun ham noxush bir hol edi. Ular daryo oʻzani toraygan bu yerdaelchilarning mahv etilajagiga toʻla ishonar edilar. Elchilarning Chorjoʻyga qaytishi, ayniqsa Xaustonni garang qildi. Endi yangi reja tuzish kerak, tuzish ham bir gapboʻlar, uni amalga oshirish-chi? Xaustonning joniga noib ora kirdi. — Oʻrusiya saforati ahlini Hirotda kutib olmak lozim, — dedi u. Xauston: «Xoʻsh, undan keyin-chi?» — deganma’noda qarab, soʻzining davomini kutdi. Noib, fikrini toʻla bayon etishga shoshilmadi, Xaustonning toqati toqboʻlayozganda yana tilga kirdi: — Ular Mazori Sharif sari yurishlari mumkin. Ular shu yoʻlda azroil changaligatushadilar. Xaustonning xayoliga ham shu fikr kelgan edi-yu, ammo ikkilanayotgandi. Kobulga yana ikki yoʻl boʻlsa-da, MazoriSharif orqali boriladigani ular uchun bexavotirroq edi. Karki yoʻlida bir oʻlimdan qolgan elchilar endi ehtiyotkorboʻladilar va eng xavotirsiz yoʻlni tanlaydilar. Noib Xaustonning fikrini tasdiqladi. Shu bilan birga yaxshi taklif hamaytdi: — Hirotga ishongan odamlar yuborilmogʻi lozim. Saforat ahli orasidagi odamingiz biz yuborgan yigitlar bilanmuloqotda boʻlsa bas. Xauston noib xizmatiga suyansa-da, unga toʻla ishona olmas edi. U hammadan xavotirlanardi va bu odati koʻp holdauni qiyin ahvoldan olib chiqardi. Shu bois noib ajratgan odamlar orasiga Muhiddin bilan uning besh yigitini hamqoʻshdi. Bu bilan noibning odamlariga oʻziga xos qoʻriqchi yasadi. Xasanxon hazrat Kobulga oshiqardi. Shu sababli bu oʻyinga qiziqish bildirmadi. Noibning odamlari bilan Muhiddin va uning chapanilari saharda joʻnadilar. Xauston Muhiddinga anchagina gaptayinladi. Mirkomilboy ularni beriroqda kuzatib, ichidan qirindi oʻtardi. Bosh silkib-silkib qoʻyayotgan Muhiddingatikilib, aytilayotgan gap mazmunini uqmoqchi boʻlardi.

    2

    Sarhad. Xaritada yurtlarni yurtlardan, xalqlarni xalqlardan, taqdirlarni taqdirlardan ayirib turuvchi ingichka, ilonizi chiziq. Qogʻozda shunday jonsiz. Sarhadni bosib oʻtgan odamgina bu chiziqning qudratini his etadi. Kobuldan Toshkentga qadar borgan, Toshkentdan xatarnok, tahlikali yoʻllar bilan yurtga qaytayotgan afgʻonlar otlaridan tushib, Yaratganga tavallolar qilib, yerni oʻpdilar. Bu damda Asadulla va uning birodarlari bagʻrida oʻzga his uygʻongan edi. Ular sarhadni bosib oʻtishlari hamon, boshqa mamlakatga emas, goʻyo boshqa olamga, qaytish mushkul boʻlgan borsa-kelmas yurtga qadam qoʻyganday his qildilar oʻzlarini. Oʻsha koʻzga tanish tuproqli yoʻllar, toshli soʻqmoqlar davom etayotgan boʻlsa-da, xaritadagi ingichka chiziq ularning qalbini shart ikkiga ayirib, yarmini bu tomonda olib qolganday, ayrilgan qalb boʻlaklari faryod bilan potirlab bir-biriga talpinayotganday edi. Shu hislar oʻz hukmini oʻtkazgani uchun ham ancha yerga qadar gap-gapga qovushmadi. Ustiga-ustak, otda safar qilish sururi sarob ekani ma’lum boʻlib, ba’zilarning ona sutlari ogʻizlariga keldi. Jinga chaqa tanga childirma boʻlib koʻringanday, hayma, idish-tovoq, oziq-ovqatga moslangan taraqa-turuq aravalar ular koʻziga taxtiravonday koʻrindi. Mirza Qandilxon ularning ahvolini koʻrib, ikki aravani yukdan boʻshattirib, joy qilib berdi. Chordara, Milol manzillari ortda qoldi. Parvonaga yetishsa, u yogʻi Hirot... Togʻ yoʻllari ularni chilla oftobida qovjirayotgan choʻlga olib keldi. «Bizning Mirzachoʻlga oʻxsharkan», dedi Asadulla chor atrofga boqib borarkan.