DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI - · PDF filesiy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib,

Embed Size (px)

Citation preview

  • V. . Kostetskiy

    DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI

    Orta talim maktablarining 10-sinfi va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oquvchilari uchun darslik

    1-nashri

    zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tasdiqlagan

    ToshkentYangiyol Poligraf Servis

    2017

  • SHARTLI BELGILAR

    yodda tuting

    topshiriq

    huquqiy vaziyat

    bilimingizni sinang

    Konstitutsiya va qonun hujjatlaridan kochirmalar

    Respublika maqsadli kitob jamgarmasi mablaglarihisobidan chop etildi.

    V. . Kostetskiy, 2017. Yangiyol Poligraf Servis, 2017.

    Ilmiy muharrir:Saidov A., yuridik fanlar doktori, prof.

    TAQRIZCHILAR:F. Xaytboyev Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazining ilmiy xodimi, yuridik fanlari nomzodi;F. Bakayeva TDYU davlat nazariyasi va tarixi kafedrasining katta

    oqituvchisi, yuridik fanlari nomzodi;S. Akkulova Toshkent shahar Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kafedrasining katta oqituvchisi;T. Bagdasarova Toshkent shahar 49-umumtalim maktabi Davlat va huquq asoslari fani oqituvchisi.M. Yunusova Toshkent shahar 41-umumtalim maktabi Davlat va huquq asoslari

    fani oqituvchisi.

    UOK: 34(075.3)=512.133KBK: 67.0

    I-81Kostetskiy, Vasiliy.Davlat va huquq asoslari 10-sinf: Orta umumtalim muassasalarining 10-sinf ari va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari uchun darslik / V. Kostetskiy Birinchi nashr. Toshkent.: Yangiyol poligraf servis, 2017. 144 b.

    UOK: 34(075.3)=512.133ISBN 978-9943-4936-0-5 KBK: 67.0ya721

    Darslik Xalq talimi vazirligining dasturiga muvofiq tayyorlangan hamda orta talim maktablarining 10-sinfi va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari oquvchilari uchun, shuningdek inson huquqlari masalalari bilan qiziquvchilar uchun moljallangan.

    Darslikdagi huquqiy normalar Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq bayon etilgan. Darslikni tayyorlashda G.M. Tansiqboyevaning konstitutsiyaviy huquq boyicha materiallaridan foydalanilgan.

    ISBN 978-9943-4936-0-5

  • 3

    OQUVCHILARGA

    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng kolamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagrikeng-lik muhitini taminlash uchun muhim poydevor boldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini royobga chiqa-rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

    Tez va shiddat bilan ozgarayotgan dunyoda inson ongi uchun kurash to-bora kuchayib borayotgan davrda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi-ni olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning bosh qa shakllariga qarshi kurashish boyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bolib qoldi. Shu manoda mus-taqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida 20172021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-vor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniya-tini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoyil si-fatida oz aksini topdi. Davlat va huquq asoslari oquv fanining oz oldiga qoygan asosiy maqsadi oquvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

    Aziz oquvchi! Quyi sinfarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari haqida bilimlarga ega bolgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bolgan huquq soha-lari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.

    OQ YOL!

  • 4

    I-BOLIM. OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO HUQUQ SUBYEKTI

    1-. HUQUQ SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING MUSTAHKAM ASOSI

    SHAXS VA DAVLAT OZARO MUNOSABATLARINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI

    Fuqarolar bilan davlat ozaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bogliqdir. Shaxs, jamiyat va davlat bu uchala asosiy qadriyat Konstitut-siyada belgilab qoyilgan.

    Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati ortasidagi munosabatlar-ni belgilovchi oziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu-miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat ortasidagi munosabatlarda ozaro masulligi goyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.

  • 5

    Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xiz-mat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar.

    Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.

    Ozbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, man-sabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.

    Ozbekiston Respublikasida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi sozsiz tan olinadi.

    Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat bir-lashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koradilar.

    Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.

    93-moddaga muvofiq Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Ozbekis-ton Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

    1-topshiriq. Kun davomida nima bilan mashgul bolishingizni eslang:

    maktabga borasiz, talim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida (sport va boshqa togaraklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qan-day hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab oting va bu sizga shaxsan qanday tasir korsatishini ayting.

    OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI

    Ozbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligi-ning huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Aso-siy qonunida birinchi orinda ozining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy, manaviy va madaniy hayotining ustuvor yonalishlariga oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bolar edi.

  • 6

    Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan Ozbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy-liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko-niyatlar milliy boylikka aylandi, ozbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan himoyalangan.

    Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga azo bolgani Ozbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno-sabatlar yonalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.

    Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro de-mokratik qadriyatlarga uzviy bogliqligi namoyon etildi va shuning uchun Ozbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb elon qilindi.

    HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS VA DAVLAT BILAN UZVIY BOGLIQLIGI

    Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sha-roit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning bar-cha sohalarini liberallashtirish boyicha ustuvor yonalishlarni amalga oshi-rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-vor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi elon qilindi.

    Strategiyaning ikkinchi yonalishi Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari deb nomlanadi. Mazkur yonalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

    sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash, sudning nufu-zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;

    fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatla-rini taminlash;

    mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik qonunchiligini takomillashti-rish;

    jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish;

  • 7

    sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat korsatish tizimini takomillashtirish.

    Qonun ustuvorligini taminlash uchun avvalo aholining huquqiy mada-niyati va ongini yuksaltirish zarur.

    Huquqiy ong jamoatchilik ongining bir sohasi bolib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa mu-nosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bolsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori boladi.

    Manaviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni togri tushunish va unga togri munosabatda bolishni yolga qoyadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini togri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka hara-kat qiladi.

    Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bolsa, u albatta qo-nunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq meyorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun