11

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

  • Upload
    others

  • View
    37

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini
Page 2: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Mavjuda Khalmatovna TagayevaSaida Inomdjonovna Sadikova

GEPATOBILIAR TIZIMI KASALLIKLARINIDIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH

О‘quv qo‘llanma

Bilim sohasi – Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash – 500000Ta’lim sohasi – Sog‘liqni saqlash – 510000

Ta’lim yo‘nalishi: 5510100 – Davolash ishi5111000 –Tibbiy pedagogika

“TAFAKKUR QANOTI’’TOSHKENT – 2016

Kitobxon.Com

Page 3: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

2

UOK: 57(075)KBK: 28.0y729T-66

Tuzuvchilar:Tagayeva M.Kh.–tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining

Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsentSadikova S.I.-tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining Ichki

kasalliklar kafedrasi dotsenti.

Taqrizchilar:Zakirxodjayev Sh.Y. – Toshkent tibbiyot akademiyasining ichki kasalliklari, kasb kasalliklari,

harbiy dala tibbiyoti va gematologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.Zoxidova M.Z. – professor, tibbiyot fanlari doktori, Toshkent Shifokorlar malakasini oshirish insti-

tutining UAShT kafedrasi mudiri, professor.Azizova F.X. – TTA o‘quv bo‘limi boshlig‘i, gistologiya va biologiya kafedrasi professori, tibbiyot

fanlari doktori.

Данное учебное пособие на основе теоретических знаний освещает роль знаний видов желтухи, дифференциальную диагностику заболеваний гепатобилиарной си-стемы, которые протекают с гепатомегалией и гипербилирубинемией, уметь грамотно трактовать биохимические показатели крови, иметь представление о морфологических критериях диагностике и лечению заболеваний гепатобилиарной системы. Это пособие интегрировано с другими фундаментальными науками, такими как анатомия, физиоло-гия, клиническая фармакология и предназначено для студентов 6-7 курсов лечебного и медико-педагогического факультетов медицинского ВУЗа, для врачей общей практики, гастроэнтерологов, терапевтов, а также клиническим ординатором и магистром. Посо-бие иллюстрировано 7-ю таблицами и 8-ю рисункам.

This tutorial is based on theoretical knowledge, which illuminates the role of knowledge about forms of jaundice, the differential diagnosis of diseases of the hepatobiliary system, which flow with hepatomegaly and hyperbilirubinemia, to be able to correctly interpret the biochemical parameters of blood, have an understanding of morphological criteria for the diagnosis and treatment of diseases of the hepatobiliary system. This tutorial is integrated with other basic sciences such as anatomy, physiology, clinical pharmacology, and is intended for students of 6-7 courses of medical and medico-pedagogical faculties of medical school, for general practitioners, gastroenterologists, internists and clinical residencies and master. The manual is illustrated 7 tables and 8 figures.

Nazariy bilimlarga asoslangan ushbu o‘quv qo‘llanma sariqlik turlari, gepatomegaliya va giperbillirubinemiya bilan kechadigan gepatobiliar tizim kasalliklarini qiyosiy tashxis-lash, qonning bioximik ko‘rsatkichlarini xatosiz tahlil qilish bilimlari, gepatoboliar tizim kasallliklarini tashxislashning morfologik mezonlari, qiyosiy tashxislash va davolash haqidagi tasavvurlarning ahamiyatini yoritib beradi. Ushbu qo‘llanma fundamental fanlar: anatomiya, fiziologiya, klinik farmakologiya bilan uzviy bog‘langan va tibbiyot oliygohlarining davo-lash va tibbiy-pedagogika fakulteti 6-7 bosqich talabalari, umumiy amaliyot shifokorlari, gastroenterologlar, terapevtlar, shuningdek, klinik ordinatorlar va magistrlar uchun mo‘ljallan-gan. Qo‘llanma 7 ta jadval va 8 ta rasmlar bilan boyitilgan.

© Tagayeva M.Kh., Sadikova S.I., 2016-y.© «Tafakkur qanoti» nashriyoti, 2016-y.ISBN 978-9943-38-290-9

Kitobxon.Com

Page 4: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

3

KIRISH

Butun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, gepatobiliar tizim kasalliklari keng tarqalgan va oxirgi yillarda ular soni juda tez o‘sib bormoqda. Bugungi kunda dunyoda 2 milliard-dan ortiq odamda gepatobiliar patologiyalar qayd etilgan.Ulardan 300-350 million bemorlar virusli gepatit В (VGВ) bilan va taxminan 170 millioni gepatit S (VGS) bilan og‘rigan. O‘zbekistonda ham oxirgi 10 yilda surunkali gepatitlar (SG) va jigar sirrozi (JS), surunka-li xolestistitlar soni ko‘paygan va gepatobiliartizim kasalliklari nafas tizimi va yurak qon-tomir tizimi kasalliklaridan keyingi uchin-chi o‘rinni egallaydi. Jigar surunkali kasalliklari (JSK) sonini tez o‘sishiga o‘tkir virusli gepatitlar, alkogolni ko‘p iste’mol qilish, bundan tashqari semizlik va jigarning alkogol yog‘li gepatozi ham sabab bo‘lmoqda. JSK muammosi nafaqat ularning tarqalishi, balki bemorlar hayot davomiyligi qisqarishiga olib keluvchi JS va gepa-tosellyulyar karstinoma (GSTK) rivojlanishi bilan ham xarakterla-nadi.

Hammaga ma’lumki, bemorga kerakli tekshiruvlar hajmini aniq-lash, tashxis qo‘yish va samarali davo usulini tanlash shifokor oldida turgan eng zarur va qiyin muammodir. Shuning uchun ushbu qo‘llan-mada gepatobiliar tizim anatomiyasi, fiziologiyasi, klinik tashxislash, klinik farmokologiya ba’zi aspektlari yoritilgan.

Mualliflar fikriga ko‘ra, tashxislash va davolash asoslari nafaqat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash va kasbiy ta’lim mutaxassisliklari 6-7 bosqich talabalari uchun, balki umumiy amaliyot shifokorlari, gastroenterologlar, terapevtlar hamda klinik ordina tor-lar va magistrlar uchun ham qiziqarli va foydalidir.

Kitobxon.Com

Page 5: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

4

JIGAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI

Jigar (hepar) hajmli bezli organ hisoblanadi. Katta yoshdagi insonlarda sog‘lom jigarning og‘irligi ayollarda 1200 gramm va erkaklarda 1500 gramm atrofida bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qorin bo‘shlig‘ini katta qismini egal laydi va taxminan tanasini 1/20 qismini tashkil etadi. Organizm o‘sishi davomida, jigar hajmi katta odam og‘irligining 1/50 gacha kamayib boradi. Jigarda nerv tolalari deyarli yo‘q, shuning uchun u bilan bog‘liq muammolar juda kech seziladi. Shunga qaramay, ularni to‘xtatish mumkin!

Jigar funksiyalari

Jigarning organizmdagi rolini baholash mumkin emas. Uning funk-siyalari keng va turli-tuman. Milliardlab jigar hujayralari organizm-ning ichki muhit doimiyligi va tozaligini saqlab turishga qaratilgan ko‘pgina funksiyalarni bajaradi. Jigar bizning organizmimizning filtri bo‘lib hisoblanadi, uning oldida zaharli, xavfli moddalarni umumiy qon oqimiga kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi turadi. Biz iste’mol qilgan yoki ichgan moddalardan hech biri jigarni aylanib o‘tgan holat-da umumiy qon oqimiga tusha olmaydi.

U birinchi navbatda yirik ovqat hazm qilish bezi hisoblanib, o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi, u esa chiqaruv yo‘llari orqali o‘n ikki barmoq ichakka tushadi.

Shunday qilib jigarning asosiy funksiyalari hisoblanadi: – turli xil yot moddalar (ksenobiotiklar)ni, xususan allergenlar, za-

har va toksinlarni zararsiz, nisbatan toksikligi kam yoki organizmdan chiqarilishi oson bo‘lgan birikmalarga aylantirish yo‘li bilan zarar-sizlantirish;

– ortiqcha gormonlar, mediatorlar, vitaminlar, shuningdek, mod-dalar almashinuvining oraliq toksik va oxirgi mahsulotlarini, masalan

Page 6: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

5

ammiak, fenol, etanol, atseton va keton kislotalarini zararsizlantirish va organizmdan chiqarish;

– ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etish, xususan organizmning glyukozaga bo‘lgan energetik talabini ta’minlash va turli energiya man-balari (erkin yog‘ kislotalari, aminokislotalar, glitserin, sut kislotasi va b.)ning glyukozaga konvertatsiyasi (glyukoneogenez);

– tezda safarbar etiluvchi energetik rezervlarni glikogen deposi ko‘ri-nishida to‘ldirish va saqlash hamda uglevod almashinuvini boshqarish

– ba’zi vitaminlar (asosan yog‘da eruvchi vitaminlar A, D, suvda eruvchi vitamin B12 zaxirasi jigarda ko‘p) deposini to‘ldirish va saqlash, shuningdek, qator mikroelementlar kationlari – temir, mis va kobalt ka-tionlari deposi hisoblanadi. Shuningdek jigar A, B, S, D, E, K, P vitamin-lari va foli kislotasi metabolizmida ham bevosita ishtirok etadi;

– qon yaratilishi jarayonidagi ishtiroki (faqat homilada va yosh bo-lalarda), prenatal rivojlanishda gemopoezning muhim a’zolaridan biri bo‘lib hisoblanadi;

– o‘t kislotalari va bilirubin sintezi, safro ishlab chiqarilishi va sekret-siyasi

– oqsillar almashinuvida ishtirok etadi: unda qon oqsillari (barcha fibrinogen, albuminlarning aminokislotalarning 95%, globulinlarning 85%) sintezlanadi, aminokislotalarning dezaminlanishi va pereaminla-nishi yuz beradi, mochevina, glyutamin, keratin, qon ivish faktorlari va fib rinoliz omillari (I, II, V, VII, IX, X, XII, XIII, antitrombin, antiplaz-min) hosil bo‘ladi. O‘t kislotalari qondagi oqsillarning transportlik xu-susiyatlariga ta’sir etadi;

– lipidlar almashinuvida ishtirok etadi: ularning gidrolizi va so‘rili-shi, triglitseridlar, fosfolipidlar, xolestirin, o‘t kislotalari, lipoproteidlar, atseton tanachalari sintezi, triglitseridlar oksidlanishi. Uglevodlar alma- shinuvida ham jigarning roli beqiyos: u yerda glikogenez, glikogenoliz jarayonlari, galaktoza va fruktozaning glyukoza almashinuviga kiritili-shi, glyukuron kislota hosil bo‘lishi amalga oshiriladi.

– shuningdek, ahamiyatli qon hajmining deposi bo‘lib hisoblanadi, bu qon umumiy qon oqimiga qon yo‘qotganda yoki jigarni qon bilan ta’minlovchi tomirlar torayishidan yuzaga keluvchi shokda chiqariladi;

Page 7: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

6

– o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakning boshqa qismlaridagi ovqat hazmlanishida aktiv ishtirok etuvchi gormon va fermentlar sintezi;

Shu tariqa, jigar bir vaqtning o‘zida ovqat hazm qilish, qon aylanish va barcha turdagi moddalar, gormonlar almashinuvi a’zosi hisobla-nadi.

Gepatobiliar tizim patologiyasida uchrovchi asosiy sindromlar

Gepatomegaliya – jigarning kattalashishi jigar patologiyali be-morlarning 92%da uchraydi. Gepatosplenomegaliya ko‘pgina ka-salliklarning asosiy va nisbatan erta yuzaga keluvchi belgisi bo‘lishi mumkin. Ularning birlarida izolirlangan gepatomegaliya bilan kechsa, boshqalarida esa bir vaqtning o‘zida jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. Gepatomegaliya sindromi jigarning yallig‘lanishli, paraz-itar, toksik, neoplastik xarakterdagi kasalliklarida, shuningdek qon, tizimli kasalliklarda va b.larda uchraydi, shuning uchun ham berilgan sindromda qiyosiy tashxislash jigar va boshqa tizimlar kasalliklariga taalluqli alohida nozologik shakllarni bilishni talab etadi.

Jigar kattalashishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Jigar kasalliklari: surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi (steatogepatit), jigarning parazitar kistalari, jigarning noparazitar kistalari.

2.To‘planish kasalliklari: gemoxromatoz, gepatolentikulyar de generatsiya (Vilson-Konovalov kasalligi), amiloidoz.

3. Jigar o‘smalari: gepatoma, saratonning jigarga m etastazlari. 4. Jigar tomirlari kasalliklari: Badda-Kiari sindromi, jigarning ve-

nooklyuzion kasalliklari. 5. Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari: leykozlar, limfogra-

nulematoz (Xojkin kasalligi), noxojkin yomon sifatli limfomasi. 6. Yurak kasalliklari: konstriktiv perikardit (“Pik jigar psevdosirro-

zi”), o‘ng qorincha yetishmovchiligi bilan kechuvchi klinik holat Sariqlik (icterus) – jigar kasalliklari, shuningdek o‘t chiqaruvchi

Page 8: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

7

yo‘llari va eritropoez tizimi kasalliklariga xarakterli sindromlardan biri. Barcha sariqlik turlari uchun umumiy biokimyoviy belgi – qon-da bilirubin miqdorining ortishi.Sariqlikning bir nechta tiplari mavjud, ular o‘zaro asosida yotuvchi bilirubinning hosil bo‘lishi, kimyoviy bog‘lanishi va ajralishi buzilishlari bilan farqlanadi.

Bilirubinofil va bilirubinofob to‘qimalar ajratiladiBilirubinga nisbatan elastik tolalar ko‘proq, kollagen tolalar esa kamroq

vositachilikka ega. Klinikada sariqliklar teri qoplamlarini sariq rangning turli ko‘rinishla-

riga bo‘yalishiga ko‘ra tashxislanadi. Sariqlik ko‘pgina ichki kasal-lik larning eng erta, ba’zida esa yagona belgisi bo‘lishi mumkin. Eng avvalo skleraning sariq tusga kirishi aniqlanadi, keyinchalik esa shilliq qavatlarning, so‘ngra esa oyoq-qo‘llarning proksimal qismlari terisining sariq rangga bo‘yalishi aniqlanadi. Oxirgi bo‘lib qo‘l kafti va oyoq pan-jasi sarg‘ayadi. Sariqlik intensivligi a’zo yoki to‘qimaning qon bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Bu asosan teridagi chandiqlar misolida yaxshi ko‘rinadi, ular doimo atrofdagi to‘qimaga nisbatan kamroq sariq bo‘lib ko‘rinadi.

Terida to‘plangan bilirubin boshqa pigmentlar bilan uyg‘unlikda terini qizg‘ish tusli och-sariq rangga bo‘yaydi. Keyinchalik esa terida joylash-gan bilirubinning beliverdinga oksidlanishi yuz beradi va sariqlik yashi-limtir tus oladi. Sariqlik uzoq vaqt davom etganda teri qoplamlari qora tusga kiradi.

Shu tariqa, bemor ko‘rigi sariqlik davomiyligini aniqlash imkonini be-radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim.

Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo‘yalishini ba’zan boshqa pigmentlar bilan bo‘yalishidan farqlash-ga to‘g‘ri keladi. Teri rangining sariq tusga kirishi ba’zi dorilar, karotin saqlovchi katta miqdordagi sabzavotlar qabul qilganda yuzaga kelishi mumkin. Terining zarg‘aldoq rangi ko‘pincha ko‘p miqdordagi apelsin, mandarin, qovoq yeganda ham rivojlanadi.

O‘t pigmentlarining hosil bo‘lish va ajralish yo‘li quyidagicha: par-chalangan eritrotsitlardan qon pigmentining ajralishi – bilirubinga ayla-nishi – transport-transferazalar yordamida monoglyukuronil (25%) va diglyukuronil (75%)ga aylanishi – o‘t yo‘llari orqali ichakka tushishi –

Page 9: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

8

sterkobilinogen, urobilinogen va urobilinga aylanishi – ajratilishi yoki qay ta jigarga tushishi.

Klinsistlar barcha sariqliklarni ikki tipga ajratishadi: qonda konyu-girlangan (bog‘langan, to‘g‘ri) va konyugirlanmagan (erkin, notog‘ri, glyukuron kislota bilan bog‘lanmagan, suvda erimaydigan, siydik bi-lan ajralmaydigan) bilirubinning qonda to‘planishi bilan.

Konyugirlanmagan bilirubinli sariqliklar

Bilirubin gemoglobin molekulasining parchalanishi natijasida ajraluvchi gemdan hosil bo‘ladi. Har kuni 300 mg ga yaqin konyu-girlanmagan bilirubin hosil bo‘ladi. Uning qon zardobidagi miqdori eritrotsitlar parchalanish tezligi va jigarning ajratish qobiliyati o‘rtasi-dagi balans bilan aniqlanadi. Eritrotsitlar parchalanishining tezlashishi qonga ko‘p miqdordagi konyugirlanmagan bilirubinning ajralishiga olib keladi. Katta yoshli odam ajratish funksiyasining katta rezerviga ega, shuning uchun hattoki ko‘p miqdordagi eritrotsitlar parchalangan-da ham qondagi bilirubin miqdori normal saqlanadi yoki qisqa muddat-ga yengil oshadi. Qon tarkibida konyugirlanmagan bilirubin miqdori-ning ortishi, eritrotsitlarning massiv gemolizida uchrovchi gemoglobin parchalanish tezligining yaqqol oshishi natijasida, yoki jigarning kon-yugirlanmagan bilirubinni glyukuron kislota bilan bog‘lash qobiliyati-ning buzilishi oqibatida bo‘lishi mumkin.

Jigardan tashqari (gemolitik) sariqlik yoki jigar usti sariqligi

Yuqori gemoliz sababidan qat’iy nazar doimo xarakterli klinik triadaga olib keladi: anemiya, sariqlik, splenomegaliya. Periferik qonda retikulotsitoz, suyak ko‘migida- eritron ta’sirlanishi. Siydik va najasda-urobilin va sterkobilin miqdori ortishi. Siydikda bilirubin bo‘lmaydi. Gemolitik sindromlar irsiy, orttirilgan va noaniq genezli sindromlarga bo‘linadi.

•Irsiy sferotsitar gemolitik anemiya. Tashxis eritrotsitlar ko‘rin-

Page 10: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

9

ishiga qarab qo‘yiladi. Ular o‘lchamiga ko‘ra normal eritrotsitlardan kichkina va bo‘yalish intensivligiga ko‘ra ulardan yuqori. Osmotikqw rezistentligi pasaygan. Kumbs sinamasi manfiy. Splenektomiyadan ke-yin sog‘ayish.

•Irsiy nosferotsitar gemolitik anemiya. Tashxis eritrotsitlarda-gi fermentlar aktivligini aniqlash orqali qo‘yiladi. Gemoliz o‘tkir in-feksiya yoki ba’zi dori vositalari ta’sirida yuz beradi. Splenektomiya sama rasiz.

•O‘roqsimon-hujayrali anemiya. Tashxis eritrotsitlar shaklining xarakterli o‘zgarishi va elektroforezda gemoglobin S aniqlanishi aso-sida qo‘yiladi.

•Talassemiya. Kasallikning diagnostik mezonlari: natriy xlorid-ning gipotonik eritmasiga eritrotsitlar turg‘unligining ortishi, qon zard-obidagi temir miqdorining ko‘pligi, gipoxrom anemiya, nishonsimon shakldagi eritrotsitlar. Patologik A2 va F gemoglobinlar miqdorining ortishi.

•TPG: tomir ichi gemolizi, ertalabki to‘qrangli siydik, Xem-sinamasining musbatligi (qon zardobi nordonlashtirilganda bemor erit rotsitlarining gemolizga moyilligi)

•Orttirilgan AIGA: Kumbs sinamasi musbat, eritrotsitlarda ular ning lizisiga olib keluvchi antitelolarning topilishi. Kortikosteroidlardan yaxshi samara.

Konyugirlanmagan bilirubinli jigar sariqligi

Bilirubin gemdan hosil bo‘ladi va albumin bilan bog‘langan hol-da qonga o‘tadi. Bilirubinning bu shakli suvda erimaydi. Jigar sinu-soidlarida bilirubin qon plazmasidan gepatotsitga o‘tadi. Gepatotsitlar membranasidan o‘tish vaqtida bilirubin albumin bilan birikmasidan ajraladi. Qon kapillyarlaridan o‘t yo‘llariga o‘tayotganda u glyukuron kislota bilan birikadi. Bu reaksiya gepatotsitlar mikrosomasida amal-ga oshiriladi va glyukuroniltransferaza enzimlari bilan katalizlanadi. Gepatotsitlar tomonidan bilirubinning qamrab olinishini yoki uning glyukuron kislota bilan konyugatsiyasi buzilishiga olib keluvchi bar-

Page 11: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG LIQNI SAQLASH ......radi. Sariqlikni «sohta sariqlik» dan farqlash lozim. Teri qoplamlarini bilirubin va uning hosil qilgan mahsulotlari bi-lan bo yalishini

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/1780 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/1780 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/1780