2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
“BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
AMANOV AKMAL DILSHOD O’G’LI
O’ZBEKISTONDA BANK XIZMATLARI BOZORINIRIVOJLANTIRISH NING YO’NALISHLARI
5230700 –Bank ishi ta’lim yo’nalishi bo’yichabakalavr darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”Fakultet dekani
i.f.n., R.B. Saidov“Bank hisobi va audit” kafedrasi
mudirii.f.n., dots. Z.A. Umarov
_____________ _____________imzo imzo
“____”___________2018 y. “____”____________2018 y.
Ilmiy rahbar: Qurbonov R
_________________«___» _________ 2018 y.
TOSHKENT – 2018
3
MUNDARIJA
KIRISH 3
1–BOB. BANK XIZMATLARINING NAZARIY-HUQUQIY
ASOSLARI..................................................................................... 7
1.1. Bank xizmatlari, iqtisodiy mohiyati va turlari ................................ 7
1.2.Bank xizmatlari bozori va uning tarkibiytuzilishi........................................................................................... 19
1-bob bo’yicha xulosa................................................................. 26
2- BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK XIZMATLARI
BOZORINI AMALDAGI HOLATI TAHLILI................... 27
2.1. Respublikamiz tijorat banklari xizmatlar bozorini
tahlili................................................................................................ 27
2.2. Banklarning yangi xizmatlari va ularning amaldagi holati
tahlili............................................................................................... 35
2.3. Bank xizmatlari bozorining xorij tajribasi va uni O’zbekistondaqo’llash imkoniyatlari………………...........................................
45
2-bob bo’yicha xulosa................................................................ 53
3- BOB. O’ZBEKISTONDA BANK XIZMATLAR BOZORINING
MAVJUD MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF
ETISH YO’LLARI....................................................................... 54
3.1 Banklar tomonidan bank xizmatlarini ko’rsatish amaliyotidagimuammolar..................................................................................
54
3.2 Respublikamiz bank xizmatlar bozorini rivojlantirishistiqbollari......................................................................................
59
3-bob bo’yicha xulosa................................................................... 68
XULOSA ..................................................................................... 69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............. 72
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida bank
tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank
tizimiga aholi hamda xorijiy invеstorlarning ishonchini yanada mustahkamlash,
axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini kеng qo’llagan holda, ko’rsatilayotgan
bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko’lamini kеngayib borishi hozirgi
kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari xizmatlariga bo’lgan talab ortib
bormoqda. Tijorat banklari rivojlanish stratеgiyalarida asosiy yo’nalish sifatida
yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqishga o’z e’tiborlarini
qaratadilar.
Ayniqsa, 2017 yil yakuni bo’yicha tijorat banklari tomonidan ko’rsatilgan
xizmatlar hajmi 2016 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, ularning jami moliyaviy
xizmatlar tarkibida ulushi 88 foizga etdi1.
Bundan tashqari,O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 23 martdagi
«Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi PQ-3620-sonli qarorida banklar 1 iyuldan kredit (mikroqarz) berish
to’g’risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit
(mikroqarz) berish to’g’risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish
tartibini ko’rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro’yxatdan
o’tkazish va ko’rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi belgilab qo’yildi.2
Bank mahsuloti innovatsiyalari sohasida xaridorlar talabi omilining
rivojlanish ko’lami zamonaviy bank tеxnologiyalari bilan bеlgilanadi.
Rеspublikamizda bank infratuzilmasining kеngayib borishi banklar
o’rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va
ko’lamining oshishiga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning qabul qilgan 2017 yil 7 fevraldagi
«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
1 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning rasmiy sayti ma’lumotlari (O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankning 2017 yildagi faoliyati to’g’risidagi hisoboti)2 O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yichaqo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3620-sonli Qarori
5
to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmonida aynan bank tizimini isloh qilish bo’yicha
juda ham muhim ko’rsatmalarni ko’rsatib o’tganlar. Jumladan, quyidagi
yo’nalishlar belgib qo’yilgan3:
-bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash,
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada
kengaytirish;
-bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni
joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni
bartaraf etish.
2018-2019-yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan:
-bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat
banklarining mablag‘lari yetarlilig va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-
quvvatlash;
-boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg‘or xorijiy
amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini
yanada oshirish;
-tijorat banklari faoliyatiga, shu jumladan, kredit siyosatiga davlat
hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va yo‘l
qo‘ymaslik;
-tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini
doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni
moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini
yanada oshirish;
-banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy
choralarni ko‘rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasiniyanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” 4947-sonli Qarori
6
Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida bank tizimini isloh qilishni
yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda
xorijiy invеstorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-
kommunikatsiya tеxnologiyalarini kеng qo’llagan holda, ko’rsatilayotgan bank
xizmatlarining turi va ko’lamini kеngaytirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni
amalga oshirish zarurligini taqozo qiladi. Darhaqiqat, bu borada mobil aloqa,
intеrnеt, vidеotеlеfon tizimi, raqamli tеlеvidеniya, zamonaviy bank xizmatlari,
lizing, sug’urta, audit, injiniring va boshqa zamonaviy xizmat turlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tijorat banklari chakana xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga taqdim
etadigan xizmatlar turlarini ko’paytirish orqali o’z faoliyatini divеrsifikatsiya qilib
borishi banklar tomonidan zamonaviy axborot tеxnologiyalari, yangi bank
mahsulotlari paydo bo’lishining asosiy omili, binobarin, bank xizmatlari bozori
rivojlanishiga sharoit yaratish hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bank xizmatining yangi
turlarini joriy etish, aholi va xo’jalik subyеktlarining bo’sh pul mablag’larini
banklarning uzoq muddatli dеpozitlariga jalb etishni kamida 30 foizga ko’paytirish,
mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan uzoq muddatli krеdit qo’yilmalari ulushini
ichki manbalar hisobidan amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratish
masalalarini qo’shimcha ravishda ishlab chiqish talab etiladi”.
Bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining to’liq shakllanmaganligi esa
bank xizmatlarini rivojlanishiga ta’sir etadi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbеkiston Rеspublikasi tijorat banklari tomonidan
ko’rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning
mavjudligi va ularni hal qilishning yo’llarini ishlab chiqishning zarurligi tadqiqot
mavzusining dolzarbligi bеlgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining prеdmеti. Rеspublikamiz tijorat banklarining
xizmatlar bozoridagi faoliyati jarayonida yuzaga kеladigan moliyaviy
munosabatlardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining obyеkti. O’zbеkiston Rеspublikasining yirik
7
tijorat banklari faoliyati hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bank xizmatlari bozorini
rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining
maqsadidan kеlib chiqib, quyidagi vazifalar bеlgilab olindi:
– bank xizmatlari tushunchasi va uni sifat jihatlarini tavsiflovchi mеzonlarni
o’ganish;
– O’zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorini amaldagi holati
tahliliga baho berish;
– xorijiy davlatlarning bank xizmatlarini takomillashtirish borasidagi
tajribalarini tahlil qilish va ularning ijobiy jihatlaridan O’zbеkiston bank
amaliyotida foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
– rеspublikamiz tijorat banklari xizmatlari bozorining rivojlanish
tеndеnsiyalarini aniqlash;
– O’zbеkiston Rеspublikasi tijorat banklari xizmatlar bozorini rivojlantirish
yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishidagi alohida takliflar va tavsiyalar rеspublikamiz tijorat banklarining
faoliyatida, bank xizmatlarini rivojlantirish chora-tadbir tizimini ishlab chiqishda
qo’llanilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy
ishi kirish, uch bob, xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Tadqiqot hajmi 78-bеtdan iborat bo’lib, ishda tahlil natijalari, 5 ta jadval va 14 ta
rasmlarni o’z ichiga olgan.
8
1–BOB. BANK XIZMATLARINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Bank xizmatlari, iqtisodiy mohiyati va turlari
Bank xizmatlari deganda tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyati
hamda samarali boshqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan harakatlar majmuasi
tushuniladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston banklari o’z xizmatlarini etarli
darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o’rtasidagi raqobat kurashi ularni
qo’shimcha mijozlar jalb etish hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini
kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.
Bank xizmatlari nazariyasi evolyutsiyasi qator rivojlanish bosqichlarini
bosib o’tdi. Bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang’ich bosqichida
X.Duglas4 va G.Brayanning ilmiy ishlari bank xizmatlari bozori va uning bank
xizmati segmentini o’rganishga bag’ishlangan. Ikkinchi bosqich alohida
mamlakatlarning kredit-moliya tizimlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini
hamda bank kapitali globallashuvi va markazlashuvining bank xizmatlari bozoriga
ta’sirining ehtimoliy oqibatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan F.Derek5, O.Donnel,
E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi. Uchinchi bosqichda «Moliyaviy supermarket»
va «moliyaviy butik» g’oyasi hamda tor yo’nalishga ixtisoslashgan banklarning
universal banklar qatoriga qo’shilishi dolzarblik kasb etdi.
Ssuda kapitali bozoridagi xizmatlar, elektron xizmatlar keng tarqaldi,
banklarning birlashish va singib ketish holatlari ko’paydi. Bu borada D.Jentle,
J.Sinki6, P.Rouz ilmiy ishlarini alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Bank xizmati – bank operatsiyalarini o’tkazishni optimallashtiruvchi nazariy,
texnologik, moliyaviy, intelektual va professional bank faoliyatidir.
Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir. Mijozlarning
bank faoliyatiga bo’lgan talablarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlardir.
Shu bilan bir qatorda bank xizmati tushunchasiga bank operatsiyalarini
4Дуглас X. Банковская политика в области кредитования. – М.: Слово, 2011. – 508 с.5Дерек Ф. Глобальная стратегия банков. – М.: Экономика и финансы, 2007. – 385 c.6Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. –Москва: Альпина Бизнес Букс, 2007. – 1018 с.
9
optimallashuvini ham muhim element sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning
u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va
sifatliligi darajasiga e’tibor berishlari va ushbu ko’rsatkichlar uning
raqobatbardoshligini ta’minlash asosi hisoblanishini his etmoqlari lozim.
Bank mahsuloti – alohida ko’rinishdagi bank faoliyatining mijozlar talabini
qondirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq bo’lgan bank xizmatlari va
operatsiyalarining majmui7.
Bizga ma’lumki mahsulot – bu faoliyat natijasidir. Shunday ekan mijozlar
talabini qondirishga yo’naltirilgan xizmatlar va operatsiyalar natijasi bank
mahsulotini tashkil etadi.
Bank operatsiyasi – bank tomonidan amalga oshiriluvchi pul mablag’larini
joylashishini nazarda tutuvchi va aniq iqtisodiy masalani echishga qaratilgan
o’zaro bog’liq bo’lgan bank va mijoz harakatlari majmui.
Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko’zlangan
maqsadga ko’ra ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:
1. Ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan
xizmatlar.
2. Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar.
Ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud bo’lib, ular
bank faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi.
Bank likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari
bankka daromad keltirsada, ular mavjudligini sababi bank umumiy likvidligini
ma’lum darajada ushlab turishdan iboratdir.
Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarga 50 dan
ortiq bank xizmat turlari taklif etilgan. Banklarimiz taklif etilayotgan xizmatlar
bo’yicha to’lovlar miqdorini ham belgilab berishgan va ular xilma-xildir.
Odatda, tijorat banklarini ko’rsatadigan xizmatlarining turlari bo’yicha
quyidagilar kiradi:
- iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash;
7 Ortiqov A.O. Banklararo raqobat sharoitida bank xizmatlari va ularni takomillashtirish yo’llari. Iqtisod fanlarinomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati – Toshkent, 2009. 19 b.
10
- davlat qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar;
- korxona va tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari bilan oshiriladigan
xizmatlar;
- milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob
va kassa xizmati ko’rsatish;
- tijorat banklarining trast xizmatlari;
- banklarning konsalting xizmatlari;
- lizing, faktoring, forfeyting xizmatlari.
Bank xizmati bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
• mavhumlik
• xizmatning manbadan ajratilmasligi
• xizmatlar sifatining nobarqarorligi
• bank xizmatlarining saqlanmasligi
• bank xizmat ko’rsatishining shartnomali xarakteri
• bank xizmat ko’rsatishining pullar bilan bog’liqligi
• xizmat ko’rsatishning vaqt bo’yicha davomiyligi
• bank xizmatlari bilan kondiriladigan extiyojlarning ikkilamchiligi.
Jahon bozori rivojlanish an’analarini o’rganish asosida bank xizmatlari sifati
darajasining mijozlarga ko’rsatilayotgan telekomunikatsion xizmatlar rivojlanishi
darajasiga bog’liqligi yaqqol namoyon bo’lib qolmoqda. Xususiy va korporativ
mijozlarga konsalting xizmatlarini ko’rsatish dolzarblik kasb etdi.
Shu bilan birga xizmat ko’rsatish tizimining diversifikatsiya yo’nalishi
bo’yicha filiallar va bo’limlarni restrukturalash kelajakda xorijiy banklar
muammosi bo’lib qolishi mumkin. EURO qabul qilishi bilan tezkor va yuqori
sifatli xizmat ko’rsatish kabi imtiyozli takliflarni taklif qilish imkoniyati tufayli
yirik G’arbiy Evropa banklari raqobatbardoshlilik xususiyatlariga ega bo’ladilar.
Yuqorida “moliyaviy xizmat”, “bank xizmati”, “bank operatsiyasi” va “bank
mahsuloti” atamalarini tadqiq qilishdan ma’lum bo’ldiki, xorijlik iqtisodchi
olimlarining tijorat banklari xizmatlari turlarini tasniflash bo’yicha ham turli xil
yondoshuvlar keltirishgan. Darhaqiqat, iqtisodchi olimlarning olib borgan tadqiqot
11
ishlari tijorat banklari xizmatlarini tavsiflash va ularning turlarini tasniflash
bo’yicha turli nuqtai-nazarlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Xususan, iqtisodchi olim T.M.Qoraliyev bank operatsiyalarini quyidagilarga:
depozit-ssuda, schetlarni yuritish va hisob-kitoblarni amalga oshirish, maslahat va
vositachilik, faktoring, lizing operatsiyalariga bo’lib o’rganadi8. Xuddi shu fikrni
A.S.Neshitoy ham tasdiqlab, ularni noan’anaviy bank operatsiyalari deb nomlagan
va ular sirasiga trast operatsiyalari kafolat berish va inkassatsiya operatsiyalarini
kiritgan9. Iqtisodchi olim M.I.Yo’ldoshev bank xizmatlari turlarini ikki guruhga:
asosiy xizmatlar - omonat, hisob-kitob va kredit xizmatlari va qo’shimcha
xizmatlar - kafolat, sug’urta va lizing turlariga bo’lib o’rganadi10. O.A.Ortiqov esa
bank xizmatlarini iqtisodiy mazmuni va ko’zlangan maqsadiga ko’ra ikki yirik
guruhga: ma’lum darajada bankning likvidligini saqlab turish uchun bajariladigan
va daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlarga ajratadi. U “ushbu ikki
xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud va bu bank faoliyatini sifat
jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi11”, deb hisoblaydi.
Shunday qilib, turli nuqtai-nazarlar mavjudligi bois amaliyotda tijorat
banklari xizmatlari, operatsiyalari va mahsulotlarining turlarini tasniflash borasida
yagona yondoshuv mavjud emas. Shu bois ularni zamonaviy nuqtai-nazardan
turlarini tasniflab, sifatlari va sifat mezonlarining mohiyatini ochib beramiz.
Shu o’rinda bank xizmatlari tushunchasi ostida ikki narsa tushunilishini
aytib o’tmoqchimiz.
Birinchisi, bank tomonidan mijozlar ehtiyojini qondirish yakuni bo’lsa,
ikkinchisi, bank operatsiyalarini bajarilish natijasidir12.
Quyida biz bank xizmatlarining unga mos mahsulotlari bilan keltirilgan
jadvalni e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz (1-jadval).
1-jadval
8 T.M.Qoraliyev vа boshq. “Bank ishi: Darslik -T.:”Iqtisod-Moliya”,2016.-451 b.9 А.С.Нешитой. «Финансы, денежное обращение и кредит». Москва, 2015. 513-стр.10 M.I.Yo’ldoshev. “Bank huquqi”. Darslik. Тоshkent: Моliya, 2007. – 332 bet.11 O.A.Ortiqov “Banklararo raqobat sharoitida bank xizmatlari va ularni takomillashtirish yo’llari”: i.f.n. diss.avtoref. Toshkent, 2009. 8-bet.12 Г.Н.Белоглазова, Л.П.Кроливецкая. «Банковское дело». Москва: ПИТЕР, 2016. 28-стр.
12
Bank xizmatlari va mahsulotlari13.
Bank xizmatlari turlari Bank mahsulotlari1. O’z moliyaviy resurslarini ko’paytirishga bo’lgan ehtiyoj
1.1. Depozit xizmatlari Jamg’arma omonat; muddatli omonat; talab qilibolinguncha depozit; qimmatbaho toshlarda deposit
1.2. Ishonchli boshqaruv xizmatlari Individual ishonchli boshqaruv; bank boshqaruviumumiy fondida ulushli ishtirok sertifikati
1.3. Brokerlik vositachiligi xizmati Brokerlik xizmati; qimmatli qog’oz oldi-sotdisi;internet-broker; qimmatbaho metallar, naqd va naqdsiz
chet el valyutasi oldi-sotdisida vositachilik1.4. Bank qimmatli qog’ozlariasosida resurslarni ko’paytirishxizmati
Obligatsiya, aksiya, veksel, sertifikat
2. Mijozlarning qo’shimcha resurslarini mobilizatsiya qilishga ehtiyoj2.1. Kredit xizmati Bir martalik kredit, kredit liniyasi, overdraft, ipoteka
krediti, investitsion kredit, iste’mol krediti2.2. Lizing xizmatlari Operativ lizing, moliyaviy lizing2.3. Faktoring Regress huquqli faktoring, regress huquqisiz faktoring,
tashqi savdo faktoringi2.4. Emission vositachilik xizmati Anderrayting2.5. Investitsion (dilerlik) xizmat Repo, qimmatli qog’oz oldi-sotdisi2.6. Kafolat xizmati Bank kafolati, kafillik, aval
3. Hisob-kitoblarni amalga oshirish ehtiyoji3.1. Hisob-kassa xizmati Hisob scheti, valyuta scheti, bank kartalari, akkreditiv,
inkasso, to’lov topshiqnomasi, o’tkazmalar, pul cheklari3.2. To’lov instrumentlari emissiyaxizmati
Veksellar; zakladli, hisob-kitobli va yo’l cheklari
3.3. Turli to’lov tizimlariga kirishxizmati
Western Union o’tkazmalari; Contact o’tkazmalari
4. Saqlash ehtiyoji4.1. Seyflar ijarasi xizmati Individual bank seyfi (yacheyka)4.2. Depozitariy xizmati Depo hisobini yuritish4.3. Reyestr ushlovchi (registrator)xizmati
Qimmatli qog’ozlar egasi reyestrini yuritish
5. Axborotga, maslahatga bo’lgan ehtiyoj5.1. Maslahat xizmati Maslahat, information ta’minot, tashqi savdo
shartnomasini huquqiy yuritilishi5.2. Baholash xizmati Ko’chmas mulk baholanishi, ta’minot baholanishi,
jumladan qimmatli qog’ozlar ham
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, har bir bank xizmati o’zining
mijozga ko’rsatilayotgan jarayoni davomida bank mahsuloti ishlab chiqarilishiga
sabab bo’ladi. Iqtisodchi olim A.V.Perexojev bank xizmatlarini 5 turga bo’lib
o’rganadi. Ularning har biri mijozlarning qaysi xizmatlarga ehtiyoji mavjudligiga
qarab turlarga ajratilgan. Mijozlarning qo’shimcha resurslarini mobilizatsiya
qilishga bo’lgan ehtiyoj esa ikkinchi o’rinda turuvchi masaladir. To’rtinchi o’rinda
13 В.А.Перехожев. «Конкурентоспособность банковских продуктов на региональном рынке». Автореф. дис.канд. эконом. наук. – СПб., 2014.
13
turgan mijozlar ehtiyoji esa bu qimmatliklarni saqlashga bo’lgan ehtiyojidir:
seyflar ijarasi, depozitariy va registrator xizmatlari aynan shu ehtiyoj uchundir.
Beshinchi pog’onada mijozlarning axborotga bo’lgan ehtiyoji turadi. Biz esa
xizmatlarga tavsif berishda davom etamiz.
2-jadval
Bank xizmatlari turlari tasnifi14
Tasniflashmezonlari
Bank xizmatlari
Iqtisodiy mazmunibo’yicha
Omonot; deposit; ssuda; hisobga oid; hisob-kitob; kassa;investitsion; fond; komission; kafolat.
Risk darajasi bo’yicha Riskli; risksizMablag’larni joylashtirish
tavsifi bo’yichaBirlamchi – bank kreditor sifatida ishtirok etadi (aktiv);ikkilamchi – bank qarzdor sifatida ishtirok etadi (passiv).
Mijozlar tarkibi bo’yicha Yuridik shaxslar; jismoniy shaxslarDaromadlilik darajasi
bo’yichaDaromad keltiradigan; daromad keltirmaydigan
To’lash bo’yicha Pulli; bepul
Muntazamligi bo’yicha Muntazam; nomuntazam
Ko’rsatish usuli bo’yichaBank xizmatlari bilan; bank avtomatlaridan foydalanib –masofaviy; elektron xizmatlar (uydagi bank).
Taqdim qilish vaqtibo’yicha
Tezkor; o’rta muddatli; uzoq muddatli
Hisob-kitob shaklibo’yicha
Naqd pul shaklda; naqd pulsiz shaklda
O’tkaziladigan valyutabo’yicha
Milliy valyutada; chet el valyutasida
Shakli bo’yicha Shartnoma tuzish bilan; shartnoma tuzmasdan.
Murakkablik bo’yicha Ko’p sonli iste’molchilar talab qilishi mumkin bo’lganmahsulot va xizmatlar (hisobvaraq ochish, naqd pulniboshqarish, kliring xizmatlari); bank kadrlarining maxsustayyorgarlik darajasini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarniboshqarish, investitsion xizmatlar); xizmatlardan foydalanishsohasida professional bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar(korporativ moliya sohasidagi xizmatlar, aralash aktivlarniboshqarish); moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy injiniringsohasida maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar.
Bank xizmatlari mijozlar ehtiyojini qondirishiga yo’naltirilganligiga ko’ra:
14 O.Alqoriyev. “Tijorat banklarida moliyaviy xizmat turlarini rivojlantirish yo’nalishlari” i.f.n. diss. avtoref. 2011 y,3-bet.
14
“to’g’ri xizmatlar” (Direct services) bevosita mijozlarning ehtiyojlarini
qondiradi. Masalan, to’lovlarni o’tkazish, hisobvaraq ochish, investitsion xizmatlar;
“bilvosita xizmatlar” (Related services) mijozlarga taqdim etilishi bilan
ularga qulaylik tug’diradigan va foydali bank xizmatlari bo’lib, ularga kliring,
internet benking, SMS benking, konsultatsion xizmatlar, plastik kartochkalar kiradi.
Bank amalga oshiradigan hamma operatsiyalar ham bankka daromad
keltirmaydi. Shunday holatlar ham mavjudki, mijozga xizmat ko’rsatiladi, biroq
unga haq to’lanmaydi. Bu esa xizmat ko’rsatishning bankka daromad
keltirmasligini ko’rsatadi. Biroq amaliyotda ko’pincha bank xizmati daromad
keltiradi: konsalting xizmati yoki bank mahsulotini sotish bilan bog’liq xizmatlar
shular jumlasidandir.
Bank xizmatlarini ko’rsatilish muntazamligiga qarab ular muntazam yoki
nomuntazam xizmatlarga bo’linadi. Bu bank marketingi bilan bog’liq hodisadir.
Bank ba’zi bir xizmatlarni doimiy ravishda mijozlarga taqdim etishi mumkin.
Biroq ba’zi bir xizmat turlarini taqdim qilishni ma’lum davrda cheklab qo’yishi
ham mumkin. Bunda ba’zan mamlakat ichki siyosati, iqtisodiy holati ham ta’sir
ko’rsatadi.
Bank xizmatlari ko’rsatilishiga qarab quyidagilarga ajratiladi: bank
xizmatchilari bilan; bank avtomatlaridan foydalanib – masofaviy; elektron
xizmatlar (uydagi bank). Bu holat yuqorida sanab o’tilgan pulli va bepul xizmat
turlarining amalda mavjud ekanligining yana bir tasdig’i hisoblanadi. Mijozga
bank xizmati qay usulda ko’rsatilishiga qarab xizmat pulli yoki bepul bo’ladi.
Vaqt hamma uchun juda qimmatli tushuncha. Shunday ekan, bank
xizmatining ham shu jihatdan tasnifi juda o’rinlidir. Bu jihatdan bank xizmatlari
tezkor, o'rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.
Hisob-kitob shakli bo’yicha naqd va naqdsiz shaklda bo’ladi. Bu turning
mavjud bo’lishi bugungi kunda bank tizimi qay darajada rivojlanayotganini
isbotlaydi. Zero, naqd pullarning bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish
bo’yicha “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari
15
aylanmasini qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
Prezidentimizning Qarori15 ham buning yaqqol isbotidir.
Har qanday operatsiya shartnomasida shu operatsiya o’tkaziladigan valyuta
ko’rsatilib o’tiladi. Bu o’sha mamlakat milliy valyutasi yoki chet el valyutasi
bo’lishi mumkin. Tijorat banklari ham o’z bank xizmatlarini mijozlariga shu
nuqtai-nazardan milliy yoki chet el valyutasida taqdim etadilar.
Bank xizmatlarini taqdim etishda ikki xil shakldan foydalanish mumkin. Biri
xizmatni ko’rsatishdan oldin bank va mijoz o’rtasida shartnoma imzolanishi bo’lsa,
ikkinchisi xizmatni hech qanday shartnomasiz ko’rsatilishidir.
Bank xizmatlari murakkablik darajasiga qarab turlicha turlarga bo’linadi.
Masalan, ko’p sonli iste’molchilar talab qilishi mumkin bo’lgan mahsulot va
xizmatlar (hisobvaraq ochish, naqd pulni boshqarish, kliring xizmatlari); bank
kadrlarining maxsus tayyorgarlik darajasini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarni
boshqarish, investitsion xizmatlar); xizmatlardan foydalanish sohasida
professional bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar (korporativ moliya sohasidagi
xizmatlar, aralash aktivlarni boshqarish); moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy
injuring sohasida maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar.
Bank xizmatlarini turli jihatdan turlarga ajratish ular xususiyatlaridan kelib
chiqib amalga oshiriladi. Ularni turlarga bo’lib o’rganish esa ular bilan kengroq
ma’noda tanishishga imkon yaratadi. Mijoz o’ziga xizmat ko’rsatayotgan bank
xizmatlari turlari bilan qancha ko’p tanish bo’lsa, shuncha ko’p turidan foydalanadi.
Bu yana bank mijozi son jihatdan ko’payishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bank
o’zi ishlab chiqqan reklamadan ko’ra PR16 tezroq va samaraliroq ishlashini
ko’pchilik marketologlar tasdiqlashgan.
Xizmatlar va operatsiyalar ko’payishi banklarda boshqa rivojlangan
mamlakatlar banklarida singari investitsion, konsalting, aktivlarni boshqarish,
hamda Internet texnologiyalaridan keng foydalanishni taqazo etmoqda.
Birinchidan telekommunikatsiyalarning rivojlanishiga alohida e’tibor
15“Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasidagi qo’shimchachora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 15.04.2005y. № PQ-57. Qonun hujjatlarima’lumotlari milliy bazasi, www. lex.uz16 Sh.To’laganova, U.Boymatova. “Marketing asoslari”. T: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012. 18-bet.
16
qaratilmoqda. Doyche bankning rivojlanish bo’limi boshlig’i X.D. Shultse-
Kimmlening Germaniyada o’tkazgan tadqiqotlariga asosan telefona, telefaks va
teletekslarni bank xizmatlarini ko’rsatishdagi ulushi oshib bormoqda.
Ikkinchidan, mijozlarga aktivlarni boshqarish bo’yicha konsultativ
(maslaxat)xizmat, sug’urta va mulkni boshqarish xizmatlari kengaymoqda.
Uchinchidan, mijozlarning bank xizmatlari sifatiga talablari oshmoqda.
M. Nayt tadqiqotlari natijasiga ko’ra, Evrope bankirlari ish vaqtining 30%
xatolarni to’zatishga ketadi. Uning fikricha bank xizmatining sifati mijozlar
kutishini oqlash va undan o’zishda.
Bank mahsulotlarini o’ziga xosliklari:
• amortizatsiyaga tortilmasligi ;
• mahsulotni patentlashtirish zarurati yo’qligi;
• taklif etilayotgan mahsulotlar bir xilligi;
• bank va soliq qonunchiligiga bo’ysunishi;
• mahsulotlar bevosita bank mijozlariga taklif etilishi.
S. de Kusserg fikricha bank mahsulotining xayot tsikliga quyidagi fazalar
kiradi:
• birinchi faza – bank oborotiga kiritilishi, savdo hajmi tez ortishi bilan
belgilanadi;
• ikkinchi faza – o’sish, savdo hajmi barqarorlashadi va banklar o’rtasida
oxirgi iste’molchi uchun ko’rash keskinlashadi, mahsulotni takomillashtirish;
• uchinchi faza – pasayish, ushbu faza mijoz va bank o’rtasida
hamkorlikning odatiy shakllari saqlangani bois o’n yillarga cho’zilishi mumkin.
Kundan kunga o’zgarib borayotgan mijozlarning talablari bank xizmatlarini
sotish kanallarini o’zgartirish muhimligini talab qilmoqda. Statsionar xolatda bank
xizmatlarini ko’rsatish yanada kuchayib bormoqda, chunki mijoz mazko’r
xizmatlarni kompyuter, uyali aloqa, faks orqali olish imkoniyatiga ega. Hujjatlarni
qog’oz shaklida emas, balki raqamli tashuvchilarda saqlash va o’zatish yanada
keng tarqalmoqda.
Bank xizmatlari rivojlanishida yanada kuchli ahamiyat kasb etuvchi omil
17
bo’lib xavfsizlik masalasi hisoblanadi. Ayniqsa mamlakat, siyosiy, valyuta risklari
yanada kuchaymoqda. «Domino effekti» 1997-98 yillarda bo’lib o’tgan Janubiy-
Sharqiy Osiyoda yuz bergan inqirozda yanada ko’zga tashlandi. Kundalik valyuta
operatsiyalarining hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng bo’lganda faqat 5%ga teng,
qolgani esa shubxali spekulyativ operatsiyalarga to’g’ri keladi.
Bank xizmatlari rivojlanishida alohida e’tibor banklarning o’zini
universallashuv va ixchamlashuvi ko’zatilishini ta’kidlab o’tish lozim. Bank
muassasini universalligi bugungi kunda bank portfelida mavjud barcha xizmatlar
portfelini dunyoning qaysi burchagida bo’lishdan qat’iy nazar olish imkoniyatini
bildiradi. Mazko’r xizmatlarni rivojlantirishda global filiallar tarmog’ini
rivojlantirish va vaqillik xisob-varaqlarini rivojlantirish Bilan belgilandai.
Evropadagi ABN AMRO Bank(Gollandiya), Doyche bank (Germaniya) va 1900
ta bo’linmaga teng filiallar tarmog’i va 4000 yaqin banklarda vaqillik hisob
varaqlariga ega.
Bank xizmatlari bank tadbirkorligining bank daromadlarini oshirishga va
xususiy, korporativ banklar, shuningdek, iqtisodiyotning talablarini qondirishga
yo’naltirilgan an’anaviy sohasi bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda milliy bank
tizimimiz bir qancha muammolarga duch kelmoqda va shulardan biri etarli
darajada ko’rib chiqilmagan bank xizmatlari nazariyasini rivojlanishi bilan bog’liq.
Shu maqsadda bank xizmatlari tushunchasini bank operatsiyasi va bank mahsuloti
tushunchalaridan farqi aniqlashtirildi.
Bank mahsuloti – resurslarni jalb qilish, mijozlar faoliyati samaradorligini
oshirish maqsadida ularning talabini qondirish uchun bank tomonidan yaratilgan
o’zaro chambarchas bog’liq bank operatsiyalari va xizmatlari majmuasi. Masalan,
iqtisodiy bitimlar uchun kredit, to’lov va valyuta xizmatlarini ko’rsatish. Xorij va
milliy zamonaviy adabiyotlarini o’rganish ko’p hollarda tenglashtiriladigan
“kreditlashtirish” va “moliyalashtirish” tushunchalarini farqlash zaruriyati
muammosini yana bir karra ko’rib chiqish uchun asos bo’la oladi. Milliy iqtisodiy
fanlarda “moliyalashtirish” subsidiyalashning qaytarib bermaslik sharti asosida va
“kreditlashtirish” ssuda kapitalini kreditordan qarz oluvchiga qarab
18
ta’minlanganlik, muddatlilik, qaytaruvchanlik va to’lovchanlik shartlari asosidagi
harakati kabi ajratilar edi. Bank xizmatlarining jahon bozori rivojlanishi
tendentsiyalarini umumlashtirishga asoslangan holda xizmatlar sifatini bankni
mijozlar bilan muloqotini soddalashtirishga, hujjatlar aylanmasi hajmini
kamaytirishga va operatsion xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi mijozlarga
telekommunikatsion xizmat ko’rsatishning rivojlanishiga bog’liqligi haqida xulosa
qilish mumkin. Korporativ va xususiy mijozlarga ko’rsatilayotgan konsalting
xizmatlari ham dolzarblik kasb etdi.
Bank xizmatlari bozorini rivojlanishining yangi aspekti uni milliy va
xalqaro miqyosda ixtisoslashuvi, shuningdek, xizmatlar portfelining yuqori
sifatiga asoslangan yirik transmilliy banklari faoliyatining universallashuvi va
globallashuvi bo’ldi. Shu bilan birga, taxminimizcha, xizmat ko’rsatish tizimlari
diversifikatsiyasi tarmog’ida filiallar va bo’limlar restrukturizatsiyasi kelajakda
xorij banklarining muammolaridan biri bo’ladi.
Bank xizmatlari bozorining ahamiyatli tomonlari bir qator omillar
yordamida aniqlanadi. Bo’lar quyidagilar: rivojlangan bank infrastrukturasi,
nobank moliya institutlarini kuchaytirish, jahon ssuda kapitali bozorida transmilliy
banklarining etakchiligi, ilg’or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish. Bank
xizmatlari bozorining xususiyatlariga uni tashqi savdoga xizmat ko’rsatishga
moslashishi, turli moliyaviy instrumentlar shakllardagi risklar savdosi bo’yicha
qarz majburiyatlarining ikqilamchi bozorining mavjudligi kiradi. Qarz
majburiyatlarining ikqilamchi bozori, o’z navbatida, investitsion bank xizmatlari
bozorini rivojlantirishga ko’mak beradi.
Mamlakatimizdagi bank xizmatlari bozorini globallashuvi sharoitida va
yirik banklarning ustun holatida bank xizmatlari, aktivlari va hisob-kitoblarni
o’tkazish uchun etarli likvidli mablag’lar zahirasini, hisob-kitoblar to’lov tizimiga
to’g’ridan-to’g’ri kira olishni, kat’iy valyutada konversion operatsiyalarni
to’siqlarsiz o’tkazish imkoniyatini ta’minlovchi kapital ko’proq afzalliklarga ega
bo’ladi.
19
Taklif etilayotgan xizmat narxini o’rnatayotganda, tijorat banklari mijoz
bank aktsioner bo’lishi yoki bo’lmasligidan kat’iy nazar, bir xil yondoshishlari
kerak. Tijorat banklari taqdim etgan xizmatlari uchun olinadigan foyda me’yori
yuqoridagilarga bog’liq holda ajratiladi. Shunday qilib, korxonani kreditlagani
uchun bank tomonidan olinadigan foiz jalb qilingan mablag’larni o’zlashtirish
jarayonidan olingan foyda normasidan ortmasligi kerak. Turli mutaxassislar
tomonidan ko’rib chiqilgan narxni shakllantirishni tahlili asosida quyidagilar
aniqlandi:
jalb qilingan pul mablag’larining qiymati;
banklarning “ishlamaydigan” aktivlari (kassadagi, korrespondent
schyotlardagi, Markaziy Bankdagi majburiy zahira fondlaridagi pul mablag’lari,
ko’chmas mulk, immobilizatsiya qilingan mablag’lar);
bank xizmatlarining ichki qiymati aniqlovchi va bank xizmatining ichki
qiymat koeffitsienti orqali bank xizmati narxiga kiruvchi, umumbank xarajatlari;
inflyatsiya va bank risklari.
Yuqorida aytib o’tilgan narxni shakllantirish omillari o’z mohiyatiga ko’ra,
bank xizmatlarining barcha turlariga nisbatan qo’llash mumkin. Ko’rsatilayotgan
xizmatlar turiga bog’liq ravishda bank xizmati narxini shakllanishiga u yoki bu
omilning ta’siri ortadi yoki kamayadi.
Bu zamonaviy xizmat turlari er qurrasining xohlagan joyida bank hisob-
kitoblarini o’tkazishga imkon beradi, mutaxassilar fikriga ko’ra bugungi kunda
Evropa mamlakatlaridagi jami bank xizmatlarining 25%i internet orqali amalga
oshiriladi. Uyali telefon orqali amalga oshiriluvchi mobil banking xizmati
Evropada kelajakda bank xizmatlarining 40%ini tashkil etishi kutilmokda.
Banklarning internetdan foydalanishlari orqali quyidagi yangi imkoniyatlar
paydo bo’ladi:
- aholini savdoga jalb qilib katta miqdordagi qo’shimcha mablag’larni jalb
qilish;
- o’zlarining kredit va qimmattli kogozlar portfelini diversifikatsiya qilish
o’ta soddalashtirish;
20
- operatsiyalarning yuqori tezlikda amalga oshirilishi;
- mijozlarga o’z hisob raqamlarini ular xoxlagan joydan turib boshkarish
tizimini yaratish orqali, qo’shimcha mijozlarni jalb qilish;
- konvertatsiya operatsiyalarini xoxlagan vaqtda va xoxlagan valyutada
amalga oshira olishlari;
- xodimlarga xujjatlarni rasmiylashtirish uchun ajratiladigan mablag’larni
saqlab kolish va ularni boshqa aktiv operatsiyalarga sarflash va boshqalar.
Bundan tashkari banklar o’z daromadlarini keskin oshirishlari mumkin. Chet
eldagi statistikaga binoan, banklar daromadlarining 30 % idan ortigi internetdan
savdo tizimlariga chiqib turib, u erda spekulyativ operatsiyalarni amalga
oshirishdan kelar ekan. Banklarning ichki bozorga tobeliklarini kamaytirish
deganda aynan mana shu narsa nazarda tutiladi, ya’ni O’zbekiston banklari chet
elga chiqib, u erda spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin va bu
orqali ichki bozor nostabilligidan qutilishi mumkin yoki uning ta’sirini iloji
boricha kamaytirishlari mumkin. O’zbekiston qimmattli kogozlar bozorini olib
karaydigan bo’lsak, bizning banklar uchun bu imkoniyatlar ancha cheklangan,
lekin bu imkoniyatlarni chet el bozorlariga chiqish orqali amalga oshirish mumkin.
Lekin bu narsani hozirgi kunda tuxtatib turuvchi narsa bu – konunchilikning ishlab
chiqilmaganligidir. Bundan tashkari, bu yo’l orqali O’zbekistonda mavjud bo’lgan
pul mablag’larining chet elga ketib qolishini ko’zatishimiz mumkin bo’ladi.
Shuning uchun O’zbekiston hududida yaratilgan va yaratilayotgan savdo tizimlari
ishlash texnologiyasini takomillashtirish orqali xuddi yuqoridagidek natijaga
erishishimiz mumkin. Buning uchun butun jahonda mavjud bo’lgan amaliyotdan
foydalanishimiz zarur bo’ladi.
1.2. Bank xizmatlari bozori va uning tarkibiy tuzilishi
Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar soni
oshib borishi mijozlarga qulayliklar yaratishi va bank xizmatlarining sifatiga qarab
mijozlarni bankni tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko’rsatiladigan xizmatlar tijorat
banklari uchun ma’lum miqdorda daromad olib kеladi. Kеyingi yillarda bank
21
xizmatlarining turlari va miqdori o’sib, bu soha bank faoliyatining sеzilarli
yo’nalishiga, ular daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda.
O’zbеkistonda tijorat banklari faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, bank
daromadida asosiy o’rinni har xil xizmatlardan kеladigan tushumlar tashkil qiladi.
Bank xizmatlarini rivojlanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. An’anaviy;
2. Noan’anaviy.
Banklarning ana’naviy xizmatlarini quyidagi rasmdan ko’rish mumkin.
Depozit xizmatlari Hisob-kitobxizmatlari
Kreditxizmatlari
An’anaviyxizmatlar
1–rasm. Banklarning an’anaviy xizmatlari17.
Tijorat banklarining an’anaviy bank xizmatlariga banklarning tashkil topishi
bilan mijozlarga ko’rsatilib kеlinayotgan bank xizmatlari kirib, barcha banklarga
xos xizmatlar hisoblanadi. Ya’ni, tijorat banklarining krеditlash opеratsiyalari va
dеpozit opеratsiyalari anan’aviy xizmatlarning asosini tashkil etadi.
Noan’anaviyxizmatlar
Konsaltingxizmati
Internetbankingxizmati
Boshqaxizmatlar
Sek’yuritizasiya
xizmatlari
Kafolatxizmati
Moliyaviyaktivlarniboshqarishxizmatlari
2–rasm. Banklarning noan’anaviy xizmatlari18.
Banklarning noan’anaviy xizmatlariga biz odatda banklar faoliyatiga endi
17 Николаева Т.П.Банковский маркетинг: учебно-методический комплекс- М: изд. Центр ЕАОИ. 2015 – 224 с18 Николаева Т.П.Банковский маркетинг: учебно-методический комплекс – М: изд. Центр ЕАОИ. 2015 – 224с
22
kirib kеlgan bank xizmatlarini kiritishimiz mumkin. Bunday xizmatlar banklararo
raqobatning rivojlanishi, kompyutеr tеxnologiyalarining banklar ko’rsatayotgan
xizmatlarga joriy etilishi natijasida joriy qilingan xizmatlar hisoblanadi.
Tijorat banklarining noan’anaviy xizmatlari bank mijozlariga ko’plab
qulayliklarni yaratishi bilan bir qatorda banklar tomonidan ko’rsatiladigan
xizmatlar sifatini oshishiga va bank xizmatlari turlarini oshib borishiga bеvosita
ko’maklashadi.
Yangi bank xizmatlarini amalga oshirishda mijozning bankka bog’lanish
kanaliga qarab :
Tеlеfon banking – statsionar tеlеfonning tonal xizmati yoki bankning Call-
cеntri orqali o’z hisobraqamini boshqarish.
RS banking – shaxsiy kompyutеr modеmi va “Bank-mijoz” dasturi orqali
o’z hisobraqamini boshqarish.
Vidеo-banking – “Infokiosk”lar va vidеokonfеrеnsiyalar orqali o’z
hisobraqamini boshqarish.
Mobil banking – mobil tеlеfon orqali o’z hisobraqamini boshqarish.
Intеrnеt-banking – shaxsiy kompyutеr va intеrnеt tarmog’i orqali o’z
hisobraqamini boshqarish.
ATM banking – bankomatlar orqali o’z hisobraqamini boshqarish.
Intеraktiv tеlеvizion banking – zamonaviy tеlеvizor va intеrnеtdan
foydalangangan holda o’z hisobraqamini boshqarish.
WAP-banking – mobil tеlеfon va intеrnеt tarmog’i orqali o’z hisobraqamini
boshqarish.
SMS-banking – qisqa xabarlar orqali o’z hisobraqamini boshqarish.
STK-banking – mobil tеlеfon sim-kartasiga o’rnatilgan maxsus dastur
orqali boshqarish (bunda aniq mobil tarmoq opеratoriga bog’liq bo’ladi).
Java-banking – mobil tеlеfon o’ziga o’rnatilgan maxsus dastur orqali
boshqarish (bunda mobil tarmoq opеratoriga bog’liq bo’lmaydi).
NFC-banking (Near Field Communication) – 5-10 sm oralig’ida
ishlaydigan radiotarmoq orqali foydalaniladi. Bunda maxsus chip sotuvchining
23
tеrminalida joylashtiriladi va mijoz to’lovni o’tkazmoqchi bo’lganida o’z mobil
tеlеfonini ushbu tеrminalga yaqinlashtiradi, maxsus idеntifikatsion raqamlarni
tеradi va to’lovni amalga oshiradi.
Bu tеxnologik yangiliklarning kiritilishi banklarning ichki tеxnologiyalarining
ayrimlarini qayta tashkil etilishiga olib kеldi. Bular eng avvalo, ma’lumotlarni
qayta ishlash, hodisalarni onlayn va opеrativ kuzatish borasida kеchdi. Bunda
alohida bank tomonidan o’rnatilgan bankomatning bo’limi uning obro’siga katta
putur yetkazishi mumkindir. Bu esa uning boshqa banklar bilan raqobatiga salbiy
ta’sir ko’satadi.
Intеrnеt-banking, koll-banking va boshka turli xizmatlarni kiritish ham bank
ichki tеxnologik holatiga katta talablar qo’yadi. Bunday xizmatlar hamma
banklarning cho’ntagiga va yelkasiga to’g’ri kеlmaydi. Bankning barcha
bo’limlarining bosh ofis bilan onlayn tizimida ishlashi bugungi kun talabidir.
Busiz bankning ritеyl sohasida shakllanishi va rivojlanishi haqida gapirib ham
bo’lmaydi.
Bank xizmatlarini turli mеzonlar bo’yicha tasniflash mumkin: Jumladan:
a) mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilishi jihatidan:
- bevosita xizmatlar (direct dervices), bеvosita mijozlarning ehtiyojlarini
qondiradi masalan, to’lovlarni o’tkazish, hisobvaraq ochish, invеstitsion xizmatlar;
- bilvosita xizmatlari (related services), mijozlarga taqdim etilishi bilan
ularga qulaylik tug’diradigan va foydali bank xizmatlari bo’lib, ularga (kliring
xizmatlari, hom-banking, maslahat xizmatlari, plastik kartochkalar),
Tijorat banklarining xizmatlari tobora kеngayib, sifati yaxshilanib bormoqda,
yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun raqobatlashmoqdalar. Banklar
tomonidan kеng ko’lamli xizmatlarning ko’rsatilishi, bankning mijoz uchun
ishlashi bugungi kunning talabidir. Shunday ekan mijozlar manfaati ko’zlangan
hamda bank uchun daromad kеltiradigan dasturlar, tadbirlar uyushtirish, har bir
moliyaviy xizmatning tub mohiyatini, foydali va zararli tomonlarini mijozlarga
tushuntirib bеrish bilan shug’ullanuvchi bank bo’limlari faoliyatini joriy etish
kabilar maqsadga muvofiq dеb o’ylaymiz. Moliyaviy xizmatlarni kеng doirada olib
24
borish banklar uchun daromad manbayini kеngaytiradi va ularni zamonaviy bank
darajasiga olib chiqadi.
Tijorat banklarining xizmatlari miqdoriy tavsifi xizmatlar soni, ularning
ko’lami va doirasi bilan bеlgilansa, bank xizmatlarining sifat tavsifi xizmatlar sifati,
tеzkorligi va aniq adrеsli amalga oshirilishi, bu xizmatlardan mijozlarning
qanoatlanish darajasi bilan ifodalanadi. Tijorat banklari xizmatlari miqdoriy va
sifat tavsifi hamda uning samaradorligi ular tomonidan baholash sohasidagi olib
borilayotgan siyosat bilan uzviy bog’liqdir. Turli bank xizmatlarini ko’rsatish bilan
bog’liq harakatlarini shu jumladan, ushbu xizmatlar uchun asoslangan baholarni
aniqlash yordamida tijorat banklari uchun bozorning o’zgaruvchan konyukturasiga
moslashish imkoni tug’iladi. Bank xizmatlari baholarini boshqarish zamonaviy
sharoitda tijorat banklarining kundalik faoliyatida birinchi darajali ahamiyat kasb
etmoqda. Shu bilan birga bank xizmatlarini baholashning mavjud mеxanizmini
tadqiq etishni, bank xizmatlari bahosining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlash muhimligi kеlib chiqadi.
Bank xizmatlari bahosini shakllanishiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi.
Birinchi navbatda u O’zbеkiston Rеspublikasi bank tizimini rivojlanishi va bank
kapitalining shakllanishi bilan bog’liq.
O’zbеkiston Rеspublikasining zamonaviy bank tizimi jahon bank amaliyoti
an’analariga mos ravishda shakllantirilgan. U mamlakat iqtisodiyoti faoliyatida
muhim o’rin egallaydi. Chunki uning vositasida pul kapitalining tarmoqlararo
taqsimoti amalga oshiriladi. O’zbеkiston Rеspublikasining mustaqil bank tizimi
XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar boshida shakllantirildi. Ushbu jarayonning
ajralib turuvchi ahamiyatli tomoni shundaki, u banklar paydo bo’lishi bilan birga
turli xil asosga egaligidir. Banklarning bir qismi ixtisoslashgan davlat banklari
asosida, yana bir qismi yangitdan shakllandi. O’zbеkistonda banklar kapitalining
shakllanishi o’ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, bank kapitali shakllanishiga
ustuvor ahamiyat bеrilayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida O’zbеkiston
Rеspublikasida bank kapitalining boshlang’ich jamg’arilish jarayonida byudjеt
mablag’lari, markazlashtirilgan ssudalar, davlat kafolatlari, hukumat dasturlari
25
orqali moliyalashtirsh kabi arzon rеsurslar manba bo’lib xizmat qilgan. Lеkin bu
manbalardan faqat chеklangan doiradagi banklar foydalanish huquqiga ega bo’lgan.
Shuni ta’kidlab o’tish kеrakki, bugungi kundagi tijorat banklarining bozor
iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bog’liq davlatning invеstitsion siyosatini amalga
oshirishda faol ishtirok etishlari asosiy masalalardan biri bo’lib qoladi. Shuni yana
bir ta’kidlab o’tmoqchimizki, banklararo raqobat sharoitida eng asosiy e’tiborga
moliya masalalardan biri bank xizmatlari bahosini to’g’ri tanlashdan iboratdir. Bu
borada manfaatlar mushtarakligi muhim hisoblanadi. Amalga oshirilgan bitimlar
va ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy bahosi banklarning tijorat siri hisoblanib
kеng ommaga oshkor qilinmaydi. Bugungi kunda asosiy bank xizmatlari bahosi
optimal darajada dеb bo’lmaydi.
Bunga sabab:
- bank alohida mijozlar bilan qiziqishi;
- bank aniq bir maqsadli stratеgiyani ushlab turadi;
- bank o’z xarajatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas va bozorda
shakllangan narxlarga qarab narxlarni bеlgilaydilar;
- tijorat banklaridagi mеnеjmеntning past darajasi;
- taklif qilinayotgan krеdit foizlari haqiqatdagi foiz stavkalariga mos
kеlmasligi;
- turli ichki va tashqi sabablar tufayli taklif qilingan krеditning qaytmaslik
riskini yuqori darajasining mavjudligi, bеrilgan krеditlar ta’minoti hajmi va
turining har xilligi.
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining holatiga va joriy tarkibiga
bog’liq holda ularning boshqaruvchilari asosiy yoki bir nеchta muqobil baho
stratеgiyalarini tanlaydilar. Bunda tijorat banklarining turli omillarga, bank
xizmatlari bozori konyukturasiga va tijorat bankining moliyaviy holatiga qarab
turli maqsadlari bo’lishi mumkin.
Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan bajaradigan xizmatlar soni oshib
borishi mijozlarga qulayliklar yaratishi va bank xizmatlarining sifatiga qarab
mijozlarni bankni tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar tijorat
26
banklari uchun ma’lum miqdorda daromad olib keladi. Keyingi yillarda bank
xizmatlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli
yo‘nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda desak
yanglishmagan bo’lamiz. Yuqorida aytib o’tilgan uslublarda namoyon bo’lgan
tahlilning barcha yo’nalishlarini quyidagicha tasvirlash mumkin:
3-rasm. Tijorat banklari xizmatlaridan kеladigan daromad shakllanishiningtahlili uslublari19
Bank faoliyatini daromadlilik nuqtai nazaridan tahlil qilish krеdit va foiz
siyosatini shakllantirish, kam daromadli opеratsiyalarni aniqlab, tijorat
banklarining sеzilarli daromadlar olish imkonini bеruvchi takliflarni ishlab chiqish
asoslarini yaratadi.
Bunday boshqaruvning yakuniy maqsadi eng yuqori daromad olishdir.
Tijorat banklari faoliyatida sifat tavsifi mеnеjmеnt va unga ta’sir qiluvchi
omillar tahliliga bog’liq. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida bank
xizmatlari spеktori xilma-xil, ko’lami kеngdir. Banklararo raqobat kurashi
sharoitida bank xizmatlarini tanlash avvalambor mijoz uchun uning sifati, to’liqligi
19 Гимранова О. Финансово-кредитные институты как фактор экономического развития. Девятнадцатыемеждународные Плехановские чтения, тезисы докладов, Ташкент: 2016
Dаrоmаdning strukturаviy
elеmеntlаri (dаrоmаdlаr vа
xаrаjаtlаr) tаhlili
Fоiz mаrjаsi tаhlili Fаоliyatning bаrchа
turlаridаn оlingаn
dаrоmаdlаrni vеrtikаl vа
gоrizontаl tаhlili
Chоrаk vа yillаr bo’yichаdaromadlilik
ko’rsаtkichlаriningdinamik qatorini bаhоlаsh
Тijоrаt bаnkixizmаtlаridаn
dаrоmаdi
Dаrоmаdlilikningmоliyaviy таhlili
Dеkоmpаzitsiоn таhlili
Dаrоmаdlilik dаrаjаsinixоrij ko’rsаtkichlаri bilаn
sоlishtirish таhlili Dаrоmаdlilik
ko’rsаtkichlаri таhlili
27
va tеzkorligi hamda bahosiga bog’liq bo’lsa, bank uchun asosiy e’tibor xizmat
turlarining jozibadorligiga erishish, har bir xizmat turining samaradorligi va
pirovard natijada oladigan daromadini oshirish maqsadida mijozlarni jalb etishdan
iboratdir. Har bir xizmat turining samaradorligi o’z navbatida bozor konyukturasi,
ushbu xizmat turiga bo’lgan talab hamda uning sifatiga to’liq bog’liq ekanligi davr
talabi bo’lib qoldi.
1- bob bo’yicha xulosa
1. Amaliyotda turli nuqtai-nazarlar mavjudligi bois tijorat banklari xizmatlari,
opеratsiyalari va mahsulotlarini tavsiflash va ularning turlarini tasniflash borasida
yagona yondashuv mavjud emasligi aniqlandi va shartli qator mеzonlar (bank
xizmatining iqtisodiy mazmuni, risk darajasi, mablag’larni joylashtirish tavsifi,
mijozlar tarkibi, daromadlilik darajasi, to’lash, muntazamligi, ko’rsatish usuli,
taqdim qilish vaqti, hisob-kitob shakli, o’tkaziladigan valuta, shakli, murakkablik
darajasi kabi) bo’yicha tasniflandi.
2. Ushbu bobda bank xizmatlari, opеratsiyalari va mahsulotlari tushunchalari
o’rganildi va uni iqtisodiy mohiyatini tavsiflovchi mеzonlar asoslab bеrildi. Bank
xizmatlari turlari o’rganildi va ularni o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Ya’ni,
an’anaviy va yangi bank xizmatlari ko’rib chiqildi. Xizmatlar bozorida banklarning
xizmatlar ko’rsatish amaliyotiga xos bo’lgan tеndеnsiyalari aniqlandi.
3. Rеspublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning
moliya bozoridagi monopol mavqеyiga barham bеrish imkonini bеradigan alohida
qonunning mavjud emasligi sog’lom raqobat muhitni shakllantirishga to’sqinlik
qilmoqda.
Fikrimizcha, bank xizmatlari yangi xizmatlarni taklif etish va ularning sifat
xususiyatlarini yaxshilash yo’li bilan mijozlarni jalb etishga qaratilgan.
28
2- BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK XIZMATLARI
BOZORINI AMALDAGI HOLATI TAHLILI
2.1. Respublikamiz tijorat banklari xizmatlar bozorini tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida mamlakatimizda banklar barcha
strategik bank mahsulotlarini qamrab olgan 170 ga yaqin moliyaviy xizmat
turlarini mijozlarga ko’rsatmoqdalar. Shu bilan birga, mavjud salohiyat, xizmatlar
ko’rsatish va servis sohasini jadal sur’atda rivojlantirish imkoniyatlari to’liq ishga
solinmaganligi, mamlakat hududlari bo’yicha aholiga xizmat ko’rsatish darajasi va
sifatida sezilarli farqlar borligi, qishloq aholisiga xizmatlar ko’rsatish tizimi ham
o’sib borayotgan talablarga javob bermayotganligi va boshqa mummolarni hal
qilish maqsadida respublikamizda ishlab chiqilgan «2011-2015 yillarda respublika
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori
xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari Dasturi» tijorat
banklariga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada
oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli moliyaviy xizmat turlari ko’rsatish,
iqtisodiy o’sishni ta’minlash va aholi, birinchi navbatda, qishloq joylarida bandlik
masalasini hal etishda xizmatlar ko’rsatish sohasining rolini kuchaytirishga
imkoniyatlar yaratadi.
Tijorat banklari tomonidan depozit va omonatlarning yangi turlarini
muntazam ravishda joriy qilish, tijorat banklarida aholidan jamg’arma va muddatli
depozitlarni qabul qilish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish kabi
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholi va xo’jalik sub’ektlarining tijorat
banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish; tijorat banklari
tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul
bozorida joylashtirish; bank infratuzilmalari, xususan, mini-banklar va maxsus
kassalar tarmog’ini kengaytirish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish orqali
bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish; axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash orqali bank xizmatlarining sifatini
yanada yuksaltirish va ko’lamini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga
29
oshirish, shu jumladan, respublikaning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarga internet-banking bo’yicha xizmatlar ko’rsatilishi borasidagi
vazifalarning bajarilishini ta’minlash; bank plastik kartochkalaridan foydalangan
holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada kengaytirish; banklardan
tashqarida joylashgan va xavfsizligi ta’minlangan idora va tashkilotlar, yirik
supermarket binolarida bank infokiosklari tarmog’ini kengaytirish kabi tadbirlar
amalga oshiriladi.
Banklarda omonatlar hajmining muttasil o’sishini ta’minlash maqsadida
ommaviy axborot vositalarida aholi va xo’jalik yurituvchi subektlarining
mablag’larini banklardagi depozitlarga joylashtirish bo’yicha shakllantirilgan
kafolatlar tizimi, yaratilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni keng targ’ib
qilish ishlari davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o’rtasidagi
raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko’lamining
oshishiga xizmat qilmoqda.
4-rasm.O’zbekiston Respublikasida 2018 yil 1 yanvar holatiga ko’ra
faoliyat yuritayotgan banklar20
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda 28 ta tijorat banki
faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 3 tasi davlat-tijorat banki, 12 tasi
20www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
30
aktsiyadorlik-tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali
ishtirokidagi banklar hisoblanadi.
Hisobot yili davomida tijorat banklari filiallari soni 7 taga ortib, ularning
umumiy soni 862 tani tashkil etdi. 2018 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari
tarkibidagi mini-banklar soni 980 tani, bankdan tashqari operatsion kassalar soni
2861 tani, valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 915 tani, xalqaro pul
o’tkazmalari shoxobchalari 1012 tani hamda sayyor kassalar soni 2157 tani tashkil
etdi.
Bank infratuzilmalari, xususan, mini-banklar va maxsus kassalar tarmog’ini
kengaytirish bank xizmatlarin ko’rsatish imkoniyatini oshiradi va mijozlar
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tijorat banklari tomonidan depozit va omonatlarning yangi turlarini
muntazam ravishda joriy qilish, tijorat banklarida aholidan jamg’arma va muddatli
depozitlarni qabul qilish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish kabi
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholi va xo’jalik sub’ektlarining tijorat
banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish; tijorat banklari
tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul
bozorida joylashtirish;
Shuningdek mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan
bank xizmatlarini rivojlantirishga ushbu tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan
huquqiy asosni va erishilgan natijalarni misol kilib keltirish mumkin.
2017 yil mobaynida mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini
tubdan yaxshilash, xususan, omonatlarning yangi va mijozlar talablariga mos
jozibador turlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
2017 yil yakuniga ko’ra tijorat banklari tomonidan jalb etilgan
depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilga nisbatan 60,1 foizga oshib, 58,7 trln.
so’mni tashkil etdi21.
Bundan tashqari, tijorat banklari resurs bazasini barqaror manbalar hisobidan
yanada kengaytirib borish maqsadida banklar tomonidan uzoq muddatli
21 www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
31
obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
2017 yilda Fond tomonidan tijorat banklarining muddatli depozit hamda
depozit sertifikatlariga joylashtirilgan qo’yilmalar hisobiga 45,9 mlrd. so’m
daromad olinib (o’rtacha daromadlilik darajasi 8,5 foizni tashkil etgan), 2016 yilga
nisbatan 8,9 mlrd. so’mga oshgan.
Tijorat banklari resurslari tarkibida asosiy o’rinni depozitlar egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jalb etilgan depozitlar
dinamikasi quyidagi rasmda keltirilgan.
5–rasm. Tijorat banklari depozitlari dinamikasi (mlrd. so’m) 22
Shu bilan birga, aholi daromadlarining barqaror o’sib borayotganligi,
aholiga xizmat ko’rsatishning uslub va mexanizmlarining takomillashishi,
omonatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar hamda aholi omonatlari to’liq qaytarilishining davlat tomonidan
kafolatlanganligi tijorat banklari resurs bazasining muntazam ravishda oshib
borishini ta’minlamoqda.
Mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish
va qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining bo’limlari sonini
ko’paytirish ishlari davom ettirildi.
22 www.cbu.uz-O’zbekiston Respublikasi markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
32
Ularning faoliyatini takomillashtirish orqali bank xizmatlaridan
foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng qo’llash orqali bank xizmatlarining sifatini yanada yuksaltirish va ko’lamini
kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan,
respublikaning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga
internet-banking bo’yicha xizmatlar ko’rsatilishi borasidagi vazifalarning
bajarilishini ta’minlash; bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd
pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada kengaytirish; banklardan tashqarida
joylashgan va xavfsizligi ta’minlangan idora va tashkilotlar, yirik supermarket
binolarida bank infokiosklari tarmog’ini kengaytirish kabi tadbirlar amalga
oshirildi.
Banklarda omonatlar hajmining muttasil o’sishini ta’minlash maqsadida
ommaviy axborot vositalarida aholi va xo’jalik yurituvchi subektlarining
mablag’larini banklardagi depozitlarga joylashtirish bo’yicha shakllantirilgan
kafolatlar tizimi, yaratilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni keng targ’ib
qilish ishlari davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, hududlarda aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish
maqsadida doimiy ravishda amaliy seminarlar o’tkazish, ularni bank xizmatlari
bilan tanishtirish, bank mijozlarining huquqiy madaniyati va moliyaviy
savodxonligini oshirish, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va kelib
chiqayotgan mavjud muammolarni baholash muhimdir.
Respublikamizning har 100 mingta katta yoshli aholisiga yil yakuniga
o’rtacha 49,7 ta bank muassasasi xizmat ko’rsatdi, bu esa O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464 sonli Qarori bilan
tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan “yuqori” bahoga muvofiq keladi.
Bank xizmatlari ichida asosiy o’rinni kredit xizmatlari egallaydi. Biz endi
tijorat banklari kredit qo’yilmalari va investitsiya xizmatlarini tahlil qilamiz.
Banklarning umumiy kapitali va depozitlar bazasining yanada
mustahkamlanishi banklarning ichki manbalar hisobiga kreditlash va
33
investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining
yuqori sur’atlarda o’sishini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
6-rasm. Tijorat banklarining aktivlari dinamikasi (mlrd.so’m) 23
Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2017 yilda 2016 yilga
nisbatan 110 foizga oshib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 166,6 trln. so’mga
etdi. Oxirgi yilda bank aktivlarining katta summda oshishiga respublikamizda
amalga oshirilgan islohotlar sabab bo’lgan.
7-rasm. Tijorat banklarining kreditqo’yilmalari dinamikasi (mlrd.so’m) 24
23 www.cbu.uz -O’zbekiston Respublikasi markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi24 www.cbu.uz -O’zbekiston Respublikasi markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
34
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali respublikamiz bank tizimi rivojlanishini
tavsiflovchi indikatorlarga baho beramiz.
3-jadval
O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar dinamikasi25, mlrd. so’m
№ Ko’rsatkichlar 2013 2014 2015 2016 2017
1. Tijorat banklari umumiykapitali 6567,1 6900 7784 9353 20676,1
2. Tijorat banklari bruttodepozitlari 26121,4 28500 35600 44600 58668,5
3. Tijorat banklari bruttokreditlari 26529,9 34800 42685 53379 110572
4. Tijorat banklari bruttoaktivlari 43867,5 55200 65176 80362 166632
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2013-2017 yillarda respublikamiz
tijorat banklarining umumiy kapitali va depozitlarining miqdori yuqori o’sish
sur’atlariga ega bo’lgan. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari tomonidan berilgan
kreditlar hajmining o’sish tendentsiyasini yuzaga keltirgan. Natijda, tahlil qilingan
davr mobaynida respublikamiz tijorat banklarining brutto aktivlari yuqori sur’atda
(3,8 marta) o’sgan. Ya’ni bank kreditlari mamlakatimiz tijorat banklarining
aktivlari hajmidagi salmog’i birinchi o’rinni egallaydi. 2018 yilning 1 yanvar
holatiga, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida
kreditlarning salmog’i 66,4 foizni tashkil etdi. Banklardagi omonatlar hajmining
oshishida aholi real daromadlarining o’sishi hamda bank tizimining barqarorligi
asosiy omil bo’lgani holda, banklardagi omonatlarning to’liq qaytarilishi davlat
tomonidan kafolatlanganligi va ulardan olinadigan foiz daromadlari soliqdan ozod
etilganligi bank depozitlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy
instrumentga aylantirdi.
25 www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida hisoblandi.
35
4–jadvalTijorat banklari kredit qo’yilmalari va bank aktivlarining dinamikasi26
( mlrd. so’mda)
Ko’rsatkichlar 2013 y. 2014 y. 2015 2016 2017
Kredit qo’yilmalari 26530 34809 42700 53379 110572
Bank aktivlari 43868 56223 65200 80362 166632
Kreditlarning bank
aktivlaridagi salmog’i
(%da)
60,5 61,9 65,5 66,4 66,4
Ushbu jadvalda tijorat banklari kredit qo’yilmalari va bank aktivlari
dinamikasi keltirilgan bo’lib, ushbu davrda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan.
Tijorat banklari aktivlari 2013 yilda 43868,0 mlrd. so’mni, 2017 yilga kelib esa
166632 mlrd. so’mni tashkil etgan. Bank kreditlari esa 2013 yilda 26530 mlrd.
so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2017 yilda esa 110572 mlrd. so’mni tashkil etgan.
Shunga mos holda bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi ham yillar
davomida oshib borgan. 2013 yilda bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi
60,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017 yilga kelib esa 66,4 foizga etgan. Bu ijobiy
holat hisoblanib, xalqaro amaliyotda ham bank aktivlari tarkibida kreditlarning
ulushi 60 foizdan yuqori bo’lish aytib o’tilgan.
Bank kreditlarini berishda resurs bazasini o’rganish ham muhim ahamiyatga
egadir. Bank kreditlari depozitlar yoki boshqa manbalar hisobidan ekanligi
o’rganishda kredit hajmining depozitlar hajmiga nisbatan darajasini aniqlash lozim.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tijorat banklarining kredit quyilmalari
depozit mablag’lariga kamroq muhtojligini ko’rsatmoqda. Depozit salmog’i
darajasiga ko’ra Milliy bank, O’zsanoatqurilishbanki, Qishloqqurilishbanki va
boshqa banklar depozitlardan tashqari mablag’lar hisobidan kredit ajaratayotgani
kuzatilmoqda va bu ijobiy holat hisoblanadi.
26 Tijorat banklarining yillik hisobot ma’lumotlari asosida tuzildi.
36
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mamlakat
iqtisodiyotiga ajratilgan kredit quyilmalarining o’sishi qisqa muddatli yoki uzoq
muddatli kreditlar o’sishi evaziga o’zgarishini tahlil etish muhim ahamiyat kasb
etadi. Respublikamiz banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy hajmida
qisqa va uzoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati 2013-2017 yillar davoimda
barqarorligicha qolgan va 2018 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiyoting real sektoriga
yo’naltirilgan kreditlarning 80 foizini investitsiyaviy maqsadlarga yo’naltirilgan
uzoq muddatli kreditlar tashkil etdi.
O’zbekiton Respublikasi bank tizimini yanada isloh qilishda banklar taklif
etadigan xizmat va operatsiyalar turlarini ko’paytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Banklar faoliyatidagi xizmatlar turining ko’payishi banklar daromadini oshishiga
va xususiy va korporativ mijozlar ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shu bilan
birga globalizatsiya sharoitida bank tizimi mukammal rivojlangan Evropa
mamlakatlari bank tizimida xizmat va operatsiyalarni o’rganish zamonaviy moliya-
bank tizimiga integratsiyalashayotgan O’zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb
etadi.
2017 yil yakuni bo’yicha tijorat banklari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar
hajmi 2016 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, ularning jami oliyaviy xizmatlar
tarkibida ulushi 88 foizga etdi.27
2.2. Banklarning yangi xizmatlari va ularning amaldagi holati tahlili
Hozirgi davrda mamlakatimizda innovatsion tеxnologiyalardan
foydalanuvchilar bilan bir qatorda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish
tizimlari (bank-mijoz, intеrnеt banking, mobil-banking, sms-banking)dan
foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda.
Bankning zamonaviy xizmatlari zamon sharoitidan kelib chiqgan holda
bevosita internet va mobil aloqa orqali o’rnatilgan qonun va ishlab chiqilgan
maxsus yo’riqnomalar doirasida o’z mijozlariga xizmat ko’rrsatishdir. Bunga misol
27 www.cbu.uz - O’zbekiston Respublikasi markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
37
tariqasida mamlakatimizda rivojlanayotgan “Internet-banking” va “SMS-banking”
keltirishimiz mumkin.
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotda hisob-kitoblar mexanizmining yaxshi yo’lga
qo’yilishi va uning aniq faoliyat yuritishi - barcha rivojlangan davlatlar
taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi. Har qanday davlatning iqtisodiy
qudratini yuqori samaraga ega bo’lgan pul tizimi va zamonaviy to’lov
mexanizmlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu bilan birga, davlat har qanday
to’lovlarning banklar orqali amalga oshirilishi, ya’ni naqd pulsiz hisob-kitoblar
tizimini kengaytirib borishdan doimiy manfaatdor hisoblanadi. Jumladan,
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonuniga muvofiq
respublikamizda hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish Markaziy
bankning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Bu borada zamonaviy axborot -
kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko’lamda tadbiq etish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bozor munosabatlarining subyektlari o’rtasida hisob-kitoblar mexanizmini
tashkil etish, to’lovlar uzluksizligi va bir maromda o’tishini ta’minlash bozor
iqtisodiyoti faoliyatining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi
qonuni 4-moddasiga muvofiq hozirgi kunda Markaziy bankning yagona banklararo
to’lov tizimi, 28 ta tijorat banklarining ichki to’lov tizimlari, shuningdek, bank
kartalari bo’yicha barcha tijorat banklarini qamrab olgan “UZKART” banklararo
chakana to’lov tizimi, aholidan uyali aloqa xizmati, kommunal va boshqa
to’lovlarni qabul qilish bo’yicha “UZ-PAYNET” to’lov agenlik tarmog’i hamda
“SMS-TO’LOV” chakana to’lov tizimlari faoliyat yuritmoqda.
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda
mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda
barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlar va hisobvaraqlardan
ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
38
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan
plastik kartalarga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini
beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan
holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir.
Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali kiradi. Internet-banking tizimi bankning
veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z
ma’lumotlari (to‘lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish
imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay
sharoitda:
to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga
ulanib o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi, pul o‘tkazmalarini
tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi
hamda plastik kartalarga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS
ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun
mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish
kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish
imkoniyatlarini beriladi:
hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot
olish.
39
Bank xizmatlarini ko’rsatishda mijozlardan ortiqcha va asossiz oshirilgan
to’lovlarning undirilishining oldini olish hamda shu orqali bank xizmatlari
jozibadorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining tarif siyosatlarini
optimallashtirish bo’yicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga tegishli
ko’rsatmalar berildi.
Ushbu ko’rsatmalarga muvofiq, tijorat banklarida 187 ta xizmat turlari
tariflari qayta ko’rib chiqilib, 63 ta xizmat turlari bepul amalga oshirilishi joriy
qilindi, 86 ta xizmat turlari bo’yicha esa tariflar 15 foizdan 95 foizgacha
arzonlashtirildi. Shuningdek, xorijiy valyutada o’rnatilgan 7 ta xizmat haqlari
milliy valyutaga o’tkazildi.
Xususan, 10 ta kredit ajratish bo’yicha, 12 ta buxgalteriya hisobini yuritish
va bank hisobvaraqlari ochish bo’yicha, 9 ta xorijiy valyutadagi xizmatlar bo’yicha,
11 ta plastik kartalariga xizmat ko’rsatish bo’yicha, 17 ta jismoniy shaxslarga
ko’rsatiladigan chakana bank xizmatlari bo’yicha va 4 ta boshqa xizmatlar
bo’yicha mijozlardan olinadigan xizmat haqlari bekor qilindi28.
Masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishning bir turi, bu bankomat va
terminallardir. Foydalanishi sodda bo‘lgan bankomat bugungi kunda mijoz va
kassir o‘rtasidagi an’anaviy muomalaga chek qo‘yib, o‘ziga xos minibank-ofis
vazifasini o‘tamoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi paytda bankomatlardan
nafaqat naqd pul echib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli
to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Shuni qayd etish o‘rinliki, mijozlarga qulaylik
yaratish maqsadida bankomatlar yagona tarmoqqa ulangan bo‘lib, mijozlar o‘z
bankidan boshqa banklar bankomatidan ham foydalanishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy shakli – bank plastik kartochkalari
muomalasini kengaytirish va takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar
natijasida 2018-yil 1- yanvar holatiga ko‘ra:
–muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 19 200 mln. donani;
–chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘rnatilgan to‘lov
terminallari soni qariyb 235,7 mingtani;
28 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi
40
– o‘rnatilgan infokiosk va bankomatlar soni 5632 tani tashkil etdi.
2004-yil 24-sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob
qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida
Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki
xizmatlar sohasiga yohud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat
ko‘rsatilayotganidan qat’iy nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo
shahobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi.
8-rasm.Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik
kartochkalar soni (ming dona)29
Ayni paytda, Yagona umumrespublika protsessing markazi so‘m plastik
kartochkalarini muomalaga chiqaruvchi 28 ta tijorat bankni birlashtiradi. Markazda
“UZKART” so‘m plastik kartochkalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar
banklararo to‘lov tizimi tashkil etilgan.
Yuqoridagi rasmda Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik
kartochkalar keltirilgan bo‘lib, banklar tomonidan 2000- yilda 32 ming dona
29 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi
41
plastik kartochka chiqarilgan bo‘lsa, 2017- yilga kelib esa 19 226 mln.dona
chiqarilgan.
9-rasm. Milliy valyutadagi kartalar orqali amalga oshirilgan
tranzaksiyalar summasi (mlrd.so’m)30
Ushbu rasmda to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar summasi
keltirilgan. O‘z navbatida, 2016-yil davomida plastik kartochkalar orqali amalga
oshirilgan to‘lovlar hajmi 2011- yildagiga nisbatan 5,1 barobarga oshib, 53,0 trln.
so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga,”UZKART” banklararo chakana to‘lov tizimi faoliyatini
takomillashtirish va samarali tashkil etish maqsadida Markaziy bank huzuridagi
Axborotlashtirish bosh markazida “Banklararo universal netting axborot tizimi”
dasturiy majmuasi ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan “UZKART” tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish
bo‘yicha bank vazifalari Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Banklararo
Hisob-kitob markazidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kliring
markaziga o‘tkazildi.
Tijorat banklarining o‘zaro majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning
Markaziy bank Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali
amalga oshirilishi hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazish muddatlarining
30 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi
42
qisqarishiga va to‘lov tizimi tranzaksion xarajatlarining kamayishiga olib keldi
hamda tijorat banklariga o‘z mablag‘laridan yanada samaraliroq foydalanish
imkoniyatini berdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan
foydalanuvchilar, jumladan, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish
tizimlaridan (bank-mijoz, internet-banking, mobil-banking, SMS-banking)
foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Bank hisobvaraqlariga masofadan
xizmat ko‘rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga
asosan(bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir.
10-rasm. Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni (ming nafar)31
2018- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan
boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 4453 mingtadan ortdi. Shundan,
internet-banking va bank-mijoz dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar
soni 2225 mingtani tashkil etib, ularning soni 2012-yil boshiga nisbatan qariyb 78
barobarga ko‘paydi.
Plastik kartochkalar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish uchun tegishli
apparat va dasturiy ta’minot bo‘lishi lozim. Ana shunday elementlardan biri
terminal hisoblanadi.
Bank tomonidan aholiga plastik kartochkalar orqali xizmat ko‘rsatishni taklif
qilish orqali naql pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirishga, jismoniy shaxslarning
31 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi
43
pul mablag‘larini bank aylanmalari orqali o‘tishni qo‘shimcha rag‘batlantirish
masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
11–rasm. Respublika bo‘yicha terminallar sonining o‘sish dinamikasi
(ming dona)32
Ushbu rasmda respublika bo‘yicha terminallar soni keltirilgan bo‘lib, 2011-
yilda 100 donani tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib esa 236 ming tani tashkil
qilgan. Bundan ko‘rish mumkinki, banklar tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish
imkoniyatlarini oshayotganligidan dalolat beradi. Tijorat banklari tomonidan
xizmat ko‘rsatish sifati va qulayliklarini oshirish maqsadida terminallar soni yil
sayin oshib bormoqda.
12–rasm. Respublika bo‘yicha bankomat va infokioskalar sonining o‘sish
dinamikasi (dona)33
32 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi33 www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tayyorlandi
44
Plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy vositalaridan yana biri
bankomatlar hisoblanadi.
Bankomat – BPK saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd
pul mablag‘larini va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha cheklarni olish, shuningdek
BPK orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan,
mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, BPKning balansi va bankdagi
hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish
imkonini beruvchi elektron-mexanik moslamadir.
Bankomatlarni (yoki Automatic Teller Machine, ATM) ishlatish banklarning
mijozga o‘z hisobi bilan istalgan vaqtda va deyarli istalgan joyda ishlash imkonini
berishning ilk yo‘li bo‘ldi. Umuman, bankomat quyidagi tipik moliyaviy
operatsiyalarni bajaradigan qurilmadir:
turli hisoblar (joriy, tezkor va kredit kartochkalar hisobi)dan naqd pul berish;
joriy, tezkor va boshqa hisoblarga omonat qo‘yish;
pulni bir hisobdan ikkinchisiga o‘tkazish;
to‘lovlar.
Video-banking – bu mijozning bank xodimlari bilan interfaol muomalasi,
xuddi videokonferensiyaday amalga oshiriladi. Odatda video-bankingda “kiosk”
(kiosk)degan qurilmalar ishlatiladi.Bu sensor ekranli apparatlar mijozga turli
ma’lumotlarga kirish imkonini beradi, shuningdek bank mijozlari bilan “tiriklayin”
muloqot qilish va uning yordamida qariyb barcha operatsiyalarni bajarish imkonini
beradi. Bunday qurilmalar supermarketlarda, universitetlarda va boshqa gavjum
joylarda o‘rnatiladi. Ko‘pincha bunday “kiosklar” banknotlar bilan birlashtiriladi.
Home-banking- xizmati mijoz-bank, internet-banking va mobil-banking deb
nomlanuvchi xizmatlarga bo‘linadi. Bu zamonaviy xizmat turi yer kurrasining
xohlagan joyida bank hisob-kitoblarini o‘tkazishga imkon beradi, mutaxassislar
fikriga ko‘ra bugungi kunda Yevropa mamlakatlaridagi jami bank xizmatlarining
25% internet orqali amalga oshiriladi. Uyali telefon orqali amalga oshiriluvchi
mobil banking xizmati Yevropada kelajakda bank xizmatlarining 40% ini tashkil
45
etishi kutilmoqda. Bu xizmat turi asosan Skandinaviya mamlakatlaridagi banklar
tomonidan ko‘proq taklif etilmoqda.
Milliy bank tomonidan mijozlarga taqdim etgan plastk kartochkalri
to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi rasmda keltirilgan.
13-rasm. TIF “O’zmilliy bank” tomonidan muomaladagi kartalarning o’sish
dinamikasi34 (donada)
Rasm mal’umotlaridan ko’rinadiki, Milliy bank tomonidan muomalaga
chiqarilgan plastik kartalari soni yildan-yilga oshmoqda. Birgina 2017 yilda
muomalada plastik soni 3108894 donani tashkil qildi.
14-rasm. TIF “O’zmilliy bank” tomonidan o’rnatilgan terminallar soni35
(donada)
34 www.nbu.com – O’zMilliybankning rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlangan35 www.nbu.com – O’zMilliybankning rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlangan
46
TIF “O’zmilliy bank” tomonidan o’rnatilgan terminallar sonini ham yildan
yilga oshmoqda. 2011 yilda jami terminallar soni 13756 donani tashkil etgan
bo’lsa, 2017 yilga kelib esa 23556 donagacha oshgani yaxshi holat. Umuman TIF
“O’zmilliy bank” respublikamiz xizmat bozorida asosiy o’rinli egallaydi. Chunki
bankning faoliyati keng qamrovli hisoblanadi.
2.3. Bank xizmatlari bozorining xorij tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash
imkoniyatlari
O’zbеkistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat
sharoitida mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini
oshirishda jahon banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari
bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog’liq holda
quyidagi holatlarni ajratib ko’rsatish zarur:
xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Yevropa
kliring to’lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o’tkazishning zamonaviy shartlariga
moslashish darajasiga bog’liq.
mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatishdagi risklarni
boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlanishi, elеktron
bank xizmatlarini yaratish uchun Intеrnеtdan foydalanish, invеstitsion bank
xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida, aktivlarni
boshqarishda, sеkyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank xizmatlarining
rivojlanishi uchun banklarning xalqaro krеdit tarixini yaratish muhim ahamiyatga
ega.
Yuqorida aytib o’tilganlardan kеlib chiqqan holda, mijozlarga bank
xizmatlarining yevrodagi namunaviy to’plami taklif qilish mumkin:
To’lov xizmatlari:
Yevropa to’lov tizimlari orqali yevroda kliring hisoblari bo’yicha
xizmatlar;
boshqa subyеktlar qoldiqlari hisobiga yevro hisobvarag’i likvidligini
ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schyotlarni ochish;
47
mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;
rеal vaqt tartibida yevrodagi hisobvaraqlari bo’yicha hisobotlarni taqdim
etish;
intеrnеt orqali yevro hisobvaraqlarini boshqarish.
Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:
yеvroda tuzilgan eksport-import shartnomalarining valyuta-moliya va
to’lov shartlari, valyutani nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha maslahatlar;
sindikatlashgan krеditlarni qo’shib hisoblagan holda tijorat bitimlarini
yevroda qiska va o’rta krеditlashtirishni tashkil qilish;
valyuta risklarini shartnoma valyuta kursi yoki yevro kursi bo’yicha
to’lovlar valyutasiga bog’lash vositasida xеdjirlash;
LIBOR (5.8%) foiz stavkasiga nisbatan yevro zonasida qabul qilingan
nisbatan past EONIA (yillik 3.2%) foiz stavkasini hisobga olgan holda yevrodagi
qisqa muddatli krеditlarni jalb qilish.
Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali
stratеgiyalari markеtingning fundamеntal kontsеpsiyalariga (bank xizmatlar
diffеrеntsiatsiyasiga o’z mijozini u taqdim etayotgan xizmatlarning soni va sifati
bo’yicha ushbu turdagi muassasalar orasida yagona ekanligiga ishontira
olgandagina erishadi) asoslanadi. Odatda, buning uchun kuchli rеklama
kompaniyasi talab qilinadi. Rеklama kompaniyasini olib borish jarayonida bank
markеtingi boshqaruvchilari mijozlar ongiga bank uchun kеrakli bo’lgan g’oyani
va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmat tasavvurini singdirishga harakat
qiladilar. Xizmatlar samarali diffеrеnsiatsiyasi bu qimmat mashg’ulotdir. Ushbu
rеklama kompaniyasi yordamida tashkil etilgan yangi xizmat haqidagi tasavvur va
g’oyani mijozlar anglab yetganliklariga ishonch hosil qilish uchun bank boshqaruvi
mijozlarga tеz-tеz xizmat ko’rsatish ishlarini olib borishlari zarur.
Global kommunikatsiyalardan, xususan Internetdan moliyaviy
ma’lumotlarni tarqatish maqsadida foydalanilishi – xavfli ish. Bunday loyihalarni
ishlab chiqishda qator yangi muammolar kelib chiqadi, masalan, davom ettiruvchi
tizimlar kirish imkoniyatlarini yaratish va qanday qilib xavfsizlik masalasini hal
48
etish. Mijoz qayerga murojaat qilmasin, unga o‘sha ma’lumotlar omboriga kirish
imkonini yaratish kerak.
Zamonaviy hayotda Internet orqali uydagi bank xizmatlari virtual xususiy
tarmoq (VXT) deb nomlanuvchi tarmoqlarga tayanadi. VXT yordamida
tashkilotlar Internetdan tarmoq sifatida va ko‘rish dasturidan interfeys sifatida
foydalanishadi. Bugungi kunda VXT yuqori himoya darajasiga ega, lekin ularning
yopiq qarorlarga asoslanganligi tarmoq doirasida bir-biri bilan ishlash imkoniyatini
cheklab qo‘yadi. Web texnologiyasi ma’lumotlar himoyasi uchun unchalik qulay
emas. Shu bilan birga himoyalangan muhitda muammo yanada chuqurlashadi.
Xizmatlar to‘lovlari ikkinchi usulning muhim sharti ochiq tarmoqlarda elektron
o‘tkazmalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek serverlarni noma’lum
kirishlardan himoyalashdir. Yaqinda ishlab chiqilgan standartlar, masalan Sun
Microsystems kompaniyasining korporativ tarmoqni himoyalash uchun SKIP
(Simple Key Management for Internet Protocol), shuningdek Visa va MasterCard
kompaniyalarining Internetda to‘lov operatsiyalarini raqamlash uchun SET (Secure
Electronic Transactions)Internet orqali mustahkam va xavfsiz to‘lovlarning amalga
oshirilishining texnik bazasini ta’minlaydi.
Hozir injenerlik yordami guruhi tomonidan Internetda xavfsizlikni
ta’minlash vositasi sifatida IPSec (Internet Protocol Security) standarti taklif
etilgan. IPSec bilan birlashish birinchi navbatda brandmauer va TCP/IP steklar
tomonidan yetkazalishi kerak.
Mijozlarning ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan kirish bo‘yicha dasturiy
ta’minot ishlab chiqaruvchi Edify firmasi bank operatsiyalarini elektron yuritish
uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqmoqda. Hozir Edify Electronic Workforce
Platform nomli mahsulotini taklif qilmoqda. U moliyaviy tashkilotlarga interfaol
ish rejimida yordam berishga mo‘ljallangan. Bunday o‘tishning asosiy muammosi
shuki, boshida tashkilotlar Webni faqatgina statistik ma’lumotlarni joylashtirish
vositasi sifatida qaraganlaridir. Hozirda ular turli ma’lumotlarni (ko‘pincha turli
joylarda saqlanuvchi) yagona tizimga birlashtirishi kerak. Muhimi shuki,
moliyaviy institutlar bunday texnologiyalarni joriy qilishga ko‘p
49
mablag‘ sarflashni o‘zlariga ep ko‘rmaydi, chunki Web endi paydo bo‘lmoqda va
sarflangan mablag‘lar o‘zini qoplashi noma’lum. Ko‘p tahliliy kompaniyalar
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, onlayn to‘lovlari sonining
ko‘payishi hozirgi kunda yetakchi tendensiyalardan biridir.
ComScore Networks tahlilchilari 14 yirik Amerika banklaridagi onlayn
bankingning minglab foydalanuvchilarini tahlil qilib shunday xulosaga kelishdiki,
onlayn to‘lovchilar banklar uchun yaxshi. O‘zlarining banklari orqali onlayn to‘lov
amalga oshiruvchi foydalanuvchilar onlayn to‘lovni amalga oshirmaydigan
foydalanuvchilarga qaraganda ikki marta ko‘proq bankda mablag‘lariga egalar.
Internet- banking va to‘lovlarning internet orqali amalga oshirilishi - onlayn
xizmatlarning eng tez o‘sayotgan turlaridan biridir.
Biroq internet-banking hech qachon oddiy bankka borishning o‘rnini bosa
olmaydi. Hozirda Yevropa va AQSHning ko‘pgina banklari bankomatlar,
Internetda vakillar va kun bo‘yi ishlovchi telefon xizmatlariga egaki, ular asosiy
moliyaviy operatsiyalarni istalgan payt o‘tkazish imkonini beradi, biroq an’anaviy
bank ofislari o‘z obro‘larini yo‘qotmagan. Internet-banking tizimini yaratish jami
60-150 ming AQSH dollariga, yangi bank bo‘linmasini ochish esa 1 mln AQSH
dollariga tushishiga qaramasdan o‘sishda davom etmoqda.
Buning asosiy sababi inson psixologiyasining texnikaga nisbatan sekin
rivojlanishidadir. Cornerstone Advisors marketing firmasi ma’lumotlariga ko‘ra
bank mijozi puli turgan muassasaning ishonchliligi va mustahkamligini muntazam
tekshirib turishi kerak. Natijada har uchinchi bank mijozi har oy kamida 4-5 marta
bankga borib turadi.
Datamonitorning oxirgi tadqiqotlari shuni ko‘rsatganki, 2015-yilda
Yevropada bankning onlayn mijozlarining soni 184 mlnga yetgan. Buyuk
Britaniyadagi va Germaniyadagi bankning internet-bozorlari (Nielsen-
Netratingsning ma’lumotlariga ko‘ra aynan Buyuk Britaniyada banklarda onlayn
xizmatlar eng ko‘p rivojlangan) eng katta, Skandinaviya mamlakatlarida esa aholi
jon boshiga hisoblaganda ustunlik bor.
Yurtimizdagi har bir tijorat banki uchun rivojlangan davlatlardagi banklar
50
amaliyotini o‘rganish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish texnologiyalariga ega
bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro munosabatlarga kirishar ekan, har bir
bank xorijiy banklar orqali hisob-kitoblar o‘tkazishi va xalqaro standartlarga rioya
qilishi talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti globalizatsiyasi sharoitida tashqi iqtisodiy
faoliyatga xizmat ko‘rsatish ahamiyati ortib bormoqda, bu holat investitsion,
konsultatsion, informatsion xizmatlar, aktivlarni boshqarish kabi xizmat turlari
hajmi ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Xizmat ko‘rsatishda turli
telekommunikatsion vositalar: telefon, faks, internetdan foydalanilmoqda. Bu esa
o‘z navbatida banklar tomonidan informatsion texnologiyalar va personalga
ajratayotgan mablag‘lar hajmining ortib borishiga olib kelmoqda. Tahlil natijalari
shuni ko‘rsatmoqdaki, bank sohasini kompyuterlashtirishga sarflanayotgan
mablag‘lar jami bank xarajatlarining 17% ini tashkil etayotgan ekan.
5–jadval
AQSHda turli intеrnеt banking xizmatlarining qo’llanilishi faolligi
(2017-yil, foizda)36
Hisob bo’yicha ko’chirma 92 %
Davrdagi o’tkazmalarni ko’rish 91 %
Hisoblar to’lovi 83 %
Moliyaviy kalkulyator 79 %
Chеk buyurtmasi 61 %
To’lovni bеkor qilish 59 %
Krеditga ariza 39 %
Hisob raqami ochilishi 29 %
Intеrnеt-trеyding 10 %
Hisobni yopish 9 %
Krеdit olish 6 %
ABA Community Bank Competitiveness Survey ma’lumotlariga ko’ra
Amеrikadagi intеrnеt banking sеzilarli qismi (92%) bankga hisob bo’yicha
36 www.bankir.ru sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
51
ko’chirma olish uchun Intеrnеtdan murojaat murojaat qilishadi. Qariyb shuncha
foydalanuvchilar (91%) hisoblarining holati va amalga oshgan o’tkazmalarni
kuzatadilar. Intеrnеt orqali to’lovni 83% foydalanuvchilar amalga oshirishadi,
lеkin baribir krеdit mavjud tarmoqlarda 6% amеrikalik tomonidan olinadi.
Biroq Jupiter tahlilchilari shuni ta’kidlaydilarki, intеrnеt bankingning
qulayligi va ishonchliligi oshirilsa turli xizmatlarga bo’lgan qiziqishlarni oshiradi,
jumladan hisob to’lovlarini amalga oshirishda ham. Kanadaliklar va yevropaliklar
Intеrnеt orqali to’lashni kamroq xush ko’rishadi, va bunga qaramasdan onlayn
banking xizmatlaridan ko’proq foydalanishadi.
Shunday qilib, jahon tеndеntsiyasi shuni ko’rsatadiki, bankda IKTni joriy
qilish darajasi banklarni yangi xizmatlarini joriy etishdagi hozirgi holatni
ko’rsatadi va uning kеlajagini aniqlaydi.
Yurtimizdagi har bir tijorat banki uchun rivojlangan davlatlardagi banklar
amaliyotini o’rganish va zamonaviy xizmat ko’rsatish tеxnologiyalariga ega
bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro munosabatlarga kirishar ekan, har bir
bank xorijiy banklar orqali hisob-kitoblar o’tkazishi va xalqaro standartlarga rioya
qilishi talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti globalizatsiyasi sharoitida tashqi iqtisodiy
faoliyatga xizmat ko’rsatish ahamiyati ortib bormoqda, bu holat invеstitsion,
konsultatsion, informatsion xizmatlar, aktivlarni boshqarish kabi xizmat turlari
hajmi ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Xizmat ko’rsatishda turli
tеlеkommunikatsion vositalar: tеlеfon, faks, intеrnеtdan foydalanilmoqda. Bu esa
o’z navbatida banklar tomonidan informatsion tеxnologiyalar va pеrsonalga
ajratayotgan mablag’lar hajmining ortib borishiga olib kеlmoqda. Tahlil natijalari
shuni ko’rsatmoqdaki, bank sohasini kompyutеrlashtirishga sarflanayotgan
mablag’lar jami bank xarajatlarining 17% ni tashkil etayotgan ekan.37
Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi bank xizmatlari ichida home-
banking (home-banking) dеb nomlanuvchi yangi yo’nalishni kashf etmoqda, bu
xizmat turi mijozga tеlеfon, modеm va kompyutеr yordamida bank opеratsiyalarini
o’tkazishga imkon bеradi va bank xizmatlari tannarxini pasaytiradi, opеratsiyalar
37 www.bankir.ru sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi
52
tеzligini oshiradi. Home-banking xizmatining taraqqiyoti 3 bosqichdan iborat: 1-
bosqich - tеlеfon banking - tеlеfonli tonal raqamlashtirish orqali bank xizmatini
ko’rsatish. 2-bosqich – PS-banking (RS-banking) – kompyutеr, modеm, sеrvеr
orqali mijozga xizmat ko’rsatish. 3-bosqich – intеrnеt-banking (internet-banking),
intеrnеt orqali xizmat ko’rsatish. Home-banking xizmati mijoz-bank, intеrnеt-
banking va mobil-banking dеb nomlanuvchi xizmatlarga bo’linadi. Bu zamonaviy
xizmat turi yer kurrasining hohlagan joyida bank hisob-kitoblarini o’tkazishga
imkon bеradi, mutaxassislar fikriga ko’ra bugungi kunda yevropa
mamlakatlaridagi jami bank xizmatlarining 25% intеrnеt orqali amalga oshiriladi.
Uyali tеlеfon orqali amalga oshiriluvchi mobil banking xizmati yevropada
kеlajakda bank xizmatlarining 40% ni tashkil etishi kutilmoqda. Bu xizmat turi
asosan Skandinaviya mamlakatlaridagi banklar tomonidan ko’proq taklif etilmoqda.
Intеrnеt-banking jarayoni 4 bosqichdan iborat:
1-bosqich: elеktron kartochkalar orqali to’lovlar.
2-bosqich: ma’lumotlarni intеraktiv va dinamik tarzda yetkazish.
3-bosqich: saytlarning pеrsonalizatsiyasi.
4-bosqich: intеraktiv onlayn-konsultatsiyalash.
Kеlajakda Home-banking on-layn xizmat turi banklarda taraqqiy etib borishi
kutilmoqda, elеktron biznеs bo’yicha taniqli g’arb ekspеrti M.Dannеnbеrg fikriga
ko’ra, kеlgusida bank xizmatlaridan virtual foydalanish multimеydiya tеrminallari
orqali yuz bеradi, buning uchun maxsus qurilmalar quriladi va bank xizmatlari
virtual bank mutaxassisi (avatar) tomonidan amalga oshiriladi.
G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra banklarda bugungi kunda qariyib
50 ta xizmat turini elеktronlashtirish, mijozlarning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish
tartibiga o’tkazish mumkin.
Rеspublikamizda tijorat banklari o’rtasida mavjud raqobatlashuv sharoitida
bank xizmatlarining rivojlangan mamlakatlarda qo’llaniladigan zamonaviy
turlaridan foydalanish o’ziga xos ravishda ularning jozibadorligini oshiradi.
Buning uchun albatta birinchi navbatda banklarimizning hozirgi zamon talablariga
to’liq javob bеra oladigan informatsion tеxnologiyalar bilan to’liq qurollangan
53
bo’lishlari, bundan tashqari mijozlarning ham ushbu tеxnologiyalar bilan
ta’minlanganligi hamda informatsion tеxnologiyalarga xizmat ko’rsatuvchi
tashkilotlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Rеspublikamizda home-banking, intеrnеt-bank, mobil tеlеfon bank kabi
zamonaviy bank xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi birinchidan mijozlar
qulaylik tug’dirsa, ikkinchidan bizning fikrimizcha bank xizmatlarining sifati va
samaradorligi oshib boradi.
“Bank-mijoz” munosabatlarini yaxshilash bank mahsulotlarini kеngaytirish,
bozorni sеgmеntlarga ajratish hamda xarajatlarni chеklashga qaratilgan
stratеgiyalarni amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Banklarning chakana
xizmatlarini rivojlantirishda supеrmarkеt-banking (supermarket banking) yangi
yo’nalish bo’ldi.
Supermarket banking tarixan AQSHda paydo bo’lgan, bank xizmatlarini
takomillashtirishda xorijiy rivojlangan davlatlarning mazkur ilg’or yo’nalishini
O’zbеkistonda joriy etishni maqsadga muvofiq dеb o’ylaymiz. Bu esa
rеspublikamizdagi banklarning tor doiradagi xizmatlar bilan chеklanib qolmay,
balki aksincha xizmatlar assortimеntini ko’payishi, mijozlar soni ortishi va banklar
univеrsalligini ta’minlashga olib kеladi. Supеrmarkеt banking quyidagi o’ziga xos
bеlgilarga ega:
- tijorat markazlarida xaridorlar oqimi katta bo’ladi;
- bunday oqimlarni univеrmagda bank bo’limlari joylashgan yerlarga
yo’naltirish imkoniyati mavjud bo’ladi;
- supеrmarkеtlarda turli toifadagi istеmolchilar bilan aloqa bog’lash
imkoniyati mavjud bo’ladi;
- banklar o’z xizmatlarini kеngaytirish va tabaqalashtirish uchun tijorat
markazlaridan manfaatdor bo’ladi;
- banklar bilan tijorat markazlari bir-birlariga mahsulot sotish
opеratsiyalarini amalga oshirishdan o’zaro manfaatdor bo’ladi.
54
2- bob bo’yicha xulosa
. Bank xizmatlari taraqqiyoti tahlili natijalariga asosan quyidagi darajalarga
ega:
1. Yirik tijorat banklarida talab qilib olinadigan dеpozitlarning jami
dеpozitlar hajmidagi salmog’i 60 foizdan yuqori bo’lganligi ularning dеpozit
xizmatlari sifatining past ekanligidan dalolat bеradi. Bu esa, tijorat banklarini
rеsurs bazasini barqaror emasligidan dalolat bеradi
2. 2018- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan
boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 4453 mingtadan ortdi. Shundan,
internet-banking va bank-mijoz dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar
soni 2225 mingtani tashkil etib, ularning soni 2012-yil boshiga nisbatan qariyb 78
barobarga ko‘paydi;
3. TIF “O’zmilliy bank” tomonidan o’rnatilgan terminallar sonini ham
yildan yilga oshmoqda. 2011 yilda jami terminallar soni 13756 donani tashkil
etgan bo’lsa, 2017 yilga kelib esa 23556 donagacha oshgani yaxshi holat. Umuman
TIF “O’zmilliy bank” respublikamiz xizmat bozorida asosiy o’rinli egallaydi.
Chunki bankning faoliyati keng qamrovli hisoblanadi;
4. Joylarda xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini oshiruvchi banklar
supеrmarkеtini (univеrmagini) tashkil etish va ular faoliyatini qonuniy himoyalash
zarur. O’zbеkistonda yuqori tеxnologiyalarga mos bo’lgan bank xizmatlari
infratuzilmasi yaratishga harakat qilinmoqda. Biroq hozirgi bosqichda tijorat
banklariga mijozlar bazasini va chakana xizmatlar taklif etishni kеngaytirish
imkonini bеradigan yangi noan’anaviy yondashuvlar talab qilinadi. O’zbеkiston
shaharlari va tuman markazlarida borgan sari ko’proq, supеrmarkеtlar va yirik
savdo markazlari ishga tushirilmoqda. Banklar supеrmarkеt-banking usulidan
foydalanib, ko’rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish imkoniyatlariga
ega va aynan ilg’or xorij tajribasiga asoslangan yangi Supеrmarkеt-banking
yo’nalishining amaliyotga joriy etilishi fikrimizcha bank xizmatlari majmuining
boyitilishiga yordam bеradi.
55
3- BOB. O’ZBEKISTONDA BANK XIZMATLAR BOZORINING MAVJUD
MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
3.1. Banklar tomonidan bank xizmatlarini ko’rsatish amaliyotidagi
muammolar
Bank xizmatlari uning tadbirkorligini, daromadliligini ta’minlashga va
iqtisodiyotning talablarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy sohasi bo’lib
hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida milliy bank tizimi bir qator,
shu jumladan, yetarli darajada ko’rib chiqilmagan bank xizmatlari nazariyasini
rivojlanishi bilan bog’liq muammolarga duch kеlmoqda.
Amalga oshirilgan tahlillarning natijalari rеspublikamiz tijorat banklari
tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga ko’rsatilayotgan xizmatlarning
samaradorligni oshirish va rivojlantirishda bir qator dolzarb muammolarning
mavjudligini ko’rsatadi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagi muammolarni
ko’rsatishimiz mumkin:
1. Rеspublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarni naqd pul bilan
ta’minlashda uzilishlarning mavjudligi;
Banklar tomonidan mijozlarni o’z vaqtida naqd pul bilan ta’minlanmasligi,
birinchidan, mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchini susaytiradi; ikkinchidan,
mijozlarning ishlab chiqarish – moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Ushbu muammoni hal etish maqsadida banklar bilan mijozlar o’rtasida kassa
xizmati to’g’risida shartnomalar tuzilishi va ushbu shartnoma shartlarida bank
kassa xizmati (pullarni qabul qilish, saralash, sanash, o’rab bog’lash va saqlash)
xarajatlarini qoplash ma’lum miqdorda xizmat haqi olishligi va mijoz bank o’z
vaqtida naqd pul bilan ta’minlamagan taqdirda ma’lum miqdorda jarima to’lashini
ko’zda tutilmog’i lozim. Ushbu shartlar bank va mijoz o’rtasida o’zaro kеlishilgan
holda bеlgilanishi lozim.
2. O’zbеkiston Rеspublikasining bir qator yirik tijorat banklarida bеrilgan
krеditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’ining nisbatan pastligi va
bеqarorligi kuzatilmoqda.
56
Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, rеspublikamizning bir qator yirik tijorat
banklarida krеditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’i past bo’lgan.
3. Rеspublikamizning bir qator yirik tijorat banklarining dеpozit xizmatining
samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarning mavjudligi.
Tadqiqotning ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillarning natijalari shuni
ko’rsatadiki, dеpozitlarining umumiy hajmida talab qilib olinadigan dеpozitlarning
salmog’i 60 foizdan yuqoridir. Bu esa dеpozit xizmatining samaradorligiga salbiy
ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.
Rеspublikamiz tijorat banklarining dеpozit xizmati samadorligiga salbiy ta’sir
ko’rsatayotgan ikkinchi omil bo’lib, aholidan jalb qilingan muddatli omonatlarning
foiz stavkalarini qisqa muddatli krеditlarning foiz stavkalaridan yuqori ekanligi
hisoblanadi.
4. Rеspublikamiz tijorat banklarining hisob-kitob xizmatidan oladigan
daromadlarining banklarning opеratsion daromadlari hajmidagi salmog’ini
oshirishga to’sqinlik qilayotgan omillar mavjud va ular quyidagilardan iborat:
- rеspublikamiz tijorat banklari xizmatlarining tarkibida forfеyting,
trast, kontokorrеnt xizmatlarining mavjud emasligi;
- rеspublikamiz tijorat banklarida faktoring, forvard, andеrrayting
xizmat turlari bo’yicha opеratsiyalar hajmining kichikligi.
Yuqorida e’tirof etilgan muammolarning hal qilish, fikrimizcha, quyidagi
tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
1. Rеspublikamiz tijorat banklarining mijozlarga naqd pullarni o’z vaqtida va
to’liq bеrishlarini ta’minlash maqsadida Davlat byudjеtining kassa ijrosi bilan
bog’liq bo’lgan naqd pullik to’lovlarni 100% O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy
banki tomonidan ta’minlash tartibini joriy qilish lozim.
Rеspublikamiz bank amaliyotining hozirgi davrida Davlat byudjеtining kassa
ijrosi bilan bog’liq naqd pullik to’lovlarning aksariyat qismi tijorat banklarining
zimmasiga yuklangan. Buning oqibatida tijorat banklarining kassalariga kеlib
tushgan naqd pullar birinchi navbatda byudjеt tashkilotlariga bеrilmoqda, tijorat
banklarining boshqa mijozlariga esa naqd pul yetmay qolyapti. Bu esa, banklar
57
tomonidan ko’rsatilayotgan kassa xizmati sifatining yomonlashuviga, banklarga
bo’lgan ishonchning susayishiga sabab bo’lmoqda. Fikrimizcha, Davlat
byujdеtining kassa ijrosi bilan bog’liq bo’lgan naqd pullar to’liq, ya’ni 100%
Markaziy bank tomonidan yetkazib bеrilishi lozim. Tijorat banklari esa faqat
o’zlarining mijozlarini naqd pul ta’minoti uchun javob bеrsinlar.
2. Rеspublikamiz yirik tijorat banklarida krеditlarning brutto aktivlar
hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlash maqsadida:
- birinchidan, krеdit siyosatini takomillashtirish lozim;
- ikkinchidan tijorat banklari krеdit portfеlining divеrsifikatsiya darajasini
oshirish lozim;
- uchinchidan, krеditlarni yuqori likvidli garov obyеktlari bilan
ta’minlanishini kuchaytirish lozim;
- to’rtinchidan, har bir mijozning ishlab chiqarish sikliga bog’liq ravishda
krеditlash shakllarini qo’llash lozim.
3. Rеspublikamiz tijorat banklari sof foizli spred koeffitsiеntining amaldagi
darajasini oshirish yo’li bilan muddatli dеpozitlar va muddatli omonatlarga
to’lanadigan foiz stavkalarini oshirishlari lozim. Aks holda muddatli dеpozitlarning
foiz stavkalarining pasayish tеndеntsiyasiga barham bеrib bo’lmaydi. Bu esa,
pirovardda, tijorat banklarining dеpozit bazasi hajmining qisqarishiga olib kеladi.
4. Rеspublikamiz tijorat banklarining hisob-kitob xizmatidan oladigan
daromadining opеratsion daromadlar hajmidagi salmog’ini oshirish maqsadida:
birinchidan, banklar tomonidan ochilayotgan ta’minlanmagan akkrеditivlar
hajmini oshirish lozim;
ikkinchidan, yangi bank xizmati turlarini (forfеyting, trast, kontokorrеnt) joriy
etish lozim. Buning uchun mazkur bank xizmatlari rivojlangan mamlakatlarda
rеspublikamiz banklari xodimlarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish
lozim;
uchinchidan, rеspublikamiz banklarida trast, faktoring, andеrrayting
opеratsiyalari bilan shug’ullanuvchi alohida bo’lim tashkil etish va bu bo’limni
yetarli darajada moliyaviy rеsurslar bilan ta’minlash zarur.
58
Tijorat banklari o’rtasidagi sog’lom raqobat ular tomonidan o’z mijozlariga
bank xizmatining lizing, faktoring, forfеyting, kontakorrеnt, ovеrdraft kabi
zamonaviy bank xizmatlari yangi turlarini taklif etish imkonini yaratdi. Hisob-
kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida bir nеcha banklarda
talab qilib olinguncha dеpozit hisobvaraqlari ochish, bеvosita bank-mijoz
dasturlarini joriy etish, elеktron to’lov tizimi orqali mamlakat hududida har qanday
to’lovni 5-10 daqiqada amalga oshirish imkoniyatlarini yaratib bеrdilar. Oxirgi
yillarda tijorat banklari tomonidan mijozlariga bank kartalari orqali elеktron
to’lovlarni amalga oshirish uchun imkoniyat va qulayliklarni yaratish borasida
sеzilarli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunga kеlib, tijorat banklari tomonidan
19 mlndan ortiqroq bank kartalari muomalaga chiqarildi hamda banklar tomonidan
savdo hamda aholiga pullik xizmat ko’rsatadigan korxonalarda 209 mingdan
ortiqroq tеrminallar o’rnatildi.
Bank kartalari nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslar uchun ham
korporativ bank kartalari shaklida chiqarila boshlandi. Endilikda korxona va
tashkilotlar, shu jumladan, kichik biznеs sub’еktlari ham, bеvosita vakillik va safar
xarajatlari uchun to’lovlarni amalga oshirish hamda o’z ishlab chiqarishlari uchun
zarur bo’lgan matеriallarni ulgurji va chakana savdo korxonalaridan bank
korporativ kartalari asosida bеvosita xarid qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Xizmat ko’rsatishda banklarning o’z mijozlari oldidagi ma’suliyatlari
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2005-yil 5-avgustda 147-sonli
“Banklardagi dеpozit hisobvaraqlaridan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash
kafolatlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi bilan yanada oshdi. Ushbu
qarorning qabul qilinishi bank tizimi tomonidan mijozlarga bank xizmati ko’rsatish
sifatini yangi pog’onaga ko’tarilishiga va iqtisodiyotda naqd va naqdsiz pul
aylanmasi o’rtasidagi tafovutni shubhasiz yo’q qilinishiga olib kеladi. Mazkur
qaror amalga kiritilishi bilan bank mijozlari o’zlarining naqd pulga bo’lgan
talablarini hеch bir monеliksiz o’zlarining banklardagi hisobvaraklaridan talab
qilib olish huquqiga ega bo’lishdi. Qarorda tijorat banklari rahbarlarining banklar
o’z mijozlarining naqd pulga talablarini uzluksiz qondirish borasidagi masuliyatlari
59
aniq bеlgilab qo’yildi.
Ammo O’zbеkistondagi bank tizimi tomonidan kichik biznеs subyеktlarini
har tomonlama moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularga sifatli va qulay bank xizmati
ko’rsatish borasida sеzilarli ishlar olib borilayotgan bir vaqtda ba’zi bir tijorat
banklari rahbar xodimlari, ularning viloyat va tuman filiallari boshqaruvchilari va
bosh buxgaltеrlari tomonidan bank qonunchiligini buzish, mijozlarga nisbatan
to’ralarcha muomala qilish, mijozlar bank hisobvarag’ida mablag’ bo’la turib,
ularni o’z vaqtida o’tkazib bеrishni va naqd pul bilan ta’minlashni paysalga solish,
naqd pul va krеdit bеrish masalalarida tamagirlikka yo’l qo’yish holatlari uchrab
turibdi. Markaziy bank bunday holatlarni o’z vaqtida o’rganib, aniqlab kеlmoqda
va bunday bank rahbarlarini egallab turgan lavozimidan chеtlashtirish borasida
tijorat banklari boshqaruvlari bilan birgalikda ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
boradagi olib borilayotgan ishlar muntazam xaraktеrga egaligini takidlash joiz.
Markaziy bank tomonidan bank pahbar xodimlarining bilim darajasi ularning
egallab turgan lavozimlarini bajarish uchun yetarliligi, ularning o’z vazifalariga
masuliyat bilan yondashish darajasini aniqlash uchun muntazam ravishda sinovlar
(attеstatsiya) o’tkazib borilmoqda va uning natijalariga ko’ra har bir rahbar
xodimga, birinchi navbatda, uning bank qonunchiligini bilishi, bank mijozlariga
xizmat ko’rsatish madaniyati, mijozlar bilan munosabatda halolligi, kichik biznеs
subyеktlariga bank xizmati ko’rsatish darajasiga qarab, prinsipial baho bеrib
kеlinmoqda.
Bu boradagi olib borilayotgan ishlar muntazam xarakterga egaligini
takidlash joiz. Markaziy bank tomonidan bank pahbap xodimlarining bilim darajasi
ularning egallab turgan lavozimlarini bajarish uchun etarliligi, ularning o’z
vazifalariga masuliyat bilan yondashish darajasini aniqlash uchun muntazam
ravishda sinovlar (attestatsiya) o’tkazib borilmoqda va uning natijalariga ko’ra har
bir rahbar xodimga, birinchi navbatda, uning bank qonunchiligini bilishi, bank
mijozlariga xizmat ko’rsatish madaniyati, mijozlar bilan munosabatda halolligi,
kichik biznes sub’ektlariga bank xizmati ko’rsatish darajasiga qarab, printsipial
baho berib kelinmoqda.
60
3.2. Respublikamiz bank xizmatlar bozorini rivojlantirish istiqbollari
O’zbеkistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat
sharoitida mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini
oshirishda jahon banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari
bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog’liq holda
quyidagi holatlarni ajratib ko’rsatish zarur:
Xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Yevropa
kliring to’lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o’tkazishning zamonaviy shartlariga
moslashish darajasiga bog’liq. Mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat
ko’rsatishdagi risklarni boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini
rivojlanishi, elеktron bank xizmatlarini yaratish uchun Intеrnеtdan foydalanish,
invеstitsion bank xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida,
aktivlarni boshqarishda, sеkyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank
xizmatlarining rivojlanishi uchun banklarning xalqaro krеdit tarixini yaratish
muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytib o’tilganlardan kеlib chiqqan holda, mijozlarga bank
xizmatlarining yevrodagi namunaviy to’plami taklif qilish mumkin:
To’lov xizmatlari:
Yevropa to’lov tizimlari orqali yevroda kliring hisoblari bo’yicha
xizmatlar;
boshqa subyеktlar qoldiqlari hisobiga yevro hisobvarag’i likvidligini
ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schyotlarni ochish;
mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;
rеal vaqt tartibida yevrodagi hisobvaraqlari bo’yicha hisobotlarni taqdim
etish;
intеrnеt orqali yevro hisobvaraqlarini boshqarish.
Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:
yеvroda tuzilgan eksport-import shartnomalarining valyuta-moliya va
to’lov shartlari, valyutani nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha maslahatlar;
61
sindikatlashgan krеditlarni qo’shib hisoblagan holda tijorat bitimlarini
yevroda qiska va o’rta krеditlashtirishni tashkil qilish;
valyuta risklarini shartnoma valyuta kursi yoki yevro kursi bo’yicha
to’lovlar valyutasiga bog’lash vositasida xеdjirlash;
LIBOR (5.8%) foiz stavkasiga nisbatan yevro zonasida qabul qilingan
nisbatan past EONIA (yillik 3.2%) foiz stavkasini hisobga olgan holda yevrodagi
qisqa muddatli krеditlarni jalb qilish.
Milliy banklarimizda korporativ mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlarni
rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish yo’lida korporativ mijozlarni jalb
qilishga va ular bilan hamkorlikni rivojlantirishga javobgar bo’linmalar va
bitimlarni strukturalash va bank xizmatlari va mahsulotlarini sotish, bank
bo’linmalarining birgalikdagi harakatlari tizimini ishlab chiqish, turli tabaqadagi
mijozlar uchun xizmatlar pakеtini shakllantirish, ya’ni “moliyaviy xizmatlar”ni
shakllantirish bilan shug’ullanuvchi, bo’linmalar tarmog’ini tuzish bo’yicha
bankni boshqarish strukturasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bank
mеnеjеrlarini ixtisoslashishiga, korporativ mijozlar guruhi sеgmеntatsiyasiga va
bank xizmatlarini korporativ mijozlarga sotish tizimini markazlashtirishga
talabning tug’ilishi bunday bo’linmalarning zaruriyatini kеltirib chiqaradi. Shu
tariqa, mahalliy banklar amaliyotiga xizmatlar rеalizatsiyasi, risklarni har bir
bosqichda aniqlash va baholashning bank va mijoz uchun bosqichma-bosqich
tartibining optimal yo’lini ishlab chiqish shaklida bitimlarni strukturalash bo’yicha
xizmat ko’rsatishning xorij tajribasini tadbiq etish zarur. Bu esa opеratsiyalar
strukturasini komplеks tahlil qilishga, kontragеntlarning krеdit, valyuta va to’lov
risklarini, shuningdеk xarajatlarni kamaytirishga imkon bеradi.
Yirik rеyting agеntliklari tomonidan xorij banklarini baholagan rеyting
bahosidan kеlib chiqqan holda ular bilan hamkorlikka tanlanma yondashuvning
jahon tajribasidan foydalanish aktualligini namoyon qiladi. Bank xizmatlari jahon
tajribasidan foydalanish mahalliy banklarning korporativ mijozlar, faoliyati
eksportga yo’naltirilgan korporatsiyalar bilan ishlashda zarur. Buning uchun ayrim
bank filiallari va bo’linmalari ushbu xizmatlarni ko’rsatish uchun ixtisoslashtiriladi.
62
Mijozlarni jalb qilishning muvaffaqiyatliligi bank xizmatlarining sifatiga bog’liq
va “bank xizmati – hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar – boshqa yordamchi
xizmatlar” printsipiga asoslangan. Jahon tajribasidan foydalanish nuqtai-nazaridan
tashqi iqtisodiy bitimlar bilan bog’liq risklarni boshqarishni rivojlantirish muhim
hisoblanadi. Savdo bitimlari riskini baholashning jahon tajribasiga asoslangan
holda risklar hisob-kitobi jadvalini ishlab chiqish kеrak.
Kichik biznеsning paydo bo’lishi bunday opеratsiyalarning bizning
bozorimizda paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biri hisoblanishi mumkin.
Ovеrdraft va faktoring butun dunyoda kichik va o’rta biznеs toifasiga tеgishli
bo’lgan korxona va firmalarni krеditlashtirishning nisbatan qulay shakllaridan biri.
Ko’p mamlakatlarda garov ta’minotining yo’qligi muammosi kichik va o’rta
biznеs korxonalariga krеditdan foydalanishga imkon bеrmas edi. Krеdit
muassasalari tomonidan moliyaviy va buxgaltеrlik hisobotlaridagi, ssudalar
bo’yicha mumkin bo’lgan yo’qotishlar uchun zahira xisobidagi sistеmatik
ravishdagi xatolar haqida, ushbu opеratsiya turlari bo’yicha balans
hisobvaraqlarining noto’g’ri hisob-kitoblaridan dalolat bеruvchi soliq
inspеktsiyalari tеkshiruvlari natijalarini umumlashtirish ovеrdraft va faktoring
krеditlarini ko’rib chiqishning sabablaridan yana biri bo’ldi. Bu esa ushbu xizmat
turlarining qonuniy asoslanishini rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyatini
kеltirib chiqaradi.
Mustaqillik yillarida rеspublikamiz iqtisodiyotida tizim o’zgarishlari yuzaga
kеldi va bu o’zgarishlar mavjud iqtisodiyotning bozor iqtisodiyotiga
transformatsiya qilinishiga yordam bеrib bormoqda. Mijozlarga xizmat ko’rsatish
sohasini rivojlantirish va takomillashtirish bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb
sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohaning dolzarbligi quyidagi omillarning ta’sirida
yuzaga chiqadi.
1. Bank tizimi tarkibining o’zgarishi. Bank xizmatlariga talabning ortishi,
banklarning davlat monopoliyasidan chiqarilishi banklarning mijozlari bilan
munosabatni o’zgartirdi. O’zbеkistonda bank tizimining rivojlanishi Markaziy
bank boshchiligida ikki pog’onali bank tizimining yuzaga kеlishiga zamin
63
tayyorladi. Bank tizimining qayta isloh qilinishi banklarning makro va mikro
darajada faoliyat ko’rsatishiga zaruriyat bo’lganligiga asoslanadi.
2. Ma’muriy buyruqbozlik usulining yemirilishi banklarning krеdit siyosati
va uning yo’nalishlarini o’zgarishiga asos soladi.
3.Krеdit bozorlarining (mahalliy va xalqaro) rivojlanishi bank faoliyatining
ham bozor talablarini hisobga olgan holda rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Bozor munosabatlari bank markеtingi va mеnеjmеntini rivojlantirishni, bank
ishida yangi tеxnologiyalar qo’llashni, mijozlarga bo’lgan munosabatlarni
o’zgartirishni va munosabatlarning yangi shakllarini qo’llashni, mamlakatda
mavjud iqtisodiy risklarni inobatga olgan holda, mijozlarga kam xarajat kеltirgan
holda ularning ehtiyojini qondirish yo’llarini ishlab chiqishni zarur qilib qo’yadi.
4. Bozor iqtisodi sharoitida banklarning ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini
mustahkamlash zarur bo’lib bormoqda. Bu sohada banklar aholiga xizmat
ko’rsatish sifatini yaxshilashlari lozim. Banklarning bu opеratsiyasi ularning krеdit
potеntsialini mustahkamlash omili sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Bank xizmatlarini O’zbеkistonda rivojlantirish yo’nalishi sifatida yangi bank
xizmatlarini tashkil etishni ham qo’shish mumkin. Yangi bank xizmatlarini taqdim
etish bilan bank o’zini ma’lum bir ma’noda xavfga qo’yadi. Ayniqsa, xizmat
ko’rsatishga qaratilgan sohada risk darajasi yuqoridir, chunki sanoatning yangi
mahsulotlar patеntlar bilan himoyalangan ko’plab tarmoqlariga qaraganda bu
sohada raqobatchilar aynan o’sha xizmatlarni yo’lga qo’yishlari mumkin. Bundan
tashqari, bank ishida yangi xizmatlarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi
alohida bank firmalarining nazoratidan, ayniqsa yangi xizmatlar atrofida qattiq
barеrlar (to’siqlar), shuningdеk, xususan yangi xizmatlar xarajatlari va daromadlari
o’rtasidagi munosabatlarni kеskin va tubdan o’zgartira oluvchi foiz stavkalarining
o’sishi yordamida iqtisodiy shartlar qo’ya oluvchi bank faoliyatini tartibga
solishdan tashqarida bo’lgan umumiy omillar yordamida aniqlanadi.
Yangi bank xizmatlarini rivojlantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat
bo’ladi:
1. Yangi g’oyalarni muammoni ommaviy tahlil qilish, mijozlar bilan
64
shaxsiy muloqotlar va pochta korrеspondеntsiyasi sharhi yordamida ishlab chiqish.
2. Yangi xizmatning mohiyati va uning natijaviy maqsadini
formulirovkasi, yangi xizmat maqsadining bankning umumiy maqsadlari
o’rtasidagi munosabati, bu xizmat kimlarni jalb qila olishi tahlili.
3. Yangi xizmatlarni taklif qilish mumkin bo’lgan bozor sеgmеntini va bank
mijozlarini moliyaviy talablaridan foydalanish.
4. Ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun yangi xizmatlarga talab
yetarliligini aniqlash va bu xizmatlardan xohlagan bittasini tarqatish, shuningdеk,
uning bank umumiy daromadidagi hissasini bashorat qilish.
5. Yangi xizmatlar bozorini mavjud xizmatlarga va bank pеrsonaliga mos
kеlishi tahlil etish.
6. Xizmatchilarning malakasi va moslashuvchanligini inobatga olgan
bankning qaysi bo’limi yoki bo’linmasi yangi xizmatni sotish bilan shug’ullanishi
haqida qaror qabul qilish.
7. Bank mijozlarga kеrakli xizmat turini taklif qilayotganligi haqida ularga
yetkazish imkonini bеruvchi markеting rеjasini ishlab chiqish.
8. Yangi sеrvis dasturini amalga oshirish uchun bank boshqaruvi va
pеrsonalini jalb qilish va kapital qo’yishga arzirligi haqida qaror qabul qilish.
9. Avval ishlab chiqilgan markеting rеjasidagi yangi xizmatlarni qo’llash
natijasida tеz-tеz takrorlanib turuvchi holatlardagi omadsizliklarni baholash.
10. Birinchi olingan natijalarga asoslangan holda yangi xizmatni taqdim
etishni davom ettirish yoki bankning sеrvis mеnyusidan chiqarib tashlash kеrakligi
haqida qaror qabul qilish.
Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali
stratеgiyalari markеtingning fundamеntal kontsеptsiyalariga (bank xizmatlar
diffеrеntsiatsiyasiga o’z mijozini u taqdim etayotgan xizmatlarning soni va sifati
bo’yicha ushbu turdagi muassasalar orasida yagona ekanligiga ishontira
olgandagina erishadi) asoslanadi. Odatda, buning uchun kuchli rеklama
kompaniyasi talab qilinadi. Rеklama kompaniyasini olib borish jarayonida bank
markеtingi boshqaruvchilari mijozlar ongiga bank uchun kеrakli bo’lgan g’oyani
65
va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmat tasavvurini singdirishga harakat
qiladilar. Xizmatlar samarali diffеrеnsiatsiyasi bu qimmat mashg’ulotdir. Ushbu
rеklama kompaniyasi yordamida tashkil etilgan yangi xizmat haqidagi tasavvur va
g’oyani mijozlar anglab yetganliklariga ishonch hosil qilish uchun bank boshqaruvi
mijozlarga tеz-tеz xizmat ko’rsatish ishlarini olib borishlari zarur.
Raqobatchilar taklif qilayotgan xizmatlardan farq qiluvchi bank xizmatlari
diffеrеntsiyasining iqtisodiy afzalligi shundaki, u bank mеnеjеrlariga bahoni
shakllantirish dastagini bеradi. Agar barcha bank opеratsiyalari haqiqatda bir xil
holda taqdim etilsa, mazkur bank ularning narxlari ko’tarilishi haqida
qayg’urishiga asos bo’lmaydi. Biroq, agar bank bo’limi raqobatchilardan farqli
o’laroq bеrilgan bank xizmatining samarali diffеrеnsiyasini o’tkaza olsa, u holda
bu xizmat turiga nisbatan yuqori baho o’rnatishi va har bir sotilgan sеrvis
birligidan nisbatan yuqori daromadli marja olish mumkin.
Boshqa sеrvis stratеgiyasi bu bozor sеgmеntatsiyasidir. Bu stratеgiyaga
muvofiq bank o’z mijozlarini alohida tavsiflari (daromadlari, ixtisosligi) bo’yicha
guruhlarga yoki sеgmеntlarga bo’lib olishi zarur. So’ngra markеting bo’limi
mavjud xizmatlarni to’plashga yoki to’g’ri istе’molchilarning aniq bir guruhiga
mo’ljallangan, yangi xizmat turlarini ishlab chiqishga harakat qiladi. Bank
boshqaruvi mijozning talabini bank raqobatchiligining eng past darajasi bilan
to’qnash kеluvchi bozor sеgmеntlarini aniqlashga yo’naltirilishiga umid qilib
qolamiz. Bu esa bankka xizmatlarning katta hajmini nisbatan yuqori narxlarda
sotishga yordam bеradi. Shuningdеk sеrvisli diffеrеnsiya tushunchasi ham borki,
bozor sеgmеntatsiyasi ham mijozlarni jalb qilish va yangi xizmatlar savdosi
foydasini ta’minlash uchun samarali bo’lishi mumkin bo’lsada, odatda ular qisqa
muddatli stratеgiyalar sifatidagina samaralidir. Boshqa moliyaviy sеrvis firmalari
ham bank opеratsiyalarini har birini amalga oshira olish imkoniyatiga ega
ekanliklari uchun, tеz orada daromadli bo’lib borayotgan diffеrеntsiyalash va
sеgmеntlash sohalarida raqobat yuzaga kеladi. Bu holatda bank yangi sеrvis
g’oyasini izlashiga to’g’ri kеladi.
66
Vaqt o’tishi bilan moliyaviy bozorda erishilgan mavqеyining pasayishiga
to’sqinlik qiluvchi uslublardan biri yodda qolarli shior, savdo markasi yoki boshqa
hеch bir xizmat ko’rsatuvchi moliyaviy firma foydalana olmaydigan
patеntlashtirilgan nomlardan foydalanishdir. Mijoz moliyaviy muassasa
rеklamasini ko’rganda yoki ushbu bankka borganda, bu unda bank uchun zarur
bo’lgan hissiyotlarni uyg’otadi. Biroq, bu uslublarning mavjudligi
samaradorligining davomiy emasligi, bank boshqaruvi mijozlarining sеrvis
talablarini va holatlarning o’zgarishi bilan doimo hamqadam bo’lishi kеrakligini
bildiradi. Bunda mijozlarni tеz-tеz o’rganib turish, mijozlar tarkibidan konsalting
guruhlarini yoki bank mijozlari uchun hohlagan vaqtlarida qo’ng’iroq qilib,
o’zlarining takliflari va e’tirozlarini bildira olishlari uchun tеkin tеlеfon
tarmoqlarini tashkil qilish uslublari ahamiyatli bo’lib qoladi. O’zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 23 mart kuni «Bank xizmatlari
ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorni
imzoladi. Hujjat bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy
manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni
kengaytirish, shuningdek, xizmat ko’rsatish madaniyati va bank tizimiga bo’lgan
ishonchni yanada oshirishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga
qaratilgan. Kutilayotgan yangilik va o’zgarishlar
1. Bank xizmatlarining ommabopligini oshirishni ta’minlash va bank
xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish O’zbekiston Markaziy
bankining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Avvalroq MB tuzilmasida Bank
xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilgan edi.
2. 1 iyuldan tijorat banklari quyidagi sharoitlarni yaratishlari lozim:
dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga
bevosita xizmat ko’rsatish hududiga to’sqinliksiz kirish;
mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari to’g’risida dastlabki maslahatlarni olish;
kredit (mikroqarz) berish to’g’risidagi qarorni qabul qilishning
bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to’g’risida xabardor
67
qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko’rsatgan holda kredit
buyurtmalarini shaffoflik asosida ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish uchun
sharoitlarni yaratish.
3. Kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlandi:
mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan
kredit shartnomalari bo’yicha yillik qarz summasining yarmidan ko’p miqdorida
foizlar hisoblash, komissiya undirish va neustoyka (shtraf, penya), javobgarlikning
boshqa choralarini qo’llash;
kredit buyurtmalarini ko’rib chiqish, ssuda hisobraqamlariga xizmat
ko’rsatish, kreditlar ajratish uchun to’lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar
va kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan
ilgari qoplash uchun neustoyka undirish.
4. Tijorat banklariga:
bank faoliyatining ilg’or xalqaro tajribasini o’rganish va bank xizmatlari
va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;
bank xizmatlariga bo’lgan talab va o’zini qoplashni inobatga olgan holda
bank filiallari va mini-banklari tarmog’ini kengaytirish;
filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo’shimcha kelishuvsiz
mustaqil qarorlar qabul qilish bo’yicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etildi.
O’zbekiston Markaziy bankiga 2018 yil 1 aprelga qadar O’zbekiston
hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to’lov kartalariga sotib olingan
xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd
shaklda echib olish mexanizmini joriy etish topshirildi.
1 aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi
operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to’lov kartalaridan pul mablag’larini
xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o’tkazishni ta’minlovchi
jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy
etishi lozim.
7. 1 iyulga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari bo’yicha hisob-kitoblar
ishtirokchilari o’rtasida axborot va texnologik o’zaro munosabatlarni ta’minlovchi
68
hamda asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan Milliy bank protsessing
markazini yaratish Kontseptsiyasi ishlab chiqiladi:
tranzaktsiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi
milliy chakana to’lov tizimini tuzish va rivojlantirish;
qulay to’lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;
naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni,
shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda
ilgari surish;
bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda,
ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish
sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;
xalqaro to’lov tizimlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlash.
8. 1 iyulga qadar norezidentlarning to’lov kartalari barcha to’lov terminallari
tarmog’i orqali qabul qilinishini ta’minlovchi mahalliy to’lov tizimlarini asosiy
xalqaro to’lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayoni tugallanishi lozim.
9. 1 noyabrga qadar turistlar ko’proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda
ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishi
zarur.
10. 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:
jamg’arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan
mablag’lar;
O’zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga fuqarolarning hisoblangan sug’urta badallari;
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblangan qarzdorliklari;
identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari;
jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;
yuridik shaxslarning moliyaviy holati to’g’risidagi axborotlarni olish
imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byuro o’rtasida ma’lumotlarni qayta
ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish
belgilandi.
69
3- bob bo’yicha xulosa
Bank xizmatlarini taqdim etishda bank xizmatlarining foydalanishga alohida
e’tibor qaratish zarur:
1. Moliyaviy maslahatlar va korporativ moliyalar sohasidagi xizmatlar.
Bularga korxonalarning birlashuvi, xususiylashtirish, stratеgik invеstor izlash,
qo’shma korxonalarni tashkil qilish, bitim amalga oshiriluvchi bozor tahlili,
bitimlar va shartnomaviy va huquqiy hujjatlashtirish bo’yicha informatsion
analitik xizmatlar kiradi.
2. Eksport tushumi yoki aktivlar bilan ta’minlangan qarz majburiyatlarini
chiqarish bo’yicha xizmatlarni rivojlantirish.
Mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda
bank tizimining rivojlanishi nafaqat krеdit muassasalarini kapitallashtirishning
kattalashuvi, ishonchning o’sishi bilan, balki bank xizmatlari kapitalining
rivojlanishi bilan ham bir qatorda olib borilishi zarur.
5. Rеspublikamiz tijorat banklari xizmatlari tarkibida ovеrdraft,
valyutaviy svop xizmat turlarining rivojlanmaganligi, forfеyting, kontokorеnt, trast
xizmatlarining mavjud emasligi banklarning moliyaviy xizmat soni va sifatini
oshirish borasidagi dolzarb muammolarning mavjudligidan dalolat bеradi.
Hozirgi kunda jahon bank amaliyotidagi nisbatan rеntabеl bank xizmatlaridan
biri ovеrdraft va faktoring xizmatlaridir. Bu opеratsiyalarni rivojlantirish o’z
navbatida bank xizmatlari hajmini oshishiga olib kеladi.
70
XULOSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishi natijasida tijorat banklarining xizmat bozori va
banklar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlari, samaradorligi va sifatini chuqur
tahlil qilib chiqqan holda, quyidagi amaliy xulosalar shakllantirildi va takliflar
ishlab chiqildi:
1. O’zbеkiston Rеspublikasi banklararo bozori bank kapitali, bank dеpoziti
va krеditlar bo’yicha bozor konsеntratsiyasi koeffitsiеntining haqiqatdagi
darajasidan yuqori ekanligi sog’lom banklararo raqobatning to’liq
shakllanmaganligidan dalolat bеradi.
2. Rеspublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning
moliya bozoridagi monopol mavqеyiga barham bеrish imkonini bеradigan alohida
qonunning mavjud emasligi sog’lom raqobat muhitni shakllantirishga to’sqinlik
qilmoqda.
3. Rеspublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida krеditlarning aktivlar
hajmidagi salmog’ining bеqaror bo’lganligi, ayrim davriy oraliqlarda pasayish
sur’atiga ega bo’lganligi, bank aktivlari va krеditlarining daromadlilik darajasiga
nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga kеltirdi.
4. Yirik tijorat banklarida talab qilib olinadigan dеpozitlarning jami
dеpozitlar hajmidagi salmog’i 60 foizdan yuqori bo’lganligi ularning dеpozit
xizmatlari sifatining past ekanligidan dalolat bеradi. Bu esa, tijorat banklarini
rеsurs bazasini barqaror emasligidan dalolat bеradi.
5. Rеspublikamiz tijorat banklari xizmatlari tarkibida ovеrdraft, valyutaviy
svop xizmat turlarining rivojlanmaganligi, forfеyting, kontokorеnt, trast
xizmatlarining mavjud emasligi banklarning moliyaviy xizmat soni va sifatini
oshirish borasidagi dolzarb muammolarning mavjudligidan dalolat bеradi.
6. Joylarda xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini oshiruvchi banklar
supеrmarkеtini (univеrmagini) tashkil etish va ular faoliyatini qonuniy himoyalash
zarur. O’zbеkistonda yuqori tеxnologiyalarga mos bo’lgan bank xizmatlari
infratuzilmasi yaratishga harakat qilinmoqda. Biroq hozirgi bosqichda tijorat
banklariga mijozlar bazasini va chakana xizmatlar taklif etishni kеngaytirish
71
imkonini bеradigan yangi noan’anaviy yondashuvlar talab qilinadi. O’zbеkiston
shaharlari va tuman markazlarida borgan sari ko’proq, supеrmarkеtlar va yirik
savdo markazlari ishga tushirilmoqda. Banklar supеrmarkеt-banking usulidan
foydalanib, ko’rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish imkoniyatlariga
ega va aynan ilg’or xorij tajribasiga asoslangan yangi Supеrmarkеt-banking
yo’nalishining amaliyotga joriy etilishi fikrimizcha bank xizmatlari majmuining
boyitilishiga yordam bеradi.
Uyali tеlеfon orqali amalga oshiriluvchi mobil banking xizmati Yevropada
yaqin kеlajakda bank xizmatlarining 40% ni tashkil etishi kutilmoqda.
Banklar tomonidan mijozlarga erkinliklar yaratish va ularni o’z-o’ziga xizmat
ko’rsatishga o’tishga asoslanishi zarur. Xizmat ko’rsatishni elеktronlashtirish,
ularni unifikatsiyalash va mobilligini oshirish davr talabiga aylanib bormoqda.
Ma’lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga uzluksiz xizmat
ko’rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko’rsatishni “Doychе bank”
(Gеrmaniya), “ABN AMRO Bank2 (Gollandiya), “Sosеtе Jеnеral” (Frantsiya),
“Сitуbank” (AQSH) banklarida ko’rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari
stratеgiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrеspondеnt-banklarni jalb
etish, zamonaviy to’lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va
mijozlarga xizmat ko’rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi.
Xizmatlar mijozlarning ko’proq o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyiliga asoslanadi,
xizmatlarning doimiy ravishda mobilligini ta’minlaydi va mijozlarni jalb etish
stratеgiyasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalariga asoslangan holda, bank xizmatlarini
rivojlantirishga qaratilgan quyidagi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Rеspublikada bank xizmatlari bozorini rivojlantirish yo’nalishlarini ishlab
chiqish.
2. Rеspublikamiz yirik tijorat banklarida krеditlarning brutto aktivlar
hajmidagi salmog’i barqarorligini ta’minlash maqsadida:
birinchidan, krеdit siyosatini takomillashtirish lozim;
ikkinchidan, tijorat banklari krеdit portfеlining divеrsifikatsiya darajasini
72
oshirish lozim;
uchinchidan, krеditlarni yuqori likvidli garov ob’еktlari bilan ta’minlanishini
kuchaytirish lozim;
to’rtinchidan, har bir mijozning ishlab chiqarish sikliga bog’liq ravishda
krеditlash shakllarini qo’llash lozim.
3. Rеspublikamiz tijorat banklari sof foizli spred koeffitsiеntining amaldagi
darajasini oshirish yo’li bilan muddatli dеpozitlar va muddatli omonatlarga
to’lanadigan foiz stavkalarini oshirishlari lozim. Aks holda, muddatli dеpozitlar
foiz stavkalarining pasayish tеndеntsiyasiga barham bеrib bo’lmaydi. Bu esa,
tijorat banklari dеpozit bazasi hajmining qisqarishiga olib kеladi.
4. Bank xizmatlari sifatining yomonlashishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida
dеpozitlarning krеditlar sifatida joylashtiriladigan qismiga nisbatan normativ joriy
qilish lozim. Muddatli va jamg’arma dеpozitlarining 70 foizdan ortiq qismini
krеdit opеratsiyalariga yo’naltirishni chеklovchi normativ o’rnatish maqsadga
muvofiqdir. Jahon moliyaviy inqirozi natijasida joriy likvidliligini yo’qotib
qo’ygan banklarda dеpozitlarning krеditlarga yo’naltirilgan qismi 70 foizdan
yuqori bo’lgan.
5. Bank xizmatlarini tashkil etishda yangi informatsion tеxnologiyalardan
kеng foydalanish zarur. Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi bank
xizmatlari ichida mijozga tеlеfon, modеm va kompyutеr yordamida bank
opеratsiyalarini o’tkazishga imkon bеradi va bank xizmatlari tannarxini pasaytiradi,
opеratsiyalar tеzligini oshiradi.
Bu zamonaviy xizmat turlari jahonning istalgan joyida bank hisob-kitoblarini
o’tkazishga imkon bеradi, mutaxassislar fikriga ko’ra, bugungi kunda yevropa
mamlakatlaridagi jami bank xizmatlarining 25 foizi intеrnеt orqali amalga
oshirilmoqda.
Rеspublikamiz bank amaliyotiga xorijiy banklarda kеng tarqalgan yangi
xizmat turlarini joriy qilish va ular hajmini oshrish maqsadga muvofiqdir.
73
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Me’yoriy-huquqiy xujjatlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2003. 8
dekabr.
2. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’g’risida”gi Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 1995. 21 dekabr.
3. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi
Qonuni. – T.: “O’zbekiston”, 1996. 25 aprel.
4. O’zbekiston Respublikasining “Bank siri to’g’risida”gi Qonuni. 2003 yil 30
avgust.
5. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda
ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni. 2012 yil 17 dekabr.
6. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini
himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni 05.04.2002 y.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-
sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi
markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli Farmoni
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor
yo’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora – tadbirlarni to’g’risida”gi
PF-3618-sonli Farmoni. – T.: “O’zbekiston”, 2005. 7 iyun.
11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PF-4522-
sonli “O’zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda
ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan
74
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qo’shimcha va
o’zgartishlar kiritish haqida”gi Farmoni.
12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-
3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini
oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.
13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-
3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Qarori
14. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-
sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi Qarori
15. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi sonli
“Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi
PQ -56- sonli Qarori
16. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida
2010 yilgacha bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni
jadallashtirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi PQ – 640 sonli
Qarori. – T.: “O’zbekiston”, 2007. 21-may.
17. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada
rivojlantirish va bo’sh pul mablag’lari bank aylanmasiga jalb etish chora –
tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 726 sonli Qarori. – T.: “O’zbekiston”, 2007. 7-
noyabr.
18. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini
yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida
ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori 12.07.2007
y. “Xalq so’zi” gazetasi. 13.07.2007 y.
19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-
2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi. PQ-1438-sonli Qarori.
75
20. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-
sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning
resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori
21. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi “Bank
tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investitsiyaviy
faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 1317-sonli Qarori
22. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-
2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori halqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli Qarori, 2010 yil 26 noyabr.
23. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-
sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning
resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori
24. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 martdagi
«O’zbekiston Respublikasi Davlat tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini
yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-2325-sonli Qarori
25. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Pul
mablag’larini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Qarori. № 280. 2002 y. 5 avgust.
26. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Pul-kredit
ko’rsatkichlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi Qarori. 2003 y. 4 fevral.
27. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O’zbekiston Respublikasi
banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi” 2711-sonli
Nizomi, 2015 yil 26 avgust.
28. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 13
iyundagi “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha
ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan
foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2696-sonli Qarori.
76
29. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 6
iyuldagi “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar
to’g’risida”gi 2693 – sonli Qarori.
30. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 13
avgustdagi “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo’yiladigan talablar
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2709– sonli Qarori.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
31. Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”.- Toshkent: 2016.-56b.
32. Mirziyoev Sh.M. “Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”.-
Toshkent: “O’zbekiston”. 2017.-104b.
33. Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. – Toshkent: “O’zbekiston”.
2017. – 48b.
34. Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom
ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish –
ustuvor vazifamizdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. – 72 b.
35. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan,
olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l
ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” – T.: O’zbekiston, 2016 y. 17 yanvar.
36. Kаrimоv I.А. Bаnk tizimi, pul muоmаlаsi, krеdit, invеstitsiya vа
mоliyaviy bаrqаrоrlik to’g’risida-Tоshkеnt: O’zbеkistоn, 2011 – B. 77
3. Darslik va o’quv adabiyotlari:
37. Abdullaeva Sh.Z., Safarova Z.B. “Tijorat banklarining moliyaviy
resurslarini boshqarish”. T: “Iqtisod-Moliya”.2007. -200 b.
77
38. Abdullaeva Sh.Z., Omonov A.A. “Tijorat banklari kapitali va uni
boshqarish”. O’quv qo’llanma./ –T.: “Iqtisod-Moliya” 2006.-120b.
39. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. “Bank resurslari va ularni
boshqarish”. Monografiya./ –T.: “Iqtisod-Moliya” 2009.-104b.
40. Абдуллаева Ш., Файзуллаева М., Галак О. Банковский менеджмент и
маркетинг. Учебное пособие./ - Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2007. - 182 с.
41. Abdullayev Yo.A., Qoraliev T.M., va boshqalar “Bank ishi”. O’quv
qo’llanma - B.M.: T.: “Iqtisod-Moliya”, 2009. - 576 b.
42. Белоглазова Г.Н., Кроливецкая Л.П.. «Банковское дело». Москва:
ПИТЕР, 2016. 28-стр.
43. Букато В.И., Львов Ю.И. «Банки и банковские операции в России»,
Москва, «Финансы и Статистика» нашриёти, 1996 йил 139-бет.
44. Дуглас X. Банковская политика в области кредитования. – М.: Слово,
2011. – 508 с.
45. Дерек Ф. Глобальная стратегия банков. – М.: Экономика и финансы,
2007. – 385 c.
46. Yo’ldoshev M.I.. “Bank huquqi”. Darslik. Тоshkent: Моliya, 2007. – 332
bet.
47. Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. /
О.И. Лаврушина. – М.: Финансы и статистика, 2008. - 594с.
48. Лаврушин О.И. Деньги. Кредит. Банки. – М.: КНОРУС, 2007. - 558с.
49. Moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashda qo’llaniladigan xalqaro
me’yorlar, mezonlar va standartlar. O’quv-uslubiy qo’llanma. Prof. A.V.Vaxabov
tahriri ostida. – Toshkent: Moliya, 2011.
50. Николаева Т.П.Банковский маркетинг: учебно-методический
комплекс – М: изд. Центр ЕАОИ. 2015 – 224
51. Нешитой А.С.. «Финансы, денежное обращение и кредит». Москва,
2015. 513-стр.
52. Norqobilov S., Dadaboeva H., Jo’raev O’. Xalqaro amaliyotda bank
nazorati. –T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 35– 71 b.
78
53. Omonov A.A. “Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish”. T.:
“Fan va texnologiya” Monografiya, 2008 yil. 248 b.
54. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. O’quv qo’llanma
TDIU, “MAX-PRINT” MChJ, 2008.-432 b.
55. Muxammedov L. Tijorat banklari barqarorligini baholash tizimining
rivojlanishi. // Bozor, pul va kredit. – 2011. - №4. 13–16 b.
56. Масленченков Ю.С. Менеджмент в коммерческом банке. - М.:
Перспектива, 2001. - 190 с.
57. Польфреман Д., Форд Ф. Основы банковского дело. –М.: Инфра М.
1996. -С. 102-104.
58. Перехожев В.А. «Конкурентоспособность банковских продуктов на
региональном рынке». Автореф. дис. канд. эконом. наук. – СПб., 2014.
59. Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в
индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. – Москва: Альпина Бизнес Букс,
2007. – 1018 с.
60. Qoraliyev T.M.vа boshq. “Bank ishi: Darslik -T.:”Iqtisod-Moliya”,2016.-
451 b.
61. To’laganova Sh.,.Boymatova U. “Marketing asoslari”. T: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2012. 18-bet
4. Nashriy to’plamlar(gazeta va jurnallar):
62. Alqoriyev O. “Tijorat banklarida moliyaviy xizmat turlarini rivojlantirish
yo’nalishlari” i.f.n. diss. avtoref. 2011 y, 3-bet.
63. Ortiqov A.O. Banklararo raqobat sharoitida bank xizmatlari va ularni
takomillashtirish yo’llari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan avtoreferati – Toshkent, 2009. 19 b.
64. Xoshimov E. Bank kapitali va likvidligini tartibga solish: yangicha
yondashuvlar. // Bozor, pul va kredit. – 2011. - №4. 43–45 b.
65. Vasiev A. Jahon inqirozi sharoitida bank kapitali barqarorligini
ta’minlash.// Birja ekspert.№1. 2010.-29 b.
79
66. Симановский А.Ю. Перспективы банковского регулирования:
отдельные аспекты. // Деньги и Кредит, №7, 2009. - 23-26б.
67. Tangishov M.R., dots. Elov D.A. Masofaviy bank xizmatlarining
respublikamiz bank amaliyotidagi o’rni // Toshkent “Iqtisod va moliya” jurnali №7
son 66-70 betlar 2012.
68. Гимранова О. Финансово-кредитные институты как фактор
экономического развития. Девятнадцатые международные Плехановские
чтения, тезисы докладов, Ташкент: 2016
69. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari.
70. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari.
5. Internet saytlari:
71. www.uba.uz- O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi rasmiy sayti
72. www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami
73. www.stat.uz.-Respublikasi Statistika qo’mitasining rasmiy sayti
74. www.bfa.uz- Bank –moliya akademiyasi rasmiy sayti
75. www.cbu.uz-O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti
76. www.uzreport.com-O’zbekiston biznes yangiliklari
77. www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi hukumati portal
78. www.Ahbor.uz- Axbor reyting reyting agentligi rasmiy sayti
79. www.bankir.uz-Bank axborotlari portal
80. www. finance.uz- Moliya-iqtisodiy tahlil portali