58

Click here to load reader

YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

  • Upload
    lyquynh

  • View
    1.453

  • Download
    216

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

AKADEM IYA

A. A. QAHHOROV, M. X. SAYIDOV

YO‘LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI

VOSITALAR

O‘quv-metodik qo‘llanma

Toshkent – 2014

Page 2: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

T a q r i z c h i l a r :

Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti avtomobil transporti ekspluatatsiyasi fakulteti dekani, texnika fanlari

nomzodi, dotsent R.M. Hakimov;

Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi kafedra mudiri, texnika fanlari

nomzodi, dotsent K.I. Ibrohimov

M u a l l i f l a r :

A.A. Qahhorov, M.X. Sayidov

K–30

Qahhorov A.A. Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi vositalar:

O‘quv-metodik qo‘llanma / A.A. Qahhorov, M.X. Sayidov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – 58 b.

Qo‘llanmada yo‘llarni tartibga soluvchi vositalar (svetofor, yo‘l belgilari, yo‘l

chiziqlari, tartibga soluvchi (shaxs) va harakatni tartibga soluvchi qo‘shimcha texnik vositalar to‘g‘risida bayon qilingan, shuningdek yo‘llarda harakatlanish tartiblari suratlar orqali ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining tinglovchi va kursantlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

BBK 39.808 ya 73

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014

Page 3: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

3

KIRISH

Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan transport vositalarining soni va yo‘llarda harakat jadalligi kun sayin o‘sib bormoqda.

Bu esa o‘z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog‘ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi.

Harakatlanish xavfsizligini ta’minlashda tartibga soluvchi texnik vositalarning zarurati hali avtomobillar bo‘lmagan davrlardayoq paydo bo‘lgan edi. Foytun aravalarning yo‘llar kesishmalarida va temir yo‘l kesishmalaridagi to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi ko‘paygan vaqtda harakatni tartibga soluvchi texnik vositalarning dastlabgisi 1868-yil Londonda muhandis J.Nayt tomonidan yaratilgan. U mexanik tartibga soluvchini, ya’ni qanotlari ko‘tariladigan temir yo‘l semoforini kashf etdi. Avvaliga semoforni Angliya parlamenti binosi oldiga kesishmaga o‘rnatdi. Tartibga soluvchi mazkur texnik vositaning qanotlarini ko‘tarib-tushirish unga biriktirilgan shaxs uchun ancha mushkul ish bo‘lganligi sababli moslama o‘zini oqlamadi. Shu bois, keyinchalik ko‘chalarga fonusi va surnayi mavjud bo‘lgan tartibga soluvchilar paydo bo‘la boshladi.

Hozirgi kunda transport vositalarining harakatini tartibga soluvchi vositalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Misol uchun, biron-bir kattaroq chorrahada 5-10 daqiqa svetofor yoki tartibga soluvchi bo‘lmaganda harakatlanish qanday murakkab bo‘lishini tasavvur qiling. Yo‘l-transport hodisalariga olib keluvchi oqibatlar, tovushli ishoralar, haydovchilarining o‘zaro asabiylashishlari va hokazolar bunda, ayniqsa, ko‘payadi.

Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi texnik vositalar, ya’ni tartibga soluvchi, svetofor, yo‘l belgilari va chiziqlari qatoriga yana qo‘shimcha texnik vositalarni, ya’ni fotarodarlar, chorraha va yo‘llarni kuzatuvchi vediokuzatuvlar jihozlarni hamda GPS navigator tizimlari ham kirib, ular hozirgi kunda harakat xavfsizligini ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.

Page 4: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

4

I bob. YO‘LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

1-mavzu. Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi vositalar va

ularning turlari

Yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishdan maqsad serqatnov yo‘llarda, kesishmalarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalarning va chorrahalarning barcha yo‘nalishlarida harakat-lanayotgan transport vositalarining harakatlanish navbatini belgilashdan iborat. Harakatni tartibga soluvchi vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

tartibga soluvchi (shaxs); svetofor; yo‘l belgilari; yo‘l chiziqlari; harakatni tartibga soluvchi qo‘shimcha texnik vositalar. Tartibga soluvchi (xodim). Transport va piyodalar oqimining

ko‘payishi tartibga soluvchiga qiyinchilik tug‘dirdi. Buning ustiga har bir chorrahaga tartibga soluvchini qo‘yish juda mushkul ish. Keyinchalik transport harakati juda ko‘p bo‘lgan yo‘llar kesishgan joylarga svetoforlar o‘rnatilgan, natijada tartibga soluvchi (shaxs)ning ishini ancha yengillashtirgan.

Svetofor. «Svetofor» grekcha so‘z bo‘lib, «yorug‘lik tarqatuvchi» degan ma’noni anglatadi. Elektr svetoforlar 1914-yil Amerika Qo‘shma Shtatlarida, dastlab Klivlendda, keyin esa Nyu-York va Chikago shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularda faqat ikkita yoritkich, ya’ni qizil va ko‘k yoritkichlar yonar edi. Ogohlantiruvchi sariq chiroq o‘rniga tartibga soluvchi shu vazifani bajarib turar va hushtak bilan haydovchilar, aravalar va piyodalarni bir yoritkichdan ikkinchisiga o‘tish to‘g‘risida ogohlantirar edi.

1918-yildan svetoforlar Yevropa shaharlari ko‘chalarida ham paydo bo‘ldi. Moskvada yo‘l harakatini tartibga solish uchun mo‘ljallangan birinchi qurilma 1924-yilda Kuznetskiy Most va Petrovka ko‘chalari kesishgan chorrahada paydo bo‘ldi. Uch yildan so‘ng Strastkiy (hozirgi Pushkin) maydonida temir yo‘l svetoforlariga o‘xshash ikkita svetofor o‘rnatildi.

Page 5: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

5

Dunyodagi birinchi avtomatik svetofor Angliyaning Lids shaharidagi Parkroy va Bond-strit ko‘chalari chorrahasida 1928-yilda paydo bo‘ldi. «Elektropolismen»da o‘sha vaqtda (u shunday nomlanardi) qizil va ko‘k ko‘rsatkich 28 sekund yonardi (1-rasm).

1-rasm.

Yo‘l belgilari. XIX asrning oxirlarida birinchi yo‘l belgilari ilk avtomobillar bilan birga paydo bo‘la boshladi. 1909-yilda Parijda o‘tkazilgan birinchi xalqaro konferensiyada harakatlanish xavfsizligining asosiy tamoyillari va avtomobillarga qo‘yiladigan asosiy talablar qabul qilindi. Unda yo‘l belgilariga taalluqli tavsiyalar ham qabul qilindi.

Mustaqilligimizdan keyin 1968-yilgi Vena Konvensiyasi talablariga asosan «Yo‘l harakati qoidalari» 1994-yilda ilk bor o‘zbek tilida qabul qilindi. Keyinchalik bu qonun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli Qarori bilan tasdiqlanib, 2001-yil 1-mart kunidan kuchga kiritildi. Qoidalarining asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir.

Yo‘l belgilari davlat standartlariga asosan yetti guruhga bo‘linadi: 1) ogohlantiruvchi belgilar; 2) imtiyoz belgilar; 3) taqiqlovchi belgilar; 4) buyuruvchi belgilar; 5) axborot-ishora belgilari; 6) servis belgilari; 7) qo‘shimcha axborot-ishora belgilari (2-rasm).

Page 6: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

6

2-rasm.

Yo‘l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda haydovchining

harakat trayektoriyasini, yo‘nalishlarni va chetki yo‘l qismlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Yo‘l chiziqlarini yo‘l sharoitlarining o‘zgarishiga qarab ishlatish qoidalari GOST 23457-86 «Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari», ularning elementlariga qo‘yiladigan talablar esa, GOST 13508-74 «Yo‘l bilgilari»da keltiril tartibda chiziladi.

Yo‘l chiziqlari. Qatnov qismida ishlatiladigan chiziqlar yotiq va tik chiziqlarga bo‘linadi.

Harakatning tartibini belgilovchi yo‘l chiziqlariga yo‘lning qatnov qismiga, to‘siqlarga va boshqa yo‘l inshoatlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi (3-rasm).

3-rasm.

Qo‘shimcha texnik vositalar. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda tartibga soluvchi qo‘shimcha texnik vositalarning ahamiyati rivojlangan shaharlarda o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon qilmoqda. Mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida

Page 7: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

7

tartibga soluvchi texnik vositalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, IIVning tegishli buyruqlari chiqarilgan. Hozirgi kunda poytaxtimizning 120 taga yaqin serqatnov chorrahalarida videokuzatuvlar joriy qilinib, markazlashgan elektron tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish rejalashtirilgan (4-rasm).

4-rasm.

Page 8: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

8

II bob. TARTIBGA SOLUVCHI

2-mavzu. Tartibga soluvchi va uning ishoralari

Tartibga soluvchi – tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo‘l bog‘ichi, jezl, qizil ishorali yorug‘lik qaytargich yoki yorug‘lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroqli yoki bayroqchali) ichki ishlar, harbiy avtonazorat xodimi, yo‘ldan foydalanish idoralarining xizmatchisi, temir yo‘l kesishmasi, sol kechuvlari (parom) navbatchisi, ja-moatchi avtonazoratchi va ichki ishlar idoralarining shtatdan tashqari xodimi.

Tartibga soluvchinining ishoralari. Tartibga soluvchi harakatlanishni tartibga solishda «Yo‘l harakati qoidalari» hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2011-yil 5-yanvardagi «Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul xizmati safidagi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish haqidagi» buyrug‘i asosida faoliyat olib boradi.

Harakatni boshqarishda svetoforlardan foydalanish yoki YPX xodimi tomondan uning amalga oshirilishi transport va piyodalar oqimlarini o‘zaro ziddiyatsiz harakatini amalga oshirish imkoyatini yaratadi. Bu esa yo‘l-ko‘cha tarmog‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun sharoit yaratadi.

Tartibga soluvchi avvalo qomatini tik tutishi, o‘ng qo‘lida jezl bo‘lishi, ishoralarni aniq qilib berishi, tungi vaqtda nur qaytaruvchi kiyim kiyishi va haydovchilarning diqqatini jalb qilish uchun qo‘shimcha ovoz kuchaytirgich moslamadan (masalan, hushtakdan) foydalanishi kerak. Tartibga soluvchining asosan uchta ishorasi qo‘llaniladi va ular ma’lum bir ma’nolarni anlatadi (5-rasm).

5-rasm.

Page 9: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

9

Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:

chap va o‘ng yon tomonidan tramvaylarga to‘g‘riga, boshqa transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishiga ruxsat beriladi (6-rasm);

6-rasm.

piyodalarga tartibga soluvchining oldi va orqa tomonidagi qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi (7-rasm);

7-rasm.

oldi va orqa tomondan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi (8-rasm);

8-rasm.

Page 10: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

10

piyodalarning chap va o‘ng yon tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishlari taqiqlanadi (9-rasm).

9-rasm.

O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda:

chap yonidan tramvaylarga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi (10-rasm);

10-rasm.

oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘nga harakatlanishga ruxsat beriladi (11-rasm);

11-rasm.

piyodalarga tartibga soluvchining faqat orqa tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi (12-rasm);

Page 11: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

11

12-rasm.

orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi (13-rasm).

13-rasm. Qo‘lini yuqoriga ko‘targanda:

qoidaning 8.13-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi (14-rasm).

14-rasm.

ishora berishdan oldin chorrahalarga kirib qolgan transport vositalari va piyodalar harakatini davom ettiradilar.

Page 12: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

12

Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi, ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi mumkin.

Chorrahada barcha transport vositalariga: tartibga soluvchining to‘rt tomonidan doim ikki tomonida

harakatlanish taqiqlanadi, ikki tomonidan ruxsat etiladi; tartibga soluvchining harakatlanishga ruxsat beruvchi har bir

holatida tramvayga faqat bir yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi;

tartibga soluvchi uzatilgan qo‘llari bilan harakatlanish ruxsat etilgan chorraha tomonlarini ko‘rsatadi;

tartibga soluvchining ko‘krak tomonida harakatlanish doimo taqiqlanadi;

tartibga soluvchining ko‘krak tomonidan to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanish doimo taqiqlanadi (15-rasm).

15-rasm.

Page 13: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

13

Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o‘tayotgan ichki ishlar idorasi xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo‘l ishorasi yoki ovoz kuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko‘rsatilgan joyda to‘xtashi kerak.

Yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat qilishda YPX xodimi o‘ng

qo‘lini bosh kiyimiga qadar ko‘tarib, lavozimi, maxsus unvoni va familiyasini aytib o‘zini tanishtirishi, transport vositasini to‘xtatish sababini bildirishi lozim. Fuqarolar murojaat qilgan hollarda xodim o‘sha talablarni bajarib, vakolati doirasida yordam berishi, savollarni hal qilish uchun qayerga murojaat qilish kerakligini tushuntirishi lozim.

Fuqarolar bilan gaplashganda YPX xodimi xotirjamlik va sabr-toqatni namoyon qilishga, tortishuvga, o‘zini yo‘qotmaslik, qo‘pollik qilmaslikka majbur.

Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va

ko‘rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.

Chorrahalarda svetofor ishlab turganida haydovchilar svetoforga emas, balki tartibga soluvchining ishoralariga bo‘ysunadilar (16-rasm);

16-rasm.

Chorrahalarda imtiyoz belgilari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, harakatni tartibga soluvchi harakatni tartibga solayotgan bo‘lsa, haydovchilar tartibga soluvchining ishoralariga bo‘ysunishlari shart (17-rasm);

Page 14: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

14

17-rasm.

Chorrahada biror-bir sababga ko‘ra yo‘lning holati yoki vaziyat o‘zgargan taqdirda haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko‘rsatmalariga, ular svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham, amal qilishlari kerak (18-rasm).

18-rasm.

Page 15: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

15

III bob. SVETOFORLAR

3-mavzu. Svetofor ishoralari va unda transport vositalarining harakatlari

Hozirgi kunda biz elektronika asrining guvohlarimiz deyishimizga

to‘la asoslar bor. YPX dispetcherlik xizmatidagi boshqarish pulti ko‘plab kompyuter va murakkab elektr jihozlari bo‘lgan laboratoriyani eslatadi.

Yo‘llarda harakatlanishni boshqarishning avtomatik tizimlari (YHBAT) yo‘lda vujudga kelgan murakkab vaziyatlar muammolarning yechimini topadilar, qaror qabul qiladilar, ularni aloqa vositalari orqali joylarga yuboradilar va boshqarish vositalariga buyruqlar beradilar. Chorrahalarda esa, tartibga soluvchining ishtirokisiz, transport va piyodalar oqimining oz-ko‘pligiga qaramay, svetoforlarning ruxsat beruvchi yoki taqiqlovchi yoritkichlari yonadi va harakatlanishni tartibga soladi.

Xo‘sh, bu yoritkichlar nimalarni bildiradi? Yashil, sariq, qizil va oq oydin (piyodalar o‘tadigan joylarda)

ranglar yonishiga qarab, quyidagilarni anglatadi: – dumaloq yashil yoritkich harakatlanishga ruxsat beradi; – qora asosdagi yo‘naltirgichli yashil yoritkich ko‘rsatilgan

yo‘nalishda (yo‘nalishlarda) harakatlanishlarga ruxsat beradi. Svetoforning qo‘shimcha qismidagi ko‘k yo‘naltirgich ham shunday vazifani bajaradi.;

– yonib-o‘chib turuvchi yashil yoritkich harakatlanishga (yurishga) ruxsat beradi hamda uning vaqti tugab borayotgani va tezda taqiqlovchi yoritkich yonishidan xabar beradi. Yashil rangdagi yoritkichning tugash vaqti (sekundlar) haqida haydovchilarni ogoh qilish uchun raqamli tablo qo‘llanishi mumkin.

Serqatnov yo‘llarning bir xil sathdagi kesishmasida haydovchilarning harakatlanib o‘tishlari qiyinlashib, transport vositalari murakkab vaziyatni yuzaga keltiradigan bo‘lsa, harakatlanish navbatini svetofor orqali tartibga solish maqsadga muvofiqdir. Ishlash tartibi dasturlashtirilgan svetofor orqali chorraha va maydonlarda transport vositalarining harakatlanib o‘tishlarini tartibga solish jarayonida belgilangan muddat bo‘yicha navbat bilan ma’lum yo‘nalishga ruxsat beradi va boshqa yo‘nalishda harakatlanishni taqiqlaydi.

Page 16: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

16

Agar svetoforning yoritkichlari odam qiyofasida gavdalansa, ularning ta’siri faqat piyodalarga tegishlidir. Oysimon oq yoritkich o‘tish joyining avtomatik ravishda tartibga solinishini bildiradi. Siz svetoforning yoritkichlari nima sababdan aynan tanlanganligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Inson turli ranglarning yorug‘lik nurlarini turlicha qabul qiladi. Qizil nurlarning to‘lqin uzunligi eng katta bo‘lib, tarqalganda juda kam yo‘qoladi. Qizil rang sezilarli va darhol ko‘zga tashlanadi, buning ustiga qizil rang olovli xavf haqidagi tasavvurlar bilan bog‘langan. Shu sababli diqqatni kuchaytirish zarurligi haqida ogohlantirish uchun qizil tanlangan. U bizni to‘xtatib turadi, harakatni taqiqlaydi. Sariq rangning xususiyati qizil rangdan yomonroq, lekin yashil rangdan yaxshi. Yashil rang esa har bir kishining tasavvurida sokinlik, dam olish, yam-yashil dalalar, o‘tloqlar, bahorgi o‘t-o‘lanlar bilan bog‘langan va shu bois bemalol harakatlanish mumkinligini anglatadi (19-rasm).

19-rasm.

Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug‘lik ishoralari qo‘llaniladi.

Svetofor ishoralari vazifasiga bog‘liq ravishda doirasimon (19-rasm, 1, 2), yo‘naltirgichli (19-rasm, 3, 4), piyoda tasviri tushirilgan (19-rasm, 10) va X-simon (19-rasm, 5) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Page 17: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

17

Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yo‘naltirgich ko‘rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo‘shimcha tarmoq bo‘lishi mumkin (19-rasm, 3).

Transport vositalarining chorraha bo‘ylab navbatma-navbat harakatlanib o‘tishlarini tartibga soluvchi svetofor ikki yoki uch navbatli bo‘lishi mumkin. Serqatnov yo‘llarning chorrahalarida transport vositalarining harakatlanib o‘tishlari uch navbatga bo‘lingan bo‘lsa, uchinchi navbatdagi harakatlanish qo‘shimcha tarmoqli svetoforlar orqali tartibga solinadi (20-rasm).

20-rasm.

Qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi (21-rasm).

21-rasm.

Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: tik svetoforning eng pastida, yotiq svetoforning o‘ng chekkasida

joylashgan yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat berib, bu belgilangan ruxsat vaqti

Page 18: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

18

tugayotgani va tez orada (3-4 soniyadan so‘ng) taqiqlovchi yoritkich yonishi haqida axborot beradi.

yashil yoritkichning o‘tishiga qancha soniya qolganligini haydovchilarga yetkazish uchun raqamli tablo qo‘llanilishi mumkin.

Tablo 10 soniyadan (10, 9, 8… 3, 2, 1) kam qolgan vaqtlarni ko‘rsatadi. Svetoforning qizil chirog‘idan keyin yongan sariq chiroqda chorrahaga kirib kelish taqiqlanadi (22-rasm), (sariq chiroq harakatni taqiqlaydi) lekin svetoforning yashil (harakatga ruxsat beruvchi) yoritkichi yonib turganida chorrahaga (to‘xtash chizig‘iga) juda yaqin kelib qolib, sariq chiroq yonganida keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan transport vositasi haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.

22-rasm.

Miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi. U transport oqimi siyrak bo‘lib, ularni navbat bilan harakatlanib o‘tishlarini tartibga solishga hojat bo‘lmagan, lekin ba’zi bir sabablarga ko‘ra xavfli bo‘lgan chorrahalarda qo‘llaniladi (23-rasm).

23-rasm.

Ustma-ust joylashib, navbat bilan miltillovchi ikkita sariq yoritkich harakati doimiy bo‘lmagan, vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan piyodalarning harakati tartibga solinmagan o‘tish joylari borligi haqida ogohlantiradi.

Page 19: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

19

Navbatma-navbat miltillovchi ikkita qizil yoritkich temir yo‘l kesishmalari va sol kechuvi (parom) oldida o‘rnatilib, harakatlanishni taqiqlaydi (24-rasm). Bu svetoforlar yoritkichlarini navbat bilan yonishi haydovchining ko‘zlariga (nazariga) tezroq tashlanishi va uni tezroq anglab, chora qabul qilishi uchun mo‘ljallangan.

24-rasm. Svetoforning qizil, sariq va yashil yoritkichlariga tushirilgan qora

tasvirli yo‘naltirgichlar bu yoritkichlarning ma’nosini o‘zgartirmaydi, balki u svetoforning yashil yoritkichi yonganida ruxsat etilgan harakat yo‘nalishi haqida axborot beradi (25-rasm).

25-rasm.

Bu svetoforlar harakatlanishi ko‘p yo‘nalishli chorrahalarda har bir bo‘lak uchun alohida qo‘llanilishi mumkin (26-rasm).

Page 20: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

20

26-rasm.

Davlat namunasi (GOST 25695-91)ga asosan ko‘zlari ojiz piyodalar o‘tish joylarida svetofor ishoralariga qo‘shimcha tovush chiqaruvchi moslamalar o‘rnatilishi mumkin.

Agar tegishli yo‘l belgisi bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi (27-rasm).

27-rasm.

Agar qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich svetoforning yashil yoritkichi bilan yonsa, boshqa yo‘ldagi harakatlanish taqiqlangani tufayli, ko‘rsatilgan yo‘nalishda to‘xtamasdan harakatlanib o‘tishga ruxsat beriladi (28-rasm).

28-rasm.

Page 21: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

21

Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yo‘naltirgich (yo‘naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo‘lsa, u haydovchilarga svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yo‘naltirgichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko‘rsatadi (29-rasm).

29-rasm. Sutkaning qorong‘i vaqtida (yetarli ko‘rinmaslik holatlarida)

haydovchiga svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i ko‘rinmay qolib, asosiy yashil chiroqda burilib yoki qayrilib xato qilmasliklari uchun ushbu kontur chiziqli strelka asosiy yashil chiroqqa tushiriladi.

Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko‘rinishida bo‘lsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi (30, 31-rasmlar).

30-rasm. 31-rasm.

Page 22: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

22

Qatnov qismidagi harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan bo‘laklarda transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo‘nalgan yo‘naltirgich ko‘rinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo‘llaniladi (32-rasm).

32-rasm.

Bu ishoralar qaysi bo‘lak ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi (33-rasm).

33-rasm. Ikki tomoni 1.9 yotiq chizig‘i bilan belgilangan bo‘lak ustiga

o‘rnatilgan ishoralari o‘chirilgan reversiv svetofor shu bo‘lakka kirishni taqiqlaydi.

Davlat namunasi (GOST–25695–91)da reversiv svetoforning asosiy ishoralariga qo‘shimcha 450 burchak ostidagi sariq yo‘naltirgich ko‘zda tutilgan. Bu yo‘naltirgich yonganida haydovchilar reversiv bo‘lakni tark etib chiqib ketishlari kerak (34-rasm).

Page 23: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

23

34-rasm. Yashil yo‘naltirgich yonganida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan

haydovchilar, bo‘laklarni ajratuvchi reversiv chiziqni istalgan tarafidan kesib o‘tishlari mumkin.

Temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi (35-rasm).

35-rasm.

Temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatilgan ushbu svetoforning oq miltillovchi chirog‘i mazmun jihatdan oddiy svetoforning yashil chirog‘i bilan teng.

Ko‘rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) bo‘lmasa, o‘chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi.

Page 24: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

24

Haydovchi tartibga soluvchining ishoralariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida keltirilgan moddalar bo‘yicha javobgarlik quyidagicha (2014-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra):

Modda Qoidabuzarlikning qisqacha

mazmuni Ko‘riladigan choralar yoki

jarima

1284-1

Svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmasa

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima

1284-2

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima

1284-3

Svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmasligi ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etiladi

Page 25: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

25

IV bob. YO‘L BELGILARI

4-mavzu. Yo‘l belgilarining ahamiyati

«Yo‘l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi, chunki xohlaymizmi, yo‘qmi har bir harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan bir qatorda ular «Yo‘l harakati qoidalari»ga rioya qiladilar.

«Yo‘l harakati qoidalari»ning asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga, va umuman, barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir.

Yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining aksari belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‘l ishtirokchilariga tegishlidir.

Yo‘l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‘linadi: 1) ogohlantiruvchi belgilar; 2) imtiyoz belgilari; 3) taqiqlovchi belgilar; 4) buyuruvchi belgilar; 5) axborot-ishora belgilari; 6) servis belgilari; 7) qo‘shimcha axborot belgilari.

Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligini, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi.

Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan aksari teng tomonli uchburchak shaklidan iborat.

Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu guruh belgilari boshqa guruh belgilaridan olingan bo‘lib, ularning shakllari turlichadir.

Taqiqlovchi belgilarning asosiylarining foni oq, hoshiyasi qizil, doiradan iborat bo‘lib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki umuman taqiqlaydi.

Buyuruvchi belgilar asosi havo rang, belgisi oq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, transport vositalarining muayyan tartib bo‘yicha harakatlanishini talab etadi.

Page 26: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

26

Axborot-ishora belgilari harakatlanishga muayyan tartib kiritadi yoki uni bekor qiladi, shuningdek aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida axborot beradi. Bu belgilarning shakli to‘rtburchak bo‘lib, yashil, ko‘k, sariq va oq ranglardan iboratdir.

Servis belgilari transport vositalari, yo‘lovchilar va haydovchilarga yo‘l yoqasida joylashgan xizmat ko‘rsatish joylari haqida ma’lumot beradi.

Qo‘shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo‘lib, yakka holda qo‘llanilmaydi. Ular doimo boshqa belgilar bilan birga qo‘llaniladi va ularning ta’sirini muayyanlashtiradi yoki cheklaydi.

Yo‘l belgilarini o‘rnatishda ma’lum bir talablar qo‘yilgan. 1. Harakatlanish ishtirokchilariga yaqqol ko‘rinishi. Yo‘l belgilari o‘rnatilganda harakatlanish ishtirokchilariga

daraxtlarning shoxlari yoki boshqa xil qurilmalar ularni ko‘rishga xalaqit bermasligi lozim.

2. Transport vositalari yoki boshqa narsalar belgilarni yopib qo‘ymasligi.

Haydovchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan transport vositalarini shunday joylashtirishlari lozimki, ular harakatlanish ishtirokchilariga belgilarni ko‘rishga xalaqit bermasligi kerak (36-rasm).

36-rasm.

3. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati belgilagan joylarda qo‘yilishi.

Transport vositalari haydovchilariga yo‘lning sharoiti qanchalik murakkab va jiddiy bo‘lsa, ular takror o‘rnatiladi.

Aholi yashamaydigan joylardagi yo‘llarda qaytariluvchi ogohlantiruvchi belgilarga quyidagilar kiradi:

Page 27: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

27

1.1 «Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi».

1.2 «Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi».

1.9 «Ko‘tarma ko‘prik».

1.10 «Sohilga chiqish».

1.21. «Bolalar».

1.23. «Ta’mirlash ishlari».

Bu belgilar aholi yashamaydigan joylarda yo‘lning xavfli qismiga yetmasdan 150-300 metr qolganda, ikkinchi marotaba 50-100 metr qolganda esa takror o‘rnatiladi.

Mavsumiy belgilar faqat yil mavsumiga qarab o‘rnatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

Page 28: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

28

1.15. «Sirpanchiq yo‘l».

1.26. «Toshlar tushishi».

1.23. «Ta’mirlash ishlari».

2.6. «Ro‘para harakatlanishning ustunligi».

2.7. «Ro‘para harakatlanishga nisbatan ustunlik».

Vaqtinchalik o‘rnatiladigan belgilar asosan sariq rangda bo‘lib,

transport vositalari haydovchilariga belgilarning ta’sir vaqti cheklanganligi haqida axborot beradi.

Page 29: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

29

3.17.2 5.34.1 5.34.2 5.31

5.32.1 5.32.2 5.32.3

Bu guruh belgilari yo‘l harakati ishtirokchilariga qatnov qismidagi

vaqtinchalik ta’mirlash ishlari vaqtida yoki ularga xavf-xatar tahdid qilgan vaqtda transport vositalarining boshqa yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishlari haqida axborot beradi.

Bu guruh belgilaridagi faqat 3.17.2 «Xavf-xatar» taqiqlovchi belgisining shakli va rangi o‘zgacha bo‘lib, u yo‘l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.

Yo‘l belgilariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida keltirilgan moddalar bo‘yicha javobgarlik quyidagicha (2014-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra):

Modda Qoidabuzarlikning qisqacha

mazmuni Ko‘riladigan choralar yoki

jarima

128-1

Transport vositalari piyodalar yo‘lkalaridan yurgizilsa, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etilmasa (1283, 1255, 1286 va 130-moddalar bundan mustasno), odamlarni tashish, transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki

eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima

Page 30: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

30

piyodalar o‘tish joylaridan yurish qoidalarini, sutkaning qorong‘u vaqtida yoki ko‘rish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalari buzilsa, yo‘lovchilarga loy sachratilsa

128-2

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima

128-3

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima

128-4

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik uch va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oyga maxrum etiladi

Page 31: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

31

V bob. YO‘L CHIZIQLARI

5-mavzu. Qatnov qismida ishlatiladigan chiziqlar Yo‘llarning qatnov qismida (qattiq qoplamali) bordyurlarda, yo‘l

elemenlarida yo‘l sharoitini ko‘rsatuvchi chiziqlar yo‘l chiziqlari deb hisoblanadi. Ularni yo‘l belgilari hamda svetoforlar bilan birgalikda va alohida qo‘llash mumkin.

Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yo‘l chiziqlarini ishlatishdir. Yo‘l chiziqlarini ishlatish yo‘l-transport hodisalari sonining 30-50 % kamayishiga olib keladi.

Vazifasiga ko‘ra yo‘l chiziqlari yo‘l belgilariga ko‘pincha mos keladi. Lekin ko‘pchilik hollarda yo‘l chiziqlari bir qator afzalliklarga ega. Yo‘l chiziqlari haydovchilarni yon-atrofga qaratib chalg‘itmasdan nigohini yo‘lning qatnov qismiga qaratgan holda ko‘rsatmalar beradi, shu bilan birgalikda haydovchiga yo‘l belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida ta’sir qiladi. Yo‘l chiziqlari kamchiligi tez yemirilishi, iflos bo‘lishi va qor tagida ko‘rinmasligidir.

Yo‘l chiziqlari 2 guruhga bo‘linadi: yotiq va tik yo‘l chiziqlari. Yotiq yo‘l chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo‘llarda

tushirilib, quyidagilarga bo‘linadi: bo‘ylama chiziqlar; ko‘ndalang chiziqlar; xavfsizlik orolchasi; aholi yashash joyini, marshrut yo‘nalishini bildiruvchi

yozuvlar va boshqa chiziqlar. Yotiq yo‘l chiziqlari aholi yashaydigan joylarda, tez yurar, magistral

yo‘llarda, shuningdek, yo‘nalishi belgilangan transportlari qatnaydigan yo‘llarda tushiriladi.

Yotiq yo‘l chiziqlari aholi yashamaydigan joylarda natural harakat miqdori sutkasiga 1000 avtomobil va undan ortiq hamda qatnov qis-mining kengligi 6 m va undan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda tushiriladi. Bunda yo‘l chizig‘i bilan belgilangan kenglik 3,0-3,75 metr oralig‘ida bo‘ladi.

Tik yo‘l chiziqlari turli tayanchlarni, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlarning to‘siqlarini, tonnellarning devorlarini, yo‘l to‘siqlarining yon tomonlarini, xavfli joylarda o‘rnatilgan xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi.

Page 32: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

32

Yotiq chiziqlar. Yotiq chiziqlar bo‘ylama, ko‘ndalang va boshqa (orolchalar, yozuvlar, yo‘nalishlar) chiziqlarga kiradi.

Yotiq chiziqlar yo‘lning qatnov qismi yuzasiga chiziladi. Bo‘ylama yotiq chiziqlar va ularning mohiyati jadvalda keltirilgan.

1.1. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan ensiz, sidirg‘a oq rangli yo‘l chizig‘i qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarining oqimini ajratadi.

1.1. Yo‘lkalari o‘rtasida chizilgan, uzluksiz oq rangdagi sidirg‘a chiziq bo‘laklarning chegarasini bildiradi.

1.1. Yo‘lning harakatlanish taqiqlangan qismini (xavfsizlik orolchala-

rining chegarasini) anglatadi. 1.1. Yo‘lning chekkasi yoki maxsus

maydonchalarda chizilib, transport vosita-larining to‘xtab turish joyi chegarasini bildiradigan yo‘l chizig‘i.

1.1. Yo‘lning chekkasiga chizilgan en-siz sidirg‘a oq chiziq harakatlanish qismi-ning chegarasini bildiradigan yo‘l chizig‘i.

Page 33: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

33

1.2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm ) uzluksiz sidirg‘a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi.

1.3. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan parallel ikki sidirg‘a oq chiziq to‘rt

va undan ko‘p bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.

1.4. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siqqa (bordyurga) chizilgan sariq ranli yo‘l chizig‘i transport vositalarining bu yo‘l bo‘lagida to‘xtashini taqiqlaydi. Uning belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga daxli yo‘q.

Page 34: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

34

1.5. Yo‘lning o‘rtasiga chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi yo‘l chizig‘i ikki yoki uch bo‘lakli yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimini tasmalar bo‘yicha ajratadi.

1.5. Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki

undan ko‘p bo‘lakli yo‘llarda bo‘laklarning, chegarasini bildiradigan yo‘l chizig‘i (oraliq masofani chiziqqa nisbati 3/1).

1.6. Bo‘laklar chegarasida chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq chiziq sidirg‘a chiziqqa yaqinlashish haqida ogohlantiradi (oraliq masofani chiziqqa nisbatan 1/3).

Page 35: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

35

1.7. Chorrahada chizilgan ensiz, uzuq-uzuq, oralig‘i qisqa oq chiziq chorrahalardagi harakatlanish bo‘laklarini bildiradi.

1.8. Oddiy chiziqdan ikki barobar enli, qisqa, uzuq-uzuq chiziq

tormozlanish (sekinlashish) yoki tezlanish bo‘lagi bilan yo‘lning asosiy bo‘lagi o‘rtasidagi chegarani bildiradi.

1.9. Reversiv harakatlanishda

qatnov qismining chegarasini bildiradigan yo‘l chizig‘i. Reversiv svetoforlar o‘ng tarafdagi chiziqni bosib o‘tishga ruxsat beradi. Reversiv svetofor o‘chirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarining harakati bu bo‘lak bo‘yicha taqiqlanadi.

1.10. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq

(bordyur) ustidan chizilgan uzuq-uzuq sariq chiziq transport vositalarini yo‘lning bu bo‘lagida to‘xtab turishni taqiqlaydi. Taksometri ishlab turgan taksilarga bu belgi chiziqning daxli yo‘q.

Page 36: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

36

1.11. Sidirg‘a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror

bo‘lakka qayta tizilishiga ruxsat etadi.

1.12. «To‘xtang» yozuvi «to‘xtash» yo‘l chizig‘i svetoforning va tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida, boshqarilmaydigan chor-rahalarda, «To‘xtamasdan o‘tish taqiqlangan» (2.5) belgisi oldida haydovchi to‘xtashi lozim bo‘lgan joyni ko‘rsatadi. Bu chiziq «to‘xtash» axborot-ishora belgisi (5.33) bilan ham qo‘llanilishi mumkin.

1.13. Yo‘l chizig‘i bir qator bo‘lib terilgan uchburchaklar, 1.20 bitta

katta uchburchak. U «Yo‘l bering» belgisi bilan qo‘llanib, kesishgan yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berish zarur bo‘lganda, haydovchi to‘xtashi lozim bo‘lgan joyni ko‘rsatadi. Yo‘l chekkasida o‘rnatilgan «Yo‘l bering» belgisi ko‘rinishi cheklangan kunning bo‘laklaridagi yo‘llarda qo‘llanilishi mumkin.

Page 37: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

37

1.14.1-1.14.2. Parallel chizilgan keng uzluksiz yo‘l chiziqlari

(«zebra») piyodalarning o‘tish joyini bildiradi. U «Piyodalar o‘tish joyi» (5.16) axborot-ishora belgisi bilan qo‘llanilishi mumkin. Yo‘lning bunday joylarida haydovchi shu yo‘nalishning qatnov qismida bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish kerak (YHQ 16.).

1.14.3. Svetofor yordamida tartibga solinadigan piyodalarning o‘tish joyi. Svetoforning qizil chirog‘i yashilga almashib, piyodalar qatnov qismini tark etishga ulgurmagan bo‘lsa, haydovchi piyodalarning shu yo‘nalish bo‘yicha o‘tib olishlariga imkon berishi kerak (YHQ 16.3).

Page 38: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

38

1.15. Velosiped yo‘li kesib o‘tgan joyni bildiruvchi yo‘l chizig‘i. Bunday boshqarilmaydignn kesishmada velosiped haydovchisi yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalarini o‘tkazib yuborishi kerak (bu joyda imtiyoz yo‘ldagi transport vositalarida bo‘ladi).

Orolchalar tavsifi

1.16.1. O‘ng tomondan harakatni davom ettirishni ko‘rsatuvchi va qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi orolchani belgilovchi yo‘l chizig‘i.

1.16.2. Transportlarning bitta harakati oqimlarini ikkiga ajratadigan

orolchani belgilovchi yo‘l chizig‘i. 1.16.3. Transport oqimlarining harakatini bir yo‘nalishga

qo‘shiladigan joydagi yo‘naltiruvchi orolchani bildiruvchi yo‘l chizig‘i. Orolchalarning chegarasi 1.1 chizig‘i bilan belgilangan bo‘lib, uni kesib o‘tish yoki ustiga chiqib to‘xtash taqiqlanadi.

Page 39: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

39

1.17. Sariq rangdagi, arrasimon chiziq umum foydalanadigan transport vositalari hamda taksilarining to‘xtab turish bekatlarini bildiradi.

Yo‘nalishni belgilovchi chiziqlar

1.18. Chorrahada va kesishmalar oldida bo‘laklar bo‘yi qatnov

qismining yuzasiga chizilgan yo‘naltirgich, mustaqil ravishda yoki «Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanishning yo‘nalishi» (5.8.1-5.8.2) axborot-ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladigan, transport vositalariga bo‘laklar bo‘yicha ruxsat etilgan yo‘nalishni ko‘rsatadigan yo‘l chizig‘i.

Page 40: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

40

1.19. 45° burchak ostida chizilgan yo‘naltirgich, yo‘l qismining tor

joyiga yakinlashganlik haqida ogohlantirib, alohida yoki «Yo‘lning torayishi» (1.18.1-1.18.3) belgilari bilan birga qo‘llaniladigan yo‘l chizig‘i.

1.20 Ko‘ndalang 1.13 yo‘l belgi chizig‘iga yaqinlashganlikni

bildiruvchi yo‘l chizig‘i.

Page 41: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

41

1.21. «To‘xtash» ko‘ndalang 1.12 yo‘l belgi chizig‘i joyi oldida 2.5

yo‘l belgisi bilan birgalikda belgilanadigan yo‘l chizig‘i.

1.22 Son bilan yonma-yon yozilgan harfli yo‘l chizig‘i. harakatlanish yo‘nalishida yo‘lning tartib raqamini ko‘rsatadi.

Page 42: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

42

1.23. Yo‘lning faqat belgilangan yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan bo‘lagini bildirib, (5.9 va 5.10.1) axborot-ishora belgilari bilan qo‘llaniladi. Bu bo‘lak sidirg‘a chiziq bilan ajratilmagan taqdirda haydovchilar o‘ngga burilish, yo‘lovchilarni chiqarish, tushirish uchun bu bo‘lakka kirishlari mumkin.

Tik chiziqlar

Tik chiziqlar yo‘l inshootlarini va jihozlari yuzlariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.

Osmon bulut, kul rang bo‘lganda, qorong‘i vaqtlarda yo‘lning yori-tilmagan qismlarida yo‘l yoqasidagi tik beton inshootlarning rangi osmon va yo‘lning rangi bilan juda o‘xshab ketadi va harakatdagi haydovchi ularni farqlay olmay, beton inshootlarni ko‘rmay qoladi. Bu hol haydovchining beton inshootlarga urilib ketishiga olib keladi.

2.1. Ko‘priklar, osma yo‘llar ustunlari yuzasiga chizilib, harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisiga yo‘ldagi xavf soluvchi to‘siqning rangini keskin ajratib, uning ko‘rinishini osonlashtiradi.

2.2. Tonellar, ko‘priklar, osma yo‘llar va ko‘priklarning pastki

qirralariga chizilgan oq-qora rangli chizma haydovchiga inshootning pastki qismi farqlashini osonlashtiradi.

Page 43: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

43

2.3. Ajratish bo‘laklaridagi yoki «xavfsizlik orolchalari»dagi dumaloq ustunlarni bildiradigan yo‘l chiziqlari.

2.4. Yo‘naltiruvchi beton yoki temir-beton ustunlar, to‘siq tirgaklar

va qoziqlarni bildirib, qorong‘i vaqtda, quyuq tumanda, hamma joy oppoq qor bilan qoplanganda yo‘lning troyektoriyasini o‘zining keskin farqlanadigan oq-qora rangi bilan aniq ko‘rsatadigan yo‘l chiziqlari.

2.5. Yo‘lning kichik radiusli burilishlari, tik nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yo‘l chetiga o‘rnatilgan to‘siqlarning yon yuzlarini bildiradigan yo‘l chiziqlari.

2.6. Boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzlarini bildiradi gan yo‘l chiziqlari.

Page 44: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

44

2.7. Yo‘lning xavfli joylarida uning chetidagi to‘siqni (bordyurni)

va yo‘l sathidan baland bo‘lgan «xavfsizlik orolchalari»ni ko‘rsatadigan yo‘l chiziqlari.

Yo‘l chiziqlariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida keltirilgan moddalar bo‘yicha javobgarlik quyidagicha (2014-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra):

Modda Qoidabuzarlikning qisqacha

mazmuni Ko‘riladigan choralar yoki

jarima

128-1

Transport vositalari piyodalar yo‘lkalaridan yurgizilsa, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etilmasa (1283, 1255, 1286 va 130-moddalar bundan mustasno), odamlarni tashish,

eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida

jarima

Page 45: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

45

transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish qoidalarini, sutkaning qorong‘u vaqtida yoki ko‘rish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalari buzilsa, yo‘lovchilarga loy sachratilsa

128-2

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima

128-3

Ushbu moddaning birinchi qismi-da nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima

128-4

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlik uch va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa

eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida jarima yoki transport vositasini

boshqarish huquqidan 6 oyga maxrum etiladi

Page 46: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

46

VI bob. YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLUVCHI QO‘SHIMCHA TEXNIK VOSITALAR

6-mavzu. Avtomobillarning harakatlanishini tartibga soluvchi

qo‘shimcha moslamalar: videokuzatuv jihozlari va fotaradarlar

Videokuzatuv jihozlari. Bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligini

ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydala-nish joriy etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBda respublika miqyosida qayd etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining markazlashtirilgan elektron bazasini yuritish yo‘lga qo‘yilgan (37-rasm).

37-rasm.

Ushbu elektron ma’lumotlar YTH hisobini yuritish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida har tomonlama tahlil qilish imkonini yaratadi.

DYHXX tizimlarida ro‘yxatga olingan barcha avtomototransport vositalari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini yuritishning amaliyotga keng joriy etilishi mazkur ma’lumotlar bazasi orqali transport vositalarini qidirib topish, transport vositalarini ro‘yxatlashdagi opera-tsiyalarni qisqa muddatda va fuqarolar uchun qulay tarzda bajarishga imkon berdi.

Page 47: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

47

Ayni vaqtga kelib, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha markazlashtirilgan yagona elektron bazani yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy hujjatlar hamda ular yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan bo‘lib, respublikamizning bir qator viloyatlarida joriy etildi.

Dastur hududda qayd etilgan qoidabuzarliklar, ularni sodir etgan haydovchilar, qoidabuzarliklarning takrorlanishi, belgilangan choralar va undirilgan jarimalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va ular bilan ishlash imkonini beradi.

Hukumat tomonidan berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan «Toshkent shahrida yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish» loyihasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Loyihaning maqsadi quyidagilardan iborat:

– Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’minlash;

– yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirish;

– poytaxt ko‘chalarining yuqori harakat jadalligi sharoitida yo‘l harakatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlarini takomillashtirish.

Bunda nazorat qilinadigan har bir obyekt (chorraha)ning intellektual detektorlar, kontrollerlar, harakatni nazorat qiluvchi zamonaviy texnik vositalar (videokamera, fotoradar, fiksator) bilan jihozlanishi belgilangan (38-rasm).

38-rasm.

Page 48: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

48

Shuningdek, chorrahalardagi vaziyatni uzluksiz kuzatib borish uchun videokameralar hamda fuqarolar uchun maxsus xizmatlar (ichki ishlar, tez tibbiy yordam va h.k.)ni chaqirish vositalari o‘rnatiladi. Chorrahalardan olingan barcha ma’lumotlar Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi va bu yerdagi elektron tablo hamda videomonitorlarga chiqariladi (39-rasm).

Tizimga kiritilgan chorrahalardagi svetoforlar ham detektorlardan harakat oqimi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash orqali avtomatik tarzda boshqariladi.

Hozirga qadar «Toshkent shahrida yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish» loyihasini joriy etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi transport kommunikatsiyalarida avtomobillar harakatini kuzatish va nazorat qilishning markazlashtirilgan yagona axborot-kompyuter tizimi yaratilgan.

Loyiha mavjud yo‘l-patrul xizmati maskanida xizmat o‘talishi ustidan uzluksiz videonazorat o‘rnatish hamda maskanlar orqali harakatlanayotgan barcha transport vositalarini avtomatik tarzda qayd etish tizimlarini joriy etishni, joylardagi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarida 14 ta hududiy hamda vazirlik yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida markaziy kuzatuv punktlarini yaratishni o‘z ichiga olgan.

39-rasm.

Page 49: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

49

Ushbu texnologiyani joriy etish maqsadida hozirda barcha YPX maskanlarida qurilish-montaj va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda (40, 41-rasmlar).

40-rasm. 41-rasm. Fotaradarlar. Respublikamiz avtomobil yo‘llarida sodir etilayotgan

og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari kelib chiqishining asosiy sabablaridan bo‘lgan tezlikni oshirish qoidabuzarligiga qarshi keskin choralar ko‘rish maqsadida vaziyat murakkab bo‘lgan hududlarda 2009-yildan boshlab zamonaviy texnologiyalarga asoslangan fotoradar komplekslarini joriy etish yo‘lga qo‘yildi.

42-rasm.

«KRIS-P» deb nomlangan fotoradarlardan dastlabki vaqtlarda Qashqadaryo viloyatida (tajriba tariqasida) foydalanilgan (42-rasm). Tezlikni oshirish bilan bog‘liq og‘ir yo‘l-transport hodisalarining salmoqli qismi aynan shu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelgani sababli fotoradarlar sinovi

Page 50: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

50

shu hududda o‘tkazildi. U o‘zining ijobiy natijalarini bergach, fotoradar-lardan boshqa viloyatlarda ham foydalanila boshlandi. Hozirgi kunda barcha viloyatlarda fotoradarlar inspektorlarning yaqin yordamchisiga aylangan. Bu radar moslamasining afzallik tomonlari talaygina. Birinchidan, u qoidabuzarni tasvirga oladi. Tasvirda transport vositasining rusumi, davlat raqam belgisi, yo‘lning qaysi kilometri ekanligi, vaqti (ya’ni soati, minuti, sekundi) aniq ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, tasvirda hamma narsa aniq ko‘rinib turganidan keyin hech bir haydovchi uni inkor eta olmaydi. Uchinchidan, haydovchi bilan YPX inspektori o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlar, ya’ni «bu tezlik meniki emas, oldindagi mashinaniki» deyish kabi tortishuvlar bartaraf etiladi. Chunki fotoradarlar har bir sekundda bittadan rasmga olish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, hozirgi kunda ko‘chalarimizda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi turli zamonaviy uskunalar, jumladan fotoradarlar bilan jihozlangan «Lasetti» rusumli patrul avtomobillaridan ham xavfsizlikni ta’minlash maqsadida unumli foydalanilmoqda. Bunday avtomobillar soni va turi yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

Fotoradarning keng qo‘llanilishi natijasida yo‘l harakati qatnashchi-lari, xususan haydovchilar o‘rtasida qonunning ustuvorligi va huquq-buzarlik uchun jazoning muqarrarligi borasida ta’sirchan profilaktik amaliyotga erishildi, yo‘llarimizda og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablaridan biri bo‘lgan tezlikni oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sonining kamayishiga zamin yaratildi.

Erishilgan ijobiy natijalar zamirida Dastur asosida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati saf tuzilmalarining moddiy-texnik bazasi 2011-2013-yillarda bosqichma-bosqich to‘liq ta’minlanishi nazarda tutilgan bo‘lib, 2011-yilda ushbu maqsadlarda 12 fotoradar kompleksi va 148 ta YPX patrul avtomobiliga o‘rnatiladigan kompyuterlashtirilgan videokuzatuv va huquqbuzarliklarni qayd etish tizimlari sotib olinib, shu kunlarda respublikasining barcha hududlarida amaliyotga kiritildi.

Ikkinchi avlod fotoradarlar yangi apparat qurilmalar va dasturlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular radar va telekameradan olingan ma’lumotlarni qayd etish hamda kommunikatsiyaviy vazifalarni avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

JPRS tizimi. Bugungi kunda telekommunikatsiya va axborot tex-nalogiyalari shu qadar tez rivojlanib bormoqdaki, ularning keng imkoni-yatlaridan barchamiz ham birdek boxabar bo‘lishga ulgurmayapmiz. Ho-zirgi vaqtda zamonaviy avtomobillar ham GPS navigator tizimi bilan jihozlangan holatda ishlab chiqarilmoqda.

Page 51: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

51

Dastlab, GPS, GALILEO, KOMPAS va GLONASS ham o‘ta aniqlik bilan zamon va makonni, ya’ni aniq vaqtda aniq joyni belgilashga xizmat qilish maqsadida yaratilgan. Ularning farqi turli davlatlar tomo-nidan ishlab chiqarilganligidadir. GPS – AQSH, GALILEO – Yevropa, KOMPAS – Xitoy, GLONASS – Rossiyada yaratilgan (43-rasm).

43-rasm.

Aslida, sun’iy yo‘ldosh yordamida yo‘naltirish g‘oyasi o‘tgan asrning 50-yillarida yuzaga kelgan. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad Yerning manzil o‘lchamlarini (koordinatlarini) aniqlash orqali sun’iy yo‘ldoshning koinotdagi aniq joylashuvini va harakat tezligini hisoblab chiqish bo‘lgan. Yoki aksincha, sun’iy yo‘ldoshning joylashuvini bilish yordamida uni o‘rganayotgan obyektning tezligi va manzilini aniqlash-dan iborat. Ushbu g‘oya oradan 20 yil o‘tgandan keyin, ya’ni 1974-yilning 14-iyulida AQSH tomonidan birinchi sinov sun’iy yo‘ldoshi fazoga, Yer orbitasiga chiqarildi. Yer yuzasini koinotdan to‘liq qoplash uchun zarur bo‘lgan yana 24 ta sun’iy yo‘ldoshning eng so‘nggisi esa 1993-yilda uchirilgan. Shu tariqa Global Positioning System (GPS) – Global joylashuv tizimi yoki boshqacha aytganda, Amerika sun’iy yo‘ldoshlari guruhi – NAVSTAR GPS o‘z ishini boshladi.

Yer yuzasini to‘liq qoplash imkonini beruvchi sun’iy yo‘ldoshlar guruhi yaratilgach, navbatdagi bosqichda sun’iy yo‘ldoshlar tomonidan tarqatiladigan signallarni maxsus yo‘naltiruvchi GPS moslamasi qabul qilindi. Ushbu moslamalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi, transport vositalari, havo va suv kemalarida, uyali telefon apparati, hattoki, qo‘l saotlarida ham o‘rnatilishi mumkin. Bu moslama joylashuv manzilini aniqlashi uchun kamida to‘rtta sun’iy yo‘ldoshning signalini «ushlashi» zarur. Nima uchun to‘rtta degan savolga javob topish uchun geometriya faniga murojaat qilamiz (44-rasm).

Page 52: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

52

44-rasm.

Ko‘z oldingizga futbol to‘pini keltiring. Bu bizning Yer sayyoramiz. Endi futbol to‘pining chekkasidagi nuqtani, ya’ni sun’iy yo‘ldoshni xayolan ko‘z oldingizga keltiring. Yo‘ldosh tomonidan kelayotgan singnal yordamida moslama ular orasidagi masofani aniqlaydi (faqatgina masofani). Endi futbol to‘pi chetidagi nuqtadan aniqlangan masofa uzoqlikdagi ko‘plab nuqtalarni futbol to‘piga tushirilishi qanday shaklni keltirib chiqarishini tasavvur qiling. To‘g‘ri, bu o‘rinda aylana hosil bo‘ladi. Ya’ni, agar Yer orbitasida faqatgina bitta yo‘ldosh bo‘lsa, biz futbol to‘pi ustida doira shaklidagi ko‘plab nuqtalarni ko‘ramiz. Bu esa hech qanday naf bermaydi.

Keling, ikkinchi yo‘ldoshni, nuqtani qo‘shamiz va uni 600 burchak ostida joylashtiramiz (bu orbitalar orasidagi burchak, GPS tizimida 6 ta orbita mavjud, GLONASS tizimida 3 ta orbitada yo‘ldoshlar 1200 burchak ostida joylashgan) (45-rasm). Yuqoridagi holat takrorlanganda bizda bir-birini kesib o‘tuvchi ikki aylanada ikki umumiy nuqta mavjud bo‘ladi. Biroq bu hali yetarli degani emas.

a) b)

45-rasm. a) GPS tizimi; b) GLONASS tizimi.

Page 53: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

53

Uchinchi yo‘ldoshni qo‘yamiz, masofani belgilaymiz va hokazo. Tekislikda qidirilgan kerakli nuqta shu tariqa topiladi. To‘rtinchi yo‘ldosh bizga aniq vaqtni va uning yordamida qolgan uchta yo‘ldoshning geografik joylashuvini, natijada esa yo‘naltiruvchi GPS moslamasining manzilini, ya’ni turgan joyimizni aniqlashga xizmat qiladi (46-rasm).

46-rasm

Sir emaski, harbiy sohadagi izlanishlar kundalik hayotda ishlatiladigan texnalogiyalarni keltirib chiqaradi. Bunga yaqqol misol tariqasida uyali aloqani keltirishimiz mumkin. GPS tizimi ham dastlab AQSH mudofaa dasturi uchun xizmat qilgan. Keyinchalik, 1983-yilda noto‘g‘ri joylashuv ma’lumotlari tufayli bortida 269 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Koreya havo yo‘llari» havo kemasi sobiq Ittifoq havo hududiga ruxsatsiz kirganligi natijasida urib tushirilgandan so‘ng AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Ronald Reygan tomonidan kelajakda yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish maqsadida ilk bor GPS tizimidan fuqaro aviatsiyasida foydalanishga ruxsat berilgan.

2000-yilda esa yana bir AQSH Prezidenti Bill Klinton GPS tizimi qulayliklaridan fuqarolar to‘liq foydalanishlari mumkinligini qayd etdi. Natijada, qisqa muddatda Global joylashuv tizimi – GPS yo‘lovchi va yuk tashuvchi kompaniyalar, havo va suv kemalari, tadqiqotchi va sayyohlarning, haydovchilarning eng yaqin hamrohiga aylandi. Bundan tashqari, ushbu tizimdan geodeziya, kartografiya, qurilish sohasida ham keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi (47-rasm).

Page 54: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

54

47-rasm. Yuqoridagi sanab o‘tilgan holatlarning muhimligini e’tirof etgan

holda, nazarimda, GPSning boshqa bir o‘ta muhim qulayligini alohida ta’kidlash lozim. Bu o‘rinda gap uning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi funksional imkoniyatlari haqida bormoqda. Bugungi kunda ko‘p davlatlarda GPS va GLONASS tizimlarini huquq-tartibot idoralari, qutqaruv xizmatlari, tez tibbiy yordam kabi sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llamoqda va bu o‘z samarasini bermoqda.

Masalan, huquq-tartibot, xususan ichki ishlar idoralari faoliyatida «Global joylashuv tizimi»ning qo‘llanilishini ko‘rib chiqaylik. Bu borada GPS/GLONASS imkoniyatlari yordamida olinadigan ma’lumotlar sohada boshqaruv va qaror qabul qilish tezkorligini bir necha karra oshirdi. Misol uchun yo‘l-patrul va post-patrul xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan GPS/GLONASS qabul qiluvchi moslamalari navbatchilik pultida o‘tirgan mas’ul xodimga har bir avtoekipajning qayerda ekanligini, nima ish bilan mashg‘ulligini, yo‘nalish bo‘yicha harakati

Page 55: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

55

haqidagi ma’lumotlarni real vaqtda bilish imkonini beradi. Natijada biron-bir hududda sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va hodisa haqidagi xabarni olgan navbatchi xodim voqea joyiga yaqinroq bo‘lgan avtopatrulni yuborishi, va muhimi, uning o‘z vaqtida yetib borishini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda esa vaqtning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushintirishning hojati yo‘q deb o‘ylaymiz (48-rasm).

48-rasm.

Page 56: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

56

ADABIYOTLAR

Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 10 апрелдаги «Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида»ги қонуни (янги таҳрирда). – Т., 2013.

Ўзбекистон Республикасининг йўл ҳаракати қоидалари. – Т., 2010.

Қулмуҳамедов Ж.Р. ва бошқ. Йўл ҳаракати қоидалари ва хавфсизлиги. – Т., 2008.

Қулмуҳамедов Ж.Р., Ҳамидуллаев А.А., Умаров Б.Ш. Йўл ҳаракати қоидаларига шарҳлар ва амалий тавсиялар. – Т., 2013.

Акилов А.А., Қаҳҳоров А.А. ва Сайидов М.Х. Автомобилнинг умумий тузилиши. – Т., 2012.

Маҳмудов Ғ.Н. Автомобилларнинг электр ва электрон жиҳозлари. – Т., 2000.

Қулмуҳамедов Ж.Р., Қулмуҳамедов Ж.Р. Ҳайдовчининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари. – Т., 2009.

Page 57: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

57

MUNDARIJA

Kirish...........................................................................................................3

I bob. Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi vositalar.................4

1-mavzu. Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi vositalar va ularning turlari...................................................................................................4

II bob. Tartibga soluvchi............................................................................8

2-mavzu. Tartibga soluvchi va uning ishoralari...........................................8

III bob. Svetoforlar....................................................................................15

3-mavzu. Svetofor ishoralari va unda transport vositalarining harakatlari........................................................................................................15

IV bob. Yo‘l belgilari.................................................................................25

4-mavzu. Yo‘l belgilarining ahamiyati.....................................................25

V bob. Yo‘l chiziqlari................................................................................31

5-mavzu. Qatnov qismida ishlatiladigan chiziqlar.....................................31

VI bob. Yo‘l harakatini tartibga soluvchi qo‘shimcha texnik vositalar..........................................................................................................46

6-mavzu. Avtomobillarning harakatlanishini tartibga soluvchi qo‘shimcha moslamalar: videokuzatuv jihozlari va fotaradarlar....................46

Adabiyotlar...............................................................................................56

Page 58: YO'LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI VOSITALAR

58

QAHHOROV Azamat Abdug‘ofurovich;

SAYIDOV Maxmud Xamidovich

YO‘LLARDA HARAKATLANISHNI TARTIBGA SOLUVCHI

VOSITALAR

O‘quv-metodik qo‘llanma

Muharrir S. S. Qosimov Texnik muharrir D. X. Hamidullayev

Bosishga ruxsat etildi 09. 07. 2014. Nashriyot hisob tabog‘i 4,0. Adadi 30 nusxa. Buyurtma

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,

100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68.