141
PEDAGOGIKA 2016, 4-son Bosh muharrir: SHARIPOV Shavkat Safarovich Tahrir hay’ati: ABDULLAYEVA Barno ADILOVA Saodat ASHIRBOYEV Samixon (bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari) BESHIMOV Ro‘zinazar ERGASHEV Dilshod ERGASHOV Maxamatrasul FAYZULLAYEV Saidnosir GULYAMOV Komiljon HAKIMOVA Muhabbat ISYANOV Ravil JALOLOV Jamol KOMILOVA Nodira MAHKAMJONOV Karimjon MAMADAZIMOV Mamadmusa MUMINOV Axrol MUSLIMOV Narzulla NURMUHAMMEDOVA Laylo PANJIYEV Qurbonniyoz QODIROVA Fotima QO‘YSINOV Odil (bosh muharrir o‘rinbosari) RUZIYEV Erkin SAFAYEV Nuriddin TO‘RAYEV Samad TOLIPOVA Jamila TUXLIYEV Bokijon VALIYEVA Sirojiya XODJAYEV Begzod ZUFAROV Sherzod SHODMONOVA Shoira Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. “Pedagogika” jurnali “Pedagogik ta’lim” jurnalining vorisidir. Jurnalda pedagogika, psixologiya, o‘qitishning metod va texnologiya-lariga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik maqolalar o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. Jurnalga Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasining 2014-yil 26-maydagi 02-004-sonli “Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” olingan va unga O‘zbekiston Respub- likasi Milliy kitob palatasining 2008-yil 30-iyundagi 511/S shartnomasi asosida Davriy nashrlarning Xalqaro standart- lar (ISSN) – 2010-5320 raqami taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2013-yil 30-dekabrdagi 201/3-sonli qarori bilan ro‘yxatga olingan. Jurnal oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari, magistrantlar, talabalarga mo‘ljal- langan. 2016/4

Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

  • Upload
    others

  • View
    19

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

1

Bosh muharrir:

SHARIPOV Shavkat Safarovich

Tahrir hay’ati: ABDULLAYEVA Barno ADILOVA Saodat ASHIRBOYEV Samixon (bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari) BESHIMOV Ro‘zinazar ERGASHEV Dilshod ERGASHOV Maxamatrasul FAYZULLAYEV Saidnosir GULYAMOV Komiljon HAKIMOVA Muhabbat ISYANOV Ravil JALOLOV Jamol KOMILOVA Nodira MAHKAMJONOV Karimjon MAMADAZIMOV Mamadmusa MUMINOV Axrol MUSLIMOV Narzulla NURMUHAMMEDOVA Laylo PANJIYEV Qurbonniyoz QODIROVA Fotima QO‘YSINOV Odil (bosh muharrir o‘rinbosari) RUZIYEV Erkin SAFAYEV Nuriddin TO‘RAYEV Samad TOLIPOVA Jamila TUXLIYEV Bokijon VALIYEVA Sirojiya XODJAYEV Begzod ZUFAROV Sherzod

SHODMONOVA Shoira

Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent

davlat pedagogika universiteti.

“Pedagogika” jurnali “Pedagogik

ta’lim” jurnalining vorisidir.

Jurnalda pedagogika, psixologiya,

o‘qitishning metod va texnologiya-lariga

oid ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik

maqolalar o‘zbek va rus tillarida chop

etiladi.

Jurnalga Toshkent shahar Matbuot

va axborot boshqarmasining 2014-yil

26-maydagi 02-004-sonli “Ommaviy

axborot vositasi davlat ro‘yxatidan

o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”

olingan va unga O‘zbekiston Respub-

likasi Milliy kitob palatasining 2008-yil

30-iyundagi 511/S shartnomasi asosida

Davriy nashrlarning Xalqaro standart-

lar (ISSN) – 2010-5320 raqami taqdim

etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy

attestatsiya komissiyasi rayosatining

2013-yil 30-dekabrdagi 201/3-sonli

qarori bilan ro‘yxatga olingan.

Jurnal oliy ta’lim muassasalarining

professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar,

akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va

umumiy o‘rta ta’lim maktabi

o‘qituvchilari, malaka oshirish va qayta

tayyorlash tizimi tinglovchilari,

magistrantlar, talabalarga mo‘ljal-

langan.

2016/1

2016/4

Page 2: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

2

ISLOM KARIMOV – О‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASINING BOSH ISLOHOTCHISI

Ma’lumki, har bir mamlakat prezidenti о‘z

mamlakatining ichki va tashqi siyosatini olib boradi va

bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi. О‘zbekistonning

birinchi Prezidenti Islom Karimov boshqa mamlakat

prezidentlaridan farqli o‘laroq u ta’lim sohasini ichki

siyosatning ustuvor sohasi deb bildi va bu sohada ham

nazariy, ham amaliy ishlarni amalga oshirdi.

Islom Karimov davlat rahbari bo‘lgan dastlabki

kunlardan boshlaboq ta’limga jiddiy e’tibor bilan qaradi. U 1993-yildayoq

mamlakatimizda “chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga о‘tish,

birinchi navbatda, kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatdan tayyorligiga bog‘liq

bо‘ladi... Bu esa butun ta’lim va madaniyat tizimini tubdan isloh qilishni taqozo

etadi1”, – degan edi va bu sohada jiddiy islohotlar olib borilishini ta’kidlar edi. Bu

g‘oya Islom Karimovning 1995-yil 3-oktabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida

“Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili” mavzusida sо‘zlagan nutqida

yana bir bor ta’kidlandi: “Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi

bо‘yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatdan

butunlay yangi о‘quv dasturlari yaratilishi darkor”2.

Islom Karimov kadrlar tayyorlashning ustuvor soha ekanligini ta’kidlab,

shunday degan edi: “... kadrlar tayyorlash ishi mablag‘ sarflashda eng daromadli

bо‘lgan sohaga aylanmoqda. Chunki bu tarmoq ertaga har qanday davlatning,

xalqning, millatning taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan oltin omil – yetuk

mutaxassislarni bera boshlaydi”3.

Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini tubdan isloh

qilish g‘oyasi 1997-yilda 1996-yil yakunlariga bag‘ishlangan Vazirlar

*Sharipov Shavkat Safarovich, Nizomiy nomidagi TDPU rektori, pedagogika fanlari doktori. E-mail: [email protected] 1Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 49. Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Ўн учинчи сессиясида сўзлаган нутқи. 1993 йил 2 сентябрь. 2Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 213. 3Каримов И. Ақлий ва маънавий салоҳият – янги жамият пойдевори // Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – Б. 214.

Sh. Sharipov*

BOSH MAQOLA

Page 3: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

3

Mahkamasining majlisida “Islohotlar izchilligi – inson manfaatlari omili”

mavzusidagi nutqida e’lon qilingan edi. Islom Karimov unda “Ta’lim tizimini

tubdan qayta kо‘rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash

imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarni ayyorlashni yо‘lga qо‘yish,

yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va

mutaxassislarni tayyorlashni yо‘lga qо‘yish lozim”, – degan edi. Shuningdek, bu

nutqida О‘zbekiston Respublikasidagi ta’limning sifati tо‘g‘risida gapirib, о‘rta

maktab va о‘quv muassasalari bitiruvchilarining umumta’lim va professional

bilim darajasi yuqoriligini ham ta’kidlagan, lekin bu bilimlar bugun asqotishi

mumkinligi va kelajakda esa ular davr taraqqiyoti uchun kamlik qilib qolishi

ehtimoldan holi emasligi, eng muhimi, sobiq Ittifoqdan meros bо‘lib qolayotgan

ta’lim tizimini mafkuraviy sarqitlardan ozod qilish, ta’limni tubdan isloh qilish, uni

dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari darajasiga kо‘tarish hamda shu

asosda kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish, boshqacha aytganda

О‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yaratilishi

zarurligini kо‘ndalang qilib qо‘ydi. Bu borada Islom Karimovning tashabbusi bilan

ushbu hujjatni ishlab chiquvchi komissiya tuzildi va ish boshlandi. Shuni ta’kidlash

lozimki, bu komissiya samarali ishladi va Islom Karimovga 207 sahifadan iborat

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” loyihasini taqdim etdi1. Bu loyiha Islom

Karimovni kо‘p jihatlardan qoniqtirmadi va uni jiddiy ilmiy tahrirdan о‘tkazdi va

shu asosda 28 sahifadan iborat mukammal loyiha tayyorlandi.

Keyingi loyiha avvalgisidan tamomila farq qilishini quyidagi faktlar bilan

kо‘rsatishga harakat qilamiz:

- dasturning tuzilmasi butunlay о‘zgartirildi;

- avvalgisi 5 bо‘limdan iborat edi, keyingisi 4 bо‘limdan tashkil topgan va

mazmunan jiddiy farq qiladi, faqat 1-bobning 3ta bandigina mos keladi.

- avvalgisida milliy model tо‘g‘risida kichik bir band berilgan, xolos.

- avvalgisida boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi, о‘rta kasb-g‘unar ta’limi, oliy

kasb-hunar ta’limi, oliy о‘quv yurtidan keyingi kasb-hunar ta’limi, qо‘shimcha

kasb-hunar ta’limi kabi nazariy jihatdan maqbul bо‘lmagan tushunchalar aks

etgan edi;

- avvalgisida hozirgi jarayonlarga zid keladigan diplomli mutaxassislar

(bakalavriat negizida), diplomli mutaxassislar negizida magistrlar tayyorlash

tо‘g‘risida fikr yuritiladi va h.k.

1Кадрлар тайёрлаш миллий дастури (лойиҳа, хизматда фойдаланиш учун. – Тошкент, 1997.)

Page 4: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

4

Hozir amalda bо‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da Islom Karimov

о‘z orzusidagi nazariya va qoidalarni aks ettirdiki, ular haqli ravishda uning haqiqiy

muallifligini anglatar edi va shuning uchun ham xalqaro doiralarda, turli

simpoziumlarda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni Islom Karimov nomiga

nisbat berilishi an’anaga aylandi. Ushbu loyiha 1997-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis

muhokamasiga qо‘yildi va qonun sifatida tasdiqlandi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi va amalga kiritilishi jahon

miqyosida katta siyosiy voqea edi. Bu dastur yaratilguncha ta’lim sohasida

о‘tkazilgan xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalarda ta’limning kо‘proq siyosiy

ahamiyatga ega bо‘lgan masalalari kо‘rilgan bо‘lsa1, bu dastur alohida olingan

mamlakatda ta’limni rivojlantirish nazariyasi va amaliyotini belgilab bergan edi.

Respublikamizning о‘ziga xos milliy taraqqiyot xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjat

dunyo yuzini kо‘rgan emas edi.

Ta’limni tubdan isloh qilish ishini Islom Karimov “Ta’lim tо‘g‘risida”gi

Qonunni yangilash va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalarini

uyg‘unlashtirish bilan boshladi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning muvaffaqiyatini kо‘p jihatdan uning

maqsad va vazifalariyoq belgilab bergan edi. Shu narsa aniq ediki, sobiq Ittifoq

davrida kommunistik mafkuraga aloqasi bо‘lmagan har qanday faoliyatni, sun’iy

ravishda bо‘lsa ham, mafkura bilan bog‘lash talab etilar edi. Ta’lim ishini esa bu

mafkuradan tashqarida kо‘rish “jinoyat” darajasida baholangan. Bu esa haqli

ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida

yuz berayotgan yangiliklardan peshma-pesh foydalanish imkoniyatidan mahrum

qilib qо‘yardi, provard natijada, ta’limda konservatizmni yuzaga keltirar edi. Bu

illatdan qutulish tо‘g‘risida “Dastur”ning maqsadini belgilashdayoq kо‘rsatib

о‘tilgan.

Bu о‘rinda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadini kengroq tavsif

qilishni о‘rinli deb bilamiz.

“Mazkur dasturning maqsadi – deyiladi unda, ta’lim sohasini tubdan isloh

qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos

etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy

talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini

yaratishdir”2. Bu qoida Islom Karimovning yuqorida biz ko‘rsatgan nutqidagi

1Qarang: Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутонасиблиги // Инсон тараққиёти тўғрисида маъруза. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг тараққиёт дастури. – Тошкент: Ўзбекистон, 2007/2008. – Б.58-65. 2Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим. – Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 25.

Page 5: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

5

g‘oyalarga monand edi. Maqsadni bu tarzda shakllantirishning boisi shundaki,

mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng bir qator fanlar – tarix, falsafa,

adabiyot, geografiya, iqtisod, huquq, siyosatshunslik kabi fanlarning mazmuni

eskirdi, tabiiy fanlar, sog‘liqni saqlash kabi sohalardagi ilg‘or xorijiy g‘oyalarga

ehtiyojlar mavjud edi. Boshqacha aytganda, О‘zbekiston ta’limi endi “yopiq

eshiklar”da rivojlana olmas, balki О‘zbekiston dunyoga yuz tutishi lozim edi. Buni

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti birinchilardan bо‘lib siyosiy jihatdan tо‘g‘ri

baholay olgan edi va ta’lim sohasidagi bu ulug‘vor goyalarini “Dastur”ning

maqsadi orqaliyoq namoyon etdi.

Sо‘zsiz, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning о‘zak masalasi “Kadrlar

tayyorlash milliy modeli” edi. Bunday model hech bir davlatda bu davrgacha e’lon

qilinmaganligi barchaga ma’lum.

“Kadrlar tayyorlash milliy modeli”ning asosi uning paradigmasidayoq

kо‘rinib turibdi. Bu paradigma shunday shakllantirilgan: shaxs, davlat va jamiyat,

uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Ta’limning barqarorligi, О‘zbekiston

Respublikasidagi uzluksiz ta’lim turlari, ularning ijodiy rivojlantirilishi, uni

rivojlantirishda davlat bosh islohotchi bо‘lsa ham, jamiyat a’zolari, uning

birlashmalari , kengashlari qatnashishi, ta’limni rivojlantirishning asosida fan

yotishi va har qanday ta’lim hayotiy bо‘lishi, uning sо‘rovlariga doimiy ravishda

javob berishi, ta’lim muassasalari va kadrlarni qabul qilib oluvchilarning qayta

aloqalari uzluksiz davom etishi bu paradigma a’zolari mazmunidan о‘rin olgan.

Islom Karimovning kо‘pgina nutqlari yoshlarimizning ilm, kasb-hunar

egallashlariga bag‘ishlanar edi. Bu g‘oya uzluksiz ta’lim tizimida о‘rta maxsus,

kasb-hunar ta’limining mustaqil ta’lim turi sifatida shakllantirilishiga asos bо‘ldi.

Islom Karimov Angliyada akademik litseylar, Germaniyada kasb-hunar

maktablari, dual tizimdagi о‘quv yurtlari rivojlanganligini yaxshi bilar edi. Bu

yerlarga ijodiy guruhlarni safarbar ham qilib, uning natijasi о‘laroq О‘zbekiston

Respublikasida о‘rta maxsus ta’lim olishning har ikkala turini joriy etishni zarur

deb bildi va bu tizimlar О‘zbekistonda hozir muvaffaqiyat bilan ishlamoqda ham.

Yana shuni ta’kidlash о‘rinliki, hech bir davlatda ta’lm tizimida о‘rta maxsus, kasb-

hunar ta’limi uzluksiz ta’limning alohida bosqichi sifatida kо‘rsatilmaydi. Bu aslida

Islom Karimovning tashabbuslaridan biri edi.

Islom Karimov о‘zi tasdiqlagan yoki о‘zi e’tirof etgan g‘oyalarda qotib

qolmadi. U davr bilan hamnafas fikrlash, ijod qilish, dunyoda kechayotgan

yangiliklarni milliylashtirishda davom etdi. Ma’lumki, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi yangi

qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni qabul qilishga bag‘ishlangan 1997-

Page 6: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

6

yil 29-avgustdagi “Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” deb

nomlangan nutqida oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki bosqichliligi va

aspiranturaning saqlanib qolishi tо‘g‘risida gapirgan va uni mamlakatimiz ichki

ehtiyojlari bilan bog‘lagan edi1. Islom Karimov 2012-yilda bu masalaga yana

qaytib, uni bir bosqichli tizimga о‘tkazish bо‘yicha ”Oliy malakali ilmiy va ilmiy-

pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada

takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmonini (2012-yil 24-iyuldagi PF-4456) berdi

hamda О‘zbekistonda jahon standartlari darajasida ilmiy va ilmiy-pedagog

kadrlar tayyorlash imkoniyatlari yetilganligi bilan izohladi.

Islom Karimov о‘z xalqi va ona (о‘zbek) tilini chin dilidan sevar edi.

“Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida yoshlarimizni

chet tillarni mukammal egallashga chaqirar ekan, bu ish ona tili hisobiga amalga

oshirilmasligini tayinlaydi2. О‘zbek tiliga bо‘lgan muhabbati uni Respublikamizda

boshqa davlatlarda analogi bо‘lmagan “О‘zbek tili va adabiyoti universiteti”ni

tashkil etish bо‘yicha qaror qabul qilishga undadi va bu universitet tashkil etildi

hamda ushbu о‘quv yilida о‘z bag‘riga yangi talabalarini qabul qildi.

Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash о‘rinliki, Islom Karimov о‘z prezidentlik

faoliyatining barakali qismini О‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish,

uni jahon standartlari darajasida tashkil etishga bag‘ishladi. Bu ishlarda u о‘zining

“Bozor iqtisodiga о‘tishning besh tamoyili” asarida yozganidek “bosqichma-

bosqich”lilik tamoyilida faoliyat olib bordi, natijada О‘zbekiston ta’lim tizimi

jahon ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida tan olindi. Islom Karimovning ta’lim

sohasidagi barcha faoliyatini bir maqolada yoritib bо‘lmaydi, balki bu mavzu

pedagogikamizning bir necha dissertatsiyalari va monografiyalari uchun ilmiy

manba sifatida xizmat qiladi.

1Каримов И. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 16. 2Каримов И. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 16.

Page 7: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

7

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INTELLEKTUAL

OILANING ROLI

Rezume. Ushbu maqolada intellektual ta’limda oila sifatini oshirish omillari, jumladan, intellektual mehnat, intellektual oila, intellektual avlod kabi eng muhim jihatlar qamrab olinadi, shu bilan birga, intellektual ta’lim doimiy ravishda obod turmush qurish bilan bog‘lanishi hamda yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarishda samarali ishlata olishga yо‘naltirish masalalari tadqiq qilinadi.

Tayanch tushunchalar: bilimga tayangan bozor iqtisodiyoti, intellektual iqtisodiyot, innovatsiya, intellektual oila, innovatsion mahalla, innovatsion ilm-fan, innovatsion ma’naviyat, intellektual ta’lim, intellektual avlod, intellektual sport, intellektual mehnat, barqaror rivojlanish, sog‘lom ta’lim.

Abstract. This article analyzes the impact of intellectually developed generation on intellectual education, including address such the most important of his hand as an intellectually labor, intellectual family, intellectual sport, in addition, intellectual education is constantly linked to the effective use of knowledge in production and its influence on the formation of a well-maintained life, as well as the effective development and use of new knowledge and technologies.

Key concepts: a market economy based on knowledge, intellectual economy, innovation, intellectual family, innovative mahalla, innovative science, innovative spirituality, intellectual education, intellectual legacy and heritage, intellectual sport, intellectually work, sustainable development, health education.

Резюме. В данной статье анализируются влияние интеллектуально развитого поколения на интеллектуальное образование, в том числе, рассмотрены такие самые важные его стороны как интеллектуальный труд, интеллектуальная семья, интеллектуальный спорт, кроме того, связь интеллектуального образования с эффективным использованием знаний в производстве и его влиянием на формирование благоустроенной жизни, а также эффективного создания и использования новых знаний и технологий.

Основные понятия: рыночная экономика, основанная на знаниях, интеллектуальная экономика, инновация, интеллектуальная семья, инновационная махалля, инновационная наука, инновационная

*Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, О‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, iqtisod fanlari doktori. Davlat statistika qo‘mitasi qoshidagi kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, AKT va BX kafedrasi mudiri.

S. Gulyamov*

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, PEDAGOGIK INNOVATIKA

Page 8: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

8

духовность, интеллектуальное образование, интеллектуальное наследство и наследие, интеллектуальный спорт, интеллектульный труд, устойчивое развитие, здоровое образование.

“Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yо‘liga qadam qо‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan о‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina о‘z oldimizga qо‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha о‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”1.

Ta’lim ochiq tizim bо‘lib, undagi kirish va chiqishlar kо‘proq tashqi omillarga, ya’ni oila, mahalla, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat, kichik biznes va xususiy oilaviy tadbirkorlik, jamiyat, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarishga bog‘liq. Bularning ta’lim bilan hamkorlikdagi samaradorligi ta’lim sifatining yarmidan kо‘proq qismini ta’minlashi mumkin (1-jadval).

1-jadval

Jamiyat, davlat va biznes

Barqaror tabiat bilan uyg‘unlashgan rivojlanishda sog‘lomlashtiradigan ta’lim

Maktabgacha ta’lim (IQni

qobiliyatni aniqlash)

Umumiy ta’lim (qobiliyatini, IQni sohasi darajasini

aniqlash va har yil

o‘stirish, kasb (kollej)

tanlashda ko‘maklashish

)

O‘MKHT (bor innovatsiyalarn

i ishlatishga o‘rgatish,

Ustoz-shogird tizimini

qo‘llash)

Oliy ta’lim: Bakalavr (yangi innovatsiyalarni

ishlatishga o‘qitish) Magistratura (xorijiy

innovatsiyani modernizatsiyalash va

tatbiq etish)

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim: Doktorantura (yangi ilmiy g‘oyalar va

innovatsiyalar ixtirosi va eksporti)

Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar hamkorligi

Innovatsion va

intellektual oila

Ekologik toza innovatsion

mahalla

Innovatsion sog‘liqni

saqlash, miya faoliyatini

rivojlantirish

Intellektual jismoniy tarbiya

Innovatsion ilm-fan,

tabiat muhofazasi

Yuksak innovatsion ma’naviyat

Bilim berish modelidan bilimni samarali ishlata olishga о‘rgatish, innovatsiyalar yaratish modeliga о‘tish zarur. Sog‘lom ta’lim o‘quvchi psixikasiga

1Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг “Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти” мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи (18. 02. 2012)

Page 9: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

9

salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining har bir fandan oladigan bilimlarining turmushni yaxshilashdagi ahamiyatini tushuntira olishi maqsadini ko‘zlovchi ta’limdir.

Masalan, intellektual (ziyoli) oilada ta’lim va fanga nisbatan ijobiy muhit shakllangan bo‘ladi: oilada tashkil qilingan ustoz-shogird maktabida ota-onalar о‘z tarbiya, tajriba va bilimlarini farzandlariga о‘rgatishadi, о‘z bilimi yetarli bo‘lmaganda, boshqa mutaxassislarni jalb qilishadi, oila xarajatlarining aksariyat ulushi bilim olish va uni ishlata olishga, intellektni pedagogik va tibbiy usullar bilan rivojlantirishga qaratiladi.

Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlashda yangi innovatsion vazifalar

bor: 1. Maktabgacha ta’limda yo‘q bolaning intellekt koeffitsiyenti(IQ)ning

qaysi sohada ekanligini aniqlashni boshlash, har bir bola uchun uning miyasiga

yetishmagan ozuqa dietasi rejasini tuzish (Sa, Mg, Omega-3 va boshqalar), ya’ni ovqat, suv, havo va jismoniy tarbiya kompleks terapiyasini ishlab chiqish, xorijiy

tillar, musiqa va shaxmatga о‘rgatish;

2. Umumiy ta’limda (1-9-sinflar) har yili intellekt koeffitsiyenti (IQ) о‘sishini

ta’minlash va maxsus testlar orqali yuqori sinflarda qobiliyat sohasiga mos

keladigan kollejni belgilab berish. Fundamental fanlarga intellektual qobiliyati

bо‘lgan о‘quvchilarni akademik litseyga tayyorlash; 3. Bakalavr bosqichida bor bilimlarni har xil sohada tо‘liq ishlatishga

о‘rgatish; 4. Magistratura bosqichida dunyoda yaratilayotgan innovatsiyalarni

internet orqali olib, О‘zbekiston iqtisodiyotiga joriy etishni dissertatsiyalarida

tadqiq etish (xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal о‘rganish); 5. Katta ilmiy xodim-tadqiqotchi-izlanuvchi bosqichida yangi innovatsiyalar

va g‘oyalarni dissertatsiyalarda tadqiq etib, joriy etish va eksport qilishga

о‘rgatish. Mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida 1998-yildan boshlab keyingi har yil

oilaga bag‘ishlangan nomlar bilan atalib, oilalar rivojlanishiga, ularning turmush darajasini yaxshilashga doir maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilib, oilalar

taraqqiyotiga alohida moddiy va ma’naviy resurslar ajratilmoqda. Muhtaram

Yurtboshimiz oila masalasini о‘z asarlarida kо‘p bor qayd etar ekanlar: “Insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda

oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini

belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va

Page 10: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

10

mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”, – deydi1.

Shu о‘rinda, fikrimizcha, oila sifati darajasining о‘sish о‘lchovi, birinchidan, har keyingi avlodni 20-30% aqlliroq, tadbirkorroq, sog‘lomroq va gо‘zalroq qilish

bо‘lsa, ikkinchidan, buning uchun yosh avlodning xotira va о‘ylash tezligini (IQ-

intellekt koeffitsiyenti)ning har yili qanchaga va qanday omillar hisobiga yaxshilanishini tahlil qilish kerakligidir.

Mavzuga doir rivojlangan mamlakatlarning yetuk olimlarining ilmiy

tadqiqot ishlari va tajribalarini о‘rganishimiz natijasida xulosamiz shuki, mamlakatimizda о‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama intellektual

qobiliyatli qilib tarbiyalashimiz uchun quyidagilarga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim.

a) farzandlarimiz bizdan kо‘ra 20-30%ga sog‘lomroq bо‘lish kо‘rsatkichlarini

ishlab chiqish va ularni tahlil qilish metodlarini yaratish kerak; b) inson xotirasining 7ta turi va 7ta pedagogik-psixologik о‘stirish usullarini

keng qо‘llash;

d) soch va tirnoqdan analiz olish orqali miyaga va tanaga yetishmayotgan

mikroelementlar va vitaminlarni (kalsiy, temir, magniy, yod va boshqalar) aniqlab,

har bir insonga dieta tuzib berish (ayniqsa, intellektini rivojlantirish va xotirasini

yaxshilash uchun) kerak; e) quyuq ovqatni obdon uzoq chaynab (og‘iz sо‘lagida eritib), keyin yutsa,

u tez hazm bо‘lib, qonga о‘tib, miyaga tez yetib boradi, intellektual qobiliyatni (xotirani) kuchaytiradi va ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Shoshib yeyilgan,

yaxshilab chaynalmagan, suyultirilmagan og‘ir ovqatlar miyadagi qonni

oshqozonga uzoq vaqt jalb qiladi va miya ozuqasiz, kislorodsiz qolib, samarali

ishlay olmaydi, natijada inson umri ma’lum miqdorda qisqaradi;

f) shifokorlar insonning xotira va о‘ylash tezligi 40-50%ga oshirilsa, ta’lim,

sog‘liqni saqlash, ilm-fan va tadbirkorlikda ham samaradorlik 40-50%ga oshar edi, natijada chet tillarini о‘rganish tezlashib, test va attestatsiya kabi nazorat

ishlarida mutaxassislarning asabi buzilib, sog‘ligini tiklashga sarflanadigan xarajatlar birmuncha qisqargan bо‘lar edi;

g) oila xarajatlarining, xususan, davlatning har yilgi dasturlari asosida

oilalarga yо‘naltirilgan xarajatlar samaradorligini oshirish lozim, ya’ni har yilgi oila xarajatlarini oila a’zolarining о‘rtacha umri uzayishi uchun, xotirani 40-50%ga

oshirish tadbirkor, raqobatbardosh, innovator bolalarni tarbiyalashga qaratish

hamda ushbu omillar tahlilini yuritish lozim;

1Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008 . – Б. 52.

Page 11: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

11

h) nasl kasalliklari (qon bosimi, qandli diabet kabi) bor oilalarda tug‘ilgan bolaga dieta tuzib, tibbiy madaniyatga о‘rgatish zarur. Xalqaro sog‘liqni saqlash

tashkiloti ta’kidlashicha, 5000ga yaqin nasl kasalliklari avloddan alodga о‘tib kelayotgan ekan.

Xalqimizga xos shunday odatlar borki, ular qadriyatlar darajasida baholanib,

kо‘pgina millat-elatlar tomonidan tan olinadi, ammo о‘zgacha bir odatlarimiz ham borki, ularni, albatta, о‘zgartirishimiz kerak. Misol uchun, mehnatkash ota-

ona uy-joy qurganda asabi buzilib, umri qisqaradi. Yaponiya va kо‘pgina Yevropa

mamlakatlarida kо‘pchilik bolalar katta bо‘lganidan (voyaga yetgandan) sо‘ng о‘zi tadbirkorlik qilib, ijaraga uy olib yashaydi, pulini ham о‘zi ishlab topib tо‘laydi. Uy-

joyni optimal, ixcham qilib, umumiy maydonini minimal darajada, о‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib quradilar, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaydilar. Ortiqcha

mablag‘ini tadbirkorlikka, ya’ni yanada kо‘paytirishga yoki banklarga foizga

qо‘yib, salomatligiga va bilimini oshirishga sarflaydi. Bu esa о‘sha oila real sifatining yaxshilanishiga olib keladi.

Bugun ayrim tashkilotlarda chо‘chish, dо‘q-pо‘pisa va attestatsiyalar

oqibatida inson umri anchaga qisqarishi va asab kasalliklari (qon bosimi, qandli

diabet kabi) kо‘payishiga olib kelinadigan holatlar uchramoqda, bu esa mehnat

unumdorligi va sifatining pasayishiga olib keladi, buning о‘rniga xodimlar

xotirasini kuchaytirish usullari va sog‘liqni saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilsa, odamlar qobiliyati yaxshilanib, mehnat unumdorligi oshishi yuzaga keladi.

Farzand kо‘rish rejasi bо‘lgan kelinlarni homiladorlik davrida (9 oy) nosog‘lom muhitli oilalardan sanatoriyalarga olib borib, tibbiy yordam berish

zarur. Shunda har bir bola boqimandadan sog‘lom bolaga, ya’ni oila keksalariga

g‘amxо‘rlik qila oladigan boquvchiga aylanadi.

Har bir oilaning donishmand keksalari “Ustoz-shogird maktabi”ni ochib,

bо‘sh vaqtlarida (har kuni) о‘z tarbiya, tajriba, bilimlarini va har kungi

muammolarini yechishga farzandlarini о‘rgatishlari kerak. Oila, mahalla, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida har bir bolani

boqimandadan tezroq о‘zini va boshqalarni boqadigan boquvchiga (g‘amxо‘rlik qila oladigan) aylantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi zarur.

Aqlli, iste’dodlilarni qidirishdan kо‘ra, ularni keyingi 7 avlodida dunyoga

keltirishni о‘rganish zarur (Gollandiyada sigirlar 70-80 litr sut beradi, Polsha esa pakana, serhosil mevali daraxtlari bilan dunyoga mashhur).

Keyingi 1000 yillikda odamzod keskin kо‘payib boradi. Oziq-ovqat

muammosining oldini olish uchun ozuqaning har bir kilogrammi har bir inson, jamiyatga qancha foyda keltirishini tahlil qilish zarur, buning uchun ovqat

Page 12: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

12

yeyishning (iste’mol) samaradorlik koeffitsiyentini ilmiy jihatdan ishlab chiqish kerak, shu о‘rinda bir narsa aniqki, og‘ir mehnat qilgan inson, intellektual mehnat

qilgan insonlardan 2-3 barobar kо‘proq ovqat iste’mol qiladi. Dekorativ daraxtlar (mevasiz) о‘rniga har bir oila kelajakda о‘zini boqish

(sog‘ligini arzon yaxshilash) uchun meva va sabzavot yetishtirishga farzandlarini

tarbiyalashi kerak. Ma’lumki, suv (ekologik toza) miya faoliyatini oshiradi, bu ilmiy jihatdan

isbotlangan fakt, endi olimlarimiz ushbu iste’mol qilingan suvning miyada doimiy

ravishda (kamida 90%) saqlanishi uchun uni qancha va qay tartibda ichilishini aniqlashlari lozim.

Demak, intellektual ta’limda oila sifatini oshirish omillari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

­ jismoniy tarbiya turi va me’yorining har bir bolaga, individual moslab,

ilmiy asoslangan tartiblarini ishlab chiqish lozim; ­ odamlarni qish, kuz va bahor oylariga yetadigan qilib, meva-sabzavotlar,

ayniqsa, rezavorlar, qoqilarni konservalash va muzlatish orqali har kuni is’temol

qilib yurishga о‘rgatish kerak;

­ oila va ta’limda bolalarni yoshligidan dunyodagi yangi innovatsiyalarga

qiziqtirish va internetdan samarali foydalanishga о‘rgatib, bosqichma-bosqich

mamlakat taraqqiyotiga tatbiq etib, о‘zi va oilasini moddiy-moliyaviy boyitishni о‘rgatish lozim, chunki AQSH, Yevropa, Yaponiya, Koreya, Xitoy va boshqa

rivojlangan mamlakatlarda har yili 1 mln.ga yaqin yangi g‘oya va innovatsiyalar yaratilib, patent va litsenziyalar sotilmoqda. Zero, mamlakatimiz prezidenti

ta’kidlaganidek: ”Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, о‘rganishdan

hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. О‘rganish, intilish hech

qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni о‘rganish zarur. Avvalambor,

endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? О‘rganish, о‘rganish va yana

bir bor о‘rganish kerak. Kasb о‘rgangan, ilm о‘rgangan kishi, о‘zbekona aytganda, hech qachon kam bо‘lmaydi"1;

­ oilada va ta’limda bolalarni yoshligidan bilim berish modelidan, yangi bilim va texnikalarni yaratish va ularning barcha imkoniyatlarini kompleks ishlata

bilishga о‘rgatish modeliga о‘tishni zamona talab qilmoqda. О‘qituvchi ustoz va

ustozlarning ustozi, har bir fan va mavzuni о‘rgatishdan oldin, о‘quvchilarga tushuntira olishi kerak: о‘qituvchining о‘zi va oldingi о‘qigan о‘quvchilar bu

fandan qayerda amaliy foydalangan, о‘qituvchi ushbu fanni yoki mavzuni

1Каримов И. А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йулида хизмат килиш – энг олий саодатдир. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 240.

Page 13: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

13

о‘quvchilarga (3, 4, 5) baho olish uchun emas, balki о‘quvchi bu bilimlarni qayerda tatbiq etishi mumkinligini va о‘z tajribasi misolida isbotini yetkazish maqsadida

о‘rgatishi zarur. Dunyodagi kо‘pgina donishmand, badavlat odamlar, о‘z boyligini

farzandlariga yoshligidan bermaydi, chunki biladilarki, bu orqali ular tarbiyasini

buzib, boqimanda qilib qо‘yishlari mumkin. Buning о‘rniga ularni о‘qitib, о‘z tajribasi va bilimlarini 100% о‘rgatib, boquvchi qilish uchun о‘z bо‘sh vaqtlarini

astoydil sarflaydilar, farzandlariga pulni qarzga (foizga) berib, boylikni

kо‘paytirishni о‘rgatadi, ushbu farzandlar esa yoshligidan barcha ishlarni о‘zi qila olishiga о‘rgatganligi uchun ota-onasidan minnatdor bо‘ladilar. Kо‘pgina

oligarxlar peshona teri (aqli) bilan topgan boyliklarini tarixda nomi qolishi uchun ta’limga, sog‘liqni saqlashga, ilm-fanga homiylik uchun sarflaydilar.

Agar о‘qituvchilar haqiqiy ustoz bо‘lishni xohlasalar, ular tez eskirayotgan

darslarni yodlatish о‘rniga о‘zini ma’ruza matnlarini yozib, har darsdan oldin ularga yangi (internetdan) bilimlarni qо‘shib, о‘quvchilarga elektron shaklda

tarqatib, qaysi о‘quvchi kо‘proq, sifatliroq kamchiliklarni topib, darsda о‘z

raqobatbardoshligini isbotlab bersa, shu talaba eng yuqori baho oladi desa,

о‘quvchilar qobiliyati(IQ) har yil о‘sib bilimlarni о‘zlashtirish 80-90%ga kо‘tarilib,

innovator, tadbirkor, modernizator talabalar ta’limda tayyorlanar edi. О‘qituvchi

va о‘quvchilar xorijiy о‘quv adabiyotlarining kamchiligini topishga ham о‘rgansa, yana ming yil ilgarigiga о‘xshab Al-Xorazmiy, Ibn Sino asarlariga о‘xshagan yuksak

ilmiy asarlar dunyo yuzini qayta kо‘rar edi. О‘quvchilarimiz, bamisoli, ipak yasaydigan qurt bо‘lsa, ularga yong‘oqning bargini berib bо‘lmaydi-ku?

Xorijiy tillarni (ingliz tili) о‘rganishni ikki bosqichga bо‘lish zarur: 1-bosqich -

maktabgacha davr. Bunda gapirishni boshlashi bilan unga video suratlar orqali

kundalik hayotda kо‘p ishlatiladigan sо‘zlarni (non, choy, qoshiq va b.) о‘zbek va

ingliz tillarida barobar oilada va bog‘chada о‘rgatishni boshlash zarur, chunki bola

1-sinfda ham yozish, ham о‘qishni hali bilmaydi. Ta’lim berish tajribalaridan ma’lumki, bola 6-7 yoshgacha 70-80% dunyoqarashi va bilimlari shakllanar ekan,

shu davrda xorijiy tillarni о‘rganish ham tez va yengil bо‘lar ekan, masalan, Hindistonda ingliz tilini ikkinchi davlat tili deb e’lon qilishgan, buning natijasida

Hindiston olimlari butun dunyoda mashhur bо‘lib, ular orasida Nobel mukofoti

sovrindorlari ham bor. 2-bosqich. Maktabda birinchi sinfdan boshlab о‘qitiladigan fanlar asosiy

terminlarining ingliz tilidagi zahirasini о‘rgatib borish kerak. Buning uchun о‘quv

adabiyotlari (darsliklar) har bir beti ikkiga bо‘linib, birinchi yarmida о‘zbek tilida, ikkinchi yarmida parallel ravishda ingliz tilida sifatli tarjimasi berilishi lozim.

Page 14: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

14

О‘qituvchilar ham asosan, о‘zlari о‘qiyotgan fanlarining о‘quv adabiyotlarini о‘zbek va ingliz tillarida tayyorlab, terminlar zahirasini о‘rganishi va о‘quvchilarga

о‘rgatishi zarur. Shu usul qо‘llanilsa, har bir fan bо‘yicha ingliz tilini о‘rganish tezligi 10-20 barobarga oshadi.

Kо‘pgina oilalar bolalarini ta’lim muassasalariga vaqtida yubormay, xо‘jalik

yoki qishloq xо‘jalik ishlariga jalb qilishadi. Oilasida ilm, bilimdan foydalanib obod turmush yaratish, boyish muhiti shakllanmagan. Og‘ir jismoniy mehnatda voyaga

yetmagan bolalar ortiqcha energiya sarflashi oqibatida ozuqa va energiya bо‘y va

tananing о‘sishiga, miya rivojlanishiga yetishmaydi, umurtqa pog‘onasida о‘simtalar rivojlanadi. Natijada ular bir umr nosog‘lom, doimiy davolanishga

majbur insonlar bо‘lib yetishadi yoki intellektual rivojlanmagani uchun bir umr og‘ir mehnatda (mardikorchilikda) kam daromad topib, о‘z oilasi va keksalariga

yetarlicha g‘amxо‘rlik qila olmaydilar. Axir, rivojlangan mamlakatlar olimlari

tomonidan allaqachon о‘z isbotini topgan bir amal borki, u og‘ir jismoniy mehnatda (mardikorlikda) har soatiga 5-10 ming sо‘m topilsa, intellektual

mehnatda (dasturlar yaratishda) – 5-10 million sо‘m ishlab topish mumkin.

Shuningdek, intellektual va innovator oilalar о‘zlarining hisobidan (moliya

va vaqt) jamiyatning rivojlantiruvchi yetakchi liderlarini va motorini,

raqobatdosh, tadbirkor va yuksak ma’naviyatli innovatorlarni tarbiyalaydilar.

Intellektual oilalar obod jamiyatning asosiy boyligi va bо‘g‘inidir. Ular har keyingi 7-10 avlodda о‘zlaridan aqlliroq (xotirasi va о‘ylash tezligi boshqalardan о‘rtacha

40-50% yuqori), sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishga astoydil harakat qiladilar. Buyuk kelajakda О‘zbekistonda Al Xorazmiy, ibn Sinolar yana shu

intellektual oilalardan chiqishi mumkin.

Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, intellektual ta’limda oila sifatini oshirish

omillari, asosan, intellektual va innovator oilalarga bog‘liq bо‘lib, ularda о‘z

budjetining katta qismi farzandlarining bilim olishi va miyasiga yetishmagan

ozuqani (mikroelement va vitaminlarni) iste’mol qilishga ajratiladi. Oilada “Ustoz-shogird maktabi”ni ochib, har kuni bо‘sh vaqtlarining deyarli barchasini tarbiya,

tajriba va kasbiy bilimlarini о‘z bolalariga ishlatishga va turmushni obod qilishga о‘rgatadi. О‘zida yetishmagan bilimlarini о‘rgatishga mutaxassis repetitorlarni

jalb qiladilar yoki maxsuslashgan (qobiliyatiga tо‘g‘ri keladigan) maktablarga va

xorijiy о‘quv yurtlariga о‘qishga yuborishga о‘zlari moliyaviy mablag‘lar ajratadilar, ta’lim muassasalarida berilayotgan bilim sifatini talab qilishda faol

ishtirok etadi.

Page 15: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

15

MUZEY PEDAGOGIKASI: TARAQQIYOT TARIXI VA ISTIQBOLI

Rezume. Mazkur maqolada muzey pedagogikasining konseptual asoslari va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tavsifi bayon etilgan. Muallif muzey pedagogikasining istiqbolli yо‘nalishi sifatida virtual muzeylar yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etgan.

Tayanch tushunchalar: muzey, muzeyshunoslik, pedagogika, muzey pedagogikasi, integratsiya, virtual, virtual muzey.

Abstract. This article outlines the conceptual foundations and historical and evolutionary characteristics of the development of museum pedagogy. The author explored the theoretical and practical aspects of creating a virtual museum as a promising area of museum pedagogy.

Key concepts: museum, museology, pedagogy, museum pedagogy, integration, virtual, virtual museum.

Резюме. В этой статье изложены концептуальные основы и историческо-эволюционные характеристики развития музейной педагогики. Автор исследовал теоретические и практические аспекты создания виртуального музея как перспективное направление музейной педагогики.

Основные понятия: музей, музееведение, педагогика, музейная педагогика, интеграция, виртуал, виртуальной музей.

О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bо‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy о‘tmish merosimizni о‘rganish, saqlash hamda uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi о‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida О‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. О‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar tо‘g‘risida”gi Qonuni, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 12-yanvarda “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan qо‘llab-quvvatlash masalalari tо‘g‘risida”, 2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” Qarorlari qabul qilinib, u muzey

*Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich. Nizomiy nomidagi TDPU umumiy pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent. E-mail: [email protected]

B. Xodjayev*

Page 16: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

16

va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi1. Mamlakatimiz hududida mavjud bо‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan о‘rnini yanada oshirish maqsadida “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi tuzildi. Hozir mamlakatimiz hududidagi turli muassasa, korxona, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xо‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200dan ortiq muzeylar bо‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda о‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat kо‘rsatmoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayonida kо‘zda tutiladigan muhim vazifalardan biri – о‘quvchi shaxsini shakllantirish, о‘qitish, tarbiyalash, har tomonlama kamol toptirish, ajdodlar tomonidan tо‘plangan boy tajribalarni о‘sib kelayotgan avlodga yetkazishdan iboratdir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda maktab va jamoatchilik muzeylari ham muhim о‘rin egallaydi.

Muzey – uzoq va yaqin о‘tmishdan darak beruvchi maskan, ayni paytda jonli, tabiiy, kо‘rgazmali ashyolari bilan tarbiyaviy quvvatga ega bо‘lgan darsxona – ta’lim-tarbiya о‘chog‘i. Shu bois umumiy о‘rta ta’limda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini ta’minlashda fanlarni oldindan muvofiqlashtirib amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, sayohatlar, ekspeditsiyalar bilan mujassamlashtirgan holda о‘tilishi tarbiyaviy tadbirning ta’sirchanligini orttiradi. Bu о‘rinda maktab jamoasi uchun muzeylarning ahamiyati kattadir. U ma’naviy-axloqiy tarbiya о‘chog‘i bо‘lib, moddiy va ma’naviy buyumlar tо‘plami orqali ilmiy, tarixiy, madaniy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazuvchi markaz hisoblanadi.

Muzeylarning ta’limiy-tarbiyaviy vazifasidan kelib chiqqan holda uning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogikaning yangi sohasi – muzey pedagogikasiga alohida ehtiyoj sezilmoqda, chunki hozirgi davrda turli yoshdagi bolalar bilan muzey va ta’lim muassasalari о‘rtasidagi aloqa aniq bir maqsadga yо‘naltirilmagan holda olib borilmoqda. Muzeylar о‘sib kelayotgan yosh

1Ўзбекистон Республикасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги қонуни // Ахборот ва ахборотлаштиришга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Адолат, 2008; «Музейлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2008 йил 12 сентябрь // Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами, 2008. – № 37-38. – Б. 12-20; Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 йил 12 январда қабул қилинган «Музейлар фаолиятини тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи, 1998 йил 13 январь; Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 5 мартда қабул қилинган «Музейлар фаолиятини тубдан қўллаб-қувватлаш масалалари тўғрисида»ги Қарори // Халқ сўзи, 1998 йил 15 март; Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 11 июлдаги «Давлат музейларининг болалар ва уларнинг ота-оналарига очиқлигини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 189-сонли Қарори.

Page 17: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

17

avlodni moddiy-ma’naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni о‘zida jamlaydigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Shuning uchun ham muzey va maktablarning ta’lim sohasidagi faoliyatiga tizimli va dasturlashtirilgan holda yondashish talab etiladi1.

Muzey pedagogikasi pedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning о‘zaro uyg‘unligi natijasida shakllangan fan yо‘nalishi hisoblanadi.

Muzey pedagogikasining konseptual asoslari quyidagi jihatlarda о‘z ifodasini topadi:

1) funksiyalari: ta’limiy, tarbiyaviy, о‘lkashunoslik, madaniy-ma’rifiy; 2) shakllari: dars (ma’ruza darsi, seminar dars, amaliy dars, integrallashgan

dars) va darsdan tashqari (ekskursiya, tо‘garak, konkurs, muzey bayrami); 3) metodlari: an’anaviy (suhbat, hikoya, munozara, ma’ruza) va noan’anaviy

(о‘quv loyihasi, portfolio, keys-stadi); 4) vositalari: an’anaviy (illyustratsiya, demonstratsiya, telefilm) va

noan’anaviy (Internet, videozal, etnostudiya). Dastlab muzey pedagogikasi tushunchasi XX asr boshlarida Germaniyada

shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni hayotga tatbiq etish A. Lixtvark, A. Reyxven va R. Froydental nomlari bilan bog‘liq. Avvaliga ushbu soha о‘qituvchilar bilan ishlashga mо‘ljallangan muzey faoliyatining bir yо‘nalishi sifatida talqin etildi. 1913-yili A. Lixtvark birinchi marta muzeyning ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyati g‘oyasini shakllantirdi va muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda yangi usullarni taklif etdi2. R. Froydental ilk bor muzeylarda maktab tizimidagi mashg‘ulotlar о‘tkazish metodikasini yaratdi. Shuningdek, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil etish uchun pedagog mutaxassis zarurligini ta’kidlab, unga muzey pedagogi nomini berishni tavsiya qildi3.

Muzey pedagogikasi oldida turgan vazifalar kо‘p qirrali bо‘lib, tashrifchilarni muzeyda namoyish qilinayotan voqea-hodisalarni his etish, eshitish, mulohaza yuritish va saboq olishga о‘rgatadi. Muzeyda turli toifadagi avlodlar uchrashuvi va muloqot uchun shart-sharoit yaratish yaxshilik va yovuzlik, donolik va nodonlik, haqiqat va yolg‘on kabi jihatlarning mazmun-mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1Исмаилова Ж. Х., Нишанова К. С., Мухамедова М. С. Музей ва жамият. – Тошкент: Чинор ЭНК, 2015. – Б. 92. 2Lichtwark A. Obungen in der Betrachtung von Kunstwerken. – Berlin: Verlag von Bruno Cassire, 1909. – P. 130. 3Qarang: Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 144; Research Methods and Methodologies for Art Education / Ed. by Sharon D. La Pierre. Reston, 1997; Столяров Б. Л., Бойко А. Г. и др. Музейно-педагогическая программа “Здравствуй, музей!” // Художественный музей в образовательном процессе. – Санкт-Питербург, 1998.

Page 18: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

18

Xorijiy muzey tajribasida muzey pedagogikasi bolalarning jismoniy va psixologik rivojlanishidan kelib chiqqan holda turli о‘quv usullaridan foydalaniladi.

6-11 yoshdagi bolalar vaqt haqida ma’lum tasavvurlarga ega bо‘lsa-da, abstrakt tushunchalarni qabul qilishga hali tayyor emas. Bu yoshda о‘quvchilarning muzeyga tashrifini shakllantirish, shuningdek, ekspozitsiyadan olingan ma’lumotlarni о‘z tajribasi bilan uzviy bog‘lashga о‘rgatish kerak.

9-12 yoshdagilar abstrakt tushunchalarni tushunadi, lekin psixologik tomondan kо‘proq ularga bilimning sensor shaklidagi usullari tо‘g‘ri keladi1.

Kо‘pgina muzeylarda о‘quvchilarga savol-javob shaklida tushuntirish ishlari olib boriladi. Muzey pedagogi biror bir hodisa bо‘yicha о‘quvchilarga savol berish orqali ularda voqeliklarni kuzatish, tahlil qilish va yechim topish kо‘nikmalarini tarkib toptiradi. Bu ham о‘quvchilarning ekspozitsiyada namoyish etilayotgan ma’lumotlarga munosabati va unga nisbatan shaxsiy fikrini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Muzeyda о‘quvchilar kо‘proq erkinlik va mustaqillikni yoqtiradi. Ularga qо‘l bilan ushlab kо‘rish va eksponat bilan muloqotga kirishish imkoniyatini yaratish darkor, chunki aynan eksponat nusxalari, maketlari va mulyajlari о‘quvchilar uchun hech narsaga tenglashtirib bо‘lmaydigan о‘quv materiali hisoblanadi. Shu bois kо‘plab muzeylar о‘z zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini yasab, ularga predmetlarni sinab kо‘rishga imkon yaratadi. Tarixiy shaxslar kiyimini kiyib kо‘rish yoxud zadogon ayolning taqinchoqlarini taqib kо‘rish, kulolchilik charxida kо‘zalarni yasab kо‘rish о‘quvchida katta taassurot uyg‘otadi.

Hozirgi kunda kо‘plab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma’lum bir davrni о‘zida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki ekskursovodlarning mavzu bо‘yicha libos kiyishi bilan namoyon bо‘ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb qilishda, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarga о‘lkamizning о‘tmishini о‘rgatish natijasida ularda kelajakka ishonch hosil qilinadi. Yosh avlodning yetuk, insonparvar, chin e’tiqodli qilib tarbiyalashda maktab jamoatchilik muzeylari va davlat muzeylari muhim о‘rin egallaydi. Yosh avlodga о‘tmishdagi ota-bobolarimizning mehnati bilan yaratilgan milliy kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, mehnat qurollari, eski uy-rо‘zg‘or buyumlarini kо‘z qorachig‘idek avaylab-asrash va ularga hurmat bilan qarash tuyg‘usini singdira olsak, ular chinakam milliy e’tiqodli, qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan insonparvar shaxs bо‘lib shakllanishlariga erishish mumkin. Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tо‘plash, saqlash, tashkil

1Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 18-19.

Page 19: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

19

qilish va о‘rganish ishlarini bajaruvchi, ilmiy-ma’rifiy muassasa sifatida juda katta pedagogik vazifani bajaradi.

Tarixga ixtisoslashgan muzeylarning turli loyihalar bilan ishlash imkoniyati yuqori. Masalan, har bir ashyoning о‘ziga xos tarixi bor. Eksponatni nafaqat nazariy, balki amaliy tomondan tashrifchilarga namoyish qilish, ularning ham ishtiroki uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Kulolchilik – jahon tarixida hunarmandchilikning ilk sohalaridan biri. Uning taraqqiyot bosqichlari, davriy va hududiy farqlarini qiyoslash orqali о‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otsa bо‘ladi. Shuningdek, insoniyat tamaddunida milliy kulolchilikning о‘rni va rolini kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Albatta, tushuntirish ishlari amaliyot bilan, ya’ni kulolchilik mahsulotlarini yasash va uning davrini aniqlash kabi mashg‘ulotlar bilan olib borilishi lozim. Bunday mashg‘ulotlarni qog‘oz, kashtachilik, kandakorlik, tо‘qimachilik, tasviriy san’at, muqovasozlik, yozuv, tangashunoslik tarixi kabi qadimdan rivojlangan sohalar bо‘yicha ham olib borish mumkin.

J. Ismailova ta’kidlab о‘tganidek, umuman hozirgi zamonaviy muzeylar bolalar bilan ishlashning turli metodik usullarini ishlab chiqmoqda. Ularning soni va masshtabi juda keng bо‘lib, har bir muzey о‘zining xususiyati va faoliyati mazmunidan kelib chiqqan holda ish tutadi. Yangi yо‘nalishdagi barcha loyiha va strategiyalar о‘quvchilarning muzeyga bо‘lgan qiziqishini orttiradi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi1.

XX asrda bolalar muzeylarini tashkil etish madaniy-ma’rifiy faoliyatning muhim yо‘nalishiga aylandi. Mazkur sohaning ilmiy yо‘nalishlarini tadqiq etishni arxitektor va pedagog A. U. Zilenko boshlab berdi. Uning “Shimoliy Amerikada bolalar muzeyi” (1925), “Shimoliy Amerikada yoshlar qishloq klublari” (1926), “Amerikaliklar о‘zlarining klublari va ijtimoiy markazlarida (1927)”, “Maktab muzeyi (1927)”, “Bolalar xiyoboni (1938)” kabi asarlarini yozish orqali о‘zining bolalar muzeyi konsepsiyasini yaratdi. Bolalar muzeylarining zarurati va ahamiyatini ta’kidlar ekan, A. U. Zelenko quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Insoniyat madaniyati yaratgan yangi – mustaqil bolalar muzeyi о‘z zimmasiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri maktab ta’lim tizimidagi bо‘g‘in bо‘lish vazifasini olmagan, shuningdek, kattalar qiziqishidan kelib chiqqan holda tо‘planadigan bolalar ijodiyoti kolleksiyasidan iborat emas, balki kattalar uchun tashkil etilgan muzeylar kabi “kichkinagina xalq”ning qiziqishini keng masshtabda qoniqtiruvchi maskandir”2.

XX asr boshlarida dunyo bо‘yicha faqat AQShda bosh shiori “Iltimos ushlab kо‘r” degan iboradan iborat bolalar muzeyi faoliyat yuritgan bо‘lsa, 90-yillarning

1Исмаилова Ж. Музей педагогикаси: тарихи, бугуни ва истиқболи // Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 20. 2Зеленко А. У. Детские музеи в Северной Америке // Музееведение в России в первой трети ХХ в. – Москва, 1997. – Вып. 24. – С. 188-221.

Page 20: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

20

boshiga kelib, ularning soni 400dan oshdi. Ular orasida Amsterdamdagi Tropik muzey, Gaagadagi (Niderlandiya) “Muzeon” nomli bolalar ma’rifiy markazi, Avstriyadagi “Bolalar dunyosi”, Buyuk Britaniyadagi “Kashfiyotlar fabrikasi” va “Evrika” muzeylari juda mashhur.

О‘zbekistonda ham ilk bor О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshida 2011-yili “Mо‘jizalar olamida” bolalar muzeyi tashkil etildi. Mazkur muzey 4 yoshdan 14 yoshgacha bolalarga mо‘ljallangan. Muzey bolalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirib, ularning tarixiy davr bilan erkin muloqotga kirishlari, о‘sha davr “jonli” muhitida “yashash”lari uchun katta imkoniyat yaratadi.

XX asrning 90-yillarida muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey” iborasi bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning butun boshli yо‘nalishiga aylanib ulgurdi. Dastlabki vaqtlarda ibora о‘quvchilar orasida garchi unchalik tushunarli bо‘lmasa-da, lekin chiroyli va yoqimli yangrar edi. “Virtual” sо‘zi “mо‘jiza, haqiqiy, real” ma’nolarini ifoda etsa ham, aslida u lotinchadan tarjima qilinganda “virtus” – xayoliy, faraz qilish sо‘zlaridan kelib chiqqan1.

Muzey pedagogikasining о‘ziga xos jihati – norasmiylik va ixtiyoriylik. О‘qitishning о‘ziga xos xususiyati sifatida о‘quvchilarning о‘z qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. О‘quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, kо‘nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.

Virtual muzey veb saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar kо‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi.

Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar internetda 1991-yilda paydo bо‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bо‘lgan bо‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt muzeylar paydo bо‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bо‘lgan, lekin barcha rasm tо‘plamlari ham virtual muzey bо‘la olmaydi. Virtual muzeylarning tо‘plamlari ikkita о‘ziga xos xarakteristikaga ega bо‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bо‘lib virtual muzeylarning afzalligini kо‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bо‘lgan.

Virtual muzeylar nafaqat madaniy-ma’rifiy muassasasigina bо‘lib qolmay, balki о‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi kо‘rgazmalarni virtual tomosha

1Ўзбекистон музейлари истиқболи / Тузувчи Д. Қурбонова. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 38.

Page 21: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

21

qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishda ularning roli kattadir, chunki real muzeylardan farqli ravishda virtual muzeylarni о‘qituvchi yordamisiz о‘quvchilar mustaqil о‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat tarixiy tafakkurni rivojlantiradi, balki о‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bо‘ladi.

Virtual muzeylardan foydalanish о‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishga ham imkon yaratadi.

“Virtual ekskursiyalar” – real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, о‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda ular real hayotda kо‘ra olmaydigan muzeylarga sayohat uyushtira olishadi.

О‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan о‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish о‘qituvchining yordami va kо‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim fanlari dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa о‘quv dasturlariga muayyan о‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday ishlarni olib borish ancha samarali hisoblanadi.

Tadqiqot doirasida quyidagi texnologik bosqichlar asosida “Arxeologiya” virtual muzeyi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi: izlanishga doir: О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi “Arxeologiya” muzeyi materiallari bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga xarakteristika yozish, amaliy: virtual muzey fondini, ilmiy va badiiy qimmatga ega virtual muzey ekspozitsiyalarini, CMS-tizimlari va HTML muharriri yordamida veb-saytni yaratish; tatbiqiy: yaratilgan veb-sayt muzeyni umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.

Dastlab “Autodesk Maya” dasturi yordamida virtual muzeyning modeli yaratildi. “Arxeologiya” virtual muzeyining “Autodesk Maya” dasturidagi umumiy tuzilmasi yaratilganidan sо‘ng, arxeologik davrlar bilan bog‘liqlikda eskponatlar galereyasi hosil qilindi. Mazkur 3D о‘lchamli virtual muzey о‘quvchilarga turli tarixiy davrlar bilan bog‘liq arxeologik eksponatlarni tomosha qilish, ularni kattalashtirish, yaqindan kо‘rish, о‘ziga xos tuzilishini aniq bilish kabi imkoniyatlarni yaratdi. Shuningdek, tadqiqot doirasida mazkur virtual muzeyning 2D о‘lchamli kо‘rinishi yaratildi. Buning asosiy sababi lokal tarmoq orqali “Tarix”

Page 22: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

22

va “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitish jarayonida foydalanish imkoniyatini hosil qilishdir.

“Arxeologiya” virtual muzeyidan barcha guruhlarning tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlarini о‘qitish jarayonida keng foydalanildi. “Arxeologiya” virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanildi: о‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: о‘quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, guruh rahbarlari, fan о‘qituvchilari mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga о‘quvchilarning sayohatlarini tashkil etishdi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi; о‘quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bо‘linganidan sо‘ng о‘quvchilarga о‘z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha kо‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi.

Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qо‘llashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: о‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi; mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada kо‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi; о‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil tafakkurini rivojlantirish samaradorligi ortadi; о‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.

Virtual muzeyning amaliyotga tatbiq etilishi о‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi:

­ о‘quvchilarni turli tarixiy davrlarga tegishli arxeologik eksponatlarning tuzilishi, hajmi, kattaligi, kompozitsion qurilishi, qо‘llanilgan sohasi, ahamiyatining shaxsiy va ijtimoiy mohiyatining anglanishiga erishildi;

­ mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajadagi kо‘rgazmalilik va interfaollikning ta’minlanishi, о‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini rivojlantirish samaradorligining ortishi, ularda tarixiy voqelikka aksiologik yondashuvning qaror topishi asoslandi;

­ virtual sayohatlarni о‘tkazish asosida о‘quvchilarning hamkorlikdagi о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish, jadallashtirish va nazorat qilish ijobiy samara berishi aniqlandi.

Page 23: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

23

ILK О‘SPIRINLARDA IRODAVIY SIFATLARNING O‘RGANILISHIGA DOIR

Rezume. Maqola ilk о‘spirinlarning irodaviy xususiyatlarini о‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ilk

о‘spirinlardagi irodaviy sifatlarning shakllanganlik holati

kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining ta’lim bosqichlari bо‘yicha yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: irodaviy sifatlar, irodali, ilk

о‘spirin, sabr-bardosh, tirishqoq, g‘ayratlik, faollik

mustaqillik.

Abstract. This article is devoted to the study of strong-willed qualities of young men. It highlights the problems of the state of formation of strong-willed

qualities of pupils of professional colleges, taking into account the stages of

education. Key concepts: strong-willed qualities, will, teenager, tolerance, patience,

diligent, active, independent.

Резюме. Данная статья посвящена изучению волевых качеств юношей.

В ней освещаются проблемы состояния формирования волевых качеств

учащихся профессиональных колледжей с учетом этапов обучения. Основные понятия: волевые качества, воля, подросток,

терпимость, терпение, старательный, активный, самостоятельный.

Yoshlarda integrativ bilimlarni egallash, barqaror ma’naviyatini kengaytirish imkoniyatlarini rо‘yobga chiqishni, ularda mas’uliyat, fidoyi,

vatanparvarlik his-tuyg‘ularini, ijodiy izlanuvchanlik, intizomlilik, matonat, sabr-

toqatlilik sifatlarini shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek: “… har qaysi davlat, har

qaysi millat, avvalo, о‘z farzandlari qiyofasida, unub-о‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy

orzu intilishlarini rо‘yobga chiqaradigan buyuk kuchini kо‘radi”1.

Shu bois, davlatimiz tomonidan rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda qaysi joyda bо‘lmasin ma’nan yetuk, ijodiy fikrlovchi,

irodali bir sо‘z bilan aytganda barkamol yetuk mutaxassislar tayyorlash ayni

zamon talablaridan biridir.

*Sattarova Gulnora Ikromovna, Qarshi DU katta ilmiy xodim-izlanuvchi. E-mail: [email protected] 1Каримов И. А. Асосий мақсадимиз – юртимизда эркин ва обод, фаравон ҳаёт барпо этиш йўлини қатъият билан давом эттиришдир. – Тошкент. Халқ сўзи, 2007 йил 8 декабр.

G. Sattarova*

Page 24: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

24

Insoniyat uchun zaruriy irodaviy sifatlarga ega bо‘lgan shaxsni shakllantirishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqishdan manfaatdor jamiyat

iroda muammosini nazariy va metodologik jihatdan о‘rganishni chuqurlashtirishni, eksperimental izlanishning uslubiy jabhalarini ishlab chiqishni,

iroda regulatsiyasi kо‘rsatkichini diagnostika qilishni taqozo etadi.

Jahon psixologiyasida irodaviy sifatlarni eksperimental о‘rganish borasida qator fundamental izlanishlar olib borilgan. Ularda irodaning umumiy

xususiyatlari (K. Levin, N. Ax), bolalarning shaxsiy xulq-atvoridan о‘zini tiyib turish

uquvini rivojlantirish va irodani tormozlashning har xil usullaridan foydalanish (V. Mishel), irodaviy zо‘riqishlar va ularni pasaytirish xususiyatlari (Y. I. Ignatyev),

iroda sifatlarini aniqlash, sobitqadamlik, intizomlilik, dalillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni irodaviy sifatlar tarzida baholash (V. I. Makarova, V. A.

Krutetskiy; mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik va о‘zini uddalashni irodaning

muhim sifatlari tarzda ajratib kо‘rsatish (P. M. Yakobson), sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik,

dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va о‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik

muhim irodaviy sifatlari ekanligi tasniflangan (A. I. Shcherbakov), irodaviy

sifatlarning darajali namoyon bо‘lishiga kо‘ra g‘ayratlilik, chidamlilik, vazminlikni

muhim sifatlar tarzda ajratib kо‘rsatish (V. K. Kalin), irodaning nazariy va

eksperimental tadqiq etilganligini tizimlashtirish (V. A. Ivannikov) masalalari о‘rin olganligi kuzatiladi1.

Bizning izlanishimiz yuqoridagi tadqiqotlarga nazariy-metodologik asos sifatida tayanib amalga oshirildi va ilk о‘spirinlardagi irodaviy sifatlarning

shakllanganlik holatini empirik о‘rganishga erishildi. Tadqiqotda M.

V. Chumakovning “Shaxsning irodaviy sifatlari” testi (savolnomasi)ning E.

G‘. G‘oziyev tomonidan modifikatsiya qilingan variantidan foydalandik2. Test

mohiyati, uning prinsipi, tuzilishiga binoan semantik о‘xshashlikka ega bо‘lgan

atamalar (sifatlar, fazilatlar)ga asoslanib, shaxsning irodaviy sifatlarini muayyan shkalalarga ajratish mumkin. Test modifikatsiya qilinganda aniq qoidalarga

asoslanishi, muayyan tartib bо‘yicha joylashtirilishi qat’iy tartib bо‘yicha joylashtirilgan. Irodaviy sifatlar ijobiy va salbiy qutblarga birlashtirilgan. Irodaviy

sifatlarning qat’iylashtirilgan kо‘rinishi quyidagicha:

1Иванников В. А. Психологические механизмы волевой регуляции. – Москва, 2006. – С. 78-79. Ильин Е. П. Психология воли. – Санкт-Петебург: Питер, 2009. – С. 368. Калин В. К. Классификация волевых качеств // Эмоционально-волевая регуляция поведения и деятельности. – Симферополь, 1983. – С. 167. 2Ғозиев Э. Г. Тафаккур психологияси. – Тошкент, 2000. – Б. 68.

Page 25: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

25

mas’uliyatlilik (mas’uliyatli, iltifotli, mas’uliyatsiz, ishonchsiz,

palapartish);

tashabbuskorlik (yetakchi, ishbilarmon, kuchli tashabbusli, g‘ayratli,

obrо‘li, uzoqni kо‘ruvchanlik, befaol, betashabbus, dangasa, g‘ayratsiz);

qat’iyatlilik (jasorat, dadil, ishonchli, qat’iy, jasoratsiz, ishonchsiz,

ikkilanuvchi, shubhalanuvchi);

mustaqillik (mustaqil, erksizlik, nomustaqillik, boshqariluvchi,

itoatkor);

sabr-toqatlilik (sabr-toqatli, chidamlik, aqlli, ehtiyotkor, sabrsiz, о‘zini

о‘zi boshqaruvchi);

tirishqoqlik (tirishqoq, jangovor, shijoatli, chidamli, baquvvat);

g‘ayratlilik (faol, g‘ayratli, serharakat);

ziyraklilik (hushyorlik);

sobitqadamlik (sobitqadam, qat’iyatli, tirishqoq, shiddatli)1.

Ushbu irodaviy sifatlar ta’lim-tarbiya jarayonidagi, mehnat faoliyatidagi,

muomaladagi tashabbuskorlik о‘quvchi shaxsining о‘z xohish irodasiga binoan

zaruriy xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. Jumladan mustaqil bilim olish va fikr yuritishdagi, mehnat faoliyatidagi qat’iyatlilik о‘quvchining jiddiy va puxta

mulohaza yuritish, qaror qabul qilish, uni izchil ravishda turmushga tatbiq etishda namoyon bо‘luvchi xislatidir. Tirishqoqlik о‘quvchining qiyinchiliklarni yengish

uchun kurashishda kuch-quvvatini sira pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat

maqsadga erishish uchun intilishda rо‘yobga chiquvchi kо‘nikmadir. Turli xususiyatli muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik о‘quvchi tomonidan qabul

qilingan qarorni amalga oshirishga xalal beruvchi fikr-mulohazani, hissiy-

emotsional xatti-harakatlarni tormozlovchi (tizginlovchi) uquvchanligidir.

Tashkillanganlik о‘quvchining о‘z xatti-harakati, xulq-atvorini rejalashtirish,

xususan, uni ijro etishda, amalga oshirishda ta’lim subyektining rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlik bu о‘quvchining qо‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan

holda о‘zini oqlaydigan xavf-xatarga qо‘l urish, qо‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz

tura olish fazilatidir. Ishbilarmonlik – о‘quvchining о‘ylanilgan faoliyat va ishni qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklardan qat’i nazar omilkor yо‘llar, vositalar, usullar

qо‘llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik о‘quvchining о‘z e’tiqodiga

(maslagiga) qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ikkilanmay ishonish, boshqa odamlarning yordamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir.

1Сатторова Г. Илк ўспиринлик ёшида иродавий сифатларни ўрганишнинг психодиагностик имкониятлари. – Қарши: Насаф. – Б. 74-78.

Page 26: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

26

Test kasb-hunar kollej о‘quvchilarida tatbiq qilindi va test yuzasidan qator miqdoriy kо‘rsatkichlar olindi. Tajribada kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining

birinchi va uchinchi bosqich о‘quvchilari jalb etildi va ularning natijalari qiyosiy о‘rganildi. Ilk о‘spirinlarning kundalik turmushida irodaviy sifatlarning tarkib

topganlik holati bо‘yicha quyidagi empirik natijalar keltirib о‘tildi (1-jadval).

1-jadval № 1-kurs (n=60) 3-kurs (n=60) t

X σ X σ

1. Mas’uliyatlilik 5,13 1,03 6,21 1,26 5,324***

2. Tashabbuskorlik 4,61 1,26 4,71 1,23 0,480

3. Qat’iyatlilik 5,32 1,41 5,96 1,32 2,351*

4. Mustaqillik 3,89 1,37 3,76 1,25 -0,590

5. Sabr-toqatlilik 5,61 1,64 6,03 1,70 1,425

6. Tirishqoqlik 3,80 1,13 4,55 1,03 4,193***

7. G‘ayratlilik 7,17 1,92 8,41 1,47 3,856***

8. Ziyraklik 4,11 0,76 4,65 1,07 3,223***

9. Sobitqadamlik 7,10 1,27 8,06 0,89 5,436***

*r<0,05, ***r<0,001

Kasb-hunar kolleji о‘quvchilari, xususan, ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarning namoyon bо‘lishida ta’lim bosqichlariga e’tibor qaratildi. Testning me’yoriy kо‘rsatkichlariga kо‘ra ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarni namoyon bо‘lishida bir xillik kuzatilmadi.

Ilk о‘spirinlarning ta’lim bosqichlariga kо‘ra irodaviy sifatlarning oltitasi bо‘yicha statistik tafovutlar aniqlandi, ya’ni mas’uliyatlilik 5,31 va 6,21 ballar; qat’iyatlilik – 5,32 va 5,96 ballar; tirishqoqlik – 3,80 va 4, 55 ball; g‘ayratlilik – 7,17 va 8,41 ballar; ziyraklik – 4,11 va 4,65 ballar; sobitqadamlik – 7,10 va 8,06 ballarga ega bо‘ldi. Yuqorida qiymatlari keltirib о‘tilgan sifatlar bо‘yicha birinchi va uchinchi bosqich о‘quvchilarida irodaviy sifatlarning namoyon bо‘lishida ahamiyatli farq mavjud ekan.

Natijalardan kо‘rinadiki, uchinchi bosqich о‘quvchilari birinchi bosqichga nisbatan mas’uliyatli ekanliklari ajralib turibdi. Ushbu sifatning xususiyatiga kо‘ra, ular ta’lim-tarbiya jarayoni va shaxsiy turmush masalalarida, yuklatilgan topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatli, iltifotlilikni namoyon eta olishga о‘zlarini tayyorlab bormoqda deyish mumkin. Birinchi bosqich о‘quvchilarida esa

Page 27: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

27

mas’uliyatlilikni yetarlicha kamol toptirish о‘ziga bо‘lgan ishonchsizlik va tartibsizlikni bartaraf etish zarur bо‘ladi.

Qat’iyatlilik borasida ham uchinchi bosqich о‘quvchilarida dadillik va ishonchlilikning shakllanganligi birinchi bosqich о‘quvchilariga qaraganda ustuvorroq kо‘rinish oldi. Ular jiddiy va puxta mulohaza yuritishga, qaror qabul qilish va uni izchil ravishda turmushga tatbiq etishda ham faolroqdir. Bu holat uchinchi bosqich о‘quvchilarining kasb-hunar kollejini tugatib, bо‘lg‘usi faoliyatga о‘zlarini tayyorlayotganliklarida ko‘rish mumkin.

О‘z navbatida, g‘ayratlilik boshqa irodaviy sifatlarga kо‘ra, birinchi va ikkinchi bosqich о‘quvchilarida о‘rtachadan yuqori darajada shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu ilk о‘spirinlarni faol, serg‘ayrat va shijoatli ekanliklaridan dalolat beradi. Ulardagi g‘ayratlilik sifatlarini kasb-hunar sirlarini о‘rganishga tо‘g‘ri yо‘naltirish esa foydadan xoli bо‘lmaydi.

Shuningdek, ilk о‘spirinlardagi sobitqadamlik ham о‘rtachadan yuqori darajada shakllanganligi bilan ajralib turibdi. Sobitqadamlik ilk о‘spirinlarning kasbiy bilim va kо‘nikmalarni egallashlariga xizmat qiluvchi muhim irodaviy sifatdir. Kasb-hunar kolleji о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari shogirdlarida bunday sifatlarni payqagan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishlari va о‘quvchilariga bilim va kо‘nikmalarni egallashlariga kо‘maklashishlari maqsadga muvofiqdir.

Tajriba-sinov natijalarida ilk о‘spirinlarda tashabbuskorlik, mustaqillik va ziyraklik sifatlari о‘rtachadan past darajada shakllangan. Bu sifatlar ilk о‘spirinlarning kasb-hunar egallashlari va о‘zlarini turmushga tayyorlashlarida cheklanib qolishlariga sabab bо‘lishi shubhasiz. Bu holat ilk о‘spirinlarda befaol, betashabbus, dangasa, g‘ayratsiz, nomustaqil, boshqariluvchi va itoatkor shaxs bо‘lib kamol topishlariga imkon tug‘diradi.

Tajriba-sinov natijalarini chuqurroq tahlil qilish maqsadida ilk о‘spirinlar irodaviy sifatlari shakllanganlik holatini о‘zaro munosabatlariga kо‘ra о‘rganildi. Buning uchun korrelatsion tahlil usulidan foydalanildi. Irodaviy sifatlarning о‘zaro munosabatlarini ifodalovchi kо‘rsatkichlar quyida ta’lim bosqichlari bо‘yicha alohida taqdim etiladi.

Birinchi bosqich о‘quvchilarida irodaviy sifatlarining о‘zaro bog‘liqligi kо‘rsatkichlarida bir qator ahamiyatli korrelatsion munosabatlar aniqlandi. Ularda mas’uliyatlilik sifati tashabbuskorlikni (r=0,301, p≤0,05), qat’iyatlilikni (r=0,529, p≤0,01), sabr-toqatlilikni (r=0,323, p≤0,05), g‘ayratlilikni (r=0,631, p≤0,01) shakllanishiga, tashabbuskorlik esa mustaqillik (r=0,366, p≤0,05) va sobitqadamlikni (r=0,336, p≤0,05), mustaqillik sabr-toqatlilik (r=0,398, p≤0,05) va ziyraklikni (r=0,317, p≤0,05), sabr-toqatlilik tirishqoqlikni (r=0,395, p≤0,05) va

Page 28: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

28

sobitqadamlilikni (r=0,354, p≤0,05); tirishqoqlik esa g‘ayratlilikni (r=0,464, p≤0,05) о‘sishiga olib keladi. О‘spirinlarning ayni damda tavsiflangan sifatlarida о‘zaro ichki aloqadorlik mavjud.

2-jadval

Mas

’uliy

atlil

ik

Tash

abb

usk

orl

ik

Qat

’iyat

lilik

Mu

staq

illik

Sab

r-to

qat

lilik

Tiri

shq

oq

lik

G‘a

yrat

lilik

Ziyr

aklik

Sob

itq

adam

lik

Mas’uliyatlilik 1 0,301* 0,529** 0,211 0,323* 0,227 0,631** 0,190 0,290

Tashabbuskorlik 1 0,270 0,366* 0,130 0,286 0,215 0,001 0,336*

Qat’iyatlilik 1 0,201 0,190 0,222 0,136 0,299 0,159

Mustaqillik 1 0,398* 0,713 0,192 0,317* 0,186

Sabr-toqatlilik 1 0,395* 0,255 0,226 0,354*

Tirishqoqlik 1 0,464* 0,205 0,269

G‘ayratlilik 1 0,051 0,102

Ziyraklik 1 0,159

Sobitqadamlik 1

*r<0,05, ***r<0,001

Uchinchi bosqich о‘quvchilarida esa irodaviy sifatlarning shakllanganlik holati birinchi bosqichdan bir oz farq qilishi о‘z aksini topgan (3-jadval).

3-jadval

Mas

’uliy

atlil

ik

Tash

abb

usk

orl

ik

Qat

’iyat

lilik

Mu

staq

illik

Sab

r-to

qat

lilik

Tiri

shq

oq

lik

G‘a

yrat

lilik

Ziyr

aklik

Sob

itq

adam

lik

Mas’uliyatlilik 1 0,323

*

0,594** 0,285 0,106 0,717** 0,640** 0,681** 0,663**

Tashabbuskorlik 1 0,150 0,354** 0,323* 0,181 0,258 0,250 0,349**

Qat’iyatlilik 1 0,185 0,194 0,556** 0,180 0,643** 0,618**

Mustaqillik 1 0,244 0,335* 0,251 0,231 0,104

Sabr-toqatlilik 1 0,150 0,111 0,458** 0,461**

Tirishqoqlik 1 0,170 0,198 0,166

Page 29: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

29

G‘ayratlilik 1 0,746** 0,236

Ziyraklik 1 0,617**

Sobitqadamlik 1

*r<0,05, ***r<0,001

Ta’limning ushbu bosqichida о‘spirinlarda mas’uliyatlilik tashabbuskorlik

(r=0,323, p≤0,05), qat’iyatlilik (r=0,594, p≤0,01), tirishqoqlik (r=0,717, p≤0,01),

g‘ayratlilik (r=0,640, p≤0,01), ziyraklik (r=0,681, p≤0,01), sobitqadamlik (r=0,663,

p≤0,01) bilan ichki bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Ilk о‘spirinlarda mas’uliyatlilikni

shakllanib borishi barobarida yuklatilgan vazifalarga nisbatan dadillik, xatti-

harakatlarni ishonchli bajarish, g‘ayratlilik, faoliyatni rejalashtirish va uni

tashkillashtirish, shijoatlilik, chidamlilik, faol, hushyorlik, ixchamlik kabi irodaviy

sifatlarni shakllantirishlariga asos bо‘lib xizmat qiladi.

Ularda tashabbuskorlikni shakllanganligi esa mustaqillik (r=0,354, p≤0,05),

sabr-toqatlilik (r=0,323, p≤0,05) va sobitqadamlilikni (r=0,349, p≤0,01),

qat’iyatlilikni yaqqol namoyon bо‘lishidan tirishqoqlik (r=0,556, p≤0,01), ziyraklik

(r=0,643, p≤0,01) va sobitqadamlikni (r=0,618, p≤0,01), mustaqillik esa

tirishqoqlikni (r=0,335, p≤0,05), sabr-toqatlilik orqali ziyraklik (r=0,458, p≤0,01)

va sabr-toqatlilikni (r=0,461, p≤0,01), g‘ayratlilikni kamol topishi ziyraklikka;

ziyraklik esa sobitqadamlikning (r=0,617, p≤0,01) kamol topishiga turtki

berishidan dalolat beradi. Ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlarini shakllanganligi

ta’lim bosqichi bilan bog‘liq kamol toptirishlari xosligi aniqlandi. Ular birinchi

bosqich о‘quvchilariga nisbatan irodaviy sifatlarni shakllantirishda hayotiy va

ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabatlari, ta’lim muhitidagi turli xil vaziyatlarda

qaror qabul qilishlaridagi tajribalar sabab bо‘lishi mumkin.

Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelindi:

- ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlaridan mas’uliyatlilik boshqa irodaviy

sifatlarni shakllanishida tayanch sifat tarzda xizmat qiladi;

- ta’lim jarayonida ilk о‘spirinlarning irodaviy sifatlarini shakllanishida ta’lim

bosqichlaridagi о‘quv mashg‘ulotlarda yetakchi sifatlar bilan ikkilamchi sifatlar

о‘rtasida bog‘liqliklarni ta’minlashga e’tibor qaratish muhim;

- ilk о‘spirinlarning о‘zaro ichki bog‘lanishga ega bо‘lmagan sifatlari

о‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashda irodaviy regulatsiyani ta’minlashga xizmat

qiluvchi trening mashg‘ulotlarini tashkil etish zarurati mavjud.

Page 30: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

30

Page 31: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

31

PEDAGOGNING SIMMETRIYA HISSI TA’LIM JARAYONIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASH OMILI

SIFATIDA Rezume. Mazkur maqolada nazariy tahlil asosida

ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash muammosini

о‘qituvchi shaxsi nuqtayi nazaridan kо‘rib chiqishning

dolzarbligi asoslanadi. Maqolada pedagogda

simmetriya hissining rivojlanish darajasi о‘quv

jarayonini uzviylik tamoyili asosida tashkil etishning

muhim psixologik omili bо‘lishi mumkinligi haqida faraz

ilgari suriladi.

Tayanch tushunchalar: ta’lim uzviyligi, о‘qituvchi shaxsi, simmetriya hissi,

psixologik omil, о‘quv vazifalari.

Abstract. In this article, on the basis of theoretical analysis, the urgency of

considering the problem of ensuring consistency in learning, from the point of

view of the teacher's personality, is justified. The article suggests that the level

of development of the teacher's sense of symmetry can be a significant

psychological factor in ensuring consistency in the learning process.

Key concepts: consistency in teaching, teacher's personality, sense of

symmetry, psychological factor, educational tasks.

Резюме. В данной статье на основе теоретического анализа

обоснована актуальность рассмотрения проблемы обеспечения

последовательности в обучении, с точки зрения личности учителя. В статье

выдвигается предположение о том, что уровень развития чувства

симметрии педагога может быть значимым психологическим фактором

обеспечения последовательности в учебном процессе.

Основные понятия: последовательность в обучении, личность

учителя, чувство симметрии, психологический фактор, учебные задачи.

Murakkab tizimlar ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar о‘rtasida uzviy

aloqadorlik barqaror saqlanib turgani evaziga mavjud bо‘ladi. Tizimli

yondashuvning metodologik tamoyillariga kо‘ra, yaxlit tuzulmani hosil qilib

turuvchi unsurlar muayyan qonuniyatlar asosida о‘zaro munosabatga kirishadi1.

*Ergashev Pо‘lat Sobirovich, Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. E-mail: [email protected] 1Лисеев И. К., Садовский В. Н. Системный подход в современной науке: К 100-летию Людвига фон Берталанфи. – Москва: Прогресс-Традиция, 2004. – С. 281.

P. Ergashev*

Page 32: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

32

Ta’lim jarayonining birlamchi boshlang‘ich unsuri sifatida alohida olingan

mashg‘ulot yoki mashg‘ulotlar turkumi tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil

qilinganda, ularning yaxlitligi о‘quv materiali taqdimoti, dars qismlari, о‘quv

vazifalarining qо‘yilishida uzviylik qanchalik ta’minlanishiga bog‘liqligi aniqlanadi.

Determinizm umumilmiy ta’moyiliga kо‘ra bunday uzviylikning omillarini

qidirishga undaydi1. Bunday izlanishda psixologiya fani qidiruv jarayonini, avvalo,

ta’limiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyati va individual xususiyatlari sohasiga

yо‘naltiradi.

Ma’lumki, uzviylik narsa-hodisalarning chambarchas bog‘liqligi, о‘zaro

ajralmasligini anglatadi2. Umumiy ravishda uzviylik haqida gap ketganda, turli

tuzulmalar о‘rtasidagi birdamlik, hamkorlikka urg‘u beriladi3. Alohida olingan

dars mashg‘uloti miqyosida uzviylik tamoyilining rо‘yobga chiqarilishi kо‘p

jihatdan pedagogning о‘z faoliyatida qanchalik izchil bо‘la olishiga bog‘liqligini

tushunish qiyin emas. Izchillik esa, avvalo, muntazamlikka asoslanadi.

Muntazamlik doimiylikni, tartibli takrorlanishni nazarda tutadi. Demak, о‘qituvchi

ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlashi uchun ma’lum tartiblashgan,

rejalashtirilgan harakatlarni vaqt va kо‘lam, kuch va jadallik kо‘rsatkichlari

bо‘yicha muntazam amalga oshirib, izchillikka erishish talab qilinadi. Shubhasiz,

о‘qituvchining bu sohada kasbiy kompetentligini namoyon eta olishi uning

pedagogik faoliyatga individual-psixologik jihatdan qanchalik tayyorligiga bog‘liq

bо‘ladi. Bizning fikrimizcha, bunday tayyorgarlik zamiridagi muhim psixologik

tuzilmalardan biri simmetriya hissi bо‘lishi mumkin.

Ma’lumki, “simmetriya” deganda biror narsaning biror nuqta, tо‘g‘ri chiziq

yoki tekislikka nisbatan qarama-qarshi tomonlarda bо‘ladigan qismlar

joylashishidagi mutanosiblik, о‘xshashlik, moslik, uyg‘unlik tushuniladi4.

Simmetriya hodisasini umumilmiy muammo sifatida birinchilardan bо‘lib

asoslashga uringan nemis matematigi G. Veyl: “simmetriya – odamlar kо‘p

1Карако П. С. Детерминизм и целевая причина в системе современного научного знания // Вестник Полесского государственного университета. Серия гуманитарных наук. 2009. – № 1. – С. 9. 2Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – Ж. 4. – Б. 266. 3Жамолдинова О. Р. Ёшлар соғлом турмуш маданиятини ривожлантиришда узвийлик ва узлуксизлик тамойиллари амал қилишининг педагогик механизмларини такомиллаштириш: пед.фан.док. … дисс. – Тошкент: ТДПУ, 2015. – Б. 28. 4Мирзаев Т. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 3. – Б. 506.

Page 33: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

33

asrlardan buyon tartib, gо‘zallik va mukammallikni anglash va yaratish uchun

foydalangan g‘oyadir” – deb ta’kidlaydi1. Psixologiya fanida simmetriya hissiga

hozirgacha alohida ilmiy asoslangan ta’rif berilmagan. Simmetriya hodisasi

hamda emotsional kechinmalarning psixologik tabiatidan kelib chiqqan holda,

bizningcha, bunday hisni odamning atrof-olamdagi narsa-hodisalar tuzilishi

hamda о‘zaro nisbatida tartib, muvozanat va mutanosiblik darajasini psixik aks

ettirishi natijasida yuzaga keluvchi hissiy kechinma sifatida tushunish о‘rinlidir. Bu

о‘rinda biz ta’lim jarayonida uzviylikning ta’minlanishi nima uchun о‘qituvchida

simmetriya hissi yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lishi mumkinligini izohlab

о‘tamiz.

Avvalo, shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, maxsus tadqiqotlarda simmetriya

hissi о‘qituvchining individual faoliyat uslubini belgilab beruvchi muhim omil

ekani tasdiqlangan2. Yaxshi rivojlangan simmetriya hissi ta’lim jarayonidagi

uzluksizlikni ta’minlashda ta’sirchan omil bо‘lishi haqidagi taxminlarimiz quyidagi

psixologik xulosalarga asoslanadi:

1) yakunlanganlik, yaxlitlik, tizim va strukturaga ega bо‘lish ehtiyoji

asosidagi simmetriya hissi3 qat’iy tartiblashgan о‘qituvchining faoliyati uchun

alohida ahamiyat kasb etishi mumkin;

2) simmetriyaga ijobiy munosabatda aks etadigan tashqi olam bilan uyg‘un

hayot kechirayotganlikni namoyon etish, ichki agressiv mayllarni nazorat qilishga

intilish4 о‘z xulq-atvori bilan doimiy namuna kо‘rsatishi kutiladigan о‘qituvchi

uchun katta ahamiyatiga ega bо‘lishi mumkin;

3) simmetriya hissi darajasiga bog‘liq ravishda muayyan obyektning

obrazini uni tashkil etuvchi qism va elementlar miqdoridan qat’i nazar kerak

usullardan foydalanib xayolan yaxlit holda loyihalash qobiliyati5 о‘qituvchi uchun

1Вейль Г. Симметрия / Под ред. Б. А. Розенфельда. – Москва: Наука, 1968. – С. 37. 2Харламова Т. М. Профессиональные способности учителя изобразительного искусства: cтруктура, детерминанты, индивидуальные особенности проявления: дисс. … конд.психол.наук. – Пермь: Пермский государственный педагогический университет, 2003. – С. 20. 3Маслоу А. Мотивация и личность. – Санкт-Петербург: Питер, 2008. – С. 72. 4Дмитриев М. Г., Белов В. Г., Парфенов Ю. А. Психолого-педагогическая диагностика делинквентного поведения у трудных подростков. – Санкт-Петербург: ЗАО ПОНИ, 2010. – С. 139. 5Исмаилов А. Д. Развитие образного мышления младших школьников на занятиях декоративно-прикладным искусством: дисс. ... канд. психол. наук. – Москва: НИИ общей и педагогической психологии АПН, 1988. – С. 22.

Page 34: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

34

о‘z xatti-harakatlari rejasini tuzish, ularning yakuniy natijasini aniq tasavvur qila

olishida muhim ahamiyatga ega bо‘lishi mumkin;

4) simmetriyaga ijobiy munosabat optimizm, konservatizm, uyushqoqlik,

zavqlanishga moyillik bilan aloqadorligi1, aksincha, asimmetriyaga nisbatan

mayllar bog‘lanib qolishni xushlamaslik, impulsivlik bilan bog‘liqligi2 pedagogik

faoliyatdek о‘zini о‘zi yaxshi boshqarish, boshqa odam kelajagiga umid bilan

qarash, ma’lum qoidalarga bо‘ysunib ishlashdan org‘inmaslik talab etiladigan

soha uchun ayniqsa ahamiyatli bо‘lishi mumkin;

5) fikrlashda analitik uslubning yetakchiligi odatda simmetriyaga ijobiy

munosabat bilan bog‘liq bо‘lib3, о‘qituvchi uchun tahlil va mushohadaga qodirlik,

shunday yondashuv asosida narsa-hodisalarni tushunishga intilish kasbiy zarur

xususiyatlar jumlasiga kirar ekan, demak, simmetriya hissining yaxshi rivojlangan

darajasi ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

6) simmetriya hissining yuqori darajasida ish faoliyat va uning natijalarida

belgilangan namunadan chetga chiqish ichki hissiy tajanglikni kuchaytirishi4

kо‘plab aniq shakldagi о‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, ularni qat’iy talablar

asosida yuritishni talab qiluvchi о‘qituvchi faoliyatida katta ahamiyatga ega

bо‘lishi mumkin.

Albatta, ta’lim samaradorligi psixologik nuqtayi nazardan, avvalo, о‘quvchining о‘qish-о‘rganishga nisbatan ijobiy munosabat darajasiga bog‘liq

bо‘ladi. Ayniq vaqtda bunday munosabat qanchalik ijobiy bо‘lishini kо‘p jihatdan,

shubhasiz, о‘qituvchining shaxsi va kasbiy mahorati belgilab beradi. Bunda о‘qituvchining simmetriya hissi qanchalik muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlash

kerak. Xususan, о‘quv topshiriqlari ketma-ketligida о‘qituvchi muayyan tartibga

qat’iy rioya etmasa, о‘quvchilar ular о‘rtasidagi aloqani anglamaydilar, topshiriqlar murakkabligida ma’lum muvozanat yoki vazifa mazmuni va uni

bajarishga ajratilgan vaqt, imkoniyat berilgan urinishlar soni, ruxsat beriladigan xatolar miqdori о‘rtasidagi mutanosiblik saqlanmasa, ta’lim oluvchilarda о‘qish-

о‘rganish jarayoni salbiy kechinmalarni uyg‘otadi. Ta’lim jarayonini tashkil

1Gough H., Bradley Р. Forty Years of Experience with the Barron Welsh Art Scale // Unusual associates: A festchrift for Frank Barron/A.Montuori (Ed.). – New Jersey: Hampton Press, 1996. – P. 7. 2Ильин Е. П. Психология творчества, креативности, одаренности. – Санкт-Петербург: Питер, 2009. – С. 322. 3Холодная М. А. Когнитивные стили. О природе индивидуального ума. 2-е изд. – Санкт-Петербург: Питер, 2004. – С. 231-232. 4Шоста Е. С. Морфологические принципы симметрии в композиции городской среды // Коммунальное хозяйство городов. 2014. – № 112. – С. 173.

Page 35: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

35

etishda uning tarkibiy qismlari va ularning xususiy unsurlari о‘rtasida yaxlitlik va tizimni saqlash uchun esa о‘qituvchidan yaxshi rivojlangan simmetriya hissi talab

qilinadi. Ta’lim jarayoni uzviyligi mohiyatan unda uzulishlarga yо‘l qо‘yilmasligini nazarda tutadi. Tashkiliy jihatdan ta’lim jarayonidagi uzilishlarga hech qanday

omillar xavf tug‘dirmayotgan sharoitda birinchi о‘ringa о‘qituvchining kasbiy va

shaxsiy sifatlari kо‘tariladi. Fan sohasidan qat’i nazar ta’lim jarayonining umumiy mazmunini tahlil etar ekanmiz, shunga amin bо‘lamizki, о‘qituvchi tomonidan

muayyan о‘quv vazifasini о‘quvchilar yakuniga yetkazmagan vaziyatda yangi

topshiriqlar berilishi ta’lim oluvchilar oldiga ma’lum masalalarni qismlarga ajratib qо‘yishda proporsiyalarga e’tiborsizlik qilinishi, nazoratning asimmetriya tarzida,

ya’ni ma’lum davriylikni saqlashga befarqlik bilan amalga oshirilishi, uzviylikni ta’minlashga halaqit beradi. Ta’lim jarayonidagi uzviylikka salbiy ta’sir

kо‘rsatuvchi ushbu holatlarga qarshilik kо‘rsatishda о‘qituvchining yaxshi

rivojlangan simmetriya hissi muhim psixologik omil sifatida namoyon bо‘ladi, chunki simmetriya hissi yaxshi rivojlangan о‘qituvchi:

1) obyektiv omillar ta’lim oluvchilar oldiga qо‘yilgan ma’lum masalani

yakunlashga tо‘sqinlik qilishiga qaramay qanday bо‘lmasin uni oxirgacha

yetkazish yо‘llarini, noodatiy shakllarini topadi, hech qachon uni chala qoldirishga

о‘ziga izn bermaydi;

2) har qancha qо‘shimcha masalalarga tо‘xtalmasin, turli chekinishlarga yо‘l qо‘ymasin doim markaziy muammoga, mashg‘ulotning bosh yо‘nalishiga

qaytishga qiynalmaydi; 3) kо‘rib chiqilayotgan har bir xususiy masala tegishli fan sohasida egallab

turgan о‘rinni, uning aniq joyini va boshqa tarkibiy unsurlar bilan bо‘lgan kо‘p

tomonlama aloqalarini yaqqol tasavvur qila oladi.

Shubhasiz, ushbu sifatlar о‘qituvchiga ta’lim jarayonida izchillik, kо‘chma

ma’nodagi tekislik, uzviylikni saqlash uchun yordam beradi. Shunday ekan,

bо‘lg‘usi pedagoglarni tayyorlash jarayonida simmetriya hissini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Yaxshi rivojlangan

simmetriya hissi о‘qituvchiga mikrodarajada, ya’ni bevosita ta’lim jarayoni davomida uzluksizlikni ta’minlashga psixologik jihatdan yordam beradi. Shunga

kо‘ra, bizningcha, ta’lim uzluksizligi mikrodarajada ta’minlangan taqdirdagina

makrodarajadagi, ya’ni butun ta’lim tizimi bosqichlari miqyosidagi uzluksizlikni saqlash uchun zarur ichki sharoit yaratiladi.

Page 36: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

36

TALABALARDA MUSTAQILLIK TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH JARAYONLARI

MODELI Rezume. Ushbu maqolada talabalarda mustaqillik

tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish modeli va

uning tarkibiy qismlari yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: pedagogik jarayon,

pedagogik loyiha, model, intellektual qobiliyat, tafakkur,

ijodkorlik, pedagogik vaziyat, pedagogik tizim.

Abstract. This article highlights models of the

formation and development of independent thinking of

students and its structural feature.

Key concepts: pedagogical processes, pedagogical

project, model, intellectual ability, thought,

creativeness, pedagogical situation, pedagogical

system.

Резюме. В данной статье освещаются модели

формирования и развития самостоятельного

мышления студентов и ее структурная особенность.

Основные понятия: педагогический процесс, педагогический проект,

модель, интеллектуальная способность, мышление, креативность,

педагогическая ситуация, педагогическая система.

Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish о‘ziga xos xususiyatlarga

ega bо‘lib, mazkur jarayon ijodiy jarayon hisoblanadi va, о‘z navbatida,

kо‘zlangan natijalarga erishish uchun eng qulay bо‘lgan ta’lim metodlari va ilg‘or

pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish asosida talabalarning

innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun ta’lim jarayonini ma’lum bir izchillikda

loyihalashtirish zarur bо‘ladi.

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlarini modellashtirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, mustaqil ta’lim va

tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tizimli obyekt sifatida yaxlit rivojlantirish va

uning modelini takomillashtirishda tashkil etuvchi qismlarning ta’sir

kо‘rsatishining ahamiyatini inobatga olish, shuningdek, bir xil va teng sharoitlarda

*Shodmonova Shoira Saidovna, TDPU pedagogik qayta tayyorlov kursi rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor. E-mail: [email protected] *Gapparova Maftuna Erkinovna, O‘zPFITI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. E-mail: [email protected]

Sh. Shodmonova*

M. Gapparova*

Page 37: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

37

mustaqillik ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining

rivojlanishiga kо‘proq ta’sir kо‘rsatuvchi ba’zi qismlar va bо‘g‘inlarni

о‘zgartirishga imtiyozlar berish zarur. Talabalarda mustaqillik tafakkurini

shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini modellashtirishda mamlakatimizda

amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari,

yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar, talabalar intellektual salohiyatining

о‘sib borishi, rivojlanib borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari,

rivojlanishga bog‘liq holda kun sayin о‘zgarib, yangilanib va rivojlanib borayotgan

zamonaviy talablarga asoslanish kerak. Demak, yaratilgan model mazkur talablar

darajasida talabalar, ya’ni bо‘lajak muhandis-pedagoglar kelgusi amaliy

pedagogik faoliyatida talaba avlodning о‘zgaruvchan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy

ehtiyojlarini qondira olishi, yuqori darajada kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan

pedagoglarning ilg‘or tajribalarini qо‘llashi hamda innovatsion ta’limiy dasturlarni

ishlab chiqishi va amalga oshirishi uchun ularda zaruriy bilim, kо‘nikma va

malakalarni shakllantirish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur

hisoblanadi.

Model [fr. Modele, lot. Modulus – о‘lchov, me’yor] biror narsaning xuddi

о‘zidek yoki kichraytirib, kattalashtirib olingan, kо‘plab ishlab chiqarish uchun

andaza bо‘ladigan nusxasi1. Modellashtirish bu bilish obyektining har xil

modellarni yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish imkonini beruvchi ilmiy

metoddir. Modellashtirish metodida obyekt о‘rniga uning modeli о‘rganiladi2.

J. Hasanboyev, X. Tо‘raqulov, M. E. Haydarov, O. U. Hasanbayevalarning

ta’kidlashicha, yaratilayotgan modelni dastlabki va yakuniy kо‘rinishda ishlab

chiqish va uni amaliy qо‘llash darajasiga yetkazish pedagogik loyihalashdir.

Pedagogik faoliyatda loyihalash obyektlari pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat,

pedagogik tizim bо‘lishi mumkin.

Mualliflarning fikricha, pedagogik loyihalash obyekt haqidagi ilmiy

asoslangan tasavvurga maksimal yaqinlashtirish uchun uni nima qilish kerakligi

haqida umumiy tasavvurlarni izlash, eskirgan samarasiz modellar о‘rniga taqdim

etiladigan yangiliklarni modellashtirish uchun qо‘llanishi mumkin bо‘lgan

pedagogik xulosalar namunalarini izlash, pedagogik tizimning yangilangan bir

1Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 2. – Б. 606. 2Cаифназаров И., Никитченко Г., Қосимов Б. Илмий ижод методологияси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. – Б. 52-53.

Page 38: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

38

bо‘lagining innovatsion modelini yasash, yangilikni amaliyotga joriy etish

algoritmini qurish bosqichlaridan iborat bо‘ladi1.

Bularga asoslanib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonini

modellashtirish – bu ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyatga

ega bо‘lgan talablar asosida ishlab chiqilgan, samarali hisoblangan metodlardan

foydalanishni ifodalovchi, mazkur jarayonni tashkil etish bosqichlari va

funksiyalari aks ettirilgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda qо‘llanishi

mumkin bо‘lgan andaza.

Modellashtirish ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishda

muhim ahamiyat kasb etib, unda ta’lim-tarbiya jarayoniga (ta’lim, mustaqil ta’lim,

tarbiya, о‘zini о‘zi tarbiyalash, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari va hokazo) va

uni tashkil etishga qо‘yilayotgan zamonaviy talablarni, talabalarning ehtiyojlari,

talabalar jamoasining о‘ziga xos jihatlari (talabalar guruhi, undagi psixologik

muhit), ularning dunyoqarashi va boshlang‘ich tushunchalari, mustaqil о‘rganish

uchun beriladigan topshiriqlar, talabalarning hamda ta’lim muassasasining

imkoniyatlari, о‘qitiladigan fan va о‘rganiladigan mavzularning maqsadi,

predmeti va ahamiyatini inobatga olish hamda ularga mos keluvchi ta’lim

metodlarini tanlash, amalga oshirilishi zarur bо‘lgan vazifalarni, ularni amalga

oshirish bosqichlarini belgilash zarur.

Modellashtirishda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlari loyihasi doirasida belgilanadigan pedagogik shartlar majmui

talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini

modellashtirishning asosi sifatida xizmat qiladi.

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlari loyihasi doirasida belgilanadigan pedagogik shartlar sifatida

quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:

- ta’lim-tarbiya jarayonlari (ta’lim, mustaqil ta’lim, tarbiya, о‘zini о‘zi

tarbiyalash, ma’lumot, mustaqil ma’lumot, tarbiyaviy munosabatlar

jarayonlari)ning о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash;

- talabalarning mustaqil ta’lim va mustaqil ma’lumotlar olishlari uchun

ma’ruza mashg‘ulotlari jarayonida ularni zaruriy ma’lumotlar bilan qurollantirish;

- tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarining о‘ziga xos xususiyatlariga

kо‘ra mavzu va topshiriqlarni taqsimlash;

- о‘rganiladigan mavzularni rejalashtirishda ularning о‘zaro bog‘liqligi,

aloqadorligi va izchilligini ta’minlash;

1Хасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Хайдаров М. Э., Хасанбаева О. У. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 157.

Page 39: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

39

- ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlarni

tatbiq etish;

- talabalarda refleksiv tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

- mustaqillik, uning mazmun-mohiyati va zaruriyati yо‘nalishlarida talabalar

tomonidan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari bajarilishini ta’minlash;

- ta’lim mazmunini takomillashtirishda zamonaviy talablarni hamda

muhandis-pedagog shaxsini baholash mezonlarini inobatga olish;

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

yо‘nalishidagi g‘oyalar, qarashlar va mavjud talablarni о‘rganish asosida

konseptual va korporativ asoslar majmuyini ishlab chiqish.

Konseptual va korporativ asoslar majmuyi talabalarda mustaqillik

tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning asoslari sifatida xizmat qiladi va

uning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini о‘z ichiga

oladi.

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida

ularda о‘zaro ta’sirni amalga oshiruvchi omillardan biri talabalarni ta’lim

jarayonida ijodiy ta’sir kо‘rsatishga motivlashtirish hisoblanadi.

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida

ijodiy ta’sir kо‘rsatishga motivlashtirish ularning faolligini ta’minlashga va asosiy

maqsadga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi va mazkur jarayonda asosiy

о‘zgarishlar vujudga keladi. Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni

bajarish zarur:

- davlat, jamiyat va shaxsning muntazam rivojlanib borayotgan ehtiyojlariga

mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar modelini amalga oshirishga asoslanish

(ta’lim mazmunini yangilash);

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish (ta’lim dasturlarini yangilash);

- talabalarda innovatsion jarayonlarning natijalariga qiziqishlarni muntazam

shakllantirib borish;

- о‘rganiladigan mavzular va tushunchalarning mazmunini turli

mafkuralardan tozalash, raqobatni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan tо‘ldirish;

- Oliy ta’limning DTS talablari, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi DTS hamda

zamon talablariga mos ravishda harakatdagi dasturlarga yangi rivojlantiruvchi

о‘zgartirishlarni kiritish;

- yangilangan texnologik va dasturiy-metodik mahsulotlarni yaratish;

Page 40: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

40

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

yо‘nalishidagi ilg‘or g‘oyalarini о‘rganish va amalga oshirish dasturlarini ishlab

chiqish;

- talabalarning qiziqishlari, qobiliyatlari va muhim ahamiyatga ega bо‘lgan

shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini

belgilovchi asoslar hisoblangan subyekt-subyekt, о‘quvchi va о‘qituvchi

munosabatlariga asoslanish;

- ta’lim va tarbiyaning zamonaviy texnologiyalarini о‘rganish, samarali

hisoblangan о‘qitish vositalari, metodlari va yondashuvlarni tanlash va

amaliyotga tatbiq etish;

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlari komponentlari hisoblangan ta’lim-tarbiya, mustaqil ta’lim va

tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini

ta’minlash;

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlariga refleksiv yondashuvni tatbiq etish asosida ularning refleksiv

qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish;

- talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda uzviylik

va uzluksizlikni ta’minlashga erishish.

Kо‘rsatilgan vazifalarning samarali bajarilishi talabalarda mustaqillik

tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarining samaradorligini

ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va

rivojlantirish jarayonlarini modellashtirishda quyidagi shartlarning bajarilishini

inobatga olish zarur: davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, konseptual asoslar

hisoblangan ilg‘or rivojlantiruvchi g‘oyalarni hamda barchaga tegishli zamonaviy

talablarni о‘z ichiga oluvchi korporativ asoslar strukturasini ishlab chiqish;

bо‘lajak muhandis-pedagoglarda shakllantirilishi zarur bо‘lgan tushunchalarga

asosan muhandis-pedagog shaxsi komponentlarini ishlab chiqish; talabalarda

shakllantirilishi zarur bо‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarning

kо‘rsatkichlarini aniqlash; shaxsiy sifatlar kо‘rsatkichlariga kо‘ra muhandis-

pedagog shaxsini baholash mezonlarini ishlab chiqish; zamonaviy talablar asosida

о‘quv dasturlarini takomillashtirish; ta’lim, mustaqil ta’lim, tarbiya, о‘zini о‘zi

tarbiyalash va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining о‘zaro bog‘liqligi va

aloqadorligini ta’minlashni nazarda tutuvchi ta’lim-tarbiya jarayoni loyihasini

yaratish; Oliy ta’lim DTS talablari va ta’lim dasturlari bilan о‘rta maxsus kasb-

Page 41: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

41

hunar ta’limi DTS talablari, ta’lim dasturlari hamda umumiy о‘rta ta’lim

mazmunining bog‘liqligini ta’minlash masalalariga tizimli yondashuvni joriy etish;

talabalarda tarixiy xotirani shakllantirish va rivojlantirish asosida muhim

ahamiyatga ega bо‘lgan shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi tashkiliy strukturaga ega

bо‘lish.

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

yо‘nalishidagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va ta’lim

samaradorligini oshirishda talabalarning faolligini ta’minlash, ularda ijodiy

yondashuv kо‘nikmasi va qiziqishni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etuvchi

vazifalardan hisoblanadi.

Bularni nazarda tutgan holda modelga quyidagi komponentlar kiritilishi

muhim ahamiyatga ega:

- ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va talabalarning faolligini

ta’minlash yо‘nalishida bajariladigan vazifalar bilan foydalaniladigan metodlar va

yondashuvlarni muvofiqlashtirish;

- talabalarda qiziqishlar shakllantirish, tarixiy xotirani shakllantirish va

rivojlantirish vositalarini tanlash;

- ularda yangiliklarga moyillik va qiziqish shakllantiruvchi motivlarni

aniqlash;

- talabalarda tanqidiy fikrlash va refleksiv tafakkurni shakllantiruvchi ijobiy

motivlarni aniqlash va motivlashtirish;

- pedagogik jarayonlarning mazmunini takomillashtirish omillarini aniqlash;

- pedagogik jarayonlarning istiqboli va samaradorligini oshirish

yо‘nalishidagi vazifalarni oldindan belgilash;

- pedagogik jarayonlarni takomillashtirish yо‘nalishida amalga oshirish

zarur bо‘lgan vazifalarni belgilash.

Belgilangan maqsadlarga erishishda talabalarning faoliyati, bilim, kо‘nikma

va malakalari darajasi, qobiliyatlari, shaxsiy xislatlari, shuningdek, ta’lim

jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol о‘rganish va

shular asosida ta’lim jarayonini loyihalashtirish zarur hisoblanadi.

Mazkur jarayon talabalar uchun nafaqat ta’limiy funksiyalarni bajarishi,

balki yuksak darajada yashash va hayotiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish

qobiliyatlarini shakllantiruvchi muhit vazifasini ham bajarishi zarur.

Demak, biz modelni talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va

rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish andazasi deb aytishimiz mumkin.

Page 42: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

42

Maqsad obyektiv bо‘lib, talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va

rivojlantirishdan iborat bо‘lsa-da, bugungi talaba ertangi muhandis-pedagog,

ya’ni о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi о‘quvchilarida mustaqillik tafakkurini

shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassis, mazkur

jarayonlarni tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi rahbar (ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari о‘quvchilar bilan bevosita tarbiyaviy ishlarni

olib boruvchi guruh rahbari) mazkur yо‘nalishlarda tо‘garaklar ishini olib boruvchi

tо‘garak rahbari sifatida faoliyat kо‘rsatishini inobatga olgan holda modelda

barchaga tegishli hisoblangan korporativ asoslarni о‘rganish va ular asosida

vazifalar belgilash zaruriyati kо‘rsatilgan.

Modelda korporativ asoslardan biri sifatida davlat, jamiyat va shaxs

ehtiyojlari, zamonaviy talablar keltirilgan bо‘lib, bunda mamlakatimizda amalga

oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari,

yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar asosida vujudga kelayotgan talablarni,

rivojlanib borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, rivojlanishlarga bog‘liq

holda kun sayin о‘zgarib, yangilanib va rivojlanib borayotgan zamonaviy

talablarni, shuningdek, talabalar ongida g‘oyaviy bо‘shliq paydo bо‘lishiga yо‘l

qо‘ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz

ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yо‘nalishidagi

ilg‘or g‘oyalarni о‘rganish va ular asosida vazifalar belgilash nazarda tutilgan.

Shuningdek, korporativ asoslarning muhim bir komponenti sifatida Oliy

ta’lim DTS va unda belgilangan talablar keltirilgan bо‘lib, bu fanlararo aloqalarni

ta’minlash, fanlar bо‘yicha о‘qitiladigan mavzularni mustaqillik tafakkurini

shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan tushunchalar

bilan bog‘lab о‘rgatish, bakalavrlarning bilim, kо‘nikma va malakalari darajasiga

qо‘yilayotgan talablar asosida о‘quv dasturlari va ta’lim-tarbiya jarayonining

mazmunini muvofiqlashtirish kerakligini ko‘zda tutadi.

Modelning asosiy komponentlaridan biri sifatida oliy ta’lim muassasasi

talabalari (bakalavr)da tashkilotchilik, tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini

hamda muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarni shakllantirish va

rivojlantirish yо‘nalishlari bо‘yicha vazifalar belgilangan. Vazifalarning

yо‘nalishlarini belgilashda yuqorida keltirilgan korporativ asoslar bilan bir

qatorda, о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar, pedagog va

muhandis-pedagog xodimlarining lavozim vazifalariga qo‘yilgan talablar asosida

tadqiqotlar jarayonida ishlab chiqilgan bо‘lajak muhandis-pedagoglar

(bakalavrlar)ning о‘quvchilarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va

Page 43: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

43

rivojlantirish yо‘nalishidagi funksional vazifalari hamda muhandis-pedagog shaxsi

komponentlari, muhandis-pedagoglar (bakalavrlar)da shakllantirilishi zarur

bо‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlar kо‘rsatkichlari, taklif

etilayotgan muhandis-pedagog shaxsini baholash mezonlari inobatga olindi.

Taklif etilayotgan modelning asosiy komponentlaridan biri pedagogik

jarayonlar bо‘lib, uning komponentlari sifatida ta’lim-tarbiya, mustaqil ta’lim va

tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining asosiy shakllari keltirilgan. Modelda

pedagogik jarayonlarning о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash zaruriyati

belgilangan bо‘lib, ta’lim, mustaqil ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar

jarayonlarining о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur

jarayonlarni tashkil etishga tizimli yondashuvni tatbiq etish zaruriyati inobatga

olingan.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etishni rejalashtirishda va loyihalashtirishda,

eng avvalo, mazkur jarayonlarning maqsadi, belgilangan vazifalarning mazmun-

mohiyati va mavjud imkoniyatlar inobatga olinadi. Umumiy maqsadlarga

erishishda belgilangan vazifalarning bajarilish ketma-ketligi belgilanadi hamda

mazkur vazifalarni bajarishda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda

qо‘llaniladigan о‘qitish metodlari va asosiy yondashuvlar tanlab olinib,

о‘rganiladigan mavzuning mazmun-mohiyati hamda vaziyatlarga kо‘ra

muvofiqlashtiriladi.

Taklif etilayotgan modelning asosiy komponentlaridan yana biri pedagogik

jarayonlarni takomillashtirish bо‘lib, unda quyidagi ishlar amalga oshirilishi

muhim ahamiyatga ega:

­ pedagogik jarayonlarning natijaviyligini aniqlash va takomillashtirish

yо‘nalishidagi vazifalarni belgilash;

­ pedagogik tizimning istiqbolini va rivojlantirish yо‘nalishidagi vazifalarni

belgilash;

­ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va

ularning natijalari, fan-texnika yutuqlari, yaratilayotgan yangiliklar va

rivojlanishlar, talabalarning intellektual salohiyatini о‘sib borishi, rivojlanib

borayotgan davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari va zamonaviy talablarni о‘rganish;

­ talabalarning faolligini ta’minlashda bajariladigan vazifalar bilan

foydalaniladigan metodlar va yondashuvlarni muvofiqlashtirish;

­ ilg‘or pedagogik tajribalarni va zamonaviy texnologiyalarni о‘rganish,

eng qulay va samarali hisoblangan о‘qitish vositalari, metodlari va yondashuvlarni

tanlash hamda amaliyotga tatbiq etish.

Page 44: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

44

Page 45: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

45

OILAVIY MUNOSABATLAR VA О‘SMIRLARNING DEVIANT XULQI

Rezume. Ushbu maqolada о‘tkazilgan nazariy, metodologik va empirik tahlillar asosida “deviant xulq” kategoriyasi kо‘rib chiqilgan va uning ijtimoiy-psixologik mohiyati tavsiflangan.

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazar, ijtimoiy munosabat, deviant xulq-atvor, preventiv psixologiya, notо‘liq oila, konstruktiv, destruktiv.

Abstract. The article, based on theoretical, methodological and empirical analysis examines the category of deviant behavior and describes its socio-psychological point.

Key concepts: social and psychological point of view, social relation, deviant behavior, prevent psychology, incomplete family, constructive, destructive.

Резюме. В данной статье на основе проведенного теоретического, методологического и эмпирического анализа рассматривается категория “девиантное поведение” и описывается его социально-психологическая суть.

Основные понятия: социально-психологическая точка зрения, социальное отношение, девиантное поведение, превентивная психология, неполная семья, конструктивный, деструктивный.

О‘zbekistonda oilaga, farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bо‘lish, uni qо‘llab quvvatlash, azal-azaldan о‘zbek xalqining an’analaridan biri bо‘lib kelgan.

“Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini о‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, о‘z zurriyotining har tomonlama sog‘lom va barkamol bо‘lishini istaydi”1. Biz bu fikrlardan о‘zimizga shunday vazifani belgilaymizki, har bir oila, ota-ona о‘zaro bir-birlarini tushunish orqali, avvalo, kelajagimiz vorislari bо‘lgan farzandlarimizni har tamonlama sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni oila, jamiyat, o‘z yurtiga foydasi tegadigan kishilar ruhida kamol toptirish zarur. Aks holda farzandlarimiz, ayniqsa,

*Yusufaliyev Elyorjon Mashrabovich, Qо‘qon davlat pedagogika institutining chet tillar kafedrasi mudiri. 1Каримов И. А. Асосий вазифамиз-жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат // Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганинг 23 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь.

E. Yusufaliyev*

Page 46: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

46

ilk о‘smirlik yoki о‘spirinlik davrining qarama-qarshiliklariga dosh bera olmay, adashishlari mumkin.

Tanlangan ilmiy muammo aynan voyaga yetmagan yoshlarning muammolariga taalluqli bо‘lib, unda ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan ushbu guruhga kiruvchi о‘smirlarning xulqidagi holatlarning tub ildizlari fanning ilg‘or metodlari vositasida о‘rganildi, chunki jamiyatimizda “voyaga yetmaganlar guruhi” atamasi mavjudki, u yosh davrlari hamda ijtimoiy psixologiyada eng muhim, murakkab, muammolarga tо‘liq bir davr sifatida e’tirof etiladi. Ilk o‘spirinlarning boshidan kechirayotgan muayyan muammolari, ichki ruhiy kechinmalarini о‘rganish va ularga bola bu davrning muammolarini osonroq boshdan kechirishiga kо‘maklashish masalasi ijtimoiy psixologiyaning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

Ijtimoiy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, deviant xulq-atvor shaxsning jamiyatda о‘rnatilgan axloq me’yorlari hamda qonun normalariga mos kelmaydigan, ularga zid bо‘lgan ijtimoiy xulqidir. Agar deviant xulq-atvor qonun nuqtayi nazaridan tahlil etilsa, bu – jinoyatchilikka moyillik, tartibbuzarlik, о‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqan esa – yolg‘onchilik, dangasalik, jizzakilik, urushqoqlik, о‘z joniga qasd qilish va boshqalar. Bunday xulqning shakli bevosita insonning shaxs bо‘lib shakllanishi va jamiyatda munosib о‘rin egallab, ongli, faol pozitsiyani egallashiga tо‘siq bо‘ladi. Shunday vaziyatlar qurboni bо‘lib qolgan bola, agar ijtimoiy muhitda, ya’ni oilaviy о‘zaro munosabatlarda, tengqurlari davrasida, mahalladagi о‘rtoqlari yoki dugonalari orasida о‘zining munosib о‘rnini topaolmasa, tushkunlikka tushadi, agressiv, jizzaki, urushqoq bо‘lib qoladi, norozilik kayfiyati bois о‘qishdan ham sovib, “kо‘cha bolalari” guruhiga aralashib qoladi.

Deviant xulqni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni rossiyalik olim L. B. Shneyder deviant xulqni shaxs kundalik sa’y-harakatlarida nisbatan barqaror takrorlanuvchi, muhim ijtimoiy normalardan uni chekintiruvchi, nafaqat о‘ziga, balki jamiyatga ham aniq zarar yetkazuvchi (moddiy, ma’naviy, axloqiy) va ijtimoiy moslashuvga tо‘g‘onoq bо‘lgan harakatlar tizimi yoki shakli sifatida ta’riflab, uning sabablari algoritmini keltirgan. Ularning eng muhimlari quyidagilar:

­ his-hayajonli vaziyatlarda о‘zini nazorat qila olmaslik; ­ oiladagi noma’qul vaziyat, ota-onalarning о‘smirlik davri psixologiyasi

borasida savodsizliklari, ba’zan ochiq janjalkashlar oilasi yoki er-xotin о‘rtasida oddiy murosa qilishning yо‘qligi, hattoki, oilaning notо‘liq maqomga kelib qolganligi, ya’ni murakkab pedagogik vaziyatlardan chiqish borasida ota-ona bilimlarining yetishmasligi;

Page 47: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

47

­ о‘qishda tengqurlardan ortda qolish, ular tomonidan о‘smirning ajratib qо‘yilishi, bolaning о‘ziga nisbatan ishonchsizligi, о‘ziga bо‘lgan bahoning pastligi (yoki ba’zan haddan ziyod yuqoriligi);

­ bola qobiliyatlarining kattalar tomonidan salbiy baholanishi, undagi mavjud fazilatlarning ota-ona yoki pedagoglar tomonidan о‘z vaqtida va о‘z о‘rnida e’tirof etilmasligi(chunki har qanday bolada, ayniqsa, о‘smirlik davrida bola ongi, xulq-atvori, iqtidorida muayyan ijobiy о‘zgarishlar mavjud bо‘ladi);

­ ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan zо‘ravonlik, qiynoq, yomonlikning jazosiz qolishi kabi axborotlarning bola tomonidan qabul qilinishi;

­ ota-onaning haddan ziyod bandligi, ota-ona bilan bola о‘rtasidagi mojarolar, oilada muntazam ravishda tanbeh va sо‘kishlarning mavjudligi, ota-ona tomonidan haddan ziyod nazorat va avtoritarlikning yо‘lga qо‘yilganligi, о‘ta talabchanlik va, nihoyat, ota-ona (pedagoglar) tomonidan turli taqiqlarning kо‘pligiga qaramay, zararli ta’sirlarga nisbatan bola qarshilik kо‘rsatishining sustligi va bu borada kattalar kо‘magining yо‘qligi, (chunki kattalardagi, umuman olganda, bolaga ijobiy ta’sir kо‘rsatish uchun madaniy, intellektual saviyaning о‘zi yetishmaydi va boshqa sabablar) 1.

Agar respublikamizda salkam 7,5 million oila mavjud ekanligini, ularda tarbiya topayotgan farzandlarning har uchtasidan bittasi voyaga yetmagan ekanligini inobatga olsak, ularning ijtimoiy xulqidagi salbiy jihatlar profilaktikasiga qaratilgan maxsus tadqiqot о‘ta dolzarb ekanligini bilish mumkin2.

Alohida ta’kidlash joizki, о‘zbek oilasida ota-onalar, buvi va bobolar farzand tarbiyasiga befarq emas, lekin ularning aksariyati deviant xulq profilaktikasi bо‘yicha yetarli ma’lumot va tarbiya kо‘nikmalariga ega emasligi tashvishlidir. Shu bois, voyaga yetmagan farzandi bor bо‘lgan 100dan ziyod oilaviy juftliklar о‘rtasida ijtimoiy psixologik sо‘rovnoma о‘tkazildi (1-jadval).

So‘rovnoma orqali ota va onaning tarbiya usullari, oiladagi о‘zaro munosabatlar va ularning tiplari haqida tasavvur hosil qilishga erishildi. So‘rovnoma tо‘ldirganlarning 66 nafari onalar va qolgan 36 nafari otalarni tashkil etdi. Shunda jami ota-onalarning 102 nafari tadqiqotda ishtirok etdi. Respondent ota-onalarning oilaviy ahvoli о‘rganilganida, ularning aksariyati rasman nikohda turadi. Notо‘liq oila vakilalarining barchasi nikohda bо‘lgan va 4-12 yil oralig‘ida turmush о‘rtog‘i bilan ajralishgan. Nikohda birga, lekin aslida birga yashamaydiganlar ham bor, ular jami о‘rganilgan oilalarning salkam 20 foizini (aniqrog‘i 19,5%) tashkil etadi.

1Шнейдер Л. Б. Девиантное поведение детей и подростков. – Москва: Гаудеамус, 2007. – С. 336. 2Mustahkam oila. www.muloqot.uz/blogs/160644

Page 48: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

48

Biz, avvalo, oilasi bor, er-xotin birga yashaydiganlarning anketamizning “О‘zingizni er (xotin) sifatida oiladagi о‘z burchingizni ado etishingizga munosabatingiz?” degan savolga bergan javoblariga e’tiborni qaratdik (1-jadval).

1-jadval

Savolnomaga javob berganlarning oilaviy ahvoli (%)

Jinsi Birga yashaydi Birga yashamaydi, lekin rasmiy nikoh

bor

Rasman ajrashgan

Jami

Otalar 40,8 31,2 36,3

Onalar 59,2 68,8 100,0 64,7

Jami 100,0 100,0 100,0 100,0

Raqamlardan kо‘rinib turibdiki, birga yashaydigan er-xotinlarning о‘zlari yashab turgan muhit, oilaviy hayotdan umuman olganda mamnundirlar (53,3%), ayniqsa erkaklar mavjud xolatni yomon deb о‘ylamaydi (71%), lekin ayol-onalarning fikrlari va hayotiy pozitsiyalari erlarnikidan biroz farq qiladi. Anonim anketaga bergan javoblaridan shu narsani aniqlandiki, kо‘proq onalar ayni paytdagi mavqelaridan qoniqmaydilar, ularning anchagina qismi о‘zining xotin sifatidagi mavqeyidan kо‘ngli tо‘lmaydi: “men yomon xotin bо‘lsam kerak” deb hisoblaydi (22,2%), chunki farzandining xulqidan norozi ona о‘zini xotin sifatida ham talabga javob bermasligini anglaydi (2-jadval).

2-jadval

Bunday ayollardagi о‘ziga nisbatan tanqid psixologiyasini umuman olganda, ijobiy holat deb baholash mumkin, lekin har uchta onaning uchtasi о‘zining oilaviy ahvolidan mamnun ekanligi, bu borada otalar juda optimist ekanligi xavotirli holatdir. Shu bois anketaning keyingi savoli orqali ularning о‘z otalik yoki onalik burchiga nisbatan munosabatlarini ham tahlil qilib, quyidagi natijalar olindi (3-jadval).

Respondentlarning “О‘zingizni er (xotin) sifatida oiladagi о‘z burchingizni ado etishingizga munosabatingiz?” degan savolga bergan javoblari natijalari

Javob Tо‘la mamnunman

О‘z mavqeyimdan qoniqmayman

Men yomon er (xotin) bо‘lsam

kerak

Bilmayman

Er (n=31) 71,0 16,1 12,9 0

Xotin (n=45) 35,6 40,0 22,2 2,2

Jami, о‘rt. 53,3 28,1 17,6 1,0

Page 49: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

49

3-jadval

Respondetlarning ota-onalik burchiga munosabati (n=76)

О‘z otalik (onalik) burchingizga munosabatingiz? Javob variantlari:

Erkaklar (n=31)

Ayollar (n=45)

men о‘zimni yaxshi ota (ona) deb hisoblayman 35,5 42,2

yaxshi ota (ona) bо‘lish uchun menda vaqt yо‘q 22,6 22,3

men о‘z otalik (onalik) burchimni ba’zan yaxshi, ba’zan yomon ado etaman

12,9 11,1

men qattiqqо‘l bо‘lsam kerak, bolalar mendan chо‘chiydi

19,4 4,4

men о‘ta kо‘ngilchanman 3,2 15,6

men о‘zimni yaxshi ota (ona) deya olmayman 6,5 4,4

meni ota-onalikka о‘rgatishmagan, chunki о‘zim yetim о‘sganman

0 0

Ma’lum bо‘lishicha, ota-onalik burchini bajarishlaridan kо‘proq kо‘ngli tо‘lganlar – bular onalardir, chunki ularning 42,2 foizi о‘zlarni yaxshi onaday his qiladilar. Otalarga kelsak, har uch nafar otaning bittasi о‘zini yaxshi ota rolida tasavvur qiladi. Turli oilalardan bо‘lishiga qaramay, otalar ham, onalar ham deyarli bir xil farzand tarbiyalash, ularga yaxshi namunali ota yoki ona bо‘lishga “vaqtlari yetishmasligi” yoki “о‘z otalik (onalik) burchimni ba’zan yaxshi, ba’zan yomon ado etaman” degan javoblar berishgan, bu fikrlarda gender tafovut kо‘rinmaydi, lekin tarbiyaga direktiv yondashish, о‘zini “qattiqqо‘l” deb e’tirof etishda otalar ancha ustun bо‘lsalar (19,4%), qolaversa, aynan otalar onalarga nisbatan о‘zlariga tanqidiy qarab, “men о‘zimni yaxshi ota deya olmayman” degan bо‘lsalar, “kо‘ngilchanlikda” aksincha – onalar (15,6%) о‘zlarini yuqoriroq raqamlarda tasdiqlagan. Bunday yumshoqlikni bir tomondan ona-ayol tabiatidan qidirsak, ikkinchi tomondan, eridan ayrilib, о‘zi farzand tarbiyasiga mas’ul bо‘lib qolganligi, sherigi bо‘lib qolgan farzandining dilini og‘ritmaslikka harakat qilib, unga kо‘ngilchanlik qilishining e’tirofidir, deyishimiz mumkin. Demak, ota-onalik rolida о‘zini tasavvur qilish borasida erkaklar va ayollar fikrida muayyan yaqinlik va tafovutlar mavjud.

Shuni ta’kidlash lozimki, tanlovimizdagi notо‘liq oila vakillari faqat ayollardan iborat bо‘lib, ularning barchasi turmush о‘rtog‘i bilan turli sabablarga kо‘ra ajrashganlardir. Shuning uchun ham biz ulardan, avvalo, nima sababdan turmush о‘rtog‘i bilan birga yashay olmaganliklarining sababini va keyin farzand tarbiyasidagi taktikalarini о‘rgandik. Anketaga kiritilgan oltinchi savolimizga

Page 50: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

50

keltirilgan alternativ javoblarning faqat bittasi yoki ikkitasini belgilash topshirig‘ini berib, ularni xuddi kontent-analizday qayta ishladik, chunki uning to‘qqizinchi bandi yana respondentning erkin о‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Barcha onalarning bergan javoblari tahlil qilinganda quyidagi 4-jadvalda keltirilgan natijalarni qо‘lga kiritdik. Har bir javob variantining qaytarilishni aniqlash uchun klontent-tahlil natijalarini aniqlash formuladan foydalandik va umumiy natijalarni qayta jadvalga kiritdik. Bunda kontent-analizning kategoriyalari rolini biz javob sifatida tavsiya etgan omillar yoki respondentlarning о‘zlari erkin bayon etgan jumla yoki sifatlar xizmat qildi.

4-jadval

Notо‘liq oila vakillarining javoblari kontent tahlili (nona=15)

kategoriyalar CH (abs)

kategoriyalar CH (abs)

xarakter tо‘g‘ri kelmadi; 70,0 oilaviy hayot qiyinchilik-lariga chidamaslik

80,0

Kо‘ngilsizlik 80,0 qaynona (qaynota) bilan chiqishmaslik

20,0

Farzand tarbiyasidagi tushun-movchiliklar

60,0 moddiy qiyinchilik 30,0

Xiyonat 90,0 Boshqa sabablar:

ideal turmush о‘rtoq bо‘lmadi;

30,0 -Sababsiz tashlab ketdi; -о‘zim aybdorman; -qiz tuqqanim sababli; -erta nikoh.

30,0 40,0 10,0 40,0

Notо‘liq oilada yashayotgan onalarning bildirgan fikrlaridan kо‘rinib turibdiki, avvalo, bu nikohlarning о‘zi yaxshi bо‘lmagan, chunki javoblar orasida “xiyonat” (90,0), “kо‘ngilsizlik” (80,0), “xarakterning tо‘g‘ri kelmaganligi” (70,0), “oilaviy hayot qiyinchiliklari”(80,0) kabi javoblar yetakchi о‘rinda turibdi. Bu о‘sha oilalarning avvali boshdan ma’naviy jihatdan puxta, mustahkam bо‘lmaganligidan dalolat beradi. Asosiysi shuki, bu oilada dunyoga kelgan farzandlarni ayni о‘smirlik yoshida tarbiyalash uchun mas’ul shaxs – ona - ayol hisoblanadi. Ayrim onalar о‘z ota-onalari uyida yashashsa ham, baribir bola tarbiyasidagi asosiy mas’uliyat onaning bо‘ynida. Shu fikrlardan kelib chiqib, biz onalarning о‘z farzandlari tarbiyasi borasida fikrlarini о‘rgandik (5-jadval).

5-jadval

Notо‘liq oiladagi onalarning farzand tarbiyasiga munosabatlari

Page 51: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

51

Munosabat turi Doimo ba’zan Sira bо‘lmagan

Bilmadim

1. Bolamning fikri bilan kelishishga harakat qilaman

53,3 33,3 13,3

2. Bolamni kelajakda yaxshi odam bо‘lishini niyat qilaman

86,7 13,3

3. Xarakteri sobiq turmush о‘rtog‘imni eslatadi

73,3 20,0 6,7

4. Bolamning kо‘ngliga qa-rashga harakat qilaman

80,0 13,3 6,7

5. Men bolamni yaxshi kо‘ra-man

60,0 26,7 6,7 6,7

6. Nazarimda bolamni erka-latib yuboryapman

13,3 46,7 26,7 13,3

7. Bolamni ish va о‘qishiga aralashmayman, u – mustaqil

53,3 26,7 20,0

8. Bolaning fe’liga va kay-fiyatga qarab muomala qilaman

66,7 26,7 6,7

9. Dilini og‘ritaveraman 53,3 46,7

10. Men qattiqqо‘lman 46,7 53,3

11. U bilan yolg‘izligim bilin-maydi, shu bois kо‘ngliga qarayman

46,7 46,7 6,7

12. Bolamni yaxshi kо‘rmay-man, chunki u ham menga mehrsiz

40,0 55,3 13,3 13,3

13. Urishib qolsak, meni ke-chirmaydi

26,7 60,0 6,7 6,7

14. Men unga о‘ta e’tibor-liman

46,7 46,7 6,7

15. Bola о‘zi katta bо‘la-veradi

40,0 26,7 33,3

Notо‘liq oila vakilasi bо‘lmish onalarning hayot tarzi, tashvish va quvonchlarida о‘xshashlik va yaqinlik kо‘proq bо‘lgani sababli ular javoblarida ham muayyan yaqinliklar mavjud.

Page 52: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

52

О‘tkazilgan tadqiqotimiz, birinchidan, voyaga yetmagan о‘smir yoshli bolalar jinoyatchiligiga bola tarbiyalangan oila muhitining, oila a’zolarining, eng avvalo, ota va onalarning turli darajadagi munosabatlarning ta’siri bevosita ekanligini isbotladi. Qolaversa, ota-onalar munosabatlarida egiluvchanlik va uyushganlikning yо‘qligi bolaning о‘z tengqurlari doirasida ham, о‘z oilasida ham yakkalanib qolishiga sabab bо‘lishi, bola ongida stress keltirib chiqaruvchi omil sifatida jinoiy harakatlarga turtki bо‘lishi mumkinligini isbotladi.

Ikkinchidan, bola tarbiyasida ona omilining roli bevosita ekanligidan kelib chiqib, notо‘liq oila vakilalari xulqidagi izchillikning mavjud emasligi eng avvalo bola ruhiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida uning turli salbiy harakatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga yomon ta’sir kо‘rsatishi isbotlandi.

О‘tkazilgan nazariy-metodologik izlanish esa oilaviy о‘zaro munosabatlar о‘z mohiyatiga kо‘ra konstruktiv (oxir oqibati ijobiylik, yaxshilik bilan tugaydigan oqibatli) va destruktiv (oqibati – salbiy, yomonliklar bilan tugaydigan) xarakterli bо‘lishi mumkinligi, voyaga yetmaganlarda kuzatiladigan xulqdagi deviantlilik, ya’ni normalar og‘ishlar, ziddiyatlar aksariyat holatlarda er-xotin munosabatlarining buzilishi va ularning destruktiv tarzga о‘tishi, oila tipining esa “noqobil” deb tavsiflanishi bilan bog‘liq ekanligini asosladi. Oilaviy nizolar va janjallarning guvohi bо‘lgan bolada nafaqat oilani, balki atrof-muhitni, jumladan, ijtimoiy muhitni (tengqurlar jamiyati, tengdoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar, mahalladoshlar va boshqa norasmiy guruhlarni) tanglik (stress) holatini keltirib chiqaruvchi sifatida e’tirof etilishiga, insoniy о‘zaro munosabatlarni noxolis idrok etib, huquqbuzarlikka moyillikni keltirib chiqaradi.

Demak, umuman voyaga yetmagan bolani о‘rab turgan ijtimoiy muhitni tahlil qiladigan bо‘lsak, uning yaxshi - qulay yoki yomon - noqulay tiplari farqlanadi. Qulay psixologik muhit zamirida er-xotin dunyoqarashi, fikrlash tarzlari, fe’l-atvorining bir-biriga mos kelishi yotadi. Olimlarning fikricha, oiladagi qulay muhit tushunchasi quyidagi belgilarga asoslanadi:

a) oila a’zolarining birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar yо‘nalishining birligi);

b) shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi;

v) oila a’zolarining bir-biriga nisbatan xayrxohligi, talabchanlik, himoyalanganlik hissining mavjudligi, о‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar1.

1Умаров В. М. Ўзбекистонда вояга етмаганларнинг ижтимоий-психологик муаммолари: психол.фан.докт. ... дисс. – Тошкент, 2009. – Б. 46. Нормуродов Е. А. Гумон қилинаётган вояга етмаган ўсмирларнинг сўроқ қилинишнинг психологик хусусиятлари: психол.фан.ном. ... дисс. – Тошкент, – Б. 13.

Page 53: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

53

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bola tarbiyasi va ta’limi bо‘yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bо‘lmish о‘qituvchining oila bilan aloqasi qanchalik yaxshi va maqsadli bо‘lsa, bola tarbiyasi kо‘ngildagidek bо‘ladi, deb hisoblaymiz.

TALABALARNI INTELLEKTUAL-MADANIY RIVOJLANTIRISHNING AYRIM DIAGNOSTIK

MASALALARI Rezume. Mazkur maqolada talabalarni

intellektual-madaniy rivojlantirishning pedagogik-psixologik para-metrlari va diagnostik kо‘rsatkichlari yoritib berilgan.

Tayanch tushunchalar: intellekt, madaniyat, rivojlanish, intellektual-madaniy rivojlanish, til, lotin tili.

Abstract. This article deals with pedagogical and psychological parameters, diagnostic indicators of students' intellectual and cultural development.

Key concepts: intellect, culture, development, intellectual-cultural development, language, Latin language.

Резюме. В этой статье раскрыты педагогические и психологические параметры, диагностические показатели интеллектуально-культурного развития студентов.

Основные понятия: интеллект, культура, развития, интеллектуально-культурного развития, язык, латынский язык.

Ma’lumki, mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlarini mukammal ravishda rо‘yobga chiqarish, xalqimizga farovon turmush tarzini yaratib berishdek ezgu maqsadlarga yо‘naltirmoqda. Ushbu vazifalarning qisqa muddatlarda muvaffaqiyatli hal qilinishi bugungi kunda nafaqat davlatimiz, balki о‘zimiz yashayotgan jamiyatning har bir a’zosining bu boradagi sobitqadam va ongli faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” g‘oyasi asosida aynan mana shu xalqchil mohiyat yotadi. Kuchli jamiyatni shakllantirish, avvalambor, insonning jamiyatdagi о‘rnini anglab yetishi bilan bog‘liq bо‘lgan hodisadir. Bu о‘rinda jamiyat a’zolarining intellektual-madaniy rivojlanish darajasi, ularning fikrlash doirasi, dunyoqarashining kengligi kabi omillar hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Demak, intellektual-madaniy rivojlanish omili

*Isroilova Maxsuda Nimatullayevna, Toshkent davlat stomatologiya instituti tillar kafedrasi katta о‘qituvchisi. E-mail: [email protected]

M. Isroilova*

Page 54: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

54

mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi kundagi dolzarb vazifalarini amalga oshirishning eng asosiy vositasiga aylandi, desak xato qilmaymiz. Shuning uchun ham intellektual-madaniy rivojlanish masalasining nazariy va amaliy jihatlariga bugungi kunda mamlakatimizda katta ahamiyat berilmoqda.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimini “Yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga”1 yо‘naltirilishi alohida ta’kidlab о‘tilgan. Mazkur talab oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar shaxsini kasbiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan yaxlit tarzda shakllantirishni shart qilib qо‘yadi.

Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish, ularning asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy madaniy qadriyatlar aniq belgilab olingan. Shu bilan birga, bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan yaxlit ta’lim jarayoni “ta’limning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda”2 amalga oshirilishi lozim.

Intellekt muammosi jahon va milliy doirada kо‘p tadqiq etilganiga qaramay, hozirgi vaqtgacha muammoli tavsifga ega bо‘lib qolmoqda, chunki bugungi kungacha “intellekt” tushunchasining xilma-xil ta’riflari mavjud bо‘lsa-da, shaxs sifatini ifoda etuvchi mazkur tushuncha tadqiq etilayotgan obyektning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olishni alohida talab etadi. Ana shu nuqtayi nazardan talabalarni intellektual rivojlantirish deganda, shaxsning mantiqiy, abstrakt, ijodiy fikrlash hamda egallanggan bilim, kо‘nikma va malakalarni amaliyotda qо‘llay olish doirasini kengaytirish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qо‘llaniladigan metod va usullardan maqsadga muvofiq foydalanish vositasida subyekt-obyekt (umumiy intellektga doir) va subyekt-subyekt (ijtimoiy intellektga oid) tavsifidagi vazifalarni hal etish jarayoni tushuniladi.

Intellektual madaniy rivojlanish shaxs taraqqiyotining muhim tavsifini о‘zida ifoda etib, hayotiy faoliyat jarayonida zarur bо‘ladigan mustaqillik, individuallik, bilish faolligi, fikrlash, о‘z-о‘zini erkin namoyon etish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish, madaniy merosni keng miqyosda о‘zlashtirish, yuqori madaniy saviyaga ega turmush tarzini yо‘lga qо‘yish,

1Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод − Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 34. 2Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод − Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 44.

Page 55: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

55

egallangan bilim, kо‘nikma va malakalarni amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatidir.

Talabalarni intellektual madaniy rivojlantirish yaxlit tizim sifatida bir qator tarkibiy qismlarning о‘zaro aloqadorligi va birligini talab etadi. Intellektual-madaniy rivojlanish jarayonining tarkibiy qismlari sifatida motiv, bilish, bilish faolligi, mustaqillik, ijodiylik, dunyoqarash, ilmiy dunyoqarash, ilmiy qadriyatlar, madaniy qadriyat kabilarni kiritish mumkin.

Intellektual kо‘nikmalar о‘zida xotiraning rivoji, idrok etishning rivoji, tasavvurlarning rivoji, diqqatning rivojini aks ettiradi1.

Intellekt shaxs xususiyati bо‘lib, obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarni ularning о‘ziga xos aloqalari va qonuniyatlari bilan ongimizda aniq va chuqur aks ettiradigan qobiliyatdir.

Intellekt barcha aqliy jarayonlarda, birinchi navbatda, tafakkur va ijodiy xayolda kо‘rinadi. U kо‘proq yorqinroq, yangi muammoni mustaqil yechishda kuzatiladi.

Intellektning har xil odamlarda turli darajada rivojlanganligi tufayli bir nechta sifatlari mavjuddir:

1) aqlning tushunarliligi – fikrlar oddiyligi va ishonchliligi, unda qandaydir о‘ylangan fikr yо‘qligi. Bu nafaqat intellektual, balki axloqiy xususiyatdir, chunki aqlning tushunarliligi, odatda, nafaqat harakat uchun javobgarlik, balki fikrlar uchun ham javobgarlikni his qilishdir;

2) aqlning mantiqiyligi tafakkurdagi qat’iy davomiylik va sistemalilikdir; 3) aqlning chuqurligi yoki о‘ylovchanlik – predmetlarda va hodisalarda

о‘ziga xoslikni bilish qobiliyati; 4) aqlning kengligi – masalaning barcha tomonlarini hisobga olgan holda

fikr yuritish qobiliyati; 5) aqlning yumshoqligi va egiluvchanligi – shablonlik, stereotiplikning

yо‘qligi, fikrlashni о‘zgartirish qobiliyati; 6) mustaqillik va originallik. Bu oddiy aql yumshoqligi bо‘lmasdan, balki

yangilik, aqliy faoliyatning ijodiy xususiyati; 7) aqlning tanqidiyligi tekshirilmagan, shunchaki olingan hukmlar yо‘qligi,

chuqur о‘rganilgan, tahlil qilingan, inkorlarga jiddiy munosabatning mavjudligidir. Inson aqlining barcha individual xususiyatlari mehnat jarayonida paydo bо‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi2.

1Энциклопедия педагогических технологий. – Санкт-Петербург: КАРО, 2005. – С. 56. 2Искендеров Ж. С. Педагогика коллежи талабаларида характернинг интеллектуал ва иродавий хусусиятларини шакллантириш: психол. фан. ном. ... дисс. – Тошкент., 2009. – Б. 37.

Page 56: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

56

Intellektual-madaniy rivojlanish emotsionallik bilan aloqadorlikdadir. Talabadagi salbiy his-tuyg‘ularini yо‘qotish, о‘rnini ijobiylari bilan tо‘ldirish zarur. Masalan, odamlarga nisbatan muhabbatni uyg‘otish kerak. Shu bilan birga talabada turli vaziyatlarda о‘ziga ishonch bilan qarash tuyg‘usini tarkib toptirish zarur. Agar boshqalarni sevish boshqalarga nisbatan munosabatni ifodalasa, о‘z-о‘ziga ishonch esa, о‘z-о‘ziga munosabatni anglatadi, ya’ni talabada tor ma’nodagi “Men” hissining hosil bо‘lishidir. Sevgi va ishonchdan tashqari bir his-tuyg‘udan voz kechish va о‘rniga boshqasini chaqira olish, qо‘rquvni boshqara olishga о‘rgatish ham muhim psixologik omillarning emotsional sabablariga taalluqlidir.

V. I. Morasanova “Individual о‘z-о‘zini boshqarish va inson xarakteri” nomli maqolasida xarakter tipologiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, xarakter tipologiyasi va xususiyatlarini qо‘yish muammosi tabiiyroq bо‘lib, uslubiy-qat’iy usulda shaxs omili nazariyalarida yechiladi. Bu yerda xarakter xususiyatlari va tiplari har xil tartibdagi omillar sifatida qarab chiqiladi, shaxs tuzilishining sifatiy har xil darajalaridek tasvirlanadi. Muallif xarakter tipologiyasini о‘rganishda psixikani tadqiq qilishga subyektiv yondashib, anglangan о‘z-о‘zini boshqarishning rivojlanish xususiyatlari nuqtayi nazaridan qarab chiqadi. Bu о‘rinda о‘z-о‘zini boshqarish subyektiv faollikning psixologik mexanizmi sifatida о‘rganiladi. U olib borgan tadqiqot natijalarining kо‘rsatishicha, individual о‘z-о‘zini boshqarish nafaqat xarakter kо‘rinishini nazorat qilishga imkoniyat yaratganini, balki о‘z-о‘zini boshqarish xarakterning shakllanishi va shaxs yо‘nalishining rivojlanishi bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi1.

Talabalar motivatsion faoliyatining rivoji ham intellektual-madaniy taraqqiyotga ta’sir etuvchi psixologik omillar sirasiga kiradi.

Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga undovchi motivlar yig‘indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi.

E. G‘oziyev va R. Asomovalarning tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, motiv va motivatsiya tizimi shaxsning faoliyati, muomalasi, xatti-harakatining ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojini qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu-tilak, mayl, his-tuyg‘u, ustanovka, ideal, imon-e’tiqod, vijdon, maqsad qо‘ya olish va boshqalarni amaliyotda rо‘yobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi. Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni о‘zlashtirish, о‘quv malakalarini egallash,

1Моросанова В. И. Индивидуальная саморегуляция и характер человека. – Москва, Вопросы психологии, 2007. – №3, – С. 59-68.

Page 57: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

57

muomala maromini qо‘llash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning xulq-atvorini, yangi xislatlar namoyon bо‘lishini ham izohlab berishga xizmat qiladi1.

Talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishda munosabat motivatsiyasi ham muhim о‘rin tutadi. Talabada madaniy voqelikka subyektiv munosabatni qaror toptirish uchun “odam – inson – shaxs – individuallik – subyekt – komillik” iyerarxiyasiga rioya qilish, shaxsga subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, “subyekt-subyekt” aloqasini vujudga keltirish, har qanday subyekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi muammosini yechish, shaxs subyekt bо‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq etish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim о‘rin tutadi.

Shuningdek, talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishda V. M. Karimova rahbarligida yangicha ijtimoiy-psixologik munosabatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Ular zamirida yotgan mulohazalarni ta’kidlash orqali О‘zbekistonda munosabat tizimi motivatsiyasi shakllanishining tarixi, buguni va kelajagi haqida ma’lum tasavvurlarni shakllantirish mumkin2. Zero, inson munosabatlari uning xulq-atvorida, ichki dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim boshqariluvchilik rolini о‘ynaydi.

Pedagogik-psixologik fanlarda qо‘lga kiritilgan yutuqlar talabalarning intellektual rivojlanish darajasi kasbiy kompetensiyalar hamda ularni о‘zlashtirish jarayonida shakllangan aqliy harakatlar yig‘indisi, ma’lum bir darajadagi yangi bilim va kо‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi fikrlash jarayonida ularga erkin tayanish bilan belgilanadi. Talabalarning intellektual-madaniy rivojlanish darajasi haqidagi ma’lumotlar maxsus kuzatish va psixologik-pedagogik tashxis metodlari yordamida tahlil etilishi maqsadga muvofiq.

Tadqiqotga oid nazariy materiallarga tayangan holda, intellektning muhim sifatlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:

- tirishqoqlik; - aqlning teranligi; - fikrning egiluvchanligi va moslashuvchanligi; - fikrning mantiqiyligi;

1Qarang: Ғозиев Э. Тараққиёт психологияси. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 48; Асомова Р. С. Касб танлаш мотивацияси ва унинг динамикаси: Психол. фан. ном. ... дисс. – Тошкент: ТошДУ, 2002. – Б. 28. 2Qarang: Каримова В. Ўзбек ёшларида оила тўғрисидаги ижтимоий тасаввурларнинг шаклланиши: психол. фан. док. ... дисс. – Фарғона, 1994. – Б. 282; Каримова В. Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 95.

Page 58: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

58

- fikrni dalillash; - fikrning tanqidiyligi; - fikrlash doirasi. Mazkur sifatlar, о‘z navbatida, talabalarning intellektual rivojlanish

mezonlari tarzida belgilab olindi. Har bir mezon bо‘yicha talabalarning intellektual rivojlanishining mavjud holatini baholashga yordam beruvchi kо‘rsatkichlar aniqlandi, sо‘ngra test va anketa sо‘rovnomalari yordamida miqdoriy ma’lumotlar olindi.

Olingan natijalar tahlili nazorat guruhida motivatsion (yuqori daraja – 18%, о‘rta daraja – 47%), о‘rganilayotgan obyektni har tomonlama tahlil etish (yuqori daraja – 19%, о‘rta daraja – 63%), fikr va xulosalarni tasdiqlovchi dalil va qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati (yuqori daraja – 20%, о‘rta daraja – 60%) kо‘rsatkichlari boshqa mezonlar bilan taqqoslaganda yaxshi shakllanganligini kо‘rsatdi.

Tajriba guruhida esa bilishga qiziqish (yuqori daraja – 19%, о‘rta daraja – 48 %), narsa-hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish, asosiy fikrni ajratish, narsa-hodisalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikni tushunish (yuqori daraja – 18%, о‘rta daraja – 43%) kо‘rsatkichlari bо‘yicha yuqori natijalar kuzatildi.

Ikkala guruhda ham fikrning egiluvchanligi va moslashuvchanligi – mavjud bilim va tajribadan foydalana olish, yangi vaziyat va munosabatlarda obyektlardan tezkor foydalana olish, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish (nazorat guruhida – 50% quyi daraja, tajriba guruhida – 53% quyi daraja), tanqidiy fikrlash – fikrlash faoliyati natijalarini qat’iy baholash, notо‘g‘ri fikr va xulosalardan voz kechish, tuzatish kiritish (nazorat guruhida – 45 % quyi daraja, tajriba guruhida – 45% quyi daraja), fikrlash doirasining kengligi – fikriy faoliyat obyektini har tomonlama qamrab olish qobiliyati, muqobil qarorlar qabul qila olish (nazorat guruhi – 49% quyi daraja, tajriba guruhi – 43% quyi daraja) kabi intellektual sifatlar nisbatan sust rivojlangan.

Shuningdek, tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarning madaniy rivojlanish darajasi о‘rganilayotgan til bilan bog‘liq sivilizatsiyaga doir madaniyatni о‘zlashtirish jarayoni sifatida tahlil etildi. Olingan natijalar esa, nazorat va tajriba guruhlarida ham talabalarning antik davr madaniyati tо‘g‘risidagi bilim, kо‘nikma va malakalari yetarlicha shakllanmaganligini kо‘rsatdi. Ikki guruh respondentlarida ham boshqa fanlar, boshqa sohalar bilan bog‘liq qadimgi yunon-rim madaniyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga egalik va lotin tilini amaliy faoliyatda qо‘llay olish darajasi nisbatan yuqori darajani tashkil etdi.

Eng past kо‘rsatkichlar madaniy artefaktlar, falsafiy va badiiy asarlar mualliflari, mifologiya, marosimlar bilan bog‘liq mezonlarda (nazorat guruhida –

Page 59: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

59

57%dan 73% gacha – quyi daraja; tajriba guruhida – 58%dan 69%gacha – quyi daraja) yaqqol kuzatildi.

Yuqorida bayon etilgan diagnostik ma’lumotlar asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lotin tilini о‘rganish jarayonida talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishda quyidagi konseptual asoslarga tayanish lozimligi haqidagi xulosalarga kelindi:

1. Talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishning eng asosiy sharti tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan lotin tili fani mazmunini mamlakatshunoslikka doir ma’lumotlar bilan boyitish kerak.

2. Mamlakatshunoslikka doir masalalarni о‘rganishning yetakchi tamoyili sifatida milliy-madaniy mohiyatni yorqin aks ettiruvchi о‘quv birliklarini tanlash va tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

3. О‘zga tilni о‘rganish о‘quv materiallari hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish, tizimlilik va izchillikka rioya etishni talab etadi.

4. Kutilgan natijaga erishish uchun leksik va atamashunoslikka doir materiallar va madaniy tavsifga ega ma’lumotlarni о‘zlashtirish hajmi, turi va usullarini maqbul tarzda taqdim etish shart-sharoitlarini aniqlashtirish zarur.

5. Lotin tilini о‘rganish jarayonida madaniyatshunoslikka doir mavzularni aniq belgilab olish, tushuncha va voqeliklarni tizimlashtirish, intellektual va kasbiy sohaga doir kо‘proq ahamiyatga ega faoliyat obyektlari maydonini samarali loyihalash maqsadga muvofiq.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lotin tilini о‘rganish va talabalarni intellektual madaniy rivojlantirishga doir mazkur yondashuvlar har bir mashg‘ulotda mamlakatshunoslik mazmuni bilan bog‘liq obyektlar miqdorini aniq belgilash, о‘quv-bilish faoliyatini tizimli boshqarish va talabalar tomonidan о‘zga til bilan bog‘liq madaniy unsurlarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirish imkonini beradi.

Tadqiqot natijalari “Lotin tili” fanining lingvistik va madaniyatshunoslikka doir imkoniyatlarini tо‘liq rо‘yobga chiqarish imkonini beruvchi quyidagi yо‘nalishlarni ajratib kо‘rsatish imkonini berdi:

1) tilni о‘rganishda leksik, atamashunoslik, hikmatli sо‘zlarni о‘rganish kabi darajalarida mamlakatshunoslikka doir materiallardan keng foydalanish zarur;

2) mamlakatshunoslikka doir ma’lumotlarni tushuncha (konsept) va voqelik (realiya) kо‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq. О‘rganilayotgan mavzular mazmunida tibbiy va umummadaniy voqeliklar aks etishi lozim;

3) matnlar ustida ishlashda tematik jadvallarni tо‘ldirish, yangi matndagi voqelikni mustaqil aniqlashtirish, qiyosiy tahlil, tayanch sо‘zlarni ajratib olish va tahlil etish kabi usullar yordamida amalga oshirilishi kerak;

Page 60: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

60

4) talabalar tomonidan mustaqil tanlangan madaniy voqeliklar bilan ishlash jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish lozim;

5) talabalarning mustaqil ishlari kitoblar bilan ishlash, auditoriyada individual va intellektual bilishga doir topshiriqlarni bajarish asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Page 61: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

61

BО‘LAJAK MUTAXASSISLARDA MAS’ULIYAT HISSINING NAMOYON BО‘LISHI

Rezume. Maqolada shaxs shakllanishida muhim

rol o‘ynaydigan sifatlardan biri bo‘lgan mas’uliyat va

uning bо‘lajak mutaxassislar hayotida tutgan о‘rni

hamda ahamiyati haqidagi nazariy fikrlar

umumlashtirilgan.

Tayanch tushunchalar: mas’uliyat, ijtimoiy

mas’uliyat, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘ziga ishonch, talaba

о‘quv faoliyati, kasbiy maqom, zamonaviy mutaxassis.

Abstract. The article is devoted to theoretical conclusions about

responsibility as one of the important qualities in the formation of the individual,

about the place and role of responsibility in the life of future specialists.

Key concepts: responsibility, social responsibility, self-awareness, self-

confidence, student learning activities, professional status, modern specialist.

Резюме. В статье обощены теоретические заключения об

ответственности как одного из важных качеств в формировании личности, о

месте и роли ответственности в жизни будущих специалистов.

Основные понятия: ответственность, социальная

ответственность, самосознание, самоуверенность, учебная

деятельность студентов, профессиональный статус, современный

специалист.

Istiqlol tufayli jamiyatimizda insonlarning tafakkuri va hayotga munosabati

о‘zgarmoqda. О‘tmish qoldiqlaridan voz kechgan jamiyatimiz a’zolari hayotdagi

о‘z о‘rnini yangicha ishonch bilan qurmoqda. Kishilarimiz ongida demokratik

qadriyatlar borasidagi eng muhim yutuq – bu aholining shu jumladan, yoshlarning

faolligi oshayotgani, hayotimizni isloh etish va yangilash zarurligiga,

mamlakatimizning kelajagiga bо‘lgan qat’iy ishonchdir1.

Talaba shaxsining shakllanishi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim

sohasidagi asosiy masala hisoblanadi. Bu masala yuzasidan barcha sohalardagi

kabi psixologiyada ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Talabalar psixologiyasini

о‘rganish va ulardagi kasbiy sifatlarni shakllantirishda, avvalo, talaba shaxsining

*Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, Qoraqalpoq DU pedagogika va psixologiya kafedrasi о‘qituvchisi. E-mail: [email protected] 1Каримов И. А. Энг асосий мезон – ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009. – Б. 24.

N. Sagindikova*

Page 62: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

62

individual psixologik xususiyatlarini aniqlash zarur. Tadqiqot ishining maqsadi esa

talabalarning individual xarakterologik sifatlaridan biri bо‘lgan mas’uliyat

muammosini aniqlashdan iborat.

Har qanday birgalikdagi hayot tarzi jamiyat a’zolari orasida doimiy

takrorlanuvchi, odatiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy me’yorlarning

mavjud bо‘lishini taqozo etadi1.

Tadqiqotni о‘tkazish jarayonida talabalar о‘quv faoliyatidagi mas’uliyat

xususiyatlari о‘rganildi.

Mas’uliyat muammosini bizgacha qator psixolog olimlar o‘rgangan.

Javobgarlik tipi2, xarakter sifati, ijtimoiy qonun-qoidalarga rioya qilish tizimi, о‘z-

о‘zini boshqarish, axloq-odob me’yori va shu kabilar haqida fikrlarini bildirib

о‘tishgan. Biz esa bu masalani bо‘lajak mutaxassislarning kasbiy statusiga

asoslangan holda tadqiq qilamiz.

Talabalarining о‘quv faoliyatidagi mas’uliyati tahlilida ularning ta’lim

muhitida egallayotgan kasbiy-bilish statuslari yoki jamiyatdagi о‘rni qanday

ekanligi bilan bog‘liqligini inobatga olish muhimdir. Talabalik davri shaxs

ijtimoiylashuvida о‘ziga xos bir bosqichi bо‘lganligi bois ularda о‘z faoliyatini

mustaqil tashkil etish, xatti-harakatlari va xulq-atvoriga xos xususiyatlari,

imkoniyatlarini namoyon qilish kuzatiladi. Bu esa ularning о‘quv faoliyatidagi

mas’uliyatning shakllanishiga qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligiga aniqlik

kiritishi mumkin.

Insonning ijtimoiy mavqeyi kо‘pgina omillar bilan bog‘liq murakkab

fenomen hisoblanadi. Ushbu fenomen talabalar о‘quv bosqichlari, ya’ni kasbiy

bilish faoliyati doirasidan kelib chiqqan holda mas’uliyatning gender xususiyatlari

yoritildi. Kasbiy-bilish faoliyat nuqtayi nazaridan ham talabalar mas’uliyatini

xarakterlovchi barcha komponentlar bо‘yicha olingan natijalar о‘rtacha qiymat va

korrelatsion tahlil asosida matematik-statistik usullar yordamida ishlab chiqildi.

Talabalarning kasbiy-bilish faoliyatining mas’uliyat shakllanishiga ta’sirini

о‘rganishda ta’lim bosqichlari bо‘yicha kо‘rsatkichlar tahlil qilindi. Bunda tadqiqot

respondentlarida jalb etilgan talabalarning kasbiy bilish statusini belgilovchi ta’lim

bosqichlariga kо‘ra natijalari alohida qayta ishlandi. Talabalarning kasbiy bilish

statuslari bilan bog‘liq qiymatlar mas’uliyat komponentlarini о‘zida

1Сафаев Н. С. Психологические особенности национального самосознания студенческой молодежи: дисс. … док.психол.наук. – Ташкент: 2005. – C. 137. 2Быков С. В Социально-психологическая регуляция ответсвенности личности: дисс. … док. психол. наук. – Казан, 2006. – С. 37-38 (316, 27-29).

Page 63: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

63

mujassamlashtirgan umumiy kо‘rsatkichlarga nisbatan ancha farq qilayotganligini

1-jadvaldagi ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.

1-jadval 1kurs 2 kurs

T 3 kurs 4 kurs T

M σ M σ M σ M Σ

1. Mustaqil faoliyat 21,22 6,13 30,10 3,89 -6,897*** 24,14 7,00 27,95 5,53 -2,911**

2. Nomustaqil

faoliyat 17,71 5,93 12,42 5,02 4,887*** 22,13 8,65 13,15 3,88 7,640***

3. Sotsiosentrik 23,95 6,33 24,79 3,68 -,826 18,17 8,18 25,35 5,33 -5,496***

4. Egosentrik 20,91 5,24 22,48 4,13 -1,595 21,80 5,97 18,70 5,88 2,508**

5. Onglilik 18,67 4,61 27,53 6,64 -5,731*** 25,96 6,10 27,23 7,21 -,794

6. Xabardorlik 17,34 6,69 14,97 6,98 1,485 19,96 9,46 15,25 5,57 2,960**

7. Predmetli

natijalilik 26,36 5,39 23,26 5,38 2,411** 20,07 7,35 24,09 4,22 -3,113***

8. Subyektiv

natijalilik 21,81 4,45 22,42 5,64 -,565 20,86 5,80 20,94 5,10 -0,075

9. Stenik 24,93 4,83 30,24 2,32 -3,741*** 25,03 6,91 30,37 5,26 -3,964***

10. Astenik 16,08 5,64 14,55 3,20 1,729 22,29 8,84 14,62 2,70 5,911***

11. Internallik 25,65 5,04 24,46 2,18 1,515 18,98 5,95 23,47 5,91 -3,655***

12. Eksternallik 21,61 5,34 21,75 2,65 -,161 21,19 5,22 20,41 5,79 ,710

* r≤0,05; ** r≤0,01; ** *r≤0,001 Mas’uliyatning namoyon bо‘lishida kasbiy-bilish statuslarining ta’siri

talabalarning ta’lim bosqichlariga kо‘ra о‘ziga xos statistik ahamiyatli ma’lumotlarni

taqdim etadi. Birinchi va ikkinchi bosqich talabalarning qiymatlarida beshta jabha

о‘rtasida farqlar ishonchliligini kо‘rsatuvchi tafovutlar aniqlandi. Birinchi holat

talabalar mas’uliyatining dinamik komponentlari bо‘yicha kuzatildi (21,22 va 30,10;

ʈ=-6,897, r≤0,001 (mustaqillik); 17,71 va 12,42 ʈ=4,887, r≤0,001 (nomustaqillik)).

Dinamik komponentning Mustaqillik parametri kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lganda

nomustaqillik qiymatlari mos tarzda quyi bо‘lishi natijalarda о‘z aksini topgan.

Talabalarning umumiy natijalarida mas’uliyatning dinamik komponenti qiymatlari

talaba qizlar va yigitlarda statistik jihatdan farqlarga ega bо‘lsa-da, bir xil daraja

bosqichida ekanligining guvohi bо‘lingan edi. Kasbiy-bilish statuslari bо‘yicha

Page 64: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

64

kо‘rsatkichlarda esa dinamik komponent qiymatlari ikki xil darajada, ya’ni birinchi

bosqich talabalarida о‘rta darajada (21,22), ikkinchi bosqich talabalarida (30,10) esa

yuqori darajada. Bu esa mas’uliyatning namoyon bо‘lishi respondentlarning kasbiy

bilish statuslari ta’siri bilan bog‘liq degan nisbiy xulosani keltirib chiqarmoqda.

Miqdoriy kо‘rsatkichlarning sifat tahlili esa birinchi bosqich talabalari о‘quv faoliyat

motivlariga nisbatan mas’uliyatni tо‘liq namoyon eta olmayotganliklari, zarur

hollarda faollikka ega emasliklari, murakkab va qiyin vazifalarga duch kelganlarida

о‘zlariga mas’uliyatni olmasliklari va to‘siqlar oldida beqarorlikni namoyon etmoqda

deyish mumkin. Ikkinchi bosqich talabalarida esa, aksincha, о‘quv faoliyati bilan

bog‘liq topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni kuzatish mumkin. Talabalarning

kasbiy bilish statusiga kо‘ra mas’uliyatning namoyon bо‘lishidagi tafovut birinchi

bosqich talabalarining yangi ijtimoiy muhitga (ta’lim jarayoniga, о‘quv guruhiga,

pedagoglar bilan bog‘liq shaxslararo munosabatlar) tо‘liq adaptatsiya

qilmaganliklari; ikkinchi bosqich talabalari esa, aksincha, bu bosqichni

muvaffaqiyatli bosib о‘tganliklari oqibati bо‘lishi mumkin.

Yuqori bosqich talabalarida ham о‘ziga xoslik quyi bosqich talabalari singari

kuzatildi. Mas’uliyatning dinamik komponenti parametrlari kо‘rsatkichlarida

statistik mezonga kо‘ra ishonchlilik farqlari aniqlandi (24,14 va 27,95; ʈ=-2,291,

r≤0,01(mustaqillik); 22,13 va 13,15 ʈ=7,640, r≤0,001 (nomustaqillik)). Natijalar

uchinchi bosqich talabalaridagi mas’uliyatning о‘rtacha (24,14) va tо‘rtinchi

kurslarda esa yuqori darajada ekanligi bilan bog‘liq bо‘lishining psixologik talqini

kasbiy-bilish statuslari sabablidir, chunki uchinchi bosqich talabalari ta’lim muhitiga

tо‘liq moslashganlik faoliyatning turg‘unlashuviga olib kelganligi; tо‘rtinchi bosqich

talabalari oldida esa kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hamda davlat

attestatsiyasi bilan bog‘liq mas’uliyatli vazifalar turganligi sababli ham о‘zida

mustaqillikni oshirish va faoliyat natijalariga nisbatan nazoratning kuchaytirganligi

tufaylidir.

Ta’lim jarayonida о‘qituvchilar talabalarda mas’uliyatning subyektiv

natijaliligidagi о‘sish ularning о‘zlashtirishidagi ijobiy baholash, stimullar hamda

muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirish oqibati ekanligiga e’tibor qaratishlari

lozim bо‘ladi.

Talaba yigitlarning о‘quv faoliyatida namoyon bо‘lishi mumkin bо‘lgan

mas’uliyatni aks ettiruvchi komponentlarida quyidagi manzara kuzatildi:

Page 65: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

65

1. Mas’uliyatning dinamik komponenti tо‘rtinchi bosqich talabalarining

umumiy kо‘rsatkichlariga uyg‘un tarzda namoyon bo‘lmoqda, ya’ni dinamiklik va

motivatsion (r=0,416, p≤0,05), emotsionallik (r=0,746, p≤0,01) va regulyatorlik

(r=0,633, p≤0,01) komponentlari о‘rtasida ijobiy bog‘lanishlar kuzatiladi.

Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlarining bilish statuslariga kо‘ra mas’uliyatlilik

kо‘rsatkichlari talaba qizlarga nisbatan ustuvorlik qilmoqda. Ularda mas’uliyatlik

topshiriqlar yuklatilganda mustaqillik yetarlicha, о‘ziga ishonch yuqori,

faoliyatdagi muvaffaqiyatlardan ruhlanish, mas’uliyatli ishlarda javobgarlikni о‘z

zimmasiga olish istagini о‘sganligi sabablidir.

2. Talaba yigitlar mas’uliyatining kognitiv komponentlari onglilik

parametridagi о‘sish subyektiv natijalilikni tartibga solishi (r=0,622, p≤0,01),

faoliyat va xulq-atvor natijalarining ijobiy jihatlariga tayanish (r=0,745, p≤0,01),

mustaqillik, о‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bо‘lish va javobgarlikni о‘z

zimmasiga olishda (r=0,521, p≤0,01) shakllangan deyish mumkin.

3. Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlari mas’uliyatga nisbatan umumiy

munosabatni shakllantirish mustaqillikning pasayishiga, javobgarlikni о‘z

zimmasiga ola bilmaslikka olib kelishi mumkinligini anglaganliklari kо‘rsatilmoqda

(r=0,469, p≤0,05).

4. Kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichidagi о‘quv faoliyatining individual

vazifalarini bajarishga mas’uliyat erishilayotgan muvaffaqiyatlar oqibatida kо‘tarinki

ruh paydo bо‘lishi bilan bog‘liq (r=0,681, p≤0,01).

Tо‘rtinchi bosqich talaba yigitlarining mas’uliyatidagi о‘ziga xoslik talaba

qizlarnikidan tubdan farq qildi. Bu esa mas’uliyatning gender tafovutlari

shaxsning kasbiy kamolot bosqichlarida о‘zining farqli jihatlarini kо‘rsatishi

mumkinligini isbotlaydi .

Biz tadqiqotlarimiz asosida bо‘lajak mutaxassislar hayotida muhim sifat

bо‘lgan mas’uliyat muammosini о‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

1. Talabalarning о‘quv faoliyatidagi mas’uliyatning gender xususiyatlar

talaba yigit va qizlarda о‘xshashlik hamda tafovutlarga ega bо‘ldi. О‘xshashlik

tomoni mas’uliyatning shakllanganlik pozitsiyalari bо‘yicha bir xil, ammo

darajaviy jihatidan yigitlarda biroz yuqori qiymatlarga ega.

2. Mas’uliyatning ta’lim bosqichlari bо‘yicha bilish faoliyatida tafovutlar

birinchi va ikkinchi bosqich talabalarida mas’uliyatning kognitiv komponentlari

(onglilik – 18,67 va 27,53; ʈ=-5,731, r≤0,001); refleksiv baholovchi (predmetli

Page 66: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

66

natijalilik – 26,36 va 23,26; ʈ=2,411, r≤0,01); emotsional komponenti (stenik -24,93

va 30,24; ʈ=-3,341, r≤0,01) natijalarida kuzatildi. Ikkinchi bosqichda mas’uliyatning

kognitiv komponentining onglilik va emotsionallikning steniklik pozitsiyalarining

yetakchilik qilganligi javobgarlikning tо‘liq anglanganligi, uning mazmun va

mohiyatini atroflicha tushunishi va sifatini yaxlit tasavvur qilish kо‘nikmasiga

egaliklari hamda о‘zlari tomonida amalga oshirgan mas’uliyatli ishlardan

quvonishlari va qoniqish olishlari sababli. Birinchi bosqich talabalaridagi refleksiv

baholash komponentining predmetli pozitsiyasi ahamiyatli kо‘rinish olganligi

ularning ta’lim muhitida о‘zini namoyon etish, guruhiy ishlarda vijdonan yondashish

va о‘z statusiga ega bо‘lishga intilishlari oqibatidir.

3. Uchinchi va tо‘rtinchi bosqich talabalarida mas’uliyatning kasbiy-bilish

faoliyatiga kо‘ra namoyon bо‘lishida bir qator farqli va ahamiyatli qiymatlarga

mavjud. Uchinchi bosqich talabalarida kasbiy tayyorgarlikning о‘rta bosqichi

bо‘lganligi va hali vaqt borligi tо‘g‘risidagi tasavvur tufayli vaziyatga nisbatan

umumiy mazmunda, mas’uliyatli topshiriqlarni bajarishda e’tiborni о‘ziga qaratish

va о‘zining motivatsiyasiga muvofiq amalga oshirish, topshiriqlarni rag‘batlantirish,

mukofot hisobiga bajarish hamda shaxsiy zarar yetishi va jazolanishdan qochishga

intilish xosdir.

4. Tо‘rtinchi bosqich talaba qizlarning mas’uliyatlikning namoyon bо‘lish

kо‘rsatkichlari talaba yigitlarga nisbatan farq qildi. Qizlarda mas’uliyatning namoyon

bо‘lishi faqat mas’uliyatning dinamiklik va motivatsion komponentlarida kuzatildi.

Bu talaba qizlarning о‘quv faoliyatiga mas’uliyatlilikni ta’limning yakuniy bosqichida

о‘ziga ishonchsizlikning pasayishi, murakkab topshiriqlarni bajarishga javobgarlikni

zimmalariga olmasliklari, ta’sirlarga beqarorlik va kо‘proq о‘zlarining shaxsiy

manfaatlariga e’tibor qaratishlari sabablidir. Ta’limning bu bosqichiga kelib, qizlar

turmushning boshqa yumushlariga kо‘proq e’tibor qaratayotganliklari oqibati

ham sabab bо‘lishi mumkin.

Talaba yigitlardagi mas’uliyat bilish-faoliyatlariga kо‘ra mas’uliyatlilik

kо‘rsatkichlari talaba qizlarga nisbatan ustuvorlikka ega. Bu ularda mas’uliyatlik

topshiriqlar yuklatilganda mustaqillik yetarlicha, о‘ziga ishonch yuqori,

faoliyatning muvaffaqiyatlaridan ruhlanish, mas’uliyatli ishlarda javobgarlikni о‘z

zimmasiga olish istagining о‘sganligi sabablidir.

Page 67: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

67

SHAXSGA YО‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FUQAROLIK POZITSIYASINI

SHAKLLANTIRISH Rezume. Maqolada shaxsga yо‘naltirilgan

texnologiyalar asosida fuqarolik pozitsiyasini

shakllantirish masalalari yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: shaxsga yо‘naltirilgan

ta’lim, ta’lim tizimi, oliy ta’lim tizimi, talaba-yoshlar,

fuqarolik pozitsiyasi, fuqarolik pozitsiyasini

shakllantirish, rivojlanish tendensiyalari.

Abstract. In the article the questions of formation of a civil position on the

basis of technologies focused on the person are considered.

Key concepts: personality oriented education, education system, higher

education system, student youth, civic position, formation of civic position,

development trends.

Резюме. В статье рассмотрены вопросы формирования гражданской

позиции на основе технологий, ориентированных на личность.

Основные понятия: личностно ориентированное образование,

система образования, система высшего образования, студенческая

молодежь, гражданская позиция, формирование гражданской позиции,

тенденции развития.

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risidagi” Qonuni hamda “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi respublikamiz ta’lim tizimini tubdan

isloh qilib, ta’lim jarayonini о‘qituvchi shaxsiga yо‘naltirishni davlat siyosati

darajasiga olib chiqdi. Bunda ta’lim jarayonida yangi ijtimoiy munosabatlarga

erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ijodiy va

ijtimoiy faol kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, о‘z haq-

huquqlarini tо‘liq anglagan, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni

tarbiyalash dolzarb masalalardan sanaladi.

Shu bois, ta’lim muassasalari, xususan, pedagogika oliy ta’lim

muassasalarida talaba-yoshlardagi fuqarolik hissini, mas’uliyatini tarbiyalash,

mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish ehtiyoji о‘ziga xos dolzarblik

kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda ta’lim yoshlarda fuqarolik

*Akramov Abdumalik Abdumutalovich, Nizomiy nomidagi TDPU, milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi katta о‘qituvchisi. E-mail: [email protected]

A. Akramov*

Page 68: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

68

pozitsiyasini shakllantirishga yо‘naltirilgan integrallashgan axborotlarni taqdim

etish jarayoni hisoblanadi. Mazkur jarayonda shakllantirilgan sifatlar, birinchi

navbatda, talabalarning ijtimoiy ongini rivojlantirishga xizmat qiladi va ularni

siyosiy faollikka undaydi. Rivojlanish tendensiyalari va rivojlangan bozor

iqtisodiyoti sharoitlariga moslashganlik, intellektual, ijtimoiy barqarorlik,

tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozitsiyasi kabi sifatlar talaba-yoshlarga xos

bо‘lishi lozim.

Talabalarda shakllantirilgan mazkur sifatlar О‘zbekiston jamiyatidagi

siyosiy, iqtisodiy holat haqidagi turli-tuman nuqtayi nazarlarni bir-biri bilan

yaqinlashtiradi. Buning natijasida talaba-yoshlar jamiyat taraqqiyotiga munosib

hissa qо‘shish imkoniyatiga ega bо‘ladi. О‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish

jarayonida shaxs, davlat va jamiyatning siyosiy milliy xavfsizligini ta’minlash

muhim ahamiyatga ega. Bunda О‘zbekiston davlatining milliy barqarorligini

ta’minlash vazifasi ustuvor о‘rin egallaydi.

Fuqarolik tushunchasi keng mazmun-mohiyatga ega bо‘lib, jamiyat

a’zolarining siyosiy, ijtimoiy huquqlarini anglatadi. Fuqarolik tarbiyasi har

tomonlama fidoyi, jamiyatga foyda keltiradigan, ijtimoiy-siyosiy vazifalarni

bajarishga layoqatli shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Davlat siyosatining

asosini fuqaro hamda davlatning о‘zaro munosabatlari tashkil etadi. Uning

mohiyati о‘zaro aloqador bо‘lgan burch va mas’uliyatlarni anglashdadir. Shuning

uchun ham fuqarolik shaxsning ijtimoiy-axloqiy madaniyati kо‘rsatkichi sifatida

namoyon bo‘ladi.

Fuqarolik pozitsiyasi shaxsning jamiyat hayotining turli yо‘nalishlaridagi

ijtimoiy, siyosiy, huquqiy kо‘rinishi bо‘lib, u bilimlarni faol о‘zlashtirish natijasida

shakllangan shaxs nuqtayi nazarlari, qarashlari va amaliy harakatlarida о‘z

ifodasini topadi1.

Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish о‘z ichiga fuqarolikni anglash va

fuqarolik faolligini qamrab oladi.

Fuqarolikni anglash shaxsning о‘z-о‘zini anglashidan boshlanadi. Mavjud

pedagogik-psixologik adabiyotlarda shaxs – muayyan ijtimoiy guruhning vakili

bо‘lgan, biror faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi, atrof-muhitga ongli

munosabatda bо‘la oladigan, о‘ziga xos individual-psixologik xislatlarga ega

bо‘lgan inson sifatida ta’riflanadi. Shaxsning о‘zini anglashi murakkab psixologik

1Сергейчик С. И. Факторы гражданской социализации учащейся молодежи // Социологические исследования, 2002. – № 5. – С. 107 – 111.

Page 69: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

69

jarayon hisoblanib, u shaxs faoliyatini boshqaradi, iroda va hissiyotlarini tartibga

soladi. Shaxsning fuqarolikni anglashi esa fuqarolik huquq va majburiyatlarini

bilishi hamda ularni о‘z xatti-harakatlariga faol tatbiq etishi bilan belgilanadi.

Fuqarolik faolligi shaxsning fuqarolik huquq va majburiyatlariga bо‘lgan

mas’uliyatli munosabatida, shuningdek, jamiyat uchun ahamiyatli bо‘lgan о‘quv,

kasbiy va shaxsiy rejalarining ijtimoiy yо‘nalganligida namoyon bо‘ladi.

Bо‘lajak о‘qituvchi shaxsidagi fuqarolikni anglash va fuqarolik faolligining

shakllanishi bevosita talabalik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan kelib

chiqib amalga oshirilgandagina ijobiy natija beradi, chunki talabaning individual-

psixologik xususiyatlari, nerv-fiziologik tuzilmasi va intellektual imkoniyatlari –

tug‘ma statusi, uning hayot davomida egallaydigan ijtimoiy statusi fuqarolik

pozitsiyasiga ham sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Bu narsa ta’lim oluvchining

о‘quv jarayoniga nisbatan, ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga, jamoaviy ishlarga

bо‘lgan munosabatida, ijtimoiy faolligida о‘z aksini topadi. Shu bois, bо‘lajak

о‘qituvchilardagi fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda ta’lim muassasalaridagi

о‘quv jarayoni va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning tо‘g‘ri

tashkillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu о‘rinda yangicha

mazmun, ilg‘or texnologiyalar, xususan, shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalardan

foydalanish samara berishi mumkin.

Zamonaviy ta’limda shaxs о‘qitishning diqqat markazida bо‘lib, shunga

binoan, ta’lim maqsadi, mazmuni va shakllari talabaga, uning shaxsiga

qaratilganligi shaxsga yо‘naltirilgan ta’limning mohiyatini tashkil etadi. Bu

yondashuv mazmunida shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosiy kо‘rsatkichlar

sifatida qabul qilinib, ushbu jihatlar kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini

takomillashtirish bilan birga, о‘quv topshiriqlari, ularni tahlil etish va yechish

borasidagi zaruriy kо‘nikma hisoblangan ijodiy tafakkur operatsiyalarini

rivojlantiradi.

Shaxsga yо‘naltirilgan о‘qitish texnologiyalari pedagogikaning

insonparvarlik tamoyiliga asoslanib, uning negizida shaxsning о‘zini anglashi

yotadi.

Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini boyitishda

insonparvarlikka asoslangan shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarning

imkoniyatlaridan tо‘laqonli foydalanish muammosi ham zamonaviy

pedagogikaning asosini tashkil etmoqda va bu muammo bir qancha pedagog

olimlar ilmiy ishlarining tadqiqot muammosi sifatida ham о‘rganilgan.

Page 70: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

70

Xususan, Y. V. Bondarevskiy о‘z tadqiqotlarida shaxsga yо‘naltirilgan

texnologiyalar bu ta’lim oluvchi shaxsining individual rivojlanishini qо‘llab-

quvvatlashga yо‘naltirilgan dialogik, faoliyatli va ijodiy xarakterdagi о‘qitishning

mazmuni va vositalarini tanlashdagi erkinlik, ijodiylik va mustaqillikning

ta’minlanishi bilan tavsiflanadi, deya ta’kidlaydi1. Shu asnoda, shaxsga

yо‘naltirilgan texnologiyalar pedagogik jarayonda faoliyat va muloqot

vositalarining subyektlar orasidagi о‘zaro hamkorlik xarakterida bо‘lishini talab

etadi.

Shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim turli bilim sohalari bо‘yicha shaxsning xilma-xil,

mustaqil va maqsadga muvofiq faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-

sharoitni yaratib berish orqali ta’lim oluvchining intellektual va axloqiy jihatdan

samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarning

afzalliklari ta’limning tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan tarzda tashkil

etilishini ta’minlash hamda ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qilishi

bilan belgilanadi.

Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalar esa, о‘z maqsadi va mohiyatiga kо‘ra,

an’anaviy о‘qitishdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining tabiiy imkoniyatlarini

namoyon qilishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishni taklif qiladi. Bunda

talaba о‘zini о‘quv faoliyatining subyekti sifatida his qilishi muhim ahamiyat kasb

etadi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, bо‘lajak о‘qituvchilarda

fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonida qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan

shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalarni shartli ravishda uch guruhga bо‘lish

mumkin:

1. Qadriyatli yо‘naltirilgan, ya’ni shaxsdagi о‘zini anglashning

rivojlanishiga, uning ijtimoiy, shaxsiy, axloqiy, kasbiy, ayni damda fuqarolik

qadriyatlarini aniqlashga yо‘naltirilgan texnologiyalar (ijtimoiy-psixologik

treninglar, diskussiya, ishbilarmon va rolli о‘yinlar).

2. Moslashtirilgan texnologiyalar – ta’lim oluvchining individual

imkoniyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini о‘quv motivlariga moslashtirish

maqsadini kо‘zlagan va о‘quv faoliyatida talabaning о‘zini namoyon etishi va

anglashi uchun qulay psixologik sharoit yaratishni ta’minlashga yо‘naltirilgan

1Qarang: Виленский М. Я., Зайцева С. Н. Педагогические основы формирования опыта творческой деятельности будущего учителя. – Москва: МГПУ, 1993. – С. 57.

Page 71: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

71

texnologiyalar (differensial о‘qitish texnologiyalari, modulli о‘qitish

texnologiyalari va hоkazo.)

3. Shaxsni ijodiy rivojlantirish texnologiyalari, ya’ni ta’lim oluvchining

shaxsiy potensialini rivojlantirishga ayni damda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga

mо‘ljallangan texnologiyalar (loyihalash texnologiyalari, о‘quv-tadqiqot

texnologiyalari, ijodiy mahorat texnologiyalari va hokazo.)1.

Mazkur guruhlarga ajratilgan texnologiyalar shaxsga yо‘naltirilgan

о‘qitishning aniq doirasida amalga oshirilib, bо‘lajak о‘qituvchilarda fuqarolik

pozitsiyasini shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat

qiladi. Bu esa ular bilan amalga oshiriladigan о‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda

quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi, ya’ni:

- fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonini talaba shaxsining

individual-psixologik xususiyatlari va yо‘nalgan qiziqishlari bilan uyg‘unlashtirish;

- shaxsni tarbiyalashda о‘z-о‘zini tarbiyalashga о‘tish;

- fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatiga olib

keluvchi zaruriy kasbiy va shaxsiy sifatlar, xususan, tashabbuskorlik,

muloqotchanlik, ijodkorlik, g‘oyaviy e’tiqod, mas’uliyatlilik sifatlarini

shakllantirish va maqsadli yо‘naltirish;

- о‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali shakl va metodlari

tizimini ishlab chiqish.

Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, bо‘lajak о‘qituvchilarda fuqarolik

pozitsiyasini shakllantirishda shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalardan о‘rinli

foydalanish talaba-yoshlarning shaxsiy “Men”ini va jamiyat oldidagi fuqarolik

mas’uliyatini anglash kо‘nikmalarining qaror topishiga munosib zamin hozirlaydi.

Ma’lumki, talabalarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish jarayoni о‘zining

ichki murakkabliklari va qarama-qarshiliklariga ham ega. Mazkur vaziyatning

о‘ziga xos jihatlari oliy ta’lim sohasidagi sifat о‘zgarishlari, ijtimoiy turmushdagi

rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liq holda rо‘y bermoqda. Shu bilan bir qatorda

oliy ta’lim sohasidagi islohotlar ijtimoiy hayotdagi ijobiy о‘zgarishlarning muhim

qismi sifatida namoyon bо‘lmoqda.

1Қурбанов Ш. Жамиятни эркинлаштириш ва таълимнинг янги қадриятлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 41.

Page 72: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

72

KASB-HUNAR KOLLEJI О‘QUVCHILARINING AMALIY

KASBIY TAYYORGARLIGI MAZMUNI

Rezume. Maqolada kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning asosiy mazmuni, о‘quvchilarga tanlagan kasbiga xos bо‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat kо‘rsatish yо‘llarini о‘rgatish masalalari yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: kasb-hunar ta’limi, vosita, usul, rejalashtirish, bosqich, operatsiya, nazorat, kо‘nikma, malaka.

Abstract. The article highlights the main content of applied education in professional colleges, as well as the issues of teaching students how to plan production technology, prepare, implement, monitor, and provide services in the chosen profession.

Key concepts: vocational education, methods, methods, planning, step, operation, control, skills.

Резюме. В статье освещается основное содержание прикладного образования в профессиональных колледжах, а также вопросы обучения учащихся путям планирования технологии производства, подготовки, осуществления, контроля, и оказания услуг по выбранной профессии.

Основные понятия: профессиональное образование, приёмы, методы, планирование, ступень, операция, контроль, навыки, умения.

Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalariga mehnat bozorida raqobatlasha oladigan, keng ixtisosli, malakali kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini maqbullashtirish uchun kasb-hunar ta’limini modernizatsiyalash, tayyorlov yо‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi, davlat ta’lim standartlari, о‘quv reja hamda dasturlarini takomillashtirish, samarali ta’lim texnologiyalarini amalga joriy etish, zarur moddiy-texnik va о‘quv-uslubiy baza yaratish hamda ulardan unumli foydalanish, о‘qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, о‘ziga xos о‘quv-ilmiy majmualar va markazlar tashkil etish kabilarga asoslanish zarur.

Ma’lumki, kasb-hunar ta’limi jarayoni tahsil oluvchining о‘qib-о‘rganish va о‘qituvchining о‘rgatuvchilikdan iborat hamkorlik faoliyatlarini kо‘zda tutib, bо‘lajak kichik mutaxassislar tomonidan ta’lim standartlari darajasidagi amaliy kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy fazilatlar о‘zlashtirilishini ta’minlaydigan tizimdir.

*Qosimov Shavkat Urolovich, О‘MKHTTKMO va UQTI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.

Sh. Qosimov*

Page 73: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

73

Kasb-hunar kollejlarida о‘quvchilarning amaliy kasbiy tayyorgarligi mazmunining tuzilishini aniqlovchi omillar va qonuniyatlarni aniqlash ustuvor ahamiyat kasb etdi.

Agar biz amaldagi ishlab chiqarish ta’limi masalalariga oid mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili bо‘yicha xulosa chiqaradigan bо‘lsak, “amaliy ta’lim mazmuni” tushunchasining mohiyatini tо‘liq ochib berolmaymiz. Gap shundaki, avvaldan an’anaviy ravishda “ta’lim mazmuni” tushunchasi ostida bilimlar tizimi bilan tavsiflanadigan nazariy ta’lim mazmuni tushunilib kelingan1. Shu sababli kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlari, xususan, amaliy ta’lim haqida gap ketganda “ishlab chiqarish ta’limi” terminidan foydalanishga kо‘nikib ketilgan2.

Ishlab chiqarish ta’limi tizimining mohiyatini kasbga tayyorgarlikning ikkinchi malaka darajasini qamrab oluvchi kichik mutaxassis misolida qarab chiqadigan bо‘lsak, quyidagi jarayonlar kо‘zga tashlanadi:

1. О‘quvchi, avvalo, asbob va jihozlardan foydalanishga o‘rgatiladi, shuningdek, texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiriladi.

2. Qoidaga kо‘ra, muayyan mehnat jarayonining о‘quv namunalari asosida ayrim operatsiyalarni bajarishga о‘rgatiladi.

3. Operatsiyalardan majmuaviy foydalangan holda oddiy buyumlarni tayyorlashga о‘tiladi.

4. Birmuncha murakkab buyumlar tayyorlashga о‘rgatilib, kо‘nikma va malakalar shakllantiriladi; vaqtning о‘quv me’yorlari kiritiladi.

5. Nihoyat, о‘quvchining kо‘nikmalari tegishli malaka darajasiga qadar yetkazilib, malakaviy ishni bajarganidan keyin daraja berilib, shu orqali kasbiy funksiyalarni mustaqil bajarishga ijozat beriladi3.

Ishlab chiqarish ta’limi tizimining bunday umumlashgan tavsifi bir qator xulosalar chiqarishga imkon beradi:

1) amaliy ta’lim tizimining asosiy elementi sifatida uning muayyan ketma-ketlikdagi mazmuniy tarkibiy qismlari namoyon bо‘ladi;

1Авазов Ш., Муслимов Н, Ходиев У., Авазов Э. Касб-ҳунар коллежларида амалий касбий таълим методикаси ва технологиялари(чизмалар, жадваллар ва суратларда) Методик қўлланма. – Тошкент: Navro`z, 2014. – Б. 300. 2Хидиров Ў. Д. Мирсаидов К. Ш., Чориев Р. К. Ишлаб чиқариш таълими. Касб-ҳунар коллежлари учун услубий қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 2002. – Б. 104. 3Қосимов Ш. У. Амалий касбий таълим жараёнида ўқувчиларда касбий маҳорат асосларини шакллантириш // Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими тизимида кадрлар тайёрлаш жараёни мазмуни, ўқитиш воситалари ва шаклларининг назарий-услубий асосларини такомиллаштириш, Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2011. – Б. 183-184.

Page 74: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

74

2) mazkur tizimda mazmuniy parallellik, ya’ni asosiy texnologik operatsiyalar bilan ishlab chiqarish faoliyati qismlari о‘z aksini topadi;

3) tizim bir paytning о‘zida parrallel-pog‘onali, ya’ni egallanayotgan kasbga bog‘liq holda asosiy parallellar va ketma-ket izchillikdagi bosqichlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.

Demak, eng umumiy holatda kichik mutaxassislik kasblariga nisbatan amaliy tayyorgarlikning ketma-ket keladigan quyidagi izchil bosqichli tizimini ajratib kо‘rsatish mumkin:

1) kasbni nazariy о‘rganish mantig‘ida amaliy kо‘nikmalar hosil qilish boshlanadigan amaliy-laboratoriya ishlari;

2) maxsus texnologiya kurslari bilan bog‘langan va qoidaga kо‘ra kasb-hunar kolleji sharoitida amalga oshiriladigan о‘quv amaliyoti;

3) korxona, tashkilot yoki muassasa sharoitida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish amaliyoti.

Amaliy tayyorgarlikning yuqorida keltirilgan tizimi bir necha о‘n yillar ilgari kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog va muhandis-pedagoglari tomonidan yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan, biroq unda amaliy ta’lim mazmunining tuzilishini aniqlovchi, ya’ni aynan mazkur tuzilish mohiyatini belgilovchi omillarning mohiyati о‘z aksini topmagan.

Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy ta’lim mazmunining tuzilishini belgilovchi omillarni aniqlash maqsadida quyidagi ikki holatga tayanib harakat qilish kerak:

1) amaliy ta’lim mazmunining tuzilishi uning ketma-ket bajariladigan kasbiy faoliyatni bosqichli egallash tuzilishiga muvofiq holda aniqlanadi;

2) amaliy ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari egallanadigan kasbiy faoliyat tuzilishi bilan aniqlanadi.

Birinchi navbatda, kasbiy kо‘nikmalarni bosqichli shakllantirishning amaliy ta’lim tuzilishiga ta’sirini kо‘rib chiqamiz.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aksariyat hollarda mehnat jarayoni tuzilishida quyidagi iyerarxik darajalar ajratib kо‘rsatiladi:

1) bir necha xatti-harakatlardan iborat bо‘lgan amal darajasi; 2) bir necha amallardan iborat bо‘lgan usul darajasi; 3) bir necha usullardan iborat bо‘lgan operatsiya darajasi. Tabiiyki, kasbiy faoliyatning yuqorida ta’kidlangan uchta darajasiga muvofiq

keladigan kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishning psixologik va didaktik konsepsiyalari ham mavjud, biroq biz tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan faqat kasbiy faoliyat iyerarxik darajalari tuzilishining amaliy ta’lim mazmuni tuzilishiga ta’sirini qarab chiqamiz.

Page 75: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

75

Mazkur ta’sirni tadqiq qilar ekanmiz, uning ayrim jihatlarini qat’iy hisobga

olish shartligi namoyon bо‘ldi. Zero, har qanday mehnat jarayonining tuzilishi

kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarligiga, shubhasiz, ta’sir kо‘rsatishini ta’kidlash

joiz, biroq bu ta’sir bevosita hisoblanmaydi, chunki mehnat jarayonining yerarxik

tuzilishi bilan amaliy tayyorgarligining ketma-ketlik tuzilishi о‘rtasida tо‘g‘ridan

tо‘g‘ri bir xil muvofiqlik yо‘q. Shuningdek, avval zaruriy kasbiy xatti-harakatlarni,

keyin barcha amallarni, undan keyin – usullarni, keyin – operatsiyalarni, va

nihoyat, birgalikda butun kasbiy faoliyatni egallash mumkin emas.

Amaliy kasbiy tayyorgarlikda boshqacha yо‘l tutiladi: birinchi navbatda,

mо‘ljalli asoslar yaratiladi va dastlabki kо‘rinishda bir qator tayanch operatsiyalar

о‘zlashtiriladi; keyin bu operatsiyalar takomillashtiriladi va yangilari

о‘zlashtiriladi; sо‘ng operatsiyalar asta-sekin murakkablashtirilib, majmuaviy

ishlar bajariladi.

Ma’lumki, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik bir qator

sabablarga kо‘ra kasbiy mahorat darajasigacha yetkazilmaydi va, umuman

olganda, yetkazilishi ham mumkin (shart) emas. Aslida kasb-hunar kollejlari

bitiruvchilarida mustaqil ravishda о‘z kasbiy faoliyatini bajara olishga imkon

beradigan tugal kо‘nikmalar, ya’ni boshlang‘ich malaka darajasi shakllantirilishi

lozim. Mahorat esa kichik mutaxassisning ishlab chiqarishdagi bevosita kasbiy

faoliyati jarayonida egallanadi. Boshqacha aytganda, kasb-hunar kollejlarining

amaliy kasbiy ta’lim bо‘yicha asosiy vazifasi о‘quvchilarda kasbni tegishli malaka

darajasida о‘zlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir1.

Yuqorida ta’kidlangan holatlarga tayanilib, kasb-hunar kollejlarida amalga

oshiriladigan amaliy kasbiy tayyorgarlik bosqichlarini quyidagicha tavsiflash

mumkin:

1) mо‘ljalli asoslarni yaratish, ya’ni amallar algoritmini, biroz keng

ma’noda, faoliyat algoritmini egallash bosqichi sifatida ifodalash mumkin.

Ta’kidlash lozimki, bu bosqichni kо‘nikmalarni shakllantirish bosqichi deb atash

aslo mumkin emas.

2) faoliyatning, qanday bо‘lmasin, birorta turini egallash, ya’ni bо‘lg‘usi

kо‘nikmalarning asosini tashkil etadigan tayanch operatsiyalarni shakllantirish.

Masalan, tokar uchun turli tipdagi yuzalarga ishlov berish kо‘nikmasini egallash

va hokazo.

1Қосимов Ш. У. Касб-ҳунар коллежларида амалий касбий таълимни ташкил этишнинг илмий-педагогик асослари. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2014. – Б. 160.

Page 76: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

76

3) oldingi bosqichdagi tayanch operatsiyalarni bajarish kо‘nikmalarini takomillashtirish va yangi operatsiyalarni, shuningdek, muayyan operatsiyalar tо‘plamini qamrab olgan eng oddiy majmuaviy ishlarni о‘zlashtirish.

4) murakkab majmuaviy ishlarni mustaqil bajara olish darajasida о‘zlashtirish.

5) faoliyatni mahorat darajasida, ya’ni ijodiy о‘zlashtirish. Bu bosqich kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik mazmuniga kirmaydi.

Demak, kasb-hunar kollejlarida amaliy kasbiy tayyorgarlik dastlabki va undan keyin davom qiladigan tо‘rt bosqichni о‘z ichiga oladi.

Yuqorida ta’kidlangan mulohazalar asosida quyidagi xulosani chiqarish mumkin: kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tuzilishini aniqlovchi omillardan biri kasbiy faoliyatni bosqichli о‘zlashtirish tuzilishi hisoblanadi.

Shunday qilib, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tuzilishi nazariy jihatdan quyidagicha asoslanadi:

- maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; - maxsus texnologiya yoki bir necha maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha

о‘quv amaliyoti; - ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyoti; - diplom oldi amaliyoti. Endi amaliy kasbiy ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari kasb-hunar

kollejida egallanadigan kasbiy faoliyat tuzilishiga qay darajada bog‘liqligini asoslashga harakat qilamiz.

Kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarlikda amaliyot mazmunini (va dasturini) tashkil etuvchi bir qator tarkibiy qismlarni ajratib kо‘rsatish mumkin. Gap shundaki, istalgan amaliyot mazmuni egallanadigan kasb mohiyatining о‘ziga xos jihatlari bilan aniqlanadi.

Amaliyot ishlarining alohida olingan har bir turini (maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha о‘quv amaliyoti; ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyoti; diplom oldi amaliyoti) tashkil etish va ularni о‘tkazish metodikasini tanlashda hisobga olinadigan quyidagi eng asosiy mazmuniy bloklarni ajratib kо‘rsatish mumkin:

1. Kirish qismi:

amaliyot о‘tkaziladigan laboratoriya, ustaxona, о‘quv poligoni yoki xо‘jaligi bilan tanishish;

amaliyot о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan texnika xavfsizligi, huquqiy me’yorlar, ekologiya va shu kabi boshqa masalalarni о‘rganish.

2. Amaliy ishlarning asosiy turlarini bajarish (amaliyotning asosiy qismi):

Page 77: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

77

3. Amaliyotning boshqa bо‘limlarini bajarish:

lavozim vazifalarini о‘rganish;

rejalashtirish va hisobot tizimini о‘rganish;

amaliyotning о‘ziga xos, yakka tartibdagi dasturlarini bajarish;

keyinchalik yakka tartibda bajariladigan ishlar (referat, ma’ruza, kurs yoki diplom ishi) uchun materiallar yig‘ish.

4. Yakunlovchi qism:

hisobot tayyorlash va uni himoya qilish (sinov);

amaliyot natijalarini muhokama qilish (yakuniy anjuman). Amaliy ishlarning asosiy turlarini bajarishda tegishli amaliyot turining

maqsadidan kelib chiqiladi. Masalan, ishlab chiqarish (texnologiya) amaliyotida egallanayotgan kasb doirasida bajariladigan asosiy ish turlarini bajarish kо‘zda tutiladi.

Kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarlik kasbiy ta’limning turli malaka darajalarida turlicha kechadi. Jumladan, kasb-hunarga о‘rgatish о‘quv kurslarida (6 oylik, 1 yillik) birinchi malaka darajasiga muvofiq kasbiy tayyorgarlik amalga oshirilsa, kasb-hunar kollejlarida ikkinchi malaka darajasiga muvofiq keladigan amaliy kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, ikkinchi malaka darajasi birmuncha murakkab umumiy algoritmga ega. Bu darajadagi faoliyatda berilgan murakkab algoritm yechimi ishlanmagan yoki qisman ishlangan holatda amalga oshirilib, amaliy va oldin о‘zlashtirilgan tayanch axborotlarga yaxlit holda tayanilib ish kо‘rishni talab etadi. Mazkur darajadagi amaliy kasbiy tayyorgarlik quyidagi tо‘rt bosqichni о‘z ichiga oladi:

1) maxsus turkumdagi fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari; 2) bir yoki bir necha maxsus texnologiya fanlari bо‘yicha о‘quv amaliyoti; 3) ishlab chiqarish (texnologik) amaliyoti; 4) diplom oldi amaliyoti. Har bir bosqich о‘zining maqsadiga va о‘quv jarayonida о‘z о‘rniga ega

bо‘lib, egallanayotgan kasb xususiyatiga qarab turli muddatlarda amalga

oshiriladi va ularning mazmuni tegishli dasturlar bilan belgilanadi.

Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlik bosqichlari asosan

maxsus fanlar о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari rahbarligida amalga

oshiriladi.

Amaliy kasbiy tayyorgarlik – aniq kasbiy faoliyat doirasida ish bajarishga

imkon beruvchi kasbiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni bо‘lib, kasb-

Page 78: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

78

hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy tayyorgarlikda ikkinchi malaka darajasining

mazmuni qamrab olinadi.

Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlari (DTS) kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim

mazmuniga nisbatan qо‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining

zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan

qо‘yiladigan malaka talablarini; о‘quv yuklamasining zaruriy hajmini; ta’lim

muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va

mexanizmini belgilaydi. Jumladan, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartida

ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda kichik mutaxassisning kasbiy

xususiyatlari, ya’ni kasbiy tavsifnomasi kо‘rsatib berilgan1.

Kasbiy tavsifnomada kichik mutaxassisning ishchi о‘rni, u amalga

oshiradigan kasbiy faoliyat turlarining ketma-ketligi, ish jarayoni texnologiyasi,

mazkur kasbga qо‘yilgan maxsus talablar va shu kasb bо‘yicha kichik mutaxassis

egallashi lozim bо‘lgan kasbiy bilim va kо‘nikmalar haqidagi ma’lumotlar о‘z

aksini topgan.

Kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning dastlabki negizi

hisoblangan maxsus fanlar bо‘yicha amaliy-laboratoriya ishlarini hamda

о‘quvchilarning о‘quv-ishlab chiqarish mehnatini tashkil qilishga oid dasturlarni

ishlab chiqishda kasbiy tavsifnoma talablaridan kelib chiqilgan va ular asosan

ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘ladi.

Kichik mutaxassislarning о‘zlari tanlagan bо‘lg‘usi kasbiy faoliyati sohasida

egallagan bilimlari va kо‘nikmalarini amaliyotda qо‘llashga tayyorgarlikni

shakllantirish о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartining yakuniy maqsadidir.

Bu esa kichik mutaxassislar tayyorlash jarayoniga tizimli yondashuvni talab qilib,

standart darajasida о‘rnatilgan talablarni о‘zlashtirish zarurligini taqozo etadi.

Nazariy kasbiy ta’lim о‘quvchilarning asosan umumkasbiy va maxsus

fanlarni о‘rganishlarini о‘z ichiga olib, egallanayotgan kasbni ongli tarzda

mustahkam va chuqur о‘zlashtirishlari uchun zarur bо‘lgan hajmdagi nazariy

kasbiy bilim va kо‘nikmalar tizimini о‘zlashtirishni maqsad qilib qо‘yadi.

Jumladan, maxsus fanlarning asosiy vazifasi – о‘quvchilarda muayyan kasbga

muvofiq mashinalar, mexanizmlar, apparatlar, asboblar va shu kabilar tizimi

haqida, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish, materiallar tо‘g‘risida

kasbiy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Amaliy kasbiy ta’limning asosiy vazifasi – kelgusida kichik mutaxassis bо‘lib

yetishadigan о‘quvchilarni muayyan kasb sohasida bevosita faoliyat kо‘rsatishga

1Тармоқ стандарти. 3580230 – “Автомобил йўллари, сунъий иншоотлар, аэродромлар қурилиши” йўналиши. – Тошкент: Махсус нашр, 2012.

Page 79: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

79

tayyorlashdan, ya’ni bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga о‘rgatishdan, zaruriy

kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Amaliy kasbiy ta’limga barcha umumpedagogik va didaktik qonuniyatlar,

prinsiplar xos bо‘lib, uning о‘ziga xos jihati shundaki, о‘quv jarayoni asosan

о‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari va о‘quv-ishlab chiqarish mehnati shaklida

amalga oshiriladi. Bu esa amaliy kasbiy ta’lim jarayonining (mazmuni,

о‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari, о‘quv-ishlab chiqarish faoliyati, muhandis-

pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va ishlab chiqarishdagi tajribali

mutaxassislarning о‘qitish-о‘rgatish faoliyati, ta’lim vositalari va hоkazo.) о‘ziga

xosligini belgilaydi.

Kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarining tajriba-sinov ishlari va о‘quv-ishlab

chiqarish mehnatining umumiy mazmuni iqtisodiyotning real tarmog‘i yoki

sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan muvofiq (tegishli) kasbdagi xodimning mehnat

faoliyati hamda malaka darajasini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunday tahlil

shuni kо‘rsatdiki, har qanday xodimning mehnat faoliyati egallagan kasbidan qat’i

nazar quyidagi ishlab chiqarish vazifalarini о‘z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini rejalashtirish – topshiriq bilan

tanishish, materiallar, asboblar, moslamalar va texnologiya jarayonlarini tanlash,

zaruriy hisob-kitob ishlarini amalga oshirish hamda ijro etish rejasini tuzish;

- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayoniga tayyorgarlik kо‘rish – materiallar,

asbob va uskunalarni ishga tayyor holatga keltirish;

- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini amalga oshirish – texnologiya

jarayoniga muvofiq bajariladigan mehnat operatsiyalarini amalga oshirish,

ishlayotgan mashina va uskunalarni boshqarish, apparatlar va qurilmalarda rо‘y

berayotgan texnologiya jarayonlarini sozlab turish;

- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini nazorat qilish – texnologiya

jarayonining borishini, о‘z mehnat faoliyati, mashina va uskunalar ishi hamda ish

(mahsulot) sifatini tekshirish va unga baho berish;

- ishlab chiqarish texnologiyasi jarayoniga xizmat kо‘rsatish – mashina va

uskunalarning ishini kuzatib turish, yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va

о‘z ish о‘rnini tashkil qilish.

Demak, kasb-hunar kollejlaridagi amaliy kasbiy ta’limning asosiy mazmuni

о‘quvchilarga tanlagan kasbiga xos bо‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasi

jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat

kо‘rsatish yо‘llarini о‘rgatishdan iboratdir.

Page 80: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

80

BOSHQARUVDA TA’LIM XIZMATI SOHASINING

О‘ZIGA XOSLIKLARI

Rezume. Mazkur maqolada boshqaruvda ta’lim xizmati sohasining о‘ziga xosliklari, shuningdek, О‘zbekistonda ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari va strukturasi, mehnat bozoridagi ahvol va uning oxirgi yillardagi dinamikasi, yoshlarning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy tadqiqotlar tahlili o‘rganilgan.

Tayanch tushunchalar: mehnat bozori va ta’lim, xususiy sektor, kichik biznes, kasb, pul va moliya, buyurtma, investitsiya, innovatsiya, axborot, qimmatli qog‘ozlar.

Abstract. This article deals with the main trends and market of educational services of the structure of Uzbekistan, the state of the labor market and the modern dynamics of its development; It examines the factors that determine the value of education, provides information about a number of trends in the dynamics of demand for occupations.

Key concepts: the labor market and education, private sector, small business, profession, money and finance, order, investment, innovation, information, securities.

Резюме. В данной статье рассматриваются вопросы, касающиеся основных тенденций и структуры развития рынка образовательных услуг Узбекистана, состояния рынка труда и современная динамика её развития; рассматриваются факторы, определяющие значение получения образования, приводятся сведения о ряде тенденций, характеризующих динамику потребностей по профессиям.

Основные понятия: рынок труда и образование, частный сектор, малый бизнес, профессия, деньги и финансы, заказ, инвестиции, инновация, информация, ценные бумаги.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bosqichma-bosqich rivojlanishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan, bir tomondan, ta’lim xizmatlari bozori, ikkinchi tomondan, mehnat bozori kabi muhim komponentlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati ortib bormoqda. Ayrim kasblarga bо‘lgan talabning keskin о‘sishi, mazkur talablarni qondirish uchun ta’lim sohasi imkoniyatlarining cheklangani holda, budjetdan tashqari faoliyat qirralarining kengayishi ma’lum darajada mehnat bozorining talabi va ta’lim muassasalarining taklifi о‘rtasida nomutanosiblikni yuzaga keltirdi.

*Rahmatullayev Dilmurodjon Rahmatullayevich, Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori. E-mail: [email protected]

D. Raxmatullayev*

TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI

Page 81: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

81

Ta’lim va mehnat bozorlarining о‘zaro mutanosibligi bо‘yicha yuzaga kelgan mazkur muammoni hal etish alohida e’tiborni talab etadi. Bunda shu ikki tizim hamkorligini tahlil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ularning о‘zaro bog‘liq holda istiqbol modelini yaratishga qaratilgan bо‘lishi lozim.

A. Doniyorovning fikricha, ta’lim xizmatlari va mehnat bozori nafaqat ta’lim bozoridagi potensial talabning, balki mehnat bozoridagi real taklifning ham omili bо‘lgan malakali ta’limga ehtiyojlar orqali boshqariladi. Shuning uchun ushbu tizimning uchinchi elementi – ta’lim xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi va mehnat sohasidagi bozor munosabatlarining ishtirokchisini tadqiqot jarayoniga jalb qilmasdan ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorining о‘zaro bog‘liq bо‘lgan istiqbollar muammosini hal etish mushkul. Ushbu uchinchi element ma’lum demografik va ijtimoiy parametrlar bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy-mehnat munosabatlarining passiv egasi emas, balki ehtiyojlar, manfaatlar, ta’limga ega bо‘lish va ishga joylashish yо‘llari borasida ma’lum tamoyil va maqsadlarga ega bо‘lgan faol mustaqil subyekt sifatida namoyon bо‘ladi. Bu ta’lim va mehnat bozorlarining о‘zaro mutanosibligi muammosining yana bir qirrasi bо‘ladi1. О‘zbekistonda ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari va strukturasi, mehnat bozoridagi ahvol va uning oxirgi yillardagi dinamikasi, yoshlarning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy tadqiqotlar tahlili hamda statistik ma’lumotlar tahlili hozirgi kunda ular quyidagi xususiyatlar va tendensiyalar bilan tavsiflanayotgani kuzatilmoqda:

- bozor sharoitida uzluksiz ta’lim tizimi yashovchan, moslashuvchan, ijtimoiy о‘zgarishlarga chidamliligini namoyish etdi;

- an’analarni saqlagan va innovatsiyalarni qabul qilgan holda, ta’lim о‘zining asosiy fundamental funksiyalarini bajaradi, shu bilan birga ularni yangi tavsiflar va amalga oshirish mexanizmlari bilan boyitib boradi,

Respublikamizda ta’limning funksional о‘zgarishlari quyidagilar bilan belgilanadi:

- ta’limning saralab olish funksiyasi va ijtimoiy-differensiyalash imkoniyatlarining chuqurlashishi. Bunda ta’limda tengsizlik kelib chiqmaydi va uning rivojlanishini izdan chiqarmaydi;

- xodimning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi va dinamikasining kuchayishi, о‘qitish, qayta о‘qitish, malaka oshirish bо‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etilishi bilan hayot faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sharoitlarga insonning talabchanlik funksiyasining rivojlanishi;

- ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining ortishi, tanlov sharoitlarining tartibga solinishi, ta’lim xizmatlari turlari va shakllarining differensiyalanishi bois

1Дониёров А. Меҳнат бозорини бошқаришда таълим тизимининг ўрни // Таълим менежменти, 2007. – Тошкент. – № 2. – Б. 59-60.

Page 82: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

82

shaxsning kasb-hunar ta’limiga bо‘lgan о‘z ehtiyojlarini qondirishga intilishining kengayishi;

- ijtimoiy talab sust bо‘lgan mutaxassisliklarni egallash sababli mehnat bozorida tanglikning paydo bо‘lishi;

- ta’lim muddatlari va shakllarining о‘zgarishi hamda mutaxassisning mehnat bozoriga qaytarilishi tufayli mehnat bozoridagi tanglikning pasayishi.

Mamlakatda ta’lim olish ahamiyatining ortishi bugungi kunda bir qator omillar bilan belgilanadi:

- turli daraja va yо‘nalishdagi malakali mutaxassislarni talab etadigan sanoat ishlab chiqarishning tez va jadal rivojlanishi;

- iqtisodiyotning xususiy sektori, kichik biznes, dehqon va fermer xо‘jaliklarining yuqori talablari. Bu borada savdo va tadbirkorlikni boshqarish, marketing, qonuniy huquqlarni himoya qilish, ish yuritish, buxgalteriya va boshqa sohalarda personaldan zamonaviy bilimlarni talab etadigan biznes sektorining faol rivojlanishi;

- ijtimoiy faol fikr va ta’limning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishi, muvaffaqiyatli ijtimoiy mobillik va yuqori statusga ega bо‘lish moddiy farovonlikka erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida namoyon bо‘lishi;

- yoshlarning istiqbolli va nufuzli kasblarga tо‘g‘ri yо‘naltirilishi. О‘zbekiston mehnat bozorida keyingi yillarda yuzaga kelgan ahvol tahlili

kasblarga bо‘lgan talab dinamikasini tavsiflovchi bir qator tendensiyalarni aniqlab berdi. Birinchidan, barcha kasb-hunarlar (kasb-hunar ta’limining turli darajasi kо‘zda tutilgan) guruhlari bо‘yicha vakansiyalar soni oshganligi kuzatilmoqda va bu iqtisodiy barqarorlashish, ma’lum iqtisodiy о‘sishdan dalolat beradigan kо‘rsatkichdir. Ikkinchidan, ishchi kasblarga bо‘lgan barqaror talab hamda kasb-hunar ta’limi va tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarga bо‘lgan ehtiyojning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda.

Davlat boshqaruvi siyosatining muhim va strategik omili bо‘lgan mehnat bozori hamda ta’lim sohasidagi aloqadorlik uzoq vaqt davomida chetda qolib keldi. Shu sababli kasb ta’limi bozorining eng muhim hisoblanuvchi qо‘shimcha kichik segmentlarni о‘z ichiga olgan ta’lim bozori rivojlanishiga yetarlicha e’tibor berilmadi. Mehnat bozori ham ta’lim bozori kabi pul va moliya, turar joy, buyurtma, investitsiya, innovatsiya, axborot, qimmatli qog‘ozlar bozorini qamrab oluvchi yagona bozor tizimini tashkil etuvchi tuzilmadir. Hozirgi vaqtda in-vestitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan eng yuqori va tez samara berib, mehnat va ta’lim tizimining barqarorligini ta’minlovchi muhim omil sifatida namoyon bо‘lmoqda.

Bozor munosabatlarining rivojlanishi nuqtayi nazaridan ta’lim bozori muomala sohasi yoki ta’lim xizmatlari oldi-sotdisi yuzasidan olib boriladigan

Page 83: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

83

iqtisodiy mynosabatlar tizimidir. Bunda bozor munosabatlarining boshqa turlaridagidek, xaridor, sotuvchi va xizmat kabi uchta komponentning qatnashishi zarur. Sotiladigan xizmatning xususiyatiga kо‘ra, ushbu bozor xizmatlar sohasiga kiritilishi mumkin, lekin mehnat, axborot, xizmat kabi boshqa turdagi bozorlar bilan chambarchas bog‘langan holda qaralishi kerak. Bozor munosabatlari kontekstida, ta’lim tizimini tadqiq etishda, uni ma’naviy tо‘liqlik jihatidan ta’lim bozoriga yaqin deb qarash mumkin.

Mamlakatimizda muayyan ta’lim darajalari belgilangan, shuningdek, ularning ayrimlari majburiy tarzdadir. Chunonchi, umumiy о‘rta ta’lim majburiy ta’lim sirasiga kiradi. Ta’lim muassasalarining davlat tasarrufidagilarida ham, davlatga qarashli bо‘lmaganlarida ham ta’lim xizmatlari kо‘rsatiladi. Bunda har bir subyekt о‘z shaxsiy intilishlariga, shuningdek, moliyaviy imkoniyatlariga javob beradigan xizmatlarning konkret turini tanlashga haqlidir. Oliy ta’lim kasb ta’limining tarkibiy qismi bо‘lib, kadrlar kasb tayyorgarligining oliy pog‘onasi deb qaraladi.

Subyektning muayyan bilim sohalariga qiziqishini uning tabiatiga xos xususiyat va о‘zi tarbiyalangan muhit shakllantiradi, lekin kasb borasidagi о‘sish yо‘lini tanlash kо‘nikmalari yuzaga chiqishi qiziqishlariga mos ish topishga intilishi bilangina emas, balki asosan moddiy manfaat bilan ham belgilanadi. Inson kapitali nazariyasiga kо‘ra, uning qobiliyatini rivojlantirishga sarf qilingan resurslar “kapital sarflari” deb talqin qilinadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishdagi kapitalning asosiy mezonlari mehnatga moslashtiriladi. Bilim, qobiliyat, malaka va kasb mahorati о‘z-о‘zidan paydo bо‘lmaydi, ular tevarak-atrofni tashkil etadigan shaxslar faol harakatlari natijasida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tegishli ma’lumot olgan va kasb tayyorgarligiga ega subyektga katta miqdorda mehnat, moliyaviy, moddiy va intellektual resurslar sarflangan bо‘ladi1.

Bevosita insonga yо‘naltiriladigan investitsiyalar har qanday kapital sarfi kabi, pirovard natijada, foyda olishni kо‘zda tutadi. О‘z navbatida, ta’limga yо‘naltirilgan barcha investitsiyalar iqtisodiy natija keltirganligi sababli inson kapitali nazariyasini ta’limning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdagi tahlil vositasi sifatida qaraymiz. Shu bilan birga, alohida subyekt, shuningdek, jamiyat uchun qilinadigan sarflar samarasini bir-biridan farqlash lozim. Subyektning umumiy о‘rta ma’lumot olishiga qilinadigan sarflari bevosita о‘quv sarflari deb, subyekt о‘qigan davrida olishi mumkin, lekin undan foydalanilmagan bо‘lsa, boy berilgani “daromad summasi” deb qaralishi kerak. Bunday holat jamiyatda mehnat va ta’lim bozori tizimining о‘zaro bog‘liqligini taqozo etadi.

1Рахимова Д., Абдурахмонов О. Ўзбекистонда меҳнат бозори ва таълим тизимининг бошқарилишида ўзаро алоқадорлик // Таълим менежменти. – Тошкент, 2007. – № 6. – Б. 37-38.

Page 84: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

84

О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YО‘NALTIRISH TIZIMINI AXBOROTLASHTIRISH

Rezume. Maqolada modernizatsiyalashgan ta’lim

sharoitida axborotli jarayonlarning roli, axborot va uni

ishlab chiqish, saqlash va о‘quvchilarni kasb-hunarga

yо‘naltirishda axborot texnologiyalaridan samarali

foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.

Tayanch tushunchalar: kasb-hunarga yо‘naltirish

tizimi, axborotli jarayonlar, globallashuv, umumdavlat

tasniflagichi, kichik mutaxassislar, axborotlashtirish,

shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.

Abstract. The article highlights the issues of the role of information processes in modernized education conditions, information, its development and storage, the possibilities of effective use of information technologies in the vocational guidance of students.

Key concepts: the system of professional direction, information processes,

globalization, national classification, junior specialists, informatization,

education, oriented to the individual.

Резюме. В статье освещаются вопросы о роли информационных

процессов в модернизированных условиях образования, об информации, ее

разработки и хранении, о возможностях эффективного использования

информационных технологий в профессиональной ориентации учеников.

Основные понятия: система профессионального направления,

информационные процессы, глобализация, общегосударственная

классификация, младшие специалисты, информатизация, образование,

ориентированное на личность.

Hozirgi globallashuv davrida ta’lim jarayoniga turli axborotlarning miqdori

va sifatining о‘sishi nuqtayi nazaridan yondashish zarur, chunki mutaxassislarning

e’tirof etishicha, ХХ asrning 90-yillarida axborot hajmi har besh yilda ikki marta

oshgan bо‘lsa, hozirgi sharoitda har ikki yilda uch marta oshishi kuzatilmoqda.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz XXI asrda – intellektual mehnat

va internet davrida, globallashuv zamonida yashayotganimizni, hayot taraqqiyoti

hech qachon bir joyda tо‘xtab turmasligini unutmasligimiz zarurligini hayotning

*Xaydarov Ozodjon Aslamkulovich, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi loyihalashtirish va dasturlashtirish bо‘limi boshlig‘i. E-mail: [email protected]

O. Xaydarov*

MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY FANLAR TA’LIMI

Page 85: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

85

о‘zi taqozo etmoqda”1. Shu nuqtayi nazardan, axborotli jarayonlarning roli

о‘smoqda, axborot va uni ishlab chiqish, saqlash va ta’lim jarayonida

foydalanishga keskin ehtiyoj oshmoqda, bu esa, о‘z navbatida, uzluksiz ta’lim

tizimida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Umumiy

о‘rta ta’lim va о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi uzluksizligini ta’minlashda

о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimi va uning faoliyati muhim ahamiyat

kasb etadi. Pedagogika ensiklopediyasida kasbga yо‘naltirish tizimiga shunday

ta’rif berilgan: “Kasbga yо‘naltirish tizimi – davlat va jamiyat tashkilotlari,

muassasalar, maktablar, shuningdek, oilaning tashkiliy va boshqaruvchan

faoliyati bо‘lib, uning jamiyat manfaatlari va ta’lim oluvchilarning shaxsiy

qiziqishlariga kо‘ra, о‘z-о‘zini kasbiy hamda ijtimoiy aniqlash jarayoni”2.

Ushbu mas’uliyatli vazifani esa Respublika tashxis markazi amalga oshiradi.

О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis

markazlarining pedagog-psixologlari umumta’lim maktabi о‘quvchilarning kasbga

doir bilimlarini, kasbiy qiziqishlari, moyilliklarini hisobga olgan holda ularga

о‘qishni keyingi bosqichda davom ettirish uchun maxsus tavsiyanoma beradilar.

О‘quvchilar ushbu tavsiyanoma asosida tegishli ta’lim muassasasida, ya’ni

akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida о‘qishni davom ettiradilar.

О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimining mazmuni umumta’lim maktabi

о‘quvchilarini о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tayyorlanayotgan kasblar

haqidagi, ya’ni klassifikatordagi “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov

yо‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi”da mavjud bо‘lgan

kasblar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumta’lim maktabi о‘quvchilariga tizimli

ravishda yetkazib va tushuntirib berishdan iboratdir. О‘rta maxsus, kasb-hunar

ta’limining tayyorlov yо‘nalishlari, kasb va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi –

о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash

bо‘yicha ta’lim yо‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblarning tizimlashtirilgan

rо‘yxati bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligining

tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi;

­ klassifikator;

­ qo‘llanish sohasi;

­ me’yoriy hujjatlar;

­ ta’riflar;

1Каримов И. А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 304. 2Сафарова Р., Жўраев Р. Педагогика энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2015. – Б. 320.

Page 86: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

86

­ kichik mutaxassis;

­ mehnat bozori.

Kasb-hunar kollejlarining har bir tayyorlov yо‘nalishida bir necha

kasblarning mavjudligi va har bir kasb bо‘yicha о‘quvchiga tо‘rttagacha ixtisoslik

berilishi munosabati bilan hamda о‘quvchi tanlayotgan kasbi bо‘yicha tо‘liqroq

axborotga ega bо‘lishi uchun ma’lumotlar aynan tasniflagich asosida yoritilib,

ushbu mutaxassisliklarni qayerlarda egallash mumkinligi aniq kо‘rsatilishi lozim,

chunki tasniflagich nafaqat ish beruvchilar, balki о‘rta maxsus, kasb-hunar

ta’limida davlat standartlari, о‘quv rejalari, о‘quv dasturlari va me’yoriy

hujjatlarni ishlab chiquvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika hamda

mahalliy boshqaruv tashkilotlari mutaxassislari, vazirliklar, boshqa xо‘jalik

subyektlari hamda о‘quvchilar bilan birgalikda ularning ota-onalari uchun ham

mо‘ljallangan.

Demak, kasblar haqidagi ma’lumotlarning hajmi shu qadar keng qamrovliki,

uni bugungi amaliyotda pedagog va psixologlar hamda guruh rahbarlari

tomonidan о‘quv darsliklaridagi sahifalar, rasmlar va illustratsiyalar, jadvallar

soni, savol, topshiriq, mashqlarning miqdori kabilar bilan tushuntirib bо‘lmaydi

va о‘quvchiga kasblar haqida tо‘liq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.

Demak, kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish zaruriyati tug‘iladi.

Pedagogika ensiklopediyasida axborotlashtirishga shunday ta’rif berilgan:

“Axborotlashtirish – zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim

jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish va jadallashtirish imkoniyati”3. Shundan

xulosa chiqaradigan bо‘lsak, kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini

axborotlashtirishdan asosiy maqsad sifat jihatdan yangi axborotlashgan kasb-

hunarga yо‘naltirish tizimini barpo qilishdir. Kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini

axborotlashtirish kasb-hunarga yо‘naltirish jarayoni dinamikasini ta’minlash omili

sifatida uning natijalariga salmoqli ta’sir kо‘rsatadi va shu asosda о‘quvchilarni

kasb-hunarga yо‘naltirish jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash

imkoniyatini beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan

samarali foydalanish orqali kasb-hunarga yо‘naltirish tizimi mazmunan

takomillashadi. Jumladan:

­ zamonaviy axborotlashtirilgan о‘quv-tarbiya jarayonida о‘quvchilarni

kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini pedagogik, metodik, texnik va texnologik

rivojlantirish;

3Сафарова Р., Жўраев Р. Педагогика энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2015. – Б. 320.

Page 87: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

87

­ zamonaviy axborotlashtirilgan о‘quv-tarbiya jarayonida о‘quvchilarni

kasb-hunarga yо‘naltirish tizimida kasblar haqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;

­ о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish orqali

kasb-hunarga yо‘naltirish usullari va shakllarini diversifikatsiyalash;

­ о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimining usullari, vositalari va

modellarini modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni yaratish va

amaliyotga tatbiq etish;

­ о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishning axborotlashgan metodik

tizimini ishlab chiqish, natijada о‘quvchi mustaqil ravishda kasb-hunarga doir

ma’lumotlarni jamlash, ma’lumotlar resursini yaratish, qayta ishlash, uzatish va

saqlash imkoniyatiga ega bо‘lishini ta’minlash;

­ о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishning kо‘rgazmali elektron

vositalari va dasturiy tizimini yaratish;

­ istiqbolda shakllanadigan kasblar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish.

Demak, о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish tizimini axborotlashtirish

orqali о‘rta maxsus kasb-hunar tizimidagi mavjud salbiy holatlarning oldi olinadi.

Jumladan:

­ o‘quvchilarning kasb tanlashda bir qarorga kela olmasliklari va

ikkilanishlari;

­ kasblar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarning o‘quvchilarga

yetkazilmaganligi oqibatida ularning istiqboldagi rejalarga ega bo‘lmasligi;

­ o‘qishga kirishga tanlov bo‘lmagan ta’lim muassasasiga hujjat

topshirishi;

­ tengdoshlariga sherik bo‘lib kasb tanlashlari;

­ ba’zi intellektual salohiyat talab qiladigan kasblarga aqliy imkoniyatlari

yetmasligiga ishonch hosil qilishi kabilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish

tizimini axborotlashtirish, birinchi navbatda, malakali kichik mutaxassislar

tayyorlash uchun zamin bо‘ladi, natijada mehnat bozorida malakali kichik

mutaxassis kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj qondiriladi, kasb-hunar kolleji

bitiruvchilarining bandligi ta’minlanadi.

Page 88: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

88

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI YARATISH: E-PUBLISH DASTURI IMKONIYATLARI

Rezume. Maqolada elektron ta’lim resurslari yaratishda E-publish dasturi imkoniyatlari yoritilgan bo‘lib, undan foydalangan holda elektron ta’limiy resurs yaratish jarayoni qadamma-qadam ko‘rsatib berilgan.

Tayanch tushunchalar: ta’limni axborotlashtirish, elektron o‘quv-uslubiy materiallar, E-publish dasturi, ta’lim resurslari yaratish.

Abstract. The article deals with possibilities of the program E-publish in the creation of electronic educational resources, step by step shows the process of creation of electronic educational resources using this software.

Key concepts: informatization of education, e-learning materials, the programm E-publish, creating educational resources.

Резюме. В статье освещены возможности программы E-publish в создании электронных образовательных ресурсов, поэтапно показан процесс создания электронных образовательных ресурсов, используя это программное обеспечение.

Основные понятия: информатизация образования, электронные учебно-методические материалы, программа E-PUBLISH, создание образовательных ресурсов.

Hozirgi kunda mamlakatimizda jahon andazalari talablariga to‘la javob beradigan ta’lim tizimini yaratishga, intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosati olib borilmoqda.

Shu sababdan o‘qitish jarayonini tashkil etish, jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish zarur bo’ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishda eng samarali yo‘l hisoblanadi1.

*Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich, Nizomiy nomidagi TDPU informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. E-mail: [email protected] *Maxamatova Zulfiya Komiljonovna, Nizomiy nomidagi TDPU informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi. 1Begimqulov U. Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshkent: Fan, 2007. – B. 5.

M. Mamarajabov*

Z. Maxamatova*

Page 89: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

89

Axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etishga, elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari, elektron kutubxonalar, audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlardir. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni to‘plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbalardir1.

Biz quyida E-publish dasturi vositasida elektron ta’lim resurslari yaratish imkoniyatlariga to‘xtalmoqchimiz.

E-publish dasturi turli elektron nashr, sayt, masofaviy kurs, portfolio, elektron darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositadir2.

E-Publish konstruktori ofis ilovalar ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, word dasturi bilan ishlashni biladigan har bir foydalanuvchiga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘llanilishda oson bo‘lgan bu dastur qulay interfeysga ham ega bo‘lib, texnik ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan, dasturlashdan xabari yo‘q foylalanuvchi ham o‘z elektron resurslarini yaratishi mumkin.

Turli ko‘rinishlardagi tayyor dizaynlarning mavjudligi yanada qulay. Bundan tashqari E-publish dasturida testlar, fotoalbomlar, lug‘atlar, yangiliklar blokini yaratish uchun ham maxsus shablonlar ham mavjud. Har bir foydalanuvchi o‘z “Virtual kabinet”iga ega bo‘lib, ta’lim resursini boshqarish imkoniga ega bo’ladi.

Ektron ta’lim resurslarini yaratishda Microsoft FrontPage, HTML, Alliare Home Site, E-author kabi dasturiy vositalardan foydalanish mumkin, ammo bu dasturlardan foydalanish uchun maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar talab etiladi. Tanlagan E-publish dasturida foydalanuvchi uchun sodda uskunalar paneli, tayyor shablon (qolip)lar yordamida elektron ta’lim resurslari yaratish imkoniyati mavjud bo‘lib, dasturiy ta’minotning internetda tekin, erkin tarzda taqdim etilayotganligi uning afzalligidir.

E-publish konstruktorining asosiy imkoniyatlari: ­ ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan sahifalar yaratish imkonining

mavjudligi: universal sahifa, test sahifasi, yangiliklar sahifasi, fotoalbom; forum, videokonferensiyalar o‘tkazish imkonini beruvchi muloqot sahifasi;

­ menyularning avtomatik tashkil qilinishi; ­ menyularni boshqaruvchi maxsus tahrirlagichning mavjudligi;

1Hasanboyev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – B. 398. 2Конструктор сайтов E-Publish // http://www.edusite.ru/

Page 90: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

90

­ oddiy va animatsiyali rasmlar, ixtiyoriy fayllar, masalan, flash, audio va videoni joylashtirish;

­ saytdagi barcha matnni indeksatsiyalash imkoniyatining mavjudligi (bu esa ixtiyoriy so‘zni qidirish imkonini beradi);

­ sayt dizaynlari kutubxonasidan foydalanib, saytning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi.

E-publish dasturida elektron ta’lim resurslarini yaratishni qadamma-qadam amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz:

1. Dasturni ishga tushiramiz: Пуск – Все программы – E-publish - Конструктор сайтов yoki kompyuter ish stolidagi yorliq ustida sichqoncha tugmasini 2 marta bosish orqali dasturni ishga tushiramiz.

2. Yangi «реcурc», ya’ni yangi loyiha yaratamiz, buning uchun uskunalar panelidagi «Новый проект» tugmasini bosamiz: yoki “Fayl” menyusidan “Новый проект” (Yangi loyiha)ni tanlaymiz.

3. Natijada «Шаг 1: Выбор шаблона» oynasi ochiladi. Bu oyna ikki qismdan iborat: shablonlar ro‘yxati va tanlangan shablonning ko‘rinishi. Loyiha dizaynini ixtiyoriy paytda o‘zgartirish mumkin. Biror shablonni tanlab, “Вперед” tugmasini bosamiz.

4. Ekranda «Шаг 2: Выбор Расположения объекта» oynasi ochiladi. Dastur avtomatik ravishda “C” diskda maxsus ishchi papka “work” papkasini yaratadi va yangi yaratilayotgan loyihamiz (elektron ta’lim resursimiz) uchun “work” papkaning tarkibida yangi papka yaratishni taklif etadi. Buning uchun “Создатъ папку” tugmasini bosamiz.

5. Yangi papka nomini kiritish uchun oyna paydo bo‘ladi. Unga biror nom, masalan, INF_LOYIHALASHni kiritamiz va “OK” tugmasini bosamiz. Natijada tanlangan shablon asosida uchta oynadan: yuqoridagi sarlavha maydoni, chapdagi mundarija oynasi va o‘ngdagi asosiy ishchi sohadan iborat loyiha maketi hosil bo‘ladi. Dastur avtomatik ravishda “Главная” deb nomlangan mundarijaning birinchi elementini, “Главная” faollashtirilganda ochiladigan “Main” sahifasini yaratadi.

6. Resurs sarlavhasi uning har bir sahifasini ochganda aks etadi, unga, odatda, elektron resursning nomi kiritiladi, biz “Informatikani o‘qitish jarayonini loyihalashtirish” fanidan ta’lim resursini yaratayotgan ekanmiz, “Informatikani o‘qitish jarayonini loyihalashtirish fanidan ta’lim resursi” yozuvini kiritib qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun kursorni loyiha sarlavhasi maydoniga keltirib, yozuvni klaviatura orqali kiritamiz.

“Main” yozuvi o‘rniga boshqa matn kiritish uchun kursorni bu yozuv ustida bosib o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan, “Xush kelibsiz!”. Ishchi sohaga mavzuga oid ixtiyoriy ma’lumotni, masalan, elektron ta’limiy resursning maqsad va vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kiritishimiz mumkin.

Page 91: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

91

7. Mundarijaga yangi element kiritish uchun menyu satridan “Проект – Добавить страницу” buyrug‘ini beramiz.

Natijada “Свойства страницы” deb nomlanuvchi quyidagi yangi oyna hosil bo‘ladi. Ushbu oyna orqali sahifa foni, sahifa haqidagi ma’lumotlar, sahifa turi va nomini o‘rnatish mumkin. Sahifa tipining bir qancha turlari (универсалная, фотоальбом va boshqalar) mavjud. Sahifa turi sifatida “Универсалная”ni tanlab, sahifa nomi “Название страницы” oynasiga “Nazariy ma’lumotlar” yozuvini kiritib, “Добавить” tugmasini bosamiz. Xuddi shu tartibda boshqa sahifalarni ham qo‘shamiz.

8. Sahifaga rasmlar qo‘yishni qarab chiqaylik. Buning uchun “Объекты” menyusidan “Рисунок” punktini tanlaymiz. “Открыть” oynasi ochilib, rasmni tanlash imkoniyati yaratiladi. Zarur suratni tanlab, “Открыть”ni bosamiz ekranda kursor ko‘rsatayotgan joyda surat hosil bo‘ladi.

9. Matn shrift turi, o‘lchami, shaklini o‘zgartirish uchun uskunalar panelidagi – Изменить шрифт (Shriftni o‘zgartirish) tugmasidan foydalaniladi, bunda “Шрифт” oynasi ochiladi.

10. “Файл” menyusiga kirib, “Файл – Сохранить проект”ni tanlasak, ta’lim resursimiz saqlanadi.

Dastur imkoniyatlaridan yana biri, bu elektron resursga animatsiyalar, video va audio fayllarni ham joylashtirish mumkinligidir. Bu esa o‘qituvchiga yaratilgan elektron resursdan foydalanib, axborotni turlicha (matn, animatsiya, tovush, video) shaklda yetkazishga sharoit yaratadi. Bu ta’lim muhitini shakllantirishdan tashqari, o‘qituvchi axborotni ifodalashga ketadigan vaqtni tejashi tufayli materialni tushuntirishga ko‘proq vaqt ajratishi mumkin.

Bunday elektron ta’lim resurslaridan foydalanish orqali dars jarayonini qiziqarli, samarali bo‘ladi hamda o‘rganish individuallashadi, natijalarni baholash esa obyektiv yondashish bilan birgalikda o‘z vaqtida amalga oshiriladi.

Elektron ta’lim resurslarini yaratishda E-publish dasturidan foydalanish “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv amaliyoti jarayoniga tatbiq etildi va uning imkoniyatlaridan foydalanib informatika fanining turli bo‘limlaridan elektron resurslar yaratishga erishildi.

Xulosa qilish mumkinki, E-publish kabi dasturlarni ta’lim tizimida qo‘llash mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham qulaylik va yengillik yaratib beradi. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda har qanday murakkablikdagi elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni tezkorlik bilan yaratish va undan o‘quv jarayonida foydalanish imkonini beradi.

Page 92: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

92

ПОДЪЯЗЫК ЖИВОПИСИ И ДУХОВНО-ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ СТУДЕНТОВ

Rezume. Maqolada tasviriy san’at asarlaridan foydalangan holda kommunikativ madaniyatni shakllantirish masalalari tadqiq qilingan.

Tayanch tushunchalar: rang-tasvir asarlari tili, nutqning ilmiy-ommabop (san’atga doir) uslubi, o‘quv lug‘atlari majmuasi, kommunikativ madaniyatning shakllanishi, tasviriy san’at, ma’naviy-estetik tarbiya.

Abstract. The article explores the ways of developing of communicative culture through the use of works of art.

Key concepts: sub-language of painting, popular science (art history) sub-genres of speech, educational complex vocabularies, formation of communicative culture, works of fine art, spiritual and aesthetic education.

Резюме. В статье рассматриваются пути развития коммуникативной культуры за счет использования произведений искусства.

Основные понятия: подъязык живописи, научно-популярный (искусствоведческий) подстиль речи, комплекс учебных словников, формирование коммуникативной культуры, изобразительное искусство, духовно-эстетическое воспитание.

Идеи гуманизации, гуманитаризации, демократизации образования, приобщения к национальной духовности в гармоничном соотношении с общечеловеческими ценностями, в частности к бесценному культурному наследию, создававшемуся на протяжении веков великими предками, воплощенному в изобразительном искусстве Узбекистана, в сопоставлении с произведениями мировой живописи, а также формирования у студентов навыков самостоятельной работы, овладения методами творческого познания окружающей действительности должны получить широкую интерпретацию в системе непрерывного образования.

На современном этапе теоретическо-методические основы коммуникативного развития учащихся, студентов с опорой на использование произведений изобразительного искусства Узбекистана и мира освещены в работах таких исследователей как Н. Г. Каменецкая, Л. Н. Рахматуллаева, И. В. Клименко1. Условием эффективности формирования

*Клименко Ирина Викторовна, доцент кафедры педагогика и психология УзГИФК, кандидат педагогических наук. 1Каменецкая Н. Г. Изобразительный комментарий на начальном этапе изучения систематизированного курса русской литературы в киргизской школе: дисc. … канд. пед

И. Клименко*

IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR TA’LIMI

Page 93: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

93

коммуникативной культуры на материале произведений художников Узбекистана, которые развивают и углубляют умение за конкретным видеть общее, сущностные черты характеров людей, явлений природы, общественной жизни, тем самым учат познавать мир, окружающую подрастающие поколения действительность, стало создание специальных учебных словников подъязыка живописи и типологии упражнений, ориентирующих на обогащение словарного запаса обучаемых общекультурной и искусствоведческой лексикой и развитие коммуникативно-речевых навыков на изучаемом (русском) языке.

С опорой на известные лингвистические исследования нами рассмотрен ряд вопросов, касающихся природы подъязыка живописи: история создания терминосистемы подъязыка живописи1, источники и характер лексических заимствований2, сущностные особенности научно-популярного (искусствоведческого) подстиля по сравнению с научным, одним из составляющих которого является подъязык живописи3, системные взаимосвязи подъязыка живописи с общелитературным языком на уровне лексики и фразеологии, словообразования, полисемии, омонимии, синонимии, морфологии и синтаксиса, стилистики4.

наук. – Фрунзе, 1985. – C. 24; Рахматуллаева Л. Н. Терминологическая лексикография как основа обучения искусствоведческой лексике: дисc. … канд.пед.наук. – Ташкент, 1989. – С. 23; Клименко И. В. Развитие связной русской речи старшеклассников-узбеков с опорой на материалы живописи Узбекистана: дисс. … канд.пед.наук. – Ташкент, 1999. – С. 24. 1Морковкин В. В. Термины и возможный способ их описания в словаре активного типа // Проблемы разработки и упорядочения терминологии. – Москва: Наука, 2003. – С. 150-158; Толикина Е. Н. Некоторые лингвистические проблемы изучения термина // Лингвис-тические проблемы научно-технической терминологии. – Москва: Наука, 2000. – С. 53-57; Герд А. С. Терминологический словарь среди других типов словарей // Современная русская лексикография. – Москва: Наука, 2011. – С. 145. 2Реформатский А. А. Что такое термин и терминология // Вопросы терминологии. – Москва: РАН, 2001. – С. 46-54; Моисеев А. И. О языковой природе термина // Лингвистические проблемы научно-технической терминологии. – Москва, 2010. – С. 125-128; Бабкин А. М. Новый академический словарь русского языка. – Москва: Наука, 2001. – С. 71; Перерва В. М. Перерождаются ли термины в общем употреблении? // Современная русская лексикография. 1980. – Москва: Наука, 2001. – С. 145. – С. 89-97. 3Фудель И. С., Васильева А. Н. Научно-популярный жанр (К вопросу о возможностях его использования в практике преподавания русского языка иностранцам) // Вопросы стили-стики в преподавании русского языка иностранцам. – Москва: МГУ, 2006. – С. 104-108; Кожина М. Н. О речевой системности научного стиля сравнительно с некоторыми дру -гими: – Пермь, 2002. – С. 396. 4Виноградов В. В. Проблемы русской стилистики. – Москва: Высшая школа, 1981. – С. 320; Шмелев Д. Н. Проблемы семантического анализа лексики – Москва: Наука, 2003. – С. 280; Даниленко В. И. Русская терминология (Опыт лингвистического описания). –

Page 94: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

94

Для анализа подъязыка живописи нами были использованы репрезентативные выборки на базе искусствоведческих текстов о творчестве художников Узбекистана и мира, об истории становления изобразительного искусства Центральной Азии, о тенденциях развития современной живописи. Общий объем выборок (текстового материала) составил 6280 слов, из которых было выявлено 545 интересующих нас лексических единиц, которые составили материал соответствующей картотеки. Использовался также метод фронтального анализа толковых, двуязычных, терминологических, энциклопедических, этимологических, словообразовательного словарей, словарей иностранных слов, сочетаемости, синонимов, а также учебных программ, учебников, учебных пособий, материалы которых соотносились с собственно текстовым материалом по изоискусству. Проведенный нами разносторонний лингвистический анализ подъязыка живописи позволяет констатировать, что подъязык живописи – это функционирующая разновидность русского литературного языка, отличающаяся диалектическим единством противоположностей. Лексический состав этого подъязыка выполняет как специфическую социально-терминологическую функцию, так и функцию обычных слов в зависимости от конкретной ситуации речи и поставленной коммуникативной задачи1.

Подъязык живописи, отличаясь богатством семантики, словообразовательных и морфолого-синтаксических средств, а также богатством явлений полисемии, омонимии, синонимии, фразеологии, семантического поля цвета, представляет несомненный лингвистический и лингводидактический интерес. Внутрисловные морфемные средства словоформ подъязыка живописи при взаимосвязанном обучении языкам и изоискусству позволяют выражать богатую палитру словообразовательных, лексико-грамматических и экспрессивно-стилистических значений, что играет значительную роль в развитии познавательного интереса к изучению языков, расширении духовно-эстетического кругозора, углублении нравственно-этического воспитания, усилении профессиональной направленности обучения в системе непрерывного образования (особенно в учебных заведениях гуманитарно-эстетического, педагогического,

Москва: Наука, 2007. – С. 244; Шанский Н. М. Лексикология современного русского языка. – Москва: Просвещение, 2002. – С . 3 1 6 ; Сергеев В. Н. К истории терминологии изобразительного искусства в русском зыке XVIII – начала XIX вв. // Материалы и исследования по лексике русского языка XVIII в. – Москва: Наука, 2005. – С. 301-317. 1Берков В.П. Вопросы двуязычной лексикографии. – Санкт-Петербург: Санкт-Петербург ГУ, 2003. – С. 191.

Page 95: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

95

творческого профиля), а главное – в формировании коммуникативной культуры, культуры педагогического и общечеловеческого общения.

Впервые проведенное нами в учебных целях сопоставительное исследование подъязыка живописи в русском и узбекском языках с опорой на известные работы в области языковых контактов, общих и частных проблем сопоставительного изучения языков, вопросов дву- и многоязычия1 позволило выявить три основных группы данных лексем с точки зрения графического облика и семантического объема:

а) совпадающие в обоих языках (альбом, анималист, графика); б) частично различающиеся как графически, так и в плане

грамматической функции (декоративный (рус.) – dekerativ (узб.), карикатурный (рус.) – hajviy (узб.));

в) разные по звуковому облику и написанию или отсутствующие в одном из языков (карандаш (рус.) – qalam (узб.), красить (рус.) – bo‘yamoq, rang bermoq (узб.)).

Сопоставительный анализ дал возможность, в частности, констатировать, что а) простым с точки зрения морфологической структуры русским прилагательным, обозначающим цвет, в узбекском языке соответствуют простые (рус. русый – узб. malla, лиловый – nаfаrmоn), составные (рус. карий – узб. qo‘y ko‘z, изумрудный – zumrad rang, белоснежный – qоrdek oq), составные сложные прилагательные (рус. оливковый – узб. оch jigarrang, терракотовый – qizg‘ish jigarrang, фиолетовый – to‘q binafsha rang), свободные словосочетания (рус. шоколадный – узб. shokolad rangiga o‘xshagan); б) семантический объем прилагательных цветообозначения в русском языке является более широким по сравнению с узбекским языком. Например, лексико-семантическая группа (ЛСГ) со значением коричневого цвета в русском языке (по исследованным источникам) насчитывает тридцать одну лексическую единицу, а в узбекском языке – двадцать две (рус, коричневый – узб. qo‘ng‘ir, горчичный – gungurt, табачный – tamaki rang и т.д.)2. Поэтому в методическом плане

1Выготский Л. С. Мышление и речь. – Москва: Педагогика, 2012. – Т.3. – С. 504. Тохтаходжаева М. Х. Двуязычные словари и принципы их составления Под ред. Н.М. Шанского – Ташкент: Укитувчи, 1981. – С. 180. Поливанов Е.Д. Опыт частной методики преподавания русского языка. – Ташкент: Укитувчи, 1988. – С. – Ч. 1. 128. Файзуллаева Ш. А. Проблема соотношения функционального и семантического в практике преподавания русского языка как неродного // Вопросы методики преподавания русского языка в национальной аудитории. – Ташкент, 1998. – С. 120. – С. 4-10. 2Айтмамбетов Ф. У. Тематическая группа лексики со значением коричневого цвета в русском и узбекском языках // Актуальные проблемы формирования профессиональной компетенции студентов при параллельном изучении языков. – Ташкент, 1993. – С. 208.

Page 96: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

96

целесообразно в первую очередь активизировать те лексические единицы цветообозначения в русском языке, которые имеют соответствия в родном (узбекском) языке обучаемых, а все остальные – на последующих этапах обучения.

В целом сопоставительно-типологический анализ лексики подъязыка живописи в русском и узбекском языках, проведенный нами в учебных целях, выявил как схождения, так и расхождения в системных явлениях на семантическом, фонетико-орфографическом, морфологическом, стилистическом уровнях. Классификация и анализ дифференционального и общего в лексике подъязыка живописи наряду с учетом специфических особенностей и своеобразия данного пласта лексики в современном русском и узбекском языках являются определяющими факторами при обосновании содержания и методов формирования коммуникативной культуры учащихся, студентов в социально-культурной сфере на материале произведений изобразительного искусства Узбекистана.

Ведущими принципами разработки словников подъязыка живописи мы считаем принципы самодостаточности и учебно-методических целесообразности1, базирующиеся на концепции значения слова (абсолютная целостность слова+элементы сочетаемостной ценности + тип лексико-семантического варианта (ЛСВ) по его значению, например, фразеологически связанному), что предопределило необходимость разработки комплекса учебных словников названной выше категории лексики, в которых активизируемые слова были представлены в основных своих характеристиках (значение, форма, структура, функция, степень соответствия с родным языком обучаемых). В результате было создано 10 видов учебных словников: 1) исходный учебный словарь-минимум лексики подъязыка живописи, 2) учебный русско-узбекский словарь-минимум соответствующей категории лексики, 3) учебный русско-узбекский словарь цветовой лексики, 4) словарь синонимов цветовой лексики, 5) учебный толковый словарь-минимум подъязыка живописи, включающий в себя грамматический, орфоэпический, этимологический, исторический комментарий, 6) словарь тематических групп лексики изоискусства, 7) учебный словообразовательный (гнездовой) словарь-минимум подъязыка живописи, 8) словарь сочетаемости лексем подъязыка живописи, 9) словарь сложных, сложносокращенных лексем подъязыка живописи, 10) словарь

1Денисов П. Н. Лексика русского языка и принципы ее описания. – Москва: Русский язык, 2010. – С. 251.

Page 97: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

97

устойчивых словосочетаний и фразеологизмов искусствоведческой тематики в современном русском языке.

Данный комплекс специальных учебных словников подъязыка живописи, духовный и «речевой» потенциал отобранных социально и личностно значимых картин художников Узбекистана в сопоставлении с произведениями мировой живописи, ведущих студентов от «родного порога» в мир общечеловеческой культуры, познавательный материал (высказывания выдающихся деятелей искусства, тексты, стихотворения, пословицы, поговорки) культурно-эстетической тематики, традиционные и нестандартные формы работы, инновационные личностно-ориентированные технологии1 послужили основанием для разработки системы формирования коммуникативной культуры, базирующейся на общедидактических и лингводидактических принципах преемственности, методической целесообразности, систематичности и регулярности, опоры на межпредметные связи (родной язык, изоискусство), коммуникативности, единства обучения и воспитания2, которая схематично выглядит следующим образом (таблица 1).

Таблица 1.

I подсистема II подсистема III подсистема

Рецептивные упражнения Репродуктивные упражнения

Продуктивные упражнения

1 комплекс – упражнения на выявление, осознание структуры и семантики лексики подъязыка живописи и их классификацию

1 комплекс – упражнения на формирование навыков правильного произношения и написания лексем подъязыка живописи

1 комплекс – упражнения на составление диалогических единств (дискуссии, викторины, конференции, телемосты, инсценировки)

2 комплекс – упражнения на усвоение речеведческих сведений об особенностях отобранных жанров живописи для

2 комплекс – упражнения на автоматизацию лексического навыка на материале подъязыка живописи

2 комплекс – упражнения на структурирование диалого-монологических высказываний (ситуативные и ролевые игры, интервью, экскурсии, репортажи из

1См. Клименко И. В. Развитие коммуникативной культуры с использованием произведений художников Узбекистана в системе непрерывного образования // Педагогика. – Ташкент, 2016. – №1. – С. 96-102. 2Ильин М. С. Основы теории упражнений по иностранному языку – Москва: Педагогика, 2005. – С. 151. Пассов Е. И. Основы коммуникативной методики обучения иноязычному общению. – Москва: Русский язык, 2009. – С. 277. Андриянова В. И. Теория и практика обучения узбекских школьников устноречевому общению на русском языке: дисс. ... док.пед.наук. – Ташкент, 1997. – С. 39.

Page 98: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

98

использования на занятиях

музеев, Домов-музеев, Выставочного зала на материале произведений художников Узбекистана)

3 комплекс – упражнения на развитие и упрочение навыков узнавания различных жанров живописи, наблюдения над структурой и композицией текста, выявление и классификацию средств обеспечения связности речи

3 комплекс – упражнения на отработку и развитие навыков составления предложений и ССЦ с опорой на произведения узбекского и мирового изобразительного искусства, закрепление лингвистических сведений и типах речи (повествование, описание, рассуждение)

3 комплекс – упражнения на продуцирование монологических высказываний (повествование, описание, рассуждение) с опорой на творчество художников Узбекистана в сопоставлении с произведениями мировой живописи

Предложенная система обучения на базе произведений изобразительного искусства Узбекистана, отражающих историю, природный и культурный ландшафт, традиции, обычаи, ценности, стереотипы мышления узбекского народа, с одной стороны, помогла студентам войти в мир высочайшего человеческого духа, в мир гармонии и красоты, создала для них «эстетическую школу», способствовала углублению национального и гражданского самосознания, патриотических чувств, с другой, интенсифицировала речемыслительную деятельность, породила стремление разобраться в сложных путях развития изобразительного искусства Узбекистана, в проблемах сохранения и приумножения культурно-исторического наследия своего народа, обменяться с друзьями и педагогами интересными фактами культурной жизни современного Узбекистана, выразить свое отношение к ним, и в целом содействовала достойному представлению подрастающего поколения Республики Узбекистан на международной арене как всесторонне развитых (интеллектуально, духовно, эстетически) граждан демократического государства.

Page 99: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

99

TALABA-YOSHLARDA QONUNGA HURMAT

FAZILATLARINI TARBIYALASH

Rezume. Maqolada talaba-yoshlar ongida huquqiy

tarbiya shakllantirish hamda qonunga hurmat

fazilatlarini tarbiyalash masalalari yoritiladi.

Tayanch tushunchalar: mafkura, g‘oya, huquqiy

madaniyat, huquqiy norma, huquqiy tarbiya.

Abstract. The article highlights the issue of the

formation of legal education in the minds of young

people, as well as the education of a sense of respect for the law.

Key concepts: ideology, idea, provovaya culture, the legal norm, the

provisional education.

Резюме. В статье освещается вопрос формирования правового

воспитания в сознании молодёжи, а также воспитания чувства уважения

закона.

Основные понятия: идеология, идея, прововая культура, правовая

норма, прововое воспитание.

Mamlakatimizda yoshlarni yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazib borish

davlatimiz siyosatida alohida о‘ringa ega. Har jihatdan yetuk bо‘lgan yosh avlod

О‘zbekiston kelajagining poydevori bо‘lgani uchun ham bunday insonlarni

shakllantirib borish dolzarb vazifalaridandir.

Yoshlar tarbiyasi va xulq-atvorining ijtimoiy jihatdan faollashib borishiga

salbiy ta’sir kо‘rsatadigan tahdidlarning xavf-xatari ortib bormoqda. Yoshlarning

ongi va qalbini egallab, yovuz g‘oyalar ta’sirida yoshlarda qonunlarga itoatsizlik

tuyg‘ularini shakllantirish bunday tahdidlarning asosiy maqsadlaridan biri

hisoblanadi. Bugungi kunda mafkura maydonlarida olib borilayotgan kurashning

asosiy oqibatlaridan biri yoshlar tomonidan huquqbuzarlik holatlari bunday salbiy

illatlarning oldini olishning ta’sirchan usullaridan biri yoshlar о‘rtasida

profilaktika(tushuntirish) ishlarini kuchaytirish va huquqiy bilim orqali ta’sirni

oshirishdir. Shu maqsadda yoshlarda mamlakatimiz qonunlariga hurmatni

yanada kuchaytirish asosiy maqsadlardan biri bо‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda

amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda qonunlarning о‘rni va ahamiyati katta

*Faxriddinova Nargiza Shamsiddinovna, mustaqil tadqiqotchi. E-mail: [email protected]

N. Faxriddinova*

Page 100: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

100

bо‘lgani uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tamoyillarda

qonun jamiyatda ustuvor bо‘lishi zarur ekanligi alohida ta’kidlanadi.

Mamlakatimiz о‘z mustaqil yо‘lini tanlab olar ekan, milliy

taraqqiyotimizning о‘ziga xos bо‘lgan yo‘lini tanladi. О‘zbekiston kelajagini

belgilab beradigan asosiy tamoyillardan biri jamiyatda qonun ustuvorligiga

erishish tamoyilidir.

Qonunning jamiyat yuksalishida, tinchlik va barqarorlikka erishishda uning

barqarorligini ta’minlashda, о‘rni katta ekanligini tarix doimo asoslab berib

kelmoqda. Jamiyatning har bir a’zosida, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilim va

madaniyatini yuksaltirib borish ularning qonunlarga hurmat fazilatlarini

shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun ham huquqiy tarbiya

ta’lim sohasida о‘zining alohida о‘rniga ega bо‘lib kelmoqda. Prezidentimiz Islom

Karimov yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirib borishning dolzarbligi

haqida gapirib, quyidagi fikrlarni ta’kidlab о‘tadilar: “Huquqiy madaniyat saviyasi

qabul qilingan qonunlar soni emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda

ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va

normativ hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida

ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali

amal qilgan taqdirdagina yashaydi va rо‘yobga chiqadi”1.

Prezidentimiz ta’kidlab о‘tganlaridek, yosh avlodda huquqiy madaniyatni

shakllantirib borish hamda huquqiy saviyaning yanada yuqorilab borishi

mamlakatimiz kelajagi uchun katta ahamiyatga egadir. Jamiyatning har bir a’zosi

tomonidan qonunlarga itoat qilgan holda faoliyat kо‘rsatishga erishish bugungi

kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib kelmoqda.

Yoshlarda qonunga hurmat fazilatlarini shakllantirishning о‘ziga xos usullari

mavjud. Avvalambor, barcha ta’lim muassasalarida yoshlarda qonunlarga hurmat

bilan qarash fazilatini shakllantirishda qonun bilan bog‘liq bо‘lgan mavzularda

davra suhbatlari, savol javob uchrashuvlari, insholar tanlovini tashkil etish,

huquq-targ‘ibot idoralari xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilishi katta

ahamiyatga egadir.

Demokratik taraqqiyot yо‘lini tanlab olgan va kuchli fuqarolik jamiyatini

yaratishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan О‘zbekiston sharoitida qonun

1Karimov I. A. Buyuk kelajak sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – B. 127.

Page 101: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

101

ustuvorligiga erishish va jamiyatning har bir a’zosida qonunlarga hurmat

fazilatlarini shakllantirish tarixiy zaruratga aylangan. Shuning uchun ham

yoshlardagi bunday fazilatlarni shakllantirish maqsadida huquqiy tarbiyaga katta

e’tibor qaratib kelinmoqda. Huquq sohasidagi ilmiy ta’limotlarni rivojlantirishga

katta hissa qо‘shgan olimlarimizdan U. Tojixonov, U. X. Saidova, O. Karimova, Z.

G‘ulomova, X. Tо‘ychiyeva singari olimlarimiz о‘z asarlarida huquqiy tarbiyaning

inson kamolotida va butun hayotiy faoliyatida о‘rni qanday ekanligini keng yoritib

berib kelmoqda. Jumladan, A. Saidov, U. Todjixonov-larning “Davlat va huquq

nazariyasi”1.

Huquqiy tarbiya fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy

vositadir. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy

bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va

malakalarni hosil qilish, ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va

huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon

hisoblanadi2.

Yoshlarga berilayotgan huquqiy tarbiya о‘z oldiga aniq maqsadlarni qо‘ygan

holda amalga oshirilib boriladi. Huquqiy tarbiyani yanada kuchaytirilgan holda

amalga oshirishning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

­ о‘z oldida turgan mas’uliyatni his qila oladigan barkamol avlodni voyaga

yetkazish;

­ yoshlarni turli yovuz g‘oyalar ta’siridan saqlab qolish;

­ yoshlarda qonunlarga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirish;

­ jamiyatda qonun va adolat ustuvorligiga erishishdir.

­ Huquqiy tarbiyani tug‘ri tashkil etilishi yoshlar tarbiyasiga katta ta’sir

kо‘rsatishi jahon tajribalarida asoslab berib kelinmoqda.

Qonunlarga itoat qilgan holda yashash inson kamolotiga va jamiyat

taraqqiyotiga hamda tinchlikka, farovon hayotga katta ta’sir kо‘rsatishini kо‘plab

misollar bilan asoslab bersa bо‘ladi. Tarixda katta nom qoldirgan Bobil hukmdori

Xammurapining hayotga tatbiq etgan asosiy siyosati qonunlarni ishlab

chiqqanligi, о‘z mamlakati fuqarolarini qonunlarga itoat qilgan holda yashashga

1Саидов А. Х., Таджихонов У. Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: Адолат 2001. – Б. 27. 2Педагогика назарияси ва тарихи // Педагогика назарияси. 1-қисм. – Тошкент: Иқтисод-молия, 2007. – Б. 247.

Page 102: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

102

о‘rgatishidir. Qadimda Bobilda qonunlarning ustuvor bо‘lganligi mamlakatning

gullab-yashnashiga va qudratli davlatga aylanishiga sababchi bо‘ldi.

Amir Temur asos solgan markazlashgan qudratli davlatning asosiy ham

ustuni qonun ustuvorligi edi. Amir Temurning “Kuch – adolatda” degan g‘oyasi u

tuzgan ulkan mamlakatning uzoq vaqt mobaynida qudratli bо‘lishini ta’minlab

keldi. Tarixdan bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.

Qonunlarga amal qilgan holda faoliyat kо‘rsatish demokratik jamiyatga xos

bо‘lgan xususiyatdir. Bugungi kunda О‘zbekiston aholisining katta foizini yoshlar

tashkil etadi. Ularga О‘zbekiston kelajagini ta’minlab beradigan kuchlar sifatida

qarab kelinmoqda, shuning uchun ham ularning huquqiy bilimlari va

madaniyatlarini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga

aylangan. Yoshlarda qonunlarga hurmat fazilatlarini shakllantirib borishning eng

asosiy omili huquqiy tarbiya hisoblanadi. Huquqiy tarbiyaning demokratik

talablar asosida olib borilishi har bir kishining huquqiy ongini, madaniyati va

tafakkurini yuksaltirib borishga xizmat qiladi. Yoshlardagi bunday ulg‘ayib borish

taraqqiyotimizning poydevorini yanada mustahkamlaydi.

Huquqiy tarbiya ta’lim tizimining muhim bosqichi hisoblanadi. Huquqiy

tarbiyaning inson kamlotida о‘rni katta ekanligini quyidagi fikrlar asoslab beradi:

“Huquqiy tarbiya shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga

kо‘rsatiladigan, aniq maqsadga yо‘naltirilgan, rejalashtirilgan va maxsus huquqiy

tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir”1.

Har qanday huquqiy tarbiyaning zaminida qonunga rioya qilib yashash,

ularga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirish maqsadlari yotadi. Fuqarolik

jamiyatining asosiy ustunlaridan biri qonun ustuvorligi bо‘lganligi uchun ham

ularga hurmat bilan qarash yuksak ma’naviy fazilat hisoblanadi. Mamlakatimizda

qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini jamiyatda huquqiy madaniyatni

yuksaltirish milliy dasturini hayotga tatbiq qilib borilishida yuksak huquqiy

saviyaga ega bо‘lgan kadrning о‘z о‘rni bor. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining

talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladigan huquqiy tarbiyaning oldiga

muhim vazifalar qо‘yilmoqda. Bunday vazifalarning bajarilishi yoshlarda huquqiy

voqelikka doir bilimlarning shakllanib borishiga xizmat qiladi. Yoshlarni huquqiy

jihatdan bilimlari jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki

1Saidov A. X., Tadjixonov U. T. Davlat va huquq nazariyasi. II-jild. – Toshkent: 2001. – B. 187.

Page 103: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

103

huquqiy bilimini yuksak bо‘lgan insonlar qonunlarga nisbatan zid ish qilmaydi

hamda qonun buzulishlarini oldini olishga harakat qiladi. Mustaqilligimizning 25

yilligi ichida huquqiy bilimlarni yuksaltirish borasida kо‘plab ishlar amalga

oshirildi. Bunday ishlar natijasida jamiyatning har bir a’zosida, avvalambor

yoshlarda qonunlarga hurmat bilan qarash va ularga amal qilgan holda yashashga

intilish fazilatlari shakllantirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan, huquqiy

tarbiyani kuchaytirib borishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ham jamiyatning

yuksaltirishda faol qatnashishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan barkamol avlodni

voyaga yetkazishdir.

Yoshlarni qonunlarga hurmat qilgan holda yashashga va faoliyat

kо‘rsatishga intilish fazilatlarini shakllantirib borishning qator omillari va

vositalari mavjud. Oilalarda, maktablarda, mahallalarda huquqiy tadbirlarni

yanada kuchaytirish zarur va muhim ahamiyatga egadir. Bu borada quyidagilarni

ham amalga oshirish maqsadga muvofiq:

­ oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligida huquqiy tarbiyaga katta

e’tibor qaratish.

­ yoshlar о‘rtasida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirilgan holda

tashkil etish.

­ yoshlar о‘rtasida turli xil anketa-sо‘rov ishlarini tashkil etib borish.

­ qonunlarga itoatsizlik va qonunbuzarlik qanday salbiy oqibatlarga olib

kelishi mumkin ekanligini yoritib beruvchi filmlarni kо‘rsatib borish.

Yoshlarni har jihatdan yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazish davlatimiz

siyosatining ustuvor, eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu masalada, ayniqsa,

ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Ta’lim muassasalarida huquqiy bilimlarning

turli omil va vositalardan foydalanilgan holda chuqur singdirilib borishi о‘zining

ijobiy natijalarini beradi. Qonun ustuvorligining mohiyatini anglash,

taraqqiyotning о‘zbek modelida belgilangan jamiyatda qonun ustuvorligiga

erishish asosiy tamoyillardan biri ekanligi mohiyatini anglash har bir inson uchun

zarurdir.

Page 104: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

104

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI XALQ CHOLG‘U ASBOBLARINI CHALISHGA О‘RGATISH

Rezume. Mazkur maqolada bolalarni о‘zbek xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish haqida fikr yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: о‘zbek xalq cholgu asboblari, ansambl, ijodiy faoliyat, qobiliyat, musiqiy xotira, maktabgacha ta’lim, musiqiy-didaktik о‘yinlar, tashkilotchi, repertuar.

Abstract. This article describes how to use modern technologies in teaching children to play the Uzbek folk instruments.

Key concepts: Uzbek folk instruments ensemble, creativity, ability, musical memory, pre-school education, musical-didaktic games, organizer, repertoire.

Резюме. В данной статье рассматривается вопрос применения возможностей современных педагогических технологий при обучении детей игре на узбекских народных инструментах.

Основные понятия: узбекские народные инструменты, ансамбль, творческая деятельность, способность, музыкальная память, дошкольное образование, музыкально-дидактичекие игры, организатор, репертуар.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida musiqa hamma vaqt ham muhim о‘rin tutgan. Avstriyalik kompozitor va pedagog K. Orf ta’kidlaganidek, bola keyinchalik kim bо‘lmasin: musiqachimi yo shifokor, olimmi yo ishchi, pedagogning vazifasi unda ijodiy ibtido, ijodiy tafakkurni tarbiyalashdan iborat1. V. A. Suxomlinskiyning ta’kidlashicha esa, musiqiy ta’lim musiqachini emas, eng avvalo, insonni tarbiyalashdir2.

Sharqda qadimdan ustoz-shogirdlik asosiga qurilgan kasbiy ta’lim keng tarqalgan. Musiqa san’atida bu an’ana Andijon, Marg‘ilon, Qо‘qon, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi shaharlar ustoz-musiqachilari faoliyati mahsuli sanaladi. Sharqning buyuk allomalari Forobiy, Ibn Sino, Kaykovus, Umraviy, Jomiy, Kavkabiy, Dervesh Ali va boshqalarning musiqiy-pedagogik qarashlari, ular taklif qilgan metodikalar soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otadi. Abu Nasr Forobiy nafaqat “Kitob al-musiqa al-kabir” asarining muallifi, balki kо‘plab cholg‘u asboblarini chala olgan mohir sozanda sifatida ham nom qozongan. Manbalarda

*Rejametova Nilufar Ilxamovna, О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, katta ilmiy xodim-izlanuvchi. E-mail: [email protected] 1Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – С. 80. 2Сухомлинский, В.А. Мудрая власть коллектива: методика воспитания... к ученику // Воспитание школьников. – Москва: 1991. – № 4. – С. 9-11.

N. Rejametova*

SAN’AT VA JISMONIY MADANIYAT TA’LIMI

Page 105: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

105

aytilishicha, u о‘z ijrosi bilan kishilar kо‘nglini g‘amdan xalos qila olgan, insonlarni о‘yga toldira olgan, yuraklarda zavq, hayrat uyg‘ota olgan, uning ijrosidan kishilar uyquga ham ketib qolgan1.

Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan. Bu borada musiqiy ta’lim va tarbiyaning alohida о‘rni va ahamiyati me’yoriy hujjatlarda о‘z aksini topgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “2016-2020-yillarda bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi №PQ-2345 sonli Qarori fikrimizning yorqin tasdig‘idir2. Musiqa ta’limining asosiy vazifasi shunchaki musiqa haqida bilim berish, cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish emas, balki musiqa bilan shug‘ullanish orqali bola shaxsini rivojlantirishdan iborat.

Musiqiy ta’limga yangicha qarashlar bolalarning musiqiy savodxonligini rivojlantirishda mutlaqo boshqacha, tobora samarali va natijaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Musiqiy tarbiyada pedagogik texnologiya – MTM musiqa rahbariga kasbiy faoliyat vazifalarini samarali hal qilish imkonini beradigan pedagogik instrumentdir. Ma’lumki, pedagogik texnologiyaning asosiy mezonlari konseptuallik, tizimlilik, boshqariluvchanlik, samaradorlik, qayta yaratiluvchanlik kabilar sanaladi.

Konseptuallik – ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, didaktik, ijtimoiy-pedagogik asoslarini о‘z ichiga olgan ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish.

Tizimlilik – pedagogik texnologiya tizimining barcha belgilari jarayon mantig‘i, qismlarning о‘zaro aloqadorligi, yaxlitlikka ega bо‘lishi.

Boshqariluvchanlik diagnostik maqsadni belgilash, ta’lim jarayonini rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqichli tashxislash, natijalarni korreksiyalash maqsadida vosita va metodlarni variatsiyalash imkonini nazarda tutadi.

Samaradorlik muayyan sharoitlarda mavjud zamonaviy pedagogik texnologiyalar natijalariga kо‘ra samarali va xarajatlarga kо‘ra optimal bо‘lishi, ta’limning ma’lum standartini kafolatlashi lozim3.

О‘tgan asrning 20-yillarida N. A. Metlov bolalarni zarbli cholg‘ularni chalishga о‘rgatish asosida ular о‘zi sevgan kuyini ijro etishi, mustaqil musiqa chalishi mumkin bо‘lgan melodik cholg‘ularni loyihalashtirgan, takomillashtirgan.

1Qarang: Кадыров Р. Музыкальная педагогика. – Ташкент: Musiqa, 2009. – C. 8. 2Собрание законодательства Республики Узбекистан. – № 47 (703), 2015. – С. 594. www.lex.uz 3Миклияева Н. В., Миклияева Ю. В. Дошкольная педагогика. – Москва: Академия, 2013. – C. 22.

Page 106: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

106

Metallofon va ksilofonlardan iborat, zarbli va shovqinli cholg‘ular tembrlari bilan boyitilgan orkestr bolalar orkestri deb yuritila boshlagan1.

Maktabgacha yoshdagi bolaning musiqiy ritm (ohang) hissini rivojlantirish asosiy о‘rin tutadi. Ritm tuyg‘usini rivojlantirish muammolari K. Orf, E. Jak-Dalkroz, N. A. Vetlugina, A. N. Zimina kabi pedagoglar asarlarida о‘rganilgan. E. Jak-Dalkroz tizimida ritm tushunchasi universal ibtido sifatida baholangan2.

Karl Orf musiqa chalish asosiga qurilgan, bunda ritm va musiqiy-ritmik tarbiya yetakchi о‘rin tutgan. Mashqlar sо‘z, nutq, melodik-intonatsion talaffuz, jarang xarakterining metrik strukturasiga asoslangan. Bolaga ta’sir etish asosini mazkur tizimda musqiy-teatrlashtirilgan о‘yin tashkil qilgan. Unda kuylash, nutq, imo-ishora, raqs, cholg‘u asboblarini chalish uyg‘un tarzda birlashtirilgan. Nutqiy mashqlar, musiqiy ohang, turli ijodiy topshiriqlar ritm tuyg‘usini rivojlantirish bilan birga bolalar faoliyatida ijodkorlik rivojiga ham kо‘maklashgan3.

T. E. Tutyunnikova ishlab chiqqan va Moskva shahridagi qator bolalar bog‘chalarida sinovdan muvaffaqiyatli о‘tgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan elementar musiqachalish” dasturi asosida Karl Orf musiqiy pedagogikasi tamoyillari yotadi. Muallif ularni zamonaviy bolalar musiqiy pedagogikasi yutuqlari bilan uyg‘unlashtira olgan4.

О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, professor A. X. Liviyev rahbarligidagi tajriba laboratoriyasi 1995-yilda maktabgacha yoshdagi va boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun milliy cholg‘u asboblari: nog‘ora, doira, safoil, quticha, dutor, rubob, soz, tambur, qonun loyihalashtirildi. Bu cholg‘ular miksolidiy, xromatik tovush qatoriga ega bо‘lib, toza jarang sochadi, о‘lchamlari va vazniga kо‘ra ham bolalarga mos keladi5.

Bolalar musiqiy tarbiyasi muammolarini tushunish ularni musiqiy-ijodiy о‘yin asosida musiqa bilan muloqot jarayoniga jalb qilishni kо‘zda tutadi. Bola pedagog tomonidan faol ijodiy harakatlar jarayoniga olib kiriladi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etadi. Cholg‘u asboblarini chalish – maktabgacha yoshdagi bolalarni favqulodda qiziqtiradigan ijro faoliyati turlaridan biri. Bola turli cholg‘ular jarangini eshitar va qiyoslar ekan, uning tafakkuri, tahlil qobiliyatlari, musiqa chalish sabr, qat’iyat, maqsad sari intilish, barqarorlik kabi irodaviy sifatlarning tiklanishi va rivojlanishiga kо‘maklashadi. Mazkur jarayonda xotira va

1Бодолан Л. В. Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 3-4. 2Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80; Ритмическое воспитание по системе Э.Жака Далькроза //http://www.kidsmusic.com.ua/ 3Орф К. Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80. 4Qarang: Ливиев А. Х. Исполнительская культура народных музыкальных инструментов в Республике Узбекистан. – Ташкент, 2010. – C. 15. 5Бодолан Л. В. Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 15.

Page 107: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

107

diqqatni jamlash malakasi takomillashadi. Aynan shuning uchun ham kasbiy faoliyatimizda ancha vaqtdan beri о‘zbek cholg‘u asboblarini chalishdan foydalanib kelamiz. 2003-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 369-MTM da “Asaloy” bolalar xalq cholg‘u ansambli tashkil qilindi.

Bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning yosh va individual xususiyatlari, moyilliklariga muvofiq rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, umumiy madaniyati, estetik, intellektual, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, о‘quv faoliyati uchun zamin tayyorlash, musiqiy qobiliyatini rivojlantirish, lad, ritmik va melodik eshitish qobiliyatini rivojlantirish, kuylash, musiqiy-ritmik harakatlar sifatini yaxshilash kabilar ansamblning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarning birligi, bolalar va kattalarning hamkorlikdagi faoliyati, bolalarning bevosita ta’lim faoliyati doirasida emas, balki kun tartibidagi tadbirlarni о‘tkazishdagi mustaqil faoliyati, bolalar yoshiga adekvat shakllarda ishni tashkil qilish kabilar ansamblning ish tamoyillari hisoblanadi.

MTMda ansambl ishi uyushqoqlik va izchillik bilan, turli metod va vositalardan foydalangan holda olib boriladi. Musiqiy cholg‘ular tarkibi kengaytirib boriladi. Bolalarni cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish texnologiyasi bolalar psixologiyasi va о‘quv-musiqiy faoliyatni rivojlantirish psixologiyasiga oid bilimlarni talab qiladi. Biz taklif qilgan texnologiya T. Borovikning musiqaning intonatsion tabiati nazariyasi amaliyoti; K. Orfning elementar musiqa chalish g‘oyasiga asoslanadi.

Axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan faol foydalangan holda о‘zbek xalq musiqa asboblari bilan tanishtirish ishning birinchi bosqichini tashkil qiladi. Bunda tembr eshitishini va umumiy musiqiy bilimlarni rivojlantirish, о‘zbek cholg‘ulari asosiy guruhlarini kо‘rib va eshitib farqlashga о‘rgatish, musiqa asboblarining asosiy xususiyatlari, tovush hosil qilishi va chalish usullari haqida tasavvur hosil qilish bu bosqichning asosiy vazifalari sanaladi.

Navbatdagi bosqich – musiqiy asar, uning muallifi va yaratilish tarixi bilan tanishish. Bunda multimedia vositalaridan keng foydalaniladi.

Asarni chalishga о‘rgatish quyidagicha amalga oshiriladi: - ma’lum tovush balandligisiz zarbli asboblarda (quticha, nog‘ora, safoil,

doira)da chalish; - kuylarni torli asboblarda (bolalarga moslashtirilgan qonun, soz, dutor,

tambur, rubob) chalishga о‘rgatish; - bolalarda ansamblda chalish kо‘nikmalarini shakllantirish (о‘zini va

boshqalarni eshitishga о‘rgatish, dinamik belgilar bilan chalish); - musiqiy jо‘rlikni jonli ijroga tayyorlash;

Page 108: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

108

- о‘rganilgan asarlarni bolalar bayramlarida ijro qilish, jamoa bо‘lib chalish kо‘nikmalarini takomillashtirish.

Ansambl ishini tashkil qilishda ijrochilarni tо‘g‘ri joylashtirish muhim. Bolalar rahbarni yaxshi kо‘ra olishi, qulay tarzda turishi yo о‘tirishi, bir-biriga halal bermasligi lozim. Milliy cholg‘ularni erkin guruhlar bо‘yicha: oldin zarbli, keyin torli asboblar tartibida joylashtirish maqsadga muvofiq. Kichik cholg‘uchilarni о‘zining doimiy о‘rnini egallashga odatlantirish zarur. Ansambl qatnashchilari bilan mashg‘ulotlarda о‘yin, kommunikativ (muloqot, tengdoshlari va katta yoshdagilar bilan hamkorlik), bilish-tadqiqotchilik, musiqiy va harakat faoliyati amalga oshiriladi. Musiqiy-didaktik о‘yinlar davomida tovush balandligini eshitish, ritm tuyg‘usi, tembrni eshitish, xotira va eshitish qobiliyati, ijodkorlikni rivojlantirish asosiy maqsad qilib qо‘yiladi.

Musiqiy-didaktik о‘yinlardan kuylash, musiqani tinglash, ritmik harakatlar, cholg‘u asboblarini chalish jarayonida foydalaniladi. “Cholg‘uni top (rasmga qarab)”, “Musiqiy rebus”, “Notalar qayerda yashaydi?”, “Minor-major”, “Musiqiy zina”, “Aks-sado”, “Qushlar sanog‘i”, “Oq terakmi, kо‘k terak”, “Yomg‘ir – yog‘aloq” kabi о‘yinlar, ertaklar va musiqiy voqealar cholg‘uchilik faoliyati bilan shug‘ullanish mashqlari tarkibiga uyg‘unlikda singdirilishi mumkin. Ularning qoidalari va mazmuni bolalar uchun о‘ziga xos yо‘naltiruvchi vosita bо‘lib xizmat qiladi. Har bir cholg‘u chalishning turli usullarini talab qiladi. Dutor chalishni о‘rgatish misolida о‘qitish texnologiyasini qisqacha kо‘rib chiqamiz. Dutor chalishni о‘rgatishda, masalan, multimedia vositalaridan foydalanib, “Sо‘g‘diyona” о‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri ijrosini kо‘rish va tinglash taklif qilinadi. Namoyish tugagach, bolalardan о‘zlariga tanish cholg‘ularni aytib berish sо‘raladi. Keyin bolalarga ular qaysi sozni tinglaganini aytib, uni ushlab kо‘rish uchun beriladi.

Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari musiqiy rahbar (pedagog)ning о‘z ish uslubini topish, metodik odatlarini tez va oson о‘zgartirish, tajribalarni amalga oshirish, bolalarni va о‘zini musiqa bilan muloqotdan shodlantirish imkoniyatini bir necha barobar oshiradi. Undan faqat ijodkorlik va erkin fikr, keng tasavvur talab qilinadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatishda zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash bolalarning mashg‘ulotlarga, umuman, musiqaga qiziqishini orttirish bilan birga, kо‘zlangan natijalarga kafolatlangan tarzda erishishni ta’minlaydi. Shu jumladan, musiqa bola ruhiyatiga va komil inson sifatida rivojlanishiga о‘zining ijobiy ta’sirini о‘tkazadi, shuningdek, uning ijodkorlik hamda olamni anglash qobiliyatini shakllantiradi.

Page 109: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

109

MAQOMLAR SILSILASIDAN О‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISH USULLARI

Rezume. Mazkur maqolada mumtoz musiqa, uning о‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasidagi о‘rni va ahamiyati, shuningdek, maqom, maqom atamasi, maqomlar tizimida silsila tushunchasi xususida fikr yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: tafakkur, silsila, idrok, maqom, tovush, Sibelius 4.

Abstract. The article deals with classical music, its role and significance in the upbringing of the younger generation, as well as about maqom, the term poppy, the concept of "cilsil" in the maqom system.

Key concepts: thinking, "cilsila", perception, macam, sound, Sibelius 4. Резюме. В статье идет речь о классической музыке, её роли и значении

в воспитании подрастающего поколения, также, о макоме, термине маком, понятии “cилсила” в системе макомов.

Основные понятия: мышление, “cилсила”, восприятие, макам, звук, Сибелиус 4.

О‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatini turli vosita va usullar orqali shakllantirish mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri sanaladi. Shu bois barcha vositalar singari о‘zbek milliy mumtoz musiqa madaniyati jamiyatimiz ma’naviy hayoti mazmunini boyitishga xizmat qilmoqda.

Yurtboshimiz I. A. Karimov: “... musiqa odamlarimizning yurak tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalari bilan chambarchas payvand bо‘lib, hayotimizning ajralmas, uzviy bir qismiga aylanib ketgan”1, – deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, aynan mumtoz musiqa madaniyati orqali yosh avlodni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjud bо‘lib, ulardan samarali foydalanishni davr taqozo etmoqda. О‘zining buyuk qadriyatlari bilan mashhur xalqimizning boy madaniy merosi sanalmish maqomlar bakalavriat talabalari tafakkuri va idrokini tarbiyalashda yetakchi о‘rin tutadi.

Musiqiy asar yaratilishidan oldin uning g‘oyasi, tasavvuri dastlab xayolda paydo bо‘lib, sо‘ngra ijro tufayli sadolanish yо‘li bilan jonlanadi, muayyan kuy shakliga aylanadi. Kuy, ohang inson ruhidagi ilohiy kayfiyat ifodasidir. Kuy sadosining umri qisqa, u paydo bо‘lishi bilanoq bir zumda nazardan qochadi, g‘oyib bо‘ladi, lekin ta’sirli tovush, ohang eshituvchi qalbida chuqur iz qoldiradi, *Gulliyev Umidjon Yuldoshevich, Nizomiy nomidagi TDPU musiqiy ta’lim kafedrasi о‘qituvchisi. 1Каримов И. А. Тошкент шаҳридаги янги консерватория биноси очилиш маросимида сўзлаган нутқидан. Халқ сўзи, 2002 йил 23 март. – № 64.

U. Gulliyev*

Page 110: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

110

unda zavq uyg‘otadi va shu lazzatli holatga qaytadan intilishga da’vat etadi. An’anaga aylangan e’tiborli kuylar negizida shunday chuqur ma’nolar yotadiki, xalq xotirasi ularni mumtoz asarlar sifatida saqlab, asrab keladi. “Maqom” deb nomlanuvchi benazir musiqa shajarasi shu yо‘sinda voyaga yetgan. Maqolada maqomlar silsilasi orqali talabalar tafakkuri va idrokini о‘stirishga qaratilgan fikr g‘oyalar ilgari surilgan. Silsila [arabcha – zanjir; qator, saf; tizim], ya’ni ma’lum tartibdagi ketma­ket tizilgan narsalardir1.

Mazkur jihatlarni chuqur tahlil etgan holda, mumtoz musiqa san’ati hisoblangan maqomlarni о‘rganishda “maqomlar silsilasi” terminidan keng foydalanish о‘rinli deb hisoblaymiz. Umuman aytganda, maqomlar – tarixan shakllangan, muayyan an’analar zaminida qaror topgan klassik (mumtoz) kuy va usullar tizimidir2, biroq bundan tashqari, uning falsafiy va musiqiy nuqtayi nazardan ham mantiqiy yechimga ega ta’riflari bor. Falsafiy jihatdan maqom – musiqa vositasida dunyoni idrok etish, yuksak estetik ahamiyatga molik hayotiy taassurotlar, tushunchalar, ramz va obrazlar olami. Musiqa mantiq nuqtayi nazardan ruhning cheksiz gо‘zallik va mutanosiblik timsoli bо‘lgan Vahdatu Vujud3ga intilishidir. Biri ikkinchisidan kelib chiqadigan va barchasi о‘zaro bog‘liq, boshi oxiriga ulanib ketadigan doira shakli – gо‘zallik, mukammallik timsoli maqom tafakkurining umumiy belgisi, ramzi hisoblanadi.

Har bir maqom ramziy-majoziy obraz, musiqiy g‘oya. Sozandaning ilhomi, amaliy mahorati tufayli ushbu tafakkur mahsuli ruhiy musiqa asariga aylanadi. Maqom negizidagi bosh g‘oya ma’naviy faollik, tovushlarda ifodalangan gо‘zallikdan bahramand bо‘lish tuyg‘ularini uyg‘otishga qaratilgan. Maqom orqali ma’lum ruhiy holatga kirish va uning girdobida haqiqatni anglash taqozo etiladi. Maqom toifasidagi har qanday katta-kichik asar, kuy, ashula, raqs yoki ularning aralash kо‘rinishi asrlar davomida muayyan shakllardagi musiqiy ramzlar sifatida qaror topib, о‘ziga xos majoziy nomlar bilan atalib kelinmoqda. Maqom bu ma’lum ruhiy muvozanat holatiga kirish va u orqali haqiqatni anglashdir. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh Iroq – ana shu ruhiy holatlarning majoziy ifodasidir.

Musiqiy mantiq va tuzilishi nuqtayi nazaridan maqom – о‘z-о‘zidan boshqariladigan kо‘p qirrali va murakkab tizim. Maqom tizimidagi har bir asar о‘ziga xos ramziy-majoziy ma’nolarga ega bо‘lgan kuy, usul va musiqiy shakllarda ifodalangan g‘oya, tovush va tovush munosabatlari olamidir. U ichki mukammalligi, tartib va nizomga keltirilishi jihatidan, bashariyat musiqiy tafakkurining oliy kо‘rinishlaridan biridir.

1Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Ж. 3. – Б. 504. 2Матёқубов О. Мақомот. – Тошкент, 2004. 3Руҳнинг чексиз гўзаллик ва мутаносиблик тимсоли.

Page 111: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

111

Maqomni ifoda etadigan she’r shunchaki bezak yoki uni tо‘ldiradigan ikkinchi darajali vosita emas, aksincha, unda kuy va she’r yaxlit badiiy shakldir.

Lug‘aviy jihatdan “maqom” sо‘zi arabchadan olingan bо‘lib, “о‘rin”, “joy”, “bosqich”, “daraja” kabi ma’nolarni anglatadi1. Shuningdek, bu sо‘z adabiyot, tasavvuf ilmi va boshqa fan sohalarida ham keng qо‘llaniladi, biroq maxsus atama sifatida musiqa san’atida keng ishlatiladi. Maqom janr sifatida klassik musiqa toifasiga kiradi. Kо‘proq u lad va lad tizimi, mustaqil va turkum shakllardagi musiqiy asarlar ma’nosida qо‘llaniladi.

Maqomlar о‘zining parda va vazn asoslari bilan taraqqiy etgan. U musiqiy tizim sifatida ham aynan shu ikki omil bilan tasnif topadi. Shunday qilib, maqom nazariy jihatdan tartiblashtirilgan hamda amaliyotda qaror topgan kuy, lad va usul vaznlar tizimidir. Kuy va usul birliklarining har qaysisi alohida nomlar bilan yuritiladi. Puxta ishlangan maqom yо‘llari ijrochidan alohida amaliy va nazariy kо‘nikmalarni, bilim va mahoratni talab etadi2. Bunda albatta, tafakkurning о‘rni nihoyatda katta bо‘lib, tafakkur kishi ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar о‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bо‘lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shakli bо‘lib, maqomlar musiqasi orqali ushbu bilish jarayonining bakalavrlar ongida shakllanishini jadallashtirish mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining “Musiqa ta’limi” yо‘nalishida “Maqom asoslari” fani amaliy mashg‘ulotini о‘qitish jarayonida talabalar bilan ishlash faoliyatini olib kо‘radigan bо‘lsak, fan doirasida berilgan maqom asarining nota matnini tahliliy о‘rganish, notalarning nomlari bilan aniq intonatsiya bilan asarda uchraydigan turli intervallar, dinamika va ijro sur’atini aniq tasavvur etgan holda kuylash, shuningdek, notalarni solfedjio qilib kuylash о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari asarda uchraydigan murakkab parchalarni alohida mashq qilish, asarlar va ularning parchalarini tahliliy tinglab о‘z xulosasini chiqarish vazifasi qо‘yiladi. Bu kо‘pqirrali badiiy musiqiy faoliyatni yuqori saviyada bajarish uchun nota ijrosini kuzatish, tinglash va kо‘rish, ya’ni audiovizual idrok etish maqsadga muvofiq.

Ushbu ta’limiy vazifalarning barchasini yuqori saviyada amalga oshirishda eng oxirgi kompyuter dasturlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Mazkur zamonaviy kompyuter dasturlari sirasiga dunyo musiqa amaliyotida keng tarqalgan va qо‘llanilayotgan “Final” (“Finale”) hamda “Sibelius” (“Sibelius”) nota matn muharriri dasturining 1 – 6 versiyalarini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu

1Акбаров И. А. Мусиқа луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1997. – Б. 47. 2Қўшаев А. Э. Узбекская профессиональная музыка устной традиции как средство музыкально-эстетического воспитания учащихся 4-7 классов: дисс. ... канд.пед.наук. – Москва, 1987. – С. 16.

Page 112: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

112

kompyuter dasturlari zamonaviy musiqa amaliyotini uning nazariy asoslariga tayangan holda amaliy tarzda aks ettirish imkoniga egadir.

Jumladan, “Sibelius 4” nota matn muharriri dasturi vositasida:

− nota yо‘liga notani yozish;

− uni tahrir qilish;

− tinglash jarayonida qaysi nota ijro etilayotganligini real tarzda eshitib, kuzatib borish;

− musiqa asarini boshqa tonallikka transpozitsiya qilish;

− musiqa asarini oldingi tonalligiga qaytarish;

− ma’lum nota matnini nusxalash;

− tinglangan musiqa asarining notasini avtomatik tarzda ekranda namoyish etish va zarur bо‘lganda qog‘ozda bosib chiqarish hamda boshqa kо‘pgina operatsiyalarni bajarish mumkin.

Nota yozish uchun nota yо‘li aks ettirilgan sahifa ochilgach tonallik belgilanadi. Masalan, do major. Ushbu belgilangan vazifalar darhol nota matnida о‘z о‘rnida paydo bо‘ladi va talaba ongida ma’lum dastlabki nazariy bilimlar aks etishiga imkon yaratadi. Bu esa aynan maqomlar musiqasiga qiziqqan, iqtidorli talabalarning fan bо‘yicha nazariy bilimlari mustahkamlanishi barobarida ularda tafakkur va idrok bilish jarayoni yuksalishiga, amaliy kо‘nikmalar shakllanishiga shart-sharoitni kengaytirib, musiqiy bilim qilishga nisbatan ehtiyoj va motivatsiyani kuchaytiradi. Sо‘ngra о‘lchov qо‘yiladi, masalan, 4/4.

Nihoyat, maxsus ekran kо‘rsatkichi (yordamchi klaviatura) vositasida nota matni nota yо‘liga birin-ketin joylashtiriladi.

Bundan tashqari, talaba о‘zi uchun muhim bо‘lgan musiqa parchasini ushbu dastur orqali kompyuterda yozib, о‘z ijrosidagi xatoni kо‘rishi va tuzatishi, uni maxsus dasturli sintezatorda ijro ettirib tinglashi va о‘z faoliyatini baholashi, turli janr va uslublarga xos bо‘lgan asarlarni yoki ularning parchasini tahliliy tinglashi hamda asar borasida ma’lum xulosalarga kelishi mumkin. Bu esa talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishishda muhim omil bо‘ladi.

Shuningdek, fanlararo integratsiyani amalga oshirib, maqom asarlaridan о‘rganish jarayonida bakalavr talabalariga tasviriy va amaliy san’at asarlari namunalaridan kо‘rsatish, shu jarayonda ular ongida kechayotgan hislar, kechinmalar bilan о‘rtoqlashish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, badiiy adabiyot, mumtoz she’riyatimiz namunalaridan: Navoiy, Fuzuliy, Nizomiy Ganjaviy, Ogahiy, Furqat, Nodirabegim kabi ijodkorlar asarlaridan tinglash bakalavrlarda ma’lum ijobiy, pozitiv kechinmalarni, kо‘tarinki kayfiyat va yuqori ishchanlikni hosil qiladi.

Page 113: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

113

Ushbu holatni yaratgandan sо‘ng bakalavrlarda maqomlar borasida fikr yuritish, maqomlarni tinglash, maqom shо‘balaridan ijro etish samaradorligi oshadi, ularda intellektual va musiqiy tafakkur, samarali idrok etish faoliyati kuchayadi, badiiy jarayonni his etish tiniqlashadi. Bular esa birgalikda о‘sib kelayotgan yosh avlod – bakalavrlarda aqliy va hissiy imkoniyatlarning oshishiga kо‘maklashadi.

Aytish mumkinki, maqomlar silsilasi orqali bakalavrlarda musiqiy tafakkur va idrokni samarali rivojlantirish uchun birinchi navbatda, pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan, shuningdek, musiqa ta’limi yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar jamoasini jipslashtirishning turli yо‘llaridan, foydalanish mumkin. Ular bilan guruhiy faoliyat shakllarini samarali qо‘llash (guruh jamoasi bilan maqom ansambli tarkibida ijro etish), har bir talabaning vokal imkoniyatlaridan о‘z о‘rnida foydalanish (masalan, maqom shо‘balarini kuylashda tenor, bariton yoki bas ovozini о‘z о‘rnida ishlata bilish), talabalarni maqom ijrochiligi faoliyatiga qiziqtirish, ular bilan maqom ijrochiligi, jumladan, mashhur maqom xonandalari, sozandalari va musiqashunoslar borasidagi bilimlarini musobaqa, debat, bahs-munozara, viktorina, trening, tanlov kabi shakllarda о‘rganish mumkin. Ushbu ish usullarining barchasi bakalavrlarda maqomlar silsilasi orqali musiqiy tafakkur va idrokni yuksaltirishda muhim omil bо‘ladi.

Maqom shо‘balarini tinglaganda talaba musiqaning mazmuniga kirishib, fikrlay boshlaydi va uni mantiqiy tushunishga, ma’no va mazmunini yakuniga olib kelishga harakat qiladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga – xayol yoki fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Demak, mumtoz musiqa-maqomlarni tinglaganda, albatta musiqa va matn mazmunidan kelib chiqqan holda fikrlash zarur, bu esa tafakkur jarayonining faollashishiga olib keladi. Mumtoz kuy, ashula, maqom – bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan mazmun, ma’nolar majmui. Mazkur ma’noni anglash, bevosita tafakkur va idrok qilish jarayonlarining izchil faoliyatini olib borish va uning davomiyligini ta’minlash musiqashunos olimlar va maqom ijrochilarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida qaraladi.

Page 114: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

114

TINGLOVCHILARNING KASBIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

MUAMMOLARI Rezume. Maqolada oliy talim muassasalari

pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi tinglovchilarining tayanch va maxsus kompetensiyalarining mazmuni, modulli-kompetentli yondashuv asosida kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: metodologiya, pedagogika, didaktika, metodika, prinsip, mazmun, tayanch va maxsus kompetensiyalar, modul, modulli-kompetentli yondashuv.

Abstract. The article outlines the content of basic and special competences for students of retraining and advanced training courses for pedagogical staff of higher educational institutions, as well as technology for the development of professional and pedagogical competences based on the modular competence approach.

Key concepts: methodology, pedagogy, didactics, methodology, principle, content, basic and special competences, module, module-competence approach.

Резюме. В статье излагаются содержание базовых и специальных компетенций слушателей курсов переподготовки и повышения квалификации педагогических кадров высших учебных заведений, а также технологии развития профессионально-педагогических компетенций на основе модульно-компетентностного подхода.

Основные понятия: методология, педагогика, дидактика, методика, принцип, содержание, базовые и специальные компетенции, модуль, модульно-компетентностный подход.

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat kо‘rsatayotgan kadrlarning kasb darajasi va malakasi, kasbiy pedagogik kompetensiyalarini zamon talablariga muvofiq rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-4732-sonli farmonida oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni

*Muslimov Narzulla Alixanovich, TDPU huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor. E-mail: [email protected]

N. Muslimov*

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH

Page 115: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

115

zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqish asosiy maqsad etib belgilangan.

Mazkur farmonda oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bо‘yicha malaka talablari, о‘quv rejalari, dastur va ta’lim texnologiyalarini tubdan yangilash, oliy о‘quv yurtlari о‘qituvchilari tomonidan global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan о‘qitish usullaridan foydalanish, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallash va о‘z pedagogik faoliyatlariga tatbiq etish, chet tilini amaliy о‘zlashtirish darajasini oshirish, о‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi lozimligi qayd etilgan1. Ushbu maqsadni amalga oshirish pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga mutassadi bо‘lgan tayanch oliy talim muassasalari huzuridagi tarmoq(mintaqa) markazlar zimmasiga yuklanadi.

Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazlarining о‘quv rejalari jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim-tarbiya jarayonidagi ilg‘or tajribalar asosida tubdan yangilandi. Modernizatsiyalashgan mazmun asosida ishlab chiqilgan о‘quv rejada quyidagicha yondashuvlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

­ tinglovchilarning о‘quv yuklamalarini me’yorlashtirish, ularning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida modullarni optimal tanlash;

­ qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning qobiliyati, qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda tinglovchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim muhitini joriy etish;

­ ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritilishi nazarda tutilayotgan paradigmada qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida tinglovchi kasb darajasi va malakasining imkoniyatlari e’tiborga olinishi, kasbiy pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish motivlarining yuqori darajada bо‘lishi;

­ ta’lim mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoritish orqali tinglovchilarni kо‘p millatli mamlakatda ijtimoiy madaniy kompetensiyalarining rivojlanishiga zamin tayyorlash;

­ tinglovchilarda pedagogik jarayonning tizimli, bir butun, yaxlitligini tasavvur qilish va talaba shaxsiga insonparvarlashtirilgan munosabatlarni tо‘liq anglashi uchun muayyan modullarni integratsiyalash, ta’lim jarayonida modul ichidagi va modullararo bog‘lanishlarni amalga oshirish;

1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 12 июндаги “Олий таълим муассасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги” ПФ-4732-сонли Фармони. www.lex.uz

Page 116: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

116

­ tinglovchilarning kommunikativ tayyorgarligini orttirish maqsadida xorijiy tillarni bilishi ustuvor sanalashini nazarda tutish;

­ tinglovchilarning kasbiy – pedagogik, shuningdek, axborot-kommunikativ texnologiyasidan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga asos bо‘lishi nazarda tutilgan.

Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi ta’lim tizimining muhim bosqichlaridan biri bо‘lib, uning normativ-huquqiy hujjat(malaka talablari, о‘quv reja, dastur)larini ishlab chiqishda didaktikaning tarixiylik va mantiqiylikning metodologik birligi qonuniyati asos qilib olingan. О‘quv rejaga tinglovchilarda zamon talablariga mos fundamental bilimlarni shakllantirish, fan yangiliklari va innovatsiyalar bilan tanishtirish, ularning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash, professor-о‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradigan, pedagogik jarayonni zamon talablariga mos tashkil etish, pedagogik, о‘quv muammolarni hal etishga zamin tayyorlaydigan modullar kiritildi. О‘quv rejasidan о‘rin olgan modullar professor-о‘qituvchilarning kasb darajasi va malakasi, shuningdek, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish kabi davlat buyurtmasi va ijtimoiy buyurtmani bajarishga yо‘naltirilgan. Kursning о‘quv rejalari tuzishda yuqoridagi qonuniyatdan tashqari ilmiylik, fundamentallik, nazariya va amaliyot birligi, mantiqiy ketma-ketlik prinsiplarga amal qilingan.

Professor-о‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik, didaktik, metodik bilim, kо‘nikma va malakalarni egallashi, shuningdek, pedagogik kompetensiyalarning takomillashganligi uning о‘z pedagogik faoliyatida barkamol shaxsni tarbiyalashiga zamin yaratadi. Shunday ekan, tinglovchilarning kasbiy-pedagogik kompetentligi mazmuniga aniqlik kiritish zarurati vujudga keldi. Tinglovchining kasbiy-pedagogik kompetentligi – bu о‘qituvchining kasbiy xususiyati bо‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda muayyan shart-sharoitdagi nazariy-amaliy harakatini ifodalovchi shaxsiy va individual sifatlar yig‘indisini pedagogik faoliyatda muammolar yechimini topishda qо‘llay olishi tushuniladi. Adabiyotlarda о‘qituvchining pedagogik kompetentligining turlari tahlil etildi va unga innovatsion ta’lim muhiti talablariga mos holda tegishli о‘zgartirish kiritildi, ya’ni professor-о‘qituvchi uchun zarur bо‘ladigan tayanch va maxsus pedagogik kompetensiyalar aniqlandi va guruhlandi1.

Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarni mutaxassisligi va ixtisosligi xususiyatidan kelib chiqib tayanch va maxsus kompetensiyalarga ajratish mumkin. Tayanch kompetentlik oliy ta’lim tizimida pedagogik faoliyat olib boruvchi barcha о‘qituvchilarga xos, maxsus 1Бокарева Г., Мойсеенко С. Педагогическая подготовка преподавателей // Высшее образование в России. – Москва, 2004. – № 7. – С. 154-155; Болотов В., Сериков В. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе // Педагогика. – Москва, 2003. – № 10. – С. 8-14.

Page 117: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

117

kompetentlikda esa ixtisoslik fani bо‘yicha tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining о‘ziga xos-xususiyatlari inobatga olinadi1.

Tinglovchilarda tayanch va maxsus kasbiy-pedagogik kompetensiyalarning shakllanganligi asosini motivatsion xislatlar, intellektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy kо‘nikmalar, hissiy sifatlar hamda о‘z-о‘zini boshqara olish sifatlari tashkil etadi. Pedagogik muammolarning hal etilishi, avvalambor, pedagogning yuqoridagi individiual sifatlariga tayanadi. Ushbu xislat va sifatlar о‘zining tо‘la rivojlangan kо‘rinishida pedagogning individualligini, kompetentliligini, har tomonlama barkamolligini tavsiflaydi. Ularning rivojlanganlik darajasi pedagog shaxsining ijtimoiy faolligi, mustaqilligi, kreativligini, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorgarligi va jamiyatdagi о‘rnini belgilaydi2. Professor-о‘qituvchilarning tayanch kompetensiyasining tarkibiy qismlari sifatida intellektual, global, g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, boshqarish, diagnostik, korreksion, mustaqil izlanish, kommunikatsion, nizo va ziddiyatlarning oldini olish kabilar aniqlandi. Maxsus pedagogik kompetensiyalar mutaxassislik bloklari bо‘yicha о‘qitiladigan fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari asosida aniqlandi, uning mazmuni va mohiyati, tarkibiy qismi sifatida quyidagilar belgilandi (1-jadval).

1-jadval № Maxsus

pedagogik kompetensiyalar

Mohiyati Zamon talablari asosida egallanishi lozim bо‘lgan metodik bilim,

kо‘nikma va malakalar

1. Metodologik kompetensiya

О‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishning didaktik asoslarini egallash

Ta’lim-tarbiya jarayonida fan yangiliklari, innovatsiyalari, texnik va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning konseptual asoslarini egallash

2. Media kompetentlik

Fan yutuqlari, innovatsiyalar va kashfiyotlar bо‘yicha axborot tо‘plash, ularni jamlash, saralash, didaktik jihatdan qayta ishlash,

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga kiritiladigan yangi ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda innovatsion texnologiyalardan uyg‘un foydalanish

3. Tashkilotchilik kompetensiyasi

О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish

О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida texnik va innovatsion texnologiyalardan uyg‘un foydalangan holda tashkil etish

1Виленский В. Я. Технологии профессионально-ориентированного обучения в высшей школе. – Москва: Педагогическое общество России. – Москва, 2005. – С. 192. 2Муслимов Н. ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2013. – Б. 36-37.

Page 118: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

118

4. Konstruktiv kompetensiyasi

Blum taksonomiyasiga muvofiq о‘quv maqsadlarini e’tiborga olgan holda о‘quv materiallarini mantiqiy yо‘nalishi jihatidan qayta ishlash

Ta’lim-tarbiya jarayonining didaktik maqsadlari, axborot va innovatsion texnologiyalarning konseptual asoslarini e’tiborga olgan holda о‘quv materiallariga mantiqiy jihatdan ishlov berish

5. Loyihalash kompetensiyasi

О‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tashkil etishni loyihalash

Texnik va innovatsion texnolo-giyalarning konseptual asoslari e’ti-borga olingan holda ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarni loyihalash

Modulli­kompetentli yondashuv asosidagi о‘quv jarayoni shunday tashkil etiladiki, bunda ta’limning maqsadi sifatida ta’lim oluvchining kasbiy kompetensiyalarining yig‘indisi, unga erishish vositasi sifatida esa ta’limning mazmuni va tuzilmasini modulli tarzda qurish tushuniladi.

Bunda kompetensiya tushunchasi bilish va tushunish (nazariy bilim va tushunchalarga egalik, о‘rganish va tushunish qobiliyati), qanday harakat qilishni bilish (bilimlarni amaliy va tezkor ravishda muayyan vaziyatlarda qо‘llay olish), qanday bо‘lishni bilish (qadriyatlarni bilish va jamiyatda о‘z о‘rnini topish)ni о‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib ifodalanadigan bо‘lsa, kompetentlik subyektning kognitiv, motivatsion, qadriyatlarga oid va amaliy jihatlarni birlashtirgan integrativ xususiyati bо‘lib, talim-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatli harakat qila olishida kо‘rinadi.

Tinglovchilar tomonidan modullarni о‘rganishda о‘quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari mavjud bо‘ladi. Har bir modul uchun auditoriya yuklamasi, talabalarnning mustaqil ishlari, joriy va oraliq nazoratlar, shuningdek, pedagogik amaliyotlar, talabalarning ilmiy­tadqiqot ishlari(portfoliosi), bitiruv (loyiha) ishning boblarini yozish va hokazolar taqsimlangan bо‘ladi. Shu tarzda muayyan darajani berish uchun rasmiy ravishda tan olinadigan, modullarning yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim dasturi shakllantiriladi.

Ta’lim moduli dasturini о‘zlashtirishdan maqsad – tinglovchilar tomonidan muayyan kompetensiyalarning egallanishi bо‘lib, ularni shakllantirish vositasi esa ta’lim dasturining mustaqil birligi sifatidagi modul hisoblanadi. Fanning kichik bir qismi, mantiqiy jihatdan tugallangan (bо‘lim, bob, mavzu) va belgilangan nazorat turi bilan yakunlanadigan mazmuni о‘quv fanining moduli bо‘lishi mumkin.

Modulli­kompetentli yondashuv asosida ta’lim dasturlari mazmunini loyihalashtirish texnologiyasi quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi:

1) ish beruvchilar bilan hamkorlikda muayyan ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha tayyorlanadigan mutaxassisning asosiy funksiyalari rо‘yxati belgilab olinadi;

Page 119: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

119

2) belgilangan funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bо‘lgan maxsus kasbiy kompetensiyalarning tо‘plami aniqlanadi;

3) nazariy bilimlariga tayangan holda tinglovchi hal qila olishi kerak bо‘lgan amaliy harakatlar va bajariladigan ishlarning namunaviy asosi sifatidagi tipik kasbiy vazifalar, muammolar va vaziyatlar tо‘plami loyihalashtiriladi;

4) ta’limning maqsadlari, mazmuni, о‘zlashtirish usullari va о‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash yо‘llarini о‘z ichiga olgan ta’lim modullari tizimi ishlab chiqiladi;

5) ta’lim modullarining muayyan tо‘plamidan asosiy ta’lim dasturlari loyihalashtiriladi;

6) kasbiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ularni baholash usullari ishlab chiqiladi.

Ta’lim moduli – ta’lim maqsadlari va mazmunini belgilashning avtonom birligi bо‘lib, ularni о‘zlashtirish va nazorat qilish bо‘yicha tavsiyalarni о‘z ichiga oladi hamda bir yoki bir nechta kompetensiyani yoki biror murakkab kompetensiyaning bir qismini shakllantirishni ta’minlaydi.

Professor-о‘qituvchilarning tayanch va maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishda о‘quv rejadan о‘rin olgan modullardan tashkil etiladigan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil tayyorgarlik jarayoni pedagogik tizimda muhim о‘rin tutishi, tayanch va maxsus kompetensiyalarning egallanganlik darajasini aniqlashda standart va nostandart nazorat testlari, yozma yoki og‘zaki shaklda nazoratlar, audit, esse, portfolio, о‘z-о‘zini baholash, muammoli-vaziyatli topshiriqlardan foydalanish, olinadigan natija pedagogik amaliyot va tinglovchilar tomonidan tayyorlanadigan bitiruv (loyiha) ishida о‘z amaliy ifodasini topadi.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasasi pedagoglarini innovatsion ta’lim muhiti talablari asosida tayanch va maxsus kompetentligini rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish:

1) innovatsion ta’lim muhiti talablari asosida tinglovchilarning о‘quv modullari bо‘yicha malaka talablari asosida tayanch va maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradigan elektron ta’lim resurslarini yaratish;

2) tinglovchilarning malakasini oshirish jarayonida ularning kasb darajasi va malakasi tahlili asosida korreksion pedagogik va metodik ishlarni yо‘lga qо‘yish;

3) tinglovchilarning malaka oshirish va undan keyingi uch yil muddatda ular tomonidan tayanch va maxsus kompetensiyalarning takomillashganlik darajasini aniqlash uchun kvalimetrik kо‘rsatkichlar asosida kasbiy diagnostik tahlil qilishni yо‘lga qо‘yish, aniqlangan bо‘shliqlarni о‘qituvchi shaxsiga yо‘naltirilgan holda individual korreksion ishlar olib borish zarur.

Page 120: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

120

Page 121: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

121

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA OLIY MAKTAB

FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISHNING ASOSIY

YО‘NALISH VA USULLARI

Rezume. Maqolada yuqori malakali kadrlar

tayyorlash tizimini tizimli yondashuv uslubi va turli

informatsion bog‘lanishga asoslangan ilmiy tahlil

xulosalariga tayangan holda yechishga imkon beradigan

uslub va usullardan foydalangan holda amalga oshirilishi

haqida sо‘z yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: yuqori malakali kadrlar

tayyorlash tizimi, bozor iqtisodi, intellektual ehtiyoj.

Abstract. The article deals with the use of

methods that contribute to solving the problems of the

system of training highly qualified personnel on the

basis of scientific analyzes and conclusions based on the

system approach and various information links.

Key concepts: the system of training highly

qualified personnel, market economy, intellectual needs

Резюме. В статье речь идет об использовании

методов, способствующих решению проблем системы подготовки

высококвалифицированных кадров на основе научных анализоов и

выводов, базирующихся на системном подходе и различных

информационных связей.

Основные понятия: система подготовки высококвалифицирован-

ных кадров, рыночная экономика, интеллектуальные потребности.

Ma’lumki, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi xalq xо‘jaligining boshqa

soha va tizimlari kabi doimiy rivojlanishda bо‘ladi. Shu nuqtayi nazardan yuqori

malakali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini chuqur tahlil etishda, eng avvalo,

uning holatini о‘rganish о‘ta muhim hisoblanadi. Bunda taqqoslash usulidan

foydalanish va unga bog‘liq ravishda tizimni takomillashtirishga qaratilgan

muayyan ilmiy yо‘nalish va usullarni belgilash hamda tatbiq etish maqsadga

muvofiqdir.

*Tolipov О‘tkir Qarshiyevich, Nizomiy nomidagi TDPU ichki nazorat va monitoring bо‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor. *Murtazayev Meli Zokirovich, Jizzax davlat pedagogika instituti mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.

О‘. Tolipov*

M. Murtazoyev*

Page 122: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

122

Bizningcha, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiy aspektlarini asoslashda, eng avvalo, quyidagi holatlarni о‘z ichiga oluvchi informatsion bog‘liqlikni e’tiborga olish lozim bо‘ladi:

- tayyorlash jarayonidagi bazisli mehnat potensial holatining tahliliy ma’lumot tizimi bо‘lib, u ishchi kadrlar tayyorlashda quyi dinamik pog‘ona bilan xalq xо‘jaligi о‘rtasidagi informatsion bog‘liqlikni ifodalaydi;

- bozor iqtisodi sharoitida psixologik-pedagogik tamoyillarga asoslangan holda mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni kasbiy kompetentlik talablari asosida ishga qabul qilish va ishga taqsimlashda ularning о‘zaro mos tushmasligi hamda kadrlar faoliyatida bozor ijtimoiy-iqtisodiy psixologik aspektlarini hisobga olgan ilmiy asoslangan kompleks talablarning mavjud emasligi, kadrlarni qayta tayyorlashga ehtiyojning bо‘lmaganligi, shuningdek, mehnat potensialining sifat о‘zgarishlari, aksariyat hollarda, hisobga olinmaganligini isbotlash jarayoni bilan bog‘liq;

- mavjud tizimning rejada belgilangan haqiqiy faol funksional kо‘rsatkichini belgilashdagi tahliliy yondashuvda tayyorlanayotgan kadrlarning hozirgi kun talabi darajasidagi ta’lim jarayonida rejadagi sifat va miqdor kо‘rsatkich va talablariga mos tushishi, biroq shunday bо‘lishiga qaramay, bozor iqtisodi sharoitida о‘zlashtirilayotgan bilimlar sifat va miqdoriy kо‘rsatkichlarining mos kelmasligi, aniqrog‘i, mahsulot sifatini belgilovchi omillarni aniqlash nazarda tutiladi. Demak, bu о‘rinda belgilangan mutaxassislar guruhi va faoliyatini tashkil etish hamda mutaxassislar modelini ixtisoslik xususiyatini hisobga oluvchi ixtisoslik informatsion strukturali modellarini ishlab chiqish lozim bо‘ladi. Ushbu taklif qilinayotgan model tayyorlanadigan mutaxassislarning jamiyatda faoliyat kо‘rsatish darajalarini aniqlaydigan makro va mikro informatsion bog‘liqlikni saqlashga imkon beradi. Zero, tayyorlash tizimiga bо‘lgan talablar tizimining ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi, bu faktorlarning amalga oshishini ta’minlaydi.

Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash murakkab ijtimoiy va dinamik, kо‘p qirrali faktorlarga bog‘liq bо‘lgan murakkab parametrli iqtisodiy aspektli tizim hisoblanib, uning faoliyatini rivojlantirish zamon talablariga moslashtirilgan holda muvofiqlashtirishning iqtisodiy yо‘nalish va rivojlanish usullarini asoslash darkor. Bizningcha, tizimli yondoshuvning tahliliy xulosasiga tayanib quyidagilarni belgilash mumkin:

­ yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini yо‘lga soluvchi va uni boshqaruvchi tashkiliy tizimning asosiy funksiyasi jamiyatning intellektual ehtiyoj talablari asosida intellektual ishlab chiqarish kompleks talab va taklifini tartibga solishdan iborat. Bunda zamonaviy bozor munosabatlari tо‘liq yetakchiligi sharoitida jamiyatni uzoq muddatli intellektual ma’lumotlar ehtiyojini aniqlash:

Page 123: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

123

jamiyat xalq xо‘jaligining barcha jabhalari faoliyati uchun kelajakni e’tiborga olib hamda umumiy intellektual ma’lumotlarga asoslanib, soha tarmoqlari bо‘yicha yuqori malakali kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj sifati va miqdorini ilmiy xulosalarga asoslangan holda aniqlash;

jamiyat kelajagi rivojida intellektual ishlab chiqarish kompleks ma’lumotlar mahsuloti ahamiyatini asoslash;

xalq xо‘jaligi soha tarmoqlari bо‘yicha aniqlangan ehtiyojiga asoslanib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlovchi fakultet va mutaxassisliklarni tayyorlashda qatnashuvchi fanlar bloki va ularni miqdori mutaxassislikka asosiy va yordamchi fanlarning ilmiy asoslanishga muvofiq ketma-ketlikda joylashuvi ta’minlangan mutaxassisliklarni kompleks о‘quv rejalarini ishlab chiqish;

о‘quv rejalariga asoslanib ilmiy texnik taraqqiyotni hisobga olgan fanlarning kompleks ishchi dasturlarini yaratish;

Tashkil qilingan ta’lim muassasa ilmiy va uslubiy jihatdan asoslangan о‘quv material bazasini shakllantirish kabi vazifalardan iboratdir. Bunda tizim faoliyatini muvofiqlashtirishning asosiy yо‘nalishlari sifatida quyidagi hal qiluvchi usullarni tavsiya etish mumkin:

jamiyat xalq xо‘jaligini milliy hunarmandchilikni e’tiborga olgan holda hamda mamlakat ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarini bozor iqtisodi munosabatlari sharoitining hozirdagi va kelajakdagi faoliyat xarakterining ilmiy tahliliga asoslangan holda talab qilingan yuqori malakali kadrlarning sifat va miqdorini bashorat qilish;

bashoratning ilmiy xulosasiga asosan oliy maktab nizomiga о‘zgartirishlar kiritish va zaruriy holatlarda yangidan ishlab chiqish hamda mutaxassislik bо‘limlarini ochish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlashning hozirgi bozor iqtisodi sharoitini e’tiborga olib, kompleks о‘quv rejalarini ishlab chiqish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlashning bozor iqtisodi sharoiti uchun amaliy tayyorlash saviyasini oshiruvchi о‘quv materiallari bazasini tashkil etish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimida qabul qilishni tanlashning alternativ strategik usullarini ishlab chiqish va boshqalar.

Tizimning rivojlanishida kuzatilayotgan muammolari yuqorida qayd etilgan usullar asosida tatbiq etilsa, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish va uning faoliyatini kengaytirishga katta imkoniyatlar tug‘iladi.

Page 124: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

124

Tizimning faoliyat jarayonini muvofiqlashtirish borasidagi muammolarni bartaraf etishda esa quyidagi umumlashgan usul va yо‘llardan foydalanish mumkin:

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirishga yо‘naltirilgan nazariy bilimlarni berishda kо‘p qirrali eksperiment tajribalarga asoslanib mutaxassislik fanlarining samaradorligi kо‘rsatkich mezonini belgilash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining nazariy bilim berish jarayonida mutaxassislik fanlariga yaqin yordamchi fanlar bо‘yicha ham bilim berishning muvofiqlashtirilgan mezonini aniqlash va asoslash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining amaliy ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlarini о‘qitishning samaradorlik mezonini asosli ravishda aniqlash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining amaliy ta’limi jarayoni elementlarini о‘zaro muvofiqlashtirishning kо‘rsatkichini oshirishga xizmat qiluvchi mezonni ishlab chiqish va hokazo.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimiga yordamchi bо‘lgan о‘quv jarayonini muvofiqlashtirishning yо‘nalish va muammolarini yuqorida qayd etilgan yо‘llar asosida о‘rganish va tahlil etish, bizningcha, tizimning boshqa faoliyat jarayonlariga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini о‘rganuvchi va о‘rgatuvchi orasidagi dialogik munosabatni aks ettiruvchi о‘qitish jarayonining usul va shakllarini muvofiqlashtirish yо‘nalishini qamrab oluvchi tizim funksiyasi nazariy о‘qitishdagi mutaxassis fanlariga ilg‘or pedagogik texnologiyali, nazariy о‘qitishdagi mutaxassislikka yordamchi fanlarning о‘zaro aloqadorlarini ta’minlovchi, nazariy ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlarining mavzulari bо‘yicha maqsadli rejalar tuzish hamda amaliy tayyorlash jarayonida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni ilmiy tashkil qilish rejasini asoslash, amaliy о‘rgatishda talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlovchi asoslarni ishlab chiqish, individual usulni tо‘liq joriy qilish mashg‘ulot о‘tkazish usullarining eng maqbul variantini tanlash va boshqa muammolarning yechimiga qaratilgan mezonlar bilan bog‘liqdir.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining о‘quv jarayonida kо‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish yо‘nalishi quyidagi yо‘llar orqali о‘z muammosini hal qilgan holda bо‘lajak yuqori malakali kadrlarda zamonaviy ekologik, iqtisodiy, mahalliy ishlab chiqarishga taalluqli ilg‘or texnologik kо‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi bir qancha funksiyalarni bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bunda:

Page 125: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

125

- bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun kо‘p bosqichli ekologik kо‘nikma va malakalarni shakllantirish parametrlarini asoslash;

- bozor iqtisodi sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun nazariy fanlar hajmida ekologik bilim va kо‘nikmalarini shakllantirishning iqtisodiy mezonini ishlab chiqish;

- bozor iqtisodi munosabatlari qaror topgan iqtisodiy sharoitida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun amaliy fanlar hajmida ekologik bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks о‘quv rejasini kо‘p parametrli eksperiment tajribalari asosida ishlab chiqish;

- bozor iqtisodi munosabatlari yetakchilik qilayotgan bir sharoitda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun nazariy fanlar hajmida iqtisodiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks rejasi hamda о‘quv dasturlarini ilmiy asosda ishlab chiqish;

- amaliy tayyorlash jarayonida qatnashadigan fanlarning hajmida iqtisodiy bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishning kompleks ishchi dasturlari parametrlarini asoslash;

- bozor iqtisodi siyosati yetakchiligi ostida doimo rivojlanishda bо‘lgan mahalliy ishlab chiqarish haqidagi bilim va kо‘nikmalarning nazariy shakllarini о‘qitishga tatbiq etishning samarali mezonini ishlab chiqish;

- xususiylashtirishga asoslangan bozor iqtisodi sharoitida amaliy fanlar hajmida mahalliy ishlab chiqarishga taalluqli bilim va kо‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutgan holda ishchi dasturlarni ilmiy asosda ishlab chiqish;

- amaliy о‘qitishning о‘quv xonalari tizimini muvofiqlashtirishning mezonlarini asoslash va boshqalar о‘ta muhim sanaladi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yetishtirib bergan intellektual mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir qiluvchi kompleks uslubiy tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan darsdan tashqari olib boriladigan ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi yo‘nalishining amalga oshiruvchi tayyorlash jarayonining tizimli funksiyasini shakllantirish; talabalar konstruktiv uyushmalari, keng qamrovli ilmiy faoliyatga yо‘naltirilgan talablar ijodiy tо‘garaklarini tashkil qilish va kо‘rik hamda olimpiadalarni tashkillashtirish va о‘tkazish tizimni takomillashtirishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi. Bu boradagi muammo va yechimlar, bizningcha, quyidagi qator yо‘llar orqali о‘z yechimini topadi:

- xususiylashtirish munosabatlari chuqurlashib borayotgan sharoitda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun talabalar konstruktiv uyushmasini ilmiy tashkil qilishning uslubiy kompleks reja parametrlarini asoslash va tanlash;

Page 126: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

126

- fan taraqqiyoti rivojiga asoslangan bir necha bosqichli talabalar konstruktor-ijodkorlik uyushmalari uchun mо‘ljallangan kompleks ish dasturlarining parametrlarini asoslash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun yuqori boskichlarga asoslangan talabalar konstruktiv uyushmasining samaradorlik mezonini ishlab chiqish;

- talabalar mustaqil ta’limiga yо‘naltirilgan konstruktiv ijodiy uyushmalarni tashkil qilishning asosiy parametrlarini tanlash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun umumlashgan tо‘garak ishchi rejalari parametrlarini asoslash va tanlash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun mutaxassislik fanlarga asoslangan tо‘garak ishini muvofiqlashtirishning kо‘rsatkich mezoni parametrlarini tanlash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun tо‘liq jarayonni о‘z ichiga oluvchi bir necha bosqichli talabalar mustaqil ta’limiga asoslangan maqsadli konstruktiv reja va dasturlar parametrlarini asoslash va tanlash;

- yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi uchun doimo rivojlanish kо‘nikma va malakalarini egallashga undovchi bir necha bosqichli kо‘rik va olimpiadalar tashkil qilish, ijodiy tadbirlar rejalarining parametrlarini asoslash va tanlash.

Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, har qanday tizimni muvofiqlashtirish zamon talabi asosidagi rivojlanishning yо‘llarini о‘z ichiga oluvchi bir necha kompleks yо‘nalishlarning ilmiy tahlilga suyangan ma’lum bir tanlangan uslub va usullar orqali amalga oshadi. Shu jumladan, bozor iqtisodi munosabatlari yetakchiligi sharoitida xalq xо‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini zamon talabi asosida bir necha yо‘llarini qamrovchi yuqorida keltirilgan beshta funksional tizim faoliyatlarini muvofiqlashtirish yo‘nalishlari tizimli yondashuv uslubi asosida keng qamrovli va har xil informatsion bog‘lanishga asoslangan ilmiy tahlil xulosalariga tayangan holda muammolarni zamon talabi asosida yechishga imkon beradigan uslub va usullardan foydalanib amalga oshiriladi. О‘z-о‘zidan ma’lumki, bu besh funksional faoliyatning amalga oshishida yuzaga keladigan tayyor mahsulot inson aqliy zakovatining о‘zgaruvchanlik darajasi va bu о‘zgarishni amaliyotdagi shu besh funksional tizim muammolari asosida ma’lum bir yо‘nalishda hal qilish uchun unga shakllanishi kerak bо‘lgan uslub va usullar, birinchidan, muammolarni yechish zarurligining izchillik darajasini; ikkinchidan, yechilishi zarur bо‘lgan muammolarning istiqbollik darajasiga va nihoyat, uchinchidan, tayyorlanishi lozim bо‘lgan kadrlar xalq xо‘jaligining qaysi sohasiga tegishligiga bog‘liq holda olinishi lozim.

Page 127: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

127

Page 128: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

128

MUHANDISLIK GRAFIKASI ENSIKLOPEDIYASINI YARATISH TA’LIM TIZIMI SIFATINI OSHIRISH OMILI

SIFATIDA Rezume. Mazkur maqolada muhandislik grafikasi

ta’limi jarayoni tahlillari asosida muhandislik grafikasining ensiklopediyasini yaratish tamoyillari ochib berilgan.

Tayanch tushunchalar: muhandislik grafikasi, asboblar, buyumlar, detallar, konstruktiv elementlar, muhandislik grafikasi ensiklopediyasi.

Abstract. In the article, based on the analysis of

the process of teaching engineering graphics, the principles of creating an

encyclopedia of engineering graphics are disclosed.

Key concepts: engineering graphics, tools, products, parts, structural

elements, an encyclopedia of engineering graphics.

Резюме. В статье на основе анализа процесса преподавания

инженерной графики раскрыты принципы создания энциклопедии

инженерной графики.

Основные понятия: инженерная графика, инструменты, изделия, детали, конструктивные элементы, энциклопедия по инженерной графике.

Jamiyatning ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, о‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish borasida davlatimiz tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar e’lon qilingan1. Bu barcha ilm-fan sohalari qatori muhandislik gafikasi fanlari, ta’lim nazariyasi va metodikasi oldiga ham ulkan vazifalarni yukladi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash borasida muhandislik grafikasi fanlariga oid tarixiy va hozirgi kunning ilmiy manbalarini о‘rganish va ilmiy iboralar, sо‘z, termin va tushunchalar haqida tо‘laqonli va keng kо‘lamdagi ma’lumotlarga ega bо‘lish talab qilinmoqda. Bu muhandislik grafikasi fanlarining

*Ashirboyev Azim Ozodovich, Nizomiy nomidagi TDPU muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti. 1Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси томонидан эълон қилинган, бажарилиши 2012-2014 йилларга мўлжалланган амалий тадқиқотлар дастурлари лойиҳалари танлови // Дастур: ИТД-1.

A. Ashirboyev*

BAHS, MUNOZARA

Page 129: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

129

barcha ta’lim tizimi bо‘g‘inlariga tegishli ensiklopediyasini yaratishga bо‘lgan zaruriyat va ehtiyoj borligini bildiradi. Demak, muammoning yechimi jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini kengaytirishni ta’minlaydi. “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib, о‘z navbatida, ta’lim oluvchilarning vaqtini tejashga, keng qamrovli bilim olishga, ta’lim olishni tо‘g‘ri tashkil etishga va boshqarishga, uning sifat va samaradorligini oshirishga, ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikini ta’minlashga imkon beradi.

Turli fundamental fanlar va sohalar bilan bog‘liq bо‘lgan “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish va uning ta’lim tizimidagi о‘rnini aniqlash uchun quyidagi bosqichlarda ish kо‘rish lozim bо‘ladi.

­ muhandislik grafikasi fanlarining о‘qitish jarayoni tahlil qilinadi va bu sohaga tegishli ilmiy, ilmiy-metodik adabiyotlar о‘rganiladi, muhandislik grafikasi ensiklopediyasining о‘rni belgilab olinadi va uning kartotekasi yaratiladi. Boshqa davlatlarda muhandislik grafikasi fanlari mazmuni va о‘qitish jarayoni hamda bu sohaga tegishli lug‘at, ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar va shu davlatlarning asosiy о‘quv adabiyotlari mazmuni о‘rganiladi hamda ular ilmiy asosda qiyosiy tahlil qilinadi;

­ muhandislik grafikasi fanlariga oid sо‘z, ibora, belgi va terminlar qatori, ularning tematik guruhlari, etimologiyasi, fan va sohalarga oid aloqadorliklari о‘rganilib, sof va umumiylikka ega bо‘lgan terminlar qatori tadqiq qilinadi va ensiklopediya tarkibiga olib kiriladigan materiallar belgilab olinadi, uning illustrativ-izohlar banki yaratiladi;

­ muhandislik grafikasining illustrativ-grafik tasvirli ensiklopediyasi ishlab chiqiladi va amaliyotdagi tatbiqi kо‘rsatiladi.

Bilamizki, hozirgi kunda sodir bо‘layotgan buyuk о‘zgarishlar, muhim yangiliklar, jahon fani, madaniyati va texnikasi yutuqlari, dunyo tarixining muhim voqealari oldida muhandislik grafikasining ulushi va unga hissa qо‘shgan fan namoyandalari, mashhur shaxs va allomalar haqidagi ma’lumotlarning yaratilishi keyinchalik har xil yо‘nalishdagi ensiklopediya va izohli lug‘atlar hamda fan sohalariga tegishli qomuslarda о‘z aksini topadi. Bu bilan muhandislik grafikasi manbalarining о‘z о‘rnini topishiga erishiladi.

Ma’lumki, mamlakatimiz tarixida ilk bor 1965-yil О‘zbekiston ensiklopediyasini chiqarish tо‘g‘risida, 1968-yil yanvarida О‘zbekiston fanlar akademiyasi huzurida О‘zbekiston ensiklopediyasi bosh redaksiyasini tuzish tо‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Bu bosh redaksiyaga О‘zbekiston

Page 130: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

130

ensiklopediyasini tayyorlash, keyinchalik ayrim fan sohalariga doir ensiklopediyalar, izohli, terminologik va boshqa lug‘atlar tuzish va nashr etish vazifasi topshirildi1 va u muvaffaqiyatli amalga oshdi.

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng olamshumul tarixiy yutuqlar, fan, texnika va madaniyatning gullab yashnashi, yuz berayotgan voqealar va yangiliklar О‘zbekiston ensiklopediyasini zamon talabiga mos holda qayta kо‘rib chiqish va uni yaratish masalalari bо‘yicha davlatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qildiki, uning ijrosi bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshmoqda.

Endilikda kо‘plab fan va sohalarda bu kabi ishlar shiddat bilan amalga oshmoqda va natijalar ijobiy tarzda о‘z ifodasini topayotganligi sir emas.

Bu borada, istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimizning barcha kо‘rinishlarini yangicha anglash, idrok etish, ayniqsa, о‘zbek tilining ta’lim tizimidagi va ilm-fan sohasidagi mavqeini yanada kо‘tarish maqsadida tadbirlar ishlab chiqilib, bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, “Davlat tili haqida”gi Qonun joriy etildi va о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Uning 7-moddasida “Davlat о‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi” deb e’tirof etilgan2.

“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun3 va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”4ning qabul qilinishi ta’lim tizimini tubdan о‘zgartirish, uni yaxshilashga qaratilgan. Bu borada umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida muhandislik grafikasi fanlariga oid manbalarni о‘rganish va tadqiq qilish, mavjud iboralar, sо‘z, termin va tushuncha ifoda qiladigan belgilar, simvolikalarni chuqurroq va keng kо‘lamda talqin qilishni talab qilmoqda. “Muhandislik grafikasi” ensiklopediyasini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib, о‘z navbatida, ta’lim oluvchilarning vaqtini tejashga, keng qamrovli bilim olishga, ta’lim olishni tо‘g‘ri tashkil etishga va boshqarishga, uning sifat va samaradorligini oshirishga, ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizligini ta’minlashga, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini talabalar ongiga singdirishga yordam beradi.

1Ўзбек Энциклопедияси. – Тошкент, 1971. – Т.I, муқаддима. 2“Ўзбекистон Республикасининг давлат тили ҳақида”ги Қонуни. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1989 йил 21 октябр. 3Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б. 20-29. 4Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Баркамол авлод. Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б. 32-61.

Page 131: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

131

Muhandislik grafikasi fanlarining ensiklopediyasini yaratishda, avvalambor, shu sohaning terminologik tizimini о‘rganish, tadqiq qilish va sо‘ngra uni tartibga solish kerak bо‘ladi. Bunda tо‘g‘ri tanlangan terminlarning о‘rni va ahamiyati yuksak ekanligini hisobga olib, bu sohada jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim. Aniq fanlar terminologiyasi ta’lim jarayoni bilan bog‘lab tekshirilgan ishlar yо‘q emas, biroq muhandislik grafikasi fanlari bо‘yicha chizmachilikdan yaratilgan yagona A. Abdumalikov tomonidan chop etilgan о‘zbek tilidagi “Chizmachilikdan terminologik lug‘at-spravochnik”1 qо‘llanmasida chizmachilik va chizma geometriyada uchraydigan termin va tushunchalar qisqacha izohlangan. Ba’zi terminlarning etimologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. U о‘rta maktab, bilim yurti о‘quvchilari chizmachilik, rasm va geometriya о‘qituvchilari, oliy о‘quv yurti talabalari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda eng kо‘p uchraydigan atigi 500ga yaqin asosiy terminlar tо‘plangan va ularning ma’nosini tushuntirishga harakat qilingan, tasavvur qilish qiyin bо‘lgan kо‘plab terminlarni izohlashda unga qо‘shimcha ravishda grafik tasvirlardan foydalanilgan. Bu ish tor doirada bо‘lsa-da, о‘z vaqtida qо‘yilgan ilk qadamlardan biri sifatida keyingi qilinadigan ishlarga turtki bо‘ldi. Endilikda, bunday ishlarning salmog‘ini oshirish, uning keng qamrovli bо‘lishini ta’minlashga erishish lozim.

A. Tо‘xtayev, G‘. G‘ulomov, A. A. Samig‘ov, S. A. Yaxyoyevlar tomonidan chizma gemetriya va chizmachilikdan ruscha-о‘zbekcha atamalar lug‘ati tayyorlangan2. Unda chizma geometriya va chizmachilikka oid adabiyotlarda qо‘llanilayotgan 6500 ga yaqin asosiy terminlar e’tiborga olingan bо‘lib, qisman bо‘lsa-da, о‘zbek tilida qabul qilingan ayrim ruscha va rus tili orqali о‘zbek tiliga о‘zlashgan baynalmilal terminlarning о‘zbekcha ekvivalent terminlarini topib ishlatishga harakat qilingan, biroq ular ichida notо‘g‘ri va g‘aliz о‘rinlar mavjud.

J. Yodgorov umumta’lim maktablari darsliklarida chet tillardan о‘zlashgan terminlarning etimologik lug‘ati berilmaganligi sababli о‘quvchilarga tushuntirishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini ta’kidlab, uning oldini olish maqsadida ayrim terminlarning etimologik lug‘atini tuzgan va qisman bо‘lsa-da, izohlashga harakat qilgan, biroq bu ham keng qamrovli emas.

A. M. Kruppennikovning “Texnikaviy terminologiya haqida”gi chizmachilik darslarida texnikaviy terminologiyani о‘rganish о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va bu fan bо‘yicha о‘zlashtirish samaradorligini oshirish usullaridan biri ekanligi ta’kidlangan. Muallif texnikaviy terminlarning asboblar, buyumlar, detallar, ularning konstruktiv elementlari va boshqa shu kabilar chizmalarni

1Абдумаликов А. Чизмачиликдан терминологик луғат – справочник. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 144. 2Тўхтаев А., Ғуломов Ғ., Самиғов А., Яхёев С. Чизма геметрия ва чизмачиликдан русча-ўзбекча атамалар луғати. – Тошкент: ТДТУ, 1993. – Б. 187.

Page 132: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

132

savodli о‘qish va bajarish, chizma bо‘yicha biror-bir buyumni ishlab chiqarish jarayonida о‘z nutqida texnik terminlarni bayon qilayotgan suhbatdosh fikrini anglashda bu kabi termin va ularga oid tushunchalar haqida yuqori darajali bilimning talab qilinishini bildirgan1.

Umumtexnika terminlari bilan bir qatorda umumiy va sof chizmachilik terminlarini Y. O. Peshkov va N. I. Fadeyevlar ham tо‘plagan va izohlashgan2.

О‘zbek tilida chop etilgan о‘quv adabiyotlari ilk bor tarjima yо‘li bilan, sо‘ngra о‘zbek mualliflari R. Xorunov3, Y. Qirg‘izboyevlar4 tomonidan о‘quv adabiyotlari yaratildi-ki, bu bilan uning terminologiyasi ham yuzaga keldi. Sh. K. Murodov, R. Ismatullayev, P. Adilov, J. Yodgorov, E. Sobitov, I. Raxmonov, D. Qо‘chqorova, E. Rо‘ziyev va boshqalarning о‘quv qо‘llanma va darsliklarida ham bunga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning tadqiqotlari muhim manba vazifasini о‘taydi. Bu esa, chizmachilik va chizma geometriyaga oid termin va tushunchalarni tо‘g‘ri qabul qilish va anglashda ahamiyatli.

Shu ma’noda, muhandislik grafikasi keng qamrovli soha bо‘lganligi uchun uning tarkibiga kirishi mumkin bо‘lgan bunday terminlar qatori 50000 dan oshishi mumkin. Undan tashqari ensiklopediya tarkibida buyuk shaxslar, allomalar hayoti va ijodi, fan uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlarning ham keltirilishi zarur. Muhandislik grafikasi fanlari bо‘yicha mо‘ljalga olingan bunday ishlar shu kunga qadar chop etilgan О‘zbekiston ensiklopediyasi tarkibida ham keltirilgan, biroq bular keng kitobxon ommasi uchun yetarli darajada emas. Bu bilan mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni fan nuqtayi nazaridan baholab, uning mazmunini boyitish, nazardan chetda qolgan manbalarni ilmiy asoslab, yaratiladigan ensiklopediya tarkibiga olib kirish bilan uning kо‘lamini kengaytirish lozim.

Demak, muhandislik grafikasi ensiklopediyasini yaratish shu sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va uni xususiylashtirish nazarda tutiladi. Bu bilan ta’lim bosqichlarida sifatli bilim berish, uning uzviylik va uzluksizligini ta’minlashga, muhandislik grafikasi fanlarining mazmuni va о‘qitish jarayonini hamda bu sohaga tegishli о‘quv adabiyotlarini, lug‘atlar va ma’lumotnomalarning mazmunini yaxshilashga erishiladi. Ayniqsa, fanga oid ilmiy ma’lumotlar qatorida boy merosni о‘rganishga xizmat qiladi.

1Круппенников А. М. О технической терминологии. – Москва: Школа и производство, 1988. – С. 56. 2Пешков. Е. О., Фадеев Н. И. Технический словарь школьника. – Москва: 1963. – С. 223. 3Хорунов Р. Чизма геометрия курси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 430. 4Қирғизбоев Ю. Қ. Чизма геометрия. – Тошкент: Ўқитувчи, 1976. – Б. 126.

Page 133: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

133

КВАЛИМЕТРИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА СТУДЕНТА ВУЗА

Rezume. Maqolada oliy ta’lim muassasasi

talabasining kvalimetrik bahosini aniqlash usuli

ko’rsatilgan.

Tayanch tushunchalar: ta’lim sifati, pedagogik

kvalimetriya, “xususiyatlar daraxti”, kvalimetrik

baholash.

Abstract. In the article the high educational

establishment’s student’s qualimetric mark

determination is considered.

Key concepts: the quality of education,

pedagogical qualimetry, properties of wood, qualimetric

score.

Резюме. В статье рассматривается способ

определения квалиметрической оценки студентов

высших учебных заведений.

Основные понятия: качество образования,

педагогическая квалиметрия, дерево свойств,

квалиметрическая оценка.

Качество образования одно из ключевых в современной педагогике

трактуется по-разному разными исследователями, но сводится в общем

случае к определению, данному в ИСО 9000-2001 «Качество – степень

соответствия присущих объекту характеристик установленным

требованиям»1.

Понятие качества являясь многомерным и мультифакторным

феноменом включает такие составляющие как качество результатов

деятельности (процесса), качество самих процессов и качество системы или

организации деятельности. К ключевым факторам качества образования

относят: качество содержания образования, качество абитуриентов и

*Кучкарова Диларом Файзуллаевна, профессор кафедры начертательной геометрии и инженерной графики института Ирригации и мелиорации, доктор технических наук. E-mail: [email protected] *Ачилова Дилноза Ахматовна, старший научный сотрудник исследователь института Ирригации и мелиорации. E-mail: [email protected] 1Квалиметрия образования и науки: периодический научно-методический журнал. – Кострома: КГУ им. Н. А. Некрасова, 2001. – Вып. 3. – С. 91.

Д. Кучкарова*

Д. Ачилова*

Page 134: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

134

студентов, качество методического и материально-технического

обеспечения образовательного процесса, качество профессорско-

преподавательского состава, качество технологий тестирования и проверки

знаний, умений и навыков студентов, качество общего менеджмента вуза.

Каждый временной период в развитии национальных систем

образования выдвигает свою квалиметрическую парадигму, наполняя её

соответствующими представлениями о содержании, методах и технологиях,

этической и процессуальных сторонах контрольно-оценочной деятельности

в области образования1.

Конечной продукцией высшего учебного заведения является

специалист, способный занять определённую социальную нишу, качество

которого определяется:

1. Знаниями в плане теоретико-фундаментальных основ будущей

профессии и в сфере социальных коммуникаций.

2. Способностью к самостоятельным действиям в плане

профессиональных умений и навыков в реальных условиях трудовой

деятельности.

3. Готовностью к позитивным взаимоотношениям с участниками

образовательного процесса, что стимулирует дальнейшее образование и

самообразование.

В настоящее время основной акцент при оценке профессиональной

подготовленности выпускника вуза переносится на умение в условиях

неопределённости продуцировать и использовать знания, умения и навыки

для выполнения нестандартной задачи и разрешения сложной ситуации.

Современная педагогическая квалиметрия исходит из обстоятельства,

что оценить качество профессиональной подготовки специалиста можно

разработав четкую иерархию диагностируемых профессиональных знаний,

умений, навыков, компетенций, а затем оценить по специально

разработанным оценочно-диагностическим методикам уровень

сформированности каждого профессионально значимого параметра.

В арсенале педагогической квалиметрии существуют инвариантные

оценочные инструменты, которые могут быть применены в разных

образовательных организациях, такие как скрининговые интервью,

1Субетто А. И. Квалитология образования. – Санкт-Петербург: Исслед.центр проблем качества подготовки специалистов МО РФ, 2000. – С. 132.

Page 135: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

135

экспертный анализ учебных пособий, анализ портфолио студентов и

преподавателей и т д., но основным инструментом педагогической

квалиметрии остаётся тестирование, как действенный метод оценки

профессиональной подготовки. Вместе с тем очевидно, что получить

объективную оценку по результатам только вопросно-ответного

тестирования сложно.

Авторы статьи в своих предыдущих публикациях рассматривали

вопросы взаимодействия факторов, влияющих на успешность обучения,

эффективность непрерывной аттестации, в которой тестирование является

лишь одним из четырёх видов контроля и возможности управления

учебным процессом при помощи интегральных оценок1.

Цель настоящей статьи – разработка квалиметрической оценки

конкретного студента, как основного участника учебного процесса.

Одним из методов квалиметрии является построение дерева свойств.

Рассмотрим конкретного студента, обладающего комплексом различных

свойств, как простых, так и сложных принадлежащим разным шкалам

(таблица 1).

Таблица 1.

Качество студента

Целеустремлённость

Коммуникабельность

Сформированность знаний

Мотивация

Прилежание

Дисциплинированность

Скорость реакции

Пространственное мышление

Амбициозность

Упорство

Авторы статьи выбрали 10 свойств из множества других свойств, как более

связанных с конечной оценкой. Для каждого свойства назначается числовое

значение. При таком подходе некоторая академическая группа оказывается

1Кучкарова Д. Ф., Ачилова Д. А. Методы статистического анализа при обучении инженерной графике // Pedagogika. – Ташкент, 2014. – № 5. – С. 68-71; Кучкарова Д. Ф., Ачилова Д. А. Управление качеством обучения в процессе преподавания инженерной графики // Pedagogika. – Ташкент, 2015. – № 5. – С. 105-108.

Page 136: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

136

Парето-оптимальным множеством, где каждый член лучше другого по

одному из свойств, но хуже по другому. Формируется таблица 2.

Таблица 2.

𝑞1 𝑞2 𝑞3 𝑞4 𝑞5 𝑞6 𝑞7 𝑞8 𝑞9 𝑞10

1 𝑞11 𝑞12 𝑞13 ... ... ... ... ... ... ... ∑𝑞𝑖

10

1

n 𝑞𝑛1 𝑞𝑛2 𝑞𝑛3 ... ... ... ... ... ... ... ∑𝑞𝑖

10

1

Где 0≤𝑞𝑖≤1 – числовое значение свойства, определяемое метдом

экспертных оценок.

n- число студентов в группе.

Предполагается, что все свойства можно спроецировать на некоторую

унифицированную шкалу и оценить некоторым числом. На следующем шаге

формируется «идеальный» студент, для которого все 10 свойств принимают

значение 1 и сумма свойств равна 10.

Для каждого конкретного студента вычисляется евклидово расстояние

до «идеального» студента 𝑟 = ±[(10 − ∑𝑟𝑖)2]

1

2 которая и определяет

квалиметрическую оценку. В данном случае оценка указывает на состояние

свойств студента на некотором отрезке времени и носит статический

характер. Очевидно, однако, что все свойства не являются инвариантами и

меняются во времени, тогда оценка 𝑟𝑖 обретает динамический характер и

служит основой определения образовательной траектории студента. Опыт

показывает, что итоговая рейтинговая и квалиметрическая оценки

положительно коррелируют между собой.

Page 137: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

137

PEDAGOGNING MAZMUNLI UMR YO‘LI

Hamrayev Madrim Abdraimovich 1956-yil 2-avgustda

Turkmanistonning Toshovuz tumanida (hozir Turkmaniston

Respublikasi) oddiy ishchi oilasida tug‘ildi.

U о‘rta maktabni a’lo baholarga tugatgandan sо‘ng,

1974-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik

instituti (universitet) о‘zbek tili va adabiyoti fakultetining

kunduzgi bо‘limiga о‘qishga kirdi va uni 1978-yili imtiyozli

diplomga bitirdi va shu kundan boshlab, to hozirgi

kungacha bо‘lgan hayotiy davri mazkur institut bilan

bog‘lanib qoldi. M. Hamrayev filologiya fanlari doktori, professor Mazluma

Asqarova ilmiy rahbarligida, “Hozirgi zamon о‘zbek tilidagi kо‘rsatish

olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik

dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va u 1997-yil yanvar oyida

nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

M. Hamrayev 1978-1988-yillarda mazkur institutdagi tayyorlov bо‘limida

metodist bо‘lib ishlash bilan bir qatorda, о‘rindoshlik asosida talabalarga о‘zbek

tilshunosligi fanidan saboq berib keldi. 1988-yil yanvar oyidan boshlab hozirgi

kungacha boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida ishlab kelyapti.

M. Hamrayev barakali ilmiy-metodik izlanishlar olib bordi va “Hozirgi о‘zbek

tilidagi kо‘rsatish olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari”

monografiyasi (Toshkent: Fan, 2009), hammualliflikda defektologiya,

maktabgacha tarbiya mutaxassisliklari uchun “ona tili” darsligi (Toshkent: Moliya-

Iqtisod, 2007), “О‘zbek tilidan mashqlar tо‘plami” (Toshkent: TDPU,

2003), “О‘zbek tilshunosligidan alifbo tartibdagi ma’lumotnoma” (Toshkent:

TDPU, 2009), hammualliflikda “Ona tilidan mashqlar tо‘plami” (Toshkent: TDPU,

2009), “Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari tо‘plami” (Toshkent: Sharq,

2012), “Ona tili” oliy о‘quv yurtiga kiruvchilar uchun qо‘llanmasi (Toshkent:

Sharq, 2012), “Ona tili fanidan o‘quv-didaktik majmua” ma’ruzalar, mashqlar va

mavzuli testlar to‘plami (Toshkent: Sharq, 2015) , “Ona tili fanidan lisoniy tahlil

qoliplari” atamalarning izohli lug‘ati (Toshkent: Sharq, 2015-yil), “Ona tili”

(Toshkent: Sharq, 2016) nomli о‘quv qо‘llanma, 50dan ortiq ilmiy, ilmiy metodik

maqolalar tayyorlandi va nashr ettirildi. Ayniqsa, “О‘zbek tili” (Oliy о‘quv

FAN VA TA’LIM FIDOYILARI

Page 138: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

138

yurtlariga kiruvchilar uchun) о‘quv qо‘llanmasi bо‘lg‘usi talabalar uchun eng

qimmatli bilim manbayiga aylanib bо‘lgan, u 1999-yildan beri qayta tо‘ldirilgan

holda har yili nashr qilinib kelinmoqda.

M. Hamrayev bir necha yildan beri “Respublika innovatsion g‘oyalar,

texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasida о‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelyapti.

U kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh tilshunos” ilmiy tо‘garagining rahbari.

M. Hamrayev 60 yoshni qarshilaganiga qaramasdan hali g‘ayrat va shijoatga

tо‘la va respublikamiz oliy va xalq ta’limi uchun hormay-tolmay xizmat qilishga

tayyor insonlardandir.

Jо‘rayev Tursunboy, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Barakayev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Page 139: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

139

M U N D A R I J A

BOSH MAQOLA

Sharipov Shavkat Islom Karimov – О‘zbekistonda ta’lim

sohasining bosh islohotchisi................2

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA,

PEDAGOGIK INNOVATIKA

Gulyamov Saidahror

Ta’lim sifatini oshirishda intellektual

oilaning roli.........................................7

Xodjayev Begzod Muzey pedagogikasi: taraqqiyot tarixi

va

istiqboli..........................................15

Sattarova Gulnora

Ilk о‘spirinlarda irodaviy sifatlarning o‘rganilishiga

doir...............................23

Ergashev Pо‘lat Pedagogning simmetriya hissi ta’lim

jarayonida uzviylikni ta’minlash omili sifatida.............................................30

Shodmonova Shoira,

Gapparova Maftuna

Talabalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish

jarayonlari

modeli..............................35

Yusufaliyev Elyorjon

Oilaviy munosabatlar va о‘smirlarning deviant

xulqi........................................43

Isroilova Maxsuda

Akramov Abdumalik

Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalar

asosida fuqarolik pozitsiyasini shakl-

lantirish..........................................64

Qosimov Shavkat

Kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining

amaliy kasbiy tayyorgarligi

mazmuni........................................69

TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI

Rahmatullayev Dilmurodjon

Boshqaruvda ta’lim xizmati

sohasining о‘ziga

xosliklari................................77

MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY

FANLAR TA’LIMI

Xaydarov Ozodjon

О‘quvchilarni kasb-hunarga

yо‘naltirish tizimini axborotlash-

tirish...............................................81

Mamarajabov Mirsalim,

Maxamatova Zulfiya

Elektron ta’lim resurslari yaratish: E-

publish dasturi

imkoniyatlari...........85

IJTIMOIY VA GUMANITAR

FANLAR TA’LIMI

Клименко Ирина

Подъязык живописи и духовно-

эстетическое воспитание

студентов.......................................8

9

Faxriddinova Nargiza

Page 140: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

140

Talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning ayrim diagnostik

masalalari.........................................51

Sagindikova Nargiza

Bо‘lajak mutaxassislarda mas’uliyat hissining namoyon bо‘lishi................58

Talaba-yoshlarda qonunga hurmat

fazilatlarini

tarbiyalash.....................96

SAN’AT VA JISMONIY MADANIYAT TA’LIMI

Rejametova Nilufar Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish........................................101

Gulliyev Umidjon Maqomlar silsilasidan о‘quv jarayonida foydalanish usullari.........................106

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH

Muslimov Narzulla Tinglovchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari..................................111

Tolipov О‘tkir, Murtazayev Meli Bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy maktab faoliyatini muvofiqlashtirish-ning asosiy yо‘nalish va usullari.......117

BAHS, MUNOZARA

Ashirboyev Azim Muhandislik grafikasi ensiklopediya-sini yaratish ta’lim tizimi sifatini oshirish omili sifatida....................123

Кучкарова Диларом, Ачилова Дилноза Квалиметрическая оценка студента вуза.............................................128

FAN VA TA’LIM FIDOYILARI

Jо‘rayev Tursunboy, Barakayev Murod Pedagogning mazmunli umr yo‘l....132

Page 141: Pedagogika - TDPUtdpu.uz/uploadfiles/4978_201_SA 2016. 4-son.pdf · 2018. 2. 8. · ravishda bu sohadagi yopiq zonani hosil qilar, jahon miqyosida ta’lim sohasida yuz berayotgan

PEDAGOGIKA 2016, 4-son

141

MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION

OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

TASHKENT STATE PEDAGOGICAL UNIVERSITY NAMED AFTER NIZAMI

PEDAGOGICA (Scientific-theoretical and methodical journal)

№ 4

РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН

МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

ТАШКЕНТСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ

УНИВЕРСИТЕТ им. НИЗАМИ

ПЕДАГОГИКА (Научно-теоретический и методический журнал)

№ 4

Mas’ul kotib – Bahodir Mavlonov

Muharrirlar – Saodat Adilova, Nafisa Razzoqova

Sahifalovchilar – Nargiza Husenova, E’zoza Sobirova

Nashr ko‘rsatkichlari:

Yakka obunachilar uchun – 1076, Tashkilotlar uchun – 1077

Jurnal 2000-yildan chiqa boshlagan. Ikki oyda bir marotaba chop etiladi.

2016-yil 21-sentabrda bosishga ruxsat etildi. _____-buyurtma.

Adadi – 430 nusxa. 12 bosma taboq. Ofsеt usulida bosildi.

Bichimi 70x1001/16 “Calibri” garniturasi.

Nizomiy nomidagi TDPU “Tahrir va nashr” bo‘limida bosildi.

100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,

Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. Tel.: (0371) 215-52-64

Veb sayt: www.tdpu.uz

E-mail: [email protected] // [email protected]