80
ODOBNOMA Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik To‘rtinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan O. Hasanboyeva, M. Inoyatova, A. Ne’matova “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent — 2018

Odobnoma 2 UZB 2018 · 2018. 8. 15. · ODOBNOMA Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik To‘rtinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

  • Upload
    others

  • View
    31

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

  • ODOBNOMAUmumiy o‘rta ta’lim maktablarining

    2-sinfi uchun darslik

    To‘rtinchi nashr

    O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi tomonidan

    tasdiqlangan

    O. Hasanboyeva, M. Inoyatova,A. Ne’matova

    “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti

    Toshkent — 2018

  • 2

    Shartli belgilar:

    — buni bilib oling;

    — jumboqni yeching;

    — lug‘atni daftaringizga ko‘chiringva ma’nosini yodda tuting;

    — maqollarni yod oling;

    — savol va topshiriqlar;

    — savollar;

    — topshiriqlar;

    — dars tugadi.

    Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidanchop etildi.

    ISBN 978-9943-07-612-9

    Taqrizchilar: M. Quronov — pedagogika fanlari doktori;Z. Zamonov — O‘zDJTU doktoranti;N. Ro‘ziboyeva — Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi

    62-maktab o‘qituvchisi;Sh. Egamberdiyeva — Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi

    95-maktab direktori.

    !

    ?

    ?!

    UO‘T: 17(075)KBT 74.200.51ya7

    O 31

    © O. Hasanboyeva va boshq., 2011, 2018.© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»

    Davlat ilmiy nashriyoti, 2011, 2018.

  • 3

    ONA VATAN

    Bizning vatanimiz O‘zbekiston deb nom-lanadi. Uning bunday nomlanishi Kons-titutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan.Mamlakatimizning poytaxti Toshkent shah-ridir.

    I. BIZNING VATANIMIZ —O‘ZBEKISTON

  • 4

    Vatan – Ona

    Sen tug‘ilganQutlug‘ xona.Aziz diyor,Pok ostona.

    Qiyosi yo‘q,Bu yagona.Sen-u menga,Vatan – Ona.

    Shunday go‘zalUlug‘ yurtkim,Tuprog‘iniKo‘zga surtgin.

    Tursunboy Adashboyev

    1. Yuqoridagi rasmda nimalar tas-virlangan?

    2. “Vatan – Ona” she’rini o‘qing vayod oling.

    ?!

  • 5

    Inson tug‘ilib voyaga yetgan xonadon,mahalla, qishloq va shahar Vatan ichidagikichik Vatandir.

    O‘z kindik qoni to‘kilgan,ota-bobolari xoki yotgan onayurtini dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb bila-digan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur vaiftixori yuksak bo‘ladi.

    ! “...ona yurtini dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb biladiganodamning maqsad-muddaolari aniq,g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi”,degan jumlaning izohini kattalardanbilib oling.

    Vatani borning davlati b .

  • 6

    Bizning mamlakatimiz buyuk alloma, sar-karda, shoir va mutafakkirlar vatanidir.

    Biz ìatanimiz nomini dunyoga tanitganAbu Rayhon Beruniy, Amir Temur, AlisherNavoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plabbuyuk ajdodlarning avlodlarimiz.

    Ulardan odob-axloqli bo‘lish va bilimningfazilatlari haqida qimmatli fikrlar merosbo‘lib qolgan.

    1. Yurtimizning qadimiy shaharlarinomlarini ayting.

    2. Yuqoridagi rasmlarda kimlar tas-virlangan? Kattalar yordamidarasmda tasvirlangan ajdod-larimiz haqida bilib oling.

    ?!

    AJDODLAR MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ

  • 7

    Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.

    Abu Rayhon Beruniy

    Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur

    Alisher Navoiy

    Har mamlakatda adolat eshigini ochdim,Zulm-u sitam yo‘lini to‘sdim.

    Kuch – adolatda.

    Amir Temur

  • 8

    BUYUK AJDODLARIMIZNINGIBRATLI ISHLARI

    Husaynning tilagi

    Buyuk ajdodlarimiz muntazamravishda o‘z bilimlarini oshiribborganlar. Ko‘plab kitoblar mu-tolaa qilganlar. Masalan, buyukvatandoshimiz Abu Ali ibn Sino10 yoshigacha matematika,mantiq, geometriyaga oid bi-

    limlarni o‘rgangan. Uning asl ismi Husaynbo‘lib, Buxoroning Afshona qishlog‘idatug‘ilgan.

    Hikoya qilishlaricha, Husayn 17 yoshgato‘lganida Buxoro amiri betob bo‘lib qoladi.Husayn uning kasalini davolagach, amiryosh tabibdan “Nima tilaysan?” deb so‘-raydi. Yosh Husayn amirning kutub-xonasida bebaho bilimlar xazinasi – noyobkitob va qo‘lyozmalar ko‘p ekanini yaxshibilar edi. Shuning uchun u ikkilanib o‘tir-may kutubxonadan foydalanishga ruxsatso‘raydi.

  • 9

    Odobli, bilimdon, aqlli, meh-natsevar, imon-e’tiqodli farzandnafaqat ota-onaning, balki butunjamiyatning eng katta boyligidir.

    1. Yuqoridagi hikoya asosida kitob-ning inson hayotida tutgan o‘rnihaqida fikr bildiring.

    2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingizqaysi?

    3. Abu Ali ibn Sino shogirdlarigaqanday o‘gitlarni yozib qoldirgan?

    Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sho-girdlariga yozib qoldirgan o‘gitlarida 18yoshgacha olgan bilimi butun umrigayetganini aytib o‘tgan.

    ?!

  • 10

    1. Qaysi rasmda farzand odobigato‘g‘ri kelmaydigan holatlar tasvir-langan?

    2. Rasmlarda tasvirlangan oila a’zo-lariga g‘amxo‘rlik nimalarda ko‘ri-nadi?

    II. OILA – MUQADDAS DARGOH

    OTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR

    ?

  • 11

    Farzandlik burchlari(o‘gitlar)

    ♦Doimo ota-onaga hurmatda bo‘lish.♦Ota-onaning birinchi chaqiriqlari bilan

    oldilariga yetib borish.♦Ota va ona bilan gaplashganda yuzni

    burishtirmaslik, jahl qilmaslik.♦Ota va ona bilan suhbatlashganda ovoz-

    ni baland ko‘tarmaslik.♦Ota-onaning ruxsatisiz sayohatga chiq-

    maslik.♦Ota-onaga quvonch keltirishga intilish.♦Ota-onani muqaddas deb bilish, chunki

    barcha go‘zalliklar ular tufaylidir.

    Husayn Voiz Koshifiydan

    Burch – bajarilishi zarur bo‘lganvazifa.

    Muqaddas – aziz, mo‘tabar.

    ?O‘ylab ko‘ring siz qanday far-zandsiz?

  • 12

    OILADA MENING O‘RNIM

    Matnga munosabat bildiring.O‘zingizning qanday aka yoki qandayopa ekanligingiz haqida so‘zlab be-ring.

    Akam – davlatim,Ukam – savlatim.

    !

    Aka-uka, opa-singilqanday bo‘lishi kerak

    Ey farzand!Aka ukani, opa singilni to‘g‘ri yo‘lga

    boshlashi, himoya qilib, qo‘llashi kerak.Unga bilmaganlarini o‘rgatishi, shirin so‘zbilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi zarur. Uni yax-shi ko‘rishga harakat qilishi lozim. Uka vasingil ham aka-opaga nisbatan hurmatdakamchilikka yo‘l qo‘ymasligi, ulardan hechnarsasini qizg‘anmasligi, hasad qilmasligikerak.

  • 13

    Oilaviy an’analar

    An’ana nima? An’ana – nasldan nasl-ga o‘tuvchi qoida, udum, urf-odat vaboshqa amallar. Mana shularning biroilaga xosligi oilaviy an’ana bo‘ladi.Masalan, biror hunarning avloddan av-lodga o‘tib davom etib borishi, o‘shaavlodgagina xos bo‘lgan ilm-fanga,san’atga ishtiyoq, biror buyumni nasldannaslga yetkazib bera bilishlik kabilardir.

  • 14

    1. Rasmlarda qanday oilaviy an’analartasvirlangan?

    2. Oilangiz an’analari haqidaso‘zlab bering.

    ?!

  • 15

    Katta î‘g‘il(zamonaviy ertak)

    Bir qishloqda chol bilan kampir yasharekan. Ularning uch o‘g‘li shaharda turisharekan. Kichik va o‘rtancha o‘g‘il ota-onasi-ning oldiga tez-tez kelishar, katta o‘g‘il sirakelmas ekan.

    QARISI BOR UYNINGPARISI BOR

    Rasmlarni kuzating. Kattalarga ko‘r-satilayotgan hurmat va ehtirom ha-qida so‘zlab bering!

    !

  • 16

    Chol-kampir uni sog‘inishibdi. Osmondagibulutlardan, yerdagi chuchmomalardan, hattoqushlardan ham katta o‘g‘liga salomyo‘llashibdi. Baribir katta o‘g‘il kelmabdi.Ona o‘g‘lini ko‘rish uchun shaharga otlanibdi.

    Onani nabiralari kutib olishibdi, u keltir-gan suzma va qurtlar nabiralariga yoqmab-di. Bizga oyimiz: «Birovning qo‘lidan hechnarsa yemanglar, deb aytgan», – deyishib-di. Ona qattiq xafa bo‘libdi. Katta o‘g‘liningishdan kelishini ham kutmay, qishlog‘igaqaytib ketibdi.

    M. Ubaydullayeva

    ? Ona nima uchun o‘g‘li va nabi-ralaridan xafa bo‘ldi?

  • 17

    Ko‘cha, maktab, transport, damolish maskanlari, kino, teatr,muzey va istirohat bog‘i jamoat

    joylari hisoblanadi. Jamoat joylaridao‘zini tutishning quyidagi bir qanchaodob qoidalari bor: ozoda kiyining; bar-chaga chiroyli muomalada bo‘ling;transportda kattalarga joy bering; kishi-lardan biror narsa so‘ramoqchi bo‘l-sangiz, avval salom berib, uzr ayting,keyin so‘rang; katta yo‘lda xavfsizlikqoidalariga rioya qiling.

    JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINITUTISH ODOBI

    Chappavoy

    Bizning Chappavoy nuqulIsh qiladi chappaga.Kitob-daftar o‘rniga,Yong‘oq solar papkaga.

    III. ODOB KISHINING ZEB-UZIYNATI

  • 18

    Tanaffusda boshqalarEshik tomon shoshadi.Chappavoy eshik qolib,Derazadan oshadi.

    Xudoyberdi Komilov

    1. Shå’rdagi holatni ko‘z oldingizgakeltiring. Nimani his qildingiz? O‘zmunosabatingizni bildiring.

    2. Chappavoyning qilgan ishlarininima uchun yomon deb bilasiz?

    !?

  • 19

    1. Rasmlarda jamoat joylarida o‘zinitutish odobi buzilganligi nimalardanko‘rinmoqda?

    2. Jamoat joylarida o‘zini tutish odo-bi deganda nimani tushunasiz?

    ?

    Intizom – qiladigan ishlarimizning harbirini o‘z vaqtida tartibi bilan qilishdir.

    Abdulla Avloniy

    Ikki kishining orasiga ruxsatsiz o‘tiril-maydi.

    Hadis

  • 20

    1. Rasmlarning qay birida xush-muomalalik, qaysi birida samimiymunosabatni ko‘ryapsiz?

    2. Nima deb o‘ylaysiz, ona farzandi-ga nimalardan saboq beryaptiekan? Sizning onangiz nimalarhaqida o‘git beradi?

    XUSHMUOMALALIK VASAMIMIY MUNOSABAT

    ?

  • 21

    HILOLA BILAN ZILOLA

    Hilola bilan Zilola yon qo‘shni. Hilolaningfe’li birmuncha chatoqroq. Atrofdagilargamuomalasi qo‘rs, mensimay siltab gapla-shadi.

    Zilola esa uning aksi. Barchaga xush-muomala, samimiy munosabatda bo‘ladi.Shuning uchun uni hamma yaxshi ko‘radi.

    Bir kuni Hilola ko‘chada chopib ketayotibyiqilib tushdi. Oyog‘i qayrilib, bosolmay qol-di. Buni ko‘rgan Zilola yordamga shoshildi.

    – Voy, o‘rtoqjon, tura qol, menga suyan.Zilola Hilolaning turishiga ko‘maklashib, ki-yimining changlarini qoqdi. Shirin gaplar bi-lan tasalli berib uyiga kirishiga yordamlash-di.

    Zilolaning bu muomalasidan Hilola uyalibqoldi. U ham Ziloladek bo‘lishga ahd qildi.

    1. Hikoyadan qanday xulosa chiqar-dingiz?

    2. Nima deb o‘ylaysiz, insonningxushmuomala bo‘lishi nimalargabog‘liq?

    ?

  • 22

    1. Quyidagi she’rni o‘qing. Mazmu-nini so‘zlab bering.

    2. Qiynalsangiz, ustozingizdan yor-dam so‘rang:

    Shirin so‘z

    Tig‘ yarasi bitar-u,Til yarasi bitmaydi.Tildan ozor cheksa kim,Dil yarasi bitmaydi.

    Yaxshi so‘z – jon ozig‘i,Undan dil olar orom.Bir-birovga shirin so‘zAytaylik, jon o‘rtoqjon.

    Dilshod Rajab

    Bug‘doy noning bo‘lmasa ham bug‘-doy so‘zing bo‘lsin.

    Xushmuomalalik haqida she’rlar topibyod oling.!

    !

  • 23

    SO‘ZLASHISH ODOBI

    Suhbat odobi qoidalari

    ♦ Suhbatdoshingizga baland ovoz-da gapirmang.

    ♦ Uning gaplarini e’tibor bilan ting-lang.

    ♦ Suhbat paytida o‘zingizni maq-tamang.

    Qo‘pol so‘zdan saqlan(hikoya)

    Bir qo‘pol bola bor edi. Otasi unga hargal qo‘pol gapirganida ayvon ustuniga bit-tadan mix qoqishni buyurdi. Birinchi kunibola ustunga o‘nta mix qoqdi. Ikkinchi kunimix qoqishdan båzillab, kamroq qo‘pollikqildi. Shu tariqa mixlar soni kamayib bor-di. Nihoyat, bola ustunga mix qoqmay qo‘y-di. Shunda otasi: “Shirin gapirganingda bit-tadan mixni sug‘ur”, dådi. Bola otaning

  • 24

    ?

    aytganini qildi. U barcha mixlarni sug‘uribtashlagan kuni rosa quvondi. Låkin mixlar-ning o‘rni ko‘ziga xunuk ko‘rindi. Shundaota:

    — O‘g‘lim, qo‘pol gapdan odamlarningqalbida jarohatlar qoladi. Ko‘rdingmi, endiustundagi tåshiklarni yo‘qotib bo‘lmaydi, —dådi.

    Siz qo‘pol so‘zlashdan qanday qilibqutulish mumkin, dåb o‘ylaysiz?

    Tig‘ jarohati bitar, til jarohati bitmas.

    Donolar suhbat odobi haqida

    Shirin so‘z zilol suvga o‘xshaydi.Zilol suv qayerga oqib borsa, u yerdan

    anvoyi gullar o‘sib chiqadi.Yusuf Xos Hojib

    Zilol — toza, tiniq.Anvoyi — har xil, turli-tuman.

  • 25

    ♦ Yumshoqlik bilan so‘zlang.

    ♦ Ochiq chehra bilan gapiring.

    ♦ O‘ylab, andisha bilan so‘zlang, o‘ylamay

    aytilgan gap pushaymonlik keltiradi.

    ♦ Kishilar gapirayotganida oraga gap

    qo‘shmang, so‘zini bo‘lmang.

    ♦ Ko‘p gapirmang, zero bu oqillar ishi

    emas.

    Husayn Voiz Koshifiydan

  • 26

    “Labbay”ga nima yetsin!(hikoya)

    Anvar aka hamkasbi Erkin akaning uyi-ga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakdan yosh bola-

    Farzandlarim, insonlar doimo bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladilar.Kishilarning dilini ranjitmasdan, ular-

    ning ko‘nglini ola bilgan insonlar muloqotmadaniyati yuqori odamlar hisoblanadilar.

    Jumladan, telefonda so‘zlashgandaham kishining madaniyati bilinadi.

    Telefonda so‘zlashish qoidalari:♦ go‘shakni ko‘tarib, “labbay” deng;♦ suhbatdoshingiz bilan, albatta, sa-

    lomlashing;♦ suhbat chog‘ida “Labbay”, “Mar-

    hamat”, “Uzr” kabi so‘zlarni ishlating;♦ bir joyga telefon qilsangiz, qisqa va

    aniq gapiring.

    MULOQOT MADANIYATI VATELEFONDA SO‘ZLASHISH ODOBI

  • 27

    ? 1. Bolakayning o‘rnida siz qanday ja-vob bergan bo‘lardingiz?2. Telefonda so‘zlashish odobi haqi-

    da nimalarni bilib oldingiz?

    ning “Kim kerak?!” degan ovozi eshitildi.Kutilmagan savoldan Anvar aka shoshibqoldi.

    — Assalomu alaykum, toy bola, dadan-giz uydamilar? — so‘radi u.

    — Kim bu? Kimsiz?! — salom berisho‘rniga yana savol yog‘dirdi bolakay.

    Anvar aka sekingina go‘shakni joyigaqo‘ydi-yu, biroz yengil tortgandek bo‘ldi.

    Mirvosil Odilov

    Muomala — so‘zlashish.Xijolat bo‘lish — uyalish.

  • 28

    TASHQI KO‘RINISH VAORASTALIK

    ! 1. Rasmlarni izohlang.2. Orasta va tartibli o‘rtog‘ingizhaqida so‘zlab bering.

  • 29

    A’zoyi badanimniXo‘p yaxshilab yuvaman.Tirnog‘imni, tishimniDoim toza tutaman.

    Uyg‘un

    Orastalik nima?Avvalo, orasta so‘zining ma’no-

    sini bilib olaylik.Orasta bezatilgan, ziynatlangan ma’-

    nosini ifodalaydi. Ya’ni, tartibga solingan,oro berilgan, yasatilgan, bezatilgan de-makdir.

    Mana shu xususiyatlarga ega insonorasta bo‘ladi. Hammayoqni sarishta qi-lish, ozoda kiyinish, soch, tirnoqlargae’tibor berish, o‘quv qurollarini yaxshisaqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.

    Ro‘molcham

    Olganimda do‘kondan,Eding yangi, bejirim.Shu ahvolga solib tez,So‘rayapman kechirim.

  • 30

    G‘ijimlanib cho‘ntakda,Ko‘p yurding-a, ezilib.Qaramaysan yuzimga,Xafaliging sezilib.

    Mehrim senga borligi,Hozirgina bilindi.Tashlar chog‘i bir chetga,Ko‘zimga yosh ilindi.

    Vali Ahmadjon

    1. Sizning yoningizda doimo ro‘-molcha bo‘ladimi? Uni pokizasaqlaysizmi?

    2. Sinfingizda kimlarning orasta yuri-shiga havas qilasiz?

    ?

    Pokiza tanaga d yo‘lamas.

    Pokiza — toza, ozoda.

  • 31

    YAXSHI FAZILAT — INSONGAZIYNAT

    Sabrlilik – go‘zal fazilat.Sabrli bo‘lish bu xohlagan nar-

    sasi bo‘lmay qolsa chidash, noli-maslikdir.

    Ustoz Rizouddin ibn Faxriddin “Sabrqilish, qiyinchiliklarga chidash foydali birishdir, bunday fazilatga ega bo‘lgankishi har narsaga xafa bo‘lib, o‘z salo-matligini yo‘qotmaydi”, deb uqtirgan.

    Bolajonlarim, siz ham qiyinchiliklargasabrli bo‘lishni hozirdan odat qiling.

    Sabrli Ohu(masal)

    Sahroda turli hayvonlar suv topa olmay,tashnalikdan juda qiynalishdi. Ular quduqqazimoqchi bo‘lishdi. Eng avval Sher ishboshladi. Lekin darrov charchab qoldi. Ik-kinchi bo‘lib Fil yer kovlashga tushdi.Ammo shunday katta Fil ham tezda

  • 32

    charchab qoldi. Navbat Jirafaga, Bo‘riga vaTulkiga keldi. Ko‘p o‘tmay, ular hamcharchab qolishdi. Chunki sabr qilishnibilishmadi-da. Oxiri ishga hammadan kich-kina Ohu kirishdi. U ingichka oyoqlari bi-lan qaziy-qaziy, oxiri suv chiqardi.

    Sabrli Ohu suv ichmoqchi bo‘lganlarnixursand qildi.

    ? 1. Sahroda hayvonlar nima uchunquduq qazimoqchi bo‘ldilar?2. Ohuning sabrli ekanligini qayerdan

    bildingiz?

    Sabr achchiq, mevasi sh .

  • 33

    SAXIY VA KAMTAR BO‘LING

    1. Rasmda nima tasvirlangan?2. Rasm asosida qizg‘anchiqlikning

    yomon odat ekanligi haqida so‘z-lab bering.

    Saxiylik va xasislik

    Bir donishmanddan so‘radilar:— Qaysi yomon odat boshqa yaxshi fa-

    zilatlarni yo‘q qiladi?

    ?!

  • 34

    — Xasislik, — deb javob berdi u. Yanaso‘radilar:

    — Qaysi yaxshi fazilat boshqa yomonodatlarni yo‘q qiladi?

    — Saxiylik, — dedi donishmand.

    1. Saxiylik qanday fazilat?2. Saxiy bo‘lish uchun nima qilish lo-

    zim?

    Saxiylik — borini boshqalar bi-lan baham ko‘rish. Xasislik esaqizg‘anchiqlikdir. Xasis moddiy

    yordam so‘rab kelgan odamga bor nar-sani “menda yo‘q” deb aldab, bermay-di.

    Farzandlarim, saxiylik fazilatlarningeng yaxshisi, xasislik odatlarning engyomoni ekanini yodingizda tuting.

    Moddiy yordam — pul yoki buyumbilan yordam ko‘rsatish.

    ?

  • 35

    Farzandlarim, kamtarlik birorishni “Men qildim” deb maqtan-

    may, “Do‘stlarim bilan birga, yaqinkishilarimning yordamida bajardim” de-yish, yordami uchun katta-kichikka rah-mat aytishdir.

    Kamtarlik — yaxshi xislat. Kamtarbo‘ling, maqtanchoq bo‘lmang.

    Manmanlikdan yiroqda bo‘ling.

    Manman o‘z onasiga ham yoqmaydi.

    Kamtarga — kamol, manmanga — zavol.

    Xosiyat buvisi o‘tirgan xonaga kirdi.— Assalomu alaykum, buvijon, yaxshi ux-

    lab turdingizmi? — deb buvisining yuzidano‘pib qo‘ydi. So‘ng pastga o‘tirdi.

    — Vaalaykum assalom, oppog‘im, negapastga o‘tirib olding? Kel, yonimga, — dediMukarram buvi.

  • 36

    — Yo‘q, buvijon, yuqoriga, sizning oldin-gizga ota-onam o‘tiradilar, bolalar quyigao‘tirishi kerak, — dedi Xosiyat.

    — Voy, o‘zimning odobli qizimdan o‘r-gilay, — yayrab ketdi buvisi.

    — Buvijon, odob nima? — qiziqdi Xosiyat.— Odob odamning kimligini bildiradi.

    Olamga oftob qanchalik zarur bo‘lsa, odam-ga odob shunchalik zarur. Sening kattalar-ga salom berishing, jilmayib, ochiq chehrabilan “buvijon”, “oyijon”, “opajon” deb ga-pirishingni ko‘rgan kishilar “Xosiyatxon odobliqiz ekan” deydi. Bordi-yu, o‘rtoqlaringnijerkib gapirsang, odamlarga labingni buribqarasang, kir-chir kiyimda yursang, hammasendan qochadi, odobsiz qiz ekan, deydi.

    Xosiyat quvonganidan buvisini quchoqlaboldi.

    Muhabbat

    Hikoyadan xulosa chiqaring: man-manlik va kamtarlikning farqi nima-da ekan?

    Dono o‘git durdan aziz.

    ?

  • 37

    ?!

    O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMATQILISHNI O‘RGANING

    1. Rasmlar haqida gapirib bering.2. Qaysi ishlaringizni o‘zingiz musta-

    qil qila olasiz?3. O‘z-o‘ziga xizmat qilish odobi de-

    ganda nimani tushunasiz?

  • 38

    Vaqti kelsa

    O‘g‘il-qizlar, bolajonlar,Har kimning o‘z xizmati bor.O‘zingizdan kattalargaIsh buyurib yurmang zinhor.

    Kiyimlarni taxlab qo‘ying,Toza tuting xonangizni.Tashvishlarga qo‘yib yurmang,Otangizni, onangizni.

    Kitoblarni yaxshi saqlang,Qoyil qolsin uni ko‘rgan.Vaqti kelsa, tugmalarniQadashni ham o‘zing o‘rgan.

    Tursunboy Adashboyev

    Tayyorga a .

  • 39

    MEHMONDO‘STLIK —YAXSHI ODAT

    Farzandlarim, mehmondo‘stlikniodat qiling. Mehmonni xursandchi-

    lik bilan kutib oling. Oldiga noz-ne’-matlar qo‘yib, yeb-ichib o‘tirishgaundang. Mehmon bo‘lib bir yergaborsangiz, haddan ziyod och yokito‘q bormang. Taom yemay o‘tir-sangiz, mezbon xafa bo‘ladi. Tinmayyeyaversangiz, boshqalarga yomonko‘rinasiz.

    Mehmon kutish va mehmonga borishodobi haqida nimalarni bilasiz?

    Mehmon aziz(rivoyat)

    Shahar boshlig‘ining oldiga asirlarni olibkelishdi. U asirlarni o‘limga hukm qilmoqchibo‘ldi. Asirlar ichida bir bola bor edi. Bolashahar boshlig‘iga:

    ?

  • 40

    — Hazrat, tashnaman. Suv bering, — dedi.Shahar boshlig‘i unga suv berishni buyur-di. Bola:

    — Ey hazrat! Bizni uzoq yo‘ldan haydabolib kelishdi. Barchamiz tashnamiz. Bosh-qalar ichmasa, men ham suv ichmayman.Marhamat qilib buyuring, barcha asirlargasuv berishsin, — dedi. Barcha asirlarga suvberildi. Shunda bola:

    ?

    — Ey marhamatli shahar boshlig‘i, suvin-gizni ichish bilan hammamiz mehmoningizbo‘ldik, fazilatli kishilar o‘z mehmonlarinio‘ldirmaydilar, — dedi.

    Shahar boshlig‘i bolaning donoligiga tanberib, hamma asirlarni ozod qildi.

    Rivoyatda mehmonning azizligiqanday tasvirlangan?

  • 41

    JAMOAT TADBIRLARIDAISHTIROK ETISH ODOBI

    Oilaviy tadbirlar, marosimlarning barchasimehmondorchilik bilan bog‘liqdir.

    Mehmonda o‘zini tutish odobini bila-sizmi??

    Taom vaqtida sanchqi, pichoq,sochiq va qoshiqni to‘g‘ri ishlating:

    ♦ pichoqdan o‘ng qo‘lingizda,sanchqidan chap qo‘lingizda foydala-ning. Pichoq va sanchqini idishga sha-raqlatib qo‘ymang;

    ♦ lagandagi taomni qoshiq bilan kav-lamang;

    ♦ ishlatilgan qoshiq, sanchqi va pi-choqni taqsimchaga qo‘ying;

    ♦ taom yegandan so‘ng qo‘lingizniyuvib, so‘ngra sochiqqa arting.

  • 42

    Dastyor qiz

    Bugun Lolalarnikida beshik to‘yi marosi-mi bo‘ldi. Lola ham qo‘llarini ko‘ksigaqo‘yib, mehmonlarni kutib olishda qatnash-di. Ularning qo‘llariga suv quyib, toza so-chiq tutdi. Taomlarni tashishda yordamlash-di. Axir bularning barchasini buvijonisi o‘r-gatganlar-da! Lolaga mezbon va mehmon-larning o‘zaro muomalalari juda yoqdi.Mehmon kutuvchilar “Xush kelibsizlar!” de-yishsa, mehmonlar “Xushvaqt bo‘ling!”,“Rahmat!” deb javob qaytardilar. Beshikto‘yi juda chiroyli o‘tdi.

    O‘rganganlaringizdan qanday xulosachiqardingiz?

    Berilgan noz-ne’matlarning boshharflarini topib, ularni qo‘shib o‘qi-sangiz, uy-ro‘zg‘or buyumi nomi ho-sil bo‘ladi.

    D + + + + +

    + R + X + + .

    ?

  • 43

    KIYINISH MADANIYATI

    Orasta kiyinish deganda nimani tu-shunasiz??

    Kiyimingiz ozoda va toza bo‘lsin.Kiyimingizni kiyim ilgichda saqlang.Poyabzalingizni juft qilib, o‘z joyiga

    qo‘yishni unutmang.

  • 44

    1. Qachon qanday kiyinishni bilasizmi?2. Ota-onangizga yordam berga-

    ningizda qanday kiyinasiz?3. Maktab va uy kiyimining farqini

    aytib bering.

    ?!

    O‘z yoshiga, mavsumga va joyi-ga qarab kiyinish insonning did-farosatidan, qanday odam ekan-

    ligidan dalolat beradi. O‘g‘il-qizlarningmilliy xususiyatlarni å’tiborga olib, o‘z-lariga yarashgan, ozoda liboslar kiyibyurishlari ular madaniyatining belgisihisoblanadi.

    Qayerda qanday kiyinish kerakliginibilib oling va unga amal qiling. Mak-tabdan qaytgach, uy kiyimingiznikiying.

    !

  • 45

    “MEHMON-MEHMON” O‘YINI(amaliy mashg‘ulot)

    Omonmisiz-esonmisiz

    — Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Kulib turar yuzingiz,Dilga yoqar so‘zingiz.Hay-hay, ko‘zim tegmasin,O‘rtoqjonim, bormisiz?

    — Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Ko‘zlarimiz yo‘lingizda,Sizsiz taom o‘tmas bizdan,

  • 46

    ?!

    Xush kelibsiz, xush ko‘rdik biz,O‘rtoqjonim, bormisiz?

    1. “Mehmon-mehmon” o‘yini qandayo‘ynaladi?

    2. “Iltimos, oling”, “rahmat”, “kechira-siz”, “marhamat”, “labbay”, “xushkelibsiz” so‘zlarini ishlatib, “Meh-mon-mehmon” o‘yinini o‘ynang.

    Savollar:

    1. Qishda mehmon kutganda dasturxon-ga qo‘yiladigan ho‘l mevalardan biri.

    M N R I N

    E S N S I Z

    H D L A K

    M U R B O

    O

    N

    1

    2

    3

    4

    5

    6

  • 47

    2. Mehmon bilan so‘rashganda ishlati-ladigan so‘z.

    3. Yozda va kuzda mehmon oldigaqo‘yiladigan xushbo‘y poliz mahsuloti.

    4. Non botirib yeyiladigan shirinlik.

    5. Dasturxonga tortiladigan o‘zbektaomi.

    6. Dasturxonga qo‘yilishi shart bo‘lganne’mat.

  • 48

    DO‘STLIKNI QADRLANG

    Farzandlarim, doimo do‘stla-shishni odat qiling. Kimning do‘stiko‘p bo‘lsa, uning yaxshi fazilatlari

    ko‘payadi.Yangi do‘st topsangiz, eskisidan

    kechmang. Do‘stingizga dushmanlik qil-ganni do‘st deb bilmang.

    Aqlsiz va dangasa bilan do‘st bo‘lmang,chunki bu qusurlar yuqumli bo‘ladi. Agardo‘stlashsangiz, ularga yomon odatlariniyo‘qotishga yordam bering.

    Do‘stingizdan hech narsani qizg‘an-mang.

    Qusur — kamchilik.

    1. Do‘stlaringizga qanday yumushlar-ni bajarishda yordam berasiz?

    2. Do‘stlashish odobi haqida so‘zlabbering.

    ?!

    IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH

  • 49

    1. Rasmda qaysi millat vakillari tas-virlangan?

    2. Vatanimizda qanday millat va elat-lar yashaydi?

    3. Sizning qaysi millat vakillaridando‘stlaringiz bor? Ular haqidaso‘zlab bering.

    ?!

  • 50

    !

    Farzandlarim, barcha millatbolalari bilan do‘stlashishga in-

    tiling. Ular sizning aqlingizga quvvat,qalbingizga quvonch beradi. Ti lo‘rganasiz. Rus do‘stingizdan rus,ingliz do‘stingizdan ingliz tilini o‘rgan-sangiz, o‘z ona tilingizni do‘stla-ringizga o‘rgatsangiz, bilingki, sizgajahonning eshiklari ochiladi.

    ...millatlararo totuvlik va do‘stlik, ular-ni saqlash va mustahkamlashga intilishdoimo xalqimizning o‘ziga xos fazilatibo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoq-da.

    O‘zbekiston RespublikasiningBirinchi Prezidenti Islom Karimov

    “Do‘stlik millat tanlamaydi” mavzusi-da kichik matn tuzing.

    Do‘stlik — boylikdan a .

  • 51

    DO‘ST TANLASH VATANISHUV QOIDALARI

    Do‘stingiz bilan tanishganingizdao‘zingizni yaxshi tuting. Avvaldo‘stona qo‘l olishib ko‘rishing,

    ismingizni, qaysi maktab va sinfdao‘qishingizni ayting.

    Do‘stingizga ismini aytib murojaatqilishga odatlaning.

    Do‘stingiz bilan uchrashganingizdaochiq chehra bilan so‘zlashing.Do‘stlik shirin so‘z va yordam ko‘r-satishdan boshlanishini unutmang.

    Fil bilan Maymun(ertak)

    Qadim zamonda, olis o‘rmonda katta vakuchli Fil kichik va chaqqon Maymun bilando‘stlashibdi. Fil har kuni o‘rmonni aylanib,Maymunning holidan xabar olar, Maymunesa Filni turli mevalar bilan siylar ekan. Bir

  • 52

    kuni Maymun yo‘qolib qolibdi. Fil uni izlab-izlab, oxiri daraxt shoxining bir uchidantopibdi. Fil do‘sti Maymundan:

    — Nimaga bu yerda o‘tiribsan? — debso‘rabdi.

    — Qo‘rqayapman, — debdi Maymunovozi qaltirab. — Yo‘lbars yeb qo‘yadi. Ana,daraxt orqasida poylab turibdi.

    Fil kichik do‘stini xafa qilgan Yo‘lbars-ning ta’zirini beribdi.

    O‘tkir Hoshimov

    1. Nima uchun Filni Maymunningchin do‘sti deb hisoblaysiz?

    2. Chin do‘stlik bilan yolg‘ondo‘stlikning farqini so‘zlabbering.

    ?!

  • 53

    TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING

    Tartibli bo‘lish — barcha narsava buyumlarni o‘z o‘rnida ozoda

    saqlash, ulardan unumli foydalanish.Tadbirli bo‘lish esa — “Endi nima qil-sam ekan?” — degan savol tug‘ilganda,yaxshilab o‘ylash, yo‘lini izlash va cho-ra topish degani.

    Bolajonlarim, tartibli va tadbirli bo‘ling.

    Jamoat joylarida o‘zingizni qanday tu-tishni bilasizmi?

    Odobing — ko‘rking

    Ko‘cha-ko‘yda, muzeylarda,Istirohat bog‘larida,Yurgan paytda odob saqla,Hatto ta’til chog‘larida.

    Tartibli bo‘l, tadbirli bo‘l,Kutar turli ilmlar.

    ?

  • 54

    Tayyor daftar, rangli qalam,Turli plastilinlar.

    “Tejog‘li ish bejog‘lidir”,Yodda tuting, buni sizlar.Isrof qilmang nonni, tuzni,Suvni tejang, o‘g‘il-qizlar.

    Dilshod Rajab

    Tartiblilik va tadbirlilikning foydasi ha-qida so‘zlab bering.!

    Adib-betartib(ertak)

    Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da,to‘q ekan. Adib ismli bola bo‘lgan ekan.U odobli bo‘lsayam, ishlari juda betartibekan.

    Adib o‘spirin yigitcha bo‘lganda dadasiunga duradgorlik kasbini o‘rgatibdi. Birkuni bir bog‘bon uning otasidan rom,eshik tayyorlab berishni so‘rabdi. Dadasi,o‘zi betob bo‘lib qolgani uchun, vaqtinchao‘g‘lini yuboribdi.

  • 55

    Adib ishga kirishibdi. Bog‘bon esa o‘zyumushiga unnabdi. U tok qaychini endiqo‘liga olgan ekan, Adibning ovozinieshitibdi:

    – Otaxon, iskanani ko‘rmadingizmi?Bog‘bon payraxalar orasidan iskanani

    topib beribdi.Keyin xomtok qilish uchun endi narvon-

    ga ko‘tarilganida yana Adibning ovozieshitilibdi:

    – Otaxon, buni qarang, arramni qaygaqo‘yibman-a?!

    Endi bog‘bonning qoshlari chimirilibdi.Ammo bu gal ham indamay, arrani qidirish-ga tushibdi. Oxiri taxtalarning ostidan chi-qibdi.

    Keyin Adib randani qidiribdi.Bog‘bon tutaqib ketibdi-da, Adibning ol-

    diga kelib debdi:– Isming Adibmi, yo Betartibmi? O‘z as-

    bobingni tayinli biror joyga qo‘ymay, nao‘zing ishlayapsan, na meni ishlatganiqo‘yayapsan. Qani, jo‘nab qolchi, otangtuzalganida o‘zi kelib ishlaydi!

  • 56

    Shunda Adibning xayoliga otasining: «Be-tartib bo‘lsang, keyin qiynalasan», – degangaplari kelibdi. Adib bir xo‘rsinibdi-da, bog‘-bonning uyidan boshini egib chiqib ketibdi.

    To‘lqin Ilhomov

    1. Ertakdan o‘zingizga qanday xulosachiqardingiz?

    2. Nima uchun tartibli va saranjombo‘lish lozim? O‘z so‘zlaringiz bi-lan izohlab bera olasizmi?

    Rejali ish — tejamli ish.

    ?

    Betartib va beodob inson bargsiz da-raxtga o‘xshaydi.

    Muhammad Ismoil

    Ko‘p so‘zlash va betartiblik aqlning kam-ligi nishonasidir.

    “Hikmatnoma”dan

  • 57

    MULKINI SAQLAGAN XORBO‘LMAS

    Mol-dunyo, narsa-buyum mulkdeyiladi. Uy-joy, avtomobil, ro‘z-g‘or buyumlari, umuman, pulga

    sotib olinadigan barcha narsalar mulkhisoblanadi. Mulk kishilarga yaxshilik qi-lish, ota-onani boqish, farzandlarni sog‘-lom katta qilish, ilm-hunar o‘rgatish,savob ishlar qilish uchun kerak.

    Mol-mulkka faqat mehnat bilan erishi-ladi. Sizning buyumlaringiz ham ota-onangiz mehnatining natijasi. Shundayekan, ularni avaylab, ehtiyotlab saqlang.

    Molning qadrini saxiy bilur(hikoya)

    Bir vaqt Andijon shahrida qattiq zilzilabo‘lib, ko‘p kishilar tom va devorlarning os-tida qolib, halok va mayib bo‘ldilar. Ko‘plaruy-joysiz, och qoldilar. Ular uchun har kim-dan non, kiyim va pul yig‘ildi. Mehr-shafqat

  • 58

    jamiyati tuzilib, boylardan mablag‘ jamlan-di. Jamiyat xodimlari yordam so‘rab tosh-kentlik bir boyning uyiga borishdi. Boyningnimadandir qattiq jahli chiqib turgan ekan.Xodimlar undan jahlining sababini so‘rash-di. Bildilarki, boyning xizmatkori uchi yoqil-magan bir dona gugurt cho‘pini yergatashlagan, boy shundan darg‘azab bo‘lib,xizmatkorini qattiq urishgan ekan. Xodim-lar “Bir dona gugurt cho‘pi uchun xizmat-korni shuncha urishgan odamdan pulso‘rash qanday bo‘lar ekan”, deb ikkilanibqolishdi. Lekin indamay qaytib keta olmay,maqsadlarini aytishga majbur bo‘lishdi. Boyularning gaplarini eshitgach, darhol kissa-sidan bechora jabrdiydalar uchun besh yuzso‘m chiqarib berdi. Bu juda katta mablag‘hisoblanar edi. Xodimlar hayron qolishdi.Boy ularga qarab: “Nimaga hayron bo‘la-siz? Agar men gugurt cho‘pini isrof qi-laversam, bunday savob ishlarga qandayqilib pul yig‘ar edim?” – dedi.

    Munavvarqori Abdurashidxonov

    Yetti o‘lchab, bir k .

  • 59

    DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH,BILIM OLISH HUQUQLARI

    1. Rasmlarda nimalar tasvirlangan?2. Sizning qanday huquqlaringiz bor?3. Sizning huquqlaringiz kim tomoni-

    dan himoyalanadi?

    ?

  • 60

    Bosh qomusimiz — Konsti-tutsiyamizda bolalar bilimolish, dam olish va sog‘liq-larini saqlash huquqlarigaega ekanliklari ko‘rsatilgan.

    Barini sev

    Shu dala-qir, shu bo‘ston,Shu kitobing, shu doston,Shu oromgoh – tog‘ bag‘ri,Soya-salqin bog‘ bag‘ri,Senga boqqan har chechak,Bugun, erta, kelajak,Bari-bari seniki!Qonun bilan seniki!Bolam, shuni uqib ol,Barini sev, sodiq qol.

    Shuhrat

    She’rdagi satrlardan misol keltirib,o‘z huquqlaringizni aytib bering.!

  • 61

    SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ

    Vaqtning tez o‘tishini bilasizmi?Unutmang, salomatligingiz vaqt-

    dan to‘g‘ri foydalanishingizga bog‘liq.Sog‘lom bo‘lishingiz uchun kun tarti-

    bingizga quyidagilarni kiriting: albatta,uy vazifalarini bajargach, toza havoda30 daqiqa aylaning. Kuniga 8 soatdanuxlang. 2 soatdan toza havoda damoling. Kamida 1 soat jismoniy mehnatqiling. Ertalabki badantarbiyaga 15 da-qiqa vaqt ajrating.

    Fursat — g‘animat

    Daftari ochiq-sochiq,Qolgan vazifa chala.Soat yurar chiq-chiq-chiq,Yechilmagan masala.Yana jaranglab soat,To‘qqizga zang uradi.Salimjon-chi, betoqat,Endi shoshib turadi.

  • 62

    Salimjon juda nimjon,Hech bir ishga “vaqti yo‘q”,Badantarbiya qayda?Yuvinishga “vaqti yo‘q”.Darslari o‘lda-jo‘lda,Qolgan ishga yog‘ar qor.Kun tartibin foydasinBilmaslikdan qiling or!

    Shukur Sa’dulla

    Or qilish — o‘ziga ep ko‘rmaslik.

    1. She’rni yod oling.2. Kun tartibining salomatlikka foydasi

    haqida nimalarni bilasiz?

    Vaqting ketdi — naqding ketdi.

    ?!

  • 63

    QUVONCHLI KUNLARNINISHONLANG

    Eng quvonchli kunlaringiz Nav-ro‘z, Hayit, Hosil bayramlari ni-shonlanadigan kunlar bo‘lsa ke-

    rak, to‘g‘rimi?Bu bayramlar bir necha yuz yillardan

    beri xalqimiz tomonidan nishonlanib ke-linmoqda.

    Bu bayramlarda xalqimizga xosbag‘rikenglik, saxiylik, kamtarinlik, sa-mimiylik, mehmondo‘stlik, bolajonlikodatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Navro‘z nashidasi

    Yana olam bo‘ldi yashil, serfusun,Yana qizg‘aldoqlar ochildi gulgun.Bu yilgi ko‘klaming o‘zgacha butun,Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.Boshingda hurriyat quyoshing bordir,O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.

  • 64

    Vatanim

    Chaman-chaman gullarga,Sayroqi bulbullarga,Ko‘kni quchgan uylarga,Baxt keltirgan to‘ylarga,Quvnoq va sho‘x kuylarga,Joydir go‘zal vatanim,Boydir go‘zal vatanim.

    O‘tkir Rashid

    Milliy bayramlarimiz va urf-odatlarimizhaqida nimalarni bilasiz??

    Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.

    Erkin Vohidov

    Tug‘ro — gerb.

    Serfusun — juda go‘zal, chiroyli.

  • 65

    OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR

    Tug‘ilgan kun, to‘y, mehmonkutish oilaviy tadbirlar hisoblanadi.

    Birinchi sovg‘a

    Halima bog‘ga kirdi,Tong payti shosha-pisha.Ilk bahor gulin terdi,Nomi — jajji gunafsha.

    Halima gulni terib,Qayga olib ketmoqchi?Chin dildan sovg‘a berib,Kimni xursand etmoqchi?

    Uyga kelganda bildik,Quvnagan shod ko‘zidan,Gulni sovg‘a qilibdi,Oyisiga o‘zidan.

    Ilyos Muslim

    “Onajonimning tug‘ilgan kuni” mav-zusida matn tuzing.!

  • 66

    9-may — Xotira va qadrlashkuni, insoniyat tinchlik dushman-

    lari ustidan g‘alaba qozongan qutlug‘kun. Shu kuni tinchlik uchun kurashdahalok bo‘lgan ota-bobolarimizning por-loq xotirasini yodga oling. Xotira may-doniga borib, undagi lavhalar bilan ta-nishing.

    O‘zingiz uchun qadrli insonlarni qu-vontirish rejasini tuzing. Nima qilsangizularni ko‘proq xursand qilasiz?

    O‘tgan kuningni unutma.

    Xotirasi yo‘qning kelajagi y .

    1. Siz Xotira va qadrlash kunini qan-day nishonlaysiz?

    2. “Xotirangiz qalbimizda manguyashaydi” mavzusida matn tuzing.

    ?!

  • 67

    Jonivorlarga ozor berishning yomonodat ekanligi haqida do‘stlaringiz bi-lan suhbatlashing.

    Tabiat hodisalari, dov-daraxt,o‘simlik, jonivor va qushlar — ta-

    biat in’omlari. Bizning yashashimiz vago‘zallikdan quvonishimiz uchun tabiattomonidan taqdim etilgan sovg‘alardir.

    Marvarid-lola haqida ertak

    Marvarid-lola kam uchraydigan noyobo‘simlik. U “Qizil kitob”ga kiritilgan. Erta-gimiz ana shu go‘zal lola haqida.

    Qadim zamonda farovon bir o‘lka bo‘lganekan. Saltanat xonining husnda tengsiz,

    !

    ONA TABIATNI ARDOQLANG

  • 68

    mehribon va oqila qizi bor ekan. Kunlar-dan bir kun u og‘ir betob bo‘lib qolibdi.Uning ahvolini ko‘rgan saroy tabibi xonga:

    — Xonim, yurtimizda bir sehrli lola bor.Uni Yosuman kampir o‘z bog‘iga yashiribqo‘ygan. Agar qizingiz shu lolani hidlasa,shubhasiz, tuzalib ketadi, — debdi.

    Xon yurtga: “Lolani olib kelganga qizim-ni beraman”, deb jar soldiribdi.

    Baland tog‘larda qo‘y boqib yuradiganqo‘rqmas va dovyurak yigit — Botir poda-chi xonning qizini yaxshi ko‘rar ekan. Ulolani olib kelish uchun Yosumanning bog‘i-ga jo‘nabdi. Yosuman kampir lolani qo‘riq-lashni ilon va yantoqlarga topshirib, qirqkunlik uyquga ketgan ekan. Botir podachibog‘ panjarasiga yaqin kelganida uningdoimiy hamrohi — qo‘y haydab yuradigantayog‘i tilga kirib:

  • 69

    — Ilonlarni men bilan ursang, ular sen-ga yo‘l berishadi, — debdi.

    Botir podachi ilonlarni tayog‘i bilan hay-dab, bog‘ga kiribdi. U tayog‘i bilan yan-toq va chirmovuqlarni ura-ura, bog‘ningo‘rtasida atrofga nur taratib, ochilib turganlolaga yetib olibdi. Lolani olib, avaylabqo‘yniga solibdi. Yana yantoq va chirmo-vuqlar bilan kurashib, panjaradagi ilonlarniurib haydab, nihoyat tashqariga chiqib olib-di.

    Xon saroyiga kelib, tabibga lolani berib-di. Tabib qizning g‘unchadek lablarigalolani qo‘ygan ekan, malika ko‘zlariniochibdi, yuzlari qizarib, ko‘zlari nurgato‘libdi. Tez kunlarda u butunlay sog‘ayibketibdi. Xon qirq kecha, qirq kunduz to‘y-tomosha qilib, qizini botir podachiga berib-di. Lolani esa o‘z bog‘ida parvarish qilaboshlabdi. O‘shandan beri xalq bu sehrlilolani yaxshi ko‘rib, oq bo‘lgani uchun uni“Marvarid-lola” deb atar ekan.

    Ertakdan noyob marvarid-lola haqidanimalarni bilib oldingiz??

  • 70

    BIZNING HAYOTIMIZDA TEATR

    ? 1. Rasmda qaysi bino ta’svirlangan?2. Qo‘g‘irchoq teatri haqida nimalarnibilasiz?

    Qo‘g‘irchoq teatrida

    Shirinoy buvijonisi bilan qo‘g‘irchoq teatr-ga bordi.

    Voy-bo‘, bolalarning ko‘pligini!.. – hayrat-landi Shirinoy.

    U yerda «Egri va To‘g‘ri» tomoshasiniko‘rsatishdi. Tomoshani ko‘rgach, Shiri-

    V. ESTETIKA

  • 71

    noyning hayrati yanada ortdi. To‘g‘ri-da,qo‘g‘irchoqlarning har bir harakat va ho-lati qo‘l bilan boshqarilar ekan. Juda qiziq-da! Qo‘g‘irchoqlar harakat qilib, gapirsa-ya!

    Shirinoy teatrdan katta taassurot bilanqaytdi. O‘rtoqlariga tomoshadan nimalarnio‘rganganini so‘zlab berdi.

    Nima deb o‘ylaysiz, Shirinoy o‘rtoq-lariga nimalarni so‘zlab berdi ekan?

    Estetika biror narsaning go‘zalliginihis qila bilishdir. Teatr ham go‘zalliknihis qilishga o‘rgatadi.

    Teatrga borish odobi qoidalari:♦ teatrga orasta kiyinib boring;♦ teatr binosiga turli xil yeguliklar olib

    kirmang;♦ spektakl davomida gaplashib o‘tir-

    mang.

    Ming marta eshitgandan,bir marta ko‘rgan yaxshi.

    ?

  • 72

    ERTAKLAR – YAXSHILIKKAYETAKLAR

    Aziz bolajonlarim, siz ertaklarnijuda yaxshi bilasiz. Chunki bolali-

    gingizdan ertak eshitib katta bo‘lyap-siz. Bu ertaklarni dono xalqimiz yarat-gan. Xalq ertaklari bir necha turlargabo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlarhaqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy er-taklar.

    Ertaklarda xalq orzu-istaklari, ming yil-lik donoligi, tajribasi ifodalangan. Ado-lat va haqiqat ulug‘langan.

    Farzandlarim, siz ertaklardan ko‘plabinsoniy fazilatlarni o‘rganasiz. U sizniyaxshilikka yetaklaydi.

    Atirgul

    ...Bir kuni bir bog‘da o‘t-o‘lanlar va dalagullari orasida atirgul ochildi. Atrofidagibarcha o‘simliklar uning go‘zalligi va hidi-dan hayratga tushib, atirgulni olqishlay

  • 73

    boshlashdi. Atirgul bu maqtovlarni eshitibg‘ururlandi va hech kimni nazariga ilmayqo‘ydi.

    Bir kuni atirgul tush ko‘ribdi. Tushida biro‘zi cho‘lda o‘sayotgan emish. Atrofida nabir o‘t-o‘lan, na bir daraxt bor ekan. Qu-yosh ayovsiz qizdirarkan. Issiqdan rosachanqabdi, lekin suv ko‘rinmas emish. Tezorada so‘lib, gul barglari qovjiray boshlab-di. Shu payt qattiq shamol turib, qumuyumlarini atirgulning ustiga tashlabdi. Qo‘r-quvdan ovozining boricha baqirib yuboribdiva o‘z ovozidan uyg‘onib ketibdi. Ko‘ziniochib atrofida unga hayron bo‘lib qarab tur-gan o‘tlarga va daraxtlarga birinchi martajilmayib qarabdi hamda ularni cho‘chitibyuborgani uchun uzr so‘rabdi.

    1. Atirgul nimani tushunib yetdi?2. Atirgul holatiga tushib qolmaslik

    uchun kishi nimalar qilishi kerakekan?

    Ertaklar hayolotning so‘ngsizosmonidir.

    ?

  • 74

    Siz ham ana shu bolalardekrasm chizishga qiziqasizmi?

    INSON KAMOLOTIDA TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI

    Qadim-qadimdan insonlar go‘-zallikka intilib yashaganlar. Uni

    anglaganlar va rasmlarda tasvirlaganlar.Ana shundan dunyoda tasviriy san’atpaydo bo‘lgan. Farzandlarim, agar siz-da rasm chizishga ishtiyoq bo‘lsa, uni,albatta, rivojlantiring.

    Asfaltdagi rasmlar

    Kim tanimas ko‘chamizdaDilshod, Sora, Nasimlarni.Asfalt yo‘lda uymalashibChizar turli rasmlarni.Vaqtinchalik unutishganKitob, ruchka, daftarlarni.Aks etdirar shar ushlaganBolalarni, kaptarlarni.

    Tursunboy Adashboyev

    ?

  • 75

    Sinfingizda “Tarbiyalilar tanlovi”o‘tkazing.Quyidagi savollarga javob berib,tarbiyalilar tanlovi g‘oliblarini aniqlang:1. Darslarda ustozning savollariga

    qo‘l ko‘tarib javob beradigano‘quvchi kim?

    2. Qaysi o‘rtog‘ingiz “rahmat”, “ilti-mos”, «marhamat”, “ho‘p bo‘ladi”,“xayrli kun” (“kuningiz hayrli bo‘l-sin”), “sog‘ bo‘ling” kabi so‘zlarniko‘p ishlatadi?

    3. Doimo hammaga yordam berish-ga tayyor o‘rtog‘ingiz kim?

    4. Siz ko‘proq qaysi o‘rtog‘ingizdanibrat olishni istaysiz?

    5. Sizga ismingizni aytib so‘ngramurojaat qiladigan o‘rtog‘ingiz kim?

    6. Tanlov g‘oliblarini tabriklab,she’r, ertak yoki rivoyat aytibbering.

    TARBIYALILAR TANLOVI(amaliy mashg‘ulot)

    !

  • 76

    NAZORAT ISHI

    1. “Vatani borning davlati ...” maqolidagitushirib qoldirilgan so‘zni belgilang.a) ko‘p; b) yaxshi; d) bor.

    2. Qaysi javobda oilaviy tadbir berilgan?a) tug‘ilgan kun;b) o‘rtog‘i bilan o‘ynash;d) maktabga borish.

    3. Estetika nima?a) suhbatlashish;b) go‘zallikni his qilish;d) mehmonga borish.

    4. Ertalabki badantarbiyaga necha daqiqavaqt ajratishingiz kerak?a) 15 daqiqa;b) 10 daqiqa;d) 20 daqiqa.

    1. Buyuk ajdodlarimizning qandayibratli o‘gitlarini bilasiz?

    2. Jamoat tadbirlarida nimalargarioya qilish kerak?

    ?

  • 77

    MUNDARIJA

    I. BIZNING VATANIMIZ — O‘ZBEKISTONONA VATAN................................................................3AJDODLAR MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ ..................................................6BUYUK AJDODLARIMIZNINGIBRATLI ISHLARI...........................................................8

    II. OILA – MUQADDAS DARGOHOTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR ............................... 10OILADA MENING O‘RNIM........................................... 12QARISI BOR UYNING PARISI BOR............................. 13

    III. ODOB KISHINING ZEB-U ZIYNATIJAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH ODOBI .............. 17XUSHMUOMALALIK VA SAMIMIY MUNOSABAT.......... 20SO‘ZLASHISH ODOBI ................................................. 23MULOQOT MADANIYATI VA TELEFONDASO‘ZLASHISH ODOBI ................................................. 26TASHQI KO‘RINISH VA ORASTALIK............................ 28YAXSHI FAZILAT — INSONGA ZIYNAT........................ 31SAXIY VA KAMTAR BO‘LING ...................................... 33O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMAT QILISHNI O‘RGANING.........35MEHMONDO‘STLIK — YAXSHI ODAT .........................39JAMOAT TADBIRLARIDA ISHTIROK ETISH ODOBI .....41KIYINISH MADANIYATI ...............................................43“MEHMON-MEHMON” O‘YINI .....................................45

  • 78

    IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHDO‘STLIKNI QADRLANG .............................................48DO‘ST TANLASH VA TANISHUV QOIDALARI...............51TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING ................................ 53MULKINI SAQLAGAN XOR BO‘LMAS.......................... 57DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH, BILIM OLISHHUQUQLARI................................................................59SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ.................................. 63QUVONCHLI KUNLARNI NISHONLANG .......................63OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR .........65ONA TABIATNI ARDOQLANG...................................... 67

    V. ESTETIKABIZNING HAYOTIMIZDA TEATR .................................. 70ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR .......................72INSON KAMOLOTIDA TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI ....................................................74TARBIYALILAR TANLOVI .............................................75NAZORAT ISHI ........................................................... 76

  • 79

    O‘quv nashri

    Oysha HasanboyevaMuhayyo InoyatovaAdolat Ne’matova

    ODOBNOMA2-sinf uchun

    darslikTo‘rtinchi nashr

    «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti

    Toshkent—2018

    Muharrir Iroda SolihovaBadiiy muharrir Asqar YoqubjonovRassom Baxtiyor MuhamedovDizayner Umid Sapayev

    Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 160, 14.08.2009-y.

    02.04.2018-y.da bosishga ruxsat etildi. Bichimi 70x901/16. Kegli 16. Ofset usulida bosildi. Shartli bosma tabog‘i 5,85.

    Nashr hisob tabog‘i 4,14. Adadi 490 375 nusxa. 94-sonli shartnoma. 18–182-sonli buyurtma.

    «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotiToshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

    «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop etildi.Toshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

    Hasanboyeva, Oysha.Odobnoma: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun

    darslik / O. Hasanboyeva, M. Inoyatova, A. Ne’matova. — To‘rtinchinashr. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti,2018. — 80 b.

    ISBN 978-9943-07-612-9UO‘T: 17(075)

    KBT 74.200.51ya7

    O 31

  • Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval

    T/r

    1

    2

    3

    4

    5

    Sinfrahbarining

    imzosi

    O‘quvchiningismi, familiyasi O‘quv yili

    Darslikningolingandagi

    holati

    Sinfrahbarining

    imzosi

    Darslikningtopshirilgandagi

    holati

    Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida yuqoridagi jadval sinfrahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan

    to‘ldiriladi:

    Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi holati.

    Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari mavjud,yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.

    Muqova ezilmagan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiyqismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan.Ko‘chgan varaqlari qayta ta’mirlangan, ayrim betlariga chizilgan.

    Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q,qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yabtashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.

    Yangi

    Yaxshi

    Qoniqarli

    Qoniqarsiz

    /ColorImageDict > /JPEG2000ColorACSImageDict > /JPEG2000ColorImageDict > /AntiAliasGrayImages false /DownsampleGrayImages false /GrayImageDownsampleType /Bicubic /GrayImageResolution 1200 /GrayImageDepth -1 /GrayImageDownsampleThreshold 1.50000 /EncodeGrayImages false /GrayImageFilter /DCTEncode /AutoFilterGrayImages true /GrayImageAutoFilterStrategy /JPEG /GrayACSImageDict > /GrayImageDict > /JPEG2000GrayACSImageDict > /JPEG2000GrayImageDict > /AntiAliasMonoImages false /DownsampleMonoImages false /MonoImageDownsampleType /Bicubic /MonoImageResolution 1200 /MonoImageDepth -1 /MonoImageDownsampleThreshold 1.50000 /EncodeMonoImages false /MonoImageFilter /CCITTFaxEncode /MonoImageDict > /AllowPSXObjects false /PDFX1aCheck false /PDFX3Check false /PDFXCompliantPDFOnly false /PDFXNoTrimBoxError true /PDFXTrimBoxToMediaBoxOffset [ 0.00000 0.00000 0.00000 0.00000 ] /PDFXSetBleedBoxToMediaBox true /PDFXBleedBoxToTrimBoxOffset [ 0.00000 0.00000 0.00000 0.00000 ] /PDFXOutputIntentProfile (None) /PDFXOutputCondition () /PDFXRegistryName (http://www.color.org) /PDFXTrapped /Unknown

    /Description >>> setdistillerparams> setpagedevice