50
1 O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qishloq xo’jaligi infratuzilmasi TOSHKENT-2008

O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi …ziyonet.uz/uploads/books/49959/537f3abab16d4.pdf3 Ma’ruza mavzulari 1. "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti,

  • Upload
    others

  • View
    91

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

1

O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi

vazirligi

qishloq xo’jaligi infratuzilmasi

TOSHKENT-2008

2

“Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi” fanidan kengaytirilgan ma’ruza matnlari

namunaviy dastur asosida yozigan va undagi mavzular bo’yicha tushunchalar,

fikrlar fanni qisman o’zlashtirishga imkon beradi.

Ma’ruza matnlari bakalavr talabalari va o’qituvchilar uchun foydalanishga

mo’ljallangan.

Tuzuvchi: i. f. n., dotsent R. X. Pulatova

Taqrizchilar:

A. Abdugafarov – O’z. R. Fanlar akademiyasi “Zamonaviy information

texnologiyalar” Ilmiy Texnikaviy Markaz Informatika

instituti “Axborot-analitik tizimlar” laboratoriyasi mudiri,

i.f.d., professor.

G. Kushayeva – “Marketing, mahsulotlarni standartlashtirish va

sertifikatlashtirish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

"Fermer xo'jaligi va boshqa qishloq xo'jalik korxonalari iqtisodiyoti va uni

boshqarish" kafedrasining 2008 yil 17 fevral 7-sonli, "Qishloq xo'jalik ishlab

chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etish" fakulteti o'quv-uslubiy

komissiyasining 2008 yil 21 fevral 5-sonli, ToshDAU o'quv-uslubiy kengashi

yi`ilishining 2008 yil 21 aprel 8-sonli bayonnomalari bilan ma`qullangan va

chop etishga tavsiya qilingan.

ToshDAU tahririyati - Nashriyot bo'limi

Toshkent-2008

3

Ma’ruza mavzulari

1. "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti, tadqiqot

usullari va vazifalari

2

2. Infratuzilmaning mohiyati, tarkibi va turkumlashtirilishi 2

3. Qishloq xo'jalik korxonalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar

o'rtasidagi aloqalarning huquqiy va iqtisodiy sharoitlari

2

4. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika ta’minoti va xizmatlar 2

5. Qishloq xo'jaligida transport xizmatidan foydalanish 2

6. Qishloq xo'jaligida energiya resurslaridan foydalanish 2

7. Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish 2

8. Qishloq xo'jaligida seleksiya va naslchilikni rivojlantirish xizmati 2

9. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmatini tashkil etish 2

10. Ishlab chiqarish infratuzilmasida tayyorlov tizimi va uning

tashkiliy-iqtisodiy asoslari

2

11. Ijtimoiy infratuzilma faoliyatini tashkil qilish 2

12. Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasini shakllantirish masalalari 4

Jami: 26soat

1-mavzu. "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti, tadqiqot usullari

va vazifalari

Reja:

1."Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti, vazifasi va tadqiqot usullari.

2. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari.

3. Infratuzilmaning ahamiyati.

Adabiyotlar

1. Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

2. Pulatova R.X. "Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish".

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirish muammolari

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2003y. 20-21-oktyabr.

Qishloq xo'jaligining muhim vazifalaridan biri mamlakat aholisini oziq-ovqat

bilan, qayta ishlash sanoatini esa zarur qishloq xo'jalik xom-ashyosi bilan

ta’minlashdir. Ushbu masalani hal etish kelajakda tarmoqni intensivlashtirish, fan-

texnika taraqqiyotini tezlashtirish, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, turli

xil mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllarini rivojlantirish bilan bog`liqdir.

Xo'jalik yuritishning ilmiy asoslanganlik darajasini yuksaltirish, ishlab

chiqarishni boshqarishda tashabbuskorlik va faollikni kuchaytirishning asosiy

sharti bo'lib qishloq xo'jaligi mutaxassislarini iqtisodiy jihatdan tayyorlash

hisoblanadi.

Shu sababdan, "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining asosiy maqsadi

ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning faoliyat ko'rsatishi hamda ularning qishloq

4

xo'jaligida amal qilish shakllarini o'rganishdir. Iqtisodiy fan qishloq xo'jaligi

tarmog`idagi ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa

sohalari bilan o'zaro bog`liqlikda o'rganadi, tabiiy, texnik va boshqa aralash

fanlardagi tadqiqot natijalariga eg`tibor qaratadi.

"Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fani bu jarayonga faol aralashib, amaliy

xulosalar chiqaradi va asosiy iqtisodiy qonunlardan qishloq xo'jaligini

rivojlantirishda foydalanish usullarini ishlab chiqadi.

Fanni o'rganishda texnologik ("Yershunoslik", "O'simlikshunoslik",

"Agrokimyo", "Melioratsiya", "Mexanizatsiya va elektrlashtirish", "Chorvachilik",

"Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash", "Sabzavotchilik",

"Bog`dorchilik" va boshqalar) hamda iqtisodiy ("Matematika", "Siyosatshunoslik",

"Iqtisodiyot nazariyasi", "Qishloq xo'jaligida rejalashtirish va istiqbollash", "Ishlab

chiqarish kuchlarini joylashtirish", "Hisoblash texnikasi va kompyuter

texnologiyalari", "Informatika", "Statistika", "Mehnatni muhofaza qilish va

me’yorlashtirish", "Buxgalteriya hisobi") fanlar bo'yicha bilimlarni chuqur

o'zlashtirish muhim rol o'ynaydi. Ayni vaqtda "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi"

tarmoq fani sifatida iqtisodiy yo'nalishdagi quyidagi fanlarni o'rganish uchun asos

yaratadi: "Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini tashkil etish", "Xo'jalik faoliyati

tahlili", "Iqtisodiy matematik usullar", "Moliyalashtirish va kreditlashtirish",

"Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini boshqarish", "Xalqaro iqtisodiy

munosabatlar", "Tadbirkorlik", "Qishloq xo'jaligi marketingi" va hokazo.

O'zbekistonda agrar sektor o'ziga xos xususiyatlarga ega. U xususiyatlar o'z

navbatida yerga egalik qilish va yerdan foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi

sub’ektlar munosabatlarida ham namoyon bo'ladi.

O'zbekiston agrosanoat majmuasida ko'p jihatdan agrar soha salmog`i

yuqoridir. Masalan sohaning majmuadagi hissasiga, band bo'lgan ishchilarga

nisbatan 82%i, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining 76%i va yalpi

mahsulotning 43%i to'g`ri keladi.

Sanoatdan farq qilib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi relefi, iqlimi va

tuproqlari har xil bo'lgan keng maydonlarda olib boriladi. Qishloq xo'jaligi,

o'simliklarning o'sishi va hayvonlarning rivojlanishidagi tabiat qonunlariga

bo'ysunadi. Shu bois, qishloq xo'jaligida mehnat ko'pgina ishlab chiqarish

jarayonlari mavsumiydir. Qishloq xo'jaligidagi mehnat jarayoniga va uning

natijasiga tabiiy sharoit sanoatdagiga qaraganda ancha ko'proq ta’sir ko'rsatadi.

Qishloq xo'jaligining rivojlanish darajasi sarf qilingan mehnatning miqdori va

sifatiga, texnika va o'g`itlardan foydalanish darajasiga qarab belgilanadi.

Mexanizatsiya, elektrlashtirish va kimyolashtirish qishloq xo'jaligini yanada

rivojlantirish va intensivlashtirishning asosiy yo'lidir.

Ishlab chiqarish va kapitalning to'planish darajasi jihatidan qishloq xo'jaligi

sanoatdan orqada qolmoqda. Bunga avvalo, qishloq xo'jaligining o'ziga xos

xususiyati tufayli korxonalarning maqbul miqyosi ancha kichikligi sabab

bo'lmoqda, xolbuki ko'pgina mamlakatlarda yirik korxonalar bilan bir qatorda ko'p

sonli dehqon-fermer xo'jaliklari ham saqlanib qolmoqda. Ular asosan fermer va

uning oila a’zolari kuchi bilan yuritiladi.

5

Ishlab chiqarish davri va ish davrining mos kelmasligi qishloq xo'jaligi ishlab

chiqarishining mavsumiyligini asoslaydi. Mavsumiylik ishlab chiqarishini tashkil

etish, texnika, mehnat resurslaridan samarali foydalanish va oxir oqibatda butun

tarmoq samaradorligiga sezilarli ta’sir ko'rsatadi.

Qishloq xo'jaligida mehnat taqsimoti, uning taqozosiga ko'ra ishlab

chiqarishni ixtisoslashtirish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, xususan

sanoatdagiga nisbatan boshqacha tarzda yuz beradi. Yer, mehnat va moddiy

resurslardan oqilona foydalanish maqsadida bu yerda o'simlikshunoslik tarmog`ini

chorvachilik tarmog`i bilan hamda yordamchi ishlab chiqarish va

hunarmandchilikni rivojlantirishning oqilona muvofiqligiga erishish lozim.

Ijtimoiy mehnat taqsimotini takomillashtirishda alohida hududlarning o'ziga xos

sharoitlarini hisobga olish zarur.

Qishloq xo'jaligining o'simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat

jarayonini tashkil qilish turlicha amalga oshiriladi. Bu yerda ijrochi sanoatdagi kabi

doimiy ish o'rniga ega bo'lmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtirish

jarayonida yil fasli va o'simlikning o'ziga xos xususiyatlariga qarab dala ishchisi va

mexanizatorlar turli xil ishlarni bajarishadi. Mexanizator barcha mashina va

agregatlarda ishlay olishi kerak, dehqon esa urug`lar va ekish materiallarini

tayyorlash, o'simliklarni parvarish qilish, tayyorlash, yig`ib olish jarayonidagi

barcha ishlarni bajara olishi lozim. Bunda ishning turi har kuni emas, balki

sharoitdan kelib chiqib, muayyan bir ish kuni davomida o'zgarishi ham mumkin.

Qishloq xo'jaligini sanoat tarmoqlaridan ajratib turuvchi bu kabi tarmoq

xususiyatlari moddiy-texnika bazasini shakllantirishda, ishlab chiqarishni tashkil

etish va boshqarishda, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning iqtisodiy

samaradorligini aniqlashda hisobga olinishi zarur.

Infratuzilma - lotincha so'z bo'lib, infra-quyi, asos, structure (tuzilma)-

tuzilish, o'zaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi. Infratuzilma mohiyati milliy

xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini

ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi.

U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga

keladigan realizatsiya orqali qishloq xo'jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi.

Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarning bo'linmas qismi hisoblanadi. U

korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo'jaligining pirovard

mahsuloti miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga yo'naltiradi. Infratuzilma

qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini o'sishining

muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar

faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolarni hal etishda keng

imkoniyatlar yaratadi.

Agrar sohada xo'jalik yuritishda xizmat ko'rsatuvchi

infratuzilmalarning o'rni va ahamiyati juda beqiyosdir. Chunki qishloq xo'jaligi

mahsulotlari yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlashdan, toki

urug`ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish,

yetishtirilgan mahsulotlarni yig`ib olish va boshqa bo'ladigan barcha jarayonlarda

turli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi. Bundan tashqari qishloq

xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy

6

infratuzilmalarni qanchalik taraqqiy etganligiga bog`liqdir. Qishloq xo'jaligida

mahsulot hajmini oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlanishi xizmat

turlarining ko'payishi bilan bog`liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq

xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, xususan texnika, agrokimyo,

melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va

urug`chilik, yoqilg`i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash

hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o'tish mumkin.

Demak, qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi

zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat

iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etish mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy

barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlash, ko'p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy

mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta bozorini

bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda

aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o'sishi ta’minlanishiga erishish

mumkin.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Qishloq xo'jaligining vazifalari nimalardan iborat?

2. "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti, vazifasi va tadqiqot

usullari.

3. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda

namoyon bo'ladi?

4. Qishloq xo'jaligining rivojlanish darajasi nimalarda o'z aksini topadi?

5. Qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini baholang?

2-mavzu. Infratuzilmaning mohiyati, tarkibi va turkumlashtirilishi

Reja:

1. Infratuzilmaning mohiyati

2. Qishloq xo'jaligi infratuzilmasining tarkibi

3. Infratuzilmaning turkumlashtirilishi

Adabiyotlar

1. Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

2. Berkinov B.B. "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy

asoslari". Agrar sohada islohotlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish

muammolari va yechimlari. T-2003y. 131-140 b.

Agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va chuqurlashtirish o'z

navbatida xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini isloh qilish, qishloq

xo'jalik korxonalari talab, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etishni taqozo

etadi. Qishloq xo'jaligida xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini

rivojlantirish, qayta tashkil etish va takomillashtirishning eng muhim ob’ektiv

zaruriyati quyidagilardan iborat:

7

Turli mulkchilik va xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni yuzaga kelishi, mayda tovar

ishlab chiqaruvchilarga aylanishi, ularni umumiy sonining ortishi, har biriga

biriktirilgan yer maydonlari hajmini kichiklashib borishi;

Rejali iqtisodiyot tizimida xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarga mablag` davlat

tomonidan ajratilgan. Hozirda esa xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni o'z

mablag`laridan sotib olishi, natijada xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarni

tuzishda mablag`i va imkoniyati yetarli emasligi;

Sifatli, arzon va kafolatli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarga bo'lgan

talabning oshganligi;

Mavjud xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning asosiy qismi yirik xo'jaliklarga

xizmat ko'rsatishga ixtisoslashganligi, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar

ehtiyojlari hisobga olinmaganligi;

Ilgari barcha qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika ta’minoti

bevosita davlat tomonidan fond orqali amalga oshirilgan bo'lsa, bozor

munosabatlariga o'tish sharoitida esa, moddiy resurslarni xo'jalik yurituvchi

sub’ektlarning o'z mablag`lari hisobiga sotib olishi;

Mayda tovar ishlab chiqaruvchilarda pul mablag`lari aylanish hajmi kamligi va

moliyaviy jihatdan zaifligi, har biri o'zida servis xizmati ko'rsatishni tashkil

etish imkoniyatiga ega emasligi.

Mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlar olib borilishi iqtisodiyotning barcha

jabhalari singari, qishloq xo'jaligida, unga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar

tizimida ham tub o'zgarishlarga olib keldi. Yangi servis (konsalting, injenering,

lizing va boshqa) xizmatlari vujudga keldi. Aksariyat servis xizmati ko'rsatuvchi

korxonalarning faoliyati tubdan o'zgardi, xizmat turlari kengaydi.

Qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtiruvchi sub’ektlarning maydalashuvi,

jumladan fermer va dehqon xo'jaliklarining vujudga kelishi, shirkat xo'jaliklari

ichida yerlarni oila pudratiga biriktirib berilishi, muttasil zarar bilan ishlab

kelayotgan shirkat xo'jaliklari tugatilib, fermer xo'jaliklariga aylantirilishi servis

xizmatlariga bo'lgan talabni keskin o'sib borishiga olib kelmoqda.

Qishloq xo'jaligida olib borilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 2005 yil

yakuniga kelib, respublikada turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning

yangi shakllari jumladan, 300 dan ortiq shirkat xo'jaliklari, 26000 tadan ortiq

fermer xo'jaliklari, 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaliklari faoliyat ko'rsatyapti.

Mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ektlar sonini ortib borishi esa muqarrar ravishda

xizmat ko'rsatish tizimini rivojlantirishni taqozo qiladi. Chunki, mulk shaklidan

qat’iy nazar, har bir xo'jalik yurituvchi sub’ekt o'zining turli servis xizmatlariga

bo'lgan talabini o'z vaqtida, kafolatli, arzon va sifatli xizmatlar orqali qondirishga

intiladi.

Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning qisqa davri

mobaynida agroservis tizimi mag`lum darajada shakllandi. Bugunga kelib

respublikada texnikaviy servis korxonalari MTPlari soni 260 taga yaqin,

agrokimyo servis korxonalari soni 192 ta, kimyoviy vositalar sotuvchi

shahobchalar soni 300 tadan ortiq, urug`chilik xo'jaliklari soni 422 ta, veterinariya

punktlari soni 2186 ta, zooveterinariya dorixonalari soni 315 ta, axborot-

8

maslahatlari markazlari 216 tadan oshib ketishi xizmat ko'rsatish tizimining

taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiy taraqqiyotning jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki agrar tarmoqning

jadal o'sishi mamlakatda umumiy iqtisodiyotning o'sishi uchun asosiy omillardan

biri bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun kelajakda mamlakatimizning butun

iqtisodiyotini barqaror va uzluksiz rivojlanishi uchun makroiqtisodiy ko'rsatkichlar

muvozanatida qishloq xo'jaligining o'rniga alohida eg`tibor berishimiz lozim.

Buning zaminida katta bir tarmoq, ya’ni qishloq xo'jaligining o'rni beqiyosligi

ko'rinib turibdi, lekin qishloq xo'jaligi ham o'zidan-o'zi rivojlanavermaydi, unga

xizmat qiluvchi infratuzilma sohalarining xizmati tufayli gurkirab rivojlanadi.

Hozir qishloqda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes korxonalarining

samarali ish yuritishi ko'p jihatdan hududlarda infratuzilma muassasalari

rivojlanganligi darajasiga bog`liq. Infratuzilma muassasalari ularning xizmat

ko'rsatish sohalari nuqtai nazardan uch guruhga bo'linadi (1-chizma).

Birinchi guruh - bu ishlab chiqarish infratuzilmasi muassasalari, ikkinchi

guruhga hududdagi ijtimoiy soha muassasalari, uchinchi guruhga bozor

infratuzilmasi muassasalari bozorda mahsulot, pul hamda ishchi kuchlari harakatini

ta’minlovchi korxona va tashkilotlar kiradi. Hozirgi sharoitda hududlarda xizmat

ko'rsatish toifasiga kiruvchi bozor infratuzilmalarini rivojlantirish, ularning

faoliyati samaradorligini oshirish hududiy tadbirkorlikni, ayniqsa kichik biznes

shaklini taraqqiy etilishining o'ta muhim masalalaridan hisoblanadi.

Transport, aloqa, yo'l, saqlash va omborxona xo'jaliklari, ta’mirlash

ustaxonalari, moddiy texnika ta’minoti shahobchalari, ilmiy ishlab chiqarish

laboratoriyalari, texnika xizmati shahobchalari, elektr energiya, seleksiya va

urug`chilik, kimyo xizmati, mineral va madaniy o'g`itlar bilan ta’minlash,

veterinariya va naslchilik xizmati, mahsulotni tayyorlash va qayta ishlash xizmati,

hamda boshqa shunga o'xshash soha xizmatlaridan foydalangan holdagina

rivojlanishi mumkin.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmaning o'rni va

ahamiyati beqiyosdir. Chunki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishning barcha

jarayonlarida, jumladan, yerni ekin ekishga tayyorlash (erni tekislash,

shudgorlash), urug`ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlar

o'tkazish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig`ib-terib olish va boshqa bo'ladigan

jarayonlarda turli servis xizmatlari ko'rsatilayapti.

Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini aks

ettiradigan o'ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qishloq

xo'jaligi korxonalari resurslari va qishloq aholisi pul mablag`lari yoki davlat

investitsiyalarini yashash joylari, bolalar bog`chalari, maktablar, poliklinikalar,

aloqa tarmoqlari va boshqa qurilishlarga samarali sarflash orqali barpo etiladi.

Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma bo'limlari nafaqat qishloq xo'jaligi

ishlab chiqarishida band bo'lgan ishchilarga, balki qishloq xo'jaligi korxonasi

hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko'rsatadi.

Maqsadli yo'nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab

chiqarish jarayonida qatnashishiga ko'ra, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari va xizmat

sohalarini ikki guruhga bo'lish mumkin.

9

Birinchi guruhga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo'jalik bo'limlarida

joylashgan va mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonida

ishchilarning hordiq chiqarishi, shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ob’ektlar

tegishlidir. Bu guruh tarkibiga brigadalardagi va chorva fermalaridagi maishiy

inshootlar, bo'limlardagi umumiy ovqatlanish punktlari, sog`liqni saqlash,

madaniyat va hordiq chiqarish ob’ektlari, yong`inga qarshi kurash punktlari kiradi.

Ular chorvachilik majmualarida, fermalarda, ustaxonalarda, traktor parklarida, dala

stansiyalarida joylashtiriladi.

Ikkinchi guruhga qishloq xo'jaligi korxonalarining aholi punktlarida

joylashgan aholini kommunal uy-joy talablarini qondiradigan ijtimoiy infratuzilma

ob’ektlari, maishiy xizmat korxonalari, sog`liqni saqlash, sport, maktab va

maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo korxonalari

taalluqlidir.

Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy

sharoitlarini kelgusida yaxshilash hisoblanadi.

Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz, tovar-pul va

mehnat resurslari bozorlarida xo'jalik yurituvchi sub’ektlar o'rtasida o'zaro aloqani

ta’minlashi kerak bo'lgan infratuzilmasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Moliya, bank-

kredit tizimlari bilan bog`liq masalalarni hal qilish, sug`urta, auditorlik, yuridik va

konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish zarur.

Bozor infratuzilmasining asosiy maqsadi tovar va xizmatlarni ishlab

chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetib borishi va ularning ehtiyojlarini qondirish

borasida qulay sharoitlar yaratish orqali iqtisodiy tizimning samarali faoliyat

yuritishini oshirishga qaratilgan.

Bozor infratuzilmasi respublikada vujudga kelayotgan umummilliy va

mintaqaviy bozorlarning ishlashini, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning

tartibga solinishini ta’minlaydi.

O'zbekistonda bozor infratuzilmasi sub’ektlari asosan shakllantirib bo'lindi,

ularning huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Hozirgi kunda respublikada ikki

pog`onali bank tizimi, sug`urta kompaniyalari, tovar va xom ashyo birjalari,

sarmoya fondlari tarmog`i, fond va ko'chmas mulk birjalari, Markaziy depozitariy

va ikkinchi pog`ona depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Savdo-

sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi faoliyat ko'rsatmoqda

hamda ularning faoliyat yo'nalishlari bozor talablariga moslashtirilmoqda.

Agrar tarmoqda bozor infratuzilmasi barcha tarmoqlar o'rtasida amalga

oshiriladigan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol o'rtasidagi

munosabatlarni bog`lab, iqtisodiyotda moddiy, moliyaviy va axborot zahiralarining

aylanishini tezlashtirib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshishini ta’minlaydi.

Infratuzilma iqtisodiy-huquqiy, savdo-vositachilik, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy

va axborot xizmatlari ko'rsatishda ishtirok etib, qishloq xo'jaligi sub’ektlarining

iqtisodiyotdagi barcha sub’ektlar bilan moddiy va moliyaviy resurslar harakatini

bog`lovchi bo'g`in bo'lib xizmat qiladi.

Infratuzilma, bu iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun normal shart-

sharoitlarni ta’minlovchi tarmoq va sanoat majmuidir. Infratuzilmaga kiradigan

tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko'rsatmaydi va jamiyat ishlab

10

chiqarishida o'ziga xos o'rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy

ko'rsatkichlari bo'yicha turkumlashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega.

Infratuzilmaning turkumlashtirilishi alohida elementlar bilan birga butun

tarmoqlarning jamiyat ishlab chiqarish tizimidagi o'rinlarini belgilashga yordam

beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o'rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan

xizmat ko'rsatish tarmoqlari o'rtasida optimal muvozanatni belgilashda

ko'maklashadi.

Infratuzilma elementlarining xarakterini ko'p tomonlama hisobga olgan holda

uni konkret xususiyati bo'yicha turkumlashtirish mumkin emas. ASM infratuzilma

elementlarini quyidagi to'rt xususiyati orqali turkumlashtirish mumkin:

ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo'yicha;

hududiy;

tarmoq;

funksional yo'naltirilganligi bo'yicha.

ASM infratuzilmasini ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi

bo'yicha quyidagi ikki guruhga bo'lish mumkin:

ishlab chiqarish;

ijtimoiy.

Hududiy xususiyati va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish

bo'yicha tarmoqlar quyidagilarga bo'linadi:

infratuzilmaning iqtisodiyot tarmoqlari;

mintaqaviy tarmoqlar.

Iqtisodiy infratuzilma butun iqtisodiyotning samarali ishlashiga xizmat

qiladigan tarmoq va xizmatlardan iborat. Shunday qilib, yagona energetik,

transport, aloqa tizimlari asosiy infratuzilma majmui hisoblanadi. Iqtisodiyotning

elektroenergiyaga, pochta, telegraf va transport aloqalariga bo'lgan talabini

qondirishga yo'naltirilgan.

Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning rivojlanishi va

hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi bilan bog`liq.

Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalarning faoliyatini

ta’minlaydigan element va ishlab chiqarishdan iborat. Lokal infratuzilmaga ichki

xo'jalik va xo'jaliklararo yo'l quradigan tashkilot misol bo'la oladi.

Tarmoq xususiyatlari bo'yicha infratuzilma tarmoqlararo infratuzilma va

tarmoq ichki infratuzilmasiga bo'linadi. Tarmoqlararo infratuzilma iqtisodiyotning

ko'pgina tarmoqlariga xizmat qilishga yo'naltirilgan. Tarmoq ichi infratuzilmasi

esa aniq tarmoqning ishlashiga yordam beradi.

Funksional yo'naltirganlik bo'yicha ASM infratuzilmasida ikkita sohani

ko'rish mumkin: bevosita qishloq xo'jaligiga xizmat qiluvchi soha, hamda pirovard

mahsulot iste’molchiga yetib borishini ta’minlaydigan soha. Birinchi soha mashina

ta’mir-ta’minoti tarmog`i, transport, meliorativ-suv ta’minoti tashkilotlari,

agronomiya, veterinariya, axborot xizmatlari, moddiy-texnika ta’minoti va

elektrlashtirish tizimlaridan, ikkinchi soha esa mahsulotni tayyorlash, tashish,

saqlash tashkilotlaridan iborat. ASM normal ishlashini turli qadoqlash

materiallarining yetarli miqdorisiz ta’minlash mumkin emas.

11

Qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, mahsulotni qayta

ishlovchi, iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlarning o'zaro

hamkorlikdagi uzviy bog`liq ishlab chiqarishni rivojlantirish ASM vujudga kelishi

va rivojlanishining asosiy negizi hisoblanadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Qishloq xo'jaligida infratuzilmaning mohiyati nimada?

2. Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi tarkibi jihatidan nechtaga bo'linadi?

3. Ishlab chiqarish infratuzilmasi vazifalarini sanab bering?

4. Qishloq xo'jaligida ijtimoiy infratuzilmaning o'rni qanday?

5. Bozor infratuzilmasi muassasalari maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

6. Infratuzilmaning turkumlashtirilishi qanday olib boriladi?

3-mavzu. Qishloq xo'jalik korxonalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar

o'rtasidagi aloqalarning huquqiy va iqtisodiy sharoitlari

Reja:

1.Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatining tahlili.

2.Qishloq xo'jaligi tarmoqlari rivojlanishining tabiiy-iqtisodiy sharoitlari.

3.Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko'rsatuvchi korxonalar faoliyatining

huquqiy-iqtisodiy asoslari.

Adabiyotlar

1.Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy

hujjatlar to'plami. T-1998y.

2.Mahmudov O. "Qishloq xo'jaligi korxonalar ishlab chiqarishini analiz qilish".

T-1996y.

3.Siddiqov Z.T., Pulatova R.X., Nazirova D. "Qishloq aholisi bandligini oshirish

imkoniyatlari". Iqtisodiyotni modellashtirish va axborotlashtirish masalalari. Ilmiy

ishlar to'plami. 25-son.T-2004y.131-135b.

Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida xo'jalik yuritishning yangi

uslublari asosida tahlil o'tkazishning nazariy negizi korxonalar, xo'jaliklar,

uyushmalar ish tajribasini chuqurroq taraqqiy ettirishni talab etadi.

Chunki korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

qonuniga muvofiq xususiy xo'jaliklar tashkil qilish va tadbirkorlikni yanada

rivojlantirish uchun keng yo'l ochib berish tadbirlari belgilandi. Bu borada

muhosiblik hisobi va tahlil vazifalari jiddiy ahamiyat kasb etadi.

Tahlil etish samaradorligi qishloq xo'jalik korxonasining ishi ustidan rejali

rahbarlikni amalga oshirish va uni nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo'jalik faoliyatini o'rganishda uning asosi qilib olingan uslubga ko'ra,

taqqoslash, tekshirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullaridan foydalaniladi.

Korxonalarning ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatlarini har tomonlama o'rganib

chiqish jarayonida qo'llaniladigan asosiy usullar quyidagilardir: taqqoslash,

statistik guruhlash, o'rtacha va nisbiy ko'rsatkichlar, zanjirli bog`lanish usullari,

matematik usullarni qo'llash va hokazolar.

12

Qishloq xo'jalik faoliyatini yuqorida qayd etilgan usullar yordamida o'rganish,

xo'jalikdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlashga, ularni ishlab

chiqarishga joriy etish, ish faoliyati samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Bunda eng ko'p qo'llaniladigan usullardan biri taqqoslashdir. Bu usulda bir necha

iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Jumladan:

hisobot ko'rsatkichlari rejada keltirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi;

hisobot yilida erishilgan natijalar ko'rsatkichi o'tgan yillardagi bajarilish

ma’lumotlari bilan solishtiriladi;

ishlab chiqarish yo'nalishida bir necha yil davomidagi o'zgarishlar dinamikasi

aniqlanadi;

qishloq xo'jalik bo'linmalarining ishlab chiqarish natijalari tuman, viloyat

va respublika bo'yicha erishilgan ko'rsatkichlar hamda dehqon va fermer

xo'jaliklari ish natijalari bilan solishtiriladi. Bu orqali ishlab chiqarish

imkoniyatlarini aniqlash va ularni joriy etish choralarini belgilash

imkoniyati tug`iladi.

Har bir taqqoslash o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lib, korxonalarning ishlab

chiqarish ko'rsatkichlarini yaxshilash yo'nalishi uchun zarur yechimlarni topishga

imkon beradi.

Qishloq xo'jalik faoliyatiga to'g`ri baho berish va tarmoqni takomillashtirishga

oid tadbirlarni ishlab chiqishda, mablag`lardan samarali foydalanishni yo'lga

qo'yishda tahlil ishlarining ahamiyati katta.

Tahlilni to'g`ri uyushtirish uchun tahlil rejasini ishlab chiqib, mavjud

ma’lumotlarni o'rganish, oldindan tekshirish zarur.

Qishloq xo'jalik korxonalarida tahlil ishlarini tashkil etishning asosiy shakli

iqtisodiy tahlil bilan shug`ullanuvchi iqtisodiy kengashdir. Uning asosiy vazifasi

xo'jalikning va ishlab chiqarish bo'linmalarining mag`lum davr ichidagi ish

natijalarini har tomonlama o'rganish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning joriy

istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda qatnashish, imkoniyatlarni aniqlanish va ishlab

chiqarish samaradorligini oshirish yo'llarini belgilashdan iborat.

Qishloq xo'jaligining iqtisodiy sharoiti tahlil etilayotganida uning joylashgan

yeri, tuman va viloyat markaziga, temir yo'l stansiyasiga, mahsulot topshiradigan

va sotadigan omborga yaqin-uzoqligi e’tiborga olinadi. Yer-suv, mehnat va

moddiy-texnika resurslari, turar joy, madaniy-maishiy binolar bilan

ta’minlanganligi ularning gazlashtirilganlik va telefonlashtirilganlik darajasi

o'rganiladi. Chunki ayni shu omillar ko'p va arzon qishloq xo'jalik mahsulotlari

yetishtirish imkonini beradi. Shahar aholisining qishloq xo'jalik mahsulotlariga

bo'lgan ehtiyojini qondirishga, jamoa, davlat, shirkat xo'jaliklarida sutchilik,

mevachilik, uzumchilik va sabzavot yetishtirish tarmoqlarini rivojlantirishga

sharoit yaratadi.

Qishloq xo'jalik tarmoqlarini, joylashtirishda yuk tashish sharoitlari ham

hisobga olinishi kerak. Transport vositalari talab doirasida bo'lmasa, sut, sabzavot,

kartoshka va sifati tez buziladigan boshqa mahsulotlarni o'z vaqtida manzilga

yetkazib berish va sotish qiyinlashadi. Mahsulot sifati buzilishi natijasida korxona

iqtisodiy zarar ko'radi.

13

Korxonalar uchun mehnatni tashkil etishning ilg`or usullari avvalo, ularning

ixtisoslashishi, markazlashuvi, rivojlanish yo'nalishlari, aholi punktlarining

joylashishi, hududning xususiyatlari va texnika bilan qurollanganligi, qisqasi,

mexanizatsiyalash darajasi bo'yicha tanlanadi. Bularning barchasi ishlab chiqarish

shakllarini takomillashtirishga bevosita bog`liq.

Bugungi kunda qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi darajasining yuqori

emasligi ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Bozor munosabatlari

shahar va qishloqlar o'rtasidagi aholi migratsiyasi jarayoniga ham ta’sir ko'rsatadi,

chunki qishloqda xizmat ko'rsatish sohasining kam rivojlanganligi ko'pgina

kishilarni, xususan yoshlarni ish axtarib shaharga kelishiga yoki ishlab qolishlariga

sabab bo'lishi mumkin. Ish bilan ta’minlash sohasida shahar ma’lum ustunlikka

ega, chunki infratuzilma yaxshi rivojlangan joyda imkoniyatlar ham ko'proq

bo'ladi.

Qishloq joylarida esa bugungi bozor munosabatlari yangi xo'jalik yuritishga

o'tayotganligi bir tomondan, ishchi o'rinlarining qisqarishiga olib kelmoqda,

ikkinchidan esa, yangi mehnat tarmoqlari va xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish eng

dolzarb vazifaga aylanmoqda. Qishloqda ijtimoiy xizmat ko'rsatish sohalarini

rivojlantirishning turli shakllari har xil huquqiy asoslarda yaratilishi mumkin:

-xo'jaliklararo o'zaro xizmat ko'rsatish tarmoqlari ma’lum sohada

ixtisoslanishi;

- yakka tartibda xizmat ko'rsatish sohalari vujudga kelishi;

- shahar bilan qishloq o'rtasida o'zaro kelishuv asosida ma’lum sub’ektlar

o'rtasida xizmat ko'rsatish sohalarini yaratish kabilar odamlarni ish bilan

ta’minlash borasida qo'shimcha imkoniyatlarini vujudga keltiradi.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki,

bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning barchasida turli korxonalarni

davlat, kooperativ, jamoa hamkorligida, xususiy hamda kichik korxonalar

ko'rinishida iqtisodiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Bu mamlakatlarda qishloq

xo'jaligi miqyosida turli korxonalarni rivojlantirish bilan birga ularning faoliyatiga

alohida e’tibor qaratiladi. Rivojlangan industrial mamlakatlarda qishloq xo'jaligi

sektorining 80-90 foizini turli shakldagi biznes korxonalari tashkil etadi.

O'zbekistonda ham jahondagi rivojlangan mamlakatlarni kichik korxonalar

bo'yicha qo'lga kiritgan yutuqlaridan tajriba sifatida foydalanish hamda

mamlakatimizda bir necha asrlar davomida turli sohada faoliyat ko'rsatib kelgan

hunarmandchilik korxonalari faoliyatini, mustaqillik qo'lga kiritilganligi natijasida,

qayta tiklash uchun huquqiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu ayniqsa O'zbekiston

Respublikasining, "Korxonalar to'g`risida"gi (1991 yil 15 fevralda qabul qilingan)

qonunida alohida ta’kidlab o'tilgan.

Aslida davlat manfaati bilan turli shakldagi mulk egalarining o'zaro

manfaatlarini bir-biriga aynan kichik korxonalar bog`laydi. Korxonalar aholining

pul mablag`lari va boshqa jamg`armalarini ishlab chiqarishga yo'naltiradi, shu

bilan birga davlatning investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok

etadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 85ming kichik biznes korxonalari faoliyat

ko'rsatmoqda. Respublikamizda biznes korxonalari erkin iqtisodiy faoliyat olib

14

borishi uchun barcha huquqiy asoslar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 58-moddasida ko'rsatilganidek, "Bozor munosabatlarini

rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil

shakllardagi mulk tashkil etadi". Davlat iste’molchilarning huquqiy ustunligini

hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini,

barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan tengligini

muhofaza etishni kafolatlaydi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida, xo'jalik yurituvchi sub’ektlari o'rtasida

o'zoro munosabatlarni ta’minlaydigan muhit yaratish zarurligi namoyon bo'ladi. Bu

muhit, bozor infratuzilmasini yaratishni birinchi darajali vazifalardan biri

ekanligini ko'rsatdi.

1991-1995 yillarda bozor infratuzilmasining yangi ob’ektlarini

shakllantirishning tashkiliy-huquqiy tuzilmalari asoslari vujudga keldi. Bular

tadbirkorlik asoslari bo'yicha mutaxassislarni o'qitish va qayta tayyorlash tizimi,

davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga olish, moliya kredit tizimi, ulgurji-

vositachilik tuzilmalari, agroxizmat bozori, birja bozorlari, xizmatlar bozorlari va

tashqi iqtisodiy faoliyat tuzilmalari bo'yicha amalga oshirildi.

1996-2000 yillar bozor infratuzilmasining barcha elementlari majmuasining

shakllanishi, rivojlanishi va atroflicha o'z faoliyatini tashkil etish hamda yanada

takomillashuvi jarayonlarini o'z ichiga oldi. Bu bosqich avvalambor iqtisodiyotda

pul kredit dastaklaridan faol foydalanish bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotning barcha

tarmoqlarini moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan tijorat banklari zimmasiga

yuklatildi. Birjalar shakllanishi va rivojlanishi ham ushbu bosqichga to'g`ri keldi.

To'laqonli birja bozori tashkil etildi.

2000 yildan boshlab bevosita O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarini yanada

chuqurlashtirish va erkinlashtirish jarayoni boshlandi. Institutsional tizimlar

vujudga kela boshladi va muassasalar o'rtasida raqobat muhiti paydo bo'ldi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyati qanday tahlil etiladi?

2. Qishloq xo'jaligi korxonalarida hisobot ko'rsatkichlarini izohlang?

3. Istiqbol rejasi qanday belgilanadi?

4. Korxonalarda mehnatni tashkil etish qanday amalga oshiriladi?

5. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning turlari va ularning o'rni,

faoliyati nimalardan iborat?

6. Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning huquqiy

- iqtisodiy asoslari nimalardan iborat?

4-mavzu. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika ta’minoti va xizmatlar

Reja:

1.Moddiy-texnika bazasi tushunchasi va tashkiliy asoslari

2.Qishloq xo'jaligini zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash

3.Moddiy-texnika ta’minotining iqtisodiy omillari va rivojlantirishning asosiy

yo'nalishlari

15

Adabiyotlar

1.Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

2.Samatov G’.A., Yodgorov J.Y., Rustamova I.B. "Qishloq xo'jaligi ishlab

chiqarishini tashkil etish". Darslik.T-2005.

3.Xusanov R.M. va boshqalar. "Qishloq xo'jaligida servis xizmati- muqobil

mashina-traktor parklarini rivojlantirish muammolari". T-2001 y.

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi deyilganda moddiy boylik ishlab

chiqarish sharoitida bevosita band bo'lgan mehnat vositalari va mehnat buyumlari

yig`indisi tushuniladi.

Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi fan-texnika yangiliklaridan keng

ko'lamda foydalanadigan, elektrlashgan yirik mashina ishlab chiqarishidir.

Qishloq xo'jaligining moddiy bazasi tarkibiga yer resurslari, traktorlar,

mashinalar, mehnat qurollari va buyumlari, elektr jihozlari, yoqilg`i va moylash

materiallari, ta’mir texnikasi, ishlab chiqarish binolari, melioratsiya va yo'l

inshootlari, aloqa vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko'p yillik daraxtlar,

urug`lik, ozuqa va hokazolar kiradi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari moddiy ta’minotining tashkiliy asoslari

asosan "Korxonalar to'g`risida"gi qonunga muvofiq olib boriladi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari moddiy-texnika ta’minotining tashkiliy

omillari qishloq xo'jaligining bir qator xususiyatlariga bog`liq.

Birinchidan, xo'jalik moddiy-texnika bazasida asosiy rolni yer o'ynaydi. Yer

qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasidir. Boshqa ishlab chiqarish

vositalarining rivojlanishi bevosita undan foydalanishga bog`liq. Yer unumdorligi

har xil bo'lib, mahsulot birligini yetishtirish uchun har xil miqdorda xarajat qilish

talab etiladi. Bu esa har xil unumdorlikka ega bo'lgan yerdan bir xil miqdorda hosil

yetishtirish uchun har xil miqdorda asosiy va aylanma fondlarga ega bo'lish

zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi tabiiy sharoitlar

ta’siriga uchrab turadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hududiy xarakterga ega

bo'lib, har bir hudud tuproq-iqlim sharoiti har xil bo'lishi tufayli har xil rusumdagi

mashinalardan foydalanishga to'g`ri keladi. Shuning uchun hududlarda va ular

ichidagi xo'jaliklarda moddiy-texnika bazasi tuzilmasi hamda ishlab chiqarishni

intensivlashtirish darajasi har xil bo'ladi.

Uchinchidan, qishloq xo'jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish vaqti bir-

biriga mos kelmasligi tufayli ishlab chiqarish mavsumiy xarakterga ega. Bu

moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta’sir etadi. Xo'jalik

mashinalardan o'simlikchilikda yil mobaynida bir necha oy foydalanadi. Ishlab

chiqarishning mavsumiy bo'lishi urug`lik, ozuqa, yoqilg`i va moylash materiallari

va boshqa mehnat buyumlari zahirasiga ega bo'lish zaruriyatini vujudga keltiradi.

To'rtinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi biologik jarayonlar bilan

chatishib ketadi, qishloq xo'jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli

organizmlardan (ishchi va mahsuldor hayvonlar, parrandalar bilan hayvonlar,

boquvga qo'yilgan hayvonlar, ko'p yillik daraxtlar va boshqalar) iborat. Ulardan

16

samarali foydalanishga erishmoq uchun tegishli ishlab chiqarish vositalariga ega

bo'lmoq kerak. Qishloq xo'jaligi moddiy-texnika bazasining o'sishi jamoa

xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalarining ishlab chiqarish

fondlarining o'sishiga olib keladi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari muvoffaqiyatli faoliyatining asosiy shartlaridan

biri ularni o'z vaqtida barcha zaruriy vositalar va mehnat qurollari bilan

ta’minlashdan iboratdir.

Qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan takomillashtirish

quyidagi asosiy tadbirlarni qamrab oladi:

xo'jalikning ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash;

ular uchun asosiy talabnomalarni tuzish va taqdim etish, talabnomalarni

ta’minot tashkilotlari, tayyorlovchi zavodlar hamda moddiy - texnik resurslarni

yetkazib beruvchilarga o'z vaqtida topshirish;

ishlab chiqarish vositalarini yetkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzish va bu

shartnomalarni o'z vaqtida muvoffaqiyatli bajarish.

Qishloq xo'jalik korxonalarini moddiy-texnik ta’minlashda ta’minot

tashkilotlarining faoliyatini zamonaviy shart-sharoitlarga mos ravishda qayta

tashkil etish muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu sohada Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi "Qishloqni lizing

shartlarida qishloq xo'jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to'g`risida"gi

P1 424-sonli qarorining qabul qilinishi ayni muddao bo'ldi. Darhaqiqat, mazkur

hujjatga asosan "O'zqishloqxo'jalikmashlizing" kompaniyasi tashkil etildi, uning

tuzilmasi tasdiqlandi, eng muhimi, 2001-2007 yillar mobaynida, tajriba tariqasida

"O'zqishloqxo'jalikmashxolding" kompaniyasi zavodlari va qo'shma korxonlari

tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi mashinalarini (birinchi navbatda

traktorlar va o'rim-yig`im texnikasini) mashina-traktor parklariga, qishloq xo'jaligi

kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xo'jaliklariga 7 yil muddatga lizingga

berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari aniq va ravshan

belgilab qo'yildi.

Lizing operatsiyalarda "O'zqishloqxo'jalikmashlizing" kompaniyasi (lizing

beruvchi), MTP viloyat hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari,

qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo'jaliklari (lizingga oluvchilar),

qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodlari va qo'shma korxonalari (texnika

vositalarini ishlab chiqaruvchilar) bilan bir qatorda Moliya vazirligi huzuridagi

qishloq xo'jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

jamg`armasi,"Paxtabank" va "O'zagrosug`urta" kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda.

Hozirgi paytda Respublika qishloq xo'jaligi tarmoqlarida qishloq xo'jaligi

korxonalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkillashtirishning lizing, dilerlik

firmalari, ulgurji savdo, mashina texnika stansiyalari, texnika ijarasi shahobchalari

va boshqa usullari keng yoyilib bormoqda.

Lizing kompaniyasi zavod-tayyorlovchidan mahsulotlarni sotib olib, ularni

iste’molchilarga ijara sifatida taqdim etadi. Mulk shartnomada ko'rsatilganidek

ma’lum bir muddatga, iste’molchining belgilangan to'lovini to'lashi bilan beriladi.

Shartnomada iste’mol qiymati, xizmat ko'rsatish bahosi va kompaniya

qo'shimcha qiymatining bir qismi ham ko'rsatiladi. Ayni paytda mulk

17

kompaniyaning shaxsiy mulki bo'lib qolaveradi, ammo shartnomada ko'rsatilgan

muddat tugashi bilan uni qoldiq qiymati bilan iste’molchiga o'tkazish mumkin.

Demak, lizing usuli asosida ishlab chiqarish vositalarini sotish, xarid qilish va

ijaraga berish operatsiyalari yotadi. Quyidagilar lizing operatsiyalarining majburiy

ishtirokchilari hisoblanadi:

korxona-texnikani tayyorlovchi;

lizing kompaniyasi-lizing beruvchi;

qishloq xo'jaligi korxonasi-lizing oluvchi.

Lizing operatsiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun kompaniyalar Qishloq va

suv xo'jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan lizing jamg`armasi, bank kreditlari

va mahalliy moliya organlaridan foydalanishadi. Shu sababli, lizing, qishloq

xo'jalik korxonalarini zaruriy texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan

ta’minlashning ilg`or usullaridan biri hioblanadi.

Qishloq xo'jalik korxonalarini moddiy-texnik ta’minlashning tashkiliy shakli

sifatida lizing qator ijobiy tomonlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Ijobiy

tomonlari: zaruriy texnikaga bir zumda katta xarajatlarsiz ega bo'lish; lizing

to'lovlari muddatini uzaytirish; lizing predmeti qiymatining indeksatsiyalanishi

xavfi yo'qligi; lizing xizmatlariga faqat pul emas balki natura shaklida ham to'lash

mumkinligi; lizingda qishloq xo'jalik korxonalariga imtiyoz berish; lizing

to'lovlarini joriy zararlarga kiritish; ijara texnikasidan yuksak samarali foydalanish

va boshqalar kiradi.

Lizingning asosiy kamchiliklari: lizing faoliyatini monopollashtirish

mumkinligidadir. Lizing shartlari ko'pchilik hollarda qishloq xo'jaligi korxonalari

uchun juda og`ir bo'ladi. Dastlabki to'lovlarda texnika qiymati 25-30%ga yetishi

mumkin. Bunda faqat xizmat haqlarini emas, balki lizing kompaniyaining

qo'shimcha qiymatini ham to'lashga to'g`ri keladi. Lizing mexanizmi qishloq

xo'jaligi korxonalarining qiyinchiliklarini to'la hiobga olmaydi. Ushbu

kamchiliklarni bartaraf etish darajasiga qarab, lizing amaliyotda keng qo'llanilishi

mumkin.

Qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika ta’minotini

rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quydagilardir:

har bir qishloq xo'jaligi zonasiga mos keladigan va iqtisodiy jihatdan qulay

bo'lgan texnika ishlab chiqarish va shu asosda ishlab chiqarishni kompleks

mexanizatsiyalashtirish;

ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko'lamda foydalanish;

qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kimyolash darajasini oshirish va iqtisodiy

jihatdan qulay bo'lgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga urinish;

ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurilishini keng ko'lamda avj oldirish va

qurilish ishlarini takomillashtirish;

erlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo'jaligini suv bilan to'la

ta’minlashga erishish, ya’ni yerlarga mahalliy o'g`itlar solish hamda

sug`orishning ilg`or texnologiyalarini (masalan, Isroilning tomchilatib

sug`orish texnologiyasini) qo'llash orqali;

18

chorvachilik fermalarini mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash va

elektrlashtirish darajasini oshirish;

qishloq xo'jalik ekinlari kasalliklariga bardosh bera oladigan yuqori

hosildorlikka ega, tezpishar urug` navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy

etish;

qishloq xo'jalik korxonalariga xizmat qiluvchi korxonalarning (ta’mir, qurilish,

ilmiy-tekshirish institutlari va hokazo) moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash.

Hozirda O'zbekistonda rivojlanayotgan, ammo moddiy-texnik bazasi kuchsiz

bo'lgan fermer, shirkat xo'jaliklari uchun mulkchilikning turli shaklidagi mashina-

texnika stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bunda

iste’molchiga texnikani ijaraga lizing yoki oddiy shaklda berish mumkin. Ushbu

sharoitda lizing shartlaridagi ijara to'lovi amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan

aniqlanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan texnika ijarasi usulida

ta’minlash ham yuqorida tag`kidlanganidek bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik jihatdan

ta’minlashni tashkiliy shakllari va yo'llari rang-barangdir. Shu sababli, qishloq

xo'jaligi korxonalariga har bir aniq holatda bu shakl va yo'llarning yutuq va

kamchiliklarini hisobga olgan holda asoslangan eng qulay variantini tanlash

tavsiya qilinadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasi deb nimaga aytiladi?

2. Moddiy-texnika ta’minoti deb nimaga aytiladi?

3. O'zbekiston Respublikasida moddiy-texnika ta’minoti qanday amalga

oshirilgan?

4. Moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari

nimalardan iborat bo'ladi?

5. Lizingning iqtisodiy mohiyati nimada?

6. Lizing operatsiyalari qanday amalga oshiriladi?

5-mavzu. Qishloq xo'jaligida transport xizmatidan foydalanish

Reja:

1.Qishloq xo'jaligida transportning ahamiyati.

2.Qishloq xo'jaligida transportdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari

3.Transportdan foydalanishni tashkil etish va rivojlantirish

Adabiyotlar

1.To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998 y.

2.Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

O'zbekistonda umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchilar tashuvchi

transportning quyidagi barcha turi o'z rivojini topgan:

19

- temir yo'l transporti;

- avtomobil transporti;

- havo transporti;

- shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro);

- daryo transporti;

- quvur transporti.

Respublika mustaqillikka erishgandan so'ng transportning iqtisodiyotga va

aholiga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini

takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi

(1992 y.), "O'zbekiston avtomobil transporti" ("O'zavtotrans") davlat- aksiyadorlik

korporatsiyasi (1993 y.), "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik

kompaniyasi (1994 y.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport

korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq

turdagi aksionerlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga

aylantirildi.

Moddiy ishlab chiqarish to'rt sohadan: yer resurslarini qazib oluvchi va ishlab

chiqaruvchi sanoat, qishloq xo'jaligi va transportdan tashkil topgan. Transportning

boshqa ishlab chiqarish sohalaridan farqi shundaki, u yangi mahsulot yaratmaydi,

balki ishlab chiqarilgan moddiy boylikni iste’molga yetkazadi.

Transport yordamida sohalar, soha ichidagi tarmoqlar, tarmoq ichidagi

korxonalar bir-biri bilan bog`lanib ishlab chiqarish jarayoni maromida borishi

uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport ishlab chiqarish bilan iste’mol

o'rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat

buyumlarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib, jami iste’mol mahsuloti ko'lamiga

ta’sir ko'rsatadi.

Transport vositalari yordamida moddiy boyliklar bir joydan ikkinchi joyga

ko'chirilishi natijasida iste’molgacha yaqinlashadi, bu esa iste’mol qiymatining

tashkil topishini tezlashtiradi.

Transport vositalarining o'ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy boylik ishlab

chiqarishning hamma sohalarida keng ko'lamda foydalanish zaruriyatini keltirib

chiqaradi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni

realizatsiya qilish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini

oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi.

Qishloq xo'jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo'jaligining

boshqa sohalariga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga

quyidagilar kiradi:

birinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli

ularni tashish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi;

ikkinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mavsumiyligi tufayli yuk

tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo'lmaydi. Ayrim hollarda

katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zaruriyati paydo bo'ladi;

uchinchidan, turli xil transport vositalari talab etiladi;

to'rtinchidan, tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko'ra har xildir;

beshinchidan, yuk tashish masofasi har xil bo'ladi;

oltinchidan, transport vositalari shirkat xo'jaliklariga kam boradi.

20

Qishloq xo'jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari

qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga

olib keladi. Qilingan hisob-kitoblarga ko'ra mahsulot tannarxida transport

xarajatlari 30-40% ni, don mahsulotlari tannarxida 26 % ni, makkajo'xori

tannarxida 15 %ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shirkat xo'jaliklarida tashiladigan

yuklarning 80%i avtomobil transportiga, 16%i traktor transportiga va 4%i ot-ulov

transportiga to'g`ri keladi. Xo'jaliklararo tashiladigan yuklarning katta qismi

avtomobil transporti, xo'jaliklar ichida tashiladigan yuklarning aksariyati esa

traktor transporti hissasiga to'g`ri keladi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida

shuningdek havo, suv va temir yo'l transportidan ham foydalanilmoqda.

Transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi

ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi:

bir tonna kilometr yuk tannarxi - bu ko'rsatkich qilingan xarajatlarni tashilgan

tonna kilometrga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi;

transport vositalarining soatlik yoki smenalik ish unumi, bu ko'rsatkich

tashilgan tonna kilometr yukning sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi;

mashinaning ishda bo'lish koeffitsienti - bu ko'rsatkich ishda bo'lgan mashina

kunlari sonini mashinaning xo'jalikda bo'lgan mashina kunlari soniga bo'lish

bilan aniqlanadi;

mashinaning yuk ko'tarish koeffitsienti - bu ko'rsatkich umumiy tashilgan

yukning yuk bilan bosilgan yo'lga nisbati yordamida aniqlanadi.

Bunday ko'rsatkichlar bilan birga avtomobilning texnik jihatdan tayyorgarlik

koeffitsienti, mashinalarni ishga chiqarish koeffitsienti, mashinalarni o'rtacha

ishda bo'lgan vaqti, sutkalik o'rtacha yurgan yo'li, o'rtacha texnik tezligi, yukni

o'rtacha tashish masofasi, yuk tashish mavsumiyligi koeffitsienti kabi

ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi.

Transport vositalaridan unumli foydalanish va ular xarajatlarini kamaytirish,

avtomashina va uni boshqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish, moylash

va yoqilg`i materiallarini tejab tergash, joriy tag`mir va joriy qarovlar uchun

qilinadigan xarajatlarni tejashga bog`liq.

Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo'jaligida yo'llar qurish,

ularning yuk tashishga qobiliyatini oshirish, ta’mir ishlarini muntazam ravishda

olib borish, yo'l xo'jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va ulardan unumli

foydalanish demakdir. Kuzatishlar avtomobilni yuk ko'tarish qobiliyati qattiq

qoplamali yo'llarda qattiq qoplamasiz yo'llardagiga nisbatan 25-80%, tezligi esa 2-

3 marta oshishini, yonilg`i sarfi deyarli 2 marta kamayishini ko'rsatadi. Shuning

uchun xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi yo'llarni rekonstruksiya qilish va o'z

muddatida ta’mirlash, yo'l qurilishini kengaytirish va qishloq xo'jaligining yanada

intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. O'zbekiston Respublikasida transportning ahamiyati?

21

2. Qishloq xo'jaligida transportdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari

nimalardan iborat?

3. Transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini qanday

ko'rsatkichlar ifodalaydi?

4. Qishloq xo'jaligida transport xizmatini qanday baholaysiz?

6-mavzu. Qishloq xo'jaligida energiya resurslaridan foydalanish.

Reja:

1.Elektrlashtirish texnik taraqqiyotning muhim omili.

2.Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish.

3.Elektr energiyasidan samarali foydalanish muammolari.

Adabiyotlar

1.To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998 y.

2.Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

3."Elektr energiyasidan samarali foydalanish muammolari". Qishloq xo'jaligi

iqtisodiyoti. 2003 y. 6-son.

Energetika har bir iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib iqtisodiyot

va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O'zbekiston

energetika tizimi 37ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat bo'lib,

ularning umumiy o'rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtni tashkil etgan holda, yiliga 55

mlrd. kVt.s dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqish imkoniyatiga ega.

O'zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining

umumiy uzunligi qariyb 228 ming km.ni tashkil qiladi. Tarmoq

transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng. Respublikada

energetika tizimida esa hozirga kunga kelib 65 mingga yaqin kishi ishlaydi.

1934 yil 25 sentyabrda O'zbekiston energetika tizimining tashkiliy asosi

"O'zbekenergiya" energetika boshqarmasi (hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi

Energetika va elektrlashtirish vazirligi) tuzildi.

Hozirgi kunda O'zbekiston energetika tizimi 20 mingdan ortiq sanoat, 100

mingdan ortiq qishloq xo'jaligi, 20 mingga yaqin kommunal va 3,5 mln.ta maishiy

iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi. Respublika bo'yicha jami elektr

energiyasi iste’moli 46,1 mlrd. kVt. soatni tashkil etadi.

Gidroenergetika. O'zbekiston energetika tizimida jami 27 GESning umumiy

o'rnatilgan quvvati 1420 MVt ni tashkil etadi. Ularda 6331,2 mln. kVt.soat elektr

energiyasi ishlab chiqilmoqda.

O'zbekiston gidroenergetikasini rivojlantirishda Pskom daryosi, To'palang,

Hisarak, Oxangaron suv omborlarida GESlarni loyihalash va qurish yo'nalishi

yetakchi o'rinda turibdi.

Issiqlik energetikasi. 60-yillarda respublikada elektr energiyasi hosil qilishni

ko'paytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IESlarni ishga tushirish yo'nalishida

olib borildi. Yirik IESlar qurilishi natijasida O'zbekiston energetika tizimining

o'rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVt ga yetdi.

22

O'zbekiston energetika tizimi hozir respublika iqtisodiyoti va aholisining

elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini to'la ta’minlamoqda va elektr energiyasini

qisman qo'shni davlatlarga eksport qilmoqda. Shu bilan birga O'zbekiston

energetika tizimida energiyaning muqobil manba(quyosh, shamol energiyasi va

hokazo)laridan foydalanishni yo'lga qo'yish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

Qishloq xo'jaligiga xizmat kursatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmalari

ob’ektlarida bir qancha yirik tarmoqlar davlat tasarrufida qolgan bo'lib, bular

qatoriga elektr uzatish, yul xo'jaligi, asosiy transport xo'jaligi va boshqa shu kabi

tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlatning

tasarrufida bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolishi kerak. Chunki bozor

munosabatlari sharoitida bunday yirik tarmoqlar sanoqligina bo'lgani uchun ular

xususiylashtirilsa, yirik monopolistlar paydo bulishi ehtimoldan holi emas.

Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq xo'jaligida ham elektr

energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo'jaligida elektr energiyasidan asosan yoritish, isitish ya’ni

issiqxonalarni, suv ko'tarib beruvchi nasos stansiyalarini elektrlashtirish, statsionar

va ko'chma sug`orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatoriyalarda hamda

chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va boshqalar uchun ishlatiladi.

Qishloq xo'jaligini elektrlashtirishnipg samaradorligini aniqlash uchun

boshlang`ich ko'rsatkichlar sifatida quyidagilar hisoblanadi:

yer maydoni va shudgor qilingan yerlarda natural va pul hisobida ekinlar

bo'yicha dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish;

hayvonlar turi bo'yicha ularning soni natural va pul hisobida chorvachilik

mahsulotlarini yetishtirish;

sohalar va jarayonlar bo'yicha elektr dvigatellari, elektr apparatlari, qurilmalar

soni va quvvati, elektrlashtirish vositalari (podstansiyalar, elektr uzatish

tarmoqlari, mexanizmlar)ning qiymati, butun xo'jalik sohalari bo'yicha yillik

iste’mol qilinadigan energiya, 1 kVt quvvatning qiymati, xizmat ko'rsatuvchi

xodimlar soni, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun

elektrlashtirishgacha va elektrlashtirilgandan keyingi mehnat sarfi,

xo'jaliklarning elektr bilan ta’minlanganligi bularning barchasi ishlab chiqarish

jarayonlarining elektrlashtirish imkoniyatlarini xarakterlaydi.

Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi ob’ektlar

qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo'lsa, nafaqat qishloq

xo'jaligi, balki xalq xo'jaligining barcha sohalari samarali faoliyat ko'rsatishini

ta’minlanadi. Bu tarmoqning qishloq xo'jaligidagi o'rni juda muhimligi shundaki u

birinchidan, ekinlarni sug`orish bilan bog`liq bo'lgan jarayonlarda suv ko'tarish

qurilmalari uzluksiz ishlashini, ikkinchidan, yetishtirilgan ayrim mahsulot

turlarinini omborxonalar va sovutgichlarda buzilmasdan saqlanishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog`i chorvachilik sohasida yoki parrandachilik

tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanish jarayonida yetishtiriladigan

mahsulot sifati va miqdorini oshirishda o'z ta’sirini ko'rsatadi.

Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini to'la elektrlashtirish mehnat unumdorligini

oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.

23

Elektr stansiyalarini qurish elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlarini

qoplash muddatini qisqartiradi, qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilaydi.

Qishloq xo'jaligini elektr energiyasi bilan to'la ta’minlash yetishtirilayotgan

mahsulotlar sifatini yaxshilaydi va ishchi kuchiga bo'lgan talabni kamaytiradi.

Dehqonchilikda elektr energiyasidan foydalanish ekinlarni sug`orish ishlarini

mexanizatsiyalash imkoniyatini yaratib, mehnat xarajatlarini 10-20%ga,

ekspluatatsiya xarajatlarini esa 10%ga kamaytiradi. Isssiqxonalarni issitish va

yoritish, suv nasoslarini ishga solish ishlarida elektr energiyasidan foydalanish

faqatgina mehnat sarfini kamaytiribgina qolmay, balki har bir gektar ekin

maydonidan olinadigan hosilni ham oshiradi. Har bir so'mlik elektr energiyasi

hisobiga 100-150 so'mlik mahsulot yaratiladi.

G’allachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat unumdorligini 3-4

marta oshiradi. G’allachilikda "OS-1", "OS-3", "OB-10" markali g`alla tozalash

mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 20-25%, mahsulot tannarxini esa 15-

35% kamaytiradi. G’allani quritishda mehnat sarfi 30-40%ga, tannarxi esa 20-

35%ga kamayadi.

Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini keskin

kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish fermadagi bir qator

ishlarni, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, hayvonlarga ozuqa berishni oldindan

ta’minlash, sigirlarni sog`ish, turli xil yuklarni tashish, qo'y junlarini qirqish, sutga

dastlabki ishlov berish, inkubatsiya va hokazo ishlarni mexanizatsiyalar yordamida

bajarish imkonini beradi.

Sug`orish ishlarini avtomatlashtirish chorva mollari mahsuldorligini 10-

15%ga oshiradi va olinadigan mahsulot sifatini yaxshilaydi. Yem-xashakni molga

berish uchun oldindan tayyorlash ishlarida elektr energiyasidan foydalanish

mehnat sarfini 75-90%ga kamaytiradi, ozuqa sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini

sog`ishni elektrlashtirish ham katta ahamiyatga ega. Sigir sog`ish apparatlari

yordamida sog`ilganda mehnat sarfi tejalishi bilan bir qatorda, sog`uvchilarning

mehnati ham yengillashadi. 1 s. sut qo'lda sog`ilganda 4,4 kishi-soat sarflansa,

sog`ish apparati yordamida sog`ilganda 2,5 kishi-soat, sog`ish zalida sog`ilganda

esa 1,8 kishi-soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish sut

sog`ib olish mehnatini tejabgina qolmay, balki sog`iladigan sut tozaligini ham

oshiradi.

Qo'y junini mexanizmlar yordamida qirqish mehnat unumdorligini 3-4

barobar oshiradi, qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo'ladi.

Parrandachilik fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish natijasida

tovuq va o'rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga ko'payadi. Elektr

energiyasidan xo'jalikning yordamchi tarmoqlarida, jumladan ustaxona, tegirmon,

yog`och arralash va hokazo ishlarda foydalanish katta iqtisodiy samara beradi.

Ilmiy-tekshirish institutlari ma’lumotlariga ko'ra, qishloq xo'jaligida

foydalanilgan har bir milliard kvtG'soat elektr energiya yiliga 700 ming mehnatga

yaroqli kishining mehnatini tejab, mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan

xarajatlarni 2 mln. so'mga kamaytiradi.

24

Elektr energiyasidan foydalanish qishloq aholisini moddiy va madaniy

farovonligini oshirishda, qishloq madaniyatini shahar madaniyatiga

yaqinlashtirishda katta rol o'ynaydi.

Qishloq xo'jaligida elektr energiyasidan samarali foydalanish quyidagi

ko'rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, 1

kishi soatga to'g`ri keladigan sof daromad, 1 so'mlik ishlab chiqarish sarfiga

olingan daromad, rentabellik darajasi, qo'shimcha sarflangan kapital mablag`ning

qaytish muddati.

Respublika yalpi ichki mahsulotining 32%dan ortig`ini ishlab chiqarayotgan

agrosanoat majmui tarmoqlarida energetik resurslar 6%, elektr energiyasi 27%

iste’mol qilinadi. Ushbu ko'rsatkichlar rivojlangan mamlakatlarga nisbatan bir

necha barobar kam bo'lsada, mahsulot ishlab chiqarish energiya sig`imi

yuqoriligicha qolmoqda. Vujudga kelgan mazkur holatning ob’ektiv va sub’ektiv

sabablari bor.

Chunonchi sohadagi asosiy ishlab chiqarish fondlari, texnika va

texnologiyalar eskirgan. Fundamental ilmiy izlanishlarga asoslangan yangi

energetik va elektrotexnologik uskunalar tizimi shakllanmagan. Mazkur uskunalar

hamda texnologiyalarning ko'pchiligi talabga to'la javob bermaydi. Ularni ishlatish,

ta’mirlash, rostlash hamda kadrlarni qayta tayyorlash borasida muammolar bor.

Qishloq xo'jaligiga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning bu

tarmog`ida energiyadan unumli foydalanish asoslari va energiya tejovchi texnika

hamda texnologiyalar yaratishga oid quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga olgan

fundamental va ilmiy-texnik izlanishlar olib borilishi va tashkiliy-texnik tadbirlar

ishlab chiqilishi zarur:

- davlat energetik siyosatini agrar sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan yagona

dasturini ishlab chiqish va uni bajarilishi bilan bog`liq ilmiy izlanishlarni

muvofiqlashtiruvchi, sohaning yetuk mutaxassis va olimlaridan iborat ilmiy-texnik

jamoani tashkil etish;

- mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va saqlashda energetik resurslar,

jumladan elektr energiyadan foydalanish samaradorligini baholash, metodologik

asoslarini yaratish va bunda energetik resurslar va iste’molchilarni yagona tizimda

o'zaro bog`liq holda qarash.

Bu va boshqa muammolarni bartaraf etish, yechimini topish orqali agrosanoat

majmui tarmoqlarida yalpi mahsulot yetishtirishni ko'payishiga erishishda

urug`chilik, naslchilikni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning

meliorativ holatini yaxshilash va boshqa agrotexnik tadbirlar bilan birga

unumdorligi past, qo'l mehnati o'rniga yuqori unumdorlikni ta’minlovchi, tejamkor

energiya uskunalarini yaratish, texnologik jarayonlarni jadallashtiruvchi, yangi

texnologik samaralarga erishishni ta’minlovchi elektrofizik ta’sirlarni bevosita ish

jarayonlarida keng qo'llash zarurdir. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishda

energiya salmog`ini oshirish uchun energiyaning noan’anaviy turlaridan,ya’ni

"Quyosh energiyasi"dan ham foydalanishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

25

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Hozirgi kunda O'zbekistonda energetika tizimi holati qanday?

2. Qishloq xo'jaligini elektrlashtirishning samaradorlik ko'rsatkichlarini

izohlang.

3. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish qanday yo'lga

qo'yilgan?

4. Elektr energiyasidan samarali foydalanish muammolari nimalardan iborat?

5. Muammolarni hal etishda o'z fikringizni izohlang.

6. Qishloq xo'jaligida elektrlashtirish tizimini baholang.

7-mavzu. Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish.

Reja:

1.Melioratsiya va suv xo'jaligi.

2.Suv resurslaridan foydalanishda hududiy prinsipdan havza prinsipga o'tish

afzalliklari.

3.Sug`orishning yangi texnologiyalarini qo'llash.

Adabiyotlar

1. To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998y.

2. Eshonov H."Hududiy prinsipdan havza prinsipiga".

O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2004y. 3-son.

3. Shoxxo'jaev F. "Suvdan foydalanishda yangicha munosabatlar". O'zbekiston

qishloq xo'jaligi. 2004y. 7-son.

Respublikada iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95% daryo va soylardan

olinadi. Suvni iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida ko'plab kanal, zovur,

gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari

qurilgan. Respublikada qishloq xo'jalik sug`orma dehqonchilikka asoslangan. Suv

xo'jaligida umumiy suv sarfi soniyasiga 2500 m3 dan ortiq bo'lgan 75 yirik kanal,

umumiy hajmi 18,6 mlrd. m3 bo'lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32,4 ming km.

xo'jaliklararo kanallar, 4889 nasos agregatlari o'rnatilgan, 1479 doimiy nasos

stansiyalari, 10180 tik drenaj va suv chiqarish quduqlari, 30,4 ming km.

xo'jaliklararo kollektorlar mavjud. Suv inshootlarini ekspluatatsiya qilish va

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bog`liq barcha ishlarni Respublika

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari tomonidan

amalga oshiriladi.

O'zbekiston suv xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan

biri sifatida shakllandi va aholi hamda iqtisodiyotning suvga bo'lgan ehtiyojini to'la

qondirishga xizmat qiladi.

Suv xo'jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi

va "O'zsuvqurilish" davlat konserni olib boradi. Suv xo'jaligi qurilishi sohasida

keyingi 25-30 yil davomida mavjud sug`oriladigan 4,2 mln. ga yerning qariyb 2,0

mln. gektari Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va "O'zsuvqurilish" davlat

konsernining qurilish tashkilotlari tomonidan o'zlashtirildi. Sug`oriladigan

26

yerlarning 3 mln. gektarga yaqini drenaj tarmoqlari bilan ta’minlangan, 2 mln.

gektardan ortiqroq yer nasos stansiyalari yordamida sug`oriladi.

Melioratsiya va suv xo'jaligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish

birlashmalari, ilmiy ishlab chiqarish, ilmiy tajriba korxonalari faoliyat

ko'rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarning har biri o'z tizimida o'nlab sanoat

va qurilish industriyasiga ega.

Sug`oriladigan dehqonchilikda mulkchilikning har xil turlari paydo bo'lishi,

fermerchilikning taraqqiy etishi, suv tanqisligining kuchayishi va boshqa sabablar

tufayli respublikada suvdan va unga bog`liq xizmatlar uchun pullik foydalanishga

o'tish sohasida tegishli ishlar olib borilmoqda. Suvni tejash maqsadida kanallar

o'zanida suv sizishini kamaytirish uchun qoplamalar yotqizilmoqda, tomchilatib va

tuproq ustidan namlatib sug`orish usullari qo'llanilmoqda.

O'zbekiston Respublikasidagi suvga doir barcha munosabatlar O'zbekiston

Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g`risida"gi Qonuni (6 may,

1993y.) bilan tartibga solinadi.

Irrigatsiya tizimi va suv resurslarini ko'p yillardan beri ma’muriy-hududiy

prinsip asosida viloyatlar va tumanlar bo'yicha boshqarishga asoslangan amaldagi

tizimi suv resurslarining cheklangani va unga bo'lgan talabning yildan-yilga ortib

borayotganligi holida, iste’molchilarni ularning talabi asosida, o'z vaqtida mavjud

suv resursi doirasida o'rnatilgan limit bo'yicha suv bilan kafolatli ta’minlashni,

suvdan maqsadli va samarali foydalanishni, mablag`larning cheklangani holida,

suv xo'jaligi tizimini o'z vaqtida ta’mirlash va ularni ishonchli va tezkor

boshqarishni tashkil etishni, suvdan foydalanishda bozor munosabatlarini

shakllantirishga va rivojlantirishga javob bermay qo'ydi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi "Suv resurslarini

boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to'g`risida"gi qarori bilan Markaziy

Osiyoda birinchi bo'lib, mamlakatimizda irrigatsiya tizimlarini boshqarish

ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o'tkazildi.

Respublikada suv resurslari boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi mavjud 230dan

ortiq suv xo'jalik tashkilotlar va xizmatlar negizida: 10ta irrigatsiya tizimlari havza

boshqarmalari va birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo'lgan Farg`ona vodiysi

magistral kanallari tizimi boshqarmasi tashkil etildi. Irrigatsiya tizimlari havza

boshqarmalari tarkibida, shuningdek, 3ta magistral tizim boshqarmasi, 4ta

magistral kanallar boshqarmasi, 52ta irrigatsiya tizimi boshqarmasi, birlashgan

irrigatsiya markaziga ega bo'lgan Farg`ona vodiysi magistral kanallari tizimi

boshqarmasi tarkibida esa 3ta magistral kanal boshqarmalari tuzildi.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan havza boshqarmalariga:

- suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish

asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;

- ilg`or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo'jaligida yagona texnika

siyosatini o'tkazish;

- iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o'z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;

- irrigatsiya tizimlari va suv xo'jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini

ta’minlash;

27

- havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini

oshirish;

- suv iste’molchilari bo'yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va

hisobotini ta’minlash kabi muhim vazifalar yuklatildi.

Amalga oshirilgan islohot quyidagi imkoniyatlarni berdi:

- suv manbai bilan suvni bevosita iste’molchilari o'rtasidagi ortiqcha oraliq

bo'g`inlarni yo'qotdi;

- suvdan foydalanishni rejalashtirish va taqsimlashni hamda boshqarishni

ilmiy asosda ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini berdi;

- suv manbai bo'yicha barcha iste’molchilarni ularning talabiga qarab

proporsional ta’minlash imkonini yaratdi, suv xo'jaligi tashkilotlari rahbar va

xodimlarining masuliyatini oshirdi;

- byudjet mablag`laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilishni osonlashtirdi

va uning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratdi;

- suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy qilish uchun puxta zamin

yaratdi.

Respublikamizda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar

(tizimlar) va Irrigatsiya tizimi boshqarmalari to'liq shakllandi. Hududiy Nasos

stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, Gidrogeologiya meliorativ

ekspeditsiyalar, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tasarrufiga o'tkazildi,

Suv xo'jaligida o'tkazilgan ushbu islohot natijasida:

- suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqish, suv olish va undan foydalanish

bo'yicha limitlarni o'rnatish, suv olish va undan foydalanish shartnomalarini tuzish,

shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish, suvning kundalik oldi berdisini, hisob-kitobi

va hisobotini yuritish, suv resurslari balansini ishlab chiqishda tubdan o'zgarishlar

ro'y berdi;

- Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining aloqador vazirlik va idoralar bilan

kelishilgan holda bergan takliflariga asosan O'zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining qarori bilan O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish

to'g`risida"gi qonuniga tegishli o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi.

Vazirlik tomonidan aloqador vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda

suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy qilish chora-tadbirlar dasturining

loyihasi, cheklangan suvdan foydalanish tartibi, suvni iqtisod qilib maqsadli

foydalangan holda suvdan foydalanuvchilarni rag`batlantirish tartibi to'g`risidagi

Nizomlar loyihalari to'g`risida Vazirlar Mahkamasining qaror loyihalari

tayyorlanib, ular belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.

O'tkazilgan islohot natijasida suv olish va undan foydalanish tartiblari

takomillashib bormoqda.

O'zbekistonning sug`oriladigan maydonlari asosan tuproq ustidan egatlar

orqali, taxtalarga (marzalarga) bo'lib va cheklarga bo'linib bostirilib sug`orilmoqda.

Bunday sug`orish usullari tuproq tuzilmasini buzilishiga, qatqaloq hosil bo'lishiga,

suvning hisobdagi me’yoridan ko'p sarf bo'lishiga, tuproqni notekis namlanishiga,

suvni chuqur qatlamlarga shimilib ketishiga sabab bo'lmoqda va tuproqning

meliorativ holatini buzilishiga olib kelmoqda.

28

Yuqorida ko'rsatilgan sug`orish usullarining salbiy oqibatlarini tugatish uchun

yangi sug`orish usullarini qo'llash talab qilinadi. Bunday sug`orish usullaridan biri

egatlab sug`orishda egiluvchan ko'chma quvurlardan bosim ostida beruvchi PPA-

165, PPA-300, PT-250, TAP-150, TPP-200 markali sug`orish mashinalaridan

foydalanishdir. Ushbu quvurlar o'q ariqlar o'rniga ishlatiladi. Ulardagi har bir

teshik qator orasining o'rtasiga to'g`rilanadi, teshiklarda bir xil diametrli maxsus

klapanlar bo'lib ular yordamida egatga berilayotgan suvni rostlash mumkin.

Sug`orish mashinalari yordamida egatlarga suv taralganda bir yo'la 2-3

gektardan 5-8 gektargacha maydonni sug`orish imkoniyatini beradi. Sug`orishda

mehnat unumdorligi 2-3 barvar oshadi, suvning shimilishi esa oddiy usuldagiga

nisbatan 8-10% kamayadi.

Yomg`irlatib sug`orish. Bu usulda suv maxsus qurilmalar va mashinalar

yordamida sun’iy yomg`ir tarzda o'simliklar ustidan purkab beriladi.

Yomg`irlatib sug`orishning afzalligi shundaki, bu usulda sug`orish jarayoni

to'liq mexanizatsiyalashadi, o'q ariqlar soni kamayadi, belgilangan suv me’yori

aniq va bir tekisda sarflanadi, tuproq yuzasida mikroiqlim vujudga keladi,

yomg`irlatib sug`orishda sizot suvlari ko'tarilmaydi, shu sababli tuproqda

sho'rlanish va botqoqlanish sodir bo'lmaydi.

Yomg`irlatib sug`orish usulida egatlab sug`orishga nisbatan mehnat

unumdorligi 3-4 barobar oshadi va 15-20% suv tejaladi. Yomg`irlatish uchun

DDA-100M markali o'zi yurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 m kenglikdagi

maydonni sug`oradi. Sug`orish me’yori gektariga 700-800 m3 bo'ladi va bitta

agregat bir sutka davomida 10-13 gektar ekin maydonini sug`ora oladi.

Respublikamizda DKSH-64 "Voljanka", "Fregat" va boshqa markali keng

qamraydigan yomg`irlatgich mashinalaridan ham foydalanish mumkin, ular suvni

bir tekisda tuproqqa singish tezligida yomg`irlatadi.

Natijada gektariga 1000 m3 gacha suv berish va tuproqni 80-100 sm

chuqurlikda namiqtirish imkoniyati yaratiladi.

Tomchilatib sug`orish. Tomchilatib sug`orish usuli ekinlarga suv berishning

eng ilg`or usullaridan biri bo'lib, bunda suv o'simliklarga to'g`ridan-to'g`ri maxsus

jihozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzda yetkaziladi. Bu sug`orish usulining

asosiy meliorativ afzalliklari shundaki, suv o'simliklarning ildizi tarqalgan faol

qatlamida uzluksiz mo'’tadil namlik, havo, oziqa va tuz rejimlarini vujudga

keltiradi.

Suvdan kecha-kunduz davomida foydalanish - bu suvning isrof bo'lishiga

qarshi ko'riladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir.

Barcha xo'jaliklarda biror ekin maydoni sug`orilayotganda unga kechayu-

kunduz, uzluksiz suv berib turish kerak; suvni kollektor-zovur tarmoqlariga bekor

tashlab qo'yish qat’iy man qilinadi. Buning uchun suvchilarning kunduzgi va tungi

smenalarini belgilab qo'yish, ularni zarur inventarlar bilan ta’minlash, tunda

sug`orish uchun maydonni o'z vaqtida tayyorlab qo'yish shart. Xo'jalikka keragidan

ortiqcha suv oqib kelayotgan bo'lsa, uni kamaytirish zarur.

Sug`orilmaydigan davrda kanallardagi suvni bekitib qo'yish bu suv

isrofgarchiligiga qarshi kurashda suv xo'jaligining muhim tadbirlaridan biri

hisoblanadi.

29

Chunki kuz, qish va erta bahorda tuproqdan suv juda kam bug`lanadi.

Shunday sharoitda kanaldan singib kirgan suv butunlay sizot suvga qo'shiladi va

uning sathini ko'taradi. Shuning uchun sug`orish yoki sho'rni yuvish talab

qilinganda suv qo'yishga ruxsat etiladi.

Sug`orish kanallarining kuz-qish va erta bahorda 3-4 oy bekitilib qo'yilishi

natijasida sizot suv sathi odatdagiga qaraganda ancha pasayadi. Sug`orish

maqsadida suvdan foydalanilmaydigan davrda kanal suvlarini bekitib qo'yish

kerak. Xo'jalik ehtiyojlari, ichish va mollarni sug`orish uchun esa chuqur burg`-

quduqlar qazib, ulardan suv olish zarur. Irrigatsiya inshootlarini o'z vaqtida

ta’mirlash va ishga yaroqli holda saqlash, irrigatsiya kanallarining juda to'lib

oqishiga ruxsat etmaslik, kanaldagi suv isrofgarchiligini kamaytiruvchi

tadbirlaridan hisoblanadi.

Zovur va yer osti suvlaridan foydalanish. O'rta Osiyoning sug`oriladigan

yerlarida qo'shimcha sug`orish manbalarini qidirib topish muhim vazifa

hisoblanadi. Shu munosabat bilan sizot, zovur va yer osti (artezian) suvlaridan suv

ta’minoti, sug`orish va sho'r yuvish maqsadida foydalanishning katta suv-xo'jalik,

meliorativ, ekologik ahamiyati bor.

O'zbekistonda zovur suvlar hajmi umumiy suv olish hajmini 30-35%ini

tashkil etmoqda.

Bu sug`orish manbalarining suvi ko'pincha minerallarga boy bo'ladi.

Yuqorida aytilgan suvlardan foydalanishning suv xo'jaligi jihatidan quyidagi

afzalliklari bor:

suv resurslari, va sug`oriladigan yer maydonlari ko'payadi;

bu suvlardan foydalanishda magistral, taqsimlash va keng tarmoqli

sug`orish shahobchalari hamda ko'plab gidrotexnik inshootlar

qurish talab qilinmaydi;

sug`orish tarmoqlarining salt qismi uncha uzun bo'lmaganligidan

undan suvning filtratsiyaga isrof bo'lishi kam, foydali ish

koeffitsienti va sug`orish qobiliyati esa katta bo'ladi;

suvda mayda zarrachalar juda kam va minerallashganligidan

kanallarni deyarli loyqa bosmaydi, yovvoyi o'tlar juda kam o'sadi,

natijada ulardan foydalanish xarajatlari kamayadi.

Meliorativ jihatdan ham bu suvlardan foydalanishning yaxshi tomonlari ko'p,

ya’ni:

daryodan irrigatsiya tarmoqlariga suv olish qisqaradi, natijada suvning

filtratsiyaga sarflanishi kamayadi va sizot suv sathi pasayadi;

sizot va yer osti suvini olish ta’sirida ham sizot suv sathi bevosita pasayadi;

zovur suvidan foydalanilganda kollektor va zovurdagi suv sathi pasayadi,

natijada ularning ish chuqurligi va samarali ta’siri zo'rayadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. O'zbekistonda melioratsiya va suv xo'jaligi tizimi faoliyati qanday amalga

oshiriladi?

2. Hududiy prinsipdan havza prinsipiga o'tish afzalliklari nimada?

30

3. SFUlarni tashkil etish va ularning vazifalari?

4. Qanday sug`orish usullarini bilasiz?

5. "Suv va suvdan foydalanish to'g`risida"gi qonunning ahamiyati nimada?

6. Suvni tejash uchun nima qilish kerak?

8-mavzu. Qishloq xo'jaligida seleksiya va naslchilikni rivojlantirish xizmati

Reja:

1.Seleksiya va urug`chilikning qishloq xo'jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati.

2.Chorvachilikda naslchilikning ahamiyati va uni rivojlantirish.

3.Naslchilikda veterinariya xizmati.

Adabiyotlar

1.Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy

hujjatlar to'plami(1-2-qismlar).-T.:Sharq.1998 y.

2. Abbosov A. "Istiqboli nav va urug`chilik muammolari". O'zbekiston qishloq

xo'jaligi. 2003 y. 7-son.19-20 betlar.

3.To'xliev N. "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti".T-1998y

4.Abduraxmonov T., Sultonniyozov X. "Veterinariya xizmatini tashkil etish va

rejalashtirish". T.: Mehnat. 1994 y.

O'simliklar seleksiyasida hosildorlikni oshirishga, mahsulot sifatini

yaxshilashga katta e’tibor berilishi bilan birga, kasallik va zararkunandalarga

hamda tashqi noqulay sharoitlarga chidamli navlarni yaratishdek vazifalar

mavjuddir. Seleksiyaning asosiy vazifasi yangi navlar yaratish va ekinlarning

ekilib kelinayotgan navlarini yaxshilashdan iborat.

Seleksiya orqali erishilgan yutuqlarni amalga oshirishda, ya’ni ishlab

chiqarishga tadbiq etishda urug`chilikning ahamiyati katta.

Urug`chilik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining ma’lum tarmog`i

hisoblanadi. Ekishga mahalliylashtirilgan va istiqbolli navlar va duragaylarni har

biriga xos morfo-biologik belgi va xususiyatlarni saqlagan holda ko'paytirish, nav

va urug` tozaligini saqlash hamda xo'jaliklarni navdor va hosildor sara urug`lar

bilan ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish urug`chilikning

asosiy vazifasidir. Urug`chilik nav almashtirish va urug` yangilash kabi ikki

muhim tadbirlarni ham amalga oshiradi. Hosildorlik va yetishtiriladigan

mahsulotning sifati ko'p jihatdan yuqoridagi tadbirlarga bog`liqdir.

Urug`chilik ishlarini tashkil qilishda Davlat urug`chilik tizimiga rioya etiladi.

Urug`chilikda Davlat va xo'jalik nazorati ishlari olib boriladi. Nav - inson

faoliyatining mahsuli bo'lib, dehqonchilikda mehnat unumdorligini oshiradigan,

mo'l va sifatli hosil olishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtiradigan

vositalardan biridir. Yangi navni ekish hisobiga ilgaridan ekib kelinayotgan

navlarga nisbatan 10-40% bag`zi hollarda 70-80% va undan ko'proq hosilni oshishi

natijasida, katta maydonlarda hatto million tonnalab qo'shimcha mahsulot

yetishtirishga erishiladi. Oqibatda iqtisodiy samaradorlik keskin oshadi.

Seleksiyaning samaradorligi har

bir zona yoki tuproq sharoiti uchun navlarni to'g`ri tanlab

31

mahalliylashtirish orqali ko'zga tashlanadi. Odatda qurg`oqchilik hududlarida

ertapishar va qurg`oqchilikka hamda issiqqa chidamli navlarni ekishga

mahalliylashtiriladi. Suv yoki namgarchilik bilan yaxshi ta’minlangan

dehqonchilik sharoitida intensiv tipga mansub navlarni ekish yaxshi samara beradi.

Seleksiya va urug`chilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish hozirda yanada

kattaroq ahamiyatga ega. Davlat bu ishlarga ko'p e’tibor berib kelmoqda. Qator

qonunlar va qarorlar qabul qilinib, seleksiya va urug`chilik bo'yicha mutaxassislar

tayyorlash va malaka oshirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. "Seleksiya

yutuqlari to'g`risida"gi 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan qonun seleksiya ishiga

aloqador asosiy tushunchalarni seleksiyadagi yutuqlar muallifligi va ularga egalik

qilishni muhofaza etishning asoslarini, navlarning muhofazaga qodirlik

mezonlarini, ularga patent va guvohnomalar olish tartibini, patentlar egalari

huquqlarini va seleksiya yutuqlaridan foydalanishning boshqa masalalarini belgilab

berdi.

"Urug`chilik to'g`risida"gi qonun (1998 yil) urug`chilikka doir asosiy

tushuncha va atamalarni, urug`chilik ishining asosiy vazifalarini, urug`lar sifatini

yaxshilash, ularni sertifikatsiyalash va realizatsiya qilish tartibini, urug`chilikning

ilmiy ta’minotini tashkil etish yo'llarini, urug`larni sertifikatlash va sifatini nazorat

qilishda davlat organlarining ahamiyatini belgilab qo'ydi.

Shuni aytish kerakki, Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan

qonunlarimiz dunyodagi ko'pgina mamlakatlar tomonidan ma’qullangan. Aynan

shu sababli bugungi kunda urug`chilikka ixtisoslashgan Sirdaryo viloyati Amerika

Qo'shma Shtatlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo urug`chilik kompaniyasi,

Surxondaryoda Yunoniston, Farg`ona, Namangan, Buxoro viloyatlarida Fransiya

va Olmoniya mamlakatlari bilan birgalikda maxsus urug`chilik qo'shma

korxonalari ishga tushirildi.

Bu qo'shma korxonalarga xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy

asbob-uskunalar o'rnatilganligi sababli sifatli urug`lar tayyorlashga erishilmoqda.

Seleksiya va urug`chilik ishlarini xalqaro miqyosga olib chiqish hamda bu

sohani jahon integratsiyasiga qo'shish uchun qonunlarimizdan tashqari navlarni

sinash hamda urug`larni tahlildan o'tkazish bilan bog`liq bo'lgan me’yoriy hujjat va

uslubiyotlarni takomillashtirish lozim.

Biz bunga erishsak, navlarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqiga a’zo

bo'lishimiz mumkin. Bu o'z navbatida respublikamiz olimlari yaratgan navlarni

xalqaro bozorda muhofazalash kafolatini berishi mumkin.

Ushbu yo'nalishda qabul qilingan qonunlar mamlakatimizda bo'layotgan

islohotlarni o'z ichiga qamrab olgan. Bundan tashqari ushbu qonunlar asosida

respublikamiz urug`chilik siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. 1996

yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 328-sonli qarorida urug`chlikdan

fermerlar kengroq foydalanishi nazarda tutilgan. Bu qarorda xususiy sektor

urug`chilikdagi barcha yo'nalishlarni qay tarzda olib borishi aniq ko'rsatilgan.

Qabul qilingan qonunlar va qarorlarga hech qanday o'zgarishlar kiritishga zaruriyat

yo'q. Aksincha, mas’ul tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan fermer

uchun zarur bo'lgan me’yoriy hujjatlar, uslubiyot qo'llanma va yo'riqnomalarga

32

zarur o'zgarishlar kiritib, tezroq amaliyotga tadbiq qilish zarur. Bu holda albatta,

seleksiya va urug`chilikda sezilarli ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi.

O'zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri bo'lib,

Respublikaning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlari-unumdor sug`oriladigan yerlari,

bepoyon qir-adirlari, dasht-cho'l va tog` oldi yaylovlari chorvachilikning rivoji

uchun qulaydir. Sug`oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, cho'chqachilik,

parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho'l va tog` oldi

yaylovlarida esa qo'ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida

baliqchilik rivojlangan.

1995 yil boshida O'zbekistondagi barcha toifa xo'jaliklarda 5,5 mln. qoramol,

10 mln.dan ziyod qo'y va echki, 350 ming cho'chqa, 144,8 ming ot, 84 ming

quyon, 11 mln. parranda bor edi. 1991 yildan keyin chorvachilikda xususiy

sektorga bo'lgan e’tibor kuchaytirildi, Respublika Prezidentining "Aholi shaxsiy

xo'jaliklarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g`risida"gi 1990 yil 10 may

Farmoniga asosan aholiga jamoa va davlat xo'jaliklaridan yem-xashak hamda

chorva mollari sotish yo'lga qo'yildi. 976ta zooveterinariya punktlari tashkil etildi,

396 veterinariya dorixonalari yangidan ochildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1993 yil 15 martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotni

chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g`risida"gi, 1994 yil 23 fevraldagi

"Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer)

xo'jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari

to'g`risida"gi qarorlariga ko'ra zarar bilan ishlayotgan 1499ta qoramolchilik

fermalari mazkur ferma jamoalariga xususiy mulk qilib berildi. Natijada

respublikada ishlab chiqarilayotgan go'sht va sutning 75%ini xususiy sektor

bermoqda. 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining

"Naslchilik to'g`risida"gi qonuni chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga

ega bo'ldi.

2006 yil 23 martda naslchilikni rivojlantirish maqsadida "Shaxsiy yordamchi

va dehqon-fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirish" to'g`risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarorning qabul

qilinishi naslchilikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etib, chorva mollari

mavjud aholini ish bilan ta’minlangan aholi tarkibiga kiritishni va ularga pensiya

yoshida pensiya tayinlashni belgilagan holda qishloq aholisi bandligini oshirishni

belgilaydi. Bu qaror orqali "2006-2010 yillarda qoramolchilikni rivojlantirishda

rag`batlantirish" dasturi qabul qilindi. Dasturda har bir bosh mol uchun yer berish

tartibi, zooveterinariya xizmati, urchitish yo'llari, servis xizmatlarini rivojlantirish

tartibi belgilandi. Omuxta yem olish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, ixtisoslashgan

omborlarda savdo shahobchalarini tashkil etish ishlari yo'lga qo'yildi. Mahalla

qo'mitalarining kafolatlari bilan mikrokreditlar berish yo'lga qo'yildi va zarur

texnologiyalar uchun boj to'lovlari olib tashlandi. Homiylik sifatida kam

ta’minlangan oilalarni bir bosh qoramol bilan ta’minlash yo'lga qo'yildi. Bu

qarorning ijro etilishi qishloq xo'jaligida sut va go'sht mahsulotlarining

ko'payishiga olib keladi va buning natijasida chorvachilikda iqtisodiy

samaradorlikka erishiladi.

33

O'zbekiston Respublikasining "Naslchilik to'g`risida"gi qonuni 21 dekabr

1995 yilda qabul qilingan bo'lib, bu qonun naslchilik ishlarini yanada

kuchaytirishga va himoya qilishga qaratilgan. Qonun quyidagi 25 ta moddadan

iborat.

Seleksiya ishining rivojlanib borishi va takomillashish jarayonlarida

ushbu qabul qilingan qonunning ayrim moddalariga o'zgartirishlar kiritib borish

mumkin.

Veterinariya xizmati O'zbekiston Respublikasining "Veterinariya

to'g`risida"gi qonuniga (1993 yil 3 sentyabr) binoan amalga oshiriladi. Ushbu

qonunga asoslangan holda mamlakatda davlat veterinariyasi, idoraviy va xususiy

veterinariya xizmatlari tashkil topdi.

Veterinariya xizmati chorva mollarini kasalliklardan muhofaza qilish va

davolash ishlari ularni xonakilashtirish davridan boshlangan. Davlat veterinariya

xizmatini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh

boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari,

tumanlar, viloyat va tuman bo'ysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya

bo'limlari, ular qaramog`idagi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash

stansiyalari(tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya

shifoxonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvon kasalliklariga qarshi kurash

qismlari, dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari

va davlat veterinariya tarmog`ining boshqa muassasalari amalga oshiradi.

Idoraviy veterinariya xizmati vazirlik, idora, korxona, muassasa va

tashkilotlar tasarrufida bo'lib, veterinariya mutaxassislari o'z vakolatlari doirasida

hayvonlarga idoraviy veterinariya nazorati va veterinariya xizmati ko'rsatishini

amalga oshiradi. Xususiy veterinariya xizmati bilan veterinariya vrachi bo'lgan

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari va boshqalar, shuningdek veterinariya

feldsherlari va texniklari, veterinariya vrachi nazoratida shug`ullanishi mumkin.

Respublikadagi chorva va uy hayvonlarida 80 dan ortiq tur yuqumli, gelmint

kasalliklari uchraydi. Ularga qarshi kurashda oldini olish chora-tadbirlar, emlash,

gelmintsizlashtirish ishlari olib boriladi. Shunga qaramay quturish, leptospiroz,

salmonellyoz, teylerioz, qorason, fasallez, gemonxoz, senuroz, exinokokkoz,

manezioz kabi kasalliklar vaqti-vaqti bilan chorvaga katta ziyon yetkazadi.

Hozirgi davrda respublika veterinariya xizmati tarmoqlarida 5454 nafar oliy

toifali veterinariya vrachlari, 6 mingdan ko'proq nafar feldsherlar mehnat

qilmoqda. Davlat veterinariya xizmati tarmog`i tizimida 13 viloyat veterinariya

bo'limi, 165ta tuman veterinariya shahobchalari, 13 viloyat veterinariya

laboratoriyalari, 126 tuman va tumanlararo veterinariya laboratoriyalari, 246

veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, 55 uchastka veterinariya

shifoxonalari mavjud.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Seleksiyaning asosiy vazifasi va ahamiyati nimada?

2. Urug`chilik ishlari qanday tashkil qilinadi?

3. "Urug`chilik to'g`risida" va "Seleksiya yutuqlari to'g`risida"gi

qonunlarning ahamiyati nimada?

34

4. Chorvachilikni rivojlantirishda naslchilikning ahamiyati qanday?

5. "Naslchilik to'g`risida"gi qonunning ahamiyati nimada?

6. Naslchilikda veterinariya xizmati.

9-mavzu. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmatini tashkil etish

Reja:

1. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmati.

2. Agrokimyo xizmatida iqtisodiy ekologik muammolar.

3. O'g`itlarni qo'llash me’yorlari.

Adabiyotlar

1. Musaev B. "Agrokimyo". Darslik. T-2001y.

2. Rafiiqov I., Muminov B. "Qishloqda agroximservis xizmati".O'zbekiston

qishloq xo'jaligi.2003 y. 10-son.

3. Pulatova R.X., To'raev S.Q. "Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishda

agrokimyo xizmatini o'rni". O'zbekiston qishloq xo'jaligida ta’lim va ishlab

chiqarishni integratsiyalashuvini rivojlantirish mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiya. ToshDAU.2003 y. 23-25 aprel. 18-21 betlar.

Agrokimyo - qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda

o'g`it, tuproq va o'simlik o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadi, o'g`itlarning

xususiyatlari va tuproq bilan o'zaro ta’sirini hisobga olgan holda o'simliklarning

oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq iqlim sharoitlari

uchun o'g`it qo'llashning eng samarali me’yor, usul va muddatlarini belgilaydi.

Agrokimyoning asosiy vazifasi - o'simliklarning oziqlanish jarayonidagi

moddalar almashinuvi va tuproqdagi oziq moddalar dinamikasini o'rganish, hosil

miqdori, mahsulot sifati va tuproq unumdorligini oshirishda o'g`itlardan oqilona

foydalanishni tashkil etishdir.

Agrokimyo nazariy va amaliyot, fan va ishlab chiqarishning uzviy birligida

yuzaga keladi va rivojlanadi.

Oziqlanish jarayonida tuproq hamda o'g`it o'rtasidagi munosabat yaqqol

namoyon bo'ladi: o'g`it kiritilgan tuproqlar tarkibida oziq moddalar miqdori ortadi,

agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari yaxshilanadi, tuproq esa o'g`itlarning

eruvchanligiga u yoki bu darajada ta’sir qiladi.

O'g`itlar bevosita tuproqqa kiritilishi sababli agrokimyo birinchi navbatda

tuproqshunoslik fanini, xususan tuproqni kelib chiqishi va unumdorligi kabi

masalalarni mukammal bilishi talab qilinadi.

Hukumatimiz xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga katta e’tibor

bermoqda. Jumladan, Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 1

fevraldagi 63-sonli "Qishloq xo'jaligi agrokimyoviy xizmat ko'rsatishni

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g`risida"gi qaroriga asosan

"O'zqishloqxo'jalikkimyo" davlat aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli viloyat

boshqarmalari tarkibida 452dan ortiq mineral o'g`it va kimyoviy vositalar bilan

savdo qiluvchi do'konlar tashkil etildi.

Qishloq xo'jaligida kimyoviy vositalarni qo'llash, zararli vositalar va begona

o'tlarni yo'q qilish hamda ekinlarga mineral o'g`itlarni berish orqali yuqori

35

hosildorlikka erishiladi. Lekin bular shu bilan birga atrof-muhitni ifloslanishi, suv

holati va tuproq tarkibini zararlanishi, inson va tirik organizmlar uchun xavfli

bo'lgan kasalliklarni paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek kimyoviy

vositalarni qo'llashda o'simliklar himoyasi xavfsizligi talablariga ko'pincha rioya

qilmaslik, pestitsidlarni me’yordan ortiq ishlatish ekologik holatni

yomonlashishiga olib kelmoqda. Shuning uchun kimyoviy vositalar va mineral

o'g`itlarni me’yorda ishlatish choralarini ko'rish lozim. Shuni aytish lozimki zaharli

preparatlardan voz kechish, ular o'rniga tabiiy moddalar va biologik preparatlardan

keng foydalanish kerak.

Mamlakatimizda organomineral o'g`it (kompost)dan foydalanishga katta o'rin

berilmoqda. Jumladan, Qizilqum fosforit unini turli sanoat chiqindilari va mahalliy

qoramol go'ngi, parranda chiqindilariga aralashtirib kompost tayyorlash yo'lga

qo'yilgan. Bunday kompost tayyorlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi 2001 yil 16 maydagi 219 sonli "Qizilqum fosforit konlarini kompleks

o'zlashtirish to'g`risida"gi qarorida qishloq va suv xo'jaligiga aloqador idoralar va

tashkilotlar bilan birgalikda chora tadbirlar ishlab chiqildi. 2002 yildan boshlab

yiliga 200 ming tonna organomineral o'g`it (kompost) ishlab chiqarish maqsadida

tarkibida 12-14% fosfor moddasi bo'lgan fosforit xom-ashyosini kompostlashni

tashkil etish ko'rsatib berilgan. Chunki umumiy va noorganik kimyo ilmiy tadqiqot

instituti dastlabki tajribalari asosida 1 tonna go'ngga 100-150 kg fosforit unini

aralashtirib kompost tayyorlaganda fosforit moddasini 55-65 foizini o'simlik

o'zlashtiradigan holatda o'tishi kuzatilgan. Shu qatorda paxtachilik ilmiy tadqiqot

instituti tadqiqotlarida fosforit uni va parranda qiyi bilan tayyorlangan kompost

paxtachilikda qo'llanilganda yuqori hosilga erishildi.

Organomineral o'g`it (kompost)ni ekinlarga qo'llashning qulayligi shundaki,

birinchidan, fosforli va azotli mineral o'g`itlarga nisbatan kam xarajatli bo'lib

yuqori samaradorlikka erishiladi; ikkinchidan, birgina hosildorlikni oshiribgina

qolmasdan balki ekologik toza mahsulot ham yetishtiriladi; uchinchidan,

organomineral o'g`itni fosforit uni va mahalliy o'g`it aralashmasidan

tayyorlanganligi sababli uning tarkibi turli xil organometrik moddalarga boy bo'lib

tuproq unumdorligini oshirib borishga imkoniyat yaratadi.

Agrokimyo moddalarini ruxsat etilmagan me’yorda ishlatish va solish ham

salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki, "erni bangi qilib qo'yish" hamda zararli

organizmlarni toksikontlarga moslashtirib qo'yish mumkin. Amerika Qo'shma

Shtatlari milliy tadqiqot kengashining hisoblashicha, o'simlik va hayvonlar

zararkunandalari 600 turda bo'lib ularning 500 ga yaqini immunitetga ega ekan.

Kimyoviy usullarni, zararkunandalarga qarshi kurashishning muqobil

choralari qolmagan taqdirdagina qo'llash mumkin. Bunda sun’iy vositalarning

tabiiylari bilan almashtirib borish talab etiladi.

Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmati ko'rsatishni iqtisodiy ekologik talablari

asosida rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga

muvofiqdir:

- qishloq xo'jalik korxonalarini va iste’molchilarni mineral o'g`it, pestitsidlar

va biologik vositalarga bo'lgan talabni aniqlab, shartnoma asosida to'la ta’minlash;

36

- agrokimyo xizmati ko'rsatishda ekologik vaziyatlarni hisobga olgan holda

kimyoviy va biologik vositalardan oqilona foydalanishning me’yoriy chora-

tadbirlarini ishlab chiqish;

- atrof-muhit ifloslanishiga olib keladigan va inson hayoti uchun xavfli

bo'lgan zaharli pestitsidlarni qo'llashdan voz kechish va ular o'rniga tabiiy

vositaladan foydalanish;

- kimyoviy vositalar va mineral o'g`itlar bo'yicha iqtisodiy ekologik

samaradorlikni aniqlash yo'llarini ishlab chiqish.

Demak, agrokimyo xizmati ko'rsatuvchi sohalar faqat kimyoviy vositalar va

mineral o'g`itlarni yetkazib berish bilan cheklanib qolmasdan, balki iqtisodiy-

ekologik samaradorlikni oshirishga yo'naltirilgan zarur tadbirlarini ishlab chiqishi

va shu asosida faoliyat ko'rsatishi bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.

Ma’lumki dehqonchilikning intensiv rivojlanishini ta’minlaydigan omillardan

biri ekinlarni o'g`itlash hisoblanadi. Chunki hosilning deyarli yarimi o'g`itlar

hisobiga yetishtiriladi. Umuman o'g`itlarning har birini o'z o'rni bor. Azot

ekinlarning o'sishi va yosharishiga xizmat qiladi, fosfor hosildorlikni oshirib,

pishishini tezlashtiradi, kaliy mahsulot sifatini yaxshilaydi, ekin chidamliligini

kuchaytiradi, uning tuproq unumdorligini oshiradi.

O'zbekistonda hozirda ham o'g`it faoliyati yaxshi bo'lib 6ta zavod faoliyat

ko'rsatmoqda. Bular Navoiy azot, Olmaliq ammofostazot, Chirchiq, Samarqand

superfosfat, Qo'qon fosfat, Farg`ona fosfatdir. O'g`itga bo'lgan talab hozirgi kunda

azot 75-80% ga qondirilyapti, fosfor 50-60 foizga, kaliy deyarli qondirilmayapti.

Kaliy tuzi Rossiyada "Solikans", Ukrainada "Bulush" nomi bilan chiqariladi. 30

sentner paxtadan hosil olish uchun 1 ga 100 kg kaliy solish kerak. Kaliydan

hasharotlar qochadi. U o'simliklarni himoya qiladi, poyasini mustahkamlaydi va

tanasi pishiq bo'ladi.

Azot bilan fosfor o'simlik organlariga kirib ketadi, kaliy g`allani sovuq va

qurg`oqchilikdan asraydi. Tuz muzlamaydi, namlikni saqlaydi. Hozirgi kunda

O'zbekistonda Qamashi, Xo'jandkonda kaliy bor.

Hozirga paytda tuproq unumdorligini oshirish dolzarb muammolardan bo'lib

turibdi. Negaki ma’lum bir sabablarga ko'ra ekin maydonlari tobora kamayib

bormoqda. Yangi yerlarni o'zlashtirish, suv tanqisligi sharoitida anchagina

muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ekinlardan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda

yerlar unumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bu borada

ko'p va ibratli tajribalar to'plangan. Chunonchi ekinlarni almashlab ekish, yerlarni

shudgorlash shular jumlasidandir.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Agrokimyo xizmati qanday tashkil etiladi?

2. Agrokimyo xizmatida iqtisodiy ekologik muammolar.

3. O'g`itlarni qo'llash me’yorlari qanday aniqlanadi?

4. Tuproq unumdorligini oshirish muammolari.

5. Orgonomineral o'g`it nima va u qanday yaratiladi?

6. O'zbekistonda o'g`it faoliyatini baholang.

37

10-mavzu. Ishlab chiqarish infratuzilmasida tayyorlov tizimi va uning tashkiliy-

iqtisodiy asoslari

Reja:

1.Tayyorlov tizimini takomillashtirishning ob’ektiv shart-sharoitlari va uning

infratuzilma tarmog`i sifatida shakllanishi.

2.Tayyorlov tizimining rejali-iqtisodiy va tashkiliy amal qilishini takomillashtirish

masalalari.

3.Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash asoslari.

Adabiyotlar

1.Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

2.Pulatova R.X., Raximov T. "Qishloq xo'jalik ishlab chiqarish infratuzilmasi -

qishloq xo'jaligi rivojlanishining asosiy omili".O'zbekiston Respublikasi Fan va

texnika taraqqiyotida olma ayollarning roli mavzusidagi olima ayollar forumi.

ToshDAU.25-26 iyun 2004 y.

Ma’lumki, moddiy ishlab chiqarish jarayoni faqat unumdor (ishlab

chiqaruvchi) mehnatning amal qilishi emas, balki bizning holatimizda mahsulotni

sotish bo'yicha qilingan mehnat kabi unumsiz (noishlab chiqaruvchi) mehnat ham

uning tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Mehnatning bu ikki ko'rinishi o'rtasida

teskari bog`liqlik mavjud. Unumli (ishlab chiqaruvchi) mehnat bilan band bo'lgan

shaxslarning unumsiz (noishlab chiqaruvchi) funksiyalari qancha kam bo'lsa,

mehnat shunchalik unumdor bo'ladi. Shu jihatdan qishloq xo'jaligida sotish

bo'yicha asosiy bo'lmagan ikkilamchi funksiyalarni unumdor mehnatdan ajratish

ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim sharti bo'lib qoladi.

Mahsulotni sotish bo'yicha mehnat esa takror ishlab chiqarishning boshqa

ishtirokchilarining funksiyasi bo'lishi kerak.

Shunday qilib, tayyorlov tizimining ahamiyati dehqon va fermer

xo'jaliklarining tarmoqlanishi bilan oshib boradi. Shu jihatdan bu tizim zamonaviy,

balki ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi progressiv shakllari tomonidan

qo'yilayotgan kelajakdagi talablarga ham javob berishi juda muhim. Zamonaviy

sharoitlarda bunday talablarning kuchayishi agrosanoat kooperatsiyasi

(hamkorligi) jarayonining ishlab chiqarishni yangi tashkiliy shakli sifatida

namoyon bo'lishi bilan bog`liq holda kuzatilmoqda.

Agrosanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni sanoat asosida tashkil

qilinishi sharoitida sotishning texnologik jarayondagi roli taqqoslab bo'lmas

darajada ortib ketadi. Ishlab chiqarishning xo'jaliklararo va agrosanoat korxonalari,

kombinatlar va birlashmalar shaklida tashkil qilinishi maxsus sotish bo'g`inlarini

tashkil etish zaruriyatini tug`diradi.

Sotish bo'yicha ixtisoslashgan tashkilotlarda realizatsiyani yaxshiroq tashkil

qilish imkoniyati tug`iladi. Bu mahsulot yo'qotilishi va sotish xarajatlarini

kamaytiradi. Pirovard natijada bunday tizimda bevosita aloqalar ahamiyati ortadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalarida xususiy (o'z) ombor inshootlarining qurilishi

bilan tayyorlov tashkilotlari punktlarida saqlash uchun ba’zi mahsulot turlarini

shaharlarga darhol jo'natish zaruriyati yo'qoladi. Mahsulot (don, sabzavot, meva va

38

h.z.)larning bir qismi xo'jaliklarning o'zida saqlanishi va zarur holda iste’mol

joyiga jo'natilishi mumkin. Ta’kidlab o'tamizki, tayyorlovlarni tashkil etishning

bunday shaklidan keladigan foyda (yutuq)lar ancha sezilarli darajada katta bo'ladi.

Birinchidan, bu tayyorlovlardagi tig`izlikni kamaytiradi, transportni

bo'shatadi, mahsulotning oqilona ishlatilishini ta’minlaydi va pirovard natijada

mamlakatdagi xom ashyo va isteg`mol fondlari hajmini oshiradi.

Ikkinchidan, agrosanoat integratsiyasi, qishloq xo'jalik korxonalarining

bevosita o'zida qayta ishlash quvvatlarining rivoji ba’zi qishloq xo'jaligi

mahsulotlari turlarini nafaqat natural ko'rinishda balki qayta ishlangan

ko'rinishda ham sotib olish rejalarini yetkazish haqidagi masalalarni yuzaga

chiqaradi. Bu pirovard mahsulot bo'yicha korxonalarning faoliyatini baholashdagi

iqtisodiyot mo'ljaliga muvofiq keladi.

Bevosita aloqalar bu - bir tomondan, shirkat, dehqon, fermer xo'jaliklari va

birlashmalar, va boshqa tomondan, tayyorlov va savdo tashkilotlari, qishloq

xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar o'rtasida o'rnatiladigan mahsulot

sotish bo'yicha o'zaro munosabatlar tizimidir. Bu tizim shunday aloqalar o'rnatishni

nazarda tutadiki, ular mahsulot sotish, uning sifatini saqlash bo'yicha, ikkala

kontragentning iqtisodiy samarali ishini ta’minlovchi masalalarni (vazifalarni)

operativroq hal qilishga imkon beradi. Bunda bevosita aloqalarning samaradorligi,

amal qilishi kontragentlarning davomiy va doimiy o'zaro munosabatlarida ortib

boradi.

Ammo kontragentlarning o'zaro munosabatlarining tashkiliy shakli faqatgina

tashkiliy-texnik tomonini tavsiflaydi. Bevosita aloqalar bu - shunday o'lchovdagi

jamiyatning rejali rivojlanishi sharoitlarida tovar-pul munosabatlarini ishlatishning

amaldagi iqtisodiy omillari bo'lib hisoblangan taklif va iste’mol talabi o'rtasidagi

muvofiqlik asosida mahsulotni realizatsiya qilish va ishlab chiqarishni tez

yaxshilashning iqtisodiy sharti hamdir.

Qishloq xo'jaligi korxonalari iqtisodiyotining mustahkamlanishi, ishlab

chiqarish birlashmalari yaratilishi bilan xo'jaliklarda muzlatgichlar va sabzavot

omborlari barpo etish imkoni tug`iladi. Bu, shuningdek, savdo tashkilotlarining

bunday xo'jaliklar bilan mustahkamroq munosabatlar o'rnatish manfaatdorligini

hosil qiladi, chunki saqlash joylarining mavjudligi mahsulotning bir muncha

tekisroq yetkazilishini ta’minlaydi. Bevosita aloqalarning rivojlanishida o'z

mahsulotlarini bevosita savdo tashkilotlariga realizatsiya qilganda to'lovni chakana

narxlarda (savdo chegirmasini ayirib tashlagan holda) oladigan korxonalar va

birlashmalar ham manfaatdor, zero bu ularning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi.

Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig`ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni

ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg`or tajribaga tayanib

ish ko'rilsa, mahsulotning isrof bo'lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20%

va undan ham ko'proq qo'shimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi

mumkin.

Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan

takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika,

biokimyo, biotexnologiya, fitopatologiya, entomologiya va boshqa fanlarning

yutuqlaridan ijobiy foydalanilmoqda.

39

O'zbekiston sharoitida hanuzgacha qishloq xo'jalik ekinlarining hosilini

yig`ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari chuqur o'rganilmayapti,

bu boradagi fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti.

Mavjud omborxonalar ham mahalliy ob-havo va iqlim sharoitlarini hisobga

olmagan holda qurilgan.

Meva va sabzavotlarni saqlashdagi asosiy vazifa - ularning fizikaviy va

kimyoviy tarkibini, ya’ni tashqi ko'rinishi, rangi, mazasi hamda oziq-ovqatlik

qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Shu sababli meva va

sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashni to'g`ri va ilmiy asosda tashkil qilish

aholini yil mobaynida ushbu mahsulotlar bilan ta’minlanish muammosini hal

qiladi.

Meva va sabzavotlarni saqlashda ro'y beradigan biologik va fiziologik

jarayonlarni chuqur o'rganish va bu borada aniq fikrga ega bo'lish mahsulotlarni

sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga ega. Meva va sabzavotlarning sifatli

saqlanishi uchun saqlash mobaynida ularda qanday jarayonlar borishini va bu

jarayonlarning borishiga tashqi muhitning qaysi omillari ta’sir qilishini bilish

zarur. Meva va sabzavotlarni saqlashda ular vaznining tabiiy ravishda tushishni

atigi bir foizga kamaytirish mahsulotni o'n ming tonnalab ko'paytirishga olib

keladi. Shuning uchun mutaxassislar meva va sabzavotlarni saqlashga e’tiborni

kuchaytirishlari va bu bilan bog`liq bo'lgan barcha masalalarni chuqur o'rganishlari

lozim.

Sabzavot va mevalar tez buziladigan mahsulotlar hisoblanadi. Shu sababli

ularni uzoq muddat sifatli saqlash uchun qayta ishlanadi. Qayta ishlashning asosiy

maqsadi tez buziladigan meva va sabzavotlarni uzoq vaqt undagi vitamin va

boshqa qimmatli tarkibiy qismlarini saqlash hamda ularda turli xil

mikroorganizmlar rivojlanishining oldini olishdan iboratdir. Sabzavot va mevalarni

qayta ishlab xalqning ularga bo'lgan talabini yil bo'yi qondirish mumkin. Meva va

sabzavotlarni ilmiy asoslangan va har bir mintaqaning tabiiy resurslaridan unumli

foydalanilgan qayta ishlash usullarini xo'jaliklarga keng joriy etish yetishtirilgan

mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi yo'qotishini keskin kamaytiradi va mevachilik

hamda sabzavotchilik xo'jaliklarining iqtisodiyotini keskin ko'tarishga yordam

beradi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mahsulotlarining tayyorlovi qanday

ahamiyatga ega?

2. Tayyorlov tizimining iqtisodiy samaradorlik darajasiga va rivojlanishiga

qanday omillar ta’sir ko'rsatadi?

3. Mahsulotlarni realizatsiya qilishning eng maqbul kanallari nimalar?

4. Mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda tayyorlovchi o'rtasidagi bevosita

aloqalarni tashkil etishning afzalliklari nimalardan iborat?

5. Bevosita aloqalarni tashkil etishda qanday masalalarga e’tibor berish zarur?

40

11-mavzu. Ijtimoiy infratuzilma faoliyatini tashkil qilish

Reja:

1.Ijtimoiy infratuzilmaning mohiyati va tuzilmasi.

2.Ijtimoiy infratuzilmani tashkil qilish va rivojlantirish.

3.Qishloqlarda aholiga madaniy maishiy xizmat ko'rsatishni rivojlantirish.

4.Sog`liqni saqlashni tashkil qilish.

Adabiyotlar

1.Pulatova R.X."Agrosanoat majmuasida infratuzilma faoliyatini tashkil

etish".O'quv qo'llanma. ToshDAU. 2006y.

2.Sidiqov Z.T., Pulatova R. X., Nazirova D. "Qishloq aholisi bandligini oshirish

imkoniyatlari"Iqtisodiyotni modellashtirish va axborotlashtirish masalalari. Ilmiy

ishlar to'plami.T-2004 y. 25-son.

3.Vohobov A. "Qishloqda ijtimoiy soha" Iqtisod va hisobot. 1996 y. 2-son.

Ijtimoiy infratuzilma aholining farovonligini oshirish, kishilar mehnat sharoiti

va turmush tarzini yaxshilash bilan bog`liq muhim ijtimoiy vazifalarni hal etar

ekan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi, mamlakat

iqtisodiy yuksalishi uchun sharoit yaratadi.

Ayni vaqtda ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish samaradorligi o'sishiga

bevosita ta’sir ko'rsatadi. Infratuzilmaning rivojlanishi iqtisodiyotning real sektori

bilan bevosita bog`langanki, u mazkur tuzilmaning holati va o'sish sur’atlarini

shakllantiradi.

Ijtimoiy turmushga ta’sir o'tkazuvchi infratuzilmaning asosiy jihatlariga

quyidagilar kiradi:

ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish;

aholi mehnat faolligi ko'lamini kengaytirish;

mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish;

bo'sh vaqt fondini boyitish va undan foydalanish shart-sharoitlarini

yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;

ishchi kuchini takror yetishtirishga ta’sir etish.

Ijtimoiy infratuzilma murakkab vazifalar tizimidan iborat bo'lib, unda barcha

unsurlar o'zaro bog`langanki, ulardan birining rivojlanishda ortda qolishi

boshqalaridan samarasiz foydalanilishiga sabab bo'ladi. Shu boisdan mintaqa

ijtimoiy infratuzilmasining yagona bir majmua tarzida rivojlanishini ta’minlash

muhim vazifa hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini

boshqarishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

respublika, tarmoq va hududiy boshqaruv organlarining vazifasi, hamda

maqsadlarini, mulkiy huquqlarini chegaralash;

qishloq kengashlari, tuman, shahar va viloyat hokimliklari rolini qayta ko'rib

chiqish;

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini hisobga

olib, ijtimoiy sohada qayta qurish dasturini ishlab chiqish;

hujjatlar va tavsiyalar, me’yoriy yo'riqnomalar bazasini tayyorlash;

41

mintaqaviy xususiyatlar va omillarni hisobga olish, bularga ijtimoiy me’yor

ko'rsatkichlari tizimini ishlab chiqishga diqqat qilish;

uy-joy muammolariga e’tibor berish va yakka tartibda uy-joy qurilishini

rivojlantirish.

Hozirgi vaqtdagi shahar joylarda ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini

boshqarish muammolari quyidagilardan iborat: ijtimoiy infratuzilmalarni

rivojlantirishga mo'ljallangan mablag`lar va resurslarni boshqarishga oid barcha

vazifalarning mahalliy boshqaruv organlari qo'lida haqiqatdan jamlanishiga

erishish;

xo'jalik yuritish va tarmoqlar hamda hududlarning o'zaro ta’siri tashkiliy -

iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;

mintaqalar o'rtasida va ichida, uning unsurlari, vertikal va gorizontal tuzilmalari

o'rtasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi nomutanosibliklarga

barham berish;

shahar va qishloq ijtimoiy infratuzilmasini yanada o'zaro integratsiya qilish,

bunda ish tizimlariga xos ijobiy jihatlarni butun choralar bilan rivojlantirish

hamda ularning noxush jihatlarini imkon qadar cheklash (yoki bartaraf qilish)

maqsadini ko'zlash;

shaharni ijtimoiy qayta qurishning maqsadli, majmuaviy dasturini tuzish va

amalga oshirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, faol demokratik

siyosat yuritish.

Mazkur talablarning jami mintaqa ijtimoiy infratuzilmasi xo'jalik

mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi.

Xo'jalik yuritish yangi iqtisodiy mexanizmining yaratilishi mahalliy byudjetga

ko'plab mablag`larni jalb etish imkonini beradi, ammo muayyan joy sharoitida

mana shu barcha resurslar har holda korxona va tashkilotlar hisobiga shakllanadi.

Ayni vaqtda ko'pchilik hokimliklarda qishloqda ijtimoiy infratuzilma inshootlarini

qurish bo'yicha yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish uchun haqiqiy imkoniyat

vujudga kelmagan.

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni boshqaruv mexanizmini

yaratishning turli variantlari bir xil baholanishiga qaramay, mintaqadagi

tumanlarning o'ziga xosligiga bog`liq bo'lgan holda vaziyatni rivojlantirishning

uchta ehtimoliy yo'nalishini qo'llash uchun asos bor, ya’ni:

a) mablag`lar va resurslar hokimlik qo'lida jamlanadi;

b) vazifalar agrosanoat korxonalari va tashkilotlari qo'lida jamlanadi;

v) dastlabki ikki variant eng maqbul tarzda birga qo'shiladi.

Ijtimoiy infratuzilmaning ayrim unsurlarini rivojlantirish vazifalari alohida

taqsimlangan taqdirdagina manfaatlar uyg`unligiga erishish mumkin.

Ijtimoiy normativlar tizimini ishlab chiqishda mintaqaviy xususiyatlarni,

shahar va qishloq joylarda, aholi turmush tarzi va boshqa ko'p jihatlar o'rtasidagi

tafovutlarni hisobga olmoq lozim. Ular doirasida quyidagi jamlanma omillarni

ajratish mumkin:

Jo'g`ofiy omillar - aholi joylashuv tarkibi, shaharlashuv (urbanizatsiya)

darajasi, biologik iqlim xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitining mehnat tusi va

42

rejimiga, iqtisodiyotning ixtisoslashuvi, me’morchilikka ta’siri, rekreatsion

imkoniyatlar va ulardan foydalanish darajasi, tabiiy resurslar bilan

ta’minlanganlik va tabiatdan foydalanish xususiyati;

Demografik omillar - aholining ko'payish rejimi, uning soni, tarkibi va tabiiy

ko'chib yurish ta’sirida joylashuvining o'zgarishi, aholi migratsiyasi va safarbarligi,

aholi va mehnat resurslarining jinsiy va yosh tarkibi, oilalarning shakllanishi, o'sish

va ajralish sharoiti, ularning turi va tarkibi, migratsiya tusi, migratsiya oqimlari

tarkibi, aholining milliy tarkibi, ayrim millatlar va elatlarni zich yoki tarqoq

yashash darajasi;

Ijtimoiy omillar - ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va o'sish

istiqboli, mintaqaning mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotidagi ulushi, hozirgi

bosqich va istiqboldagi iqtisodiyotning tarkibi, boshqaruv tizimi, mintaqadagi

ilmiy - texnik taraqqiyot tusi, shahar va qishloq aholisining turmush tarzi, milliy va

maishiy xususiyatlar, an’anaviy etnik qadriyatlar va ularning me’morchilikda aks

etishi, mintaqada yashovchi millatlar va elatlarning, hamda milliy va etnografik

guruhlarning ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy rivojlanishi hamda madaniy ehtiyojlar

tusi va til taraqqiyoti.

Mazkur omillarni mintaqaviy xususiyatlar va boshqa alomatlardan kelib

chiqib, sifat va aralash tavsiflar bo'yicha tashkil qilish, ulardan hal etish

zaruriyatiga ko'ra eng dolzarb omillarni ajratish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy

sohaga yo'naltirilishi ijtimoiy infratuzilmani mustaqil boshqaruv ob’ekti, uni

rivojlantirish muammolariga tizimli yondashuv sifatida alohida ajratib olishni shart

qilib qo'yadi.

Xizmat ko'rsatish tarmoqlari deganda, maishiy xizmat sohalari bilan bog`liq

bo'lgan ayrim tarmoqlarnigina tushunish maqsadga muvofiq emas, bugungi kunda

unga yangicha talab ko'zi bilan qarash zarur. Qishloqlarning istiqboldagi ijtimoiy

rivojlanishini xizmat ko'rsatish sohalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Xizmat

ko'rsatish sohasiga quyidagilar kiradi:

ishlab chiqarishga xizmat qilish;

dehqonchilikning barcha yo'nalishlari bo'yicha mahsulotni qayta ishlash

bilan bog`liq bo'lgan xizmat ko'rsatish;

dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotni sotib olish va aholiga yetkazib

berish bo'yicha xizmat ko'rsatadigan sohalarni tashkil etish;

texnik-transport xizmatini yaxshilash;

ishchi kuchlarining ish joylariga borib kelishlarini ta’minlaydigan, ish joylarini

o'rganadigan, ma’lum tavsiyalar, yordam va yuridik maslahatlar beradigan

xizmat ko'rsatish va boshqa sohalar.

Aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etish, qishloqda sanoat va

xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish bilan

bevosita bog`liq. Shu munosabat bilan sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini

qishloqqa olib kelish, mahsulotlarni qayta ishlaydigan sanoat korxonalarini qishloq

zaminiga joylashtirish mahalliy hokimiyatlar, tadbirkor ishbilarmonlar, turli mulk

egalari oldiga asosiy vazifa etib qo'yilgani ham tasodifiy emas.

43

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 17 sentyabrdagi "Aholiga

maishiy xizmat ko'rsatish tizimida islohotlarni davom ettirish to'g`risida"gi PF-

1843 sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9

sentyabrdagi "Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish

to'g`risida"gi 446-sonli 1995 yil 12 sentyabrdagi 399-sonli "Aholiga maishiy

xizmat ko'rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari

to'g`risida"gi qarorlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi shahar va viloyatlarida

hududiy maishiy xizmat ko'rsatuvchi obg`ektlarni hisobga olish maqsadida shahar

va viloyat hokimiyatlari tarkibida maishiy xizmat ko'rsatish uyushmalari tashkil

qilingan. Ularga a’zo bo'lgan maishiy xizmat ko'rsatish korxonalariga turli xil

imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari berildi:

maishiy xizmat ko'rsatish ob’ektlari yangidan tashkil etilgan taqdirda bino va

yer maydonlari bilan ta’minlashni viloyat va shahar hokimiyatlari miqyosida

hal qilish;

yangi tashkil etilgan maishiy xizmat korxonasi hokimiyat balansidagi binoda

joylashgan bo'lsa, ijara shartnomasi tuzilgan vaqtda imtiyozli narxlardan

foydalanishi;

maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari tashkil qilinganda, ularni ro'yxatdan

o'tkazishda va faoliyatini amalga oshirishda amalda ko'rsatilgan "tadbirkorlar

faoliyatini himoya qilish" qonun-qoidalarida ko'rsatilgandek qo'llab quvvatlash.

Qishloqda maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari tashkil etilishi mehnatga

yaroqli aholining ish bilan band bo'lmagan ortiqcha qismini, asosan qishloqda

yashayotgan xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishda va

shu tariqa qishloqlarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham topishida

o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Maishiy xizmat ko'rsatish xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hozirda

tashkil qilinayotgan o'quv markazlari, oylik kurslar, chet elning O'zbekistondagi

o'quv fondlari tomonidan firmalar buyurtmasi yoki jismoniy shaxslarning

individual buyurtmalari bo'yicha pullik tarzda amalga oshiriladi.

Maishiy xizmat ko'rsatish sohasida chet elliklar bilan ham aloqalar

o'rnatilmoqda, xususan, sartaroshlik xizmati bo'yicha, Germaniya va Fransiya

davlatlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida zamonaviy asbob-anjomlar, elektr

texnikalari olib kelinmoqda va o'rnatilmoqda. Avtomobillarni ta’mirlash sohasida

Koreya, Turkiya, AQSh, Germaniya, Italiyada ishlab chiqarilgan dastgohlar olib

kelinib, jahon andozalariga javob beradigan xizmat darajasiga erishilmoqda.

Kimyoviy tozalash va kir yuvish xizmat turlari bo'yicha Italiya, Germaniya

davlatlari bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar tashkil etilmoqda. Poyafzal,

xususan ortopediya poyafzallarini tikish bo'yicha Germaniya bilan hamkorlik

aloqalari o'rnatilgan.

Mustaqil O'zbekistonda 1991 yildan buyon ijtimoiy va iqtisodiy siyosatda tub

o'zgarishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar, o'z navbatida, sog`liqni saqlash tizimiga

ham sezilarli ta’sir ko'rsatdi va uni isloh qilishning aniq hayotiy zarurati yuzaga

keldi.

1991-1992 yillarda sog`liqni saqlash vazirligi O'zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi bilan hamkorlikda sog`liqni saqlashni moliyalashtirish siyosatini

44

o'zgartirdi. Byudjet mablag`lari aholi jon boshiga qarab ajratilmoqda, ambulatoriya

- poliklinika muassasalari aholining xizmat ko'rsatilgan qismi va shifoxonada

davolangan bemorlar soniga qarab moliyalashtiriladi. Natijada tarmoqni ekstensiv

rivojlantirish to'xtatilib, kunduzgi davolash xizmati ustun darajada rivojlantirila

boshlandi. Kunduzgi xizmat ambulatoriya xizmati foydasiga 80% dan 60% ga

kamayib, keyingisida moliyalashtirish salmog`i 9-10% dan 30-40% gacha o'sdi.

Ko'rinib turibdiki, mahalliy byudjetning 50,6%i ambulatoriya - poliklinika

tarmog`iga, 43,0%i statsionar xizmat tarmog`iga va 6,4%i boshqa tarmoqlarga

yo'naltirilgan. Aholi salomatligini mustahkamlash davlat siyosati darajasiga

ko'tarildi. Binobarin, sog`liqni saqlashdagi islohotning asosiy qoidalari sog`liqni

saqlashni rivojlantirishni intensifikatsiyalash va zahiralardan samarali foydalanish

bo'yicha yangi iqtisodiy mexanizmlarni shakllanti rishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda salomatlikni muhofaza etish borasida qator

qonunchilik hujjatlari qo'llanilmoqda. Ulardan eng muhimi, O'zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 29 avgustda tasdiqlangan

"O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog`lig`ini saqlash to'g`risida"gi

qonundir. Ushbu qonun xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan va xalqaro

standartlarga muvofiq keladi. Qonun fuqarolarning sifatli tibbiy yordam olishga

bo'lgan teng huquqlarini ta’minlaydi.

O'zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlashni rivojlantirish tamoyillari

ishlab chiqilgan bo'lib, u sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishning uzoq davrga

mo'ljallangan istiqbollarini nazarda tutadi:

rivojlanishning ekstensiv yo'lidan tibbiy - sanitariya muassasalarini

intensifikatsiyalashga o'tish;

resurslardan samarali foydalanish bo'yicha yangi iqtisodiy

mexanizmlarni shakllantirish;

sog`liqni saqlash boshqaruvini markazlashtirishdan voz kechish;

sog`liqni saqlashda yangi moliyaviy mexanizmlarni yaratish;

aholi sog`lig`ini muhofaza etishda ustuvor yo'nalishlarni belgilash;

oliy tibbiy ta’lim va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish;

yuqumli kasalliklarning oldini olish choralarini ko'rish.

Shuning o'ziyoq aholi va sog`liqni saqlash muassasalarining tibbiyot texnikasi

va jihozlariga bo'lgan ehtiyoj bozorini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari,

markazlashtirilgan moliyalashtirishdan voz kechish sog`liqni saqlash byudjetining

80-85 foizini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shakllantirilishi va 12-20

foizini respublika miqyosida saqlab qolish imkonini yaratdi. Yaqin yillarda

sog`liqni saqlash byudjetini 60 foiz mablag`larini davlat hisobidan, 30 foizini

tibbiy sug`urtani rivojlantirish hisobidan va 10 foizini pullik xizmat hisobidan

qoplash mo'ljallanmoqda.

Sog`liqni saqlashni rivojlantirishda davlatga muhim rol berilishi quyidagi

uchta asosiy sharoitlar bilan asoslanadi: birinchidan, kambag`allikni qisqartirish va

xizmat uchun esa o'zi haq to'lay olmaydigan shaxslarni tibbiy yordam bilan

ta’minlashning zaruriyati; ikkinchidan, tibbiy xizmatlarning ba’zi ko'rinishlari

ijtimoiy ne’mat hisoblanadi va u tashqi samaraga ega, masalan, kasallik

45

tarqatuvchilar bilan kurashgan holda, sog`lom turmush tarzini targ`ibot qilish va

tibbiy bilimlarni tarqatish; va nihoyat, uchinchidan, sog`liqni saqlash hamda tibbiy

sug`urta bozori mexanizmining kamchiliklari (kasallanish xavfining turli darajasi,

axborot assimmetriyasi: tibbiy xizmatchilar faqat xizmat ko'rsatibgina qolmay, shu

bilan birga qanday xizmat ko'rsatilishi lozimligi haqida ham qaror qabul qiladilar).

Shu sababdan ham barcha mamlakatlarda davlat sog`liqni saqlash tizimiga

aralashadi. Biroq, bu aralashuv darajasi sog`liqni saqlash tizimi faoliyatining

asosiy yo'nalishlari bo'yicha turlichadir.

O'zbekiston sog`liqni saqlash tarmog`i hozirgi davrda xalqaro maydonga

chiqdi va BMT ixtisoslashgan agentliklari faoliyatida faol ishtirok etmoqda.

Birinchi navbatda, bu umumjahon sog`liqni saqlash tashkiloti, YUNISEF, PROON

va bir qator xalqaro jamiyatlar bilan hamkorlikda ko'zga tashlanmoqda.

Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida kechgan so'nggi mashaqqatli

yillar mag`lum ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. Mamlakatda umr ko'rish

darajasi uzaydi, aholi o'limi kamaydi, ayniqsa, onalar va bolalar o'limi kamayishiga

erishildi.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Ijtimoiy infratuzilma mohiyati nima?

2. Ijtimoiy infratuzilmani boshqarish muammolari nimalardan iborat?

3. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish qanday amalga oshirilmoqda?

4. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish turlari nimalardan iborat?

5. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tarkibiga qanday xizmatlar kiradi?

6. Sog`liqni saqlashda ta’minot tushunchasi nima?

7. Sog`liqni saqlash infratuzilamasi nima?

12-mavzu. Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasini shakllantirish masalalari

Reja:

1. Bozor infratuzilmasining tarkibi.

2. Bozor infratuzilmasining maqsadi va vazifalari.

3. Bozor infratuzilmasining muassasalari xizmati.

Adabiyotlar

1.Chjen V. "Xususiylashtirish asoslari" T-1998 y.

2.Murodov Ch. "Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulkchilikni rivojlantirishda

bozor infratuzilmasini rivojlantirish".Dissertatsiya ishi. 2002 y.

3.Pulatova R.X., Sidiqov Z. T. "Tadbirkorlik faoliyatida bozor infratuzilmasining

ahamiyati".O'zBIITI.2004 y. 178-181 betlar.

Bozor infratuzilmasi - qishloq xo'jalik infratuzilmasining muhim qismi bo'lib,

o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor infratuzilmasi turli-tuman bozor sub’ektlari

o'rtasida ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshishini ta’minlaydi. Bozor

infratuzilmasi ham murakkab tuzilishga ega.

Bozor infratuzilmasi tarkibiga bank-moliya muassasalari, birja va brokerlik

idoralari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentliklari, sug`urta, soliq va

auditorlik xizmatlari, tijorat, ulgurji savdo va yarmarka markazlari va boshqalar

46

kiradi. Umuman olganda, bozor infratuzilmasi moddiy va nomoddiy ishlab

chiqarishiga, ya’ni inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch

keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchi sifatida

ushbu sohalarni yaxshilanishidan manfaatdormiz.

Infratuzilma qanchalik rivojlangan bo'lsa, bozor o'yin-qoidalarini buzish

shunchalik qiyinroq bo'ladi.

Bozor infratuzilmasida birja va yarmarkalar alohida o'rin tutadi. Moliya

bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos.

Tovar xom-ashyo birjalari ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini

o'tkazuvchi tijorat korxonalaridir.

Birja savdosini oddiy savdodan farqi bor. Oddiy savdoda xaridor bilan

sotuvchi yuzma-yuz turadi, birjada esa barcha oldi-sotdi ishlari brokerlar

vositachiligida bajariladi.

Bozor tizimi ish olib borishining eng asosiy shart-sharoitlaridan biri tovarlar,

xizmatlar, pul, qimmatbaho qog`ozlar, ishchi kuchning bozor omilllari ta’siri

ostida iqtisodiyot bo'ylab o'rin almashadigan harakatlariga xizmat ko'rsatuvchi

tashkilotlarning o'zaro bog`liq tizimi amal qilishidan iboratdir.

Ularni bozor xo'jaligining muassasalari yoki infratuzilmasi deb ataydilar.

Bozor infratuzilmasi - mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqaruvchini iste’molchi

bilan yagona bozor makonida birlashtirib, ishlab chiqarish va iste’mol ko'lamlari

o'rtasidagi ziddiyatni bartaraf etuvchi va uning barcha ishtirokchilari o'z oldilariga

qo'ygan maqsadlariga erishishlarini ta’minlovchi muassasalar va vositachilik

tarkiblari tizimidir.

Infratuzilma shartli ravishda quyidagi vazifalarni bajaruvchi to'qqiz

turkumda ifodalanishi mumkin:

1. Tadbirkorlarni tayyorlash va o'qitish;

2. Xususiy biznesni ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olish;

3. Moliya - kredit tizimi;

4. Ulgurji - vositachi tuzilmalar;

5. Birja bozorlari;

6. Agroxizmatlar bozori;

7. Xizmatlar bozori;

8. Transport ta’minoti;

9. Tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlash.

Tadbirkorlikni rag`batlantirish, uning jadal o'sishi uchun kadrlarning qudratli

asosi kerak. Respublikaning mehnatga yaroqli jamiki aholisi shunday asos

hisoblanadi. Shu maqsadlarga tadbirkorlik sohasida ishlovchi kadrlarni tayyorlash,

malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi xizmat qiladi.

Moliya-kredit tizimi - xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun

turli investitsiya fondlari, tijorat banklari tarmog`i - qimmatbaho qog`ozlarning

muomala bozorini kengaytirish, ularni qayta taqsimlash va ishlab chiqarishni

investitsiyalash uchun yo'naltirishga imkonini beradi, qarz beruvchi bilan qarz

oluvchi o'rtasida bevosita munosabatlarni yo'lga qo'yadi, kreditda vositachilar

tizimi va uni tartibga solish mexanizmini yuzaga keltiradi.

47

Kichik va xususiy ulgurji - vositachilik tarkiblari - maxsus bozorlar,

konsignatsiya omborlari, omborxonalar, ulgurji do'konlar va bazalar - keng

darajadagi bevosita, uzoq davom etuvchi xo'jalik aloqalari, ishlab chiqaruvchi

kooperatsiyasi tartibida amalga oshiriladigan mahsulot yetkazib berish to'g`risidagi

respublikalararo bitimlar ko'pdan ko'p ishlab chiqiruvchilardan sotib olish hisobiga

yig`ib, to'lash yo'li bilan markazlashgan asosda chetga mahsulot yetkazib berishga

xizmat qilishni ta’minlaydi.

Birja tarkibi:

- tovar-xom-ashyo birjasi, uning filiallari va dallollik idoralari - xomashyo

resurslari va qayta ishlangan mahsulotni g`oyat qisqa muddatda ildam sotishni

ta’minlaydi;

- fond birjasi, uning filiallari va dallollik idoralari - qimmatbaho qog`ozlar

bozorining faoliyatiga ko'maklashadi;

- amlok birjasi, uning filiallari va dallollik idoralari - amlokning ikkilamchi

bozori shakllanishiga, mintaqadagi jamiki amlokning unga jalb etilishiga

ko'maklashadi;

- doimiy yarmakalar - talab va taklifni nazorat qilib, ishlab chiqaruvchilarni

rag`batlantiruvchilar hisoblanadi.

Agroxizmatlar bozori - dexqon (fermer) xo'jaliklarini yuqori navli qishloq

xo'jalik ekinlari urug`liklari va ekish materiallari bilan - o'z vaqtida ta’minlashga

ko'maklashadi, xo'jaliklarning ilmiy - tadqiqot aloqalarini qo'llab quvvatlaydi;

sozlash - tiklash, agrokimyo, zooveterinariya xizmati kabilarni o'z ichiga oladi.

Xizmatlar bozori - umumiy yo'nalishdagi xizmatlar bozorini ta’minlaydi. O'z

ichiga uy-joy tag`miri, qurilish va ta’mirlash materiallarini ishlab chiqarish

korxonalarini, madaniy sog`lomlatirish va turistik xizmatlarni, kliring idoralarini,

konsalting, injiring, huquqiy, axborot - reklama xizmatlari, loyiha- smeta, ilmiy -

tadqiqot ishlari va boshqalarni oladi.

Transport xizmati - tranport xizmati, tashilayotgan yuklarning ehtiyotlab

saqlanishi va o'z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlash tizimi - kichik va xususiy tadbirkorlik

sub’ektlarining eksport-import operatsiyalarida, tashqi bozorda raqobatchil

mahsulot ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologik liniyalar xarid qilishga,

xom-ashyo, materiallar, jamlovchi ehtiyot qismlar yetkazib berish uchun

shartnomalar tuzishda, shuningdek xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarga

ko'maklashish va ularda ishtirok etishda yordam ko'rsatadi.

Yana shuni ham aytish kerakki, bozor infratuzilmasi - inson aql-zakovati bilan

sinab ko'rishlar va xatoliklar usuli orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib

boradigan va o'zining murakkabligi oqibatida olimlar, davlat arboblari va

amaldorlar, tadbirkorlar va barcha favqulodda e’tiborga muhtoj bo'ladigan ulkan

tizimdirki, u iqtisodiyotning inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida

duch keladigan deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Bizlarning har birimiz

iste’molchilar sifatida bu sohalarning yaxshilanishidan manfaatdor bo'lganimiz

uchun ham bozor infratuzilmasini butun choralar bilan rivojlantirish va

takomillashtirishga ko'maklashishimiz lozim.

48

Ko'rinib turibdiki, infratuzilma qanchalik, ko'proq rivojlangan bo'lsa, bozorda

shunchalik madaniy raqobat kuchli, bozor o'yini qoidalarini buzish qiyinroq bo'la

boradi.

Infratuzilmaning maqsadi - to'lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o'zaro

yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat.

O'z maqsadlariga erishish uchun infratuzilma quyidagi vazifalarni hal qiladi:

Birinchidan, oladigan foydasini eng ko'p darajada oshirish uchun o'z ishlab

chiqarish xarajatlarini nihoyatda kamaytirib boradi. Shubhasiz, bajarilayotgan

xizmatlar narxiga ustamalar yetarli qattiq cheklangan bir vaziyatda sarf-xarajatlarni

tobora kamaytirib borish xaridorlar manfaatlariga to'la mos tushadi.

Ikkinchidan, bozorda tarkib topayotgan ahvoldan kelib chiqib, mahsulot

ishlab chiqarish buyurtmalarini ko'paytirib yoki kamaytira borib, ishlab chiqarish

uchun bozor talabining identifikatori sifatida namoyon bo'ladi. Shu yo'l bilan

mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlariga jamoat harakatlari qisqarib, mahsulot

chiqarish hajmlarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi.

Uchinchidan, iste’mol tovarlari, korxonalar, konsernlar va korporatsiyalar

ishlab chiqarish vositalarining ijtimoyi zarur narxini belgilaydi, shu maqsadda birja

mexanizmidan foydalaniladi.

Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers shartnomalari muomalasi tufayli

kelgusi davrlar, bir yil va undan ortiq muddatga mahsulot narxlari hisoblanadi.

Tadbirkorlar bu bilan u yoki bu tovarlarni tayyorlash hajmlarini o'zgartirib, ishlab

chiqarish dasturlarini to'g`rilab olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Shu tariqa ob’ektiv iqtisodiy regulyatorlar hukumat va jamiyatni ishlab

chiqarishni boshqarish tashvishidan xolos qiladi.

Tovar-xom ashyo birjalarining signallari fond bozorida birja tovarini ishlab

chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi korxonalar aksiyalarining narxidagi

o'zgarishlarida aks etadi. Shunday narx o'zgarishlari xususiy investorlarga o'z pul

mablag`larini qaerga joylashtirishini tanlab olishda ko'maklashadi.

Bu bilan ishlab chiqarishning rivojlantirish masalalari yana bir karra ob’ektiv,

sof iqtisodiy usullar bilan tartibga solinadi, mablag`lar mahsulotlarga talab

kamaygan yoki samarasiz ishlab, kam foyda berayotgan korxonalarni ilojsiz

qoldirib, xaridorgir mahsulot tovarlar va xizmatlarini ko'paytirishni

rag`batlantiradi, fyuchers va forvard bitimlari mexanizmi orqali ishlab chiqarishni

avans bilan ta’minlaydi, uning barqaror, muvaffaqiyatli ishlashiga ko'maklashadi,

investsiyaviy resurslarni ulardan eng ko'p samara olinadigan joylarda jamlaydi.

To'rtinchidan, tovar va xizmatlar bozorida marketing asosidagi infratuzilma

buyurtmachi vazifasini bajarib, barcha iste’molchilar nomidan ish olib boradi, u

bilan ishlab chiqarish va uni boshqarishni tartibga solishga ko'maklashadi.

Infratuzilmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha: qabul, yuvish- tozalash, quritish,

saralash (buzuq va chiriy boshlagan mahsulotni terib tashlash), ajratish, qadoqlash,

o'rash, paketlash va konteynerlash, saqlash, to'plash, (zarur holatlarda) - sovutish

va iste’molchilarga bir maromda yetkazib berish;

Sanoat mahsuloti bo'yicha: qabul, o'rash, paketlash, saqlash, talabga binoan

iste’mol uchun yetkazib berish;

49

2. Barcha turdagi mahsulotlar bo'yicha: ulgurji iste’mlochilarga yetkazib berish

uchun tovarlarni to'plash va aksincha - katta turkumdagi tovarni chakana

iste’molchilarga talabga binoan yetkazib berish uchun kichik turkumlarga bo'lish;

3. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar va qishloq xo'jalik xom

ashyosini qayta ishlovchilar avans olishlarini ta’minlovchi fyuchers va forvard

bitimlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish;

4. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash;

5. Tadbirkorlik tavakkalchiligini sug`urtalash;

6. Tovarlar tashilishini tag`minlash (transportirovka);

7. Tadbirkorlarini ro'yxatga olish;

8. Bitimlarni ro'yxatga olish;

9. Tadbikorlar manfaatlarini huquqiy himoyalash;

10. Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditorlik, loyixa-smeta va

boshqa xizmatlarni ko'rsatish.

Bozor infratuzilmasi tarkibiga bank-moliya muassasalari, birja va brokerlik

idoralari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentliklari, sug`urta, soliq va

auditorlik xizmatlari, tijorat, ulgurji savdo va yarmarka markazlari va boshqalar

kiradi. Umuman olganda, bozor infratuzilmasi moddiy va nomoddiy ishlab

chiqarishiga, ya’ni inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch

keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchi sifatida

ushbu sohalarni yaxshilanishidan manfaatdormiz.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1. Bozor infratuzilmasi tarkibi qanday?

2. Bozor infratuzilmasi maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

3. Bozor infratuzilmasini rivojlantirish muammolari.

4. Bozor infratuzilmasining muassasalari xizmatini sanab bering.

5. Moliya-kredit tizimi vazifalari nimalardan iborat?

6. Sug`urta xizmati haqida nimalar bilasiz?

7. Audit, konsalting xizmatlari-chi?

8. O'zbekistonda bozor infratuzilma xizmatini baholang.

50

MUNDARIJA

1. "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining predmeti, tadqiqot usullari va

vazifalari…………….……………………………………………………….3

2. Infratuzilmaning mohiyati, tarkibi va turkumlashtirilishi…………………...6

3. Qishloq xo'jalik korxonalari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasidagi

aloqalarning huquqiy va iqtisodiy sharoitlari ……………………………...11

4. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika tag`minoti va xizmatlar………………14

5. Qishloq xo'jaligida transport xizmatidan foydalanish……………………...18

6. Qishloq xo'jaligida energiya resurslaridan foydalanish……………………21

7. Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan foydalanish…………………………25

8. Qishloq xo'jaligida seleksiya va naslchilikni rivojlantirish xizmati……….30

9. Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmatini tashkil etish…………………….34

10. Ishlab chiqarish infratuzilmasida tayyorlov tizimi va uning tashkiliy-

iqtisodiy asoslari……………………………………………………………37

11. Ijtimoiy infratuzilma faoliyatini tashkil qilish……………………………..40

12. Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasini shakllantirish masalalari………45