48
Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va adabiyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart. Jurnalda nashr etilgan maqolalarda mualliflarning tahririyat nuqtayi nazariga muvofiq kelmaydigan fikr-mulohazalari bosilishi mumkin. Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilin- maydi va muallifga qaytarilmaydi. Bosmaxonaga 28.08.2018-yilda topshiril- di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 / 8 . Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bosmaxonasida chop etildi. Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi 100. Buyurtma № 17-661. Adadi 6800 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. Tahririyat manzili: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Telefon: (0 371) 244-04-18, 244-04-15, 244-20-63, 244-26-89. e-mail: [email protected] veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda 0055-raqam bilan qayta ro‘yxatga olingan. 2018-yil. 8-son. 1991-yildan chiqa boshlagan Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV Tahrir hay’ati: Ulug‘bek INOYATOV Nizomiddin MAHMUDOV Kadirbay BEKTURDIYEV Nargiza RAHMONQULOVA Mamatqul JO‘RAYEV Maqsudjon YO‘LDOSHEV Sirojiddin SAYYID Jabbor ESHONQULOV Abdurahim NOSIROV Lutfullo JO‘RAYEV (bosh muharrir o‘rinbosari) Shahnoza JO‘RAYEVA Jamoatchilik kengashi: Muhammadjon ALIYEV Ergesh ABDUVALITOV Manzura DADAXO‘JAYEVA Ehson TURDIQULOV Valijon QODIROV Sahifalovchilar: Akmal FARMONOV Gulnoza VALIYEVA Nashr uchun mas’ul: Yorqinjon ODILOV Feruza MUSAYEVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining FILOLOGIYA va PEDAGOGIKA fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir. jurnali MUNDARIJA AZIZ VA YAGONASAN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM! Vazira Ibrohimova. O‘zbek adabiyoti dunyoga yuz tutmoqda .................................................................. 3 ADABIY TAQVIM Ulug‘bek Dolimov. Abdulla Avloniy – o‘zbek pedagogikasining darg‘asi ............................................... 5 Chingiz Aytmatov. Shoirning fazosi (Asror Mo‘min tarjimasi)................................................................ 8 DARS MUQADDAS Komila Rajabova. “Sening mehring bilan yashaymiz, Vatan!” ........................................................... 11 Gulzoda Soatova. Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim! ...................................................... 15 METODIK TAVSIYA Ra’no Toshniyozova. Ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv ................................................. 18 Shahnozaxon Ashurova, Shahzoda Shohimardonova. Undalmali va kirish so‘zli gaplar ............. 21 Madina O‘roqova. Nostandart test topshiriqlari ................................................................................... 23 ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Gulnoz Tugilova. Kitob yog‘dusi yo‘limizni yoritib tursin ..................................................................... 25 Umid Xo‘jamqulov, Aziza Saydullayeva. Ona tili darslarida “o‘timli fe’llar” mavzusini o‘rganish ................................................................................................................................ 26 Obidjon Xudoyqulov. Buyuklar hayotida kitobning o‘rni ..................................................................... 27 Anvar Xo‘jamqulov. “Ismlar” mavzusi uchun didaktik-ta’limiy materiallar .......................................... 28 TAHLIL D.N. Abduvahabova. Advantages of distance education .................................................................... 30 Farangiz Abduqodirova. Yapon tilidagi mayl kategoriyasining o‘ziga xosliklari ................................ 30 Feruza Azimova. Abdulla Oripovning “Qo‘riqxona” she’rida ma’naviy tushunchalar ........................... 32 Behzod Fazliddin. Rauf Parfi va Abdulla Oripov she’riyatida shamol obrazi ..................................... 35 Dildor Nurmuhammedova. Pedagogik texnologiyalar: dars maqsadiga erishtiradigan yagona yo‘lmi? ......................................................................................................................................... 38 TADQIQOTLAR Nizomiddin Mahmudov. Ilmiy matnda ekspressivlik ehtiyoji .............................................................. 39 Zarif Quvonov. Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari tadqiqi ........................................... .................41 Barno Boltayeva, Gulhayo Allayorova. Tohir Malik asarlarida frazemalarning qo‘llanishi haqida .................................................................................................................................... 43 Qo‘chqor Siddiqov. Kitobxonni yig‘latgan tarjimon ............................................................................. 45 Shoira Ahmedova. Ustoz munaqqid .................................................................................................... 46 АКТУАЛЬНОЕ СЛОВО ДНЯ Маргарита Батырова. Уникальное средство повышения культуры межнационального общения в XXI веке ............................................................................................................................... 49 Саодат Магдиева. Современные подходы к технологизации учебного процесса по литературе ......................................................................................................................................... 51 Равшана Исакова. Использование информационных технологий как возможность активизации и эффективности обучения ............................................................................................ 53 АВГУСТОВСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ Методические рекомендации по проведению секции учителей русского языка и литературы .. 54 АВТОРСКОЕ СЛОВО Юлия Мусурманова. «Ты дорог мне, родной, любимый Узбекистан!»......................................... 57 МЕТОДИКА. ОПЫТ Анжелика Шилова. Имя существительное ....................................................................................... 59 ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫ Татьяна Лассов. Заинтересовать книгой… ....................................................................................... 61 Ферузахон Якубова. Обучение научному стилю речи в ракурсе минимальной структурной схемы предложения ......................................................................................................... 62 ЯЗЫКОЗНАНИЕ Светлана Ярцева. Понятие языковой интерференции и ее типов................................................ 64 ИЗУЧАЕМ ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ Екатерина Аминова. Обучение чтению с элементами современных технологий и коммуникаций ...................................................................................................................................... 67 Ноира Якубова. Культуроведческий подход к обучению иностранному языку ............................ 71 ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЕ Дмитрий Попов. Об эпистолярном жанре в эпоху античности...................................................... 73 ПРОБЛЕМЫ. ПОИСКИ. РЕШЕНИЯ Хусния Зикруллаева, Шавкат Маматкулов, Хакимжон Бутанов. Роль науки и техники в жизни подрастающего поколения ..................................................................................................... 76 ЛИТЕРАТУРНЫЙ КАЛЕНДАРЬ Анатолий Лиходзиевский. «…Если бы войны совсем не было» ................................................. 78

2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

  • Upload
    others

  • View
    200

  • Download
    0

Embed Size (px)

Citation preview

Page 1: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart.

Jur nalda nashr etilgan maqolalarda mual lifl arning tahririyat nuqtayi nazariga muvofi q kelmaydigan fi kr-mulohazalari bosilishi mum kin.

Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilin-maydi va muallifga qaytarilmaydi.

Bosmaxonaga 28.08.2018-yilda topshi ril-di. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x841/8. Shartli bosma tabog‘i 6,0. «Times» garniturasi. 10, 11 kegl. «SANO-STANDART» MСHJ bos ma xona sida chop etildi.

Manzil: Toshkent sh. Olmazor tum., Shiroq ko‘chasi 100. Buyurtma № 17-661. Adadi 6800 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda.

Tahririyat manzili:100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Telefon: (0 371) 244-04-18, 244-04-15, 244-20-63, 244-26-89.

e-mail: [email protected] veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2014-yil 19-dekabrda

0055-raqam bilan qaytaro‘yxatga olingan.

2018-yil. 8-son.

1991-yildan chiqa boshlagan

Bosh muharrir: Bahodir JOVLIYEV

Tahrir hay’ati:Ulug‘bek INOYATOV

Nizomiddin MAHMUDOVKadirbay BEKTURDIYEV

Nargiza RAHMONQULOVAMamatqul JO‘RAYEV

Maqsudjon YO‘LDOSHEVSirojiddin SAYYID

Jabbor ESHONQULOVAbdurahim NOSIROV

Lutfullo JO‘RAYEV(bosh muharrir o‘rinbosari)

Shahnoza JO‘RAYEVAJamoatchilik kengashi:

Muhammadjon ALIYEVErgesh ABDUVALITOV

Manzura DADAXO‘JAYEVAEhson TURDIQULOV

Valijon QODIROVSahifalovchilar:

Akmal FARMONOVGulnoza VALIYEVA

Nashr uchun mas’ul:Yorqinjon ODILOV

Feruza MUSAYEVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining FILOLOGIYA va PEDAGOGIKA fanlari bo‘yicha doktorlik

dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrdir.jurnali

MUNDARIJAAZIZ VA YAGONASAN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!

Vazira Ibrohimova. O‘zbek adabiyoti dunyoga yuz tutmoqda .................................................................. 3ADABIY TAQVIM

Ulug‘bek Dolimov. Abdulla Avloniy – o‘zbek pedagogikasining darg‘asi ............................................... 5Chingiz Aytmatov. Shoirning fazosi (Asror Mo‘min tarjimasi)................................................................ 8

DARS MUQADDASKomila Rajabova. “Sening mehring bilan yashaymiz, Vatan!” ........................................................... 11Gulzoda Soatova. Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim! ...................................................... 15

METODIK TAVSIYARa’no Toshniyozova. Ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv ................................................. 18Shahnozaxon Ashurova, Shahzoda Shohimardonova. Undalmali va kirish so‘zli gaplar ............. 21Madina O‘roqova. Nostandart test topshiriqlari ................................................................................... 23

ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARGulnoz Tugilova. Kitob yog‘dusi yo‘limizni yoritib tursin ..................................................................... 25Umid Xo‘jamqulov, Aziza Saydullayeva. Ona tili darslarida “o‘timli fe’llar” mavzusini o‘rganish ................................................................................................................................ 26Obidjon Xudoyqulov. Buyuklar hayotida kitobning o‘rni ..................................................................... 27Anvar Xo‘jamqulov. “Ismlar” mavzusi uchun didaktik-ta’limiy materiallar .......................................... 28

TAHLILD.N. Abduvahabova. Advantages of distance education .................................................................... 30Farangiz Abduqodirova. Yapon tilidagi mayl kategoriyasining o‘ziga xosliklari ................................ 30Feruza Azimova. Abdulla Oripovning “Qo‘riqxona” she’rida ma’naviy tushunchalar ........................... 32Behzod Fazliddin. Rauf Parfi va Abdulla Oripov she’riyatida shamol obrazi ..................................... 35Dildor Nurmuhammedova. Pedagogik texnologiyalar: dars maqsadiga erishtiradigan yagona yo‘lmi? ......................................................................................................................................... 38

TADQIQOTLARNizomiddin Mahmudov. Ilmiy matnda ekspressivlik ehtiyoji .............................................................. 39Zarif Quvonov. Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari tadqiqi ........................................... .................41Barno Boltayeva, Gulhayo Allayorova. Tohir Malik asarlarida frazemalarning qo‘llanishi haqida .................................................................................................................................... 43Qo‘chqor Siddiqov. Kitobxonni yig‘latgan tarjimon ............................................................................. 45Shoira Ahmedova. Ustoz munaqqid .................................................................................................... 46

АКТУАЛЬНОЕ СЛОВО ДНЯМаргарита Батырова. Уникальное средство повышения культуры межнационального общения в XXI веке ............................................................................................................................... 49Саодат Магдиева. Современные подходы к технологизации учебного процесса по литературе ......................................................................................................................................... 51Равшана Исакова. Использование информационных технологий как возможность активизации и эффективности обучения ............................................................................................ 53

АВГУСТОВСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯМетодические рекомендации по проведению секции учителей русского языка и литературы .. 54

АВТОРСКОЕ СЛОВОЮлия Мусурманова. «Ты дорог мне, родной, любимый Узбекистан!»......................................... 57

МЕТОДИКА. ОПЫТАнжелика Шилова. Имя существительное ....................................................................................... 59

ИСПОЛЬЗУЙТЕ ЭТИ МАТЕРИАЛЫТатьяна Лассов. Заинтересовать книгой… ....................................................................................... 61Ферузахон Якубова. Обучение научному стилю речи в ракурсе минимальной структурной схемы предложения ......................................................................................................... 62

ЯЗЫКОЗНАНИЕСветлана Ярцева. Понятие языковой интерференции и ее типов ................................................ 64

ИЗУЧАЕМ ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИЕкатерина Аминова. Обучение чтению с элементами современных технологий и коммуникаций ...................................................................................................................................... 67Ноира Якубова. Культуроведческий подход к обучению иностранному языку ............................ 71

ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЕДмитрий Попов. Об эпистолярном жанре в эпоху античности ...................................................... 73

ПРОБЛЕМЫ. ПОИСКИ. РЕШЕНИЯХусния Зикруллаева, Шавкат Маматкулов, Хакимжон Бутанов. Роль науки и техники в жизни подрастающего поколения ..................................................................................................... 76

ЛИТЕРАТУРНЫЙ КАЛЕНДАРЬАнатолий Лиходзиевский. «…Если бы войны совсем не было» ................................................. 78

Page 2: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

2 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Joriy yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tojik va o‘zbek adibiyotining mumtoz kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir o‘zbek va tojik xalqlarining adabiy, musiqiy, madaniy hamda do‘stona aloqalarini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda Tojikiston madaniyat vaziri Sh.Orumbekzoda boshchiligida Tojikiston delegatsiyasi vakillari, O‘zbekistondagi Tojikiston elchixonasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi vakillari, O‘zbekiston axborot va matbuot agentligi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlari ishtirok etdilar. Unda so‘zga chiqqan Tojikiston madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda o‘zbek va tojik xalqlarining tillari, urf-odatlari va an’analarining o‘zaro yaqinligi, tarixi, madaniyati va qadriyatlarining o‘xshashligi borasida gapirib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 320 nomlanishdagi kitoblarni tuhfa qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan Tojikiston adiblarining kitoblari ko‘rgazmasi taqdim etildi. Taqdimot doirasida o‘zbek va tojik shoir va yozuvchilari adabiy aloqalarining yanada mustahkamlanishi, ikkala xalq badiiy asarlarining tarjimasi sifatining yanada oshishiga erishilishiga umid bog‘landi.

O‘quvchilar o‘rtasida fan va texnikani rivojlantirish-ning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofi q texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etish hamda ular o‘rtasida texnik ijodkorlikni rivojlanti rish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi “Mening innovatsion g‘oyam” ko‘rik-tanlovini o‘tkazdi. Unda 1200 nafardan ortiq o‘quvchilar avtomodel, avia-raketamodel, roboto-texnika va elektron o‘yinchoqlar yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovning aksariyat ishtirokchilari “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak a’zolari bo‘lib, ular markazlarda tashkil etilgan 4,8 mingdan ortiq to‘ga-raklarda ekologiya va o‘lkashunoslik, badiiy va texnik ijodiyot yo‘nalishida 58 turdagi to‘garaklarga muntazam qatnashib kelganlar.

Joriy yilning 10-avgust kuni Samarqand shahrida-gi “Yoshlar markazi”da “Mening innovatsion g‘oyam” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari, turli professional jamoalarning mas-ter-klasslari, bolalar badiiy jamoalari chiqishlari hamda g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Ijodkorlar bog‘i”da o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unu-tilmas hissa qo‘shgan atoqli adib, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodiga bag‘ishlab adabiy ke-cha o‘tkazildi. “Adabiyot kunlari” doirasida tashkil etil-gan ushbu kecha O‘zbekiston Yozuv chilar uyushmasi a’zolari, taniqli adib va shoirlar Ismoil Mahmud va Mat-luba Dehqon qizi tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlan-gan yubiley tadbiriga ulanib ketdi. Unda Anvar Obidjon, Sharifa Salimova, Ma’suma Ahmedova, Nazira Assa-lom, Otabek Jo‘raboyev, Hulkar Hamroyeva, Xurram Rahimov kabi bir guruh taniqli shoir, yozuvchilar, adabi-yotshunos olimlar qatnashib tadbirga o‘zgacha ko‘tarin-ki ruh olib kirdilar.

Tadbir davomida yosh ijodkorlar o‘rtasida Erkin Vo-hidov ijodidan namunalar o‘qilib, bahr-u bayt tanlovi o‘tkazildi.

Muxlisa DO‘STMUHAMEDOVA tayyorladi.

“MENING INNOVATSION G‘OYAM” “IJODKORLAR BOG‘I”DAGI TADBIR

O‘ZBEK VA TOJIK ADABIYOTI TAQDIMOTI

Page 3: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 3

Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 3

Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!

O‘ZBEK ADABIYOTI DUNYOGA YUZ TUTMOQDA

Adabiyot inson siyratini badiiy so‘z vositasida tabiiy va haqqoniy aks ettirish san’atidir. Bu go‘zal san’atning ta’siri beqiyos, u insonga ruhiy madad beradi, tasavvur va tafakkur dunyosini munavvar etadi. Adabiyot til va e’tiqod uyg‘unligi, insoniyatga daxldor qadriyat va ezgu tuyg‘ularni o‘zida mujassam etgani tufayli ham olam va odam haqidagi durdona asarlarni taqdim etadi va bu asarlar dunyo xalqlarining ma’naviy mulki sifatida qadrlanib kelinadi.

O‘zbek adabiyoti durdonalari ham dunyo adabiyotining oltin xazinasidan o‘rin olgan. Shu yilning 7-8-avgust kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ana shu xazinadan bahramand bo‘lish istagidagi ko‘plab xorijiy davlatlardagi o‘zbek adabiyoti tarjimonlari, targ‘ibotchilari va mutaxassislarini azim Toshkentga chorladi.

O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini o‘rganayotgan, nodir asarlarimizni chet tillariga tarjima qilayotgan va bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik mutarjimlar, olimlarni poytaxtimizga jamlagan ushbu adabiy anjumanga yigirma besh davlatdan qirq nafarga yaqin yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olim va tarjimonlar, turli adabiy tahririyatlar xodimlari tashrif buyurdi.

Ijodiy aloqalar, adabiy, madaniy va do‘stona

munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro konferensiya Toshkentdagi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Ma’rifatparvar ajdodimiz nomi berilgan O‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi, adabiyotimiz, madaniyatimiz o‘tmishi va buguniga bag‘ishlangan fi lm namoyishi anjuman ishi avvalida xorijlik mehmonlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ulkan voqeaga aylangan ushbu anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev o‘qib eshittirdi. Prezident tabrigidagi “...O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu

27

Page 4: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

4 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega” degan so‘zlar xalqaro konferensiyaning o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin tutishidan darak beradi. Konferensiya ishtirokchilariga yo‘llangan Prezident tabrigini xorijlik mehmonlar milliy adabiyotga davlat miqyosida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor namunasi sifatida e’tirof etishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov va xorijlik mehmonlardan Ozarboyjon Yozuvchilar birligi raisi Anor, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Esdavlat, Tojikiston Yozuvchilar ittifoqi raisi Nizom Qosim tadbir ishtirokchilarini qutlab, xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalar yanada ravnaq topishi, adabiy do‘stlik abadiylikka muhrlanishiga tilak bildirdi.

Ozarboyjon Yozuvchilar birligi raisi Anor muallim o‘z taassurotlarini shunday ifodalaydi:

– Mening o‘zbek adiblari orasida do‘stlarim ko‘p. Ularning aksariyati bugun oramizda yo‘q, ammo

shunday bo‘lsa-da, bir quvonchli holat ko‘nglimni to‘ldirib, taskin berib turibdi. Bu ham bo‘lsa qardosh o‘zbek xalqining bugungi adabiyoti, uning istiqboli uchun barpo etilgan mustahkam asos juda katta umid beradi kishiga. Axir Alisher Navoiydek shoiri bo‘lgan xalqning avlodlari ham shunga munosib bo‘lishi kerak-da...

Konferensiya ishi beshta sho‘bada tashkil etilib, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish va targ‘ib etish muammolari, badiiy tarjima sohasi mutaxassislarini tayyorlashdagi xalqaro ilg‘or tajribalar, xalqaro adabiy aloqalarni kuchaytirishga doir masalalar yuzasidan Eron, Shvetsiya, Turkmaniston, Armaniston, Gollandiya, AQSH, Turkiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarboyjon, Misr, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan kelgan olimlar va tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglandi, ma’ruzalar yuzasidan fi kr-mulohazalar bildirildi. E’tiborli jihati, xorijiy davlatlardan kelgan mutaxassislarning aksariyati anjumanda mumtoz adabiyotimizning ulug‘ namoyandalari Mahmud Koshg‘ariy, Hofi z, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rabg‘uziy, Abulg‘ozixon asarlari tahliliga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Sho‘balarga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, fi lologiya fanlari nomzodi Shuhrat Rizayev, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti professori Muhammadjon Xolbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya universiteti professorlari bilan birgalikda rahbarlik qilishdi. Ta’kidlash joizki, mazkur anjuman o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun yigirma besh mamlakatdan tashrif buyurgan atoqli olimlar, mashhur adiblar, salohiyatli va tajribali tarjimonlar ilmiy-ijodiy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishish, mahorat darslaridan saboq olish imkoniyatini bergani bilan ham ahamiyatlidir.

— Xalqaro konferensiyada eng mashhur asarlardan biri Nosiruddin Rabg‘uziyning «Qissasi anbiyo» asariga oid ilmiy tadqiqotlarim bilan qatnashyapman, — deydi Niderlandiyaning Jiovanni universiteti professori Xendrik Boyoshoten. — Tadqiqotlar davomida men o‘rgangan qo‘lyozmalar shundan dalolat beradiki, bu asar XX asrga qadar bir-biridan uzoq joylarda yashagan xattotlar tomonidan qayta-qayta ko‘chirilgan. Shuning uchun asarning turli nusxalari bir-biridan farq qiladi. Muammolardan yana biri shundaki, «Qissasi Rabg‘uziy» asarining asl qo‘lyozmasi mavjud emas. G‘arb turkologlari Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmani eng qadimgi deb hisoblashadi. Holbuki, asarning London nusxasi bir qadar e’tiborsizlik bilan ko‘chirilgan. Shunday bo‘lsa-da, Toshkentdagi anjuman uchun ma’ruzamni shu nusxa asosida tayyorladim.

Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida nashr etiladigan gazeta va jurnallar bilan Rossiyada chop etiladigan “Literaturnaya gazeta” va “Roman-gazeta” tahririyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

– O‘zbek adabiyotining tarixi, buguni va kelajagi, bu adabiyotning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni va roli Toshkent anjumanining bosh mavzusiga aylandi. Rossiyaliklarga O‘rta asrlar o‘zbek adabiyoti vakillari – Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy ijodi ko‘proq tanish, – deydi “Roman-gazeta”ning bosh muharriri Yuriy Kozlov. – Meningcha, rus va o‘zbek adiblari-yu tarjimonlari o‘rtasida yangi rishtalarni bog‘lash fursati allaqachon yetgan. O‘zbek qalamkashlarining eng sara asarlari rus o‘quvchisiga yetib borishi uchun yozuvchi-shoirlar va adabiy jamoatchilik puxta o‘ylab, tizimli ravishda ish olib bormog‘i lozim. Bu borada ishni ham Rossiya, ham O‘zbekiston muallifl ari teng ishtirok etadigan qo‘shma almanax va to‘plamlar nashr etishdan boshlash ayni muddao bo‘lardi.

Anjuman doirasida o‘zbek adabiyoti namunala-rini chet ellarda nashr qilish masalasida ham bir qa-ncha muzokaralar o‘tkazildi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmalari bilan hamkor-lik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi, taniqli adib Anor muallim va Ozarbayjon Yozuvchilar birligi rais o‘rinbo-sari, fi lologiya fanlari doktori Firuz Mustafo ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Konferensiyaning ikkinchi kuni xorijlik mehmonlar qadim va navqiron Samarqand shahrida bo‘lishdi. Dun-yo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ alloma-lar kamolga yetgan bu muqaddas zaminning boqiy va zamonaviy ko‘rk-u tarovati anjuman qatnashchilarida boy taassurot qoldirdi.

O‘zbek adabiyotining jahondagi o‘rni, ahamiyati va mavqeyini yuksaltirish, jahon adabiy jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish va, eng muhimi, dunyo adabiyo-ti maydonida obro‘-e’tiborini mustahkamlashda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan mazkur adabiy anjuman ham ul-kan ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.

Vazira IBROHIMOVA

Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!

Page 5: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 5

Adabiy taqvim

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 5

Adabiy taqvim

Ватанимиз Туронзамин кейинги 3 - 4 юзйиллик да-вомида жаҳон тамаддуни-дан буткул узилиб қолган

эди. Таназзул, диний мутаассиблик, парокандалик, айниқса, чор Русияси Туркистон ўлкасини босиб олганидан кейин янада авжига чиқди. Мана шун-дай ўта мураккаб шароитда миллат фидойилари таълим-тарбия тизимини тубдан ислоҳ қилиш, янги мактаблар очиш, ўқитиш усулларини бутунлай ян-гилаш, миллий руҳ уфуриб турган дарсликлар, ўқув қўлланмалари яратишга киришдилар. Уларнинг бун-дай ҳаракатлари кескин курашлар, таъқиб ва таз-йиқлар жараёнида кечди, уларга миллий уйғониш ҳаракатининг раҳнамолари Маҳмудхўжа Беҳбудий, Мунавварқори Абдурашидхонов бошчилик қилди-лар.

Жадид мактаблари тараққиётининг янги даври – бундай мактаблар учун замон талабларига тўла жа-воб бера оладиган педагоглар тарбиялаб етишти-риш, илғор педагогик технологияларни ўзида му-жассамлаштирган дарсликлар, ўқув қўлланмалари яратиш, янги техник воситалар, кўргазмали қурол-лар ишлаб чиқиш ХХ асрнинг 10-йилларидан кўзга ташлана бошлади. Бунинг учун энди ушбу макта-бларнинг назарий асосларини яратиш, янги замона-вий ўқитиш усулларини ишлаб чиқиш ва улардан ёш авлод ўқитувчиларини баҳраманд қилиш керак эди. Мана шундай буюк вазифани адо этиш Абдулла Авлоний, Абдурауф Фитрат сингари зиёлилар зим-масига тушди.

Абдулла Авлоний – шоир, ёзувчи, драматург, те-атр арбоби. Шу билан бирга, у фаолиятининг илк босқичидан то умрининг сўнгги дамларигача ўқитув-чилик қилди, педагогика фанининг ҳам назарий, ҳам амалий масалалари билан муттасил шуғулланди, дарслик ва қўлланмалар яратди, янги замон педа-гогларини тарбиялаб етиштирди. Айтиш мумкинки, у – ХХ аср замонавий ўзбек педагогикасининг асос-чиси, ўзбек тили ва адабиётини ўқитиш методика-

Улуғбек ДОЛИМОВ, педагогика фанлари доктори, профессор

АБДУЛЛА АВЛОНИЙ – ЎЗБЕК ПЕДАГОГИКАСИНИНГ ДАРҒАСИ (Абдулла Авлоний таваллудининг 140 йиллигига)

си фанининг тамал тошини қўйган мутафаккирдир. У ўндан ортиқ дарслик, ўқув қўлланмалари ярат-ди, шўро даврида ҳам педагог кадрлар тарбиялаб етиштиришда фаолият кўрсатди.

“Туркий гулистон ёхуд ахлоқ” асари муаллифи Абдулла Авлонийнинг ўзи: “Мен бу асари ночизонам-ни биринчи мактабларимизнинг юқори синфлари-да таълим бермак ила баробар улуғ адабиёт муҳи-блари, ахлоқ ҳаваскорларининг анзори олийла-риға тақдим қилдим” – деб таъкидлаганидек, асар 1910-йилдан бошлаб халқ ўртасида шуҳрат қозона бошлаган усули жадид мактаблари учун дарс лик си-фатида яратилган эди. Аммо ушбу асар дарсликдан кўра педагогика фанининг ҳам назарий, ҳам амалий масалаларини ёритувчи илмий-назарий асар сифа-тида намоён бўлди.

ХХ аср бошларида педагогиканинг назарий ва илмий масалаларига бағишланган қатор асарлар яратилди: Абдурауф Фитратнинг “Раҳбари нажот”, Ҳамзанинг “Қироат китоби” асарлари шулар жум-ласидандир. Лекин Авлонийнинг “Туркий гулистон ёхуд ахлоқ” асaри ушбу соҳада ёзилган биринчи ва мукаммал асар эди. Муаллифлар ўз асарларини жадид мактабларининг юқори синф ўқувчиларига дарслик сифатида яратган эканлар, бу мактаблар-ни битириб чиқувчи ва ўзлари ҳам “усули жадид” мактаб ларида ўқитувчи бўлиб ишлашга ҳозирлик кўраётган ёш ўқитувчиларни тайёрлаш, педаго-гика фанининг ўзига хос нозик жиҳатлари билан уларни ошно қилишни кўзда тутганлар. Чунки ХХ аср бошларида ҳам ўқитувчилар тайёрлайдиган бирорта на олий ва на ўрта махсус билим юрти бор эди. 1879 йилда таъсис этилган ва миссионер Николай Остроумов узоқ йиллар директорлик қил-ган Тошкент ўқитувчилар семинариясининг туб мақ-садлари ерли аҳолини руслаштириш ва христиан-лаштириш мақсадида очилаётган рус-тузем мактаб-лари учун ўқитувчи кадрлар тарбиялаб етиштириш бўлган. Мунавварқори Абдурашидхонов, Абдулла Авлоний, Исҳоқхон тўра Ибрат, Сиддиқий-Ажзий,

Page 6: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

6 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Adabiy taqvim

Абдуқодир Шакурий мактабларини битириб чиққан ва ўқитувчиликка муҳаббат қўйган Қаюм Рамазон, Шорасул Зуннун, ака-ука Собиржон ва Шокиржон Раҳимийлар, Машриқ Юнусов (Элбек), Ҳожи Мўйин, Исматулла Раҳматуллаев сингари ёшлар кетма-кет очилаётган жадид мактабларида ўқитувчи бўлиб ишлаганлар.

Тўғри, Абдулла Авлоний “Туркий гулистон ёхуд ахлоқ” асарида ахлоқий категориялар ҳақида фикр юритар экан, биринчи ўринда ўқувчиларни кўзда тутади, аммо уларни болалар тарбиясига сингди-риш вазифасини муаллимлар зиммасига юклайди. Демак, асар ўқувчилардан кўра кўпроқ муаллимлар учун яратилганлигига ишонч ҳосил қилиш мумкин. Шу нуқтаи назардан, Абдулла Авлонийнинг муал-лимларга қарата айтган қуйидаги сўзлари “Туркий гулистон...” асарининг мақсадини тўла ифодалайди: “Фикр тарбияси энг керакли, кўб замонлардан бери тақдир қилиниб келган, муаллимларнинг диққа-тига суялган, виждонларига юкланган муқаддас бир вазифадур. Фикр инсоннинг шарофатлик, ғай-ратлик бўлишига сабаб бўладур. Бу тарбия муал-лимларнинг ёрдамига сўнг даража муҳтождурки, фикр нинг қуввати, зийнати, кенглиги муаллим-нинг тарбиясига боғлидур. Дарс ила тарбия ора-сида бир оз фарқ бор бўлса ҳам, иккиси биридан ай-рилмайдурган, бирининг вужуди бирига бойланган жон ила тан кабидур”.

Бу сўзлар ўқувчиларга эмас, катталарга, айниқ-са, бўлғуси ўқитувчиларга қаратилганлигини англаш қийин эмас. Чунки улар келгусида буларни болалар – ўқувчилар онгига сингдириши керак.

“Туркий гулистон...” асари буюк мутафаккир Шайх Муслиҳиддин Саъдийнинг “Гулистон” асарига нази-ра сифатида яратилган. Саъдийнинг “Гулистон” ва “Бўстон” асарлари неча-неча асрлар давомида му-сулмон мактаб ва мадрасалари учун асосий қўллан-ма сифатида мумтоз мавқега эга бўлган. “Гулистон” асари ХIV асрда Сайфи Саройи “Гулистони бит туркий” номи билан, ХIХ асрнинг 60-йилларида Муҳаммад Ризо Огаҳий томонидан ҳамда 1909 йил-да тошкентлик шоир ва мударрис Муродхўжа домла Солихўжа Эшон ўғли томонидан “Шавқи Гулистон” номи билан ўзбек тилига таржима қилинди ва нашр этилади. Ушбу таржималар орасида энг тўлиғи Муродхўжа домланинг таржимаси бўлиб, мадра-са талабаларига мўлжаллаб, ҳошияларига зарур шарҳлар битилган. Ушбу таржима 2005 йилда ада-биётшунос олим Сайфиддин Сайфуллоҳ томони-дан нашр этилди.

Баркамол инсонни вояга етказиш, уларни яхши-ликка чорлаш, ёмонликдан қайтариш тарбия орқали амалга оширилади. Авлонийнинг педагогика ҳақи-даги таърифи ҳозирги замон таърифига анча мос

келади: “Тарбия – “Педагогия”, яъни бола тарбия-сининг фани демакдур”.

“Туркий гулистон ёхуд ахлоқ” асaри кўплаб педа-гоглар, хусусан, Мунавварқори Абдурашидхонов-нинг тавсия ва таклифлари билан яратилди. Эҳтиёжнинг катталиги туфайли мазкур асар 1913 ва 1917 йилларда икки марта бос мадан чиқди. Бу асарда, асосан, инсон ахлоқи, яъни яхши ва ёмон хулқлар ҳақида фикр юритилган. Инсон ҳеч қачон ёмон бўлиб туғилмайди ёки яхши одамдангина яхши фарзанд ёки ёмон одамдангина ёмон одам туғилмайди, фарзанднинг баркамол инсон бўлиб етишувида тарбиянинг аҳамияти буюклиги таъкид-ланади:Худонинг раҳмату файзи ҳама инсонга яксардур,Ва лекин тарбият бирла етушмак шарти

акбардур.Туғуб ташлов ила бўлмас бола, бўлгай бало сизга,Вужуди тарбият топса, бўлур ул раҳнамо сизга.Темурчининг боласи тарбият топса, бўлур олим,Бузулса хулқи, Луқмон ўғли бўлса, бўлғуси золим.Ёмонларга қўшулди Нуҳнинг ўғли, ўлди беиймон, Юруди Кахф ити хўблар ила бўлди оти инсон.

Фарзанд тарбияси шахсий масала эмас, у дав-лат, жамият аҳамиятига эга бўлган буюк ижтимоий ишдир. У шу даражада буюк ишки, Ватан истиқбо-ли ҳам, миллат тақдири ҳам тарбия билан боғлиқ. Шунинг учун ҳам ҳамма жамиятда бу масала би-ринчи ўринда туради. Абдулла Авлоний сўзлари билан айтганда, “Ал-ҳосил, тарбия бизлар учун ё ҳаёт – ё мамот, ё нажот – ё ҳалокат, ё саодат – ё фалокат масаласидур. Расули акрам набиййи муҳтарам саллаллоҳу алайҳи вассаллам афанди-миз: “Инсонларнинг карами динидадур, муруввати ақлиндадур, ҳасаби ахлоқиндадур”, демишлар”.

Абдулла Авлоний инсон тарбиясини бир-бири билан узвий боғлиқ бўлган уч йўналишга бўлади: бадан тарбияси, фикр тарбияси ва ахлоқ тарбияси. Инсон учун аввало бадан саломат бўлмоғи зарур, бадан соғ бўлгандагина инсон учун зарур бўлган бошқа амалларни сингдириш мумкин. Бунинг учун инсон баданини ичкилик, кўкнор, наша каби бевақт залолатга, тубанликка элтувчи, саломатликка за-рар, “баъзиси ҳаром, баъзиси макруҳ” нарсалардан асраши керак. Бу эса А.Авлоний ёзишича, фикр тар-бияси учун замин яратади. Фикр тарбияси фарзанд-ни комил инсон даражасига кўтаришда муҳим омил ҳисоб ланади. Бу вазифани амалга оширишда асосий масъ улият ўқитувчи зиммасига тушади. Чунки муал-лим дарс жараёнида ўқувчиларни фикр лашга, ҳар қандай воқеа-ҳодисанинг моҳиятини чуқур идрок қи-лишга ўргатади. Бу ўринда Абдулла Авлоний таълим ва тарбия бирлигига алоҳида аҳамият беради. Инсон ақлий фаолиятининг ифодаси бўлмиш фикр тарбия-

Page 7: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 7veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 7

Adabiy taqvim

си орқалигина катта шарафга, баркамолликка эри-шади, бу ўринда ўқитувчининг фикрлаш доирасининг кенглиги, билим савиясининг ҳар жиҳатдан юксакли-ги ўқувчилар тарбиясида ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Фикрлаш қобилиятини ривожлантириш ақл билан иш тутишга олиб келади: ўқувчиларни яхши хулқлар би-лан ёмон хулқларни фарқлашга, комил инсон учун зарур бўлган яхши хулқларни эгаллашга, инсонни залолатга етакловчи ёмон хулқлардан узоқ бўлишга ўргатади.

Абдулла Авлоний асарнинг “Яхши хулқлар” бо-бида фатонат, диёнат, исломият, назофат, ғайрат, риёзат, қаноат, шижоат, илм, сабр, ҳилм, интизом, миқёси нафс, виждон, ватанни севмоқ, ҳаққоният, на-зари ибрат, иффат, ҳаё, идрок ва зако, ҳифзи лисон, иқтисод, виқор, хавф ва рижо, итоат, ҳақшунослик, хайрихоҳлик, мунислик, садоқат, муҳаббат, афв каби инсоний фазилатлар ҳақида атрофлича фикр юрита-ди, ўз қарашларини далиллаш учун Қуръони карим оятларидан, Ҳадиси шарифдан, улуғ мутафаккирлар Афлотун, Арасту, Суқрот, Буқрот, Ибн Сино, Румий, Шайх Саъдий, Мирзо Бедил фикрларидан намуна-лар келтиради.

Абдулла Авлоний педагогик қарашларида ақл ва илмнинг юксак даражада улуғланиши бевосита ин-сонни улуғлаш билан узвий боғланади. Чунки Аллоҳ инсонни барча мавжудотлардан, маҳлуқотлардан улуғ қилиб яратди. Унга икки дунё саодати (саодати дорайн)га эришишдек буюк мақсад учун Ақл берди. Инсон шу Ақл ёрдамида илм-маърифатни, тараққи-ётни эгаллайди, дунёни бошқаради. Мана, Абдулла Авлонийнинг ақлга берган таърифи: “Ақл инсонлар-нинг пири комили, муршиди ягонасидур. Жаноби Ҳақ инсонни ҳайвондан сўз ва ақл ила айирмишдур. Расули акрам набиййи муҳтарам саллоллоҳу алайҳи вассаллам афандимиз: “Эй инсонлар! Ақлингизга та-возеъ қилингиз. Сиз жаноби Ҳақ буюрган ва қайтар-ган нарсаларни ақлингиз ила билурсиз”, – демиш лар”.

А.Авлоний инсон саломатлиги тўғрисида фикр юритар экан, унинг асосий омилларидан бири – то-залик ҳақида алоҳида боб ажратади. “Назофат” деб номланувчи бобда одамни халқ ўртасида, ҳатто Аллоҳ қошида севимли қиладиган восита покиза-лик, назофатдир. Инсон нафақат ўз баданини, ки-йим-кечагини, шу билан бирга, яшаб турган жойини, муҳитини, шаҳрини, ватанини покиза сақлаши керак-лигини алоҳида таъкидлайди.

Жоҳиллик, ғофиллик, танбаллик – илмсизликдан. Илм билан инсон мартабаси юксалади, номи-нишо-ни улуғланади, ўзи иззат-ҳурматга сазовор бўлади. Инсон фақат илм-маърифат билангина улуғ мақсад-ларга эришиши мумкиндир.

Абдулла Авлоний “Туркий гулистон...” асарида ушбу масалага “Илм” ва “Ақсоми илм” бобларини

ажратган. Ақл илму тажриба билан камол топади. Авлоний фикрича, илм ҳар ишда бизга раҳнамо, икки дунё саодатига ноил этувчи улуғ неъматдир. Илмсиз киши мевасиз дарахт кабидир. Унинг энг яқинлари-гагина эмас, ҳатто ўзига ҳам фойдаси тегмас. Асар муаллифи илмни икки қисмга: илми диний ва илми фанийга ажратади. Аммо у бу илмлар ўртасига тў-сиқ қўймайди, аксинча, диний билим эгаси ҳам ҳисоб, ҳандаса, тарих, ҳикмат, тиб, кимё, зироат каби фан-ний илмларни ўрганиши зарурлигини таъкидлайди. Муaллиф ҳар бир миллатнинг тараққий ва таолий-си ёшларнинг илм ва маърифатига, ҳунар ва санъ-атига боғлиқ эканини ёзиб, шундай дейди: “Ажабо, Қуръонимиз, Пайғамбаримиз (c.a.в) ўқингиз, деб амр қилғон ҳолда, бизлар на учун ҳаракат қилмаймиз, бошқа миллатларнинг ўғуллари, қизлари кеча де-май, кундуз демай, ёз демай, қиш демай, илм йўлида жонларини фидо қилуб, қовушуб, югурушуб, кўзла-римизни қамашдуруб турган бир замонда бизлар ҳамон уйқудан, ғафлатдан, жаҳолатдан бошимиз-ни кўтармаймиз, ибрат олмаймиз. Пайғамбаримиз (с.a.в): “Олим бўл, илм талаб қилувчи бўл ёки илмни эшитувчи бўл, ҳеч бўлмаса, шуларга муҳаббат қи-лувчи бўл, бешинчиси бўлма, ҳалок бўлурсан”, – де-мадиларму?”

Бундан ҳам каттароқ тўсиқ мустамлакачи маъмур-лар бўлиб, ўлкада ҳар қандай янгиликка, айниқса, маориф соҳасидаги ўзгаришларга, жадид мактабла-рининг халқ маънавиятига кириб боришига тиш-тир-ноқлари билан қаршилик кўрсатар, уларга қарши курашда мутаассиб уламолардан устомонлик билан фойдаланар эдилар. Замонавий касб-ҳунар макта-блари, олий ўқув юртлари очиш, миллатни илм-маъ-рифат нуридан баҳраманд қилишни губернaторлик маъмурлари xаёлларига ҳам келтирмас эдилар. Озгина бўлса-да, рус тили ва ҳисобдан ибтидоий тушунчага эга бўлиш учун эса рус-тузем мактабла-ридагина ўқиш шарт, аммо бу мактабларнинг қабиҳ мақсади маълум эди. 1907 йили Туркистонга саёҳат қилган Петербургда чиқадиган “Улфат” газетасининг муҳаррири Абдурашид қози Иброҳимов бу масалага алоҳида эътибор беради.

А.Авлонийнинг Ватан ҳақидаги қарашлари янада муҳим. Ватан – она каби ягона, муқаддас. Эътибор беринг, 1960–1970-йилларда Эркин Воҳидовнинг “Ўзбегим”, Абдулла Ориповнинг “Ўзбекистон” қасида-лари, “Мен нечун севаман Ўзбекистонни?” шеърлари ўзбек халқи орасида севиб ўқилган.

Сабаби бу шеърлар шўро ҳукумати ўша вақтлар-да халқ онгига, шуурига сингдирмоқчи бўлган Ватан, миллат ҳақидаги сохта тушунчаларни чилпарчин қи-либ ташлади.

(давоми бор)

Page 8: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

8 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Adabiy taqvim

Qaysin tabiatan o‘zini dehqon va jangchi hisoblar-di. U yuksak axloqiy me’yor va qoidalariga qat’iy amal qilardi, bu yo‘lda hech qachon chekinmasdi. Sharoitga mos lashish unga butkul begona edi. Vijdoniga xilof bo‘lgan masalada murosaga bormasdi. Bu gaplarni aytmang, u vaqtlar boshqa zamon edi, dersiz. Shodlik va qayg‘uda xalq bilan birga bo‘lish – bu so‘zlar aynan Qaysin uchun aytilgan.

Shon-sharaf g‘ururli insonlarga keladi. U tug‘ilgan yurtini har doim va hamma joyda yuragida saqladi, Inson degan unvonni bayroq kabi baland ko‘tarib ya-shadi. Tog‘lik Qaysin ta’kidlagandi: “Tog‘dan baland faqat quyosh va Xudo”. Bu so‘zlarida va aytgan vaq-tidagi talaffuzida zarracha manmanlik yo‘q. Axir, bu insoniyatga yaxshilik sog‘ingan, qalbi ozodlik tuyg‘usi bilan to‘lgan har bir odamga xos fazilat.

Vijdonli odam dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z-o‘ziga jiddiy va qiyin savollar berishdan qo‘rqmaydi. U bunday vazifani o‘ylab-o‘ylamasdan bajaradigan chaqqon “mu-taxassis”larga ishona olmaydi.

Hayot nima o‘zi? Bu savolga faqat faylasufl ar javob izlashi kerakmi? Holbuki, bunday savol sharoitdan ke-lib chiqqan holda har bir inson, butun insoniyat oldida har kuni ko‘ndalang turadi. Biz uning oldida tengmiz. Ijodkor odamning o‘ziga va dunyoga nisbatan qarash-lari bor. Bu – uning muqaddas burchi. Chunki ijod qilish ishtiyoqi odamda faol harakatga rag‘bat uyg‘otadi, u olg‘a yurishdan, yangilikka intilishdan boshqasiga rozi bo‘lmaydi.

Qaysin Quliyev to‘g‘ri ma’noda har bir odam tabiatan shoir ekaniga ishonardi. Shoirlik mohiyatan kasb emas, u mashaqqatlar chekish evaziga shakllangan dunyoqa-rash, hayotda paydo bo‘ladigan muammolarga yechim topishga intilishdir.

So‘zi bilan ishi bir odam xuddi mohir toshtarosh kabi, avvalo, Chegemdagi toshlarni mehr bilan silaydi, darhol toshni o‘ymaydi, parchalamaydi. Shunday mehr bilan ishlayotgan soqov temirchi ham tilga kiradi. Bu ho-lat Qaysin Quliyevda shunday tasvirlangan.

O‘txonaning kovlar cho‘g‘ini,Yo Olloh deb jamlar kuchini.So‘ngra qo‘lga oladi bosqon,G‘ayratidan titraydi sandon.

So‘z muqaddas! Ular ko‘z ko‘rmagan dunyolarni kashf etadi. Ko‘z o‘ngingda turgan go‘zallikka qarab, uni inson qo‘li yaratganiga darhol ishonmaysan. Ammo qo‘l bilan yaratilgan barcha go‘zalliklar – ajdodlarimiz

Chingiz AYTMATOV,qirg‘iz yozuvchisi

SHOIRNING FAZOSI(Qaysin Quliyev asarlarini qayta o‘qiganda)

va zamondoshlarimizning mehr bilan qilgan mehnatla-rining samarasi.

U yer yuzini orzular ushalgan, baxtga yo‘g‘rilgan holda tasavvur qilardi. Bunga uning yetarlicha asoslari bor edi. Dehqon omoch bilan o‘ylab, kelgusi mo‘l ho-sil uchun yer haydayapti. Bog‘bon bog‘i haqida o‘ylab, o‘ziga umuman notanish odamlarni meva bilan ta’min-lash umidida yashayapti...

O‘z turmush tarzini, o‘z dunyoqarashini shoirona tasavvur qila oladigan odamlargina bugungi voqeliklar-ni yengib o‘tadilar va vazifalarini halol bajaradilar. Mana shunday ishlarni go‘yo oddiy turmush tashvishlari bilan yashayotgan dehqonlar, bog‘bonlar... qilishyapti.

Go‘yo shunday. Hammasi oddiyday tuyuladi. Odam qaysi ishga mehrini bersa, samarasi odamga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mehnat – falsafa man-bayi, donishmandlik xazinasi, uning samarasi odamni qo‘llab-quvvatlaydi, ilhomlantiradi.

Mehnat – teran tasavvur qilish. Yengil o‘ylash – o‘z-o‘zini aldash. Shuning uchun shoshmasdan mehnat qilish kerak, xuddi tabiatday. “Ijodkor mehnati samarasi mangu yashashini bilishi kerak. Yo‘qsa, yer yuzida ya-shashiga hojat qolmaydi”. Shoir umr bo‘yi, yillar o‘tgan sayin yanada qat’iyroq shu haqiqatga amal qildi. Buni bildirishiga tafakkurining nafi s topilmalarigina emas, juda oddiy ko‘ringan narsalar, vaziyatlar, xotiralar sabab bo‘ldi.

Namozshom, yaylovdan poda qaytmoqda,Doimgiday vazmin tashlaydi qadam.Bu yurishga qarab sano aytmoqdaZamin, daraxt, osmon, har odam.

Ishonaman, hayot etadi davom,Toki qaytar ekan poda namozshom.Chegemim, bolalik yillarim esda,Onam sigirimiz poylardi kechda.

Ertaknamo ovuldagi hayot charxpalagi o‘tmishdagi kabi aylanaveradi. Nahotki hozirgi bolalarga shunday tuyilmasa? Keksalar uni hayrat bilan shunday eslashadi. Ya’ni bolalik yillarida yuragiga singgan ertak uyg‘ona-di. Nega ayrim odamlargagina ana shunday baxtli lahzalar nasib etadi? Buni qanday izohlaysiz? Onaga bo‘lgan mehr (menimcha, shoir nimaiki yaratgan bo‘lsa, barchasi onalarga bag‘ishlangan, barchasining maz-mun-mohiyatida shunday mehr mujassam), bu mehr samimiy va cheksizdir. Xotiralar yangilanib turadi, qalb-ni tozalaydi, bolalikni uyg‘otadi. Mo‘jizaviy lahzalarni,

(Davomi. Boshi o‘tgan sonda)

Page 9: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 9veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 9

Adabiy taqvim

beg‘ubor tuyg‘ularni qayta-qayta eslamasdan odamzod to‘laqonli baxtli bo‘lolmaydi. Baxtli bolalik Qaysinni juda erta tark etdi va og‘ir asoratlarini qoldirdi. U otasini es-lay olmaydi, hatto uni ko‘rmagan, bironta surati ham saqlanmagan.

Hayotning mehribonligi va oliy adolati shundaki, yetimning boshini she’riyat qo‘llari bilan siladi. Shoir o‘tmishini qanday bo‘lishidan qat’i nazar tikladi, chunki usiz yashash mumkin emas. U yurtining dastlabki hola-tini jonlantirdi. Vaholanki, hammamiz shunga o‘xshash muhitda voyaga yetganmiz. O‘zgacha holatda odam uysiz, hamisha darbadar. Qayerga bormasin keng dun-yodan o‘ziga muqim boshpana topa olmaydi. Axir, qa-yoqqa borma, qayerga qaytib kelishingni aniq bilishing kerak: o‘sha joy sening uying va yaqinlaring bor, xoh ular tirik, xoh ular dunyodan o‘tgan bo‘lsin o‘z o‘g‘liday seni intizor kutishadi. Ammo yurting qayer ekanini qan-day bilasan? Ota makoningni olislarda sog‘inganda, tushlaringda alahsiraganda ko‘rasan va yuraging sen-ga yo‘l ko‘rsatadi.

Yurtim kengliklarin eslagan nafas,O‘ksinib so‘zlayman ilhaq yurakka.Zanjirda yursam ham mayli, boqsam basTog‘laringga tutash shomgi shafaqqa.

O‘xshar shafaq, kirsa lolarang tusgaYarador takadan sizg‘igan qonga.Doim shu manzara kiradi tushga,Olisdan talpinsam ota makonga.

Shoirning yurtiga, hayot yo‘li boshlangan joyga qaytishini zamonaviy Odisseyga o‘xshatish mumkin. Zaminga, odamlar boshiga tushgan barcha sinovlarni ko‘rgan-kechirgan bo‘lsa ham uning yuragi tosh qotma-di, go‘zallikka bo‘lgan mehriga ozor yetkazmadi.

Itakaga qaytgan Odissey misol,Men Chegemga qaytdim o‘tib vaqt-fursat.Yurtim, qancha kezmay suvingday zilol,Bag‘ringday issiq joy ko‘rmadim faqat.

Odisseyga ochdi Itaka quchoq,Men ham Chegemimni ko‘rib bo‘ldim shod.Va lekin yo‘l bo‘yi qiynadi charchoq,Chunki g‘amli ertak so‘zladi hayot.

Qaytish mo‘jiza! Nega meni, o‘quvchilar tanasini titroq bosmoqda? Ehtimol, Qaysin qachondir yozgan quyidagi so‘zlarni yodga olgandirmiz: “Hozir odamlar kelajakda ham yerimiz yer, bug‘doyimiz bug‘doy, suvi-miz suv bo‘lib qolarmikin deya xavotirga tushmoqda”. O‘tayotgan dam bundan ham vahimali savolni ayt-moqda: “Odamlarda odamiylik saqlanib qolarmikin?” Bu xavotir odamlarda allaqachon dahshatli ko‘rinish oldi: “Nimani odam deb atashimiz kerak?” Shu tariqa insoniyat dardi keng ko‘lamda she’riyatga ko‘chdi. Bu muammolarni bir-birimiz bilan maslahatlashgan holda yengib o‘tishimiz mumkin, ammo hammaning dardini sezadigan va chora izlaydigan shoir uni ifodalashda xomxayollarga berilishga haqqi yo‘q.

Shoir ta’kidlaydiki, insonparvarlik tuyg‘usi zamonaviy idrok qilish va dunyoqarash asosida shakllanadi, bu-ning uchun ichki muvozanat bo‘lishi zarur, shunda odam yura gi bilan borliqni yanada teranroq anglaydi.

Menimcha, bu dunyoni bir vaqtda ham bola, ham do-nishmand ko‘zlari bilan ko‘rish demakdir.

Hayot – abadiy mo‘jiza! Biz keksalarga bu muqad-das haqiqat ekanligini eslatish shart emas. O‘zimiz ham buni bilamiz. Ammo... Hozir ham buni his qilayapmizmi? Holbuki, buni bolalar hech narsani o‘ylamay zavq-shavqqa to‘lib his qilishadi va ularga har safar dunyo yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Go‘yo u yaratilgan birinchi kundagi kabi tonggi shabnamlarda quyosh nurlaridan jilvalanadi.

Borliqqa mehr ko‘zlari bilan qaralsa, yaratilgan bi-rinchi kundagiday bir lahza bo‘lsa ham inson tabiatida beixtiyor aks etadi. Tabiat esa har doim yangilanib tura-di.

Albatta, Qaysin Quliyev ulug‘ yoshda, u dunyoni bolalar uxlayotgan, oy to‘lishgan vaqtda kashf qiladi. O‘sha lahzada “oy nurlari qoyalarni, daraxtlarni yori-tadi”, shoir xayolot dunyosiga cho‘mib “o‘tmishda birga yashagan kishilari bilan suhbat quradi” va bundan orom oladi.

Oy yarqirar, nurdan yorug‘dir har yon...Qadrdon tog‘larimga qarayman giryon.Atrofda sukunat hukmron mutloq,Bunday jimjitlikni ko‘rmagan so‘qmoq!..

Biroq, “orom faqat bizning tushlarga kirar”. Shoir oromni tushlarida ko‘rsa ham shafqatsiz voqelikdan bekinmaydi, o‘z-o‘zini asrashga urinmaydi, chunki she’rlar ba’zan tushlarga ham kiradi. Ularda quvonch-li lahzalar qanchalar ko‘rinmasin, o‘ngdagi jarohat ja-rohatligicha qolaveradi. Shunga qaramay shoir shirin tushlaridan minnatdor bo‘ladi.

O‘ngimda sovuqdan muzlab uvushdim,Tushimda jazira kunlarni ko‘rdim.Jang tindi. O‘lmagan hech qaysi do‘stim,Bu shirin tushimdan baxtiyor yurdim...

Har bir shoirning o‘z vaqt o‘lchovi bor. Shoirning vaq ti taqvimdagi kunlarga sig‘maydi. Qaysin o‘z vaqtini boshqarishni bilardi, sirli xayolotiga ishonib o‘tmishga ham, kelajakka ham sayohat qilib turardi.

Chavandoz ortidan qarab,Ne o‘ylar kelmaydi boshga.Yosh tog‘lik chavandoz sababYoshardim ikki yuz yoshga.Yoki:Bo‘ldim dehqon, askar va shoir,Qancha ofat, g‘am tushdi boshga.Goh eslasam yuragim og‘rir,Kirgandayman naq o‘n ming yoshga.

Odam – koinotning, tarixning markazi, uning atrofi -da hamma zamonlar va ijtimoiy-ma’rifi y jarayonlar ayla-nadi. Bu uning ma’naviy fazosi. Shoirning bu fazodagi fi kr-tuyg‘ulari badiiy vositalarida ifodasini topadi, har birining kelib chiqish tarixi bor, go‘yo ular oldingilardan meros qolgan va endi bu merosni ko‘paytirib kelajakka uzatishi kerak.

Hayot o‘zining rivojlanish yo‘lida davom etaveradi. Biz uning kelgusi avlod jo‘nab ketadigan bekatigacha borishimiz mumkin. Uning boqiyligi dalolati va armoni-miz boshlanishining sababi ham shunda, biz mana-ma-na ro‘y beradi deb intizor kutayotgan kashfi yotlarni ko‘ra olmaymiz. Taskin shu: biz yangi nuqtayi nazarni

Page 10: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

10 e-mail: [email protected]

Adabiy taqvim

10 e-mail: [email protected]

yaratdik va yangi olam sari qadam tashladik, yulduzlar yoniga ko‘tarilib o‘zimizni, hozirgi kunimizni va kela-jagimizni har tomondan ko‘rdik. Biz bu yangi nuqtayi nazarni yo‘qolib ketish uchun yaratmaganmiz.

Yangi nuqtayi nazar – yangi so‘z! Bu so‘zlar xoti-radagi dardlarning, chorasiz odamlarning dod-faryod-lari va iltijolari ifodasi, qaysiki, biz ularni hech qachon unutishga haqqimiz yo‘q.

...Ular allaqachon bo‘lishgan tutun,Qancha yillar o‘tdi o‘shandan buyon.Ularni eslayman hamon jigar xun,O‘sha o‘tda yonar mendagi vijdon.Qalbda olov yonar oshkora-pinhon,Ulardan qolmadi yer yuzida qon.Tosh ustida maysa unmoqda qat-qat,Dilim og‘rir, menga tuyular uyatNafas olmoq, yurmoq, yozmoq she’r-doston.

Shoirning baxti va baxtsizligi shundaki, aytadigan so‘zini aytish mumkin bo‘lmagan vaqtda ham aytishi kerak. Bu uning qo‘lidan keladi. Chunki bu so‘z o‘zgalar-ga taskin beradi. Bir tanqidchining fi kricha, Qaysin Quliyev asr fojiasiga daxldor, u buni sharafl i burchday qabul qildi va boshidan kechirdi. Mana uning Muso Jalil bevasiga yozgan she’riy maktubi:

Sizga bosh egaman, ko‘ksimda qo‘lim,Barcha odam kabi men sizdan qarzdor.Fojiyangiz eslab og‘riydi dilim,Kechiring, mening ham bunda aybim bor.

Hech qaysi misrasida “tinchlik” so‘zi yozilmagan, lekin mening nazarimda, tinchlik mavzusiga bag‘ish-langan she’rlar orasida unga teng keladigani kam. Axir, odamni faqat o‘qlar yarador qilmaydi. Urush azob-uqubatlari chegara bilmaydi, “shoir uchun esa be-gona g‘am yo‘q”.

Qaysin boshqa shoirlardan o‘ziga xos donishmand-ligi, mubolag‘asi va so‘zga talabchanligi bilan ajralib turadi. Bunday talabchanlik dastlabki so‘z misolida odam genlariga joylangan. Shoirning ta’kidlashicha, so‘z aytish – buyuk hodisa! So‘z tufayli odam zimis-ton, betartiblikdan chiqadi. Axir, u sukut saqlasa ko‘zga tashlanmaydi. So‘z sharofati bilan odam tarixga kiradi, tabiatning, jamiyatning bir qismi ekanini anglaydi.

Hamma narsa qorning ostida qoldi,Tek qotgan daraxtlar turar darg‘azab.Sukunat ko‘nglimga xavotir soldi,Nojoiz tin olmoq, nojoiz so‘z-gap...

“Nojoiz tin olmoq...” Menimcha, bu – hayratlanarli darajadagi haqiqat. Unda yangicha sezimning badiiy nafosati mujassam. Zero, bunday sezmoq uchun tabi-atni yurak bilan his qilmoq kerak. O‘shanda so‘z kela-di. Shubhasiz, shoir buni to‘laqonli ifodalagan: “nojoiz so‘z-gap”. Nahotki biz shoir badiiy vosita va hodisalar orqali tabiatning qadimiy tasvirini chizgan manzarani ko‘rmaganmiz, go‘yo u tayyorgarlik ko‘ryapti, hozir-ho-zir ko‘z o‘ngimizda qiyofasini o‘zgartiradi, qadimiy va bizga tanish tilda so‘zlab yuboradi. Ha, hali kech emas. Sukunatni buzmaylik. Balki bizning fi krlashimiz ham unga xalal berar. Har holda, u odamdan minnatdor bo‘lib yuz ochmoqqa tayyorlanyapti. Demak, tabiatning sehrli mo‘jizasi ro‘y beradi.

Sukunat. Daraxtlar shoxlarida qor,Oydinlashib borar soniya sayin.Yo‘q, ular qor emas, qo‘lyozma biror,Qiynalaman uni o‘qiy olmayin...

Vaqt o‘tib bormoqda. U chopag‘on: bu har soat, har daqiqadagina emas, har soniyada yaqqol ko‘rinmoqda. Odam sirli belgilarni tushuna boshladi. Ma’lum bo‘lishi-cha, odam ularni qachondir o‘qiy olgan.

Qalbda xotiralar jonlandi bexos,Ko‘ryapman kattakon daraxt ortida,Qaygadir otliqlar chopmoqda bevosh,Biri qulab qotdi qorning ustidaVa qaydadir bulut g‘amgin to‘kdi yosh...

Nega odamzod boshiga shunday savdo tushadi? Uning nigohi kimni izlayapti? Axir, bizgacha yashagan-lar mehr bilan taskin berishimizga muhtoj bo‘lganday, bizdan keyin keladigan avlodlar ham bunga muhtoj bo‘ladi. Shoir zamonlarni bog‘lab turgan rishtaga man-gu tirik xotiralarni mahkam bog‘laydi.

Atrofda mo‘jiza ko‘tarmoqda bosh,Bu ro‘y bermayapti tasavvurimda.Axir, nima ko‘rgan bo‘lsam umrimda,Eslab qolgan ekan daraxt, tog‘-u tosh...

Nahotki, bu she’r tinchlik haqida emas? Hayotiy tasvirlarda nafaqat “rohat-farog‘at”, balki “tush”dagi go‘zallik va voqelikdagi tashvish ham jonlanadi. Bu tashvish insoniy va tabiatdagi muvozanat buzilishidan kelib chiqqan. Albatta, muvozanatni urush buzgan. Faqat ugina emas. Muvozanat buzilishiga odamlar ning loqayd ligi, beparvoligi, “balandparvoz” gaplari ham ta’sir qilgan, bu o‘lim bilan necha bor yuzma-yuz kelib SO‘Z qadrini anglagan, o‘sha vaqtda ham “urushdan qattiqroq ovozda baqirishga urinmagan” (A.Surkov) davrda ham she’r yozgan Qaysin Quliyevga azob be-radi.

So‘z qadri qimmat! Shoir so‘zda o‘zligini, hayotiy shiorini ifoda etadi. Qaysinni balandparvoz bayonot va murojaatlar qiladigan odamlar qatorida bo‘lganini tasav-vur ham eta olmaymiz. Menimcha, bunday qilish – ix-tiyoriy yoki noixtiyoriy holda o‘ziga bino qo‘yish, dan-gal aytganda, surbetlik, o‘ziga e’tiborni qaratish uchun haqiqatdan balandroq baqirishga behuda urinish.

Inson qadri qimmat! Menimcha, bu – ozodlik na-fasidan qanot yozgan tafakkur. Qaysin shunday inson edi. Uni shunday bilamiz. “Quliyev erkin shoir, – deb yozgandi V.Zvyaginseva. – Uning she’rlari uslubbozlik, bezakbozlik va g‘oyabozlikdan xoli, soxtakorlik haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Aytish mumkinki, u shamolday erkin, agar shamol fi krlay olsa”.

Qaysin Quliyevning hayoti va ijodi chambarchasdir. Bizga qoldirgan hayot kitobi vafodor. Ishonchim komil, unga shoirning eski va yangi do‘stlari qayta-qayta mu- rojaat etishadi, mehr-u muhabbat bilan o‘zlariga taskin izlashadi. Undan mardlik, oliyhimmatlik va shon-sharaf saboqlarini olishadi.

Asror MO‘MIN tarjimasi

Page 11: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 11veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 11

Dars maqsadi:a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mustaqil-

lik eng oliy ne’mat ekanligini anglatish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida bilim berish;

b) tarbiyaviy maqsad: yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirish orqali ularda shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlanti-rish hamda milliy va umummadaniy kompetensiya ele-mentlarini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning mus-taqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashla-rini o‘stirish, ularni buyuk ajdodlarning munosib vorislari bo‘lib yetishishga chorlash.

Dars shiori: “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”

Dars turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi.Darsda foydalaniladigan usullar: sayohat, “So‘z

gavharin qadab qo‘y!”, “Mustaqillik solnomasi”, mu-shoira.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuter, vi-deoproyektor, monitor, mavzuga oid videolavhalar, DVD, bayroqchalar, Vatanimiz tarixiga oid rangli surat-lar, Shavkat Mirziyoyev asari, tarqatma va audiomate-riallar, slaydlar.

Darsning borishi:O‘qituvchi darsni quyidagi she’r bilan boshlaydi: Dil yayrar madhiyang – navolaringdan,Tasadduq, tug‘ing-u tug‘rolaringdan.O‘rgilay, baxt qushing – Humolaringdan,Vatanim – g‘ururim, sha’nim, iymonimKelajagi buyuk O‘zbekistonim!Shundan so‘ng o‘quvchilar O‘zbekiston Res-

publikasining davlat madhiyasini ijro etishadi.O‘qituvchi: Mustaqillik. Ozodlik. Hurriyat. Bu

muqaddas kalomlar dunyodagi barcha xalqlar tilida eng ulug‘, eng aziz, eng ardoqli so‘zlardir.

Bundan 27 yil muqaddam xalqimiz ana shunday buyuk baxtga musharraf bo‘ldi – Vatanimiz mustaqil-ligi e’lon qilindi. Olam ahli buyuk ajdodlari bashariyat sivilizatsiyasiga, ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, boy tarix va madaniy merosga, ulkan iqtisodiy va ma’naviy salohiyatga ega mamlakat va xalq borligiga hamda dunyo xaritasida yangi mustaqil dav-lat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganiga guvoh bo‘ldi.

Komila RAJABOVA, Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi

“SENING MEHRING BILAN YASHAYMIZ, VATAN!”(7 – 9- sinfl ar uchun Mustaqillik darsi ssenariysi)

Mustaqillik biz uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyat-lar, balki ma’naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o‘zimizning ichki va tashqi si-yosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli qadriyatla-rimiz tiklandi, sayqal topdi. O‘z ona tilimiz, qomusimiz, gerbimiz, bayrog‘imiz, madhiyamiz, valyutamiz va milliy armiyamizga ega bo‘ldik.

Aziz o‘quvchilar! Hozir e’tiborimizni ushbu video-lavhaga qaratib, istiqlol tufayli jonajon O‘zbekistonimiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib borayotganiga yana bir bor amin bo‘lsak-da, dillarni to‘lqinlantirayotgan tuyg‘ularimizni tillarga ko‘chirsak, nima deysiz?

(Monitor orqali ona yurtimizning go‘zal shahar va qishloqlari, maftunkor tabiati, namunali uy-joylari, muqaddas qadamjolari, yangi ishlab chiqarish korxo-nalari, tanti dehqonlari, turli kasb sohiblari, duoga qo‘l ochgan keksalari-yu zafarlarni quchayotgan yoshlari namoyish etiladi.)

1-o‘quvchi: Vatan! Sen mening tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘im, ona zaminim, bor mehrini ulashgan onam, ko‘ksimdagi iftixorimsan!

2-o‘quvchi: Vatan! Sen mening dunyoni titratgan Temurim, jahonga dong‘i ketgan Boburim, ko‘ngil ola-mimni yoritguvchi nurim, tog‘lardan-da baland g‘ururim-san.

3-o‘quvchi: Vatan! Seni yana nima deb atay, kimim deb sevay? Sen borsanki, o‘zbegim bor, sen borsanki, o‘zligim bor. Sening bugungi tinch kuning bizning kela-jagimiz, bugungi ravnaqing bizning istiqbolimizdir.

4-o‘quvchi: Biz shunday farzand bo‘lib kamolga ye-taylikki, toki Vatanimiz bizdan rozi bo‘lsin, bizday yosh-lari borligidan faxrlansin!

Hamma: Vatanim – shijoat qaynagan yurak, Yanada go‘zaldir yorqin kelajak.O‘qituvchi: Tinchlik – buyuk ne’mat. Uni oso-

yishta tonglarimiz, nurafshon quyoshimiz, tinch-faro-von o‘tayotgan kunlarimizda ko‘rib, his qilib turibmiz. Bunday dorilomon zamonlarga yetganlar bor, yetma-ganlar bor…

Dars muqaddas

Page 12: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

12 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Dars – muqaddas

Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, istiqlol me’mori Islom Karimov zamonamizning ulug‘ siyosatchi-si, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz faro-vonligiga ulkan hissa qo‘shgan shaxs sifatida xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida mangu saqlanib qoladi.

O‘qituvchi: Bugungi kunda har qanday og‘irliklarni yengishda sabot va matonat bilan mehnat qilib kelayot-gan Mirziyoyev Shavkat Miromonovich borligi barcha-mizni quvontirmoqda.

Qadrli o‘quvchilar, mashg‘ulotimizning keyingi bosqichida siz bilan “Porloq kelajak qasri”ga sayohat qilamiz.

Porloq kelajakka erishish uchun oldimizda 5 rang-dagi yo‘l turibdi. Bu yo‘llarning har biri o‘z yo‘nalishiga ega. Siz bu yo‘llardan birini tanlashingiz kerak. Buning uchun moviy, siyohrang, tillarang, qizil va oq bayroq-chalar yordamida besh guruhga bo‘linib olamiz va shu rangdagi bayroqchalar o‘rnatilgan maxsus stol atrofi ga joylashamiz. Har bir yo‘lda tegishli soha mutaxassislari sizga hamrohlik qilib, gid vazifasini bajarishadi.

(Moviy bayroqchali stolda jurnalist, siyohrang bayroq chali stolda huquqshunos, tillarang bayroqchali stolda iqtisodchi, qizil bayroqchali stolda “Yoshlar ittifo-qi” maktab kengashi sardori, oq bayroqchali stolda esa Vatan himoyachisi bolalarni kutib oladi).

O‘qituvchi: Barakalla, bilag‘onlar! Sayohatimizni moviy yo‘lakdan boshlaymiz.

(Qaysi yo‘l bo‘ylab sayohat qilinsa, shu guruh va-killari o‘z yo‘lboshchisi bilan yozuv taxtasi yoniga taklif etiladi).

Jurnalist: Bilasizmi, moviy rang – musaffo osmon va toza suv ramzi. Amir Temur davlati bayrog‘ining ran-gi ham moviy bo‘lgan. Siz davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘lini tanladingiz. Bu yo‘na-lishning asosiy maqsadi davlatimiz boshqaruv tizimini isloh qilish, “elektron hukumat” tizimini takomillashtir-ish, davlat xizmatlari sifatini oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy partiyalar,

fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishdan iborat. Shunday ekan, sayohatimiz asnosida shu yo‘nalishda amalga oshiril-gan ishlar haqida suhbatlashsak.

1-o‘quvchi: Bugun “Inson manfaatlari hamma nar-sadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oya asosida ish olib borilayotgani yu-tuqlarimiz asosidir.

2-o‘quvchi: Ta’kidlash lozimki, Prezidentning vir-tual qabulxonasi va barcha hududlarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholining hayotiy muammolarini hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

3-o‘quvchi: 2018-yil 3-fevralda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev respublikamizning turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha farmon qabul qildi. Shu asosda aholi qatlamlari uchun respublika hududlari bo‘ylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etil-ishini ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi ma’qullandi.

4-o‘quvchi: Serquyosh o‘lkamizga dunyo xalqlari tobora qiziqishmoqda. Yurtimizdagi tarixiy obidalarga, madaniyatimizga, me’morchiligimiz-u matolarimizga, milliy hunarmandchiligimizga sayyohlar e’tibori kun sa-yin ortib bormoqda.

5-o‘quvchi: Eng muhimi, olib borilayotgan yangilan-ishlar hamda xalq hayoti ommaviy axborot vositalarida to‘lig‘icha yoritib borilishi ular faoliyati kuchayganidan dalolatdir.

O‘qituvchi: Juda yaxshi, bolalar. Sayohatimizni si-yohrang yo‘lakda davom ettiramiz.

Huquqshunos: Siyohrang – qonuniylik element-lari hisoblangan ustuvorlik va or-nomus ramzi. Bizning yo‘limiz yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan. Maqsadimiz – sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ihonchli hi-moya qilish, jinoyatchilikka qarshi kura shish, huquqbu-zarliklarning oldini olish tizimi samara sini oshi rish, yu-ridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yax-shilash. Bu sohadagi o‘zgarishlar xususida bila sizmi?

1-o‘quvchi: Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashti-rish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekildi.

2-o‘quvchi: Hozirda sud hokimiyati nufuzini oshirish bo‘yicha diqqatga molik islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Fuqarolik hamda Xo‘jalik protsessual kodeks-lari zarur o‘zgarish va qo‘shimchalar bilan boyitildi.

3-o‘quvchi: Xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlarga aylan-tirildi. Shuningdek, mutlaqo yangi sanalmish ma’muriy sudlar tashkil etildi.

4-o‘quvchi: Endilikda “E-sud” elektron milliy ax-borot tizimi orqali istalgan joydan turib elektron shaklda sudlarga murojaat qilish mumkin.

O‘qituvchi: Rahmat, siz bilan sayohatda aslo zerik-madik. Endi tillarang yo‘l sari boshlang-chi.

Iqtisodchi: Tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi. Biz iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashti-rish yo‘lidan bormoqdamiz. Makroiqtisodiy barqarorlikni

Page 13: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 13veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 13

Dars – muqaddas

mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbir-korlik rivojini rag‘batlantirish, investitsiyaviy muhitni yax-shilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish asosiy maqsa dimizdir.

1-o‘quvchi: Respublikamizda tayyor charm-poyab-zal mahsulotlari ishlab chiqarish borasida 12,7 million dollarlik o‘nta loyiha amalga oshirilib, yuzdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

2-o‘quvchi: To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulot-lari ishlab chiqarishga 32 million dollar investitsiyalarni jalb qilish hisobiga uchta yangi yengil sanoat korxo-nalari ishga tushirildi, mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

3-o‘quvchi: 2018-yilning 19-aprelida yurtboshimiz tashabbusi bilan Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirildi. Ushbu sanoat kom-pleksida yiliga 8,1 milliard kub metr gaz qayta ishlanib, bu orqali tozalangan gaz, gaz kondensati, oltingugurt kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

4-o‘quvchi: Yurtboshimiz tomonidan tasdiqlangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga asosan, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab barcha fuqaro-lar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 % miqdorda joriy etildi.

5-o‘quvchi: Bugun dehqon, fermer va tadbirkorlar-ning eksport faoliyatini rag‘batlantirish, tashqi bozorga “o‘zbek brendi” nomi ostida sifatli va sertifi katlangan mahsulotlarni olib chiqish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, davlatimiz boshlig‘i ta’biri bilan aytganda: “Yangilikka intilib yashash iqtisodiyotimiz taraqqiyotining muhim omilidir”.

O‘qituvchi: Qoyil, bilimdonlarim! “Porloq kelajak” qasriga shu yo‘l tezroq eltadi, nazarimizda. Ammo shu yerda biroz tin olsak-da, “So‘z gavharin qadab qo‘y!” o‘yinini o‘tkazsak. Buning uchun har biringizga Vatan haqidagi maqollar yozilgan tarqatma materiallar beri-ladi. Siz nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni yozib, so‘z gavharini qadashingiz kerak bo‘ladi. Topshiriqni to‘g‘ri va tez bajargan o‘quvchiga “O‘zbek xalq maqollari” ki-tobi tuhfa etiladi.

(Topshiriq bajarilgach, ekran orqali to‘g‘ri javoblar namoyish etiladi va bolalar o‘z-o‘zini baholash tizimida ishlarini tekshiradilar).

“Yoshlar ittifoqi” maktab kengashi sardori: Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi. Biz yurtimizda ijtimoiy sohani rivojlan-tirish yo‘lidamiz. Bu yo‘lning asosini aholimiz bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, ijtimoiy himoya hamda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-

qiz larimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiy-ot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish tashkil etadi. Iqtidorli shogirdlarim bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bi-lan sizlarni tanishtiradi.

1-o‘quvchi: Yurtimizda xalqimiz, ayniqsa, yosh av-lodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohi-da e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2018-yil 12-mayda Prezidentimizning “Buyuk allomalar, adib va mutafak-kirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qi-lish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlar-ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. O‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 250 mingga yaqin kitobsevarlar qatnashib, tanlov g‘oliblari Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirla-nishlari bizga cheksiz quvonch va hayajon ulashdi.

2-o‘quvchi: Bugun biz, bilimga tashna yoshlar uchun imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Jumladan, “Mard o‘g‘lon”, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlari joriy etildi. “Zulfi ya” mukofotini qo‘lga kirituvchilar soni ikki barobar oshdi. Yaqindagina “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ishlab chiqilgani va 30-iyun kuni Yoshlar kuni sifatida birinchi marta respublikamiz bo‘ylab keng nishonlangani bizga qanot bag‘ishladi.

3-o‘quvchi: Maktablarimizda 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta tiklanishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etilishi va kvotalar oshirilishi ta’lim sohasidagi eng muhim o‘zgarishlar-dandir. Shu yili ilk bor o‘quvchilar o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha innovatsion olimpiada tashkil etildi. Shuningdek, investitsiya dasturiga muvofi q, joriy yilda 335 ta umumta’lim dargohida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, 930 tasi zamonaviy jihozlar bilan jihoz-lanmoqda. 2017–2018-o‘quv yilida 43 million nusxa darslik chop etildi. 2017-yil 30-sentabrda davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilishi ham yorqin kelajagimiz sari tashlangan muhim qadamdir.

4-o‘quvchi: Mamlakatimizda aholining turmush farovonligini oshirish, ular uchun zamonaviy shart-sha-roitlar yaratish borasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. “Obod qishloq” hamda “Obod ma-halla” dasturlarining amalga oshirilishi fi krimiz isbotidir. Shu o‘rinda yurtboshimiz qarori asosida “Har bir oila –tadbirkor” dasturining joriy etilishi oilalarimiz uchun mu-nosib hayot sharoitlarini yaratishga xizmat qilayotganini ta’kidlash joiz.

5-o‘quvchi: O‘zbekistonda Davlat byudjeti xara-jatlarining 60 foizi ijtimoiy sohalar – ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy himoya uchun ajratil-gani juda ahamiyatlidir. Bundan tashqari, Toshkentda barpo etilayotgan “Kelajak shahri – Tashkent City” va “Olmazor City” shaharsozlik haqidagi tasavvurlarni bu-tunlay o‘zgartirib yuborayotgani shubhasizdir.

6-o‘quvchi: Jonajon diyorimizda sport bilan shug‘ul-lanish uchun yetarli shart-sharoit yaratish, zamonaviy sport inshootlari barpo etish va ushbu majmualarni zarur anjomlar bilan jihozlashga qaratilgan e’tibor tu-fayli bolalar sporti uchun zarur inventarlarning 113 turi

Vatani borning baxti bor, … borning taxti. (mehnati)

Vatan uchun o‘lmoq ham ... . (sharaf)

Ayrilmagin elingdan, … ketar belingdan. (quvvat)

Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying ... bo‘lmas. (somon)

Vatansiz inson - … bulbul. (kuysiz)

Page 14: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

14 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Dars – muqaddaso‘zimizda ishlab chiqarilayotganini faxr bilan ta’kidla-moqchiman.

7-o‘quvchi: 2011-yildan boshlab “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” – yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezd mamlakatimiz aho-lisi va mehmonlariga xalqaro talablar darajasida xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘qituvchi: Ofarin, o‘quvchilar! Darhaqiqat, yur-timizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qu-rilish va bunyodkorlik ishlari tahsinga sazovor. Bugun O‘zbekistonning istalgan tomoniga yo‘l olib, shahar qayerda tugab, qishloq qayerdan boshlanishini bilib bo‘lmaydi. Chunki qishloqlar ham hech bir shahardan qolishmaydigan qiyofa kasb etmoqda. Zotan, istiqlol-ning zafarli yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar son-sanoqsiz va ular ning har biri asrlarga tatigulikdir.

Endi esa sizlarni kelajak sari boshlovchi eng so‘nggi yo‘lga chorlayman.

Vatan himoyachisi: Oq rang – tinchliksevar siyo-sat elementlari hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi. Siz xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng-likni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yo‘lini tanladingiz. Bu yo‘nalish davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkam-lash, xavfsizlik, ahil qo‘shnichilik muhitini shakllanti-rish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkam-lash maqsadi sari yetaklaydi. Xo‘sh, bu borada mening vatanparvar do‘stlarim qanday fi krda?

1-o‘quvchi: Vatan himoyasi hamma davrlarda ham eng muqaddas vazifa sanalgan. Mo‘g‘ul bosqinchilari-ga qarshi kurashda mardlarcha halok bo‘lgan boboka-lonimiz Najmiddin Kubro jasoratini eslasak yuragimiz to‘lqinlanib ketadi. U mamlakat bayrog‘ini baland ko‘ta-rib, dushman bilan yakkama-yakka jangga kiradi. Hatto shahid bo‘lganda ham bosqinchilar Kubro qo‘lidan bayroqni olisholmaydi... Mana, Vatan va uning ramzi bo‘lgan — Bayroqqa, Mustaqillikka sadoqat! Shunday ekan, ona O‘zbekistonimiz xavfsizligi uchun har birimiz mas’ulligimizni unutmaylik!

2-o‘quvchi: Manfaatli tashqi siyosat doirasida ko‘plab qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. Qozog‘istonda “2018-yil – O‘zbekiston yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir.

3-o‘quvchi: Markaziy Osiyo hududida savdo-iqti-sodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Faqat o‘tgan yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tka-zildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.

4-o‘quvchi: O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining va-kolatxonasi qayta ish boshladi. Xalqaro valyuta jamg‘ar-masi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqi-yot banki bilan hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarildi.

5-o‘quvchi: 2018-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi vaziyatlar o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning 10 nafar yetakchi-si ro‘yxatiga kiritildi.

O‘qituvchi: Mana, zukko yoshlar! Siz bilan har besh yo‘ldan yurib ko‘rdik. Sayohatimiz davom-ida shuni anglab yetdikki, “Porloq kelajak” tomon borishimiz uchun bosib o‘tgan har bir yo‘li miz juda ahamiyatli ekan. Shuning uchun barchamiz bir bo‘lib beshala yo‘lni ham bosib o‘tsak, bizni porloq kelajak kutadi. Bugun mustaqil O‘zbekistonimiz ham xuddi ana shu besh yo‘ldan olg‘a qadam tashlamoqda. Bu yo‘lda biz unga tayanch va suyanch bo‘lmog‘imiz lozim.

(Shu o‘rinda har bir guruh yo‘lboshchisi o‘z bayroq-chasini keltirib, bir moslamaga qadaydi. Ekran orqali “Harakatlar strategiyasi” ko‘rsatiladi)

O‘quvchi: Ustoz, darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yillarga beriladigan nom-lardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvat-lash yili” deb e’lon qilingan 2018-yilda ham yurtimiz eri-shgan yutuqlar bisyor.

O‘qituvchi: Istiqlol nurlarin sochar yilma-yil,Bunda har bir yilning salmog‘i bordir.Yangi g‘oyalarga yo‘g‘rilgan bu yil,Tadbirkor bo‘laylik, baxt-omad yordir! Dars o‘qituvchining quyidagi so‘zlari bilan

yakunlanadi:Vatanga bo‘lgan mehr-u muhabbat har qanday

muam moni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir. Tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi.

Aziz o‘quvchilar! O‘z aql-zakovatingiz, bilim va ta-fakkuringiz, kuch- g‘ayratingizga, tog‘dek tayanchingiz – Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun sizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki! Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g‘alabangiz – yurtimiz g‘alabasi, O‘zbekistonimiz g‘alabasidir!

Ayni damda Ona Vatan va uning baxtli farzandlari qalbidagi yuksak tuyg‘uni ifoda etuvchi bir jumla tilimda jaranglayveradi:

Ey, ona Vatanim – O‘zbekiston! Sen bizga shun-chalar azizsanki, fazilatlaringni ta’rif etmoqqa til ojiz!

Sen biz uchun shunday yagona diyorsanki, bizga yaratayotgan imkoniyatlaringning tavsifi yo‘q.

Sen shunday jonajon yurtsanki, mo‘jizalaring orqali bizni faxr-u iftixor ummoniga g‘arq etasan!

Hozir ham yana bir bor takrorlaymiz, shunchaki emas, yurak-yurakdan, qalbimizning tub-tubiga joylab, hayqiramiz (hamma): “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”

Baholash: dars davomida faol qatnashgan o‘quv chilar mustaqillik bayrog‘i va uning ustiga 27 raqami tushirilgan kartochkalar bilan baholab boriladi.

Uyga vazifa: “Kelajak mening tasavvurimda” mavzusida ijodiy matn yozish.

Page 15: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 15veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 15

Dars – muqaddas

Darsning maqsadi:a) ta’limiy maqsad:

O‘zbekistonning taraqqiyot bosqichlari haqida so‘zlash, bu-gungi kunda amalga oshirilayot-gan islohotlarning mohiyati, o‘quvchilarning ona Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkam-lash, kechagi va bugungi kunni taqqoslab, xulosa chiqarishga o‘rgatish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quv-chilarni vatanparvar, yuksak ma’naviyatli, keng musho-hadali, ota-bobolaridan faxrlanadigan, Istiqloldek buyuk ne’matning qadriga yetadigan, uni yanada mustahkam-lashga o‘z hissasini qo‘shadigan farzandlar etib tarbi-yalash;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ijodkor-lik, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish orqali mustaqil fi krlashga o‘rgatish, ularda jamiyat taraqqiyoti-ga hissa qo‘shish tuyg‘usini rivojlantirish.

Darsda qo‘llanadigan kompetensiyalar: milliy va umummadaniy; o‘zini o‘zi rivojlantirish; ijtimoiy faol fuqarolik; nutqiy.

Dars turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi.Darsda foydalaniladigan usullar: “Muammoli vazi-

yat”, “Sirli sabzavotlar”, “Fikringni bayon et”. Darsda foydalaniladigan jihozlar: “Aziz va yago-

namsan, jonajon O‘zbekiston!” shiori ostidagi mustaqillik darsi ishlanmasining namunaviy matni, Sh.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom et-tirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” nomli asarlari, mavzuga oid rangli rasmlar, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushun-cha va tamoyillar” turkumiga kiruv chi fanlardan tayyor-langan plakatlar to‘plami, kompyuter, videorolik.

Darsning borishi:Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashilgach,

O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi ijro etiladi. So‘ng barchani Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi hamda Bilimlar kuni bilan qutlagan holda dars mavzusi va shiori e’lon qilinadi. Sinf o‘quvchilari uch guruhga bo‘linadi: “Aql”, “Ilm”, “Shijoat”.

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, bugungi darsimiz muso-baqa tarzida o‘tadi hamda bu darsda qizil olma rangli kar-tochkalarni ko‘p yig‘gan guruh – g‘oliblikni, yashil nok – o‘rtacha ball, sariq limonli kartochkalar esa mag‘lu-biyatni bildiradi. Darsimizning ilk sharti “Muammoli vaziyat” deb nomlanib, bu usul yordamida Sizlarning siyosiy bilimdonliklaringiz sinov dan o‘tkaziladi.

Barcha guruhlar slayd orqali taqdim etilgan mua-mmoli vaziyatga o‘z munosabatini og‘zaki tarzda bayon

Gulzoda SOATOVA,Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 202-umumiy o‘rta ta’lim

maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

AZIZ VA YAGONAMSAN, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!(7–9-sin� ar uchun Mustaqillik darsi ssenariysi)

etadi.Muammoli vaziyat.

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrda o‘z mustaqilli-gini qo‘lga kiritdi. Biroq fuqarolar bu voqeadan xursand bo‘lishni ham, bo‘lmaslikni ham bilmasdi.

Muammo: Uzoq kutilgan mustaqillikka erishganimizdan so‘ng nima uchun fuqarolarimiz quvonishni ham, quvonmaslikni ham bilmay qoldi?

O‘quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan javob variantlari:

1-variant. Rostdan ham mustaqil bo‘lganimizga ishon mas edik. Xalqimiz bu kunga erishishni hali kut-magan edi. Shu kunlar nasib etganligi uchun quvonish-ni ham, yig‘lashni ham bilmay qoldi.

2-variant. Ozodlik yo‘lida ko‘plab farzandlari qurbon bo‘lgan xalqimiz Sho‘ro hukumatidan qattiq qo‘rqar, mustaqillikni barbod qilish uchun ko‘p nayranglar qilishi mumkinligini bilar edi.

3-variant. Endigina mustaqillik sari tetapoya qadam tashlagan O‘zbekiston davlati oldida o‘zining butunlay yangi, ishonarli yo‘lini tanlab olish, qashshoqlikka bar-ham berish, boshqa davlatlardan qarzdor bo‘lmaslik kabi o‘z yechimini kutayotgan juda ko‘p muammolar mavjud edi.

4-variant. Endilikda millat o‘z ma’naviyati, tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, ma’naviy merosi, yo‘qolib ketish arafasida turgan madaniy boyliklari va ko‘hna tarixiy yodgorliklarini qayta tiklashi lozim edi.

Muammoli vaziyat varianti. Tez fursatda O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov to-monidan “O‘zbek modeli” ishlab chiqildi. Bu model ke-lajakda o‘zini to‘liq oqladi.

Muammo: “O‘zbek modeli”ning yaratilishiga nima turtki bo‘ldi?

O‘quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan javob variantlari:

1-variant. Sinov kunlarini boshidan kechirayotgan bir paytda faqat o‘z kuchimizga ishonishga majbur edik. Ushbu taraqqiyot modeli biz uchun juda muhim ahami-yat kasb etdi. Bu modelning iqtisodning siyosatdan xoliligi, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustu-vorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi asosiy tamo-yillari barchamizga yaxshi tanish.

2-variant. Biror davlatdan qarz olib, keyin ularning sirtmog‘iga tushib qolishni istamasdik. Qarz olish oson, lekin uni qaytarish kerak. Birovdan qarz olib, keyin

Page 16: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

16 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Dars – muqaddasu ning sirtmog‘iga tushib qolmaymizmi? Agar biz xato qilib qo‘ysak, kelajak avlod nima qiladi?

3-variant. O‘sha paytlar ayrim mamlakatlar sinab ko‘rayotgan natijasiz “shok terapiyasi”dan qochish ush-bu model yaratilishiga turtki bo‘ldi. O‘shanda chetda-gi “maslahatchi”larning “dono kengashlari”dan emas, balki xalqimizning xohish-irodasi, yurtimizdagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda og‘ir-vazminlik bilan, har tomonlama chuqur o‘ylab siyosat olib borish talab etilardi.

4-variant. Sir emaski, O‘zbekiston 1991–1995-yil-larda qashshoqlikda kun kechirdi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ham “Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak”, degan tezis ilgari surildi.

Muammoli vaziyat varianti. Muhtaram preziden-timiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqil-gan 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining alohida bo‘limi yoshlarga qaratilgan. 2017-yildan e’tiboran 30-iyun – Yoshlar kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Prezident O‘zbekiston yoshla-rining chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etdi.

Muammo: Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar-dan barcha yoshlar o‘rinli foydalanib, jamiyat kutgan farzand bo‘la olyapti deb ayta olamizmi? Buning sababi nimada?

O‘quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan javob variantlari:

1-variant. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘ri-shi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda biz yoshlar mustaqil va keng fi krlash qobiliyatiga ega, jamiyatimiz uchun ongli, komil farzandlar bo‘lib voyaga yetamiz.

2-variant. Har qanday vaziyatda inson o‘z mustaqil fi kriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadri-yatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, turli ma’naviy tah-didlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishi-dagi ta’siriga tushib qolishi hech gap emas.

3-variant. Jamiyat kutgan farzand bo‘lib, yurtimiz rivojiga, albatta, hissa qo‘shamiz. Buning uchun vaqt kerak. Yurtimizda biz uchun yaratilayotgan barcha shart-sharoitlarni qadrlaymiz. Biz ulug‘ ajdodlarimizga munosib farzand bo‘la olamiz.

4-variant. Yosh avlodning kitobxonlik darajasi, ma’naviy dunyoqarashi, odamgarchilik va insoniylik fazilatlari rivojlangan bo‘lsa, albatta, o‘z maqsadiga eri-shadi.

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, yurtimizda bo‘layot-gan siyosiy yangiliklardan boxabarligingiz meni xur-sand qildi, fi krlaringizni tingladim. Yurtimizdagi yan-giliklarni bilishingiz – kelajakka befarq emasligingizni anglatadi. Suhbatimizni davom ettirgan holda ush-bu yillar davo mida mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida fi kr almashishda davom etamiz. (Videoproyektor orqali Vatanimizda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, qad rostlayotgan osmono‘par binolar, sport, san’at, musiqa, umuman, barcha soha-larda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, barcha jabhalar rivoji

uchun keng yo‘l ochilayotganligi, yoshlarga yaratilayot-gan shart-sharoitlar... aks etgan slaydlar mayin musiqa hamohangligida namoyish etilib turadi). Mustaqillik yil-larida mamlakatimizda olib borilgan oqilona siyosat tu-fayli davlatimiz iqtisodiyoti qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobar-dan oshdi, oltin valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko‘paydi.

Iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatbar-doshligini yanada oshirish maqsadida 2030-yilga qa-dar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushi-ni 40 foizga yetkazish rejalashtirildi.

Xalqimizni arzon va ishonchli dori-darmon bilan ta’minlash maqsadida yuzdan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. 162 ta yangi, hozirgi vaqtda chetdan olib kelinayotgan dori vositalarini o‘zimizda ishlab chiqarish va ularning umumiy hajmini 2,5 barobarga oshirish lo-yihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining che-garalangan narx bo‘yicha sotilishi qat’iy nazoratga olin-gan.

2017–2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fer-mer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturiga asosan paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, asosiy e’tiborni faqat eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishti-rishni ko‘paytirishga qaratish bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. Kelgusi yillarda me-va-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 barobarga oshirish, 200 ming tonna mahsulot saqlash quvvatiga ega bo‘lgan sovutgichli omborxona qurish hozirgi kunda mutasaddilarning e’tibor markazida. Bu o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini ochish, aholi daroma-dini ko‘paytirish va mahalliy budjetga qo‘shimcha mab-lag‘ tushirish imkonini beradi.

Tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetdi. Aholining 78 foizi aynan shu tarmoqda mehnat qilib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Milliy me’morchilik va shaharsozlik, qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shahar joylarda 945 ta ko‘p qavatli uylar, qishloq joylar-da to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon, bir va ikki qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish ishlari ustida ishlanmoqda.

25 ming 300 kilometr past kuchlanishli elektr tarmoq-lari yangidan qurilib, 5 ming 600 ta eskirgan transforma-tor podstansiyalari almashtirilmoqda.

O‘tgan yillar mobaynida 75 ming kilometr yoki 64 foiz ichki yo‘llarimiz ta’mirtalab ahvolda edi. Yangi dasturga asosan 1 ming 700 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur vaqt da aholimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan 10 ming 400 kilometrlik xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, sha-harlar, tuman markazlari va qishloq joylardagi mahalla ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari samarali olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantir-ish, shuningdek, uning moddiy-texnik ba’zasini mustah-kamlash uchun byudjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m ajratilgan. Albatta, mana shunday e’tibor o‘z samara-sini bermay qolmaydi. 2018-yil 15-iyul kuni mam-

Page 17: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 17veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 17

Dars – muqaddas

lakatimizning uch nafar professional bokschilari, Rio – 2016 olimpiadasi chempionlari Fazliddin G‘oyibnazarov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyevlar AQShda bo‘lib o‘tgan navbatdagi janglarini g‘alaba bilan yakun-lab, xalqimiz olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu g‘alaba yur-timizning 27 yillik to‘yi uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Islohot – islohot uchun emas, inson va uning man-faatlari uchun xizmat qilishi kerakligi o‘zining amaliy tasdig‘ini topdi. Xalq dardi tinglandi.

Yoshlar va ta’lim sohasiga asosiy e’tibor qaratildi. Yoshlarning intellektual rivoji, iste’dodi, qobiliyatlarini to‘liq ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlarining chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etil-di. Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal etish, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishdir.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-iyun Yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham ramziy ma’noga ega. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari hamda davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda-gi samarali faoliyatni ta’minlaydigan, “Yoshlar – kelajak quruvchisi” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi...

Aziz o‘quvchilar, darsimizning navbatdagi bosqichi-da “Fikringni bayon et” usulidan foydalanib, har bir guruhga bittadan savol beriladi. Ushbu savolga qaysi guruh ko‘p, aniq va to‘g‘ri javob bersa, rag‘bat kartoch-kasini qo‘lga kiritadi.

(Bu usulni “Bir savolga o‘n javob” deb nomlasa ham bo‘ladi. Foydali jihatlari juda ko‘p. Yoshlar qiziquv-chan va xotirasi kuchli bo‘lganligi sabab shunday dol-zarb ma’lumotlar bilan darsni boyitadi. Bu usulni vaqtga qarab ko‘proq davom ettirish mumkin).

Savol: So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kuzatilmoqda?

“Aql” guruhi: Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ko‘pgina farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar ja-rayonini boshlab berdi. Jumladan, 2017-yilning sentabr oyidan umumta’lim maktablarida 10-sinfga, 2018-yil-ning sentabridan 11-sinfga o‘quvchilarni qabul qilish qay ta yo‘lga qo‘yildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilar-ning xohish-istaklari inobatga olindi.

“Shijoat” guruhi: 2016–2017-o‘quv yilida umum-ta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quv chining 288 minggi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinf-da o‘qishni davom ettirdi.

“Ilm” guruhi: “Harakatlar strategiyasi”ning ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida ta’lim muassasala-rining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini kapital ta’mir-lash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanma-lar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

“Aql” guruhi: Yaqin-yaqingacha onkologik be-morlarni dori-darmon bilan ta’minlash bor-yo‘g‘i 26 foizni tashkil etar edi, bu borada olib borilgan sa’y-harakatlar,

xalq manfaatlarini ko‘zlab chiqarilgan qarorlardan so‘ng onkologiya muassasalarini dori bilan ta’minlash hozir-gacha uch barobarga oshgan.

“Ilm” guruhi: Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017–2021-yillarda barcha viloyatlarni kompleks rivoj-lantirish va shaharlashtirishning to‘liq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Hukumat qarori bilan 2018–2019-yil-larda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish cho-ra-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Buning uchun 5 milliard so‘m ajratildi.

“Aql” guruhi: Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra mamlakatimiz 2016–2017-yillarda iqtisodiy o‘sish bashoratlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayot-gan beshta mamlakat qatoridan joy olgani, albatta, barchamizni sevintiradi. Bundan tashqari, Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi...

O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, o‘qituv-chi tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Eng ko‘p va to‘g‘ri javob bergan guruh rag‘bat kartochkasini qo‘lga kiritadi.

Darsning mustahkamlash bosqichida “Sirli sab-zavotlar” usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun uchala guruh stoliga savatlarda oldindan tayyorlangan va orqasiga savollar yozilgan sabzavotlar keltiriladi. Har bir savatda 10 tadan sabzavot bo‘ladi. Qaysi guruh sabzavotlarda yozilgan savollarga tez va to‘g‘ri javob bersa, g‘oliblikni hamda “Eng yaxshi bobodehqon” nominatsiyasini qo‘lga kiritadi.

Pomidor: O‘zbekistonni rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” qachon tasdiqlandi? (2017-yil 7-fevralda)

Piyoz: 30-iyun qanday kun deb e’lon qilindi? Nima munosabat bilan? (30-iyun Yoshlar ittifoqi tashkil top-gan kun bo‘lganligi munosabati bilan Yoshlar kuni deb e’lon qilindi)

Bodring: O‘zbekiston Prezidenti Devonida yosh-lar siyosati masalalari Xizmatiga kim rahbarlik qiladi? (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi)

Qovoq: Yoshlar ittifoqi yoshlarga qanday imtiyoz-lar yaratmoqda? (Oliy ta’lim muassasalarida 86 ball-dan yuqori reyting ballga ega bo‘lgan yoshlar kontrakt to‘lovlarining 35–40 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lanishi, uyushmagan yoshlarning bandlik darajasini ta’minlash, yoshlarga har tomonlama so‘z va fi kr erkin-ligining berilishi...)

Savol-javob shu tariqa davom etadi. Savollarga berilgan javoblar o‘qituvchi tomonidan umumlashtirilib, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi, g‘olib guruh rag‘bat-lantiriladi.

Darsning baholash va rag‘batlantirish bosqichida guruhlarning to‘plagan kartochkalari hisoblanib, g‘olib guruh rag‘batlantiriladi. Barcha o‘quvchilar ishtirokiga ko‘ra baholanadi. O‘quv yili davomida barcha o‘quvchi-larga zafarlar tilab, darsga yakun yasaladi.

Uyga vazifa sifatida “Yoshlari bilimdon yurt qudrat-li bo‘lur” mavzusida matn tuzib kelish hamda Vatanni ulug‘lovchi she’r yod olish topshirig‘i beriladi.

Page 18: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

18 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Ta’lim sohasida ijtimoiy fanlar mutaxassislarini tayyorlashning mazmun-mohiyatini o‘zgartirish, ta’lim oluvchilarning kognitiv faoliyati natijalarini jahon stan-dartlariga moslashtirish yo‘lida qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Raqobatlashishga layoqatli barkamol shaxsni tayyorlash maqsadida ta’lim-tarbiya olishga munosib muhit yaratish o‘qituvchidan yuqori pedagogik kompetentlikni talab etishi kundek ayon. Shundan ke-lib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida ta’lim muassa-

Ra’no TOSHNIYOZOVA, SamDU huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini

qayta tayyorlash va malakasini oshirishhududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi

kafedrasi o‘qituvchisi

ONA TILI TA’LIMIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

O‘qitish Ta’lim berish– tayyor bilimlarni berish;– bu hali mustaqil, maqsadli, ijodiy fi krlovchi,

ma’naviyatli, muammolar va zamon talablarini ang-lash degani emas;

– madaniy me’yorlar, bilimlarni egallash, hayotni “fan” shaklida bilish demakdir.

Bilimli kishi – bilimdon va bilganlarini amal-da qo‘llay oladigan qobiliyatli mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin shu bilan birga ma’naviy noqis, hayot an’analarini ongsiz qayta ishlovchi bo‘lishi mumkin (ota-onam shunday yashagan, men ham shunday yashayapman)

– ta’lim va tarbiyalash jarayonida insonning barcha: ma’naviy, aqliy, jismoniy kuch va imkoniyatlarini o‘zaro muvofi q ravishda rivojlantirish;

– bir umrlik ijodiy jarayon. Ta’lim so‘zining asosi “ilm” ekanligiga e’tibor qaratsak, inson shaxsi kamol topishi uchun butun umr ilm izlaydi, izlanadi.

Ilmlilik:– faqat madaniy an’analardan xabardorlik bilan belgi-

lanmaydi;– o‘z ustida ishlashga tayyorlik, hayotdagi to‘siqlarni

bartaraf etish malakasi.Ilmli inson – abadiy qadriyatlar (ezgulik, idrok, vijdon,

mas’uliyat, muhabbat, hamdardlik...)ni himoya qiluvchi va yangilarini shakllantiruvchi madaniyat vakili

salari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish vazifasi belgilangan.

Insonning bilish faoliyati nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, u insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishiga qaratil-gan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib faoliyatning biror turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Ta’lim kompetensiyalarining zaru-rati, ularni shakllantirish haqida amaliy mashg‘ulotlar tav-siyasiga o‘tishdan oldin, avvalo, ta’lim berish va o‘qitish tushunchalarining qiyosiy tahlilini berishni lozim topdik.1

Demak, ta’lim insonning tashqi olam, madaniyat, tabiat bilan aloqasi haqida bilishi va o‘z vazifasini tushunishini, “o‘z aql-idrokidan boshqa birovning boshchiligisiz” foydalana olishini taqozo etadi.

Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha o‘quv-ijodiy topshiriqlar, ko‘rgazmali va tarqatmali vositalarni yaratishga qo‘yiladigan talablar haqida gapirganda quyidagi ikkita nazariyani e’tiborga olish lozim: Blum taksonomiyasi va Intellekt ko‘pligi nazariyasi.

Tayanch kompetensiyalar va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishga mo‘ljallangan uzluksiz ta’limda ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturlari asosida bilim berish va o‘quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga

asoslanish muhim. Blum taksonomiyasi – savol va topshiriqlar tizimi, bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi.2

Metodiktavsiya

Page 19: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 19veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 19

Metodik tavsiya

Ushbu taksonomiya bo‘yicha o‘quvchida bilish faoliyatining 6 darajasi farqlanib, ular, o‘z navbatida, yana ikki toifaga ajratiladi: fi krlashning quyi va yuqori darajasi. O‘quv natijalarini baholashning 5 ballik tizimi ham ushbu taksonomiyaga tayanib belgilanadi. Ta’lim olish jarayonidagi kompetentlilik, raqobatbardoshlik ikkinchi toifa – fi krlashning yuqori darajasidagi topshiriqlar ustida ishlay olishni taqozo etadi.

Pedagogika, psixologiya sohasida o‘rganilayotgan Intellekt ko‘pligi nazariyasiga mutaxassislar “Aqlli bo‘lishning sakkiz xil yo‘li” deb baho berishdi:

Bu o‘quvchida mavjud intellektlarni ilg‘ash, uni rivoj-lantirish bilan birga sinf jamoasida mavjud intellektlar-

Turli intellekt sohiblari uchun topshiriqlar

Matematik tajriba o‘tkaz; mantiqiy muammo yechimini top; faktlarni tahlil qil; hisobla; kompyuter dasturi, grafi gini yarat

Vizual

fotoalbom yarat; grafi k yarat; videoyozuv, slayd tayyorla; rasm chiz; vizual obrazlarni qo‘llab hikoya yarat; xarita chiz; devoriy gazeta yarat

Tabiatshunos

sayohat rejasini tuz; ekologik mavzudagi plakat yarat; sayohat anjomlari to‘plamini tayyorla; kuzat va faktlar yig‘; o‘quv tadqiqot o‘yinini yarat

Verbal audioyozuv yarat; xat, esse, insho yoz; og‘zaki taqdimot tayyorla; intervyu ol; shior yarat; radiostansiya tayyorla

Ichki shaxsiy

bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha kundalik tuz; maqsad qo‘y; o‘z ishingni bahola; mustaqil ishla; tarjimayi hol yoz; vaziyatga munosabat bildir

Shaxslararo xabarnoma, intervyu tashkillashtirish; bayram rejasini tuz; guruh ishini tashkillashtir; ta’lim olishga ko‘maklash

Musiqiy

musiqiy to‘plam tayyorla; asarga musiqa tanla; kuy yarat;axborot taqdimoti uchun musiqa tanla;musiqiy o‘yin tayyorla

Motorsahna ssenariysini yoz; rolli o‘yin yarat;stol o‘yini tuz; pantomima tayyorla;boshqotirma yig‘; model yarat

ni bir-biriga yuqtirish, ularni ko‘p qirrali, ko‘p faoliyat-li iqtidor sohiblariga aylantirishni ham nazarda tutadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra o‘quvchilarga ularning tabiiy imkoniyatidan kelib chiqib yondashish kerak. An’anaviy ta’limda diqqat-e’tibor o‘quvchi bilmaydigan, qila olmay-digan faoliyatga qaratilgan bo‘lsa, innovatsion ta’limda, asosan, u o‘quvchi biladigan, qila oladigan ishga qa-ratiladi, intellektning har xil turlari baholanadi. O‘quvchi intellektlari, tabiiy imkoniyatlariga tayanish, ularning qiziqishi, hayotiy motividan kelib chiqib yondashish fan bo‘yicha kompetensiyalarning mukammal rivojlanishi-da muhim ahamiyatga ega.

Quyida ona tili fanidan Blum taksonomiyasi asosida “Kelishiklar” mavzusini o‘rganish uchun tayyorlangan topshiriqlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Galereya” usuli asosida mustahkamlash darsi uchun topshiriqlar

Guruhlar uchun kichik mavzular:1. Kelishiklarning ma’noviy turlari.2. Kelishiklarning sintaktik vazifasi.3. Kelishiklarning qisqargan shakli.4. Kelishiklarda fonetik o‘zgarishlar.5. Kelishiklarning belgili va belgisiz qo‘llanishi.6. Kelishiklarda ma’nodoshlik.7. Kelishiklarning yaxlitlanishi.1. Kelishiklarning ma’noviy turlari.Topshiriq:– Kelishiklar nima sababdan bunday nomlanganli-

gi haqida fi kr bildiring. Qaysi kelishiklarga oid tasvirlar berilgani haqida mulohaza yuriting.

– Adolatning his-tuyg‘ularini ifodalab, kelishiklar ishtirokida bog‘lanishli matn tuzing.

2. Kelishiklarning sintaktik vazifasi.Kelishiklar bog‘lanib kelgan so‘zlar gapda qanday

sintaktik vazifa bajarishi bo‘yicha tahlil natijalarini jadvalda belgilang. Misollar keltiring.

Kutiladigan natija:Bosh

kelishikQarat -qich

kelishigi

Tushum kelishigi

Jo‘na-lish

kelishigi

O‘rin-payt

kelishigi

Chiqish kelishigi

Ega +Kesim + + + +

Aniqlovchi + +To‘ldiruvchi + + + +Hol + + +

Page 20: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

20 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

Jadvaldagi fi krlarga xulosa tarzida o‘z ta’rifi ngizni yarating. Qanday formula, model yaratish mumkin? Masalan:

Kutiladigan natija: (O‘JO (o‘rin-joy otlari) + K (Tushum, Jo‘nalish, Chiqish, O‘rin-payt kelishiklari) = hol;

ShO (shaxs otlari) va NO (narsa otlari) + kelishiklar (T, J, Ch, O‘-P) = to‘ldiruvchi.

3. Kelishiklarning qisqargan shakli.Berilgan gaplardagi asos va qo‘shimchalarni ajrating

va tasnifl ang. Berilgan tasvirning guruh mavzusiga daxldorligini (kelishiklarning qisqargan shakli faqat she’riyatda uchrashi) aniqlang. Qaysi kelishik shakllari qisqarishi mumkin?

1. Kapalakning gul emganin ko‘rdim. (U.Nosir) 2. Oldim qo‘lima xomani, Yozdim ajoyib nomani. (Zavqiy)4. Kelishiklarda fonetik o‘zgarishlar.

5. Kelishiklarning belgili va belgisiz qo‘llanishi.Venn diagrammasidan foydalanib, mavzuni tahlil

qiling. Xulosangizni bayon eting. Qanday vaziyatlarda kelishiklar belgisiz ishlatilmaydi?

6. Kelishiklarda ma’nodoshlik.

Tasvirdan qanday ma’no angladingiz? Mavzuga mos lab izohlang. Bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiring.

7. Kelishiklarning yaxlitlanishi. So‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrating.

Yaxlitlanish, tublashish, atamalariga izoh bering.1. Shovullab yog‘gan yomg‘ir tezda tindi.2. To‘satdan xonaga direktor kirib keldi, hamma ji-

mib qoldi.3. Tokchadagi piyolalar birdan tushib ketdi.Barcha guruhlar uchun uyga vazifa: (O‘zingizga

ma’qul variantni tanlang)1-variant. Darsda mustahkamlangan mavzularni

umumlashtirib, taqdimot tayyorlang. Kelishiklarning ahamiyati, sintaksis bo‘limi bilan

aloqasiga baho bering. 2-variant. Sinfdoshlaringiz uchun kelishiklar ifoda-

laydigan ma’nolar, ularning vazifasini izohlovchi panto-mima tayyorlang, namoyish eting, javoblarni baholang.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “bola istalgan suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘yiladigan bo‘sh idish” emasli-gi sababli uning imkoniyati, qiziqishi, bilish darajasini e’tiborga olib, bosqichma-bosqich munosabatni yo‘lga qo‘yish ta’lim kompetensiyalarini shakllantirish hamda rivojlan tirishda sifatli va samarali natijalarga olib keladi.

Belgisiz qo‘llanishi Maktab bog‘i Daftar varag‘i

Belgili qo‘llanishiMaktabning bog‘iDaftarning varag‘i

Bir xil so‘roqqa javob

bo‘ladi, bir xil gap bo‘lagi vazi-

fasida keladi

Page 21: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 21veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 21

Metodik tavsiya

Shahnozaxon ASHUROVA, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim

maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;Shahzoda SHOHIMARDONOVA,

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

UNDALMALI VA KIRISH SO‘ZLI GAPLAR

Darsning mavzusi: Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash. (9-sinf, I chorak)

Darsning maqsadi:a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning undalmali,

ajratilgan bo‘lakli gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish; Erkin Vohidov ijodidagi undalmali, kirish so‘zli gaplar asosida shoirning o‘zbek tili imkoniyatlaridan qay dara-jada foydalanganligi haqida o‘quvchilarda bilim, malaka hosil qilish;

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash, uni e’zozlash va ulug‘lashga o‘rgatish, sofl igi va boyligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, madaniy merosimizdan faxrlanish va o‘tmishdan saboq olishga yo‘naltirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning og‘za-ki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirish, mavzuni o‘rganish asnosida ular qalbida badiiyat olamiga mehr uyg‘otish.

Darsning turi: noan’anaviy.Darsda foydalaniladigan usullar: “Muvashshah”,

axborot uzatish, savol-javob, yakka tartibda ishlash, izlanuvchanlik, klaster.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: 1) darslik, lahzalik savollar;2) videoproyektor, magnitafon, kompyuterda namo-

yish etish uchun mo‘ljallangan lahzalik savollar, test hamda muammoli savollar, grammatik topshiriqlar;

3) E.Vohidov asarlari ko‘rgazmasi, mavzuga oid re-ferat va bukletlar, shoir hayoti va ijodiga oid audio va video lavhali slaydlar.

Darsning borishi:I. Tashkiliy qism.O‘quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi,

sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorligi ko‘zdan kechiriladi. O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki quyidagi rag‘bat kartochkalari orqali belgilab borilishi aytib o‘tila-di: – a’lo; – yaxshi; – qoniqarli; – jarima.

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.Darslikda berilgan 23-mashqqa tayangan holda

uyga vazifaga doir savol va topshiriqlar slayd orqali namoyish etiladi:

1. Berilgan gaplarda qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar uyushgan?

2. Gaplardagi uyushiq bo‘laklarining qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelganligini aniqlang.

3. Ushbu gaplardagi uyushiq bo‘laklar qanday vosita orqali bog‘langan?

Topshiriq: Quyidagi gapdan ajratilgan bo‘laklarni toping. Qaysi gap bo‘lagi ekanligini aniqlab, so‘z turkumini ayting.

Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak.

Topshiriq: Qaysi gap bo‘lagi uyushib kelayotganligini aniqlang.

Al-Beruniy, al-Xorazmiy,Al-Forob avlodidan,Asli nasli balki O‘zluq,Balki Tarxon, o‘zbegim.O‘quvchi: Ushbu gapda ot so‘z turkumidagi aqli, ta-

fakkuri so‘zlari ajratilgan va ega vazifasida kelgan.O‘quvchi: Al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Forob uyu-

shiq bo‘laklari ot so‘z turkumi orqali ifodalangan, gapda aniqlovchi vazifasida kelgan.

O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, o‘qituvchi fi krlarga xulosa yasaydi. O‘quvchilar ishtirokiga ko‘ra kartochkalar bilan taqdirlanadi.

III. Yangi mavzu bayoni.“Muvashshah” usulidan foydalanib o‘quvchilar-

ga topshiriq slayd orqali namoyish etiladi (o‘quvchilar tilshunoslik atamalarining bosh harfl arini topish orqa-li mavzuni aniqlab oladilar. Slayd namoyishi va top-shiriqni bajarish jarayonida E.Vohidovning “O‘zbegim” she’ri matni bilan aytiladigan qo‘shiq past qilib qo‘yib qo‘yiladi):

1. …ga. 2. …itorik so‘roq gap. 3. …o‘makchi.4. …zohlovchi. 5. …isbat qo‘shimchasi. 6. …aziyat

1. Navoiy, Bobur, Mash-rab singari jahonga mash-hur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlab turadi.

2. Ular o‘zla-rining eng nodir asarla-rida do‘stlikni, insonparvarlik-ni, mehr-mu-habbatni ulug‘laganlar

3. O‘zidan yaxshi xotirot qoldirgan in-son o‘lgandan keyin ham izzat-ikromga, xotirlab turish-ga loyiq

4. Yigit-qiz-larimiz O‘zbekis-tonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrla-nadi.

O‘quvchi: 1-gapda ot so‘z turkumidagi Navoiy, Bobur, Mashrab so‘zlari ohang va mazmun jihatdan bog‘lanib, aniqlovchi vazifasida qo‘llangan.

O‘quvchi: 2-gapdagi do‘stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ot so‘z turkumidagi so‘zlar o‘zaro bog‘lanib, to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan.

O‘quvchi: 3-gapda ot va fe’lning harakat nomi shaklidagi so‘zlar ohang va mazmun jihatdan bog‘lanib, sintaktik jihatdan to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan.

O‘quvchi: 4-gapda ot so‘z turkumidagi O‘zbekistonning, insoniyatning so‘zlari ohang va maz-mun jihatdan bog‘lanib, sintaktik jihatdan aniqlovchi vazifasida qo‘llangan.

di:

Page 22: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

22 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

Bu qasidam senga, xalqim,Oq sut-u tuz hurmati,Erkin o‘g‘lingman, qabul et,O‘zbegim, jon o‘zbegim.

(Erkin Vohidov)

holi. 7. …lmosh. 8. …is-hayajon gaplar. 9. …kkinchi darajali. 10… zaytirma dararajali bo‘laklar. 11. …ergul tinish belgisi.

O‘quvchi: Bu – O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov.

O‘qituvchi: Demak, bugungi darsimizda sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning so‘z san’ati namunalarini tilshunoslik jihatidan tahlil qilish orqali mavzu bo‘yicha ol-gan bilimlarimizni mustahkamlaymiz. Barcha gap bo‘lak-lari ohang va mazmun, teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar orqali birikib, gapda uyushib kelishi mumkin. Ajratilgan bo‘laklar tinglovchiga gap mazmunini yanada aniqroq tushuntirish, izohlash maqsadida ishlati-ladi. Nutqimizda gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydigan birliklar ham bor. Bu haqdagi ma’lumotlarga dars davomida ega bo‘lamiz. Hozir diqqa-tingizni quyidagi she’rga qaratishingizni so‘rayman:

1-topshiriq: Bu qasida sizga tanish-a? Shoir ush-bu she’rida kimga yoki nimaga murojaat etmoqda? Tinish belgilarining ishlatilish sabablarini izohlang.

O‘quvchi: Albatta, xalqimizga – o‘zbeklarga. Boshqa gap bo‘laklaridan ajratish maqsadida vergul-dan foydalanilgan.

2-topshiriq: Gapdagi ega va undalmaning o‘xshash va farqli jihatlari nimada?

O‘quvchi: Undalma ega singari bosh kelishikda kel-gan, ammo ega grammatik jihatdan kesimga bog‘lanadi, xalqim, o‘zbegim, jon o‘zbegim undalmalari esa boshqa bo‘laklar bilan grammatik bog‘lanmaydi. Undalmaning gapdagi o‘rni erkin.

O‘qituvchi: Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqa-ga kirishmaydigan, mazmunan aloqador bo‘lgan yana qan day birlik bor?

O‘quvchi: Kirish so‘z va birikmalar.O‘qituvchi bugungi mashg‘ulot undalma va kirish

so‘zlar yuzasidan takrorlash ekanligini aytib, doskaga yozadi. So‘ng galdagi slayd asosida morfologiyaga oid topshiriq e’lon qilinadi:

Topshiriq: Jadval asosida undalmaning ifodala-nilish jihatdan turlariga misollar keltiring.

Und

alm

anin

g ifo

dala

nish

i

Ot

Olmosh

Undov so‘z

So‘z birikmasi

Otlashgan sifat

Otlashgan son

O‘quvchilar topshiriqni dastlab daftarga yozib baja-radilar. So‘ng o‘qituvchi past o‘zlashtiradigan o‘quvchilar-dan tanlab doskada yozma bajartiradi.

O‘quvchi: Ot bilan ifodalanadi: Tarixing bitmakka, xalqim,Mingta Firdavsiy kerak.O‘quvchi: Olmosh bilan: Ey, sen Erkin, sen bukun Yozding dilingdan bir tugun, Sen kim-u ne dahri dun, Biyron o‘zing, nodon o‘zing.O‘quvchi: Otlashgan son bilan: To‘rtinchi, birinchi

gapiryapti.O‘quvchi: Otlashgan sifat bilan: Go‘zalim, bu kecha

ertaklaring ayt.O‘quvchi: So‘z birikmasi bilan: Umrimning bahori,

senga yo‘l bo‘lsin. Galdagi bosqichda «Muqobillar maqbuli» o‘yini

o‘tkaziladi. Bunda kirish so‘zlarning qaysi guruhga oidligi aniqlanib, ularning mazmuniy tavsifi belgilanadi. Har bir kirish so‘z mazmuniga ko‘ra jadvalga to‘g‘ri joylashtiriladi:

So‘ng darslikdagi 29-mashq yozma bajariladi. Mashq shartiga muvofi q o‘quvchilar undalma va kirish so‘zlarni topib, tinish belgilarning ishlatilish sabablarini izohlaydilar. Masalan: Afsuski, hayotimizda o‘zgarish-larga to‘g‘anoq bo‘layotgan kimsalar hamon uchramoq-da. (Erkin Vohidov)

Ushbu gapdagi afsuski kirish so‘zi so‘zlovchining berilayotgan fi krga qo‘shimcha munosabatini ifodala-gan. Gap boshida kelgani uchun boshqa bo‘laklardan vergul bilan ajratilgan.

31-mashq. Berilgan matnni ko‘chirib, kirish so‘zlar-ni aniqlab, qanday ma’no ifodalayotganini qavs ichiga yozadilar. Masalan:

– Men sizlarni yaxshi ko‘rib qoldim. Albatta, albat-ta, yana huzuringizga kelaman. Yana ko‘rishguncha, – dedim sekin.

Ushbu gapda albatta kirish so‘zi takror qo‘llangan. So‘zlovchi fi krining tasdig‘ini ifodalagan.

Topshiriqlarning bajarilishi nazorat qilingach, o‘qituv-chi fi krni umumlashtirib, darsga yakun yasaydi.

IV. Baholash va rag‘batlantirish. O‘quvchilar dars davomida to‘plagan rag‘bat kar-

tochkalariga ko‘ra baholanadi. Faol o‘quvchilar rag‘bat-lantiriladi.

V. Uyga vazifa. Undalma va kirish so‘zlardan foydalanib «Erkin

Vohidov ijodida O‘zbekiston madhi» mavzusida kichik matn tuzib kelish.

Fikrga munosabat:

ishonch, gumon, tasdiq, inkor

Fikrning birovga nisbatlanishi

O‘z fi kri qismlari ahamiyatliligi

menimcha, uning fi kricha, aytishlaricha, birinchidan, nihoyat, aslo, avvalo, xullas

darhaqiqat, axir, shubhasiz, ikkinchidan, demak, bizningcha, albatta

otamning fi kricha, alqissa, afsuski, haqiqatdan, mabodo, ayniqsa, mayli

Page 23: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 23veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 23

Metodik tavsiya

O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ularning muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasnifl arini bilishi, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini so‘zlab berishi, ularni ta’rifl ashi, ma’lumotlarni qayta ishlashi, o‘z fi krini bayon etishi, obyekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Ushbu fi krlarni standart o‘quv va test topshiriqlari asosida amalga oshirib bo‘lmasligi bois rasmli va ko‘p javobli nostandart testlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday test topshiriqlari o‘quvchilarning nafaqat o‘zlashtirgan bilimlarini, balki obyekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi.

Test topshiriqlari qiyinlik darajasiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi:

Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quvchilar tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish, oddiy sharoitda, axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni nazarda tutadi va ularni aniq baholash imkonini bermaydi.

Produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan obyektlarni qiyoslash, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.

Qisman izlanishli darajadagi test topshiriqlari o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan obyekt xususiyatlarini boshqa obyektga ko‘chirish, mazkur obyektlarni taqqoslab, keyingi obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanishni talab etadi. Bunday testlarga javob berishda o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlari yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.

Ijodiy darajada tuzilgan test topshiriqlari ijodiy fi kr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, avval o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni talab etadi.

O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilish va baholashda quyidagicha nostandart test topshiriqlaridan foydalanish mumkin:

1. Uyadosh so‘zlarni hosil qiluvchi rasmlarni bir uyaga mansubligiga ko‘ra tartiblang.

Madina O‘ROQOVA, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi

5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

NOSTANDART TEST TOPSHIRIQLARI

2. Rasmlarda tasvirlangan narsalar shevada qanday nomlanishiga ko‘ra raqamlarni jadvalga joylashtiring.

So‘zlar A) qarinja B) ay D) gavora E) kuchuk F) palovJavob raqamlari 1 – D 2 – F 3 – E 4 – A 5 – B

2. Quyida berilgan fi krlarning qaysilari to‘g‘ri? A) -dir omonim qo‘shimcha B) so‘z-gaplarning kengayish xususiyati chega-

ralanmaganD) be- qo‘shimchasi olmosh yasaydi E) tinch so‘zi yasama sifat F) gapda ham yuklamasi ishtirok etsa, ega va ot

kesim orasiga tire qo‘yilmaydi G) o‘rik danak birikmasi moslashuv usulida birikkan

Javob A, E, F, G O‘quvchilarning tushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishda atamalar, faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, almashtirishi, asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi. Ushbu o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilish va baholashda quyidagicha ko‘p javobli nostandart test topshiriqlari yordamida aniqlash tavsiya etiladi:

1. Chizmalar ifodalagan ma’nolarni aniqlang.

T/rChizmalar Chizmalarni

ifodalovchi tushun-chalar

To‘g‘ri javob

1 A Ergash gap 1– E

2 B Ega 2 – K

3 D To‘ldiruvchi 3 – I

4 E Bosh gap 4 – A

5 F Kirish so‘z 5 – B

6 G Ergash va bosh gap 6 – J

7 H Aniqlovchi 7 – D

8 I Hol 8 – G

9 J Bosh va ergash gap 9 – F

10 K Kesim 10 – H

7 8 9 10 11 12

1 2 3 4 5 6

Javoblar 1, 4, 7, 9, 10 2, 6, 12 3, 5, 8, 11

Rasmlar

Page 24: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

24 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Metodik tavsiya

2. Ko‘makchilarning ma’noviy turlari tasnifi ni aniqlang.

Ko‘mak-chilar

Ma’nosi Ko‘mak-chilar

Ma’nosi

1 tomon A payt 6 haqida G vosita

2 uchun B o‘rin 7 qadar H chama

3 yanglig‘ D yo‘nalish 8 buyon I o‘xshatish

4 chog‘li E to‘siqsizlik 9 old J fi kr mavzusi

5 orqali F maqsad, sabab

10 qaramay K chegara

Javob 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 D F I H G J K A B E

3. So‘zlarning grammatik ma’nosini aniqlang: sifatdosh – A; ravishdosh – B; harakat nomi – D.

Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariya va amaliyot birligi juda muhim, shu bois o‘quvchilar o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish zarur. 1 – yozuv2 – qorayguncha3 – ko‘rgach4 – ishlash5 – oqar6 – yig‘lay-yig‘lay7 – aytmoq8 – keluvchi9 – aytar10 – keluv

11 – chiqqan 12 – yig‘lagudek 13 – borayotgan14 – o‘qish15 – eshitar-eshitmas16 – aytmaguncha17 – o‘qimaslik18 – aytgali19 – o‘qiydigan20 – kechikkan

Javoblar A – 5, 8, 9, 11, 13, 15, 19, 20

B – 2, 3, 6, 12, 16, 18

D – 1, 4, 7, 10, 14, 17

Buning uchun o‘qituvchi o‘quv topshiriqlarini tuzishda ularning o‘zlashtirgan nazariy bilim, tushuncha, tamoyil, usullarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llashini nazarda tutish kerak. Bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilar o‘quv materiallarini joriy qilishi, qayta ishlashi, namoyish qilishi, amalga oshirishi, tatbiq etishi, qayta ishlashi, loyihalashi talab etiladi. O‘quvchilar olgan bilimlarini amalda qo‘llashini nazorat qilish va baholashda quyidagicha nostandart test topshiriqlaridan foydalanish mumkin:

1. Berilgan gaplar chizmalarga mos katakda joylashganmi? To‘g‘ri javoblarni yo‘naltiruvchi chiziqlar yordamida belgilang.

T/r Chizmalar Gaplar tuzish

1 Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yurishib ketadi va hamma unga ma-dadkor bo‘ladi.

2 Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o‘zini salqinga oldi, muzday-muzday suv ichdi.

3 Akang armiyadan kelsa, katta to‘y qilamiz.

4 Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz.

5 Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqa-lardan izzat topadi, el orasida yaxshi nom qozonadi, baxtli hayot kechiradi.

2. So‘zlar zanjirini hosil qiling va gapni shakllantiring.

1 saodatga 4 hayotidagi 7 o‘rni10 shu tufayli2 insonlar 5 ilm –

8 yo‘llovchi 3 mash’al6 uning9 katta11 nihoyatda

3. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing. 1. ………………… e’zozlangan mamlakatda

hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ………………… insonni yuksaklikka ko‘taradi.

2. Ilmsiz ………………… so‘ngak kabi bo‘shdir, ………………… so‘ngakka qo‘l urilmaydi.

3. ………………… ibodatdan afzal.Foydalanish uchun so‘zlar:Bilimlarni o‘zlashtirishda tahlil muhim o‘rin tutadi.

Tahlil jarayonida o‘quvchilar axborot yoki obyektni qismlarga ajratish, taqqoslash, o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish, qiyoslashlari kerak bo‘ladi. Bunda quyidagicha test topshiriqlaridan foydalanish mumkin:

1. So‘z birikmalari va iboralarga xos xususiyatlarni aniqlang.

5 1 8 3 10 6 2 4 7 11 9

javob:

ilm-u ma’rifat iliksiz ilmilm-u ma’rifat iliksiz

1 Tushuncha ifodalaydi 6 Leksik ma’no ifodalaydi2 Yaxlitlangan bo‘ladi 7 Grammatik ma’no ifoda-

laydi3 Bir so‘zga teng 8 Erkin bog‘lanadi4 So‘zlarini almashtirish

mumkin9 So‘zlarini almashtirib

bo‘lmaydi5 Obrazli tarzda ifodalay-

di10 shirin meva

Javob:

Ibora 2, 3, 5, 6, 9So‘z birikmasi 1, 4, 7, 8, 10

2. Gaplarni turlariga ko‘ra tahlil qiling va mos javob harfl arini jadvalga yozing.

A) aralash murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gapD) bog‘lovchisiz qo‘shma gap E) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapF) bog‘langan qo‘shma gap

T/r Gaplar Javob harfl ari

1 Agar siz yoqtirgan odam sizdan mehr-mu-ruvvatini ayamasa, e’tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag‘ishlaydi.

E

2 Chindan ham odam yayrab kulsa, sog‘lig‘i yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetikla-shadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi.

B

Page 25: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 25veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 25

Metodik tavsiya

3 Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hu-nari bo‘lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo‘lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziy-nati bilan bezanmog‘i lozim.

A

4 Vaqting ketdi – baxting ketdi. D

5 O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor.

F

O‘quvchilar tomonidan bob yoki mavzu mazmunidagi asosiy g‘oyani mujassamlashtirish, jarayon va obyektlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratish yoki umumlashtirish, yaxlitlash uchun elementlarni birlashtirish, ijodiy topshiriqlarni bajarish sintezlash o‘quv maqsadining asosiy mohiyati sanaladi. O‘quvchilar bilimlarining sintezlash o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilish va baholashda esa quyidagicha nostandart test topshiriqlaridan foydalanish mumkin:

1. Tez gapirmoq (I), mashina oynasi (II), gul uzmoq (III): dastlab ushbu so‘z birikmalariga, so‘ng barchasiga (IV) xos jihatlarni umumlashtiring.

Ifodalanishi Birikmalarga xos umumiy jihatlar

1) aniqlovchili birikma 2) ravish+fe’l 3) boshqaruv usuli 4) otli so‘z birikma 5) bitishuv usuli 6) to‘ldiruvchili birikma 7) ot+ot 8) qaratqich kelishigi belgi-siz ifodalangan9) moslashuv usuli 10) holli birikma 11) ot+fe’l 12) ohang va ma’no 13) fe’lli so‘z birikmasi 14) tushum kelishigi belgisiz ifodalangan

A) fi kr ifodalaydi B) teng bog‘lanishD) tobe bog‘lanishE) leksik ma’no ifodalaydi F) grammatik ma’no ifodalaydiG) tushuncha ifodalaydi H) so‘zlar qo‘shilmasi I) tobe va hokim so‘zdan tash-kil topadiJ) ikki va undan ortiq so‘zdan tashkil topadi K) faqat ikkita so‘zdan tashkil topadiL) tobe so‘z+hokim so‘zM) hokim so‘z+tobe so‘zN) so‘z birikmasi

Javob I – 2, 5, 10, 12, 13

II – 1, 4, 7, 8, 9

III – 3, 6, 11, 13, 14

IV – D, F, G, I, J, L, N

Ma’lumki, biz kitoblarni ularning turlari, maq sad-mavzulari va ahamiyatiga qarab o‘rganamiz. Badiiy, ijti-moiy-siyosiy, qadimiy va shu turdagi kitoblar orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod, qolaversa, har bir kitob xon bilim saviyasini oshiradi, tafakkurini rivojlantiradi, fi kr doira-sini kengaytiradi va ma’naviy-ruhiy ozuqa oladi. Buyuk mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiy shunday degan: “Dunyoda kitobdan yoqimliroq do‘st, undan ortiq g‘amxo‘r yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo‘q”.

Kitobga qiziqtirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv dargohimiz – G‘allaorol tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshidagi ARM mas’ul xodimlari to-monidan “Kitob dilga nur beradi”, “Badiiy adabiyotlar – milliy g‘oya jarchisi”, “Kitob yog‘dusi hamisha yo‘limizni yori tib tursin” kabi mavzularda suhbatlar, yozma ijodiy savol-javob kechalari o‘tkazib kelinayotganligi quvonarli holdir. Shonli sanalar, muhim va unutilmas kunlarga bag‘ishlab kitob yarmarkalari o‘tkazilayotganligi, o‘quv dargohi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashki-lotining kitobxonlarga ko‘rsatayotgan yordami tahsinga loyiqdir. Bunday tadbirlar ta’sirida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu yili ko‘p kitob o‘qigan Asqar Istamov, E’zoza Esonboyeva, Shahnoza Raimova kabi o‘quvchilar tuman va viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan kitob-xonlar ko‘rik-tanlovlarida faxrli o‘rinlarni egallashdi.

O‘quv dargohimiz qoshidagi ARM fondida jami 9200 ta turli adabiyot mavjud bo‘lib, shundan 1200 tasi ba-diiy adabiyot, doimiy kitobxonlar soni esa 610 nafarni tashkil qiladi. O‘quvchilar kutubxona mudirasi Nilufar

Gulnoz TUGILOVA,G‘allaorol tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim

maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

KITOB YOG‘DUSI YO‘LIMIZNI YORITIB TURSIN

Ro‘ziboyevaning vaqti-vaqti bilan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib borayotganligidan mamnun.

Bundan besh yil avval sinf kutubxonalari tashkil etish tashabbusi boshlangan bo‘lib, hozirda u yaxshi samara bermoqda. Mutaxassislarning fi kricha, bunday kutubxonalar o‘quv xonasining qaysi fanning o‘qitilishi-ga mo‘ljallanganligiga qarab tashkil etilishi maqsadga muvofi q. Sinfl arda yozgi ta’til kunlarida ham o‘quvchilar kitob mutolaasi bilan shug‘ullandilar.

Kitob targ‘iboti faqat maktabda emas, mahallalar miqyosida ham amalga oshirilmoqda. G‘allaorol tuma-ni “Sarbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Gulchehra Egamqulovani barcha faol kitobxon sifatida hurmat qiladi. Uning shaxsiy kutubxonasida 2 mingdan ziyod kitob bo‘lib, xonadoniga qo‘shnilari ham kelib, adabiyotlaridan foydalanib turishadi. Yoshi va kasbi-kori turlicha bo‘lsa-da, ularni kitobga bo‘lgan qiziqish birlashtirib turadi.

Shuningdek, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsat-gan o‘qituvchi”, “Do‘stlik” ordeni nishondori Gulnora Mansurova, pedagog Ma’mura Ummatova kabi kitob-sevarlarni ham kitobxonlar ommasi faxr bilan tilga oli-shadi. Ular vaqti-vaqti bilan yoshlar o‘rtasida badiiy ada biyot targ‘iboti bo‘yicha suhbatlar uyushtirib turadi-lar.

O‘zim ham kitob shaydosiman. Shaxsiy kutubxo-namda mingtaga yaqin badiiy kitoblar bo‘lib, undan foy-dalanuvchi kitobxonlar ham anchagina. Kitob – ulkan mo‘jiza, undan aslo uzoqlashmaylik.

Page 26: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

26 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

“Eramizdan oldingi uch mingginchi yillarning boshi-dayoq bashariyat tarixida maktab degan muhtasham muassasaning ibtidosi hisoblanmish qadimgi Shumer maktablarida ilk ta’limning ikki ustunidan biri ona tili darslari bo‘lganligi (ikkinchisi – matematika) turli man-balarda qayd etilgan. Demakki, kamida besh ming yil-lardan beri ona tili muayyan bir tizimga solingan darslar o‘laroq o‘qitib kelinadi. Aytish mumkinki, shuncha vaqt-dan beri inson aqli odam bolasiga o‘z ona tilini o‘rgatish va bu o‘rgatishning eng qulay hamda eng samarali yo‘llarini izlashdan to‘xtamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, ona tili ta’limi zamon taqozosiga muvofi q ana shunday muttasil, muntazam rivojlanib, takomillashib boradigan o‘ziga xos jarayondir”.

Ona tili fanining ayrim mavzulari o‘qituvchidan, shuningdek, o‘quvchidan ham alohida e’tibor va diqqat-ni talab etadi. Muayyan mavzu doirasida o‘rganilayot-gan muammoning eng muhim qirrasi, mazmuni o‘rni-ga uning shakliy jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi va natijada mavzu o‘quvchi tomonidan to‘laqonli o‘zlashti-rilmaydi. Xususan, ona tili darslarida “O‘timli fe’llar” mavzusini o‘rganish jarayonida aksariyat xuddi shun-day holat ko‘zga tashlanadi. Mavzuni o‘qitishda o‘qituv-chi tomonidan ko‘pincha bir tomonlama ma’lumot beri-lishi natijasida o‘quvchilar mavzuning mohiyatini anglab yetmaydilar va oqibatda ularning bilimlarida bo‘shliqlar yuzaga keladi. Masalan, o‘timli fe’llar haqida gapirilgan-da, asosan, ularning tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanib kelishi, ya’ni uning shakliy belgilari haqida gapirilib, harakatning predmetga o‘tganligi, ularga ta’sir etishi e’tibordan chetda qoldiriladi. Aslida o‘timli fe’l tushun chasining mohiyati uning tushum kelishigidagi so‘z bilan bog‘lana olishida emas, balki ish-harakat-ning bir predmetdan (subyektdan) ikkinchi predmet-ga (obyektga) o‘tishi bilan izohlanadi. O‘timli fe’llarga muqobil ravishda o‘timsiz fe’llar ham mavjud. O‘timsiz fe’llarda ish-harakat bajaruvchining o‘zida qoladi, bosh-qa bir predmetga, ya’ni obyektga o‘tmaydi. Ana shu jihatini hisobga olgan holda ayrim tilshunoslar o‘timli va o‘timsiz fe’llarni mos ravishda obyektli va obyektsiz fe’llar deb ham tasnif qiladilar.

Quyida o‘timli fe’llarning ana shu jihatini hisobga olgan holda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi bo‘shliqlar-ni bartaraf etishga doir ba’zi ish tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

“O‘timli fe’llar” mavzusi 6-sinf darsligida berilgan. N.M.Uluqov va N.R.G‘oyibnazarovalar hammuallifl igida yaratilgan “Ona tili” (6-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. Toshkent, 2005) qo‘llanmasida bu mavzu juda yaxshi yoritib berilgan. Mazkur mavzuning mohi-yati anglab yetilsa, aslida o‘zlashtirish unchalik qiyin-

Umid XO‘JAMQULOV, Toshkent Moliya instituti dotsenti, fi lologiya fanlari nomzodi;

Aziza SAYDULLAYEVA, Samarqand shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

ONA TILI DARSLARIDA “O‘TIMLI FE’LLAR” MAVZUSINI O‘RGANISH

chilik tug‘dirmaydi. Ammo ayrim o‘qituvchilarning o‘zlari o‘timli fe’llarda obyekt mavjud bo‘lishini anglamasdan, mazkur tushunchani faqat tushum kelishigidagi so‘z bi-lan bog‘lab tushunishlari mavzuning mohiyati o‘quvchi-lar tomonidan tushunilishini qiyinlashtiradi. Bu mavzuni o‘qitishda o‘qituvchidan mohiyatni anglash va peda-gogik mahorat, chiroyli nutq, ya’ni o‘quvchilar diqqatini jamlagan holda sodda til bilan tushuntirish talab etiladi.

Yuqoridagi qo‘llanmada mavzu bo‘yicha 1–2-top-shiriqlarda fe’llarni tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadigan hamda tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydigan fe’llarga ajratish va ularni o‘zi bog‘lan-gan so‘zlar bilan birga ko‘chirish topshirig‘i berilgan. Umuman, bunday topshiriqlar o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi ham mumkin. Bu topshiriqlarni bajarish-da quyidagilarni tavsiya etamiz: avvalo, topshiriq o‘quv-chilarga og‘zaki bajartirilishi, so‘ng proyektor vositasida tasvir orqali berilishi maqsadga muvofi q. Ekranga fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar musiqa vositasida navba-ti bilan chiqariladi. Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadigan fe’llarga alohida kuy, tushum kelishigida-gi so‘zlar bilan bog‘lanmaydigan fe’llarga alohida kuy tanlanadi. Bu noodatiy usul mashg‘ulot jarayoni va mavzuga o‘quvchilarning diqqatini tortishda qo‘l kela-di. So‘ng bu fe’llar o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ekranga chiqariladi va o‘timli fe’llar tushum kelishigidagi otlar bilan kelganligi, harakatning predmetga o‘tganligi, ta’sir qilishi, o‘timsiz fe’llar esa biror predmetga bevo-sita o‘tmaydigan harakatni anglatishi rasmlar asosida ko‘rsatilib, o‘quvchilarga tushuntiriladi.

Masalan, “kitobni o‘qidi” birikmasi kitobni ushlab o‘qiyotgan bola rasmi orqali, “kitobga qaradi” birikma-si esa kitobga uzoqdan qarab turgan bola rasmi orqali ko‘rsatiladi. Bunday misollardan bir nechtasi rasmlar orqali o‘quvchilarga ko‘rsatilib, o‘timli va o‘timsiz fe’llar bir-biri bilan taqqoslanadi.

Mashg‘ulotning mavzuni mustahkamlash bosqichi-ni “Topqirlar va zukkolar bahsi” o‘yini tarzida tash-kil etish mumkin. Guruh o‘quvchilari ikki kichik guruh-ga ajratiladi va topshiriqlar doskada har bir kichik gu-ruh a’zolarining navbat bilan o‘timli va o‘timsiz fe’llarni guruhlarga ajratib yozishi hamda har bir fe’lni mavzu nuqtayi nazaridan izohlab berishi shaklida bajartiriladi.

Topshiriqlarni bajarishda “Shaxmat” usulidan foy-dalanish ham juda qo‘l keladi. Bu usulda oq kataklar-ga o‘timli fe’llar, qora kataklarga o‘timsiz fe’llar yoziladi. Shuningdek, dars mashg‘ulotining qiziqarli va jonli o‘ti-shi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirish uchun ada-biyot fani bilan bog‘lagan holda “Kim zukko va kim topqir?” o‘yinini o‘tkazish ham yaxshi samara beradi. Bunda o‘quvchilarni ikki kichik guruhga bo‘lib, muayyan

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Page 27: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 27

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 27

Ilg‘or pedagogik texnologiyalarIlg‘or pedagogik texnologiyalar

vaqt ichida qaysi guruh ko‘p o‘timli fe’llar qatnashgan maqollarga misollar topishi topshiriq sifatida beriladi. Namuna sifatida quyidagi maqollarni keltirish mumkin:

1. Nima eksang, shuni o‘rasan.2. Birni kessang, o‘nni ek.3. Gapni kam so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla.4. Vatanni sevmoq iymondandir.5. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni.6. Tilni bilish dilni bilishga yo‘l ochar.Maqollarga izoh berish orqali o‘quvchilar qalbiga

tabiatni sevish, mehnatsevarlik, vatanni ardoqlash, til o‘rganish, ilm olishning ahamiyati bilan bog‘liq axloqiy sifatlar singdiriladi.

Shuningdek, o‘quvchilar mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida belgisiz tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘langan o‘timli fe’llar hamda fe’l anglatgan harakat va holat boshqa predmet (obyekt)ning bir qismiga o‘tganligini anglatuvchi, chiqish ke-lishigidagi so‘z bilan bog‘lanuvchi o‘timsiz fe’llarni misol sifatida keltirib, o‘quvchilarga uning o‘timli yoki o‘timsiz-ligini aniqlash topshirig‘ini berish mumkin. Masalan, ki-tob o‘qidi, mol boqdi, choydan ichdi, nondan yedi kabi.

O‘qituvchi “Orttirma nisbat” mavzusini o‘tishda “O‘timli fe’llar” mavzusiga yana bir bor qaytishi lozim. Chunki fe’lning bu ikki kategoriyasi bir-biri bilan bog‘liq

bo‘lib, nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’llarga aylantirishini misollar asosida doska proyektor ekranida ko‘rsatib tushuntirishi mavzu borasida o‘quv-chilarning bilimini yanada mustahkamlaydi. Bunda o‘quvchilarga “O‘timsiz fe’llarni orttirma nisbat qo‘shim-chalari orqali o‘timli fe’llarga aylantiring” topshirig‘i beri-ladi. Bu topshiriq o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, musobaqa tarzida bajartirilishi maqsadga muvofi q.

Orttirma nisbat qo‘shimchasi vositasida o‘timsiz fe’lning o‘timli fe’lga aylanishiga quyidagi kabi misollar taqdim etiladi: uxladi – uxlatdi, qaradi – qaratdi, keldi – keltirdi.

Eslatma: O‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar o‘tim-siz fe’llar hisoblanadi. Chunki ular tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi.

Umuman, ona tili fanini o‘qitishda mavzu mohiyati-ni o‘quvchilarga yetkazish juda katta ahamiyatga ega. Grammatik kategoriyalarni faqat shakliy tomonlari bilan tushunish tushunchani anglashda bir tomonlamalikni yuzaga keltiradi. Natijada muayyan grammatik kate-goriyaga doir misollardagi shakliy o‘zgarishlar mavzuni bir tomonlama o‘zlashtirgan o‘quvchilarni chalg‘itishi yoki ulardagi tushunchalarning mohiyatdan uzoqla-shishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, buyuk allomalar ha-yotida kitobning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular hali bolalik chog‘laridayoq kitob bilan o‘rtoq tutin-ganlar. Buyuk alloma va mutafakkir Abdurahmon Jomiy hazratlari “Jahonda kitobdan yaxshi yor bo‘lmas”, – de-ganlarida ming bor haqli edilar. Sir emaski, bobomiz Mir Alisher Navoiy 3-4 yoshlarida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush tili”) kitobini yodlab olgan. Shu tariqa kitob uning ulug‘ inson bo‘lishida eng yaqin do‘st, maslahatchi vazifasini o‘tagan.

Abu Bakr al-Xorazmiy o‘lim to‘shagida yotganida undan: “Ko‘nglingiz nimani tusamoqda?” – deb so‘ra-ganlarida, u “Kitob yuziga bir qarasam”, – degan ekan. Xuddi shunga o‘xshash voqea buyuk rus yozuvchisi Aleksandr Pushkin hayotida ham ro‘y bergan. Shoir du-elda yaralanib, vafot etar chog‘ida, unga: “Do‘stlaringiz bilan vidolashing”, – deyishadi. Pushkin xonaning bur-chagidagi kitob javoniga termulib: “Xayr, mening do‘st-larim!” – deya joni uzilgan.

Abu Ali ibn Sino og‘ir xastalikka chalingan Bu xoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltin-u kumushlar to‘la sandiqni emas, balki saroy ku-tubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishni afzal ko‘rgan ekan.

Obidjon XUDOYQULOV,Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 19-umumiy o‘rta

ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifi y ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Xalq ta’limi a’lochisi

BUYUKLAR HAYOTIDA KITOBNING O‘RNI

Xitoy faylasufi , konfutsiyilik asoschisi va siyosiy ar-bob Konfutsiy: “Rabbim, menga kitob to‘la bir uy ber-gin!”, – deb iltijo qilar ekan.

Fransuz adibi Viktor Gyugo quyidagicha vasiyat qoldirganligi ma’lum: “Tobutim oldida bir xil kiyingan 56 bola ketsin. Ular mag‘rur borsinlar, also yig‘lamasin-lar” deb istagini bildirgan. Bu vasiyat bilan u kitoblarini nazarda tutgan ekan.

Rus olimi M.V.Lomonosov qishloqdagi qo‘shnisi Dudinlar uyidan uch dona: matematika, grammatika va she’riyatga doir kitoblarni topib oladi. Ularni doimo o‘zi bilan olib yuradi. Hayotidagi katta o‘zgarishlarning sababini ana shu kitoblardan ko‘radi. Keyinchalik Mosk-vaga borib, olim bo‘lib yetishganida o‘sha uch kitobni “Olimlik darvozalari” deb ataydi.

Kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘q. Gruzin millatining an’anasiga ko‘ra, bo‘lajak kelinning xonadoniga yuboriladigan sep va sovg‘alarning ichida Shota Rustavelining kitobi bo‘lishi shart. Biz o‘zbeklar ham dur-u gavharlardan a’lo bo‘lgan ota-bobolari-mizning nodir asarlarini kelinlar sepiga qo‘shib bersak, kelgusidagi xayrli ishlarning sababchisiga aylanardik.

Page 28: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

28 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Pedagogik faoliyat, hayotda yuzaga keladigan har qanday vaziyatda kasbiy-shaxsiy o‘sishga olib keladi-gan holatni yaratish, o‘qituvchiga xos kreativlik, ijodkor-lik, kashfi yotchilik xususiyatlarini saqlashga intilish ham zamon bilan hamnafaslikni anglatadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga xos bo‘lgan xususiyatlarni inobatga olish esa kutilgan natijani beradi.

7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ona tili dars-ligida “Ismlar” atamasining kelib chiqish tarixi bo‘yicha berilgan ma’lumotlar mazmunini o‘quvchilarga ang-latishda vizual ko‘rgazmalar yaxshi samara beradi. Morfologiya bo‘limi so‘ngida berilgan ushbu mavzu o‘quvchilarning so‘z turkumlari mazmun-maqsadini chuqurroq tushunish, tarixini bilish, ularda til ta’limiga oid ilmiy axborotlarga qiziqish uyg‘onishi ta’lim sama-radorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

“Ismlar tarixi” matnini tushuntirish uchun taqdimotlar

Anvar XO‘JAMQULOV,SamDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini

qayta tayyorlash va malakasini oshirishhududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi

kafedrasi o‘qituvchisi

“ISMLAR” MAVZUSI UCHUN DIDAKTIK-TA’LIMIY MATERIALLAR

Shundan so‘ng ismlarga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda ismlar ishtirokida gaplar tuzish, badiiy matnl ar asosida qo‘llangan gaplar tahliliga e’tibor qara-tiladi:

Topshiriq. Berilgan matndan ismlarni ajratib, jad-valga joylashtiring.

Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi. Rangi biroz oqarin-qiragani uchun qoshlari yana ham qora, quyuq ko‘ri-nar. Peshonasiga tushib turgan qo‘ng‘ir sochlarining jingalagi ham biroz ko‘kargan, lekin g‘unchadek lablari o‘ziga yarashgan, bejirim edi. Bemor ayollar bilan mulo-yim gaplashadi-yu, lekin ko‘ngli, turmushi haqida ochiq gapirmaydi. Eri poyezdda ishlar ekan, shuning uchun haftada bir keladi. O‘g‘ilchasini yetaklab, olma, apelsin to‘ldirilgan sumkani ko‘targanicha javdirab kirib kela-di-da, xotinining oyoq tomonida o‘tirib, unga termuladi.

Narsaning nomi

Belgining nomi Miqdorning nomi

Nomlar o‘rnida alma-shinib keluvchi so‘zlar

xona karavot yoshlar ayol rangi qoshlari peshonasisochlarijingalagilablariko‘ngliturmushi

yorug‘ keng oqarinqiragan qora quyuq qo‘ng‘ir ko‘kargan g‘unchadek bejirim muloyim

biri qirq o‘zigaunga

Topshiriq. Aloqa-munosabat shakllarining o‘xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasidan foydalanib, qiyosiy tahlil qiling. (Bu kategoriyalar-ning grammatik shakllari o‘xshash bo‘lganligi sabab o‘quvchilarda tahlil jarayonida chalkashish holatlari

kuzatiladi. Shuning uchun ushbu qiyoslashga asoslan-gan topshiriqlarni berish o‘rinli).

Egalik shakllari

ismlarning uch shaxsdan biri -

ga tegishliligini bildiradi: -m, -ing, -imiz,

-ingiz...

Shaxs-son shakl lari

fe’ldan angla-shilgan harakat-

holatning 3 shaxsdan biriga tegishli-ligini bildiradi:-m,

ing, -k, -ingiz...

Bir xil gramma-tik shakllarga

ega

Page 29: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 29veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 29

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Topshiriq. Ismlarga lug‘aviy va munosabat shaklla-rini qo‘shing hamda ular ishtirokida gaplar tuzing.

Topshiriq. Berilgan gaplardagi aloqa-munosabat shakllarini ajrating, vazifasi va ma’nosini aniqlang.

1. Vatanim, istiqboling porloqdir sening.2. Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi.3. Otning o‘limi – itning bayrami.4. Navro‘z milliy, qadimiy umumxalq bayram hi-

soblanadi.5. Bo‘zchi bilganin to‘qir, baxshi bilganin o‘qir.6. O‘qishlaringiz yaxshimi?Topshiriq. Aloqa-munosabat shakllari qanday so‘zlarga birikishi (birikmasligi)ni tahlil qiling,

tasnifl ang: ravishdosh, sifatdosh, sof fe’l, son, si-fat, olmosh, ot, harakat nomi, taqlid so‘zlar, modal

so‘zlar, undov so‘zlar.Kutiladigan natija:

kitobimnio‘qishimkattasio‘qigandanto‘rttasiqiy-chuvidankimingizni

1. Ot2. Harakat nomi3. Sifat4. Sifatdosh5. Son6. Taqlid so‘zlar kimingizni?7. Olmosh

Test topshirig‘i1. Qaysi qatordagi ta’rif noto‘g‘ri?A) ismlarga qo‘shilib, asos qismida ifodalangan nar-

sa, belgi-xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan

biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari deyiladi.

B) ismlarga qo‘shilib, asos qismida ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatning uch shaxs-dan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari hisoblanadi.

D) ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kelishik shakllari sanaladi.

E) Ismlarning ko‘plik, qiyoslash ma’nolarini bildiruv-chi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy shakl sanaladi.2. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda asos qismida o‘zgarish yuz bermaydigan so‘zlar qatorini toping.

A) terak, qishloq, bolalik B) idrok, ishtirok, bilak C) idrok, ishtirok, chok D) ko‘zoynak, ko‘prik, ittifoq

3. Kesim bosh kelishikdagi so‘z bilan ifodalangan qatorni aniqlang.

A) Karim bir to‘p lolalar qarshisida turib qoldi. B) Bu gul sizga. C) Toshkent, munchalar go‘zalsan! D) O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent.

4. Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuv-chi so‘z qaysi kelishik shaklida bo‘ladi?

A) tushum kelishigi B) jo‘nalish kelishigi C) qaratqich kelishigi D) bosh kelishikXullas, ismlarning aloqa-munosabat shakllari

qo‘shimchalari bilan birikish xususiyatlariga ko‘ra tas-nifi , ularning vazifasi, unli va undosh bilan tugagan ismlarni turlash hamda imlosi va ma’nosini bilish o‘quv-chilarning mustaqil fi krlash, ijodiy fi kr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalari, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi, nutqiy va lingvistik kom-petensiyalarini o‘stiradi. Kutilgan natijaga erishishda o‘qituvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va unumli foydalanishi dars samaradorligini yanada oshi-radi.

Lug‘aviy shakli

Son shakli Qiyoslash

Qarashlik Chegara (So‘z lug‘aviy ma’nosiga

qisman ta’sir ko‘rsatadi)

Munosabat shakli

egalik, kelishik, bog‘lamalar,

bo‘lmoq, sanalmoq,

hisoblanmoq (Gapda so‘zlarni

bog‘lash uchun xizmat qiladi)

Ism asoslari-ga qo‘shiladigan shakl yasovchi qo‘shimchalar

Aloqa – munosabat shakllari qo‘shimchalari bilan birikish(– maslik)

xususiyatlariga ko‘ra so‘zlar

Sof fe’l

Yordamchi so‘zlarIsmlar

Page 30: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

30 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Nowadays the distance education is playing an im-portant role in students’ life because of the advanced technology of teaching and learning. In the past, stu-dents had to spend a certain amount of time and mon-ey on their way to college and universities. Since the Internet was developed, distance learning has made the communication much easier between students and professors (teachers) than ever before. Attending a distance course, learners can study at their own place, time, according to individual choices and fl exible sched-ules, and combine different activities simultaneously.

There are two main categories of distance learning: synchronous and asynchronous. Synchronous type is accomplished in real time as in traditional education. Asynchronous type of study is when the learner and teacher are not physically in the same room like typi-cal classes, but there is a far distance between them. On the other hand, asynchronous type is much more fl exible, as the student is responsible to fi nd, learn and digest the information related to the studied topic he is learning. It can be done with the help of portable de-vices, for example: CDs and DVDs. This way helps to improve self-study skills where students are indepen-dent and decision-makers.

Distance education requires changing the structure and methods of the training process through the tran-sition:

1. from traditional education buildings to cyber

D.N. ABDUVAHABOVA,A senior teacher of Tashkent University

of Information Technologies,Foreign Languages Department

ADVANTAGES OF DISTANCE EDUCATION

space;2. from teacher’s control to self-control;3. from classical libraries to general or shared e-li-

braries;4. from ordinary laboratories to virtual research

groups;5. from ordinary meetings to video and teleconfer-

ences.There many advantages of distance education be-

cause:1. It saves time and money by not traveling to and

from physical classrooms (no relocation is required). You and your university can be half a world apart and still be able to connect with each other for the pur-pose of instruction. You may not ever see your teacher or classmates, but you can still interact with them at scheduled intervals.

2. There is no fear of asking questions. Many stu-dents are timid when it comes to classroom partic-ipation for fear of seeming slow or asking obvious questions. When you communicate with a professor individually, you can explain your query more fully, un-hampered by self-consciousness.

In general, effectiveness of the distance education system is estimated through unity of three parameters: quality-expense-coverage. From this viewpoint, dis-tance education is considered the most suitable edu-cation form in the developed countries.

O‘zbek tilida buyruq-istak mayli shakllarining ham buyruq, ham istak ma’nolari mavjud bo‘lib, I-shaxs shaklida istak, II-shaxs shaklida buyruq, III-shaxs shaklida esa ham istak, ham buyruq ma’nolariga ega. Misol uchun, I-shaxs: Arz etay; II-shaxs: Keling, chaqchaqlashaylik; III-shaxs: Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.

Ma’lumki, mayl ish-harakatning voqelikka

Farangiz ABDUQODIROVA, O‘zDJTU talabasi

YAPON TILIDAGI MAYL TEGORIYASINING O‘ZIGA XOSLIKLARI

munosabatini ifodalab, fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya’ni real voqelikka, sharoitga bog‘langanligini bildiradi. O‘zbek tilida buyruq-istak mayli maslahat, iltimos, istak, tashviq qilish ma’nolarini ifodalaydi. Masalan:

Maslahat: Ortiqcha gapirma. Bilim cho‘qqilarini egallash kerak. Ibrat olgil yon qo‘shnimiz Sharif boydan. (G‘afur G‘ulom)

Tahlil

Page 31: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 31

Tahlil

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 31

TahlilTahlil

Iltimos: Alisher, eski ginalarni unuting, yana o‘z joyingizni egallang. (Uyg‘un)

Tashviq: Bolangni o‘ldirgan, xotiningni xazon qilgan boyning, butun boylarning jazosini ber. (Hamza Hakimzoda)

O‘zbek tilidagi kabi yapon tilida ham mayllar kategoriyasi mavjud bo‘lib, aniqlik mayli eng keng qo‘llanadigan mayl shakli sanaladi. U harakatning har uch zamonda bajarilganini bildiradi. Harakat bajaruvchisining buyrug‘i, xohish-istagi, maslahat-iltimosi kabi ma’nolar buyruq-istak mayli orqali ifodalanadi.

Yapon tilida buyruq, istak, maslahat kabi ma’nolar nutq uslubiga muvofi q turli variantlarda berilishi mumkin. Buyruq maylidagi shakllarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

…て下さい お…なさい о-…-nasay, てくれ –te kure, てくれませ

んか -te kuremasan ka Buyruq maylining oddiy so‘zlashuv uslubidagi

shakllari:Yuqorida sanab o‘tilgan shakllardan tashqari yapon

tilida boshqa mayllar ham mavjud: 1. Gumon (taxmin) mayli ish-harakatning gumon

qilinishini anglatadi. Masalan: …たい、…たがる suffi kslari

2. Istak mayli ish-harakat bajaruvchisining istagini ifodalaydi. Masalan:

…が欲しい、…て欲しい …ga xosiy, – te xosiy3. Taqiq mayli so‘zlovchining muayyan ish-harakatni

bajarmaslik haqidagi iltimosini bildiradi.4. Ruxsat mayli ish-harakatning bajarilishi

mumkinligini ifodalaydi.5. Zarurat mayli ish-harakatning bajarilishi zarurligini,

shartliligini ifodalaydi. Yapon tilida ushbu maylning bir necha ko‘rinishi mavjud:

…なければならない、…なければいけない va boshqalar.

…べき suffi kslar …わけにはいかないYapon tilida maslahat ma’nosi bir necha usulda

ifodalanadi: …. ほうがいい …たら/ …ば/ …と いい(よい) …ことだ  ことだ-maslahat uchun ishlatilib, so‘zlovchining

fi kriga ko‘ra biror maqsadga erishish uchun qilish kerak yoki kerak bo‘lmagan harakatga nisbatan qo‘llaniladi.

V じしょ ことだV ない薬を飲んで、ゆっくり休むことだ。Dori ichib, dam oling.無理をしないことだ。Ortiqcha harakat qilmang.

Ushbu grammatik shakl asosan, fe’l bilan ishlatilsa-da, ba’zida sifatlar bilan birga kelib, so‘zlovchining his-tuyg‘ularini ifoda etish uchun qo‘llaniladi.

いsifatな sifat ことだ弟が大学に合格できた。本当にうれしいことだ。Ukam institutga kirdi. Juda ham xursandmiz. ということだということだ konstruksiyasi oldindan ma’lum

bo‘lgan (o‘qilgan, eshitilgan) ma’lumotni yetkazishda ishlatiladi. Odatga ko‘ra, yetkazilish manbasi gapda keltirib o‘tiladi.

Qo‘llanish usuli:VN/N +だ      ということだいsifatな sifat+だ田中さんから電話があって、少し遅れるというこ

とだ。Janob Tanaka qo‘ng‘iroq qildi. Ozgina kech qolar

ekan.Hodisa haqida gapirayotganda yanada aniqlashtirish

maqsadidaつまり bog‘lamasini ishlatish mumkin. Uni o‘zbek tiliga, ya’ni, qisqa qilib aytganda, bir gap bilan tarjima qilish mumkin.

試験の結果は80%、つまりごうかくということだ。

Imtihon natijasi 80%, ya’ni imtihondan o‘tdim.山田さんはまだ来ていませんか。つまり、遅刻と

いうことですね。Janob Yamada hali kelmadimi? Demak, yana kech

qolar ekan-da.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yapon tilini

o‘qitishda fe’l mayllarining o‘ziga xos xususiyatlarini, ya’ni turli ma’nolarni ifodalovchi shakllarini o‘rgatish o‘sha xalq madaniyati va tili haqida keraklicha bilim olish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:1. N.Mahmudov, A.Nurmonov. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T.: O‘qituvchi, 1995. 31-b.2. О.Фролова. Японский речевой этикет.3. X.Muhitdinova, Z.Salisheva, X.Po‘latova. O‘zbek tili. T.: 2011.

Page 32: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

32 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Tahlil

Lirika bevosita insonning tuyg‘ulariga, uning ma’naviy olamiga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy-estetik tafak-kur lirik turda yanada jozibador, maftunkor va ta’sirchan mohiyat kasb etadiki, o‘quv tahlilida mazkur masalalar-ni keng ko‘lamda yoritishga eri shish lozim. Bunda ni-malarga e’tibor qaratish muhim? Mulohazalarimizni Abdulla Oripovning “Qo‘riqxona” she’ri misolida bayon qilamiz.

Yangi mazmunda 10-sinfl ar uchun tuzilgan “Adabiyot” dasturi hamda darsligida Abdulla Oripovning bir qator she’rlarini o‘qib-o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Ulardan biri “Qo‘riqxona” she’ridir. Shu o‘rinda ta’kid-lash joizki, akademik litsey bosqichi uchun B.To‘xliyev hamda B.Sarimsoqov tomonidan 2000-yilda tuzilgan “Adabiyot” dasturida mazkur she’rni o‘rganish belgi-lab berilgan bo‘lsa-da, ammo dastur asosida tuzilgan majmuada shoirning ayni shu she’ri kiritilmay qolgan. Kuzatishlardan akademik litseyni bitirib ketayotgan aksariyat o‘quvchilar mazkur she’r tahlili u yoqda tur-sin, hatto uning poetik matni, yaxlit mazmuni borasida ham muayyan tasavvur va tushunchaga ega emasligi-ga guvoh bo‘lmoqdamiz. Vaholanki, “Qo‘riqxona” she’ri A.Oripov ijodida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan ijti-moiy lirikaning nodir namunasidir.

She’r tahlilida o‘qituvchi o‘quvchilarning maktab ta’limida ijtimoiy lirika haqida o‘zlashtirgan bilimlarini yodga solish maqsadida: “Ijtimoiy lirika nima?” Unga qan day misollar keltira olasiz? A.Oripovning shu yo‘na-lishda yozilgan she’rlaridan namunalar ayting singari savollarni o‘rtaga tashlashi mumkin. Shunda o‘quvchi-lar she’rning mavzu yo‘nalishini tezda ilg‘ab oladilar. She’r sarlavhasi va uning matni o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlik ustida ham alohida to‘xtalib o‘tish o‘quvchi-lar diqqatini asosiy mohiyatga yo‘naltiradi.

She’rning nomlanishidayoq uning nima haqida ekan-ligi ochiq-oydin aks etib turibdi: “Qo‘riqxona”! Demak, gap tabiatning yo‘qolib borayotgan jonivorlari davlat tomonidan maxsus qo‘riqlanadigan hudud to‘g‘risida. Ammo she’rning birinchi bandlari ifodasiga diqqat qil-sangiz, aynan shu masala haqida gap borayotganiga shubha tug‘iladi:

Asraymiz o‘simlik xillarin tayin,Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.Hatto atrofl arin o‘rab atayinQo‘riqxona deymiz so‘ngra otini.

She’rning dastlabki misralari o‘qilishi bilanoq uning ifoda maqsadi boshqa yo‘nalishda ekanligi anglana-di. Lirik qahramonni iztirobga solayotgan muammolar aslida shaxs va jamiyat ma’naviyatiga daxldor ekanligi

Feruza AZIMOVA, Toshkent davlat pedagogika

universiteti o‘qituvchisi

ABDULLA ORIPOVNING “QO‘RIQXONA” SHE’RIDA MA’NAVIY TUSHUNCHALAR

to‘g‘risidagi fi krlar o‘quvchi shuurida uyg‘ona boshlaydi.“Asraymiz” so‘zining har ikkala misra boshida tak-

rorlanishi iqror, iftixor, ta’kid va ishonch tuyg‘ularini ta-shishga yo‘naltirilganday tuyuladi aslida. Ammo misralar mazmuniga yanada chuqurroq kirilsa, ularning zamirida qandaydir ta’na yashirinday, nimagadir sha’ma borday taassurot uyg‘otadi. Birinchi misra oxirida qo‘llangan “tayin” so‘zining o‘ziyoq bu ma’noni oydinlashtira-di: o‘simlik xillarini ham, hayvonlarning kamyob zotini ham asrashimiz aniq va tayin, demak, nimani yoki ni-malarnidir, balki kimlarnidir asramayapmiz?! Shoirning ta’nasi ana shunda. Insoniyat o‘ziga, o‘zining yo‘qolib borayotgan insoniyligiga befarqligidan shoir iztirobda. Shu bois kamyob hayvonlar-u o‘simliklarning atrofi ni o‘rab olib, atayin “Qo‘riqxona” deb atalishi shoir uchun u qadar muhim emas, bu odatiy hol, ijtimoiy burch va vazifa. Ana shu erish kayfi yatni u “hatto”, “tayin” so‘zla-riga yuklagan: biz avaylab-asrayogan kamyob o‘sim-lig-u hayvonlarni qirilib ketmasin deb hatto ular yasha-yotgan atrofni o‘rab-chegaralab maxsus qo‘riqlaymiz. Biroq inson shaxsi va o‘zligi, jamiyat uchun bundan-da muhim bo‘lgan qaysidir tushunchalar qadrlanishga eh-tiyojmandligidan bexabar-u befarqmiz. Keyingi bandlar silsilasida ana shu mavhum tushunchalar oydinlashib boradi.

She’rning navbatdagi bandida lirik qahramon “ti-rik dunyoni” qirib yo‘qotmasin deb “sayyoq ovchilar” ham qo‘riqxonaga yo‘latilmasligini, yaqinlashganda esa jarimaga solinishi, hattoki qamalishini ham alohida ta’kidlaydi:

Sayyoq ovchilarga u yon yo‘l bo‘lsin,Jarima solamiz, qamaymiz hatto.To u jonzodlarni tinchiga qo‘ysin,Qirilib bitmasin tirik dunyo to.

Birinchi qatorda “u yon yo‘l bo‘lsin” kinoyali ibora-sining ishlatilishida ham “qo‘riqxona”ga yashirin urg‘u berilib, “u yon”ning anchayin e’tiborli, anchayin viqorli salobatga ega ekanligi tagma’no qilingan. Shoir she’r-ning birinchi bandida boshlang‘ich ikki misrada “asray-miz”, ikkinchi bandida “jarima solamiz”, “qamaymiz” deya fi krini I shaxs ko‘plik shaklida ifodalab mazmunga qo‘shimcha (istehzo, mavjud vaziyatdan qoniqmaslik) ma’nolar yuklagan, “hatto” so‘zidagi ta’naviy ta’kidni kuchaytirgan. Ushbu so‘zlar zamirida ham o‘sha “asral-mayotgan nimalargadir” ishora borday taassurot tug‘ila-di beixtiyor: Biz tabiatning noyob turlarini asrash, ular-ga rahna solayotganlarga jarima solish, qamash bilan mashg‘ulmiz-u, ammo o‘zimiz, shaxsiyatimiz, o‘zligimiz uchun muhim bo‘lgan qandaydir holatlarga befarqmiz?!

Page 33: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 33veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 33

Tahlil

Keyingi bandda esa ushbu bandlardagi dastlabki ma’no asoslanadi, “asraymiz”, “atrofi ni o‘rab olamiz”, “jarima solamiz”, “qamaymiz” kabi tushunchalar sababi izohlanadi, “oqlanadi”:

Munis mavjudotga mehr-u shafqat bu, Bu inson qalbidan balqqan hamiyat.To yashar qaydadir bu yanglig‘ tuyg‘u,Har nechuk qirilib ketmas tabiat.

Kamyob jonzotlarni asrash insoniyatning tabiat ne’matlariga bo‘lgan muhabbati, “qalbdagi hamiyati” mevasi. Bu tuyg‘ular yashasa, tabiat qirilib ketishidan xavotir olmasak ham bo‘ladi. Lekin shoir nima uchundir insoniyatning bu fazilatidan qoniqmayapti. Oxirgi mis-rada “har nechuk” (harqalay yomonmas degan ma’no tashuvchi) juftligini qo‘llab, ushbu kayfi yatni oshkor qil-gan. Bandning dastlabki uch misrasida “bu – mehr-u shafqat”, “bu – hamiyat”, “bu – tuyg‘u ” deya alohida ta’kidlangan iftixor va shiddatkor ruhdagi ifoda oxirgi misraga kelib ancha so‘nib qoladi. “Har nechuk (hech bo‘lmaganda) tabiat qirilib ketmaydi”, demak, yana o‘sha “nimalardir” qirilib ketishi, yo‘qolib bitishidan shoir iztirobda. Keyingi bandlarda mazkur muammo o‘z ye-chimini topib boradi, “yo‘qolib borayotgan nimalar” oy-dinlashadi, shoirning diqqatini tortgan “ma’naviy muam-molar” asta-sekin asosiy o‘ringa ko‘tariladi.

Shoir gapni qo‘riqxonadan, inson va tabiat o‘rtasi-dagi munosabatdan boshlamasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri asosiy muammoga e’tibor qaratsa ham bo‘lardi. Ammo aynan “qo‘riqxona” va u bilan bog‘liq jihatlarga ramziy ma’no yuklab, she’rning originalligini, badiiy-este-tik barkamolligini ta’minlashga, liro-falsafi y mohiyatni kuchaytirishga muyassar bo‘lgan:

Olamda ko‘p narsa kamyob bir qadar,Ne-ne tuyg‘ular ham kamyobdir, alhol.Men derdim sof qalbni uchratgan safar,Darhol o‘rab oling atrofi n, darhol.

Olamda nafaqat hayvonot yoki o‘simliklarning kamyob turlari bor, balki ba’zi insoniy sifatlar, tuyg‘ular ham kamchil bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, “sof qalb” egalarini topish ham nihoyatda mushkullashgan. Shu bois shoir pokiza qalb sohiblari uchrab qolganda, qo‘riq-xona kabi uning “atrofi ni darhol o‘rab olish”ni buyuradi. Oxirgi misra boshi va oxirida “darhol” so‘zining takror kelishi ham “sof qalb”ning anchayin taqchil ekaniga ishora. Demak, shoir ruh pokligi, qalb musaffoligi taraf-dori. Satrlar shiddatida shoirning ezgu istaklari o‘quvchi qalbiga kirib boradi, uning e’tiqodiga yana bir mohiyat qo‘shiladi.

Insof yo‘qolmasin, o‘rang mustahkam,To uni yuzsizlik etmasin xarob.Ezgulikni asrang, olamda u hamTojdor turna kabi bo‘lmasin kamyob.

Shoir insofning ham yo‘qolib borayotganidan af-susda. Yuzsizlarda insof bo‘lmasligi bois, yuzsizlik insofni yakson qilishini shoir kuchli ta’kid bilan ifoda-lagan. Yana shu o‘rinda shoir “ezgulik”ni eng kamyob mavjudot sanalmish “tojdor turna”ga qiyoslab, ushbu so‘zning nihoyatda noyob oliy tushunchani anglatishi, nihoyatda go‘zal ma’no tashishini ifodalagan.

Shoir ma’naviy tushunchalarning salmog‘iga mos o‘xshatish va qiyoslashlar asosida o‘z falsafi y fi krlari-

ning badiiy-estetik jozibasini ta’minlaganki, bu she’rning har bir bandida go‘zal va betakror jilvalarda namoyon bo‘ladi.

Oqibatni asrang, oqibat go‘yoAyiqday qaydadir topmasin zavol.Hayoni asrangiz, kuymasin hayoOtashga duch kelgan polapon misol.

Ushbu bandda shoir “oqibat”ning zalvorini, sal-mog‘ini “ayiqqa” qiyoslamoqda. Har ikkala so‘zning tovushlar va ohangdagi o‘zaro yaqinligi (“q”, “i”, “a” to-vushlari ikki so‘zda ham takrorlanadi) ularning ma’no salmog‘ida ham o‘xshashlik borday taassurot qoldira-di. “Oqibat” – avvalo, “mehr-shafqat”, “himmat”, “saxo-vat” kabilarga yaqin tushuncha, insoniy munosabatlar-ning o‘zak nuqtasi. Shimoliy muz okeanining noyob oq ayiqlariga o‘xshab oqibatdek qudratli kuch zavol topib ketmasin. Shuningdek, “hayo”ga ham shoir mu-nosib “juftlik” topa olgan. Bu – “otashga duch kelgan polapon”. “Oqibat”ning talaffuzida “ayiq”ning zalvorini ko‘rgan shoir “hayo”ning nozik ifodasida jajji, beg‘ubor “polapon”ni ko‘radi. Yangi tuxumdan chiqqan polapon qanchalik ma’sum, qanchalik beg‘ubor bo‘lsa, hayo ham shu qadar bokira fazilat. Polapon otashga duch kelganda qanday holatga tushishini bir tasavvur qilib ko‘ring-a? U tinimsiz tipirchilab, chirqillab o‘zini har yoqqa uradi. Hayo ham “nomussizlik” va “xiyonat” ol-dida shu qadar ojiz va chorasiz qoladi, kuyib kul bo‘la-di. Hayo – insonga ko‘rk, libos. Shu boisdan “hayoni kuyishdan asrang”, “libossiz qolmang”, demoqchi shoir. “Hayo” so‘zining bir misrada ikki marta takrorlanishi ham poetik mazmunni bo‘rttirishga, shoir ta’kidini kuchli va ta’sirchan ifodalashga yo‘naltirilgan.

She’rning navbatdagi bandida insonning e’tiqodini yuzaga chiqaruvchi imon tushunchasining o‘ziga xos badiiy talqini gavdalantirilgan:

Imonni asrangiz, u doim tanho,Undadir mujassam inson matlabi. Avlodlar axtarib yurmasinlar to,Uni allaqanday Qor odam kabi.

Shoir imonning inson hayotidagi o‘rnini belgilash-da va to‘rtinchi misradagi “kabi” so‘zi bilan qofi yadosh-likni yuzaga keltirishda mumtoz adabiyotda keng qo‘llanilgan “matlab” so‘ziga murojaat qiladi. “Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at”da bu so‘zga shunday ta’rif beriladi: “matlab, ko‘pligi matolib – talab, xohish; talab qilingan narsa”. Demak, “inson matlabi” – inson xohish-istagi, talabi. Ana shu talab va istak esa imon-da mujassam. Imonning “Qor odam”ga o‘xshatilishida ham botiniy ma’no bor. Chunki “Qor odam” imon kabi ko‘rinmas, imon kabi kamyob va o‘z nomi bilan qor-dan yasalgan, ya’ni oppoq! Avlodlar imonni ham Qor odam izlaganday izlab yurishmasin, uning abadiyligini saqlang, deya uqtirmoqda shoir.

Vijdonni asrangiz har nedin ortiq, Yagona zaminni asragansimon,Bobolardan qolgan noyob bu tortiqToki avlodlarga yetolsin omon.

Navbatdagi bandda shoir e’tiborini “vijdon”ga qarat-moqda. Uni zaminga qiyoslashda ham ma’no injalikla-ridan foydalanilgan. Demak, “vijdon” – “yagona zamin” kabi mustahkam va mukammal tushuncha. Tabiat, bu-

Page 34: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

34 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Tahlil

tun mavjudot ana shu zamin bag‘ridagina unib-o‘sadi, yashaydi. Inson vujudida ham vijdon degan oliy qad-riyat sobit tursa, uning qonida pokiza vijdon mavjlari jo‘sh ursagina u ko‘zlagan manzillariga og‘ishmay yetib bora oladi, saodatga yuz tutadi. Shoir vijdonning “bobo-lardan qolgan noyob tortiq” ekanligiga ishora qilib, o‘tmishda yashab o‘tgan milliy ma’naviyatimizning za-bardast allomalari, buyuk siymolariga ehtirom ko‘rsat-moqda. Ushbu baytda mazmunni shu qadar salmoqdor yuzaga chiqargan bir shakliy unsur ustida ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofi q. Bu “o” tovushi bilan bog‘liq assonans hodisasidir. “Vijdon” so‘zida urg‘u “o” to-vushiga tushishini e’tiborga olgan muallif ifodaviylikni kuchaytirish, ohangdoshlikni, uyg‘unlikni keng ta’min-lash niyatida “o” tovushi qo‘llangan so‘zlardan (ortiq, yagona, asragansimon, bobolardan, qolgan, noyob, tortiq, toki, avlodlarga, yetolsin, omon) ustalik bilan foy-dalanib, jarangdor, shiddatkor ruhdagi da’vatkor ifodani shakllantirgan. Bu shakliy vosita, fonetik hodisa maz-munning ma’no qirralarini kengaytirishga xizmat qilgan.

She’rning keyingi bayti ham shakl va mazmun jihat-dan o‘ziga xos barkamollik kasb etadi:

Ezgu, latif hislar bo‘lmasin tahqir,Bulbulni boyqushga topshirmang zinhor.Xudbin va dilozor kimsaning, axir,Og‘zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?!

“His” inson qalbining sirli va nozik torlari. Unda ikki xil: salbiy va ijobiy tabiat mavjud. His nafsoniylikka moyil bo‘lganda “hirs”ga aylanadi va u insonni gunoh botqog‘iga itqitadi. Shoir “ezgu va latif hislar”ni tahqirla-nishdan, xorlanishdan asrab qolishga undovchi xitobi-ni “bulbulni boyqushga topshirilishi”dek fojiali yakunga qiyoslash orqali uqtiradi. Bilamizki, “bulbul” tabiatning dilbar jonzoti, she’riyatda esa qalbi latif oshiq timsoli. Boyqush esa bir qadar vahshiy mavjudot, u – yirtqich qush. Tabiat uchun o‘ziga xos bu qush adabiyotda o‘z nomi bilan “vahshiylik”, “yirtqchilik”, “ochko‘zlik” timsoli sifatida bo‘y ko‘rsatadi. She’r davomida shoir vahshiy hayvonlarga nisbatan ifodalanadigan “og‘zi qon” tas-viriy ifodasini nafsoniy hislarga bo‘ysungan kimsala-rga nisbatan qo‘llagan. Agar qalbi ezgu hislarga, latif tuyg‘ularga to‘la insonni xudbin, bag‘ritosh, dilozor kim-saning qo‘liga “topshirsangiz”, undagi ana shu noyob hislar, albatta, “tahqirlanadi”, achchiq bo‘lsa ham bu – haqiqat. Zotan, “his” insoniy munosabatlarning oliy ifo-dasi bo‘lgan “muhabbat” bilan bog‘liq tushuncha, ana shu ilohiy rishtani shakllantiruvchi nozik tuyg‘u. Shoir “ezgu latif hislar” deganda ko‘proq ana shu mohiyatga e’tibor qaratgan. Birovning dard-u quvonchini “his qilish” (tuyish)dagi “his” bilan bu misralardagi “his” o‘zaro farq-li hodisa. Tahlil jarayonida ana shu tafovut ustida ham to‘xtalib, fi krlarni aniqlashtirib olish shoirning ifoda maq-sadini to‘g‘ri anglashga imkon beradi. “Ezgu” so‘zidagi “u”, “latif” so‘zidagi “i” unli tovushlarining urg‘u vosita-sidagi bir qadar cho‘ziq talaffuzi ham “his” so‘zidagi “i”ga ancha yaqin turadi va bunday tanlov ifodaviylikni, jarangni kuchaytirishga zamin yaratgan. Shuningdek, banddagi qofi yani ta’min etishda aynan “tahqir” (axir), “zinhor” (bor) so‘zlarining tanlanishi ham bejiz emasli-giga e’tibor berish lozim. Bu so‘zlardagi “h” tovushining bandda asosiy e’tibor qaratilgan “his” so‘zidagi “h” to-

vushiga yaqin turishi, ohangdoshlikni ta’minlashga his-sa qo‘shishi bu sababning izohi bo‘la oladi. Ana shun-day shakliy bo‘liqlik mazmunda ma’no tovlanishlarini, talaffuzda ohang jarangdorligi, shiddatkorligini yuzaga chiqarishga asos bo‘lgan.

She’rning oxirgi bandi esa shoirning inson ma’navi-yatini shakllantirishga, oliy fazilatlarni mustahkamlash-ga qaratilgan fi krlarining yakuniy xulosasi sifatida gav-dalanadi:

To‘qayga o‘t ketsa yongay bus-butun,Adolat borliqqa yolg‘iz onadir.Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugunYovuzlikdan zada Qo‘riqxonadir.

Demak, “nafaqat dunyo, balki inson qalbi”ning ham “yovuzlikdan zada”ligi, ezgu fazilatlar taqchillashib, “qo‘riqxona”ga ehtiyoj sezilayotgani shoirni yuqoridagi mulohazalarga chorlagan. Shoir she’r badiiyligini ta’min-lashda, mazmun e’tiborini kuchaytirishda “to‘qayga o‘t ketsa yongay bus-butun” degan o‘rinda xalqning shu mazmundagi “to‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-quruq barobar yonadi” degan naqlidan foydalanib, “irsoli masal”ning o‘ziga xos namunasini yaratishga erishgan. Bu vosita keyingi misraning qiyosiy ma’nosini ta’minlashga ham asos bo‘lgan: “Adolat borliqqa yolg‘iz ona” – demak, tabiat adolat asosiga qurilgan. Tabiat zaminga “adolat bilan” yomg‘ir yog‘diradi, bahor kelganda barcha da-raxtlarning teng kurtak chiqarib, teng gullab, teng barg yozishi ham, kuz kelganda butun borliqqa birdek xazon yoyilishi ham uning adolatli qonuniyati emasmi? Bu uni “Ona”dek buyuk, xolis, mehribon zot deya “hukm chiqa-rishga” turtki bo‘lmoqda. Chunki, ona hamma farzandi-ga birday mehr ko‘rsatadi, teng munosabatda bo‘ladi, birini ikkinchisidan ayirib, ko‘nglini ranjitmaydi. Shunga asosan, adolat bo‘lmagan jamiyat ham tanazzulga yuz tutishi, adolatsiz inson ma’naviy tubanlashishini shoir tabiat unsurlari (peyzaj elementlari)dan ramziylik asosi-da foydalanib oshkor qilgan. Bandning keyingi misrala-rida esa she’rning umumiy mohiyati, shoirning asosiy maqsadi yakuniy mulohaza sifatida ifodalanadi. Shoir dunyoning ham, inson qalbining ham “qo‘riqxona”larga tobora ehtiyoji ortib borayotganidan nadomat qiladi, in-soniyatni ogohlikka chorlaydi.

She’r 1980-yilda yaratilgan. Aynan mana shu jami-yat ma’naviy tanazzul yoqasiga kelib qolgan, adolat inqirozga yuz tuta boshlagan yillari murakkab insoniy muammolarning oldini olish uchun bir qancha ijodkorlar qo‘liga qalam olishdi. A.Muxtor, S.Ahmad, O.Yoqubov, E.Vohidov, Sh.Rahmon, X.Davron singari adiblar qa-torida A.Oripov ham bu jarayonning faol ishtirokchisi bo‘ldi. Yuqoridagi she’r ana shunday faoliyat mahsuli, falsafi y ruhning, ma’naviy muammolarning she’riyatda-gi yana bir o‘ziga xos badiiy talqinidir.

She’r tahlilida ayni shu nuqtalarga e’tibor qaratil-sa, poetik mazmunga sayqal bergan shakliy vositalar aniqlansa, she’rning estetik jozibasi gavdalantirilsa, she’rning yaxlitligi, mantiqiy butunligiga daxl qilmagan holda uni qismlarga ajratib, ma’no tovlanishlarini yu-zaga keltirayotgan tasvir imkoniyatlari o‘rganilsa, ham o‘quvchilarning liro-falsafi y talqindagi she’rlarning ba-diiy olami xususidagi nazariy tushunchalari boyitiladi, ham umum, insoniy qadriyatlarga hurmatlari oshadi.

Page 35: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 35veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 35

Tahlil

Shoirning mahoratini namoyon qiluvchi original topil-malarni izlashga undovchi bir qancha savol va top-shiriqlar bilan mashg‘ulot samaradorligini, o‘quvchilar faolligini oshirish lozim. Bunda quyidagi tartibda tuzil-

gan turli mazmundagi jadvalli topshiriqlar bizga ya-qindan amaliy yordam beradi:

Bu kabi jadvallarni to‘ldirish jarayonida o‘quvchi po-etik matn bilan to‘liq tanishib chiqadi, poetik mazmun-

Foydalanilgan adabiyotlar:1. B.To‘xliyev, B.Karimov, K.Usmonova. Adabiyot. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalari o‘quvchilari uchun darslik-majmua. Birinchi nashr. II qism. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.

2. A.Oripov. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi jild. She’rlar va dostonlar. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. 248-bet.

3. Alisher Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at. Tuzuvchi: fi lologiya fanlari doktori Botirbek Hasanov. – Toshkent: Fan, 1993. 160-bet.

4. www.rtm.uz \o’quv-dastur. Ona tili, Adabiyot, O‘zbek tili.

She’r mavzusi va

g‘oyasi

Asosiy poetik obrazlar

Yordamchi poetik obrazlar

Ramziy obrazlar

Badiiy tasvir vositalari

Peyzaj elementlari

Ma’naviy tushunchalar

ni ifodalashda ishtirok etgan obrazlarni tizimlashtiradi, tasnifl aydi, tasviriy vositalarni aniqlaydi. Eng muhimi, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahka-mlanadi. O‘z navbatida, o‘quvchilarning zamonaviy lirik

asarlar tahliliga doir kompetensiyalari takomillashadi.

Behzod FAZLIDDIN,O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori

instituti tadqiqotchisi

UF PARFI VA ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA SHAMOL OB ZI

Rauf Parfi she’rlarida So‘z, Shamol, Yomg‘ir, Yaproq, Xazon, Kecha, Kunduz, Oy, Tog‘... so‘z-obrazlari ko‘p uchraydi. Shoir ijodi takomillashgani sari ushbu so‘z-obrazlarning salmog‘i orta bordi, bir paytlar shun-chaki o‘z ma’nosida qo‘llanilgan so‘zlar keyinchalik mu-kammal obraz tusini oldi. Shamol obrazi ham Rauf Parfi ijodida alohida ahamiyatga ega: bu obraz zimmasiga muhim ma’no-mazmun, badiiy yuk ortilgan. “Shamolga osilib yashadim”, deydi shoir. Qizil chiroqqa parvo qil-may, yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchi holatiga tushgan-dek bo‘lamiz: axir qanday qilib shamolga osilib yashash mumkin? Xulosaga shoshilmaylik. Haqiqiy poeziyaning qudrati mana shunday o‘ta nozik va qaltis ma’no tovla-nishlarida namoyon bo‘ladi.

Shamol – ramz, ramz esa har doim ko‘p ma’noli. Shu ma’nolarni ochishga urinamiz. Avvalo, shamol – hayot-ning tezkor maromi. “Mingga kirdim” deya yozg‘irayot-gan lirik subyekt aslida u qadar ham ko‘p yashamagan, ammo ming yil yashagandek – shuncha vaqtga yetarli chop-chop ichra kun kechirgan. “Shamolga osilib ya-shash” majburlik va ixtiyoriy majburiyat asosida bo‘lishi mumkin. She’rdagi Shamolni tavakkul timsoli deb qabul qilsak ham bo‘ladi. Tavakkul – umumiyroq qilib aytgan-da, o‘zini butunlay Allohning irodasiga topshirish, bor umidni Yaratganga bog‘lash, Uning marhamatiga isho-

nish, Undan o‘zgasi-dan najot kutmaslik-dir. Shoir tavakkulga yo‘g‘irgan Shamol – u osilib yashagan Shamol yo ruhiyatini azoblardan butunlay forig‘ etadi, yo halokat sari olib ketadi. Demak, lirik qah-ramon – shoir Shamolni chora deb qabul qilayotir.

Rus shoirasi Marina Svetayevaning “Mening Pushkinim” essesida shunday lavha bor. Jajji Musya (Marina)ga onasi Napoleon haqida shunday deydi: “U osmonning odami. Hamisha osmonda osilib turadi”. “Shu muloqotdan so‘ng, – deb yozadi shoira, – osilib turgan narsaga ko‘zim tushsa, uni Napoleon bilan bog‘lardim. “Osilib turmoq” iborasining o‘zida qandaydir bir qora qismat bor edi. O‘z ixtiyoridan tashqarilik, erk-sizlik, mahkumlik yashardi. Napoleon nimaga, qanday tasavvurlarda osilgan? Shuhratgami, toj-u taxtgami, cheksiz hukmronlikkami?

O‘ylayversang, toliqib ketasan...” 1

Shoiraning bu so‘zlarini biz tahlil etishga urinayot-gan satrga bog‘lar ekanmiz, “shamolga osilib yashash” o‘z ixtiyoridan tashqarilik, erksizlik, mahkumlik bilan bir-ga muvaqqatlilik holatini ham ifodalaydi. Demak, shoir

Page 36: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

36 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Tahlil

Shamol obraziga (aniqrog‘i, Shamolda osilib yashash iborasiga) polifonik ma’no yuklay olgan.

Baxtiyor Isabek buni “raufchasiga dunyoqarash” deb izohlaydi: “Shoir olamni raufcha ko‘radi, shuning uchun ham bizning tilimiz uchun yangi bo‘lgan birikma, yangi tushunchalar yaratadi va bu birikma hamda u if-oda etgan ma’no yangi tomonlarga ega bo‘ladiki, shu-ning uchun ham uning bu xislatini tushunish, mag‘zini chaqish ayrimlarga og‘irlik qilgan”. Olim shu satrni tahlil qilarkan, davom etadi: “Osmon – muhit, muhit esa sokin va sukutda (mudroqda, g‘afl atda), uni shamol uyg‘ota-di. Ana shu uyg‘otguvchi va qo‘zg‘atuvchi shamolga, harakatda erkin, ozod shamolga osilgan shoir. Osilish ham ikki ma’noli: shamolga osilib, dorga osilganday bo‘g‘ilish mumkin yoki oyog‘ini osiltirib ozod shamol elt-gan tomon ixtiyorsiz ko‘chishdir bu. Har ikki holda ham muallif shamolga o‘zi osilmagan, u osilgan holda (maj-hul nisbat) mavjud”.

Shoirning shamolini o‘quvchi xoh olis-olis orzular deb tushunsin, xoh ulkan dardlar to‘zonidan iborat ha-yot deb qabul qilsin, xohlasa, Erk deb bilsin. Bizningcha, shoirni ko‘proq shamoldagi ozod ruh maftun etgan bo‘lsa kerak. Ammo o‘ta hur ko‘ringan shamolning-da ixtiyori o‘zida emas – butun olamlar Sohibining izmida.

Shoirning “Shamollar” sarlavhali she’rida esa bu obraz yanada mukammallashadi. Sarbastda bitilgan ushbu she’rda murakkablik faqat shakl emas, maz-munga ham ko‘chgan: bir o‘qishda tushunish qiyin. She’rning boshlanishiyoq shamol shovqinini bergandek bo‘ladi:

“Shamollar boshimda aylanur, daraxtlar tebranur shamollarda, daraxtlarning mevasi larzon, soyasi lar-zon...”

She’r davomidan anglash mumkinki, lirik qahra-mon boshida aylanayotgan shunchaki shamol emas, “odamlarning, vatanlarning shamollar shaklida hayqir-gan ovozi”dir. Shu tariqa kesilgan daraxtlar – to‘nkalar kesilguvchi boshlarga, yuvilgan kiyimlar osiladigan dor – dorboz tomosha ko‘rsatadigan va yana eng go‘zal fi krlar osilgan dorga; cho‘yan – oshxonadagi qozon – oskolkaga; temir (Fe) – jonga... aylanadi. Quyosh esa foje’ xotira! Chunki shoir “narsalarga narsaday qaray olmayapti”. Bunga “shamollar onasi” bo‘lgan asr sabab.

Bahodir Sarimsoqov asl ijodkorlarga xos individual istioralar haqida gapirar ekan, “Rauf Parfi “Shamollar” she’rida “shamol” so‘ziga shu qadar teran, bir-biridan uzoq ko‘chma ma’nolar beradiki, natijada, she’r so‘ngi-da bu ko‘chim asrimiz kishilari boshidan kechayotgan suronli hayot oqimi va shiddatini ifodalay oladigan is-tioraviy obrazga aylanadi”2, – deydi. Olim fi kricha, she’rdagi “shamol” tinimsiz suron bilan esadigan XX asr onlarining badiiy ifodasidir. Shunday qilib, “Rauf Parfi asrimizga, kundalik hayotimizga xos barcha yax-shi-yomon, ezgu va yovuz voqea, hodisalar yuragi oz-gina pok, iymoni but, vijdonli, aqli barkamol insonlarga shamol-u bo‘ronlar kabi tinchlik va orom bermasligini “shamol” istioraviy obrazi vositasida betakror ifodalay olgan”3.

Hamma gap shundami? Shamol – yangilanish, dun-yoni “supurib”, butunlay yangi dunyo yaratuvchi buyuk qudrat ramzi. Tozarish, hurlik belgisi. Har holda, shoir

she’rlaridagi tagma’no shunga ham ishora qilmoqda. Shamol, o‘z navbatida, butun bir asrdir (“Shamollar onasi, hey asrim”).

Nazarimizda, lirik qahramon – shoirning asl niyati she’rdagi mana bu kulminatsion satrlarda ifodalangan:

Men beparvo bo‘la bilmasman, Ey “baxtli” diyorning ey beparvosi. Qalbimni asrimning tomiriga ularman. Mayli, oshsin qon bosim, shart por(t)lasin kardiogram-ma. Ko‘zlarimning devoriga qarab o‘larman.

Sendan ayamasman umrimni, asrim. Bu umrim ni-madir?! Bir varaq qog‘oz kabi o‘zimni yirtmasam...

She’r “shamollar poyida” xazondek sinayotgan no-tavon odamzodning achchiq qismatiga marsiya o‘laroq yangraydi. She’r nihoyasida shamollar bo‘ronga ayla-nadi. Shoir boshqa bir she’rida shamollarni “dolg‘alar-ning shoshqin oqimida shiddat ila suzayotgan” keman-ing darg‘asiga o‘xshatadi.

Abdulla Oripovning 1969-yili yozilgan “Yurtim shamoli” she’rida esa shamol obrazi o‘ziga xos tarz-da poetiklashtiriladi. Rauf Parfi “Shamollar”idan farqli o‘laroq Abdulla Oripov “shamol”i ajib tarovatli, ona yurt-ning o‘zidek mehribon va yoqimli. “Shamollar ichida bir shamol” bo‘lgan lirik qahramon qayg‘ulardan xoli yurt shamolidan sarmast. Uning o‘zi iqror bo‘lmoqdaki, shu paytgacha turfa xil nafasda esgan qancha shamollarga yuz burgan. Ammo yurak ularning beqaror-u bevafoli-gidan ozurda. Baribir, o‘z shamoling ifori boshqacha! Buni teran his qilgan shoir yurt shamoliga yuzlanib: “Faqat qayg‘ulardan sen o‘zing xoli” deyishida chuqur asos bor. She’r shoirning badiiy tilda aytilgan istak-tila-gi, yaxshi niyatiga o‘xshaydi, albatta. She’rda shamol ruhning mangu xayoliga evriladi; shoir shamol bilan muloqotga kirishar ekan, undan faqat yaxshiliklar, xayrli oqibat kutadi. Shamolga qarata shunday xitob qiladi:

Shamollar esgandir ushbu dunyoda,Shamollar goh quyun, gohida dovul.Ular goh oshkora, goho ro‘yodaQancha bo‘stonlarni sovurgan butkul,Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.4

Bu o‘rinda bir obraz doirasida bir-biridan mut-laqo farqli she’r yozgan ikki shoirni tushunish mum-kin. Abdulla Oripov “Shamol”i o‘sha yillari ijodida ildiz otayotgan yurtparvarlik, o‘z jafokash eli, millatiga ham-dardlik, uni boshqa ellardan ayricha ko‘rishning poetik tilga ko‘chishi bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak. Shoir zo-hiran shu tarzda o‘z vatani, xalqiga shamol vositasida izhori ishq qilayotgandek ko‘rinsa-da, yurtining hech kimdan kam emasligi, hatto uning bag‘rida esgan ep-kinlari ham o‘ziday pok va musaffo ekanini she’r maz-muniga singdirib yuboradi.

“Yurtim shamoli” she’ridagi shamol obrazi ijobiy xarakterga ega. Shuning uchun ham lirik qahramon shamolni dovul, quyun kabi so‘zlardan ajratib, ularga qarshi qo‘yadi. Nazarimizda, Abdulla Oripovning ush-bu “Shamol”i ozodlik, erk timsoli bo‘lish bilan birga, lirik qahramonni ulug‘ ajdodlar (masalan, sohibqiron Amir Temur) yashab o‘tgan adolatparvar zamonga eltguvchi vosita hamdir. Bir qarashda yurt shamoliga qasidaday bo‘lgan she’r tagzaminiga boshqa muhim fi kr yashirin-gandek; o‘z davri muhitidan qoniqish hosil qilmayot-

Page 37: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 37veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 37

Tahlil

gan lirik qahramon – shoir xayolan shamol qanotida moziyning nurli ma’volariga sayr etib, o‘tmishdagi (yoki o‘z orzusidagi – kelajakdagi) ozod va qudratli vatanni qo‘msayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Shoir o‘z hayotiy dasturini she’rning so‘nggi ban-didagi “Shamol kabi keldim, shundoq keturman” satri orqali uqtirgandek bo‘ladi va uni “bir oliy jamol” chor-layotganidan ogoh etadi.

Rauf Parfi ning ham talpingani ana o‘sha “bir oliy jamol” edi. Lekin ikki shoir U tomon turli yo‘l – tur-li shamollar orqali bormoqchi. Bundan tashqari, Rauf Parfi Ona Yer uzra esgan barcha shamollarni o‘z yura-giga qaratilgan deb qabul qilayotir. Uning “Shamollar”i umumbashariy mohiyat kasb etmoqda.

Rauf Parfi she’rlarida shamol najotkor kuchga ayla-nadi. Bunda ajib kontrastni ko‘rishimiz mumkin. Shoir she’rlarida Shamol obrazi bir vaqtning o‘zida ham na-jot, ham halokat keltiruvchi kuch sifatida talqin etiladi. Ushbu obrazga matndagi badiiy funksiyasiga qarab bir qancha sifatlashlar yondosh qo‘yiladi: sarin shamol, yovuz shamol, qora shamollar, sovuq shamollar, ajal shamoli, o‘lik shamol, kuzning yaydoq sariq shamoli, vabo shamoli...

Shoirning ilk ijodiga mansub she’rlarida shamol obrazi, asosan, lirik qahramon kayfi yati, ruhiyati bilan uzviy bog‘liq tarzda she’rga ko‘chib o‘tadi. Dastlabki she’rlarida shamol shoirning intim hislari bilan tutashib, unda ko‘proq yorug‘ kayfi yat paydo qiladi. “Yaproqlarda shamol o‘ynar...” deb boshlanuvchi she’rni olaylik. She’r boshida lirik qahramonni yaproqlarda, suv mavjida o‘ynayotgan sarin shamol nimalar deb so‘ylayapti, yur-agida qanday xayollar bor ekan, kabi o‘ylar band etadi. Ana, shamol uning derazasini chertdi, eshigini tiqirlat-di. U lirik qahramonning shamoldek beqaror, goh sarin, yoqimli, goh shiddatli o‘y-xayollari bo‘lsa, ajab emas. Xullas:

Orom bilmas, bilmas uyqu,Uyg‘otadi kelib meni.

Keyin shamol shoir sochlari, ko‘zlariga qo‘nib, qo‘shiq aytib ketadi. She’r yakunida shoir shamol bilan xayrlashar ekan:

Menga atab bir qo‘shiq ol,Ola kelgin bir afsona, – deydi.

Sezimlari uyg‘oq o‘quvchi ushbu she’rning har sat-rida mayin epkinlar ufurib turganini, misralararo sa-rin shamol esayotganini his qiladi. Umuman, she’rda shamol umid, yorug‘ kunlarga ishonch ramziga aylana-di.

Shoir she’rlarida shamol obrazi ko‘pincha yomg‘ir obrazi bilan birga keladi. Bunda mantiqiy bog‘liqlik bor, albatta. Go‘yo tabiatning azal yonma-yon ikki hodisasi – shamol va yomg‘ir inson qalbi, ruhiyatidagi qondosh,

ba’zan bir-biriga qarshi xususiyatlar qiyofasida gavda-lanadi. Borgan sari Rauf Parfi ijodida shamol obrazi mukammallashib, unga yuklangan mazmun salmog‘i ortdi. Shoirning yapon xokkulariga monand uchliklarida shamol obrazi ko‘p uchraydi:

«Voh jonim, voh jonim», deb hirqirarDerazamning ortida shamol,Yulib tashlasam edi jonimni qani.

Bora-bora shoir she’rlariga tentirayotgan, xomush tortib, junjikib qo‘ygan, shovullagan, uvillagan, mudhish xayollarga egizak qora shamollar kirib keladi. “Yo‘limizni kesma, ey yovuz shamol!”, “Nechun boshim uzra qora shamollar”, “Kecha shovullagan shamollar o‘ldi”, “Jismimni sindirdi – ajal shamoli”, “Barchaning boshin-da birdek beomon, Manhus zamonlarning o‘lik shamo-li”, “Shamollar marsiyasi” kabi misray-u iboralar endi lirik qahramon intim kechinmalari doirasidan o‘tib, davr, zamon, dunyo taqdiriga o‘zini daxldor sezayotganidan darak beradi. Ba’zan bir she’rning o‘zida shamol bir nechta sifat oladi: sovuq shamollar, ajal shamoli kabi...

“Endi tanizorim to‘ldirdi shamol” deydi shoir yana bir o‘rinda. Bu yerdagi shamol yo‘qlik belgisimikan? Bir paytlar shamolga eng qadrdon sirlarini ishongan shoir – lirik qahramon endi: “Shamol, sochlarimni tarama”, – deydi.

She’riyatda metafora hamisha bardavom; har bir asl shoir an’analarga tayangan holda metaforaning poeziyadagi o‘rnini kengaytiradi, yangilaydi. Rauf Parfi ijodida metafora-she’rlar ko‘p (jumladan, yuqorida biz tahlil etishga uringan “Shamollar” she’ri ham). Metaforik tafakkur – Rauf Parfi she’riyatining muhim belgisi. Bu uning ijodiy individualligini ta’minlovchi asosiy vositalar-dan. Shoir ijodining ushbu xos belgisini Asqad Muxtor shunday e’tirof etgandi: “Rauf Parfi poeziyada murak-kab va dinamik metaforalar usulini tanladi. Unda ayrim obrazlargina emas, balki butun she’r metafora harakati-ga quriladi, metafora poetik tilga, obraz mantiqiga, she’riy tafakkur boyligiga aylanadi”6.

Ammo metafora she’rni sun’iylashtirish, so‘z yasash evaziga bo‘lmasligi kerak. Buni unutgan shoir she’r olamini shunchaki mavhumot bilan “boyitadi”, xolos. Ba’zan “zo‘raki” metafora mantiqsizlikka olib kelishi mumkin. Shu ma’noda Rauf Parfi ning ayrim noquyma tizmalarida me’yor buzilganini ham qayd etib o‘tish joiz.

Xulosa qilib aytganda, Rauf Parfi ijodida Shamol obrazi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu obrazga muhim badiiy yuk ortilgan. “Shamollar” she’rini Abdulla Oripovning “Yurtim shamoli” she’ri bilan qiyoslab o‘rga-nish asnosida shu xulosaga keldikki, Abdulla Oripov “shamol”i milliy koloritda bo‘lsa, Rauf Parfi “Shamollar”i umumbashariy mohiyat kasb etgan.

1Marina Svetayeva. Mening Pushkinim // Jahon adabiyoti, 2001, 6-son, 140-bet.2B. Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: Fan, 2004. 51-bet.3Ko‘rsatilgan manba. 53-bet.4Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar: 4 jildlik. 1-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. 167-bet.5Rauf Parfi . Sabr daraxti. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. 5-bet.

Page 38: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

38 e-mail: [email protected]

Tahlil

38 e-mail: [email protected]

Tahlil

Tajriba almashish maqsadida kasbdoshlarimiz dar-sini kuzatamiz. Ba’zan quvonamiz vaqtimiz unumli o‘tganidan, nimadir o‘rganganimizdan mamnun bo‘la-miz. Ba’zan esa dars maqsadiga erishilmadi, deb qo‘ya qolamiz. Mohir pedagog sifatida tanilgan, an’anaviy tanlovlarda qatnashgan o‘qituvchilarning darslarida ham uchrab turadigan kamchiliklar haqida mulohaza yuritib, o‘qituvchi eng birinchi navbatda, mavzudan kelib chiqqan holda vaqt taqsimotini ishlab chiqishi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun pedagogik metod va texnologiyalarni to‘g‘ri tanlay olishi nihoyatda zarur ekanligiga amin bolamiz.

Dars jarayonidagi tipik xatolardan biri o‘qituvchi ko‘proq tashkiliy qismga e’tibor beradi-da, darsning boshqa bosqichlari vaqtini o‘zi bilmagan holda qisqar-tiradi. Masalan, bir darsda “Harakatlar strategiyasi”ni targ‘ibot qilish maqsadida siyosiy yangiliklarga (o‘quv-chi yoshi hisobga olinganda edi...) ko‘p vaqt ajratildi, asosiy maqsadga erishilmay qoldi.

Yangi mavzuning bayonida ham maqsadga erishish uchun mavzuning mohiyatini ochib beruvchi texnologi-yalar qo‘llanilmasa, bu ham vaziyatni chigallashtira-di. Masalan, o‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qilishda “Raqamlar so‘zlaydi” texnologiyasidan foydalanayapti. Raqam ortida yashiringan harfl arni joyiga qo‘ysangiz, darsning mavzusi kelib chiqadi: 8, 18, 12, 11, 1, 17, 13, 8, 13, 6; 12, 20, 13, 14, 18, 1, 2, 1, 19; 22, 1, 10, 11, 11, 1, 17, 8. Mavzu: ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI

Xo‘sh, aziz hamkasblar, alifbodan raqam ostidagi harfni topishga qancha vaqt ketdi, deb o‘ylaysiz? Bu ko‘p vaqtni talab etuvchi texnologiya bilan qolgan dars bosqichlarini qanday o‘tkazamiz? O‘qituvchi ushbu usulni vaziyatga moslab qo‘llay olmaganligi uchun ham qimmatli vaqtini boy berdi.

Yoki yana bir holat. 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiylari tahlil qilinyapti. Demak, avvalgi darsda shoirning hayoti va ijodi o‘rganilgan. O‘qituvchi bu darsni mushoira tarzida olib bordi. To‘g‘ri, bu usul-da o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi shakllantiriladi, ammo asosiy maqsad nimadan iborat edi? Shoirning hayoti tasvirlangan ruboiylarni tahlil qilish asnosida Vatan qadri, Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish emasmi? Boburning ruboiylari zamirida yosh avlodga aytmoqchi bo‘lgan vasiyatona xitoblarini o‘quvchi bilan erkin muloqotda tushuntirilmaydimi? Shunda o‘quv-chining o‘zi izlanib, Bobur ruboiylarini to‘lig‘icha o‘qish-ga, yod olishga harakat qiladi. Darsga qo‘yilgan talab esa shu zaylda bajarilmay qoldi.

Bundan tashqari, dars jarayonida aksariyat hollar-da bir-ikkita emas, bir nechta ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga intilamiz. Agar qo‘llanilgan texnologiyalar bir-biriga uzviy bog‘lanib, biri ikkinchisini to‘ldira olsa-ku,

Dildor NURMUHAMMEDOVA, Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 9-maktabning ona

tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR:dars maqsadiga erishtiradigan yagona yo‘lmi?

xo‘p-xo‘p, ammo biri bog‘dan, biri tog‘dan kelsa-chi? Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. De-

mak, o‘qituvchi o‘quvchi yoshi, taqsimlangan vaqt, bir jamoadagi turli xil xarakterlar va mavzuning ko‘lami kabi omillarni hisobga olib, metod va texnologiyalarni tanlay olishi ham katta mahoratni talab etadi. Hamma usullar ham biz kutgan natijani bermayotgani sir emas. Bugungi kun o‘quvchisi o‘zi mustaqil izlanib, mustaqil o‘rganishi, o‘qituvchi esa nazoratchi vazifasini bajarishi, darsda bosh rolda o‘quvchi bo‘lishi kerak, degan fi krni ilgari suramiz. Qaysidir jihatdan bu to‘g‘ridir, ammo har doim emas. Axir mavzuning mohiyatini o‘quvchiga das-tlab ustoz anglatadi, yetarlicha tushuncha berilgach, kengroq o‘rganish uchun keyin da’vat etiladi.

Agar metodikani to‘liqroq o‘rganishga harakat qil-sak, olimlarimiz tomonidan tavsiya etilgan juda ko‘p pedagogik texnologiyalarda 90 minutni o‘z ichiga qam rab oluvchi jarayon ko‘zda tutilganligini bilamiz. Ularni bilib-bilmay qo‘llashimiz o‘quvchining mavzuni tu shunmay qiynalishiga, oqibatda fanga bo‘lgan qizi-qishi susayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, “Assisment”, “Rezyume”, “Zinama zina” (bunday texnologiyalarni k’oplab keltirishimiz mumkin) pedagogik texnologi-yalari ko‘p tarmoqli murakkab mavzularni yoritishga xizmat qiladi, shu bilan birga iqtidorli o‘quvchilar bahsi-ni yuzaga keltiradi va ko‘proq vaqtni talab etadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa to o‘ylab olgunga qadar ko‘p ma’lumotlardan chetda qolishadi. Agar biz har bir o‘quvchi nazardan chetda qolmaydigan variantlar aso-sida dars ssenariysini tuzib olsak, o‘zimizni ham, o‘quv-chilarni ham toliqtirmaymiz. Demak, aynan bizda mana shu mahoratni shakllantirishga ehtiyoj bor. Biz buni qan day uddasidan chiqamiz?

O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish uchun joriy yilning fevral oyidan boshlab tashkil etilgan tayanch maktablari faoliyati o‘zining ijobiy samarasini beryapti, albatta. Ammo o‘qituvchilarimizning pedagogik maho-ratini shakllantiruvchi tavsiyalar mas’ullar (tuman meto-disti, trener) tomonidan qanday yetkazilyapti?..

To‘g‘ri, har bir jamoada o‘zi mustaqil izlanib, yuz berayotgan har bir o‘zgarishning mohiyatini tushunib, taqdim etilayotgan tavsiyalarni o‘z muhitiga moslashti-ra oladigan o‘qituvchilarimiz bor. Afsuski, ular sanoqli bo‘lganligi uchun o‘zining ta’sir doirasini o‘tkazishi tor davradagina bo‘lyapti xolos. Shu bois o‘qituvchilar-ning metodik yordam olishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, tuman metodistlari va o‘qituvchilar, rahbar va xodim munosa-batida emas, ta’lim tizimini yaxshilash yo‘lida hamkorlik qilishsa, har bir tatbiq etilayotgan pedagogik texnologi-ya o‘qituvchilarga to‘g‘ri talqin qilib berilsa va natijalar amalda nazorat qilinsa, xalqchil tavsiyalar ishlab chiqil-sa, kelajakni yaratuvchi o‘qituvchi uchun juda katta yor-dam bo‘lgan bo‘lardi.

Page 39: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 39veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 39

Matn shunchalik o‘ziga xos va murakkab hodisaki, uni yaxlit bir butunlik sifatida barcha xususiyatlari bilan idrok eta bilmoq uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Tilshunoslik tarixining deyarli bar-cha pallalarida tovush, so‘z va, nihoyat, gap o‘rganilib kelindi. Uzoq zamonlar tilning fi kr ifodalaydigan asosiy birligi sifatida faqat gap tadqiq etildi, hatto gap tugagan joyda tilshunoslikning ham tugashi haqidagi hukmlar aytildi. Ammo o‘tgan asrning ik-kinchi yarimlaridan boshlab tildagi eng yirik, oliy kommunika-tiv birlik matn ekanligi haqidagi fi krlar barqarorlasha boshladi, kishilar gaplar vositasida emas, balki matnlar vositasida bir-bir-lari bilan aloqa qilishi oydinlashdi. Zotan, tamoman tugallan-gan fi kr, mazmun, axborot gapda emas, balki faqat matnda ifodalana olishini isbotlash uchun hech bir ehtiyoj va zaruriyat yo‘q. Dunyoning turli o‘lkalaridagi til ilmlarida matn tilshunos-ligi yo‘nalishi yuzaga keldi. Bugun o‘zbek tilshunosligida ham matn tilshunosligi doirasida anchayin jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Matn tilshunosligi muammolari tilshunoslikdagi eng dolzarb masalalar o‘laroq kun tartibiga qo‘yildi.

Tarkibiy bog‘langanlik va mazmuniy-mantiqiy yaxlitlik matn mohiyatidagi asosiy va fundamental sifatlardan sanala-di, ular til vositalarining butun matn maydonidagi harakati va munosabatlarini yaxlit o‘zanga solib turadi. Ma’lumki, matn-ning rus tilidagi muqobili bo‘lmish “tekst” termini lotin tilidagi “textus” so‘zidan olingan bo‘lib, bu so‘zning asl ma’nosi “to‘qi-ma mato, to‘qish, birikish, qo‘shilish”dan iborat (“tekstil” so‘zi-ni eslang), bu ma’no matn tarkibidagi birliklarning bir-birlari bilan o‘rilganday behad birikib, qo‘shilib ketganligini ta’kidlay oladi. Bu o‘rinda nemis tilshunosi K.Boostning matn tarkibida-gi birliklarning o‘zaro munosabati haqidagi quyidagi mulo-hazalari alohida diqqatga sazovor: “Bir gapdan boshqasiga tortilgan iplar shu qadar ko‘p va shunday pishiq to‘rni hosil qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona to‘r sifatida o‘rib to‘qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohi-da gap boshqalari bilan chambarchas bog‘langan”1.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, matnday yaxlit “to‘qima mato”, “pishiq to‘qilgan to‘r”ni to‘g‘ri va to‘liq idrok etmoq, un-dagi mazmuniy-tarkibiy unsurlar munosabatlaridagi qonuni-yatlarni inkishof qilmoq, uni yaratish va tushunish bilan bog‘liq lisoniy-ruhiy mexanizmlarni butun ko‘lami bilan tadqiq etmoq unchalik ham oson yumush emas. Ayni paytda matndagi ver-bal ifodalanmagan mazmunlarni tasavvur qilmoq, muallifning estetik didini ilg‘amoq, matndagi turli ishoralarni yetarli daraja-da fahmlay bilmoq uchun muayyan bilimlarga ham suyanish, xususan, presuppozitsiyalardan2 ham xabardorlik zarur bo‘la-di. Aks holda matn muallifi ning maqsadidan to‘liq voqif bo‘lish imkoniyati boy beriladi.

Matnlarni tadqiq etishda tilshunoslikda ularning, avvalo, bir-biriga zidlanadigan ikki tipini farqlash urfga kirgan: 1) ba-diiy matn; 2) nobadiiy matn. Matnlarning ikki oppozitiv tipini

Nizomiddin MAHMUDOV,O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori fi lologiya fanlari doktori, professor,

ILMIY MATNDA EKSPRESSIVLIK EHTIYOJI

Annotatsiya. Mazkur maqola ilmiy matndagi ekspressivlik masalasiga bag‘ish-langan. Unda ilmiy matnlarda ham ekspres-sivlik bo‘lishi haqidagi g‘oya ilgari suriladi va o‘zbek tili materiallari asosida isbotlanadi.

Kalit so‘zlar: matn, ilmiy matn, ekspres-sivlik, kommunikativlik, estetik vazifa.

Аннотация. Данная статья посвя-щается вопросам показа экспрессивно-сти в научных статьях. В ней выдви-гаются идеи о существовании экспрес-сивности в научных текстах, выводы обосновываются на основе материалов.

Ключевые слова: текст, научный текст, экспрессивность, коммуника-тивность, эстетическая задача.

Annotaion. This article is devoted to the issues of expressiveness in scientifi c articles. Put forward the idea of the existence of expressiveness in the scientifi c texts and justifi ed on the basis of materials.

Key words: text, scientifi c text, expressiveness, communicativeness, aesthetic task.

farqlash zaruriyatini qayd etar ekan, M.Yo‘ldoshev shunday yozadi: “Asosiy maqsad-mohiyatida kommunikativ vazifa ye-takchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb, asosiy maqsad-mo-hiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy matn deyish ma’qul”3. Rus tilshunosi N.S.Valgina nobadiiy va badiiy matnning muhim belgilari sifatida ko‘pincha quyidagilar qayd qilinishini aytadi: 1) inson faoliyati va matn o‘rtasida be-vosita aloqaning mavjudligi/mavjud emasligi; 2) estetik vazi-faning mavjudligi/mavjud emasligi; 3) mazmunning eksplitsit-ligi/implitsitligi (tagma’noning mavjudligi/mavjud emasligi); 4) bir xil tushunishga yo‘nalganlik/bir xil tushunishga yo‘nalma-ganlik; 5) real borliqni aks ettirishga yo‘nalganlik/noreal bor-liqni aks ettirishga yo‘nalganlik (badiiy matnlar real borliq mo-delini emas, balki ongli ravishda ataylab tuzilgan ehtimoliy real borliq model larini namoyon qiladi). U ayni paytda badiiy matn assotsiativ-obrazli tafakkur qonunlari asosida, nobadiiy matn esa mantiqiy tafakkur qonunlari asosida tuzilishini, badiiy matn inson shaxsining emotsional sezgisiga, nobadiiy matn esa in-tellektual jihatiga ta’sir qilishini va, nihoyat, bu ikki tip matnlar vazifasiga ko‘ra farqlanishi, ya’ni nobadiiy matn kommunika-tiv-informatsion, badiiy matn esa kommunikativ-estetik vazi-falarga xizmat qilishini alohida ta’kidlaydi.4 Bir-biridan tamo-man farqli bo‘lgan o‘zbek va rus tillariga oid matnlar borasidagi ikki olimning mulohazalari bir-birini to‘ldiradi.

Albatta, nobadiiy matnlar tipologiyasida ilmiy matnlar alo-hida o‘rin tutadi, kommunikativ-informatsion vazifa bajarishga xoslangan ilmiy matn kommunikativ-estetik vazifa uchun xos-langan badiiy matndan mohiyatan keskin farq qiladi. Ammo alohida ta’kidlash joizki, bu fi krlardan ilmiy matnga estetiklik yoki, aytaylik, ekspressivlik umuman xos emas, ilmiy matn eks-pressivlikdan mutlaqo xoli, degan xulosa chiqarish to‘g‘ri emas.

Aniqki, badiiy matndagi ekspressivlik darajasi bilan ilmiy matndagi ekspressivlikni tenglashtirib bo‘lmaydi, ammo bu ilmiy matnga ekspressivlik mutlaqo begona degani emas. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik nazarida ilmiy matn ekspres-siyasiz bo‘lishi kerak, degan bir yanglish qanoat shakllangan, hatto ayrim tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari bayonida im-kon qadar ekspressiv ifoda va tasvirlardan qochishga harakat qiladilar. Ilmiy uslubning aniqligi, mantiqiyligi, neytralligi kabi bir qancha sifatlari go‘yoki ekspressivlik-emotsionallik ifodal-anishiga monelik qiladiganday talqin qilinadi, shu tasavvurga ko‘ra bu uslubda bitilgan matn tili anchayin “quruq”, “shirasiz” bo‘lib qolishi ham hech kimga sir emas. Bunday matnlardagi axborot bayonining tili, ifoda tarzi aksar hollarda o‘quvchida huzur va hayrat uyg‘otmasligi ham bor gap.

Rus tilining ilmiy uslubini tavsifl ar ekan, O.A.Krilova quyi-dagi qat’iy hukmlarni bayon qiladi: “Rus tilining ilmiy uslubiga emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik begonadir. Ilmiy uslubga xos bo‘lgan leksika ham, morfologik shakllarni tanlash ham,

Tadqiqotlar

Page 40: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

40 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

so‘z tartibi va sintaktik konstruksiyalarning tabiati ham bayon-ning aniqligi, mantiqiyligi, obyektivligi va abstraktligini ta’min-lashga qaratilgan. Nutqning emotsional bo‘yoqdorliligi bu maqsadlarga erishish imkonini bermaydi. Tilning ekspressiv vositalari, xususan, emotsional-ekspressiv bo‘yoqli leksika, obrazli vositalar ilmiy uslubga xos emas”5.

O‘zbek tilining ilmiy uslubini tadqiq etgan M.Mukarramovning monografi yasida ham quyidagi mulo-hazalarga duch kelamiz: “Funksional stillarning ba’zilari eks pressiv-emotsionallikka yo‘l qo‘ysa, ayrimlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Jumladan, ilmiy va rasmiy hujjat nutqlari emot-sional-ekspressivlikdan xolidir. Chunki bu nutq turlarining talabi o‘zgacha. Aksincha, so‘zlashuv va badiiy nutqlar esa ekspressiv-emotsionallidir”6.

Taniqli rus tilshunosi D.E.Rozentalning ushbu fi krlari e’ti-borga molik: “Olimlarning tili haqida gap ketganda, ko‘pincha ularning tili “quruq” ekanligini, emotsionallik va obrazlilik unsur-laridan mosuvoligini tilga oladilar. Bunday qarash keragidan or-tiq umumlashtirish natijasi: ko‘pincha ilmiy ishlarda, xususan, munozarali matnlarda tilning emotsional-ekspressiv va tasviriy vositalaridan foydalaniladi, ular, to‘g‘ri, qo‘shimcha bir usul o‘la-roq sof ilmiy bayon fonida sezilarli darajada ajralib turadi va il-miy nasrga qo‘shimcha ishonchlilik baxsh etadi”7.

Rus tili nuqtayi nazaridan ham, o‘zbek tili nuqtayi nazari-dan ham mazkur fi krlarga to‘lig‘icha qo‘shilib bo‘lmaydi. Har qanday ilmiy matnda har qanday ekspressiyani tamoman inkor qilish maqsadga muvofi q emas.

Shubhasizki, hech bir olim yoki tadqiqotchi o‘zi aytmoq-chi bo‘lgan fi krning, mashaqqatli izlanishlar natijasida topgan yangi axborotining qanday ifodalanishiga, demakki, qanday tushunilishi va, albatta, qanday qabul qilinishiga aslo befarq bo‘lmaydi. Matn tuzuvchi o‘z aqliy ijodi mahsulining to‘g‘ri, adekvat anglanishini, unga ishonilishini, uning e’tirof etilishi-ni istaydi, shuning uchun imkoni boricha ta’sirli nutq tuzishga harakat qiladi. Ta’sirlilikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri ekspressivlikni yuzaga keltirishdir.

Albatta, ilmiy matndagi ekspressivlik badiiy matndagi ekspressivlikdan muayyan o‘ziga xosliklari bilan farq qiladi. Avvalo, ilmiy matndagi ekspressivlik tushunchani konkret-lashtirishga xizmat qilsa, badiiy adabiyotda obraz yaratishga xizmat qiladi. Tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “badiiy tilning ekspressivligi obrazlilikning oliy darajasidir, ilmiy matn-da esa u ishonchlilik ko‘rsatkichidir”8. Ilmiy matndagi ekspres-sivlik ishonchlilik barobarida matnni o‘quvchi (yoki tinglov-chi)ning nafaqat ratsional, balki emotsional sezgilarini ham harakatga keltiradi, albatta.

Taniqli o‘zbek tilshunosi A.G‘ulomov asaridan olingan quyidagi parchada haqiqiy hayotga ega bo‘lish birikmasidagi metafora ilmiy tushunchani qanchalik konkretlashtirganligini, ilmiy matndagi ekspressiyaning qimmatini tasavvur qilish-ga imkon beradi: Gapning so‘zlardan, so‘z birikmalaridan tuzilishini va so‘zlarning gap ichida, fi kr ifodalash protsessi-da, haqiqiy hayotga ega bo‘lishini – nutq ichida qo‘llanishini nazarda tutsak, sintaksisning leksika bilan ham bog‘liq ekan-ligi anglashiladi (A.G‘ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek ad-abiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987. 10-bet).

Yoki akademik A.Hojiyev asaridan olingan ushbu matn parchasidagi o‘tkir kinoya ilmiy matnda kuchli ekspressivlik-

ni yuzaga keltirganini ko‘rish mumkin: Birinchidan, “so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi” degan tushunchaning o‘zi yo‘q, ya’ni “so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi” birikmasi hech nar-sani, jumladan, biron-bir lingvistik tushunchani bildirmaydi. Shunday ekan, tilshunoslikning “so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi”ni o‘rganadigan bo‘limi (ta’limot) borligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas (O‘zi yo‘q narsa haqida qanday ta’limot bo‘lishi mumkin?!) (A.Hojiyev. O‘zbek tili morfologiyasi, mor-femikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. –Toshkent: Fan, 2010. 35-bet).

Mazkur manbadan olingan quyidagi matn parchasida ham insofdan bo‘lmaydi ifodasi “to‘g‘ri emas” mazmunining neytral emas, balki yumshoqroq aks etishi – ekspressiya bilan namo-yon bo‘lishiga xizmat qilgan: Qolaversa, morfema bilan bog‘liq yuqorida ko‘rilgan fi kr-mulohazalar boshqa tilshunoslik, jum-ladan, rus tilshunosligi uchun xos edi. O‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan fi krlar, asosan, rus tilshunosligidagi fi krlarning ko‘chirmasi edi. Binobarin, bu boradagi xato va kamchiliklarni biron-bir mutaxassisga taqash, biron-bir tilshunosning xatosi, kamchiligi deb hisoblash ham insofdan bo‘lmaydi (29-bet).

Yana o‘sha manbadan olingan quyidagi parchada afsuski, chala-chulpa kabi birliklar ekspressivlikni yuzaga keltirishda ishtirok etganligini sezmaslik mumkin emas: Afsuski, bu ma-salaga deyarli e’tibor qaratilgani yo‘q. O‘zbek tili sistemalari-ni o‘rganish bilan bog‘liq ishlarimizning chala-chulpa holatda ekanligining sababi ham ana shunda (20-bet).

Ilmiy matnda ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi lisoniy vositalarning turlari ko‘p. Xususan, yuklamalar (kuchaytiruv, ayiruv-chegaralov), turli darajadagi sifat va ravishlar, emot-sional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar va hokazo. O‘xshatishlar, metaforalar va boshqa uslubiy fi guralar bayonga jonlilik, shi-radorlik baxsh etishi barobarida murakkab, mavhum tushun-chalarni aniqroq, yorqinroq ifodalashning o‘ziga xos maqbul usullaridan biri vazifasini ham o‘taydi.9

Albatta, ilmiy matnda ekspressivlik haqida so‘z borar ekan, fanlarning o‘ziga xosliklarini ham yodda tutmoq joiz. Fanshunoslikda butun bilim sohalari aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar tarzida tasnif qilinadi. Aniq va tabiiy fanlarga oid matnlarda ekspressivlik va emotsionallik u fanlar-ning mohiyatiga muvofi q yorqin va muntazam aks etmasligi mumkin, ammo muayyan darajada ularda ham mazkur xusu-siyat mavjud bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo ijtimoiy-gu-manitar fanlarga oid matnlarda ekspressivlik hatto zaruriy unsur ekanligi ta’kidlansa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Taniqli qozoq adibi Oljas Sulaymonovning quyidagi gaplari haqiqat-ni aks ettiradi: “Fizika va matematika o‘ziga xos tilga muhtoj. Bunday “jiddiy fanlar”ga taqlid qilish gumanitar fanlarni, ayniq-sa, tilshunoslikni, sodda qilib aytganda, o‘ldiradi... O‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy fanlar jamiyatga, hech bo‘lmaganda, tushunarli bo‘lishi lozim, aks holda ular o‘z vazifasini bajara olmaydi”10.

Matn, xususan, ilmiy matn maydonidagi lisoniy unsur-lar harakati va hayotini raso o‘zanlarga solishga, chinakam tirik va tiniq matn yaratishga muallif qanchalik sa’y-harakat ko‘rsatsa, tahrir tashvishini iddaosiz bo‘yniga olgan muhar-rir ham shunchalik mas’uliyatni his etmog‘i lozim. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid matn tahririga bel bog‘lagan muharrir matnning ekspressivligi zaruriyatini yodda tutmog‘i kerak.

1M.Yo‘ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. 33-bet.2N.Mahmudov. Presuppozitsiya va gap // O‘zbek tili va adabiyoti, 1986. 6-son. 28–31-betlar.3M.Yo‘ldoshev. Ko‘rsatilgan asar. 87-bet.4Валгина Н.С. Теория текста. – Мoсква: Логос, 2003. С. 69–70.5Кожин А.Н., Крылова О.А., Одинцов В.В. Функциональные типы русской речи. – Мoсква: Высшая школа, 1982. С. 101.6M.Mukarramov. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent: Fan, 1984. 64-bet.7Розенталь Д.Э. Практическая стилистика русского языка. – Мoсква: Высшая школа, 1974. С. 32.8Дядюра Г., Колесник Д. Категория экспрессивности в современных научных текстах // Управление и образование, т. VII (2), 2011. С. 24. www.conference-burgas.com/maevolumes/vol7/book%202% 20pdf/b2_03.pdf9Dyadyura G., Kolesnik D. Ko‘rsatilgan maqola. 24-bet.10Сулейменов О. Язык письма. – Алматы – Рим, 1998. С. 11–12.

Page 41: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 41veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 41

Tadqiqotlar

Badiiy so‘z san’atiga oid adabiy-tanqidiy qarashlar ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodining ajralmas bir qismini tashkil etadi. XX asr o‘zbek adabiyotshunosligi- da Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlari ancha mukam-mal o‘rganilgan bo‘lib, bu mavzuning maxsus va mufassal tahlili A.Sa’diy, A.Hayitmetov, B.Valixo‘jayev, S.G‘aniyeva va H.Qudratullayev tadqiqotlarida amal ga osh irildi. Navoiyning so‘z san’atiga doir tushunchalari o‘zigacha ma’lum va mashhur bo‘lgan arab, yunon, fors-tojik, o‘zbek, ozarbay-jon xalqlaridagi adabiy-tanqidiy qarashlar doirasida shakl-landi, kamol topdi hamda uning ijodiy yondashuvi bilan yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

Navoiyshunos Abduqodir Hayitmetov o‘zining “Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari” (1959) nomli asari-da buyuk shoirning adabiy-tanqidiy qarashlarini badiiy asarlari bilan bir butunlikda tekshiradi. Olimning ta’kid-lashicha, Navoiy “badiiy so‘zning jamiyatdagi kishi ongi va psixologiyasiga ijobiy va salbiy tasir kuchi”ni har bir shaxs-ga, ohang va mazmuniga ko‘ra ham turlicha ta’sir etishi mumkinligini asarlari orqali ko‘rsatib bergan1. Shuningdek, Alisher Navoiy adabi yotning asosiy materiali bo‘lgan so‘zga katta e’tibor berganligi, uni o‘z asarlarida ko‘p ma’noda ishlatganligini: “U (Navoiy – Z.Q.) “so‘z” termini ostida insoniyatning hamma ma’naviy boyligini – alohida ijtimoiy kategoriya bo‘lgan tilni ham, mafkura shakllaridan hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna be-radi hamda ularni ko‘p vaqt bir-biridan farq qilmaydi”2, – deb izohlaydi.

Abduqodir Hayitmetov Alisher Navoiyni jahon adabi-yotining A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, V.Gyote, O.Balzak singari namoyandalaridek professional tanqidchi sifatida emas, san’atkor tanqidchi, ya’ni ilmiy qarashlarini amal-da isbotlaydigan tanqidchi, deya baholaydi. Olim Alisher Navoiygacha bo‘lgan adabiy-tanqidiy qarashlarni olti qismga bo‘lib o‘rganadi:

– adabiy majlislar, adabiy munozara va suhbatlar shak-lida;

– fi lologik xarakterdagi nazariy asarlar shaklida yoki

Zarif QUVONOV,Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

NAVOIYNING ADABIY-TANQIDIY QA SHLARI TADQIQI

Annotatsiya. Maqolada Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi haqida mulohaza yuritilgan. Navoiyshunos olim Abduqodir Hayit-metovning bu borada amalga oshirgan ishlariga munosabat bildirilgan.

Kalit so‘zlar: adabiy-tanqid, ijodiy yondashuv, monografi ya, adabiy maj-lis, memuar, xronologiya, badiiy so‘z, matn, adabiyotshunoslik.

Аннотация. Данная статья по-священа изучению литературно -критических взглядов Алишера На-вои. В ней анализируются научные труды ученого-навоиведа Абдука-дыра Хайитметова.

Ключевые слова: литератур-ная критика, креативное твор-ческое отношение, монография, литературное собрание, мемуар, хронология, художественное слово, текст, литературоведение.

Annotation. I This article reffects on learning Alisher Navoi’s literary-critical views and discusses scientist Abulkodir Hayitmetov’s work on this issue.

Key words: literary critique, creative approach, monograph, literary gathering, memoir, chronology, literary word, text, literature study.

ularning tarkibida;– tazkirachilik, yozma hamda og‘zaki adabiyotlarni

yig‘ish shaklida;– adabiy-badiiy asarlarning solishtirma matnlarini

tayyorlash shaklida;– adabiy xotira va memuarlar yozish shaklida;– adabiy-badiiy shaklda va h.k.Akademik B.Valixo‘jayev “O‘zbek adabiyotshunosligi

tarixi” asarida mumtoz adabiyotshunoslik va adabiy tan-qidchilik janrlarini ularning mohiyatiga qarab ikki guruhga ajratadi: 1) bavosita janrlar, ya’ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga bag‘ishlanmagan asarlar: faxriya, she’riy parchalar kabi; 2) bevosita janrlar, ya’ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqiddan bahs yurituvchi asarlar guruhi.3

B.Valixo‘jayev adabiy-tanqidiy qarashlar ifodalangan asarlarni garchi ikki guruhga ajratgan bo‘lsa-da, har ikkala adabiyotshunosning bu masaladagi tasnifl arida tafovut-dan ko‘ra umumiy yaqinlik ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

Abduqodir Hayitmetovning “Alisher Navoiyning ada biy-tanqidiy qarashlari” monografi yasi yozilgan yillar Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari hali fanga no-ma’lum edi. Agar ma’lum bo‘lganida, Navoiygacha bo‘lgan adabiyot nazariyasining yutuqlari umumlashtirilgan bu ilk turkiy qo‘llanma olimning mazkur tadqiqotiga boy materi-allar bergan bo‘lardi.

Abduqodir Hayitmetov adabiyotda va ilmda Navoiygacha endigina shakllana boshlagan adabiy ma-salalar ijodning turmush bilan bog‘lanishi, adabiyotda mundarija va shakl munosabati, adabiy mahorat ekanligini to‘g‘ri qayd etgani holda Navoiy asarlariga yuksak baho berib, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy ijodiga sho‘ro mafkurasi nuqtayi nazaridan turib yondashadi.4 O‘z davri uchun bu, albatta, tabiiy bir hol edi. Istiqloldan ke-yin, ya’ni 1993-yilda yaratilgan “O‘zbek adabiyotshunosligi tari xi” o‘quv qo‘llanmasida ayni masalalar talqiniga xoliso-na munosabat ko‘zga tashlanadi.5

A.Hayitmetov Navoiygacha bo‘lgan adabiyotshunos-likda shoirlarning ijodiy tajribasi kun tartibiga qo‘yilgan

Page 42: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

42 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

nazariy masalalarni traditsiya, novatorlik, badiiy asar tili kabi jihatlar misolida qayd etadi. Navoiygacha yashab, ada_biyotshunoslik masalalariga ko‘p ahamiyat bergan o‘zbek shoirlari orasida Haydar Xorazmiyning qarashlarini diqqatga molik hisoblaydi. “Haydar Xorazmiy Xorazmda to‘plangan adabiyotshunoslikka oid boy merosni jiddiy o‘rganib, uning yaxshi tomonlarini rivoj lantirishga, o‘z ijodi-da ularni qo‘llashga harakat qilgan”6 ligini qayd etadi.

Keltirilgan misollardan kelib chiqib, Abduqodir Hayitmetov Navoiy adabiyotshunosligining ilgarigi adabi-yotshunoslikdan farqi uning bu masalalarga o‘z davrining ilg‘or dunyoqarashi bilan xalqparvarlik, insonparvarlik kabi jihatlarga tayanib yondashganida, deb biladi.

Ma’lumki, tazkirachilik qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, o‘zining muayyan janriy xususiyatlari bilan ajralib turadi. “Tazkiralar ko‘pincha yo geografi k, yo monografi k, yo xronologik, yo sulolaviy, yo ijodiy prinsipda quriladi yoki shoir nomlarining oxiridagi harfl ariga qarab alifbe tartibi-da beriladi. Ammo bu prinsiplarning ikki-uchtasini qo‘shib, aralashtirib tazkira tuzgan mual lifl ar ham bor”7.

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari kompozit-sion tuzilish jihatidan ham yuqorida tasnifi berilgan tazki-ralarga o‘xshamaydi. Undagi birinchi, ikkinchi, uchinchi majlislar xronologik tartibda yoritilgan. Beshinchi va ol-tinchi majlislar esa jo‘g‘rofi y aqidaga amal qilib tuzilgan – Xurosonda yashaganlar va Xurosondan tashqarida yashaganlarga ajratilgan. Yettinchi majlis sulolaviy tazkira ko‘rinishiga ega bo‘lib, unda to‘planganlar temuriylar sulo-lasining vakillaridir. Sulton Husayn Boyqaro she’riyati tahlil qilingan sakkizinchi majlis esa monografi k tadqiqot tarzida tartib berilgan.

Abduqodir Hayitmetov ushbu asarni “sifat jihatidan yangi tipdagi tazkira–antologiya” deya baholar ekan, hukm ron mafkura tazyiqi sabab bo‘lsa kerak, temuriy su-lola shoirlari hamda Husayn Boyqaro adabiy mahora ti aks etgan yettinchi va sakkizinchi majlislar tahliliga maxsus o‘rin ajratmaydi.

Olim adabiyotning ijtimoiy vazifasi, unda mazmun va shakl birligi, an’ana, mahorat, til, adabiy mahorat, hayo-tiylik, janriy xususiyatlar, ijodkorning xulq-axloqi kabi ma-salalar Alisher Navoiy adabiy tanqidchiligining tub ma-salalari ekanligini uning ilmiy va badiiy barkamol asarlari tahlili misolida isbotlaydi.

Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, shoir adabiyotshunoslik ning qay bir muammosiga to‘xtalmasin, unda, albatta, ijod-korning axloqi masalasi ham muhim o‘rin egallaydi. Misol uchun “Badoye ul-bidoya” devoni debochasida Alisher Navoiy g‘azalning mazmun va tuzilishi jihatdan yaxlit bo‘lishi lozimligi, oshiqona kayfi yatlar bayoni ichida axloq-qa, ma’rifatga doir fi krlarning bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari shaklla-nishida uning axloqiy dunyoqarashi ham muhim rol o‘yna-gan. Abduqodir Hayitmetov masalaning bu jihatlariga ham alohida e’tibor qaratadi. Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida biror shoirning she’riy ijodiga baho berilishidan ol-din, avvalo, uning axloqi to‘g‘risida mulohaza bildirilganiga bir qancha misollar keltiradi.

Navoiy ham axloqiy qiyofasi, ham ijodi go‘zal bo‘lgan shoirlarga samimiy munosabatda bo‘ladi. Bu masalani yoritishda axloqi yolg‘on va adolatsizlikdan iborat bo‘lgan shoirlar guruhiga uning salbiy munosabati kuzatiladi. Masalaning ayni jihatlariga e’tibor qaratgan Abduqodir Hayitmetov “Majolis un-nafois”ning xalqchillik an’anasi-

da yaratilganligiga o‘nlab misollar keltiradi hamda Navoiy ada biyotshunosligi va tanqidchiligining muhim xususiyat-laridan biri – qalam ahllari ijodiga nisbatan uning betaraf, xolis turishidir, degan xulosaga keladi. Bu asar faqat ada biy-tanqidiy ahamiyatga ega bo‘lmay, balki tarixiy, et-nografi k ahamiyatga ham ega ekanligini yozadi: “Chunki unda o‘sha davr tarixi, urf-odatlari, shoirlardan boshqa davlat arboblari, ilm, madaniyat, san’at ahllari hayotini o‘rganishga doir muhim ma’lumotlar ham uchraydi”8.

Navoiy asarlarida turli adabiy janrlar – g‘azal, masnaviy, tuyuq, muammo haqidagi mulohazalar, ularning nazariy xususiyatlari to‘g‘risida qimmatli fi krlar bildirilgan. Bu fi krlar Alisher Navoiyning adabiy jarayonni, qayd etilgan janr-larning taraqqiyoti va xususiyatlarini chuqur kuzatishi, umumlashtirishi natijasida maydonga kelib, zamonasi-dagi adabiy tajriba, badiiy mahorat kabi masalalar bilan bevosita bog‘liq ekanligining ilmiy isbotlanishi Abduqodir Hayitmetov tadqiqotining jiddiy yutug‘idir.

Biroq Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rgani-sh davomida olim ayrim muhim masalalarga e’tiborsizroq qaraydi. “Navoiy tanqidchiligida biz yana boshqa nar-sani, ya’ni adabiyotning mayda-chuyda masalalari ustida, ba’zan badiiy asarning shakliga oid kichik masalalar ustida uzoq to‘xtalish, bahslashish kabi hollarni ham ko‘ramiz, – deb yozadi u va bunga misol qilib “Xamsat ul-mutahay-yirin” asarida Hasan Dehlaviy she’ridagi o‘xshatish ustida kechgan bahsni misol keltiradi:

“Zihi darunam diro zamon-zamon batu mayli...” to bu baytga yetishtiki:

Misoli qatrayi boron sirishki man hama dur shud,Chunin osor dihad alhaq tulun chun tu Suhayli.Majlis ahli mutayyin va xushtab el erdilar va piri majlis

ham xushtab va podshoh nishon. Mug‘anniyg‘a ba’zi e’tiroz yuzidin va ba’zi tanbiyya yuzidin dedilarkim: “Sirishki man hama dur shud” o‘rniga “hama xun shud”, – o‘qiki, “dur shud”ning ma’nosi yo‘qtur...”9

Navoiy bu bahsga aralashib, “dur shud”ning to‘g‘rili gini ta’kidlaydi. Nihoyat bahsga Abdurahmon Jomiy ara lashib, “dur shud”ning mantiqan to‘g‘riligini isbotlaydi. Mazkur she’rda “Sening Suhayl yulduzidek charaqlab chiqi shing mening yomg‘ir tomchilaridek ko‘z yoshla rimni durga aylantirdi”, ma’nosi ifodalangan. Mumtoz she’riyatda ko‘zyoshni qon tomchilariga o‘xshatishga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ikkinchidan, majlis ahli, bizningcha, shu o‘xshatishni hisobga olgan bo‘lishlari hamda “dur shud”ni “yiroqlashdi”, “ko‘zyoshlarim bitdi” ma’nolarida tushungan ko‘rinadilar. Agar “xun shud” bo‘lganida o‘xshatish yo‘qqa chiqardi, bayt mazmuni buzilardi, poetik ifoda tarovati yo‘qolardi.

Ko‘rinib turibdiki, bu bayt ustidagi bahs – badiiy asar-ning shakliga oid kichik masala emas. Chunki noo‘rin qo‘llanilgan birgina so‘z poetik asarning mazmundorligini, estetik ta’sirchanligini susaytirishi mumkin.

Olim Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari aks etgan asarlari sifatida “Majolis un-nafois”, “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Mezon ul-avzon”, “Mahbub ul-qulub”, “Xazoyin ul-maoniy”larni ta’kidlab o‘ta-di. Mavzuni yoritishda esa, asosan, “Majolis un-nafois”, shuningdek, “Xamsa” tarkibiga kirgan dostonlarga ko‘proq murojaat qiladi. Albatta, Navoiyning adabiy-tanqidiy qa-rashlarini bir monografi ya doirasida qamrab olishning im-koni yo‘q.

Tadqiqotning asosiy uchinchi bo‘limi fasllarining “Badiiy so‘zni qurol qilib”, “Chuqur mazmun va go‘zal forma

Page 43: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 43veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 43

Tadqiqotlar

uchun”, “Yuksak original asarlar yaratish yo‘lida”,“San’at-da haqqoniylik uchun” deya nomlanishidan ham tadqiqot oldidagi asosiy maqsad-muddao Alisher Navoiy adabiy qarashlari uning badiiy asarlarida qay tarzda ro‘yobga chiqqanligini tekshirishdan iboratligi anglashiladi.

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da Husayn Boyqaro she’riyatiga alohida bob bag‘ishlab, uning poetik mahora-tini atrofl icha tahlil qiladi. Abduqodir Hayitmetovning biz so‘z yuritayotgan monografi yasida bu bob tahlilga tortil-maydi. Adabiyotshunos 1982-yilda yozgan “Navoiyda lirika tahlili” maqolasida bu mavzuga qaytib, Navoiy to-monidan Husayn Boyqaro she’riyatiga berilgan talqinlarga munosabat bildirib o‘tadi. “Majolis un-nafois”da eng ko‘p tahlilga tortilgan Sulton Husayn Boyqaro devonidir. Bunda Navoiy uning 160 g‘azali matla’yi munosabat bildirib o‘ta-di. Vohid Juzjoniy nashrida Sulton Husayn Boyqaroning 202 ta g‘azali keltirilgan. Demak, Navoiy vafotidan keyin u qirqtacha g‘azal yozgan. Navoiy bu shoir devonini dun-yoviy ada biyot miqyosida baholab, undagi yaxshi, tak-rorlanmas deb bilgan baytlarini Lutfi y, Sakkokiy va unga

o‘xshash “turkigo‘ylarning” she’rlari bilan qiyoslagan”10.Abduqodir Hayitmetov o‘zining ko‘pgina tadqiqotlarida

turli munosabat bilan Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari haqida fi kr bildirib o‘tgan. Masalan, “Yagonayi asr”, “Navoiy she’riy mahorat haqida”, “Xisrav Dehlaviy va o‘zbek adabiyoti”, “Alisher Navoiy va Hasan Dehlaviy” kabi maqolalari shular jumlasidan.

Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarida mumtoz badiiy tasvir vositalaridan tortib, asar kompozitsiyasigacha tuyuq, changiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, turkiy singari o‘z davri uchun yangilik hisoblangan o‘zbek she’riyati janr-laridan tortib, ijodkor badiiy mahoratigacha bo‘lgan il miy-nazariy tushunchalarning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari qamrab olingan.

Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari o‘zbek ada-biyotshunosligining tarixiy yo‘lidir. Ustoz Abduqodir Hayitmetov esa ana shu adabiy haqiqatni bizga il miy-nazariy jihatdan xolisona yoritib bergan.

1 A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 79-bet.2O‘sha manba, 78-bet.3B.Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993. 9-bet.4A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 30-bet.5B.Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993. 39–40-betlar.6A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 39-bet.7M.Shayxzoda. Tazkirachilik tarixidan // Navoiyga armug‘on. – Toshkent: 1968. 49-bet.8A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 76-bet.9O‘sha manba. 57-bet.10A.Hayitmetov. Navoiyda lirika tahlili // Navoiyxonlik suhbatlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 125-bet.

Barno BOLTAYEVA, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi;

3,Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi

TOHIR MALIK ASARLARIDA F ZEMALARNING QO‘LLANISHI HAQIDA

Annotatsiya. Maqolada Tohir Malik asarlarida qo‘llanilgan frazemalar xusu-sida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: frazema, frazemalar transformatsiyasi, okkazional frazema-lar.

Аннотация. В данной статье ведется речь об окказиональных фраземах, применённых в произве-дениях Тaхира Малика.

Ключевые слова: фразема, трансформация, окказиональные фразеологизмы

Annotation. This article presents detailed issues of phrasals and occa-sional phrasals which can be encoun-tered in the works of Tokhir Malik.

Key words: phraseme, phraseme transformation, occasional phrasemes.

Taniqli adib Tohir Malikning “Falak”, “Shaytanat”, “Iblis devori”, “Mehmon tuyg‘ular” kabi asarlari hayotiyligi bilan keng kitobxonlar qalbidan joy olgan. Muayyan yozuvchining so‘z yoki ibora qo‘llash mahorati tilning sinonimik boyligidan qaysilarini saralash, bu vositalarni nutq zanjirida qanday joy-lashtirishida namoyon bo‘ladi. Tohir Malik asarlarida ham til vositalaridan foydalanishning xilma-xil, o‘ziga xos namunala-rini ko‘rish mumkin.

Adabiyot – insonshunoslik tadqiqi bo‘lganligi bois qahra-monlarning tashqi qiyofasi bilan birga uning ma’naviy dun-yosini ham, psixologiyasini ham ishonarli va ta’sirli qilib tas-

virlab berish yozuvchilar oldida turgan murakkab vazifalardan hi soblanadi. Bu vazifani ado etishda frazemalar yozuvchi-larimizga samarali xizmat qiladi. Chunki frazemalarda emo-tsional-ekspressivlik, munosabat va obrazlilik kuchli. Masalan: xursand bo‘ldi – og‘zi qulog‘ida, kamyob – anqoning urug‘i, iztirob chekdi – dard-u dunyosi qorong‘i bo‘ldi, mehnatkash – oyog‘i olti, qo‘li yetti, hasadchi – ko‘ngli qora va hokazo.

Umuman olganda, frazemalar tilda tayyor holda mavjud-ligi, turg‘unligi sababli bir qarashda ularning tarkibi o‘zgar-masdek tuyuladi. Ammo yozuvchilari miz umumtildagi fraze-malardan foydalanish bilan birga ularni ijodiy o‘zgartirib ham

Page 44: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

44 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

44 e-mail: [email protected]

Tadqiqotlar

qo‘llaydi. Nutqda, ayniqsa, badiiy va publitsistik nutqda, she’riy matnlarda frazemalar ma’lum tashqi (struktural) va ichki (semantik) o‘zga rishlarga, transformatsiyaga uchraydi.1 Frazemalar transformatsiyasi deyilganda ibora ma’nosida, tuzi lishida, komponent tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlar tizimi tushuniladi. Olim B.Yo‘ldoshev ta’kidlaganidek, trans-formatsiyaga uchragan frazemalarning ayrimlari asta-sekinlik bilan kontekstual hodisadan uzual, til hodi sasiga o‘tishi mum-kin. Bu esa tilning, jumladan, ada biy til frazeologik tizimining taraqqiyot jarayonini o‘zida ifoda etadi.

Tohir Malik ijodini o‘rganar ekanmiz, yozuvchining asar g‘oyasini ochib berishda nafaqat iboralardan keng foydalan-ganligini, balki ularni ijodiy o‘zgartirib okkazional iboralarni ham yaratganligining guvohi bo‘lamiz. Ibora strukturasidagi, komponent tarkibidagi o‘zga rish ma’lum darajada uning se-mantikasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ibora o‘z ma’nosini o‘zgartiradi yoki qo‘shimcha ma’no qirralariga ega bo‘ladi. Frazemalarni struktural-semantik o‘zgartirish usullari quyi-dagilardan iborat:

Ibora komponentini almashtirish usuli. Umumtildagi “o‘tmas pichoq bilan so‘ymoq” iborasi “ruhan azobla moq” ma’nosini anglatadi. Yozuvchi “Zulm” hikoyasida ushbu ibo-rani quyidagicha ifodalaydi: Nima desa ham mayli, jim turma-sa bas... Uning jim turishi o‘tmas pichoq bilan so‘yishdan battar edi (Tohir Malik. “Zulm”, 189-bet). “Oxirat” hikoyasida esa bu iborani biroz o‘zgartirib qo‘llaydi: Bu gapning sababini so‘rab, dilimni o‘tmas pichoq bilan tilmang, ustoz, – deb-di beva yig‘lab (“Oxirat”. 287-bet). Yozuvchi ibora tarkibidagi “so‘ymoq” komponentini “tilmoq” komponenti bilan almashti-rish va ibora tarkibiga “dilimni” so‘zini qo‘shish orqali ifodala-nayotgan ma’noni yanada konkretlashtiradi, ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladi.

Yoki adabiy tildagi “umid(i) uzildi” iborasi kimning nimadan yoki kimdandir ko‘nglidagi oxirgi ilinji ham yo‘qolgani ma’nosini anglatadi va uning umid uzmoq, umidni uzmoq, umid rishtalari uzildi kabi variantlari mavjud (O‘TIFL, 1992). Yozuvchi asarla-rida esa bu ibora har gal yangi bir ma’no nozikliklari bilan birga qo‘llanilgan. “Falak” hikoyasini o‘qir ekanmiz, yuqoridagi ibo-raning o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan variantiga duch ke-lamiz: Ajal shamoli umidim somonini ham, umr dona sini ham sovuryapti (“Falak”, 32-bet). Keltirilgan gapda “umid somonini sovurmoq” iborasi yozuvchi tomonidan yaratilgan okkazional iboradir. Okkazional frazeologizmlar individual-muallif frazeolo-gizmlari bo‘lib, ushbu ibora faqatgina shu kontekstda mavjud va undan tashqarida qo‘llanmaydi. Yozuvchi “umidini uzmoq” iborasi o‘rniga “umid somonini sovurmoq” iborasini qo‘llab, ma’lum badiiylikka hamda ma’no ta’sirchanligiga erishgan. Yoki yana bir o‘rinda “umidiga soya soldi” iborasini keltirish orqa-li asar qahramoni umidining biroz susayganini ang latmoqchi bo‘ladi: Uning yo‘ldan ozgani musofi r umidiga soya solsa ham, u hamqishlog‘i bilan uchrashish istagidan voz kechmadi (“Falak”, 26-bet). Demak, hali umid bor, lekin unga biroz soya, qorong‘ulik tushdi. Shuningdek, “umidi xira tortdi” iborasini keltirish bilan umidining biroz susayganini mohirona ifodalaydi: O‘sha “o‘n bir hur go‘dakning umrini ham, baxtini ham, rizqini ham Ollohim qol-gan uchtasiga bergani rost bo‘lsin”, deb yurganida, umidi xira tortdi (“Devona”, 350-bet).

Yana bir o‘rinda xuddi shu iborani “umid uchqunlari ustiga kul tortmoq” shaklida qo‘llaydi: Eshikning sharaqlab yopilishi so‘nggi umid uchqunlari ustiga kul tortdi (“Erkin”, 319-

bet). Adabiy tilda “umid uchqunlari ko‘rindi”, “umid uchqunlari yondi” yoki “umid uchqunlari so‘ndi” iboralari keng qo‘llaniladi. Yozuvchi tomonidan esa unga o‘ziga xos o‘zgartirishlar kiritilib, “umid uchqunlari ustiga kul tortmoq” shaklida berlgan. Mantiqan olib qaralganda, “umid uchqunlari” so‘nishi tabiiy holat va uch-qun kulga aylanadi. Bu o‘rinda yozuvchining mahorati shunda-ki, umidning bevaqt, kutilmaganda, ya’ni hali uchqun borligiga qaramay ayovsiz so‘ndirilganligi holati ibora tarkibiga “so‘nggi”, “ustiga kul tortmoq” komponentlarini qo‘shish orqali qahramon ruhiyati yaqqol tasvirlab berilgan. Shuningdek, “umid yuziga tuproq tortmoq” varianti ham “umid uchqunlari so‘ndi” iborasiga qaraganda keskin xulosani ifodalashi o‘ziga xos ma’noni ang-latadi: Faqat...ko‘p yillik umidimning yuziga tuproq tortish menga og‘irlik qilyapti... (“Bekat”, 481-bet). “Umidi so‘nishi” yoki “umid uchqunlari so‘nishi” ma’lum vaqtlar o‘tib yana umidning paydo bo‘lishiga imkon qoldiradi, lekin “umidi yuziga tuproq tor-tish” umididan butunlay voz kechishni anglatadi.

Yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan iboralarda ma’lum ma’no kuchayishi dinamikasini ko‘rish mumkin: “umidiga soya solmoq” → “umidi xira tortmoq” → “umid somonini sovurmoq” → “umid uchqunlari ustiga kul tortmoq” → “umidi yuziga tuproq tortmoq”.

O‘zbek adabiy tilida frazemalardan ijodiy foydala nishning yana bir usuli ibora strukturasi asosida yangi ibora yaratish-dir. Umumtildagi “tomdan tarasha tushganday” iborasi qo‘qis-dan, kutilmagan holda va qo‘pol tarzda (O‘TFL, 446-bet) sodir bo‘lgan voqea-hodisaga nisbatan aytilib, shu ibora strukturasi asosida yozuvchi okkazional iborani yaratadi: Bu gap pe-shonaga tekkan tarashaday bo‘ldi, xotin ortiqcha gapirib yuborganini sezib, pastki labini tishladi (“Oqibatul-amr”, 227-bet). Qiyoslang, “tomdan tarasha tushganday” – “peshonaga tekkan tarashaday”.

Odatda “ilonning bolasi ilon, chayonning bolasi chayon” iborasi qo‘llaniladi. Quyida bu iboraning o‘zgartirib qo‘llanil-ganini ko‘rish mumkin: Ilonning bolasi - ilon, dushmanning bolasi dushman (“Erkin”, 327-bet). Yozuvchi iboraning ik-kinchi qismida “dushmanning bolasi dushman” okkazional iborasini yaratadi.

Adabiy tilda “esi og‘di”, “esidan chiqdi”, “esi past”, “es-hushidan ayrildi” kabi iboralar keng qo‘llaniladi, bi roq Tohir Malik “esi teskari bo‘lmoq” okkazional ibora sini qo‘llaydi: Uylarku, bosib qolmagan, birov o‘lmagan, lekin kunda uch-to‘rt martadan yer titrab tursa, esing teskari bo‘lib ketarkan (“Ivanich”, 366-bet). O‘quvchilarning eslarini teskari qilib yuborgan, deyishadi (“Oxirat”, 275-bet). Bizningcha, “esi teskari bo‘lmoq” iborasi adabiy tildagi “es(i)ni chiqarib yubor-moq” iborasiga sinonim hisoblanadi (O‘TFL, 512-bet). Chunki “es(i)ni chiqarib yubormoq” iborasi anglatadigan nihoyatda qattiq qo‘rqmoq, jon-pon(i) chiqib ketdi, jon(i) halqum(i)ga kel-di ma’nolari yuqorida keltirilgan gaplar anglatmoqchi bo‘lgan ma’nolarga mos keladi.

Nutqimizning ko‘rki hisoblangan frazemalar badiiy asar-lardagi obraz va manzaralarni o‘quvchi ongida yorqin tas-virlash uchun xizmat qiladi. Tohir Malik asarlarida ham vo-qea-hodisalarni ta’sirchan va yodda qola digan qilib tasvir-lashda frazemalardan keng foydalanilgan. Yozuvchi nafaqat umumtilda mavjud iboralardan unumli foydalanadi, balki ular-ni ma’lum o‘zgartirishlar asosida yangilab, ma’no qirralarini ochadi, yangi-yangi frazemalar yaratib, o‘zbek adabiy tilini boyitishga hissa qo‘shadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:1. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 2. B.Yo‘ldoshev. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari. Fil. f. dok. dissert. avtoref. – Toshkent,

1993.3. A.Mamatov. O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. Fil. f. dok. dissert. avtoref. – Toshkent, 2000.4. Tohir Malik. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Sharq, 2006. 448-bet.5. Tohir Malik. Iblis devori. – Toshkent: Sharq, 2012.

Page 45: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 45

Tadqiqotlar

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 45

TadqiqotlarTadqiqotlar

Badiiy tarjima boshqa xalq adabiyoti durdonalarini ona tiliga o‘girib, o‘z eliga topshirish san’atidir. Chunki tarjimon qaysi tildan o‘girmasin, o‘sha xalq adabiyoti-ning eng sara kitobini tanlaydi.

O‘quvchini, albatta, badiiy mukammal asarlar qiziqti-radi. Shunday o‘lmas tarjima asarlar muallifi , mohir tarjimon Yanglish Egamova agar hayot bo‘lganida bu yil 75 yoshga to‘lardi. Yanglish opa nemis allomasi, ja-hon xalqlarining sevimli adibi Iogann Volfgang Gyote asarlari tarjimoni sifatida nom qozondi, umri davomida o‘zbek tarjimashunosligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.

2015-yilda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Yanglish Egamova tarjimasida Iogann Peter Ekkermanning “Gyote bilan gurunglar” asari, o‘g‘li Erkin Rahmonov tarjimasida bolgar adibi Boris Aprilovning “Tulkichaning sarguzashtlari” qissasi va turmush o‘rtog‘i Vahob Rahmonovning “Mumtoz so‘z sehri” to‘plami nashr etildi. Bu Yanglish Egamova yashagan muhitning adabiyotga nechog‘liq oshno ekanligini ko‘rsatadi.

Tarjimon o‘tgan asrning 70-yillaridayoq Iogann Volfgang Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani-ni ilk marotaba olmon tilidan o‘zbek tiliga o‘girib, kitob-xonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yanglish Egamovaga shuhrat keltirgan ushbu tarjima asar haqida mutarjim mahoratiga yuksak baho berib, fi lologiya fanlari doktori, professor Akram Kattabekov: “Agar Gyote o‘zbek tilida yozganida, aynan shunday yozgan bo‘lardi”, – degan edi.

Adabiyotshunoslar Y.Egamovani gyoteshunos olima va mohir tarjimon deb bilishadi. Negaki ustoz Gyotening usluban o‘ta murakkab bo‘lgan “Hamroz dillar” romani, Gyote haqida zamondoshlari xotiralarini o‘zbek tiliga tarjima qildi; Gyote haqida ko‘plab ilmiy-tahliliy va tar-jimashunoslikka doir maqolalar yozdi. Shu bois akade-mik Akmal Saidov tarjimon xotirasiga bag‘ishlab yozgan maqolasini “Gyote bog‘ining chinori edi” deb nomla-di va fi doyi mutarjim xotirasini abadiylashtirish uchun Gulistonda Yanglish Egamova uy-muzeyini tashkil etish taklifi ni bildirdi. Bu voqea amalga oshsa, respublikada birinchi yangilik – tarjimon sharafi ga uy-muzey ochi-ladi, natijada 5000 nusxa kitobi bo‘lgan ushbu muzey Guliston shahriga ma’naviy ko‘rk bo‘ladi.

Hayotining so‘nggi yillarida ham Y.Egamova Gyote asarlari tarjimoni sifatida emas, balki uni qadrlovchi so‘z san’atkori bo‘lib qoldi.

Har bir tarjimon ijodida uning shaxsiga haykal bo‘lishga arzigulik asari bo‘ladi. Yanglish Egamova tarjimasidagi uchta asarni shunday asarlar safi ga kiri-tish mumkin: “Yosh Verterning iztiroblari”, “Gyote bi-lan gurunglar”, Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy”.

Tarjimonning ko‘p tilni bilishi nechog‘lik muhim ekan-ligi Yanglish Egamova tajribasida tasdiqlandi. U “Verter”, “Hamroz dillar”, “Bruno Apits”, “Qashqirlar changalida”, “Gyote bilan gurunglar”, “Lottaning Vaymarga safari”

Qo‘chqor SIDDIQOV,Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi O‘qituvchilarni

qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi katta o‘qituvchisi

KITOBXONNI YIG‘LATGAN TARJIMON

kabi asarlarni olmon tilidan, “Tulkichaning havodagi sar-guzashti” asarini rus tilidan, “Tarixi Rashidiy”ni turmush o‘rtog‘i Vahob Rahmonov bilan hamkorlikda fors tilidan tarjima qilgan mahoratli mutarjim edi.

Kechagina “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Yosh Verterning iztiroblari” romanini 5000 nusxada chop etdi (balki bu asarning 6–7-nashridir).

Y.Egamova Gyote instituti O‘zbekiston bo‘ylab uyush tirgan tarjimonlar yig‘ilishlarida mas’ul ekspert si-fatida jonbozlik ko‘rsatgan. Bu haqda shogirdlaridan biri Behruz Avazov o‘z xotira maqolasida shunday yozadi: “Ustoz ilmni haqiqat tarozisida o‘lchaydigan benazir oli-ma edi, katta-yu kichik munozaralarda shoshilmasdan, aniq va lo‘nda fi kr bildirar, bilimdonlarning bahslari ta-ranglashib boradigan davralarga tarjima jarayonida yuz beradigan qiziq gaplari bilan darrov xush kayfi yat olib kirardi.

Yoshi ulg‘aygan bo‘lsa-da, bu insonning keksalik-dan, toliqishdan noliganini bilmayman. Ustoz Guliston va Toshkent oralig‘ida uzluksiz qatnashdan charchama-gan. Deyarli har haftada ijodiy uchrashuv, seminar va konferensiyalarda nutq so‘zlar, yangi tarjimalari, kel-gusidagi rejalaridan tinglovchi va o‘quvchilarini bo-xabar etardi. Respublikamiz viloyatlariga tashrif buyu-rib, talaba-yoshlar bilan uchrashar, bilganlarini tezroq hammaga ulashgisi kelardi. O‘zining tarjimalari haqida biz yoshlardan ham fi kr so‘rab: “Men sizlardan o‘rga-nishim kerak”, – deb kamtarlik qilib qo‘yardi. Aslida esa bu orqali insoniy fazilatlari, katta hayot tajribasini, ilmda so‘rashdan uyalmaslikni biz o‘quvchilarga o‘rgatardi.

Toshkent viloyatidagi so‘lim oromgohlarning birida Nigora Abduqodirova loyihasi asosidagi yosh tarjimon-lar va havaskorlar uchun mo‘ljallangan bir haftalik yoz-gi akademiyada qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ne saodatki, ushbu akademiyaga taniqli olim Vahob Rahmonov hamda Yanglish Egamova raislik qilayotgan edi. Mana shu qisqa fursat mobaynida menga nomlari avvaldan darslik va adabiyotlar orqali ma’lum bo‘lgan insonlarning ichki dunyosini o‘zim uchun kashf etdim. Ular bilan uzoq suhbatlashar, bunday maroqli, adabiy saboqlarga boy kechalarning tugashini sira istamas edim, zotan ular bilan gurunglashgan har qanday kishi-ga allaqanday iliqlik hamda samimiyat yuqardi. Bolajon ko‘ngilli bu ikkala olim akademiyada har bir savolimizga erinmay batafsil javob berishar, adabiyot va badiiy tar-jimaning mashaqqatli so‘qmoqlaridan sabr bilan ildam-lashga da’vat etishardi. Keyinchalik nemis tili va shu til bilan bog‘liq tarjimalarga bag‘ishlangan turli tadbirlarda Yanglish Egamova bilan ko‘p bora ko‘rishdim”.

Kitobxonlarni jahon adabiyoti durdonalari bilan osh-no etgan, shogirdlarining mehribon ustozi Yanglish Egamova xotirasi o‘quvchi va barcha ziyolilar qalbi-da mangu qoladi. Zero, xotira-muqaddas, inson qadri azizdir.

Page 46: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

46 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

M.Qo‘shjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumani-dagi Hallang qishlog‘ida 1918-yilning 5-mayida cho‘pon oilasida tug‘ildi. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot olgandan so‘ng Chorjo‘ydagi o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942-yilgacha Toshhovuzdagi o‘rta maktabda o‘zbek tili va ada biyotidan dars berdi. Ikkinchi jahon urushida chapdast snayper sifa-tida jang qildi. Jasorati uchun orden va medallar bilan mu-kofotlandi. Urushdan qaytgach, O‘rta Osiyo davlat universi-tetining fi lologiya fakultetiga kirib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Mas’ul lavozimlarda ishladi. 1953-yili Moskvadagi Ijtimoiy fanlar akademiyasiga o‘qishga tavsiya etiladi. Tahsil davomida qobiliyati va fi krlash doirasining kengligi bilan safdoshlari orasida ajralib turdi. O‘qishni tugatib qaytgach, O‘rta Osiyo universiteti fi lologiya fakultetining o‘zbek adabi-yoti kafedrasida ishladi. M.Qo‘shjonov ma’ruzalarga shu qadar jiddiy tayyorlanardiki, keyinchalik matnlar ning aksari to‘liq holda matbuot sahifalarida alohida-alohida maqola tarzida bosildi. 1960-yili Alisher Navoiy nomidagi Til va ada-biyot institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi, u yerda bo‘lim mudiridan direktorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

M.Qo‘shjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida bosh-landi. 1956-yili gazetada «Bir tanqidiy-biografi k ocherk haqida» nomli birinchi taqrizi e’lon qilindi. Adabiy tanqidchi bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib turardi. U asta-sekin nainki o‘zga adibning, balki o‘zining ham mahorati haqida o‘ylaydigan, nazariya masalalariga alohida e’tibor bilan qarovchi munaqqid bo‘lib yetishdi. Olim tadqiqotlarida badiiy mahorat masalasiga ko‘proq e’tibor qaratdi. Ularda xulosa chiqarishga nisbatan asarni xolisona, izchil tahlil qilish, xulosani o‘quvchi muhokama-siga havola etish xususiyati ustunlik qiladi.

Olimning rus va o‘zbek tillaridagi «Ma’no va mezon» (1974), «Mohiyat va badiiyat» (1977),«Talant qirralari» (1975), «Oybek» (1976), «Mahorat mas’uliyati» (1977) nomli kitoblari hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqid-

Shoira AHMEDOVA,Buxoro davlat universiteti professori,

fi lologiya fanlari doktori

USTOZ MUNAQQID(Akademik Matyoqub Qo‘shjonovning 100 yilligiga)

Munaqqidning ilmiy-ijodiy yo‘liYetuk tanqidchi va adabiyotshunos, O‘zR FA ning haqiqiy a’zosi, Davlat

mukofoti sovrindori, fi lologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonov o‘zbek tanqidida fi krlash tarzi va ifoda uslubi, jangovar haqgo‘yligi, sermah-sul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi.

«Bizga taqdir ikki buyuk tanqidchi – Ozod Sharafi ddinov va Matyoqub Qo‘shjonovni nasib etdi. Ularning har ikkovi ham ijodini jasorat bilan boshlab, o‘ziga xos ravishdagi jasorat bilan tugatdilar. Agar jahon adabiy tanqidchili-gi antologiyasi chop etilsa, ularning har ikkovi ijodidan namunalar kiritilsa, har tomonlama adolatli ish bo‘lur edi», – deb yozadi akademik B.Nazarov. Haqiqatan ham M.Qo‘shjonov jahon va rus tanqidchilari estetik tamoyillarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘ziga xos sharoitda, o‘zbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-munaqqiddir.

chiligining yutug‘i bo‘lib qoldi. «Ma’no va mezon», «Talant qirralari» kitoblari Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1978-yili olimga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» degan yuksak unvon berildi.

M.Qo‘shjonov tanqidiy qarashlarining shakllanishida rus tanqidchilari ta’siri katta bo‘ldi. Tanqidchi tahlilga kirishar ekan, ko‘p hollarda V.Belinskiy uslubiga xos yo‘l tutib, fi krni asar haqida ma’lumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaq-qid asarlarining o‘qishli va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydigan muhim omilga aylangan. Olimning qaydlarida shunday satrlar uchraydi: «Tanqidchilarimiz obrazlarni tanqidiy yo‘l bilan qayta tiklash priyomini egallab oldilar. Yozuvchi badiiy asar yaratib, kitobxonni o‘z g‘oyasiga bir marta sherik qilsa, tanqidchi o‘sha asarni tahlil qila turib, asar g‘oyasiga, este-tik qimmatiga kitobxonni ikkinchi bor sherik qiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan tanqidchi asarning ta’sir kuchini oshiradigan, adabiyotning kuchiga kuch qo‘shadigan bo‘ldi»1.

M.Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u ba-diiy asar tahlilida sof ilmiy akademizm usulini qo‘llamay-di, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslubiy yo‘nalish tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi. Bu narsa, birinchi navbatda, munaqqid-ning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fi kr yuritishida ko‘rinadi.

Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dularO‘tgan salkam yuz yil mobaynida qodiriyshunoslik

o‘zbek tanqidchiligining muhim tarmog‘i va mustahkam tarkibiy qismi sifatida qaror topdi.

A.Qodiriy san’ati va mahoratini o‘rganish M.Qo‘shjonov ijodining ham markaziy muammolaridan birini tashkil etdi. Uning «Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati» nomli asari adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor go‘zalliklari va qudra-ti bilan tahlil etilgan o‘zbek adabiyotshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot bo‘ldi. A.Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish omillarini aniqlash, san’at-

Fanimiz � doyilari

Page 47: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 47

Fanimiz fi doyilari

veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz 47

Fanimiz fi doyilarikorlikdagi jozib nuqtalarni topish, xususan, «sir saqlash» san’atini birinchilardan bo‘lib M.Qo‘shjonov ko‘ra oldi.

Voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi, de-gan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy mahorati-ning qirralarini olim (sir saqlash, perepitiya, ichki va tashqi kolliziyalar birligi, antiteza) asardagi nainki asosiy obrazlar – Otabek va Kumush xarakteri orqali ochish, balki bu ikki qahramonga kelib tutashuvchi va ularga aloqador bo‘lgan, beistisno, barcha katta-kichik obrazlarni ham tahlil etish orqali ko‘rsatishga intiladi. Lekin munaqqid asosiy e’ti-borini Otabek va Kumushga qaratadi, albatta. Otabek va Kumush xarakteri asardagi barcha hujayralarni bir-biriga bog‘lovchi, harakatlanti ruvchi asosiy kuch. «Romanning bosh g‘oyasi asosan yetakchi obrazlarda ifodalangani uchun bu obrazlarning yaratilishi to‘g‘risida ko‘proq to‘xtash foydalidir. Chunki bu masala yozuvchi san’atini belgilovchi asosiy omillardandir»2, – deb yozadi olim.

«O‘tkan kunlar»dagi xarakterlarni tahlil qilish jara-yonida M.Qo‘shjonov o‘z qalbida tug‘ilgan his-hayajonlar-ni kitobxonda ham uyg‘otishga intiladi: «Ota-ona orzusi»! O‘zbekchilikning bu odati qancha-qancha sof insoniy his va muhabbatni, insoniy go‘zalliklarni o‘z olovida kuydirib yubor-madi. Ota-ona orzusi deb qan chadan-qancha gul g‘uncha-lari ochilmay so‘ndi. Bu mudhish o‘tmish sarqiti hozir ham ozod, baxtiyor yoshlarimiz oldida ba’zan g‘ov bo‘lib turmay-dimi?» – deya achinish bilan yozadi tanqidchi Otabekning ota-ona orzusi yo‘lida ikkinchi marta uylanishga majbur bo‘layotganidagi ruhiy holatini tahlil etarkan. Tanqidchi qal-bidagi bu iztirob tezda kitobxonga ham «yuqadi».

«Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati» kitobini muallif mustaqillik yillarida qaytadan nazardan o‘tkazib, ixcham-lashtirib va boyitib, «O‘zbekning o‘zligi» nomi bilan nashr ettirdi. Tarixiylik tamoyillariga qat’iy amal qilgan tanqidchi bu kitobda o‘zining qator yangi qarashlarini istiqlol mafku-rasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqil-lik ruhi bilan sug‘orilganligi, A.Qodiriy ijodining bugungi zamonamiz uchun ahamiyatli jihatla riga e’tibor berilishi bilan diqqatga sazovordir.

M.Qo‘shjonov buyuk adib Abdulla Qodiriy asarlarini katta e’tibor bilan o‘rgandi, u haqda jiddiy monografi k tad-qiqotlar yaratdi. «Mohiyat va badiiyat» kitobining «Ustozlar sabog‘i» deb nomlangan katta bo‘limi A.Qodiriy, Oybek, Sh.Rashidov va Gulxaniy ijodining tahliliga bag‘ishlangan.

Oybek ijodi tanqidchi nigohidaM.Qo‘shjonovning tanqidchilikka kirib kelishidagi

dastlabki e’tiborli maqolalaridan biri A.Muxtorning «Opa-singillar» romaniga bag‘ishlandi. Lekin munaqqid nomini kitobxonga tanitgan, ya’ni darhol tilga tushgan ishlaridan biri «Qutlug‘ qon» to‘g‘risidagi oddiy o‘zbek yigiti Yo‘lchi xarakterining shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilingan katta maqola bo‘ldi. Shu maqoladan boshlab M.Qo‘shjonov Oybek ijodini, uning mahorat sirlarini o‘rganish borasida ko‘p mehnat qildi.

I.Sultonov o‘tgan asr 60-yillari arafasidayoq tanqid-chilarni M.Qo‘shjonovdan o‘rnak olishga da’vat etishi bejiz emas edi. Olimning «Oybek romanlarida xarakterlarni tas-virlash mahorati» mavzusida rus tilida yozilgan nomzodlik dissertatsiyasining asosiy natijalari kitob holida 1959-yil-da bosilib chiqdi. «Xo‘sh, M.Qo‘shjonov Oybek haqidagi avvalgi tadqiqotlardan so‘ng oybekshunoslikda nimalarni kashf etdi? Aslida adabiyotshunos H.Yoqubov kitoblaridan keyin bu borada hammaga manzur bo‘ladigan ish qilish nihoyatda ulkan mas’uliyat talab qilardi. Bu ishni amalga

oshirish uchun faqat tanqidchi talantining o‘zi kifoya qil-masdi. Talantga qo‘shimcha tinimsiz mehnat, yuksak did, puxta nazariy bilim kerak edi. Uzoq izlanishlar, bir necha yil Moskvaning jahonga mashhur olimlari davrasida bo‘lish, klassiklar asarlarini sinchiklab o‘rganish yosh olimni bu ja-soratga undadi»3.

Kitobning fazilati yozuvchilik san’atining asosiy va muhim tomoni sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida ko‘rindi. Asar Z.Kedrina, G.Lomidze kabi taniqli olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotshunosligining jiddiy yutug‘i deb yuksak baholandi.

M.Qo‘shjonov Oybek asarlari haqidagi kuzatishlarini davom ettirib, yuksak mahorat namunasi bo‘lgan «Oybek mahorati» asarini yaratdi va unda, asosan, adibning nasriy ijodini tadqiq etdi. Bu asar «adabiy hodi saga faqat nazari-yotchi olim ko‘zi bilangina emas, balki san’atkor ko‘zi bi-lan ham qarashning, ilmiy tafakkurni badiiy tafakkur bilan dialektik aloqada olib borish»ning go‘zal namunasi bo‘ldi. «Oybek mahorati» monografi yasi oybekshunoslikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Bu kitobda ham tahlil markazida xarakter masalasi turadi. «Oybek mahorati»ning adib haqidagi boshqa tad-qiqotlardan farqlanuvchi jihati shunda. Bu tadqiqot qahra-mon xarakteriga bog‘liq holda konfl ikt, sujet, kompozitsiya muammolari ham uzviy birlikda o‘rganilgan o‘zbek adabi-yotshunosligi erishgan salmoqli yutuq bo‘ldi. M.Qo‘shjonov Oybek she’riyatiga ko‘p muro jaat etmaydi. Uning poe-malariga, asosan, prozaga o‘tishdagi muhim sifatlarning shakllanishini belgilash nuqtayi nazaridan yondashadi. Shu ma’noda mu naqqidni Oybek she’riyatida epik xususi-yatlar jalb etadi. M.Qo‘shjonov ularni tahlil etar ekan, shoir she’riyatda ham yirik polotnolar, keskin ziddiyatlar, katta sujet yaratish ustasi ekanligini ochib beradi. Bu Oybekning katta ijod maydoniga kirib kelishi uchun zamin bo‘ldi, deb xulosa chiqaradi.

M.Qo‘shjonovning Oybek ijodi haqidagi izlanishlari izchillikka ega. Uning «Talant jilolari», «Mahorat darsi», «Ijod saboqlari» kitoblarida ham Oybek mahorati xusu-sidagi nozik kuzatishlarga duch kelamiz. Olim Oybek asar-laridagi ayrim qahramonlarni yozuvchi shaxsi, tarjimayi holi bilan bog‘lanishda yoritishga harakat qiladi. «Qutlug‘ qon»dagi Yo‘lchi, «Ulug‘ yo‘l»dagi Zumrad, Umarali obraz-laridagi o‘z-o‘zini anglash, ruhiy-ma’naviy uyg‘onishlar, so‘zsiz, «yosh Oybekning o‘z boshidan o‘tgan» degan xulo-sa asar strukturasidagi o‘ziga xosliklarni ochishdan tashqari u haqdagi ilmiy ishning ham jonliligi va hayotiyligini oshirdi.

Abdulla Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisiXX asr o‘zbek adabiyotshunosligining tarkibiy qismi

– qahhorshunoslikni ham M.Qo‘shjonov tadqiqotlarisiz tasavvur etish qiyin. U A.Qahhorning deyarli barcha asarla-rini, ulardagi estetik tamoyillarni keng ko‘lamda, yangilanib borayotgan fi krlar asosida yangicha uslubda tahlil qildi.

M.Qo‘shjonovning «Mahorat sirlari» (1968) nomli asari-da A.Qahhorning epik asarlari yuksak did bilan tahlil qilindi. Adib haqida navbatdagi «Hayot va nafosat» (1970) kitobi-da yozuvchining hikoyanavislik san’ati va dramatik asarlari o‘rganildi. «Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor» asari-da esa yozuvchining hajviy mahorati tadqiq etildi.

A.Qahhor muammolarga qanday yondashdi, voqelik-ka munosabati qanday, boshqa ijodkorlardan qaysi xusu-siyatlari bilan farqlanadi, talanti yo‘nalishini belgilaydigan omillar nimalardan iborat? M.Qo‘shjonov yuqoridagi kitob-larida ana shu masalalarga javob qidiradi va, eng asosiy-si, bu murakkab muammolarni asosli dalillar bilan chiroy-

Page 48: 2018-yil. 8-son.tilvaadabiyot.uz/wp-content/themes/twentytwelve/images/8-son_2018_uz.pdf · adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Samarqand davlat chet tillar instituti

48 e-mail: [email protected] e-mail: [email protected]

Fanimiz fi doyilari

li uslubda ochib beradi. Butun diqqat-e’tibor yetakchi bir nuqtaga – yozuvchining ijodiy prinsiplari nimalardan iborat ekanligini tahlil qilib berish va shu asosda uning o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratiladi.

A.Qahhor haqidagi ishning A.Qodiriy, Oybek ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlardan farqlanuvchi ayrim xususi-yatlari shundaki, tanqidchi endi asarning g‘oyaviy-badiiy qimmatini belgilovchi qahramon xarakterini o‘rga nishdan tashqari bir qarashda oddiy kitobxon ko‘ziga tashlanaver-maydigan ohang va tafsilotlargacha alohida e’tibor berish-ga intiladi. Bu, ayniqsa, «Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor» kitobida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Munaqqid asarlarni qiyosiy tahlil qilish yo‘lidan boradiki, bu A.Qahhor mahoratini yanada aniqroq ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Bunday yondashuv o‘zbek adibini jahonga mashhur novel-listlar bilan bir qatorda turadi degan xulosaga olib keladi.

A.Qahhorning nodir xususiyatlaridan biri hayotni, qahramonlarni ruhiy tahlil qilish mahoratiga egaligidir. M.Qo‘shjonov «Sarob» va «Sinchalak»ni o‘zgalarga o‘xshab umuman emas, shu muammo nuqtayi nazaridan tahlil etdi.

«O‘tmishdan ertaklar» o‘zbek adabiyotidagi o‘zi-ga xos bir yetuk avtobiografi k asar ekani; Saidiy qiyo-fasidagi murakkablik, qarama-qarshilik, turli ruhiy iztirob faqat uning emas, davr va zamon obraziga ishora ekani; «Anor»dagi haqiqiy fojianing siri; «O‘g‘ri»dagi yig‘i va kulgi birligi; «Ming bir jon» va «Asror bobo»dagi komizm bi-lan fojia, mutoyiba va yumor mushtarakligi; «Bashorat», «Millatchilar», «Boshsiz odam» zamiriga yashiringan yo-zuvchi ideali haqidagi mulohaza va ilgari surilgan fi krlar, nainki, adabiyot va tanqid rivoji, balki, ayni vaqtda, kitobx-on estetik didiga ham ta’sir qiladi.

M.Qo‘shjonov maqola, va tadqiqotlarida fi krni obraz li ifodalash san’ati bilan kitobxon badiiy-estetik didini o‘sti-rishga munosib hissa qo‘shgan tanqidchi hisoblanadi.

Adabiy portretnavis mahoratiO‘zbek tanqidida I.Sulton, O.Sharafi ddinov,

S.Mamajonov, N.Karimov, U.Normatov, A.Rasulov sin-gari munaqqidlar adabiy portret ustalari sifatida mash-hurdirlar. M.Qo‘shjonov ular safi dagi peshqadamlardan biri sifatida adabiy portretlarida badiiy mahorat masa-lasini tadqiq markaziga qo‘yishi bilan ajralib turadi. U muayyan asardagi badiiy mahoratni tekshirish orqali ayrim muhim nazariy xulosalar chiqaradi. Munaqqid ijodida ad-abiy portret janri yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U har bir asar tahlilida yozuvchidan teran hayotiylik, yuk-sak badiiylikni talab qiladi. Adabiy portretda ham asosiy masalaga shu nuqtayi nazardan yondoshadi. Shu jihat-dan M.Qo‘shjonovning I.Sulton, Q.Hikmat, O.Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayevga bag‘ishlangan kichik-kichik adabiy portretlari, A.Oripovning «Armon» to‘plamiga yozgan so‘zboshisi hamda S.Meliyev bilan hamkorlikda yozgan «Abdulla Oripov» nomli kitobi xarakterlidir.

Sho‘ro yillarida yaratilgan adabiy portretlarda yozuv-chining faqat ijodi markazda tutilib, uning insoniy fazilat-lari, hayotidagi dramatizm, oila, muhit kabi masalalarga kam e’tibor berildi. Holbuki, Sent-Byov alohida ta’kidlagan-idek, yozuvchi ijodi va siymosi markazda turar ekan, uning kundalik hayoti va odatlariga ham ahamiyat berish lozim:

«Meni hamisha maktublar, suhbatlar, fi krlar, xarakterlar-ning turli holatlari, ruhiyati, bir so‘z bilan aytganda, mash-hur yozuvchilar tarjimayi holini o‘rganish rom etib keldi»4, – deb yozgan edi Sent-B’yov.

Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Oybek ijodiga oid por-tretlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, tanqidchining boshqa janrdagi tadqiqotlarida yetakchi bo‘lgan obraz larni adabi-yotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratish usuliga duch kelamiz.

«Nafosat shaydosi» portreti Oybek qiyofasini yara-tish yo‘lidagi izlanishlardan biridir. Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlab monografi ya, ilmiy-biografi k ocherk, portret kabi janrlarda ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. M.Qo‘shjonov asa-rining ulardan farqli jihati shundaki, u Oybek ijodi haqida umumlashtiruvchi xarakterdagi ada biy portretni yaratdi. Unda ham yozuvchining ijodiy qiyofasi namoyon bo‘ladi, ham asarlaridagi qahramonlar oddiy kitobxon sezmagan, payqamagan fazilatlari bilan butun to‘liqlikda gavdalanadi.

M.Qo‘shjonov yozuvchi ijodining o‘ziga xosliklari, asar-larining badiiyati orqali ochiluvchi muxtasar ijodiy portretlar yaratdi. Har bir ijodkorning ko‘pchilikka noma’lum mahorat sirlarini kashf etdi. Tanqidchi portretlari ko‘pincha, o‘quv-chi diqqatini tezda o‘ziga jalb etadigan qiziqarli usulda boshlanadi. Kitobxon birinchi jumladagi sirli tezis (kod)ga ergashib, adabiy portretni o‘qib qo‘yganini sezmay qola-di. Masalan, H.Olimjon haqidagi portretda shoirning o‘z so‘zlari sarlavhaga olib chiqilgan: «Men o‘zbek xalqi no-midan so‘zlayman!», Qudrat Hikmat haqidagi adabiy por-tret ham «Eshiting, she’r o‘qiyman» degan shoirning o‘z iborasi bilan boshlanadi. Ya’ni sarlavhadanoq tanqidchi fi kr yuritayotgan ijodkor asarlarining bosh konsepsiyasi yarq etib ko‘zga tashlanadi. Munaqqid har bir adabiy por-treti muqaddimasida biror chiroyli tafsilot, hayotiy voqea yoki ibratli lavha kel tiradi. Ular shunchaki o‘quvchi diqqati-ni jalb etish uchun keltirilmay, ko‘p o‘rinlarda adabiy portret uchun «o‘q ildiz, maqsadni birlashtiruvchi, ichdan umum-lashtirib», ruhan yorituvchi nurli tomir» (B.Nazarov) xizma-tini bajaradi. Adabiy portretni o‘qib chiqqandagina, tanqid-chi bu lirik chekinishni bekorga, shunchaki jimjimadorlik uchun keltirmaganligiga ishonch hosil qilamiz.

Sh.Xolmirzaev, O.Muxtorov ijodiga oid portretlar ham jonli xotiralar asosida yozilgani bilan e’tiborga lo yiq.

M.Qo‘shjonov bolalar adabiyotini o‘rganishga ham mu-nosib hissa qo‘shdi. Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, H.Po‘lat ijodiga bag‘ishlangan adabiy portretlarda bolalar adabiyoti muammolarini o‘rgandi.

M.Qo‘shjonov Sayyorning «Hulkar» romaniga yozil-gan «Xayol boshqa, hayot boshqa» taqrizi hamda un-dagi ayovsiz tanqidiy fi krlari bilan o‘zbek tanqidchiligida-gi talabchanlik va prinsipiallikning ajoyib namunasini ko‘rsatdi. Ibrohim Rahimning «General Rahimov», Yusuf Shomansurning «Qora marvarid» romanlariga yozilgan taqrizlar ham shunday xarakterga ega. Keyingi asar jiddiy qayta ishlanishi munosabati bilan tanqidchi u haqda qator ijobiy fi krlar ham aytdi.

Keyingi 60 yillik o‘zbek adabiy tanqidini M.Qo‘shjonov ijodisiz to‘la tasavvur etish mumkin emas. Uning xiz-matlari, avvalambor, ulkan san’atkorlar mahoratini te ran tahlil qilishida namoyon bo‘ladi.

1M.Qo‘shjonov. Qalb va qiyofa. T.: 1979. 62-bet.2M.Qo‘shjonov. O‘zbekning o‘zligi. T.: 1994. 8-bet.3O‘.O‘tayev. Tahlil mahorati. // O‘TA, 1978, 3-son. 74-bet.4Сент-Бьёв Шарль. Литературные портреты. Критические очерки. Мoсква, Худож. лит, 1970. – С. 313.